Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.09.2025 12.07.2017 yildagi 490-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.09.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 553-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n ikki oy o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilgach ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zstandart” agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament belgilangan tartibda amalga kiritilgan kundan boshlab oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekoziqovqatxolding” XK va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari keng xabardor qilinishini va tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
490-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-iyuldagi 490-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY TEXNIK REGLAMENT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Maqsadlari va qo‘llanish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Umumiy texnik reglament (keyingi o‘rinlarda Texnik reglament deb ataladi) iste’molchilarning oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘risida ishonchli ma’lumotga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida oziq-ovqat mahsulotiga uni tamg‘alash yuzasidan qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnik reglament umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan joyda iste’mol qilish uchun ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotiga, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan keyinchalik realizatsiya qilmasdan shaxsan iste’mol qilish uchun ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotiga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar boshqa texnik reglamentlarda oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini tamg‘alashga nisbatan talablar belgilangan bo‘lsa, u holda oziq-ovqat mahsulotlarining ushbu turlarini tamg‘alash amal qilishi ularga joriy etiladigan barcha texnik reglamentlarning talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Terminlar va ta’riflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnik reglamentda quyidagi terminlar va ta’riflardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sana — oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarishning texnologik jarayoni tamom bo‘lgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) — o‘z nomidan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaruvchi va uning Texnik reglament talablariga muvofiqligi uchun mas’ul bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotining farqlanuvchi belgilari to‘g‘risidagi ma’lumot — oziq-ovqat mahsulotining xossalari mavjudligidan dalolat beruvchi, uni boshqa oziq-ovqat mahsulotidan farqlash (shu jumladan oziqlik qimmati, kelib chiqish joyi, tarkibi, boshqa xossalari) imkonini beruvchi oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suqma varaq — tamg‘a qo‘yiladigan va iste’mol o‘ramiga va (yoki) transport o‘ramiga joylashtiriladigan yoxud iste’mol o‘ramiga va (yoki) transport o‘ramiga ilova qilinadigan axborot manbai;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tamg‘a — iste’mol o‘ramiga, transport o‘ramiga, suqma varaqqa, etiketkaga yoki yorliqqa tushiriladigan yozuvlar, rasmlar, belgilar, ramzlar, boshqa belgilar va (yoki) ularning kombinatsiyalari tarzidagi oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘risidagi ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsuloti — oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqatlar va ularning tarkibiga kirgan narsalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqatlar — oziq-ovqat xom ashyosidan tayyorlanadigan va tabiiy yoki qayta ishlangan holda ovqat uchun ishlatiladigan mahsulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchi — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan faqat shaxsiy, oilaviy, uy ehtiyojlari va boshqa ehtiyojlar uchun buyurtma berish yoki sotib olish niyatidagi yoxud oziq-ovqat mahsulotiga buyurtma beruvchi, sotib oluvchi yoki undan foydalanuvchi jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’mol o‘rami — mahsulotni birlamchi o‘rash va pirovard iste’molchiga sotish uchun mo‘ljallangan o‘ram;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib oluvchi— oziq-ovqat mahsulotini istalgan maqsadlarda foydalanish uchun sotib oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan iste’molchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati — tamg‘alashda qayd qilingan vaqt davri, ushbu vaqt mobaynida oziq-ovqat mahsuloti texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilangan unga qo‘yiladigan xavfsizlik talablariga to‘liq muvofiq bo‘lishi, shuningdek tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan belgilangan saqlash shartlariga rioya qilinganda o‘z iste’mol xossalarini saqlab qolishi kerak va ushbu muddat tamom bo‘lgandan keyin oziq-ovqat mahsuloti sotilmasligi va belgilangan maqsadda foydalanilmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar belgisi — turli yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yaratilgan oziq-ovqat mahsulotini farqlash uchun xizmat qiladigan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport o‘rami — oziq-ovqat mahsulotini saqlash va tashish, shuningdek joyini o‘zgartirishda uni shikastlanishdan himoya qilishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan va mustaqil transport birligini hosil qiladigan o‘ram;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ralgan oziq-ovqat mahsuloti — iste’mol o‘ramiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsuloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ram — oziq-ovqat mahsulotini joylashtirish, himoya qilish, tashish, saqlash, tashish va namoyish qilish uchun mo‘ljallangan buyum;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
etiketka — tamg‘a bosiladigan va iste’mol o‘ramiga va (yoki) transport o‘ramiga, shu jumladan yelimlash yo‘li bilan mahkamlanadigan axborot manbai;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yorliq — o‘ramga mahkamlanadigan tamg‘alashni tushirish uchun mo‘ljallangan axborot manbai.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash tushunarli, oson o‘qiladigan, ishonchli bo‘lishi va sotib oluvchilarni chalg‘itmasligi kerak, yozuvlar, belgilar, ramzlar tamg‘a bosiladigan fondan keskin farq qilishi kerak. Tamg‘a bosish usuli tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan belgilangan saqlash shartlariga rioya qilinganda oziq-ovqat mahsuloti yaroqliligining butun muddati mobaynida uning saqlanishini ta’minlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oziq-ovqat mahsuloti davlat tilidagi yozuvlar tarzida tamg‘alanadi, ma’lumotlarni boshqa tillarda takrorlashga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksportga yuklab jo‘natiladigan oziq-ovqat mahsuloti import qiluvchi mamlakat tilida yozilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlarda oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga, shu jumladan nomini, tayyorlangan sanasini, yaroqlilik muddatini, oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmatini ko‘rsatish yuzasidan Texnik reglament talablariga zid bo‘lmagan qo‘shimcha talablar belgilanishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. O‘ralgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘ralgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oziq-ovqat mahsulotining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oziq-ovqat mahsulotining tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oziq-ovqat mahsulotining miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati. Yaroqlilik muddati o‘rash xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan oziq-ovqat mahsuloti uchun o‘ram ochilgandan keyin saqlash muddati ham ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan belgilangan yoki oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlarda nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotini saqlash shartlari. Saqlash shartlari o‘rashning xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan oziq-ovqat mahsuloti uchun o‘ram ochilgandan keyin saqlash shartlari ham ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ishlab chiqarilgan mamlakat (oziq-ovqat mahsuloti kelib chiqqan joyning nomi), tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning nomi va joylashgan joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida import qiluvchi tashkilotning nomi va joylashgan joyi, shuningdek, mavjud bo‘lganda, tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan vakil qilingan shaxsning nomi va joylashgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) foydalanish, shu jumladan, agar ushbu tavsiyalar yoki cheklashlardan foydalanmasdan uni tayyorlash qiyinchilik tug‘dirgan, yoxud iste’molchining sog‘lig‘iga, uning mol-mulkiga zarar yetkazishi, oziq-ovqat mahsulotining iste’mol xossalari pasayishiga yoki yo‘qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatda oziq-ovqat mahsulotini tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar va (yoki) cheklashlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmati ko‘rsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) oziq-ovqat mahsulotining mo‘ljallanganligi (bolalarbop ovqat va parhez oziq-ovqatga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan mahsulotlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) yog‘li-moyli mahsulotlar uchun — trans-yog‘ kislotalari, ichimliklar uchun — shakar mavjudligi, non-bulka mahsulotlari, go‘sht, konserva va sut mahsulotlari uchun retseptura bo‘yicha tuz mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘ralgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda qo‘shimcha ma’lumotlar, shu jumladan oziq-ovqat mahsuloti unga muvofiq ishlab chiqarilgan hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tovar belgisi va muvofiqlik belgilari ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tarkibida 150 mg/litrdan ortiq bo‘lmagan miqdorda kofein mavjud bo‘lgan alkogolsiz ichimliklar va (yoki) inson organizmiga quvvat beruvchi samarani ta’minlash uchun yetarlicha miqdordagi dori vositalari va ularning ekstraktlari “18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning, homiladorlikda va ko‘krakdan emizishda, haddan ortiq asabiylikdan, uyqusizlikdan, arterial kon bosimidan azob chekuvchi shaxslarning iste’mol qilishi tavsiya etilmaydi” degan yozuv bilan tamg‘alanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Transport o‘ramiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oziq-ovqat mahsuloti joylashtirilgan transport o‘rami tamg‘asida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oziq-ovqat mahsulotining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oziq-ovqat mahsulotining miqdori va massasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oziq-ovqat mahsulotini saqlash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oziq-ovqat mahsuloti turkumini (masalan, turkum raqamini) taqqoslash imkonini beruvchi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilgan mamlakat (oziq-ovqat mahsuloti kelib chiqqan joyning nomi), tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning nomi va joylashgan joyi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar transport o‘ramiga tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan keyinchalik qadoqlash (konfetlar, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari) uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsuloti iste’mol o‘ramisiz joylashtirilgan taqdirda, bunday oziq-ovqat mahsuloti joylashtirilgan transport o‘ramini tamg‘alash Texnik reglamentning 8-bandi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar transport o‘ramiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotining iste’mol o‘ramiga bosilgan tamg‘a transport o‘rami yaxlitligi buzilmagan holda iste’molchilar e’tiboriga yetkazilishi kerak bo‘lgan taqdirda transport o‘ramini tamg‘alamaslikka yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Transport o‘ramiga joylashtirilgan oziq-ovqat tamg‘asida qo‘shimcha ma’lumotlar, shu jumladan oziq-ovqat mahsuloti unga muvofiq ishlab chiqilgan hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tovar belgisi va muvofiqlik belgilari ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Oziq-ovqat mahsulotining nomini shakllantirishga qo‘yiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tamg‘alashda ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotining nomi uni oziq-ovqat mahsuloti sifatida yetarlicha tavsiflashi va uni boshqa oziq-ovqat mahsulotidan farqlash imkonini berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oziq-ovqat mahsulotining fizik xossalari va (yoki) uni qayta ishlashning maxsus usullari to‘g‘risidagi ma’lumot (qayta tiklangan, dudlangan, marinadlangan, maydalangan, ionlashtiruvchi nur bilan qayta ishlangan, sublimatsiya qilingan oziq-ovqat mahsuloti va u to‘g‘risidagi shunga o‘xshash ma’lumot), agar bunday ma’lumotning mavjud emasligi sotib oluvchini chalg‘itishi mumkin bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotining nomiga kiritiladi yoki nomning bevosita yaqinida joylashtiriladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga nisbatan bunday ma’lumotga qo‘yiladigan talab oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oziq-ovqat mahsulotining nomida, agar ular yoki ularni qayta ishlash mahsulotlari oziq-ovqat mahsuloti tarkibiga kirmasa, komponentlar ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar oziq-ovqat mahsulotining tarkibida xushbo‘y hid beruvchidan foydalanilgan taqdirda, ushbu hid beruvchi bilan almashtirilgan va oziq-ovqat mahsuloti tarkibiga kirmaydigan komponentning nomini mazali va (yoki) xushbo‘y hidli so‘zlaridan foydalangan holda oziq-ovqat mahsulotining nomiga kiritishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tamg‘alashda o‘ralgan oziq-ovqat mahsulotining nomida “parhezli, diabetik, bolalarbop ovqat” ta’riflari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oziq-ovqat mahsulotining nomida faqat oziq-ovqat mahsulotining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligi rasman tasdiqlangan taqdirda “eko” so‘zi ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotining tarkibini ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oziq-ovqat mahsuloti tarkibiga kiradigan komponentlar, agar oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlar talablariga ko‘ra o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish paytida ularning massa ulushi kamayish tartibida ko‘rsatiladi. Ushbu komponentlar ko‘rsatilishidan bevosita oldin “Tarkibi” yozuvi joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oziq-ovqat mahsulotida tarkibli komponent (2 va undan ortiq komponentlardan iborat) mavjud bo‘lganda oziq-ovqat mahsuloti tarkibidan Texnik reglamentning 20-bandi talablariga rioya qilingan holda bunday tarkibli komponent tarkibiga kiradigan barcha komponentlar ro‘yxati yoki tarkibli komponentga qavslarda kamayib borish tartibida ularning massa ulushi qo‘shimcha qilingan holda tarkibli komponent ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tarkibli komponentning massa ulushi 2 va undan kam foizni tashkil etgan taqdirda, unga kiradigan komponentlarni ko‘rsatmaslikka yo‘l qo‘yiladi, oziq-ovqat qo‘shimchalari, xushbo‘y hid beruvchilar va ularning tarkibiga kiradigan oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik faol moddalar va dorivor o‘simliklar, shuningdek Texnik reglamentning 32-bandida ko‘rsatilgan komponentlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oziq-ovqat mahsulotida massa ulushi 2 va undan kam foizni tashkil etadigan komponentlar mavjud bo‘lgan taqdirda ularni, agar oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlar bilan o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, massa ulushi 2 foizdan ortiqni tashkil etadigan komponentlardan keyin istalgan izchillikda ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. O‘zida oziq-ovqat mahsulotini ifodalaydigan komponentning nomi Texnik reglamentning 4-paragrafi talablariga muvofiq oziq-ovqat mahsuloti tarkibida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglamentga 1-ilovada* nazarda tutilgan komponentlarning nomlari oziq-ovqat mahsuloti tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari tegishli turlarining nomi ostida ko‘rsatilishi mumkin, agar bunday komponentlar nomi oziq-ovqat mahsulotining nomida foydalanilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oziq-ovqat mahsulotida xushbo‘y hid beruvchi mavjud bo‘lgan taqdirda tarkib tamg‘asida “xushbo‘y hid beruvchi(lar)” so‘zi bo‘lishi kerak. Masalan, “xushbo‘y hid beruvchi “Shaftoli”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oziq-ovqat mahsuloti tarkibida oziq-ovqat qo‘shimchasi mavjud bo‘lgan taqdirda oziq-ovqat qo‘shimchasining funksional (texnologik) vazifasi (kislotalik regulatori, stabilizator, emulgator, boshqa funksional (texnologik) vazifasi) va nomi ko‘rsatilishi kerak, ular Xalqaro raqamli tizimga (INS) va Yevropa (E) raqamli tizimiga muvofiq oziq-ovqat qo‘shimchasi indeksi bilan almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oziq-ovqat qo‘shimchasi har xil funksional maqsadga ega bo‘lsa, undan foydalanish maqsadlariga muvofiq bo‘lgan funksional vazifa ko‘rsatiladi. Oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarishda komponent sifatida foydalaniladigan uglerod ikki oksidi oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda “Gazlashtirilgan” yozuvi kiritilgan taqdirda oziq-ovqat mahsuloti tarkibida ko‘rsatilishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Quyidagilarga nisbatan oziq-ovqat mahsulotining tarkibini ko‘rsatish talab etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yangi uzilgan mevalar (shu jumladan olma) va po‘sti olib tashlanmagan, kesilmagan yoki bunday usulda qayta ishlanmagan sabzavotlar (shu jumladan kartoshka);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oziq-ovqat xom ashyosining bir turidan olingan sirka (boshqa komponentlar qo‘shilmagan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oziq-ovqat mahsulotining nomi bunday komponent mavjudligini aniqlash imkonini berishi sharti bilan bitta komponentdan iborat oziq-ovqat mahsuloti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Texnik reglamentning 32-bandida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari quyidagilar komponentlarga tegishli bo‘lmaydi va oziq-ovqat mahsulotining tarkibida ko‘rsatilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida oziq-ovqat mahsulotining tarkibida ko‘rsatilgan komponentlardan chiqarib tashlanadigan va ishlab chiqarish texnologik jarayonining keyingi bosqichida ushbu birlamchi moddalarning miqdoridan ortiq bo‘lmagan miqdorda oziq-ovqat mahsulotiga qo‘shiladigan moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir yoki bir necha komponentlar tarkibiga kiradigan va bunday komponentlar mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotining xossalarini o‘zgartirmaydigan moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aniq bir oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologik yordamchi vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) erituvchilar, xushbo‘y hid beruvchilarning ta’mini beruvchilar yoki xushbo‘y hid beruvchi oziq-ovqat qo‘shimchalari tarkibiga kiradigan moddalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida konsentratsiyalashgan quyuqlashtirilgan yoki quruq oziq-ovqat mahsulotidan qayta tiklangan komponentlarni ular qayta tiklangandan keyin ularning massa ulushiga muvofiq ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mevalar (shu jumladan rezavor mevalar), sabzavotlar (shu jumladan kartoshka), yong‘oqlar, o‘tlar, qo‘ziqorinlar, tegishli aralashmalar tarkibiga kiradigan va massa ulushi bo‘yicha jiddiy farq qilmaydigan shirinliklar, ziravorlar “o‘zgaradigan nisbatlarda” yozuvi ko‘rsatilgan holda istalgan izchillikda oziq-ovqat mahsuloti tarkibida ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tarkibiga shirinlashtiruvchilar, shakar-spirtlar kiruvchi oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alashga bevosita oziq-ovqat mahsulotining tarkibi ko‘rsatilganidan keyin “Tarkibida shirinlashtiruvchi (shirinlashtiruvchilar) mavjud. Ko‘p iste’mol qilganda bo‘shashtiruvchi holatga olib kelishi mumkin” degan yozuv qo‘shimcha qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Iste’mol qilinishi allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki Texnik reglamentning 32-bandida ko‘rsatilgan kasalliklarning ayrim turlarida iste’mol qilish nojoiz bo‘lgan komponentlar (shu jumladan oziq-ovqat qo‘shimchalari, xushbo‘y hid beruvchilar), biologik faol qo‘shimchalar ularning miqdoridan qat’i nazar, oziq-ovqat mahsuloti tarkibida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Quyidagilar iste’mol qilinishi allergik reaksiya keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan yoki kasalliklarning ayrim turlarida iste’mol qilish nojoiz bo‘lgan eng ko‘p tarqalgan komponentlarga tegishlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yeryong‘oq va uni qayta ishlash mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aspartam, aspartam-atsesulfam tuzi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xantal va uni qayta ishlash mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) agar ularning umumiy hajmi oltingugurt dioksidiga qayta hisoblab chiqishda bir kilogrammga 10 milligrammdan ortiqni yoki 1 litrga 10 milligrammdan ortiqni tashkil etsa oltingugurt dioksidi va sulfitlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tarkibida glyuten bo‘lgan o‘tlar va ularni qayta ishlash mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) kunjut va uni qayta ishlash mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) lyupin (bo‘rilukkak) va uni qayta ishlash mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) mollyuskalar va ularni qayta ishlash mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) sut va uni qayta ishlash mahsulotlari (shu jumladan laktoza);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) yong‘oq va uni qayta ishlash mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) qisqichbaqasimonlar va ularni qayta ishlash mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) baliq va uni qayta ishlash mahsulotlari (tarkibida vitaminlar va karotinoidlar mavjud bo‘lgan preparatlarda asos sifatida foydalaniladigan baliq jelatinidan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) selderey va uni qayta ishlash mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) soya va uni qayta ishlash mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) tuxum va uni qayta ishlash mahsulotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Komponentlarning allergen xossalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda ko‘rsatish talab etilmaydi, oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishda ulardan foydalanilgan taqdirda uning tarkibi ko‘rsatilgandan keyin “Fenilalanin manbai mavjud” yozuvi joylashtirilishi kerak bo‘lgan tuzning aspartami va aspartam-atsesulfami to‘g‘risidagi ma’lumotlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tarkibida donli komponentlar mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun mahsulot tarkibi ko‘rsatilgandan keyin, agar tarkibida glyuten mavjud bo‘lgan donli komponentlardan foydalanilmagan yoki glyuten olib tashlangan taqdirda “Tarkibida glyuten mavjud emas” degan yozuvni joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agar Texnik reglamentning 32-bandida belgilangan komponentlardan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanilmagan, biroq ularning oziq-ovqat mahsulotida mavjudligi to‘liq istisno etilmagan hollarda bunday komponentlar mavjud bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumot bevosita oziq-ovqat mahsulotining tarkibi ko‘rsatilgandan keyin joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tarkibida rang beruvchilar (E122 azorubin, E104 sariq xinolin, FCF E110 sariq “quyosh botishi”, AS E129 qizil maftunkor, 4R E124 ponso va E102 tartrazin) oziq-ovqat mahsulotlari uchun “Tarkibida rang beruvchi (rang beruvchilar) mavjud, ular bolalarning faolligiga va diqqatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin” degan ogohlantiruvchi yozuv yozilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli ichimliklar va tamg‘alash uchun ko‘rsatib o‘tilgan rang beruvchilardan foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlari (so‘yilgan mol go‘shti, go‘sht mahsulotlari, tuxum) bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Tamg‘alashda o‘ralgan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori ko‘rsatilishiga qo‘yiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. O‘ralgan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori ushbu mahsulotni tamg‘alashda hajm (millilitr yoki litrlarda), massa (grammlar yoki kilogrammlarda) yoki sanoq (donalarda) birliklarida ko‘rsatiladi. Bunda ushbu birliklarning qisqartirilgan nomidan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Donalab sotiladigan tuxum, meva, sabzavotlarning massasi yoki hajmi ko‘rsatilmasligiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. O‘ralgan oziq-ovqat mahsulotlarining miqdorini ko‘rsatish uchun miqdorni tanlash, donalab sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari bundan mustasno, agar oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlarda o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, quyidagi qoidalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar oziq-ovqat mahsuloti suyuq bo‘lsa, u holda uning hajmi ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar oziq-ovqat mahsuloti kukunsimon, qayishqoq yoki qayishqoq-plastik konsistensiyali bo‘lsa, u holda yoxud uning hajmi yoxud massasi ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) agar oziq-ovqat mahsuloti qattiq, sochiluvchi bo‘lsa, qattiq va suyuq moddaning aralashmasidan iborat bo‘lsa, u holda uning massasi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat mahsulotining sonini ko‘rsatish uchun ikkita miqdordan ayni bir vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi, masalan, donaning massasi va soni, massa va hajm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Guruh qilib o‘rashda oziq-ovqat mahsuloti sonini ko‘rsatish quyidagi tarzda amalga oshirilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar bir nomdagi oziq-ovqat mahsuloti bir nechta iste’mol o‘ramlariga joylashtirilgan bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotini guruh qilib o‘rashda mahsulotning umumiy soni va iste’mol o‘ramlari soni ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar o‘ralgan oziq-ovqat mahsuloti uchun guruhli o‘ramning xossasi oziq-ovqat mahsulotining soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yaxshi ko‘rish va iste’mol o‘ramlari sonini hisoblash oson bo‘lsa, u holda guruhli o‘ramda ularning ko‘rsatmaslikka yo‘l qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) agar o‘ralgan oziq-ovqat mahsuloti har xil turdagi va nomdagi va (yoki) turli nomdagi alohida buyumlardan iborat bo‘lgan bir nechta iste’mol o‘ramlaridan iborat bo‘lsa, u holda o‘ralgan oziq-ovqat mahsulotini guruhli o‘rashda har bir iste’mol o‘ramining nomi va mahsulotlar soni va (yoki) donaning nomi, soni, yoxud har bir buyumning massasi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Transport o‘ramiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotining soni har bir o‘ram birligiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsuloti soni ko‘rsatilgan holda hajm (millilitrlar yoki litrlarda) yoki massa (grammlar yoki kilogrammlarda) birliklarida yoxud transport o‘ramidagi o‘rash birliklari sonida (donalarda) ko‘rsatiladi. Bunda ushbu birliklarning qisqartirilgan nomlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Agar oziq-ovqat mahsuloti suyuq muhitga, masalan suvga, shakarning suvli eritmasiga, oziq-ovqat kislotalarining suvli eritmalariga, tuzning suvli eritmalariga, namakoblarga, sirkaga, mevali yoki sabzavotli sharbatlarga joylashtirilgan taqdirda oziq-ovqat mahsulotining hajmi yoki massasi suyuq muhit bilan birga ko‘rsatilishi bilan birgalikda suyuq muhitga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotining qo‘shimcha hajmi yoki massasi ko‘rsatilishi kerak. Ushbu talab keyinchalik muzlatilgan holda suyuq muhitga joylashtiriladigan oziq-ovqat mahsulotiga ham joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. O‘ralgan oziq-ovqat mahsuloti soni noaniq ko‘rsatilishiga va o‘ralgan oziq-ovqat mahsuloti soni qiymati diapazoni ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sanani ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda uning yaroqlilik muddatiga qarab u tayyorlangan sanani ko‘rsatish quyidagi so‘zlardan foydalangan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 72 soatgacha yaroqli bo‘lgan taqdirda soat, kun, oy ko‘rsatilgan holda “tayyorlangan sanasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 72 soatdan uch oygacha yaroqli bo‘lganda kun, oy, yil ko‘rsatilgan holda “tayyorlangan sanasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uch oydan va undan ortiq yaroqlilik muddatida oy, yil yoki kun, oy, yil ko‘rsatilgan holda “yaroqlilik sanasi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. “Tayyorlangan sanasi” so‘zlaridan keyin oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sana yoki ushbu sanani iste’mol o‘ramiga bosish joyi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda “tayyorlangan sanasi” so‘zlari “ishlab chiqarilgan sana” so‘zlari yoki so‘zning mazmuni bo‘yicha shunday so‘z bilan almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlarga “tayyorlangan sanasi” so‘zlari o‘rniga oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini ishlab chiqarishning texnologik jarayoni tamom bo‘lishi sanasini belgilovchi boshqa tushunchalar o‘rnatilishi mumkin, masalan, ichimliklarni quyish sanasi, tuxumlarni saralash sanasi, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili yili, yovvoyi holda o‘suvchi mevalar, yong‘oqlar, asalarichilik mahsulotlari yig‘ilgan yil ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqliligi muddatini ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda uning yaroqliligi muddatini ko‘rsatish quyidagi so‘zlardan foydalangan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uning yaroqlilik muddati 72 soatgacha bo‘lganda soat, kun, oy ko‘rsatilgan holda “gacha yaroqli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uning yaroqlilik muddati 72 soatdan uch oygacha bo‘lganda kun, oy ko‘rsatilgan holda “gacha yaroqli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oy, yil ko‘rsatilgan holda “oxirigacha yaroqli” yoki uning yaroqlilik muddati kamida uch oy bo‘lganda kun, oy, yil ko‘rsatilgan holda “gacha yaroqli”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddatini ko‘rsatish maqsadida sutkalar, oylar yoki yillar soni ko‘rsatilgan holda “yaroqli” yoxud 72 soatgacha yaroqlilik muddatida soatlar soni ko‘rsatilgan holda “yaroqli” so‘zidan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. “Gacha yaroqli”, “yaroqli”, “oxirigacha yaroqli” so‘zlaridan keyin yoki oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati yoki ushbu muddatini o‘ramga bosish joyi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan unga nisbatan yaroqlilikning cheklanmagan muddati belgilanadigan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash “Saqlash shart-sharoitlariga rioya qilinganda yaroqlilik muddati cheklanmagan” yozuvi qo‘shimcha qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda “gacha yaroqli”, “yaroqli”, “oxirigacha yaroqli” so‘zlari “yaroqlilik muddati”, “gacha iste’mol qilinsin” so‘zlari yoki mazmuni o‘xshash so‘zlar bilan almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotini tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning, tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan vakolat berilgan shaxsning, import qiluvchining nomi va joylashgan joyini ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Oziq-ovqat mahsulotini tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning joylashgan joyi tadbirkorlik faoliyati subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Sotib oluvchiga taqdim etiladigan ma’lumotda tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan nomi va joylashgan joyidan (manzili, shu jumladan mamlakat) foydalanish zarur. Tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning manzili bilan mos bo‘lmaganda ishlab chiqarish(lar) manzili(lari) hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib oluvchilardan e’tirozlarni qabul qilishga tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan vakolat berilgan shaxslar ham (mavjud bo‘lganda) ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Oziq-ovqat mahsulotining tayyorlovchisi (ishlab chiqaruvchisi) joylashgan joyning nomi to‘g‘risidagi ma’lumotni tayyorlovchi mamlakatning nomini davlat tilida ko‘rsatish sharti bilan oziq-ovqat mahsulotini tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) joylashgan joy bo‘yicha mamlakat tilida (tillarida) ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ishlab chiqarish bir nechta tayyorlovchilar (ishlab chiqaruvchilar) tomonidan amalga oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda har bir tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) to‘g‘risidagi ma’lumotni iste’molchilarga yetkazish usuli, masalan, harflar, raqamlar, ramzlardan, boshqacha chizilgan ajratilgan shriftdan foydalanish aniq bir oziq-ovqat mahsulotini tayyorlovchini (ishlab chiqaruvchini) aynan aniqlash imkonini berish sharti bilan har bir tayyorlovchining (ishlab chiqaruvchining) nomi va joylashgan joyi ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Tayyorlangan joyida o‘ralmagan oziq-ovqat mahsulotlari (chakana savdo tashkilotlari tomonidan iste’mol o‘ramiga o‘ralgan oziq-ovqat mahsulotlari bundan mustasno) Texnik reglamentning 52-moddasida nazarda tutilgan tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) va yuridik shaxs yoki oziq-ovqat mahsulotlarini o‘rashni keyinchalik realizatsiya qilish yoki tadbirkorlikning boshqa subyekti buyurtmasi bo‘yicha u tayyorlangan joydan boshqa joyda o‘rashni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor to‘g‘risidagi ma’lumot mavjud bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Agar tayyorlovchida (ishlab chiqaruvchida) tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan vakolat berilgan shaxs mavjud bo‘lsa, bunday tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan vakolat berilgan shaxsning nomi va joylashgan joyi oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda ko‘rsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Boshqa mamlakatlardan yetkazib beriladigan o‘ralgan oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alashda import qiluvchining nomi va joylashgan joyi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmatini ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda ko‘rsatiladigan uning oziqlik qimmati quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) energetika qiymati (kaloriyaligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oqsillar, yog‘lar, uglevodlar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) vitaminlar va mineral moddalar miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Xushbo‘y hid beruvchilar, chaynalanadigan saqich, kofe, mineral suv, shishaga solingan ichimlik suv, oziq-ovqat qo‘shimchalari, xom oziq-ovqat mahsulotlari (qo‘ziqorinlar, hayvonlarning so‘yilgandan keyingi mahsulotlari, parrandalar, baliqlar, sabzavotlar (shu jumladan kartoshka), mevalar, shu jumladan rezavor meva), osh tuzi, xushta’m beruvchilar, ziravorlar, sirka, choyning oziqlik qimmati, agar oziq-ovqat mahsulotlarining ushbu turlariga texnik reglamentlarda o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa ko‘rsatilmasligi mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlarda nazarda tutilgan hollarda oziq-ovqat mahsulotlari boshqa turlarining oziqlik qimmati ko‘rsatilmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmati oziq-ovqat mahsulotining 100 grammi yoki 100 millilitri va (yoki) bir porsiyasi hisobidan (uni tamg‘alashda bunday porsiyaning soni albatta ko‘rsatilgan holda bir porsiya sifatida ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotining belgilangan soni) keltirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Oziq-ovqat mahsulotining energetik qiymati (kaloriyaliligi) joularda va kaloriyalarda yoki ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlarning karra yoki ulushli birliklarida ko‘rsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Oziq moddalar, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotidagi oqsillar, yog‘lar, uglevodlar miqdori grammlarda yoki ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlarning karra yoki ulushli birliklarida ko‘rsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Oziq-ovqat mahsulotidagi vitaminlar va mineral moddalar miqdori milligrammlar yoki mikrogrammlarda yoki o‘lchovlarning birligini ta’minlash sohasida O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga yo‘l qo‘yilgan miqdorlarning boshqa birliklarida ko‘rsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Oziq-ovqat mahsulotidagi oqsillar, yog‘lar, uglevodlar miqdori va uning energetik qiymati (kaloriyaliligi) oqsillar, yog‘lar, uglevodlarga va energetik qimmatga (kaloriyalikka) nisbatan ko‘rsatilishi kerak, ular uchun bunday miqdor 100 gramm yoki 100 millilitrda yoxud oziq-ovqat mahsulotining bir porsiyasida (oziqlik qimmati 1 porsiya hisobidan keltirilgan holatda) katta yoshli kishining oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va energiyaga bo‘lgan o‘rtacha sutkalik ehtiyojini aks ettiruvchi miqdorlarning 2 va undan ortiq foizini tashkil etadi. Boshqa hollarda oqsillar, yog‘lar, uglevodlar miqdori va oziq-ovqat mahsulotining energetik qimmati (kaloriyaliligi) tayyorlovchining (ishlab chiqaruvchining) xohishi bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Oziq-ovqat mahsulotidagi vitaminlar va mineral moddalar miqdori, agar vitaminlar va mineral moddalar oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida unga qo‘shilgan bo‘lsa, ko‘rsatilishi kerak. Boshqa hollarda oziq-ovqat mahsulotidagi vitaminlar va mineral moddalar miqdori ular uchun bunday miqdor 100 gramm yoki 100 millilitrda yoxud oziq-ovqat mahsulotining bir porsiyasida (bir porsiya hisobiga oziqlik qimmati keltirilgan holatda) katta yoshli kishining vitaminlar va mineral moddalarga o‘rtacha sutkalik ehtiyojini aks ettiruvchi miqdorlarning 5 va undan ortiq foizini tashkil etadigan vitaminlar va mineral moddalarga nisbatan ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Katta yoshli aholi uchun energiyaga va oziq moddaga bo‘lgan ehtiyojning o‘rtacha sutkalik me’yori Texnik reglamentga 2-ilovaga* muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Texnik reglamentning 65 — 67-bandlarida ko‘rsatilgan va iste’molchilarning ayrim toifalari uchun mo‘ljallangan o‘ralgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda oziqlik qimmati ko‘rsatkichlarini ko‘rsatish uchun hisob-kitob iste’molchilarning ushbu toifasi uchun o‘rtacha sutkalik ehtiyoj bo‘yicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Manbai ushbu biologik faol qo‘shimchalar hisoblangan moddalarga nisbatan biologik faol qo‘shimchalar uchun boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun esa — bunday oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun foydalanilgan moddalarga nisbatan Texnik reglamentga 2-ilovada belgilangan me’yorlarga nisbatan foizlarda qo‘shimcha ravishda oziqlik qimmati ko‘rsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Iste’molchilar tomonidan tayyorlanishi kerak bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmati ko‘rsatkichlari qiymati uni keyinchalik tayyorlash hisobga olinmasdan bunday oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Oziq-ovqat mahsulotlarining oziqlik qimmati ko‘rsatkichlari oziq-ovqat mahsulotini tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan tahliliy yoki hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Oziq-ovqat mahsulotining energetik qimmatini (kaloriyaliligini) va undagi oqsillar, yog‘lar miqdorini ko‘rsatishda, agar oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlarda o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, 1 va 2-jadvallarga muvofiq qiymatlarni yiriklashtirish qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oziq-ovqat mahsulotlarining energetik qiymati (kaloriyaliligi) yiriklashtirish qoidalari, kDj/kkal

Yiriklashtirilgan qiymat

Kamida 1

“1” ko‘rsatiladi

1 dan — 5 gacha

Yaqin yaxlit songacha

5 dan — 100 gacha

Yaqin yaxlit songacha, 5 karra

100 dan ortiq

Yaqin yaxlit songacha, 10 karra

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat mahsulotidagi oqsillar, yog‘lar, uglevodlar miqdori qiymatlarini yiriklashtirish
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oqsillar, yog‘lar, uglevodlar miqdori, g

Yiriklashtirilgan qiymat

Kamida 0,5

Verguldan keyin birinchi o‘nlik raqamigacha qiymat ko‘rsatiladi

0,5 — 10

Yaqin qiymatgacha, 0,5 karra

10 dan ortiq

Yaqin yaxlit songacha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmati ko‘rsatkichlariga nisbatan tamg‘alashga “O‘rtacha qiymatlar” yozuvi qo‘shimcha qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilishi zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotining energetika qiymati (kaloriyaliligi) 3-jadvalga muvofiq asosiy oziq moddalarni oziq-ovqat mahsulotining energetika qiymatiga (kaloriyaliligiga) qayta hisoblab chiqish koeffitsiyentlaridan foydalangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Oziq-ovqat mahsulotidagi uglevodlar miqdorini aniqlashda oziq-ovqat mahsulotidagi ularning soni (oziq-ovqat tolalari bundan mustasno) va inson organizmida moddalar almashinishida ishtirok etuvchi, shuningdek shirin qiluvchilar-shakar-spirtlar miqdori hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy oziq moddalarni oziq-ovqat mahsulotining energetika qiymatiga (kaloriyaligiga) qayta hisoblab chiqish
KOEFFITSIYENTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Asosiy oziq moddalar

Qayta hisoblab chiqish koeffitsiyentlari

Oqsillar

4 kkal/g — 17 kDj/g

Uglevodlar, shu jumladan mono- va disaxaridlar (shakar-spirtlardan tashqari)

4 kkal/g — 17 kDj/g

Shakar-spirtlar (eritritdan tashqari)

2,4 kkal/g — 10 kDj/g

Eritrit

0

Yog‘lar, yog‘li kislotalar

9 kkal/g — 37 kDj/g

Organik kislotalar

3 kkal/g — 13 kDj/g

Salatrim

6 kkal/g — 25 kDj/g

Etanol

7 kkal/g — 29 kDj/g

Oziq tolalar

2 kkal/g — 8 kDj/g

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. A vitamin va A provitamin miqdorini aniqlashda retinolning bir mikrogrammi yoki retinol ekvivalent beta-koratinning 6 ta mikrogrammiga mosligi hisobidan kelib chiqib o‘tkazma koeffitsiyentdan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotining farqlanuvchi belgilari to‘g‘risidagi axborotni ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Oziq-ovqat mahsulotining farqlanuvchi belgilari to‘g‘risidagi ma’lumot Texnik reglamentga 3-ilovaga* muvofiq tamg‘alashda ixtiyoriylik asosida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Oziq-ovqat mahsulotining farqlanuvchi belgilari to‘g‘risidagi ma’lumot tamg‘alashda faqat, agar oziq-ovqat mahsulotlarining texnik reglamentlarida o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, ushbu belgilar Texnik reglamentga 3-ilovada keltirilgan shartlarga muvofiq bo‘lganda ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovaga 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmati yuzasidan uning farqlanuvchi belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotga oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmatini belgilovchi tegishli oziq moddalar soni ko‘rsatilgan holda ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-§. Tamg‘alashni yetkazish usullariga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Texnik reglamentning 8-bandi a) — e)-kichik bandlarida va 31-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar ularni iste’mol o‘ramidan chiqarib tashlash qiyin bo‘lgan iste’mol o‘ramiga va (yoki) etiketkaga bosilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Texnik reglamentning 8-bandi j), z), i), k), l)-kichik bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar iste’mol o‘ramiga va (yoki) etiketkaga, va (yoki) suqma varaqqa, va (yoki) har bir o‘rash birligiga joylashtiriladigan yoxud har bir o‘rash birligiga ilova qilinadigan suqma varaqqa bosilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Agar oziq-ovqat mahsuloti iste’mol o‘ramining katta yuzasi maydoni 10 kvadrat santimetrdan ortiq bo‘lmasa, Texnik reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar iste’mol o‘ramiga va (yoki) etiketkaga, va (yoki) har bir iste’mol o‘ramiga, yoki har bir transport o‘ramiga joylashtiriladigan, yoxud har bir iste’mol o‘ramiga yoki har bir transport o‘ramiga ilova qilinadigan suqma varaqqa bosilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashda chakana savdo tashkilotlari tomonidan iste’molchi bo‘lmaganida iste’mol o‘ramiga yoki unga mahkamlangan etiketkada oziq-ovqat mahsulotining nomi, u tayyorlangan sana, uning yaroqlilik muddati, saqlash shart-sharoitlari ko‘rsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglamentning 8 va 31-bandlarida nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar iste’molchiga ushbu oziq-ovqat mahsulotini asosli tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan istalgan usul bilan (shu jumladan iste’mol o‘ramiga va (yoki) etiketkaga, va (yoki) har bir o‘ralgan birlikka joylashtiriladigan yoki mahsulotning har bir o‘ram birligiga ilova qilinadigan suqma varaqqa bosish yo‘li bilan) iste’molchiga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Texnik reglamentning 8 va 31-bandlarida bevosita transport o‘ramiga joylashtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek qadoqlash iste’molchi ishtirokida chakana savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan nazarda tutilgan ma’lumotlar iste’molchiga ushbu oziq-ovqat mahsulotini asosli tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan istalgan usul bilan yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Texnik reglamentning 2-paragrafida nazarda tutilgan bevosita transport o‘ramiga joylashtiriladigan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash transport o‘ramiga va (yoki) etiketkaga, va (yoki) har bir transport o‘ramiga joylashtiriladigan yoki har bir transport o‘ramiga ilova qilinadigan suqma varaqqa bosilishi, yoxud oziq-ovqat mahsulotiga ilova qilinadigan hujjatlarda mavjud bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda iste’mol o‘ramida mavjud bo‘lmagan yoki oziq-ovqat mahsulotini yoki iste’mol o‘ramidagi oziq-ovqat mahsulotlari komponentlarini tayyorlashda foydalanilmagan yoki mazasi va (yoki) hidi iste’mol o‘ramidagi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradigan komponentlarga o‘xshatilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari tasviri bo‘lmasligi kerak, Texnik reglamentning 85-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Tayyorlashda ushbu oziq-ovqat mahsuloti qo‘llaniladigan taomning tasviri tushirilgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga “tayyorlangan taom varianti” so‘zlari yoki mazmuni bir xil bo‘lgan shunday so‘zlar ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan unga qo‘yiladigan talablarning muvofiqligini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashning Texnik reglament talablariga muvofiqligi tamg‘alashga qo‘yiladigan uning bevosita talablarini bajarish va oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablarni belgilovchi oziq-ovqat mahsulotlari ayrim turlariga texnik reglamentlar talablari bajarilishi bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. O‘tish davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Texnik reglament amalga kiritilgan paytdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan va oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga talablarni belgilaydigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ular Texnik reglamentga muvofiqlashtirilguniga qadar Texnik reglamentga zid bo‘lmagan qismlari yuzasidan qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Texnik reglament talablariga rioya qilish ustidan davlat nazoratini O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalash agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlari, shuningdek boshqa maxsus vakolatli davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari Texnik reglament talablariga muvofiq bo‘lmagan tamg‘alangan oziq-ovqat mahsulotlari muomalaga chiqarilishining oldini olish, shuningdek bunday mahsulotlarni bozorda muomaladan olib qo‘yish uchun barcha choralarni ko‘rishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Texnik reglament talablari buzilganligi uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Texnik reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 28-son, 661-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)