1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 11-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2009-yil 27-martda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi OʻRQ-819-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qoʻllash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish — mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qoʻllash va bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi — mahsulotning, uni ishlab chiqarish, ishlatish (undan foydalanish), saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utilizatsiya qilish jarayonlarining, bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlarning holati boʻlib, bunda insonning hayotiga, sogʻligʻiga, atrof muhitga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bogʻliq yoʻl qoʻyilmaydigan xavf mavjud boʻlmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar — texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, umumiy texnik reglamentda nazarda tutilmagan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar ayrim turining xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdodagi texnik toʻsiqlar — mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda mavjud boʻlgan tafovutlari yoki oʻzgarishlari oqibatida savdoda yuzaga keladigan toʻsiqlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson hayoti va sogʻligʻi, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida isteʼmolchilarni chalgʻituvchi harakatlarning oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlarni qoʻllashning majburiyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlarni qoʻllashning bir xilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborotning ochiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari — Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini oʻz vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni oʻz vakolati doirasida ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida: xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan oʻz vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasida oʻz vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning xavfsizligiga doir, ularda inson hayoti va sogʻligʻi uchun zararli boʻlgan moddalar, kasallik tugʻdiruvchi organizmlarning mavjudligi, kasallik tashuvchilarning kirib kelishi yoki tarqalishining oldini olish, tibbiyot uchun moʻljallangan buyumlar, tibbiy texnika va dori vositalarini ishlab chiqarish hamda qoʻllash boʻyicha majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi shaharsozlik faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tabiiy resurslardan foydalanishda hamda atrof muhitni ifloslanish va boshqa zararli taʼsirlardan muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi—uchinchi qismlarida koʻrsatilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari oʻz vakolati doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari va umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash yuzasidan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi hamda ularni ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy texnik reglamentlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga oʻzgartish va qoʻshimchalarni ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish boʻyicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari huzurida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga oʻzgartish va qoʻshimchalarni ishlab chiqish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari huzurida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarining faoliyati Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan hamda oʻz vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi umumiy va maxsus texnik reglamentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari, davlat boshqaruvi organlari oʻzlari tasdiqlagan maxsus texnik reglamentlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirish va yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Texnik reglamentlar toʻgʻrisidagi axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi, ishlab chiqilayotgan va qabul qilingan texnik reglamentlar toʻgʻrisidagi axborot yuridik va jismoniy shaxslar erkin foydalana oladigan boʻlishi kerak. Davlat sirlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar tarqatilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi yuridik va jismoniy shaxslarning soʻrovlariga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi, ishlab chiqilayotgan va qabul qilingan texnik reglamentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash tartib-taomili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi xalqaro tashkilotlarga aʼzoligi va xalqaro shartnomalardagi ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilayotgan, qabul qilingan texnik reglamentlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarni eʼlon qilishning rasmiy manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Texnik reglamentlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Texnik reglamentlarning turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida texnik reglamentlarning quyidagi turlari qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy texnik reglamentlar;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2012-yil 4-iyuldagi 192-son “Texnik jihatdan foydalanishda temir yoʻl transporti xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2015-yil 3-iyundagi 146-son “Taʼlim muassasalari uchun xavfsiz poligrafiya mahsulotlari haqidagi Umumiy texnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori, 2015-yil 6-noyabrdagi 319-son “Metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha umumiy texnik reglamentini tasdiqlash haqida” qarori, 2015-yil 11-noyabrdagi 326-son “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisida umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2016-yil 18-martdagi 80-son “Qishloq xoʻjaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2016-yil 31-martdagi 99-son “Don xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2016-yil 11-maydagi 148-son “Yengil sanoat mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni haqida” qarori, 2016-yil 27-oktabrdagi 365-son “Dori vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2016-yil 21-noyabrdagi 389-son “Texnik vositalarning elektromagnit mosligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 5-yanvardagi 5-son “Charm-poyabzal mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 13-fevraldagi 71-son “Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 16-fevraldagi 86-son “Shisha idishlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 24-fevraldagi 99-son “Shaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 27-fevraldagi 102-son “Telekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 25-apreldagi 237-son “Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 10-maydagi 265-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari oʻquv xonalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 2-iyundagi 345-son “Oʻquv asbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 24-iyundagi 427-son “Bosim ostida ishlaydigan uskunalarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 7-iyuldagi 476-son “Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 7-iyuldagi 474-son “Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 12-iyuldagi 490-son “Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan uning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori, 2020-yil 17-noyabrdagi 724-son “Yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 2-oktabrdagi 783-son “Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga talablar toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 6-oktabrdagi 801-son “Liftlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 30-oktabrdagi 880-son “Gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 11-noyabrdagi 905-son “Veterinariya dori vositalari va ozuqa qoʻshimchalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 21-noyabrdagi 931-son “Avtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilgʻisiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilgʻiga va mazutga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash hakida” qarori, 2017-yil 24-noyabrdagi 941-son “Portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlovchi asbob-uskunalarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2018-yil 22-yanvardagi 36-son “Goʻsht va goʻsht mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus texnik reglamentlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligini taʼminlashga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan sinovlar, oʻlchovlar qoidalari va usullari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararli mikroorganizmlar va qoʻshimchalar, kasalliklar, kasallik tarqatuvchilar, ifloslantiruvchi moddalar, toksinlar, zararkunandalar va begona oʻsimliklar kirib kelishi yoki tarqalishi munosabati bilan yuzaga keladigan insonning hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhitga zarar yetkazilishi xavfi darajasi hamda zararni bartaraf etish hisobga olingan holda texnik reglamentlarda sanitariya, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari ham koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotga, uni sinash, tekshirish tartib-taomiliga, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va fitosanitariya xulosasini berish tartibiga doir majburiy talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin va veterinariya-sanitariya qoidalari, shu jumladan hayvonlar va oʻsimliklarni tashish bilan bogʻliq talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunalar olish usullari va tartib-taomili, insonning hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhitga zarar yetkazilishi xavfini tadqiq etish hamda baholash usullari, shuningdek texnik reglamentlarda koʻrsatilgan boshqa talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglamentlarda mahsulotning konstruksiyasiga va bajarilishiga doir talablar boʻlmasligi lozim, insonning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilishi xavfi darajasi hisobga olingan holda mahsulotning konstruksiyasiga va bajarilishiga doir talablar yoʻqligi sababli mahsulot xavfsizligi taʼminlanmasligi hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlar, ishlar va xizmatlardan uzoq muddat foydalanilishi oqibatida va (yoki) yoʻl qoʻyiladigan xavf darajasini aniqlash imkoniyatini bermaydigan boshqa omillar taʼsiri sababli insonning hayoti va sogʻligʻiga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar yetkazadigan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga doir talablar texnik reglamentlarda boʻlmasligi kerak. Bunda texnik reglamentlarda ehtimol tutilgan zarar toʻgʻrisida hamda insonning hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhitga zarar yetkazilishi xavfi qaysi omillarga bogʻliq boʻlsa, shu omillar haqida isteʼmolchilarni xabardor qilishga doir talablar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda insonning hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhitga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga tahdid soluvchi transchegaraviy xavfli ishlab chiqarish obyektlariga oid maxsus talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirdan iborat boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik reglamentlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglamentlar tugal boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi hamda ularga faqat belgilangan tartibda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini shakllantirish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa vakolatli davlat organlarining hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining oʻz vakolatlari doirasidagi takliflari inobatga olingan holda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglamentlar texnik reglamentlarni ishlab chiqishning tasdiqlanadigan dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlar ishlab chiqilishi haqidagi xabarlarni eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solinishi lozim boʻlgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning guruhlari hamda turlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilgan texnik reglamentlarni kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilgan texnik reglamentlardan foydalanish erkinligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar ishlab chiqilgan texnik reglamentlar rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida ularning muhokama qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Texnik reglamentlarni qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy texnik reglamentlar ekspertizadan oʻtkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga ular faoliyatining yoʻnalishi boʻyicha topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli ekspert komissiyasining xulosasi olinganidan keyin umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlar ekspertizadan oʻtkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga ular faoliyatining yoʻnalishi boʻyicha topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari, davlat boshqaruvi organlari oʻz faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli ekspert komissiyasining xulosasi asosida maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan umumiy va maxsus texnik reglamentlar rasmiy eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kamida olti oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy va maxsus texnik reglamentlarni eʼlon qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning texnik reglamentlarni ishlab chiqish uchun qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglamentlarni ishlab chiqishda mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning xavfsizlik mezonlarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglamentlarda daliliy baza sifatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning matnlari toʻliq yoki qisman keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Texnik reglamentlarga rioya etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglamentlarga rioya etish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish boʻyicha ularda koʻrsatilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan tegishli normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yoʻqotadi hamda belgilangan tartibda qoʻllanilishda ixtiyoriylik kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlarining va davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish respublika budjeti va yuridik shaxslarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagilar moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy texnik reglamentlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha xalqaro tashkilotlardagi aʼzoligi bilan bogʻliq xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.