18.08.2023 yildagi PQ-281-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv havzalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda baliq ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish, tabiiy va sunʼiy suv havzalaridan oqilona foydalanish, baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, tabiiy va sunʼiy suv havzalarini elektron onlayn auksion orqali shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan holda realizatsiya qilish tartibini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2023-yil 1-oktabrdan boshlab quyidagilar tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga tegishli tabiiy va sunʼiy suv havzalari (suv omborlari) — baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy va sunʼiy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari — suv boʻyida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (oʻtov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur bandda belgilangan talablar ijara shartnomalarining amal qilish muddati tugamagan tabiiy va sunʼiy suv havzalariga (suv omborlariga) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-fevraldagi “Aydar-arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-141-son qarori bilan boshqaruvi takomillashtirilgan Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi “Orol artemiya sanoati” davlat muassasasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan Orol dengizining 227 ming gektar suv osti yer maydonlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-364-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/364/1113-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) ikki hafta muddatda unga tanho foydalanishga berilgan reproduktiv ahamiyati past va doimiy ixtiofaunaga ega boʻlmagan tabiiy suv havzalarini 1-ilovaga muvofiq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga ulardan samarali foydalanish uchun topshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-2024-yillarda baliq ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlari tashkil etiladigan oʻrmon fondi yerlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-2024-yillarda baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlari tashkil etiladigan suv omborlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorga 2-3-ilovalarda belgilangan hududlarda baliq yetishtirish, ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlarini barpo qilish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini lotlarga boʻlgan holda elektron onlayn auksion orqali savdolarga chiqarib borishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi baliq ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlarini ommalashtirish va sayyohlar oqimini yoʻlga qoʻyish maqsadida yangi ishga tushirilgan obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlar, internet sahifalariga joylashtirsin va turoperatorlarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibini tasdiqlasin. Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaga tanho foydalanishga berilgan tabiiy suv havzalarini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlarning 50 foizini Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga, 40 foizini Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga, 10 foizini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaga tanho foydalanishga berilgan sunʼiy suv havzalarini (suv omborlari) ijaraga berishdan tushgan mablagʻlarning 90 foizini Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga, 10 foizini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliqni sanoat usulida yetishtirish va ovlash maqsadlaridan boshqa maqsadlarda tabiiy suv havzalari ijaraga berilganda, ijaradan tushgan mablagʻlarning 90 foizini Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga, 10 foizini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga yoʻnaltirish nazarda tutilsin.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi Kadastr agentligi bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar tabiiy (koʻllar) va sunʼiy (suv omborlari) suv havzalarini xatlovdan oʻtkazib, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan Uyushma faoliyatining joriy xarajatlarini moliyalashtirish hamda xodimlarga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan baliqchilik sohasida seminar va treninglarni tashkil etish, Uyushma xodimlarining xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash va ularni moddiy ragʻbatlantirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda baliq yetishtirishning prognoz parametrlari 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda sunʼiy suv havzalarini intensivlashtirish boʻyicha prognoz parametrlar 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha prognoz parametrlar 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 50 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligi “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida baliqchilik loyihalarini amalga oshirish maqsadida, baliqchilik bilan shugʻullanuvchi oilalarni suv bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 18-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-281-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-281-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga topshiriladigan tabiiy suv havzalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman nomi

Tabiiy suv havzasi nomi

Maydoni

(gektar)

Respublika boʻyicha jami: 186 ta

6 898

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Amudaryo

“Say” koʻli

81,8

2.

Amudaryo

“Otojanboy-1” koʻli

31

3.

Amudaryo

“Otojonboy-2” koʻli

29,3

4.

Amudaryo

“Agrokoʻl” koʻli

7,48

5.

Amudaryo

“Tuzdok” koʻli

8,3

6.

Amudaryo

“Sharsapa” koʻli

8,2

7.

Beruniy

“Zarib qara” koʻli

5,3

8.

Beruniy

“Akcham” koʻli

23,1

9.

Beruniy

“Choʻtir” koʻli

3,6

10.

Beruniy

“8-kontur” koʻli

0

11.

Beruniy

“17-kontur” koʻli

1

12.

Beruniy

“80,82-kontur” koʻli

3,1

13.

Boʻzatov

“Palush-Shaudir” koʻli

0

14.

Boʻzatov

“Kutankoʻl” koʻli

52,2

15.

Kegeyli

“Qora-oy” koʻli

3,2

16.

Kegeyli

“Aktuba” koʻli

55,6

17.

Kegeyli

“Beksik” koʻli

4,1

18.

Kegeyli

“Kokshiyel” koʻli

13,5

19.

Qoraoʻzak

“Aeroport” koʻli

0

20.

Qoraoʻzak

“Bugejeyli” koʻli

0

21.

Qoraoʻzak

“Sarikoʻl” koʻli

13,6

22.

Qoraoʻzak

“Yernazar terek ashshikoʻl” koʻli

26,6

23.

Qoraoʻzak

“Iyshan-oy” koʻli

29,8

24.

Qoraoʻzak

“Bes” koʻli

6,3

25.

Qoraoʻzak

“Oraz Ataliq” koʻli

22,2

26.

Qoʻngʻirot

“Maral-Mashin ketken-Baltaketken, Sashka” koʻli

299

27.

Qoʻngʻirot

“Koptin” koʻli

68

28.

Qonlikoʻl

“Yesbergen” koʻli

0

29.

Moʻynoq

“Karamush” koʻli

220,1

30.

Moʻynoq

“Zakir” koʻli

330

31.

Moʻynoq

“Atay say” koʻli

150

32.

Moʻynoq

“Shatik 2, Ashshikoʻl 3, Kendirli” koʻli

149

33.

Moʻynoq

“Jaungir” koʻli

29,4

34.

Moʻynoq

“Kishi Jonsiz” koʻli

0

35.

Moʻynoq

“Qara mulla” koʻli

0

36.

Moʻynoq

“Qizil kema” koʻli

1,78

37.

Moʻynoq

“Arqa maqpal” koʻli

35,4

38.

Moʻynoq

“Uzinqayir” koʻli

5

39.

Moʻynoq

“Arka Abbaz-Karamush” koʻli

50,6

40.

Moʻynoq

“Kirmizi-Katinketken” koʻli

20,1

41.

Moʻynoq

“Kishi ashshi” koʻli

45,6

42.

Moʻynoq

“Orda” koʻli

51,2

43.

Moʻynoq

“Aqshoki” koʻli

56,4

44.

Moʻynoq

“Akpetkey sistemasi Ashshikoʻl” koʻli

103,1

45.

Moʻynoq

“Kuat-irza” koʻli

62,1

46.

Moʻynoq

“Kishi Maqpal” koʻli

69,2

47.

Nukus

“Kudiyar” koʻli

8,4

48.

Nukus

“Gunjili” koʻli

9,4

49.

Taxiatosh

“Nayman” koʻli

19,2

50.

Taxiatosh

“Azatlik” koʻli

2,5

51.

Taxtakoʻpir

“Kosmolla” koʻli

151,9

52.

Taxtakoʻpir

“Jangʻansha” koʻli

145

53.

Taxtakoʻpir

“Shoʻr” koʻli

39,1

54.

Taxtakoʻpir

“Kostobe” koʻli

91,4

55.

Taxtakoʻpir

“Aksaga” koʻli

92,4

56.

Taxtakoʻpir

“Dauran kos” koʻli

24,6

57.

Taxtakoʻpir

“Korjik” koʻli

73,3

58.

Taxtakoʻpir

“Yeshki olgen” koʻli

24,1

59.

Taxtakoʻpir

“Atakoʻl” koʻli

84,1

60.

Taxtakoʻpir

“Dushshibas” koʻli

65,9

61.

Taxtakoʻpir

“Shoyinbek” koʻli

92,4

62.

Taxtakoʻpir

“Janaqazgʻan 3” koʻli

78,5

63.

Taxtakoʻpir

“Kozden barmas” koʻli

53

64.

Taxtakoʻpir

“Qoʻskoʻl” koʻli

49,3

65.

Taxtakoʻpir

“Aybek” koʻli

62,5

66.

Toʻrtkoʻl

“Kuksu Lotok yab Kontur” koʻli

10

67.

Toʻrtkoʻl

“Aydinkoʻl” koʻli

10,1

68.

Toʻrtkoʻl

“Shorkoʻl” koʻli

16,9

69.

Toʻrtkoʻl

“Arab” koʻli

6,6

70.

Toʻrtkoʻl

“Krepost 1” koʻli

18,8

71.

Toʻrtkoʻl

“Eryozqalʼa” koʻli

6,8

72.

Toʻrtkoʻl

“Lotokyab kuksu” koʻli

15

73.

Toʻrtkoʻl

“Kaka” koʻli

20,5

74.

Toʻrtkoʻl

“Koʻkcha shimoli” koʻli

15,7

75.

Toʻrtkoʻl

“Vodoyem Toʻrtkoʻl” koʻli

19,5

76.

Toʻrtkoʻl

“Bozor qalʼa” koʻli

9,9

77.

Toʻrtkoʻl

“Qumboskan” koʻli

25

78.

Toʻrtkoʻl

“Suk” koʻli

85,6

79.

Toʻrtkoʻl

“Oʻrdak” koʻli

19,2

80.

Toʻrtkoʻl

“Kukcha-janubiy” koʻli

37

81.

Toʻrtkoʻl

“Koʻkcha gʻarbiy” koʻli

12,3

82.

Toʻrtkoʻl

“Nap” koʻli

47

83.

Toʻrtkoʻl

“Qodir” koʻli

12,5

84.

Toʻrtkoʻl

“Odina bobo” koʻli

9,46

85.

Toʻrtkoʻl

“Qizilqum” koʻli

4,5

86.

Xoʻjayli

“Tuba 1” koʻli

17,6

87.

Xoʻjayli

“Tuba 2” koʻli

9,6

88.

Xoʻjayli

“Teren say” koʻli

5,4

89.

Xoʻjayli

“Xojeli kontur” koʻli

2,8

90.

Shumanay

“2878-a-son kontur” koʻli

1,4

91.

Shumanay

“306-kontur” koʻli

8,1

92.

Shumanay

“Reimbek ketken” koʻli

3,2

93.

Shumanay

“2555-2587 kontur” koʻli

9

94.

Shumanay

“2133-sonli kontur” koʻli

2,5

95.

Ellikqalʼa

“Koʻkcha-1” koʻli

30,5

96.

Ellikqalʼa

“Nuxr” koʻli

6,4

97.

Ellikqalʼa

“Quvtobe” koʻli

98

98.

Ellikqalʼa

“Qirq qiz” koʻli

45

99.

Ellikqalʼa

“Baymurat” koʻli

15,2

100.

Ellikqalʼa

“Qilchinoq 1-boʻlim” koʻli

3,2

101.

Ellikqalʼa

“1704 kontur” koʻli

9

102.

Ellikqalʼa

“Chakan-1” koʻli

22,5

103.

Ellikqalʼa

“Chakan-2” koʻli

14

104.

Ellikqalʼa

“Shayton” koʻli

6,8

105.

Ellikqalʼa

“Ziyoviddin” koʻli

25,7

106.

Ellikqalʼa

“Boʻston” koʻli

69,4

107.

Ellikqalʼa

“Shoʻr” koʻli

24,7

108.

Ellikqalʼa

“Qushburun” koʻli

28

109.

Ellikqalʼa

“Appaq” koʻli

42,7

110.

Ellikqalʼa

“Sori xoʻja” koʻli

11,9

111.

Ellikqalʼa

“Uysalang” koʻli

44,41

112.

Ellikqalʼa

“Sarabiy” koʻli

30,2

113.

Ellikqalʼa

“441 kontur” koʻli

2,1

114.

Ellikqalʼa

“301 kontur” koʻli

2,8

115.

Ellikqalʼa

“Jingan” koʻli

3,9

116.

Ellikqalʼa

“Chalang” koʻli

1,6

117.

Ellikqalʼa

“Dasha” koʻli

30,8

118.

Ellikqalʼa

“Uysalang-2” koʻli

50,4

119.

Ellikqalʼa

“Baqbergen” koʻli

68

120.

Ellikqalʼa

“Dumanqalʼa” koʻli

27,5

120.

Jami

4 519

Qashqadaryo viloyati

1.

Mirishkor

“Alan koʻl 1 kontur” koʻli

70

2.

Mirishkor

“Alan koʻl 2 kontur” koʻli

30

3.

Kitob

“Saparchasoy” koʻli

15,6

4.

Kitob

“Shoʻrobsoy” suv obori

5

5.

Yakkabogʻ

“Qizilsuv” suv ombori

60,4

6.

Yakkabogʻ

“Yangiqoʻrgʻon” suv ombori

53

7.

Yakkabogʻ

“Qorabogʻ” suv ombori

80

8.

Yakkabogʻ

“Nugʻayli” suv ombori

58

9.

Shahrisabz

“Toshloqsoy” suv ombori

6,5

9.

Jami

378,5

Samarqand viloyati

1.

Payariq

“Shoʻrkoʻl” koʻli

16

1.

Jami

16

Surxondaryo viloyati

1.

Boysun

“Konbeshbuloq” koʻli

41

2.

Jarqoʻrgʻon

“Kattaqum” koʻli

9,78

3.

Termiz

“Asfalt beton zavodi” koʻli

37,6

4.

Termiz

“Sapayev” koʻli

12,2

4.

Jami

100,6

Toshkent viloyati

1.

Parkent

“Xoʻjakoʻl” koʻli

17,4

2.

Bekobod

nomsiz koʻl

45,9

3.

Bekobod

“Qoʻsh” koʻli

60,3

4.

Bekobod

“Yangi” koʻli

51,3

5.

Bekobod

nomsiz koʻl

35,4

6.

Bekobod

nomsiz koʻl

72,9

7.

Bekobod

nomsiz koʻl

2,4

8.

Bekobod

nomsiz koʻl

3,7

9.

Bekobod

nomsiz koʻl

1,15

10.

Bekobod

nomsiz koʻl

35,4

10.

Jami

325,9

Xorazm viloyati

1.

Bogʻot

“Zey” koʻli

15

2.

Bogʻot

“Oʻrmonchi” koʻli

5,9

3.

Bogʻot

“Xoʻjalik” koʻli

4,6

4.

Qoʻshkoʻpir

“Duzlakkoʻl” koʻli

58,4

5.

Qoʻshkoʻpir

“A. Qurbonov hududidagi 1220, 1221 kontur” koʻli

20,4

6.

Qoʻshkoʻpir

“Toshkent hududidagi 356k kontur, 1-uchastka” koʻli

14,5

7.

Qoʻshkoʻpir

“Toshkent hududidagi 356k kontur, 2-uchastka” koʻli

14,7

8.

Qoʻshkoʻpir

“Uzun suv” koʻli

71,8

9.

Qoʻshkoʻpir

“I. Ibragimov hududidagi 151k kontur” koʻli

92

10.

Qoʻshkoʻpir

“Shoʻrkoʻl” koʻli

47,3

11.

Qoʻshkoʻpir

“Toshkent hududidagi 356k kontur, 3-uchastka” koʻli

20,1

12.

Qoʻshkoʻpir

“Oxunboboyev hududidagi 310 kontur” koʻli

3,6

13.

Qoʻshkoʻpir

Bakmad koʻli

79,7

14.

Qoʻshkoʻpir

“Chegara” koʻli

40,7

15.

Shovot

“Boʻston” koʻli

94,8

16.

Tuproqqalʼa

“Ot botgan” koʻli

78,3

17.

Tuproqqalʼa

“Aeroport” koʻli

18,1

18.

Tuproqqalʼa

“Chegara” koʻli

39,4

19.

Tuproqqalʼa

“Koʻk damba -1” koʻli

26,1

20.

Tuproqqalʼa

“Ot botgan” koʻli

76,5

21.

Tuproqqalʼa

“Sarimoy” koʻli

43,9

22.

Tuproqqalʼa

“Koʻk damba” koʻli

15,2

23.

Tuproqqalʼa

nomsiz koʻl

28

24.

Tuproqqalʼa

“Uch oʻchoq” koʻli

4,4

25.

Tuproqqalʼa

nomsiz koʻl

12

26.

Tuproqqalʼa

“Daryo osti” koʻli

5,9

27.

Tuproqqalʼa

“Chegara” koʻli

18,1

28.

Hazorasp

“Shoʻrkoʻl-1” koʻli

41

29.

Hazorasp

“Dunuk” koʻli

74,14

30.

Hazorasp

“Uzun” koʻli

61,1

31.

Hazorasp

“Ovshar-2” koʻli

6,8

32.

Hazorasp

“Sanoat”koʻli

7,1

33.

Hazorasp

“Muxomon” koʻli

1,5

34.

Hazorasp

“Dunuk koʻl 10” koʻli

87,2

35.

Hazorasp

“Ovshar-1” koʻli

5,4

36.

Hazorasp

“Shoʻrkoʻl-2” koʻli

6,8

37.

Hazorasp

“Protok” koʻli

33,2

38.

Xiva

“Karp” koʻli

65,9

39.

Xiva

“Irdimizon” koʻli

28,2

40.

Xiva

“Koʻrk” koʻli

64,6

41.

Xiva

nomsiz koʻl

70,2

42.

Yangiariq

“Shoʻrkoʻl” koʻli

55,5

42.

Jami

1 558

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur roʻyxatga “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan kelishilgan holda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-281-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-2024-yillarda baliq ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlari tashkil etiladigan oʻrmon fondi yerlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Daryo nomi

Hududlar nomi

Tuman (shahar)

Oʻrmon xoʻjaligi nomi

1.

Sirdaryo

Fargʻona viloyati

Dangʻara tumani

Qoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaligi

2.

Toshkent viloyati

Bekobod tumani

Bekobod davlat oʻrmon xoʻjaligi

3.

Bekobod tumani

Dalvarzin davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

4.

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo tumani

Qolgansir davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

5.

Guliston tumani

Sirdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi

6.

Amudaryo

Buxoro viloyati

Qorakoʻl tumani

Qorakoʻl davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

7.

Romitan tumani

Qizilqum davlat ixtisoslashgan oʻrmon xoʻjaligi

8.

Xorazm viloyati

Tuproqqalʼa tumani

Xorazm davlat oʻrmon xoʻjaligi

9.

Xorazm davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

10.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Beruniy tumani

Beruniy davlat oʻrmon xoʻjaligi

11.

Amudaryo tumani

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi

12.

Surxondaryo

Surxondaryo viloyati

Jarqoʻrgʻon tumani

Surxondaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi

13.

Uzun tumani

Bobotogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligi

14.

Qashqadaryo

Qashqadaryo viloyati

Kitob tumani

Kitob davlat oʻrmon xoʻjaligi

15.

Zarafshon

Navoiy viloyati

Karmana tumani

Navoiy davlat oʻrmon xoʻjaligi

16.

Xatirchi tumani

Xatirchi davlat oʻrmon xoʻjaligi

17.

Samarqand viloyati

Jomboy tumani

Samarqand davlat oʻrmon xoʻjaligi

18.

Jomboy davlat oʻrmon xoʻjaligi

19.

Chirchiq

Toshkent viloyati

Qibray tumani

Saksonota davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi

20.

Yangiyoʻl tumani

Toshkent davlat oʻrmon xoʻjaligi

21.

Quyi Chirchiq tumani

Quyi Chirchiq davlat ixtisoslashgan oʻrmon xoʻjaligi

22.

Ohangaron

Toshkent viloyati

Piskent tumani

Toshkent davlat oʻrmon xoʻjaligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-281-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-2024-yillarda baliqni sanoat usulda yetishtirish, ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlari tashkil etiladigan suv omborlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Suv ombori nomi

Hududlar nomi

Tuman

(shahar)

Balansda saqlovchi

1.

“Andijon” suv ombori

Andijon viloyati

Xonobod tumani

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

2.

“Toʻpalang” suv ombori

Surxondaryo viloyati

Sariosiyo tumani

3.

“Ohangaron” suv ombori

Toshkent viloyati

Ohangaron tumani

4.

“Zomin” suv ombori

Jizzax viloyati

Zomin tumani

Jizzax viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi

5.

“Qamashi” suv ombori

Qashqadaryo viloyati

Qamashi tumani

Qashqadaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi

6.

“Chimqoʻrgʻon” suv ombori

Qamashi tumani

7.

“Pachkamar” suv ombori

Gʻuzor tumani

8.

“Chortoq” suv ombori

Namangan viloyati

Chortoq tumani

Namangan viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi

9.

“Xojikent” suv ombori

Toshkent viloyati

Boʻstonliq tumani

“Chorvoq GESlar kaskadi” DUK

10.

“Gʻazalkent” suv ombori

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-281-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda baliq yetishtirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

tonna

T/r

Hududlar nomi

Jami baliq ovlash

Shundan:

sunʼiy suv havzalarida

tabiiy suv havzalari va suv omborlarda

qafas (sadok) moslamasida

intensiv suv havzalarida

Yopiq suv aylanma tizimi (UZV)da

yarim intensiv

intensiv kichik suv havzalari

aholi xonadonlari

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

45 000

2 430

2 000

29 850

9 500

820

400

2.

Andijon viloyati

80 000

3 050

63 800

12 000

700

450

3.

Buxoro viloyati

40 000

100

1 500

120

17 250

19 410

770

850

4.

Jizzax viloyati

90 000

2 500

13 000

2 500

67 000

3 600

650

750

5.

Qashqadaryo viloyati

40 000

300

1 550

2 300

24 000

9 870

1 080

900

6.

Navoiy viloyati

45 000

1 050

7 500

3 000

20 500

10 050

1 300

1 600

7.

Namangan viloyati

90 000

6 140

710

1 515

72 700

6 040

1 100

1 795

8.

Samarqand viloyati

40 000

210

1 050

920

23 000

10 768

2 266

1 786

9.

Surxondaryo viloyati

35 000

362

735

1 050

12 680

17 640

791

1 742

10.

Sirdaryo viloyati

110 000

20 750

150

83 000

5 100

700

300

11.

Toshkent viloyati

90 000

6 200

300

1 640

71 000

6 670

1 300

2 890

12.

Fargʻona viloyati

95 000

3 000

1 215

2 175

79 000

8 252

1 100

258

13.

Xorazm viloyati

100 000

6 500

1 150

80

81 000

10 000

1 000

270

Jami

900 000

52 592

30 860

15 300

644 780

128 900

13 577

13 991

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-avgustdagi PQ-281-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda sunʼiy suv havzalarini intensivlashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ PARAMETRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Intensivlashtirish

maydoni

(gektar)

baliq yetishtirish hajmi

(tonna)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1 700

25 500

2.

Andijon viloyati

3 400

51 000

3.

Buxoro viloyati

740

11 100

4.

Jizzax viloyati

3 800

57 000

5.

Qashqadaryo viloyati

1 000

15 000

6.

Navoiy viloyati

700

10 500

7.

Namangan viloyati

4 200

63 000

8.

Samarqand viloyati

1 000

15 000

9.

Surxondaryo viloyati

500

22 500

10.

Sirdaryo viloyati

5 000

52 500

11.

Toshkent viloyati

4 000

52 500

12.

Fargʻona viloyati

4 500

67 500

13.

Xorazm viloyati

4 700

70 500

Jami

35 240

513 600

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-281-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ PARAMETRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Aholi xonadonlarida baliq yetishtirish

aholi soni

(nafar)

baliq yetishtirish hajmi

(tonna)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

500

650

2.

Andijon viloyati

600

750

3.

Buxoro viloyati

500

650

4.

Jizzax viloyati

490

630

5.

Qashqadaryo viloyati

540

600

6.

Navoiy viloyati

1 100

1 300

7.

Namangan viloyati

940

1 210

8.

Samarqand viloyati

1 030

1 200

9.

Surxondaryo viloyati

400

500

10.

Sirdaryo viloyati

600

750

11.

Toshkent viloyati

800

950

12.

Fargʻona viloyati

900

1 050

13.

Xorazm viloyati

600

750

Jami

9 000

10 900

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 07/23/281/0626-son; 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son; 29.11.2025-y., 07/25/364/1113-son)