Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2020 25.09.1998 yildagi 410-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining xususiylashtirish jarayonlarida ishtirokini kengaytirish, xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalariga qo‘yiladigan mablag‘larni muhofaza qilish, investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish investitsiya fondi aksiyalarini aholi o‘rtasida tarqatish natijalariga ko‘ra uning amalda to‘langan ustav sarmoyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin har qaysi aksiyadorning qatnashuv ulushi, shu jumladan muassislar ulushi xususiylashtirish investitsiya fondi ustav sarmoyasining 5 foizidan oshishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan korxonalarning sotib olingan aksiyalari uchun haq to‘lash muddatini kechiktirish tarzidagi maxsus davlat krediti yangi tashkil etilayotgan Xususiylashtirish investitsiya fondlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan besh yilgacha muddatga beriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan kredit uning buyurtmanomasiga ko‘ra Xususiylashtirish investitsiya fondiga xususiylashtirilgan korxonaning Xususiylashtirish investitsiya fondiga beriladigan aksiyalari qiymatining 30 foiziga XIFning o‘z pul mablag‘lari bilan haq to‘langan taqdirdagina beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIFlarga kimoshdi savdolari orqali sotish uchun aksiyalar miqdori ko‘rsatilgan 200 ta ochiq aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya fondlari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish investitsiya fondlari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qaroriga muvofiq chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga ilgari tasdiqlangan ro‘yxatga qo‘shimcha ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamg‘armasidagi davlat ulushi to‘g‘risida” 1998-yil 30-iyundagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan strategik korxonalar ro‘yxatiga kirmagan, xususiylashtirilgan korxonalar bo‘yicha davlatga tegishli aksiyalarning 25 foizdan ortiq miqdoridagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan korxonalarning erkin sotishga va xorijiy investorlarga mo‘ljallangan ulushlar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va respublikaning fond bozorida xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmoniga muvofiq XIFlarning aksiyalar tarkibini o‘zgartirishdan oldingi bu korxonalar ustav jamg‘armasidagi (ustav jamg‘armasining 30 foizigacha doirasida) XIFlar ulushini tiklaydigan miqdordagi aksiyalarni XIFlarga sotish uchun qo‘yishiga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi o‘zi boshqarayotgan investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarining o‘rtacha yillik sof aktivlari qiymatining kamida 5 foizi miqdoridagi o‘z moddiy aktivlariga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish markazi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari tomonidan o‘z moddiy aktivlari qiymatini ko‘rsatib o‘tilgan talablarga muvofiqlashtirilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda—O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish markazi, XIFlar dasturlarining bosh muvofiqlashtiruvchisi sifatida, boshqa tijorat banklarini, shuningdek belgilangan talablarga javob beruvchi O‘zbekiston Respublikasining boshqa moliya tashkilotlarini ham XIFlar aksiyalarining tarqatuvchisi tariqasida jalb etishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”ga o‘zgartirish kiritilib, 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent” respublika fond birjasi daromadlari a’zolik badallari, ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushumlar va Birjaning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha yig‘imlari hisobiga shakllantiriladi, ularning miqdori Birja a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan, biroq bitishuvning har bir tomonidan (xaridor va sotuvchidan) undiriladigan bitishuv qiymatining 1 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish markazi aholiga ularning xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatida ishtirok etish huquqlari va tartibini tushuntirish maqsadida axborot-ma’rifiy kampaniyani tashkil etsinlar.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zteleradio” kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu axborot-ma’rifiy kampaniyani amalga oshirishga ko‘maklashsinlar va buning uchun bepul efir vaqti ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya fondlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 18-iyundagi 220-son qaroriga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-sentabrdagi 405-f-son farmoyishining xususiylashtirilgan korxonalarning XIFlarga sotilmagan aksiyalariga doir qismi bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi investitsiya fondlari va xususiylashtirish investitsiya fondlari, boshqaruvchi kompaniyalar faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 25-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
410-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 25-sentabrdagi
410-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya fondlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida investitsiya fondlarini tashkil etish, ularning faoliyat ko‘rsatishi, ularni qayta tuzish va tugatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investitsiya fondlarini tashkil etish va ularning faoliyati “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”, “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiya fondlari investorlarning pul mablag‘larini jalb qilish hamda ularni qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlarga, boshqa investitsiya aktivlariga, shuningdek bank hisobvaraqlariga va omonatlarga joylashtirish maqsadida tashkil etiladi
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiya fondi deb investorlarning pul mablag‘larini jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qo‘yish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs — aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiya fondlari qimmatli qog‘ozlarni ularni sotib olish majburiyati bilan chiqarishlari mumkin, ya’ni ushbu fondning qimmatli qog‘ozlari egalariga ularning talablariga ko‘ra qimmatli qog‘ozning o‘rniga pul olish yoki fondi ustaviga (ochiq turdagi fondga) muvofiq boshqa mol-mulkni olish yoki emitent (yopiq turdagi fondga) tomonidan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish majburiyatisiz chiqarish huquqini beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiya fondlari faqat aksiyadorlik jamiyatlari ko‘rinishida tashkil etilishi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jalb qilish asosida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi barcha yuridik shaxslar o‘zlarining ta’sis hujjatlarini mazkur Nizomga muvofiqlashtirganlaridan va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tganlaridan so‘ng investitsiya fondi maqomini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati banklar va sug‘urta kompaniyalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan banklar va sug‘urta kompaniyalari investitsiya fondlari hisoblana olmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investitsiya fondi faoliyatini faoliyatning boshqa turlari bilan birga qo‘shib olib borishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. INVESTITSIYa FONDINI TA’SIS ETISh, DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh VA UNING FAOLIYATINI LITSENZIYALASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya fondining muassislari bo‘lishlari mumkin. Investitsiya fondi kamida ikki muassisga ega bo‘lishi kerak. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining investitsiya fondlari faoliyatida ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi, davlat boshqaruvi organlari davlat mulkini boshqarish bo‘yicha qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlar doirasida investitsiya fondlari qatnashchilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning investitsiya fondlarida ishtirok etishlarining xususiyatlari amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassislar investitsiya fondining davlat ro‘yxatidan o‘tgunga qadar paydo bo‘lgan majburiyatlari bo‘yicha birgalikda javobgar bo‘ladilar. Fond muassislarning uni tashkil etish bilan bog‘liq majburiyatlari bo‘yicha ularning xatti-harakati keyinchalik fond aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi tomonidan ma’qullangan taqdirdagina javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fond muassislarining o‘zaro munosabatlari uni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasi bilan tartibga solinadi. Ta’sis shartnomasi muassislar tomonidan fondni ta’sis etish bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’sis shartnomasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma qatnashchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma predmeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond faoliyati maqsadi va predmeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondning firma nomi va joylashgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav jamg‘arma miqdori va uni tashkil etish tartibi, muassislardan har birining ulushi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondni tashkil etish bo‘yicha muassislarning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislarning aksiyalarga yozilgan aksiyadorlar va uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligi, zararlarni qoplash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Muassislar yig‘ilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya fondini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond ustavini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislar Kengashini saylaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan Namunaviy kontraktlarga muvofiq investitsiya fondini boshqarish uchun Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan tuzilgan kontraktlar loyihalarini tasdiqlaydi, fondning muassislar Kengashi raisini ushbu kontraktlarni tuzishga vakil qiladi.
(10-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya fondi muassislari Kengashi fond aksiyadorlarining birinchi Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilgungacha Kuzatuvchi kengash funksiyasini bajaruvchi fondni boshqarishning vaqtinchalik organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan aksiyadorlik jamiyati ustavi mazmuniga qo‘yiladigan talablarga qo‘shimcha ravishda investitsiya fondi ustavi majburiy tartibda quyidagi qoidalarni o‘z ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya fondini aksiyadorlik jamiyati sifatida belgilash;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya fondining turi — ochiq yoki yopiq (mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond faoliyatidagi cheklashlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, uning bilan investitsiya fondining aktivlarini boshqarish to‘g‘risida kontrakt tuzish tartibi, zarar yetkazilgan taqdirda investitsiya fondi va aksiyadorlar oldidagi javobgarligi
(11-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan kontraktlar tuzish tartibi;
(11-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz mablag‘larini jalb qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya fondining barcha aksiyalari bir xil ovoz berish huquqi bilan oddiy aksiyalar bo‘lib hisoblanishi haqidagi ko‘rsatma;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dividendlarni to‘lash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond ustavida fond aksiyalari aksiyadorga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondni boshqarishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dividendlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond faoliyati natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish markazida (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi), shuningdek sudda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish;
(11-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond Kuzatuvchi kengashi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi yoki Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi ishni bilmasligi yoki g‘arazli xatti-harakati natijasida yetkazilgan zararlarni undirish;
(11-bandning o‘n oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond tugatilgan taqdirda mol-mulkning bir qismini olish huquqini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni berishi alohida qayd etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Investitsiya fondi nomiga “investitsiya fondi” so‘zlari qo‘shib yozilishi kerak. Mazkur Nizomga muvofiq faoliyat ko‘rsatuvchi investitsiya fondlaridan tashqari boshqa shaxslar o‘z nomlariga “investitsiya fondi” so‘zlarini yoki shunga o‘xshash ma’noga ega bo‘lgan so‘zlarni qo‘shib yozish huquqiga ega emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya fondining nomi uning biror-bir milliy-davlat yoki ma’muriy-hududiy tuzilmaga, shuningdek vazirliklar, idoralar yoki jamoat tashkilotlariga taalluqli ekanligini anglatmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Investitsiya fondining ustav fondi u ta’sis etilayotganda uning muassislari ulushlari hisobiga shakllanadi va u 1 600 mln. so‘mni tashkil etishi kerak. Investitsiya fondi ta’sis etilayotgan vaqtda uning ustav fondi muassislar o‘rtasida taqsimlangan bo‘lishi kerak.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Investitsiya fondining ustav fondi naqd pul yoki naqd pulsiz tartibda pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulk bilan to‘lanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya fondini ta’sis etishda uning ustav fondining kamida 75 foizi pul shaklida to‘lanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Muassislar fondni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtiga qadar boshlang‘ich sarmoya sifatida qo‘yilgan ulushlarni qaytarib olish huquqiga ega emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Investitsiya fondini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish aksiyadorlik jamiyatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda, mazkur Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Investitsiya fondi o‘z faoliyatini (shu jumladan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi orqali fond aksiyalariga yozilishni, qimmatli qog‘ozlar chiqarish, sotib olish yoki sotishni, o‘z faoliyatini reklama qilishni, ommaviy axborot vositalari orqali aksiyalar sotilishi to‘g‘risida xabar berishni) faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olingandan keyin amalga oshirish huquqiga egadir.
(17-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istalgan yuridik yoki jismoniy shaxslarning aholining pul mablag‘larini jalb qilish va ularni dividendlar albatta to‘langan holda, bunda “investitsiya fondi” nomidan, yoxud shunga o‘xshash nomdan foydalangan holda yoki foydalanmasdan tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olinmasdan ularni qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish bo‘yicha faoliyati g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi va aybdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Investitsiya fondi, agar u belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa va qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatga ruxsatnoma olgan bo‘lsa, tashkil etilgan deb hisoblanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Investitsiya fondi faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 13-son, 109-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20—22-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 13-son, 109-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. FOND AKSIYALARINI ChIQARIShNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Aksiyalar chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun investitsiya fondi Markazga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror va boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Investitsiya fondi aksiyalarini chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish Markaz tomonidan belgilangan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Aksiyadorlarni va ularning investitsiyalarini himoya qilish maqsadida Markaz investitsiya fondi rioya qilishi majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. FOND AKSIYALARI EMISSIYASI TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Investitsiya fondini tashkil etishda aksiyalar ochiq yozilish yo‘li bilan tarqatiladi. Aksiyalarga yozilish fond muassislari tomonidan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi orqali tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bo‘lajak aksiyalarga yozilish haqidagi bildirishnomani e’lon qiladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya fondining nomi va joylashgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning faoliyati predmeti va maqsadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislar tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining nomi va joylashgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining nomi va joylashgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond aksiyadorlarining birinchi umumiy (ta’sis) yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondining mo‘ljallanayotgan miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarning nominal qiymati va ularning soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarga yozilish joyi, yozilishning boshlang‘ich va oxirgi muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislar tomonidan natura shaklida qo‘shiladigan mol-mulk tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya fondiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va uning hisob raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassislar yoki investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi qaroriga ko‘ra ko‘rsatib o‘tilgan bildirishnomaga boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin. Aksiyalarga yozilish muddatining olti oydan oshishi mumkin emas.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Aksiyalarga yozilish tugallangandan keyin investitsiya fondi ustav fondi keyinchalik adliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda ular tomonidan haqiqatda joylashtirilgan aksiyalar miqdoriga muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. INVESTITSIYa FONDINI BOShQARISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Investitsiya fondini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish aksiyadorlik jamiyatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan tartibda mazkur Nizom bilan belgilanadigan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi investitsiya fondi boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi, uning mutlaq vakolatiga amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlardan tashqari quyidagilar tegishli bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlarni, maqsadlar va cheklashlarni ma’qullash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan tuzilgan kontraktni, investitsiya fondi aktivlarini boshqarish to‘g‘risida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan tuzilgan kontraktni, shu jumladan Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysini va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini mukofotlash miqdorlarini belgilash tartibini, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni ma’qullash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Aksiyadorlarning birinchi umumiy (ta’sis) yig‘ilishi investitsiya fondi aksiyalariga yozilish tamom bo‘lgan sanadan boshlab 60 kundan kechikmay o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond aksiyadorlarining birinchi umumiy (ta’sis) yig‘ilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat muassislari kengashi raisining axborotini va investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining fondni ta’sis etish davomida olib borilgan ishlar haqidagi hisobotini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond ustavini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondni ta’sis etish davomida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat Kuzatuvchi kengashini saylaydi va uning raisiga Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan kontraktlarni tuzish (qayta tuzish) vakolatini beradi.
(29 va 30-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, agar unda investitsiya fondi ustaviga muvofiq kamida 60 foiz ovozga ega bo‘lgan (kvorum) aksiyadorlar qatnashayotgan bo‘lsa, huquqiy vakolatli bo‘ladi. Investitsiya fondi umumiy yig‘ilishida ovoz berish: bir aksiya — bir ovoz asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kvorum bo‘lmaganda aksiyadorlarning yangi yig‘ilishini chaqirish sanasi 14 kalendar kunga ko‘chiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya fondi ustavini o‘zgartirish va unga qo‘shimchalar kiritish, uning faoliyatini to‘xtatish, filiallar tashkil etish va ularning faoliyatini to‘xtatish, ustav fondini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun aksiyadorlar yig‘ilishida qatnashayotganlarning to‘rtdan uch qismidan ko‘p ovozi zarur bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan boshqa barcha masalalar bo‘yicha qarorlar yig‘ilishda qatnashayotgan aksiyadorlarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Investitsiya fondi bir yilda bir marta, aksiyadorlarning boshqa yig‘ilishlaridan qat’i nazar, aksiyadorlarning umumiy yillik yig‘ilishini o‘tkazadi. Umumiy yillik yig‘ilishlar orasidagi davr 15 oydan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Investitsiya fondi aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlari orasidagi davrda rais boshchilik qiladigan Kuzatuvchi kengash uning yuqori organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi a’zolarining soni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanadi, ammo ularning soni toq bo‘lishi kerak (500 dan ortiq aksiyalar egasi bo‘lgan aksiyadorlar bor bo‘lgan fond uchun Kuzatuvchi kengashning son tarkibi yetti a’zodan kam bo‘lmasligi, 1000 dan ortiq aksiyalar egasi bo‘lgan aksiyadorlar bor bo‘lgan fond uchun to‘qqiz a’zodan kam bo‘lmasligi kerak).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat Kuzatuvchi kengashi a’zolari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan aksiyadorlar orasidan qonun hujjatlarida va investitsiya fondi ustavida nazarda tutilgan tartibda bir yil muddatga saylanadi. Ovozlarning eng ko‘p sonini olgan nomzodlar Kuzatuvchi kengash tarkibiga saylangan hisoblanadi.
(34-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi raisi Kuzatuvchi kengash a’zolari tomonidan uning tarkibidan Kuzatuvchi kengash saylangan a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi majlisida qaror hozir bo‘lganlarning ko‘pchiligining ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi majlisida masalalarni hal etishda Kuzatuvchi kengashning har bir a’zosi bir ovozga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat Kuzatuvchi kengashi bir a’zosi tomonidan ovozlarning Kuzatuvchi kengashning boshqa a’zosiga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kuzatuvchi kengash fond faoliyatida qonunchilikka rioya qilinishi, shu jumladan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va fond faoliyatini ta’minlovchi boshqa shaxslar bilan kontraktlar tuzilishi, shuningdek ushbu kontraktlar bajarilishi ta’minlanishi uchun javob beradi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. INVESTITSIYa FONDI AKTIVLARINI BOShQARISh
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Investitsiyalarni boshqarish va investitsiya fondining qimmatli qog‘ozlari paketini shakllantirish hamda maslahatchi sifatida fondga xizmat ko‘rsatish investitsiya fondi o‘z aktivlarini boshqarish vakolatini bergan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Investitsiya fondi bilan investitsiya fondi aktivlarini boshqarish to‘g‘risida kontrakt tuzuvchi qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega degan maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lishi shart.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ustav fondidagi davlat ulushi 25 foizdan ortiq bo‘lgan, ular tomonidan ta’sis etilgan korxonalar, jamoat tashkilotlari va ular tomonidan tashkil etilgan korxonalar, tobe shaxslar investitsiya fondining investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bo‘la olmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tobe shaxslar deganda jismoniy yoki yuridik shaxslar — mazkur investitsiya fondi ovoz beruvchi aksiyalarining 10 foizidan ortig‘i tegishli bo‘lgan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va uning mansabdor shaxslari, muassislari, shuningdek ushbu investitsiya fondi aksiyalarining 10 foizidan ortig‘i aksiyadorlar, investitsiya fondining biror-bir yuridik yoki jismoniy shaxsiga ovoz beruvchi aksiyalarning 10 foizdan ortig‘i tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati tushuniladi. Tobe shaxslar jumlasiga investitsiya fondlarini boshqarish to‘g‘risida mazkur investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan kontrakt tuzgan barcha investitsiya fondlari kiradi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Investitsiya fondi qatnashchilari, shu jumladan Kuzatuvchi kengash a’zolari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi muassislari va a’zolari bo‘lishlari mumkin emas, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi muassislari, uning rahbari, mansabdor shaxslar, mutaxassislar va ularning tobe shaxslari esa investitsiya fondi aksiyadorlari bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi, shuningdek uning investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tarkibiga saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emas.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan vakil qilingan investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi raisi fond nomidan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan investitsiya fondi aktivlarini boshqarish to‘g‘risida kontrakt tuzadi, kontraktda quyidagilar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt tomonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt predmeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya deklaratsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond faoliyatidagi cheklashlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatidagi cheklashlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini mukofotlash va uning xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktning amal qilishini to‘xtatish shartlari va tomonlarning javobgarligi va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa qoidalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondni ta’sis etish bosqichida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan shartnomani muassislar Kengashi raisi tuzadi. Ko‘rsatib o‘tilgan shartnoma fond aksiyadorlarining birinchi umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangandan keyin investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan shartnoma fond Kuzatuvchi kengashi raisi tomonidan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi ma’qullagan tahrirda qayta tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan tuziladigan kontraktda uning amal qilishi muddatidan oldin to‘xtatilishi uchun kompensatsiya belgilanishiga yo‘l qo‘yiladi, u kontraktda nazarda tutilgan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini yillik mukofotlashning 20 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Agar u investitsiya fondining uning amal qilishini muddatidan oldin to‘xtatishga bo‘lgan huquqini cheklasa ko‘rsatib o‘tilgan kontraktning istalgan qoidasi haqiqiy hisoblanmaydi. Investitsiya fondi faoliyatidagi cheklashlar investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan tuzilgan kontraktga o‘zgartirish va qo‘shimchalar investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan kelishuv bo‘yicha investitsiya fondi aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan tuziladigan bitishuvlar ro‘yxatini, shuningdek bitishuvlar xususiyati va hajmi bo‘yicha cheklashlarni belgilashga haqlidir.
(44 va 45-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi tomonidan vakil qilingan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi o‘z faoliyatini investitsiya fondi nomidan amalga oshiradi, ushbu korxonalarning investitsiya fondiga tegishli aksiyalariga muvofiq korxonalar aksiyadorlari umumiy yig‘ilishlarida aksiyador sifatida qatnashadi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi e’tiborsizlik, qalloblik va qonun bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar natijasida sud tartibida isbotlangan yo‘qotishlar uchun investitsiya fondi oldida javob beradi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan olinadigan mukofotning yillik miqdori investitsiya fondi bilan tuziladigan kontraktda nazarda tutiladi va investitsiya fondi sof aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining 5 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ko‘rsatilgan summaga kontraktni bajarish bo‘yicha investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan qilingan barcha sarf-xarajatlar o‘rnini to‘ldirish ham qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan mukofotdan tashqari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga kontraktga muvofiq yil natijalari bo‘yicha mukofot puli to‘lanishi mumkin, biroq u fond sof aktivlari yillik o‘sishi summasining 7 foizidan, mazkur yilga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha sof aktivlarni depozitlarga joylashtirishda yuz beradigan o‘sishdan yuqori bo‘lmasligi kerak.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi a’zolariga va shuningdek investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi rahbarlariga aksiyalarni fond birjasida (birjalarning fond bo‘limlarida) sotuvlarga qo‘yish ekspertizasida qatnashish taqiqlanadi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining faoliyati investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan nazorat qilinadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. QIMMATLI QOG‘OZLAR MARKAZIY DEPOZITARIYSI VA INVESTITSIYa FONDINING MUSTAQIL AUDITORI
(VII bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Investitsiya fondi aksiyalarining har bir chiqarilishi hisobi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida yuritiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Fondni ta’sis etish bosqichida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan shartnomani muassislar Kengashi raisi tuzadi. Ko‘rsatib o‘tilgan shartnoma tasdiqlangandan keyin fond aksiyadorlarining birinchi umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangandan keyin Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan shartnoma fond Kuzatuvchi kengashi raisi tomonidan qayta tuziladi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan tuzilgan kontraktga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ushbu depozitariyning bunga roziligini olgan holda investitsiya fondi aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra kiritilishi mumkin.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi investitsiya fondining kreditori va kafolatchisi bo‘lish huquqiga ega emas. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tuzilgan kontrakt talablarini, shu jumladan qimmatli qog‘ozlarni almashtirish, sotib olish va sotishga cheklashlarni nazarda tutgan holda investitsiya fondi qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni hisobga oladi va nazorat qiladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining talabiga ko‘ra uning vakili maslahat ovozi huquqi bilan investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashining majlisiga qo‘yilishi kerak.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi, investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining mansabdor shaxslari o‘z xatti-harakatlarida quyidagi qoidalarga amal qilishga majburdirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchi kengashning maxsus ruxsatisiz ular qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan bitishuvlarga nisbatan biror-bir uchinchi shaxsga (ustav fondida investitsiya fondining ulushi bo‘lgan kompaniyaga) maslahat berish huquqiga ega bo‘lmaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya fondi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan ustav fondida investitsiya fondining ulushi bo‘lgan korxona o‘rtasidagi har qanday shartnoma Kuzatuvchi kengash tomonidan ma’qullanishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya fondi bilan korxona yoxud undan mansabdor shaxslar, shuningdek investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi xodimlari iqtisodiy manfaatdor bo‘lgan boshqa yuridik shaxs o‘rtasidagi har qanday bitishuv investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanishi shart. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi a’zolari, agar ular yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar bilan mehnat yoki fuqarolik-huquqiy munosabatlarda bo‘lsalar, yoxud ustav fondida 5 va undan ko‘p foiz ulush investitsiya fondiga tegishli bo‘lgan yoki investitsiya fondi aksiyalarining 5 va undan ko‘p foizi unga tegishli bo‘lgan yuridik shaxsga nisbatan mulk egasi yoki kreditor huquqlariga ega bo‘lsalar iqtisodiy manfaatdor deb hisoblanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining mansabdor shaxslari, shuningdek investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi a’zolari investitsiya fondidan olingan axborotning maxfiyligini ta’minlashlari kerak.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Investitsiya fondi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi o‘z xatti-harakatlari bilan investitsiya fondiga va aksiyadorlarga yetkazilgan yo‘qotish va zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq shuningdek, investitsiya fondi bilan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi o‘rtasida tuzilgan kontraktlarda nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda summa va penyani undirish tartibi ko‘rsatilgan holda, javob beradilar.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Investitsiya fondi fondning, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining hujjatlarini va hisobotlarini har yili tekshirish uchun mustaqil auditor tayinlaydi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Hujjatlarni, pul belgilarini, qimmatli qog‘ozlarni soxtalashtirganliklari, o‘g‘irlaganliklari va boshqa g‘arazli jinoyatlar qilganliklari uchun sudlangan shaxslar investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashining a’zolari bo‘lishlari, shuningdek uning investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi vazifasini bajarishlari yoki mustaqil auditor bo‘lishlari mumkin emas. Mazkur talab bajarilishini nazorat qilish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. INVESTITSIYa FONDI FAOLIYATINI ChEKLAShLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Investitsiya fondi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatni litsenziya olmasdan amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ obligatsiyalar va infratuzilma obligatsiyalari, shuningdek imtiyozli aksiyalar chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya fondi sof aktivlarining 10 foizidan ortig‘ini bir emitentning qimmatli qog‘ozlariga yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatning ulushiga investitsiya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarning jami hajmi kredit va (yoki) qarz bitimi imzolangan sanadagi investitsiya fondi sof aktivlari qiymatining 15 foizidan oshib ketgan taqdirda kredit va (yoki) qarz mablag‘larini jalb etishga (bunda kredit va (yoki) qarz muddati uch oydan oshmasligi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafil bo‘lishga, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga qo‘yishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-huquqiy shakli o‘z ishtirokchilarining qo‘shimcha javobgarligini nazarda tutadigan xo‘jalik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlariga va ulushlariga investitsiyalarni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni amalga oshirishga, shuningdek ularning ustav kapitalidagi ulushlarini olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini olishga va ularga ega bo‘lishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan bitimlar tuzishga, opsionlar yoki fyucherslar olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy summasi fond sof aktivlarining 10 foizidan ortiq investitsiyalarni amalga oshirishga (bundan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yish mustasno) haqli emas.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Yuqorida ko‘rsatilgan cheklashlarga rioya qilmaslik investitsiya fondining faoliyatini to‘xtatishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda investitsiya fondini tugatishga va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining mansabdor shaxslariga nisbatan huquqiy, ma’muriy, moddiy javobgarlikka tortish choralari qo‘llanilishiga olib keladi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. MOLIYAVIY AHVOLNI, SOF AKTIVLARNI BAHOLASh VA FOYDANI TAQSIMLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Moliyaviy ahvolni, investitsiya fondi sof aktivlarini baholash Investitsiya fondi moliyaviy faoliyatini tahlil qilish usuli va Investitsiya fondining sof aktivlarini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Fond sof foydasining bir qismi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra dividendlarni to‘lash uchun taqsimlangunga qadar uning ustavi bilan belgilangan tartibda va doirada ustav sarmoyasini ko‘paytirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar, majburiy to‘lovlar va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini rag‘batlantirish to‘lovi to‘langandan so‘ng qolgan hamda sarmoyani ko‘paytirish uchun yo‘naltirilmagan fond foydasi uning aksiyadorlari o‘rtasida dividendlar sifatida taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(63-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional xizmatlarga haq to‘lash bilan bog‘liq barcha xarajatlar, shuningdek quyidagi sarf-xarajatlar fondning bankdagi hisob-kitob schyotidan qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktga muvofiq investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash, bu fond sof aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining 5 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktga muvofiq fondga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga haq to‘lash, bu fond sof aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining 2 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan to‘lov hujjatlariga muvofiq fond ustaviga, emissiya prospektiga yoki fond faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish va taqdim etilgan to‘lov hujjatlariga muvofiq ularni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari, shu jumladan fond aksiyalari yoki aksiyalari sertifikatlarini birinchi joylashtirishda ularni tayyorlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida fond reklamasiga haq to‘lash xarajatlari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan miqdorda, biroq taqdim etilgan to‘lov hujjatlariga muvofiq fond aksiyalarini joylashtirish yakunlari bo‘yicha fond tomonidan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga to‘lanadigan aksiyalarni joylashtirishdan olingan mablag‘larning 4 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond Kuzatuvchi kengashi a’zolari tomonidan o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash va ularni mukofotlash fond sof aktivlarining o‘rtacha yillik qiymatining 0,3 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond faoliyati bilan bog‘liq soliqlar (investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi, depozitariy, fond aksiyalarini tarqatuvchilar va olingan mukofotlar uchun Kuzatuvchi kengash a’zolaridan ushlab qolinadigan soliqlardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audit, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini o‘tkazish va fond aksiyadorlariga investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi orqali investitsiya fondi aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan, fond Kuzatuvchi kengashi bilan kelishilgan stavkalar miqdorida dividendlar to‘lash xarajatlari.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Dividendlarni to‘lash shartlari, tartibi va muddatlari qonun hujjatlari va investitsiya fondi ustavi bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Investitsiya fondining buxgalteriya hisobi va hisoboti buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi nizomga muvofiq investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan yuritiladi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. INVESTITSIYa FONDLARINING MAJBURIYATLARI VA ULARNING AKSIYADORLAR OLDIDAGI JAVOBGARLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Investitsiya fondi axborotni qonun hujjatlarida aksiyadorlik jamiyatlari uchun belgilangan tartibga asosan oshkor qiladi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Investitsiya fondi moliyaviy yil tugagandan so‘ng 60 kundan kechiktirmay fondning har qanday aksiyadoriga investitsiya fondi bilan tuzilgan barcha kontraktlar va uning tomonidan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi yoki tobe shaxsga, shuningdek istagan shaxsga to‘langan barcha to‘lovlar hisobot davrida investitsiya fondi tomonidan sodir etilgan investitsiyalar to‘g‘risidagi axborotlar bilan tanishish imkonini beradi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Investitsiya fondi Markazga o‘zining investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va mustaqil auditor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi, shuningdek har qanday manfaatdor shaxsning yoki tashkilotning ushbu ma’lumotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlaydi.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Investitsiya fondiga yozma holda yoki reklama qilish yo‘li bilan investorlarga ijobiy daromad olish uchun kafolat berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Investitsiya fondlari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi orqali o‘z aksiyadorlariga o‘z faoliyati va moliyaviy ahvoli, aksiyalarni sotish shartlari va emissiyalar prospekti, dividendlarni to‘lash tartibi, fond birjalaridagi faoliyat, qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalar to‘g‘risidagi zarur va ishonchli axborotlarni berishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan axborotlar aksiyalarni emissiya qilishda ko‘rgazmali va qulay shaklda fuqarolar e’tiboriga, shuningdek ommaviy axborot vositalari orqali, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida, bundan tashqari, aksiyador (aksiyadorlar)ning talabiga ko‘ra ta’sis hujjatlari bilan belgilangan tartibda aksiyadorlar e’tiboriga yetkaziladi.
(70-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Aksiyador investitsiya fondi tomonidan e’lon qilingan dividendlar to‘lanishini sud yo‘li bilan talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Investitsiya fondlari aksiyalarining joriy emissiyasi quyidagi hollarda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra yoki sud qaroriga ko‘ra haqiqiy emas deb topilganda to‘xtatib qo‘yilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarida ishonchsiz ma’lumotlar mavjudligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. INVESTITSIYa FONDINI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga qayta tashkil etilish huquqiga ega emas. Investitsiya fondini birlashtirish, qo‘shish, bo‘lish, ajratib chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(74-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya fondlarini qayta tashkil etish tadbirlarini o‘tkazish davrida fondlar o‘z ustav hujjatlari va investitsiya portfellarini ushbu Nizomning 60-bandida nazarda tutilgan fondlar faoliyatini cheklashlar bilan muvofiqlashtirishlari shart.
(74-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya fondiga berilgan qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki uni bekor qilish investitsiya fondining belgilangan tartibda tugatilishiga olib keladi.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Investitsiya fondi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik sudining qaroriga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning faoliyatiga berilgan litsenziya bekor qilingan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga binoan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Investitsiya fondini ixtiyoriy ravishda tugatish aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tayinlagan tugatish komissiyasi tomonidan, majburiy tugatish — bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan boshlab fond ishlarini boshqarish bo‘yicha vakolatlar unga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish komissiyasi investitsiya fondining mol-mulkini baholaydi, uning debitorlarini va kreditorlarini aniqlaydi va ular bilan hisob-kitob qiladi, fond qarzlarining uchinchi shaxslarga to‘lanishi uchun choralar ko‘radi, tugatish balansini tuzadi va uni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Investitsiya fondida mavjud bo‘lgan pul mablag‘lari, shu jumladan fond tugatilishi vaqtida uning mol-mulki sotilishidan olingan tushum, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan so‘ng, fond ustavi va mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda tugatish komissiyasi tomonidan fond aksiyadorlari o‘rtasida taqsimlanadi.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Investitsiya fondini tugatish to‘g‘risida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish reyestrida tegishli yozuvlar qayd etilgan vaqtdan boshlab u tugatilgan, fond esa o‘z faoliyatini to‘xtatgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Investitsiya fondlari bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq sud organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
25-sentabrdagi 410-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish investitsiya fondlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom investitsiya fondlari to‘g‘risidagi Nizom bilan birgalikda xususiylashtirish investitsiya fondlarini ta’sis etish va ularning faoliyati, ularga mulkchilik shakli o‘zgartirilgan davlat korxonalari aksiyalarini sotish xususiyatlarini, shuningdek ularga maxsus davlat kreditlari berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIFlar) xususiylashtirish fondlari turlaridan biri hisoblanadi, aholining keng tabaqalarini xususiylashtirish jarayoniga jalb etish maqsadida tashkil etiladi hamda aholining pul mablag‘larini, ularni keyinchalik xususiylashtiriladigan davlat korxonalari aksiyalarini sotib olishga yo‘naltirgan holda, jamlashga da’vat etilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xususiylashtirish investitsiya fondi ochiq aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. U faoliyatning quyidagi turlarini amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z aksiyalari emissiyasi hisobidan mablag‘larni xususiylashtirilayotgan korxonalarning qimmatli qog‘ozlariga jalb qilish, o‘z mablag‘larini va olingan maxsus davlat kreditlarini investitsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zi aksiyalariga egalik qilgan korxonalarni rivojlantirishda va samaradorligini oshirishda aksiyador sifatida qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. XIF ni tashkil etish va uning faoliyati, ushbu Nizomdan kelib chiqadigan xususiyatlarni hisobga olgan holda, Investitsiya fondlari to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar XIFlarning o‘ziga xos xususiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIFlar tomonidan xususiylashtirilayotgan korxonalarning chiqarilayotgan aksiyalari umumiy sonining kamida 30 foizgachasini nominal qiymati bo‘yicha sotib olish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z umumiy aktivlarining 10 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorini bir emitent qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilish imkoniyati. Mazkur cheklash aksiyalarni aholiga tarqatish yakunlari bo‘yicha amalda to‘langan XIFlarning ustav sarmoyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar bo‘lgan davrga amal qilmaydi. XIF to‘langan ustav sarmoyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab bir oy davomida investitsiya portfelini mazkur cheklashga muvofiqlashtirishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIF yopiq turdagi investitsiya fondi hisoblanadi va qimmatli qog‘ozlarni ularni sotib olish majburiyatisiz emitatsiya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus davlat kreditini olish huquqining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIFlar faqat xususiylashtirilgan davlat korxonalari aksiyalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq davlat qimmatli qog‘ozlariga mablag‘larni investitsiya qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga qayta tashkil etilish huquqiga ega emas. Investitsiya fondini birlashtirish, qo‘shish, bo‘lish, ajratib chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. XIFlarning investitsiya portfelini tashkil etuvchi aksiyalarni sotish o‘z aksiyalarini qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari tomonidangina tashkil etilgan birja yoki birjadan tashqari bozorlarda aholi o‘rtasida joylashtirish tugallangandan keyingina amalga oshiriladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan shaxslar (jismoniy yoki yuridik), ustav fondida davlat ulushi 25 foizni va undan ortiqni tashkil etuvchi korxona, shuningdek aksiyalari XIFlar tomonidan sotib olingan korxonalar XIFlar tomonidan sotiladigan xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olish yoxud boshqa usul bilan o‘z mulkiga olish yoki tasarruf etish huquqiga ega bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. XIF foydasini taqsimlash Investitsiya fondlari to‘g‘risidagi nizomning 63-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Investitsiya fondlari to‘g‘risidagi nizom bilan belgilangan cheklashlar XIFlar faoliyatiga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. XIFNI TA’SIS ETISh VA UNING FAOLIYATINI LITSENZIYALASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. XIF kamida ikkita muassisga ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ustav sarmoyasida aksiyalarning 25 foizidan kamrog‘i davlatga tegishli bo‘lgan korxonalar XIF muassislari va aksiyadorlari bo‘lishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari XIFlarning muassislari bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. XIFni ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror muassislar tomonidan qabul qilinadi, bu haqda ular o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. XIFning ustav fondi uni ta’sis etishda o‘z muassislarining ulushlari hisobiga shakllanadi va u 1 600 mln. so‘mga teng bo‘lishi kerak. XIF ustav fondini shakllantirish faqat pul mablag‘lari qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Muassislar ustav fondi qiymatining 100 foizini XIF davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 30 kundan kechikmay to‘lashlari shart.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xususiylashtirish investitsiya fondi faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 13-son, 109-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hujjatlarni, pul belgilarini, qimmatli qog‘ozlarni soxtalashtirganligi, talon-toroj qilganligi yoki poraxo‘rligi va boshqa moliyaviy jinoyatlari uchun sudlangan shaxslar, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari va rahbarlari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi xizmatchilari, mansabdor shaxslari yoki rahbarlari, shuningdek XIF kuzatuvchi kengashining a’zolari bo‘lishlari mumkin emas. Ushbu talabning bajarilishi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va Markaz tomonidan nazorat qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi).
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. XIF INVESTITSIYa AKTIVLARINING IShONChLI BOShQARUVChISI FAOLIYATI XUSUSIYATLARI
(III-bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi XIFning Kuzatuvchi kengashi topshirig‘iga binoan o‘z faoliyatini XIF nomidan amalga oshiradi, korxonalar aksiyadorlari yig‘ilishlarida ushbu korxonalarning XIFga tegishli aksiyalariga muvofiq qatnashadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. XIF qatnashchilari, shu jumladan Kuzatuvchi kengash a’zolari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi muassislari va a’zolari, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi muassislari, uning rahbari, mansabdor shaxslari, mutaxassislari va ularning tobe shaxslari XIF aksiyadorlari bo‘lishi mumkin emas.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xususiylashtirish investitsiya fondlari hisob-kitob schyoti bo‘yicha bank operatsiyalari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan faqat Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining XIF mablag‘idan maqsadli foydalanilishini tasdiqlovchi vakolatli shaxsi bilan kelishilgan holda (to‘lov hujjatlarida imzosi bo‘lganda) amalga oshirilishi mumkin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. XIFLAR TOMONIDAN AKSIYALAR ChIQARISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yalpi xususiylashtirish jarayoniga aholining keng tabaqalarini jalb qilish maqsadida XIFlar tomonidan Xususiylashtirish investitsiya fondlari aksiyalari (keyingi o‘rinlarda XIF aksiyalari deb ataladi) chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki joylashtirishda XIF aksiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nominal qiymati bo‘yicha 100 so‘mdan sotiladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi pasportini ko‘rsatgan holda XIF aksiyalarini nominal qiymati bo‘yicha sotib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish investitsiya fondi aksiyalari aholiga joylashtirilishi yakunlari bo‘yicha uning amalda to‘langan ustav sarmoyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin har bir aksiyador (muassis va qatnashchi)ning qatnashish ulushi bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga XIF ustav sarmoyasi 5 foizidan oshishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIF bilan tuzilgan kontraktga muvofiq ushbu bandga rioya etilishini Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi nazorat qiladi.
(17-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Dastlabki joylashtirishda va ikkilamchi bozorda aholiga XIFlar aksiyalarini sotish olinadigan naqd pul mablag‘lari majburiy inkassatsiya qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan xalq xo‘jaligida kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga muvofiq boshqa talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa intizomiga rioya qilinishini XIFlar aksiyalarini tarqatuvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi banklar nazorat qiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. XIFlar aksiyalarini sotish qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining XIFlar aksiyalarini sotishga doir xarajatlari Davlat raqobat qo‘mitasining XIFlar aksiyalarini sotishdan tushgan mablag‘lari hisobiga ular tomonidan sotilgan aksiyalar summasining 2 foizidan oshmaydigan miqdorda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus davlat krediti asosiy summasining qaytarilishiga ko‘ra XIFlar Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan XIF aksiyalarining aholiga sotilgan tegishli paketlariga to‘g‘ri keladigan Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatiga haq to‘lashga sarflangan mablag‘larning qaytarilishini ta’minlaydilar.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. XIF aksiyalari egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar hisoblanadi. Har bir aksiya aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida bir ovoz, dividendlar olish huquqini, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. XIF aksiyalarni faqat ikki marta chiqaradi. XIF unga birlashgan boshqa XIFning aksiyasini almashtirish uchun aksiyalarning qo‘shimcha miqdorini chiqargan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yoki bir necha XIF qo‘shilganda yangidan tashkil etilgan XIF o‘z aksiyalarini muomalaga faqat bir marta, ularni qo‘shilish jarayonida tugatilayotgan XIFlarning aksiyalariga almashtirish uchun chiqarish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIF aksiyalari birinchi marta XIFni ta’sis etishda muassislar tomonidan ustav fondiga qo‘shilgan ulushlarni qoplash uchun chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIF aksiyalari ikkinchi marta aksiyalarni aholiga sotish uchun chiqariladi va u XIF davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin 3 oydan kechiktirmay chiqarilishi kerak. XIFlarning ikkinchi emissiyasi aksiyalari XIF ikkinchi emissiyasi prospekti ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. XIFlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIF sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgunlariga qadar e’lon berish yoki XIF aksiyalarini sotish uchun taklif qilish (muassislarga sotish uchun taklif qilishdan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIF aksiyalarini joylashtirishda olinishi kutilayotgan daromadlar miqdorlarini e’lon qilish va reklama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIF aksiyalarini yuridik shaxslarga sotish, yuridik shaxslar XIF aksiyalarini XIFning muassislari sifatida oladigan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z aksiyalarini aksiyadorlardan sotib olish huquqiga ega emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. XIFlarning aksiyalari ushbu aksiyalar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin qimmatli qog‘ozlar bozorida erkin muomalada bo‘lishi mumkin. XIF aksiyadorlarining ularga tegishli aksiyalarni sotishga huquqlarini cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Aksiyadorlar birja va birjadan tashqari savdolarda o‘zlariga tegishli aksiyalar oldi-sotdisi bo‘yicha bitishuvlarni amalga oshirish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIF aksiyalari boshqa XIF aksiyalariga u birlashgan yoki qo‘shilgan holdagina almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. XIFlar aksiyalari va emissiya prospektlari chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek XIFlar aksiyalarini joylashtirish, saqlash va hisobga olish amaldagi qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. XIF aksiyalari bilan va XIFga tegishli qimmatli qog‘ozlar bilan barcha operatsiyalar faqat Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida hisobga olinishi kerak.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALAR AKSIYALARINI XIFLAR TOMONIDAN SOTIB OLISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Davlat raqobat qo‘mitasi aksiyalari XIFlarga sotilishi kerak bo‘lgan aksiyadorlik korxonalari ro‘yxatini quyidagi tartibga muvofiq belgilaydi:
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalari XIFlarga aksiyalarning nominal qiymatiga teng cheklangan narx bo‘yicha sotilishi kerak. Aksiyalarga cheklangan narx bo‘yicha ochiq obunada XIFlarning xarid qobiliyati fond aksiyalarini aholiga sotishdan tushgan hamda to‘langan ta’sis badallari summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Savdolarni tashkil etish tartibi Davlat raqobat qo‘mitasi vakolat bergan organ tomonidan belgilanadi.
(28-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq obunani o‘tkazish kuni uni o‘tkazishdan bir hafta oldin ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bitta emitent aksiyalarini xarid qilishga tushgan buyurtmanomalar soni taklif etilayotgan miqdordan ortiq bo‘lsa, u holda aksiyalarni taqsimlash, buyurtmanoma bergan har bir XIFning amalda to‘langan (kim oshdi savdosi o‘tkazilishi sanasida) ustav fondi hisobga olingan holda berilgan buyurtmanomalarga teng nisbatda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ochiq obunaning birinchi raundida XIFlarga sotilmay qolgan aksiyalar mazkur bandning “a” kichik bandiga muvofiq birja bozorida ochiq savdoga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu aksiyalar (yoki bu aksiyalar paketining bir qismi) birja bozoriga qo‘yilgan kundan boshlab 60 kalendar kun mobaynida sotilmay qolsa, ular keyingi 15 kun mobaynida XIFlarga ochiq obunaning ikkinchi raundiga taqdim etiladi, aksiyalarni ularning nominal qiymatiga teng narxda sotish boshlanadi, talab bo‘lmaganda esa, narx bosqichma-bosqich pasaytiriladi va aksiyalar talab narxi bo‘yicha, lekin nominal qiymatidan 85 foiz kam bo‘lmagan narxda sotilishi mumkin. XIF tomonidan ochiq obunaning ikkinchi raundida aksiyalar xarid qilinganda XIFlarga davlat krediti berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq obunaning ikkinchi raundida talab bo‘lmaganda mazkur korxonalar XIFlarga sotish mo‘ljallangan belgilangan tartibda tasdiqlangan xususiylashtirilgan korxonalar ro‘yxatidan o‘chiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aksiyalar sotilgandan keyin Davlat raqobat qo‘mitasi zudlik bilan aksiyalarga egalik qilish huquqini xaridorga beradi. Hech qanday shaxs yoki davlat organi bunday sotish sanasi va mazkur aksiyalarga egalik qilish huquqi xaridorga o‘tishi sanasi o‘rtasidagi davrda xususiylashtirilgan davlat korxonasi sarmoyasiga, aktivlariga yoki operatsiyalariga ta’sir etadigan biror-bir harakat qilish yoki boshqacha usulda bunday korxona aksiyalariga egalik qilish huquqini amalga oshirishi mumkin emas.
(28-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xususiylashtirilgan korxonalarning mazkur Nizomga muvofiq XIFga sotilgan barcha aksiyalari Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida hisobga qo‘yilishi kerak.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. XIFLAR TOMONIDAN MAXSUS DAVLAT KREDITLARINI OLISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari XIFlar tomonidan o‘z mablag‘lariga, shuningdek maxsus davlat krediti hisobiga sotib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining xususiylashtirish jarayonida qatnashishi uchun XIFlarga beriladigan maxsus davlat krediti (bundan keyin kredit deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan XIFlarga xususiylashtirilgan korxonalarning sotib olingan aksiyalari uchun to‘lov muddatini cho‘zish ko‘rinishida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Maxsus davlat krediti XIFga uning buyurtmanomasi bo‘yicha faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasidan xususiylashtirilgan korxona aksiyalari sotib olinganda va zarur garov ta’minoti mavjud bo‘lganda beriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIFga berilayotgan xususiylashtirilgan korxona aksiyalari paketi qiymatining 30 foizi fondning o‘z pul mablag‘lari hisobidan to‘lanishi lozim, aksiyalar paketi qiymatining qolgan 70 foizi kredit hisobidan sotib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. XIFga tegishli bo‘lgan kreditning to‘liq summasiga teng har qanday aktivlar (xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari) Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan XIFlarga beriladigan kreditlar uchun garov hisoblanadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Maxsus davlat kreditini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan Maxsus davlat kreditini to‘lash tartibi va shartlariga muvofiq kredit berilgandan keyingi ikkinchi yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining maxsus schyotiga o‘tkaziladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. XIF hech qanday qarz ta’minotlarini berishi yoki boshqacha usulda, maxsus davlat kreditlaridan tashqari, qarz majburiyatlarini o‘z zimmasiga olishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. XIFLARNING MAJBURIYATLARI VA ULARNING AKSIYADORLAR OLDIDAGI JAVOBGARLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. XIFlar investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi orqali o‘z aksiyadorlariga o‘zining faoliyati va moliyaviy ahvoli, aksiyalarni sotish shartlari va aksiyalar emissiyasi prospekti, dividendlarni to‘lash tartibi, fond birjalaridagi faoliyati hamda qimmatli qog‘ozlarga qo‘ygan mablag‘lari to‘g‘risida zarur va ishonchli axborotni berishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan axborot aksiyalar emissiyasi vaqtida ko‘rgazmali va tushunarli shaklda fuqarolarga, shuningdek aksiyadorlarga ommaviy axborot vositalari orqali, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida, bundan tashqari, ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyador (aksiyadorlar) talabiga ko‘ra ma’lum qilinadi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. XIFlar aksiyadorlar reyestri yuritilishini ta’minlashga majburdirlar. Reyestrni yuritish fond topshirig‘iga binoan Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi, bunda XIF aksiyadorlar reyestrining to‘g‘ri yuritilishi va saqlanishi bo‘yicha majburiyatdan hamda javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Qimmatli qog‘ozlar bozor narxining o‘zgarishlaridan olinadigan barcha daromadlar va ko‘riladigan zararlar to‘liq hajmda ushbu fond aksiyadorlari hisobiga yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Aksiyador XIF tomonidan e’lon qilingan dividendlarning to‘lanishini sud tartibida talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. XIFlar aksiyalarining joriy emissiyasi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi yoki sud qaroriga ko‘ra haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarida ishonchsiz ma’lumotlar topilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. XIFLAR FAOLIYATINI TO‘XTATISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Maxsus davlat krediti bo‘yicha qarzlarini to‘lagandan so‘ng XIFlar, xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini nominal qiymati bo‘yicha xarid qilish va maxsus davlat krediti olish huquqini yo‘qotgan holda, umumiy maqsadlardagi investitsiya fondlariga aylantirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. XIFni umumiy maqsadlardagi investitsiya fondiga aylantirish to‘g‘risidagi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori Ustav O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirilgandan hamda tegishli litsenziya olingandan keyin kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. XIF bankrot bo‘lgan taqdirda boshqaruvchi tugatuvchi, XIF ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda esa tugatish komissiyasi ochiq kimoshdi savdosi shaklida uning aktivlarini sotadi. Ushbu ochiq kim oshdi savdosida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olish huquqiga ega bo‘lgan istalgan yuridik jismoniy shaxs qatnashishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan shaxslar (jismoniy yoki yuridik), ustav fondida davlat ulushi 25 foizni va undan ortiqni tashkil etuvchi korxona, shuningdek aksiyalari XIFlar tomonidan sotib olingan korxonalar XIFlar tomonidan sotiladigan xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olish yoxud boshqa usul bilan o‘z mulkiga olish yoki tasarruf etish huquqiga ega bo‘lmaydi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)