25.02.1997 yildagi 106-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ICHKI SUV TRANSPORTI USTAVINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Ichki suv transporti Ustavi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1997-yil 25-fevraldagi 106-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Ichki suv transporti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTAVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOʻLIM.
UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichki suv transporti xalq xoʻjaligining tarmogʻi sifatida transportning muhim turlaridan biri hisoblanadi. Ichki suv transporti temir yoʻl transporti va transportning boshqa turlari bilan birgalikda sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari normal ishlab chiqarilishi hamda ularning muomalada boʻlishiga koʻmaklashadi, aholining ichki suv yoʻllarida harakat qilishga boʻlgan ehtiyojini qondiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Ustav mamlakatning ichki suv yoʻllari orqali yuk va yoʻlovchilar tashishga boʻlgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, ichki suv transportining xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari bilan oʻzaro munosabatlari boʻyicha ichki suv transporti organlarining asosiy vazifalari va majburiyatlarini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav bilan ichki suv yoʻllari orqali tashishga oid topshiriqlarning bajarilishi tartibi, yuklar, yoʻlovchilar, bagaj va pochta tashishlarning asosiy shartlari, kemachilik uchun ichki suv yoʻllaridan foydalanishning asosiy shartlari, tashishni amalga oshiruvchi korxonalarning, shuningdek, ichki suv transportidan foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va shaxslarning huquq va majburiyatlari belgilab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuklarni va yoʻlovchilarni tashish respublika ichki suv transporti organlarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki suv transporti organlari, shuningdek yuk joʻnatuvchilar va yuk qabul qilib oluvchilar boʻlgan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar yuklarni tashishda respublika manfaatlariga qatʼiy rioya qilishlari hamda umuman tashishlar boʻyicha, har bir port va pristan tashishlar boʻyicha topshiriqlar toʻliq va bir maromda bajarilishini, yuklarning but holda va oʻz vaqtida yetkazib berilishini, flotdan oqilona foydalanilishini, flot harakati xavfsizligini va xalq xoʻjaligida transport chiqimlari eng koʻp darajada tejalishini taʼminlashga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Ustavning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi kemalar qatnaydigan barcha daryolar, koʻllar, Orol dengizi va sunʼiy suv yoʻllariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Ustav, agar xalqaro bitimlar va odatlar yoki kema turgan joydagi davlatlarning qonunlari bilan boshqacha tartiblar belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi ostida suzayotgan ichki suzish kemalari chet el va xalqaro daryolarda suzayotganlarida ham joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Ustav chegara suv yoʻllariga Oʻzbekiston Respublikasining maxsus qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari va farmoyishlarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi chet el davlatlari bilan tuzgan shartnomalar va bitimlarda belgilangan istisnolar bilan joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kemalarning Oʻzbekiston Respublikasi ichki suv yoʻllarida Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi ostida suzishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy diplomatik va konsullik vakolatxonalariga tegishli kemalar uchun ushbu qoidadan istisnolar amaldagi xalqaro bitimlar va odatlarga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi ostida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki hisoblangan va davlat muassasalari, tashkilotlari va korxonalariga qarashli boʻlgan kemalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperativ va jamoat tashkilotlariga qarashli boʻlgan kemalar suzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ichki suv yoʻllarida respublikaga tegishli flot qarashli boʻlgan asosiy organlar suv transportida davlat boshqaruvi organlariga qarashli boʻlgan daryo floti korxonalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa davlat organlari, shuningdek kooperativ tashkilotlar va boshqa jamoat tashkilotlari kemalarga ega boʻlishlari va ulardan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shuningdek daryo floti korxonalari tomonidan tashilmaydigan yuklarni tashish uchun foydalanishlari mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan kemalarda yuklarni tashish tartibi suv transportida davlat boshqaruv organlari (keyingi oʻrinlarda “kemachilikni tartibga soluvchi organlar” deb ataladi) va davlat boshqaruvining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa organlari tomonidan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining organlari pochtani tashish va kabel oʻtgan joylarga xizmat koʻrsatish uchun oʻz kemalariga ega boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tashkilotlarning kemalarida yoʻlovchilar tashishga kemachilikni tartibga soluvchi organlar tomonidan belgilangan qoidalarga rioya qilingan hamda kemachilikni nazorat qiluvchi organlarning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Harbiy qismlar, komandalar, jangovar texnika, harbiy mol-mulk va yuklarni harbiy omborlar va bazalardan foydalanish joylariga tashish, yoqilgʻi va oʻzida tayyorlangan binokorlik yuklarini tashish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining kemalari va boshqa obyektlarini shatakka olish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan harbiy yuklarni tashish toʻgʻrisidagi maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Ustav asosida kemachilikni tartibga soluvchi organlar Oʻrta Osiyo havzasi kema qatnovi yoʻllarida suzish qoidalarini, daryo transportidan texnik foydalanish qoidalari, yuklarning ayrim turlarini tashish va portlar, pristanlarda, shuningdek yuk joʻnatuvchilar va yuk qabul qilib oluvchilarning prichallarida tijorat operatsiyalarini bajarish qoidalari, yoʻlovchilar, bagaj va boshqalarni tashish qoidalarini (keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb yuritiladi) tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarning ayrim turlarini tashish qoidalari, eksport va import yuklarni tashish qoidalari, yuklarni ortish va mahkamlashning, kemalarning yuk koʻtarish va yuk joylashtirish imkoniyatidan foydalanishning texnik shartlari manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida kemachilikni tartibga soluvchi organlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOʻLIM.
ICHKI SUV YOʻLLARI. FLOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kemalar qatnaydigan yoʻllardan foydalanishni tartibga solish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan istisnolar bilan birgalikda, shuningdek, kemachilik uchun ochiq boʻlgan ichki suv yoʻllari roʻyxati suv transportida davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi va eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirliklar, idoralarning buyruqlari va yoʻriqnomalari hamda boshqa tashkilotlarning kemachilik manfaatlariga daxldor qarorlari faqat kemalar qatnaydigan yoʻllardan foydalanishni tartibga soluvchi organlar bilan kelishuv boʻyicha chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Barcha ichki suv yoʻllari umumiy foydalanishdagi yoʻllar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv yoʻllaridagi istehkomlar, harbiy-dengiz bazalari va mustahkamlangan rayonlar va harbiy qismlar doimiy joylashgan yerlarda ichki suv yoʻllaridan foydalanish harbiy qoʻmondonlik bilan kelishuv boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-apreldagi 74-son qaroriga muvofiq Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan quyidagi yerlar:
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlar, pristanlar, ixtisoslashtirilgan prichallar, bandargohlar va ichki suv transporti ehtiyojlarini taʼminlovchi barcha texnika inshootlari va qurilmalari boʻlgan daryo qoʻltiqlari (zatonlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilar vokzallari, pavilyonlar va prichallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemalar qatnaydigan kanallar, kemachilik va energetika inshootlari va xizmat-texnika binolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirgʻoqni mustahkamlash inshootlari va daraxtzorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa uzellari, radio markazlar va radio stansiyalar joylashgan binolar va inshootlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv yoʻllariga xizmat koʻrsatish maqsadidagi binolar, qirgʻoq navigatsiya belgilari va boshqa inshootlar, kema tuzatish zavodlari, tuzatish-ishlatish bazalari, ustaxonalar, kemasozlik verflari, turish-tuzatish joylari, omborlar, moddiy-texnika bazalari, muhandislik tarmoqlari, xizmat, turar joy va madaniy-maishiy binolar va ichki suv transportiga xizmat koʻrsatish boʻyicha maxsus vazifaga ega boʻlgan boshqa obyektlar bilan band boʻlgan yerlar ichki suv transporti yerlariga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Suv tubini chuqurlashtirish ishlari, agar bu suv resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishga zid boʻlmasa, suv yoʻllari oʻzanlarini, daryo qoʻltigʻi akvatoriylari, reydlar va umumiy foydalanishdagi prichallarni tozalash, shuningdek navigatsiya vaziyatini qurish va uni saqlash kemachilikni tartibga soluvchi organlar tomonidan, umumiy foydalanishdagi daryo qoʻltiqlari, reydlar va prichallarni saqlash esa ushbu daryo qoʻltiqlari, reydlar yoki prichallar foydalanishida boʻlgan tashkilotlar va korxonalar tomonidan Suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy foydalanishdagi suv tubini chuqurlashtirish va daryo qoʻltigʻi akvatoriylari, reydlar va prichallarni tozalash ularning egalarida texnik vositalar mavjud boʻlmagan taqdirda, shuningdek ushbu daryo qoʻltiqlari, reydlar va prichallar atrofi daryo qoʻltiqlari, reydlar, prichallar egalari bilan tuzilgan maxsus shartnomalar boʻyicha ularning hisobidan kemachilikni tartibga soluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kemalar qatnaydigan suv yoʻllarida tiklanadigan inshootlarga toʻsiq belgilari ushbu inshootlar tegishli boʻlgan tashkilotlar yoki korxonalar tomonidan oʻrnatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ichki suv yoʻllarida inshootlar (koʻpriklar, toʻgʻonlar, ochiq simlar, suv osti kabellari, truboprovodlar, suv qabul qilish quduqlari, zapanlar, prichallar, prichal qurilmalari va boshqalar) tiklashga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Suv xoʻjaligi vazirligi, shuningdek kemachilikni tartibga soluvchi organlar (11-band) va boshqa organlar bilan kelishgan holda yoʻl qoʻyiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ixtiyorida gidroelektr stansiyalar, toʻgʻonlar va boshqa suv koʻtarish inshootlari bor boʻlgan barcha tashkilotlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilangan, suv transporti boshqaruv organlari bilan kelishilgan butun navigatsiya davomida daryolar uchastkalarida suv koʻtarilish darajasining kemachilikning toʻsiqsizligi va xavfsizligi uchun zarur boʻlgan inshootlarning past va yuqori boʻlishiga rioya qilinishiga;
(15-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kemalarning toʻsiqsiz va xavfsiz oʻtishlarini taʼminlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Koʻpriklarning egalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kemalarning koʻpriklar ostidan xavfsiz va toʻsiqsiz oʻtishi uchun zarur boʻlgan moslamalarni oʻz hisobidan tayyorlashga va saqlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) koʻpriklar qurilgandan va tuzatilgandan keyin Suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda suv tubini chuqurlashtirish va suv tubini tozalash ishlarini oʻtkazishga;
(16-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻrta Osiyo havzasida kemalar qatnaydigan yoʻllardagi suzish qoidalariga muvofiq suzuvchi va koʻtariluvchi koʻpriklar prolyotlarini ajratish va koʻtarishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ichki suv yoʻllarida, shaharlardan tashqaridagi aholi yashash joylarida suv qirgʻogʻidan yoki qirgʻoq yoqasidan (tik qirgʻoqlardan) 20 metrdagi kemachilik bilan bogʻliq boʻlgan yer kengligi polosasi Suv xoʻjaligi vazirligi organlari hamda mahalliy maʼmuriyat bilan kelishgan holda umumiy foydalanish uchun beriladi, ichki suv yoʻllari qirgʻoq polosasi hisoblanadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki suv yoʻllari qirgʻoq polosasida quyidagilarga ruxsat beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) buning uchun suv muhofazasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Sanepidqoʻm) organlari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda kemalar prichali uchun moslamalar oʻrnatish, yuklarni ortish va tushirish (doimiy inshootlar qurmasdan), kemalarni bogʻlab qoʻyish va suv usti inshootlari uchun vaqtinchalik qurilmalar oʻrnatish, shuningdek yuklarni vaqtincha saqlash;
(17-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qattiq yoqilgʻini kemalar, suv transporti korxonalari va tashkilotlari uchun saqlash, shuningdek baliqchilik anjomlari va kema ashyolarini vaqtincha saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) vaqtincha qishlov joylari barpo etish va tasodifiy qishlov yoki kemalar avariyasi tufayli kelib chiqqan boshqa ishlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kemalarning mexanik tyagasini oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kemachilik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan joylarda baliqchilik ehtiyojlari uchun qirgʻoq polosasidan foydalanishga kemachilikni tartibga soluvchi organlar bilan kelishuv boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qirgʻoq polosasidagi yoritgichlar, navigatsiya vaziyati yoritgichlaridan tashqari, kemalar qatnaydigan tomonda toʻsiqlar bilan toʻsilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kemalar qatnaydigan daryolarning qirgʻoqlarini va ulardagi sunʼiy moslamalarni buzilish va yemirilishdan muhofaza qilish maqsadida suv muhofazasi organlari qirgʻoq polosasining ayrim uchastkalarida yer qazish, daraxtlarni kavlash va boshqa ishlarni amalga oshirishni taqiqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ichki suv yoʻllari qirgʻoq polosasi chegarasida imoratlar va inshootlar qurilishiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tabiatni muhofaza qilish va Sanepidqoʻm organlari, shuningdek suv xoʻjaligi organlari bilan kelishgan holdagina yoʻl qoʻyiladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qirgʻoq polosasi doirasida foydali qazilmalarni qazuvchi, daraxtlar kesuvchi, koʻpriklar quruvchi va boshqa ishlarni bajaruvchi tashkilotlar ushbu polosada joylashgan kemachilik ehtiyojlari uchun moʻljallangan inshootlarning saqlanishini taʼminlashni hamda ishlarni bajarish chogʻida ushbu inshootlarga yetkazilgan shikastlarni oʻz vaqtida tuzatishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kemalar qatnaydigan yoʻllardan foydalanishni tartibga soluvchi organlarga Suv xoʻjaligi vazirligi hamda suv muhofazasi boshqa organlari bilan kelishuv boʻyicha quyidagi huquqlar beriladi:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kemachilikni qoʻriqlash, qoʻllab-quvvatlash va yaxshilash ishlarini bajarish hamda ushbu maqsadlar uchun imoratlar va inshootlar qurish uchun ichki suv yoʻllari qirgʻoq polosasidan tekin foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “a” bandda koʻrsatilgan ishlar uchun tuproq, tosh, shagʻaldan, shuningdek belgilangan qoidalarga muvofiq ichki suv yoʻllarining qirgʻoq polosasi doirasidagi chakalakzorlar va mayda daraxtlardan (diametri 8 santimetrgacha) tekin foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kemachilik vaziyati belgilari koʻrinishini taʼminlash uchun daraxtlar va chakalakzorlarni kesish, shuningdek kemachilik uchun xavf tugʻdiruvchi daraxtlarni kesish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilarni oʻrnatish va kemachilik vaziyati belgilari koʻrinishini taʼminlash uchun proseklarni kesish ushbu holda umumiy asoslarda badal toʻlangan holda ichki suv yoʻllari qirgʻoq polosasidan tashqarida ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ichki suv yoʻllaridan foydalanadigan asosiy dvigateli kamida 75 ot kuchi boʻlgan oʻzi yurar kemalar va sigʻimi kamida 80 registr tonna boʻlgan oʻzi yurmaydigan kemalar, harbiy kemalar, sport kemalari va fuqarolarga tegishli boʻlgan kemalardan tashqari, kemachilikni tartibga soluvchi organlarning qirgʻoq kemachilik inspeksiyalarining kemachilik reyestriga kiritilishi (roʻyxatdan oʻtkazilishi) kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kemachilikni tartibga soluvchi organlar ixtiyorida boʻlgan boshqa kemalar (shu jumladan ichki kemalar qatnaydigan yoʻllar roʻyxatiga kirmagan ichki suv yoʻllarida foydalanadigan kemalar) koʻrsatib oʻtilgan havza inspeksiyalarining kemachilik daftarlarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kemachilik reyestri va kemachilik daftarlariga kiritilishi kerak boʻlgan barcha kemalarga nomlar va tartib raqamlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda kemalar reyestri va kemachilik daftarlarini yuritish qoidalari kemachilikni tartibga soluvchi organlar tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport kemalari sport tashkilotlarining kemachilik daftarlarida Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(21-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa kemalar, shu jumladan, ichki suv yoʻllaridan foydalaniladigan, ichki kemalar qatnaydigan yoʻllar roʻyxatiga kirmagan kemalar, shuningdek fuqarolarga tegishli boʻlgan kemalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kema roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin uning egasiga kema guvohnomasi beriladi. Ushbu guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi ostida suzish yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kemalar roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda kemachilikni tartibga soluvchi organlar tomonidan belgilangan miqdorda alohida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kemani boshqa tashkilotning ixtiyoriga berish, kemaga mulkchilik huquqining oʻtishi yoki bir yildan ortiq muddatga ijaraga berish kema reyestrida va kema guvohnomasida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kema boʻyicha yangi huquqiy munosabatlar oʻrnatilishi kema reyestriga tegishli belgi qoʻyilgan vaqtdan boshlab uchinchi shaxslar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzi yurar kemalarning ekipaji kapitandan, kema ekipaji va kema komandasining boshqa katta lavozimdagi shaxslaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kemalar va kema mexanizmlarini boshqarishga qoʻyiladigan shaxslarni qoniqtirishi kerak boʻlgan shartlar, shuningdek ushbu shaxslarga diplomlar va guvohnomalar berish tartibi kemachilikni tartibga soluvchi organlar tasdiqlaydigan qoidalar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kema kapitani kemani boshqaradi, kemani boshqarishga rahbarlik qiladi hamda suzishning xavfsizligini taʼminlash, kemada tartibni saqlash, kemadagi odamlarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish va kemaning hamda unda tashiladigan yuklarning butligi uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapitanning oʻz vakolatlari doirasidagi barcha farmoyishlari kema ekipajining barcha shaxslari, shuningdek kemadagi yoʻlovchilar hamda kemadagi boshqa shaxslar tomonidan soʻzsiz bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapitan, zarur boʻlganda, kema ekipaji shaxslarini vazifalarni bajarishdan chetlatish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kemadagi shaxsning xatti-harakati uning xavfsizligiga, shuningdek kemaning yoki undagi boshqa shaxslarning va mol-mulkning xavfsizligiga tahdid solsa, kapitan ogohlantirishdan keyin uni alohida binoda ushlab turishga va yoʻldagi birinchi portda yoki pristanda kerakli maʼmurlarga topshirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻayriqonuniy ushlab turgani uchun kapitan intizomiy jazoga, tegishli hollarda esa jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agar kemada kimdir jinoyat sodir etsa, kapitan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan qutulmasligi uchun chora-tadbirlar koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuz bergan hodisa toʻgʻrisida barcha dalillar va guvohlarning koʻrsatmalari batafsil bayon qilingan holda oʻzining imzosi va ekipajning kamida ikki shaxsining imzosi bilan dalolatnoma tuzishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jinoyat sodir etgan shaxsni dalolatnomaning asl nusxasi bilan birgalikda eng yaqin port (pristan)da kerakli maʼmurlarga topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kapitan kemadagi har bir tugʻilish yoki oʻlim toʻgʻrisida ikki guvoh va kema vrachi yoki feldsheri, agar ular kemada boʻlsa, ishtirokida dalolatnoma tuzishi kerak. Oʻlim toʻgʻrisidagi dalolatnomaga vafot etganning kemadagi mol-mulki roʻyxati tirkaladi. Oʻlganning jasadi kemada darhol alohida joyga qoʻyiladi va qarindoshlariga yoki eng yaqin port (pristan)da koʻmish uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapitan kemadagi shaxs tomonidan tuzilgan vasiyatnomani tasdiqlashi va uni saqlash uchun qabul qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kema ekipaji aʼzosi yoki yoʻlovchi uning halok boʻlishi ehtimoli vaziyatlarida yoʻqolib qolgan taqdirda kapitan dalolatnoma hamda yoʻqolganning qolgan mol-mulki roʻyxatini tuzadi va dalolatnomani va mol-mulkni eng yaqin port (pristan)da kerakli maʼmurlarga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Agar kemaga shubhasiz halok boʻlish xavf solsa, kapitan yoʻlovchilarni qutqarishning barcha choralari koʻrilgandan keyin kema ekipajiga kemani tark etishga ruxsat beradi. Kapitanning oʻzi kemani eng oxirida tark etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ofat toʻgʻrisida xabar olgan yoki suv yoʻlida xavf ostida qolgan odam yoki kemani aniqlagan kapitan, oʻz kemasini xavfga duchor qilmaslikning barcha choralarini koʻrish bilan bir vaqtda ofatga yoʻliqqanlarga yordam koʻrsatishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xavfga duchor boʻlgan kemaga yordam koʻrsatganlik uchun, natijada kema yoki undagi yuk yoki boshqa moddiy boyliklar toʻliq yoki qisman saqlanganligi taʼminlanganligi uchun, taqdirlash haqi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan yordam uchun taqdirlash haqi summasiga xizmatlar koʻrsatish haqi kabi hamda yordam koʻrsatish maqsadida sarflangan barcha chiqimlar ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdirlash miqdori tomonlarning kelishuviga koʻra belgilanadi, kelishuv boʻlmagan taqdirda esa, uning miqdorini sud belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan yordam uchun taqdirlash haqi qutqarilgan mol-mulk qiymatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qutqarilgan odamlar qutqarilganliklari uchun taqdirlash haqi toʻlashga majbur emaslar. Biroq odamlarni qutqarishda qatnashgan shaxslar mol-mulk qutqarilganligi uchun umumiy taqdirlashda mol-mulkni qutqargan shaxslar bilan bab-baravar oʻz ulushiga ega boʻlishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Koʻrsatilgan xizmat uchun taqdirlash huquqidan (32-band):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xavfga duchor boʻlgan kema ekipaji, shuningdek uni shatakka olgan yoki shatakka olingan kema ekipaji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xavfga duchor boʻlgan kema kapitani (agent, lotsman)ning oqilona taqiqiga qaramay xizmat koʻrsatgan shaxslar foydalanmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ichki kemalar qatnaydigan yoʻllarda suzishning xavfsizligini nazorat qilish kemachilikni tartibga soluvchi organlarning Kemachilik xavfsizligi bosh inspeksiyasi hamda unga boʻysunadigan kemachilik inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Ular quyidagilarga majburdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kemalar qatnaydigan yoʻllardagi kemalar va inshootlarni koʻzdan kechirish hamda ularning egalariga va kemani boshqaruvchilarga (agentlar, lotsmanlar)ga tekshirish paytida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ekipaj bilan butlanmagan va amaldagi qoidalar va normalarga muvofiq jihozlanmagan yoki holati ularning xavfsizligiga va ulardagi odamlar va mol-mulkning xavfsizligiga, shuningdek boshqa kemalarning harakati xavfsizligiga xavf soluvchi kemalarning harakatini toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) suzishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi guvohnomaga va belgilangan boshqa kema hujjatlariga ega boʻlmagan kemalarning harakatini toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) suzish xavfsizligiga tahdid boʻlganda yoʻlning muayyan uchastkalarida kemalar harakatini taqiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOʻLIM.
PORTLAR, PRISTANLAR, YUK VA TIJORAT XOʻJALIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Port yoki pristan oʻzida daryo qirgʻogʻida yoki suv ombori sohilida maxsus qurilgan va jihozlangan hamda panada saqlash, ortish-tushirishga va flotga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan korxonani ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklar, yoʻlovchilar, bagaj va pochta tashishlarini amalga oshirish hamda yuk va tijorat operatsiyalarini bajarishning yuqori sifatli boʻlishini taʼminlash uchun kema egalari yuklarni ortish-tushirish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchun portlarda va pristanlarda yuk va yoʻlovchilar prichallariga va boshqa zarur inshootlar hamda qurilmalarga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlar va pristanlar inshootlari va qurilmalari tashilayotgan yuklar va bagajlarning saqlanishini, mexanizatsiyalanishini va kemalarga yuklarni ortish va tushirishga oid operatsiyalarning belgilangan muddatlarda bajarilishini, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni va suv transportidan foydalanish chogʻida ularning xavfsizligini taʼminlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk, tijorat va yoʻlovchi tashish xoʻjaliklarining barcha inshootlari va qurilmalari toʻliq soz holda boʻlishi va oʻz quvvati hamda qayta ishlash qobiliyatiga koʻra, yuklar, yoʻlovchilar va bagajlarni tashishning topshirilgan hajmlari bajarilishini taʼminlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Portlar va pristanlar yuklarni, shu jumladan, konteynerlardagi yuklarni qabul qilish, ortish, tushirish, qisqa muddatli saqlash va berishga oid operatsiyalarni, shuningdek, yoʻlovchilar va bagajlarni tashish bilan bogʻliq operatsiyalarni bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshiriladigan operatsiyalarning turiga koʻra portlar va pristanlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yoʻlovchilar tashish-yoʻlovchilarni joʻnatish, qabul qilish hamda bagajlarni berish bilan bogʻliq operatsiyalarni bajaruvchiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuk tashish — yuklarni tashish, ortish, tushirish va berish uchun yuklar qabul qilishga oid operatsiyalarni bajaruvchiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) universal (birlashgan) — ham yoʻlovchilar, ham yuk tashish boʻyicha operatsiyalarni bajaruvchiga boʻlinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Barcha yoki ayrim operatsiyalarni amalga oshirish uchun ochiladigan portlar va pristanlar roʻyxati, ushbu operatsiyalarni amalga oshirish tartibi, navigatsiyalarni ochish va yopish muddatlari, shuningdek, yuklarni tashish uchun qabul qilish muddatlarining boshlanishi va tugallanishi suv transporti davlat boshqaruv organlari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Yoʻlovchilar tashishga oid operatsiyalarni bajarish uchun ochilgan portlar va pristanlar yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, bagajlarni qabul qilish va berish hamda qoʻlda olib yuriladigan yuklarni saqlash uchun vokzallarga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilar xonasi boʻlgan debarkaderlar boʻlmagan kichik pristanlar va toʻxtash joylarida, shahardan tashqari uchastkalar va kechuv joylarida yoʻlovchilarni chiqarish hamda tushirish uchun zarur qurilmalari boʻlgan pavilyonlar barpo etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vokzallarda xizmat xonalari, chipta sotish kassalari, port yoki pristanning guruhlariga qarab, bagajlarni qabul qilish va berish xonalari, qoʻlda olib yuriladigan yuklarni saqlash kameralari, kutish zallari, yoʻlovchilarning dam olish xonalari, bolali yoʻlovchilar uchun zallar yoki onalar va bolalar xonalari, bufetlar va yoʻlovchilarga madaniy-maishiy va sanitariya-gigiyena xizmati koʻrsatish uchun xonalar (aloqa boʻlimi, gazeta-jurnallar kioskalari, telefonlar, sartaroshxonalar, tibbiy yordam koʻrsatish joylari, maʼlumotnomalar va boshqalar) boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilar, omborxonalar va xizmat xonalari, shuningdek, yoʻlovchilar uchun portlar va pristanlar, vokzallar va pavilyonlarning atroflari namunali texnik holatda saqlanishi va ozoda boʻlishi kerak. Kemalar yurishi mumkin boʻlgan vaqtda vokzallardan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vokzal oldidagi maydonlar, vokzallarga va pristanlarga kirish yoʻllari, shuningdek, portlar va pristanlarga tutash maydonlar obodonlashtirilgan boʻlishi va yoʻlovchilar hamda shahar transportining qulay va xavfsiz harakatini taʼminlashi kerak. Portlar va pristanlarga tutash maydonlarni obodonlashtirish tegishli hokimliklarga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Portlar va pristanlar bajariladigan ishlarning hajmi va xususiyatiga qarab guruhlarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv flotining portlari va pristanlarini muayyan guruhga oʻtkazish belgilangan tartibda, kemachilikni tartibga soluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Birlashma boshligʻi, yuklarni ortish va tushirish ishlarining hajmi, yoʻlovchilar tashish miqdori va kemalarning harakati jadvaliga qarab, tegishli tijorat operatsiyalarini pristanlar va portlar tomonidan maʼlum soatlarda, zarur boʻlgan hollarda esa — kecha-kunduz bajarilishi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk idoralari va omborlarning ish tartibi va vaqti yuk joʻnatuvchilarga va yuk qabul qiluvchilarga koʻngildagidek xizmat koʻrsatishni, shuningdek, tashish vositalaridan toʻlaroq foydalanishni taʼminlashni hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Suv floti korxonalarining prichallari va omborlari, agar ular muayyan tashkilotlarga shartnoma yoki boshqa asoslarda butunlay foydalanish uchun berilmagan boʻlsa, umumiy foydalanishdagi prichallar va omborxonalar boʻlib hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ichki suv yoʻllari boʻyicha kema joʻnatmalari orqali tashiladigan yuklarni muntazam ravishda joʻnatuvchi va qabul qilib oluvchi korxonalar va tashkilotlar kemalarga yuk ortish va tushirish joylarida yuksiz va yukli kemalarning prichalga toʻliq xavfsiz botib turishini kafolatlovchi suvga kirish chuqurligidagi doimiy prichallarga ega boʻlishlari shart. Bu prichallar umumiy foydalanishdagi prichallar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prichal inshootlari va ortish-tushirish mexanizmlari turlari yuk oborotiga qarab, kemachilikni tartibga soluvchi organlar bilan kelishgan holda tanlanadi (11-jadval).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy foydalanishdagi prichallarning egalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kemalarni belgilangan muddatlarda ortish-tushirish uchun prichallarni zarur boʻlgan ortish-tushirish mexanizmlari, prichal moslamalari, qurilmalari va jihozlar bilan jihozlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ob-havoning yogʻin-sochin kunlarida ortish-tushirish ishlarini bajarish uchun omborxonalar bilan kema lyuklari oʻrtasida usti yopiq galereyalar yoki bostirmalar qurishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) prichallarni yumshoq va qattiq kransalar bilan, aloqa vositalari va yoritish hamda tanitish belgilari bilan jihozlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) elektr qurilmalari boʻlmagan kemalarni ortish va tushirish chogʻida yoritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) prichallarda qabul qiluvchi-topshiruvchilar (tarozibonlar) uchun ish oʻrinlari ajratishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Doimiy prichallar bilan jihozlanmagan joylarda yuk joʻnatuvchilar va yuk qabul qilib oluvchilar ortish va tushirish uchun yuksiz va yukli kemalar toʻliq botib turishi maqsadida ularning xavfsiz kirib borishini kafolatlovchi chuqurlikka tushirilgan yetarli miqdordagi barqaror va mustahkam koʻprikchalarga ega boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tashilayotgan yuklarning ogʻirligini aniqlash uchun kema egalari portlarda va pristanlarda yuk joʻnatuvchilar va yuk qabul qilib oluvchilar esa umumiy foydalanishdagi prichallarda kema bortiga oʻrnatiladigan yetarli miqdordagi oʻlchov asboblariga, elevatorlar va mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalar, ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash zanjirlariga ega boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarozilar va tarozi priborlari davlat tekshiruvidan oʻtkazilishi va belgilangan tartibda tamgʻalangan, shuningdek, yaqin oradagi port yoki pristanda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarozilar va tarozi priborlari oʻlchov asboblarini tekshirish va tamgʻalash joriy tuzatishdan chiqqandan soʻng ularni dastlabki oʻrnatish chogʻida va “Oʻzdavstandart” markazi tomonidan belgilangan muddatlarda vaqt-vaqti bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarni tekshirish va tamgʻalash muddati oʻtib ketgan nosoz tarozilarda, shuningdek, tarozi priborlarining nosozligi aniqlanganda va ular notoʻgʻri koʻrsatganida tortishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Yoʻlovchilar va yuklarni ichki suv yoʻllari boʻyicha tashish kemachilikni tartibga soluvchi organlar va Sanepidqoʻm bilan birgalikda tasdiqlanadigan Texnik foydalanish qoidalariga, Registr qoidalariga, shuningdek, kemalar uchun sanitariya qoidalariga javob beruvchi kemalarda amalga oshiriladi.
(45-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarni tashish va kemalarni shatakka olish uchun suv floti korxonasida oʻzi yurar va oʻzi yurmaydigan yuk tashuvchi (quruq yuk tashiydigan, suyuqlik tashiydigan), shuningdek, shatakka oluvchi kemalar boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq isteʼmol tovarlarini va boshqa yuklarni idishsiz tashish uchun suv floti korxonasida konteynerlar boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashishning maxsus shartlarini talab qiluvchi yuklar (sement, gʻisht, meva-sabzavot va boshqalar) uchun, odatda, yuk joʻnatuvchilar va yuk qabul qilib oluvchilarga tegishli boʻlgan maxsus konteynerlar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Har bir vokzalda, yoʻlovchi tashish kemasida, shuningdek, har bir yoʻlovchi xonasida va yuk idorasida yoʻlovchilar, yuk joʻnatuvchilar va yuk qabul qilib oluvchilarning shikoyatlar hamda takliflar daftari boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatlar va takliflar daftari vokzal navbatchisida, kema kapitanida yoki yuk idorasi boshligʻida saqlanadi va arizachiga birinchi marta talab qilingandayoq berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOʻLIM.
TARIFLAR VA YIGʻIMLARNI BELGILASH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Yuklar, bagajlar, yoʻlovchilarni tashish va kemalarni shatakka olish uchun erkin, shartnoma tariflari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tariflar amaldagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablarini va suv transporti korxonalarining rentabelli ishlashlarini taʼminlashni hisobga olgan holda, kema egasining xarajatlariga qarab, kema egalari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Ustavda nazarda tutilgan mukofotlar va jarimalarning miqdori ichki suv transportida kemachilikni tartibga soluvchi organlar tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ichki suv transporti korxonalari uchun majburiy boʻlgan kemalarga yuk ortish va tushirish boʻyicha ishlar uchun, yuk tashish bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha, majburiy operatsiyalar va suv floti korxonalari tomonidan bajariladigan transport-ekspeditsiya operatsiyalari uchun yigʻimlar va tariflar ishlab chiqarishning rentabelligini va uni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda ichki suv transporti korxonalari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Yoʻlovchilar va bagajni mahalliy va shahar atrofiga tashish tariflari, shuningdek, daryodan kechib oʻtish tariflari kema egalari boʻlgan korxonalar tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va mahalliy hokimliklar bilan kelishib olingandan soʻng oʻzlari tomonidan tasdiqlanadi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Suv transporti korxonalari uchun majburiy boʻlmagan ortish-tushirish ishlariga yigʻimlar, shuningdek, ichki suv transporti birlashmalari tasarrufida boʻlgan portlar va pristanlardagi yuk, lotsmanlik va kema yigʻimlari tegishli port (pristan) boʻyicha majburiy boʻlgan qarorlar bilan belgilanadi va kemachilikni tartibga soluvchi organlar tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Tariflar oʻrtasidagi farqlarni, yigʻimlar, jarimalar va mukofotlarni hisoblash qoidalari suv transporti korxonalari tomonidan ishlab chiqiladi va kemachilikni tartibga soluvchi organlar tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Tariflar va yigʻimlar suv floti birlashmalarining buyruqlari bilan eʼlon qilinadi va manfaatdor tashkilotlarga mahalliy matbuotda eʼlon qilish, shuningdek, portlar va pristanlarga eʼlonlar osib qoʻyish yoʻli bilan yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOʻLIM.
DALOLATNOMALAR, EʼTIROZLAR VA DAʼVOLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ichki suv yoʻllari boʻyicha tashishda kema egalari, yuk joʻnatuvchilar, yuk qabul qilib oluvchilar va yoʻlovchilarning moddiy javobgar boʻlishlari uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin boʻlgan hollar kema egasi tomonidan tuzilgan tijorat dalolatnomalari bilan yoki umumiy shakldagi dalolatnomalar bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Tijorat dalolatnomasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuk yoki bagajning naturadagi nomi, ogʻirligi yoki joylar soni bilan tashish hujjatida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻrtasidagi nomuvofiqlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuk yoki bagajga zarar yetkazganlik yoki ularni buzganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hujjatlarsiz yuk yoki bagaj yoxud yuk yoki bagajsiz hujjatlar aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻgʻirlangan yuk yoki bagajning kema egasiga qaytarilganligi hollarini tasdiqlash uchun tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft mahsulotlari yuklarining yetishmasligi yoki buzilganligi kemachilikni tartibga soluvchi organlar va “Oʻznefttrans” tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha tuzilgan neft mahsulotlarini topshirish-qabul qilish dalolatnomalari bilan belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy shakldagi dalolatnomalar mazkur bandda nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlash uchun tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomalar tuzish tartibi va dalolatnomalarni tuzishni talab qilmaydigan holatlarni tasdiqlash tartibi Qoidalar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Agar kema egasining oʻzi mazkur Ustavning 54-bandida koʻrsatib oʻtilgan holatni aniqlasa yoxud agar yuk yoki bagaj qabul qilib oluvchi yoki joʻnatuvchi juda boʻlmaganda shu holatlardan birortasining borligini koʻrsatib oʻtgan boʻlsa, u tijorat dalolatnomasini tuzishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk qabul qilib oluvchi boʻlmagan hollarda tijorat dalolatnomasi kamida uch shaxs: port (pristan) boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, qabul qilib oluvchi-topshiruvchi, yuk idorasi boshligʻi yoki mazkur pristandagi omborxona mudiri — yuk yoki bagajni tekshirishda qatnashgan boshqa shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Yoʻlovchilar, yuk joʻnatuvchilar va yuk qabul qilib oluvchilar tomonidan kelib tushgan tashishlarni taʼminlashga oid masalalar boʻyicha shikoyatlarni suv floti birlashmasining boshligʻi yoki port (pristan) boshligʻi besh kun muddatda koʻrib chiqishi va arizachini shikoyatni koʻrib chiqish natijalari hamda koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida yozma holda xabardor qilishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat yuzasidan qabul qilingan qarorga norozilik paydo boʻlgan hollarda arizachi shikoyatni koʻrib chiqishi va koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida arizachini kamida bir oy muddatda xabardor qilishi majburiy boʻlgan ichki suv transportining yuqori turuvchi organiga murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv floti birlashmalari va port (pristan)lar boshliqlari tomonidan shikoyatlarning toʻgʻri va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qilish ichki suv transportining yuqori organlariga yuklanadi, ular shikoyatlarni, shikoyat daftaridagi yozuvlarni va ularga berilgan javoblarni muhokama qilgan holda ishlarning ahvolini muntazam ravishda tekshirib borishga va tekshiruv natijalari toʻgʻrisida shikoyatlar daftariga yozib qoʻyishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatlar daftaridagi yozuv tashish vaqtida koʻrilgan zararni undirish toʻgʻrisida va jarimalarni toʻlash haqida eʼtiroz bildirish zaruriyatini istisno qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Tashishlardan va shatakka olishlardan kelib chiqadigan kema egalariga nisbatan daʼvolar faqat kema egasi eʼtirozni toʻla yoki qisman rad etgan hollarda yoki eʼtirozni koʻrib chiqish uchun belgilangan muddat tugagandan soʻng daʼvo qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Quyidagilar kema egasiga eʼtiroz bildirishga va daʼvo qilishga haqlidirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuk toʻla yoʻqolgan hollarda: yuk oluvchi tayinlangan port (pristan)ga yuk kelib tushmaganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan yuk kvitansiyasi, yuk kvitansiyasini taqdim etishning iloji boʻlmaganda esa, yuk qiymati toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat va tayinlangan port (pristan)ga yuk kelib tushmaganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan kema egasining yuk joʻnatib yuborilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi taqdim etilgan sharoitlarda — yuk qabul qilib oluvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk kvitansiyasi taqdim etilgan sharoitlarda — yuk joʻnatuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuk qisman yoʻqolgan, buzilgan yoki zararlangan hollarda kema egasi tomonidan berilgan nakladnoy va tijorat dalolatnomasi yoki 54-bandda koʻrsatilgan (neft quyish yuklari uchun) dalolatnoma taqdim etilgan sharoitlarda — yuk qabul qilib oluvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yuk yetkazib berish muddati kechiktirilgan hollarda — yuk qabul qilib oluvchi — nakladnoy taqdim etilgan sharoitlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yuk berishdagi toʻxtatib qolish hollarida — yuk qabul qilib oluvchi — nakladnoy va dalolatnoma taqdim etilgan sharoitlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tashish toʻlovlari ortiqcha olingan hollarda — yuk joʻnatuvchi yoki yuk qabul qilib oluvchi — nakladnoyni kim taqdim etishiga qarab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) bagaj yoʻqolgan, zararlangan, buzilgan yoki uni yetkazib berish muddati kechiktirilgan hollarda toʻla yoʻqolganda — bagaj kvitansiyasini taqdim etuvchi, qolgan barcha hollarda — bagaj qisman yoʻqolganligi, buzilganligi, zararlanganligi yoki uni yetkazib berish muddati kechiktirilganligi toʻgʻrisida kema egasi tomonidan berilgan dalolatnomani taqdim etuvchi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning amal qilishi shatakka olishlardan kelib chiqadigan eʼtirozlarga ham joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Yuk joʻnatuvchilar, yuk qabul qilib oluvchilar va kema egalarining har bir nakladnoy boʻyicha 100 soʻmdan kam boʻlgan summaga oʻzaro eʼtiroz bildirishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oxirigacha yigʻim olinmagan yoki ortiqcha olingan summalarni undirish toʻgʻrisida va hisoblanadigan yoki undirilgan toʻlovlar va yigʻimlarning umumiy summasi 100 soʻmdan oshib ketmaydigan yuk tashish hujjatlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan jarimani toʻlash toʻgʻrisida eʼtirozlar bildirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Eʼtiroz bildirish va daʼvo qilish huquqining boshqa tashkilotlarga yoki shaxslarga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bunday huquqni yuk joʻnatuvchi tomonidan yuk qabul qilib oluvchilarga yoki yuk qabul qilib oluvchi tomonidan yuk joʻnatuvchiga, shuningdek, yuqori yoki quyi tashkilotlarning yuk qabul qilib oluvchilari yoki yuk joʻnatuvchilari tomonidan berilishi hollari bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼtirozlar bildirish huquqini berish hujjatda kimgadir yon berish yozuvi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Yuklarni tashishdan kelib chiqadigan eʼtirozlar belgilangan suv floti birlashmasiga bildiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilarni yoki bagajni tashishdan kelib chiqadigan eʼtirozlar eʼtiroz bildiruvchining xohishiga koʻra joʻnatish yoki belgilash suv floti birlashmasiga bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarni toʻgʻridan-toʻgʻri aralash temir yoʻl — suv yoʻllari boʻyicha tashishdan kelib chiqadigan eʼtirozlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashishning oxirgi joyi temir yoʻl stansiyasi hisoblanadigan belgilangan yoʻl boshqarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashishning oxirgi joyi port yoki pristan hisoblanadigan belgilangan suv floti birlashmasiga bildiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk joʻnatuvchilarning, ularga hisoblanadigan jarimalar yoki mukofotlar boʻyicha jarimalar yukni joʻnatgan suv floti birlashmasiga bildiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Eʼtiroz arizasiga eʼtirozni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan boʻlishi kerak. Yukni toʻla yoki qisman yoʻqotganlik yoki unga zarar yetkazganlik toʻgʻrisidagi arizaga eʼtiroz bildirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlardan tashqari joʻnatilgan yukning miqdorini va qiymatini tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Kema egalariga eʼtirozlar olti oy muddat davomida, mukofotlar toʻlash toʻgʻrisidagi, yuk yetkazib berish muddatini kechiktirganlik uchun jarimani toʻlash va kemalarning turib qolganligi uchun jarimani qaytarish haqidagi eʼtirozlar 45 kun davomida bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan muddatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuk yoki bagajga zarar yetkazganlik yoki qisman yoʻqotganlik uchun toʻlash toʻgʻrisidagi eʼtirozlar boʻyicha — yuk yoki bagaj berilgan kundan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuk toʻla yoʻqotilganlik uchun toʻlash toʻgʻrisidagi eʼtirozlar boʻyicha — yetkazib berish muddati tugagan kundan boshlab oʻttiz sutka oʻtgandan soʻng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) toʻgʻridan-toʻgʻri aralash temir yoʻl-suv yoʻlida tashishlardan kelib chiqqan yukni toʻla yoʻqotganlik uchun toʻlash toʻgʻrisidagi eʼtirozlar boʻyicha — yukni tashishga qabul qilib olingan kundan boshlab toʻrt oy oʻtgandan soʻng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bagajni toʻla yoʻqotganlik uchun toʻlash toʻgʻrisidagi eʼtirozlar boʻyicha — bagajni yetkazib berish muddatlari tugagandan soʻng yigirma sutka oʻtgandan soʻng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tashish toʻlovlarini ortiqcha olganlik toʻgʻrisidagi va yuk yoki bagajni yetkazib berish muddatini kechiktirganlik uchun jarima haqidagi eʼtirozlar boʻyicha — yuk yoki bagaj berilgan kundan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tonnaj yoki tortish kuchini bermaganlik yoki vaqtida bermaganlik uchun hisoblanadigan summani undirish toʻgʻrisidagi eʼtirozlar boʻyicha — schyotlarni toʻlash uchun belgilangan besh kunlik muddat oʻtgandan soʻng,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) akseptsiz tartibda undirilgan jarimani hisoblash toʻgʻrisidagi kema egasining toʻlov talabnomasi (schyoti) nusxasi eʼtiroz bildirgan arizachi tomonidan olingan kundan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) shatakka olishlardan kelib chiqadigan eʼtirozlar boʻyicha — shatakka olish tamom boʻlgan kundan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) qolgan barcha holatlarda — eʼtiroz bildirish uchun asos boʻladigan voqealar boshlangan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Kema egasi bildirilgan eʼtirozni koʻrib chiqishi va eʼtiroz berilgan kundan boshlab quyidagi muddatlarda arizachini qondirish yoki uni rad etish toʻgʻrisida xabardor qilishi shartdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻgʻridan-toʻgʻri, aralash temir yoʻl-suv yoʻli tashishlaridan kelib chiqqan eʼtirozlar boʻyicha — olti oy davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashish toʻlovlari ortiqcha olinganligi toʻgʻrisidagi, jarimalar va mukofotlar haqidagi talabnomalar boʻyicha — 45 kun davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qolgan barcha hollarda — uch oy davomida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Eʼtiroznoma qisman qondirilganda yoki rad etilganda xabarnomada kema egasi qarorining asosi mazkur Ustavning tegishli bandlari dalil qilingan holda koʻrsatilishi shart. Bunday hollarda eʼtiroz arizasida taqdim qilingan hujjatlar arizachiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar eʼtiroznomani koʻrib chiqish chogʻida yuk boshqa manzilga yuborilganligi yoki boshqa oluvchiga berilganligi aniqlansa, unday hollarda eʼtiroznoma yuk qachon va aynan kimga berilganligi koʻrsatilgan holda va ariza boʻyicha yuk manzili oʻzgartirilgan yoki berilgan amaldagi yuk qabul qilib oluvchi yoki tashkilot bilan eʼtiroz bildirgan arizachining bevosita hisob-kitob qilishi uchun arizasi bilan yuk manzili oʻzgartirilgan yoki berilgan tashkilot koʻrsatilgan holda kema egasi tomonidan arizachiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kema egasi tomonidan eʼtiroznoma toʻla yoki qisman rad etilganda yoki u javobsiz qoldirilganda eʼtiroz bildiruvchi arizachiga sudga daʼvo qilish uchun javob olingan yoki javob berish uchun belgilangan muddat tamom boʻlgan kundan boshlab ikki oy muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Kema egalarining tashishlar va shatakka olishlardan kelib chiqadigan daʼvolari olti oy muddat davomida sud organlariga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan olti oy muddat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻliq berilmagan tashish toʻlovlarini undirish boʻyicha — yuk berilgan kundan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuklar va kemalarni tashishga yoki shatakka olishga berilmaganligi uchun hisoblanadigan jarimalarni undirish boʻyicha — ushbu summalarni toʻlash uchun belgilangan besh kunlik muddat tugagach;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qolgan barcha hollarda — daʼvo taqdim etish uchun asos boʻladigan voqealar boshlangan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Yuklar kamligi va ortiqchaligi boʻyicha hisob-kitoblar navigatsiyalar tamom boʻlishi bilan amalga oshirilgan hollarda oʻtib ketgan daʼvo muddati keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Tan olingan eʼtirozlar summasi yoki berilgan daʼvo summasi uchun kema egasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yillik foizlarni toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foizlar quyidagi muddatlardan boshlab pul oʻtkazilgan yoki toʻlangan kunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ortiqcha olingan tashish toʻlovlari va qoʻshimcha yigʻimlarni qaytarish toʻgʻrisidagi eʼtirozlar boʻyicha — yuk yoki bagaj berilgan kundan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qolgan barcha eʼtirozlar boʻyicha — eʼtiroz bildirilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk joʻnatuvchilar, yuk qabul qilib oluvchilar va tashishlar yoki shatakka olishlardan kelib chiqqan, ularga kema egasi tomonidan berilgan talablar boʻyicha shatakka olish uchun beriladigan kemalarning egalari xuddi shunday miqdorda foizlar toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda foizlar kema egasi tomonidan toʻlov kuni boʻyicha tegishli summalarni toʻlash haqida yozma holdagi talabnoma berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk berilgan kundan boshlab bir oy muddat davomida ortiqcha olingan toʻlovlarni qaytarishda, shuningdek, kam olingan toʻlovlar toʻgʻrisida xabar olingan kundan boshlab xuddi shu muddat davomida kam olingan toʻlovlarni toʻlashda toʻlangan summalar uchun foizlar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Kema egalariga nisbatan tashishlar va shatakka olishlardan kelib chiquvchi daʼvolar eʼtiroz bildirilgan kema egasi turadigan joydagi sud organiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Ortiqcha olingan tashish toʻlovlarini qaytarish, shuningdek, tariflar bilan koʻzda tutilgan mukofotni toʻlashga oid eʼtirozlar sud tomonidan koʻrib chiqilmaydi va ular suv floti birlashmalari tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha olingan toʻlovlarni qaytarish toʻgʻrisidagi va 100 soʻmgacha boʻlgan summadagi mukofotni toʻlash haqidagi eʼtirozlar boʻyicha daryo floti birlashmasi boshligʻining qarori uzil-kesil hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100 soʻmdan ortiq boʻlgan summadagi ortiqcha toʻlovlarni qaytarish toʻgʻrisidagi eʼtirozlar boʻyicha daryo floti birlashmasi boshligʻining qarori ustidan bir oy muddatda daryo floti birlashmasi boʻysunadigan idoraga shikoyat qilinishi mumkin. Xuddi shu muddatda idoraning koʻrib chiqishi uchun mazkur Ustavning 66-bandi bilan belgilangan muddatlarda daryo floti birlashmasi arizachiga javob bermagan, ortiqcha olingan toʻlovlarni qaytarish toʻgʻrisidagi va, summasidan qatʼi nazar, mukofotni toʻlash haqidagi barcha eʼtirozlar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraning ushbu shikoyatlar boʻyicha qarorlari uzil-kesil hisoblanadi va bir oy muddat davomida eʼtiroz bildiruvchiga xabar qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Mazkur Ustavning 63, 66 va 70-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan talablarga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan belgilangan muddat oʻtishining uzilishi va toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi qoida qoʻllaniladi. Ushbu muddatlarning uzaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daryo floti va suv yoʻllaridagi uning organlari kiradigan idora, yuk joʻnatuvchilar hamda yuk qabul qilib oluvchilar mazkur Ustavning barcha talablarini aniq bajarishga majburdirlar.