Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.10.2008 07.09.1995 yildagi 351-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.10.2008
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKADA QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINING FAOLIYAT KO‘RSATIShINI TARTIBGA SOLISh VA UNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida” 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-son Qonuni)”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar majmuini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha davlat komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentlar va qimmatli qog‘ozlar bozori professional qatnashchilarining mas’uliyatini tartibga soluvi standartlar hamda qoidalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat bo‘lganda mustaqil auditor tashkilotlarning ekspert xulosalaridan foydalangan holda qimmatli qog‘ozlarning boshlang‘ich narxlarini, ularning likvidlilik darajasini aniqlash uchun qimmatli qog‘ozlar emitentlarining moliyaviy ahvolini baholash mexanizmini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonalarini qayta tashkil qilish yo‘li bilan barpo etilgan aksionerlik jamiyatlarining ro‘yxatlarini respublika matbuotida yilning har choragida albatta e’lon qilinishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarini birja savdolari orqali va birjadan tashqari bozorda sotish yuzasidan shartnoma-topshiriqnomalar tuziщda investitsiya muassasalari bilan ishlash tartibini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqadigan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasini ta’minlashga, shuningdek uning moddiy-texnika bazasini yaratishga belgilangan tartibda zarur mablag‘lar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Davlat komissiyasini va uning hududiy bo‘linmalarini, shuningdek “Toshkent” Respublika fond birjasini hamda “Vaqt” milliy depozitariysini birja savdolarining elektron tizimini tashkil etish, hududiy bo‘linmalar va viloyatlar depozitar tuzilmalari bilan axborotlar almashish uchun aloqaning umumdavlat vositalari bilan, shuningdek investorlarning qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha davlat komissiyasining emitentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlari bankidan foydalanishi tizimini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 1996-1997 o‘quv yilidan boshlab oliy o‘quv yurtlarida qimmatli qog‘ozlar bozori sohasi mutaxassislarini tayyorlashni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi hamda qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha davlat komissiyasi bilan birgalikda aksionerlashtirish, qimmatli qog‘ozlarning har xil turlarini chiqarish xususiyatlari, Davlat komissiyasi, fond birjasi Milliy depozitariy va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa muassasalari faoliyati bilan bog‘liq masalalarni aholiga muntazam tushuntirib borishni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent shahar hokimligi Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha davlat komissiyasining ishchi apparatini Mustaqillik maydoni, 5-uydagi 20 qavatli ma’muriy binoga joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Davlat komissiyasining hududiy bo‘linmalarini joylashtirish uchun zarur joylar ajratilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 7-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)