Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2025 24.11.2017 yildagi 941-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlovchi asbob-uskunalarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 2-sonli “Portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2025-yil 8-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlovchi asbob-uskunalarning xavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlovchi asbob-uskunalarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab olti oy oʻtgach amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilgach standartlashtirish boʻyicha ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlarning majburiylik xususiyatini yoʻqotishi va belgilangan tartibda qoʻllanilishida ixtiyoriylik kasb etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzstandart” agentligi ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlovchi asbob-uskunalarni standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriylikni taʼminlash yuzasidan vakolatli organlar bilan birgalikda belgilangan tartibda chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A.U. Karimov va “Sanoatgeokontexnazorat davlat inspeksiyasi boshligʻi B.V. Gʻulomov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 24-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
941-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/941/0322-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)