10.04.2007 yildagi PQ-618-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUGʻURTA XIZMATLARI BOZORINI YANADA ISLOH QILISH VA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta xizmatlarining raqobat bozorini yanada shakllantirish, sugʻurta faoliyatining zamonaviy turlarini rivojlantirish va sifatini oshirish, sugʻurtalovchilarning kapitallashuv darajasini koʻpaytirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash, ularning mintaqaviy tarmoqlarini kengaytirish, shuningdek sugʻurtalashni tartibga solish usullarini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2007 — 2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sugʻurta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin, unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalash, sugʻurta faoliyati va sugʻurta nazoratining qonunchilik va normativ-huquqiy bazasini xalqaro amaliyotga muvofiq yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan sugʻurta xizmatlari, ayniqsa tadbirkorlik faoliyatini, import-eksport operatsiyalarini sugʻurtalash, hayotni uzoq muddatga sugʻurtalash, shu jumladan sugʻurtaning jamgʻarma turlari sohasida sugʻurta xizmatlari hajmini, koʻlamini kengaytirish va sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika sugʻurta bozorini xalqaro sugʻurta bozorlariga integratsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalash sohasi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirliklar, idoralar va bajaruvchilar — sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda soʻzsiz va sifatli bajarilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2024-y., 07/24/108/0171-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda tasdiqlangan Sugʻurta bozorining professional qatnashchilari toʻgʻrisidagi nizom talablariga javob bermaydigan sugʻurta tashkilotlari faoliyatini 2008-yil 1-yanvargacha belgilangan tartibda toʻxtatish va litsenziyalarini bekor qilish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mamlakat iqtisodiyot oliy taʼlim muassasalarida ixtisoslashtirilgan guruhlar tashkil etish, sugʻurta bozori professional qatnashchilarining yuqori malakali mutaxassislari tayyorlash kontingentini kengaytirish va sifatini oshirish, ularning malakasini muntazam ravishda oshirish boʻyicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va respublika sugʻurta kompaniyalarining quyidagilar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻlgan Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional qatnashchilari uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta bozori konyunkturasini oʻrganish, uning yuqori darajada ochiq-oydinligini taʼminlash, raqobatni rivojlantirish, sugʻurta xizmatlari hajmlarini koʻpaytirish, koʻlamini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial xorijiy investorlarga mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi sugʻurta sohasiga investitsiyalashda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisi oʻrtasida sugʻurtalash masalalari boʻyicha faol tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalash uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, sugʻurta bozori professional qatnashchilari uchun professional etika normalarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sugʻurta bozorini rivojlantirish hamda yuridik va jismoniy shaxslarning sugʻurtalashda keng qatnashishini ragʻbatlantirish uchun belgilab qoʻyilsinki, hayotni uzoq muddatga sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofotlari soliqqa tortilmaydi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 590-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 590-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 10-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-618-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sugʻurta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Tadbirlar‎ Amalga oshirish shakli ‎ Bajarish muddatlari‎ Masʼul bajaruvchilar‎
‎‎I. Sugʻurtalash, sugʻurta faoliyati va sugʻurta nazoratining qonunchilik va normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish
1.‎ “Transport vositalari egalarining javobgarligini majburiy sugʻurtalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.‎ Qonun loyihasi‎ 2007-yil II chorak ‎ Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sugʻurta kompaniyalari‎
2.‎ “Ish beruvchining javobgarligini majburiy sugʻurtalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.‎ Qonun loyihasi‎ 2007-yil IV chorak ‎ Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sugʻurta kompaniyalari‎
3.‎ “Tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.‎ Qonun loyihasi‎ 2007-yil IV chorak ‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sugʻurta kompaniyalari‎
1.2. Amaldagi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
4.‎ “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda sugʻurta bozorining professional qatnashchilari tarkibini aniqlashtirish va kengaytirish, ularning huquq va majburiyatlarini, faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilash.‎ Qonun loyihasi‎ 2007-yil II chorak ‎ Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sugʻurta kompaniyalari‎
5.‎ “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda sugʻurta qilinmagan transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar javobgarligini belgilash.‎ Qonun loyihasi‎ 2007-yil II chorak ‎ Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sugʻurta kompaniyalari‎
1.3. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish
6.‎ Sugʻurtalovchilar moliyaviy-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobining hisob raqamlari rejasini va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash.‎ Hisob raqamlari rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma‎ 2007-yil III chorak ‎ Moliya vazirligi‎
7.‎ Sugʻurtalovchilar moliyaviy hisoboti shakllari va ularni toʻldirish qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.‎ Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish qoidalari‎ 2007-yil III chorak ‎ Moliya vazirligi‎
8.‎ Umumiy sugʻurta va hayotni sugʻurtalash sohasida sugʻurta tariflarini hisoblab chiqarish boʻyicha metodik koʻrsatmalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.‎ Metodik koʻrsatmalar‎ 2007-yil III chorak ‎ Moliya vazirligi, sugʻurta tashkilotlari‎
9.‎ Sugʻurta kompaniyalarini reyting jihatdan baholash boʻyicha metodik tavsiyalarni tayyorlash.‎ Metodik tavsiyalar‎ 2007-yil III chorak ‎ Moliya vazirligi, sugʻurta kompaniyalari‎
10.‎ Aktuar malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.‎ Nizom‎ 2007-yil III chorak ‎ Moliya vazirligi‎
11.‎ Adjaster, aktuar, syurveyer va assistans xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.‎ Metodik tavsiyalar‎ 2007-yil III chorak ‎ Moliya vazirligi, sugʻurta tashkilotlari‎
12.‎ Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlovga qodirligi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.‎ Nizom‎ 2007-yil IV chorak ‎ Moliya vazirligi‎
13.‎ Sugʻurta kompaniyalarini auditorlar tomonidan tekshirish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.‎ Metodik tavsiyalar‎ 2007-yil IV chorak ‎ Moliya vazirligi‎
14.‎ Sugʻurta faoliyati va sugʻurta nazoratini tartibga soluvchi xalqaro standartlar ayrim normalarini qayta koʻrib chiqish va normativ-huquqiy bazaga joriy etish.‎ Normativ-huquqiy bazaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar‎ 2007-2008-yillar‎ Moliya vazirligi‎
15.‎ Tadbirkorlik tavakkalchiliklarini (foydani boy berishdan, loyihalashdagi xatoliklardan, bankrotlikdan sugʻurtalash va h. k.) sugʻurtalashning namunaviy qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.‎ Namunaviy qoidalar‎ 2008-yil I chorak ‎ Moliya vazirligi, sugʻurta kompaniyalari‎
16.‎ Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlarini belgilash.‎ Nizom‎ 2008-yil I chorak ‎ Moliya vazirligi, sugʻurta kompaniyalari‎
17.‎ Sugʻurtalovchilarning sugʻurta vositachilari bilan oʻzaro munosabatlarini tartibga soluvchi namunaviy qoidalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.‎ Namunaviy qoidalar‎ 2008-yil I chorak Moliya vazirligi, sugʻurta kompaniyalari‎
18.‎ Qayta sugʻurtalash xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlarini belgilash.‎ Nizom‎ 2008-yil I chorak ‎ Moliya vazirligi, sugʻurta kompaniyalari‎
19.‎ Daʼvo ishlarining yagona texnologiyasini joriy etish.‎ Metodik tavsiyalar‎ 2008-yil III chorak ‎ Moliya vazirligi, sugʻurta kompaniyalari‎
20.‎ Sugʻurtalovchi va qayta sugʻurtalovchining investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.‎ Nizom‎ 2009-yil I chorak ‎ Moliya vazirligi‎
II. Koʻrsatilayotgan sugʻurta xizmatlari hajmini, koʻlamini kengaytirish va sifatini oshirish
21.‎ 2007—2010-yillarda sugʻurta xizmatlari hajmini 3 baravar, sugʻurtalovchilar sugʻurta zaxirasini 2,5 baravardan ortiq, sugʻurta kompaniyalari yalpi kapitalini 2 baravardan ortiq koʻpaytirish. ‎ Chora-tadbirlar kompleksi‎ Ishlab chiqish — 2007-yil II chorak Amalga oshirish — 2007—2010-yillar ‎ Moliya vazirligi, sugʻurta tashkilotlari‎
22.‎ Aholi va yuridik shaxslarni, ayniqsa biznesni sugʻurtalash sohasida, shuningdek qishloq joylarda sugʻurtalovchi alohida boʻlinmalar va sugʻurta agentlari sonini koʻpaytirish hisobiga sugʻurta xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish.‎ 2006—2010-yillarda xizmat koʻrsatish sohasi va servisni rivojlantirish dasturiga muvofiq chora-tadbirlar kompleksi‎ 2007—2010-yillar‎ Moliya vazirligi, sugʻurta tashkilotlari‎
23.‎ Eksport kreditlar va eksport-import operatsiyalarining samarali sugʻurta himoyasini taʼminlovchi eksportni sugʻurtalash boʻyicha yangi kompleks sugʻurta xizmatlari turlarini, shu jumladan siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurtalash, toʻlov muddatini kechiktirish shartlarini sugʻurtalash, “yetkazib beruvchi krediti” tipi boʻyicha sugʻurtalash, “xaridorga kredit” tipi boʻyicha sugʻurtalash, eksport-import kontraktlarini bajarish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni sugʻurtalash, eksport-import yuklarini tashishni sugʻurtalash, xorijiy sherikning iqtisodiy nochorligidan (bankrotligidan) sugʻurtalash va boshqa sugʻurta xizmatlari turlarini ishlab chiqish va joriy etish.‎ Chora-tadbirlar kompleksi‎ Ishlab chiqish —2007-yil II chorak amalga oshirish — 2007—2010-yillar ‎ Moliya vazirligi, sugʻurta tashkilotlari‎
24.‎ Hayotni uzoq muddatli sugʻurtalashni, shu jumladan sugʻurtaning jamgʻarma turlarini (hayotni aralash sugʻurtalash, nikohdan oʻtishni sugʻurtalash, annuitetlarni sugʻurtalash, qoʻshimcha pensiyani sugʻurtalash, taʼlim olish xarajatlarini sugʻurtalash, davolanishni, shu jumladan chet elda davolanishni sugʻurtalash, balogʻat yoshiga yetganlikni sugʻurtalash va boshqalar) kengaytirish.‎ Chora-tadbirlar kompleksi‎ Ishlab chiqish — 2007-yil IV chorak Amalga oshirish — 2008—2010-yillar ‎ Moliya vazirligi, sugʻurta tashkilotlari‎
25.‎ Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini sugʻurtalashni jadal rivojlantirish, biznesni sugʻurtalash sohasida (bankrotlikdan, foydani boy berishdan, koʻzda tutilmagan xarajatlardan, sud xarajatlaridan, professional javobgarlikdan va shu kabilardan sugʻurtalash) sugʻurtaning‎ yangi turlarini joriy etish, ularning aniq manzilliligi, tabaqalashtirilganligi, sifati va samaradorligini oshirish. Chora-tadbirlar kompleksi‎ Ishlab chiqish — 2008-yil I chorak Amalga oshirish — 2008—2010-yillar ‎ Moliya vazirligi, sugʻurta tashkilotlari‎
26.‎ Sugʻurta xizmatlariga talabni baholash boʻyicha marketing tadqiqotlarini, sugʻurta bozorini rivojlantirish boʻyicha tahliliy ishlanmalarni tashkil etish.‎ Marketing va boshqa tahliliy tadqiqotlar‎ 2007-yil III chorakdan boshlab doimo ‎ Sugʻurta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi‎
27.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasida maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy etish.‎ Avtomatlashtirilgan tizim‎ 2008-yil II chorak ‎ Moliya vazirligi‎
28.‎ Tavakkalchiliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha test oʻtkazishning tavakkalchiliklarni baholash tizimiga asoslangan mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish.‎ Chora-tadbirlar kompleksi‎ 2008-yil IV chorakdan boshlab ‎ Moliya vazirligi‎
29.‎ Oʻzbekistonning Sugʻurta nazorati organlari xalqaro uyushmasiga kirishi boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.‎ Chora-tadbirlar kompleksi‎ 2008-yil mobaynida‎ Moliya vazirligi‎
30.‎ Sugʻurta bozorining professional qatnashchilari va ularning birlashmalari bilan birgalikda aholi oʻrtasida sugʻurta madaniyatini oshirish boʻyicha maʼrifiy va tushuntirish ishlarini amalga oshirish.‎ Seminarlar, radio va televideniyeda eshittirishlar, koʻrsatuvlar va reklama kompaniyalari, ommaviy axborot vositalarida materiallar eʼlon qilish‎ doimo‎ Moliya vazirligi, sugʻurta kompaniyalari‎
31.‎ Aholini sugʻurta bozoridagi, shu jumladan sugʻurta agentlarining noqonuniy yoxud qonunga xilof faoliyati toʻgʻrisida xabardor qilish.‎ Ommaviy axborot vositalarida axborotlar berish‎ doimo‎ Moliya vazirligi, sugʻurta kompaniyalari‎
III. Mamlakat sugʻurta bozorining ochiq-oydinligini va ishonchliligini taʼminlash, sugʻurtalovchilarning kapitallashuv darajasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va toʻlovga qodirligini mustahkamlash
32.‎ Faoliyat koʻrsatayotgan sugʻurta kompaniyalarining ustav kapitallarini sugʻurta faoliyatining amalga oshirilayotgan turlaridan kelib chiqqan holda belgilangan eng kam miqdorlargacha koʻpaytirish.‎ Chora-tadbirlar kompleksi‎ 2008-yil 1-yanvargacha‎ Moliya vazirligi, sugʻurta kompaniyalari‎
33.‎ Ustav kapitalining eng kam miqdorini belgilangan muddatlarda shakllantirishni taʼminlash imkoniyatiga ega boʻlmagan sugʻurtalovchilarni aniqlash chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, ularga sugʻurta faoliyati sohasini oʻzgartirishda va qayta tashkil etishda (qoʻshilish, birlashishda) koʻmaklashish.‎ Chora-tadbirlar kompleksi‎ 2007-yil II chorak ‎ Moliya vazirligi‎
34.‎ “Oʻzagrosugʻurta”, “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyalari va aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilayotgan “Oʻzbekinvest” kompaniyasi ustav fondlaridagi davlat ulushlarini sotish.‎ Tadbirlar‎ Hukumatning tegishli qarorlarida belgilangan muddatlarda‎ Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta”, “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyalari, “Oʻzbekinvest” kompaniyasi‎
35.‎ Xorijiy kapital ishtirokida sugʻurta kompaniyalari tashkil etishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.‎ Chora-tadbirlar kompleksi‎ 2007-yil II chorak‎ Moliya vazirligi, sugʻurta kompaniyalari‎
IV. Sugʻurta sohasi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish
36.‎ Bank-moliya akademiyasi huzurida sugʻurta bozorining professional qatnashchilari xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan kurslar tashkil etish.‎ Ixtisoslashtirilgan oʻquv kurslari‎ 2007-yil III chorak‎ Sugʻurta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, Bank-moliya akademiyasi‎
37.‎ Sugʻurta bozorining professional qatnashchilari xodimlari uchun sugʻurtalash va sugʻurta faoliyatining dolzarb masalalari boʻyicha oʻquv-amaliy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish.‎ Konferensiyalar va seminarlar‎ muntazam ravishda‎ Sugʻurta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, sugʻurta kompaniyalari, sugʻurta bozorining boshqa professional qatnashchilari‎
38.‎ Koʻrsatib oʻtilgan tuzilmalarning qoʻshadigan ulushi hisobiga sugʻurta bozorining professional qatnashchilari xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oʻquv markazini tashkil etish.‎ Chora-tadbirlar kompleksi‎ 2008-yil I chorak ‎ Sugʻurta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, sugʻurta kompaniyalari, sugʻurta bozorining boshqa professional qatnashchilari‎
39.‎ Sugʻurta bozorining professional qatnashchilari uchun professional etika normalarini ishlab chiqish.‎ Professional etika normalari‎ 2008-yil II chorak ‎ Sugʻurta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, sugʻurta kompaniyalari, sugʻurta bozorining boshqa professional qatnashchilari‎
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2024-y., 07/24/108/0171-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 158-modda; 2012-y., 40-son, 466-modda; 2014-y., 50-son, 590-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2024-y., 07/24/108/0171-son)