Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
“Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2125-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Raisning birinchi oʻrinbosari N. ShARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-noyabr,
01/15-1-10/38-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 30-noyabrdagi 01/15-1-10/38-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 23-iyundagi 4-son “Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2125, 2010-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 30-son, 256-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2012-yil 14-fevraldagi 3-son “Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2125-1, 2012-yil 6-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 10-son, 109-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2012-yil 20-iyundagi 7-son “Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2125-2, 2012-yil 2-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 300-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 30-iyuldagi 01/19-26/07-son “Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2125-3, 2013-yil 23-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 34-son, 466-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 15-avgustdagi 01/15-10/21-son “Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2125-4, 2017-yil 11-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1008-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/2125-5/2306-son)