Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI TOʻGʻRISIDA” 2008 YIL 22 IYuLDAGI OʻRQ-163-SON QONUNI)
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 2-oktabr,
221-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent” respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va qimmatli qogʻozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarorida:
b) 3-bandda:
“ochiq turdagi aksionerlik jamiyati” soʻzlari “ochiq aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“uning zimmasiga qiymatli qogʻozlarni roʻyxatga olish, saqlash va bir joydan ikkinchi joyga koʻchirish vazifasini yuklash” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 6-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 2-ilovada:
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro qonunchiligida nazarda tutilgan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirish qoidalarini saqlab qolgan holda qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq bitishuvlarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi”.
2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
5-banddagi “investitsiya idoralari” va “professional vositachilarning” soʻzlari tegishli ravishda “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” va “investitsiya vositachilarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Qimmatli qogʻozlar xarid qilish va (yoki) sotish narxini ommaviy eʼlon qilish yoʻli bilan oʻz nomidan va oʻz hisobidan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitishuvini sodir etadigan diler oldindan eʼlon qilingan oxirgi qatʼiy (qatʼiy belgilangan) narxlarga va qimmatli qogʻozlar soniga aniq muvofiq unga qimmatli qogʻozlar xarid qilish yoki sotish toʻgʻrisidagi takliflar bilan murojaat qilgan shaxslar bilan bitim tuzishi va bunday bitishuvlar tuzishdan bosh tortmasligi shart.
Diler qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlarini ommaviy eʼlon qilish huquqiga ega. Bular: xarid qilinadigan va (yoki) sotiladigan qimmatli qogʻozlarning eng kam va eng koʻp soni, shuningdek eʼlon qilinadigan narxlar amal qiladigan muddat. Ushbu eʼlonda qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlariga koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda, diler unga mijoz tomonidan taklif qilingan muhim shartlarda shartnoma tuzishga majbur. Diler qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga nisbatan bunday shartnomani majburiy tuzish va (yoki) mijozga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etilishi mumkin”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Broker qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni sodir etishda mijozlarning topshirigʻiga koʻra quyidagilarga majbur”;
“b” kichik banddagi “qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchisi (investitsiya instituti)” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik banddagi “aktivlarini” soʻzi “pul mablagʻlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
bandga quyidagi mazmundagi “d” kichik band qoʻshilsin:
“d) har bir mijozning pul mablagʻlari hisobini yuritishga, qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar va operatsiyalarni faqat mijozning topshirigʻi boʻyicha va ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirishga, sodir etilgan bitishuvlar va operatsiyalar toʻgʻrisida mijoz oldida hisobot berishga majburdirlar”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Mijozlarning bitishuvlar sodir etish uchun brokerga berilgan qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari, shuningdek mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida broker tomonidan sodir etilgan bitishuvlar boʻyicha olingan qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari broker tomonidan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida va tegishli ravishda bankda ochiladigan alohida hisob raqamida (hisob raqamlarida) turishi kerak.
Agar bu mijoz bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, broker mijozga uning topshiriqlarini koʻrsatib oʻtilgan pul mablagʻlari hisobiga bajarishni yoki mijozning talabiga koʻra ularni qaytarishni kafolatlab unga mijoz tomonidan berilgan pul mablagʻlaridan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishga haqlidir.
Pul mablagʻlaridan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanish huquqini brokerga bergan mijozlarning pul mablagʻlari brokerga bunday huquqni bermagan mijozlarning pul mablagʻlari turgan hisob raqami (hisob raqamlari)dan alohida hisob raqamida (hisob raqamlarida) turishi kerak. Broker oʻz pul mablagʻlarini ushbu hisob raqamiga (hisob raqamlariga) qoʻyishga haqli emas, ular mijozlarga qaytarilishi va (yoki) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mijozlarga qarz berilishi hollari bundan mustasno”;
8-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi masalalari, qimmatli qogʻozlar bozori va uning ishtirokchilari holati tahlili va prognozi boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatadigan, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan investitsiya maslahatchisi qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha investitsiya tavsiyalarini berishda quyidagilarga majbur”;
birinchi xatboshidan “(investitsiya instituti)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“a” kichik banddan “turi” va “qiymatli qogʻozlar boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“v” kichik banddagi “qiymatli qogʻozlar boʻyicha” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa axborotni ham ochishi shart”;
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari faqat qonun hujjatlarida belgilangan shaklda tuzilgan vositachilik shartnomalari yoki qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar sodir etishga topshiriq yoxud ishonchnoma asosida mijozlar hisobiga ularda koʻrsatilgan barcha shartlarga aniq muvofiq ravishda ularni bajarish mobaynida mijoz bitishuvlarni tuzish mumkin deb hisoblaydigan barcha zarur shartlarga muvofiq ravishda bitishuvlar tuzishlari mumkin.
Mijoz shartnoma bajarilgunga qadar uning amal qilishini bir tomonlama toʻxtatish huquqiga ega. Xuddi shunday huquqqa topshiriq shartnomasi boʻyicha ishonchli vakil va vositachilik shartnomasi boʻyicha komissioner ham ega”;
11-bandning oltinchi xatboshidagi “qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning birinchi xatboshidan “(investitsiya idoralari)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
15-bandning birinchi xatboshida:
rus tilidagi matnda “kredit” soʻzi “zaym” soʻzi bilan almashtirilgan;
“(uning bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi boʻlgan taqdirda)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
rus tilidagi matnda 16-banddagi “kredit” soʻzi “zaym” soʻzi bilan almashtirilgan;
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish:
savdo maydonchalarida sodir etilgan bitishuvlar boʻyicha – qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdo tashkilotchilari, boshqa birjalarning fondli boʻlimlari tomonidan;
qimmatli qogʻozlarning boshqa bitishuvlari boʻyicha — qimmatli qogʻozlarni begonalashtiruvchiga xizmat koʻrsatadigan depozitariylar tomonidan amalga oshiriladi.
Qimmatli qogʻozlar bilan birja va birjadan tashqari savdo tashkilotchilarining savdo maydonchalarida faqat qimmatli qogʻozlar va ularning hosilalari oldi-sotdisi boʻyicha bitishuvlar sodir etilishi va roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin”;
19-banddagi “va davlat roʻyxatidan oʻtkazish nomerini olgan” soʻzlari “agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi “organlar” soʻzi “tashkilotlar” soʻzi bilan almashtirilsin;
23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Roʻyxatdan oʻtkazish shart boʻlgan bitishuv qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun har ikkala taraf yoxud bitishuv tarafi yoki ularning vakolatli vakillari tomonidan taqdim etiladi”;
24-banddagi “shakldagi” soʻzi “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ” soʻzlari “roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“roʻyxatdan oʻtkazuvchining imzosi bilan tasdiqlanadi hamda unga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri qoʻyiladi” soʻzlari “imzo bilan tasdiqlanadi va roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi tashkilotning muhri qoʻyiladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
V boʻlim oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“mazkur Nizom” soʻzlari “qonun hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“investitsiya institutlari” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki boʻlmasa litsenziya bergan boshqa organ qiymatli qogʻozlar boʻyicha faoliyat koʻrsatish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyishi va uni qaytarib olishi mumkin” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarni qoʻllashi mumkin” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 30-martdagi 126-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 3-son, 11-modda):
a) 3-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, hududiy boshqarmalar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga (keyingi oʻrinlarda “Markaz” deb ataladi) va davlat mulkini boshqarish boʻyicha hududiy organlarga boʻysunadi”;
ikkinchi xatboshidagi “Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻlimlari” soʻzlari “Markazning boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Belgilab qoʻyilsinki, Markazning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari joriy faoliyatini moliyalashtirish respublika budjeti hisobiga amalga oshiriladi”;
v) 7-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi apparatini va uning hududiy boʻlinmalarini” soʻzlari “Markazning markaziy apparatini va uning hududiy boshqarmalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 8-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining hududiy boʻlinmalari (boʻlimlari)” soʻzlari “Markazning boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 9-bandda:
“Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining” soʻzlari “Markazning” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Pravda Vostoka” soʻzlari “Buxoro” soʻzi bilan almashtirilsin;
e) 3-ilovada:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalash”;
toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshi tegishli ravishda beshinchi — oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat boshqaruvi organlari, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda ular boʻyicha ijro etish majburiy boʻlgan xulosalar va koʻrsatmalar berish, qonunni buzuvchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalar qoʻllash”;
yettinchi xatboshidagi “investorlarning” soʻzidan keyin “shuningdek qimmatli qogʻozlar egalarining” soʻzlari qoʻshilsin;
yettinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “investitsiya institutlari” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidan “va mansabdor shaxslarga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻn toʻqqizinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“emissiyali qimmatli qogʻozlarni (davlat qimmatli qogʻozlaridan tashqari) muomalaga chiqarish qoidalarini, qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazishni hisobga olish va hisobot berish standartlarini, qimmatli qogʻozlar egalari reyestrlarini va qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni hisobga olish reyestrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
oʻz mablagʻlari yetarliligining majburiy normativlarini va qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha tavakkalchiliklarni cheklaydigan boshqa koʻrsatkichlarni, shuningdek davlat qimmatli qogʻozlaridan tashqari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilaydi”;
“qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olgan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari mansabdor shaxslariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda qimmatli qogʻozlar bozorida sugʻurtalovchilar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
yigirmanchi xatboshi yigirma toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Markaz:
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etish huquqiga ega. Jamgʻarma solinadigan iqtisodiy sanksiyalardan ajratmalarning 10 foizi, emitentlarning qimmatli qogʻozlar chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha hujjatlari koʻrib chiqilganligi uchun ulardan olinadigan yigʻim va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi;
qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari tomonidan axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalarini belgilash, davlat qimmatli qogʻozlari emitentlari bundan mustasno;
davlat boshqaruvi organlari, fuqarolar, qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislari va mansabdor shaxslardan Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrash va olish;
oʻz qimmatli qogʻozlarini ommaviy sotish uchun qoʻygan emitentdan, qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini professional jihatdan taʼminlaydigan har qanday boshqa shaxsdan, shuningdek fond birjalaridan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tuzish va eʼlon qilish majburiy boʻlgan qoidalar, ustavlar, reglamentlar, yoʻriqnomalar, namunaviy hujjatlar nusxalari taqdim etilishini talab qilish;
qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi hisobot shaklida eʼlon qilingan va taqdim etilgan axborotning ishonchliligi yuzasidan, shuningdek qonun hujjatlari va normativ hujjatlar buzilganligi yoki buzilishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumotlar tushganda qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining (davlat qimmatli qogʻozlari emitentlaridan tashqari) buxgalteriya hujjatlarini va boshqa hujjatlarini tekshirish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish va ularni sudga yuborish;
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda investorlar, qimmatli qogʻozlar egalari, davlatning manfaatlari uchun davlat boji toʻlamasdan sudga iqtisodiy sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisida murojaat qilish, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan huquqbuzilishi sodir etilganligi eʼtirof etilgan va ular ixtiyoriy toʻlangan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan sanksiyalarni qoʻllash huquqiga ega, ularning 10 foizi Markazni ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga tushadi, qolgan qismi esa davlat budjeti daromadiga yoʻnaltiriladi;
emitentlarning roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarini tekshirish va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va normativ hujjatlariga muvofiq ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini talab qilish;
emitentlarning qimmatli qogʻozlar chiqarilishini roʻyxatga olish boʻyicha hujjatlari koʻrib chiqilganligi uchun ulardan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida belgilangan tartibda yigʻim undirish;
qimmatli qogʻozlar bozori faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishi sohasida xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
yuqori malakali xorijiy va mamlakatimiz mutaxassislarini kontrakt asosida maslahatchilar va ekspertlar sifatida ishga taklif qilish;
fond birjalarining birja kengashlari, boshqa birjalarning fond boʻlimlari majlislarida qatnashish, birja faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun davlat inspektorlarini tayinlash;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining professional uyushmalari faoliyatini va ularning aʼzolari faoliyatini muvofiqlashtirish;
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni qoʻshib olib borish tartibini belgilash;
vakolatlari doirasida qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzuvchilarga nisbatan quyidagi sanksiyalarni qoʻllash:
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari koʻrib chiqishi va ijro etishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
fond birjalaridan (fondli boʻlimlarni tashkil etgan boshqa birjalardan) qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Markaz talablari ularning aʼzolari tomonidan buzilgan taqdirda bir yoki bir nechta aʼzolarni aʼzolikdan chiqarishni yoki faoliyatdan chetlatishni talab qilish;
emitentlardan belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar emissiyasi prospekti roʻyxatdan oʻtkazilmasdan oʻtkaziladigan qimmatli qogʻozlarni ochiq sotishga taklif qilish boʻyicha reklama kompaniyasini toʻxtatishni talab qilish;
aksiyadorlarning investitsiyalarini himoya qilish maqsadida qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va boshqa ishtirokchilari rioya qilishi majburiy boʻlgan iqtisodiy normativlarni belgilash;
emitentlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda emitentlarning qimmatli qogʻozlari emissiyasi va muomalada boʻlishini 10 ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish yoki cheklash toʻgʻrisida sudga murojaat qilish;
qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan taqdirda oʻz vakolatlari doirasida qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchisining uning faoliyati toʻxtashiga olib kelmaydigan ayrim operatsiyalarini toʻxtatib turish;
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bir necha marta yoki qoʻpol ravishda buzilgan hollarda qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi sifatida qimmatli qogʻozlar bilan faoliyatni amalga oshirishga berilgan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining aniqlangan holatlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
jismoniy shaxslarga qimmatli qogʻozlar boʻyicha professional faoliyatni olib borish huquqiga malaka attestatlari berish, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda ularning attestatlari amal qilishini toʻxtatib turish yoki ularni attestatlardan mahrum qilish;
birja ishi va qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazish qoidalari buzilgan taqdirda fond birjasida operatsiyalarni, shu jumladan kliring operatsiyalarini va ular boʻyicha hisob-kitoblarni oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish, oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish;
Markaz tomonidan aniqlangan aksiyadorlik jamiyatlari taʼsis etilishining eʼtirofi mavjud emasligiga doir maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlariga berish;
belgilangan tartib buzilgan va hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda qimmatli qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish;
Markazning vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha, shu jumladan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni haqiqiy emas deb eʼtirof etish va/yoki qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining huquqqa zid xatti-harakatlari sodir etilgunga qadar oldingi ahvolni tiklash boʻyicha sudga daʼvolar bilan murojaat qilish, shuningdek ekspertlik qilish huquqiga ega”;
“Apellatsiyalarni koʻrib chiqish kengashi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“boʻlimlari” soʻzi “boshqarmalari” soʻzi bilan almashtirilsin;
9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Markazning bosh direktori lavozimiga koʻra Davlat mulki qoʻmitasi raisining oʻrinbosari hisoblanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi. Bosh direktorning oʻrinbosarlari Markaz bosh direktorining taqdimnomasi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar;
10. Markazning hududiy boshqarmalari oʻz faoliyatida Markazga va davlat mulkini boshqarish hududiy organlariga boʻysunadi.
Markazning hududiy boshqarmalari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining tegishli hududiy organi rahbari bilan kelishuv boʻyicha bosh direktor tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar”;
12 va 13-bandlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibida:
a) III boʻlimning nomidagi “brokerlik idoralari, fond doʻkonlari va boshqa investitsiya muassasalari” soʻzlari “va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 15-banddagi “boshqa investitsiya muassasalari” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 17-banddagi “brokerlik idoralari yoki boshqa investitsiya muassasalari” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qarorida:
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Belgilansinki, investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oʻzi boshqarayotgan investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarining oʻrtacha yillik sof aktivlari qiymatining kamida 5 foizi miqdoridagi oʻz moddiy aktivlariga ega boʻlishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari tomonidan oʻz moddiy aktivlari qiymatini koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiqlashtirilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar”;
b) 6-bandning birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 2-ilovada:
2-banddagi “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Investitsiya fondlari investorlarning pul mablagʻlarini jalb qilish hamda ularni qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlarga, boshqa investitsiya aktivlariga, shuningdek bank hisobvaraqlariga va omonatlarga joylashtirish maqsadida tashkil etiladi”;
10-bandning beshinchi xatboshidagi “depozitariy va boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, uning bilan investitsiya fondining aktivlarini boshqarish toʻgʻrisida kontrakt tuzish tartibi, zarar yetkazilgan taqdirda investitsiya fondi va aksiyadorlar oldidagi javobgarligi”;
oltinchi xatboshidagi “depozitariy bilan” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn oltinchi xatboshidagi “boshqaruvchi kompaniya yoki depozitariyning” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
13-bandning birinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqining 500 baravarini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha ekvivalentda 50 ming AQSh dollarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandning birinchi xatboshidagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-banddagi “investitsiya instituti sifatida faoliyatni amalga oshirishga” soʻzlari “professional faoliyatga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi “Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga” soʻzlari “Markazga” soʻzi bilan almashtirilsin;
26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“26. Investitsiya fondini tashkil etishda aksiyalar ochiq yozilish yoʻli bilan tarqatiladi. Aksiyalarga yozilish fond muassislari tomonidan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi orqali tashkil etiladi.
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi boʻlajak aksiyalarga yozilish haqidagi bildirishnomani eʼlon qiladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
investitsiya fondining nomi va joylashgan joyi;
uning faoliyati predmeti va maqsadlari;
muassislar tarkibi;
investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining nomi va joylashgan joyi;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining nomi va joylashgan joyi;
fond aksiyadorlarining birinchi umumiy (taʼsis) yigʻilishi oʻtkaziladigan sana;
ustav fondining moʻljallanayotgan miqdori;
aksiyalarning nominal qiymati va ularning soni;
aksiyalarga yozilish joyi, yozilishning boshlangʻich va oxirgi muddati;
muassislar tomonidan natura shaklida qoʻshiladigan mol-mulk tarkibi;
investitsiya fondiga xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va uning hisob raqami.
Muassislar yoki investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi qaroriga koʻra koʻrsatib oʻtilgan bildirishnomaga boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin. Aksiyalarga yozilish muddatining olti oydan oshishi mumkin emas”;
29 va 30-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi investitsiya fondi boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi, uning mutlaq vakolatiga amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlardan tashqari quyidagilar tegishli boʻladi:
fond faoliyatidagi asosiy yoʻnalishlarni, maqsadlar va cheklashlarni maʼqullash;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi bilan tuzilgan kontraktni, investitsiya fondi aktivlarini boshqarish toʻgʻrisida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan tuzilgan kontraktni, shu jumladan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini mukofotlash miqdorlarini belgilash tartibini, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni maʼqullash;
30. Aksiyadorlarning birinchi umumiy (taʼsis) yigʻilishi investitsiya fondi aksiyalariga yozilish tamom boʻlgan sanadan boshlab 60 kundan kechikmay oʻtkaziladi.
Fond aksiyadorlarining birinchi umumiy (taʼsis) yigʻilishi:
Jamiyat muassislari kengashi raisining axborotini va investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining fondni taʼsis etish davomida olib borilgan ishlar haqidagi hisobotini eshitadi;
fond ustavini tasdiqlaydi;
fondni taʼsis etish davomida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi;
jamiyat Kuzatuvchi kengashini saylaydi va uning raisiga Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan kontraktlarni tuzish (qayta tuzish) vakolatini beradi”;
37-banddagi “boshqaruvchi kompaniya va depozitariy” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
38-banddagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
39-banddagi “investitsiya institutining”, “faoliyat koʻrsatish” soʻzlari tegishli ravishda “qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining”, professional faoliyatni amalga oshirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
40-banddagi “boshqaruvchi kompaniyasi” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
41-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“41. Davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ustav fondidagi davlat ulushi 25 foizdan ortiq boʻlgan, ular tomonidan taʼsis etilgan korxonalar, jamoat tashkilotlari va ular tomonidan tashkil etilgan korxonalar, tobe shaxslar investitsiya fondining investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi boʻla olmaydilar.
Tobe shaxslar deganda jismoniy yoki yuridik shaxslar — mazkur investitsiya fondi ovoz beruvchi aksiyalarining 10 foizidan ortigʻi tegishli boʻlgan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va uning mansabdor shaxslari, muassislari, shuningdek ushbu investitsiya fondi aksiyalarining 10 foizidan ortigʻi aksiyadorlar, investitsiya fondining biror-bir yuridik yoki jismoniy shaxsiga ovoz beruvchi aksiyalarning 10 foizdan ortigʻi tegishli boʻlgan aksiyadorlik jamiyati tushuniladi. Tobe shaxslar jumlasiga investitsiya fondlarini boshqarish toʻgʻrisida mazkur investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan kontrakt tuzgan barcha investitsiya fondlari kiradi”;
birinchi xatboshidagi “boshqaruvchi kompaniya”, “boshqaruvchi kompaniya muassislari” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”, “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi muassislari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
43-banddagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
44 va 45-bandlardagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
46-banddagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
47-banddagi “Boshqaruvchi kompaniya”, “sud tomonidan” soʻzlari tegishli ravishda “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”, “sud tartibida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
48-banddagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
49-banddagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
50-banddagi “Boshqaruvchi kompaniyaning”, “depozitariy” soʻzlari tegishli ravishda “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining”, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
VII boʻlim nomidagi “Depozitariy” soʻzi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
51-banddagi “depozitariyda” soʻzi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
52-banddagi “depozitariy” soʻzi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
53-banddagi “Depozitariy”, “depozitariyning” soʻzlari tegishli ravishda “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi”, “ushbu depozitariyning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
54-banddagi “Depozitariy” soʻzi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” soʻzlari bilan almashtirilsin hamda “depozitariy bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
55-banddagi “Depozitariyning” soʻzi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
56-banddagi “Boshqaruvchi kompaniya”, depozitariyning”, “boshqaruvchi kompaniyasi” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining”, “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
57-banddagi “boshqaruvchi kompaniyasi”, “depozitariy”, “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi”, “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
58-banddagi “boshqaruvchi kompaniya va depozitariyning” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
59-banddagi “boshqaruvchi kompaniyasi”, “depozitariy”, “Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi”, “Markaz” soʻzlari bilan almashtirilsin;
60-bandning oʻn ikkinchi xatboshidagi “kompaniya boshqaruvchisi” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin hamda “depozitariy” soʻzi chiqarib tashlansin;
61-banddagi “boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
63-banddagi “boshqaruvchi kompaniyani”, “boshqaruvchi kompaniya” “depozitariyga”, “boshqaruvchi kompaniyaga” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini”, “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga”, “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
65-banddagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi soʻzlari bilan almashtirilsin;
66-banddagi “boshqaruvchi kompaniya”, “depozitariy” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
67-banddagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
68-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“68. Investitsiya fondi Markazga oʻzining investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va mustaqil auditor toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi, shuningdek har qanday manfaatdor shaxsning yoki tashkilotning ushbu maʼlumotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlaydi”;
70-bandning birinchi xatboshidagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
71-banddagi “depozitariy” soʻzi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga qayta tashkil etilish huquqiga ega emas. Investitsiya fondini birlashtirish, qoʻshish, boʻlish, ajratib chiqarish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Investitsiya fondiga berilgan qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki uni bekor qilish investitsiya fondining belgilangan tartibda tugatilishiga olib keladi”;
g) 3-ilovada:
5-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xususiylashtirish investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga qayta tashkil etilish huquqiga ega emas. Investitsiya fondini birlashtirish, qoʻshish, boʻlish, ajratib chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi”;
11-banddagi “eng kam oylik ish haqining 500 baravarini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha ekvivalentda 50 ming AQSh dollarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-banddagi “boshqaruvchi kompaniya”, “XIF depozitariysi”, “Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi”, “Markaz” soʻzlari bilan almashtirilsin;
III boʻlim nomidagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-banddagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-banddagi “boshqaruvchi kompaniya”, “Markaziy depozitariyning” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “fond doʻkonlari va boshqa sotish joylari orqali” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “depozitariy” soʻzi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“19. XIFlar aksiyalarini sotish qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
20-band chiqarib tashlansin;
21-banddagi “Institutsional tarqatuvchilarning” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
27 va 29-bandlardagi “Markaziy depozitariy” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
35-banddagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
36-band chiqarib tashlansin;
37-banddagi “depozitariy” soʻzi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda):
a) 2.2.16-banddagi “professional boshqaruvchi kompaniyalar” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 1.21-2-bandidagi “boshqaruvchi kompaniyalar”, “professional boshqaruvchi kompaniyalar” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 21-maydagi 263-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 27-modda):
a) muqaddimadagi “Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻgʻrisida”gi soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi soʻzlari bilan almashtirilsin;
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining oʻz faoliyatini tezkor boshqarish huquqida va xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar hamda boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiradigan davlat unitar korxonasi shaklidagi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb ataladi)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Markaziy depozitariy xizmatlari uchun tariflar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi;
2. Belgilansinki, quyidagilar Markaziy depozitariyning mutlaq funksiyalari hisoblanadi:
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish, davlat emissiyaviy qimmatli qogʻozlari bundan mustasno;
emissiyaviy naqd bulmagan qimmatli qogʻozlarni saqlash, davlat emissiyaviy naqd bulmagan qimmatli qogʻozlari bundan mustasno;
markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi sifatida aksiyalar egalarining reyestrlarini hamda korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlarini yuritish;
unga saqlash uchun berilgan qimmatli qogʻozlarga nisbatan davlat huquqlarini, shuningdek davlat tomonidan qimmatli qogʻozlarni boshqarish vakolati berilgan shaxslarning qimmatli qogʻozlarga nisbatan huquqlarini hisobga olish;
depozitariylarning vakillik hisob raqamlarini yuritish;
birja va birjadan tashqari savdolar qatnashchilarining unga saqlash uchun berilgan qimmatli qogʻozlari savdoga qoʻyilishidan oldin ularning mavjudligini va haqiqiy ekanligini tasdiqlash;
birja va birjadan tashqari savdolarda tuzilgan bitishuvlarga muvofiq savdolar qatnashchilariga unga saqlash uchun berilgan qimmatli qogʻozlarning yetkazib berilishini taʼminlash;
emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash, davlat emissiyaviy qimmatli qogʻozlari bundan mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qogʻozlarga nisbatan huquqlarni hisobga olish;
depozitariylar deponentlarining yagona bazasini yuritish;
depozitariylardagi depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlar (davlat emissiyaviy qimmatli qogʻozlari bundan mustasno) harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni jamlash va turkumlashtirish”;
v) quyidagi mazmundagi 21-band qoʻshilsin:
“21. Markaziy depozitariy markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi funksiyalarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
qimmatli qogʻozlar nominal saqlovchilaridan aksiyalar egalarining reyestrlarini hamda korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlarini shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrash va olish.
Markaziy depozitariy markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi funksiyalarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Markaziy depozitariy markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi funksiyalarini bajarishda:
aksiyalar egalari hamda korporativ obligatsiyalar egalarining muayyan sanadagi holatiga koʻra shakllantirilgan reyestrlarini saqlashga;
aksiyalar egalarining reyestrlari hamda korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlaridagi maʼlumotlarni qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etishga;
aksiyalar egalarining reyestrlari hamda korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlaridagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashga majbur.
Markaziy depozitariy markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi funksiyalarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin”;
g) 3-bandning beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Quyidagilarga:
Markaziy depozitariyga:
aksiyadorlik jamiyatlariga ular tomonidan korporativ xatti-harakatlarni amalga oshirishda hamda qimmatli qogʻozlar emissiyasini tayyorlashda maslahat xizmatlari koʻrsatishga;
oldindan haq undirmasdan amalda koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq olgan holda depozitar xizmatlar koʻrsatishga ruxsat berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan uning ixtiyorida qoladigan mablagʻlarning bir qismini Markaziy depozitariyning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga yoʻnaltirishga ruxsat berilsin”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga 1-ilovaning “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” boʻlimidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) “(qimmatli qogʻozlar bozoridagi investitsiya institutlarining faoliyati)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 66-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Birja faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomning 6-bandi “e” kichik bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi yoki investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan birja aʼzolarining fond birjasida (fondli boʻlimlarni tashkil etgan boshqa birjalarning ham) birja savdolariga qoʻyilishi”.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda):
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq”;
b) 2-ilovada:
2-banddagi “professional boshqaruvchi kompaniyalar” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshidagi “professional boshqaruvchi kompaniyalar” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
v) 3-ilovada:
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari toʻgʻrisida Nizom”;
1-banddagi “boshqaruvchi kompaniyalarga” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “kompaniyani boshqarishga” soʻzlari “investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari “Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Boshqaruvchi kompaniyalar” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning birinchi xatboshidagi “quyidagilar” soʻzidan keyin “investitsiya aktivlarini” soʻzlari qoʻshilsin;
II boʻlim nomidagi “Ishonchli boshqaruv” soʻzlaridan oldin “Investitsiya aktivlarining” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshidagi “Boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari “Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “ishonchli boshqaruvchi” soʻzlaridan oldin “investitsiya aktivlarining” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻninchi va oʻn birinchi xatboshidagi “boshqaruvchi kompaniya”, “boshqaruvchi kompaniyaga” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”, “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11 va 12-banddagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-banddagi “boshqaruvchi kompaniya”, “boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”, “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Shartnomani bajarish jarayonida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan boshqaruv taʼsischisi mulkiga olinadigan pul mablagʻlari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi obyektiga kiritiladi. Bunda investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining ushbu pul mablagʻlarini berish toʻgʻrisida oʻzi bilan boshqaruv taʼsischisi oʻrtasida qoʻshimcha bitimlar tuzishi talab qilinmaydi. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining bunday xatti-harakatlarni sodir etish natijasida paydo boʻlgan majburiyatlari koʻrsatib oʻtilgan pul mablagʻlari hisobiga bajariladi.
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan boshqaruv taʼsischisi mulkiga olingan barcha pul mablagʻlarining ular investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan olingandan keyin darhol toʻliq hajmda boshqaruv taʼsischisiga berilishi kerakligi nazarda tutilgan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan qoida amal qilmaydi”;
15-banddagi “Ishonchli boshqaruv” soʻzlaridan oldin “Investitsiya aktivlarining” soʻzlari qoʻshilsin, shuningdek “boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-banddagi “Boshqaruvchi kompaniyaning”, “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari tegishli ravishda “Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining”, “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin, shuningdek “ishonchli boshqaruv” soʻzlaridan oldin “investitsiya aktivlarini” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshidagi “Boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari “Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ishonchli boshqaruv” soʻzlaridan oldin “investitsiya aktivlarini” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-band matnidagi “boshqaruvchi kompaniya”, “Boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”, “Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi “boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari “Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi “boshqaruvchi kompaniyaga” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
III boʻlim nomidagi “Ishonchli boshqaruv” soʻzlaridan oldin “Investitsiya aktivlarini” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshidagi “Boshqaruvchi kompaniyaga”, “boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari tegishli ravishda “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga”, “investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ishonchli boshqaruvchida”, “Ishonchli boshqaruv” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisida”, “Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-banddagi “boshqaruvchi kompaniyalar”, “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari”, “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin, shuningdek “ishonchli boshqaruv” soʻzlaridan oldin “investitsiya aktivlarini” soʻzlari qoʻshilsin;
27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv muassisi tomonidan pul mablagʻlarini investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga berish naqd boʻlmagan pul mablagʻlarini uning tomonidan ochiladigan alohida hisob raqamiga oʻtkazish yoki naqd mablagʻlarni investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining bankdagi hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi”.
28-banddagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
IV boʻlim nomidagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. Boshqaruv muassisi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatini cheklash huquqiga ega, ushbu cheklashlar investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga quyidagilarni taqiqlaydi:
oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga oʻz mulkidagi, oʻz muassisi mulkidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
oʻz boshqaruvidagi qimmatli qogʻozlarni oʻz mulkiga, oʻz muassislari mulkiga begonalashtirish, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa;
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi ayni bir vaqtda boshqa shaxs tomonida broker (vositachi, ishonchli vakil) sifatida ish koʻradigan bitishuvlar tuzish;
oʻzi va oʻzining muassislari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga sotib olish;
tugatish jarayonida boʻlgan tashkilotlarning qimmatli qogʻozlarini oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga sotib olish;
oʻziga tobe shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarini oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga sotib olish;
investitsiya aktivlarini oʻziga tobe shaxslarga joylashtirish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni ushbu bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshida belgilangan qimmatli qogʻozlarga almashtirish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni toʻlov muddatini 30 kalendar kundan koʻproq muddatga kechiktirishni yoki uni boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutuvchi shartnomalar boʻyicha oʻzgaga berish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni oʻz majburiyatlarini (boshqaruvchi tomonidan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi tegishli shartnoma bajarilishi munosabati bilan paydo boʻladigan majburiyatlardan tashqari), oʻz muassislari majburiyatlarini, boshqa har qanday uchinchi shaxslarning majburiyatlarini bajarishni taʼminlash uchun garovga berish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni uchinchi shaxsning depozit tasarrufchisi va (yoki) oluvchisi sifatida belgilangan holda saqlashga berish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlarini uchinchi shaxslar foydasiga omonatga qoʻyish yoxud koʻrsatilgan mablagʻlarni uchinchi shaxs (shaxslar) tasarrufchisi etib belgilangan hisob raqamiga (hisob raqamlariga) oʻtkazish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga har qanday uchinchi shaxslar ular boʻyicha toʻlovning oluvchilari etib belgilangan sugʻurta shartnomalarini tuzish (sugʻurta polislarini sotib olish).
Qonun yoki shartnomada investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatiga qoʻshimcha cheklashlar belgilanishi mumkin”.
30-banddagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
V boʻlim nomidagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini boshqaruv muassisiga xizmatlar koʻrsatgani uchun taqdirlash puli asosiy va qoʻshimcha (mukofot) taqdirlash tarzida toʻlanadi.
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining asosiy taqdirlash puli bir yil uchun belgilangan summada, choraklar boʻyicha taqsimlagan holda yoki u boshqaradigan aktivlardan olingan daromadga nisbatan foizlar hisobida belgilanadi. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oladigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori va xususiyati shartnomada belgilanadi.
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining qoʻshimcha (mukofot) taqdirlash puli shartnomaga muvofiq yil natijalariga koʻra toʻlanadi”;
32-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarishda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan qilingan barcha xarajatlar miqdori, ularni toʻlash muddatlari va tartibi hamda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini boshqaruv muassisiga koʻrsatilgan xizmatlar uchun taqdirlash puli toʻlash ular oʻrtasida tuziladigan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasida belgilanadi”;
VI boʻlim nomidagi “Boshqaruvchi kompaniyani” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
33-banddagi “Boshqaruvchi kompaniyani”, “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari tegishli ravishda “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini”, “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 33-modda):
a) 1-ilovada:
1-banddagi “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin, shuningdek “(tashkilotlari)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “hisob-kitob-kliring palatalari (tashkilotlari)” soʻzlari “hisob-kitob-kliring palatalari” soʻzlari bilan almashtirilsin, shuningdek “(investitsiya instituti)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “Markaziy depozitariyning” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi)”;
7-bandning ikkinchi xatboshidan “ikkinchi darajali” soʻzlari chiqarib tashlansin;
9-bandning toʻrtinchi xatboshidan “ikkinchi darajali” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada:
ilova nomidagi “depozitariy tizimida” soʻzlari “depozitariylar tizimida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”, “depozitariy tizimida” soʻzlari tegishli ravishda “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”, “depozitariylar tizimida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “depozitariy tizimida”, “Markaziy depozitariy” soʻzlari tegishli ravishda “depozitariylar tizimida”, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda):
a) qarorning nomidagi va 1-bandidagi “(investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovada:
ilova nomidagi “(investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-banddan “(investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyati) turlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-banddan “(investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni faqat yuridik shaxslar amalga oshirishlari mumkin”;
4-banddan “turlari” soʻzi chiqarib tashlansin;
5-banddan “turlari” soʻzi chiqarib tashlansin;
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Litsenziyalar qimmatli qogʻozlar bozorida quyidagi kasbiy faoliyatni:
investitsiya vositachisi (brokeri, dileri);
investitsiya maslahatchisi;
investitsiya fondi;
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi;
depozitariy;
hisob-kitob-kliring palatasi;
transfer-agent;
qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi sifatida amalga oshirish uchun beriladi.
Litsenziya talabgoriga uning arizasiga koʻra qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni yoki ushbu faoliyatning bir qismini amalga oshirish uchun litsenziya berilishi mumkin. Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni qoʻshib olib borish uchun belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda beriladi.
Qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyat yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan faqat litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyani yoki uning boʻyicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi”;
“v” kichik banddagi “investitsiya institutlari” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik banddagi “xodimning boʻlishi” soʻzlaridan keyin “hamda ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish vazifasiga kiruvchi kamida bitta xodim (nazoratchi) boʻlishi” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“quyidagi shaxslar litsenziatning rahbari boʻlishi mumkin emas”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar;
yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan yoki ushbu shaxslarning aybi bilan yoʻl qoʻyilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlarda kasbiy faoliyatni amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi toʻxtatilgan paytda, agar bunday toʻxtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt oʻtgan boʻlsa, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi, fond birjasi, kredit, sugʻurta yoki auditorlik tashkilotining muassislari boʻlgan shaxslar”;
7-banddagi oʻn uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatning ikki va undan ortiq qismlariga litsenziya olishda litsenziya talabgoriga quyidagi talablar qoʻyiladi:
qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorida faoliyatning qoʻshimcha (qoʻshib olib boriladigan) qismi qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatning amalga oshiriladigan qismiga muvofiq boʻlishi kerak;
qimmatli qogʻozlar bozorida qoʻshimcha (qoʻshib olib boriladigan) faoliyat qismini amalga oshirish niyatida boʻlgan litsenziya talabgori yoki litsenziat litsenziyalovchi organga mazkur Nizomda koʻrsatilgan litsenziyalanadigan faoliyatning tegishli qismiga hujjatlarni taqdim etishi va kasbiy faoliyatning qoʻshib olib boriladigan qismlaridan biri uchun eng koʻp darajada belgilangan oʻz mablagʻlari (sarmoya)ning yetarli miqdoriga ega boʻlishi kerak.
Litsenziyalovchi organning normativ-huquqiy hujjatlarida litsenziya talablari va shartlari unga ham joriy etiladigan litsenziatning va uning tarkibiy boʻlinmasining qoʻshib olib boriladigan kasbiy faoliyat qismini amalga oshirishga qoʻyiladigan talablar va uning tartibi, shuningdek ularning kasbiy faoliyatni qoʻshib olib borishga va qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga cheklovlar belgilanadi”;
ikkinchi xatboshidan “yuridik shaxs uchun” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“litsenziya talabgori qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshirish niyatida boʻlgan kasbiy faoliyat”;
“b” kichik banddan “yuridik shaxs uchun” va “jismoniy shaxs uchun — yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“j” kichik banddan “litsenziya talabgori boʻlgan jismoniy shaxsning yoxud” va “yuridik shaxsning” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“z” kichik banddagi “xizmat” soʻzi “maxfiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
“i” kichik banddan “alohida turlarini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“k” kichik bandning birinchi xatboshidan “yuridik shaxs” soʻzlari chiqarib tashlansin;
9-banddagi oʻn beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Investitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:”
uchinchi xatboshidagi “boshqaruvchi kompaniya, investitsiya kompaniyasi” soʻzlari “va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Ichki nazorat toʻgʻrisidagi Nizom nusxasi”;
birinchi xatboshidagi “Investitsiya fondi kasbiy faoliyatini” soʻzlari “Investitsiya fondi sifatida kasbiy faoliyatni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“investitsiya fondi bilan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oʻrtasida kontrakt tuzilganligi toʻgʻrisidagi dastlabki shartnomaning litsenziat tomonidan tasdiqlangan nusxasi”;
toʻrtinchi xatboshidagi “depozitariy” soʻzi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-banddagi “Markaziy depozitariyning” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatasi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:”;
14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Qimmatli qogʻozlar bozorida transfer agent sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
transfer-agent reglamenti;
transfer-agent xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi namunaviy shartnoma”;
15-bandning birinchi xatboshidagi “birjadan tashqari savdo tashkilotchisi faoliyatini amalga oshirishga” soʻzlari “birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-banddan “turlari” soʻzi chiqarib tashlansin;
24-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “turi (turlari)” soʻzlari “qismi (qismlari)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidan “yuridik shaxs boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “har bir turi” soʻzlari “har bir qismi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidan “yuridik shaxslar uchun” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
42-banddagi “ikki va undan ortiq turiga” soʻzlari “ikki va undan ortiq qismiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash sxemasida:
sxema nomidan “(investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-bosqichda:
“Subyektlar” ustunidan “jismoniy shaxs” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Tadbirlar” ustunining 1-bandidan “(investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni berish tartibi toʻgʻrisida” 2006-yil 30-iyundagi 126-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-son, 47-modda):
a) 1-ilova 5-bandining uchinchi xatboshidagi “investitsiya institutlari” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovadagi Pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar turlarining kodlarida:
“Investitsiya fondlari, depozitariylar va investitsiya tashkilotlarining boshqa turlari” pozitsiyasi nomidagi “investitsiya tashkilotlarining boshqa turlari” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa professional ishtirokchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Investitsiya tashkilotlari boshqa turlari” pozitsiyasi nomidagi “Investitsiya tashkilotlarining boshqa turlari” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa professional ishtirokchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Investitsiya tashkilotlari boshqa turlarining filiallari” pozitsiyasi nomidagi “Investitsiya tashkilotlarining boshqa turlari” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining boshqa filiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Investitsiya tashkilotlari boshqa turlarining boshqa alohida boʻlinmalari” pozitsiyasi nomidagi “investitsiya tashkilotlarining boshqa turlari” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozori boshqa professional ishtirokchilarining boshqa boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatishini tartibga solish va uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 7-sentabrdagi 351-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Apellatsiyalarni koʻrib chiqish kengashi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 15-sentabrdagi 395-son qarori va qarorga 2-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga 6-ilova II boʻlimi 17-bandi “g” kichik bandining oʻn uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 27-fevraldagi 70-son qarorga ilovaning 1-bandi, 3-bandining oʻn yettinchi xatboshi, 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 11-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish hamda ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2002-yil 5-sentabrdagi 317-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 9-son, 50-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-iyuldagi 307-son qarorining 2-bandi, shuningdek qarorga 1-ilova 1-bandining “a” kichik bandi va 3-bandi hamda qarorga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 59-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-yil 42-son 450-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)