22.05.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1813
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUGʻURTALOVCHILAR MOLIYAVIY-XOʻJALIK FAOLIYATINING BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLAR REJASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 22-mayda 1813-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurtalovchilar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirining 2008-yil 5-maydagi 47-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Schyotlar rejasining umumiy xarakteristikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurtalovchilar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi (keyingi matnlarda — Schyotlar rejasi) Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va sugʻurtalovchilarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish boʻyicha yagona yondashuvning uslubiy asoslarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Schyotlar rejasi, moliyaviy hisobot elementlari: aktivlar, majburiyatlar, sugʻurta zaxiralari, kapital, daromadlar va xarajatlarga muvofiq guruhlashtirilgan schyotlar yigʻindisini aks ettiradi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Schyotlar rejasi sugʻurtalovchilar tomonidan ularning mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, ijro etilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sugʻurtalovchilar Schyotlar rejasi asosida Xoʻjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqadilar va u sugʻurtalovchining hisob siyosatida aks ettirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sugʻurtalovchilarning buxgalteriya hisobi schyotlarida xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobini yuritish tamoyillariga muvofiq aks ettirish tartibi ushbu Schyotlar rejasiga ilova qilingan schyotlar rejasini qoʻllash toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Schyotlar roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Schyotlar raqamlari‎

Schyotlar nomi‎

Schyot turi‎

I QISM. UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR

I BOʻLIM. ASOSIY VOSITALAR, NOMODDIY VA BOSHQA UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR

0100‎

ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

0110‎

Yer‎

0111‎

Yerni obodonlashtirish‎

0112‎

Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish*

0120‎

Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar ‎

0130‎

Mashina va asbob-uskunalar‎

0140‎

Mebel va ofis jihozlari ‎

0150‎

Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi ‎

0160‎

Transport vositalari ‎

0170‎

Ishchi hayvonlar‎

0180‎

Koʻp yillik oʻsimliklar‎

0190‎

Boshqa asosiy vositalar ‎

0199‎

Konservatsiya qilingan asosiy vositalar ‎

0200‎

ASOSIY VOSITALARNING ESKIRISHINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

KA‎

0211‎

Yerni obodonlashtirishning eskirishi ‎

0212‎

Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi ‎

0220‎

Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi‎

0230‎

Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi ‎

0240‎

Mebel va ofis jihozlarining eskirishi ‎

0250‎

Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi ‎

0260‎

Transport vositalarining eskirishi ‎

0270‎

Ishchi hayvonlarning eskirishi ‎

0280‎

Koʻp yillik oʻsimliklarning eskirishi ‎

0290‎

Boshqa asosiy vositalarning eskirishi ‎

0299‎

Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi ‎

0300‎

MOLIYAVIY IJARA SHARTNOMASI BOʻYICHA OLINGAN ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

0310‎

Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar‎

0400‎

NOMODDIY AKTIVLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

0410‎

Patentlar, litsenziyalar va nou-xau ‎

0420‎

Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari ‎

0430‎

Dasturiy taʼminot ‎

0440‎

Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari ‎

0450‎

Tashkiliy xarajatlar ‎

0460‎

Franchayz‎

0470‎

Mualliflik huquqlari ‎

0480‎

Gudvill‎

0490‎

Boshqa nomoddiy aktivlar ‎

0500‎

NOMODDIY AKTIVLAR AMORTIZATSIYASINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

KA‎

0510‎

Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi ‎

0520‎

Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining amortizatsiyasi ‎

0530‎

Dasturiy taʼminotning amortizatsiyasi ‎

0540‎

Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi ‎

0550‎

Tashkiliy xarajatlarning amortizatsiyasi ‎

0560‎

Franchayzning amortizatsiyasi‎

0570‎

Mualliflik huquqlarining amortizatsiyasi ‎

0590‎

Boshqa nomoddiy aktivlarni?g amortizatsiyasi ‎

0600‎

UZOQ MUDDATLI INVESTITSIYALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

0610‎

Qimmatli qogʻozlar ‎

0620‎

Shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar ‎

0630‎

Qaram xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar ‎

0640‎

Chet el kapitali mavjud boʻlgan korxonalarga investitsiyalar ‎

0690‎

Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar ‎

0700‎

OʻRNATILADIGAN ASBOB-USKUNALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

0710‎

Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — mahalliy ‎

0720‎

Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — xorijiy‎

0800‎

KAPITAL QOʻYILMALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

0810‎

Tugallanmagan qurilish ‎

0820‎

Asosiy vositalarni xarid qilish ‎

0830‎

Nomoddiy aktivlarni xarid qilish ‎

0840‎

Asosiy podani tashkil qilish ‎

0850‎

Yerni obodonlashtirishga kapital qoʻyilmalari ‎

0860‎

Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar ‎

0890‎

Boshqa kapital qoʻyilmalar ‎

0900‎

UZOQ MUDDATLI DEBITORLIK QARZLARI VA KECHIKTIRILGAN XARAJATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

0910‎

Olingan veksellar

0920‎

Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar ‎

0930‎

Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari ‎

0940‎

Boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar ‎

0950‎

Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi ‎

0960‎

Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar ‎

0990‎

Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar ‎

II QISM. JORIY AKTIVLAR

II BOʻLIM. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI

1000‎

MATERIALLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

1010‎

Xom ashyo va materiallar ‎

1020‎

Butlovchi buyumlar ‎

1030‎

Yoqilgʻilar ‎

1040‎

Ehtiyot qismlar ‎

1050‎

Qurilish materiallari ‎

1060‎

Idish va idishbob materiallar ‎

1070‎

Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar ‎

1080‎

Inventar va xoʻjalik jihozlari ‎

1090‎

Boshqa materiallar ‎

1100‎

1200‎

1300‎

1400‎

1500‎

MATERIALLARNI TAYYORLASH VA XARID QILISHNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

1510‎

Materiallarni tayyorlash va xarid qilish ‎

1600

MATERIALLAR QIYMATIDAGI FARQLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR

A‎

1610‎

Materiallar qiymatidagi farqlar ‎

1700‎

1800‎

1900‎

2000‎

SUGʻURTA ISHINI YURITISH XARAJATLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

2010‎

Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari ‎

2100‎

2200‎

SUGʻURTA TOVONLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

2210‎

Hisobot davrida toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari ‎

2220‎

Muddatidan oldin tugatilgan shartnomalar boʻyicha sugʻurta tovonlari ‎

2230‎

Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlari ‎

2300‎

YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISHNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

2310‎

Yordamchi ishlab chiqarish ‎

2400‎

QAYTA SUGʻURTA QILISHGA OID RAGʻBATLANTIRISHLAR BOʻYICHA XARAJATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

2410‎

Qayta sugʻurta qilishga oid komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar ‎

2500‎

UMUMISHLABCHIQARISH XARAJATLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

2510‎

Umumishlabchiqarish xarajatlari ‎

2600‎

2700‎

XIZMAT KOʻRSATUVCHI XOʻJALIKLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

2710‎

Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar ‎

2800‎

2900‎

III QISM. KELGUSI DAVR XARAJATLARI VA KECHIKTIRILGAN XARAJATLAR — JORIY QISMI

3000‎

3100‎

KELGUSI DAVR XARAJATLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

3110‎

Oldindan toʻlangan ijara haqi ‎

3120‎

Oldindan toʻlangan xizmatlar haqi ‎

3190‎

Boshqa kelgusi davr xarajatlari ‎

3200‎

KECHIKTIRILGAN XARAJATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

3210‎

Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi‎

3220‎

Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar ‎

3290‎

Boshqa kechiktirilgan xarajatlar ‎

3300‎

3400‎

3500‎

3600‎

3700‎

3800‎

3900‎

IV BOʻLIM. OLINADIGAN SCHYOTLAR — JORIY QISMI

4000‎

OLINADIGAN SCHYOTLAR ‎

A‎

4010‎

Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar ‎

4020‎

Olingan veksellar ‎

4030‎

Sugʻurta qildiruvchilardan olinadigan schyotlar ‎

4040‎

Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar ‎

4050

Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar‎

4051‎

Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar ‎

4060‎

Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar ‎

4070‎

Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar ‎

4080‎

Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zarari ‎

4090‎

Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari ‎

4100‎

ALOHIDA BOʻLINMALAR, SHUʼBA VA QARAM XOʻJALIK JAMIYATLARIDAN OLINADIGAN SCHYOTLAR‎

A‎

4110‎

Alohida boʻlinmalardan olinadigan schyotlar ‎

4120‎

Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar ‎

4200‎

XODIMLARGA BERILGAN BOʻNAKLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

4210‎

Mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar ‎

4220‎

Xizmat safarlariga berilgan boʻnaklar ‎

4230‎

Umumxoʻjalik xarajatlari uchun berilgan boʻnaklar ‎

4290‎

Xodimlarga berilgan boshqa boʻnaklar ‎

4300‎

MOL YETKAZIB BERUVCHILAR VA PUDRATCHILARGA BERILGAN BOʻNAKLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

4310‎

TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar ‎

4320‎

Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar ‎

4330‎

Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun berilgan boʻnaklar ‎

4340‎

Boshqa berilgan boʻnaklar ‎

4400‎

BUDJETGA BOʻNAK TOʻLOVLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

4410‎

Budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha) ‎

4500‎

MAQSADLI DAVLAT JAMGʻARMALARIGA VA SUGʻURTALAR BOʻYICHA BOʻNAK TOʻLOVLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

4510‎

Sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari ‎

4520‎

Maqsadli davlat jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlari ‎

4600‎

USTAV KAPITALIGA TAʼSISCHILARNING ULUSHLARI BOʻYICHA QARZINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

4610‎

Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi ‎

4700‎

XODIMLARNING BOSHQA OPERATSIYALAR BOʻYICHA QARZINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

4710‎

Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi ‎

4720‎

Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi ‎

4730‎

Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi ‎

4790‎

Xodimlarning boshqa qarzlari ‎

4800‎

TURLI DEBITORLAR QARZLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

4810‎

Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar ‎

4820‎

Operativ ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar ‎

4830‎

Olinadigan foizlar ‎

4840‎

Olinadigan dividendlar ‎

4850‎

Olinadigan royalti ‎

4860‎

Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar ‎

4890‎

Boshqa debitorlar qarzlari ‎

4900‎

ISHONCHSIZ QARZLAR BOʻYICHA REZERVNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

KA‎

4910‎

Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezerv ‎

V BOʻLIM. PUL MABLAGʻLARI, QISQA MUDDATLI INVESTITSIYALAR VA BOSHQA JORIY AKTIVLAR

5000‎

KASSADAGI PUL MABLAGʻLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

5010‎

Milliy valyutadagi pul mablagʻlari ‎

5020‎

Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari ‎

5100‎

HISOB-KITOB SCHYOTIDAGI PUL MABLAGʻLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

5110‎

Hisob-kitob schyoti‎

5200‎

CHET EL VALYUTASIDAGI PUL MABLAGʻLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

5210‎

Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari ‎

5220‎

Chet eldagi valyuta schyotlari ‎

5300‎

5400‎

5500‎

BANKDAGI MAXSUS SCHYOTLARDAGI PUL MABLAGʻLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

5510‎

Akkreditivlar ‎

5520‎

Chek daftarchalari ‎

5530‎

Boshqa maxsus schyotlar ‎

5600?

PUL EKVIVALENTLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

5610‎

Pul ekvivalentlari (turlari boʻyicha) ‎

5700‎

YOʻLDAGI PUL MABLAGʻ (OʻTKAZMA)LARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

5710‎

Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari ‎

5800‎

QISQA MUDDATLI INVESTITSIYALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

5810‎

Qimmatli qogʻozlar ‎

5830‎

Berilgan qisqa muddatli qarzlar ‎

5890‎

Boshqa joriy investitsiyalar ‎

5900‎

KAMOMADLAR VA QIYMATLIKLARNING BUZILISHIDAN YOʻQOTISHLAR VA BOSHQA JORIY AKTIVLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

A‎

5910‎

Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar ‎

5920‎

Boshqa joriy aktivlar ‎

III QISM. MAJBURIYATLAR

VI BOʻLIM. JORIY MAJBURIYATLAR

6000‎

TOʻLANADIGAN SCHYOTLAR ‎

P‎

6010‎

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar ‎

6011‎

Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar ‎

6020‎

Berilgan veksellar ‎

6030‎

Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar ‎

6040‎

Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar ‎

6050‎

Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar ‎

6060‎

Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar ‎

6070‎

Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar ‎

6080‎

Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar ‎

6090‎

Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan schyotlar ‎

6100‎

ALOHIDA BOʻLINMALAR, SHUʼBA VA QARAM XOʻJALIK JAMIYATLARIGA TOʻLANADIGAN SCHYOTLAR ‎

P‎

6110‎

Alohida boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar ‎

6120‎

Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar ‎

6200‎

KECHIKTIRILGAN MAJBURIYATLAR VA SUGʻURTA MUKOFOTLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

6210‎

Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar ‎

6220‎

Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar ‎

6230‎

Boshqa kechiktirilgan daromadlar ‎

6240‎

Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar ‎

6250‎

Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha majburiyatlar ‎

6270‎

Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari ‎

6280‎

Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari ‎

6290‎

Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar ‎

6300‎

OLINGAN BOʻNAKLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

6310‎

Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar ‎

6320‎

Aksiyaga obunachilardan olingan boʻnaklar ‎

6330‎

Sugʻurta qildiruvchilardan olingan boʻnak sugʻurta mukofotlari ‎

6390‎

Boshqa olingan boʻnaklar ‎

6400‎

BUDJETGA TOʻLOVLAR BOʻYICHA QARZNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

6410‎

Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha) ‎

6500‎

SUGʻURTA VA MAQSADLI DAVLAT JAMGʻARMALARIGA TOʻLOVLAR BOʻYICHA QARZNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

6510‎

Sugʻurta boʻyicha toʻlovlar ‎

6520‎

Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar ‎

6600‎

TAʼSISCHILARGA BOʻLGAN QARZNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

6610‎

Toʻlanadigan dividendlar ‎

6620‎

Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzlar ‎

6700‎

MEHNAT HAQI BOʻYICHA XODIMLAR BILAN HISOBLASHISHLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

6710‎

Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar ‎

6720‎

Deponentlangan mehnat haqi ‎

6800‎

QISQA MUDDATLI KREDITLAR VA QARZLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

6810‎

Qisqa muddatli bank kreditlari ‎

6820‎

Qisqa muddatli qarzlar ‎

6830‎

Toʻlanadigan obligatsiyalar ‎

6840‎

Toʻlanadigan veksellar ‎

6900‎

TURLI KREDITORLARGA BOʻLGAN QARZLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

6910‎

Toʻlanadigan operativ ijara‎

6920‎

Hisoblangan foizlar ‎

6930‎

Royalti boʻyicha qarz ‎

6940‎

Kafolatlar boʻyicha qarz ‎

6950‎

Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi ‎

6960‎

Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar ‎

6970‎

Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarz ‎

6990‎

Boshqa majburiyatlar ‎

VII BOʻLIM. UZOQ MUDDATLI MAJBURIYATLAR

7000‎

UZOQ MUDDATLI TOʻLANADIGAN SCHYOTLAR ‎

P‎

7010‎

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar ‎

7011‎

Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar ‎

7020‎

Berilgan veksellar ‎

7030‎

Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar ‎

7040‎

Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar ‎

7050‎

Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchilikl�r boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar ‎

7060‎

Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar ‎

7070‎

Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar ‎

7080‎

Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar ‎

7090‎

Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar ‎

7100‎

ALOHIDA BOʻLINMALAR, SHUʼBA VA QARAM XOʻJALIK JAMIYATLARIGA BOʻLGAN UZOQ MUDDATLI QARZ ‎

P‎

7110‎

Alohida boʻlinmalarga boʻlgan uzoq muddatli qarz ‎

7120‎

Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarz ‎

7200‎

KECHIKTIRILGAN UZOQ MUDDATLI MAJBURIYATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

7210‎

Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar ‎

7220‎

Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar ‎

7230‎

Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar ‎

7240‎

Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar ‎

7250‎

Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar ‎

7290‎

Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar ‎

7300‎

XARIDORLAR VA BUYURTMACHILARDAN OLINGAN BOʻNAKLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

7310‎

Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar ‎

7400‎

7500‎

7600‎

7700‎

7800‎

UZOQ MUDDATLI KREDITLAR VA QARZLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

7810‎

Uzoq muddatli bank kreditlari ‎

7820‎

Uzoq muddatli qarzlar ‎

7830‎

Toʻlanadigan obligatsiyalar ‎

7840‎

Toʻlanadigan veksellar ‎

7900‎

TURLI KREDITORLARGA UZOQ MUDDATLI QARZLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

7910‎

Toʻlanadigan moliyaviy ijara ‎

7920‎

Turli kreditorlarga uzoq muddatli qarzlar ‎

VIII BOʻLIM. SUGʻURTA ZAXIRALARI

8000‎

SUGʻURTA ZAXIRALARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

8010‎

Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi ‎

8020‎

Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi ‎

8030‎

Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi ‎

8040‎

Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi ‎

8050‎

Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi ‎

8060‎

Falokatlar zaxirasi ‎

8070‎

Zararlilikning tebranishi zaxirasi ‎

8090‎

Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira ‎

8100‎

SUGʻURTA ZAXIRALARIDAGI QAYTA SUGʻURTALOVCHILAR ULUSHLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

KP‎

8110‎

Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi ‎

8120‎

Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi ‎

8130‎

Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi ‎

8140‎

Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi ‎

IV QISM. XUSUSIY KAPITAL

IX BOʻLIM. KAPITAL, TAQSIMLANMAGAN FOYDA VA REZERVLAR

8200‎

8300‎

USTAV KAPITALINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

8310‎

Oddiy aksiyalar ‎

8320‎

Imtiyozli aksiyalar ‎

8330‎

Pay va ulushlar ‎

8400‎

QOʻSHILGAN KAPITALNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

8410‎

Emissiya daromadi ‎

8420‎

Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi ‎

8500‎

ZAXIRA KAPITALINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

8510‎

Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar ‎

8520‎

Zaxira kapitali‎

8530‎

Tekinga olingan mulk ‎

8600‎

SOTIB OLINGAN XUSUSIY AKSIYALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

KP‎

8610‎

Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy ‎

8620‎

Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli ‎

8700‎

TAQSIMLANMAGAN FOYDA (QOPLANMAGAN ZARAR)NI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

8710‎

Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)‎

8720‎

Jamgʻarilgan foyda (qoplanmagan zarar) ‎

8800‎

MAQSADLI TUSHUMLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

8810‎

Grantlar‎

8820‎

Subsidiyalar‎

8830‎

Aʼzolik badallari ‎

8840‎

Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari ‎

8890‎

Boshqa maqsadli tushumlar ‎

8900‎

KELGUSI XARAJATLAR VA TOʻLOVLAR REZERVLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

P‎

8910‎

Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari ‎

V QISM. MOLIYAVIY NATIJALARNING SHAKLLANISHI VA ISHLATILISHI

X BOʻLIM. DAROMADLAR VA XARAJATLAR

9000‎

ASOSIY (OPERATSION) FAOLIYATNING DAROMADLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

T‎

9030‎

Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar ‎

9040‎

Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotlari ‎

KP‎

9050‎

Xaridorlar va buyutmachilarga berilgan chegirmalar ‎

KP‎

9060‎

Sugʻurta vositachisi xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar ‎

9070‎

Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushining qoplanishi boʻyicha daromadlar ‎

9080‎

Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha daromadlar ‎

9090‎

Syurveyer va adjaster xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar ‎

9100‎

SOTILGAN TOVARLAR VA XIZMATLAR TANNARXINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

T‎

9130‎

Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi ‎

9140‎

Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish ‎

9150‎

Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar ‎

9200‎

ASOSIY VOSITALAR, BOSHQA AKTIVLARNING CHIQIB KETISHINI VA SUGʻURTA ZAXIRALARI OʻZGARISHINING NATIJASINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

T‎

9210‎

Asosiy vositalarning chiqib ketishi ‎

9220‎

Boshqa aktivlarning chiqib ketishi ‎

9230‎

Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi ‎

9240‎

Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi ‎

9250‎

Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi ‎

9260‎

Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi ‎

9270‎

Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi ‎

9280‎

Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi ‎

9290‎

Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi ‎

9300‎

ASOSIY FAOLIYATNING BOSHQA DAROMADLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

T‎

9310‎

Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda ‎

9320‎

Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda ‎

9330‎

Undirilgan jarima, penya va ustamalar ‎

9340‎

Oʻtgan yillar foydalari ‎

9350‎

Operativ ijaradan daromadlar ‎

9360‎

Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar ‎

9370‎

Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar daromadlari ‎

9380‎

Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam‎

9390‎

Boshqa operatsion daromadlar ‎

9400‎

DAVR XARAJATLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

T‎

9410‎

Sotish xarajatlari ‎

9420‎

Maʼmuriy xarajatlar ‎

9430‎

Boshqa operatsion xarajatlar ‎

9431‎

Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, oʻtgan davrda xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari ‎

9432‎

Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, lekin hisobot davrida xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari ‎

9440‎

Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan, hisobot davri xarajatlari ‎

9500‎

MOLIYAVIY FAOLIYAT DAROMADLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

T‎

9510‎

Royalti koʻrinishidagi daromadlar ‎

9520‎

Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar ‎

9530‎

Foizlar koʻrinishidagi daromadlar ‎

9540‎

Valyutalar kurslari farqidan daromadlar ‎

9550‎

Moliyaviy ijaradan daromadlar ‎

9560‎

Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar ‎

9590‎

Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari ‎

9600‎

MOLIYAVIY FAOLIYAT BOʻYICHA XARAJATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

T‎

9610‎

Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar ‎

9620‎

Valyutalar kurslari farqidan zararlar ‎

9630‎

Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlar ‎

9690‎

Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar ‎

9700‎

FAVQULODDAGI FOYDA (ZARAR)LARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

T‎

9710‎

Favquloddagi foydalar ‎

9720‎

Favquloddagi zararlar

9800‎

SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY TOʻLOVLARNI TOʻLASH UCHUN FOYDANING ISHLATILISHINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

T‎

9810‎

Foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar ‎

9820‎

Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlar

9900‎

YAKUNIY MOLIYAVIY NATIJANI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR ‎

T‎

9910‎

Yakuniy moliyaviy natija ‎

VI BOʻLIM. BALANSDAN TASHQARI SCHYOTLAR

001‎

Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar‎

BT‎

002‎

Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar‎

BT‎

003‎

Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar‎

BT‎

004‎

Komissiyaga qabul qilingan tovarlar‎

BT‎

005‎

Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar‎

BT‎

006‎

Qatʼiy hisobot varaqlari‎

BT‎

007‎

Toʻlashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi‎

BT‎

008‎

Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — olingan‎

BT‎

009‎

Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — berilgan‎

BT‎

010‎

Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar‎

BT‎

011‎

Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk‎

BT‎

012‎

Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar‎

BT‎

013‎

Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)‎

BT‎

014‎

Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari‎

BT‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Keyingi oʻrinlarda “Moliyaviy ijara” atamasi lizing tushunchasini ham oʻz ichiga oladi.
(Schyotlar rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar moliyaviy- xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasini qoʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I qism. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Yoʻriqnoma maqsadida foydalaniladigan atama va tushunchalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktiv schyot (A) — bu aktivlarni aks ettirishga moʻljallangan schyot boʻlib, unda iqtisodiy resurslarning qoldigʻi va koʻpayishi schyotning debetida, kamayish esa kreditida aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansdan tashqari schyotlar (Z) — bu sugʻurtalovchiga qarashli boʻlmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida boʻlgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga moʻljallangan schyotlar. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan bogʻlanmaydi va sugʻurtalovchining moliyaviy hisobotida aks ettirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya schyoti — sugʻurtalovchilar iqtisodiy resurslarining holati va harakati haqidagi buxgalteriya axborotini qayd etish va saqlash uslubi va ularga boʻlgan talablar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deponentlangan sugʻurta mukofoti (depo mukofot) — qayta sugʻurta qildiruvchining hisobida vaqtincha boʻlgan va qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sugʻurtalovchiga toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta mukofoti;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy schyotlar — bu hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega boʻlib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapital schyotlaridir. Doimiy schyotlar aktiv, passiv, kontr-aktiv va kontr-passiv schyotlarga boʻlinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontr-aktiv schyot (KA) — bu moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettirish uchun, qoldigʻi u bilan bogʻlik boʻlgan aktiv schyotning saldosidan chegiriladigan schyotdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontr-passiv schyot (KP) — bu moliyaviy hisobotda majburiyat yoki kapitalning sof qiymatini aks ettirish uchun, qoldigʻi u bilan bogʻliq boʻlgan passiv schyotning saldosidan chegaraladigan schyotdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
passiv schyot (P) — bu majburiyat va kapitalni aks ettirishga moʻljallangan schyot boʻlib, unda majburiyatlar va kapitalning qoldigʻi va koʻpayishi schyotning krediti boʻyicha, kamayish esa debeti boʻyicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
retrotsessiya — qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan sugʻurta majburiyatlarini yoki ularning bir qismini qayta sugʻurta qilish shartnomasi asosida qayta sugʻurta qilishga berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta polisi — sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta mukofoti toʻlangandan soʻng (agar sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa) beriladigan, sugʻurta shartnomasining tuzilganligini va sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi hujjat (shahodatnoma, sertifikat, kvitansiya);
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit schyotlar (T) — bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan va hisobot davri oxirida qoldiqqa ega boʻlmaydigan, Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladigan, daromadlar va xarajatlarga vaqtinchalik schyotlaridir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar — sugʻurtalovchi tomonidan boshqa sugʻurtalovchilardan qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq qabul qilingan tavakkalchiliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar — sugʻurtalovchi tomonidan qabul qilingan va qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa sugʻurtalovchida sugʻurtalangan tavakkalchiliklar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta sugʻurta qildiruvchi — oʻziga qabul qilib olgan sugʻurta majburiyatlarini qayta sugʻurta qilishga beruvchi sugʻurtalovchi yoki qayta sugʻurtalovchi;
(1-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta sugʻurtalovchi — qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya yoki bir vaqtda qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi sugʻurta faoliyati boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurtalovchi, joylashgan joyidagi davlat qonunchiligiga muvofiq qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan chet el sugʻurta tashkiloti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II qism. Asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I boʻlim. Uzoq muddatli aktivlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I kichik boʻlim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari quyidagilar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan va moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning mavjudligi, harakati va eskirishi;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan nomoddiy aktivlarning mavjudligi, harakati va eskirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qimmatli qogʻozlarga, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga, chet el kapitali mavjud boʻlgan va boshqalarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mahalliy va xorijdan keltirilgan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) barcha turdagi kapital qoʻyilmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) olingan veksellar boʻyicha hisob-kitoblarning uzoq muddatli qismi, moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar, xodimlarning uzoq muddatli qarzlari, boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar, vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi, boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar.
(2-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu boʻlimda quyidagi schyotlar boʻyicha hisob yuritish tartibi yoritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0100 — Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0200 — Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0300 — Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0400 — Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0500 — Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0600 — Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0700 — Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0800 — Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0900 — Uzoq muddatli debitor qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati, foydalanilayotgan, konservatsiya qilingan yoki operativ ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0110 “Yer”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0111 “Yerni obodonlashtirish”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0112 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish”;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0120 “Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0130 “Mashina va asbob-uskunalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0140 “Mebel va ofis jihozlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0150 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0160 “Transport vositalari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0170 “Ishchi hayvonlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0180 “Koʻp yillik oʻsimliklar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0190 “Boshqa asosiy vositalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0199 “Konservatsiya qilingan asosiy vositalar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Analitik hisobning tashkil qilinishi respublika hududi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va ularning harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buxgalteriyada mulkni asosiy vositalar tarkibiga kiritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003-yil 10-oktabrda 114-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar” (2004-yil 20-yanvar, roʻyxat raqami 1299 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 3-son, 35-modda) va xarid qilish vaqtida olingan pasport va foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma, hamda boshqa texnik hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Asosiy vositalar asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarda quyidagi obyektlar uchun aniqlanadigan boshlangʻich qiymatda hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sugʻurtalovchining ustav kapitaliga taʼsischilar tomonidan ularning ulushi hisobidan kiritilgan obyektlar — tomonlarning kelishuviga asosan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurtalovchining oʻzida tayyorlangan shuningdek, toʻlov evaziga boshqa korxona va shaxslardan sotib olingan obyektlar — ushbu obyektlarni (inshoot, qurish, tiklash) barpo etishga ketgan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib yoki ushbu obyektlarni xarid qilishda, toʻlangan va qoplanmaydigan soliqlar (boshqa majburiy toʻlovlar) shuningdek, yetkazib berish, yigʻish, oʻrnatish, ishga tushirish va ushbu aktivni ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bogʻliq boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda;
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan, shuningdek, hukumat idoralari tomonidan subsidiya koʻrinishida olinganlari — qabul qilish sanadagi bozor bahosi yoki qabul qilish topshirish hujjatlarida koʻrsatilgan qiymat boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy vositalarning boshlangʻich qiymati faqat qayta qurilganda, taʼmirlanganda va qisman tugatilganda hamda qayta baholangan hollarda oʻzgartirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-sonli “Asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yilgi parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, har yili 1-yanvar holatiga asosiy vositalar qiymatini joriy bahoga keltirish uchun qayta baholashni amalga oshiradilar. Asosiy vositalar bahosini oshirish (tushirish) summasi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti (krediti) boʻyicha 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Taʼsischilar tomonidan sugʻurtalovchining ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgan asosiy vositalarni kirim qilish asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti va 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sugʻurtalovchining oʻzi tomonidan qurilgan shuningdek, pudrat shartnomasiga asosan qurilgan asosiy vosita obyektlarini tegishli asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti, 0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotining krediti boʻyicha kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa shaxslardan sotib olingan asosiy vosita obyektlari asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti, 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish” schyotining krediti boʻyicha kirim qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirim qilinishi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debetida 8530 “Tekinga olingan mulklar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Biroq, soliqqa tortish maqsadida, tekinga olingan asosiy vositalarning qiymati foyda soligʻini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga qoʻshiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida hisobdan chiqarishda ularning boshlangʻich qiymati tegishli (0100) asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlardan 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining debeti orqali hisobdan chiqariladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 0110 “Yer” schyotida qonunchilikka muvofiq sugʻurtalovchiga mulk sifatida berilgan yer maydonlari hisobga olib boriladi. 0110 “Yer” schyotining debetida shuningdek, yer maydonlarini xarid qilishda toʻlanadigan qoʻshimcha xarajatlar, koʻchmas mulk agentlarining komission mukofoti, advokatlarning xizmat haqi, sotib olish bilan bogʻliq soliqlar, zovurlar qiymati, yerlarni tozalash va tekislash xarajatlari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerlarni foydalanishga tayyorlash jumladan, suv olib kelish, oqova suvlarni chiqarish inshootlari, geodeziya ishlari boʻyicha umumiy xarajatlar 0110 “Yer” schyotida kapitalizatsiya qilinadi. Chunki ushbu xarajatlar yerdan kelgusida foydalanish va uning qiymatini oshirish uchun zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer maydoni bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish yoki qurish uchun sotib olinganda, mavjud konstruksiyalar va boshqa toʻsiqlarni bartaraf etish qiymati 0110 “Yer” schyotining debetida kapitalizatsiya qilinadi. Bunda konstruksiyani tugatishdan olingan materiallarni sotishdan tushgan tushum ushbu xarajatlarni kamaytiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yer maydoni oldindan tasarrufda boʻlsa va mavjud konstruksiyalar yangi qurilish obyektiga joy berish uchun buzib tashlansa, buzish boʻyicha xarajatlar 0110 “Yer” schyotiga kapitalizatsiya qilinmaydi, balki eski konstruksiyalarni hisobdan chiqarish bilan bogʻliq xarajat sifatida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 0111 “Yerni obodonlashtirish” schyotida yer maydonlari tuzilishini oʻzgartirish, kelish yoʻllari, avtomobillar va boshqa transport vositalarining toʻxtash maydonlari, devorlar va boshqa inshootlarning holatini yaxshilash xarajatlari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 0112 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyotida uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish bilan bogʻliq kapital xarajatlar hisobga olinadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish boʻyicha kapital xarajatlarga, shuningdek, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlari ham qoʻshiladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 0120 “Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar” schyotida quyidagilar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bino — ishlab chiqarish, maʼmuriy, ijtimoiy-maishiy, uy-joy (inventar obyekti boʻlib, mustaqil xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan, alohida turgan bino yoki qoʻshimcha qurilishlar hisoblanadi). Bino va qoʻshimcha qurilishlar tarkibiga bir meʼyorda foydalanish uchun sharoit yaratib beradigan barcha kommunikatsiya tizimi (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz taʼminoti tizimlari, ichki telefon va kompyuter tarmoqlari, lift xoʻjaligi, yongʻindan saqlash va qoʻriqlash signalizatsiya tizimi) kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) inshootlar — avtomobil yoʻllari, koʻpriklar, osma yoʻllar, suv ombori, neft va gaz quduqlari, shaxta quduqlari va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻtkazuvchi moslamalar — elektr quvvatini uzatish tizimlari, truba yoʻllari, issiqlik va gaz tarmoqlari, transmissiyalar va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. 0130 “Mashina va asbob-uskunalar” schyotida quyidagilar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kuchlantiruvchi mashina va uskunalar — atom reaktorlari, qozonlar, bugʻ dvigatellari, turbinalar, kuchlantiruvchi transformatorlar, ichki yonuv dvigatellari va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishchi mashinalar va uskunalar — mehnat buyumlariga mexanik, issiqlik, kimyoviy va boshqa texnologik taʼsir koʻrsatuvchi stanoklar, apparatlar, agregatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻlchov va boshqaruv moslamalari va laboratoriya uskunalari hamda jihozlari — tarozilar, manometrlar, termostatlar, dispetcher nazorati uskunalari, signalizatsiya, ilmiy-tekshirish laboratoriyasi, seysmologik stansiya uskunalari va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) boshqa mashinalar va uskunalar — telefon stansiyasi uskunalari va boshqa oldingi guruhlarda hisobga olinmaydigan mashina va uskunalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. 0140 “Mebel va ofis jihozlari” schyotida ishlab chiqarish va boshqaruv uchun moʻljallangan mebel va jihozlar (stollar, shkaflar, mebel yigʻimlari, kreslo, temir seyflar va boshqalar) shuningdek, ofis jihozlari (telefaks apparati, qogʻoz qirqadigan va yoʻq qiladigan mashinalar va boshqalar) hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. 0150 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi” schyotida kompyuterlar, printerlar, skanerlar, modem va boshqa kompyuter jihozlari, hamda hisoblash texnikalari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 0160 “Transport vositalari” schyotida temir yoʻl, suv, havo, avtomobil, ishlab chiqarish va kommunal transport vositalarining harakatlanuvchi tarkibi shuningdek, magistral quvur tarmoqlari (truboprovodlar) hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyotida ishchi kuchi sifatida foydalaniladigan ishchi hayvonlar — otlar, hoʻkizlar, tuyalar, xachir va eshaklar va boshqa ishchi hayvonlar (shuningdek, yuk transport vositasi sifatida foydalaniladigan hayvonlar) hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. 0180 “Koʻp yillik oʻsimliklar” schyotida koʻkalamzorlashtirish, dekoratsiya, meva-rezavor daraxtlar va oʻsimliklar, yashil devorlar va boshqalar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. 0190 “Boshqa asosiy vositalar” schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda sanab oʻtilmagan asosiy vositalar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. 0199 “Konservatsiya qilingan asosiy vositalar” schyotida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda konservatsiya qilingan asosiy vositalar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni‎‏ Schyotlarning bogʻlanishi‎‎‎
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan obyektlarning asosiy vositalar tarkibiga oʻtkazilishi‎ 0110—0190‎ 0810‎
2.‎ Asosiy vositalarning haqiqiy tannarxi boʻyicha xarid qilinishi (boshlangʻich qiymati)‎ 0110—0190‎ 0820‎
3.‎ Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni uzoq muddatli ijara shartnomasi tugagandan keyin asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinishi‎ 0110—0190‎ 0310‎
4.‎ Taʼsischilarning ustav kapitaliga ulush (pay) sifatida kiritgan yoki aksiyalarga toʻlov sifatida kelib tushgan asosiy vositalarning kirim qilinishi‎ 0110—0190‎ 4610‎
5.‎ Asosiy vositalarning tekinga kelib tushishi‎ 0110—0190‎ 8530‎
6.‎ Asosiy vositalarning alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan kelib tushishi‎ 0110—0190‎ 6110, 6120‎
7.‎ Qoʻshimcha qurish, uskunalar oʻrnatish, modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va boshqa sifat jihatdan yaxshilash natijasida asosiy vositalar boshlangʻich qiymatining koʻpayishi‎ 0110—0190‎ 0890‎
8.‎ Yerni obodonlashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish‎ 0111‎ 0850‎
9.‎ Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni va obodonlashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish‎ 0112‎ 0860‎
10.‎ Ishchi va mahsuldor hayvonlarning asosiy vositalar tarkibiga kirim qilinishi‎ 0170‎ 0840‎
11.‎‏ Asosiy vositalarni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi‎ 0110—0199‎ 8510‎
b) qiymatining kamaytirilishi‎ 8510‎ 0110—0199‎
12.‎ Tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida asosiy vositalarning boshlangʻich qiymatini hisobdan chiqarish‎ 9210‎ 0110—0190‎
13.‎ Alohida boʻlinmalarga asosiy vositalarning berilishi‎ 4110‎ 0110—0190‎
14.‎ Qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiya qilingan asosiy vositalar‎ 0199‎ 0110—0190‎
(24-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sugʻurtalovchining mulki hisoblangan yoki moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0211 “Yerni obodonlashtirishning eskirishi”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0212 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi”;
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0220 “Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0230 “Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0240 “Mebel va ofis jihozlarining eskirishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0250 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0260 “Transport vositalarining eskirishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0270 “Ishchi hayvonlarning eskirishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0280 “Koʻp yillik oʻsimliklarning eskirishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0290 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi”.
(25-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Analitik hisobning tashkil qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va eskirishining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Asosiy vositalarning eskirishini hisoblash Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003-yil 10-oktabrda 114-son bilan tasdiqlangan (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar” Buxgalteriya hisobining milliy standartida (2004-yil 20-yanvar, roʻyxat raqami 1299 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 3-son, 35-modda) belgilangan meʼyor va usullar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kutubxona fondlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiyaga oʻtkazilgan fondlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) muzey qiymatliklariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sanʼat va arxitektura yodgorliklariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) toʻliq eskirish hisoblangan asosiy vositalarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. 0211—0290 schyotlarda mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan asosiy vositalarning eskirishi hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyotida moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi xususiy asosiy vositalarga eskirish hisoblash tartibi kabi bir xil tartibda hisobga olinadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ijaraga beruvchi — sugʻurtalovchilar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar boʻyicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotining debetida aks ettiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Sugʻurtalovchi mulki boʻlgan asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida hisobdan chiqarishda ularga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) debetidan 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining krediti boʻyicha amalga oshirilgan yozuv orqali hisobdan chiqariladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi‎‎‎
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash‎ 2010, 2310, 2710‎ 0211—0299‎
2.‎ Umumishlabchiqarish maqsadida foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash‎ 2510‎ 0211—0299‎
3.‎ Maʼmuriy maqsadlar uchun foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash‎ 9420‎ 0211—0299‎
4.‎ Ishchi hayvonlarga eskirish hisoblash‎ 2010, 2310‎ 0270‎
5.‎ Koʻp yillik oʻsimliklarga eskirish hisoblash‎ 2010, 2310, 9430‎ 0280‎
6.‎ Joriy (operativ) ijaraga berilgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash‎ 9430‎ 0220—0299‎
7.‎ Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni xususiy asosiy vositalar tarkibiga oʻtishi natijasida ularga hisoblangan eskirish summasini oʻtkazish‎ 0299‎ 0211—0290‎
8.‎ Moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagandan keyin ijaraga beruvchiga qaytariladigan asosiy vositalarning eskirishini hisobdan chiqarish‎ 0299‎ 0310‎
9.‎ Asosiy vositalarning eskirishini qayta baholash:‎
a) qiymati oshirilganda‎ 8510‎ 0211—0299‎
b) qiymati kamaytirilganda‎ 0211—0299‎ 8510‎
10.‎ Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida ularga haqiqatda hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish‎ 0211—0290‎ 9210‎
(33-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0300)
(3-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Sugʻurtalovchida moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyotida amalga oshiriladi. Ushbu schyot ijarachi sugʻurtalovchilarda qoʻllaniladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sugʻurtalovchi tomonidan qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar hisobi balansdan tashqari 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotida yuritiladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ijara hisobi Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-sonli BHMS) “Ijara hisobi”ga (roʻyxat raqami 1946, 2009-yil 24-aprel) muvofiq amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sugʻurtalovchiga moliyaviy ijara shartlari asosida kelib tushgan asosiy vositalar 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyotining debeti va 6950 “Moliyaviy majburiyatlar — joriy qismi” hamda 7910 “Toʻlanadigan moliyaviy ijara” schyotining kreditida aks ettiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalardan foydalanganlik uchun ijaraga beruvchiga toʻlanadigan joriy toʻlovlar 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyotining debeti va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha hisoblangan foizlar summasi quyidagicha aks ettiriladi:
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijarachida — 9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar” schyotining debeti va 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotining kreditida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijaraga beruvchida — 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining debeti va 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar” schyotining kreditida.
(39-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Moliyaviy ijara shartnomasining shartlariga muvofiq (yoki ijaraga beruvchi va ijarachining qoʻshimcha kelishuvi asosida) ijaraga olingan asosiy vositalar ijarachi korxonaning mulkiga oʻtishi, hisobda asosiy vositalarni hisobga oluvchi (0100) schyotlarning tegishli schyotlari debeti va 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyotining kreditida tegishli asosiy vositalar turlari boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi. Bir vaqtning oʻzida ushbu obyekt boʻyicha 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyotida hisoblab borilgan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarga (0200) oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar moliyaviy ijara shartnomasining tugashi bilan asosiy vosita obyektlari ijaraga beruvchiga qaytarilsa, u holda hisobda 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyotining debeti va 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyotining krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ijaraga olingan asosiy vositalar moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugashiga qadar ijaraga beruvchiga qaytarilsa, u holda hisobda 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyotining krediti va 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” (hisoblangan eskirish summasiga), 6950 “Moliyaviy majburiyatlar — joriy qismi”, 7910 “Toʻlanadigan moliyaviy ijara” (ijara toʻlovlarining qoldiq summasiga) schyotlarining debeti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyoti boʻyicha analitik hisob asosiy vositalarning turlari va alohida inventar obyektlari boʻyicha yuritiladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0300)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi‎‎‎
Debet‎ Kredit‎
1.‎

Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha asosiy vositalarning kelib tushishi

0310‎ 6950
‎7910‎
2.‎‏

Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning xususiy asosiy vositalar tarkibiga oʻtkazilishi.

0110—0190‎ 0310‎
Bir vaqtning oʻzida eskirish summasining oʻtkazilishi‎ 0299‎ 0211—0290‎
3.‎

Moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugaguniga qadar ijaraga beruvchiga qaytarilgan obyektga hisoblangan eskirish summasi

0299‎ 0310‎
4.‎‏

Moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugaguniga qadar ijaraga beruvchiga qaytarilgan obyektlar boʻyicha moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha toʻlanmay qolgan qoldiqning:

joriy qismiga‎ 6950‎ 0310‎
uzoq muddatli qismiga‎ 7910‎ 0310‎
5.‎‏

Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni qayta baholash:

a) qiymatining oshirilishi‎ 0310‎ 8510‎
b) qiymatining kamaytirilishi‎ 8510‎ 0310‎
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0410 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xau”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0420 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0430 “Dasturiy taʼminot”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0440 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0450 “Tashkiliy xarajatlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0460 “Franchayz”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0470 “Mualliflik huquqlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0480 “Gudvill”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0490 “Boshqa nomoddiy aktivlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Obyektlarni nomoddiy aktivlarga kiritish tartibi va ularning tarkibi qonunchilik asosida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2005-yil 25-martda 35-son bilan tasdiqlangan (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (yangi tahrir) Buxgalteriya hisobining milliy standarti (2005-yil 27-iyun, roʻyxat raqami 1485 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) asosida tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Nomoddiy aktivlar quyidagi obyektlar uchun aniqlanadigan boshlangʻich bahoda nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) taʼsischilar tomonidan sugʻurtalovchining ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgani — tomonlarning kelishuvi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻlov asosida boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan ushbu obyektlarni xarid qilish va tayyor holatga keltirish boʻyicha amalga oshirilgan — haqiqiy xarajatlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan obyektlar — kirim qilish sanasidagi bozor bahosida yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida koʻrsatilgan qiymat boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sugʻurtalovchining oʻzi tomonidan yaratilgan yoki sugʻurtalovchining oʻzida ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida olingan obyektlar — haqiqiy tannarxi boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Taʼsischilar tomonidan sugʻurtalovchining ustav kapitaliga ularning ulushlari hisobiga kiritilgan nomoddiy aktivlarni kirim qilish (0400) nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan nomoddiy aktivlar, nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti, 0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish” schyotining kreditiga kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida, 8530 “Tekinga olingan mulk” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nomoddiy aktiv sugʻurtalovchining oʻzi tomonidan yaratilsa va uni yaratish xarajatlarining aniq summasini aniqlash imkoni mavjud boʻlsa, u holda nomoddiy aktiv haqiqiy tannarxi boʻyicha aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan holda ushbu xarajatlar ilmiy-tadqiqot ishlari (ITI) yoki ilmiy-tadqiqot va sinov konstruktorlik ishlari (ITSKI) xarajatlari sifatida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. “Gudvill (firma bahosi)”ning buxgalteriya hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2005-yil 25-martda 35-son bilan tasdiqlangan (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (yangi tahrir) Buxgalteriya hisobining milliy standarti (2005-yil 27-iyun, roʻyxat raqami 1485 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Nomoddiy aktivlar chiqib ketganda (sotilganda, tekinga berilganda va boshqalarda) ularning boshlangʻich qiymati nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning (0400) kreditidan 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni‎‏ Schyotlarning bogʻlanishi‎‎‎
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Xarid qilingan nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati (haqiqiy tannarxi) boʻyicha kirim qilinishi‎ 0410—0490‎ 0830‎
2.‎ Korxonaning oʻzida yaratilgan nomoddiy aktivlarning haqiqiy tannarxi boʻyicha kirim qilinishi‎ 0410—0490‎ 0830‎
3.‎ Ustav kapitaliga ulush sifatida yoki aksiyaga obuna boʻlishga haq toʻlash hisobiga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi‎ 0410—0490‎ 4610‎
4.‎ Tekinga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi‎ 0410—0490‎ 8530‎
5.‎ Sugʻurtalovchini sotib olishda aktivlarning haqiqiy bahosi va sotib olish bahosi oʻrtasidagi farq sifatida vujudga keladigan gudvill (firma bahosi)ni aks ettirish‎ 0480‎ 8330‎
6.‎ Gudvill (firma bahosi) summasini har oy foydali xizmat muddati davomida hisobdan chiqarilishi‎ Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar‎ 0480‎
7.‎ Nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati boʻyicha sotilishi, hisobdan chiqarilishi, xarid qilingan qimmatli qogʻozlar haqining toʻlovi uchun berilishi, boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida, shuningdek, tekinga berilganda va boshqalar natijasida chiqib ketishi‎ 9220‎ 0410—0490‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan nomoddiy aktivlar obyektlari boʻyicha jamlangan amortizatsiya toʻgʻrisida maʼlumotlar quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0510 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0520 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining amortizatsiyasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0530 “Dasturiy taʼminotning amortizatsiyasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0540 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0550 “Tashkiliy xarajatlarning amortizatsiyasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0560 “Franchayzning amortizatsiyasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0570 “Mualliflik huquqlarining amortizatsiyasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0590 “Boshqa nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2005-yil 25-martda 35-son bilan tasdiqlangan (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (yangi tahrir) Buxgalteriya hisobining milliy standarti (2005-yil 27-iyun, roʻyxat raqami 1485 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) koʻzda tutilgan usullarga muvofiq, belgilangan meʼyorlar boʻyicha sugʻurtalovchi tomonidan hisoblab chiqilib, oyma-oy tegishliligiga qarab tannarxga yoki davr xarajatlariga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya summasi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti va (0500) nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlarning kreditiga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi (sotilishi, tekinga berilishi va boshqalar)da ular boʻyicha hisoblangan eskirish summasi (0500) nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlarning debetidan 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500) boʻyicha analitik hisob nomoddiy aktivlarning turlari va alohida obyektlari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Asosiy, yordamchi ishlab chiqarishda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblash‎ 2010, 2310‎ 0510—0590‎
2.‎ Umumishlabchiqarish maqsadida va xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblash‎ 2510, 2710‎ 0510—0590‎
3.‎ Boshqaruv maqsadida foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblash‎ 9420‎ 0510—0590‎
4.‎ Kapital quyilmalarda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblash‎ 0810—0890‎ 0510—0590‎
5.‎ Nomoddiy aktivlarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida yigʻilgan amortizatsiya summasini hisobdan chiqarish va hokazo.‎ 0510—0590‎ 9220‎
(53-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (0600)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Boshqa korxonalarning qimmatli qogʻozlariga, mamlakat hududida va xorijda tuzilgan shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari va boshqa korxonalarning ustav kapitallariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar (qoʻyilmalar)ning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0610 “Qimmatli qogʻozlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0620 “Shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0630 “Qaram xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0640 “Chet el kapitali mavjud boʻlgan korxonalarga investitsiyalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Aktivlarni investitsiyalar tarkibiga kiritish va ularning turlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 25-dekabrda 65-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (12-sonli BHMS) “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” (1999-yil 16-yanvar, roʻyxat raqami 596 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 3 va 6-son) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 14-oktabrda 50-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (8-sonli BHMS) “Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotlar va shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi” (1998-yil 28-dekabr, roʻyxat raqami 580 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 6-son) bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. 0610 “Qimmatli qogʻozlar” schyotida davlat foizli obligatsiyalari va mahalliy qarzlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga qilingan uzoq muddatli investitsiya (quyilma)larning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. 0620 “Shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”, 0630 “Qaram xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”, 0640 “Chet el kapitali mavjud boʻlgan korxonalarga investitsiyalar” schyotlarida tegishli chet el kapitali mavjud boʻlgan shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. 0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar” schyotida kelajakda moliyaviy naf olish maqsadida davlat korxonalari yoki boshqa xayriya, ekologiya jamiyatlariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar sotib olish bahosida 0610 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining debetida ushbu qoʻyilmalar hisobiga berilgan qiymatliklar hisobga olinadigan schyotlar bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Agar sugʻurtalovchi tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va shu kabi boshqa qimmatli qogʻozlarning xarid qiymati ularning nominal qiymatidan yuqori boʻlsa, u holda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha boʻlgan davrda xarid qiymati va nominal qiymat oʻrtasidagi farq qismi hisobdan chiqariladi. Bunda 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyotining debeti va 0610 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sugʻurtalovchi tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va shu kabi boshqa qimmatli qogʻozlarning xarid qiymati ularning nominal qiymatidan past boʻlsa, u holda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha boʻlgan davrda xarid qiymati va nominal qiymati oʻrtasidagi farq qismi qoʻshimcha hisoblanadi. Bunda 0610 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining debeti va 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotining krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan har ikkala holatda ham qimmatli qogʻozlarni qoplash muddati kelganda 0610 “Qimmatli qogʻozlar” schyotida hisobga olingan baho nominal qiymatga toʻgʻri kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizlar (dividendlar) hisoblanganda 4830 “Olinadigan foizlar” yoki 4840 “Olinadigan dividendlar” schyotining debeti va 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” yoki 9520 “Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotlarining krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar boʻyicha analitik hisob uzoq muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu investitsiyalar amalga oshirilgan obyektlar (qimmatli qogʻozlarni sotuvchi-korxonalar, sugʻurtalovchi ishtirokchisi hisoblangan shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari va shu kabilar) boʻyicha yuritiladi. Bunda analitik hisobning tashkil qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi hududi va xorijdagi obyektlarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (0600)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Sotuvchi korxonaga asosiy vositalarni berish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarni xarid qilish 0610 9210‎
2.‎ Sotuvchi korxonaga nomoddiy aktivlar va materiallar berish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarni xarid qilish‎ 0610‎ 9220‎
3.‎ Sotuvchi korxonaga xizmat koʻrsatish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarni xarid qilish‎ 0610‎ 9030‎
4.‎ Sotuvchi korxonaga oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni berish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarni xarid qilish‎ 0610‎ 9220‎
5.‎ Qimmatli qogʻozlar uzoq muddatli investitsiyalar sifatida tekinga olinganda‎ 0610‎ 8530‎
6.‎ Boshqa korxonalarning qimmatli qogʻozlari xarid qilinganda‎ 0610‎ 5010—5530‎
7.‎ Debitorlik qarzlari hisobiga qimmatli qogʻozlarning xarid qilinishi‎ 0610‎ Olinadigan schyotlar‎
8.‎ Qisqa muddatli investitsiyalar tarkibi oʻzgartirilganda (restrukturizatsiya)‎ 0610‎ 5810—5890‎
9.‎ Taʼsischilarning sugʻurtalovchi ustav kapitaliga ularning ulushi sifatida berilgan qimmatli qogʻozlarning qiymati‎ 0610‎ 4610‎
10.‎ Sugʻurtalovchi qimmatli qogʻozlarga tegishli huquqlar unga oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma oldi‎ 0610‎ 6990, 7920‎
11.‎‏ Qimmatli qogʻozlarning xarid va nominal qiymatlari oʻrtasidagi farq:‎
a) nominal qiymati xarid qiymatidan yuqori‎ 0610‎ 9590‎
b) xarid qiymati nominal qiymatdan yuqori‎ 9690‎ 0610‎
12.‎‏ Chet el valyutasidagi uzoq muddatli investitsiyalar bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha kurs farqlari:‎
Ijobiy‎ 0610‎ 9540‎
Salbiy‎ 9620 0610‎
13.‎‏ Uzoq muddatli investitsiyalarni:‎
a) shuʼba xoʻjalik jamiyatlarida;‎ 0620‎ 9030, 9210—9220
b) qaram xoʻjalik jamiyatlarida;‎ 0630‎
v) chet el kapitali mavjud boʻlgan korxonalarda aks ettirish‎ 0640‎
14.‎ Uzoq muddatli investitsiyalar sifatida hisobga olingan qimmatli qogʻozlarning qoplanishi (sotib olinishi)‎ 5110—5530‎ 0610‎
15.‎ Uzoq muddatli investitsiyalar sifatida hisobga olingan qimmatli qogʻozlarning sotilishi‎ 9220‎ 0610‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Qurilayotgan (taʼmirlanayotgan) kapital qoʻyilma obyektlarida oʻrnatish uchun moʻljallangan va montajni talab qiluvchi texnologik, energetik va ishlab chiqarish asbob-uskunalarning (shuningdek, laboratoriya, tajriba moslamalari va ustaxonalar uchun moʻljallangan asbob-uskunalar) mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0710 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — mahalliy”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0720 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — xorijiy”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Montajni talab qiluvchi asbob-uskunalarga ularning qismlari yigʻilganidan soʻng va fundamentga yoki tayanchga, polga, qavatlar oʻrtasidagi ustunlarga va boshqa bino va inshootlarning konstruksiyalariga mustahkamlangandan soʻng ishga tushiriladigan koʻtarma asbob-uskunalar shuningdek, shu kabi asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari kiradi. Bunday asbob-uskunalar tarkibiga shuningdek, nazorat-oʻlchov apparatlari yoki oʻrnatiladigan asbob-uskuna tarkibida yigʻish-oʻrnatish uchun moʻljallangan boshqa asboblar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlarda (0700) montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalar: transport vositalari, mustaqil turuvchi stanoklar, qurilish mexanizmlari, qishloq xoʻjaligi mashinalari, ishlab chiqarish vositalari, inventarlar, oʻlchov asboblari va boshqalar hisobga olinmaydi. Montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalarni xarid qilish xarajatlari ular sugʻurtalovchiga kelib tushishi bilan bevosita 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish” schyotida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Asbob-uskunalar oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700)da sugʻurtalovchi omborlariga ushbu qiymatliklarni yetkazib berish va tayyorlash xarajatlari hamda xarid qilish (tayyorlash) baholari qiymatidan tashkil topadigan haqiqiy xarid qilish tannarxi boʻyicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchining ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari hisobiga kiritilgan asbob-uskunalarni kirim qilish 0710 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — mahalliy”, 0720 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — xorijiy” schyotlarining debeti va 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining krediti boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Quruvchi (buyurtmachi) tomonidan qurilish maydoniga keltirilgan montaj va oʻrnatishni talab qiluvchi asbob-uskunalar pudratchi tomonidan balansdan tashqari 005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyotiga qabul qilinadi. Ushbu montajga berilgan asbob-uskunalar yoki ularning qismlari qiymatini pudratchi balansdan tashqari 005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyotidan hisobdan chiqaradi. Pudratchiga berilgan, biroq doimiy foydalanish joyiga oʻrnatish va montaj qilish hali boshlanmagan asbob-uskunalar qiymati quruvchida hisobdan chiqarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700) boʻyicha analitik hisob asbob-uskunalarning turlari va saqlanish joylari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Kelib tushgan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning kirim qilinishi 0710—0720 6010—6020, 6110—6120‎
2.‎ Kelib tushgan, oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning kirim qilinishi (1510 schyotdan foydalanilganda)‎ 0710—0720‎ 1510‎
3.‎ Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning qiymatiga yordamchi ishlab chiqarishning turli xizmatlari: transport, ehtiyot qismlar, shtamplarni tayyorlash va boshqalarning kiritilishi‎ 0710—0720‎ 2310‎
4.‎ Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni yetkazib berish va saqlash bilan bogʻliq ishlarga mehnat haqi hisoblanishi‎ 0710—0720‎ 6710‎
5.‎ Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni xarid qilish va saqlashda hisoblangan ish haqi boʻyicha maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar qilinishi‎ 0710—0720‎ 6520‎
6.‎ Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni xarid qilish, yetkazib berish va saqlash bilan bogʻliq turli xarajatlar hisobdor shaxslar tomonidan toʻlanishi‎ 0710—0720‎ 4220—4290, 6970‎
7.‎ Aksiyaning toʻlovi evaziga oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning kelib tushishi‎ 0710—0720‎ 4610‎
8.‎ Turli shaxslardan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinishi‎ 0710—0720‎ 6990‎
9.‎ Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha asbob-uskunalar summasi‎ 0710—0720‎ 9390‎
10.‎ Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni qayta baholash:‎
a) qiymatining oshirilishi‎ 0710—0720 ‎ 8510‎
b) qiymatining kamaytirilishi‎ 8510‎ 0710—0720‎
11.‎ Banklar tomonidan ularning uzoq va qisqa muddatli kreditlari hisobidan toʻlangan, oʻrnatiladigan asbob-uskunalar kirim qilinishi‎ 0710—0720‎ 6810, 7810‎
12.‎ Qarz beruvchilar tomonidan ularning uzoq va qisqa muddatli qarzlari hisobidan toʻlangan, oʻrnatiladigan asbob-uskunalar kirim qilinishi‎ 0710—0720‎ 6820—6840
‎7820—7840‎
13.‎ Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning sotilishi, xarid qilingan qimmatli qogʻozlarning haqini toʻlanishi, boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida, tekinga berilishi va boshqalar natijasida hisobdan chiqarilishi‎ 9210‎ 0710—0720‎
14.‎ Montajga berilgan asbob-uskunalar qiymatining hisobdan chiqarilishi‎ 0810‎ 0710—0720‎
15.‎ Mol yetkazib beruvchilarga yoki transport korxonalariga oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning kamomadi uchun daʼvolar bildirilishi‎ 4860‎ 0710—0720‎
16.‎ Inventarizatsiya natijasida aniqlangan asbob-uskunalarning kamomadi‎ 9220‎ 0710—0720‎
17.‎ Tabiiy ofatdan keyin oʻtkazilgan inventarizatsiya natijasida aniqlangan asbob-uskunalarning kamomadi‎ 9720‎ 0710—0720‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Sugʻurtalovchining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga investitsiyalari, shuningdek, mahsuldor va ishchi hayvonlarning asosiy podasini tashkil qilish boʻyicha xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0810 “Tugallanmagan qurilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0840 “Asosiy podani tashkil qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0850 “Yerni obodonlashtirishga kapital qoʻyilmalar”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0860 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar”;
(68-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0890 “Boshqa kapital qoʻyilmalar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. 0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotida (qurilish pudrat yoki xoʻjalik usulida amalga oshirilishdan qatʼi nazar) kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha hisob-kitoblarida va titul roʻyxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni barpo etish, uskunalar, asboblar, inventarlar va boshqa jihozlarni sotib olish boʻyicha xarajatlar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish” schyotida asosiy vositalarni xarid qilish, oʻrnatish va yigʻish bilan bogʻliq barcha xarajatlar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. 0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish” schyotida nomoddiy aktivlarni xarid qilish yoki sugʻurtalovchining oʻzida yaratilishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotida: asosiy podaga oʻtkaziladigan xoʻjalikdagi yosh ishchi hayvonlarni oʻstirish boʻyicha xarajatlar; asosiy poda uchun xarid qilingan katta yoshdagi ishchi hayvonlarning qiymati, shuningdek, ularni yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlar; boshqa korxonalardan tekinga olingan katta yoshdagi hayvonlarni xoʻjalikka yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy podaga oʻtkaziladigan yosh hayvonlar haqiqiy tannarx boʻyicha baholanadi. Asosiy podaga oʻtkaziladigan yosh ishchi hayvonlarning barcha turlarining qiymati yil davomida 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotidan 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotining debetiga yil boshida hisobda turgan balans qiymatiga, yil boshidan to hayvonlarni asosiy podaga oʻtkazish vaqtigacha boʻlgan davrda ortgan vazni yoki oʻsgan vaznining reja tannarxini qoʻshgan holda, hisobdan chiqariladi. Bir vaqtning oʻzida, yosh hayvonlarni asosiy podaga oʻtkazishda 0170 “Ishchi hayvonlar” schyoti debetlanadi va 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyoti kreditlanadi. Yil oxirida hisobot kalkulyatsiyasi tuzilgandan keyin yil davomida oʻtkazilgan yosh hayvonlarning koʻrsatilgan qiymati bilan uning haqiqiy tannarxi oʻrtasidagi farq 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotidan 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotiga, bir vaqtning oʻzida hayvonning bahosini aniqlab, qoʻshimcha 0170 “Ishchi hayvonlar” schyotlariga hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chetdan xarid qilingan katta yoshdagi ishchi hayvonlarning qiymati 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotining debetiga uni yetkazib berish xarajatlari bilan birgalikda, xarid qilishning haqiqiy tannarxi boʻyicha kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy podani tashkil etishning tugallangan muomalalari boʻyicha xarajatlar 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotidan 0170 “Ishchi hayvonlar” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. 0850 “Yerni obodonlashtirishga kapital qoʻyilmalar” schyotida sugʻurtalovchining yer maydonini obodonlashtirish boʻyicha xarajatlari, shuningdek, kirish yoʻllari, avtomobil va boshqa transport vositalarining toʻxtash maydonlari, devorlar va koʻkalamzorlashtirishning boshqa turlari qiymati hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer maydonlari, oʻrmon va suv havzalari va koʻp yillik oʻsimliklarga qilingan inventar xususiyatiga ega boʻlgan kapital qoʻyilmalar, asosiy vositalar tarkibiga, kompleks ishlar tugashidan qatʼi nazar, foydalanishga qabul qilingan maydonlarga tegishli xarajatlar summasi boʻyicha kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. 0860 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar” schyotida moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish hamda uning taʼmirlanishi va modernizatsiyasiga qilinadigan kapital qoʻyilmalar hisobga olinadi.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida asosiy vositalar obyektlarining boshlangʻich qiymatiga oʻrnatilgan tartibda qoʻshiladigan quruvchining barcha haqiqiy xarajatlari, shuningdek, sugʻurtalovchining asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni xarid qilish, asosiy podani tashkil etish va boshqa kapital qoʻyilmalar bilan bogʻliq xarajatlar aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar boʻyicha qoldiq, sugʻurtalovchining tugallanmagan qurilishga, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarni xarid qilish, yerni va moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishga qilingan kapital qoʻyilmalar miqdorini, shuningdek, asosiy podani tashkil etish boʻyicha tugallanmagan xarajatlar summasini aks ettiradi.
(75-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800) boʻyicha analitik hisob kapital qoʻyilmalarning har bir yoʻnalishi boʻyicha yuritiladi. Bunda analitik hisobning tashkil etilishi quyidagi xarajatlar haqida maʼlumot olish imkonini berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurilish va rekonstruksiya ishlari; burgʻulash ishlari; asbob-uskunalarni yigʻish; oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni xarid qilish; montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalarni xarid qilish, shuningdek, kapital qoʻyilmalarning smetalarida nazarda tutilgan asboblar va inventarlarni xarid qilish loyiha-qidiruv ishlariga oid va boshqa kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni xarid qilish xarajatlari — asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning turlari va nomlari boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yer va moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish xarajatlari — obyektlarning turi va nomi boʻyicha;
(75-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) asosiy podani tashkil etish xarajatlari — hayvonlarning turlari (yirik shoxli hayvonlar, qoʻylar, otlar va boshqalar) boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Obyektlarni qurishda foydalanilayotgan asosiy vositalarning eskirishi, kapital qoʻyilmalar xarajatiga kiritilishi‎ 0810‎ 0211—0299‎
2.‎ Obyektlarni qurishda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi xarajatlarga kiritilishi‎ 0810‎ 0510—0590‎
3.‎ Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar montajga topshirildi (montajga tayyorgarlik boshlangan paytdan)‎ 0810‎ 0710—0720‎
4.‎ Sarflangan qurilish va boshqa materiallar qiymati kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlarga kiritilishi‎ 0810‎ 1010—1090‎
5.‎ Yordamchi ishlab chiqarishning kapital qoʻyilmalarga koʻrsatgan xizmatlari hisobdan chiqarilishi‎ 0810‎ 2310‎
6.‎ Kapital qoʻyilmalarda foydalanilgan bank kreditlari va boshqa qarz majburiyatlari boʻyicha foizlar hisoblanishi‎ 0810‎ 6920‎
7.‎‏ Tugallanmagan qurilishni qayta baholash:‎
a) qiymatining oshirilishi;‎ 0810‎ 8510‎
b) qiymatining kamaytirilishi‎ 8510‎ 0810‎
8.‎ Kapital qurilishda bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlari uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzlar‎ 0810‎ 6010, 7010‎
9.‎ Kapital qoʻyilmalar bilan bogʻliq qondirilmagan daʼvolar boʻyicha summa hisobdan chiqarilishi 0810 4860‎
10.‎ Inventarizatsiya natijasida tugallanmagan qurilishda kamomad summasi aniqlanishi‎ 5910‎ 0810‎
11.‎ Yosh hayvonning asosiy podaga oʻtkazilishi‎ 0840‎ 2710‎
12.‎ Asosiy podaning tashkil qilinishi‎ 0170‎ 0840‎
13.‎ Kelgusi davr xarajatlari tegishli qismining kapital qoʻyilmalariga olib borilishi‎ 0810—0890‎ 3110—3190‎
14.‎ Kapital qoʻyilmalar tannarxiga kiritiladigan sugʻurta boʻyicha qarzlar‎ 0810—0890‎ 6510‎
15.‎ Kapital qoʻyilmalar tannarxiga kiritiladigan maqsadli davlat jamgʻarmalari boʻyicha qarzlar‎ 0810—0890‎ 6520‎
16.‎ Taʼsischilar tomonidan ustav kapitaliga ulush (pay) sifatida kiritilgan tugallanmagan kapital qoʻyilmalar‎ 0810—0890‎ 4610‎
17.‎ Avtotransport vositalarini sotib olish soligʻi (inventar qiymatiga)‎ 0810—0890‎ 6520‎
18.‎ Kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirishda band boʻlgan xodimlarga mehnat haqi boʻyicha turli summalar hisoblanishi‎ 0810—0890‎ 6710‎
19.‎ Hisobdor shaxslarning kapital qoʻyilmalarga ularning qilgan xarajatlari boʻyicha qarzlari hisobdan chiqarilishi‎ 0810—0890‎ 4220—4290, 6970‎
20.‎ Asosiy vositalarni xarid qilish va qurish jarayonida vujudga kelgan turli kreditorlar oldidagi qarzlar‎ 0810—0890‎ 6990‎
21.‎ Kapital qoʻyilmalar boʻyicha alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining koʻrsatgan xizmatlari uchun qarzlar‎ 0810—0890‎ 6110—6120‎
22.‎ Asosiy vositalar obyektlarini qurish yoki xarid qilish natijasida ularni boshlangʻich qiymati boʻyicha foydalanishga berish‎ 0110—0190‎ 0810—0890‎
23.‎ Asosiy vositalarni qurish va xarid qilish bilan bogʻliq, ammo obyektlarning boshlangʻich qiymatiga qoʻshilmaydigan xarajatlar sugʻurtalovchi mablagʻlari hisobiga hisobdan chiqarilishi‎ 9430‎ 0810—0820‎
24.‎ Agar aybdor shaxsni aniqlash imkoni boʻlmasa, kamomad va buzilgan qiymatliklarning summasi kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlarga olib borilishi‎ 0810—0890‎ 5910‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Uzoq muddatli debitor qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (0900)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Quyidagi hisob-kitoblarning uzoq muddatli qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xaridorlar va buyurtmachilar bilan olingan veksellar boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijarachilar bilan ularning moliyaviy ijara shartnomasi asosida olgan asosiy vositalari boʻyicha;
(77-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mol yetkazib beruvchilar bilan — ularga tovar-moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni yetkazib berish uchun berilgan boʻnaklar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xaridorlar va buyurtmachilar bilan tovarlar, tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinadigan schyotlar boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) alohida boʻlinmalar bilan tovarlar, tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinadigan schyotlar boʻyicha;
(77-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) korxonalar va tashkilotlar bilan berilgan qarzlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) moddiy-javobgar shaxslar va sugʻurtalovchining xodimlari bilan moddiy zararni qoplash boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan sugʻurtalovchiga yuqorida keltirilmagan turli qarzlar boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha;
(77-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) obligatsiyalar diskontlari boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) boshqa kechiktirilgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0910 “Olingan veksellar”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0920 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar”;
(“l” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0940 “Boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi”;
(“l” kichik bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. 0910 “Olingan veksellar” schyotida xaridorlar va buyurtmachilardan ular sotib olgan tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlar, ular uchun bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan toʻlov hujjati sifatida veksel taqdim qilishi natijasida, ulardan olinishi kerak boʻlgan toʻlov summasi hisobga olinadi. Bunda shunday hisob-kitoblar sodir boʻlganda, olinadigan schyotlarning uzoq muddatli qismi 0910 “Olingan veksellar” schyotining debeti va 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar”, 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”, 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotlarining kreditida aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. 0920 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti ijaraga beruvchi sugʻurtalovchida mulkning moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha muomalalarni hisobga olishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy vosita obyektlarini moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berishda ijaraga beruvchi obyektlarning qiymatini umumiy tartibda hisobdan chiqaradi. Bunda moliyaviy ijaraga berilgan asosiy vosita obyektlarining qiymati ijarachi va ijaraga beruvchi bilan kelishilgan bahoda uzoq muddatli qismi 0920 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyotining debetiga, joriy qismi 4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyotining debetiga va debitorlik qarzining jami summasi 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti boʻyicha kreditdagi saldo (ijaraga berilgan asosiy vosita obyektlarining ijarachi va ijaraga beruvchi tomonidan kelishilgan bahodagi qiymati bilan bu obyektlarning qoldiq qiymati oʻrtasidagi farq) kechiktirilgan foyda sifatida 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyotiga uzoq muddatli qismi va 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotiga joriy qismi hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga berilgan asosiy vosita obyektlarining ijarachi va ijaraga beruvchi kelishgan bahodagi qiymati bilan ushbu obyektlarning qoldiq qiymati oʻrtasidagi farqning tegishli qismi ijara haqi kelib tushganda 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotidan 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar” schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilining oxirida ijaraga beruvchi joriy yilda kelib tushadigan summalarni 0920 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyotining kreditidan 4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyotining debetiga oʻtkazadi. Ijara haqining kelib tushishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar asosiy vositalar obyekti ijara muddatining tugashiga qadar ijarachining mulkiga oʻtsa, u holda sotib olish bahosi toʻlangan ijara haqini chegirib tashlagan holda yuqorida koʻrib oʻtilgan ijara haqining kelib tushishini aks ettirish tartibida sotib olish vaqtida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0920 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir ijara shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
(79-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” schyotida sugʻurtalovchi xodimlariga kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha hisob-kitoblar, berilgan qarzlar boʻyicha ularning qarzdorligi, xodimlarning sugʻurtalovchiga pul mablagʻlari, tovar-moddiy qiymatliklarining kamomadi va oʻgʻirlanishi, yaroqsizligi natijasida yetkazilgan moddiy zararlarning qoplanishi shuningdek, boshqa turdagi zararlarning qoplanishi va shu kabilar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditga tovar sotib olgan shaxs ishlaydigan sugʻurtalovchi ularga berilgan kreditni savdo sugʻurtalovchilari tomonidan bank krediti hisobidan toʻliq qoplashi mumkin. Bunda bank savdo korxonalarining tegishli hisob-kitob hujjatlarini oʻzining krediti hisobidan toʻlaydi. Ushbu muomala sugʻurtalovchilarda 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” schyotining debeti va 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarga berilgan qarzlar summasi 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” schyotining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditga sotilgan tovarlar, berilgan qarzlar, moddiy va boshqa zararlarning qoplanishi boʻyicha qarzlarning uzoq muddatli qismining joriy debitorlik qarzlari qismiga oʻtkazilishida 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi”, 4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi”, 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi”, 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari” schyotlarining debeti, 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” schyotining krediti boʻyicha yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” schyoti boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchining har bir xodimi boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. 0940 “Boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar” schyotida xaridorlar va buyurtmachilardan daʼvolar va boshqalar boʻyicha olinadigan schyotlarning uzoq muddatli qismi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida keltirilgan schyotlar boʻyicha analitik hisob xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan har bir schyot boʻyicha yuritiladi. Analitik hisobning tashkil qilinishi veksellar, xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar boʻyicha qarzlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish imkoniyatini berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori (OʻzR QT, 1999-yil, 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 2-ilovasiga muvofiq joriy hisobot davrida toʻlanadigan soliqning uzoq muddatli qismi 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotida hisobga olinadi. Vaqtinchalik farqlarga oid xarajatlar boʻyicha soliqni hisoblash 0930 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining debeti va 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” schyotining kreditida aks ettiriladi. Keyinchalik bu xarajatlarning jami foydali xizmat muddati davomida yoki 10 yil mobaynida, bu muddatlarning qaysi biri qisqaroq boʻlishidan kelib chiqqan holda, (vaqt oraligʻidagi farqlar) soliqning tegishli qismi uzoq muddatli qismdan joriy qismga oʻtkaziladi, bu esa 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining debeti va 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining kreditida aks ettiriladi. Tegishli muddatda toʻlanadigan foyda soligʻini hisoblashda ushbu summa hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik farqlar — bu daromad va xarajatlarning ayrim moddalari soliqqa tortiladigan foydaga kiritiladigan hisobot davri bilan ushbu moddalar hisob foydasiga kiritiladigan hisobot davrining muvofiq kelmasligi natijasida yuzaga keladigan hisobot davridagi soliqqa tortiladigan va hisob foydasi oʻrtasidagi farqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajatlarning tegishli summasiga soliqlar kamaytirilishi yuz beradigan davrlar kelganda soliqlar summasi 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyotining debeti va 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining kreditida aks ettiriladi. Shunday qilib, 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining debetidagi qoldiq kelgusi davrlarda budjetga toʻlanadigan umumiy soliq summasining kamaytirish zarur boʻlgan soliq summasining uzoq muddatli qismini koʻrsatadi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotida xarajatlarga qoplash muddati davomida taqsimlanib boriladigan obligatsiya diskont (chegirma)lari boʻyicha sugʻurtalovchining uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlari aks ettiriladi. Ushbu schyot faqat obligatsiyalarni sotuvchi (emitent)lar tomonidan foydalaniladi. Obligatsiyalarning chegirma bilan sotilishi 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti va olingan summaga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Obligatsiyalar boʻyicha foizlarning joriy qismi hisobdan chiqarilganda 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar” schyoti bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotida 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” va 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotlarida koʻrsatilmagan boshqa kechiktirilgan xarajatlar aks ettiriladi. Ushbu xarajatlarni ishlab chiqarish, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat xarajatlariga hisobdan chiqariladigan muddati qonunchilik asosida tartibga solinadi. Bunda boshqa kechiktirilgan xarajatlarning uzoq muddatli qismi 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debetida, joriy qismi esa 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debetida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir berilgan boʻnak boʻyicha mol yetkazib beruvchi yoki pudratchi boʻyicha yuritiladi.
(84-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Uzoq muddatli debitor qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (0900)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Bank tomonidan toʻlovi kafolatlangan xaridorlar va buyurtmachilardan olingan veksellarning uzoq muddatli qismi 0910 4010‎
2.‎ Olingan veksellarning uzoq muddatli qismini joriy qismiga oʻtkazish‎ 4020‎ 0910‎
3.‎‏ Ijarachi bilan kelishilgan bahoda asosiy vositalarning moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilishi:‎
uzoq muddatli qismiga‎ 0920‎ 9210‎
joriy qismiga‎ 4810‎ 9210‎
4.‎ Olinadigan moliyaviy ijaraning uzoq muddatli qismini joriy qismiga oʻtkazilishi‎ 4810‎ 0920‎
5.‎ Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlar qarzlarining uzoq muddatli qismi‎ 0930‎ 7810‎
6.‎ Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha qarzlarning uzoq muddatli qismini joriy qismiga oʻtkazilishi‎ 4710‎ 0930‎
7.‎ Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlar qarzlarining uzoq muddatli qismi‎ 0930‎ 5110—5530‎
8.‎ Berilgan qarzlar boʻyicha qarzlar summasining uzoq muddatli qismini joriy qismiga oʻtkazilishi‎ 4720‎ 0930‎
9.‎ Moddiy zararlarni qoplash boʻyicha qarzlarning uzoq muddatli qismi‎ 0930‎ 1010—1090, 5010—5530, 9210‎
10.‎ Moddiy zararlarni qoplash boʻyicha qarzlar summasining uzoq muddatli qismini joriy qismiga oʻtkazilishi‎ 4730‎ 0930‎
11.‎ Berilgan boʻnaklarning uzoq muddatli qismi‎ 0940‎ 5110—5530‎
12.‎ Berilgan boʻnaklarning uzoq muddatli qismidan joriy qismiga oʻtkazilishi‎ 4310—4340‎ 0940‎
13.‎ Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlarning uzoq muddatli qismini joriy qismiga oʻtkazish‎ 4110—4120‎ 0940‎
14.‎ Boshqa shaxslar qarzlari summasining uzoq muddatli qismini joriy qismiga oʻtkazish‎ 4890‎ 0940‎
15.‎ Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi‎ 0950‎ 6410‎
16.‎ Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi summasining uzoq muddatli qismini joriy qismiga oʻtkazish‎ 3210‎ 0950‎
17.‎ Obligatsiyalarni chegirma (diskont) bilan sotish‎ 0960‎ 7830‎
18.‎ Diskont boʻyicha kechiktirilgan xarajatlarning uzoq muddatli qismini joriy qismiga oʻtkazish‎ 3220‎ 0960‎
19.‎ Kelgusi davrlar (uzoq muddatli) hisobiga toʻlangan ijara toʻlovlari‎ 0990‎ 5110—5530‎
20.‎ Kelgusi davrlar (uzoq muddatli) hisobiga toʻlangan abonent toʻlovlari‎ 0990‎ 5110—5530‎
21.‎ Kechiktirilgan xarajatlarning uzoq muddatli qismini joriy qismiga oʻtkazish‎ 3290‎ 0990‎
(85-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II boʻlim. Joriy aktivlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I kichik boʻlim. Tovar-moddiy zaxiralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari quyidagilarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xizmatlar koʻrsatish jarayonida foydalanish uchun moʻljallangan xom ashyo zaxiralari, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilgʻi, idishlar, ehtiyot qismlar, inventar va xoʻjalik jihozlari, boshqa materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tugallanmagan xizmatlar koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Tovar-moddiy zaxiralari hisobini tashkil qilishda ularning tarkibi, holati, harakati, miqdori, xarid qilinishi, qayta baholash tartibi va hokazolarga eʼtibor qaratish lozim. Hisob maʼlumotlari mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini qidirib topish, moddiy qiymatliklardan tejamli foydalanish, xarajat meʼyorlarini kamaytirish, ularni tegishli holatda saqlash va ularning butligini taʼminlash toʻgʻrisidagi axborotlardan iborat boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Ushbu boʻlimda quyidagi schyotlarning hisob tartibi yoritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1000 — Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1500 — Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1600 — Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000 — Sugʻurta ishini yuritish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2200 — Sugʻurta tovonlarini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2300 — Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2400 — Qayta sugʻurta qilishga oid ragʻbatlantirishlar boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2500 — Umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2600 — Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2700 — Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarni hisobga oluvchi schyotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Qiymatliklarni tovar-moddiy zaxiralari tarkibiga kiritish va ularning hisobini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2006-yil 15-iyunda 52-son bilan tasdiqlangan (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralari” Buxgalteriya hisobining milliy standarti (2006-yil 17-iyul, roʻyxat raqami 1595 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 28-29-son, 282-modda) bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, konstruksiyalar, detallar, idishbob materiallar, inventarlar, xoʻjalik jihozlari va sh.k. qiymatliklarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1010 “Xom ashyo va materiallar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1020 “Butlovchi buyumlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1030 “Yoqilgʻilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1040 “Ehtiyot qismlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1050 “Qurilish materiallari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1060 “Idish va idishbob materiallar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1080 “Inventar va xoʻjalik jihozlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1090 “Boshqa materiallar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Materiallar hisobda ikkita bahoning eng pasti boʻyicha materiallarni hisobga oluvchi schyotlarda — haqiqiy tannarxi (sotib olish bahosi yoki ishlab chiqarish tannarxi) boʻyicha yoki bozor bahosi (sotishning sof qiymati) boʻyicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Zarur hollarda (ishlatiladigan materiallarning nomenklaturasi katta boʻlganda, sugʻurtalovchi ichida materiallarning harakati intensiv boʻlganda, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishida va boshqalarda) materiallar hisobi hisob bahosi boʻyicha yuritilishi mumkin. Hisob bahosi sifatida reja tannarxi, oʻrtacha sotib olish narxlari, ulgurji va boshqalar qabul qilinadi. Materiallarni hisob bahosi boʻyicha hisobga olishda, har oy, haqiqiy tannarxi koʻrsatilgan bahosining qiymatidan farqlanish summasi va foizlari hisoblab chiqiladi. Farqlar 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. 1010 “Xom ashyo va materiallar” schyotida quyidagilarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tarkibiga kiradigan, uning asosini tashkil etadigan yoki uni tayyorlashda (ishlab chiqarishda) zarur tarkibiy qismlar hisoblaniladigan xom ashyo va asosiy materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahsulot ishlab chiqarishda yoki xoʻjalik ehtiyojlari uchun sarflanadigan, texnik maqsadlar va ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashishda ishtirok etadigan yordamchi materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qayta ishlash uchun tayyorlangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va h. k.;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yem-xashak va toʻshamalar. Oʻzida ishlab chiqarilgan yem-xashak va toʻshamalar yil oxirida haqiqiy tannarxiga toʻgʻrilash bilan yil davomida reja tannarxi boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. 1020 “Butlovchi buyumlar” schyotida tayyor butlovchi buyumlar, qurilish detallari va konstruksiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Ilmiy-tadqiqot yoki konstruktorlik mavzusi boʻyicha ilmiy va sinov ishlarini amalga oshirish uchun kerak boʻlgan butlovchi buyumlar, maxsus asbob-uskunalar, asboblar, qurilmalar, moslamalar va hokazolarni chetdan xarid qiluvchi sugʻurtalovchilar, ushbu qiymatliklarni 1020 “Butlovchi buyumlar” schyotida hisobga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. 1030 “Yoqilgʻilar” schyotida neft mahsulotlari, yoqilgʻi-moylash materiallari (YOMM) (neft, benzin, kerosin, dizel yoqilgʻisi, yogʻ va hokazolar), qattiq yoqilgʻi (koʻmir, oʻtin va hokazolar) va gazsimon yoqilgʻi (gaz, gazolin) shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilari va qattiq yoqilgʻi sifatida ishlatiladigan ikkilamchi material qiymatliklarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Yoqilgʻi-moylash materiallari (YOMM) uchun talonlardan foydalanilganda ham ularning hisobi 1030 “Yoqilgʻilar” schyotida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. 1040 “Ehtiyot qismlar” schyotida mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalarni taʼmirlash va eskirgan qismini almashtirish uchun moʻljallangan asosiy faoliyat uchun xarid qilingan yoki tayyorlangan, ehtiyot qismlarning mavjudligi va harakati, hamda zaxiradagi avtomobil shinalari hisobga olinadi. Shu yerda taʼmirlash zavodlarida va texnik servis punktlarida sugʻurtalovchining taʼmirlash boʻlimlarida qilingan (yaratilgan) agregatlar, dvigatellar, uskunalar, toʻliq komplektli mashinalarning almashish fondi harakati ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. 1050 “Qurilish materiallari” schyotida qurilish konstruksiyalari va detallari, bino va inshootlarning qismlari, konstruksiya va detallarini qurish va pardoz qilish, qurilish detallarini tayyorlash, qurilish va montaj ishlarida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlatiladigan, shuningdek, boshqa ehtiyojlar uchun chetdan sotib olingan va oʻzida ishlab chiqilgan qurilish materiallarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. 1060 “Idish va idishbob materiallar” schyotida idishlarning barcha turlari (xoʻjalik inventari sifatida foydalaniladigan idishlardan tashqari) shuningdek, idishlar tayyorlash va taʼmirlash uchun moʻljallangan materiallar va detallar (yashiklarni yigʻish uchun detallar, bochka taxtasi, temir gardish va boshqalar)ning mavjudligi va harakati yuritiladi. Yuklanadigan mahsulotlarning butligi va saqlanishini taʼminlash maqsadida vagonlar, barjalar, samolyotlar, kemalarni qoʻshimcha jihozlash uchun moʻljallangan buyumlar 1010 “Xom ashyo va materiallar” schyotida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. 1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” schyotida chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bunda materiallarga qayta ishlov berish bilan bogʻliq chetdagi korxonalarga toʻlangan xarajatlar bevosita qayta ishlashdan olingan buyumlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetiga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. 1080 “Inventar va xoʻjalik jihozlari” schyotida sugʻurtalovchining aylanma mablagʻlari tarkibiga kiradigan inventarlar, asboblar, xoʻjalik jihozlari va boshqa mehnat vositalarining (kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu schyotda quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan mulk hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xizmat qilish muddati bir yildan ortiq boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xizmat qilish muddatidan qatʼi nazar, bir birligi (komplekti)ning qiymati (sotib olish vaqtida) Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik barobarigacha boʻlgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida buyumlarning inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibida hisobga olinishi uchun qiymatining past chegarasini belgilash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat qilish muddati va qiymatidan qatʼi nazar, inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maxsus asboblar va moslamalar (alohida buyurtmani tayyorlash uchun yoki maʼlum bir turdagi buyumlarni seriyali va ommaviy ishlab chiqarish uchun moʻljallangan maqsadli asboblar va moslamalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maxsus va sanitar buyumlar, maxsus poyabzal;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yotoq jihozlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kanselyariya jihozlari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va h. k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oshxona va ovqatlanish xonasi jihozlari, shuningdek, ovqatlanish xonasi choyshablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xarajatlari, ularni qurish, qurilish-montaj ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtinchalik (titulsiz inshootlar) qurilma va moslamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) foydalanish muddati bir yildan kam boʻlgan almashtiriladigan uskunalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ov qurollari (koʻkan, qopqon, toʻrlar va h. k.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar mustaqil ravishda inventarlar, asboblar va xoʻjalik jihozlarni hisobga oluvchi schyotlarni ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidagi oʻrni va roliga qarab ochishlari mumkin. Ularning qiymati foydalanishga berilgan vaqtda ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga toʻliq qoʻshiladi. Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlarining saqlanishini taʼminlash maqsadida keyinchalik ularning hisobi balansdan tashqari 014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” schyotida sex, ombor va alohida foydalanuvchilar boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inventar va xoʻjalik jihozlari keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holga kelgan hollarda ularni balansdan tashqari schyotdan hisobdan chiqarish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. 1090 “Boshqa materiallar” schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda nazarda tutilmagan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bu yerda ishlab chiqarish chiqindilari (qirqimlar, qirindi va sh. k.); tuzatib boʻlmaydigan yaroqsiz mahsulotlar; asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan moddiy qiymatliklar (metallolom, yaroqsiz xom ashyo, eskirgan shinalar, kameralar, yaroqsiz rezina, ishlatilgan moy, nigrol va h .k.) hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Materiallarning kelib tushishi 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” va 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotlaridan foydalanilgan holda (agar bu sugʻurtalovchining hisob schyotida belgilangan boʻlsa) yoki ushbu schyotlardan foydalanilmagan holda aks ettirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Materiallarni ishlab chiqarishga yoki boshqa xoʻjalik maqsadlariga haqiqatda sarflanishi (1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Materiallarni chetga sotish (1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti va 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining debetida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning analitik hisobi saqlanish joylari va ularning alohida nomlari (turlari, navlari, hajmlari va boshqalar) boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Mol yetkazib beruvchilardan materiallar olinishi 1010—1090 6010‎
2.‎ Asosiy vositalarni tugatish natijasida kelib tushgan materiallarning qiymati 1090‎ 9210‎
3.‎ Taʼsischilardan ularning ulushi hisobidan turli xil materiallarning kelib tushishi‎ 1010—1090‎ 4610‎
4.‎ Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan materiallarning kelib tushishi‎ 1010—1090‎ 6110, 6120‎
5.‎ Boshqa shaxslardan materiallarning tekinga olinishi‎ 1010—1090‎ 8530‎
6.‎ Materiallar kirim qilingandan keyin aniqlangan yaroqsizlik (defekt) boʻyicha mol yetkazib beruvchiga bildirilgan daʼvo‎ 4860‎ 1010—1090‎
7.‎ Transport-tayyorlov xarajatlarining materiallar tannarxiga kiritilishi‎ 1010—1090‎ 1510‎
8.‎ Materiallarning haqiqiy tannarxi boʻyicha kirim qilinishi (1500 schyot qoʻllanilganda)‎ 1010—1090‎ 1510‎
9.‎ Oʻzida ishlab chiqarilgan materiallarning kirim qilinishi‎ 1010—1090‎ 2310‎
10.‎ Toʻlovi inkor etilgan oldin bildirilgan daʼvo summasining hisobdan chiqarilishi‎ 1010—1090‎ 4860‎
11.‎ Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga materiallarning chiqarilishi‎ 2010, 2310
‎2510, 2710‎
1010—1090‎
12.‎ Maʼmuriy ehtiyojlar uchun materiallarning berilishi‎ 9420‎ 1010—1090‎
13.‎ Chetga chiqib ketayotgan materiallarning qiymatini hisobdan chiqarish‎ 9220‎ 1010—1090‎
14.‎ Tabiiy ofat natijasida yoʻqotilgan materiallarning hisobdan chiqarilishi‎ 9720‎ 1010—1090‎
15.‎ Inventarizatsiya natijasida materiallarning kamomadi aniqlandi‎ 5910‎ 1010—1090‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar (1500)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Aylanma mablagʻlarga taalluqli boʻlgan moddiy qiymatliklarni tayyorlash va sotib olish toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotining debetiga moddiy qiymatliklarning hisob bahosi olib boriladi. Bunda u yoki bu qiymatliklar qayerdan kelib tushganligi va sugʻurtalovchida materiallarni tayyorlash va olib kelish xarajatlarining xususiyatiga koʻra 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” va shu kabi boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotining kreditiga xarid qilingan qiymatliklarni xarid qilish (tayyorlash)ning haqiqiy tannarxi boʻyicha hisoblangan qiymati, moddiy qiymatliklarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob bahosi boʻyicha qiymati orasidagi farq summasi 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotidan 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotiga hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oy oxirida 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotidagi qoldiq tayyorlangan va xarid qilingan, shuningdek, yoʻldagi yoki mol yetkazib beruvchilarning omborlaridan (ushbu qiymatliklarni omborga kirim qilinmasdan) olib kelinmagan materiallarning mavjudligini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar (1500)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1‎. Tovar moddiy qiymatliklarini tayyorlash va yetkazib berish jarayonida yordamchi ishlab chiqarish tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning hisobdan chiqarilishi 1510 2310‎
2.‎ Mol yetkazib beruvchilardan materiallar olinishi 1510‎ 6010‎
3.‎ Mol yetkazib beruvchilarga materiallarning kamomad summasi boʻyicha daʼvo bildirilishi‎ 4860‎ 1510‎
4.‎ Undirilmagan daʼvo summalarining materiallar tannarxiga kiritilishi‎ 1510‎ 4860‎
5.‎ Tovar moddiy qiymatliklarni xarid qilishda hisobdor shaxslar tomonidan toʻlangan summalar‎ 1510‎ 6970‎
6.‎ Materiallarni xarid qilishdagi turli tashkilotlarning xizmatlari summasi‎ 1510‎ 6990‎
7.‎ Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan kelib tushgan materiallar‎ 1510‎ 6110, 6120‎
8.‎ Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning kirim qilinishi‎ 0710‎ 1510‎
9.‎ Omborga kelib tushgan moddiy qiymatliklarning kirim qilinishi‎ 1010—1090 ‎ 1510‎
10.‎ Oʻstirishga va boquvga kelib tushgan hayvonlarning kirim qilinishi‎ 2710‎ 1510‎
11.‎‏ Farq summasining hisobdan chiqarilishi:‎
a) kelib tushgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi hisob bahosidan past boʻlganda;‎ 1510‎ 1610‎
b) kelib tushgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi hisob baholaridan yuqori boʻlganda;‎ 1610‎ 1510‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob bahosi orasidagi farq toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob baholari orasidagi farq summasi 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotining debeti yoki kreditiga 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotidan hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotida yigʻilgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob baholari orasidagi farq summalari ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va boshqa tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetiga sarflangan materiallarning hisob bahosiga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyoti boʻyicha analitik hisob moddiy qiymatliklarning guruhlari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‏ Farq summasining hisobdan chiqarilishi:
a) kelib tushgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi hisob baholaridan past boʻlganda; 1510‎ 1610‎
b) kelib tushgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi hisob baholaridan yuqori boʻlganda‎ 1610‎ 1510‎
2.‎ Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olingan materiallar boʻyicha farqlar summasi‎ 1610‎ 4110, 4120‎
3.‎ Materiallar qiymatidagi farqlar (hisoblangan ulushda) tegishli schyotlarga hisobdan chiqarildi‎ Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar‎ 1610‎
4.‎ Materiallar qiymatidagi farqning bir qismi alohida boʻlinmalarga, ularga berilgan materiallar schyotiga hisobdan chiqarildi‎ 4110‎ 1610‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Sugʻurta ishini yuritish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (2000)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Sugʻurtalovchining asosiy faoliyati boʻyicha xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamlash 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debeti boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar, shuningdek yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, asosiy faoliyatni boshqarish va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan bilvosita xarajatlar aks ettiriladi. Sugʻurtalovchilarning asosiy faoliyati boʻyicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta shartnomalarini tuzish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish bilan band boʻlgan sugʻurtalovchining xodimlari mehnat haqini toʻlash boʻyicha xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta ishini tashkil qilish va texnologiyasiga muvofiq, sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan sugʻurtalovchining xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish jarayoniga xizmat koʻrsatish boʻyicha sugʻurta tashkilotini materiallar, moslamalar, inventar, xoʻjalik jihozlari va boshqa vositalar bilan taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tovonlarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hodisasining oqibatlarini bartaraf qilish va toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktuariy, adjaster, syurveyer va assistans xizmatlari haqini toʻlash boʻyicha xarajatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogohlantirish chora-tadbirlariga ajratmalar;
(111-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta sugʻurta qilish operatsiyalari boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalarni toʻlash boʻyicha xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta vositachilariga komission mukofotlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotiga materiallar, xodimlarga mehnat haqini toʻlash boʻyicha hisob kitoblarni hisobga oluvchi va boshqa schyotlarning krediti boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy faoliyatni boshqarish va tashkil etish bilan bogʻliq bilvosita xarajatlar 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotiga 2510 “Umumishlabchiqarish xarajatlari” schyotidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining krediti boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Ushbu summalar 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotidan 9130 “Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotining debetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Analitik hisob xarajatlar turlari va xizmatlar turlari boʻyicha yuritiladi. Xarajatlarning yuzaga kelish joylari va boshqa belgilari boʻyicha guruhlanishi, shuningdek, kalkulyatsion hisob alohida schyotlar tizimida amalga oshiriladi. Ushbu schyotlarning tarkibi va foydalanish uslubiyatini har bir sugʻurtalovchi oʻzining ishlab chiqarish faoliyati, tuzilishi, boshqarishni tashkil etish xususiyatlariga qarab belgilaydi. Agar xarajatlarning vujudga kelish joyi va boshqa belgilari boʻyicha guruhlanishi hamda kalkulyatsion hisob alohida schyotlar tizimida hisobga olinmasa, 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining analitik hisobi ham sugʻurtalovchining alohida boʻlinmalari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2000)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Bevosita mahsulot xizmat koʻrsatishda qatnashadigan asosiy vositalarning eskirishi 2010 0211—0299‎
2.‎ Xizmat koʻrsatishga taalluqli boʻlgan nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi‎ 2010‎ 0510—0590‎
3.‎ Toʻgʻridan-toʻgʻri material xarajatlari xizmat koʻrsatishga hisobdan chiqarilishi‎ 2010‎ 1010—1090‎
4.‎ Materiallar qiymatidagi farq tegishli ulushlarda asosiy ish yuritish xarajatlariga hisobdan chiqarilishi‎ 2010‎ 1610‎
5.‎ Umumishlabchiqarish xarajatlarining xizmatlarning tannarxiga kiritilishi‎ 2010‎ 2510‎
6.‎ Ilgari kelgusi davr xarajatlari sifatida aks ettirilgan xarajatlarning tegishli ulushi xizmatlarning tannarxiga olib borilishi‎ 2010‎ 3110—3190‎
7.‎ Qondirilmagan daʼvolar summasi xizmatlarining tannarxiga kiritilishi‎ 2010‎ 4860‎
8.‎ Asosiy faoliyatdagi sugʻurta xarajatlari 2010‎ 6510‎
9.‎ Asosiy faoliyat xarajatlari boʻyicha maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar‎ 2010‎ 6520‎
10.‎ Asosiy faoliyat xodimlariga mehnat haqi toʻlash boʻyicha summalar hisoblanishi‎ 2010‎ 6710‎
11.‎ Hisobdor shaxslar tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar‎ 2010‎ 4220—4290, 6970‎
12.‎ Turli korxonalarga ular tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun qarzlar‎ 2010‎ 6990‎
13.‎ Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining asosiy faoliyat ehtiyojlarga qilgan xarajatlari‎ 2010‎ 6110, 6120‎
14.‎ Materiallarning asosiy faoliyatdan qaytarilishi ‎ 1010—1090‎ 2010‎
15.‎ Sugʻurta agentlari va brokerlariga komission mukofotlarni hisoblash‎ 2010‎ 6040‎
16.‎ Sugʻurta tovonlarini tannarxga kiritish ‎ 2010‎ 2210, 2220‎
17.‎ Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlarini hisobdan chiqarish‎ 2010‎ 2230‎
18.‎ Qayta sugʻurta qilishga oid brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarni hisobdan chiqarish‎ 2010‎ 2410‎
19.‎ Akturiylar (aktuariy tashkilotlari), adjasterlar (adjaster tashkilotlari, syurveyerlar (syurveyer tashkilotlari), assistanslarga (assinstans xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarga) toʻlanadigan summalarning hisoblanishi‎ 2010‎ 6090‎
20.‎ Ogohlantirish chora-tadbirlariga ajratmalar‎ 2010‎ 8040‎
21.‎ Ish yuritish xarajatlarining koʻrsatilgan xizmatlar tannarxiga kiritilishi‎ 9130‎ 2010‎
22.‎ Tabiiy ofatlar, yongʻin va shu kabilar natijasida tugallanmagan ishlab chiqarishdagi yoʻqotishlar hisobidan chiqarilishi‎ 9720‎ 2010‎
23.‎ Asosiy ishlab chiqarishda aniqlangan moddiy qiymatliklarning kamomadi‎ 5910‎ 2010‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Sugʻurta tovonlarini hisobga oluvchi schyotlar (2200)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta va qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari toʻgʻrisidagi axborotni jamlash quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2210 “Hisobot davrida toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2220 “Muddatidan oldin tugatilgan shartnomalar boʻyicha sugʻurta tovonlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2230 “Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlari”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. 2210 “Hisobot davrida toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha sodir boʻlgan sugʻurta boʻyicha hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotida hisobot davrida sodir boʻlgan hodisalar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. 2220 “Muddatidan oldin tugatilgan shartnomalar boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotida muddatidan oldin tugatilgan toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. 2230 “Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotida 6050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti debeti bilan bogʻlangan holda qayta sugʻurta qildiruvchiga toʻlangan sugʻurta tovonlari summalari aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Sugʻurta tovonini hisoblashda 2210—2220 schyotlari 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti bilan bogʻlangan holda debetlanadi.
(116 va 117-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Hisobot davrining oxirida 2210—2230 schyotlarning debet tomonidagi qoldigʻi 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Sugʻurta tovonlari hisobga oluvchi schyotlar (2200)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovonlarining hisoblanishi 2210—2220 6030‎
2.‎ Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan zarar ulushining hisoblanishi ‎ 2230‎ 6050‎
3.‎ Notoʻgʻri toʻlangan sugʻurta tovonlarini qaytarib olish toʻgʻrisidagi talabning bildirilishi‎ 4890‎ 2210—2230‎
4.‎ Tegishli sugʻurta tovonlarining ish yuritish xarajatlariga oʻtkazilishi‎ 2010‎ 2210—2230‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2300)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Sugʻurtalovchining asosiy faoliyatiga yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi hisoblangan ishlab chiqarish xarajatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Ushbu schyot quyidagilarni taʼminlaydigan, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) energiyaning turli xillari (elektr energiyasi, bugʻ va boshqalar) bilan xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) transport xizmatini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) asosiy vositalarni taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sugʻurta sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari ushbu schyotlarda sugʻurtalovchi balansida turuvchi ilmiy tekshirish va tajriba konstruktorlik boʻlinmalarining xarajatlari aks ettirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotining debeti boʻyicha xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan toʻgʻri xarajatlar, shuningdek, yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan egri xarajatlar va yaroqsiz mahsulot hisobiga yoʻqotishlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq toʻgʻri xarajatlar 2310 “Asosiy ishlab chiqarish” schyotiga, ishlab chiqarish zaxiralari, mehnat haqi toʻlash boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar, asosiy vositalarga eskirish va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan egri xarajatlar 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotiga 2510 “Umumishlabchiqarish xarajatlari” schyotidan hisobdan chiqariladi. Yordamchi ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar ayrim hollarda bevosita 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotida hisobga olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotining kreditida tugallangan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish haqiqiy tannarxining summalari aks ettiriladi. Ushbu summalar 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotining kreditidan 2510 “Umumishlabchiqarish xarajatlari”, 9130 “Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi”, 9420 “Maʼmuriy xarajatlar” schyotlariga va boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti boʻyicha analitik hisob xarajat elementlari va moddalari boʻyicha va mahsulot turlari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2300)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Yordamchi ishlab chiqarish sexlarida foydalanilayotgan asosiy vositalarning eskirishi 2310 0211—0299
2.‎ Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlariga taalluqli nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblandi 2310 0510—0590
3.‎ Yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun materiallar sarflandi 2310 1010—1090
4.‎ Mahsulot olish uchun hayvonlarning soʻyilishi 2310 2710
5.‎‏ Tugallanmagan mahsulotni qayta baholash
a) qiymatining oshirilishi‎ 2310‎ 6230‎
b) qiymatining kamaytirilishi‎ 3290‎ 2310‎
6.‎ Materiallar qiymatidagi farqlarni hisoblangan ulushlarda yordamchi ishlab chiqarish schyotlariga hisobdan chiqarish 2310 1610
7.‎ Umumishlabchiqarish xarajatlarining tegishli ulushi yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va xizmatlari tannarxiga kiritilishi 2310 2510
8.‎ Kelgusi davrlar xarajatlarining ulushi yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va xizmatlari tannarxiga kiritildi 2310 3110—3190
‎3210—3290
9.‎ Mol yetkazib beruvchilardan yordamchi ishlab chiqarishga moddiy qiymatliklar va xizmatlar (suv, bugʻ, energiya va hokazo) kelib tushdi 2310 6010, 6990
10.‎ Qondirilmagan daʼvolar summasining yordamchi sexlarga tegishli boʻlgan qismi ularning mahsuloti, ish va xizmatlari tannarxiga hisobdan chiqarildi 2310 4860
11.‎ Yordamchi ishlab chiqarishdagi sugʻurta xarajatlari 2310 6510
12.‎ Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari boʻyicha maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar 2310 6520
13.‎ Yordamchi ishlab chiqarish xodimlariga mehnat haqi toʻlash boʻyicha summalarning hisoblanishi 2310 6710
14.‎ Yordamchi ishlab chiqarishga koʻrsatilgan xizmatlari boʻyicha turli korxonalarga boʻlgan qarzlar 2310 6990
15.‎ Olingan summadan ortiqcha xarajat qilganliklari uchun hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar 2310 6970
16.‎ Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarning yordamchi ishlab chiqarish sexlariga koʻrsatgan xizmatlari 2310 6110, 6120
17.‎ Yordamchi ishlab chiqarishdagi tugallanmagan ishlab chiqarishning ortiqchasi kirim qilindi 2310 9390
18.‎ Yordamchi ishlab chiqarish tomonidan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni xarid qilishda qilingan xarajatlari asbob-uskunalar qiymatiga qoʻshildi 0710—0720 2310
19.‎ Kapital qoʻyilmalarda amalga oshirilgan yordamchi sexlarning xarajatlari va xizmatlari hisobdan chiqarildi 0810—0890 2310
20.‎ Ilgari yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun hisobdan chiqarilgan materiallarning qaytarilishi 1010—1090 2310
21.‎ Yordamchi ishlab chiqarishda ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlar kirim qilindi 1040 2310
22.‎ Materiallarni tayyorlash va xarid qilishda yordamchi ishlab chiqarishning koʻrsatgan xizmatlari va xarajatlari 1510 2310
23.‎ Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga oʻtkazilishi 2710 2310
24.‎ Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarining (mavsumiy tarmoqlarda) kelgusi davr xarajatlariga olib borilishi‎ 3190—3290‎ 2310
25.‎ Mahsulotlarni sotish va yetkazib berishda yordamchi ishlab chiqarishning koʻrsatgan xizmatlari hisobdan chiqarildi‎ 9410‎ 2310‎
26.‎ Yordamchi ishlab chiqarishning mahsulotlari va bajarilgan ishlari, koʻrsatgan xizmatlarining haqiqiy tannarxini hisobdan chiqarish‎ 9130‎ 2310‎
27.‎‏ Yordamchi ishlab chiqarishning sotish va turli chiqib ketishidagi xarajatlarining hisobdan chiqarilishi:‎
asosiy vositalar;‎ 9210‎ 2310‎
nomoddiy aktivlar‎ 9220‎ 2310‎
28.‎ Boshqa korxonalarga yordamchi ishlab chiqarishning investitsiya tariqasida mahsulotlari berildi va xizmatlari koʻrsatildi‎ 9130‎ 2310‎
29.‎ Alohida boʻlinmalarga yordamchi ishlab chiqarishning xarajatlari hisobdan chiqarildi yoki mahsulot berildi‎ 4110‎ 2310‎
30.‎ Tabiiy ofat, yongʻin va shu kabilar natijasida koʻrilgan yordamchi sexlarning zararlari hisobdan chiqarildi‎ 9720‎ 2310‎
31.‎ Yordamchi ishlab chiqarishdagi aniqlangan moddiy qiymatliklarning kamomadi va buzilishlari‎ 5910‎ 2310‎
32.‎ Qaytariladigan va koʻp marta ishlatiladigan idishlar boʻyicha xarajatlar va yoʻqotishlar‎ 9430‎ 2310‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Qayta sugʻurta qilishga oid ragʻbatlantirishlar boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2400)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Qayta sugʻurta qilishga oid ragʻbatlantirishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2410 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tentyemalar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar” schyotida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. 2410 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tentyemalar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar” schyoti debeti boʻyicha 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti bilan bogʻlangan holda qayta sugʻurta qilish operatsiyalari boʻyicha hisoblangan komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida ragʻbatlantirishlarning summasi 2410 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tentyemalar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar” schyotning krediti boʻyicha 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” debetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Qayta sugʻurta qilishga oid ragʻbatlantirishlar boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2400)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni‎‏ Schyotlarning bogʻlanishi‎‎
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Qayta sugʻurta qilishga oid toʻlanadigan komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning hisoblanishi ‎ 2410‎ 6080‎
2.‎ Qayta sugʻurta qilishga oid toʻlangan ragʻbatlantirishlarning ish yuritish xarajatlariga oʻtkazilishi‎ 2010‎ 2410‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (2500)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Sugʻurtalovchining umumishlabchiqarish xarajatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2510 “Umumishlabchiqarish xarajatlari” schyotida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Ushbu schyotda umumishlabchiqarish xarakteriga ega boʻlgan xarajatlar aks ettiriladi, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mashina va uskunalarni saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlab chiqarishga taalluqli boʻlgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarishga taalluqli boʻlgan asosiy vositalarni taʼmirlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ishlab chiqarishdagi mol-mulkning sugʻurta xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ishlab chiqarishda foydalaniladigan ishlab chiqarish binolari, mashina va uskunalar, boshqa ijaraga olingan vositalar uchun ijara toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan ishlab chiqarish xodimlarining mehnat haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Umumishlabchiqarish xarajatlari umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida ishlab chiqarish zaxiralari, xodimlar bilan mehnat haqi boʻyicha hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olingan xarajatlar 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari”, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotlarining debetiga hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumishlabchiqarish xarajatlarini alohida hisob obyektlari orasida taqsimlash tartibi sugʻurtalovchining hisob siyosati orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (2500) boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchining alohida boʻlinmalari va xarajatlar moddalari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (2500)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Umumishlabchiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan asosiy vositalarning eskirishi‎ 2510‎ 0220—0299‎
2.‎ Umumishlabchiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi‎ 2510‎ 0510—0590‎
3.‎ Umumishlabchiqarish maqsadlariga materiallarning sarflanishi‎ 2510‎ 1010—1090‎
4.‎ Umumishlabchiqarish maqsadlariga sarflangan materiallar qiymatidagi farq hisobdan chiqarildi‎ 2510‎ 1610‎
5.‎ Yordamchi ishlab chiqarish xizmatlari umumishlabchiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarildi‎ 2510‎ 2310‎
6.‎ Kelgusi davr xarajatlari umumishlabchiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarildi‎ 2510‎ 3110—3190‎
7.‎ Ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish (energiya, suv, gaz, aloqa va hokazo) boʻyicha mol yetkazib beruvchilarning xizmatlari‎ 2510‎ 6010‎
8.‎ Ilgari taqdim etilgan, lekin qondirilmagan daʼvolar summasining umumishlabchiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarilishi‎ 2510‎ 4860‎
9.‎ Umumishlabchiqarish xarajatlari bilan bogʻliq sugʻurta xarajatlari‎ 2510‎ 6510‎
10.‎ Maqsadli davlat jamgʻarmalariga qilingan ajratmalar umumishlabchiqarish xarajatlariga kiritildi‎ 2510‎ 6520‎
11.‎ Ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan xodimlarning mehnat haqi xarajatlarining hisoblanishi‎ 2510‎ 6710‎
12.‎ Ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish boʻyicha alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar‎ 2510‎ 6110, 6120‎
13.‎ Ilgari ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish uchun berilgan materiallarning ortiqchasi va qaytarilishi‎ 1010‎ 2510‎
14.‎ Umumishlabchiqarish xarajatlarining mahsulot tannarxiga kiritilishi‎ 2310
‎2010 ‎
2510‎
15.‎ Ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish xarajatlari kelgusi davr xarajatlari tarkibida aks ettirildi‎ 3110—3190‎ 2510‎
16.‎ Umumishlabchiqarish xarajatlarining (bekor turib qolishlar va hokazolar) bir qismi javobgar shaxslar zimmasiga yuklandi‎ 4730‎ 2510‎
17.‎ Umumishlabchiqarish xarajatlarining bir qismi (tabiiy ofat, yongʻin va hokazolar sababli) zararlarga hisobdan chiqarildi‎ 9430, 9720‎ 2510‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarni hisobga oluvchi schyotlar (2700)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar bilan bogʻliq xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchining xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklari sifatida sugʻurtalovchining maqsadi boʻlgan faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish va xoʻjaliklar tushuniladi. Jumladan, ushbu schyotda sugʻurtalovchining balansida boʻlgan sogʻliqni saqlash obyektlari, bolalar bogʻchalari, uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlari, sport va madaniyat, tikuvchilik va boshqa maishiy xizmat koʻrsatish ustaxonalari, oshxona va bufetlar, ishchi hayvonlarni saqlovchi xoʻjaliklarini saqlash xarajatlari aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotining debetida xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar aks ettiriladi. Xarajatlar 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotning debetiga tovar-moddiy zaxiralari, mehnat haqi toʻlash boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotining kreditida xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Ushbu summalar 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotining debeti boʻyicha tovar moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlar va boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyoti boʻyicha oy oxiridagi qoldiq tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotlari boʻyicha analitik hisob har bir xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik va xarajat elementlari, moddalari boʻyicha va mahsulot turlari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarni hisobga oluvchi schyotlar (2700)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda foydalanilayotgan asosiy vositalarning eskirishi‎ 2710‎ 0210—0299‎
2.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda band boʻlgan xodimlarga mehnat haqi toʻlash xarajatlari‎ 2710‎ 6710‎
3.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi‎ 2710‎ 0510-0590‎
4.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan yordamchi ishlab chiqarishga koʻrsatilgan va ularning isteʼmol qilgan xizmatlari qiymati‎ 2710‎ 2310‎
5.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar xarajatlarining sotish va maʼmuriy xarajatlarga taqsimlanishi‎ 9410, 9420‎ 2710‎
6.‎ Hisobot davri oxirida xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar zararlarining davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi‎ 9430‎ 2710‎
7.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar ehtiyojlari uchun materiallarning sarflanishi‎ 2710‎ 1010—1090‎
8.‎ Tugallanmagan mahsulotni qayta baholash:
‎a) qiymatining oshirilishi
‎b) qiymatining kamaytirilishi ‎
2710
‎3290 ‎
6230
‎2710 ‎
9.‎ Materiallar qiymatidagi farqlar hisoblangan ulushda xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar schyotiga hisobdan chiqarildi‎ 2710‎ 1610‎
10.‎ Kelgusi davrlar xarajatlarining ulushi xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning mahsuloti, ish va xizmatlari tannarxiga olib borildi‎ 2710‎ 3110—3190‎
11.‎ Mol yetkazib beruvchilardan xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga kelib tushgan moddiy qiymatliklar (suv, bugʻ, energiya va hokazolar) va xizmatlar‎ 2710‎ 6010‎
12.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda sugʻurta boʻyicha xarajatlar‎ 2710 6510‎
13.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning xarajatlari boʻyicha maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar‎ 2710‎ 6520‎
14.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga koʻrsatgan xizmatlari uchun turli korxonalarga boʻlgan qarzlar‎ 2710‎ 6990‎
15.‎ Hisobdor shaxslarga qarzlar‎ 2710‎ 6970‎
16.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklariga alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarning koʻrsatgan xizmatlari‎ 2710‎ 6110, 6120‎
17.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda ortiqcha tugallanmagan ishlab chiqarishning kirim qilinishi‎ 2710‎ 9390‎
18.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning kapital qoʻyilmalarni amalga oshirishdagi xarajatlari va xizmatlari hisobdan chiqarildi‎ 0810—0890‎ 2710‎
19.‎ Ilgari xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar ehtiyojlari uchun hisobdan chiqarilgan materiallarning qaytarilishi‎ 1010—1090‎ 2710‎
20.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning materiallarni xarid qilishda koʻrsatgan xizmatlari va xarajatlari‎ 1510‎ 2710‎
21.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning xarajatlari (mavsumiy tarmoqlarda) kelgusi davr xarajatlari tarkibiga kiritildi‎ 3110-3190‎ 2710‎
22.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning mahsulotlarni yetkazish va sotishda koʻrsatgan xizmatlari hisobdan chiqarildi‎ 9410‎ 2710‎
23.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning sotgan mahsulotlari, bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlarining haqiqiy tannarxini hisobdan chiqarish‎ 9130‎ 2710‎
24.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan boshqa korxonalarga investitsiya tariqasida mahsulotlar berildi va xizmatlar koʻrsatildi‎ 9130‎ 2710‎
25.‎ Alohida boʻlinmalarga xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning mahsulotlari berildi yoki xarajatlari hisobdan chiqarildi‎ 4110‎ 2710‎
26.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning tabiiy ofat, yongʻin va shu kabilar natijasida koʻrgan zararlari hisobdan chiqarildi‎ 9430, 9720‎ 2710‎
27.‎ Boshqa shaxslar va aholidan sotib olingan hayvonlar kirim qilindi‎ 2710‎ 6990‎
28.‎ Mol yetkazib beruvchilar sotib olingan yosh hayvonlar kirim qilindi‎ 2710‎ 6010‎
29.‎ Undirilmaydigan daʼvo summasining hisobdan chiqarilishi‎ 2710‎ 4860‎
30.‎ Hayvonlarni yetkazib berish boʻyicha hisobdor shaxslarning xarajatlari‎ 2710‎ 6870‎
31.‎ Taʼsischilardan ularning ulushi sifatida olingan yosh hayvonlarning kirim qilinishi‎ 2710‎ 4610‎
32.‎ Ishchi otlarning bolasini (toy) kirim qilish‎ 2710‎ 2310‎
33.‎ Boshqa shaxslardan begʻaraz tarzda berilgan yosh hayvonlarni kirim qilish‎ 2710‎ 8530‎
34.‎ Yosh hayvonlarni asosiy podaga oʻtkazish‎ 0840‎ 2710‎
35.‎ Yosh hayvonlarni chetga sotish va inventarizatsiya vaqtida aniqlangan kamchiliklar‎ 9220‎ 2710‎
36.‎ Yosh hayvonlarning shuʼba va qaram korxonalarga berilishi‎ 9220‎ 2710‎
37.‎ Epizootiya natijasida halok boʻlgan yosh hayvonlarni hisobdan chiqarish‎ 9720‎ 2710‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III kichik boʻlim. Kelgusi davr xarajatlari va kechiktirilgan xarajatlar — joriy qismi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Ushbu hisobot davrida amalga oshirilgan, ammo joriy qismi boʻyicha kelgusi hisobot davrlariga taalluqli boʻlgan xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3110 “Oldindan toʻlangan ijara haqi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3120 “Oldindan toʻlangan xizmatlar haqi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Bu schyotlarda quyidagilar bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar aks ettirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) matbuotning davriy nashrlariga yillik obunaning jami summasini oldindan toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mulkning yillik sugʻurtasini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kelgusi davrlar uchun ijara toʻlov badallari va kelgusida tannarxga kiritilishi mumkin boʻlgan boshqa xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100)da hisobga olingan xarajatlar, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetiga hisobdan chiqariladi. Kelgusi davr xarajatlarini joriy xarajatlarga hisobdan chiqarish oʻrnatilgan muddat davomida yoki ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi yoki miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. 3110 “Oldindan toʻlangan ijara haqi” schyotida ushbu hisobot davrida toʻlangan, ammo kelgusi hisobot davriga tegishli ijara haqi hisobga olinadi, masalan, sugʻurtalovchi yil boshida bir yil uchun oldindan ijara haqini toʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. 3120 “Oldindan toʻlangan xizmatlar haqi” schyotida ushbu hisobot davrida oldindan haqi toʻlangan, ammo kelgusi hisobot davrlariga taalluqli boʻlgan xizmatlar hisobga olinadi. Ushbu schyotda obuna boʻyicha xarajatlar va boshqalarni aks ettirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari” schyotida 3110 “Oldindan toʻlangan ijara haqi” va 3120 “Oldindan toʻlangan xizmat haqi” schyotlarida hisobga olinmagan boshqa oldindan toʻlangan xarajatlar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100) boʻyicha analitik hisob schyotlar, xarajat moddalari va obyektlari (yoʻnalishlari) boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Kelgusi davr xarajatlarida hisobga olinadigan ishlarni amalga oshirish uchun materiallar chiqarildi‎ 3190‎ 1010—1090‎
2.‎ Kelgusi davr xarajatlariga tegishli boʻlgan ishlarni amalga oshirishda yordamchi ishlab chiqarishning koʻrsatgan xizmatlari‎ 3190‎ 2310‎
3.‎ Kelgusi davrlar xarajatlariga taalluqli boʻlgan umumishlabchiqarish xarajatlari ulushi hisobdan chiqarildi‎ 3190‎ 2510‎
4.‎ Kelgusi yilga obuna boʻyicha xarajatlar amalga oshirildi‎ 3120‎ 5110‎
5.‎ Kelgusi davr xarajatlariga tegishli boʻlgan moddiy qiymatliklar yoki ishlar uchun mol yetkazib beruvchilarga va pudratchilarga boʻlgan qarzlar‎ 3190‎ 6010, 7010‎
6.‎ Kelgusi davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadigan boshqa toʻlanadigan schyotlar‎ 3190‎ Majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar‎
7.‎ Kelgusi davr xarajatlarining ulushi navbatdagi hisobot davri kelganda tegishli xarajatlar schyotlariga oʻtkazildi‎ Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar‎ 3110—3190‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (3200)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi va kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi boʻyicha axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotida vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻining joriy qismi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik farqlarga tegishli soliqlarning hisoblanishi umumiy summada 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyotining kreditida va joriy qismi 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining debetida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechiktirilgan soliqlarning tegishli qismini uzoq muddatli qismdan joriy qismga oʻtkazish 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining debeti va 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqni kechiktirilgan xarajatlarning tegishli summasiga kamaytirish yuz beradigan davri kelganda soliq summasi 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyotining debetida va 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining kreditida aks ettiriladi. Shunday qilib, 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining debetidagi qoldiq joriy hisobot davrida budjetga toʻlanadigan umumiy soliq summasini kamaytirilishi lozim boʻlgan soliq summasining joriy qismini koʻrsatadi.
(141 va 142-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) 1813-1-sonli buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar” schyoti qoplanish muddati davomida xarajatlarga taqsimlanib boriladigan obligatsiya diskont (chegirma)lar boʻyicha sugʻurtalovchining uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarining joriy qismini aks ettiradi. Ushbu schyot faqat obligatsiyalarni sotuvchi (emitent)lar tomonidan qoʻllaniladi. Obligatsiyalarni chegirma bilan sotish 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar” yoki 0950 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotlari diskont (chegirma)lar summasi va olingan summaga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar debetida va 6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” yoki 7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Obligatsiyalar boʻyicha joriy diskont (chegirma)lar hisoblanganda 9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar” schyoti debetlanadi va 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar” schyoti kreditlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Boshqa kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismiga, uzoq muddatli qismi 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotida hisobga olinadigan va kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda (3100) hisobga olish nazarda tutilmagan xarajatlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debetida boshqa kechiktirilgan xarajatlar 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi. Bu xarajatlarni joriy xarajatlarga oʻtkazish davrining vaqti kelganida ular 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotining kreditidan ushbu xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning debetiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi”, 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar”, 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotlari boʻyicha analitik hisob kechiktirilgan xarajatlarning har bir turi, har bir davri va hisobdan chiqarish muddatlari boʻyicha yuritiladi.
(144-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (3200)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Vaqtinchalik farqlarga tegishli boʻlgan xarajatlar boʻyicha hisoblangan soliqlarning joriy qismi‎ 3210‎ 6410‎
2.‎ Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan soliqni uzoq muddatli qismidan joriy qismiga oʻtkazish‎ 3210‎ 0950‎
3.‎ Oʻtgan hisobot davrida kechiktirilgan tegishli soliq summasiga joriy hisobot davrida budjetga toʻlanadigan soliqlar kamaytirildi‎ 6410‎ 3210‎
4.‎ Obligatsiyalarni chegirma bilan sotish‎ 3220‎ 7830, 6830‎
5.‎ Diskont boʻyicha kechiktirilgan xarajatlarni uzoq muddatli qismidan joriy qismiga oʻtkazish‎ 3220‎ 0960‎
6.‎ Joriy obligatsiya chegirmasini hisobdan chiqarish‎ 9610‎ 3220‎
7.‎ Boshqa kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi‎ 3290‎ Majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar‎
8.‎ Boshqa kechiktirilgan xarajatlarni uzoq muddatli qismidan joriy qismiga oʻtkazish‎ 3290‎ 0990‎
9.‎ Kechiktirilgan xarajatlarning tegishli qismi joriy xarajatlar tarkibiga kiritildi‎ Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar‎ 3290‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV kichik boʻlim. Olinadigan schyotlar — joriy qismi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari quyidagilar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) olingan veksellar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sugʻurta qildiruvchilar, sugʻurta agentlari, brokerlaridan olinadigan schyotlar;
(146-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qayta sugʻurta qilishga berilgan va olingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari va zararlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) hayot sugʻurta boʻyicha ssudalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar;
(146-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) turli yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan boʻnaklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) xodimlar, taʼsischilar va turli debitorlarning qarzlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Chet el valyutasida olinadigan schyotlar ushbu boʻlimning schyotlarida soʻmda chet el valyutasini pulli hisob-kitob hujjatlaridan koʻchirma olingan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan hisobga olinadi. Debitorlik qarzlarini har oyda hisobot oyining oxirgi sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta baholash natijasidagi kurs farqlari (kurs farqi ijobiy boʻlganda) 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” yoki (kurs farqi salbiy boʻlganda) 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotiga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Ushbu kichik boʻlimda quyidagi schyotlarda hisobga olish tartibi yoritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4000 — Olinadigan schyotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4100 — Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar;
(148-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4200 — Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4300 — Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4400 — Budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4500 — Maqsadli davlat jamgʻarmalariga va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4600 — Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4700 — Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4800 — Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4900 — Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezervni hisobga oluvchi schyotlar.
(148-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Olinadigan schyotlar (4000)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan shu jumladan, sugʻurta qildiruvchilar, sugʻurta agentlari va brokerlari, qayta sugʻurtalovchilar, qayta sugʻurta qildiruvchilar va boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan koʻrsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzlari boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
(149-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4020 “Olingan veksellar”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4030 “Sugʻurta qildiruvchilardan olinadigan schyotlar”;
(149-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4080 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zarari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4090 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyotida sotilgan mahsulot (tovar)lar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun xaridorlar va buyurtmachilarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlari boʻyicha debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Shuningdek, ushbu schyotda sugʻurtalovchining oʻzi tomonidan sugʻurta vositachisi, syurveyer va adjaster xizmatlarining koʻrsatilishi boʻyicha debitorlik qarzdorliklar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. 4020 “Olingan veksellar” schyotida olingan veksellar bilan taʼminlangan xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar boʻyicha debitorlik qarzi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatida toʻlanmagan veksellar boʻyicha daʼvo bildirilganda, veksellar qiymati 4020 “Olingan veksellar” schyotining kreditidan 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. 4030 “Sugʻurta qildiruvchilardan olinadigan schyotlar” schyotida sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta qildiruvchilarning debitorlik qarzlari summasi aks ettiriladi. Debitor qarzdorlik vujudga kelganda ushbu schyot 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyoti bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Haqiqatda toʻlanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 4030 “Sugʻurta qildiruvchilardan olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotida sugʻurta qildiruvchilar tomonidan sugʻurta agentlariga yoki brokerlariga toʻlangan, sugʻurtalovchiga kelib tushishi lozim boʻlgan sugʻurta mukofotlarining summalari aks ettiriladi. Sugʻurta agenti yoki brokeridan sugʻurta mukofotining kelib tushganligi toʻgʻrisida xabar kelganda 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotining debeti 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda hisoblangan mukofot summasi aks ettiriladi. Sugʻurta mukofotlarining haqiqatda sugʻurta agenti yoki brokeri tomonidan toʻlanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Agar agentlik kelishuvida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda, sugʻurta agentlari yoki brokerlariga komission mukofotlarning ushlab qolinishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushlab qolingan komission mukofotlar summasiga, 6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
(152 va 153-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlarining summalari aks ettiriladi. Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofoti hisoblanganda, mukofot summasi 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti 6270 “Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, aks ettiriladi. Bundan soʻng haqiqatda olingan sugʻurta mukofoti summasi, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qilish boʻyicha hisoblangan komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar summalari aks ettiriladi. Hisoblangan komission ragʻbatlantirishlar summasiga, 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti 9080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tanyemalar va yigʻimlar boʻyicha daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Haqiqatda olingan komission ragʻbatlantirishlar summasi, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, aks ettiriladi. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning ushlab qolinishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushlab qolingan komission ragʻbatlantirishlar summasiga, 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qilish boʻyicha hisoblangan summalar aks ettiriladi. Qayta sugʻurtalovchidan olinadigan hisoblangan sugʻurta tovonining summasiga, 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti 9070 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushining qoplanishi boʻyicha daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Tovonning toʻlanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sugʻurtalovchining qarzi depo mukofotlar hisobiga qoplansa, depo mukofotlar summasiga, 6070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” debeti 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotida hayot sugʻurtasi turlari boʻyicha sugʻurta polisini taʼminotga olgan holda sugʻurta qildiruvchilarga berilgan ssudalar aks ettiriladi. Sudda berilgan vaqtda ssuda summasi, 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, aks ettiriladi. Ssuda qoplanmagan holatda va sugʻurta qildiruvchining qarzi sugʻurta tovoni summasidan ushlab qolinganda 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar” krediti bilan bogʻlangan holda yozuv amalga oshiriladi. Sugʻurta qildiruvchi tomonidan qarzning qoplanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. 4080 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zarari” schyotida qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sugʻurta qildiruvchi tomonidan qayta sugʻurta qilish berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha unga hisoblangan, qayta sugʻurtalovchi tomonidan vaqtincha ushlab turilgan sugʻurta tovonlarining summasi aks ettiriladi. Ushbu schyot qayta sugʻurta qilish shartnomasida qayta sugʻurta qildiruvchi boʻlgan sugʻurtalovchi tomondan foydalaniladi. Depo sugʻurta tovoni 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti 4080 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zarari” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Qayta sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilgan muddatning tugashi bilan (qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlarini olish muddati kelganda) 4080 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zarari” schyotining krediti 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda teskari provodka beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. 4090 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari” schyotida qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sugʻurta qildiruvchi tomonidan qayta sugʻurta qilish qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha unga hisoblangan, qayta sugʻurta qildiruvchi tomonidan vaqtincha ushlab turilgan sugʻurta mukofotlarining summasi aks ettiriladi. Ushbu schyot qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha qayta sugʻurtalovchi boʻlgan sugʻurtalovchi tomonidan foydalaniladi. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida sugʻurta mukofotlarini qayta sugʻurta qilishga berilayotgan tavakkalchiliklarning jami boʻyicha sugʻurta mukofotlarini maʼlum davr oraligʻida oʻtkazish nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu davr tugagunga qadar qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofoti komission ragʻbatlantirishlar chegirilgan holatda deponentlangan (depo mukofot) hisoblanadi. Depo mukofotlar 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti 4090 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi. Qayta sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilgan muddatning tugashi bilan (qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta mukofotlarini olish muddati kelganda) 4090 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari” schyotining krediti 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda teskari provodka beriladi.
(157, 158 va 159-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4020 “Olingan veksellar” schyotlari asosiy (operatsion) faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000), asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar (9200) va asosiy faoliyatning boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar (9300) bilan bogʻlangan holda xaridor (buyurtmachi)larga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga debetlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4020 “Olingan veksellar” schyotlari pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan kelib tushgan toʻlovlar summasiga, olingan boʻnaklarni hisobga olish va boshqalar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Olinadigan schyotlar boʻyicha analitik hisob har bir xaridor (buyurtmachi), sugʻurta qildiruvchi, sugʻurta vositachisi, qayta sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi boʻyicha yuritiladi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Olinadigan schyotlar (4000)ning bogʻlanishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotishdagi xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari summasi‎ 4010‎ 9210, 9220‎
2.‎ Xaridorlar va buyurtmachilardan asosiy vositalar va boshqa aktivlar obyektlarini sotishdan toʻlovlar kelib tushishi‎ 5010—5530‎ 4010‎
3.‎ Xaridor va buyurtmachiga sotilgan asosiy vositalar va boshqa aktivlar obyektlari boʻyicha daʼvo bildirilishi‎ 4860‎ 4010‎
4.‎ Xaridorlar va buyurtmachilarga sotilgan asosiy vositalar va boshqa aktivlar obyektlari boʻyicha hisob-kitob hujjatlarini taqdim etishda olingan boʻnaklarning hisobga olinishi‎ 6310‎ 4010‎
5.‎ Xaridorlar va buyurtmachilarning toʻlanmagan qarzlarini zararga hisobdan chiqarilishi‎ 9430‎ 4010‎
6.‎ Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezervlar hisobiga hisobdan chiqarilishi‎ 4910‎ 4010‎
7.‎ Olingan veksellar boʻyicha qarzlarning qoplanishi‎ 5010—5530‎ 4020‎
8.‎ Olingan veksellarning uzoq muddatli qismdan joriy qismga oʻtkazilishi‎ 4020‎ 0910‎
9.‎ Sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta qildiruvchilar qarzdorligining vujudga kelishi‎ 4030‎ 6280‎
10.‎ Sugʻurta tovonini toʻlashda navbatdagi vaqtida toʻlanmagan sugʻurta mukofotini ushlab qolish‎ 6030‎ 4030‎
11.‎ Sugʻurta vositachilaridan sugʻurta mukofotining kelib tushganligi toʻgʻrisida xabar olinishi ‎ 4040‎ 6280‎
12.‎ Agentlik kelishuviga muvofiq sugʻurta vositachisi tomonidan hisoblangan komission mukofot summasining ushlab qolinishi‎ 6040‎ 4040‎
13.‎ Sugʻurta vositachisi tomonidan sugʻurta mukofotlarining toʻlanishi‎ 5010, 5020,
‎5110, ‎5210,
‎5220‎
4040‎
14.‎ Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotlarining hisoblanishi‎ 4050‎ 6270‎
15.‎ Qayta sugʻurta qildiruvchi tomonidan qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha komission ragʻbatlantirishlarning ushlab qolinishi‎ 6050‎ 4050‎
16.‎ Qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotining toʻlanishi‎ 5110, 5210, 5220‎ 4050‎
17.‎ Qayta sugʻurtalovchidan olinadigan sugʻurta tovonining hisoblanishi ‎ 4060‎ 9070‎
18.‎ Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha qayta sugʻurtalovchi tomonidan tovonning toʻlanishi‎ 5110, 5210, 5220‎ 4060‎
19.‎ Qayta sugʻurtalovchining tovonlarni toʻlash boʻyicha qarzdorligining depo mukofot hisobidan qoplanishi‎ 6070‎ 4060‎
20.‎ Hayot sugʻurtasi turlari boʻyicha sugʻurta polisi kafolati ostida sugʻurta qildiruvchilarga ssuda berish‎ 4070‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎
21.‎ Ssudalar boʻyicha sugʻurta qildiruvchining qarzdorligini sugʻurta tovoni summasidan ushlab qolish‎ 6030‎ 4070‎
22.‎ Hayot sugʻurtasi boʻyicha ssudalar boʻyicha sugʻurta qildiruvchi qarzdorligining qoplanishi‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎ 4070‎
23.‎ Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlarining hisoblanishi‎ 4090‎ 4050‎
24. Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zararlarining hisoblanishi‎ 4080‎ 4060‎
25.‎ Depo mukofotlarni toʻlash muddatining kelishi‎ 4050‎ 4090‎
26.‎ Depo zararlarni toʻlash muddatining kelishi‎ 4060‎ 4080‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar (4100)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari bilan koʻrsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzlari boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4110 “Alohida boʻlinmalardan olinadigan schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. 4110 “Alohida boʻlinmalardan olinadigan schyotlar” schyotida sugʻurtalovchining umumiy balansiga (ichki xoʻjalik yoki ichki balans hisob-kitoblar) qoʻshiladigan alohida boʻlinmalar (filiallar, vakolatxonalar)ning debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Bu schyotda ajratilgan mulklar, moddiy qiymatliklarni oʻzaro hamkorlikda chiqarish, boʻlinmalarning xodimlariga ish haqi toʻlash va boshqa joriy operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asosiy hujjatlar boʻlib, taʼsis shartnoma, chora-tadbirlar shartnomasi, taʼsischilarning ushbu boʻlinmalarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi qarori, taʼsischilarning mulkni berish toʻgʻrisidagi qarori va boshqalar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan boʻlinmalarga ajratilgan mulk sugʻurtalovchi tomonidan asosiy vositalar (0100), nomoddiy aktivlar (0400), oʻrnatiladigan asbob-uskunalar (0700), materiallar (1000) va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlardan 4110 “Alohida boʻlinmalardan olinadigan schyotlar” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. 4120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” schyotida shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining (balanslararo yoki xoʻjalik ichidagi hisob-kitoblar) debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Ushbu schyotda tovar, mahsulot, ish, xizmatlarni sotish va boshqa joriy operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4110 “Alohida boʻlinmalardan olinadigan schyotlar” va 4120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlardan olinadigan schyotlar” schyotlari boʻyicha analitik hisob har bir alohida boʻlinma, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar (4100)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Debitorlik qarzlarini qoplash uchun alohida boʻlinmalardan asosiy vositalar va boshqa aktivlar kelib tushdi‎ 0110—0190 va boshqalar‎ 4110‎
2.‎ Aohida boʻlinmalarga mol-mulk (asosiy vositalar va boshqa aktivlar) ajratildi‎ 4110‎ 0110—0190 va boshqalar‎
3.‎ Alohida boʻlinmalar xodimlariga mehnat haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari ajratildi‎ 4110‎ 5010, 5110‎
4.‎ Alohida boʻlinmalar tomonidan asosiy vositalar qaytarildi‎ 0110—0190‎ 4110‎
5.‎ Debitorlik qarzlarini qoplash uchun alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan pul mablagʻlari kelib tushdi‎ 5010—5530‎ 4110, 4120‎
6.‎ Alohida boʻlinmalarga moddiy qiymatliklar berildi (1500 schyotdan foydalanganda)‎ 4110‎ 1510‎
7.‎ Materiallar qiymatidagi farq alohida boʻlinmalar hisobiga ularga berilgan materiallar boʻyicha hisobdan chiqarildi (1610 schyotni qoʻllaganda)‎ 4110‎ 1610‎
(paragraf Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Sugʻurtalovchi xodimlariga mehnat haqi boʻyicha, operatsion va maʼmuriy-xoʻjalik xarajatlari uchun hisobdorlik asosida, shuningdek, xizmat safarlari uchun berilgan boʻnaklar boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4210 “Mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4220 “Xizmat safarlariga berilgan boʻnaklar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4230 “Umumxoʻjalik xarajatlari uchun berilgan boʻnaklar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4290 “Xodimlarga berilgan boshqa boʻnaklar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Hisobdorlikka berilgan summaga, xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200) pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan, jumladan 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari”, 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari” schyotlari bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200) xarajatlar va sotib olingan qiymatliklar hisobga olinadigan schyotlar bilan, yoki amalga oshirilgan xarajatlarning turiga qarab boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq ishlatilmagan boʻnaklar (masalan, xizmat safarlari uchun) sugʻurtalovchi kassasiga qaytarilishi hamda xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200)ning kreditida va 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari”, 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari” schyotlarining debetida aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. 4210 “Mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar” schyotida sugʻurtalovchi xodimlariga mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklarning barcha turlari yuzasidan hisob-kitoblar hisobga olinadi. Boʻnaklarning kelgusidagi mehnat haqi hisobiga berilishi xodimlarning sababi koʻrsatilgan arizasiga asosan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ushbu schyotda quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiriladigan, yaʼni 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” schyotining debeti va 4210 “Mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar” schyotining kreditida mehnat haqi boʻyicha har oylik boʻnaklar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. 4220 “Xizmat safarlariga berilgan boʻnaklar” schyotida sugʻurtalovchi xodimlariga xizmat safarlari uchun berilgan boʻnaklar hisobga olinadi. Xorijga xizmat safariga yuborilayotgan xodimga Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2730, 2015-yil 19-noyabr) muvofiq chet el valyutasida boʻnak beriladi. Ushbu valyutadagi boʻnak berilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi boʻyicha soʻmga aylantiriladi va soʻmda hisobga olinadi. Xizmat safarlari uchun berilgan va sarflangan chet el valyutasining hisobi alohida yuritiladi.
(170-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat safarlari uchun boʻnaklar xizmat safari toʻgʻrisidagi buyruq, chiptalar qiymati, kunlik yashash xarajatlari va boshqalar koʻrsatilgan holda boʻnak summasini hisoblash asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. 4230 “Umumxoʻjalik xarajatlari uchun berilgan boʻnaklar” schyotida umumxoʻjalik ehtiyojlari uchun turli xildagi kichik inventar va jihozlarni naqd pulga sotib olish uchun berilgan boʻnaklar aks ettiriladi. Tovar-moddiy qiymatliklarni baholash va kirim qilish tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. 4290 “Xodimga berilgan boshqa boʻnaklar” schyotida 4210 — 4230 schyotlarida aks ettirilmagan sugʻurtalovchi xodimlariga berilgan boshqa boʻnaklar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200) boʻyicha analitik hisob har bir berilgan boʻnak boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Mehnat haqi hisobidan boʻnak berildi‎ 4210‎ 5010‎
2.‎ Xodimlarga kelgusidagi mehnat haqi hisobiga berilgan boʻnaklar ushlab qolindi‎ 6710‎ 4210‎
3.‎ Hisobdor shaxslarga bankdagi schyotlardan boʻnaklar berildi‎ 4220—4290‎ 5110—5530‎
4.‎ Hisobdor shaxslarga kassadan boʻnaklar berildi‎ 4220—4290‎ 5010, 5020‎
5.‎ Hisobdor shaxslarga pul ekvivalentlari berildi‎ 4220—4290‎ 5610‎
6.‎ Ishlatilmagan hisobdor summalari kassaga qaytarildi‎ 5010, 5020‎ 4220—4290‎
7.‎ Ishlatilmagan hisobdor summalari sugʻurtalovchining bankdagi schyotiga qaytarildi‎ 5110—5530‎ 4220—4290‎
8.‎ Hisobdor shaxslar sotib olingan turli xildagi pul ekvivalentlariga haq toʻladi‎ 5610‎ 4220—4290‎
9.‎ Ishlatilmagan pul ekvivalentlari qaytarildi‎ 5610‎ 4220—4290‎
10.‎ Hisobdor shaxslar kapital qoʻyilmalar, tovarlar, hayvonlar, materiallar, asbob-uskunalarni sotib olish, yetkazib kelish, tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirdi‎ 0710—0890, 1010—1090, 2710‎ 4220—4290‎
11.‎ Hisobdor shaxslar asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar, shuningdek, umumishlabchiqarish xarajatlarni amalga oshirdi‎ 2310, 2510, 2710‎ 4220—4290‎
12. Hisobdor shaxslar davr xarajatlariga tegishli boʻlgan turli xildagi xarajatlarni toʻladi‎ 9410—9440‎ 4220—4290‎
13.‎ Hisobdor shaxslar kelgusi davr xarajatlariga tegishli boʻlgan turli xarajatlarni toʻladi‎ 3190‎ 4220—4290‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4300)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni yetkazib berish shuningdek, ish bajarish va xizmat koʻrsatish uchun berilgan boʻnaklar boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4310 “TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4330 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun berilgan boʻnaklar”;
(174-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4340 “Boshqa berilgan boʻnaklar”.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Berilgan boʻnaklar summasi, shuningdek, qisman tayyor holdagi tovarlar, ish va xizmatlar uchun toʻlangan summalar 4310 “TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar”, 4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar”, 4330 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun berilgan boʻnaklar”, 4340 “Boshqa berilgan boʻnaklar” schyotlarining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻnaklar mol yetkazib beruvchilar va sugʻurtalovchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma yoki kontrakt asosida beriladi. Ayrim hollarda, qisman bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi dalolatnoma boʻlishi mumkin. Bunda toʻlov topshiriqnomalarida qisman toʻlov miqdori yoki oldindan toʻlov foizi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4300) boʻyicha analitik hisob har bir debitor boʻyicha yuritiladi.
(175-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4300)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash uchun naqd pulda boʻnaklar berildi‎ 4310‎ 5010
2.‎ Bankdagi schyotlardan boʻnaklar oʻtkazildi‎ 4310—4340‎ 5110—5530‎
3.‎ Olingan kreditlar va qarzlar hisobidan boʻnaklar oʻtkazildi‎ 4310—4340‎ 6810—6820, 7810—7820‎
4.‎ Kontraktning bekor qilinishi natijasida avval berilgan boʻnaklar qaytarildi‎ 5010—5530‎ 4310—4340‎
5.‎ Avval berilgan ogohlantirish chora-tadbirlari uchun berilgan boʻnaklarning ogohlantirish chora-tadbirlari boʻyicha vujudga kelgan kreditorlik qarzdorlik hisobiga yopilishi‎ 6011‎ 4330‎
6.‎ Mol yetkazib beruvchilar yoki pudratchilarga boʻlgan qarzlarni qoplashda avval berilgan boʻnaklarning hisobga olinishi‎ 6010, 7010‎ 4310—4340‎
7.‎ Mol yetkazib beruvchilarga berilgan boʻnaklarning daʼvo muddati oʻtganlari hisobdan chiqarildi‎ 9430‎ 4310—4340
8.‎ Berilgan boʻnakning tegishli summasi uzoq muddatli qismidan joriy qismga oʻtkazildi‎ 4310—4340‎ 0940‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177. Sugʻurtalovchi tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlangan boʻnaklar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 4410 “Budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)” schyotida amalga oshiriladi.
(177-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. 4410 “Budjetga soliqlar va boshqa yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)” schyotida boʻnak sifatida toʻlangan soliq summalari, shu jumladan xarid qilingan tovar-material zaxiralari boʻyicha hisob-kitob hujjatlarida koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olinadi. Soliqlar summasini hisobdan chiqarish 4410 “Budjetga soliqlar va boshqa yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)” schyotining kreditida 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetga boʻnak toʻlovlari oʻtkazilganda budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400)ning debeti va pul mablagʻlarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditida yozuvlar amalga oshiriladi. Budjetga toʻlovlar boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyotining debeti va budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400)ning krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179. Budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Xarid qilingan moddiy resurslar, tovarlar, ishlar va xizmatlar boʻyicha QQS summasi‎ 4410‎ 6010, 6120, 6990‎
2.‎ Budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha boʻnaklar oʻtkazildi‎ 4410‎ 5110‎
3.‎ Moddiy resurslar, tovarlar, ish va xizmatlarga tegishli boʻlgan QQS hisobga olindi‎ 6410‎ 4410‎
4.‎ Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar‎ 6410‎ 4410‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Maqsadli davlat jamgʻarmalariga va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180. Sugʻurtalovchi tomonidan maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha majburiy toʻlovlari boʻyicha toʻlangan boʻnaklar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4510 “Sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. 4510 “Sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari” schyotida sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurtalar boʻyicha toʻlangan boʻnak toʻlovlari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. 4520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlari” schyotida sugʻurtalovchi tomonidan budjetdan tashqari Pensiya, Yoʻl va boshqa maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlangan boʻnak toʻlovlari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻnak toʻlovlarini oʻtkazishda maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)ning debeti, pul mablagʻlarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditida yozuvlar amalga oshiriladi. Majburiy toʻlovlar boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarda 6510 “Sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari”, 6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlar” schyotlarining debeti va maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)ning kreditida yozuvlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. Maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari oʻtkazildi‎ 4510—4520‎ 5110—5530‎
2.‎ Maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalarga toʻlovlar boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar‎ 6510—6520‎ 4510—4520‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4600)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Sugʻurtalovchi taʼsischilari (aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari, oʻrtoqlik jamiyatlarining ishtirokchilari va sh. k.)ning sugʻurtalovchi ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha qarzlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Sugʻurtalovchini tashkil qilishda taʼsischilar yoki aksiyaga obuna boʻlgan shaxslarning qarz summasi 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining debeti ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8300) bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsischilarning ulush summalari pul mablagʻlari koʻrinishida haqiqatda kelib tushganda 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda yozuv amalga oshiriladi. Moddiy va boshqa qiymatliklar (pul mablagʻlaridan tashqari) koʻrinishidagi ulushlar 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining kreditida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, materiallar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchiga mulk sifatida aksiyalarga toʻlov uchun natura shaklida berilgan mol-mulk taʼsischilar kelishuvi asosida aniqlangan bahoda kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyoti boʻyicha analitik hisob (koʻrsatuvchiga aksiyalaridan tashqari) har bir taʼsischi boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4600)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Ishtirokchilar ulushlari summasida (aksiyaga obuna summasida) ustav kapitalining eʼlon qilingan hajmi (sugʻurtalovchi roʻyxatdan oʻtgandan keyin)‎ 4610‎ 8310, 8320, 8330‎
2.‎ Taʼsischilar sugʻurtalovchi mulkiga tugallanmagan qurilish, asbob uskuna, asosiy vositalarni taqdim etishdi‎ 0110—0190,
‎0710—0720, 0810‎
4610‎
3.‎ Taʼsischilar aksiyalarga obuna toʻlovi sifatida nomoddiy aktivlarni taqdim etishdi‎ 0410—0490‎ 4610‎
4.‎ Taʼsischilar aksiyalarga obuna toʻlovi sifatida uzoq muddatli va qisqa muddatli investitsiyalarni taqdim etishdi‎ 0610, 5810‎ 4610‎
5.‎ Taʼsischilar sugʻurtalovchi mulkiga tovar-moddiy zaxiralarini taqdim etishdi‎ 1010—1090‎ 4610‎
6.‎ Taʼsischilarning ulushlari summasi pul mablagʻlari koʻrinishida kelib tushdi‎ 5010—5530‎ 4610‎
7.‎ Sugʻurtalovchining ustav kapitaliga ulushlari taʼsischilarning mehnat haqidan ushlab qolindi‎ 6710‎ 4610‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4700)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. Sugʻurtalovchi xodimlari bilan mehnat haqi boʻyicha, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblardan tashqari barcha turdagi hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotida sugʻurtalovchi xodimlariga kreditga berilgan tovarlar boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditga tovar sotib olgan shaxslar ishlaydigan sugʻurtalovchilar tovarlar qiymati summasini savdo tashkilotlariga bank krediti hisobiga qoplashi mumkin. Bank tomonidan tegishli hisob-kitob hujjatlari toʻlanganda 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyotlari bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Sugʻurtalovchi xodimlaridan navbatdagi toʻlovlarning ushlab qolishda 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishilar” schyoti 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti bilan bogʻlangan holda debetlanadi, soʻng esa ushlab qolingan summa bank kreditini toʻlash uchun 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyotining kreditidan 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyotlarining debetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzining xodimlari tomonidan kreditga sotib olgan tovarlar boʻyicha qarzlarini qoplashda bank kreditlaridan foydalanmaydigan sugʻurtalovchilar, ushbu xodimlar bergan topshiriq-majburiyatlariga asosan ularning mehnat haqi summasidan navbatdagi toʻlovlarni ushlab qolinganda 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” schyoti turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) bilan bogʻlangan holda (savdo korxonalarining litsevoy schyotlari boʻyicha) debetlanadi. Ushlab qolingan summaning savdo korxonalariga oʻtkazish berilishiga qarab, turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda debetlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189. 4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotida sugʻurtalovchi xodimlariga berilgan qarzlar boʻyicha hisob-kitoblar aks ettiriladi (masalan, yakka tartibda uy-joy qurishga va boshqalarga).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotining debetida xodimlarga berilgan qarz summasi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Agar mablagʻlar sugʻurtalovchiga berilgan kredit hisobidan bevosita bank tomonidan (bu mablagʻlarni oldindan sugʻurtalovchining hisob-kitob schyotiga oʻtkazmasdan) xodimlarga berilsa, bunda 4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotining debetida 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyotlari bilan bogʻlangan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor xodimlardan kelib tushgan toʻlovlar summasiga 4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti (qabul qilingan toʻlovlar tartibidan kelib chiqqan holda) 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” schyotlari bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kreditlarini qoplash 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari”, 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyotlarining debetida va bankka tegishli boʻlgan summa oʻtkazilgan pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190. 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotida sugʻurtalovchi xodimi tomonidan pul mablagʻlari va tovar-moddiy qiymatliklarning kamomadi va talon-toroj qilinishi, yaroqsizlik natijasida yetkazgan moddiy zararni qoplash boʻyicha hisob-kitoblar, shuningdek, boshqa turdagi zararlarni qoplash boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotining debetida aybdor shaxslardan undirib olinadigan summalar tovar-moddiy zaxiralar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotining kreditida, toʻlangan toʻlovlar summasiga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar va moddiy zararni qoplash uchun mehnat haqidan ushlab qolinadigan summaga 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” schyoti bilan bogʻlangan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari” schyotida 4710 — 4730 schyotlarida aks ettirilmagan sugʻurtalovchi xodimlari bilan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa operatsiyalar boʻyicha xodimlarning qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4700) boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchining har bir xodimi boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4700)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Savdo korxonalari tomonidan xodimlarga kreditga sotilgan tovarlar uchun oʻtkazib berildi‎ 4710‎ 5110—5530‎
2.‎ Kreditga olingan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi uchun bank kreditlari olindi‎ 4710‎ 6810, 7810‎
3.‎ Kreditga olingan tovarlarning toʻlovi uchun xodimlardan kelib tushgan navbatdagi toʻlovlar summasi‎ 5010, 5110‎ 4710‎
4.‎ Kreditga olingan tovarlar uchun xodimlarning mehnat haqidan ushlab qolingan toʻlovlar‎ 6710‎ 4710‎
5.‎ Xodimlarga berilgan qarzlar summasi‎ 4720‎ 5010—5530‎
6.‎ Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar‎ 4730‎ 9210, 9220‎
7.‎ Qimmatli qogʻozlarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar‎ 4730‎ 0610—0690,
‎5810—5830‎
8.‎ Tovar-moddiy qiymatliklarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar‎ 4730‎ 1010—1090‎
9.‎ Inventarizatsiya natijasida kassadagi pul mablagʻlari va pul ekvivalentlarining kamomadi‎ 4730‎ 5010, 5020, 5610‎
10.‎ Xodimlarga pul ekvivalentlari berildi‎ 4790‎ 5610‎
11.‎ Boshqa operatsiyalar boʻyicha xodimlarning qarzi zararga hisobdan chiqarildi, agar undirilishi sud tomonidan rad etilgan boʻlsa‎ 9430‎ 4790‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar (4800)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Yuqorida tushuntirish berilgan olinadigan schyotlarda koʻrsatilmagan turli operatsiyalar, jumladan, olinadigan foizlar, dividendlar, royalti, moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar, daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar va boshqalar boʻyicha debitorlar bilan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
(193-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar”;
(193-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4820 “Operativ ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar”;
(193-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4830 “Olinadigan foizlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4840 “Olinadigan dividendlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4850 “Olinadigan royalti”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4890 “Boshqa debitorlar qarzlari”.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. 4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyotida shartnomaga muvofiq moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan ijara toʻlovlarining joriy qismi hisobga olinadi. Ijara toʻlovlari joriy qismining kelib tushishi 4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
(194-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. 4820 “Operativ ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyotida shartnomaga muvofiq ijara boʻyicha olinadigan ijara toʻlovlari hisobga olinadi. Ijara toʻlovlari hisoblanganda 4820 “Operativ ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti 9350 “Operativ ijaradan daromadlar” schyoti bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Ijara toʻlovlarining kelib tushishi 4820 “Operativ ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
(195-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. 4830 “Olinadigan foizlar” schyotida foizlarni hisoblash va ularning olinishi hisobga olinadi. Muddati oʻtgan foizlar alohida hisobga olinadi va ular boʻyicha shartnomaga muvofiq penya hisoblanadi. Ushbu schyotda, shuningdek, sugʻurta polisi kafolati ostida berilgan ssudlar boʻyicha hisoblangan foizlar ham hisobga olinadi. Ssudalar boʻyicha foizlarning hisoblanishi 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining debeti 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Ssudalar boʻyicha hisoblangan foizlarni sugʻurta tovoni hisobidan ushlab qolishda 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda yozuv amalga oshiriladi.
(196-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. 4840 “Olinadigan dividendlar” schyotida qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividendlarni hisoblash boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. 4850 “Olinadigan royalti” schyotida royaltini hisoblash va ularning olinishi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debetida daʼvolar boʻyicha hisob-kitoblar, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Sugʻurta tovonini qoplash boʻyicha sugʻurta hodisasining yuz berganligida aybdor boʻlgan uchinchi shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mol yetkazib beruvchilarga, pudratchilarga va transport tashkilotlariga ularning schyotlari tekshirilganda shartnomada kelishilgan va preyskurantda nazarda tutilgan baho va tariflarning bir-biriga muvofiq kelmasligi, shuningdek, arifmetik xatolar aniqlanganda — mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga taqdim etilgan schyotlardagi baholarning oshib ketishi yoki arifmetik xatolar tovar-moddiy qiymatliklar yoki xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda yozuvlar amalga oshirilgandan soʻng aniqlanganda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar yoki ishlab chiqarish zaxiralari, tovarlar va tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mol yetkazib beruvchilarga, transport va boshqa tashkilotlarga yukning kamomadi boʻyicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar bilan bogʻlangan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sugʻurtalovchining schyotlaridan notoʻgʻri hisobdan chiqarilgan (oʻtkazilgan) summalar boʻyicha bank muassasalariga, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) shartnoma majburiyatlariga rioya etmaganligi uchun mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqalardan, toʻlovchilar tomonidan tan olingan yoki iqtisodiy sud tomonidan belgilangan miqdorda olinadigan jarimalar, penyalar, neustoykalar boʻyicha (toʻlovchilar tomonidan tan olinmagan, bildirilgan daʼvolar summasi hisobda aks ettirilmaydi), 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi;
(199-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) mol yetkazib beruvchilar yoki pudratchilarga ularning aybi bilan yuzaga kelgan, yaroqsiz mahsulotlar va boʻsh turib qolishlar boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200. 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyoti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda kelib tushgan toʻlovlar summasiga kreditlanadi. Keyinchalik aniqlangan va olinishi kerak boʻlmagan summalar, qoidaga muvofiq, hisobga olishga qabul qilingan shu schyotlarga 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti boʻyicha olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob daʼvolar boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyotida yuqoridagi schyotlarda koʻrsatilmagan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Analitik hisob har bir debitor boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar (4800)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni

Schyotlarning bogʻlanishi

Debet‎

Kredit‎

1.‎

Moliyaviy ijara boʻyicha toʻlovlarning joriy qismi‎

4810‎

0920‎

2.‎

Operativ ijara boʻyicha olinadigan summalarni hisoblash‎

4820‎

9350‎

3.‎

Ijara boʻyicha qarzlarni qoplash uchun ijarachilardan summalar kelib tushdi‎

5010 — 5530‎

4810, 4820‎

4.‎

Olingan veksellar boʻyicha foizlar hisoblandi‎

4830‎

9530‎

5.

Mijozlardan kelib tushadiganlar aks ettirildi:

a) foizlar‎

4830‎

9530‎

b) dividendlar‎

4840‎

9520‎

v) royalti ‎‎

4850‎

9510‎

6.‎

Sugʻurtalovchining bankdagi schyotiga foizlar va dividendlar kelib tushdi‎

5110 — 5530‎

4830, 4840‎

7.‎

Ssudalar boʻyicha hisoblangan foizlarning toʻlanishi‎

Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎

4830‎

8.‎

Toʻlanayotgan sugʻurta tovonlari hisobidan ssudalar boʻyicha foizlarning ushlab qolinishi‎

6030‎

4830‎

9.‎

Boshqa tashkilotlardan royaltining kelib tushishi‎

5110 — 5530‎

4850‎

10.‎

Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar schyotida aniqlangan baho va tariflarning bir-biriga muvofiq kelmasligi, xatolar boʻyicha mol yetkazuvchilarga daʼvo bildirildi‎

4860‎

0710 — 0720‎

11.‎

Kapital qurilish uchun ilgari toʻlangan, hajmning oshib ketishi, baholarning nomutanosibligi va schyotlardagi xatolar boʻyicha pudratchilarga daʼvo bildirildi‎

4860‎

0810 — 0890‎

12.‎

Baholarning nomutanosibligi va arifmetik xatolar boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarining kamomadi boʻyicha mol yetkazib beruvchilarga daʼvo bildirildi‎

4860‎

1010 — 1090‎

13.‎

Kamomadlar, schyotlardagi xatolar, sifat boʻyicha daʼvo bildirildi (1510 schyotdan foydalanilganda)‎

4860‎

1510‎

14.‎

Sugʻurtalovchi schyotlaridan notoʻgʻri olingan summalar boʻyicha bankka daʼvo bildirildi‎

4860‎

5110 — 5530‎

15.‎

Kelib tushgan moddiy qiymatliklarni kirim qilishda mol yetkazib beruvchilarga daʼvolar bildirildi‎

4860‎

6010‎

16.‎

Boshqa korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun tan olingan jarima, penya va neustoykalar, shuningdek, sugʻurta shartnomalari boʻyicha regress daʼvolar summasi‎

4860‎

9330‎

17.‎

Qoniqtirilmagan daʼvo summasi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarga olib borildi‎

Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar‎

4860‎

18.‎

Alohida boʻlinmalar tomonidan turli tashkilotlarga xizmat koʻrsatildi‎

4890‎

6110‎

19.‎

Boshqa korxonalar va shaxslar hisobidan xodimlarga tegishli boʻlgan summalar‎

4890‎

6710‎

20.‎

Regress talablar boʻyicha daʼvolarning toʻlanishi‎

Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎

4860‎

(202-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezervni hisobga oluvchi schyotlar (4900)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezervlarning holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 4910 “Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezerv” schyotida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. Sugʻurtalovchining yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblari boʻyicha ishonchsiz qarzlari summasiga rezerv tashkil qilinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda qoplanmagan va tegishli kafolatlar bilan taʼminlanmagan sugʻurtalovchining debitorlik qarzi ishonchsiz qarz sifatida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezerv hisobot yili oxirida sugʻurtalovchining debitorlik qarzlarining inventarizatsiyasi natijalari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezerv hajmi har bir ishonchsiz qarz boʻyicha alohida, qarzdorning moliyaviy ahvoli (toʻlov qobiliyati) va qarz summasini toʻliq yoki qisman toʻlash ehtimolini baholash asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shubhali qarz boʻyicha rezerv tashkil etilgan yildan keyingi yilning oxirigacha ushbu rezervning maʼlum bir qismi ishlatilmasa, u holda ishlatilmagan summa tegishli yilning foydasiga qoʻshiladi va foyda soligʻini hisoblashda soliq bazasiga qoʻshilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari sugʻurtalovchi tomonidan ishonchsiz qarz sifatida tan olingan qarzlarni balansdan chiqarish 4910 “Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezerv” schyotining debetida tegishli debitorlar bilan hisob-kitoblar (olinadigan schyotlar)ni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Ishlatilmagan ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezerv summasining foydaga qoʻshilishi 4910 “Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezerv” schyotining debetida va 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4910 “Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezerv” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir ishonchsiz qarz va rezerv tashkil qilingan muddat boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezervni hisobga oluvchi schyotlar (4900)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezerv tashkil qilindi‎ 9430‎ 4910‎
2.‎ Xaridor va buyurtmachilarning qarzlari ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezerv hisobiga hisobdan chiqarildi‎ 4910‎ 4010, 4020‎
3.‎ Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezervlar summasining ishlatilmagan qismini ular tashkil etilgan yildan keyingi yilning foydasiga qoʻshilishi‎ 4910‎ 9390‎
(paragraf Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V kichik boʻlim. Pul mablagʻlari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. Ushbu boʻlimning schyotlari sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan kassadagi mavjud milliy va chet el valyutasidagi, Oʻzbekiston Respublikasi hududi va xorijdagi banklar schyotlardagi pul mablagʻlari, pul ekvivalentlari, qimmatli qogʻozlarga qilingan qisqa muddatli qoʻyilmalar, shuningdek, kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar va boshqa joriy aktivlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207. Ushbu boʻlimdagi schyotlarda chet el valyutasidagi pul mablagʻlari va ularga tegishli operatsiyalar milliy valyutada — soʻmda, chet el valyutasini pulli hisob-kitob hujjatlaridan koʻchirma olingan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta hisoblash orqali hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Pul mablagʻlari qoldigʻini hisobot oyining oxirgi sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha har oydagi qayta baholash natijasidagi kurs farqlari (ijobiy kurs farqi) 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” yoki (salbiy kurs farqi) 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotiga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209. Ushbu boʻlimda quyidagi schyotlardagi hisob tartibi yoritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5000 — Kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5100 — Hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5200 — Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5500 — Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5600 — Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5700 — Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)larini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5800 — Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5900 — Kamomadlar va qiymatliklarning buzulishidan yoʻqotishlar va boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5000)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210. Sugʻurtalovchi kassasidagi pul mablagʻlarining naqdligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5020 “Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning (5000) debeti boʻyicha sugʻurtalovchi kassasiga kelib tushgan pul mablagʻlari aks ettiriladi. Krediti boʻyicha sugʻurtalovchi kassasidan toʻlanadigan pul mablagʻlari va limitdan ortiqcha pulni bankka topshirish aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5000)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotishdan tushumning naqd pulda olinishi‎ 5010, 5020‎ 9210—9220‎
2.‎ Bankdagi tegishli schyotlardan pul mablagʻlari kassaga kelib tushdi (ish haqi, nafaqa, mukofotlar va shu kabilarni berish uchun)‎ 5010, 5020‎ 5110—5530‎
3.‎ Hisobdor shaxslar tomonidan ishlatilmagan oldin olingan boʻnaklarning qaytarilishi‎ 5010, 5020‎ 4220—4290‎
4.‎ Aksiyani nominal qiymatidan yuqori narxda sotish natijasida olingan emissiya daromadi‎ 5010, 5020‎ 8410‎
5.‎ Taʼsischilar oʻzlarining ulushlari hisobidan sugʻurtalovchining ustav kapitaliga naqd pul mablagʻlarini kiritdi‎ 5010, 5020‎ 4610‎
6.‎ Kvartira ijarachilaridan qarz summasi kelib tushdi‎ 5010, 5020‎ 4890‎
7.‎ Kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari va boshqa toʻlovlarning kelib tushishi‎ 5010, 5020‎ 4890‎
8.‎ Ishchilarga alohida uy-joy qurishga qarz berish uchun kredit summasi naqd pulda olindi‎ 5010, 5020‎ 6810, 7810‎
9.‎ Pul mablagʻlari kassadan topshirildi va bankdagi hisob-kitob schyotiga oʻtkazildi‎ 5110—5530‎ 5010, 5020‎
10.‎ Sugʻurta agentidan sugʻurta mukofotlari olindi‎ 5010, 5020‎ 4040‎
11.‎ Sugʻurta qildiruvchidan sugʻurta mukofotlari olindi‎ 5010, 5020‎ 4030‎
12.‎ Aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalar qaytarib sotib olindi‎ 8610, 8620‎ 5010, 5020‎
13.‎ Qimmatli qogʻozlarni sotib olishdagi xarajatlar toʻlandi (brokerlar, maslahatchilar xizmati uchun toʻlovlar)‎ 9690‎ 5010, 5020‎
14.‎ Hisoblangan mehnat haqi va boshqa toʻlovlar berildi (mukofot va shu kabilar)‎ 6710‎ 5010, 5020‎
15.‎ Hisobdor summalar berildi‎ 4220—4290‎ 5010, 5020‎
16.‎ Xodimlarga berilgan qarz summasi‎ 4720‎ 5010, 5020‎
17.‎ Turli xil summalar berildi (bajarish varaqalari boʻyicha va boshqalar)‎ 6990‎ 5010, 5020‎
18.‎ Sugʻurtalovchining alohida boʻlinmalari hisobiga naqd toʻlanishi‎ 4110‎ 5010, 5020‎
19.‎ Tabiiy ofatlar bilan bogʻliq turli xil qoplanmaydigan xarajatlar toʻlanishi‎ 9720‎ 5010, 5020‎
20.‎ Pul mablagʻlarining kamomadi (inventarizatsiya natijasida)‎ 4730‎ 5010, 5020‎
21.‎ Hisoblangan foizlar boʻyicha qarzlar qoplanishi 6920 5010, 5020‎
22.‎ Ijaraga beruvchiga tegishli toʻlovlarning toʻlanishi‎ 6910, 6950‎ 5010, 5020‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5100)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Sugʻurtalovchining bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 5110 “Hisob-kitob schyoti”da amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213. 5110 “Hisob-kitob schyoti”ning debeti boʻyicha sugʻurtalovchining hisob-kitob schyotiga pul mablagʻlarining kelib tushishi aks ettiriladi. 5110 “Hisob-kitob schyoti”ning kreditida sugʻurtalovchining hisob-kitob schyotidan pul mablagʻlarining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank koʻchirmasini tekshirish natijasida sugʻurtalovchining hisob-kitob schyoti debeti yoki kreditiga xatolik bilan olib borilgan summalar 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” yoki 6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyoti boʻyicha operatsiyalar bank koʻchirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5100) boʻyicha analitik hisob milliy valyutadagi pul mablagʻlarini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214. Hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5100)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Ijaraga berilgan asosiy vositalar boʻyicha ijarachidan ijara toʻlovlarining kelib tushishi‎ 5110‎ 4810, 4820‎
2.‎ Tovarlarni kreditga sotishdan tushgan pullar‎ 5110‎ 4710‎
3.‎ Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotilishidan tushgan tushumlar‎ 5110‎ 4010‎
4.‎ Pul mablagʻlari kassadan hisob-kitob schyotiga topshirildi‎ 5110‎ 5010‎
5.‎ Chet el valyutasini sotib olish uchun pul mablagʻlari oʻtkazildi‎ 5530‎ 5110‎
6.‎ Bankka qaytarilgan chek va akkreditivlar boʻyicha summalar hisob-kitob schyotiga oʻtkazildi‎ 5110‎ 5510, 5520‎
7.‎ Ilgari qisqa muddatli investitsiya tartibida berilgan qarzlarning qaytarilishi‎ 5110‎ 5830‎
8.‎ Ilgari berilgan boʻnak qaytarildi‎ 5110‎ 4310—4390‎
9.‎ Qondirilgan daʼvolar summasining kelib tushishi‎ 5110‎ 4860‎
10.‎ Olingan boʻnaklar summasi‎ 5110‎ 6310—6390‎
11.‎ Ilgari aksiyaga obuna boʻlgan taʼsischilardan ulush summasining kelib tushishi‎ 5110‎ 4610‎
12.‎ Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan aksiyalardan emission daromadning kelib tushishi‎ 5110‎ 8410‎
13.‎ Sugʻurta agenti va brokeridan sugʻurta mukofotining kelib tushishi‎ 5110‎ 4040‎
14.‎ Sugʻurta qildiruvchilardan sugʻurta mukofotlarining kelib tushishi‎ 5110‎ 4030‎
15.‎ Qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning kelib tushishi‎ 5110‎ 4050‎
16.‎ Qayta sugʻurta qilish boʻyicha zarar ulushi qoplamasining kelib tushishi‎ 5110‎ 4060‎
17.‎ Sugʻurta polisi kafolati ostida berilgan ssudalar boʻyicha sugʻurta qildiruvchining qarzdorligining qoplanishi‎ 5110‎ 4830‎
18.‎ Sugʻurtalovchining sugʻurta qildiruvchi oldidagi qarzining qoplanishi‎ 6030‎ 5110‎
19.‎ Sugʻurtalovchining sugʻurta agentlari va brokerlari oldidagi qarzdorligining qoplanishi‎ 6040‎ 5110‎
20.‎ Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha qarzdorlikning qoplanishi‎ 6050‎ 5110‎
21.‎ Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha qarzdorlikning qoplanishi‎ 6060‎ 5110‎
22.‎ Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning toʻlanishi‎ 6080‎ 5110‎
23.‎ Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslar xizmati haqini toʻlash‎ 6090‎ 5110‎
24.‎ Bankdan kassaga pul mablagʻlari kelib tushdi (mehnat haqi, nafaqa, mukofot va shu kabilarni berish uchun)‎ 5010‎ 5110‎
25.‎ Xususiy aksiyalarning sotib olinishi‎ 8610, 8620‎ 5110‎
26.‎ Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzlarning qoplanishi‎ 6010‎ 5110‎
27.‎ Berilgan boʻnaklar summasi‎ 4310—4340‎ 5110‎
28.‎ Ilgari olingan boʻnaklarning qaytarilishi‎ 6300, 7310‎ 5110‎
29.‎ Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz summasining oʻtkazilishi‎ 6410‎ 5110‎
30.‎ Sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarning qoplanishi‎ 6510—6530‎ 5110‎
31.‎ Taʼsischilarga hisoblangan dividendning toʻlanishi‎ 6610‎ 5110‎
32.‎ Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan qarz summasining qoplanishi‎ 6110, 6120‎ 5110‎
33.‎ Qisqa muddatli kredit va qarzlarning qoplanishi‎ 6810—6840‎ 5110‎
34.‎ Uzoq muddatli kredit va qarzlarning joriy qismining qoplanishi‎ 6950‎ 5110‎
35.‎ Hisoblangan foizlar boʻyicha qarzlarning qoplanishi‎ 6920‎ 5110‎
36.‎ Ijaraga beruvchiga tegishli boʻlgan toʻlovlar toʻlandi‎ 6910, 6950‎ 5110‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5200)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215. Oʻzbekiston Respublikasi va chet mamlakatlar hududidagi banklar schyotlaridagi chet el valyutasidagi pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216. 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari” va 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” schyotlarining debetida valyuta schyotlariga pul mablagʻlarining kelib tushishi, kreditida esa pul mablagʻlarining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank koʻchirmasini tekshirish natijasida aniqlangan sugʻurtalovchining valyuta schyotining debeti yoki kreditiga xatolik bilan oʻtkazilgan summalar 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” yoki 6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotlari bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobida valyuta schyoti boʻyicha operatsiyalar bank koʻchirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar boʻyicha analitik hisob, chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217. Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5200)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Ijaraga berilgan asosiy vositalar boʻyicha ijarachidan ijara toʻlovlarining kelib tushishi‎ 5210, 5220‎ 4810, 4820‎
2.‎ Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotilishidan valyutaning kelib tushishi‎ 5210, 5220‎ 4010‎
3.‎ Kassadan valyuta mablagʻlarining valyuta schyotiga topshirilishi‎ 5210, 5220‎ 5020‎
4.‎ Ishlatilmagan chek va akkreditiv summasining valyuta schyotiga oʻtkazilishi‎ 5210, 5220‎ 5510—5520‎
5.‎ Ilgari qisqa muddatli investitsiyalar tartibida berilgan qarzning qaytarilishi‎ 5210, 5220‎ 5830‎
6.‎ Ilgari berilgan boʻnaklarning qaytarilishi‎ 5210, 5220‎ 4310—4340‎
7.‎ Qondirilgan daʼvolar summasining kelib tushishi‎ 5210, 5220‎ 4860‎
8.‎ Olingan boʻnaklar summasi‎ 5210, 5220‎ 6300, 7310‎
9.‎ Ilgari aksiyalarga obuna boʻlgan taʼsischilardan ulush summasining kelib tushishi‎ 5210, 5220‎ 4610‎
10.‎ Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan aksiyalardan emission daromadning kelib tushishi‎ 5210, 5220‎ 8410‎
11.‎ Sugʻurta agenti va brokeridan sugʻurta mukofotining kelib tushishi‎ 5210, 5220‎ 4040‎
12.‎ Sugʻurta qildiruvchilardan sugʻurta mukofotlarining kelib tushishi‎ 5210, 5220‎ 4030‎
13.‎ Qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning kelib tushishi‎ 5210, 5220‎ 4050‎
14.‎ Qayta sugʻurta qilish boʻyicha zarar ulushi qoplamasining kelib tushishi‎ 5210, 5220‎ 4060‎
15.‎ Sugʻurtalovchining sugʻurta qildiruvchi oldidagi qarzining qoplanishi‎ 6030‎ 5210, 5220‎
16.‎ Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha qarzdorlikning qoplanishi‎ 6050‎ 5210, 5220‎
17.‎ Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha qarzdorlikning qoplanishi‎ 6060‎ 5210, 5220‎
18.‎ Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning toʻlanishi‎ 6080‎ 5210, 5220‎
19.‎ Investitsiyaga valyuta mablagʻlarning qoʻyilishi‎ 0600, 5800‎ 5210, 5220‎
20.‎ Bankdan kassaga valyuta mablagʻlarining kelib tushishi‎ 5020‎ 5210, 5220‎
21.‎ Xususiy aksiyalarning chet el valyutasiga sotib olinishi‎ 8610, 8620‎ 5210, 5220‎
22.‎ Chet ellik mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzlarning toʻlanishi‎ 6010‎ 5210, 5220‎
23.‎ Chet el valyutasida berilgan boʻnaklarning summasi‎ 4310—4340‎ 5210, 5220‎
24.‎ Ilgari olingan chet el valyutasidagi boʻnaklarning qaytarilishi‎ 6300, 7310‎ 5210, 5220‎
25.‎ Taʼsischilarga chet el valyutasida hisoblangan dividendning toʻlanishi‎ 6610‎ 5210, 5220‎
26.‎ Hisoblangan foizlar boʻyicha qarzlar qoplandi‎ 6920‎ 5210, 5220‎
27.‎ Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar qoplandi‎ 6810—6840‎ 5210, 5220‎
28.‎ Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarning joriy qismi qoplandi‎ 6950‎ 5210, 5220‎
29.‎ Ijaraga beruvchiga tegishli boʻlgan toʻlovlar toʻlandi‎ 6910, 6950‎ 5210, 5220‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218. Oʻzbekiston Respublikasi hududi va chet mamlakatlardagi akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa toʻlov hujjatlaridagi (veksellardan tashqari) pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisida, shuningdek, maqsadli moliyalashtirish (tushumlar) pul mablagʻlarining alohida saqlanadigan qismining harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5510 “Akkreditivlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5520 “Chek daftarchalari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5530 “Boshqa maxsus schyotlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219. 5510 “Akkreditivlar” schyotida akkreditivdagi pul mablagʻlari hisobga olinadi. Akkreditivga pul mablagʻlarini oʻtkazish 5510 “Akkreditivlar” schyotining debetida va 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5510 “Akkreditivlar” schyoti boʻyicha akkreditivga hisobga olingan pul mablagʻlari ularning ishlatilishi boʻyicha (bank koʻchirmalariga asosan), 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar”ning debetiga hisobdan chiqariladi. Akkreditivdagi ishlatilmagan mablagʻlar, bank tomonidan ular qaysi schyotdan oʻtkazilgan boʻlsa, shu schyotlarga qayta tiklanganda 5510 “Akkreditivlar” schyotining krediti, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5510 “Akkreditivlar” schyoti boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchi tomonidan qoʻyilgan har bir akkreditiv boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220. 5520 “Chek daftarchalari” schyotida chek daftarchalaridagi pul mablagʻlarining harakati hisobga olinadi. Chek daftarchalarini berishda pul mablagʻlarini deponentlash 5520 “Chek daftarchalari” schyotining debeti va 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari”, 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi. Sugʻurtalovchi tomonidan berilgan cheklarning toʻlovi doirasidagi summa 5520 “Chek daftarchalari” schyotining kreditidan xarajat va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi. Chek bilan berilgan, lekin bank tomonidan toʻlanmagan (toʻlovga taqdim etilmagan) summa 5520 “Chek daftarchalari” schyotida qoladi va ushbu 5520 “Chek daftarchalari” schyotining qoldigʻi bank koʻchirmalari bilan mos kelishi lozim. Bankka qaytarilgan cheklarning (foydalanilmay qolgan) summasi 5520 “Chek daftarchalari” schyotining kreditida 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditor korxonalar bilan hisob-kitob qilish uchun sugʻurtalovchi xodimlariga hisobdorlikka berilgan chek daftarchalaridagi mablagʻlarning harakati ustidan nazorat tezkor ravishda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5520 “Chek daftarchalari” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir olingan chek daftarchalari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. 5530 “Boshqa maxsus schyotlar”da bankda maxsus saqlanadigan maqsadli moliyalashtiriladigan (tushumlar) mablagʻlar, shu jumladan ijtimoiy muassasalar, obyektlar (bolalar bogʻchasi va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, oʻzga foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushgan pul mablagʻlari; sugʻurtalovchining talabiga koʻra alohida schyotda yigʻiladigan va sarflanadigan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish mablagʻlari; davlat idoralarining subsidiyalari va shu kabilarning harakati hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchining alohida boʻlinmalarga bankda joriy xarajatlarni (mehnat haqi, alohida xoʻjalik xarajatlari, xizmat safarlari va shu kabilar) amalga oshirish uchun ochilgan joriy schyotlarda ushbu koʻrsatilgan mablagʻlarning harakati alohida schyotda aks ettiriladi.
(221-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5530 “Boshqa maxsus schyotlar” boʻyicha analitik hisobni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Akkreditivlarga pul mablagʻlari oʻtkazildi‎ 5510‎ 5110—5220‎
2.‎ Qondirilgan daʼvolar summasining maxsus schyotga kelib tushishi‎ 5510—5530‎ 4860‎
3.‎ Depozit ishtirokchisi sifatida aksiya obunachilaridan boʻnak summasining olinishi‎ 5530‎ 6320‎
4.‎ Qisqa muddatli bank kreditlari hisobidan akkreditivlarga pul mablagʻlari oʻtkazildi‎ 5510‎ 6810‎
5.‎ Sotish xarajatlarining toʻlovi chek bilan amalga oshirildi‎ 9410‎ 5520‎
6.‎ Ishlatilmagan summaning muddat oxirida qaytarilishi: a) akkreditivlar b) chek daftarchalari ‎ 5110—5220
‎5110—5220 ‎
5510
‎ 5520 ‎
7.‎ Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻlgan qarzni toʻlashda akkreditivdagi summa hisobdan chiqarildi‎ 6010‎ 5510‎
8.‎ Akkreditivdan boʻnakning berilishi‎ 4310—4340‎ 5510‎
9.‎ Sugʻurta boʻyicha qarzlarning akkreditiv mablagʻlari hisobiga qoplanishi‎ 6510‎ 5510‎
10.‎ Boshqa kreditorlarning xizmatlari uchun toʻlovlarda ishlatilgan cheklar summasini hisobdan chiqarish‎ 6990‎ 5520‎
11.‎ Maxsus schyotdan shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan qarzning toʻlanishi‎ 6120‎ 5530‎
12.‎ Sotib olingan putyovkalar uchun maxsus schyotdan toʻlangan summa‎ 5610‎ 5530‎
13.‎ Chek daftarchalaridagi ishlatilmagan mablagʻlarning qisqa muddatli bank kreditlarini qoplash uchun qaytarilishi‎ 6810‎ 5520‎
14.‎ Akkreditivdagi ishlatilmagan mablagʻning uzoq muddatli bank kreditlarini qoplash uchun qaytarilishi‎ 6950, 7810‎ 5510‎
15.‎ Hisoblangan foizlar boʻyicha qarzlarning qoplanishi‎ 6920‎ 5510—5530‎
16.‎ Ijaraga beruvchiga tegishli boʻlgan toʻlovlar toʻlandi‎ 6910, 6950‎ 5530‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar (5600)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223. Sugʻurtalovchi kassasidagi pul ekvivalentlarining (pochta markalari va boshqalar) mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 5610 “Pul ekvivalentlari (turlari boʻyicha)” schyotida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5610 “Pul ekvivalentlari (turlari boʻyicha)” schyotida markalar, pattalar va boshqa pul ekvivalentlari nominal qiymati boʻyicha hisobga olinadi. Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotning debetida pul ekvivalentlarini sotib olish pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda, kreditida esa pul ekvivalentlarining sarflanishi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar (5600) boʻyicha analitik hisob ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224. Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar (5600)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Pul ekvivalentlarining naqd pulga xarid qilinishi‎ 5610‎ 5010, 5020‎
2.‎ Pul ekvivalentlarini hisob-kitob schyotidan pul mablagʻlarini oʻtkazish orqali xarid qilinishi‎ 5610‎ 5110‎
3.‎ Hisobdor shaxslar orqali pul ekvivalentlarining xarid qilinishi‎ 5610‎ 4220—4290
‎‎ 6970‎
4.‎ Turli shaxslardan pul ekvivalentlarining xarid qilinishi‎ 5610‎ 6990‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)larini hisobga oluvchi schyotlar (5700)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225. Yoʻldagi pul mablagʻlari (naqd pulga va pul oʻtkazish orqali mahsulot sotishdan olingan daromad) toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 5710 “Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari” schyotida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226. 5710 “Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari” schyotida saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo moʻljallangan joyiga yetib bormagan pul mablagʻlari (inkassatorga berilgan sotishdan olingan tushumlar, pul oʻtkazmalari) hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu schyot tranzit schyot hisoblanadi va pul mablagʻlarining harakati ustidan uzluksiz nazoratni oʻrnatish uchun bogʻlovchi vazifasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5710 “Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari” schyotining debetida pulni inkassatorlarga topshirish kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Pul mablagʻlari kirim qilingandan keyin 5710 “Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari” schyoti kreditlanib, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)larini hisobga oluvchi schyot (5700)ning analitik hisobi ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227. Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)larini hisobga oluvchi schyotlar (5700)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Kassadagi naqd pullarni bankdagi hisob-kitob schyotiga oʻtkazish uchun inkassatorga topshirildi‎ 5710‎ 5010, 5020‎
2.‎ Xaridorlarning qarzlari kelib tushgan pul oʻtkazmalari boʻyicha qoplandi‎ 5710‎ 4010‎
3.‎ Bankka hali kelib tushmagan pul mablagʻlarini oʻtkazish orqali boʻnak olish‎ 5710‎ 6300, 7310‎
4.‎ Turli debitorlardan pul oʻtkazmalarini olish‎ 5710‎ 4890‎
5.‎ Alohida boʻlinmalardan pul oʻtkazmalarini olish‎ 5710‎ 4110‎
6.‎ Yoʻldagi pul mablagʻlari kassaga kelib tushdi‎ 5010—5020‎ 5710‎
7.‎ Yoʻldagi pul mablagʻlari bankdagi hisob-kitob schyotiga kelib tushdi‎ 5110—5530‎ 5710‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228. Sugʻurtalovchining boshqa korxonalar qimmatli qogʻozlariga qilingan qisqa muddatli (bir yil muddatdan koʻp boʻlmagan) investitsiyalari (qoʻyilmalar) davlat qarzlarining foizli obligatsiyalari, boshqa korxonalarga berilgan qarzlar va boshqalarning naqdligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5810 “Qimmatli qogʻozlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5890 “Boshqa joriy investitsiyalar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229. 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotida aksiyalarga, davlat qarzlarining foizli obligatsiyalariga va boshqa qimmatli qogʻozlariga qoʻyilgan qisqa muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlar 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotiga sotib olish qiymatida kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchida aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarning sotib olinishi 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining debetida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar va agar qimmatli qogʻozlar uchun toʻlov moddiy yoki boshqa qiymatliklar (pul mablagʻlaridan tashqari) orqali amalga oshirilsa, moddiy va boshqa qiymatliklarning sotilishini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sotib olingan obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarning sotib olish bahosi ularning nominal qiymatidan farq qilsa, u holda sotib olish va nominal qiymati oʻrtasidagi farqni shunday hisobdan chiqarish yoki qoʻshimcha hisoblanishi kerakki, 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotida hisobga olingan qimmatli qogʻozlarning bahosi ularni qoplash davrida nominal qiymatiga muvofiq boʻlishi lozim. Sotib olish va nominal qiymati oʻrtasidagi farq qoplanadigan vaqtgacha boʻlgan davrda 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining debeti (qoʻshimcha hisoblash)da yoki krediti (hisobdan chiqarish) da, 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” yoki 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyotlari bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotida hisobga olingan obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarning qoplanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230. 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotida sugʻurtalovchining boshqa korxonalarga qisqa muddatga bergan pulli va boshqa qarzlarining harakati hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan qarzlar 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Qarzlarning qaytarilishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. 5890 “Boshqa joriy investitsiyalar” schyotida sugʻurtalovchilarning bank va boshqa omonatlarga soʻmda va chet el valyutasidagi qoʻyilmalarining harakati hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Omonatlarga pul mablagʻlarining oʻtkazilishi sugʻurtalovchilarda 5890 “Boshqa joriy investitsiyalar” schyotining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Hisobda bank tomonidan omonatlar summasi qaytarilganda sugʻurtalovchida teskari yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800) boʻyicha analitik hisob qisqa muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu qoʻyilmalar amalga oshirilgan obyektlar (qimmatli qogʻozlarni sotuvchi-korxonalar, omonatlar va hokazolar) boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Qimmatli qogʻozlar mahsulotlar, tovarlar, ish, xizmatlarni berish yoʻli bilan xarid qilindi‎ 5810‎ 9030‎
2.‎ Qimmatli qogʻozlar asosiy vositalar va boshqa aktivlarni berish yoʻli bilan xarid qilindi‎ 5810‎ 9210, 9220‎
3.‎ Uzoq muddatli investitsiyalarning tarkibiy oʻzgarishi (restrukturizatsiya) amalga oshirildi‎ 5810‎ 0610‎
4.‎ Qimmatli qogʻozlar naqd pulga xarid qilindi‎ 5810‎ 5010‎
5.‎ Qimmatli qogʻozlar qiymati bankdagi schyotdan toʻlanishi orqali xarid qilindi‎ 5810‎ 5110—5530‎
6.‎ Xaridorlarga ssuda mablagʻlarining vekselda berilishi‎ 5810‎ 5110—5530‎
7.‎ Aksiyalarning toʻlov sifatida qimmatli qogʻozlarning kelib tushishi‎ 5810‎ 4610‎
8.‎ Qimmatli qogʻozlarni sotilishi‎ 5110‎ 5810‎
9.‎ Sugʻurtalovchining qarzi qimmatli qogʻozlar bilan qoplanishi‎ 6990‎ 5810‎
10.‎ Majburiyatlar uchun garov sifatida aksiyalarning berilishi‎ 6010‎ 5810‎
11.‎ Xaridorga veksel summasiga daʼvo bildirilishi‎ 4860‎ 5810‎
12.‎ Daʼvo muddati tugaganligi tufayli veksel boʻyicha qarzni zarar hisobiga chiqarish‎ 9690‎ 5810‎
13.‎ Inventarizatsiya natijasida qimmatli qogʻozlarning kamomadi‎ 4730‎ 5810‎
14.‎ Qisqa muddatli qarzlarning asosiy vosita va boshqa aktivlar koʻrinishida berilishi‎ 5830‎ 9210, 9220‎
15.‎ Qisqa muddatli qarzlarning tovar va xizmatlar koʻrinishida berilishi‎ 5830‎ 9030‎
16.‎ Boshqa korxonalar tomonidan qisqa muddatli qarzlarning qaytarilishi‎ 5110‎ 5830‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar va boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (5900)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233. Qiymatliklarni tayyorlash, saqlash, sotish va inventarizatsiya qilish jarayonlarida aniqlangan kamomad, talon-toroj va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotish summalari, shuningdek, ushbu boʻlimning yuqorida keltirilgan schyotlarida hisobga olinmagan, biroq sugʻurtalovchi mulki hisoblangan boshqa joriy aktivlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5920 “Boshqa joriy aktivlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234. Tovar-moddiy zaxiralari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kamomadi va buzilishi 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyotining debeti va tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar va asosiy vositalar va boshqa aktivlarning sotilishi hamda turli chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235. 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyotining kreditida quyidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qiymatliklarning tabiiy yoʻqotish meʼyorlaridan ortiq kamomadlari, qiymatliklarning buzilishi, yoʻqolishi va oʻgʻirlanishining aniq aybdorlari aniqlanganda — 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar”, 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotlarining debeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qiymatliklarning tabiiy yoʻqotish meʼyorlaridan ortiq buzilishi va oʻgʻirlanishidan yoʻqotishlar, aniq aybdor shaxsi aniqlanmaganda va daʼvo tasdiqlanmaganligi natijasida sudning eʼtirozi — 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” debetiga hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti boʻyicha analitik hisob ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236. 5920 “Boshqa joriy aktivlar” schyotining debetida ushbu boʻlimning yuqorida keltirilgan schyotlarida hisobga olinishi moʻljallanmagan joriy aktivlar aks ettiriladi. 5920 “Boshqa joriy aktivlar” schyotining kreditida boshqa joriy aktivlarning sarflanishi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5920 “Boshqa joriy aktivlar” schyoti boʻyicha analitik hisob ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237. Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar va boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (5900)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ TMZning yoʻqolishi va buzilishidan kamomadlar‎ 5910‎ 1010—1090‎
2.‎ Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning yoʻqolishi va buzilishidan yoʻqotishlar‎ 5910‎ 9210, 9220‎
3.‎ Aybdor shaxslardan undirilishi lozim boʻlgan summalar‎ 4860, 4730‎ 5910‎
4.‎ Undirilmagan summalar hisobdan chiqarildi, shuningdek, kamomadlar zararga olib borildi‎ 9430‎ 5910‎
5.‎ Pul oʻtkazish yoʻli bilan boshqa joriy aktivlar sotib olindi‎ 5920‎ 5110‎
6.‎ Hisobdor shaxslar orqali boshqa joriy aktivlar sotib olindi‎ 5920‎ 4220—4290
‎‎6970‎
7.‎ Boshqa joriy aktivlarning sarflanishi‎ Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar‎ 5920‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III boʻlim. Majburiyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI kichik boʻlim. Joriy majburiyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari sugʻurtalovchining yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi joriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239. Chet el valyutasidagi majburiyatlar ushbu boʻlimdagi schyotlarda pulli hisob-kitob hujjatlaridan koʻchirma olingan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha chet el valyutasini qayta hisoblash yoʻli bilan, soʻmda hisobga olinadi. Kreditorlik qarzlarini hisobot oyining oxirgi sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta baholaganda vujudga kelgan kurs farqlari 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” (ijobiy kurs farqi boʻlganda) yoki 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” (salbiy kurs farqi boʻlganda) schyotiga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240. Ushbu boʻlimda quyidagi schyotlar boʻyicha hisob yuritish tartibi yoritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6000 — Toʻlanadigan schyotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6100 — Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar;
(240-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6200 — Kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6300 — Olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6400 — Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6500 — Sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6600 — Taʼsischilarga boʻlgan qarzni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6700 — Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6800 — Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6900 — Turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Toʻlanadigan schyotlar (6000)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241. Tovar-moddiy qiymatliklar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar, shuningdek, tashish boʻyicha olingan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻlgan joriy majburiyatlar, sugʻurta operatsiyalari boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar”;
(241-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6020 “Berilgan veksellar”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar”;
(241-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan schyotlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242. 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti haqiqatda kelib tushgan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlarning qiymatiga ushbu qiymatliklarni yoki tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar omborga kelib tushgan moddiy qiymatliklarning sifati, miqdori, shuningdek, bahosi shartnomada kelishilgan shartlarga mos kelmasa, 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyoti bilan bogʻlangan holda tegishli summaga kreditlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir mol yetkazib beruvchi va pudratchi boʻyicha alohida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243. 6011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari boʻyicha pudratchilarning bajargan ishlari boʻyicha majburiyatlar hisobga olinadi. Sugʻurtalovchi tomonidan ogohlantirish chora-tadbirlari boʻyicha ishlar qabul qilib olinganda, ogohlantirish chora-tadbirlarining amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida bajarilgan ishlar summasiga, 8040 “Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi” schyotining debeti 6011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Avval ogohlantirish chora-tadbirlari uchun berilgan boʻnak mablagʻlari hisobidan ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha vujudga kelgan kreditorlik qarzdorlikni qoplash, 6011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti va 4330 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun berilgan boʻnaklar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka berish orqali amalga oshiriladi. Ogohlantirish chora-tadbirlari uchun qoʻshimcha toʻlov summasiga, 6011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
(243-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244. 6020 “Berilgan veksellar” schyotining kreditida sotib olingan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlar uchun veksellar bilan taʼminlangan joriy majburiyatlar hisobga olinadi va ularni qoplash davrigacha hisobda turadi. Veksellar boʻyicha majburiyatlar qoplanishiga qarab ular pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan 6020 “Berilgan veksellar” va 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotlarining debetiga hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6020 “Berilgan veksellar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir berilgan veksel boʻyicha yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245. 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotida sugʻurtalovchining sugʻurta qildiruvchilarga sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatlari aks ettiriladi. Sugʻurta tovoni hisoblanganda 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti muvofiq ravishda 9431, 9432, 2210, 2220 schyotlar bilan kreditlanadi. Sugʻurta tovonining toʻlanishi 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda provodka bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar hayot sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta zaxiralarining vaqtincha boʻsh mablagʻlaridan sugʻurta polisi kafolati ostida sugʻurta qildiruvchilarga ssudalar berishi mumkin. Sugʻurta qildiruvchi tomonidan ssudani oʻz vaqtida qaytarmagan holatda, sugʻurta qildiruvchining ssudalar boʻyicha qarzdorligini sugʻurta tovoni summasidan ushlab qolish 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotning debeti 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Ssudalar boʻyicha hisoblangan foizlarning sugʻurta tovoni hisobidan ushlab qolinishi 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotning debeti 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirgan holda rasmiylashtiriladi.
(245-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246. 6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotida sugʻurta agentlari va brokerlariga hisoblangan komission mukofotlar summasi aks ettiriladi. Komission mukofotlarning hisoblanishi 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyoti debeti 6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Komission mukofotlarning toʻlanishi 6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Agar agentlik kelishuvida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda, sugʻurta agentlari yoki brokerlariga komission mukofotlarning ushlab qolinishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushlab qolingan komission mukofotlar summasiga, 6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247. 6050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan shartnomalar boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari aks ettiriladi. Qayta sugʻurta qildiruvchiga toʻlanadigan sugʻurta tovonining hisoblanishi 2230 “Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotining debeti 6050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Tovon ulushi toʻlanganda 6050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti debeti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlanadi.
(247-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248. 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotida sugʻurtalovchining qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalari boʻyicha majburiyatlari aks ettiriladi. Qayta sugʻurta mukofoti hisoblanganda ushbu summaga, 9040 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotlari” schyotining debeti 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Sugʻurta mukofotining qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq toʻlanishi 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti debeti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda provodka bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249. 6070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyotida qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha depo mukofotlar aks ettiriladi. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida sugʻurta mukofotlarini qayta sugʻurta qilishga berilayotgan tavakkalchiliklarning jami boʻyicha sugʻurta mukofotlarini maʼlum davr oraligʻida oʻtkazish nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu davr tugagunga qadar qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofoti komission ragʻbatlantirishlar chegirilgan holatda deponentlangan (depo mukofot) hisoblanadi. Depo mukofotlarining hisoblanishi 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti boʻyicha 6070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Qayta sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilgan muddatning tugashi bilan (qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta mukofotlarini toʻlash muddati kelganda) 6070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyotining debeti 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda teskari provodka beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250. 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qildiruvchiga toʻlanadigan qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar aks ettiriladi. Komission ragʻbatlantirishlarning hisoblanishi, 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tanyemalar va yigʻimlarning toʻlanishi 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti debeti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odatda, qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar qayta sugʻurta qilish shartnomasida aks ettiriladi va qayta sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta mukofotlarini qayta sugʻurta qilishga oʻtkazishda ushlab qolinishi mumkin. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar summasi qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolinishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu summa, 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, aks ettiriladi.
(250-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251. 6090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan schyotlar” schyotida aktuariylar (aktuar tashkilotlar), adjasterlar (adjaster tashkilotlar), syurveyerlar (syurveyerlik tashkilotlari), assistanslar (assistans xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tashkilotlar)ga toʻlanadigan summalar aks ettiriladi. Majburiyatlarning hisoblanishi 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debeti 6090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Yuqoridagi subyektlar xizmat haqlarining toʻlanishi 6090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti bilan pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252. Toʻlanadigan schyotlar (6000)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Mol yetkazib beruvchilardan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar kelib tushdi‎ 0710, 0720‎ 6010‎
2.‎ Kapital qoʻyilmalar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlari yuzasidan berilgan schyotlar toʻlovga qabul qilindi‎ 0810—0890‎ 6010‎
3.‎ Mol yetkazib beruvchilardan materiallar kelib tushdi‎ 1010—1090‎ 6010‎
4.‎ Mol yetkazib beruvchilardan oʻstirishga va boquvga hayvonlar kelib tushdi‎ 2710‎ 6010‎
5.‎ Mol yetkazib beruvchilardan turli TMZ kelib tushdi (1510 schyoti qoʻllanilganda)‎ 1510‎ 6010‎
6.‎ Mol yetkazib beruvchilardan tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilishda hisobga olingan QQS summasi‎ 4410‎ 6010‎
7.‎ Sugʻurtalovchi tomonidan asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik, umumishlabchiqarish va boshqaruv ehtiyojlari uchun mol yetkazib beruvchilarning bajargan ish va xizmatlari (jumladan: energiya, gaz, bugʻ, suv) qabul qilindi‎ 2010, 2310, 2510, 2710, 9420‎ 6010‎
8.‎ Mol yetkazib beruvchilardan kelgusi davr xarajatlariga tegishli boʻlgan ish va xizmatlar qabul qilindi‎ 3190‎ 6010‎
9.‎ Mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarni sotishda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar koʻrsatgan ish va xizmatlar qabul qilindi‎ 9410‎ 6010‎
10.‎ Tabiiy ofatlarni tugatish boʻyicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning xizmatlari qabul qilindi‎ 9720‎ 6010‎
11.‎ Ogohlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun pul mablagʻlarining hisoblanishi‎ 8040‎ 6010‎
12.‎ Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi pul mablagʻlarini oʻtkazish‎ 6010‎ 5110‎
13.‎ Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻlgan qarzlar bankdagi schyotlardan toʻlandi‎ 6010‎ 5110—5530‎
14.‎ Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning schyotlarini toʻlashda oldindan berilgan boʻnaklarning hisobga olinishi ‎ 6010‎ 4310—4340‎
15.‎ Daʼvo muddati tugagan kreditorlik qarzlari hisobdan chiqarish summalari‎ 6010‎ 9360‎
16.‎ Kreditorlik qarzini toʻlash uchun mol yetkazib beruvchiga oddiy veksel berildi‎ 6010‎ 6020‎
17.‎ Amalga oshirilgan ogohlantirish chora-tadbirlari boʻyicha ishlarning sugʻurtalovchi tomonidan qabul qilib olinishi ‎ 8040‎ 6011‎
18.‎ Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha vujudga kelgan kreditorlik qarzdorlik hisobiga ogohlantirish chora-tadbirlari boʻyicha avval berilgan boʻnaklarni hisobga olish‎ 6011‎ 4330‎
19.‎ Amalga oshirilgan ogohlantirish chora-tadbirlari uchun qoʻshimcha toʻlov‎ 6011‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎
20.‎ Sugʻurta tovonini hisoblash‎ 2210—2220‎ 6030‎
21.‎ Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlarining hisoblanishi‎ 9431—9432‎ 6030‎
22.‎ Sugʻurta tovonining toʻlanishi‎ 6030‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎
23.‎ Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha sugʻurta qildiruvchining qarzdorligini sugʻurta tovoni summasidan ushlab qolish‎ 6030‎ 4070‎
24.‎ Sugʻurta qoplamasini toʻlashda vaqtida toʻlanmagan navbatdagi sugʻurta mukofotini ushlab qolish‎ 6030‎ 4030‎
25.‎ Agentlik kelishuviga muvofiq sugʻurta vositachisiga hisoblangan komission mukofotlar summasining ushlab qolinishi‎ 6040‎ 4040‎
26.‎ Sugʻurta agentlari va brokerlariga komission mukofotlarni hisoblash‎ 2010‎ 6040‎
27.‎ Sugʻurta agentlari va brokerlariga hisoblangan komission mukofotlarning toʻlanishi‎ 6040‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎
28.‎ Qayta sugʻurta qildiruvchiga toʻlanadigan sugʻurta tovonini hisoblash‎ 2230‎ 6050‎
29.‎ Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan shartnomalar boʻyicha tovon ulushini toʻlash‎ 6050‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎
30.‎ Qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha qayta sugʻurta mukofotini hisoblash‎ 9040‎ 6060‎
31.‎ Qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha qayta sugʻurta mukofotining toʻlanishi‎ 6060‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎
32.‎ Qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha depo mukofotlarni hisoblash (ushbu provodka qayta sugʻurta mukofoti hisoblangandan soʻng amalga oshiriladi)‎ 6060‎ 6070‎
33.‎ Qayta sugʻurta qilish berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta mukofotlarini toʻlash muddatining kelishi (qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlarning hisobdan chiqarilishi)‎ 6070‎ 6060‎
34.‎ Qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning hisoblanishi‎ 2010‎ 6080‎
35.‎ Qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha komission ragʻbatlantirishlarning ushlab qolinishi‎ 6080‎ 4051‎
36.‎ Qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning toʻlanishi‎ 6080‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎
37.‎ Aktuariylar (aktuar tashkilotlar), adjasterlar (adjasterlik tashkilotlari), syurveyerlar (syurveyerlik tashkilotlari), assistanslar (assistans xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar)‎ 2010‎ 6090‎
38.‎ Aktuar, adjasterlik, syurveyerlik va assistans xizmatlarining toʻlanishi‎ 6090‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar (6100)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253. Sugʻurtalovchining alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan joriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6110 “Alohida boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254. 6110 “Alohida boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar” schyotida sugʻurtalovchining umumiy balansiga qoʻshiladigan filiallar va vakolatxonalarning joriy majburiyatlari (ichki xoʻjalik yoki ichki balans hisob-kitoblari) hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6110 “Alohida boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining kreditida turli xildagi muomalalar boʻyicha alohida boʻlinmalar oldidagi joriy majburiyatlar tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablagʻlari, xarajat va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255. 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotida shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga joriy majburiyatlar (balanslararo hisob-kitoblar yoki ichki idoraviy hisob-kitoblar) hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining kreditida turli xildagi muomalalar boʻyicha shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari oldidagi joriy majburiyatlar tovar moddiy qiymatliklar, pul mablagʻlari, xarajatlar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6110 “Alohida boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar” va 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotlari boʻyicha analitik hisob har bir alohida boʻlinma, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyati boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256. Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar (6100)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Alohida boʻlinmalardan, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan tovar-moddiy qiymatliklar olindi‎ 0710—0890 1010 ‎ 6110, 6120‎
2.‎ Xuddi shu holat, 1510 schyotni qoʻllagan holda‎ 1510‎ 6110, 6120‎
3.‎ Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olingan TMZlar qiymatidagi farqlar hisobga olindi‎ 1610‎ 6110, 6120‎
4.‎ Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik, umumishlabchiqarish va boshqaruv ehtiyojlari boʻyicha koʻrsatgan xizmatlar qabul qilindi‎ 2010, 2310, 2510, 2710, 9420‎ 6110, 6120‎
5.‎ Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari koʻrsatgan xizmatlar kelgusi davr xarajatlari tarkibida hisobga olindi‎ 3190‎ 6110, 6120‎
6.‎ Alohida boʻlinmalardan kassaga naqd pul kelib tushdi (yoʻllanmalar uchun)‎ 5010‎ 6110‎
7.‎ Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan pul mablagʻlari kelib tushdi‎ 5110—5530‎ 6110, 6120‎
8.‎ Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan pul ekvivalentlari kelib tushdi‎ 5610‎ 6110, 6120‎
(paragraf Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Kechiktirilgan majburiyatlar va sugʻurta mukofotlarini hisobga oluvchi schyotlar (6200)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257. Vaqtinchalik farqlar natijasida vujudga keladigan kechiktirilgan joriy majburiyatlar, toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta va qayta sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha majburiyatlar”;
(257-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6270 “Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6290 “Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258. 6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyotida qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalarning diskont (chegirma)lari boʻyicha sugʻurtalovchining kechiktirilgan uzoq muddatli daromadlarining joriy qismi aks ettiriladi. Ushbu schyot faqat obligatsiyalarni sotib oluvchi tomonidan qoʻllaniladi. Obligatsiyalar diskont bilan sotib olinganda, diskont summasi 6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti kreditida, toʻlangan summa esa pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida va qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar yoki uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi. Obligatsiyalar diskont (chegirma)larining joriy qismini daromadlarga oʻtkazishda 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” schyoti kreditlanadi va 6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti debetlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259. 6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalar mukofoti (ustamasi) boʻyicha sugʻurtalovchining uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarining joriy qismini aks ettiradi. Ushbu schyot faqat obligatsiya sotuvchilarda qoʻllaniladi. Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda, mukofot (ustama) summasi 6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti, obligatsiyaning nominal qiymati esa 6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” (qisqa muddatli) yoki 7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” (uzoq muddatli) schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Obligatsiyalarning mukofot (ustama)lari joriy qismini daromadlarga oʻtkazishda 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” schyoti kreditlanadi va 6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti debetlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260. 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotida hisobot davrida boʻnak sifatida olingan (hisoblangan), ammo kelgusi davrlarga tegishli boʻlgan daromadlar aks ettiriladi. Kechiktirilgan daromadlar ijara toʻlovlari, chiptalarning sotilishi; jurnallarga obuna toʻlovi va boshqa koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. Hali yetkazib berilmagan tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilmagan ishlar va koʻrsatilmagan xizmatlar uchun pul mablagʻlari kelib tushganda 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi. Kelgusi hisobot davriga tegishli daromadlar tayyor mahsulotlar, tovarlar sotilganda, ishlar bajarilganda va xizmatlar koʻrsatilganda daromad sifatida tan olinadi va 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotining debetidan 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” va 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotlarining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir daromad turi boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. 6240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar” schyotida masʼul Hukumat idoralarining qarori boʻyicha qonunchilikka muvofiq toʻlanishi kechiktirilishiga ruxsat etilgan soliqlar boʻyicha budjet oldidagi qarzlar va majburiy toʻlovlarning joriy qismi aks ettiriladi. 6240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar” schyotining kreditida kechiktirilgan joriy toʻlovlar summasi budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6400), sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500) bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir kechiktirilgan soliq va toʻlovlar turi boʻyicha alohida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262. 6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha majburiyatlar” schyotida vaqtinchalik farqlar natijasida yuzaga kelgan kechiktirilgan foyda soligʻi summasi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻiga doir majburiyatlarning tegishli joriy qismi 7250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar” schyotidan 6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha majburiyatlar” schyotiga oʻtkaziladi. Keyinchalik vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi vujudga kelishiga qarab 6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha majburiyatlar” schyoti 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” schyoti bilan bogʻlanadi.
(262-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263. 6270 “Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotida qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan shartnomalar boʻyicha olingan sugʻurta mukofotlari aks ettiriladi. Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofoti hisoblanganda, mukofot summasi 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti 6270 “Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Hisobot davri oxirida 6270 “Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi debet boʻyicha 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264. 6280 “Toʻgʻridan toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotida sugʻurta shartnomalari boʻyicha olingan sugʻurta mukofotlari hisobga olinadi. Sugʻurta mukofotlarining toʻlanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, ushbu schyot quyidagi schyotlar bilan ham bogʻlanishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar (6030);
(264-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlanadigan dividendlarni hisobga oluvchi schyotlar (6610);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar bilan mehnat haqi boʻyicha hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schyotlar (6710).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu schyotning 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti bilan bogʻlanishi, sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchiga toʻlanayotgan sugʻurta tovoni summasidan tiklovchi sugʻurta mukofotini yoki toʻlanmagan sugʻurta mukofotini ushlab qolishda amalga oshiriladi. Bunda 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotning debeti 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda yozuv amalga oshiriladi.
(264-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrining oxirida ushbu schyotning kredit tomonidagi qoldigʻi debeti boʻyicha 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi. 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyoti boʻyicha analitik hisob har sugʻurta shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265. 6290 “Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar” schyotida sugʻurtalovchining 6210 — 6250 schyotlarda koʻrsatilmagan boshqa kechiktirilgan majburiyatlari aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266. Kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar (6200)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Obligatsiyalar diskont bilan sotib olinganda diskont summasi ‎ 0600, 5800‎ 6210, 5110—5530‎
2.‎ Joriy obligatsiyalar diskonti hisobdan chiqarilishi‎ 6210‎ 9530‎
3.‎ Kechiktirilgan diskontning uzoq muddatli qismi joriy qismga oʻtkazilishi‎ 7210‎ 6210‎
4.‎ Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda, mukofot summasi ‎ 5110—5530‎ 6220‎
5.‎ Joriy obligatsiyalar mukofotining hisobdan chiqarilishi‎ 6220‎ 9530‎
6.‎ Kechiktirilgan mukofotlarning uzoq muddatli qismi joriy qismga oʻtkazildi‎ 7220‎ 6220‎
7.‎ Kelgusida joʻnatiladigan TMZ, koʻrsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlar uchun pul mablagʻlari kelib tushdi‎ 5110—5530‎ 6230‎
8.‎ Kechiktirilgan daromadlarning tovarlar sotilganda va xizmatlar koʻrsatilishi bilan daromadga qoʻshilishi‎ 6230‎ 9030‎
9.‎ Ijara boʻyicha kechiktirilgan daromad summasi tegishli davrda daromadga qoʻshildi‎ 6230‎ 9350, 9550‎
10.‎ Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlarning joriy qismi hisobot davrida budjetga toʻlash uchun hisobdan chiqarildi‎ 7240‎ 6240‎
11.‎ Vaqtinchalik farqlar boʻyicha foyda soligʻi boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar joriy qismiga oʻtkazildi‎ 7250‎ 6250‎
12.‎ Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olingan sugʻurta mukofotlarining koʻrsatilgan sugʻurta xizmatlari boʻyicha daromadlarga oʻtkazilishi‎ 6270‎ 9030‎
13.‎ Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan shartnomalar boʻyicha sugʻurta mukofotlarining hisoblanishi‎ 4050‎ 6270‎
14.‎ Sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotining toʻlanishi‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎ 6280‎
15.‎ Sugʻurta kompaniyasi tomonidan oʻz xodimlari bilan tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha toʻlovning ularning mehnat haqi hisobidan amalga oshirilishi‎ 6710‎ 6280‎
16.‎ Sugʻurta kompaniyasi tomonidan oʻz taʼsischilari bilan tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha toʻlovning ularning sugʻurtalovchi ustav kapitalida ishtirok etishidan olinadigan daromadlari hisobidan amalga oshirilishi‎ 6610‎ 6280‎
17.‎ Sugʻurta qildiruvchilarning sugʻurta mukofotlari boʻyicha qarzdorligining vujudga kelishi‎ 4030‎ 6280‎
18.‎ Sugʻurta vositachisiga sugʻurta mukofoti tushganligi toʻgʻrisida sugʻurta vositachisidan xabarning olinishi‎ 4040‎ 6280‎
19.‎ Tiklovchi mukofot yoki toʻlanmagan sugʻurta mukofotining sugʻurta tovonidan ushlab qolish‎ 6030‎ 6280‎
20.‎ Avvaldan toʻlangan mukofotlar boʻyicha sugʻurta polisining berilishi‎ 6330‎ 6280‎
21.‎ Tegishli tovarlar partiyasi boʻyicha sugʻurta polisining berilishi (bosh polis boʻyicha sugʻurtalash)‎ 6330‎ 6280‎
22.‎ Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofotlarining sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlarga oʻtkazilishi‎ 6280‎ 9030‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (6300)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267. Buyurtmachilarga qisman tayyor holdagi TMZni yetkazib berishga yoki ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, aksiyaga obunachilardan olingan boʻnaklar boʻyicha joriy majburiyatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6320 “Aksiyaga obunachilardan olingan boʻnaklar”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6330 “Sugʻurta qildiruvchilardan olingan boʻnak sugʻurta mukofotlari”;
(267-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6390 “Boshqa olingan boʻnaklar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268. Sugʻurtalovchi xaridor va buyurtmachilarga xizmat koʻrsatish uchun ulardan boʻnak toʻlovini (oldindan toʻlashni) talab qilishi mumkin. Bunday holatda boʻnak TMZlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha shartnomaning bajarilishi, hamda xaridor va buyurtmachilardan kelgusidagi toʻlovlarning kelib tushishiga kafolat sifatida xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday boʻnaklar pul mablagʻini olgan sugʻurtalovchi uchun mahsulot va tovarlarni yetkazib berish hamda ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatishni amalga oshirilishiga qadar majburiyat boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan boʻnak summalari, shuningdek, qisman tayyor holdagi mahsulot (ish, xizmat) uchun qabul qilingan toʻlovlar summasi olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (6310, 6320, 6390)ning krediti va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi. Buyurtmachilarga ishlar tugatib topshirilganda va xizmatlar koʻrsatilganda shuningdek, xaridorlarga mahsulot yuklab joʻnatilganda, olingan boʻnaklar xaridor va buyurtmachilarning majburiyatlarini kamaytiradi va olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (6310, 6320, 6390)ning debeti va olinadigan schyotlar (4000) kreditiga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (6310, 6320, 6390) boʻyicha analitik hisob har bir olingan boʻnaklar turi boʻyicha alohida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269. 6330 “Sugʻurta qildiruvchilardan olingan boʻnak sugʻurta mukofotlari” schyotida sugʻurta qildiruvchilar tomonidan oldindan toʻlangan boʻnak sugʻurta mukofotlari aks ettiriladi. Agar sugʻurta shartnomasida sugʻurta mukofotining avvaldan toʻlanishi va sugʻurta polisining sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan muddatda berilishi nazarda tutilgan boʻlsa, bunday holda sugʻurta mukofotining toʻlanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 6330 “Sugʻurta qildiruvchilardan olingan boʻnak sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Sugʻurta polisining berilishi 6330 “Sugʻurta qildiruvchilardan olingan boʻnak sugʻurta mukofotlari” schyotining debeti 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh polis boʻyicha sugʻurtalashni amalga oshirishda oldindan toʻlangan sugʻurta mukofoti (depozit) summasiga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 6330 “Sugʻurta qildiruvchilardan olingan boʻnak sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Har bir tovar partiyasi boʻyicha sugʻurta polislari rasmiylashtirilganda muvofiq sugʻurta mukofoti summasiga kiritilgan depozit summasi kamaytiriladi va 6330 “Sugʻurta qildiruvchilardan olingan boʻnak sugʻurta mukofotlari” schyotining debeti 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar boʻyicha (6330) analitik hisob har bir olingan boʻnak boʻyicha yuritiladi.
(269-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270. Olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (6300)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Boʻnaklar olindi‎ 5010—5530‎ 6310—6390‎
2.‎ Xizmat koʻrsatish, shuningdek asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotishda ilgari olingan boʻnaklar hisobga olindi‎ 6310—6390‎ 4010‎
3.‎ Ilgari olingan boʻnaklar qaytarildi‎ 6310—6390‎ 5010—5530‎
4.‎ Ilgari olingan boʻnaklar bank kreditlari va boshqa korxonalarning qarz mablagʻlari hisobidan qaytarildi‎ 6310—6390‎ 6810—6840,
‎7810—7840‎
5.‎ Sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotining oldindan toʻlanishi‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎ 6330‎
6.‎ Bosh polis boʻyicha depozitning toʻlanishi‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎ 6330‎
7.‎ Avvaldan toʻlangan sugʻurta mukofotlari boʻyicha sugʻurta polislarini berish‎ 6330‎ 6280‎
8.‎ Muvofiq keluvchi tovar partiyasi boʻyicha sugʻurta polisining berilishi (bosh polis boʻyicha sugʻurtalash)‎ 6330‎ 6280‎
9.‎ Foydalanilmagan boʻnak sugʻurta mukofotlarining qaytarilishi‎ 6330‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎
10.‎ Daʼvo bildirish muddati davomida foydalanilmagan boʻnak summalari hisobdan chiqarildi‎ 6310—6390‎ 9390‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6400)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Budjetga toʻlovlar boʻyicha sugʻurtalovchining joriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” schyotida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272. 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” schyotining kreditida budjetga toʻlanishi kerak boʻlgan majburiyat summasi olinadigan schyotlar, davr xarajatlari, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishi, mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Yakuniy hisob-kitobda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha budjetga ilgari oʻtkazilgan boʻnak toʻlovlari 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” schyotining debet tomonida budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400) bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Budjetga haqiqatda oʻtkazilgan summalar 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” schyotining debet tomonida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” schyoti boʻyicha analitik hisobi har bir soliq turlari boʻyicha alohida yuritiladi.
(272-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273. Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyot (6400)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Davr xarajatlariga taalluqli har xil ajratmalar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha budjetga qarzlar‎ 9430‎ 6410‎
2.‎ Tayyor mahsulotlarni, tovarlarni sotishda, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish, shuningdek asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotish va turli ravishda chiqarishda QQS va aksiz summasi hisoblandi‎ 4010‎ 6410‎
3.‎ Budjetdan mablagʻlar qaytarildi yoki kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkazildi (yakuniy hisob-kitoblar va sh. k.)‎ 5110, 5210, 5530, 4410‎ 6410‎
4.‎ Jismoniy shaxslarning ish haqidan daromad soligʻi summasi ushlab qolindi‎ 6710‎ 6410‎
5.‎ Hisoblangan dividenddan daromad soligʻi summasi ushlab qolindi‎ 6610‎ 6410‎
6.‎ Foydadan budjetga toʻlovlar hisoblandi‎ 9810—9890‎ 6410‎
7.‎ Budjetga toʻlovlar oʻtkazib berildi‎ 6410‎ 5010—5530‎
8.‎ Moddiy resurslar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga tegishli boʻlgan QQS summasi hisobga olindi‎ 6410‎ 4410‎
9.‎ Olingan kreditlar va qarzlar hisobidan budjetga qarzlar toʻlandi‎ 6410‎ 6810—6840, 7810—7840‎
(273-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274. Sugʻurtalovchi mulki va xodimlarini sugʻurta qilish, davlat ijtimoiy sugʻurtasi, sugʻurtalovchi xodimlarining nafaqa taʼminoti va tibbiy sugʻurtasi, maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar, shuningdek, uchinchi shaxslar mulkiy manfaatlariga keltirilgan zararlar uchun fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha qarzlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6510 “Sugʻurta boʻyicha toʻlovlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275. 6510 “Sugʻurta boʻyicha toʻlovlar” schyoti sugʻurtalovchining mulki va xodimini sugʻurtalash boʻyicha qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276. 6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar” schyoti maqsadli davlat jamgʻarmalari oldidagi ajratmalar boʻyicha qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277. Sugʻurta toʻlovlari va maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar boʻyicha qarz summalari sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalari boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500)ning kredit tomonida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Sugʻurta toʻlovlari va maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar boʻyicha qarz summalarining toʻlanishi sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalari boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500)ning debet tomonida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalari boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500) boʻyicha analitik hisob sugʻurtachilar va alohida sugʻurta shartnomalari, shuningdek sugʻurtalovchi toʻlovchi deb hisoblangan har bir maqsadli davlat jamgʻarmalari boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278. Sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalari boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Kapital qoʻyilmalar bilan bogʻliq sugʻurta toʻlovlari boʻyicha qarz summalari‎ 0810—0890‎ 6510‎
2.‎ Sugʻurta boʻyicha hisoblangan toʻlovlar sugʻurtalovchi xarajatlariga oʻtkazildi‎ Xarajatlar ni hisobga oluvchi schyotlar ‎ 6510‎
3.‎ Hisoblangan sugʻurta toʻlovlari summasi bankdagi schyotlardan toʻlandi‎ 6510‎ 5110—5530‎
4.‎ Sugʻurtalovchi xodimi hisobidan maqsadli Davlat jamgʻarmalariga ajratmalar qilindi‎ 6710‎ 6520‎
5.‎ Xarajatga kiritilgan maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar‎ Xarajatlar ni hisobga oluvchi schyotlar ‎ 6520‎
6.‎ Maqsadli davlat jamgʻarmalariga ilgari hisoblangan summalar oʻtkazib berildi‎ 6520‎ 5110—5530‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Taʼsischilarga boʻlgan qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6600)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279. Sugʻurtalovchining taʼsischilar oldida dividendlar boʻyicha va chiqib ketayotgan taʼsischilar oldida ularning ulushlari boʻyicha joriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6610 “Toʻlanadigan dividendlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6620 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280. Sugʻurtalovchi rahbariyati tomonidan aksiyalarga dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror eʼlon qilingandan soʻng, dividend summasi joriy majburiyat sifatida aks ettiriladi. Dividendlar aksiyalar boʻyicha qonunchilikka muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. 6610 “Toʻlanadigan dividendlar” schyoti hisoblangan dividend summasiga 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dividendlar boʻyicha manbaida olinadigan soliqlarning hisoblanishi 6610 “Toʻlanadigan dividendlar” schyotining debeti 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha) schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282. 6620 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzlar” schyotining kredit tomonida sugʻurtalovchining chiqib ketayotgan taʼsischisi ulushlari boʻyicha hisoblangan majburiyatlari summasi 8330 “Pay va ulushlar”, 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy”, 8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli” schyotlari bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6610 “Toʻlanadigan dividendlar”, 6620 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzlar” schyotlari boʻyicha analitik hisob (koʻrsatuvchiga aksiyalardan tashqari) har bir taʼsischi boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283. Taʼsischilarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6600)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Aksiyadorlarga dividendlar hisoblandi‎ 8710‎ 6610‎
2.‎ Dividend toʻlash manbaida daromad soligʻi hisoblandi‎ 6610‎ 6410‎
3.‎ Hisoblangan dividendlar toʻlandi‎ 6610‎ 5010—5530‎
4.‎ Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzlar hisoblandi‎ 8330, 8610, 8620‎ 6620‎
5.‎ Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzlar toʻlandi‎ 6620‎ 5010—5530‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284. Sugʻurtalovchi roʻyxatida boʻlgan va roʻyxatda turmagan xodimlarga mehnatga haq toʻlash (mehnat haqining hamma turlari, mukofotlar, yordam, ishlaydigan pensiya oluvchilarga hisoblangan pensiya va boshqa toʻlovlar) boʻyicha joriy qarzlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6720 “Deponentlangan ish haqi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285. 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar” schyotining kredit tomonida mehnat haqi, ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar, pensiyalar va boshqa shu kabi summalar aks ettiriladi. 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar” schyotining debet tomonida hisoblangan mehnat haqini toʻlash va undan ushlanmalar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286. Har yilgi va qoʻshimcha taʼtil boʻyicha summalarni hisoblashda ushbu summalar mehnat haqi jamgʻarmasiga joriy oyga toʻgʻri keladigan taʼtil kunlari summasi miqdorida kiritiladi. Taʼtilning bir qismi keyingi oyga oʻtgan hollarda, ushbu kunlar uchun xodimlarga toʻlangan summalar joriy oyda berilgan boʻnak summasi kabi aks ettiriladi va 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa boʻnaklar” schyotining debetida va 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari” schyotining kreditida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287. 6720 “Deponentlangan ish haqi” schyotida xodimlarning olinmagan ish haqi boʻyicha qarzlari aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar” va 6720 “Deponentlangan ish haqi” schyotlari boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchining har bir xodimi boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288. Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schyotlar (6700)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Kapital qoʻyilmalar sohasida band boʻlgan xodimlarga mehnat haqi hisoblandi‎ 0810—0890‎ 6710‎
2.‎ TMZlarni tayyorlash va sotib olish muomalalari boʻyicha mehnat haqi hisoblandi‎ 1010—1090 ‎ 6710‎
3.‎ TMZlarni tayyorlash va sotib olish muomalalari boʻyicha mehnat haqi hisoblandi (1510 schyoti qoʻllanganda)‎ 1510‎ 6710‎
4.‎ Mahsulot sotishda, boshqaruv va boshqa muomalalarda band boʻlgan xodimlarga mehnat haqi hisoblandi‎ 9410—9430‎ 6710‎
5.‎ Kelgusi davr xarajatlariga kiritiladigan ishlar uchun mehnat haqi hisoblandi (mavsumiy tarmoqlarda va boshqalar)‎ 3190‎ 6710‎
6.‎ Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish jarayonlari boʻyicha hisoblangan mehnat haqi‎ 9210‎ 6710‎
7.‎ Ortiqcha toʻlangan summalar (mehnat haqi va hokazolar) kassaga qaytarildi‎ 5010‎ 6710‎
8.‎ Tabiiy ofatlar, yongʻinlarni bartaraf qilish bilan bogʻliq boʻlgan ishchilarga mehnat haqi hisoblandi‎ 9720‎ 6710‎
9.‎ Xodimlarga bir martalik mukofot hisoblandi‎ 9430‎ 6710‎
10.‎ Mahsulot, ish, xizmatlar qiymati sugʻurtalovchi ishchilaridan ushlab qolindi‎ 6710‎ 4790‎
11.‎ Xodimlarga hisoblangan summalar kassadan toʻlandi (mehnat haqi, mukofotlar va hokazo)‎ 6710‎ 5010‎
12.‎ Hisobdor shaxslarning qaytarmagan boʻnak summalari ushlab qolindi‎ 6710‎ 4220—4290‎
13.‎ Aksiyalarga obuna boʻyicha majburiyatlar qoplandi‎ 6710‎ 4610‎
14.‎ Kreditga sotib olingan tovarlar uchun hisob-kitoblar boʻyicha navbatdagi toʻlovlar ishchilardan ushlab qolindi‎ 6710‎ 4710‎
15.‎ Aybdor ishchilarning mehnat haqi summasidan yetkazilgan moddiy zararlar summasi ushlab qolindi‎ 6710‎ 4730‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6800)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289. Sugʻurtalovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi va chet eldagi banklar va qarz beruvchilardan soʻmda va chet el valyutasida olingan turli qisqa muddatli (12 oy muddatgacha) kredit va qarzlarning holatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6820 “Qisqa muddatli qarzlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6840 “Toʻlanadigan veksellar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290. 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” schyotida sugʻurtalovchining banklardan olgan turli qisqa muddatli kreditlari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan qisqa muddatli bank kreditlarining summalari 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” schyotining kreditida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaytarilgan qisqa muddatli bank kreditlari summasi 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” schyotining debet tomonida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir kreditni taqdim etgan bank, kredit summasi, muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. 6820 “Qisqa muddatli qarzlar” schyotida Oʻzbekiston Respublikasi va chet eldagi qarz beruvchilar (bankdan tashqari)dan 12 oydan koʻp boʻlmagan muddatga olingan qarzlar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz beruvchilardan (bankdan tashqari) tushgan mablagʻlar pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 6820 “Qisqa muddatli qarzlar” schyotining krediti boʻyicha qayd qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan qarzlarni qaytarish 6820 “Qisqa muddatli qarzlar” schyotining debetida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6820 “Qisqa muddatli qarzlar” schyoti boʻyicha analitik hisob qarz beruvchilar va qarzlarni qaytarish muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292. 6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyotida toʻlov muddati 12 oydan ortiq boʻlmagan obligatsiyalarni muomalaga chiqarish hisobiga sugʻurtalovchiga jalb etilgan mablagʻlar hisobga olinadi. Agar mablagʻlarni jalb qilish obligatsiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoga sotish yoʻli bilan amalga oshirilsa, unda obligatsiyalarni sotish bahosi bilan nominal qiymati oʻrtasidagi farq 6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyotining kreditida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiya turi va uni qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293. 6840 “Toʻlanadigan veksellar” schyotida qoplash muddati 12 oydan ortiq boʻlmagan berilgan veksellar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchida berilgan veksellarni hisobga olish muomalalari 6840 “Toʻlanadigan veksellar” schyotining krediti va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti tomonida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veksel boʻyicha muomalalar natijasida qarz beruvchidan olingan pul mablagʻlarining sugʻurtalovchi tomonidan qaytarishi 6840 “Toʻlanadigan veksellar” schyotining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6840 “Toʻlanadigan veksellar” schyoti boʻyicha analitik hisob veksellar hisobini amalga oshiradigan banklar, veksel ushlovchilar va har bir veksel boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294. Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6800)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar olindi‎ 5110—5530‎ 6810—6820‎
2.‎ Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar hisobiga TMZ xarid qilindi‎ 1010—1090‎ 6810—6820‎
3.‎ Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar hisobidan mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarz toʻlandi‎ 6010‎ 6810—6820‎
4.‎ Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar qaytarildi‎ 6810—6820‎ 5110—5530‎
5.‎ Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar alohida boʻlinmalar hisobidan qaytarildi‎ 6810—6820‎ 6110‎
6.‎ Berilgan veksel va obligatsiyalar evaziga qisqa muddatli qarz olindi‎ 5110—5530‎ 6830—6840‎
7.‎ Berilgan veksel va obligatsiyalar qoplandi‎ 6830—6840‎ 5110—5530‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295. Turli kreditorlar bilan muomalalari boʻyicha qarzlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6910 “Toʻlanadigan operativ ijara”;
(295-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6920 “Hisoblangan foizlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6930 “Royalti boʻyicha qarz”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6940 “Kafolatlar boʻyicha qarz”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6970 “Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6990 “Boshqa majburiyatlar”.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296. 6910 “Toʻlanadigan operativ ijara” schyotida sugʻurtalovchining operativ ijara boʻyicha ijaraga beruvchi oldidagi majburiyati aks ettiriladi. Hisoblangan ijara summasi 6910 “Toʻlanadigan operativ ijara” schyotining kredit tomonida, ijaraga beruvchiga toʻlangan summa esa ushbu schyotning debet tomonida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6910 “Toʻlanadigan operativ ijara” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir operativ ijara shartnomasi boʻyicha alohida yuritiladi.
(296-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297. 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotida kreditorlar tomonidan berilgan qarzlar va kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi. Toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar boʻyicha hisoblangan summalar 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotining kreditida, foizlar boʻyicha qarzlarni toʻlash esa ushbu schyotning debetida aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta sugʻurta qildiruvchida deponentlangan sugʻurta mukofotiga hisoblangan qayta sugʻurtalovchining daromadining hisobi, 9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar” schyotining debeti 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda amalga oshiriladi. Hisoblangan daromadlarning qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq toʻlanishi 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi.
(297-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir kreditor boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298. 6930 “Royalti boʻyicha qarzlar” schyotida sugʻurtalovchining boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlardan foydalanish uchun aktivlarning olinishi natijasida vujudga kelgan royalti toʻlovlari boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari hisobga olinadi. Royalti boʻyicha hisoblangan qarzlar 6930 “Royalti boʻyicha qarzlar” schyotining kredit tomonida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6930 “Royalti boʻyicha qarzlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir kreditor boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299. 6940 “Kafolatlar boʻyicha qarzlar” schyotida sugʻurtalovchining sotilgan mahsulotlarga kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha xaridorlar oldidagi majburiyatlari aks ettiriladi. Agar sugʻurtalovchi mahsulotini sotish vaqtida xaridorga kafolat muddatini bersa, ushbu majburiyat butun kafolat muddati davomida mavjud boʻladi. Kafolat summasi mahsulot sotish amalga oshirilgan davrda xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi. Sugʻurtalovchi oʻz tajribasidan kelib chiqqan holda, kelgusi davrlarga beriladigan kafolat summasi qanchaga toʻgʻri kelishi, yaʼni tovar yoki xizmatning bir birligiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha xizmat qiymatini hisoblab chiqishi va ushbu summani 6940 “Kafolatlar boʻyicha qarzlar” schyotining kredit tomonida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6940 “Kafolatlar boʻyicha qarzlar” schyoti boʻyicha analitik hisob kafolat bilan sotilgan xar bir mahsulot, ish va xizmatlarning turlari boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300. 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyotida mazkur hisobot davrida toʻlanishi lozim boʻlgan uzoq muddatli qarz majburiyatlarining joriy qismi aks ettiriladi. Uzoq muddatli majburiyatlar joriy qismga oʻtkazilganda 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti toʻlanadigan summaga uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi va uzoq muddatli majburiyatlarning boshlangʻich summasini kamaytiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek ushbu schyotda moliyaviy ijara boʻyicha ijaraga beruvchi oldidagi uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi ham aks ettiriladi.
(300-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti boʻyicha analitik hisob uzoq muddatli majburiyatlarning turlari, qaytarilish muddatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va uning tashqarisidagi uzoq muddatli majburiyatlarni ajratgan holda, alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. 6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti xaridorlar, buyurtmachilar va boshqa korxonalar tomonidan bildirilgan daʼvolar, shuningdek tan olingan (yoki eʼtirof etilgan) jarimalar, penyalar va neustoykalar boʻyicha sugʻurtalovchining qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan. Daʼvolar asosan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlikdan kelib chiqib, 6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir kreditor va daʼvo boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. 6970 “Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar” schyoti sugʻurtalovchi ishchilariga maʼmuriy-xoʻjalik va operatsion xarajatlar, shuningdek xizmat safarlari uchun berilgan hisobdorlik summalari bilan haqiqiy sarflangan summalari oʻrtasidagi farq natijasida kelib chiqadigan qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sarflangan summa hisobdorlik boʻyicha berilgan summadan oshsa, sugʻurtalovchining hisobdor shaxs oldida qarzi vujudga keladi va ushbu summa 6970 “Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar” schyotining kredit tomonida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6970 “Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir hisobdor shaxslar boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303. 6990 “Boshqa majburiyatlar” schyoti turli notijorat muomalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslar (oʻquv yurtlari, ilmiy korxonalar va sh.k.) oldidagi sud organlarining ijroya hujjatlari yoki qarorlari asosida sugʻurtalovchi ishchilarining mehnat haqidan turli korxona va alohida shaxslar foydasiga ushlab qolingan summalar boʻyicha sugʻurtalovchining joriy majburiyatlari aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6890 “Boshqa majburiyatlar” schyoti boʻyicha analitik hisob boshqa majburiyatlarning har bir turi boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304. Turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni

Schyotlarning bogʻlanishi

Debet‎

Kredit‎

1.‎

Operativ ijara boʻyicha foiz hisoblandi‎

Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar‎

6910‎

2.‎

Operativ ijara boʻyicha qarz toʻlandi‎

6910‎

5010 — 5530‎

3.‎

Moliyaviy ijara boʻyicha foiz hisoblandi‎

9610‎

6920‎

4.‎

Kreditlar, qarzlar va depo mukofotlar boʻyicha foizlar hisoblandi‎

9610‎

6920‎

5.‎

Qarzlar boʻyicha hisoblangan foizlar toʻlandi‎

6920‎

5110 — 5530‎

6.‎

Royalti hisoblandi‎

9690‎

6930‎

7.‎

Hisoblangan royalti toʻlandi‎

6930‎

5110 — 5530‎

8.‎

Kafolatli xizmat boʻyicha qarz hisoblandi‎

9430‎

6940‎

9.‎

Kafolatli xizmat boʻyicha haqiqiy xarajatlar hisobdan chiqarildi‎

6940‎

Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar‎

10.‎

Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi oʻtkazildi‎

7810 — 7920‎

6950‎

11.‎

Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi boʻyicha toʻlangan summa‎

6950‎

5110 — 5530‎

12.‎

Tan olingan daʼvolar (xatolar, yoʻldagi kamomad, mahsulot sifatining muvofiq kelmasligi va hokazolar) boʻyicha qarzlar hisoblandi‎

9430‎

6960‎

13.‎

TMZlardagi arifmetik xatolardan kelib chiqqan daʼvolar boʻyicha qarzlar (hisob-kitob hujjatlaridagidan haqiqatda kam yetkazib berilganda) hisoblandi‎

1010 — 1090‎

6960‎

14.‎

Shartnoma majburiyatlariga rioya qilmaganlik uchun jarimalar, penyalar, neustoykalar summalari boʻyicha qarzlar (tan olingan yoki arbitraj tomonidan eʼtirof etilgan hajmda) hisoblandi‎

9430‎

6960‎

15.‎

Asosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, umumishlabchiqarish va boshqaruv ehtiyojlari, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga taalluqli xarajatlarni amalga oshirganligi uchun hisobdor shaxslarga qarzlar hisoblandi‎

2010, 2310, 2510, 2710, 9420‎

6970‎

16.‎

Mahsulotni sotish bilan bogʻliq boʻlgan (transport va boshqa) xarajatlarni amalga oshirganligi uchun hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar hisoblandi‎

9410‎

6970‎

17.‎

Tabiiy ofatlarning ogohlantirish yoki bartaraf qilish bilan bogʻliq boʻlgan turli xarajatlarning toʻlovi uchun hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar hisoblandi‎

9720‎

6970‎

18.‎

Kapital qoʻyilmalarda turli korxonalar xizmatlar koʻrsatdi‎

0810 — 0890‎

6990‎

19.‎

Turli korxona va shaxslardan turli TMZ sotib olindi va har xil xizmatlar qabul qilindi‎

1510‎

6990‎

20.‎

Turli korxonalar asosiy, yordamchi, umumishlabchiqarish sexlari va xizmat koʻrsatish xoʻjaliklarga xizmatlari koʻrsatishdi‎

2010, 2310, 2510, 2710‎

6990‎

21.‎

Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda koʻrsatgan xizmatlari uchun boshqa korxonalarga boʻlgan qarz‎

9210‎

6990‎

22.‎

Boshqa shaxslardan pul ekvivalentlari kelib tushdi‎

5610‎

6990‎

23.‎

Boshqa shaxslardan oʻtkazmalar kelib tushdi‎

5710‎

6990‎

24.‎

Boshqa shaxslardan qimmatli qogʻozlar sotib olindi‎

0610, 5810‎

6990‎

25.‎

Turli korxonalarning ijtimoiy soha obyektlarini saqlash boʻyicha koʻrsatgan xizmatlari hisoblandi‎

2710‎

6990‎

26.‎

Sotib olingan aksiyalarni saqlaganligi uchun depozitariyga boʻlgan qarz hisoblandi‎

9690‎

6990‎

(304-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII kichik boʻlim. Uzoq muddatli majburiyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari sugʻurtalovchining yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306. Sugʻurtalovchining chet el valyutasidagi majburiyatlari ushbu boʻlimdagi schyotlarda pul hisob-kitob hujjatlaridan koʻchirma olingan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha soʻmda hisobga olinadi. Hisobot oyining oxirgi sanasiga kreditorlik qarzlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta baholashda aniqlangan kurs farqlari (ijobiy kurs farqi boʻlganda) 9540 “Valyuta kurs farqidan daromadlar” yoki (salbiy kurs farqi boʻlganda) 9620 “Valyuta kurs farqidan zararlar” schyotlarida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307. Ushbu kichik boʻlimda quyidagi schyotlar boʻyicha hisob yuritish tartibi yoritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7000 — Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7100 — Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar;
(307-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7200 — Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7300 — Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7800 — Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7900 — Turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Uzoq muddatli toʻlanadigan schyotlar (7000)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
308. Sugʻurtalovchining mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar, shuningdek yuk tashish boʻyicha olingan xizmatlar uchun vujudga kelgan uzoq muddatli majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”;
(308-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7020 “Berilgan veksellar”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”;
(308-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309. 7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining kreditida haqiqatda kelib tushgan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlarning qiymati ushbu qiymatliklar yoki tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar boʻyicha alohida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310. 7011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining krediti boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari boʻyicha pudratchilarning bajargan ishlari boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar hisobga olinadi. Sugʻurtalovchi tomonidan ogohlantirish chora-tadbirlari boʻyicha ishlar qabul qilib olinganda, ogohlantirish chora-tadbirlarining amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida bajarilgan ishlar summasiga, 8040 “Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi” schyotining debeti 7011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Avval ogohlantirish chora-tadbirlari uchun berilgan boʻnak mablagʻlari hisobidan ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha vujudga kelgan kreditorlik qarzdorlikni qoplash, 7011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining debeti va 4330 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun berilgan boʻnaklar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka berish orqali amalga oshiriladi. Ogohlantirish chora-tadbirlari uchun qoʻshimcha toʻlov summasiga, 7011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir mol yetkazib beruvchi va pudratchi boʻyicha yuritiladi.
(310-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311. 7020 “Berilgan veksellar” schyotining kreditida sotib olingan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlar uchun veksellar bilan taʼminlangan uzoq muddatli majburiyatlar hisobga olinadi va ular qoplanish davrigacha hisobda turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7020 “Berilgan veksellar” schyoti boʻyicha analitik hisob berilgan veksellarning har bir turi boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
312. Mol yetkazib beruvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli majburiyatlar joriy qismga oʻtkazilganda 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar”, 6020 “Berilgan veksellar” schyotlari kreditlanib, 7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar”, 7020 “Berilgan veksellar” schyotlari debetlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
313. 7030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotida sugʻurtalovchining sugʻurta qildiruvchilarga sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatlari aks ettiriladi. Sugʻurta tovoni hisoblanganda 7030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti muvofiq ravishda 9431, 9432, 2210, 2220 schyotlar bilan kreditlanadi. Sugʻurta tovonining toʻlanishi 7030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda provodka bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar hayot sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta zaxiralarining vaqtincha boʻsh mablagʻlaridan sugʻurta polisi kafolati ostida sugʻurta qildiruvchilarga ssudalar berishi mumkin. Sugʻurta qildiruvchi tomonidan ssudani oʻz vaqtida qaytarmagan holatda, sugʻurta qildiruvchining ssudalar boʻyicha qarzdorligini sugʻurta tovoni summasidan ushlab qolish 7030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotning debeti 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Ssudalar boʻyicha hisoblangan foizlarning sugʻurta tovoni hisobidan ushlab qolinishi 7030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotning debeti 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirgan holda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir sugʻurta qildiruvchi va sugʻurta shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
(313-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
314. 7040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotida sugʻurta agentlari va brokerlariga hisoblangan komission mukofotlar summasi aks ettiriladi. Komission mukofotlarning hisoblanishi 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyoti debeti 7040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Komission mukofotlarning toʻlanishi 7040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Agar agentlik kelishuvida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda, sugʻurta agentlari yoki brokerlariga komission mukofotlarning ushlab qolinishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushlab qolingan komission mukofotlar summasiga, 7040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining debeti 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir agent, sugʻurta qildiruvchi va sugʻurta shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
(314-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
315. 7050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan shartnomalar boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari aks ettiriladi. Qayta sugʻurta qildiruvchiga toʻlanadigan sugʻurta tovonining hisoblanishi 2230 “Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotining debeti 7050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Tovon ulushi toʻlanganda 7050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti debeti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir qayta sugʻurta qildiruvchi va qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
(315-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
316. 7060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotida sugʻurtalovchining qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalari boʻyicha majburiyatlari aks ettiriladi. Qayta sugʻurta mukofoti hisoblanganda ushbu summaga, 9040 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotlari” schyotining debeti 7060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Sugʻurta mukofotining qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq toʻlanishi 7060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti debeti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda provodka bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir qayta sugʻurtalovchi va qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
317. 7070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyotida qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha depo mukofotlar aks ettiriladi. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida sugʻurta mukofotlarini qayta sugʻurta qilishga berilayotgan tavakkalchiliklarning jami boʻyicha sugʻurta mukofotlarini maʼlum davr oraligʻida oʻtkazish nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu davr tugagunga qadar qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofoti komission ragʻbatlantirishlar chegirilgan holatda deponentlangan (depo mukofot) hisoblanadi. Depo mukofotlarining hisoblanishi 7060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining debeti boʻyicha 7070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Qayta sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilgan muddatning tugashi bilan (qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta mukofotlarini toʻlash muddati kelganda) 7070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyotining debeti 7060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda teskari provodka beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir qayta sugʻurtalovchi va qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
318. 7080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qildiruvchiga toʻlanadigan qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar aks ettiriladi. Komission ragʻbatlantirishlarning hisoblanishi, 7080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining krediti 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tanyemalar va yigʻimlarning toʻlanishi 7080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti debeti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odatda, qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar qayta sugʻurta qilish shartnomasida aks ettiriladi va qayta sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta mukofotlarini qayta sugʻurta qilishga oʻtkazishda ushlab qolinishi mumkin. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar summasi qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolinishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu summa, 7080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir qayta sugʻurta qildiruvchi, broker va qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
(318-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319. 7090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotida aktuariylar (aktuar tashkilotlar), adjasterlar (adjaster tashkilotlar), syurveyerlar (syurveyerlik tashkilotlari), assistanslar (assistans xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tashkilotlar)ga toʻlanadigan summalar aks ettiriladi. Majburiyatlarning hisoblanishi 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debeti 7090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Yuqoridagi subyektlar xizmat haqlarining toʻlanishi 7090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyotining debeti bilan pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir aktuariy, adjaster, syurveyer va assistans va sugʻurta shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
320. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar (7000)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Sugʻurtalovchiga oʻrnatiladigan asbob-uskunalar kelib tushdi‎ 0710, 0720‎ 7010‎
2.‎ Kapital qoʻyilmalar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlari yuzasidan berilgan schyotlar toʻlovga qabul qilindi‎ 0810—0890‎ 7010‎
3.‎ Mol yetkazib beruvchilardan materiallar kelib tushdi‎ 1010—1090‎ 7010‎
4.‎ Mol yetkazib beruvchilardan oʻstirishga va boʻrdoqiga boqiladigan hayvonlar kelib tushdi‎ 2710‎ 7010‎
5.‎ Mol yetkazib beruvchilardan turli TMZ kelib tushdi (1510 schyoti qoʻllanilganda)‎ 1510‎ 7010‎
6.‎ Mol yetkazib beruvchilardan tovar moddiy zaxiralari sotib olinganda toʻlangan QQS summasi hisobga olindi‎ 4410‎ 7010‎
7.‎ Sugʻurtalovchi tomonidan asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik, umumishlabchiqarish va boshqaruv ehtiyojlari uchun mol yetkazib beruvchilarning bajargan ish va xizmatlari (jumladan: energiya, gaz, bugʻ, suv) qabul qilindi‎ 2010, 2310, 2510, 2710, 9420—9430‎ 7010‎
8.‎ Kelgusi davr xarajatlariga tegishli boʻlgan mol yetkazib beruvchilardan olingan ish va xizmatlar‎ 3190‎ 7010‎
9.‎ Mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarni sotish jarayonida mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning koʻrsatgan ish va xizmatlari‎ 9410‎ 7010‎
10.‎ Tabiiy ofatlarni tugatishda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning xizmatlari‎ 9720‎ 7010‎
11.‎ Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning qarzlari uzoq muddatli qismdan joriy qismga hisobdan chiqarildi‎ 7010‎ 6010‎
12.‎ Daʼvo muddati tugagan kreditorlik qarzlari hisobdan chiqarildi‎ 7010‎ 9390‎
13.‎ Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha vujudga kelgan kreditorlik qarzdorlik hisobiga ogohlantirish chora-tadbirlari boʻyicha avval berilgan boʻnaklarni hisobga olish‎ 7011‎ 4330‎
14.‎ Amalga oshirilgan ogohlantirish chora-tadbirlari uchun qoʻshimcha toʻlov‎ 7011‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎
15.‎ Sugʻurta tovonini hisoblash‎ 2210—2220‎ 7030‎
16.‎ Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlarining hisoblanishi‎ 9431—9432‎ 7030‎
17.‎ Sugʻurta tovonining toʻlanishi‎ 7030‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎
18.‎ Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha sugʻurta qildiruvchining qarzdorligini sugʻurta tovoni summasidan ushlab qolish‎ 7030‎ 4070‎
19.‎ Sugʻurta qoplamasini toʻlashda vaqtida toʻlanmagan navbatdagi sugʻurta mukofotini ushlab qolish‎ 7030‎ 4030‎
20.‎ Agentlik kelishuviga muvofiq sugʻurta vositachisiga hisoblangan komission mukofotlar summasining ushlab qolinishi‎ 7040‎ 4040‎
22.‎ Sugʻurta agentlari va brokerlariga hisoblangan komission mukofotlarning toʻlanishi‎ 7040‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎
23.‎ Qayta sugʻurta qildiruvchiga toʻlanadigan sugʻurta tovonini hisoblash‎ 2230‎ 7050‎
24.‎ Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan shartnomalar boʻyicha tovon ulushini toʻlash‎ 7050‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎
25.‎ Qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha qayta sugʻurta mukofotini hisoblash‎ 9040‎ 7060‎
26.‎ Qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha qayta sugʻurta mukofotining toʻlanishi‎ 7060‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎
27.‎ Qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha depo mukofotlarni hisoblash (ushbu provodka qayta sugʻurta mukofoti hisoblangandan soʻng amalga oshiriladi)‎ 7060‎ 7070‎
28.‎ Qayta sugʻurta qilish berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta mukofotlarini toʻlash muddatining kelishi (qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlarning hisobdan chiqarilishi)‎ 7070‎ 7060‎
29.‎ Qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning hisoblanishi‎ 2010‎ 7080‎
30.‎ Qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha komission ragʻbatlantirishlarning ushlab qolinishi‎ 7080‎ 4051‎
31.‎ Qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning toʻlanishi‎ 7080‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎
32.‎ Aktuariylar (aktuar tashkilotlar), adjasterlar (adjasterlik tashkilotlari), syurveyerlar (syurveyerlik tashkilotlari), assistanslar (assistans xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar)ga toʻlash uchun summalar hisoblandi‎ 2010‎ 7090‎
33.‎ Aktuar, adjasterlik, syurvenerlik va assistans xizmatlarining toʻlanishi‎ 7090‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar (7100)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321. Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7110 “Alohida boʻlinmalarga boʻlgan uzoq muddatli qarz”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarz”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322. 7110 “Alohida boʻlinmalarga boʻlgan uzoq muddatli qarz” schyotida sugʻurtalovchining umumiy balansga qoʻshiladigan filiallar, vakolatxonalar, boʻlimlar va boshqa alohida boʻlinmalar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlar (ichki xoʻjalik yoki balans ichidagi hisob-kitoblar) hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchining turli xildagi muomalalar boʻyicha alohida boʻlinmalar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari 7110 “Alohida boʻlinmalarga boʻlgan uzoq muddatli qarz” schyotining kreditida tovar moddiy qiymatliklar, pul mablagʻlari, xarajatlar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323. 7120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarz” schyotida sugʻurtalovchining shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari (balanslararo hisob-kitoblar yoki ichki idoraviy hisob-kitoblar) hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar” schyotining kreditida turli xildagi muomalalar boʻyicha shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari oldidagi joriy majburiyatlar tovar moddiy qiymatliklar, pul mablagʻlari, xarajat va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7110 “Alohida boʻlinmalarga boʻlgan uzoq muddatli qarz”, 7120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarz” schyotlari boʻyicha analitik hisob har bir alohida boʻlinma, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyati boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324. Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (7100)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Alohida boʻlinmalardan, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan tovar moddiy qiymatliklari qabul qilindi‎ 0710—0890, 1010—1090‎ 7110, 7120‎
2.‎ Xuddi shu holat, 1510 schyotni qoʻllagan holda‎ 1510‎ 7110, 7120‎
3.‎ Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olingan TMZlar qiymatidagi farq hisobga olindi‎ 1610‎ 7110, 7120‎
4.‎ Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik, umumishlabchiqarish va boshqaruv ehtiyojlari uchun alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari koʻrsatgan xizmatlar hisobga olindi‎ 2010, 2310, 2510, 2710, 9420—9430‎ 7110, 7120‎
5.‎ Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining kelgusi davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadigan xizmatlari‎ 3190‎ 7110, 7120‎
6.‎ Alohida boʻlinmalardan kassaga naqd pul kelib tushdi (yoʻllanmalar uchun)‎ 5010‎ 7110‎
7.‎ Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan bankka pul mablagʻlari kelib tushdi‎ 5110—5530‎ 7110, 7120‎
8.‎ Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan pul ekvivalentlari kelib tushdi‎ 5610‎ 7110, 7120‎
(paragraf Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar (7200)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325. Sugʻurtalovchining uzoq muddatga kechiktirilgan majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar”;
(325-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7290 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326. 7210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalarning diskonti (chegirmasi) boʻyicha sugʻurtalovchining uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarini aks ettiradi. Ushbu schyot faqat obligatsiya sotib oluvchilarda qoʻllaniladi. Obligatsiyalar diskont bilan sotib olinganda, diskont summasi 7210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti va toʻlangan summa pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kredit tomonida uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Obligatsiyalar boʻyicha diskont (chegirma)lar joriy qismga oʻtkazilganda 7210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti debetlanadi va 6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti kreditlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327. 7220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalarning mukofoti (ustamasi) boʻyicha sugʻurtalovchining uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarini aks ettiradi. Ushbu schyot faqat obligatsiya sotuvchilarda qoʻllaniladi. Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda 7220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti va 7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyoti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi. Obligatsiyalar boʻyicha mukofot (ustama)lar joriy qismga oʻtkazilganda 7220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti debetlanadi va 6220 “Mukofot (ustama)lar shaklidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti kreditlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7220 “Mukofot (ustama)lar shaklidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328. 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun pul mablagʻlarini olish va tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish muddatlari orasidagi farq bilan bogʻliq sugʻurtalovchi majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish uchun moʻljallangan. 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyotining kreditida kelgusi davrga tegishli boʻlgan daromadlar summasi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda, debetida esa tegishli davr kelganda 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotiga oʻtkazilgan daromadlar joriy qismining summasi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir daromad turi boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329. 7240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” schyotida qonunchilikka muvofiq tegishli hukumat idoralarining qarori boʻyicha bir necha yilga kechiktirib toʻlashga ruxsat etilgan soliq boʻyicha budjet oldidagi uzoq muddatli qarzlar va majburiy toʻlovlar aks ettiriladi. 7240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” schyotining kreditida uzoq muddatli kechiktirilgan toʻlovlar summasi budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni (6400), sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni (6500) hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” schyoti boʻyicha analitik hisob xar bir kechiktirilgan soliq va toʻlovlar turi boʻyicha va qoplanish muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
330. 7250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar” schyotida vaqtinchalik farqlar natijasida yuzaga keladigan kechiktirilgan foyda soligʻi summasi aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar hisob daromadidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, toʻlanadigan foyda soligʻi esa soliq solinadigan daromaddan kelib chiqib hisoblanadi. Hisob daromad va soliq solinadigan daromadni aniqlashdagi yondashuvlardagi farq moliyaviy hisobotda aks ettirilishi lozim. Sugʻurtalovchining hisob siyosatiga muvofiq hisob maʼlumotlari boʻyicha hisoblangan foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar sugʻurtalovchi tomonidan daromadni olish davomida amalga oshirilgan deb qaralib, tegishli daromadlar va xarajatlar yuzaga kelgan davrda hisoblanadi va sugʻurtalovchining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijasi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi. Bunda hisob daromadidan kelib chiqib, hisoblangan foyda soligʻi va soliqqa tortiladigan daromaddan kelib chiqib hisoblangan toʻlanadigan foyda soligʻi oʻrtasidagi farq, vaqtinchalik farq sifatida yuritiladi va 7250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha majburiyatlarning tegishli joriy qismi 7250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar” schyotining debetidan 6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha majburiyatlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
(330-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331. 7290 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” schyotida 7210 — 7250 schyotlarida koʻrsatilmagan sugʻurtalovchining boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlari aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332. Uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar (7200)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Diskont bilan sotilgan obligatsiyalarning diskont summasi‎ 5110—5530‎ 7210‎
2.‎ Kechiktirilgan diskontning uzoq muddatli qismi joriy qismga oʻtkazildi‎ 7210‎ 6210‎
3.‎ Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda hisoblangan mukofot summasi‎ 5110—5530‎ 7220‎
4.‎ Kechiktirilgan mukofotning uzoq muddatli qismi joriy qismga oʻtkazildi‎ 7220‎ 6220‎
5.‎ Kelgusida joʻnatiladigan TMZ, koʻrsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlar uchun oldindan pul mablagʻlarini kelib tushishi‎ 5110—5530‎ 7230‎
6.‎ Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi hisobdan chiqarildi‎ 7230‎ 6230‎
7.‎ Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirish berildi‎ 6410, 6510—6530‎ 7240‎
8.‎ Budjetga toʻlovlar uchun soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlarning joriy qismi hisobot davriga hisobdan chiqarildi.‎ 7240‎ 6240‎
9.‎ Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar‎ 9810‎ 7250‎
10.‎ Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻining uzoq muddatli qismini joriy qismga oʻtkazish‎ 7250‎ 6250‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (7300)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
333. Sugʻurtalovchining buyurtmachilarga qisman tayyor TMZni yetkazib berishi yoki ish bajarishi va xizmatlar koʻrsatishi uchun olgan boʻnaklari boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar” schyotida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan boʻnak summalari, shuningdek, qisman tayyor mahsulot (ish, xizmat) uchun olingan toʻlovlar summasi 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar” schyotining kredit tomonida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan uzoq muddatli boʻnaklar summasining joriy qismga oʻtkazilishi 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar” schyotining debeti, 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar” schyoti boʻyicha analitik hisob olingan boʻnaklar turi boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334. Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (7300)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Uzoq muddatli boʻnaklar olindi‎ 5010—5530‎ 7310‎
2.‎ Uzoq muddatli boʻnaklar summasi joriy qismga oʻtkazildi‎ 7310‎ 6310‎
3.‎ Ilgari olingan uzoq muddatli boʻnaklar qaytarildi‎ 7310‎ 5010—5530‎
4.‎ Ilgari olingan boʻnaklar bank kreditlari va boshqa korxonalarning qarzi hisobiga qaytarildi‎ 7310‎ 6110—6190,
‎ 7110—7190‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (7800)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335. Sugʻurtalovchining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va chet eldagi banklar va qarz beruvchilardan soʻmda va chet el valyutasida olgan uzoq muddatli (12 oydan uzoq muddatga) kredit va qarzlarining holatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7820 “Uzoq muddatli qarzlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7840 “Toʻlanadigan veksellar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
336. Olingan uzoq muddatli bank kreditlar summasi 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyotining kreditida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli bank kreditini joriy qismga oʻtkazishda, tegishli summaga 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyoti debetlanadi va 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti kreditlanadi bunda uzoq muddatli bank kreditining boshlangʻich qiymati kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli kreditlarning analitik hisobi ularga berilgan kreditlarning turlari va muddatlari, banklar boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
337. 7820 “Uzoq muddatli qarzlar” schyotida sugʻurtalovchining Oʻzbekiston Respublikasi va chet eldagi qarz beruvchilar (bankdan tashqari)dan 12 oydan uzoq muddatga olgan qarzlari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz beruvchilardan (bankdan tashqari) kelib tushgan mablagʻlar pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 7820 “Uzoq muddatli qarzlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli qarzlar joriy qismga oʻtkazilganda 7820 “Uzoq muddatli qarzlar” schyoti debetlanadi va toʻlanadigan summa uzoq muddatli qarzlarning boshlangʻich summasini ushbu miqdorga kamaytirib, 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qism” schyotining kredit tomonida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7820 “Uzoq muddatli qarzlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir qarz beruvchi va qarzlarni toʻlash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
338. 7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyotida toʻlov muddati 12 oydan koʻp boʻlgan obligatsiyalarni sotish hisobiga sugʻurtalovchiga jalb etilgan mablagʻlar hisobga olinadi. Agar mablagʻlarni jalb qilish obligatsiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoga sotish yoʻli bilan amalga oshirilsa, unda obligatsiyalarni sotish bahosi bilan nominal qiymati oʻrtasidagi farq 7220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyotining kreditida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli toʻlanadigan obligatsiyalar joriy qismga oʻtkazilganda 7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyoti debetlanadi va toʻlanadigan summa uzoq muddatli toʻlanadigan obligatsiyalarning boshlangʻich summasini ushbu miqdorga kamaytirib, 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qism” schyotining kredit tomonida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiya turi va toʻlash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
339. 7840 “Toʻlanadigan veksellar” schyotida qarz beruvchilarga 12 oydan ortiq muddatda qaytarish uchun berilgan veksellar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan veksellar sugʻurtalovchida 7840 “Toʻlanadigan veksellar” schyotining kreditida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli toʻlanadigan veksellar joriy qismga oʻtkazilganda 7840 “Toʻlanadigan veksellar” schyoti debetlanadi va toʻlanadigan summa uzoq muddatli toʻlanadigan veksellarning boshlangʻich summasini ushbu miqdorga kamaytirib 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qism” schyotining kredit tomonida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlanadigan veksellar boʻyicha analitik hisob veksellar hisobini amalga oshiradigan banklar, veksel ushlovchilar va har bir veksel boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
340. Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (7800)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar olindi‎ 5110—5530‎ 7810—7820‎
2.‎ Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar hisobiga olingan TMZ qabul qilindi‎ 1010—1090‎ 7810—7820‎
3.‎ Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar hisobidan boʻnaklar berildi‎ 4310—4340,
‎4410,
‎4510—4520‎
7810—7820‎
4.‎ Uzoq muddatli kreditlar va qarzlar hisobidan mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻlgan qarz toʻlandi‎ 6010‎ 7810—7820‎
5.‎ Berilgan veksel va obligatsiyalar evaziga uzoq muddatli qarz olindi‎ 5110—5530‎ 7830—7840‎
6.‎ Kreditlar, qarzlar, obligatsiyalar va veksellarni joriy qismini oʻtkazish‎ 7810—7840‎ 6950‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (7900)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341. Sugʻurtalovchining turli jismoniy va yuridik shaxslar oldidagi moliyaviy ijara, notijorat muomalalar (oʻquv yurtlari, ilmiy korxonalar va hokazo); transport korxonalarining koʻrsatgan xizmatlari boʻyicha, sud idoralarining qarorlariga va boshqa hujjatlarga asosan turli korxonalar va alohida shaxslar manfaati uchun sugʻurtalovchi ishchilarining ish haqidan ushlangan summalar boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
(341-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7910 “Toʻlanadigan moliyaviy ijara”;
(341-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7920 “Turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar”.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342. 7910 “Toʻlanadigan moliyaviy ijara” schyotida ijaraga olingan uzoq muddatli aktivlar uchun ijaraga beruvchi bilan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchiga kelib tushgan uzoq muddatli aktivlar uchun ijaraga beruvchi oldidagi qarzlar 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyoti bilan bogʻlangan holda 7910 “Toʻlanadigan moliyaviy ijara” schyotining kreditida hisobga olinadi.
(342-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343. Sugʻurtalovchining turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlari 7920 “Turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar” schyotining kreditida TMZ va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7920 “Turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir kreditor boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344. Turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (7900)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Moliyaviy ijaraga ijara shartlari asosida kelib tushgan asosiy vositalar uchun ijaraga beruvchi oldidagi qarz‎ 0310‎ 7910‎
2.‎ Moliyaviy ijara boʻyicha toʻlovlarni joriy qismga oʻtkazish‎ 7910‎ 6950‎
3.‎ Turli korxonalar va shaxslardan tovar-moddiy zaxiralari sotib olindi‎ 1010—1090‎ 7920‎
4.‎ Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni sotib olishda va kapital qoʻyilmalarda turli korxonalarning koʻrsatgan xizmati‎ 0710—0720,
‎0810—0890‎
7920‎
5.‎ Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishida koʻrsatgan xizmatlari uchun turli korxonalar oldidagi qarz‎ 9210, 9220‎ 7920‎
6.‎ Turli korxona va shaxslardan pul ekvivalentlari kelib tushdi‎ 5610‎ 7920‎
7.‎ Boshqa shaxslardan pul oʻtkazmalari kelib tushdi‎ 5710‎ 7920‎
8.‎ Boshqa shaxslardan qimmatli qogʻozlar sotib olindi‎ 0610, 5810‎ 7920‎
9.‎ Ijtimoiy soha obyektlarini saqlash uchun turli korxonalarning koʻrsatgan xizmatlari‎ 9430‎ 7920‎
(344-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III kichik boʻlim. Sugʻurta zaxiralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
345. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari sugʻurta zaxiralari va sugʻurta zaxiralaridagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346. Ushbu kichik boʻlimda quyidagi schyotlarda hisobni yuritish tartibi yoritilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8000 “Sugʻurta zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8100 “Sugʻurta zaxiralaridagi qayta sugʻurtalovchilar ulushlarini hisobga oluvchi schyotlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Sugʻurta zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar (8000)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347. Shakllantirilgan sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumiylashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8010 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8020 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8040 “Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi”;
(347-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8050 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8060 “Falokatlar zaxirasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8070 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8090 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
348. 8010 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi” schyotida hisobot sanasiga ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi summasi aks ettiriladi. Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8010 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 8010 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi” schyotining debeti 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8010 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
349. 8020 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi” schyotida hisobot sanasiga sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi summasi aks ettiriladi. Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8020 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining kamayish summasiga schyotining debeti 8020 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi” 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8020 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350. 8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyotida xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasining summasi aks ettiriladi. Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasining shakllanishida, zaxira summasiga 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta amalga oshirilishi bilan sugʻurta tovoni summasiga 8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyotining debeti 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Shuningdek, ushbu yozuv sugʻurtalovchining xabar qilingan zararlarni bartaraf qilish xarajatlari summasiga ham amalga oshiriladi. Sugʻurta shartnomasi yoki qonunchilikka muvofiq sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatlari tugatilganda, zararlarni bartaraf qilish boʻyicha xarajatlar miqdoriga oshirilgan xabar qilingan zarar summasiga 8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyotining debeti 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351. 8040 “Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi” schyotida ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasining summasi aks ettiriladi. Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar 2010 ““Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debeti 8040 “Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Sugʻurtalovchi tomonidan ogohlantirish chora-tadbirlari boʻyicha ishlar qabul qilib olinganda, ogohlantirish chora-tadbirlarining amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida bajarilgan ishlar summasiga 8040 “Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi” schyotining debeti 6011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8040 “Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
(351-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352. 8050 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi” schyotida hisobot sanasiga aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi summasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi miqdori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9290 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8050 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasining kamayish summasiga schyotining debeti 8050 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi” 9290 Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8050 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
353. 8060 “Falokatlar zaxirasi” schyotida hisobot sanasiga falokatlar zaxirasi summasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan falokatlar zaxirasi miqdori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Falokatlar zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9260 “Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8060 “Falokatlar zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, falokatlar zaxirasining kamayish summasiga schyotining debeti 8060 “Falokatlar zaxirasi” 9260 “Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8060 “Falokatlar zaxirasi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
354. 8070 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi” schyotida hisobot sanasiga zararlilikning tebranishi zaxirasi summasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan zararlilikning tebranishi zaxirasi miqdori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararlilikning tebranishi zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9270 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8070 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, zararlilikning tebranishi zaxirasining kamayish summasiga schyotining debeti 8070 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi” 9270 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8070 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
355. 8090 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira” schyotida hisobot sanasiga hayot sugʻurta boʻyicha zaxira summasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira miqdori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiraning miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8090 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiraning kamayish summasiga schyotining debeti 8090 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira” 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8090 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
356. Sugʻurta zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlarning (8000) boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining (RNP) hisoblanishi: RNPning oshgan summasi, yoki RNPning kamayish summasi ‎ 9230 8010 ‎ 8010 9230 ‎
2.‎ Sodir boʻlgan lekin, xabar qilinmagan zararlar zaxirasining (RPNU) hisoblanishi: RPNUning oshgan summasi, yoki RPNUning kamayish summasi ‎ 9250 8020 ‎ 8020 9250 ‎
3.‎ Xabar qilingan, bartaraf qilinmagan zararlar zaxirasining (RZU) shakllanishi‎ 9250‎ 8030‎
4.‎ Sugʻurta tovonining toʻlanishi bilan majburiyatning tugatilishi‎ 8030‎ 9250‎
5.‎ Zararni bartaraf qilish xarajatlari‎ 8030‎ 9250‎
6.‎ Sugʻurtalovchi majburiyatlarining tugatilishi: xabar qilingan zararlarni bartaraf qilish boʻyicha sugʻurtalovchining xarajatlari summasiga oshirilgan xabar qilingan zarar ‎ 8030‎ 9250‎
7.‎ Falokatlar zaxirasining (RK) hisoblanishi: RKning oshgan summasi, yoki RKning kamayish summasi ‎ 9260 8060 ‎ 8060 9260 ‎
8.‎ Zararlilikning tebranishi zaxirasining (RKU) hisoblanishi: RKUning oshgan summasi, yoki RKUning kamayish summasi ‎ 9270 8070 ‎ 8070 9270 ‎
9.‎ Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxirani (RJ) hisoblash: RJning oshgan summasi, yoki RJning kamayish summasi ‎ 9280 8090 ‎ 8090 9280 ‎
10.‎ Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar‎ 2010‎ 8040‎
11.‎ Sugʻurtalovchi tomonidan amalga oshirilgan ogohlantirish boʻyicha ishlarni qabul qilinishi‎ 8040‎ 6011‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Sugʻurta zaxiralaridagi qayta sugʻurtalovchilar ulushlarini hisobga oluvchi schyotlar (8100)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
357. Ishlab topilmagan mukofotlar, xabar qilingan, lekin bartaraf qilinmagan zararlar, sodir boʻlgan lekin, xabar qilinmagan zararlar va hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiralardagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8110 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8120 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8130 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8140 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi”.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta zaxiralaridagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushlari hisobot davri oxirida sugʻurta zaxiralarini muvofiq ravishda hisoblashda, Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1882, 2008-yil 15-dekabr) muvofiq hisoblanadi.
(357-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
358. 8110 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotida ushbu sugʻurta zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi summasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchining ulushi hisoblanadi. Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchining ulushi miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 8110 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining debeti 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8110 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8110 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
359. 8120 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotida ushbu sugʻurta zaxiralaridagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi summasi aks ettiriladi. Qoidaga koʻra xabar qilingan lekin, bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi sodir boʻlgan hodisalar toʻgʻrisida xabar berilgandan soʻng shakllantiriladi. Xabar qilingan lekin, bartaraf qilinmagan zararlar zaxirasi 8120 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining debeti 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, hisobga olinadi. Qayta sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta tovonining toʻlanishi yoki toʻlanmasligidan qatʼi nazar, zarar bartaraf qilingandan soʻng, qayta sugʻurta qildiruvchi ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchining ulushi summasiga 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8120 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8120 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir sugʻurta turi boʻyicha alohida yuritiladi.
(359-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
360. 8130 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotida ushbu sugʻurta zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi summasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchining ulushi hisoblanadi. Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchining ulushi miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 8130 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining debeti 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8130 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8130 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
361. 8140 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotida ushbu sugʻurta zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi summasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchining ulushi hisoblanadi. Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 8140 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining debeti 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8140 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8140 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir alohida sugʻurta turi boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
362. Sugʻurta zaxiralaridagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushlarini hisobga oluvchi schyotlar (8100)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchining ulushining hisoblanishi: ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining oshgan summasi, yoki ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining kamaygan summasi ‎ 8110 9230 ‎ 9230 8110 ‎
2.‎ Xabar qilingan lekin, bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining hisoblanishi: ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining oshgan summasi, yoki ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining kamaygan summasi ‎ 8120 9250 ‎ 9250 8120 ‎
3.‎ Sodir boʻlgan lekin, bartaraf qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining hisoblanishi: ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining oshgan summasi, yoki ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining kamaygan summasi ‎ 8130 9240 ‎ 9240 8130 ‎
4.‎ Hayot sugʻurtasi zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining hisoblanishi: ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining oshgan summasi, yoki ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining kamaygan summasi ‎ 8140 9280 ‎ 9280 8140 ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV boʻlim. Xususiy kapital
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I kichik boʻlim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
363. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari sugʻurtalovchining xususiy kapitali holati va harakati, shuningdek, qonunchilikka muvofiq va (yoki) taʼsis hujjatlariga muvofiq, tashkil etilgan rezervlar va fondlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy kapital sugʻurtalovchining aktivlari va majburiyatlari oʻrtasidagi farqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy kapital mulk egasi tomonidan amalga oshirilgan qoʻshimcha investitsiyalar, faoliyat natijalariga bogʻliq holda koʻpayishi yoki kamayishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364. Ushbu kichik boʻlimda quyidagi schyotlarda hisob yuritish tartibi yoritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8300 — Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8400 — Qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8500 — Zaxira kapitalini hisobga oluvchi schyotlar;
(364-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8600 — Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8700 — Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8800 — Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8900 — Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlarini hisobga oluvchi schyotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8300)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
365. Sugʻurtalovchi ustav kapitalining holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8310 “Oddiy aksiyalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8320 “Imtiyozli aksiyalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8330 “Pay va ulushlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
366. Ustav kapitali — bu taʼsis hujjatida belgilangan doiradagi faoliyatni taʼminlash uchun taʼsischilarning (ishtirokchilarning) sugʻurtalovchi mulkiga qoʻygan mablagʻlari (ulushlari, aksiyalar nominal qiymatida va hokazolar)ning pul ifodasidagi yigʻindisidir. Ustav kapitalini shakllantirish jarayoni sugʻurtalovchi tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav kapitali roʻyxatdan oʻtkazilgan hajmda yoki toʻlangan aksiyalarning nominal qiymati yigʻindisi miqdorida aks ettiriladi. Ustav kapitalining hajmi roʻyxatdan oʻtkazilgan taʼsis hujjatlaridagi summadan oshib ketishi mumkin emas. Sugʻurtalovchi ustav kapitalining koʻpayishi yoki kamayishi faqat taʼsischilarning qarori asosida va taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarga sugʻurtalovchi ustav kapitalidagi ulushining qaytarilishi ustav kapitali miqdorini kamaytirmaydi va bu muomala aynan aksiyadorlik jamiyatining sotib olingan xususiy aksiyalari kabi 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy” va 8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli” schyotlarining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
367. 8310 “Oddiy aksiyalar” schyoti oddiy aksiyalarni oʻzida mujassamlashtirgan aksiyadorlik kapitalining holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyati davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin uning ustav kapitali emissiya prospektida roʻyxatga olingan summada 8310 “Oddiy aksiyalar” schyotining krediti va 4610 “Ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha taʼsischilarning qarzlari” schyotining debetida aks ettiriladi. Sugʻurtalovchining aksiyadorlik kapitali hisobda roʻyxatdan oʻtgan, lekin emissiyasi tugallanmagan miqdorda hisobga olinishi sababli eʼlon qilingan (chiqarishga ruxsat berilgan) chiqarilgan (aksiyadorlar tomonidan obuna amalga oshirilgan) va muomaladagi oddiy aksiyalarning har qaysi emissiyasi boʻyicha alohida analitik hisob yuritish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyatlari oʻz ustav kapitalini muomalaga qoʻshimcha aksiyalar chiqarish yoki muomaladagi aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yoʻli bilan oshirishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali miqdori aksiyalar nominal qiymatining pasayishi, sugʻurtalovchilar tomonidan aksiyalarning bir qismini aksiya egalaridan sotib olinishi natijasida kamayishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalar likvidliligini oshirish maqsadida ularni maydalab yuborish yaʼni, ularning nominal qiymatini mutanosib ravishda kamaytirib umumiy miqdorini koʻpaytirish usuli qoʻllaniladi. Aksiyalarni maydalash natijalari aksiyadorlar kapitalining hajmiga taʼsir koʻrsatmay, faqatgina yangi muomaladagi aksiyalarning nominal qiymati va miqdorini koʻpaytirishi sababli ushbu muomalalar boʻyicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilmaydi. Ushbu muomalalarni 8310 “Oddiy aksiyalar” schyotiga ochilgan analitik hisob registrlarida qayd qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
368. 8320 “Imtiyozli aksiyalar” schyoti imtiyozli aksiya koʻrinishida chiqarilgan aksiyadorlik kapitalining holati va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalar 8310 “Oddiy aksiyalar” va 8320 “Imtiyozli aksiyalar” schyotlarda nominal qiymatlari boʻyicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8310 “Oddiy aksiyalar” va 8320 “Imtiyozli aksiyalar” schyotlar boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchining taʼsischilari va kapitalning shakllanish bosqichi boʻyicha maʼlumotlarning shakllanishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
369. 8330 “Pay va ulushlar” schyoti sugʻurtalovchining tashkiliy-huquqiy shakllariga asosan qatnashuvchilarning ulushlarini oʻzida mujassamlashtirgan ustav kapitalining holati va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sugʻurtalovchilari davlat tomonidan ajratilgan asosiy va aylanma mablagʻlardan tashkil qilingan ustav kapitalini belgilangan tartibda shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchi roʻyxatdan oʻtgandan keyin uning ustav kapitali taʼsischilarning taʼsis hujjatlarida belgilangan pay va ulushlaridan tashkil topadi va 8330 “Pay va ulushlar” schyotining krediti, hamda 4610 “Ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha taʼsischilarning qarzlari” schyotining debet tomonida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8330 “Pay va ulushlar” schyoti boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchining har bir taʼsischisi boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
370. Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8300)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Taʼsis hujjatlarida koʻzda tutilgan summada, (sugʻurtalovchi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin) ustav kapitali tasdiqlanishi‎ 4610‎ 8310—8330‎
2. Foydaning bir qismi ustav kapitalini koʻpaytirishga yoʻnaltirildi:
a) hisoblangan dividendlar miqdorida ‎ 8710 ‎ 6610 ‎
b) ustav kapitalini koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan foyda miqdorida ‎‎ 6610 ‎ 8310—8330 ‎‎
3.‎ Ustav kapitali toʻplangan kapital miqdorigacha kamaytirilishi‎ 8310—8330‎ 4610‎
4.‎ Sugʻurtalovchi taʼsischilariga ulushlari qaytarilishi‎ 8330‎ 6620‎
5.‏ Aksiyadorlardan sotib olingan va bekor qilingan xususiy aksiyalar ustav kapitalini kamaytirilishiga hisobdan chiqarildi:‎
a) nominal qiymatdan yuqori bahoda sotib olish nominal qiymatiga nominal qiymatdan oshgan summasi ‎ 8310, 8320, 8410, 9690 ‎ 8610, 8620 8610, 8620 ‎
b) nominal qiymatidan past narxda sotib olish sotib olish qiymatiga nominal qiymatidan past summasiga ‎ 8310, 8320 8310, 8320 ‎ 8610, 8620 9590 ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar (8400)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
371. Oddiy va imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan summalarning aksiyalar nominal qiymatidan oshgan miqdori koʻrinishidagi qoʻshilgan kapital naqdligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8410 “Emissiya daromadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
372. 8410 “Emissiya daromadi” schyoti aksiyalarni dastlabki sotishda nominal qiymatidan yuqori bahoda olingan mablagʻlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu mablagʻlar kelib tushganda 8410 “Emissiya daromadi” schyoti kreditlanib, xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish qiymati va nominal qiymati oʻrtasidagi farq qoplanganda esa ushbu schyot debetlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8410 “Emissiya daromadi” schyoti boʻyicha analitik hisob oddiy va imtiyozli aksiyalardan olingan daromadlar boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373. 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyoti ustav kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kurs farqlarni hisobga olish uchun moʻljallangan. Ustav kapitalini shakllantirish uchun berilgan valyuta va valyuta qiymatliklari, ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha baholanadi. Valyuta va valyuta qiymatliklarini va boshqa mulklarni baholash roʻyxatdan oʻtkazish sanasidagi taʼsis hujjatlarida belgilangan baholardan farq qilishi mumkin. Bunda vujudga kelgan kurs farqlari 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyotida hisobga olinadi. Baholardagi ijobiy kurs farqlari 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyotining kreditida, salbiy kurs farqlari esa mazkur schyotning debetida aks ettiriladi. Kurs farqlarini bu tartibda hisobdan chiqarilishi taʼsis hujjatlarida oldindan kelishilgan, ustav kapitalidagi taʼsischilarning ulushining oʻzgarmasligiga imkon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir taʼsischi boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
374. Qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar (8400)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Birlamchi emissiya aksiyalarning nominal va emissiya qiymatlari oʻrtasidagi farq sifatida qoʻshimcha toʻlangan kapital mablagʻlari kelib tushishi‎ 5010—5530‎ 8410‎
2.‎ Qoʻshilgan kapital mablagʻlari xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish va nominal qiymatlari oʻrtasidagi farqni qoplashga ishlatilishi‎ 8410‎ 8610, 8620‎
3.‎ Ustav kapitalini shakllanish jarayonida vujudga kelgan ijobiy kurs farqi hisobga olinishi‎ Mol-mulkni hisobga oluvchi schyotlar‎ 8420‎
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Zaxira kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8500)
(paragraf Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
375. Sugʻurtalovchi taʼsis hujjatlariga asosan foyda hisobidan shakllantiriladigan zaxira kapitali, mulkni qayta baholashdan yuzaga keladigan inflyatsiya rezervlari, pul mablagʻlaridan tashqari tekinga olingan mulklar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8520 “Zaxira kapitali”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8530 “Tekinga olingan mulk”.
(375-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
376. 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyotida mulklarni qayta baholash natijasida vujudga kelgan oʻzgarishlar hisobga olinadi. Mulklarni qayta baholash natijasida zaxira kapitalining shakllanishi va toʻldirilishi 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyotining kreditida qayta baholash natijasida qiymati oshgan mulklarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qayta baholash natijasida mulklarning qiymati kamaysa, kamaygan summa oʻsha mulkning navbatdagi qiymati oshishi hisobiga toʻldiriladi va u 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyotining debetida aks ettiriladi. Shu mulkning avvalgi qayta baholashdagi qiymatidan oshgan arzonlashtirilgan summa xarajat sifatida tan olinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida aks ettiriladi.
(376-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
377. Mulkni qayta baholash boʻyicha jamlangan summaning taʼsischilar oʻrtasida taqsimlanishi 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyotning debetida 6620 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
378. 8520 “Zaxira kapitali” schyoti sugʻurtalovchi tomonidan taʼsis hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilgan zaxira kapitalining holati va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxira kapitali mablagʻlari sugʻurtalovchi zararlarini qoplash va boshqa qoplash manbalari boʻlmagan boshqa maqsadlarga sarflanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxira kapitalining shakllanishi 8520 “Zaxira kapitali” schyotining kreditida 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
(378-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
379. 8530 “Tekinga olingan mulklar” schyoti sugʻurtalovchi tomonidan tekinga olingan mulkni hisobga olish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekinga olingan mulklar 8530 “Tekinga olingan mulklar” schyotining kreditida sugʻurtalovchi mulklarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Tekinga olingan mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida umumiy sugʻurtalovchi daromadiga qoʻshiladi. Tekinga olingan mulklarni soliqqa tortish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxira kapitalini hisobga oluvchi schyotlar boʻyicha analitik hisob zaxira kapitalining shakllanish manbalari va turlari boʻyicha yuritiladi.
(379-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
380. Zaxira kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8500)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni

Schyotlarning bogʻlanishi

Debet‎

Kredit‎

1.

Rezerv kapitali hajmining mulk qiymatini qayta baholash natijasida koʻpayishi:

8510

a) asosiy vositalar;

0110 — 0199

b) moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar;

0310

v) oʻrnatiladigan asbob-uskunalar;

0710 — 0720

g) tugallanmagan qurilish;

0810

d) uzoq muddatli investitsiyalar

0610 — 0690

2.

Mulkning qiymatini oʻtgan qayta baholash qiymatining oshirilgan miqdorigacha kamaytirilishi natijasida zaxira kapitalining kamayishi:

a) asosiy vositalar;

8510

0110 — 0199

b) moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar;

0310

v) oʻrnatiladigan asbob-uskunalar;

0710 — 0720

g) tugallanmagan qurilish;

0810

3.

Asosiy vositalar eskirishini qayta baholash:

a) qiymati oshirilganda;‎

8510‎

0211 — 0299‎

b) qiymati kamaytirilganda. ‎‎

0211 — 0290‎

8510‎

4.‎

Taʼsis hujjatlariga muvofiq va joriy yilning taqsimlanmagan foyda summasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻrnatilgan tartibda zaxira kapitaliga yoʻnaltirildi‎

8710‎

8520‎

5.‎

Sugʻurtalovchini tugatish natijasida zaxira kapitali hisobidan taʼsischilarga daromad (dividend)lar hisoblandi‎

8530‎

6610, 6620‎

6.‎

Zaxira kapitali summasi joriy hisobot yilida foyda olinmaganligi yoki foyda summasi yetarli boʻlmaganligi sababli imtiyozli aksiyalarga daromad (dividend)lar hisoblash uchun yoʻnaltirildi‎

8520‎

6610‎

7.‎

Tekinga olingan qimmatli qogʻozlar hisobga olindi‎

0610, 5810‎

8530‎

8.‎

Tekinga olingan asosiy vositalar hisobga olindi‎

0110 — 0190‎

8530‎

9.‎

Tekinga olingan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar hisobga olindi‎

0710 — 0720‎

8530‎

(380-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (8600)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
381. Keyinchalik qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida sotib olingan xususiy aksiyalarning holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
382. Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlar 8300 “Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar”ga nisbatan kontr-passiv schyot hisoblanib, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitali miqdorini kamaytiradi va balansda ustav kapitali summasidan chegiriladigan summa sifatida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Emitent tomonidan sotib olingan xususiy aksiyalarning qiymati 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy” va 8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli” schyotlarining debetida haqiqiy sotib olish bahosida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib olingan xususiy aksiyalarni sotib olish bahosidan yuqori bahoda qaytadan sotganda oʻrtadagi farq summasi 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotiga kreditlanadi. Agarda sotib olingan xususiy aksiya sotib olish bahosidan past bahoda qayta sotilsa oʻrtadagi farq summasi 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar” schyotining debet tomonida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nominal qiymatidan past bahoda sotib olingan xususiy aksiyalarni bekor qilishda ushbu qiymatlar oʻrtasidagi farq 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bekor qilingan sotib olingan xususiy aksiyalarning qiymati ularning nominal qiymatdan yuqori boʻlsa, unda farq 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyotining debetida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
383. Boshqa korxonalar (masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, sherikchilik va boshqalar) sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (8600)ni sugʻurtalovchi tomonidan oʻrnatilgan tartibda boshqa qatnashuvchilarga yoki uchinchi shaxsga berish uchun sotib olingan ustav kapitalidagi ulushni hisobga olish uchun foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
384. Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlarning (8600) boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalar (qatnashchi ulushi) sotib olish qiymatida sotib olindi‎ 8610, 8620‎ 5110—5530, 6620‎
2.‎‏ Sotib olingan xususiy aksiyalar (paylar)ni sotib olish bahosidan yuqori bahoda qayta sotish:
sotib olish qiymatiga‎ 5010—5530‎ 8610, 8620‎
sotib olish qiymatidan yuqori farqiga‎ 5010—5530 ‎‎ 9590 ‎
3.‎‏ Sotib olingan xususiy aksiyalar (paylar)ni sotib olish bahosidan past bahoda qayta sotish:
sotish qiymatiga‎ 5010—5530 ‎ 8610, 8620‎
sotib olish qiymatidan past farqiga ‎‎ 9690 ‎ 8610, 8620‎
4. Nominal qiymatidan past bahoda sotib olingan xususiy aksiyalar (paylar)ni bekor qilish:
sotib olish qiymatiga‎ 8310, 8320‎ 8610, 8620‎
nominal qiymatidan past farqiga‎ 8310, 8320‎ 9590‎
5.‎‏ Nominal qiymatidan yuqori bahoda sotib olingan aksiyalar (paylar)ni bekor qilish:
nominal qiymatiga‎ 8310, 8320‎ 8610, 8620‎
nominal qiymatidan yuqori farqiga‎ 8410, 9690‎ 8610, 8620‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schyotlar (8700)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
385. Sugʻurtalovchining barcha yillar boʻyicha faoliyati va hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasining holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8720 “Jamgʻarilgan foyda (qoplanmagan zarar)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
386. 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotida sugʻurtalovchining hisobot davrida faoliyati boʻyicha taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sof foyda summasi hisobot davrining oxirida yakuniy yozuv bilan 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotining kreditiga, zarar summasi esa ushbu schyotning debetiga 9910 “Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar” schyoti bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqsimlanmagan foyda summasi dividendlar toʻlash uchun yoʻnaltirilganda 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotining debetida va 6610 “Toʻlanadigan dividendlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqsimlanmagan foyda summasidan qonunchilikda belgilangan tartibda zaxira kapitalini shakllantirish uchun foydalanish mumkin, bunda 8710 “Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” schyoti debetlanadi va 8520 “Zaxira kapitali” schyoti kreditlanadi.
(386-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davridagi taqsimlanmagan foydani taqsimlashdan keyin qolgan summa 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotidan 8720 “Jamgʻarilgan foyda (qoplanmagan zarar)lar” schyotiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
387. Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schyotlarning (8700) boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Hisobot davrida aniqlangan yakuniy moliyaviy natija taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) schyotiga oʻtkazildi: foyda summasi zarar summasi ‎ 9910
‎8710 ‎
8710 9910 ‎
2.‎ Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi dividend toʻlashga yoʻnaltirildi‎ 8710‎ 6610‎
3.‎ Taqsimlanmagan foyda zaxira kapitalini shakllantirishga yoʻnaltirildi‎ 8710‎ 8520‎
4.‎ Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi qoldigʻi jamgʻarilgan foydaga oʻtkazilishi, agarda: foyda boʻlsa; zarar boʻlsa; ‎ 8710 8720 ‎ 8720 8710 ‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar (8800)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
388. Maqsadli moliyalashtirish mablagʻlarining holati va harakati, shuningdek aʼzolik badallari va maqsadli yoʻnalish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan boshqa qaytarilmaydigan mablagʻlarning kelib tushishi va sarflanishi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8810 “Grantlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8820 “Subsidiyalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8830 “Aʼzolik badallari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8890 “Boshqa maqsadli tushumlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
389. Ushbu maqsadli tushumlarni sugʻurtalovchining xususiy kapitali sifatida aks ettirish shartlari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mablagʻlarning maqsadli yoʻnalish boʻyicha ishlatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mablagʻlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) belgilangan shartlar bajarilganda qaytarib berilmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
390. Grant deganda ijtimoiy xususiyatga ega maqsadlar, iqtisodiyotni rivojlantirish, ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni bajarish uchun Hukumat, nodavlat, xorijiy, hamda xalqaro tashkilotlar va jamgʻarmalar tomonidan koʻrsatiladigan tekin, gumanitar yoki moddiy-texnik mablagʻlar tushuniladi. Grant mablagʻlari qatʼiy ravishda belgilangan maqsadlarga ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391. Ajratilgan grant toʻgʻrisida xabarnoma olinganda ushbu grant summasi 8810 “Grantlar” schyotining kreditida 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grant summasidan moliyalashtiriladigan va budjetda koʻzda tutilgan pul mablagʻlari yoki mulkning qabul qilinishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5110 — 5530), kapital qoʻyilma (0800), oʻrnatiladigan uskunalar (0700), TMZ va boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasida olingan grant summasi xoʻjalik muomalalari amalga oshirilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha milliy valyutaga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392. 8820 “Subsidiyalar” schyoti ajratilgan subsidiyalar, yaʼni iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida belgilangan shartlar uchun sugʻurtalovchilarga davlat tomonidan pul yoki natura koʻrinishida koʻrsatilgan yordam summasi va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan. Davlat (hukumat) tomonidan berilgan yordam turli koʻrinishda (qoʻshimcha berish, subvensiya va boshqalar) boʻlishi va har xil shartlarga muvofiq berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat subsidiyalarining hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 19-oktabrda 52-son bilan tasdiqlangan (10-sonli BHMS) “Davlat subsidiyalarini hisobga olish va davlat yordamini ochish” Buxgalteriya hisobining milliy standartiga (1998-yil 3-dekabr, roʻyxat raqami 562 — Meʼyoriy hujjatlar maʼlumotnomasi, 1999-yil, 6-son) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393. 8830 “Aʼzolik badallari” schyotida jamiyat aʼzolarining taʼsis hujjatlarida belgilangan aʼzolik badallari aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aʼzolik badallarining kelib tushishi 8830 “Aʼzolik badallari” schyotining kredit tomonida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
394. 8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyotida maqsadli vazifalarni bajarish uchun soliq toʻlashdan ozod qilingan summalar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlashdan ozod qilingan summalar budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarning debet tomonida 8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyoti bilan bogʻlangan hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlashdan ozod qilish natijasida vujudga kelgan summalar imtiyozli davr belgilangan holatda ushbu davr tugagungacha, qolgan holatlarda har yili 8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyotining debetidan 8530 “Tekinga olingan mulklar” schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
395. 8890 “Boshqa maqsadli tushumlar” schyotining kreditida boshqa maqsadlarga moʻljallangan tushumlar pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar (8800) boʻyicha analitik hisob maqsadli mablagʻlarning yoʻnalishi va moliyalashtirish manbalari boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
396. Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar (8800)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Ajratilgan grant va subsidiyalar haqida xabarnoma olindi‎ 4890‎ 8810, 8820‎
2.‎ Grant va subsidiyalar boʻyicha mablagʻlar olindi‎ 5110—5530‎ 4890‎
3.‎ Tegishli tuzilmalarning qaroriga muvofiq berilgan grant va subsidiya summasi sugʻurtalovchi ustav kapitali hajmini koʻpaytirishga yoʻnaltirildi‎ 8810, 8820‎ 8310, 8320,
‎8330, 8420‎
4.‎ Tegishli tuzilmalarning qaroriga muvofiq ilgari berilgan grant va subsidiya summasi sugʻurtalovchi zaxira kapitali hajmini koʻpayishiga yoʻnaltirildi‎ 8810, 8820‎ 8530‎
5.‎ Aʼzolik badallari va boshqa maqsadli tushumlar kelib tushdi‎ 5010—5530‎ 8830‎
6.‎ Soliqqa tortishdan ozod qilish natijasida vujudga kelgan boʻsh pul mablagʻlari hisobga olindi‎ 6410‎ 8840‎
7.‎ Soliqqa tortishdan ozod qilish boʻyicha imtiyozli davrning tugashi natijasida vujudga kelgan boʻsh pul mablagʻlari hisobdan chiqarildi‎ 8840‎ 8530‎
8.‎ Boshqa maqsadli tushumlar kelib tushdi‎ 5010—5530‎ 8890‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlarini hisobga oluvchi schyotlar (8900)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
397. Xarajatlar va toʻlovlarni xarajatlarga bir maromda olib borish maqsadida oʻrnatilgan tartibda rezerv qilingan summalarning holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 8910 “Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari” schyotida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajatlarga qoʻshiladigan summalarni rezervlash qonun hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomi bilan tartibga solinadi (OʻzR. HQT., 1999-y., 2-son, 9-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervlarni hisoblash muomalalari 8910 “Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari” schyotining kreditida va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezerv qilingan summalar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar va toʻlovlar summasi zaxiralar miqdorini kamaytirib 8910 “Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari” schyotining debetida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
U yoki bu rezervning tashkil qilinishi va mablagʻlarning foydalanishi vaqti-vaqti bilan (yilning oxirida albatta) meʼyor, hisoblar va boshqalarga asosan tekshirilib turiladi, zaruriyat tugʻilganda toʻgʻrilanadi (korrektura).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8910 “Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir rezerv turlari boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
398. Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlarini hisobga oluvchi schyotlar (8900)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Kelgusi xarajatlar va toʻlovlarning rezervlari tashkil qilindi‎ Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar‎ 8910‎
2.‎ Sugʻurtalovchining ishlab chiqarish sexlari va xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan asosiy vositalarni taʼmirlash uchun va boshqa bajarilgan ishlar, xizmatlar qiymati hisobga olindi‎ 8910‎ 2010, 2310, 2510, 2710 ‎
3.‎ Hisoblangan kelgusi xarajatlar zaxiralarining foydalanilmay qolgan summasi sugʻurtalovchi daromadiga qoʻshildi‎ 8910‎ 9390‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V boʻlim. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I kichik boʻlim. Daromadlar va xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
399. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari hisobot davridagi sugʻurtalovchi faoliyati moliyaviy natijalarining shakllanishi va ishlatilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (OʻzR. HQT., 1999-y., 2-son, 9-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
400. Ushbu kichik boʻlimda quyidagi schyotlarning hisob tartibi yoritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9000 — Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9100 — Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9200 — Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9300 — Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9400 — Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9500 — Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9600 — Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9700 — Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9800 — Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar;
(400-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9900 — Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy natijalarni shakllantirish uchun alohida daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar va alohida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar ishlatiladi. Mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni sotishdagi qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz va boshqa toʻlovlar olinadigan schyotlar yoki pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarning (6400) kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
401. Xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytishi, sotish va baholardan chegirmalar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9040 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9050 “Xaridorlar va buyutmachilarga berilgan chegirmalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9060 “Sugʻurta vositachisi xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9070 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushining qoplanishi boʻyicha daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9090 “Syurveyer va adjaster xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
402. 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditida sugʻurtalovchining asosiy faoliyatidan daromadlar olinadigan schyotlar va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi, biroq, oldingi hisobot davrlarida olingan, ammo joriy hisobot davriga tegishli boʻlgan daromad summalari 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlarni sotishda 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotida sotishdan tushgan sof tushum summasi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotida quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olingan sugʻurta mukofotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta zaxiralari oʻzgarishi natijasini hisobga oluvchi schyotlarning debet tomonidagi qoldigʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
va sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha boshqa daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ushbu schyotning qoldigʻi quyidagi summalarga kamaytiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta zaxiralari oʻzgarishi natijasini hisobga oluvchi schyotlarning kredit tomonidagi qoldigʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrining oxirida 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
403. 9040 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotlari” schyotida qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha qayta sugʻurtalovchiga berilayotgan sugʻurta mukofotlari aks ettiriladi. Ushbu schyot 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotiga kontr-passiv schyot hisoblanadi va uning debet tomoni oboroti sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlarni kamaytiradi. Ushbu schyotda debeti boʻyicha 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha qayta sugʻurtalovchiga beriladigan hisoblangan sugʻurta mukofotlari aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida toʻlangan sugʻurta mukofotlarining summalari 9040 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotlari” schyotning krediti boʻyicha 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining debetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
404. 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyoti shartnoma shartlariga muvofiq berilgan sotuv chegirmalari natijasida berilgan narx chegirmalarni hisobga olish uchun moʻljallangan. Ushbu schyot asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000) guruhiga kontr-passiv schyot hisoblanadi va uning debet aylanmasi tovarlarni sotishdan, va xizmat koʻrsatishdan daromadlarni kamaytiradi. 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotining debetida sotuv va narxlardan berilgan chegirmalarning summasi tegishli olinadigan schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
405. 9060 “Sugʻurta vositachisi xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotida sugʻurta vositachisi xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlar aks ettiriladi. Boshqa shaxslarning qarzdorligi vujudga kelganda 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyotining debeti boʻyicha 9060 “Sugʻurta vositachisi xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda yozuv amalga oshiriladi. Hisobot davrining oxirida 9060 “Sugʻurta vositachisi xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
406. 9070 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushining qoplanishi boʻyicha daromadlar” schyotida qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushining qoplanishi boʻyicha daromadlar aks ettiriladi. Qayta sugʻurtalovchidan olinadigan hisoblangan sugʻurta tovoni summasiga 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti boʻyicha 9070 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushining qoplanishi boʻyicha daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Hisobot davrining oxirida 9070 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushining qoplanishi boʻyicha daromadlar” schyotning kredit tomonidagi qoldigʻi debeti boʻyicha 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
407. 9080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha daromadlar” schyotida qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha olingan komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar aks ettiriladi. Hisoblangan komission ragʻbatlantirishlar summasiga 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti boʻyicha 9080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Hisobot davri oxirida 9080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha daromadlar” schyotning kredit tomonidagi qoldigʻi debeti boʻyicha 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
408. 9090 “Syurveyer va adjaster xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotida syurveyerlik va adjasterlik xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlar aks ettiriladi. Boshqa shaxslarning qarzdorligi shakllanganda 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyotining debeti boʻyicha 9090 “Syurveyer va adjaster xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Hisobot davri oxirida 9090 “Syurveyer va adjaster xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi debeti boʻyicha 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
409. Asosiy (operatsion) faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar (9000) boʻyicha analitik hisob har bir sotilgan tovar, koʻrsatiladigan sugʻurta va boshqa xizmat turlari boʻyicha alohida yuritiladi. Bundan tashqari, analitik hisobni geografik segmentlar (hududlar) va sugʻurtalovchi tomonidan boshqarish uchun kerakli boʻlgan boshqa segmentlar boʻyicha yuritish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
410. Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Joʻnatilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar (QQS, aksizlardan tashqari) uchun xaridorlarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga‎ 4010, 4020‎ 9030‎
2.‎ Xizmatlarni naqd pulga sotish‎ 5010, 5020‎ 9030‎
3.‎ Sugʻurtalovchi xodimiga xizmatlar (jumladan, maxsus kiyimlar) sotildi‎ 4790‎ 9030‎
4.‎ Dividendlar xizmatlar bilan toʻlandi‎ 6610‎ 9030‎
5.‎ Vositachilik operatsiyalari boʻyicha komission mukofotlar summasi‎ 4010‎ 9030‎
6.‎ Xizmatlar shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga sotildi‎ 4120‎ 9030‎
7.‎ Kechiktirilgan daromadlar summasi ular taalluqli boʻlgan hisobot davri kelganda sotish hajmiga kiritildi‎ 6230‎ 9030‎
8.‎ Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan sugʻurta mukofotlarining hisoblanishi‎ 9040‎ 6060‎
9.‎ Qayta sugʻurta qilish boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotlarining hisobdan chiqarilishi‎ 9030‎ 9040‎
10.‎ Sotishdan va narxdan chegirmalar berish‎ 9050‎ 4010‎
11.‎ Hisobot davrining oxirida 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotini yopilishi‎ 9030‎ 9050‎
12.‎ Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi‎ 9030‎ 9910‎
13.‎ Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan komission ragʻbatlantirishlarni hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi‎ 9080‎ 9030‎
14.‎ Qayta sugʻurtalovchidan olinadigan sugʻurta tovonining hisoblanishi‎ 4060‎ 9070‎
15.‎ Qayta sugʻurtalovchidan olingan tovonlarning yakuniy moliyaviy natijaga oʻtkazilishi‎ 9070‎ 9910‎
16.‎ Qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning hisoblanishi‎ 4051‎ 9080‎
17.‎ Qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarni hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi‎ 9080‎ 9030‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Sotilgan tovarlar va xizmatlar tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
411. Tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9130 “Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9150 “Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
412. Xizmat koʻrsatishda xizmatlarning tannarxi 9130 “Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotining krediti boʻyicha sugʻurta boʻyicha xizmatlarni shakllantiruvchi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda, aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
413. 9130 “Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotiga, shuningdek, 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining summalari ham oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
414. Hisobot davrining oxirida 9130 “Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
415. Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)dan amalda foydalanish sugʻurtalovchida qoʻllaniladigan tovar-moddiy zaxiralarning hisob usuliga, yaʼni tovar-moddiy zaxiralarning uzluksiz yoki davriy hisobiga bogʻliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
416. Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish usuli qoʻllanilganda har bir mahsulot yoki tovarning tannarxi uning ishlab chiqarish jarayonidagi harakatiga qarab xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda toʻplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
417. Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish usulidan foydalanilganda har bir mahsulot (tovar)ning tannarxi hisobot davri davomida vaqtinchalik 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish” schyotida yigʻiladi, biroq sotilgan mahsulotlar, tovarlarning haqiqiy tannarxini faqat TMZ inventarizatsiya qilingandan soʻng aniqlash mumkin. 9150 “Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar” schyoti — hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijasida TMZni mavjudligini aks ettirish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik schyot. Koʻrsatilgan schyotning debeti boʻyicha TMZning kamayishi, krediti boʻyicha TMZning oʻsishi TMZni hisobga oluvchi schyotlar (1000) bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9150 “Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar” schyotining qoldigʻi 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotiga oʻtkazilishi orqali yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
418. Sotilgan tovar va xizmatlarning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik sexlarining bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlarining tannarxi‎ 9130‎ 2010, 2310, 2710‎
2.‎ Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish (TMZni davriy hisobga olish usulida)‎ 9140‎ 6010‎
3.‎‏ Hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijalari boʻyicha TMZ schyotlari boʻyicha qoldiqlarga tuzatishlar qilindi:
‎asosiy moddiy zaxiralar:
zaxiralarning oʻsishi 1010—1090‎ 9150 ‎
zaxiralarning kamayishi‎‎ ‎9150 ‎ ‎1010—1090 ‎
4.‎ Hisobot davrining oxirida 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish / xarid qilish” schyotining yopilishi‎ 9910‎ 9140‎
5.‎ Hisobot davri oxirida 9150 “Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar” schyotining yopilishi‎ 9910 (9150) ‎ 9150
‎(9910) ‎
6.‎ Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)ning yopilishi‎ 9910‎ 9130‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Asosiy vositalar, boshqa aktivlarning chiqib ketishini va sugʻurta zaxiralari oʻzgarishining natijasini hisobga oluvchi schyotlar (9200)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
419. Sugʻurtalovchiga tegishli asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi (tugatish, sotish, tekinga berish, ulush sifatida ustav kapitaliga berish, moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berish, aniqlangan kamomad yoki yoʻqotish) va sugʻurta zaxiralari oʻzgarishi natijasi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
(419-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9260 “Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9270 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9290 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
420. 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining debeti boʻyicha chiqib ketgan asosiy vosita obyektlarining boshlangʻich qiymati, shuningdek asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga asosiy vositalar obyektlarini sotishdan olingan tushumlar va hisobdan chiqarish natijasida sotish va foydalanish mumkin boʻlgan bahoda kelib tushgan materiallarning qiymati, shuningdek chiqib ketgan asosiy vositalar obyektlari boʻyicha chiqib ketish vaqtida hisoblangan eskirish summalari olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy vositalarni sotishdan tushumlar 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining kreditida olinadigan schyotlar va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy hisobot davrida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti boʻyicha debet qoldiq (zarar) 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga, ushbu schyot boʻyicha kredit qoldiq (foyda) esa 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyotiga hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalar obyektlarini moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berish natijasida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotida yuzaga keladigan va kechiktirilgan daromadlarga tegishli boʻlgan foyda summasi 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” (joriy qismi) yoki 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” (uzoq muddatli qismi) schyotiga hisobdan chiqariladi.
(420-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy vositalar obyektlarining kamomadi yoki buzilish hollarida qiymatliklar kamomadi sifatida aks ettiriladigan qoldiq qiymati 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining krediti boʻyicha 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi. Aniq aybdor aniqlangandan keyin kamomad va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar summasi 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotining debetiga, aniq aybdorlar aniqlanmagan holda esa 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotining debetiga 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti bilan bogʻlangan holda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti boʻyicha analitik hisob chiqib ketayotgan asosiy vositalarning inventar obyektlari boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
421. 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining debetida chiqib ketayotgan qiymatliklarning balans qiymati, shuningdek, shu bilan bogʻliq amalga oshirilgan xarajatlar (komission mukofotlar va hokazolar) aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga aktivlarni sotishdan tushum, yaʼni sotilgan mulk uchun sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan summa olib boriladi. Nomoddiy aktivlar obyektlarining sotilishi va turli chiqib ketishida 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga shuningdek, ushbu obyektlar boʻyicha chiqib ketish vaqtigacha hisoblangan eskirish summasi, nomoddiy aktivlarning eskirishini hisobga oluvchi tegishli schyotlar (0500) bilan bogʻlangan holda, hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu schyot boʻyicha debet qoldiq (zarar) 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga, kredit qoldiq (foyda) esa 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyotiga hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
422. 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotida ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining oʻzgarishi hisobga olinadi. Hisobot davrining oxirida hisobot davri boʻyicha ushbu schyot 8110 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi”, 8010 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi” schyotlari bilan bogʻlanadi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi va ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchining ulushi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8010 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 8010 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi” schyotining debeti 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchining ulushi miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 8110 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining debeti 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8110 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debet tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining debetiga oʻtkaziladi. 9230 “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
423. 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotida ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining oʻzgarishi hisobga olinadi. Hisobot davrining oxirida hisobot davri boʻyicha ushbu schyot 8130 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi”, 8020 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi” schyotlari bilan bogʻlanadi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi va ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchining ulushi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8020 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 8020 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi” schyotining debeti 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchining ulushi miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 8130 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining debeti 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8130 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debet tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining debetiga oʻtkaziladi. 9240 “Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
424. 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotida xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi hisobga olinadi. Ushbu schyot 8120 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi”, 8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyotlari bilan bogʻlanadi. Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasining shakllanishida, zaxira summasiga 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta amalga oshirilishi bilan sugʻurta tovoni summasiga 8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyotining debeti 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Shuningdek, ushbu yozuv sugʻurtalovchining xabar qilingan zararlarni bartaraf qilish xarajatlari summasiga ham amalga oshiriladi. Sugʻurta shartnomasi yoki qonunchilikka muvofiq sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatlari tugatilganda, zararlarni bartaraf qilish boʻyicha xarajatlar miqdoriga oshirilgan xabar qilingan zarar summasiga 8030 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi” schyotining debeti 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabar qilingan lekin, bartaraf qilinmagan zararlar zaxirasi 8120 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining debeti 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, hisobga olinadi. Qayta sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta tovonining toʻlanishi yoki toʻlanmasligidan qatʼi nazar, zarar bartaraf qilingandan soʻng, qayta sugʻurta qildiruvchi ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchining ulushi summasiga 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8120 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
(424-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debet tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining debetiga oʻtkaziladi. 9250 “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
425. 9260 “Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotida falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga falokatlar zaxirasi miqdori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Falokatlar zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9260 “Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8060 “Falokatlar zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, falokatlar zaxirasining kamayish summasiga schyotining debeti 8060 “Falokatlar zaxirasi” 9260 “Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9260 “Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debet tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining debetiga oʻtkaziladi. 9260 “Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
426. 9270 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotida zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi miqdori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararlilikning tebranishi zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9270 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8070 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, zararlilikning tebranishi zaxirasining kamayish summasiga schyotining debeti 8070 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi” 9270 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9270 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debet tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining debetiga oʻtkaziladi. 9270 “Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
427. 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotida Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi hisobga olinadi. Hisobot davrining oxirida hisobot davri boʻyicha ushbu schyot 8140 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi”, 8090 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira” schyotlari bilan bogʻlanadi. Hisobot sanasiga sugʻurtalovchi tomonidan hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi va ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchining ulushi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiraning miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8090 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiraning kamayish summasiga schyotining debeti 8090 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira” 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 8140 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining debeti 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining kamayish summasiga 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8140 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debet tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining debetiga oʻtkaziladi. 9280 “Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
428. 9290 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotida aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishi aks ettiriladi. Hisobot sanasiga aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi miqdori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasining miqdori hisobot davri boshidagi miqdoriga nisbatan oshgan taqdirda, oshgan summaga 9290 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debeti 8050 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Aks holda, aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasining kamayish summasiga schyotining debeti 8050 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi” 9290 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9290 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining debet tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining debetiga oʻtkaziladi. 9290 “Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
429. Asosiy vositalar, boshqa aktivlarning chiqib ketishini va sugʻurta zaxiralari oʻzgarishining natijasini hisobga oluvchi schyotlar (9200)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berish, kamomad yoki yoʻqolishini aniqlanishi natijasida chiqib ketayotgan asosiy vositalar obyektlarining boshlangʻich qiymatini hisobdan chiqarish‎ 9210‎ 0110—0190‎
2.‎ Chiqib ketayotgan asosiy vositalar boʻyicha eskirish‎ 0210—0290‎ 9210‎
3.‎ Asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bogʻliq yordamchi ishlab chiqarishning xizmatlari va xarajatlari hisobdan chiqarildi‎ 9210‎ 2310‎
4.‎ Asosiy vositalarning chiqib ketishi boʻyicha operatsiyalarda ishtirok etayotgan ishchilarga mehnat haqi hisoblandi‎ 9210‎ 6710‎
5.‎ Asosiy vositalarning chiqib ketishi boʻyicha operatsiyalarda ishtirok etayotgan ishchilarga hisoblangan mehnat haqi summasidan ijtimoiy sugʻurta ajratmalari amalga oshirildi‎ 9210‎ 6520‎
6.‎ Asosiy vositalarning chiqib ketishida koʻrsatilgan xizmatlar uchun boshqa korxonalarga boʻlgan qarz‎ 9210‎ 6990‎
7.‎ Asosiy vositalar obyektlarini moliyaviy ijaraga berish natijasida hosil boʻlgan kelgusi davr daromadlari hisobdan chiqarildi‎ 9210‎ 6230, 7230‎
8.‎ Mavjud asosiy vositalar obyektlari moliyaviy ijarasining toʻliq muddati davomida olinadigan ijara toʻlovlari summasi (ijaraga beruvchida)‎ 0920‎ 9210‎
9.‎ Asosiy vositalarning chiqib ketishidan qolgan materiallarning kirim qilinishi‎ 1010—1090‎ 9210‎
10.‎ Asosiy vositalarning chiqib ketishidan bankka kelib tushgan tushum (naqdsiz hisob-kitoblar boʻyicha)‎ 5110‎ 9210‎
11.‎ Xaridorlarning ularga sotilgan asosiy vositalar uchun qarzi‎ 4010‎ 9210‎
12.‎ Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining ularga sotilgan asosiy vositalar uchun qarzi‎ 4120‎ 9210‎
13.‎‏ Asosiy vositalarning chiqib ketishi boʻyicha muomalalarning moliyaviy natijalarini aniqlash:
a) foyda ‎ 9210 ‎ 9310‎
b) zarar‎ ‎9430 ‎ 9210 ‎
14.‎ Chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish (sotish, hisobdan chiqarish, tekinga berish va hokazo)‎ 9220‎ 0410—0490‎
15.‎ Xaridorlarning ularga sotilgan nomoddiy va boshqa aktivlar uchun qarzi‎ 4010‎ 9220‎
16.‎ Nomoddiy va boshqa aktivlar shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga sotildi‎ 4120‎ 9220‎
17.‎ Sotilgan materiallarning tannarxi hisobdan chiqarildi‎ 9220‎ 1010—1090‎
18.‎ Chetga chiqarilgan materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarildi‎ 9220‎ 1610‎
19.‎ Oʻstirishda va boquvda boʻlgan hayvonlarning chetga chiqarilishi‎ 9220‎ 2710‎
20.‎ Qimmatli qogʻozlarni sotish‎ 9220‎ 0610, 5810‎
21.‎ Sugʻurtalovchi tomonidan chet el valyutasini sotish kunidagi kursi boʻyicha qayta hisoblash orqali sotish‎ 5110, 5510—5530‎ 9220‎
22.‎ Chet el valyutasini sotish bilan bogʻliq xarajatlar‎ 9220‎ 5110—5530‎
23.‎ Boshqa aktivlarni sotishdan tushum valyuta va hisob-kitob schyotlariga kelib tushdi‎ 5110, 5210‎ 9220‎
24.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha sotishda chet el valyutasini hisobdan chiqarish‎ 9220‎ 5210—5220‎
25. Boshqa aktivlarning chiqib ketishi boʻyicha muomalalarning moliyaviy natijasini aniqlash:
a) foyda‎ 9220 ‎ 9320‎
b) zarar ‎‎ 9430‎ 9220‎
26.‎‏ Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining (RNP) hisoblanishi:
RNPning oshgan summasi, yoki‎ 9230 ‎ 8010‎
RNPning kamayish summasi‎ ‎8010 ‎ 9230 ‎
27.‎‏ Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchining ulushining hisoblanishi:
ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining oshgan summasi, yoki‎ 8110 ‎ 9230 ‎
ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining kamaygan summasi‎ 9230 ‎8110 ‎
28. Sodir boʻlgan lekin, xabar qilinmagan zararlar zaxirasining (RPNU) hisoblanishi:
RPNUning oshgan summasi, yoki‎ 9250‎ 8020 ‎
RPNUning kamayish summasi ‎‎ ‎ 8020 ‎ ‎9250 ‎
29. Sodir boʻlgan lekin, bartaraf qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining hisoblanishi: ‎
ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining oshgan summasi, yoki ‎ 8130‎ 9240‎
ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining kamaygan summasi ‎ 9240 ‎ 8130‎
30.‎ Xabar qilingan, bartaraf qilinmagan zararlar zaxirasining (RZU) shakllanishi‎ 9250‎ 8030‎
31.‎ Sugʻurta tovonining toʻlanishi bilan majburiyatning tugatilishi‎ 8030‎ 9250‎
32.‎ Zararni bartaraf qilish xarajatlari‎ 8030‎ 9250‎
33.‎ Sugʻurtalovchi majburiyatlarining tugatilishi: xabar qilingan zararlarni bartaraf qilish boʻyicha sugʻurtalovchining xarajatlari summasiga oshirilgan xabar qilingan zarar ‎ 8030‎ 9250‎
34.‎ Xabar qilingan lekin, bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilar ulushi‎ 8120‎ 9250‎
35.‎ Xabar qilingan lekin, bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatlari tugatilgandan keyin hisobdan chiqarilishi‎ 9250‎ 8120‎
36. Falokatlar zaxirasining (RK) hisoblanishi:
RKning oshgan summasi, yoki ‎ 9260‎ 8060 ‎
RKning kamayish summasi ‎ 8060 ‎ ‎9260 ‎
37. Zararlilikning tebranishi zaxirasining (RKU) hisoblanishi:
RKUning oshgan summasi, yoki‎ 9270‎ 8070‎
RKUning kamayish summasi‎ 8070‎ 9270‎
38. Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxirani (RJ) hisoblash: ‎
RJning oshgan summasi, yoki‎ 9280 ‎ 8090‎
RJning kamayish summasi ‎ ‎8090 ‎ 9280 ‎
39. Hayot sugʻurtasi zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining hisoblanishi:
ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining oshgan summasi, yoki‎ 8140 ‎ 9280 ‎
ushbu zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilar ulushining kamaygan summasi ‎‎ ‎9280 ‎ ‎8140 ‎
40.‎‏ Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasining (RNSA) hisoblanishi:
RNSAning oshgan summasi, yoki‎ 9290‎ 8050 ‎
RNSAning kamayish summasi ‎ 8050 ‎ ‎9290 ‎
41.‎‏ Sugʻurta zaxiralari oʻzgarishi natijasini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi: ‎
debet tomonidagi qoldiq ‎ 9030 ‎ 9230, 9240, 9250, 9260, 9270, 9280, 9290‎
‎kredit tomonidagi qoldiq ‎‎ ‎9230, 9240, 9250, 9260, 9270, 9280, 9290‎ ‎9030 ‎
(429-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9300)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
430. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9340 “Oʻtgan yillar foydalari”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9350 “Operativ ijaradan daromadlar”;
(430-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9370 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar daromadlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
431. Hisobot davrining oxirida asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda summasi 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
432. Hisobot davrining oxirida boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda summasi 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
433. Xoʻjalik shartnomalarining shartlarini buzganliklari uchun qarzdorlardan undirilgan jarimalar, penya, ustamalar va boshqa jarima turlari, shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha daromadlar 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
434. Hisobot davrida aniqlangan oʻtgan yillar foydalari 9340 “Oʻtgan yillar foydalari” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar yoki tegishli olinadigan schyotlarning debeti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
435. Mulkni operativ ijaraga berishdan daromadlar 9350 “Operativ ijaradan daromadlar” schyotining kreditida 4820 “Operativ ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
(435-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
436. Daʼvo muddati oʻtib ketgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar” schyotining kreditida kreditor va deponent qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
437. 9370 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar daromadlari” schyotida shu sugʻurtalovchining asosiy faoliyati boʻyicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlar hisobga olinadi. Bularga sugʻurtalovchi balansida boʻlgan sogʻliqni saqlash obyektlari, bolalar bogʻchalari, uy-joy-kommunal xoʻjaligi, madaniyat va sport obyektlaridan olingan daromadlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
438. Pul mablagʻlari va pul ekvivalentlari koʻrinishida tekinga olingan daromadlar 9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” schyotining kreditida pul mablagʻlari va pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
439. Boshqa operatsion faoliyatdan olingan daromadlar 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
440. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9300)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda‎ 9210‎ 9310‎
2.‎ Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda‎ 9220‎ 9320‎
3.‎ Shartnoma majburiyatlariga rioya etmaganligi uchun boshqa korxonalarga taqdim etilgan jarima, penya va ustamalar summasi‎ 4860‎ 9330‎
4.‎ Hisobot davrida aniqlangan oʻtgan yillar foydalari‎ 4010‎ 9340‎
5.‎ Operativ ijara shartnomasi boʻyicha ijara toʻlovlari summasi‎ 4820‎ 9350‎
6.‎ Daʼvo muddati oʻtishi bilan kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish‎ 6010‎ 9360‎
7.‎ Kreditor qarzlar va hokazolarni hisobdan chiqarishdan daromadlar‎ 6910—6990‎ 9360‎
8.‎ Kamomadlar boʻyicha baholardagi farqlar moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borildi‎ 4730‎ 9370‎
9.‎ Tekinga olingan pul mablagʻlari‎ 5110—5530‎ 9380‎
10.‎ Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardagi, umumishlabchiqarish omborlaridagi materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarishning ortiqchalari kirim qilindi‎ 2010, 2310, 2510, 2710‎ 9390‎
11.‎ Ilgari hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlaridan olingan daromadlar‎ Olinadigan schyotlar‎ 9390‎
12.‎ Mulk sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta tashkilotlaridan kelib tushgan sugʻurta toʻlovlari‎ 4510‎ 9390‎
13.‎ Shubhali qarzlar boʻyicha sarflanmagan zaxira summasining ushbu zaxira tashkil qilingan yildan keyingi yilning foydasiga qoʻshilishi‎ 4910‎ 9390‎
14.‎ Tugallanmagan qurilishdagi ortiqchalar‎ 0810—0890‎ 9390‎
15.‎ Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan talab qilinmagan boʻnak summalarining hisobdan chiqarilishi‎ 6310—6390‎ 9390‎
16.‎ Hisobot davrining oxirida asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi‎ 9310—9390‎ 9910‎
(440-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
441. Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan sotish xarajatlari, boshqaruv xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar, shuningdek kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9410 “Sotish xarajatlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9420 “Maʼmuriy xarajatlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9431 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, oʻtgan davrda xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9432 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, lekin hisobot davrida xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9440 “Kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
442. Davr xarajatlarining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom bilan tartibga solinadi (OʻzR. HQT., 1999-y., 2-son, 9-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
443. 9410 “Sotish xarajatlari” schyotida mahsulotni sotish boʻyicha xarajatlar, yaʼni mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berish bilan bogʻliq, transport vositalariga ortish, marketing bilan shugʻullanuvchi xodimlar va boʻlimlarning xarajatlari va boshqalar aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida 9410 “Sotish xarajatlari” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
444. 9420 “Maʼmuriy xarajatlar” schyotida sugʻurtalovchini boshqarish boʻyicha xarajatlar, boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari, umumboshqaruv ahamiyatiga molik asosiy vositalarni taʼmirlash xarajatlari, umumxoʻjalik ahamiyatidagi binolarning ijara toʻlovlari va boshqa xarajatlar hisobga olinadi. Hisobot davrining oxirida 9420 “Maʼmuriy xarajatlar” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
445. 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari, axborot, auditorlik va maslahat xizmatlari uchun toʻlov xarajatlari, ish haqi hisoblashda hisobga olinmaydigan kompensatsiyalash va ragʻbatlantirish ahamiyatiga molik toʻlovlar, bank va depozitariya xizmatlarining toʻlovlari, zararlar, jarimalar, penyalar va boshqa operatsion faoliyat jarayonida vujudga keladigan, ishlab chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat va favqulodda xarajatlar moddalarining belgilari boʻlmagan boshqa xarajatlar aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
446. 9431 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, oʻtgan davrda xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotida toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, oʻtgan davrda xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari hisobga olinadi. Sugʻurta tovonini hisoblashda 9431 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, oʻtgan davrda xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyoti debetlangan holda 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti bilan bogʻlanadi. Hisobot davrining oxirida 9431 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, oʻtgan davrda xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
447. 9432 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, lekin hisobot davrida xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotida toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, lekin hisobot davrida xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari hisobga olinadi. Sugʻurta tovonini hisoblashda 9432 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, lekin hisobot davrida xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyoti debetlangan holda 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti bilan bogʻlanadi. Hisobot davrining 9432 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, lekin hisobot davrida xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
(446 va 447-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
448. 9440 “Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari” schyotida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan (OʻzR. HQT., 1999 y,. 2-son, 9-modda) “Mahsulot (ishlar, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 2.4 boʻlimida keltirilgan kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida 9440 “Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi. Ushbu schyotda hisobot davri davomida yigʻilgan xarajatlar toʻgʻrisidagi axborot balansdan tashqari 012 “Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar” schyotining debetiga yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
449. Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Mahsulotlarni joʻnatish boʻyicha transport xarajatlari‎ 9410‎ 6990‎
2.‎ Chetdan reklama va marketing xizmatlari‎ 9410‎ 6010‎
3.‎ Savdo jarayonida ishlatilayotgan asosiy vositalarning eskirishi‎ 9410‎ 0210—0299‎
4.‎ Savdo jarayonida ishlatilayotgan nomoddiy aktivlarning eskirishi‎ 9410‎ 0510—0590‎
5.‎ Boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari‎ 9420‎ 6710‎
6.‎ Boshqaruv ahamiyatiga molik asosiy vositalarning eskirishi‎ 9420‎ 0210—0299‎
7.‎ Boshqaruv binosining ijara toʻlovi‎ 9420‎ 6910‎
8.‎ Boshqaruv ehtiyojlari uchun materiallar sarflandi‎ 9420‎ 1010—1090‎
9.‎ Transport korxonalarining xizmati‎ 9420‎ 6010‎
10.‎ Xizmat safarlari va vakillik xarajatlari‎ 9420‎ 4220, 4230‎
11.‎ Yuridik shaxsning yuqori tashkiloti va birlashmalarini saqlashga ajratmalar‎ 9420‎ 6120‎
12.‎ Bank va auditorlik xizmatlari uchun toʻlovlar‎ 9430‎ 6990‎
13.‎ Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan zararlar‎ 9430‎ 9210, 9220‎
14.‎ Aybdor shaxsni aniqlash imkoni boʻlmagan holdagi kamomadlar va yoʻqotishlar‎ 9430‎ 5910‎
15.‎ Shubhali qarzlar boʻyicha zaxira hisoblandi‎ 9430‎ 4910‎
16.‎ Soliq idoralari qaroriga koʻra jarima hisoblandi‎ 9430‎ 6410‎
17.‎ Sugʻurtalovchi balansida boʻlgan oliy oʻquv yurtlarini saqlash uchun ajratmalar‎ 9430‎ 6110‎
18.‎ Sugʻurtalovchi xodimlari uchun dam olish uylari va sanatoriylarga yoʻllanmalar toʻlandi‎ 9430‎ 5110—5530‎
19.‎ Bekor qilingan buyurtmalar boʻyicha xarajatlar hisobdan chiqarildi‎ 9430‎ 2010‎
20.‎ Oʻtgan yillar muomalalaridan koʻrilgan zararlar‎ 9430‎ Olinadigan schyotlar‎
21.‎ Xoʻjalik shartnomalarini buzganlik uchun jarimalar‎ 9430‎ 6960‎
22.‎ Mahalliy transportdan foydalanish uchun yoʻl hujjatlari toʻlandi‎ 9430‎ 5110—5530‎
23.‎ TMZning sotilishi boʻyicha bahoning kamayish natijalari hisobdan chiqarildi‎ 9430‎ 3190‎
24.‎ Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlarining hisoblanishi‎ 9431—9432‎ 6030‎
25.‎ Notoʻgʻri toʻlangan sugʻurta tovonlarini qaytarish toʻgʻrisida daʼvo bildirish‎ 4890‎ 9431—9432‎
26.‎ Tegishli sugʻurta tovonlarini moliyaviy natijalarga oʻtkazish‎ 9910‎ 9431—9432‎
27.‎‏ Quyidagi ishlarda foydalanilgan asosiy vositalarning eskirishi va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi:
a) yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ishga tushirish ishlarida;‎ 9440‎ 0210—0299,
‎0510—0590‎
b) ommaviy yoki seriyali ishlab chiqarishga moʻljallanmagan yangi texnologik jarayonlarni oʻzlashtirishga xizmat koʻrsatishda;‎
v) qazib olish tarmoqlarida tayyorgarlik ishlarida. ‎‎
28.‎ Hisobot davri oxirida davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi‎ 9910‎ 9410—9440‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9500)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
450. Moliyaviy faoliyat daromadlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9510 “Royalti koʻrinishidagi daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9520 “Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”;
(450-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9560 “Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
451. Royalti koʻrinishida olingan daromadlar 9510 “Royalti koʻrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4850 “Olinadigan royalti” yoki pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
452. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar faoliyatida ulush bilan ishtirok etishdan olingan daromadlar, sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan aksiyalar boʻyicha dividendlar va obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlardan daromadlar 9520 “Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4840 “Olinadigan dividendlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
453. Uzoq muddatli va joriy investitsiyalar boʻyicha foizlar koʻrinishidagi daromadlar 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
454. 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotida balansning valyuta moddalari boʻyicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi. Chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha ijobiy kurs farqi, shu jumladan buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholash farqlari 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotining krediti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar va boshqalar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
455. Mulkni moliyaviy ijaraga berishdan olingan daromadlar 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar” schyotining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
(455-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
456. Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar 9560 “Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar” schyotining kreditida uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar va qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
457. 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotida moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
458. Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9500)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Royalti boʻyicha olinadigan summalar‎ 4850‎ 9510‎
2.‎ Boshqa korxonalarda ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan aksiya va boshqa qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividendlar‎ 4840‎ 9520‎
3.‎ Qarz majburiyatlari boʻyicha foizlar‎ 4830‎ 9530‎
4.‎ Balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan ijobiy kurs farqlari‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar, majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar va boshqalar ‎ 9540‎
5.‎ Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha hisoblangan foizlar summasi‎ 4830‎ 9550‎
6.‎ Qimmatli qogʻozlarni qayta baholash (qiymatining oshirilishi)‎ 0610, 5810‎ 9560‎
7.‎ Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi‎ 9510—9590‎ 9910‎
(458-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (9600)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
459. Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9630 “Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
460. Banklar, mol yetkazib beruvchilarning kreditlari va qarzlar, moliyaviy ijara boʻyicha foizlar va boshqa foiz toʻlovi xarajatlari 9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar” schyotining debetida 6920 “Hisoblangan foizlar” yoki pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
(460-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, deponentlangan qayta sugʻurta mukofotiga hisoblangan sugʻurtalovchining daromadlari hisobi ham, 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotining debeti 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda amalga oshiriladi. Qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq hisoblangan daromadlarning toʻlanishi 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holdagi provodka bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
461. 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotida salbiy kurs farqi va balansning valyuta moddalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar aks ettiriladi. Chet el valyutasi operatsiyalari boʻyicha salbiy kurs farqlari, shu jumladan buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholashdan farq 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar va boshqalar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
462. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish bilan bogʻliq xarajatlar 9630 “Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlari” schyotining debetida majburiyatlar va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
463. 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyotida moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
464. Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (9600)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Kreditlar va qarzlar boʻyicha foizlar hisoblandi‎ 9610‎ 6920‎
2.‎ Asosiy vositalarning moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha foizlar hisoblandi‎ 9610‎ 6920‎
3.‎ Balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan salbiy kurs farqlari‎ Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar, majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar va boshqalar‎ 3290‎
4.‎ Qimmatli qogʻozlarga qoʻyilgan mablagʻlarni qayta baholash (qiymatining kamaytirilishi) natijasida koʻrilgan zararlar va h. k.‎ 9690‎ 0610—0690, 5810—5890‎
5.‎ Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi‎ 9910‎ 9610—9690‎
(464-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Favqulodda foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar (9700)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
465. Sugʻurtalovchining odatiy xoʻjalik faoliyatidan keskin farq qiladigan favquloddagi hodisalar (tasodif, kutilmagan va odatiy boʻlmagan zarar va yoʻqotishlar) natijasida vujudga keladigan foyda va zararlar hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9710 “Favquloddagi foydalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9720 “Favquloddagi zararlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
466. Favqulodda hodisalardan foyda 9710 “Favquloddagi foydalar” schyotining kreditida TMZni hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar yoki pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
467. Favqulodda hodisalardan zarar 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotining debetida uzoq muddatli va joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrining oxirida 9710 “Favquloddagi foydalar”, 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9710 “Favquloddagi foydalar”, 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotlari boʻyicha analitik hisob favquloddagi foyda va zararlarning nomlari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
468. Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar (9700)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Favqulodda hodisa (tabiiy ofat) natijasida uskunalar, materiallar, tovarlar kirim qilindi‎ 0710—0720, 1010—1090 ‎ 9710‎
2.‎ Tabiiy ofatdan keyin oʻtkazilgan inventarizatsiya natijasida aniqlangan uskunalarning kamomadi‎ 9720‎ 0710—0720‎
3.‎ Tabiiy ofat tufayli yoʻqotilgan turli xil moddiy qiymatliklar hisobdan chiqarildi‎ 9720‎ 1010—1090, 2710 ‎
4.‎ Tabiiy ofat tufayli tugallanmagan ishlab chiqarishdagi yoʻqotishlar‎ 9720‎ 2010, 2310‎
5.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning tabiiy ofatdan koʻrgan zarari hisobdan chiqarildi‎ 9720‎ 2710‎
6.‎ 9710 “Favquloddagi foydalar” schyotining yopilishi‎ 9710‎ 9910‎
7.‎ 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotining yopilishi‎ 9910‎ 9720‎
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar (9800)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
469. Qonunchilikda belgilangan foyda soligʻi boʻyicha yil davomida hisoblangan boʻnak toʻlovlari va qayta hisoblash boʻyicha haqiqatda foydadan toʻlovlarni hisobga olish uchun quyidagi schyotlar moʻljallangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9810 “Foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
470. Yil davomida budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisoblangan toʻlovlar 9810 “Foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan hisoblanadigan boshqa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlar” schyotining debetida budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni (turlari boʻyicha) hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davri tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzilganda 9810 “Foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlar” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar boʻyicha analitik hisob soliqlar, yigʻimlar, ajratmalar va toʻlovlarning turlari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
471. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar (9800)ning bogʻlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Foydadan budjetga toʻlovlar boʻyicha yil davomida hisoblangan summalar‎ 9810, 9820‎ 6410‎
2.‎ Hisobot davrining oxirida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi‎ 9910‎ 9810, 9820‎
(paragraf Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar (9900)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
472. 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti hisobot yilida sugʻurtalovchi faoliyati yakuniy moliyaviy natijasining shakllanishi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan. Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda daromadlardan ushbu faoliyat turlari boʻyicha xarajatlar summasiga kamaytirilishidan yuzaga keladi. 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining debetida sugʻurtalovchining xarajat (zarar)lar, kreditida esa(foyda)lar aks ettiriladi. Hisobot davridagi debet va kredit aylanmasi taqqoslanishi hisobot davrining sof foydasi (zarari)ni koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir hisobot davri oxirida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining debeti va krediti boʻyicha aylanmalar yigʻiladi va hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijasini ifodalovchi ushbu schyot boʻyicha umumiy qoldiq hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrining tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzishda 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
(472-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
473. Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar (9900)ning bogʻlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi
Debet‎ Kredit‎
1.‎ Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi‎ 9030, 9060, 9070, 9080, 9090‎ 9910‎
2.‎ Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar tannarxini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi‎ 9910‎ 9130—9150‎
3.‎ Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi‎ 9310—9390‎ 9910‎
4.‎ Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi‎ 9910‎ 9410—9440‎
5.‎ Moliyaviy faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi‎ 9510—9590‎ 9910‎
6.‎ Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi‎ 9910‎ 9610—9690‎
7.‎ 9710 “Favquloddagi foydalar” schyotining yopilishi‎ 9710‎ 9910‎
8.‎ 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotining yopilishi‎ 9910‎ 9720‎
9.‎ Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi‎ 9910‎ 9810, 9820‎
10.‎ Hisobot yilining sof foydasi‎ 9910‎ 8710‎
11.‎ Hisobot yilining sof zarari‎ 8710‎ 9910‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI boʻlim. Balansdan tashqari schyotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
474. Ushbu qismning schyotlari sugʻurtalovchiga tegishli boʻlmagan, lekin vaqtinchalik foydalanayotgan yoki ixtiyorida boʻlgan (operativ ijaraga olingan asosiy vositalar, masʼul saqlashga va qayta ishlovga qabul qilingan moddiy qiymatliklar va boshqa) mavjud qiymatliklar, shartli huquq va majburiyatlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish, shuningdek alohida xoʻjalik muomalalari ustidan nazorat qilish uchun moʻljallangan.
(474-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keltirilgan qiymatliklarning buxgalteriya hisobi oddiy tizim boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
475. Ushbu qismda quyidagi schyotlarda hisob yuritish tartibi yoritiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar”;
(475-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
002 “Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
006 “Qatʼiy hisobot varaqlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
007 “Toʻlashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
008 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — olingan”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
009 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — berilgan”;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
010 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar”;
(475-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
011 “Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
012 “Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
013 “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar (001)
(1-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
476. 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti sugʻurtalovchi tomonidan operativ ijaraga olingan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga olingan asosiy vositalar 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotida shartnomada koʻrsatilgan bahoda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti boʻyicha analitik hisob ijaraga beruvchilar boʻyicha va har bir ijaraga olingan asosiy vositalar obyektlari (ijaraga beruvchining inventar raqamlari) boʻyicha yuritiladi.
(476-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar (002)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
477. 002 “Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar” schyoti masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy qiymatliklar 002 “Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar” schyotida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki schyot-fakturada koʻrsatilgan baholarda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
002 “Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar” schyoti boʻyicha analitik hisob korxonalar, turlari, navi va saqlash joyi boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar (003)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
478. 003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” schyoti ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan toʻlanmaydigan va qayta ishlash uchun berilgan (davalcheskoye siryo) buyurtmachining xom ashyo va materiallarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan. Xom ashyo va materiallarni qayta ishlash yoki qoʻshimcha ishlov berish (buyurtmachining xom ashyo va materiallarining qiymatidan tashqari) xarajatlarining hisobi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlovga qabul qilingan buyurtmachining xom ashyo va materiallari 003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” schyotida shartnomada koʻrsatilgan baholarda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” schyoti boʻyicha analitik hisob buyurtmachilar, xom ashyo va materiallarning turlari, navlari va ularni saqlash joylari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Komissiyaga qabul qilingan tovarlar (004)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
479. 004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyoti shartnomaga muvofiq komissiyaga qabul qilingan tovarlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan. Ushbu schyotdan komissioner korxonalar foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaga qabul qilingan tovarlar 004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyotida qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida koʻrsatilgan narxlarda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyoti boʻyicha analitik hisob tovarlarning turlari va korxona — komitentlar boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar (005)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
480. 005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyoti pudratchi korxonalar tomonidan montaj uchun buyurtmachidan olingan barcha turdagi uskunalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan. Ushbu schyotdan pudratchi korxonalar foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uskunalar 005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyotida buyurtmachi tomonidan tegishli hujjatlarda koʻrsatilgan bahoda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyoti boʻyicha analitik hisob alohida obyektlar yoki agregatlar boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Qatʼiy hisobot varaqlari (006)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
481. 006 “Qatʼiy hisobot varaqlari” schyoti saqlanayotgan va hisobdorlik asosida beriladigan qatʼiy hisobot varaqlari — patta daftarchalari, guvohnoma blankalari, diplomlar, turli abonementlar, talonlar, tovarlarni kuzatib boruvchi hujjatlarning varaqlari va shu kabilarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatʼiy hisobot varaqlariga kiritiladigan hujjatlar roʻyxati, ularni saqlash va foydalanish tartibi sugʻurtalovchi tomonidan oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatʼiy hisobot varaqlari 006 “Qatʼiy hisobot varaqlari” schyotida shartli baholarda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
006 “Qatʼiy hisobot varaqlari” schyoti boʻyicha analitik hisob qatʼiy hisobot varaqlarining har bir turi va ularni saqlash joylari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Toʻlashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi (007)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
482. 007 “Toʻlashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi” schyoti qarzdorlarning toʻlashga qobiliyatsizligi tufayli zararga hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlarning holati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan. Bunday qarz hisobdan chiqarilgan paytidan boshlab besh yil davomida qarzdorlarning mulkiy holati oʻzgargan vaqtda qarzni undirib olish imkoniyatini kuzatib borish uchun balansdan tashqari schyotda hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari zararga hisobdan chiqarilgan qarzni undirib olish natijasida kelib tushgan summaga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Bir vaqtning oʻzida koʻrsatilgan summaga 007 “Toʻlashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi” schyoti kreditlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
007 “Toʻlashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir qarzdor boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — olingan (008)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
483. 008 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — olingan” schyoti majburiyat va toʻlovlarning bajarilishini taʼminlash uchun olingan kafolatlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kafolatda summa koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda buxgalteriya hisobida ushbu summa shartnoma shartidan kelib chiqib aniqlanadi. 008 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — olingan” schyotida hisobga olingan taʼminot summasi qarzlarning qoplanishi doirasida hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
008 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — olingan” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir olingan taʼminot boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — berilgan (009)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
484. 009 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — berilgan” schyoti majburiyat va toʻlovlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha berilgan kafolatlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, kafolatda summa koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda buxgalteriya hisobida ushbu summa shartnoma shartlaridan kelib chiqib aniqlanadi. 009 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — berilgan” schyotida hisobga olingan taʼminot summasi qarzlarning qoplanishi doirasida hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
009 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — berilgan” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir berilgan taʼminot boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar (010)
(10-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
485. 010 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar” schyoti moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
010 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar” schyotidan moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar ijara muddatining tugashida egasiga qaytarilganda yoki boshqa sabablarga koʻra qaytarib olingan yoki shartnoma muddati tugagandan keyin ijarachi sotib olgan vaqtdan boshlab hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
010 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar boʻyicha alohida asosiy vositalarning hisob inventar kartochkalari boʻyicha yuritiladi.
(485-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-§. Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk (011)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
486. 011 “Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk” schyoti ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulklarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
011 “Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk” schyotidan ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulklar shartnoma muddati tugashi bilan egasiga qaytarilganda hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
011 “Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk” schyoti boʻyicha analitik hisob ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulkning har bir obyekti boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-§. Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar (012)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
487. 012 “Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar” schyoti boʻyicha ushbu hisobot davrining soliq solinadigan bazasiga qoʻshiladigan, biroq keyingi hisobot davrlarning soliq solinadigan foydadan chiqariladigan xarajatlar aks ettiriladi. Ushbu xarajat moddalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 2-sonli ilovasida keltirilgan (OʻzR. HQT., 1999-y., 2-son, 9-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Balansdan tashqari 012 “Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar” schyotida analitik hisob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (OʻzR. HQT., 1999-y., 2-son, 9-modda) 2-sonli ilovasida koʻzda tutilgan moddalar soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar miqdori va ularni chiqarish muddatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
(487-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-§. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha) (013)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
488. 013 “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti vaqtinchalik soliq solishdan ozod etilgan, maqsadli ishlatilishi koʻzda tutilmagan boʻshagan mablagʻlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetga toʻlovning har bir turi boʻyicha hisoblangan boʻshagan mablagʻlar summasi 013 “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyotining debetida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
013 “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyotida hisobga olingan budjetga majburiy toʻlovlar va soliqlar boʻyicha hisoblangan summa “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” (2-sonli shakl)da aks ettirilmaydi va mos ravishda moliyaviy natijalarning shakllanishiga taʼsir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
013 “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyotidan soliq solishdan ozod etilishi natijasida boʻshagan mablagʻlar summasi imtiyoz berilgan davrining tugashi bilan hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, boʻshagan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumot imtiyoz muddatining tugashi bilan hisobdan chiqarilgandan keyin sugʻurtalovchida 5 yil davomida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-§. Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari (014)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
489. 014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” schyoti foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inventar va xoʻjalik jihozlarini foydalanishga berish vaqtida ularning qiymati toʻliq ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga olib boriladi va bir vaqtning oʻzida 014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” schyotida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inventar va xoʻjalik jihozlari keyinchalik foydalanish (ishlatish)ga yaroqsiz boʻlgan holda ularning 014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” schyotidan hisobdan chiqarilishi tegishli tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlarining saqlanishini taʼminlash maqsadida 014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” schyoti boʻyicha analitik hisob yakka tartibda foydalanuvchilar va sexlar omborlari oraligʻida yuritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 193-modda; 2009-y.,17-son,219-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)