Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.10.2009
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mazkur Nizom “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, majburiy nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibini belgilaydi.
4. Mazkur Nizomning 3-bandida belgilanganidan kamroq summadagi pul mablag‘lari yoki mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya, shu operatsiyaning taraflaridan biri:
5. Mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot (keyingi o‘rinlarda matnda “operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot” deb yuritiladi) Departamentga pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi quyidagi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda matnda “tashkilotlar” deb yuritiladi) tomonidan taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Departament tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudidan tizimli asosda so‘rab olinadi.
27. Departament ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslar ro‘yxatini pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga har oyning 15-kunidan kechikmay maxsus pochta aloqasi orqali taqdim etadi.
29. Ushbu Nizomning 27-bandida ko‘rsatilgan ro‘yxatni yuritish, saqlash va undan foydalanishda Departament hamda pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan maxfiylikni ta’minlash shartlariga qat’iy rioya qilinishi kerak.

Tashkilot nomi

Tashkilot
turi kodi
Banklar, kredit uyushmalari va boshqa kredit tashkilotlari 100
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 111
Markaziy bankning hududiy bo‘linmalari 112
Aksiyadorlik-tijorat banklari121
Aksiyadorlik-tijorat banklarining filiallari 122
Aksiyadorlik-tijorat banklarining boshqa alohida bo‘linmalari 123
Xususiy banklar131
Xususiy banklarning filiallari 132
Xususiy banklarning boshqa alohida bo‘linmalari133
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar 141
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklarning filiallari 142
Xorijiy banklarning v�kolatxonalari 151
Kredit uyushmalari 161
Kredit uyushmalarining filiallari 162
Kredit uyushmalarining vakolatxonalari 163
Boshqa kredit tashkilotlari 171
Boshqa kredit tashkilotlarining filiallari 172
Boshqa kredit tashkilotlarining vakolatxonalari 173
Investitsiya fondlari, depozitariylar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa professional ishtirokchilari200
Investitsiya fondlari211
Investitsiya fondlarining filiallari 212
Investitsiya fondlarining vakolatxonalari 213
Depozitariylar221
Depozitariylarning filiallari 222
Depozitariylarning vakolatxonalari 223
Qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa professional ishti�okchilari231
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining boshqa filiallari232
Qimmatli qog‘ozlar bozori boshqa professional ishtirokchilarining boshqa alohida bo‘linmalari 233
Birjalar300
Tovar-xomashyo birjalari 311
Tovar-xomashyo birjalarining filiallari 312
Tovar-xomashyo birjalarining boshqa alohida bo‘linmalari 313
Fond birjalari321
Fond birjalarining filiallari 322
Fond birjalarining boshqa alohida bo‘linmalari 323
O‘zbekiston respublika valyuta birjasi331
O‘zbekiston respublika valyuta birjasining filiallari 332
O‘zbekiston respublika valyuta birjasining boshqa alohida bo‘linmalari 333
Birjalarning boshqa turlari 341
Birjalar boshqa turlarining filiallari342
Birjalar boshqa turlarining boshqa alohida bo‘linmalari 343
Sug‘urtalovchilar 400
Sug‘urtalovchilar 411
Sug‘urtalovchilarning filiallari 412
Sug‘urtalovchilarning boshqa alohida bo‘linmalari 413
Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar 500
Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar 511
Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning filiallari 512
Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning boshqa alohida bo‘linmalari 513
Pochta aloqasi tashkilotlari 600
Pochta aloqasi provayderi611
Pochta aloqasi provayderining filiallari 612
Pochta aloqasi provayderining boshqa alohida bo‘linmalari 613
Pochta aloqasi operatori 621
Pochta aloqasi operatorining filiallari 622
Pochta aloqasi operatorining boshqa alohida bo‘linmalari 623
Pochta aloqasining boshqa obyektlari 631
Lombardlar700
Lombardlar711
Lombardlarning filiallari 712
Lombardlarning vakolatxonalari 721
Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘tkazuvchi yuridik shaxslar 800
Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 811
Totalizatorlar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 812
Tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 814
Notarial idoralar (notariuslar)900
Notarial idoralar911
Notariuslar 912

Operatsiyanomi

Operatsiya
kodi
Ikkita yoki undan ortiq hisobvaraqlar ochish010
Bir kunda yoki bir necha kun mobaynida odatdagi ko‘lamga nomuvofiq miqdorda operatsiyalar bajarish011
Pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazish va pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasiga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqdan kelib tushishi 012
Bank omonatlariga pul mablag‘larini naqd holda kiritish013
Pul mablag‘larini naqd holda hisobvaraqdan olish, hisobvaraqdan o‘chirish yoki hisobvaraqqa kiritish, agar bu yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining xususiyati taqozosi bo‘lmasa 014
Pul mablag‘larini jismoniy shaxs taqdim qiluvchiga pul beriladigan hujjatlar bo‘yicha olishi 015
Jismoniy shaxs qimmatli qog‘ozlarni naqd pulga olishi 016
Jismoniy shaxs yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pul mablag‘larini naqd holda kiritishi 017
Uchinchi shaxslar foydasiga omonat (depozit) ochib, unga �ul mablag‘larini naqd holda joylashtirish 018
Chet el valyutasini naqd pulga sotib olish yoki sotish 019
Bir qimmatdagi banknotni boshqa qimmatdagi banknotga almashtirish 020
Mol-mulkni saqlash uchun maxsus xonalarni yoki ularda turgan seyflarni ijaraga olish uchun bank bilan shartnoma tuzish 021
Kredit (zayom) berish yoki olish 022
Qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari yoki boshqa qimmatli narsalarni lombardga qo‘yish 023
Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lash yoki sug‘urta mukofoti olish 024
Lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘ynalganda yutuq olish025
Pul mablag‘larini imtiyozli soliq rejimi beradigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etish va berishni nazarda tutmaydigan davlatlar va hududlarga (offshor zonalarga) o‘tkazish, shuningdek pul mablag‘larini ko‘rsatib o‘tilgan davlatlar va hududlardan o‘tkazish 026
Terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning operatsiyalari 027
Terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoki uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning operatsiyalari 028
Terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxsning operatsiyalari 029


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi