26.07.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2125
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qarori, 26.07.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2125
Кучга кириш санаси
05.08.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019
 LexUZ sharhi
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 212-modda), “Raqobat to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 1-son, 5-modda) qonunlariga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 5-son, 57-modda), 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda), 2011-yil 21-iyundagi 185-son “Mahsulotlarning monopol turlarini tovar-xomashyo birjasi orqali sotish ro‘yxatini yanada kengaytirish va hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 25-son, 262-modda) qarorlariga muvofiq strategik, monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarning birja savdolariga qo‘yilish jadvallarini, mahsulotlarning realizatsiya qilish hajmlari va narxlarini nazorat va monitoring qilish tartibini belgilaydi.
2. Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarorining 1 va 2-ilovalarida, 2011-yil 21-iyundagi 185-son Mahsulotlarning monopol turlarini tovar-xomashyo birjasi orqali sotish ro‘yxatini yanada kengaytirish va hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida keltirilgan ro‘yxatlarga asosan birja va kimoshdi savdolariga qo‘yiladigan strategik, monopol, xomashyo va materiallar toifasiga kiritilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (bundan buyon matnda Qo‘mita deb yuritiladi) qarori bilan aniqlanadigan mahsulotlarni realizatsiya qilishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘llaniladi.
3. Mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yilishi, realizatsiya qilish hajmlari va narxlari ustidan nazorat qilish Qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan jadvallar kelgusi oy uchun tashkilotlar tomonidan Qo‘mitaning qarori bilan belgilangan hajmlar hisobga olingan holda, shuningdek ular uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari tomonidan belgilangan, ushbu maqsadlar uchun Iqtisodiyot vazirligi tasdiqlagan choraklar va oylar bo‘yicha moddiy balanslarning bajarish jadvallari asosida Qo‘mita bilan kelishgan holda oldingi oyning 25-kunidan kechiktirmay tegishli taqsimlash bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
6. Tashkilotlar, kichik biznes subyektlari bundan mustasno, har oyning 3-sanasidan kechiktirmay Qo‘mita yoki uning hududiy organlariga Qo‘mita qarori bilan aniqlangan tegishli moddiy balanslar va hajmlarda, shuningdek, mazkur nizomning 5-bandiga muvofiq tasdiqlangan jadvalda nazarda tutilgan mahsulotni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yishning amalda bajarilishi to‘g‘risida axborotni taqdim qiladilar.