Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2019 30.03.1996 yildagi 126-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 27-son, 329-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzurida Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markazda bosh direktorning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat berilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, hududiy boshqarmalar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markaziga (keyingi o‘rinlarda “Markaz” deb ataladi) va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha hududiy organlarga bo‘ysunadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 27-son, 329-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning boshqarmalari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tegishli hududiy boshqarmasi rahbari bilan kelishgan holda bosh direktor tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari joriy etilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 27-son, 329-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, Markazning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari joriy faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish hududiy bo‘limi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning markaziy apparatini va uning hududiy boshqarmalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetida zarur budjetdan ajratiladigan mablag‘larni belgilangan tartibda nazarda tutsin;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari davlat komissiyasining hamda uning hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika resurslarini, anjomlarini, asbob-uskunalarini va transport vositalarini Markazga bersin;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari davlat komissiyasining hududiy bo‘linmalari ilgari egallab kelgan xizmat binolari va aloqa liniyalari Markazning boshqarmalari ixtiyorida qoldirilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markazning markaziy apparati hamda Toshkent shahar va viloyat hududiy boshqarmalari Toshkent shahri, Mustaqillik shohko‘chasi, 107-uyda joylashtirilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 738-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1047-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatishini tartibga solish va uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 7-sentabrdagi 351-son qarorining 1—3-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
30-martdagi 126-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 27-son, 329-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 27-son, 329-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markazning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va mahalliy boshqaruv organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning fuqarolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, banklarda hisob-kitob va valyuta schyotlariga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MARKAZNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bozorning qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi, qimmatli qog‘ozlar bozori tuzilmasi va rivojlanishi yuzasidan qatnashchilar bo‘yicha ma’lumotlar bankining yagona reyestrlarini yuritish, hisobga olish va hisobotni tashkil etish, qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lishini, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining kasb faoliyatini boshqarish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalash;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-son qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda ular bo‘yicha ijro etish majburiy bo‘lgan xulosalar va ko‘rsatmalar berish, qonunni buzuvchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalar qo‘llash;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlarning milliy va xalqaro bozorlarida o‘zbekistonlik va xorijiy emitentlarning qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi va samarali muomalada bo‘lishi uchun zarur huquqiy shart-sharoitlarni ta’minlovchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar — investorlarning, shuningdek qimmatli qog‘ozlar egalarining huquq va manfaatlarini himoya qilish;
(5-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozorining ahvoli va uning qatnashchilari to‘g‘risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozorining samarali infrastrukturasini tashkil etishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, mahalliy boshqaruv organlarining, professional va noprofessional qatnashchilarning, ularning birlashmalari (uyushmalari)ning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlari to‘g‘risidagi axborotning to‘liq ochilishi va uning tushunarli bo‘lishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish va tartibga solish hamda uning qatnashchilari faoliyati masalalariga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarning korxonani (aksionerlik jamiyatini) boshqarishda qatnashishdagi, dividendlar olishdagi huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zbekistonlik emitentlar qimmatli qog‘ozlarining chet elda va xorijiy emitentlar qimmatli qog‘ozlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lishi shartlari va tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar va ularning hosilalari emissiyasini (chiqarilishini), emitentlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar emissiyasini amalga oshiruvchi xorijiy emitentlar qimmatli qog‘ozlari emissiyasi prospektlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari sifatida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatga litsenziya beradi;
(6-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlari bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozorining samarali infrastrukturasini tashkil etishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, qimmatli qog‘ozlar bilan kasb faoliyatini amalga oshirishga yagona talablarni, qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni amalga oshirish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish hisobi va hisoboti standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazilishining to‘g‘riligini nazorat qiladi hamda qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari faoliyati ustidan, xorijiy emitentlarning qimmatli qog‘ozlari O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozoriga muomalaga qo‘yilishi qoidalari hamda kvotalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va ushbu qoidalar va qoidalarni buzuvchilarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni qo‘llaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari mutaxassislariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi, ularni attestatsiyadan o‘tkazadi, malaka attestatlari, qimmatli qog‘ozlar egalari reyestiri va hisobga olish registri yuritilishiga talabnomalarni beradi, ularga rioya etilishini nazorat qiladi;
(6-bandning o‘n birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlarining ijro etilishini ta’minlash, qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi, bozorga qo‘yilishi, muomalada bo‘lishi va saqlanishini birxillashtirish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishning hisobi va hisoboti, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish uchun qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari birlashmalari (uyushmalari) faoliyatini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Markaziy depozitariy xizmatlari uchun tariflar miqdorini tasdiqlaydi;
(6-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-dekabrdagi 528-son qarori bilan kiritilgan — O‘R QT., 1998-y.,12-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarishlarning, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari sifatida faoliyatga litsenziya olgan yuridik va jismoniy shaxslarning yagona davlat reyestrlarini yuritadi hamda ularni ro‘yxatlarini e’lon qiladi;
(6-bandning o‘n beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ro‘yxati tartibotidan o‘tgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga identifikatsiya tartib raqamlari beradi;
(6-bandining o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-son qarori bilan kiritilgan — O‘R QT., 2002-y., 2-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarning miqdori haqidagi yillik ommaviy hisobotlarni tuzadi, investorlar va jamoatchilikning keng xabardor qilinishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimini tashkil etish, qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlarga oid qonunlar va normativ hujjatlar ijrosini nazorat etish, qimmatli qog‘ozlar ichki va tashqi bozorlarida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishni birxillashtirish, ular qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni muvofiqlashtirish sohasida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solib borish xalqaro va xorijiy organlari bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emissiyali qimmatli qog‘ozlarni (davlat qimmatli qog‘ozlaridan tashqari) muomalaga chiqarish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishni hisobga olish va hisobot berish standartlarini, qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrlarini va qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni hisobga olish reyestrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z mablag‘lari yetarliligining majburiy normativlarini va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha tavakkalchiliklarni cheklaydigan boshqa ko‘rsatkichlarni, shuningdek davlat qimmatli qog‘ozlaridan tashqari qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari mansabdor shaxslariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozorida sug‘urtalovchilar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-son qaroriga muvofiq yigirma — yigirma uchinchi xatboshilari bilan to‘ldirildi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari uchun (banklar va sug‘urtalovchilar bundan mustasno) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyuldagi 180-sonli qaroriga asosan yigirma to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 27-son, 355-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markazning vazifalari va vakolatlaridan kelib chiquvchi boshqa funksiyalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. MARKAZNING HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olinadigan yig‘imlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllanadigan Markazni ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari tomonidan axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalarini belgilash, davlat qimmatli qog‘ozlari emitentlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, fuqarolar, qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislari va mansabdor shaxslardan Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z qimmatli qog‘ozlarini ommaviy sotish uchun qo‘ygan emitentdan, qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini professional jihatdan ta’minlaydigan har qanday boshqa shaxsdan, shuningdek fond birjalaridan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tuzish va e’lon qilish majburiy bo‘lgan qoidalar, ustavlar, reglamentlar, yo‘riqnomalar, namunaviy hujjatlar nusxalari taqdim etilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi hisobot shaklida e’lon qilingan va taqdim etilgan axborotning ishonchliligi yuzasidan, shuningdek qonun hujjatlari va normativ hujjatlar buzilganligi yoki buzilishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar tushganda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining (davlat qimmatli qog‘ozlari emitentlaridan tashqari) buxgalteriya hujjatlarini va boshqa hujjatlarini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzish va ularni sudga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarning, qimmatli qog‘ozlar egalarining hamda davlatning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat boji to‘lamasdan sudga da’vo taqdim etish;
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentlarning ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarini tekshirish va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va normativ hujjatlariga muvofiq ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentlarning qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini ro‘yxatga olish bo‘yicha hujjatlari ko‘rib chiqilganligi uchun ulardan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida belgilangan tartibda yig‘im undirish;
(7-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi sohasida xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali xorijiy va mamlakatimiz mutaxassislarini kontrakt asosida maslahatchilar va ekspertlar sifatida ishga taklif qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond birjalarining birja kengashlari, boshqa birjalarning fond bo‘limlari majlislarida qatnashish, birja faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun davlat inspektorlarini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining professional uyushmalari faoliyatini va ularning a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni qo‘shib olib borish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatlari doirasida qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilarga nisbatan quyidagi sanksiyalarni qo‘llash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari ko‘rib chiqishi va ijro etishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond birjalaridan (fondli bo‘limlarni tashkil etgan boshqa birjalardan) qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Markaz talablari ularning a’zolari tomonidan buzilgan taqdirda bir yoki bir nechta a’zolarni a’zolikdan chiqarishni yoki faoliyatdan chetlatishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentlardan belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar emissiyasi prospekti ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan o‘tkaziladigan qimmatli qog‘ozlarni ochiq sotishga taklif qilish bo‘yicha reklama kompaniyasini to‘xtatishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlarning investitsiyalarini himoya qilish maqsadida qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va boshqa ishtirokchilari rioya qilishi majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda emitentlarning qimmatli qog‘ozlari emissiyasi va muomalada bo‘lishini 10 ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish yoki cheklash to‘g‘risida sudga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan taqdirda o‘z vakolatlari doirasida qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchisining uning faoliyati to‘xtashiga olib kelmaydigan ayrim operatsiyalarini to‘xtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bir necha marta yoki qo‘pol ravishda buzilgan hollarda qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi sifatida qimmatli qog‘ozlar bilan faoliyatni amalga oshirishga berilgan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining aniqlangan holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarga qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha professional faoliyatni olib borish huquqiga malaka attestatlari berish, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda ularning attestatlari amal qilishini to‘xtatib turish yoki ularni attestatlardan mahrum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja ishi va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish qoidalari buzilgan taqdirda fond birjasida operatsiyalarni, shu jumladan kliring operatsiyalarini va ular bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish, o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida sudga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan aniqlangan aksiyadorlik jamiyatlari ta’sis etilishining e’tirofi mavjud emasligiga doir ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlariga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartib buzilgan va hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni haqiqiy emas deb e’tirof etish va/yoki qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining huquqqa zid xatti-harakatlari sodir etilgunga qadar oldingi ahvolni tiklash bo‘yicha sudga da’volar bilan murojaat qilish, shuningdek ekspertlik qilish huquqiga ega.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozori professional qatnashchilarining (banklar va sug‘urtalovchilar bundan mustasno) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga rioya etishini tekshirish, qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyuldagi 180-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 27-son, 355-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish va insayder axborotdan foydalanish alomatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari tomonidan kafolat fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarning pul mablag‘larini hisobini yuritish va ularning but saqlanishini ta’minlash tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi maxsus vakolatli organ bilan birgalikda investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarga depo hisobvaraqlar ochish, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish uchun ularning topshiriqlarini qabul qilish, mijozlarga boshqa xizmatlarni elektron shaklda va o‘zga aloqa vositalari orqali ko‘rsatish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti a’zolari bo‘lgan boshqa davlatlarning qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli organlari bilan maxfiy va boshqa turdagi axborot bilan belgilangan tartibda almashish huquqiga ega.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. BOShQARUV TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaz faoliyati uning bosh direktori, markaziy apparat va Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari tomonidan ta’minlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bosh direktor va uning o‘rinbosarlari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markazning hududiy boshqarmalari o‘z faoliyatida Markazga va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlariga bo‘ysunadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning hududiy boshqarmalari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining tegishli hududiy organi rahbari bilan kelishuv bo‘yicha bosh direktor tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markazning bosh direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi, Markazning va uning joylardagi organlarining faoliyatini tashkil etadi, Markaz xodimlarining vazifalarini taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi, Markaz xodimlarini ishga qabul qiladi va ularni ishdan bo‘shatadi hamda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolati doirasida va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida buyruqlar, yo‘riqnomalar va qarorlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi va ularning bajarilishini tekshiradi, Markazning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga, xodimlari soni va mehnatga haq to‘lash fondiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritishga haqlidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga qonunchilik bilan berilgan hamda mazkur Nizomdan kelib chiquvchi boshqa funksiyalarni bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 5-son, 26-modda; 2002-y., 3-4-son, 35-modda, 2003-y., 13-son, 108-modda; 2003-y., 22-son, 223-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 23-son, 210-modda, 46-47-son, 458-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2012-y., 21-son, 230-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2014-y., 27-son, 329-modda; 2015-y., 27-son, 355-modda, 39-son, 507-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda, 38-son, 1047-modda)