Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.07.2024 16.01.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 596
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.07.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirining oʻrinbosari

E.F. GADOYEV

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbekiston respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti
12-son bhms
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 16-yanvarda 596-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 138-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (12-sonli BHMS) “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3531, 18.07.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqsad

2. Mazkur standartning maqsadi moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish usulini aniqlash va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarida investitsiyalar boʻyicha axborotlarni yoritib berish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amal qilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur standart xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan moliyaviy investitsiyalarni buxgalteriya hisobida va ular toʻgʻrisidagi axborotlarni yoritib berish uchun qoʻllanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy investitsiyalarni mazkur standartning 7 — 28-bandlarida bayon qilingan tartibga muvofiq yuritadi va ular quyidagi masalalarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Moliyaviy investitsiyalarni (qisqa muddatli va uzoq muddatli) toifalariga qarab tasniflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Moliyaviy investitsiyalar qiymatini aniqlash va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Moliyaviy investitsiyalarni bir toifadan boshqasiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Moliyaviy investitsiyalar qiymatining qaytarilmaydigan pasayishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur standartda quyidagilar koʻrib chiqilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqi shaklidagi investitsiyalar boʻyicha olingan daromadlarni tan olish asoslari (BHMS “Asosiy xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar” ga va BHMS “Lizing hisobi” ga qarang);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Shuʼba jamiyatlarga investitsiyalar (BHMS “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va shuʼba jamiyatlarga investitsiyalarni hisobga olish” ga qarang);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Birgalikda faoliyatga investitsiyalar (BHMS “Birgalikda faoliyatdagi ishtirok ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirishga” qarang);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Gudvill, patentlar, savdo markalari va shunga oʻxshash boshqa nomoddiy aktivlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.5. BHMS “Lizing hisobi” da keltirilgan taʼrifga mos keladigan moliyaviy lizing.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur standartda foydalanilgan atamalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy investitsiyalar — xoʻjalik yurituvchi subyekt tasarrufidagi (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) daromad olishga moʻljallangan, investitsiya qilingan kapital qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniyaning boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar — muomalada boʻlish muddati 12 oydan oshmaydigan oson realizatsiya qilinadigan investitsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli investitsiyalar — qisqa muddatli (joriy) investitsiyadan tashqari barcha investitsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka investitsiya — investitsiya qiluvchi subyektning yoki investitsiya qiluvchi subyekt guruhiga kiruvchi boshqa subyektning ishlab chiqarish faoliyati davomida foydalanilmaydigan yer maydonlariga yoki imoratlarga investitsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy qiymat — bir-biriga qaram boʻlmagan, lekin sotib olishni xohlagan xabardor xaridor bilan sotishni xohlayotgan xabardor sotuvchi oʻrtasida aktiv almashtiriladigan summa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor qiymati — bu investitsiyalarning aktiv bozorda aniqlanadigan summasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozordagi — bozor qiymati(yoki bozor qiymatini hisoblash imkonini beradigan boshqa biror koʻrsatkich) aniqlanadigan aktiv bozorning mavjudligini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy investitsiyalarni tasniflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzining moliyaviy hisobotlarida aylanma mablagʻlar va uzoq muddatli aktivlar oʻrtasidagi tafovutni koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar egalik qilish muddati 1 yilgacha boʻlgan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarni aylanma mablagʻ sifatida, egalik qilish muddati 1 yildan oshadigan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni esa uzoq muddatli aktivlar sifatida koʻrsatishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzining balanslarida qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalarni farqlamaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar mazkur standartning 13 va 15-bandlariga muvofiq investitsiyalarni baholash va balansdagi qiymatini aniqlash maqsadlarida farqlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy investitsiyalarni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliyaviy investitsiyalarni xarid qilishda sotib olish qiymati boʻyicha baholanadi va bu qiymatga brokerlar xizmati uchun toʻlangan haq, bank xizmati uchun toʻlovlar, bojlar va boshqa xarajatlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar investitsiya toʻlaligicha yoki qisman aksiyalarni emissiya qilish yoki boshqa qimmatli qogʻozlar chiqarish yoʻli bilan xarid qilinayotgan boʻlsa, u holda xarid qilish qiymati chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning nominal qiymatiga emas, balki ularni joriy qiymatiga teng boʻladi. Agar investitsiya toʻlaligicha yoki qisman boshqa aktivga almashtirish yoʻli xarid qilinayotgan boʻlsa, u holda uning xarid qiymati berilayotgan aktivning joriy qiymati boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xarid qilingan paytgacha boʻlgan davr uchun foizlar ulushi hisoblangan dividendlarni oʻz ichiga olgan qiymat boʻyicha xarid qilingan moliyaviy investitsiyalar xaridor tomonidan sotuvchiga toʻlangan foizlar summasini chiqarib tashlab, xarid qiymati boʻyicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qarz qimmatli qogʻozlarga investitsiyalarning xarid qiymati bilan toʻlash qiymati oʻrtasidagi tafovut (diskont yoki xarid qilishdagi mukofot) investitsiyalar boʻyicha doimiy daromad mavjud boʻlishi uchun investor tomonidan xarid qilingan paytdan boshlab qarz toʻlangunga qadar hisobdan chiqarib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarning balans qiymati Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qisqa muddatli (joriy) aktivlar sifatida tasnif qilingan investitsiyalar buxgalteriya balansida quyidagicha hisobga olinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.1. Bozor qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.2. Xarid qiymati va bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng kichigi boʻyicha hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar xarid qiymati va bozor qiymatlaridan eng kichigi bahosi boʻyicha hisobga olinadigan boʻlsa, balans qiymati investitsiya portfelining umumiy qiymati asosida yoki investitsiyalar turlari boʻyicha yoxud alohida investitsiyalar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymatining oʻzgarishidan keladigan daromad yoki zarar, sodir boʻlgan hisobot davrida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Uzoq muddatli aktivlar sifatida tasnif qilingan investitsiyalar buxgalteriya balansida quyidagicha hisobga olinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.1. Xarid qiymati boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.2. Qayta baholashni hisobga olgan qiymat boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.3. Investitsiya portfeli usuli boʻyicha aniqlangan, xarid qiymati va bozor qiymatidan eng kichigi bahosi boʻyicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash uchun qayta baholashni amalga oshirish davriyligini, shu jumladan uzoq muddatli investitsiyalar toifalarini aniqlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Balans qiymatining vaqtincha pasayishini istisno etgan holda investitsiyalar qiymati pasayganda barcha uzoq muddatli investitsiyalarning balans qiymati pasaytiriladi. Bunday pasaytirish har bir alohida moliyaviy qoʻyilma boʻyicha aniqlanadi va tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Uzoq muddatli investitsiyalar xarid qiymati boʻyicha hisobga olinadi. Uzoq muddatli investitsiyalarning qiymati qaytarilmaydigan, pasaygan, pasayib borgan hollarda bu investitsiyalarning balans qiymati har bir investitsiya boʻyicha alohida kamaytirilishi kerak. Bunda xatarning turlari, investitsiya qilinayotgan subyektda investorning ulushi eʼtiborga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Uzoq muddatli investitsiyalar balans qiymatining vaqtincha pasayishi hisobda aks ettirilmaydi. Qiymat pasayishining boshqa hollari 21-bandda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy investitsiyalar balans qiymatini qayta baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalarni bozor qiymati boʻyicha hisobga oluvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt hisob siyosatida investitsiyalar balans qiymatining kamayishi yoki koʻpayishini quyidagicha aks ettiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20.1. Daromad yoki xarajat sifatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20.2. 21-bandga muvofiq ravishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash natijasidagi qoʻshimcha baholash summasi xususiy kapitalga qayta baholashdan daromad sifatida qoʻshiladi. Moliyaviy investitsiyalar qiymati pasayganda kamaytirish xususiy kapitalda aks ettirilgan oʻsha investitsiyalarni qoʻshimcha baholash summasi hisobidan amalga oshiriladi. Agar moliyaviy investitsiyalar qiymatini kamaytirish summasi qayta baholashdan olingan daromad summasidan oshsa, bu farq xarajat sifatida tan olinishi kerak. Qiymati pasaytirilgan investitsiyalarni qoʻshimcha baholash miqdori shu investitsiyalardan kelgan zarar qoplangandan soʻng xususiy kapital koʻpayishiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy investitsiyalarni sotish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Investitsiyalarni sotishda sotishdan olingan tushum bilan balans qiymati oʻrtasidagi farq tegishli xarajatlarni (broker yoki diler xizmati haqi) chiqarib tashlangandan soʻng daromad yoki xarajat sifatida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar balansda portifel usuli boʻyicha xarid qiymati yoki bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng pasti boʻyicha hisobga olingan boʻlsa, ularni sotishda daromad yoki zarar realizatsiya narxi bilan xarid narxi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar investitsiya ilgari qayta baholangan yoki bozor qiymati boʻyicha hisobga olingan, balans qiymati esa qoʻshimcha baholash qiymatini hisobga olgan holda koʻpaytirilgan boʻlsa, xoʻjalik yurituvchi subyekt hisob siyosatini tasdiqlashi yoki qoʻshimcha baholashni qoldiq summasini daromad schyotiga kreditlashi yoxud uni taqsimlanmagan foyda hisobiga oʻtkazishi kerak. Bu hisob siyosati 3-sonli BHMS “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot”ga muvofiq qoʻllanilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar ikki qiymatning: xarid qiymati bilan bozor qiymatining eng kichigi boʻyicha hisobga olinadigan boʻlsa, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qisqa muddatli (joriy) investitsiyalarga oʻtkazish ham ikki qiymat: xarid qiymati bilan balans qiymatining eng kichigi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agar uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar ilgari qayta baholangan boʻlsa, ularni qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar toifasiga oʻtkazishda va bu qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar bozor qiymati boʻyicha hisobga olingan boʻlsa, qayta baholash qiymati balans qiymatidan chiqarib tashlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymatidagi oʻzgarish daromadga kiritiladigan boʻlsa, qoʻshimcha baholashning qolgan har qanday miqdori daromadga oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar toifasiga oʻtkazish xarid qilish qiymati va bozor qiymatidan eng kichigi boʻyicha yoki bozor qiymati boʻyicha, agar investitsiya ilgari shu qiymat boʻyicha hisobga olingan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar boʻyicha operatsiyalardan moliyaviy natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Moliyaviy natijalarga quyidagilar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26.1. Moliyaviy investitsiyalar boʻyicha quyidagi koʻrinishdagi daromadlar/xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26.1.1. Uzoq muddatli va joriy investitsiyalar boʻyicha foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26.1.2. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotishdan daromadlar va zararlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26.1.3. 20-bandga muvofiq, bozor qiymati boʻyicha hisobga olingan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar boʻyicha realizatsiya qilinmagan daromadlar va zararlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26.1.4. Xarid qiymati va bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng kichigi boʻyicha baholangan qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni taqdim qilish uchun talab qilinadigan bozor qiymatining kamaytirilishi va bunday kamaytirishning qaytadan tiklanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26.2. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qiymatining vaqtincha pasayishini istisno qilgan holda balans qiymatining kamayishi va bunday qisqarishlarning qoplanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26.3. 22-bandga muvofiq hisoblangan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotishdan daromadlar va zararlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur standartni qoʻllanish natijasida yuzaga keladigan soliq oqibatlarini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoritib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Moliyaviy hisobotlarda quyidagilar yoritib berilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.1. Hisob siyosati, quyidagilar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.1.1. Moliyaviy investitsiyalarning balans qiymatini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.1.2. Bozor qiymati boʻyicha hisobga olingan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarning bozor qiymatidagi oʻzgarishlarni aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.1.3. Qayta baholangan moliyaviy investitsiyalarni sotishda qoʻshimcha baholash summasini aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.2. Quyidagi koʻrinishda olingan daromadga kiritilgan katta miqdordagi summalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.2.1. Uzoq muddatli va qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar boʻyicha foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.2.2. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotishdagi daromadlar va zararlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.2.3. Bunday moliyaviy investitsiyalar qiymatidagi oʻzgarishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.3. Realizatsiya qilinayotgan investitsiyalarning bozor qiymati, agar ular balansda bozor qiymati boʻyicha hisobga olinmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.4. Koʻchmas mulkka moliyaviy investitsiyalarning joriy qiymati, agar ular uzoq muddatli investitsiya sifatida hisobga olingan boʻlsa va joriy qiymati boʻyicha aks ettirilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.5. Investitsiyalarga muhim cheklashlar yoki investitsiyalarni realizatsiyasidan daromad va tushumni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.6. Qayta baholash summasi boʻyicha hisobga olingan uzoq muddatli investitsiyalar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.6.1. Qayta baholash oʻtkazilishini davriyligini aniqlash siyosati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.6.2. Soʻnggi marta qayta baholangan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.6.3. Qayta baholash asosi va tashqi baholovchini jalb etish fakti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.7. Davr ichida bahosining oshirilishi summasidagi oʻzgarishlar hamda bu oʻzgarishlarning tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28.8. Asosiy faoliyati investitsiya faoliyatidan iborat boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun investitsiya portfelini tahlil qilish.