Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2023 06.01.2012 yildagi O‘RQ-319-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RAQOBAT TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 14-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi 2023-yil 3-iyuldagi O‘RQ-850-sonli “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 4-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining raqobat to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida va (yoki) undan tashqarida sodir etiladigan, O‘zbekiston Respublikasidagi tovar va moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mutlaq huquqlar bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan harakatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar subyektlariga nisbatan bu qoidalarning qo‘llanilishi mazkur subyektlarning o‘ziga xos vazifalari bajarilishini cheklab qo‘ymaydigan holatlarda tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar — o‘zining belgilangan vazifasi, qo‘llanilishi, sifat va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa parametrlari bo‘yicha taqqoslanishi mumkin bo‘lgan shunday tovarlarki, ularni oluvchi iste’mol qilish chog‘ida bir tovarni boshqasiga haqiqatan ham almashtiradi yoki almashtirishga tayyor bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insofsiz raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo‘lishga qaratilgan, qonunchilikka, ish muomalasi odatlariga zid bo‘lgan hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoxud ularning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlari;
(4-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy konsentratsiya — xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozoridagi raqobatning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni sodir etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish — xo‘jalik yurituvchi subyektlar harakatlarini bunday xo‘jalik yurituvchi subyektlardan birortasi bilan ham bir shaxslar guruhiga kirmaydigan yuridik yoki jismoniy shaxs bilan kelishib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamsituvchi shartlar (sharoitlar) — tovar yoki moliya bozoriga kirish, tovarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish, olish, realizatsiya qilish, o‘zgacha tarzda boshqa shaxsga o‘tkazish shartlari (sharoitlari) bo‘lib, ular boshqa teng shartlarda (sharoitlarda) bitta yoki bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektni o‘zga xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) bilan taqqoslaganda teng bo‘lmagan holatga solib qo‘yadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishib olingan harakatlar — tovar yoki moliya bozorida ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektning bozorning mazkur ishtirokchilaridan har birining manfaatlarini qanoatlantiradigan va ulardan har biriga oldindan ma’lum bo‘lgan, raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishuv — ikki va undan ortiq taraflarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan, hujjatda yoki bir nechta hujjatda aks etgan yozma shakldagi shartlashuvi, shuningdek og‘zaki shakldagi shartlashuvi;
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya bozori — banklar hamda boshqa kredit, sug‘urta va o‘zga moliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatni ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noto‘g‘ri taqqoslash — raqobatchilar yoki boshqa shaxslar tomonidan tarqatiladigan, tovar yoki moliya bozorida ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektga afzalliklar yaratadigan yoxud xo‘jalik yurituvchi subyektni (raqobatchini) yoki raqobatchi ishlab chiqargan tovarni yomonlovchi yolg‘on, noaniq yoki buzib taqqoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga qarshi harakatlar — raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikda xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun man etilgan harakatlar, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ular mansabdor shaxslarining raqobatni cheklashga qaratilgan harakatlari (harakatsizligi);
(4-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar — faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan mahsuli, shu jumladan ishlar va xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozori — tovarning (shu jumladan bir-birining o‘rnini bosadigan tovarning) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyekt — tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan chet ellik yuridik shaxs, xo‘jalik boshqaruvi organi, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Shaxslar guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega bo‘lgan shaxslar yig‘indisi shaxslar guruhi deb e’tirof etilib, ularga tatbiqan quyidagi bir yoki bir nechta shart bajariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning biri bevosita yoki bilvosita, shuningdek o‘zga shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq boshqa yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga egalik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir jismoniy shaxs, shuningdek uning eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka oluvchilari), bolalari (farzandlikka olingan bolalari), tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari hamda opa-singillari (bundan buyon matnda yaqin qarindoshlari deb yuritiladi) ushbu yuridik shaxslardagi ishtiroki tufayli yoxud boshqa shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq mazkur yuridik shaxslardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga ega bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir yuridik shaxs ushbu yuridik shaxslarda o‘zining ishtiroki tufayli yoxud boshqa shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq mazkur yuridik shaxslardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga ega bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning ijro etuvchi organi tarkibiga ayni bir jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning kollegial ijro etuvchi organi va (yoki) kuzatuv kengashi son tarkibining ellik foizidan ortig‘ini ayni bir jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq yuridik shaxslardan biri qonunchilikka yoki ushbu yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlariga yoxud ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga asosan ushbu yuridik shaxslarga ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berishga haqli bo‘ladi;
(5-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir jismoniy shaxs yoki ayni bir yuridik shaxs qonunchilikka va ushbu yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlariga yoxud ular bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ularga ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berishga haqli bo‘ladi.
(5-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda shaxslar guruhiga tovar yoki moliya bozorining yagona subyekti sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Ustun mavqe
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustun mavqe tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda unga o‘z faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bozorida qaysi xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tovarining ulushi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ellik va undan ortiq foizni tashkil etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) o‘ttiz besh foizdan ellik foizgacha hajmda bo‘lib, bunda quyidagi shartlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar bozoridagi ulushi kamida bir yil mobaynida barqaror bo‘lib turishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) tegishli ulushlarning nisbiy miqdorda bo‘lib turishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bozorga yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) kirishiga imkoniyat bo‘lishi shartlari belgilangan bo‘lsa, shu xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining mavqeyi ustun mavqe deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini e’tirof etish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Tovarning monopol yuqori narxi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan belgilanadigan narxi, agar ushbu narx:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday tovarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar hamda foyda summasidan yuqori bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asossiz xarajatlarning o‘rnini qoplashga yoki tovarning sifatini pasaytirish natijasida qo‘shimcha foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, monopol yuqori narxdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning narxi birja savdolari yakunlariga ko‘ra shakllangan taqdirda, u monopol yuqori narx deb e’tirof etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning moliya bozoridagi monopol yuqori narxi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Tovarning monopol past narxi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bozorida sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarning tannarxidan past darajada va ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada raqobatning cheklanishiga olib keladigan narx tovarning monopol past narxidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning moliya bozoridagi monopol past narxi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi vakolatli organ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari (bundan buyon matnda monopoliyaga qarshi organ deb yuritiladi) tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi vakolatli organdir.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatga qarshi harakatlarini, insofsiz raqobatini cheklash va ularning oldini olishga hamda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining g‘ayriqonuniy harakatlariga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan davlat siyosatini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Raqobatga qarshi harakatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ustun mavqeni suiiste’mol qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va manfaatlarini kamsitishga olib keladigan taqiqlangan harakatlari, shu jumladan quyidagi harakatlari:
(10-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalada bo‘lgan tovarlarning hajmini tovar yoki moliya bozorida taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turish maqsadida narxlarning oshishiga olib keladigan tarzda qisqartirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning monopol yuqori yoki monopol past narxlarini belgilashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma predmetiga taalluqli bo‘lmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablag‘larni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni o‘zga shaxsga o‘tkazishga doir asossiz talablarni, shuningdek raqobatning cheklanishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa harakatlarni sodir etish talablarini majburan qabul qildirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaga kamsituvchi shartlarni kiritishi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar (raqobatchilar) tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni olishini yoki realizatsiya qilishini taqiqlashi yoxud cheklashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontragent tomonidan boshqa tovarlarni olish yoki realizatsiya qilish yoxud kontragentning tovarlarni o‘zga xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olishdan yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga realizatsiya qilishdan o‘zini tiyishi sharti bilangina shartnoma tuzishga rozilik berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish imkoniyati bo‘la turib, shartnoma tuzishdan asossiz ravishda bosh tortishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozoriga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kirishiga to‘siqlar qo‘yishi tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiiste’mol qilish deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlarini taqiqlash
(11-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar yoki moliya bozorida o‘zaro raqobatlashayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan potensial raqobatchilar bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar, agar bunday kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar:
(11-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sun’iy ravishda narxlar, tariflar, chegirmalar, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlarni yoki ustama narxlarni belgilashga yoki saqlab turishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni sun’iy ravishda oshirgan yoki pasaytirgan holda erkin bozor narxlarining qaror topishiga to‘sqinlik qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish ustidan, mahsulot sotish bozorlari va kapital qo‘yilmalar ustidan nazorat o‘rnatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif hajmini sun’iy ravishda o‘zgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma predmetiga taalluqli bo‘lmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablag‘larni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni o‘zga shaxsga o‘tkazishga doir asossiz talablarni, shuningdek raqobatni cheklovchi boshqa harakatlarni sodir etish talablarini majburan qabul qildirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionlarda, birjalarda va boshqa savdolarda narxlarni oshirishga, pasaytirishga yoki saqlab turishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaga kamsituvchi shartlarni kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli bozorni hududiy prinsip bo‘yicha, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi bo‘yicha, tovarlarning xillari bo‘yicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi bo‘yicha bo‘lib olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tegishli tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari sifatida bozorga kirishini cheklashga yoki ularni bozordan chetlashtirishga yoxud xo‘jalik yurituvchi subyektlarni muayyan tovarlar bozoriga qo‘ymaslikka;
(11-moddaning birinchi qismi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirishga va (yoki) to‘xtatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan sotuvchilar yoki xaridorlar (buyurtmachilar) bilan shartnomalar tuzishdan asossiz ravishda bosh tortishga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, taqiqlanadi.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan, boshqasi esa sotuvchi yoki sotib oluvchi bo‘lgan, o‘zaro raqobatlashmayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga, agar bunday kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar pirovard natijada raqobatni cheklab qo‘ysa yoxud cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lsa, shu jumladan:
(11-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchining yoki sotib oluvchining hududni yoki sotib oluvchilar doirasini tovarni keyinchalik qayta sotish maqsadida mustaqil belgilashini cheklaydigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni qayta sotish uchun narxlarga cheklovlar belgilaydigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni realizatsiya qilishni taqiqlaydigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu taqiq tovarlarni tovar belgisi, firma nomi va sotuvchining intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan boshqa mutlaq huquqlari orqali realizatsiya qilishni sotib oluvchi tomonidan tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(11-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirishi, agar bunday muvofiqlashtirish ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan oqibatlarga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada ko‘rsatilgan taqiqlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorida umumiy ulushi o‘ttiz besh foizdan oshmaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kelishilgan harakatlari va kelishuvlariga yoki davlat-xususiy sheriklik shartnomalari bo‘lgan kelishuvlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxslarning bir guruhiga kiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi kelishuvlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar kelishuvlar ishlab chiqarishni takomillashtirishga, ishlab chiqarish hajmlarini va tovarlarni realizatsiya qilishni ko‘paytirishga yoki texnikaviy, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga yoxud tovarlarning jahon tovar bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan bo‘lsa, mazkur kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlar va kelishuvlarni aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(11-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalarining raqobatni cheklaydigan hujjatlari hamda harakatlarini taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning biror bir sohasida yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etishga cheklovlar joriy etishi, shuningdek faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishni yoki muayyan tovarlar ishlab chiqarishni man etishi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
(12-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalar tuzishda ustunlik berish, sotib oluvchilarning muayyan doirasiga tovarlarni birinchi navbatda realizatsiya qilish, moliyaviy mablag‘larning manbalarini tanlash va ulardan foydalanish yo‘nalishlarining afzalligi to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi subyektga ko‘rsatmalar berishi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
(12-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni asossiz ravishda berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
(12-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatiga oqibatda raqobat cheklanishi mumkin bo‘lgan tarzda aralashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vazifalarini xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vazifalari bilan qo‘shib bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shartlar (sharoitlar) belgilashi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tabiiy ofatlar, halokatlarning oqibatlarini tugatish hamda epidemiyalarning oldini olish maqsadida ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan hujjatlar qabul qilishi va harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalarining tovar yoki moliya bozorining normal faoliyat ko‘rsatishiga, raqobatni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsituvchi harakatlariga, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni yoki tariflarni oshirishga, pasaytirishga, saqlab turishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli bozorni hududiy prinsip bo‘yicha, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi bo‘yicha, tovarlarning xillari bo‘yicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi bo‘yicha bo‘lib olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklashga yoki ularni bozordan chetlatishga olib keladigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
(12-moddaning uchinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar birlashmalarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatiga pirovard natijada raqobatni cheklab qo‘yadigan yoki cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lgan tarzda aralashishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Insofsiz raqobatni taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Insofsiz raqobat, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga zarar keltirishi yoki uning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri taqqoslashlar. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektning tovarini xolisona tasdiqqa ega bo‘lgan tavsiflarni yoki taqqoslash parametrlarini ko‘rsatmagan holda tovarning ustunligi haqida taassurot hosil qiluvchi so‘zlardan yoki belgilardan foydalanish orqali boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) o‘zga tovari bilan taqqoslash yoxud ko‘rsatilgan so‘zlarni yoki belgilarni o‘z ichiga olgan tasdiqlar yolg‘on, noaniq bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan hollar noto‘g‘ri taqqoslashdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan, tovarni individuallashtirish vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda tovarni realizatsiya qilish, shu jumladan tovarni xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovar belgisiga, firma nomiga o‘xshash bo‘lgan yoxud adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan uni tovarlarda, etiketkalarda, o‘rovlarda joylashtirish yo‘li bilan yoki sotilayotgan yoxud fuqarolik muomalasiga o‘zgacha tarzda kiritilayotgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqacha tarzda foydalanish yo‘li bilan, shuningdek ushbu belgidan domen nomida foydalanish orqali qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, iste’mol xossalari, narxi, sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari xususida iste’molchilarni chalg‘itish, xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan fuqarolik muomalasiga kiritiladigan tovarni uning tashqi bezatilishi va shaklini, nomini, tamg‘alanishini, etiketkasini, o‘rovini, ranglar uyg‘unligini, tovar belgisini takrorlash, reklama materiallaridan yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovarini individuallashtiruvchi boshqa elementlardan nusxa ko‘chirish orqali qalbakilashtirish;
(13-moddaning birinchi qismi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan-texnikaga, ishlab chiqarishga yoki savdoga oid axborotni, shu jumladan tijorat sirini egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozoriga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektning kirishiga to‘siq qo‘yish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsni individuallashtirish vositalariga, tovarni individuallashtirish vositalariga bo‘lgan mutlaq huquqni olish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovarga nisbatan belgi bilan aynan o‘xshash yoki adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilmaydi.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning ushbu modda ikkinchi qismining tovar belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqni olish xususidagi qoidalari buzilganligini e’tirof etish to‘g‘risida chiqargan qarori tovar belgisiga huquqiy muhofaza berish haqidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish uchun manfaatdor shaxs tomonidan intellektual mulk bo‘yicha vakolatli organga yoki sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Savdolarni va iqtisodiy konsentratsiyani monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Tanlov (tender) savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov (tender) savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish;
(14-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarning tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari tomonidan savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlardan savdolarda qatnashish uchun hujjatlarni qabul qilishni asossiz ravishda rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, shu jumladan axborotdan foydalanish orqali imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
(14-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lotlar tarkibiga savdolarning predmetiga texnologik va funksional jihatdan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kiritish;
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning aniq ishlab chiqaruvchisini ko‘rsatish, bundan tovarlarning mos kelmasligi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno.
(14-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan monopoliyaga qarshi talablarning buzilishi tanlov (tender) savdolarining qarorlarini va shu savdolar natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarini o‘tkazish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadigan harakatlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
(15-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolari ishtirokchilarining kelishib olingan harakatlari natijasida joriy birja narxlarining keskin ko‘tarilishiga yoki qat’iy belgilanishiga olib keladigan harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarida talabning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish bilan bog‘liq harakatlar taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan monopoliyaga qarshi talablarning buzilishi birja savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga doir monopoliyaga qarshi talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimga oldindan rozilik beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimlar uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish zarur.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning talablari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra qo‘shib yuborilishi va qo‘shib olinishi hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Aksiyalarni (ulushlarni) olishda monopoliyaga qarshi talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan roziligini olish zarur bo‘ladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ko‘rsatilgan aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa.
(17-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning muassislariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan o‘z aksiyalarini olishga doir bitimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyati o‘z ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan taqdirda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) ishonchli boshqaruvga berilganda, shuningdek aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq olinishiga doir bitimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari) davlat xususiylashtirish dasturlari doirasida olinishiga doir bitimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) jismoniy shaxs tomonidan olinishiga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaxs biror-bir xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortig‘ini tasarruf etmagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Oldindan rozilik olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga doir harakatlarni amalga oshirishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishda shaxslar yoki shaxslar guruhlari bu harakatlar sodir etilguniga (bitimlar tuzilguniga) qadar Davlat xizmatlari markazlariga:
(18-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs uchun — arizachining pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlarni (hujjatning seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi, hujjatni bergan organ);
(18-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi ariza bergan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxslar guruhining tarkibi to‘g‘risidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirish asoslari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan bitimlarga taalluqli boshqa axborotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ zarur hujjatlar va ma’lumotlar olingan paytdan e’tiboran o‘n kalendar kundan kechiktirmay arizachiga qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma shaklda xabar qiladi. Aksiyalarning (ulushlarning) ayni bir turkumini olishga oldindan rozilik olish uchun shaxslar yoki shaxslar guruhlari bir vaqtning o‘zida murojaat etgan taqdirda monopoliyaga qarshi organning qarori arizachilarga ayni bir kunda yetkaziladi. Zarur hollarda, agar monopoliyaga qarshi organda harakat (bitim) raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, shu jumladan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqening vujudga kelishi yoxud kuchayishi orqali raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb taxmin qilish uchun asoslar paydo bo‘lsa, arizani ko‘rib chiqish muddati bozorni tegishli tarzda o‘rganish uchun bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizaning qanoatlantirilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishda ularda bayon etilgan axborotning ishonchsizligi yoki yolg‘onligi aniqlansa, arizachiga oldindan rozilik berishni rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berishga va buni raqobatni ta’minlashga qaratilgan talablarni bajarishga bog‘liq qilib qo‘yishga haqli. Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi organning xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish hamda ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilishi kerak. Mazkur harakatlarning sodir etilishi (bitimlar tuzilishi) tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan taqdirda, bu harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar monopoliyaga qarshi organning talabiga ko‘ra raqobatning zarur shart-sharoitlarini tiklash chora-tadbirlarini ko‘rishi shart.
(18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishi yoki kuchayishi va (yoki) raqobatning cheklanishi, noxush oqibatlar yuz berishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham, agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar o‘z harakatlari (bitimlari) iste’molchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) uchun oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli.
(18-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning oldindan berilgan roziligisiz sodir etilgan, tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib keladigan harakatlar (tuzilgan bitimlar) sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishini bartaraf etish yuzasidan ilgari qo‘llanilgan choralar samarasiz bo‘lgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish haqidagi da’vo bilan sudga murojaat etadi, bo‘lish yoki ajratib chiqarish xo‘jalik yurituvchi subyekt negizida ikki yoxud bir nechta alohida xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish quyidagi shartlarning barchasi jam bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘linayotgan yoki ajratib chiqarilayotgan tarkibiy bo‘linmalarning tashkiliy va hududiy jihatdan ajralib chiqish imkoniyati mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida o‘zaro uzviy texnologik bog‘lanish mavjud bo‘lmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘lish yoki ajratib chiqarish natijasida tashkil topgan tarkibiy bo‘linmalarning tovar yoki moliya bozorida mustaqil faoliyat ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Monopoliyaga qarshi organ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Monopoliyaga qarshi organning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeyi mavjudligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan, shu jumladan tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishlarini aniqlaydi, ular bo‘yicha ishlar qo‘zg‘atadi va ularni ko‘rib chiqadi;
(21-modda birinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan raqobatga qarshi harakatlar natijasida asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) olib qo‘yish haqida qonunchilikda belgilangan tartibda qaror qabul qiladi;
(21-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hollarini bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
(21-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, davlat boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, ularning mansabdor shaxslarini va boshqa jismoniy shaxslarni tegishli javobgarlikka tortadi;
(21-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish to‘g‘risida, bojxona tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish haqida, shuningdek soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini tatbiq etish yoxud ularni bekor qilish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi bilan bog‘liq jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi masalani hal qilish uchun materiallarni tegishli organlarga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning qo‘llanilishi va buzilishi bilan bog‘liq ishlarning sudda ko‘rib chiqilishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining reyestrini yuritadi va e’lon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning qo‘llanilishi masalalari yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida tushuntirishlar beradi.
(21-modda birinchi qismining o‘n birinchi — o‘n beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka butunlay yoki qisman muvofiq bo‘lmagan hujjatlarini va harakatlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan bitimlarni (shartnomalarni) o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan bitimlarni (shartnomalarni) butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi natijasida olingan daromadni (foydani) belgilangan tartibda undirish haqidagi;
(21-modda ikkinchi qismining birinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 14 va 15-moddalarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra savdolarni va mazkur savdolar natijasida tuzilgan bitimlarni (shartnomalarni) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish to‘g‘risidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan huquqiy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash haqidagi arizalar bilan sudga murojaat qiladi.
(21-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(21-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Axborot olish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning mansabdor shaxslari raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi arizalar va ishlarni ko‘rib chiqish, shuningdek raqobatning holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektning hujjatlarini, axborotini olish va uning hududiga kirish huquqiga ega.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslari monopoliyaga qarshi organning talabiga ko‘ra unga zarur hujjatlarni va axborotni belgilangan tartibda tekin taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning monopoliyaga qarshi organ tomonidan oshkor etilishini taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ ushbu Qonunga muvofiq o‘ziga berilgan vakolatlarni amalga oshirishi munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning xodimlari tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning oshkor etilishi natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
(5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi organning raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish haqidagi ko‘rsatmasini belgilangan muddatda bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi;
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Etkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzuvchi hujjat qabul qilinganligi natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzuvchi harakati (harakatsizligi) tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar yetkazilgan bo‘lsa, u holda mazkur zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
(26-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlari uchun, shuningdek tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeyini suiiste’mol qilganlik, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishda, qo‘shib olishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hollarini tugatish haqidagi, dastlabki holatni tiklash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik, monopoliyaga qarshi organga axborotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik, noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganlik, tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi xo‘jalik yurituvchi subyektni monopoliyaga qarshi organning qarorini (ko‘rsatmasini) bajarish yoki raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni cheklovchi va raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan bitimlar tuzganligi hamda kelishib olingan harakatlar sodir etganligi haqida monopoliyaga qarshi organga birinchi bo‘lib ixtiyoriy ravishda ma’lum qilgan shaxs ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish. Monopoliyaga qarshi organning qarori va ko‘rsatmasini ijro etish hamda bunday qaror va ko‘rsatma ustidan shikoyat berish
(6-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish monopoliyaga qarshi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish uchun monopoliyaga qarshi organning o‘z tekshiruvlari, o‘rganishlari, yuridik va jismoniy shaxslarning, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining arizalari hamda tegishli organlarning taqdimnomalari asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslari tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ishlarni tegishli sudlar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq ko‘rib chiqadi.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar
(30-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagilardir:
(30-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqida ish yuritilayotgan shaxs;
(30-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarning vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va boshqa manfaatdor shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran ish materiallari bilan tanishib chiqishga, bundan davlat sirlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar mustasno, ulardan ko‘chirmalar olishga, og‘zaki va yozma tushuntirishlar berishga, dalillar taqdim etishga va ularning tekshirilishida ishtirok etishga, ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga savollar berishga, iltimosnomalar kiritishga hamda ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning iltimosnomalari va vajlariga qarshi e’tirozlar bildirishga haqli.
(30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Alohida hollarda, ishning murakkabligiga qarab, mazkur muddat ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishni ko‘rib chiqish keyinga qoldirilishi yoki to‘xtatib turilishi mumkin. Ishni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirish, to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risida monopoliyaga qarshi organ tegishli ajrim chiqaradi, mazkur ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan monopoliyaga qarshi organning qarori
(32-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishni mohiyatan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
(32-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilganligi fakti aniqlanishi va tegishli huquqiy ta’sir choralarini ko‘rilishi haqida;
(32-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish yuritishni tugatish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi faktlari tasdiqlanmagan taqdirda;
(32-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga nisbatan ish yuritilayotgan yuridik shaxs tugatilgan yoki jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi organ ko‘rib chiqayotgan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan sud tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishni yuritishni tugatadi.
(32-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan qarori darhol e’lon qilinishi lozim.
(32-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan qaroriga asosan, o‘ziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsga ko‘rsatma beriladi.
(32-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatmasini ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatmasi unda belgilangan muddatda ijro etilishi lozim. Ko‘rsatmani muddatida ijro etmaganlik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(33-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatmasini unda belgilangan muddatda ijro etmaganlik deganda ko‘rsatmani ijro etishni rad qilish yoki qisman ijro etish yoxud o‘z vaqtida ijro etmaslik tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ tomonidan ko‘rsatma berilgan shaxslar ko‘rsatmani ijro etish muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma berishi mumkin. Iltimosnomada ko‘rsatilgan holat uzrli deb topilgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ ko‘rsatmani ijro etish muddatini uzaytirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ o‘z ko‘rsatmalari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Monopoliyaga qarshi organning qarori (ko‘rsatmasi) ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar monopoliyaga qarshi organning qarori (ko‘rsatmasi) ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli.
(34-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning qarorlari (ko‘rsatmalari) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning qarorlari (ko‘rsatmalari) ustidan sudga shikoyat qilinishi ularning ijro etilishini sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar to‘xtatib turadi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar (ko‘rsatmalar) mustasno.
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘z ustavlariga muvofiq raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish va iste’molchilarning manfaatlarini raqobatga qarshi harakatlardan himoya qilish maqsadiga ega bo‘lgan jamoat birlashmalari raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli.
(35-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(36-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(37-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi 355-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 54-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqidagi 356-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 55-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 832-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 229-modda) XIX bo‘limi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 175-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 23-modda) I bo‘limining 18-bandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-59-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 15-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(39-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-319-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 1-son, 5-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 03/18/459/0536-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)