27.07.2017 yildagi PQ-3150-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5120-son Farmoniga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) direktoriga:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tuzilmasi va shtat birliklarini tasdiqlash, Agentlik xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shartlarini mustaqil ravishda belgilash;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi), nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni maslahatchilar sifatida jalb etish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasini, kapital bozori va sug‘urta bozorini, elektron tijoratni, Internet jahon axborot tarmog‘ida lotereyalar, tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini, shu jumladan, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini tartibga solish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda, shuningdek, kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori va sug‘urta bozori, elektron tijorat, lotereyalar, Internet jahon axborot tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohasidagi faoliyatni tartibga solish va nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanish huquqiga ega;
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Agentlik tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etilmagan holda Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni o‘rganish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus laboratoriya (keyingi o‘rinlarda — Laboratoriya) faoliyat ko‘rsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Laboratoriya faoliyatiga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari tatbiq etilmaydi, qonunchilikda belgilangan taqiqlarga rioya qilish talabi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grantlar, kreditlar va qarzlar, shu jumladan, kripto-aktivlarda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdordagi Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan ajratmalar;
(3-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, chet el jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari, shu jumladan, kripto-aktivlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar ustav kapitali (ustav fondi)da Agentlikka tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha qonunchilikda belgilangan miqdorda olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini banklarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Agentlik homiylik xayriyalari, grantlar va qarzlar sifatida qabul qilingan, Laboratoriya faoliyati davomida olingan, shuningdek sud qaroriga asosan davlat foydasiga o‘tkazilgan kripto-aktivlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida milliy kripto-birjada sotish kunida shakllangan kurs bo‘yicha sotishga haqli;
(3-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Agentlik tomonidan Agentlikka homiylik xayriyalari, grantlar va qarzlar sifatida berilgan kripto-aktivlar manbalari majburiy tartibda tekshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasiga texnologiyalarni joriy qilayotgan yuridik shaxslar uchun maxsus tashkiliy-huquqiy sharoit yaratishni nazarda tutuvchi Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) hamda kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini ta’minlash tartibini belgilaydi;
(3-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimida tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejim ishtirokchilari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejim ishtirokchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha xodimlar tomonidan olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar 7,5 foiz miqdordagi qat’iy belgilangan stavka bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi hamda soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik direktori ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning zarur nazariy bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lgan, Agentlikka yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirishni ta’minlaydigan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning tarkibiy tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlanishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari hamda mutaxassislari bilan, jumladan, ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish orqali o‘zaro hamkorlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta bozori va elektron tijorat sohalarida, lotereya hamda Internet butunjahon axborot tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarida litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari va shartlariga rioya etilishi borasida tekshiruvlarni o‘tkazadi, belgilangan tartibda jarima sanksiyalarini qo‘llaydi, shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilmaganligi uchun jarima sanksiyalarini qo‘llaydi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Agentlik bilan majburiy tartibda kelishilishi shart.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi ikki hafta muddatda Agentlikni unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan bino bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 1-sentabrga qadar muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 27-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3150-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhr va blankaga, budjet hamda qonunchilikda belgilangan davlat bojlari va boshqa yig‘imlar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha Yagona g‘azna hisobvarag‘ida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, grantlar, kreditlar, qarz va homiylik xayriyalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik kripto-aktivlar aylanmasini, kapital bozori va sug‘urta bozorini, elektron tijoratni, lotereya hamda Internet butunjahon axborot tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini tartibga solish, shu jumladan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va boshqa tashkilotlar), nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari va mutaxassislari bilan, jumladan, ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish orqali o‘zaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlikning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, qisqartirilgan nomi — Istiqbolli loyihalar agentligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq nomi — National Agency for Prospective Projects of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — NAPP;
(7-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq nomi — Natsionalnoye agentstvo perspektivnix proyektov Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo perspektivnix proyektov.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori va sug‘urta bozori sohalarini, elektron tijorat, lotereya hamda Internet butunjahon axborot tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatlari sohalarida (keyingi o‘rinlarda — tartibga solinadigan sohalar) yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilarining sug‘urta munosabatlari ishtirokchilarining huquqlar va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori va sug‘urta bozori sohalarini, elektron tijorat, lotereya hamda Internet butunjahon axborot tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatlari sohalarida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan sohalarda qonunchilikni takomillashtirish va kelgusida rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash borasida takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan sohalarda davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohalarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan sohalar masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan sohalarda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari tartibini belgilaydi va amalga oshiradi, shuningdek, litsenziya va ruxsat berish talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga ilovaga muvofiq faoliyat olib boradigan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan sohalarda qoidalar, normalar va standartlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining tartibga solinadigan sohalardagi masalalari bo‘yicha o‘qishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-ta’lim muassasalari bilan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini tartibga solinadigan sohalari bo‘yicha tayyorlash masalalarida hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan sohalarda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy kapital bozorining rivojlanish holati va uning professional qatnashchilari haqida, shu jumladan, qonunchilikda nazarda tutilgan ma’lumotlar oshkoraligini ta’minlash orqali investorlar va jamoatchilikni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini ta’minlash tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarning mutaxassislarini attestatsiyadan o‘tkazadi va malaka guvohnomalarini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ro‘yxatdan o‘tkazish, ular yuzasidan hisobot berish hamda qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini va qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni hisobga olish reyestrini yuritish talablarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z mablag‘lari yetarli darajada bo‘lishiga doir majburiy normativlarni va qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha tavakkalchiliklarni cheklovchi ko‘rsatkichlarni o‘rnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarini tizimli tahlil qiladi hamda tartibga solinadigan sohalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari bo‘yicha va o‘z tashabbusiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida chora-tadbirlar ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida qonun buzilishlari aniqlanganda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlarni qo‘llaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarining rivojlanish holati to‘g‘risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etadi, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari va (yoki) rasmiy veb-saytida kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarining rivojlanish holati yuzasidan doimiy ravishda ma’lumotlarni chop etadi, hamda aholining kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida savodxonligi darajasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sug‘urta bozorining professional ishtirokchilarining sug‘urta munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolati doirasida sug‘urta faoliyati sohasini tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash, sug‘urta bozori sohasida ruxsat etish tartib-taomillari amalga oshiradi hamda litsenziya va ruxsat etish talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro etilishi majburiy bo‘lgan to‘lovga qobiliyatlilik normativlarini hamda ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) majburiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p hajmi va jami majburiyatlarning yo‘l qo‘yiladigan ko‘p hajmini hisoblab chiqarish uslubini, sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) to‘lovga qobiliyatini aks ettiruvchi axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) sug‘urta zaxiralari mablag‘larini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek bunday mablag‘larning hisobini yuritish va ular bo‘yicha hisobotlar tuzish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining), sug‘urta brokerining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va ular tomonidan e’lon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim etish hamda e’lon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) investitsiya faoliyatini amalga oshirishi va aktuar xizmatlari ko‘rsatishi tartibi va shartlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktuariy malaka sertifikatini olish uchun o‘quv dasturlarini hamda malaka imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni olish huquqi uchun malaka imtihonini o‘tkazadi, qonunchilikda belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikatini beradi, uning amal qilishini tugatadi va uni bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya va sug‘urtalovchini (qayta sug‘urtalovchini) qayta tashkil etishga berilgan ruxsatnomalarning, shuningdek malaka sertifikatiga ega bo‘lgan aktuariylarning reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini tekshirishni amalga oshiradi va ularga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro qilinishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini, to‘lovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlari va ularning moliyaviy barqarorligining boshqa talablari ta’minlanishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlar buzilganligi uchun sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) ustav fondi (ustav kapitali) eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorida, belgilangan tartibda jarima soladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sug‘urta brokerlari litsenziyalarining amal qilishini qonunchilikda belgilangan tartibda to‘liq yoki ayrim sug‘urta turlariga (klasslariga) nisbatan to‘xtatib turadi, shuningdek ularning faoliyatini tugatish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta faoliyatini tartibga solish va uni nazorat qilish borasidagi faoliyat to‘g‘risida yillik hisobotlarni, shuningdek sug‘urta bozorining moliya yili davomidagi faoliyati haqidagi statistik ma’lumotlarni har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy ichida e’lon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan sohalarida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan xavflarni o‘rganadi, tahlil qiladi va baholaydi hamda aniqlangan xavflarni kamaytirishga doir choralar ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qo‘llaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan sohalardagi amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi hisobot va ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida tartibga solinadigan sohalardagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan beg‘araz shartlar asosida hujjatlar, ma’lumotlar va materiallarni talab qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga ko‘maklashish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etish borasida hamkorlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari faoliyatiga ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarning va texnik topshiriqlarning loyihalarini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etish borasida professional tayyorgarlik darajasini oshirishda ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish borasida xorijiy davlatlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilishda ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohalarida ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasidan va boshqa eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda loyihalarni ishlab chiqishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning turli sohalarida ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasidan va boshqa eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda loyihalarni amalga oshirish haqidagi takliflarni kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, biznes hamjamiyatlar, ekspertlar va xalqaro tashkilotlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasida ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasidan va boshqa eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) global elektron platformalar bilan o‘zaro hamkorlik sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
global elektron platformalar bilan elektron tijorat, kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori va sug‘urtani rivojlantirishga ko‘maklashish masalalari hamda Agentlik faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarning noqonuniy aylanishiga, elektron tijoratni amalga oshirish, qimmatli qog‘ozlar muomalasi, sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish, bukmekerlik faoliyatini va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etishning belgilangan tartibi buzilishiga, shuningdek, noto‘g‘ri reklama va taqiqlangan faoliyat turlari reklamasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzuvchi boshqa materiallar tarqatilishiga qarshi kurashish sohasida global elektron platformalar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
global elektron platformalarning O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi va vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
global elektron platformada e’lon qilingan axborot resursi yoki materialni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i Reyestriga kiritish to‘g‘risidagi ko‘rsatmani tegishli vakolatli davlat organiga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
global elektron platformalar bilan birgalikda Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘quv tadbirlari o‘tkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
global elektron platformalar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda belgilaydi.
(9-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-371-sonli qaroriga asosan “j” kichik bandi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/371/1156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Agentlikning vakolatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik quyidagi vakolatlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlari doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan material va ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rab olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalashda, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarida, shuningdek, tartibga solinadigan sohalardagi faoliyatni tartibga solishda va nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanish;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilaridan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni belgilangan shaklda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlari doirasida qonun buzilishi holatlari yuzasidan jismoniy, shu jumladan, mansabdor shaxslardan yozma tushuntirishlar va ma’lumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha sudga da’vo taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan sohalarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari bilan ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni chiqarish hamda tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan bo‘lmagan mablag‘lar hisobiga xarid qilingan va o‘z balansida hisobi yuritilgan mol-mulkni, shu jumladan, ko‘chmas mulkni, mustaqil ravishda hisobdan chiqarish yoki boshqa tarzda boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik xayriyalari, grantlar, kreditlar va qarzlar sifatida qabul qilingan, Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni o‘rganish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus laboratoriya faoliyati davomida olingan, shuningdek, sud qaroriga asosan davlat foydasiga o‘tkazilgan kripto-aktivlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida milliy kripto-birjada sotish kunida shakllangan kurs bo‘yicha sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolati doirasida litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari talab va shartlariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi borasida tekshiruvlar o‘tkazish va natijasi bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolati doirasida qonun buzilishi holatlari yuzasidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish va sudga yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan qonun buzilishi holatlari va Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ogohlantirish, xulosa va ijro uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar va taqdimnomalar kiritish;
(10-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilib, belgilangan tartibda yig‘ilishlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan sohalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlarda mamlakat manfaatlarini ifoda etish hamda belgilangan tartibda va xalqaro huquq normalariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari, shuningdek, ilmiy institutlari bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
global elektron platformada e’lon qilingan axborot resursi yoki materialni, shu jumladan, internetdagi axborot resursining identifikatsiya ma’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i Reyestriga kiritish va undan chiqarish to‘g‘risida ko‘rsatmani ijro uchun tegishli vakolatli davlat organiga kiritish;
(10-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-371-sonli qaroriga asosan o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/371/1156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar o‘rinbosarga, shu jumladan birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktori, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari maqomi, tibbiy va transport ta’minoti shartlari bo‘yicha tegishli ravishda vazirga, vazirning birinchi o‘rinbosariga va vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik xodimlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari Agentlik direktori tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori hamda Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasining tarif koeffitsiyentlarini qo‘llash tavsiyaviy tusga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grantlar, kreditlar va qarzlar, shu jumladan, kripto-aktivlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarda belgilangan miqdordagi Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, chet el jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari, shu jumladan, kripto-aktivlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar ustav fondi (kapitali)da Agentlikka tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha qonunchilikda belgilangan miqdorda olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini banklarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Agentlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi bo‘yicha shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tuzilmasi va shtatlar birligini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning tarkibiy tuzilmalari hamda Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni o‘rganish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus laboratoriya to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el davlatlari vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari va kompaniyalari bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar va boshqa shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolati doirasida Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi hamda ko‘rsatmalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi to‘g‘risidagi nizomga

ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tartibga solish maxsus rejimi (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tartibga solish maxsus rejimining (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) umumiy qoidalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tartibga solish maxsus rejimi (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) deganda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi texnologiyalarni (keyingi o‘rinlarda — tajriba-sinov loyihalari) joriy etayotgan yuridik shaxslar uchun alohida tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, tajriba-sinov loyihalarini sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarda yengillik yaratish tushuniladi (keyingi o‘rinlarda — maxsus rejim).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxsus rejim doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish yoki to‘lovni qabul qilish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maxsus rejimni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinda — Agentlik) tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maxsus rejimni taqdim etishning asosiy maqsadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maxsus rejimni taqdim etishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va tajriba tariqasida amalga oshirish uchun maydoncha yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi talablarga javob bermaydigan me’yorlar aniqlangan taqdirda, yangi tartibga solish mexanizmlarini shakllantirish va sinovdan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan, investitsiyalarni jalb qilish maqsadida tokenlarni chiqarish yuzasidan tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlar turlarini, shu jumladan, eksportga mo‘ljallangan yechimlarni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi texnologiyalarni joriy etish jarayonlarida tegishli nazoratni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim doirasida o‘tkazilgan tajribalar asosida yangi tartibga solish uslublarini ishlab chiqish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika bozoriga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi texnologiyalarni olib chiqish muddatini va sarf-xarajatlarni qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tadqiqotlarni tashkil qilish va o‘tkazish hamda tahliliy materiallarni tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Agentlikning maxsus rejim doirasidagi huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejimni taqdim etish, ishtirokchilarni maxsus rejimda ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini, ular faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni, tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida ularni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan, tegishli vakolatli organlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazgan holda qonunosti hujjatlarining tegishli normalarini tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish muddatida istisno qilish haqida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning o‘z vaqtida bajarilishini tizimli nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vakolatli davlat organi bilan tuzilgan shartnomalar asosida maxsus rejim ishtirokchilari tomonidan shaxsga doir egasizlashtirilgan ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi va shartlarini, shuningdek, ularga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchilarini tajriba-sinov loyihalari muddati davomida tashkiliy-huquqiy, konsultativ qo‘llab-quvvatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ishtirokchilarning maxsus rejimdagi maqomi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maxsus rejim ishtirokchilari belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tganlaridan so‘ng tajriba-sinov loyihalarini kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olmasdan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maxsus rejim ishtirokchilarining faoliyati, shuningdek, ularning tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida boshqa subyektlar bilan tuzilgan shartnomaviy munosabatlari Agentlikning normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilanadigan huquqiy rejimlar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus rejim ishtirokchilarining O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari — subyektlar bilan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuziladigan shartnomalar (ofertalar, bitimlar)ning maksimal qiymati, shuningdek, maxsus rejimda amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalari doirasida mijozlarning cheklangan soni Agentlik bilan kelishilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus rejimda tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tajriba-sinov loyihalarini maxsus rejim doirasida amalga oshirish muddati uch yildan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddat o‘tgach Agentlik tajriba-sinov loyihalarini maxsus rejim doirasidan chiqarish maqsadida amaldagi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida (tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish natijalari ijobiy baholangan taqdirda) tegishli munosabatlarni tartibga solish uchun tegishli normalarni tarqatish yoxud tegishli asoslarni ko‘rsatgan holda tajriba-sinov loyihasini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 30-son, 728-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 15.05.2018-y., 07/18/3720/1218-son, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son; 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son; 12.12.2025-y., 07/25/371/1156-son; 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)