Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2025 07.07.2017 yildagi 476-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 109-sonli “Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2025-yil 27-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, oziq-ovqat mahsulotiga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oziq-ovqat mahsulotiga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n ikki oy o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilgach, ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llanilishda ixtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zstandart” agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament belgilangan tartibda amalga kiritilgan kundan boshlab oziq-ovqat mahsulotiga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligiga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilovchi standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekoziqovqatxolding” XK va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida keng xabardor qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
476-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 28-son, 653-modda)