OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
AYRIM XIZMATLARNI KOʻRSATAYOTGAN YuRIDIK ShAXSLAR UChUN DAROMAD (FOYDA) SOLIGʻI VA YaGONA SOLIQ TUShUMI BOʻYIChA SOLIQ IMTIYOZLARINI QOʻLLASh TARTIBINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 17-iyulda 1594-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 21-apreldagi 46, 2017-19-sonli “Ayrim xizmatlarni koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uchun foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1594-7, 04.05.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-325-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil 16-son, 133-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ilova* qilinayotgan Ayrim xizmatlarni koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uchun daromad (foyda) soligʻi va yagona soliq tushumi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh. ,
2006-yil 20-iyun,
54-son;
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-iyun,
2006-28-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 281-modda; 2007-y., 7-8-son, 72-modda; 35-36-son, 359-modda; 2009-y., 5-son, 49-modda; 2010-y., 3-4-son, 33-modda; 2012-y., 8-9-son, 95-modda)