1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Bojxona sohasidagi ayrim tartib-taomillarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona sohasidagi tartib-taomillarni yanada takomillashtirish, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hamda amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagan normalar va huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Bojxona nazorati shakllarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi]
Bojxona auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.01 Erkin muomalaga qo‘yib yuborish]
raqamli markirovkalanadigan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirishda, markirovkalash sharti bilan shartli chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirishga ruxsat berish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.06 Vaqtincha olib kirish (chiqish)]
tovarlarni vaqtincha olib kirishda bojxona bojlari va soliqlarni to‘lashdan shartli ozod etishning aniq muddatlarini belgilash;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali dori vositalari, tibbiy buyumlar va biologik faol qo‘shimchalarni olib o‘tish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik]
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik talablari o‘rtasida vujudga kelgan nomuvofiqliklarni hamda noaniq normalarni bartaraf etish.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]
4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 6-noyabr,
700-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-son qaroriga 1-ILOVA
Bojxona nazorati shakllarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
1. Ushbu Nizom bojxona organi xodimlari tomonidan tovarlar va transport vositalari, pochta va kuryerlik jo‘natmalari hamda jismoniy shaxslar va ularning qo‘l yuklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (keyingi o‘rinlarda — Kodeks) talablariga asosan bojxona nazorati shakllarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bojxona ko‘zdan kechiruvi — bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan transport vositalarining bo‘limlarini, tovarlarning o‘rov-idishini ochmagan, ko‘zdan kechirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini bo‘laklarga ajratmagan va boshqa yo‘llar bilan ularning butligini buzmagan holda tovarlarning va (yoki) transport vositalarining, xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining hamda jismoniy shaxslar bagajining, shuningdek, yuk ortilgan idishlarni, konteynerlarni, bojxona identifikatsiyasi vositalarining tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirish orqali amalga oshiriladigan bojxona nazoratining turi;
bojxona ko‘rigi — bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan qo‘yilgan plombalarni, muhrlarni yoki bojxona identifikatsiyasining boshqa vositalarini, shu jumladan tovarning qadog‘ini buzgan holda, tekshirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini bo‘laklarga ajratib, demontaj qilib yoki boshqa yo‘llar bilan ularning butligini buzib, tovarlarning o‘ramini yoki transport vositasining yuk joylanadigan bo‘limini yoxud idishlarini, konteynerlarni va tovarlar bo‘lgan yoki bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan boshqa joylarni ochish orqali amalga oshiriladigan bojxona nazoratining shakli;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash]
bojxona organining mansabdor shaxsi — bojxona nazorati shakllarini qo‘llash vazifasi yuklangan va bojxona maqsadlari uchun qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan bojxona organi xodimi;
bojxona organi qarori — bojxona organi xodimi tomonidan bojxona nazorati shakllarini qo‘llash davomida va (yoki) bojxona maqsadlari uchun qabul qilingan qaror;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar]
bojxona rejimi — bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning va transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui;
bojxona yuk deklaratsiyasi (keyingi o‘rinlarda — BYD) — deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga taqdim etiladigan va muayyan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjatdir. BYD qog‘oz shaklida yoki deklaratsiyalovchi shaxsning elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlangan holda “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — TEDAAT) orqali elektron shaklda taqdim etiladi;
vakolatli shaxs — tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatlarga ega bo‘lgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish ko‘ruvchi shaxs;
deklarant — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini o‘z nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs;
jo‘natuvchi — tovarlarni o‘z nomidan tashish uchun tashuvchiga taqdim etadigan va o‘zi haqidagi ma’lumotlar transport hujjatlarida ko‘rsatilgan shaxs;
jo‘natuvchi bojxona posti — tovarlarning barcha turkumi yoki uning bir qismi uchun bojxona nazorati boshlanadigan bojxona posti;
manzildagi bojxona posti — tovarlarning barcha turkumi yoki uning bir qismi uchun bojxona nazorati tugaydigan bojxona posti;
soddalashtirilgan bojxona ko‘rigi — bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan transport vositasining yuk bo‘limlarini ochgan holda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan tovarlarning umumiy nomlariga mosligini ko‘rish;
tashuvchi — bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni tashuvchi yoki transport vositasidan foydalanuvchi mas’ul shaxs;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi / 07.25.01.00 Umumiy masalalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.01 Chet el valyutasi;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
tovarlar — bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan har qanday ko‘char mol-mulk, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qog‘ozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk obyektlari, transport vositasi, mazkur bandning o‘n oltinchi xatboshisi ko‘rsatilgan transport vositasi bundan mustasno;
transport vositasi — yo‘lovchilarni va tovarlarni tashish uchun foydalaniladigan barcha vositalar, shu jumladan, konteynerlar va boshqa transport jihozlari;
xavf — bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilmasligi ehtimolining darajasi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda — Xavfni boshqarish tizimi) — xavfning oldini olish yoki uni imkon qadar kamaytirish maqsadida tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qiluvchi, ularning aniqliligiga baho beruvchi hamda ushbu ma’lumotlarni qayta ishlovchi elektron axborot tizimi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
3. Bojxona organlari tovarlar, transport vositalari va fuqarolarni (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni) bojxona nazoratidan o‘tkazishda tanlab olish prinsipiga asoslangan holda, bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlaydigan bir yoki bir nechta bojxona nazorati shakllarini qo‘llaydi.
Bunda taqdim etilgan bojxona deklaratsiyasi bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq bojxona nazoratining hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish shakli yakuniga yetguniga qadar tovarlar bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilingan joyda (tovar turgan joyda) bo‘lishi lozim.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik]
4. Bojxona nazorati amalga oshirilayotganda bojxona organlari bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining oldini olish maqsadida tekshirilishi kerak bo‘lgan tovarlarni va transport vositalarini, yuridik va jismoniy shaxslarning hujjatlarini aniqlash, bojxona nazorati shakllarining turlari va qo‘llanish hajmini tanlash uchun xavfni boshqarish tizimini qo‘llaydi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Bojxona nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:
hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish;
og‘zaki so‘rov;
axborot olish;
bojxona ko‘zdan kechiruvi;
tovarlarning tamg‘alanganligini tekshirish;
bojxona ko‘rigi;
shaxsiy ko‘rik;
bojxona identifikatsiyasi;
bojxona kuzatuvi;
binolar va hududlarni tekshirish;
tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, ularni hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini xatlovdan o‘tkazish;
tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati.
5. Bojxona nazoratining muayyan shakllaridan O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq ozod etiladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Bojxona nazoratining ayrim shakllarini qo‘llamaslik yoki ulardan ozod qilish yuridik va jismoniy shaxslar bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish majburiyatidan ozod qilinganligini anglatmaydi.
2-bob. Hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish
1-§. Hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirishning umumiy qoidalari
6. Bojxona nazoratining hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish shakli bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlariga taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun ahamiyatga molik hujjatlarni va ma’lumotlarni tekshirishdan iborat.
7. Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish:
hujjatlarning asosiy rekvizitlari to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilganligi, shu jumladan, tovar va transport vositasiga oid ma’lumotlarning barcha hujjatlarda bir xil, to‘g‘ri va tafovutlarsiz ko‘rsatilganligini;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
zarur imzolar va muhrlarning (elektron raqamli imzoning) mavjudligi va haqiqiyligini;
tuzatishlarning tasdiqlanganligini aniqlashni o‘z ichiga oladi.
8. Bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi ularni quyidagilardan olingan ma’lumotlar bilan solishtirish orqali tekshiriladi:
taqdim etilgan boshqa hujjatlar va ma’lumotlardan olingan axborotlar;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
uchinchi shaxslardan, boshqa davlat organlari, xorijiy va xalqaro tashkilotlardan hamda boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar, shu jumladan, Internet tarmog‘idan foydalangan holda, tovar ishlab chiqaruvchilarning rasmiy Internet sahifalaridan olingan axborotlar;
bojxona nazoratining boshqa shakllarini o‘tkazish, bojxona statistikasi ma’lumotlarini tahlil etish, ma’lumotlarni axborot tizimlaridan foydalangan holda qayta ishlash, shu jumladan, bojxona nazoratining texnik vositalarini qo‘llash natijasida olingan ma’lumotlar.
9. Bojxona organi qo‘shimcha ma’lumotlarni faqat taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarni tekshirish maqsadida sababini ko‘rsatgan holda talab qilib olishga haqli.
Taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish va (yoki) qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilib olish tovarlarni chiqarib yuborishga to‘sqinlik qilmaydi, bundan ushbu hujjatlarning:
haqiqiy emasligi;
boshqa tovarlarga taalluqliligi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.16 Boshqa bojxona rejimlari]
tovarlarni chiqarib yuborish, ularni so‘ralayotgan bojxona rejimiga joylashtirish mumkinligi to‘g‘risida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga va (yoki) bojxona to‘lovlari to‘lanishiga ta’sir ko‘rsatadigan noto‘g‘ri ma’lumotlarni o‘z ichiga olganligi, Kodeksda belgilangan muddatlarda bojxona organi tomonidan aniqlangan hollar bundan mustasno.
10. Tovar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratining hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish shaklini qo‘llash natijasida hujjatlar va ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar va nomuvofiqliklar aniqlanganda, bojxona organlari bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlagan holda tafovutlar va nomuvofiqliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.
11. Hujjatlar va ma’lumotlar o‘rtasida aniqlangan tafovutlar va nomuvofiqliklar bo‘yicha choralar ko‘rishda mazkur tafovutlar va nomuvofiqliklarning bojxona to‘lovlariga ta’siri, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklariga daxl qilishi, insonning hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit, hayvonlar va o‘simliklar uchun xavfliligi hamda intellektual mulk huquqining buzilishi kabi huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishiga qarab, qonunchilik hujjatlariga asosan huquqiy baho beriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
12. Bojxona organlari tomonidan olingan axborotlarning uchinchi shaxslarga berilishi va tarqatilishi taqiqlanadi.
2-§. Bojxona postlarida hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish
13. Chegara bojxona postlarida bojxona nazoratining hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish shakli quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir ma’lumotlar va ularning himoyasi]
bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish;
bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovar va transport vositalariga rasmiylashtirilgan BYD va (yoki) tovarning kuzatuv hujjatlari, shuningdek, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni tekshirish;
yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasidagi ma’lumotlarni tekshirish;
transport vositasini boshqarish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini beruvchi hujjatlarni tekshirish;
xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarga olib chiqib ketilayotgan va (yoki) olib kirilayotgan tovarlar bo‘yicha olib o‘tishga asos sifatida taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
14. Chegara bojxona postlarida tovar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratining hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish shakli tashuvchi tomonidan taqdim etilgan BYD va tovarning kuzatuv hujjatlari, Kodeksning 18-moddasida ko‘rsatilgan hujjatlar va tovarga tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni hamda bojxona organlarining axborot tizimiga taqdim etilgan elektron shakldagi hujjatlarni tekshirish orqali amalga oshiriladi.
15. Tashqi iqtisodiy faoliyat (keyingi o‘rinlarda — TIF) hamda bojxona rasmiylashtiruvi markazi bojxona postlarida tovar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratining hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish shakli BYDga ilova qilingan hujjatlar va ma’lumotlarni hamda bojxona organlarining axborot tizimiga taqdim etilgan elektron shakldagi hujjatlarni tekshirish orqali amalga oshiriladi.
3-bob. Og‘zaki so‘rov
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
16. Bojxona nazoratining og‘zaki so‘rov shakli bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan vakolatli shaxslardan va bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga molik holatlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega boshqa shaxslardan zarur axborotni og‘zaki shaklda, bunday so‘rov natijalarini yozma shaklda rasmiylashtirmagan holda olishni nazarda tutadi.
17. Og‘zaki so‘rov quyidagi mazmundagi ma’lumotlarni so‘rab olish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin:
bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslardan bojxona nazoratining boshqa shakllarini qo‘llashdan oldin bojxona chegarasidan olib o‘tilishi taqiqlangan yoki cheklangan tovarlarning mavjudligi, qonunchilikda belgilangan bojxona chegarasi orqali olib o‘tish normalardan ortiq tovar moddiy boyliklarining mavjudligi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
TIF va chegara bojxona postlarida vakolatli shaxslardan bojxona ko‘rigini o‘tkazishdan oldin bojxona nazoratidan o‘tkazilayotgan tovarlarning haqiqiy holati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega yoki ega emasligi, tovarlarning miqdori taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan miqdordan ortiq yoki to‘g‘ri ekanligi, yuk bo‘linmalarida taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilmagan boshqa tovarlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishi (chiqilishi) taqiqlangan yoki cheklangan tovarlarning mavjudligi;
bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida deklarant yoki bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisdan BYD va unga ilova qilingan hujjatlarga oid ma’lumotlarning to‘g‘riligi;
bojxona organlari tomonidan amalga oshirilayotgan bojxona nazorati va rasmiylashtiruvining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, vujudga kelgan nomuvofiqlik yoki tushunmovchilik yuzasidan.
18. Og‘zaki so‘rov amalga oshirilganidan so‘ng bojxona nazoratining boshqa shakllarini qo‘llash natijasida bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holati aniqlanganda, dastlab og‘zaki so‘rov o‘tkazilgani to‘g‘risida tegishli protsessual hujjatlarda qayd etiladi.
4-bob. Axborot olish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
19. Bojxona nazoratining axborot olish shakli bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan vakolatli shaxslardan va bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga molik holatlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega boshqa shaxslardan zarur axborot olishni nazarda tutadi.
20. Axborot olish bojxona organlari bilan boshqa davlat tashkilotlari o‘rtasida elektron hamkorlik qilish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan axborot tizimlari orqali axborot olishni ham o‘z ichiga oladi.
21. Axborot olish uchun vakolatli shaxsni va boshqa shaxsni chaqirish zarur bo‘lgan taqdirda, bojxona organi yozma shaklda xabar yuboradi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Bojxona organlari bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish davomida bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash maqsadida tovarga vakolatli shaxs yoki tovarga aloqador boshqa shaxslardan yozma yoki elektron shaklda axborotlarni talab qilib oladi.
22. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi amalga oshirilmayotgan tovarlarga hamda ushbu tovarlarga bog‘liqligi bo‘lmagan shaxslarga oid axborotlarni olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
Bojxona organlari tomonidan olingan axborotlarning uchinchi shaxslarga berilishi va tarqatilishi taqiqlanadi.
5-bob. Bojxona ko‘zdan kechiruvi
1-§. Bojxona ko‘zdan kechiruvining umumiy qoidalari
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar]
23. Bojxona ko‘zdan kechiruvi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, yuk ortilgan idishlarda, transport vositalarida va transport vositalarining bo‘limlarida plombalar, muhrlar va boshqa bojxona identifikatsiyasi vositalari mavjudligini tasdiqlash maqsadida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
24. Tovar va transport vositasining bojxona ko‘zdan kechiruvi taqdim etilgan hujjatlarda (shu jumladan, axborot tizimlarida) ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini, shuningdek, mavjud identifikatsiya vositalarini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi.
25. Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona ko‘zdan kechiruvini o‘tkazishda unda ishtirok etuvchi shaxslarning tovar va transport vositalariga nisbatan vakolatliligini tekshiradi.
2-§. Chegara bojxona postlarida tovar va transport vositalarini bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkazish
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib o‘tish]
26. Bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovar va transport vositalari bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkaziladi.
27. Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona ko‘zdan kechiruvi davomida quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
tovar va transport vositasi hamda ularga tegishli yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘zaro mosligini tekshiradi;
identifikatsiya vositalariga shikast yetkazilmaganligini, transport vositasining yuk bo‘limiga bevosita (erkin) kirish imkoniyati istisno etilganligini tekshiradi;
transport vositasining haydovchi bo‘linmasida noqonuniy tovarlar mavjud emasligini tekshiradi;
tovar va transport vositasini bojxona nazoratining texnik va maxsus vositalari orqali tekshiradi, rentgen qurilmasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan transport vositalariga nisbatan mazkur harakatlar amalga oshirilmaydi.
Bojxona ko‘zdan kechiruvining qo‘llanilish hajmini tanlash Xavfni boshqarish tizimi tomonidan belgilanadi.
Tashuvchi bojxona ko‘zdan kechiruvi jarayonida to‘liq ishtirok etadi hamda bojxona organining mansabdor shaxsiga zarur ko‘mak ko‘rsatadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
28. Tashuvchi tovar va transport vositasini ko‘zdan kechirishda ishtirok etishdan hamda ko‘mak berishdan bosh tortsa, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
29. Tovar va transport vositalarining bojxona ko‘zdan kechiruvi natijalariga ko‘ra quyidagi hollarda bojxona ko‘rigi amalga oshiriladi:
bojxona nazoratining texnik vositalarini qo‘llash jarayonida bojxona organiga taqdim etilgan ma’lumotlarda o‘zaro nomuvofiqliklar aniqlanganda;
identifikatsiya vositasi mavjud transport vositasining yuk bo‘limiga bevosita (erkin) kirish imkoniyati bo‘lganligi yoki identifikatsiya vositasiga shikast yetkazilganligi aniqlanganda;
bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi taqiqlangan yoki cheklangan ashyolar yashirilayotgani va bojxona nazoratiga taqdim etilmayotganligi to‘g‘risida gumon qilinishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ishora qiluvchi alomatlarning bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan aniqlanganda.
3-§. TIF bojxona postlarida tovar va transport vositalarini bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkazish
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
30. TIF bojxona postlarida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan tovar va transport vositalarini bojxona ko‘zdan kechiruvi ularning yetkazib berilganligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi.
31. TIF bojxona postlarida bojxona ko‘zdan kechiruvi bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan transport vositalarining bo‘limlarini hamda tovarlarning o‘rov-idishini ochmasdan, ko‘zdan kechirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini bo‘laklarga ajratmagan va boshqa yo‘llar bilan ularning butligini buzmagan holda, tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona identifikatsiyasi vositalarining tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirish orqali o‘tkaziladi.
32. TIF bojxona postiga bojxona nazorati ostida yetkazilgan tovar va transport vositasi Xavfni boshqarish tizimining mavjud mezon talablariga asosan:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.08 Bojxona ombori;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.02.00 Bojxona omborlari va boshqa bojxona obyektlari infrastrukturalari]
yuk tushirishga ruxsat berilganda bojxona ombori mudiri tomonidan ko‘zdan kechiriladi;
yuk tushirish nazoratga olinganda bojxona organlari tomonidan bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkaziladi.
Bojxona ombori mudiri tomonidan o‘tkazilgan ko‘zdan kechiruv natijasida mavjud ma’lumotlar o‘rtasida o‘zaro nomuvofiqliklar aniqlanganda yoki transport vositasining yuk bo‘limiga bevosita (erkin) kirish imkoniyati mavjud bo‘lganda (erkin kirish imkoniyati mavjud konstruksiyali transport vositasi bundan mustasno) yoxud identifikatsiya vositalariga shikast yetkazilgani aniqlanganda bu to‘g‘risida zudlik bilan bojxona organlari xabardor qilinadi.
33. Bojxona organi tomonidan tovar va transport vositalarining bojxona ko‘zdan kechiruvi jarayonida taqdim etilgan ma’lumotlarda o‘zaro nomuvofiqliklar aniqlanganda yoki transport vositasining yuk bo‘limiga bevosita (erkin) kirish imkoniyati mavjud bo‘lganda (erkin kirish imkoniyati mavjud konstruksiyali transport vositasi bundan mustasno) yoxud identifikatsiya vositalariga shikast yetkazilgani aniqlanganda, mazkur Nizomning 7-bobiga muvofiq bojxona ko‘rigi o‘tkaziladi.
4-§. Jismoniy shaxslarning qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarini bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkazish
34. Chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslarning qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajlari quyidagi hollarda bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkaziladi:
Xavfni boshqarish tizimi tomonidan topshiriq berilganda;
bojxona organlarida davlat organlari, shuningdek, xorijiy davlatlar bojxona, boshqa davlat organlari va xalqaro tashkilotlardan ma’lumotlar olinganda;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik]
bojxona organlariga fuqarolarning bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishiga oid tezkor xabarlar kelib tushganda;
bojxona nazoratining tegishli shakllarini qo‘llash natijasida jismoniy shaxsning o‘zini tutish harakatlarida qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining alomatlari aniqlanganda;
fuqarolar qizil yo‘lak orqali harakatlanganda.
35. Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan jismoniy shaxslarning qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajlari bojxona ko‘zdan kechiruvidan ularning tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirish yoki bojxona nazorat-texnik vositalarini qo‘llash orqali o‘tkaziladi.
36. Chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslarning qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarining bojxona ko‘zdan kechiruvi bojxona nazorati zonasidagi bojxona ko‘rigi maydonida, bojxona postining fuqarolar o‘tish zallarida yoki alohida ajratilgan maxsus xonalarda yoxud yo‘lovchi tashish poyezdlarida o‘tkaziladi.
Ko‘zdan kechiruv jarayoniga jismoniy shaxslarning qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarining xususiyatidan kelib chiqib, boshqa davlat idoralari va vakolatli tashkilotlarning mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar]
37. Bojxona ko‘zdan kechiruv jarayonida jismoniy shaxslar to‘liq ishtirok etadi (xalqaro aeroportlar orqali harakatlanayotgan fuqarolarning bagajlarini bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkazish bundan mustasno) hamda bojxona organining mansabdor shaxsiga zarur ko‘mak ko‘rsatadi.
38. Jismoniy shaxs qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarini ko‘zdan kechirishda ishtirok etishdan hamda ko‘mak berishdan bosh tortsa, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan xolislar ishtirokida belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi.
6-bob. Tovarlarning tamg‘alanganligini tekshirish
39. Tovarlarning tamg‘alanishini tekshirish tovarlarda yoki ularning qadoqlarida maxsus tamg‘alar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarni belgilashning boshqa vositalari mavjudligini tekshirishni nazarda tutadi.
Tamg‘alangan holda tovarlar ortilgan transport vositalarining yuk bo‘linmalari, temir yo‘l vagonlari, konteynerlar hamda pochta va kuryerlik jo‘natmalariga nisbatan ham bojxona nazoratining tovarlarning tamg‘alanishini tekshirish shakli qo‘llanilishi mumkin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish]
40. Bojxona hududiga olib kiriladigan alohida tovarlar bo‘yicha bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda ularni maxsus tamg‘alar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari bilan tamg‘alash talabi qo‘yilishi mumkin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
41. Tovarlarda maxsus tamg‘alar, identifikatsiyalash belgilari, shtrix kodi, aksiz markasi va alohida talablar bo‘yicha markirovkalanganligiga yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari mavjud emasligiga, shunday tovarlar mavjudligi aniqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs buning aksini isbotlamasa, tovarlarni bojxona hududiga bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirganlik yoki chiqarib yuborganlik holatining tasdiqlanishi deb qaraladi.
7-bob. Bojxona ko‘rigi
1-§. Bojxona ko‘rigining umumiy qoidalari
42. Kodeksning 195-moddasiga muvofiq bojxona ko‘rigi qoida tariqasida tovarga bojxona deklaratsiyasi qabul qilingandan keyin deklarant ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda tovarga bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar bojxona ko‘rigi:
bojxona maqsadlarida tovarni identifikatsiyalash;
bayon etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniqlash;
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi mavjud axborotni tekshirish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
tanlab tekshirish prinsipiga rioya etgan holda xavfni boshqarish tizimi asosida bojxona nazoratini o‘tkazish;
Kodeksning 275-moddasiga asosan deklarantning huquqlarini amalga oshirish zarur bo‘lgan taqdirda o‘tkazilishi mumkin.
43. Bojxona ko‘rigi amalda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilayotgan tovar bilan bojxona deklaratsiyasi va/yoki yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan tovar ma’lumotlari bilan mosligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.05.00 Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish]
44. Tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, insonparvarlik yordami yoki xayriya maqsadlari, shu jumladan, texnik ko‘mak uchun olib o‘tiladigan tovarlar birinchi navbatda bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi.
45. Bojxona ko‘rigi, qoida tariqasida, Xavfni boshqarish tizimi tomonidan berilgan topshiriq hamda vakolatli shaxsning elektron murojaati asosida o‘tkaziladi. Xavf darajasi Xavfni boshqarish tizimi tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini toifalarga ajratish, xavf profillari yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlanadi.
Bunda Xavfni boshqarish tizimi topshirig‘i asosida tovarlarning umumiy miqdori bo‘yicha ularning 10, 25, 50 yoki 100 foizi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi mumkin.
Bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi belgilangan foiz miqdori — tovarning soni, og‘irligi yoki boshqa o‘lchov birligidan kelib chiqib, partiyadagi tovarlar orasidan tasodifiy tanlov yo‘li bilan aniqlanadi.
46. Bojxona ko‘rigi jarayonida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan tovarlar BYDda ko‘rsatib o‘tilgan joyda aslida bo‘lmaganligi va/yoki bojxona ko‘rigi jarayonida BYDda taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarga javobgar ekanligi belgilangan shaxs (ishonch bildirgan shaxs) ishtiroki ta’minlanmagan holatlari aniqlanganda, bojxona ko‘rigi holatlarga aniqlik kiritilguniga qadar vaqtincha to‘xtatib turiladi.
47. Vakolatli shaxslar bojxona organining mansabdor shaxsining talabiga ko‘ra tovar va transport vositalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilayotganda hozir bo‘lishi va ularga zarur ko‘mak ko‘rsatishi shart. Vakolatli shaxslar bo‘lmaganda, ko‘rikdan o‘tkazilayotgan transport vositasi tashuvchisi vakolatli shaxs hisoblanadi.
48. Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona ko‘rigini Kodeksning 195-moddasi beshinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda deklarant yoki vakolatli shaxslar ishtirokisiz, ikki nafar xolis ishtirokida o‘tkazishga haqli.
49. Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona ko‘rigini o‘tkazishda ishtirok etuvchi shaxslarning tovar va transport vositalariga nisbatan vakolatliligini tekshiradi.
Bojxona ko‘rigi BYD asosida o‘tkazilgan hollarda, bojxona ko‘rigi jarayonida BYDda taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarga javobgar ekanligi belgilangan shaxs (ishonch bildirgan shaxs) ishtirok etadi.
50. Bojxona ko‘rigi bojxona organi boshlig‘ining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning roziligi asosida o‘tkaziladi, mazkur Nizomning 53-bandi ikkinchi va beshinchi xatboshilarida qayd etilgan hollar bundan mustasno.
51. Bojxona ko‘rigi jarayonida tovarlarning yuzasiga bo‘yoq, metall yoki boshqa materiallar qoplash yo‘li bilan yashirish yoki maxsus tayyorlangan yashirin joylarni aniqlash maqsadida tovarlarning kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlaridan kelib chiqib, qirqish, kesish, o‘yish va boshqa usullar qo‘llanilishi mumkin.
52. Maxsus tashish usullari qo‘llaniladigan, suyuq va uyulgan holatda tashiladigan tovarlarga nisbatan ko‘rik darajalari belgilanmaydi hamda ularni bojxona ko‘rigidan o‘tkazishda tovarlar tushirilmagan holda nazorat texnik vositalarni qo‘llash orqali bevosita transport vositasida amalga oshirilishi mumkin.
53. Bojxona ko‘rigi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
bojxona ko‘rigini o‘tkazish Xavfni boshqarish tizimi tomonidan buyurilganda;
vakolatli shaxs yoki tashuvchi so‘roviga asosan;
bojxona organlariga boshqa huquqni muhofaza qilish organlari yoki davlat organlaridan tushgan materiallar, shuningdek, xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa davlat organlari hamda xalqaro tashkilotlardan, shuningdek, bojxona organlarining tegishli tarkibiy tuzilmalaridan olingan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan Kodeksning 188-moddasida ko‘rsatilgan bojxona nazoratining boshqa shakllarini qo‘llash natijasida bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzilganlik alomatlari mavjudligi ma’lum bo‘lganda;
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.03.00 Transport vositalarini olib kirish va olib chiqish]
tovarlar bir transport vositasidan boshqa transport vositasiga yoki ushbu transport vositasiga qayta yuklanganda, transport vositasining uning yuk bo‘limlari ochilmagan yoki bojxona plombasi buzilmagan hollar yoxud tranzit tartibda harakatlanayotgan avtotransport vositalari bundan mustasno.
Tovarlar bir transport vositasidan boshqa transport vositasiga yoki ushbu transport vositasiga TIF bojxona postlarida yoki bojxona omborlarida qayta yuklanadi hamda ushbu jarayonlar boshlanishidan oldin deklarant tomonidan bojxona organlariga murojaat qilinadi.
54. Bojxona rejimining o‘zgarishi jarayonida bitta tovar va transport vositasi yuzasidan Xavfni boshqarish tizimi tomonidan qayta bojxona ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berilganda, avval o‘tkazilgan bojxona ko‘rigida xavflarni kamaytirish bo‘yicha barcha talablar qamrab olingan bo‘lsa, mazkur tovar va transport vositalari yuzasidan qayta bojxona ko‘rigi o‘tkazilmaydi.
55. Bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlarni bojxona ko‘rigini bevosita konteyner yoki transport vositasining maxsus yuk bo‘limida o‘tkazishi mumkin, agar:
Xavfni boshqarish tizimi tomonidan tovarlarni konteyner yoki transport vositasining maxsus yuk bo‘limidan to‘liq tushirish orqali bojxona ko‘rigidan o‘tkazish belgilanmagan bo‘lsa;
tovarlar transport vositasida usti ochiq yoki temir yo‘l vagonlarida olib kelinganda, bunda bojxona ko‘rigini o‘tkazishning imkoni mavjud bo‘lganda;
bojxona ko‘rigi jarayonida konteyner yoki yuk bo‘linmasida yo‘lak ochgan holda tovarlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyati mavjud bo‘lsa, shuningdek, tovarlar yo‘qolishi yoki ularning holati o‘zgarishiga olib kelmasa.
56. Bojxona ko‘rigi jarayoni asosli sabablarga ko‘ra to‘xtatilganda (tanaffus, ish vaqtining tugashi va boshqa holatlarda), bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlarning o‘zgartirilmagan holda saqlanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shu jumladan, yuk joylariga, transport vositalariga yoki tovarlar turgan binoga identifikatsiya vositalarini qo‘yadi.
Bojxona ko‘rigi jarayoni quyidagi hollarda post boshlig‘i yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ruxsati bilan vaqtincha to‘xtatib turilishi mumkin:
vakolatli shaxsning bojxona ko‘rigini to‘xtatib turish bo‘yicha asoslantirilgan murojaatiga asosan;
tovar va transport vositasini bojxona ko‘rigini o‘tkazish imkoni cheklanganda;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari]
bojxona ko‘rigini o‘tkazishni davom ettirish inson salomatligi va atrof-muhitga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlarda ushbu holat bartaraf etilguniga qadar;
tovar xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganda, ekspert va mutaxassislar jalb etilib, ularning tegishli xulosalari olinguniga qadar;
bojxona ko‘rigi natijasi bojxona ekspertizasining xulosasiga bog‘liq bo‘lganda;
mazkur Nizomning 46-bandida nazarda tutilgan hollarda.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
57. Xavfni boshqarish tizimi topshirig‘ida bojxona ko‘rigini o‘tkazish nazarda tutilmagan hollarda bojxona ko‘rigi o‘tkazilishi lozim bo‘lsa, bojxona ko‘rigi bojxona posti boshlig‘i yoki uning vazifasini bajaruvchi xodimning roziligi asosida o‘tkaziladi. Bunda bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona ko‘rigi bojxona organlarining tegishli elektron tizimlarida “yashil” va “sariq” yo‘lakda ushbu yo‘lakni o‘zgartirish, “qizil” yo‘lakda bojxona ko‘rigini o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qilingani bo‘yicha belgi qo‘yish orqali o‘tkaziladi.
58. Tovar xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan va tovarni identifikatsiyalash imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda yoki Xavfni boshqarish tizimi topshirig‘iga asosan bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona ekspertizasini tayinlab, tovarlardan namuna va (yoki) nusxalar oladi.
Bunda tovarlardan namuna va (yoki) nusxalar normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq olinadi.
59. Bojxona organi yoki vakolatli shaxs tomonidan zarur hollarda bojxona ko‘rigi jarayoniga tovar va transport vositasiga aloqador bo‘lmagan ekspert va mutaxassislar jalb qilinishi mumkin. Bunda vakolatli shaxs jalb qilgan ekspert va mutaxassislar bilan bog‘liq xarajatlar ushbu vakolatli shaxs tomonidan qoplanadi.
60. Bitta bojxona postida yoki bitta omborda yonma-yon turgan bir nechta turkumdagi tovar va transport vositalari bir vaqtning o‘zida bir nafar bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi mumkin. Bunda bojxona ko‘rigi bojxona deklaratsiyasi asosida o‘tkazilayotgan hollarda har bir bojxona deklaratsiyasi uchun mazkur Nizomning 61 va 62-bandlarida belgilangan tartib bo‘yicha alohida bojxona ko‘rigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
61. Bojxona ko‘rigi davomida tovarlarning amaldagi soni, xususiyati va (yoki) tovarlar haqidagi ma’lumotlar, bojxona deklaratsiyasi hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelmasa, ushbu ma’lumotlar bojxona ko‘rigi dalolatnomasida aks ettiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
62. Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona ko‘rigi yakunlanganidan so‘ng bojxona organlarining axborot tizimida, jumladan, mobil ilovalardan foydalanilgan holda elektron shaklda bojxona ko‘rigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
63. O‘tkazilgan bojxona ko‘rigi bo‘yicha tuziladigan dalolatnoma shakli O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Bojxona qo‘mitasi) tomonidan tasdiqlanadi.
64. Bojxona ko‘rigi natijalariga ko‘ra tafovut aniqlanganda, taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar hisoblangan shaxs (deklarant, vakolatli shaxs, tashuvchi)ga nisbatan qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘riladi. Vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar asosida avariya yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida tovar va transport vositasiga shikast yetganligi (tovarning miqdoriy o‘zgarishi, o‘z xususiyatini yo‘qotganligi) holatlari bundan mustasno.
65. Quyidagi hollar tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazmaslik uchun asos bo‘ladi:
Xavfni boshqarish tizimi tomonidan bojxona ko‘rigini o‘tkazish yuzasidan topshiriq berilmaganda, mazkur Nizomning 53-bandi yettinchi xatboshisida keltirib o‘tilgan holatlar bundan mustasno;
bojxona nazorati ostida saqlanayotgan tovarlar bojxona organining ruxsatisiz ishlatib yuborilib, ushbu tovarlarga nisbatan bojxona qonun buzilishi holati yuritilganda;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
tovarlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining topshirig‘i asosida ishlatib yuborilganda;
tovar bo‘yicha avval o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi tan olingan holatlarda;
“bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” hamda “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimidan so‘ng tovarlar “eksport” bojxona rejimida rasmiylashtirilganda.
66. Tovarlarning bojxona ko‘rigi Bojxona qo‘mitasi markaziy apparati va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi ulanishini ta’minlovchi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan joylardagina o‘tkaziladi hamda ushbu videoyozuvlar uch oy davomida saqlanadi.
O‘ziga xos xususiyatlarga ega, tashqi o‘lchamlari, fizik ko‘rsatkichlari yoki kimyoviy xossalariga ko‘ra yoxud saqlanishiga doir alohida shartlar qo‘yilishi tufayli bojxona omboriga joylashtirilishi mumkin bo‘lmagan tovarlar, shuningdek, tovar yetkazib beriladigan joyda bojxona ombori mavjud bo‘lmagan hollarda, bojxona ko‘rigi tovarlar yetkazib berilgan joyda bojxona xizmati organlari tomonidan ko‘chma videoyozuv uskunalari yordamida tasvirga olingan holda o‘tkaziladi va videotasvirlar bojxona postida ko‘rik o‘tkazilgan kundan boshlab uch oy davomida saqlanishi ta’minlanadi.
67. Bojxona nazorati ostida tashilayotgan yuk ortilgan transport vositalaridan yo‘l-transport hodisasi, yengib bo‘lmas kuch yoki boshqa sabablarga ko‘ra boshqa transport vositasiga yuklash lozim bo‘lgan taqdirda, tovarlar to‘liqligi yoki but holda ekanligiga aniqlik kiritish maqsadida bojxona ko‘rigi o‘tkaziladi.
2-§. Chegara bojxona postlarida tovar va transport vositalarining bojxona ko‘rigi
68. Bojxona ko‘rigi tovar va transport vositalariga tegishli hujjatlar taqdim qilingandan so‘ng bevosita chegara bojxona postida va (yoki) bojxona nazorati zonasida o‘tkaziladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Tovar va transport vositalarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish uchun yetarli sharoit bo‘lmagan hollarda, bojxona posti boshlig‘i yoki uning vazifasini bajaruvchi xodimning topshirig‘i asosida bojxona ko‘rigi tovarlarni tushirish, ortish, joylashtirish, sanash, o‘lchash, taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos kelishini aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lgan boshqa joylarda yoki manzil bojxona postida o‘tkazilishi mumkin.
69. Quyidagi hollarda bojxona ko‘rigi chegara bojxona postida o‘tkaziladi:
Xavfni boshqarish tizimining topshirig‘i bo‘lganda;
bojxona ko‘zdan kechiruvi natijasida bojxona ko‘rigini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda;
rentgen, radiologik nazorat, tarozi kabi barcha turdagi texnik vositalarni qo‘llash natijasida aniqlangan nomuvofiqliklarga aniqlik kiritish maqsadida bojxona ko‘rigini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda;
yuk jo‘natuvchi davlatdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, tegishli davlat nazorat organlarining talablari mavjud bo‘lganda.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa hollar bundan mustasno.
Xavfni boshqarish tizimi tomonidan berilgan topshiriqlarni to‘liq bajarish;
yangi xavf yoki shubha va gumon paydo bo‘lgan hollarda bojxona ko‘rigining hajmini oshirish;
tovarlarning soni, asosiy va (yoki) qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdorini yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan taqqoslash;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar]
olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan transport vositalarida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi, olib chiqilishi va tranzit olib o‘tilishi taqiqlangan yoki cheklangan tovarlarning mavjudligini tekshirish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
barcha jarayonlar yakuni bo‘yicha bojxona ko‘rigi dalolatnomasini rasmiylashtirish.
71. Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan yukli transport vositasining yuk bo‘linmasini ochgan holda, unga yuklangan tovarning amaldagi xususiyatlari bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni olish maqsadida vizual tekshirish natijalari bo‘yicha soddalashtirilgan bojxona ko‘rigi o‘tkaziladi hamda bu to‘g‘risida bojxona organlari axborot tizimi orqali tegishli belgi qo‘yish orqali tasdiqlaydi.
72. Bojxona deklaratsiyasida bir nomdagi tovar sifatida ko‘rsatilgan tovar turkumining bir qismi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan bo‘lsa, bunday ko‘rikdan o‘tkazish natijalari shu tovarning butun turkumiga tatbiq etilishi mumkin. Agar vakolatli shaxs ko‘rikdan o‘tkazish natijalari tovarning butun turkumiga tatbiq etilishi mumkin emas deb hisoblasa, tovar turkumining qolgan qismi uchun qo‘shimcha bojxona ko‘rigi o‘tkazilishini talab qilishga haqli.
3-§. TIF bojxona postlarida tovar va transport vositalarining bojxona ko‘rigi
73. TIF bojxona postlarida bojxona ko‘rigi tovarlarga nisbatan bojxona deklaratsiyasi bojxona organlari axborot tizimida ro‘yxatga olingandan so‘ng Xavfni boshqarish tizimi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan o‘tkaziladi.
74. TIF bojxona postlarida bojxona ko‘riklari uchun taqdim etilgan elektron murojaatlar xodimlar o‘rtasida bojxona organlarining axborot tizimi orqali avtomatik ravishda taqsimlanadi. Quyidagi hollarda ko‘riklar post boshlig‘i tomonidan taqsimlanishi mumkin:
avtomatlashtirilgan tizimda nosozlik yoki texnik muammolar yuzaga kelganda;
bojxona ko‘rigi yakunlanmasdan xodimni o‘zgartirish talab etilgan holatlarda;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
ko‘rik o‘tkazish uchun xodimdan maxsus malaka yoki tajriba talab qilinganda;
qo‘shimcha tekshiruv yoki qayta ko‘rik zarur bo‘lgan holatlarda;
xavfi yuqori bo‘lgan tovar va transport vositalari bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar bo‘lganda;
favqulodda vaziyatlarda, xodimlarning ish yuklamasini muvofiqlashtirish talab etilganda;
ish vaqtidan tashqari bojxona ko‘rigini o‘tkazish taqozo etgan vaziyatlarda.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
75. Bojxona rasmiylashtiruvi markazi xodimi tomonidan tovar va transport vositalari bo‘yicha aniqlik kiritilishi lozim bo‘lgan savol hamda masalalar TIF bojxona posti xodimlari tomonidan bajariladi.
Bunda xodimlar o‘rtasida xabarlar almashinuvi ularga taqsimlangan BYD va bojxona ko‘rigi doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron shaklda YAAAT dasturlarida olib boriladi.
76. Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona ko‘rigi o‘tkazilishi vaqtini belgilaydi hamda vakolatli shaxsga bojxona ko‘rigini o‘tkazish vaqtini ma’lum qiladi.
77. Bojxona ko‘rigi o‘tkaziladigan joyga yetib kelgan bojxona xodimining dastlabki harakatlari:
tovarlarning bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi uchun tayyorligini va belgilangan talablar asosida ko‘rikka taqdim etilayotganligini o‘rganadi. Agar bunday tayyorgarlik amalga oshirilmagan bo‘lsa, vakolatli shaxsga bojxona ko‘rigiga tayyorlanish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar beradi;
tovarlar bojxona ko‘rigi uchun tayyorlanmagan bo‘lsa, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bu haqida ko‘rik dalolatnomasining elektron shaklida tegishli munosabat belgisi qo‘yiladi va bunday tayyorgarlik yakunlanguniga qadar bojxona ko‘rigini o‘tkazishni boshlamaydi.
78. Bojxona ko‘rigi o‘tkazilayotganda bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
a) bojxona ko‘rigidan o‘tkazilayotgan tovar va transport vositalariga nisbatan Xavfni boshqarish tizimi tomonidan bojxona ko‘rigining hajmi va (yoki) darajasi belgilanmagan bo‘lsa:
tovarlarni vaznini o‘lchaydi;
yuk o‘rinlarini ochib ko‘radi va tovarlar sonini sanab chiqadi;
tovarlarning o‘lchov birligiga mos kelishini o‘rganadi;
tovarlarning sonini BYDda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan taqqoslaydi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
tovarlarning TIF TN kodini BYDda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan mos kelishini tekshiradi. Maxsus bilim va ko‘nikmaga ega mutaxassislar tomonidan aniqlanishi lozim bo‘lgan tovarlar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
tovarlarning avvalgi bojxona rejimida rasmiylashtirilgan tovarlar bilan mos kelishini tekshiradi (agar avvalgi bojxona rejimi mavjud bo‘lsa);
zarur hollarda tovarlarning transport vositasiga to‘liq yuklanishini yoki transport vositasidan tushirilishini ta’minlaydi;
eksport bojxona rejimida tovarlar boshqa bojxona postiga yo‘naltirilishi nazarda tutilgan hollarda, tovarlar uchun taqdim etilgan BYD rasmiylashtirilguniga va transport vositasi manzil bojxona postiga nazoratga qo‘yilguniga qadar tovarlar ortilgan transport vositasining bojxona nazorati zonasidan chiqib ketmaslik choralarini ko‘radi;
tovarlar ortilgan transport vositasini bojxona hamrohligida kuzatib borish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, bojxona hamrohligidagi kuzatuvni amalga oshiruvchi xodimga bojxona hamrohligida kuzatiladigan tovarlar va transport vositalarini qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish orqali topshiradi;
tovarlar ortilgan transport vositasi bojxona hamrohligida kuzatib borishdan ozod etilgan hollarda, tovar va transport vositasining manzil bojxona postiga belgilangan muddatda yetib borishini dastur orqali nazorat qiladi, muddat buzilganida darhol tegishli choralarni ko‘radi;
b) Xavfni boshqarish tizimi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish;
v) tovarning birkasi, markirovkasi, yorliqlari orqali ishlab chiqarilgan davlati to‘g‘risida ma’lumot olish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
g) tovarning TIF TNga muvofiq to‘g‘riligini tekshirish maqsadida alohida xususiyatlarini o‘rganish hamda shubhali holatlarda ekspertiza tayinlash;
d) tovar bo‘yicha rasmiylashtiruvchi xodim tomonidan so‘ralgan qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etish;
e) tijorat hujjatlarida tovarlar yagona o‘lchovda (dona, juft va boshqa o‘lchovda) ko‘rsatilgan va ularning umumiy og‘irligi bojxona to‘lovi summasiga ta’sir etmagan hollarda hamda Xavfni boshqarish tizimi topshirig‘ida boshqa hollar nazarda tutilmagan bo‘lsa, bojxona ko‘rigi davomida tovarlar o‘lchanmaydi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
j) bojxona ko‘rigi natijasi bo‘yicha Nizomning 62-bandiga asosan bojxona ko‘rigi dalolatnomasini rasmiylashtirish.
79. Bojxona ko‘rigi natijalariga ko‘ra tafovut aniqlangan taqdirda, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan mazkur Nizomning 64-bandida ko‘rsatilgan choralar ko‘riladi.
4-§. Jismoniy shaxslarning qo‘l-yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish]
80. Chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslarning qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajlari bojxona organlari tomonidan bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi mumkin.
81. Chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslarning qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarining bojxona ko‘rigi Xavfni boshqarish tizimi tomonidan berilgan topshiriqqa, shuningdek, bojxona organining mansabdor shaxsining texnik vositalarni ko‘llash natijasida paydo bo‘lgan shubhasiga ko‘ra yoki tanlab olish prinsipiga asosan o‘tkaziladi.
82. Chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslarning qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarining bojxona ko‘rigi bojxona nazorati zonasidagi bojxona ko‘rigi maydonida yoki alohida ajratilgan maxsus xonalarda yoxud yo‘lovchi tashish poyezdlarida o‘tkaziladi.
Bunda yo‘lovchi tashish poyezdlaridagi bojxona ko‘rigi ularning to‘xtab turish vaqtida amalga oshiriladi.
83. Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan jismoniy shaxslarning qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarining bojxona ko‘rigi bevosita ularning qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarini ochgan holda, tekshirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini bo‘laklarga ajratib, demontaj qilib yoki boshqa yo‘llar bilan butligini buzib, tovarlarga aniqlik kiritish orqali o‘tkazilishi mumkin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
84. Jismoniy shaxslarning qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish natijasi bo‘yicha quyidagi hollarda bojxona ko‘rigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi:
tekshirilayotgan obyekt egasi hozir bo‘lmaganda;
jismoniy shaxs bojxona ko‘rigi dalolatnomasi rasmiylashtirilishini talab qilganda.
5-§. Tovarlarni qayta, qo‘shimcha hamda tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona ko‘rigidan o‘tkazish
85. Qayta va qo‘shimcha bojxona ko‘rigi bojxona organi boshlig‘i yoki uning vazifasini bajaruvchi xodimning roziligi asosida o‘tkaziladi.
86. Qayta bojxona ko‘rigini o‘tkazish uchun quyidagilardan biri asos bo‘ladi:
bojxona nazorati ostida bo‘lganda tovarlarga vakolatli shaxsning asoslantirilgan yozma talabiga asosan;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, bojxona organlari yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tezkor tarkibiy tuzilmalaridan, shuningdek, xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlardan olingan tezkor-qidiruv natijalari va ma’lumotlari.
Qayta bojxona ko‘rigi mazkur Nizomda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
87. Qo‘shimcha bojxona ko‘rigi vakolatli shaxs ko‘rikdan o‘tkazish natijalari tovarning butun turkumiga tatbiq etilishi mumkin emas deb hisoblasa, tovar turkumining qolgan qismi uchun uning yozma talabi asosida o‘tkazilishi mumkin.
88. Bojxona organlari tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin, basharti bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilgan deb taxmin qilish uchun yetarli asoslar va tasdiqlangan ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, tovarlar bojxona ko‘rigidan, shu jumladan, qayta bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi mumkin.
Bunda tasdiqlangan ma’lumotlar va asoslar bojxona organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv faoliyati va (yoki) bojxona auditi natijasida bojxona maqsadlari uchun statistika ma’lumotlaridan, BYD va boshqa hujjatlar tahlili, shaxslarning xabarnoma va arizalari, chet el davlatlari, xalqaro tashkilotlarning tegishli organlari hamda ommaviy axborot vositalaridan olinishi mumkin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
89. Tovarlar qayta, qo‘shimcha hamda tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda bojxona ko‘rigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
90. Bojxona ko‘rigi dalolatnomasi bojxona organlarining axborot tizimida, shu jumladan, mobil ilovalar orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang)]
Bojxona ko‘rigi dalolatnomasi ko‘rik ishtirokchilari tomonidan qo‘l barmoq izlari qo‘yilgan holda, bojxona organining mansabdor shaxsining ERIsi bilan tasdiqlanadi.
91. Bojxona ko‘rigini o‘tkazish jarayonida bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilganlik holatlari aniqlanganda, elektron shaklda rasmiylashtirilgan bojxona ko‘rigi dalolatnomasi A4 formatli qog‘ozga chop etilgan holda protsessual hujjatlarga ilova qilinadi.
92. Bojxona ko‘rigining boshlanish vaqti bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlar o‘ramini, transport vositalari yoki konteynerlarni, yuk joylari va yuk sig‘imlarini, tovarlar joylashtirilgan yoki joylashtiriladigan boshqa joylarga nisbatan bojxona nazorati shakllarini qo‘llashni boshlagan vaqtidan boshlab hisoblanadi.
93. Bojxona ko‘rigi bojxona ko‘rigi dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng yakunlangan deb hisoblanadi. Bunda bojxona ko‘rigi jarayoni bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan to‘xtatib qo‘yilganda, to‘xtatib qo‘yilgan vaqtdan boshlab bojxona ko‘rigi boshlangunga qadar bo‘lgan vaqt bojxona ko‘rigiga sarflangan vaqtga qo‘shilmaydi.
94. Bojxona ko‘rigi dalolatnomasi quyidagi hollarda qog‘ozda yozma shaklda rasmiylashtiriladi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.04.00 Davlat sirlari]
davlat sirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha olib o‘tilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona ko‘rigi o‘tkazilgan hollarda;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
bojxona organlari axborot tizimining dasturlarida bojxona rasmiylashtiruviga belgilangan muddat ichida tuzatib bo‘lmas texnik nosozliklar va (yoki) Internet tarmog‘ida uzilishlar vujudga kelganda;
xalqaro shartnomalar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
Bunda bojxona ko‘rigi dalolatnomasi ko‘rik ishtirokchilari tomonidan imzolanib, bojxona organining mansabdor shaxsining shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi.
95. Rasmiylashtirilgan qog‘oz shaklidagi bojxona ko‘rigi dalolatnomalarining hisobi Bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilangan “qog‘oz shaklidagi bojxona ko‘rigini ro‘yxatga olish kitobi” yordamida yuritiladi.
96. Qog‘oz va (yoki) elektron shakldagi bojxona ko‘rigi dalolatnomasi rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran uch yil mobaynida saqlanadi.
8-bob. Shaxsiy ko‘rik
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.05 Tranzit]
97. Shaxsiy ko‘rik bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan va bojxona nazorati zonasida yoki aeroportning xalqaro yo‘nalishlar uchun ochiq bo‘lgan tranzit zonasida bo‘lgan jismoniy shaxsga nisbatan o‘tkaziladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar]
98. Shaxsiy ko‘rik bojxona hududiga olib kirish yoki ushbu hududdan olib chiqish taqiqlangan tovarlarni yoxud qonunchilikda belgilangan tartibni buzgan holda olib o‘tilayotgan tovarlarni jismoniy shaxs yonida yashirmoqda va ularni o‘z ixtiyori bilan taqdim etmoqchi emas, deb taxmin qilishga asoslar bo‘lgan taqdirda, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan o‘tkaziladi.
Xavfni boshqarish tizimi tomonidan berilgan topshiriq yoki masofaviy bojxona nazorati natijasi bo‘yicha kelib tushgan topshiriqqa yoki davlat organlari va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan ma’lumotlarga asosan shaxsiy ko‘rik o‘tkazilishi mumkin.
99. Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish haqidagi qaror bojxona organining boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar]
Qabul qilingan qarorning nusxasi shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladigan jismoniy shaxsning talabiga ko‘ra taqdim etiladi.
100. Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishni boshlashdan avval bojxona organining mansabdor shaxsi:
shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni jismoniy shaxsga e’lon qilishi;
shaxsiy ko‘rik o‘tkazilayotganda jismoniy shaxsni uning huquqlari bilan tanishtirishi;
jismoniy shaxsga yonida berkitilgan tovarlarni o‘z ixtiyori bilan berishni taklif qilishi shart.
101. Jismoniy shaxs shaxsiy ko‘rikni rad etgan taqdirda, shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorga shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish haqidagi qarorni e’lon qilgan bojxona organining mansabdor shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan belgi qo‘yiladi.
102. Agar ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs bojxona organining mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarmasa yoki bajarishga qarshilik ko‘rsatsa, ushbu harakatlar ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq jismoniy shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish uchun asos bo‘ladi.
103. Shaxsiy ko‘rik sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan, boshqa shaxslar tomonidan shaxsiy ko‘rik jarayonini kuzatishni istisno etadigan alohida xonada bojxona organining ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi mansabdor shaxsi tomonidan aynan shu jinsdagi ikki xolis ishtirokida o‘tkaziladi. Boshqa jismoniy shaxslarning bu xonaga kirish va shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishni kuzatish imkoniyatiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxsning tanasi faqat tibbiyot xodimlari tomonidan, zarur bo‘lganda maxsus tibbiyot texnikasidan foydalangan holda tekshiriladi. Zarur bo‘lganda shaxsiy ko‘rik o‘tkazilayotganda tarjimon jalb qilinadi. Shaxsiy ko‘rikni o‘tkazishda insonning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz bo‘lgan texnik va boshqa vositalar qo‘llanilishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.16.00 Voyaga etmagan shaxslar ustidan majburlov choralarini qo‘llash]
Voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz shaxs shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilayotganda uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, homiylar, vasiylar) yoki uni kuzatib boruvchi shaxslar hozir bo‘lishga haqli.
104. Shaxsiy ko‘rik ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs tomonidan o‘zida yashirib qo‘yilgan tovarlarni topish uchun zarur bo‘lgan doirada hamda inson sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishini, uning sog‘lig‘i va mol-mulkiga ziyon yetkazilishini istisno etadigan shaklda o‘tkaziladi.
105. Shaxsiy ko‘rik soddalashtirilgan tarzda quyidagi shaklda o‘tkazilishi ham mumkin:
bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan shaxslarga nisbatan inson tanasini skaner qiluvchi qurilmalarni qo‘llash orqali;
bojxona xodimlari tomonidan bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan shaxslarni ust kiyim boshlarini yechintirmagan holda, ust kiyim boshi va tanasini paypaslab tekshirish yo‘li bilan.
Bojxona organlari tomonidan soddalashtirilgan tarzda shaxsiy ko‘rikni o‘tkazish uchun bojxona organining boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning qarori hamda bayonnoma tuzish talab etilmaydi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
Soddalashtirilgan tarzda shaxsiy ko‘rikni o‘tkazish natijasida qonun buzilishi holati aniqlangan taqdirda, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan to‘liq shaxsiy ko‘rik o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha bayonnoma tuziladi.
106. Ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
bojxona organi boshlig‘ining yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa shaxsning shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori e’lon qilinishini talab qilish, soddalashtirilgan tarzda shaxsiy ko‘rik o‘tkaziladigan hollar bundan mustasno;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
ona tilidan foydalanish, shuningdek, tarjimon xizmatlaridan foydalanish;
o‘z huquqlari va majburiyatlari bilan tanishish;
tushuntirishlar, iltimosnomalar berish;
shaxsiy ko‘rik bayonnomasini tuzish tugallanganidan so‘ng u bilan tanishib chiqish va mazkur bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni bayon etish;
bojxona organining qarori, uning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
107. Ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs shaxsiy ko‘rik davomida bojxona organining mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang)]
108. Shaxsiy ko‘rik natijalari bo‘yicha shaxsiy ko‘rikni o‘tkazgan bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bayonnoma tuziladi. Bayonnoma quyidagilar tomonidan elektron shaklda ERI yoki qo‘l barmoq izini qo‘yish orqali tasdiqlanadi:
bojxona organining shaxsiy ko‘rikni o‘tkazgan mansabdor shaxsi;
xolislar;
shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan jismoniy shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs;
tibbiyot xodimi — ko‘rikdan o‘tkazilgan shaxsning tanasi u tomonidan tekshirilganda;
shaxsiy ko‘rikda ishtirok etgan boshqa shaxslar.
Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan jismoniy shaxsga shaxsiy ko‘rik o‘tkazilgani to‘g‘risidagi bayonnomaning chop etilgan nusxasi taqdim etiladi va bayonnoma bojxona organlarida 3 (uch) yil davomida saqlanadi.
O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik bo‘yicha tuzilgan bayonnoma shakli Bojxona qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Bojxona identifikatsiyalashi
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
109. Bojxona identifikatsiyalashi tovarlar, transport vositalari va hujjatlar, shuningdek, bojxona nazorati ostida bo‘lishi lozim bo‘lgan tovarlar turgan yoki turishi mumkin bo‘lgan xonalar va boshqa joylarning bojxona identifikatsiyalash vositalarini qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
110. Bojxona identifikatsiyalash vositalari quyidagilardan iborat:
qo‘yilgan plombalar, muhrlar;
yozilgan raqamli, harfli tamg‘alar va boshqa xildagi tamg‘alar, identifikatsiya belgilari;
bosilgan shtamplar;
olingan namunalar va nusxalar;
tuzilgan tavsiflar, chizmalar;
tayyorlangan katta tasvirlar, rasmlar, fotosuratlar va videotasvirlar;
tovarning kuzatuv hujjatlari va boshqa hujjatlar;
yopishtirilgan maxsus nakleykalar va himoya moslamalari;
tovarning jo‘natuvchi bojxona posti tomonidan plombalar va muhrlar qo‘yilgan, transport vositalarining yuk bo‘limlariga joylashtirilgan, bojxona maqsadlari uchun zarur tovarning kuzatuv hujjatlari;
seyf-paketlarga joylashtirilgan, bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan hujjatlar;
qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari.
111. Bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona organlari tomonidan o‘zgartirilishi, olib tashlanishi yoki yo‘q qilinishi mumkin, tovarlarning va transport vositalarining yo‘q qilinishi, qayta tiklab bo‘lmaydigan tarzda yo‘qotilishi yoki jiddiy tarzda buzilishi haqiqiy xavfi bo‘lgan hollar bundan mustasno. Bojxona organlariga bojxona identifikatsiyasi vositalari o‘zgartirilgani, olib tashlangani yoki yo‘q qilingani to‘g‘risida darhol xabar beriladi va haqiqiy xavf mavjudligining dalillari taqdim etiladi.
Tovar jo‘natuvchilar va tashuvchilar, shuningdek, chet davlatlarning bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qo‘yilgan plombalar, muhrlar yoki boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona identifikatsiyalash vositalari sifatida e’tirof etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.02.00 Bojxona omborlari va boshqa bojxona obyektlari infrastrukturalari]
Yuk operatsiyalari bojxona nazorati zonasida yoki bojxona ombori hududida o‘tkazilganda, qo‘yilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarini olib tashlash yoki yo‘q qilish bojxona organining ruxsati asosida bojxona nazorati zonasiga javobgar shaxs yoki bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
112. Bojxona identifikatsiyalash vositalarining qo‘llanish va tayyorlanish tartibi Bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
10-bob. Bojxona kuzatuvi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.06.00 Kuzatuv;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
113. Bojxona organlarining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalarini vizual kuzatish, shu jumladan, texnik vositalar qo‘llanilgan holda kuzatish bojxona kuzatuvi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.08 Bojxona ombori]
114. Bojxona organlari bojxona omborlari va bojxona postlariga o‘rnatilgan videokuzatuv tizimi yoki yuzni tanib oluvchi kameralari orqali vizual bojxona kuzatuvini amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.02.00 Bojxona omborlari va boshqa bojxona obyektlari infrastrukturalari]
Bojxona kuzatuvi natijasida bojxona nazorati ostidagi tovar va transport vositalari yoki bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslarda qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish holati bo‘yicha shubha vujudga kelganda, bojxona organlari tomonidan bojxona nazoratining boshqa shakllari qo‘llanadi.
115. Bojxona organlarining videokuzatuv tizimidagi ma’lumotlar tasvirga olingan kundan boshlab uch oy davomida Bojxona qo‘mitasida saqlanadi.
11-bob. Binolar va hududlarni tekshirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.13.00 Savdo va ombor binolari. Idish. Tovarlarni saqlash. Mavjud miqdorning tabiiy kamayishi]
116. Binolar va hududlarni tekshirish bojxona nazorati ostida bo‘lgan, shu jumladan, shartli ravishda chiqarib yuborilgan tovarlarning va transport vositalarining bojxona omborlarida, boj olinmaydigan savdo do‘konlari binolarida, shuningdek, bojxona tartib-taomillari va rejimlari shartlariga muvofiq tovarlar va transport vositalari turishi lozim bo‘lgan shaxslarda tovarlar va transport vositalari borligini tasdiqlash maqsadida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladigan harakatdir.
117. Bojxona organlari bojxona nazorati ostidagi tovar va transport vositalari saqlanayotgan bino va hududlarni har uch oyda bir marotaba bino va hudud egasini oldindan xabardor qilgan holda tekshiradi, mazkur tovar va transport vositalarining ishlatib yuborilganligi va (yoki) noqonuniy foydalanilgani to‘g‘risida asosli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Bojxona nazorati ostidagi tovar va transport vositalari saqlanayotgan bino va hudud egasining murojaatiga asosan bojxona organlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilishi mumkin.
Binolarida va hududlarida bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar va (yoki) transport vositalari, bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar turgan yoki turishi ehtimoli bo‘lgan yoxud nazorat qilinishi bojxona organlariga yuklangan faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar shu binolarga va hududlarga bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan taqdirda kirish imkonini beradi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida davlat organlari mansabdor shaxslarining alohida obyektlarga kirishi uchun boshqacha tartib belgilangan bo‘lsa, bojxona organlarining mansabdor shaxslari bu obyektlarga O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda kirishga haqli.
118. Bojxona organlari binolar va hududlarni tekshirishda quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
bojxona nazorati ostida turgan tovarlarning to‘liq saqlanayotganligini, unga shikast yoki boshqacha tarzda zarar yetkazilmaganligini tekshirish;
bino va hududlarga begona shaxslarning kirish imkoniyatlari cheklanganligini o‘rganish (binoga kirish uchun yashirin yo‘llar, tirqishlarning mavjud emasligi, hudud to‘siq bilan o‘ralganligi va boshqalar).
12-bob. Tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish
1-§. Tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, hisobga olish tizimini tekshirishning umumiy qoidalari
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
119. Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan va (yoki) bojxona nazorati ostida bo‘lgan barcha tovarlar va transport vositalari bojxona organlari tomonidan hisobga olinishi kerak.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
120. Tegishli bojxona rejimlari shartlariga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan va (yoki) bojxona nazorati ostida bo‘lgan tovarlarning va transport vositalarining hisobini yuritishi hamda har chorakda bojxona organlariga Bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan shaklda hamda elektron tarzda hisobot taqdim etishi shart.
121. Tovarlarning va transport vositalarining hisobi bojxona organlarida joriy etilgan axborot tizimlari orqali yuritiladi.
122. Tegishli bojxona rejimlari shartlariga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish tizimini tekshirish bojxona organlari tomonidan quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:
shaxs bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartib-taomillarini qo‘llash to‘g‘risida ariza berganda;
hisobga olinishi lozim bo‘lgan tovarlar shartli ravishda chiqarib yuborilganda;
bojxona brokerlarining, bojxona tashuvchilarining, shuningdek, ayrim bojxona rejimlari doirasida faoliyat yuritayotgan va (yoki) tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatayotgan shaxslarning faoliyati nazorat qilinayotganda;
bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatli shaxs tekshirilayotganda.
2-§. Tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiyadan o‘tkazishning umumiy qoidalari
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash]
123. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalari bojxona organi boshlig‘ining yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda qabul qilingan qaroriga ko‘ra bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan inventarizatsiyadan o‘tkaziladi (keyingi o‘rinlarda — inventarizatsiyadan o‘tkazish).
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.06 Vaqtincha olib kirish (chiqish);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.07 Vaqtincha saqlash;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.08 Bojxona ombori;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.09 Erkin bojxona zonasi;
5.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.10 Erkin ombor]
Inventarizatsiyadan bojxona ombori, vaqtincha saqlash, vaqtincha olib kirish, boj olinmaydigan savdo, erkin bojxona zonasi, erkin ombor bojxona rejimlariga joylashtirilgan, shuningdek, shartli chiqarib yuborilgan bojxona nazorati ostidagi tovarlarni ular dastlab bojxona rejimiga joylashtirilgan vaqtdagi holatida (but, yaroqli, o‘zgarishsiz va boshqalar) saqlanayotganligiga aniqlik kiritish, bojxona rejimlari talablari va shartlariga rioya qilinganligini joylashgan manzilga borgan holda o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi.
Inventarizatsiyadan o‘tkazishda bojxona organi xodimlari tomonidan bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni bevosita saqlash joyiga borgan holda mavjudligi tekshiriladi, miqdorini aniqlash maqsadida sanaladi yoki o‘lchanadi, foydalanishdagi yaroqlilik holati o‘rganiladi.
124. Tovarlarni vakolatli shaxs ishtirokida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan inventarizatsiya o‘tkaziladi.
125. Inventarizatsiya quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
bojxona nazorati ostidagi tovarlar belgilangan talab va shartlar asosida saqlanayotgani yoki foydalanilayotgani o‘rganilayotganda;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.05.00 Baxtsiz hodisalar. Ularni tekshirish va hisobga olish tartibi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.06.00 Favqulodda ekologiya vaziyatlari va ekologiya ofati mintaqalari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
tovarlar saqlanayotgan joyda tabiiy ofatlar, yong‘inlar, baxtsiz hodisalar yoki ekstremal sharoitlar yuz berganda;
bojxona nazorati ostidagi tovarlar qonunga xilof tarzda tasarruf etilayotgani to‘g‘risida ma’lumot bo‘lganda;
bojxona organlariga boshqa huquqni muhofaza qilish organlari yoki davlat organlaridan kelib tushgan materiallar, shuningdek, xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa davlat organlari va xalqaro tashkilotlardan olingan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda.
126. Inventarizatsiyadan o‘tkazishda zaruratga ko‘ra maxsus bilim va malakaga ega, xolis, tekshiruv natijalaridan manfaatdor bo‘lmagan mutaxassis va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.01.00 Umumiy masalalar. Tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlari]
127. Bojxona organlari tegishli bojxona rejimlari shartlariga rioya etilishi uchun javobgar bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘tkazilgan tovarlar va transport vositalari inventarizatsiyasi natijalaridan foydalanishi mumkin.
3-§. Tovarlarni inventarizatsiyadan o‘tkazishni belgilash va o‘tkazish bo‘yicha qoidalar
128. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish bojxona organi boshlig‘ining yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning qaroriga ko‘ra bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
129. Bojxona organlari inventarizatsiyadan o‘tkazish boshlanishi haqida kamida 5 ish kuni oldin vakolatli shaxsni xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Bojxona organlariga bojxona nazorati ostidagi tovarlar bilan g‘ayriqonuniy operatsiyalar o‘tkazilayotgani to‘g‘risida murojaat kelib tushganda yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarining bergan xabari asosida vakolatli shaxsni ikki ish kuni oldin xabardor qilgan holda inventarizatsiyadan o‘tkaziladi, tezkor qidiruv tadbirlari bundan mustasno.
130. Bojxona organining mansabdor shaxsi o‘zining xizmat guvohnomasini inventarizatsiyadan o‘tkazish boshlanishidan avval vakolatli shaxsga ko‘rsatishi hamda inventarizatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi bojxona organi qarori nusxasini taqdim etishi lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.13.00 Savdo va ombor binolari. Idish. Tovarlarni saqlash. Mavjud miqdorning tabiiy kamayishi]
131. Vakolatli shaxs bojxona organining mansabdor shaxsiga tovarlar saqlanayotgan bino yoki hududga kirishini ta’minlaydi.
Vakolatli shaxs bojxona organining mansabdor shaxslarini tovarlar joylashgan bino va hududlarga kirishiga to‘sqinlik qilsa yoki tovarlarni ko‘rsatishdan bosh tortsa, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi va tezkor bo‘linmalarni xabardor qilgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kuch va maxsus vositalarni qo‘llash orqali ushbu hududga kirishi mumkin.
132. Inventarizatsiyadan o‘tkazish davomida vakolatli shaxs tovarlar bo‘yicha vujudga kelgan nomuvofiqliklar va tafovutlar yuzasidan zarur hujjatlar yoki boshqa ma’lumotlarni taqdim etishi lozim.
133. Inventarizatsiyadan o‘tkazish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
134. O‘tkazilgan inventarizatsiya yakunlari bo‘yicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq inventarizatsiyadan o‘tkazish dalolatnomasi elektron shaklda tuziladi hamda inventarizatsiya ishtirokchilari tomonidan qo‘l barmoq izlari qo‘yilgan holda, bojxona organining mansabdor shaxsining ERIsi bilan tasdiqlanadi, yozma shaklda deklaratsiyalanadigan tovarlar bundan mustasno.
Yozma shaklda deklaratsiyalanadigan tovarlar bo‘yicha o‘tkazilgan inventarizatsiya yakunlari yuzasidan inventarizatsiyadan o‘tkazish dalolatnomasi yozma shaklda tuziladi va bojxona yuk deklaratsiyasi bilan birga saqlanadi.
Inventarizatsiyadan o‘tkazish dalolatnomasi tovarlar bojxona nazorati ostida turgan tovar maqomini yo‘qotgunga qadar inventarizatsiyani o‘tkazgan bojxona organida saqlanadi.
Inventarizatsiyadan o‘tkazish jarayonida bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilganlik holatlari aniqlanganda, elektron shaklda tuzilgan inventarizatsiyadan o‘tkazish dalolatnomasi qog‘ozda chop etiladi. Vakolatli shaxsning murojaatiga asosan ushbu dalolatnoma nusxasi taqdim etiladi.
4-§. Tovarlarni inventarizatsiyadan o‘tkazishda bojxona organlari mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
135. Bojxona organining mansabdor shaxslari quyidagi huquqlarga ega:
inventarizatsiyadan o‘tkazish uchun bojxona nazorati ostida turgan tovarlar joylashgan bino va hududga kirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
vakolatli shaxsdan inventarizatsiyadan o‘tkazilayotgan tovarga tegishli bojxona organlari axborot tizimida mavjud bo‘lmagan hujjatlarni talab qilib olish;
vakolatli shaxsdan inventarizatsiyadan o‘tkazish uchun tovarlarni taqdim etishni talab qilish;
zarur bo‘lganda, maxsus bilim va malakaga ega, xolis, tekshiruv natijalaridan manfaatdor bo‘lmagan mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish;
tovarlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish uchun vakolatli shaxslardan nazorat texnik vositalar va qurilmalar bilan ta’minlab berishni talab qilish.
vakolatli shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini hurmat qilish, ularga nisbatan noqonuniy qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) bilan zarar yetkazilishining oldini olish;
inventarizatsiyadan o‘tkazish tartiblariga rioya qilish;
vakolatli shaxsga inventarizatsiyadan o‘tkazish haqidagi qaror nusxasini berish va unga xizmat guvohnomasini ko‘rsatish;
inventarizatsiyadan o‘tkazish davomida vakolatli shaxsning belgilangan ish rejimini buzmaslik;
inventarizatsiyadan o‘tkazishda olingan har qanday ma’lumotdan faqat bojxona maqsadlarida foydalanish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]
o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida o‘ziga ma’lum bo‘lgan maxfiy ma’lumotlarni va qonunchilik hujjatlari bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilmaslik;
vakolatli shaxsning murojaatiga binoan inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibiga oid qoidalari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni taqdim etish;
inventarizatsiyadan o‘tkazishda olingan va tuzilgan hujjatlarning saqlanishini ta’minlash;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik]
inventarizatsiya natijasida bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari aniqlanganda, qonunchilikda belgilangan tartibda choralarni ko‘rish;
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
5-§. Tovarlarni inventarizatsiyadan o‘tkazishda vakolatli shaxsning huquq va majburiyatlari
137. Vakolatli shaxs quyidagi huquqlarga ega:
bojxona organining mansabdor shaxsidan inventarizatsiyadan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar bilan tanishish, ulardan nusxa olish va uni amalga oshirish tartibiga oid qonunchilik hujjatlari va qoidalari to‘g‘risida tushuntirish olish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
bojxona organlarining qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish;
o‘z obyektiga bojxona organining mansabdor shaxslarining kirishini quyidagi hollarda rad etish:
bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan inventarizatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida vakolatli shaxs belgilangan tartibda xabardor etilmaganda;
bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan inventarizatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida bojxona organining qarorini taqdim etmaganda hamda xizmat guvohnomasini ko‘rsatmagan taqdirda;
bojxona organi qarorida belgilangan inventarizatsiya o‘tkazish muddatidan tashqari davrda;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.
138. Vakolatli shaxslarning majburiyatlari:
inventarizatsiyadan o‘tkazishda hozir bo‘lish va bojxona organining mansabdor shaxslariga inventarizatsiya jarayoni bilan bog‘liq zarur ko‘mak ko‘rsatish;
inventarizatsiyadan o‘tkazish uchun so‘ralgan tovarlarni taqdim etish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
bojxona organining mansabdor shaxsining talabiga binoan, tovarlarga tegishli bojxona organlari axborot tizimida mavjud bo‘lmagan hujjatlarni taqdim etish;
inventarizatsiyadan o‘tkazish uchun bojxona nazorati ostida turgan tovarlar joylashgan bino va hududlarga bojxona organining mansabdor shaxslarining to‘siqsiz kirishini ta’minlash.
6-§. Inventarizatsiyadan o‘tkazishni boshlash, o‘tkazish va yakunlash tartibi
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
bojxona organining mansabdor shaxsi Bojxona qo‘mitasining axborot tizimlaridan inventarizatsiyadan o‘tkaziladigan tovarlar to‘g‘risidagi eng so‘nggi ma’lumotlarni olishi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
vakolatli shaxs tovarlarni sanash, o‘lchash va boshqa bojxona nazorati tartib-taomillarini amalga oshirish uchun qulay bo‘lgan holda, tovarlar turi, xususiyati va o‘lchamlariga asosan joylashtirish choralarini ko‘rishi shart.
140. Inventarizatsiyadan o‘tkazish jarayonida tovarlarning mavjudligi, ularning belgilangan talablar va shartlar asosida saqlanayotgani tovarlarni bevosita ko‘rish orqali aniqlanadi. Bunda tovarlarning miqdoriga aniqlik kiritilishi mumkin.
141. Maxsus jihozlangan joylarda saqlanayotgan o‘yiluvchan, to‘kiluvchan yoki quyiluvchan tovarlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish matematik hisob-kitob usullariga asoslanadi.
142. Inventarizatsiyadan o‘tkazish natijasida bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilganlik holati aniqlanganda, qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi.
13-bob. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi]
143. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona organlari, agar bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari mavjud deb taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud bo‘lsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga, shu jumladan bojxona auditi usullari asosida amalga oshirishga haqli.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
144. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati amalga oshirilayotganda bojxona organlari tovarlarning borligini tekshirishga, ularni qayta bojxona ko‘rigidan o‘tkazishga, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni qayta tekshirishga, hujjatlarni hamda ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy operatsiyalarga va undan keyingi tijorat operatsiyalariga taalluqli axborotni tekshirishga haqli. Tekshiruv mazkur operatsiyalarga bevosita yoki bilvosita aloqador yoxud zarur hujjatlarga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar joylashgan joylarda o‘tkazilishi mumkin.
145. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati quyidagi usullarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
bojxona auditini o‘tkazish;
tovarning TIF TN kodi bo‘yicha to‘g‘ri tasniflanganligini nazorat qilish;
bojxona qiymati to‘g‘ri belgilanganligini hamda bojxona to‘lovlari to‘g‘ri undirilishini monitoring qilish.
146. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazoratini o‘tkazish uchun bojxona organi boshlig‘ining yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning tekshiruv maqsadi, uni o‘tkazish muddatlari, tekshiruvchi bojxona organining mansabdor shaxslarining tarkibi va tekshirilayotgan davr ko‘rsatilgan qarori asos bo‘ladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
147. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati ayni bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) bo‘yicha ko‘pi bilan bir marotaba o‘tkazilishi mumkin.
148. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati hamda bojxona to‘lovlarini qo‘shimcha hisoblash tovarlarning bojxona nazorati ostida bo‘lishi tugagan paytdan e’tiboran uch yil ichida amalga oshirilishi mumkin.
149. Bojxona organlari bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilganligini vakolatli shaxs tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarni moliya-xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlar bilan solishtirgan holda o‘rganish va tekshirish orqali belgilangan tartibda bojxona auditini o‘tkazadi.
14-bob. Tovar va transport vositalarining bojxona nazorati shakllarini qo‘llash jarayonida texnik xodimlar, xizmat itlari va texnik vositalardan foydalanish
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
150. Tovar va transport vositalari yoki uning hujjatlariga nisbatan bojxona nazorati shakllarini qo‘llashda bojxona organlari bojxona nazorati to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida turli ekspert va mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
Bojxona nazorati amalga oshirilishida yukni tushirish va ortish hamda bojxona nazorati shakllarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa vazifalarni amalga oshiruvchi texnik xodimlar ishtirok etishi mumkin.
151. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi, olib chiqilishi yoki tranzit olib o‘tilishi taqiqlangan tovarlarni aniqlash maqsadida bojxona ko‘zdan kechiruvi va (yoki) bojxona ko‘rigi zarur hollarda xizmat itlaridan foydalangan holda o‘tkazilishi mumkin.
152. Bojxona nazorati shakllarini qo‘llash samaradorligini oshirish hamda tovarlar haqidagi ma’lumotlarni (ularning soni, tarkibi, fizik va kimyoviy xossalari, aslliligi, maxfiy joylarning borligi) aniqlash maqsadida texnik vositalaridan foydalaniladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Ish samaradorligini oshirish maqsadida bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organi xodimlari tomonidan quyidagi texnik vositalardan foydalanilishi mumkin:
planshetlar (bojxona ko‘rigini amalga oshirish uchun);
radioaloqa vositasi (ratsiya);
videokuzatuv tizimi;
GPS monitoring tizimi va GPS treker qurilmasi;
transport vositalarining davlat raqamini hamda vagonlar raqamini avtomatik aniqlash tizimi;
Bojxona organlari tomonidan bojxona postlarida bojxona nazoratini amalga oshirish maqsadida inson yuzini tanib olish tizimdan foydalanilishi mumkin, bunda inson yuzini tanib olish tizimi Xavfni boshqarish tizimi bilan integratsiya qilingan holda foydalaniladi.
153. Bojxona nazorati shakllarini (shaxsiy ko‘rik bundan mustasno) amalga oshirish davomida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan jarayon foto va video tasvirga olinishi mumkin, bunda bojxona nazoratini amalga oshirish foto va video tasvirga olishning quyidagi mezonlari va talablariga rioya qilinishi lozim:
bojxona nazoratini amalga oshirishda ishtirok etgan barcha shaxslar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
transport vositasiga o‘rganilgan identifikatsiya vositalarining butligi hamda transport vositasining yuk bo‘limida bevosita (erkin) kirish imkoniyati mavjud yoki mavjud emasligi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
bojxona nazoratidan o‘tkazilayotgan tovar va transport vositasining to‘liq miqdori, o‘lchamlari, alohida xususiyatlari, markasi, rusumi, qadoqlari hamda tovarning TIF TN kodi va bojxona qiymatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa xususiyatlarini yaqqol ko‘rinadigan darajada tasvirga olish.
Bojxona nazoratini amalga oshirishda namuna va sinamalarni olish jarayoni tasvirga olinishi mumkin.
Bojxona nazoratini amalga oshirish davomida qonunchilik talablarining buzilganligi aniqlangan taqdirda, aniqlangan holat tafsilotlari tasvirga olinib, protsessual hujjatlarga ilova qilinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir ma’lumotlar va ularning himoyasi]
154. Bojxona nazorati shakllarini amalga oshirish davomida bojxona organining mansabdor shaxsi texnik vositalarni qo‘llash jarayonida shaxsiy xavfsizlikka, insonlar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhit hamda tovar va transport vositalariga zarar yetkazmaslik hamda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish choralarini ko‘rishi lozim.
15-bob. Deklarant tomonidan tovarlarni ko‘zdan kechirish
155. Deklarant bojxona deklaratsiyasi va bojxona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilguniga qadar tovarlarni bojxona nazorati ostida ko‘zdan kechirish, o‘lchash, ularning namunalari va nusxalarini olish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
Tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish uchun murojaatnoma bojxona deklaratsiyasi bojxona organiga taqdim etilguniga qadar beriladi.
Bojxona organi tomonidan tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish belgilanib, bu jarayon yakuniga yetmagan hollarda yoki tovarlar transport vositasidan tushirilib bo‘lganda, deklarant tomonidan tovarlarni ko‘zdan kechirish bo‘yicha murojaat qabul qilinmaydi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.08 Bojxona ombori]
156. Deklarant tomonidan tovarlar faqat TIF bojxona postlarida bojxona ombori bojxona rejimida, bojxona organi tomonidan belgilangan bojxona ombori hududida ko‘zdan kechiriladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
Tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish Xavfni boshqarish tizimi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan tovarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasiga muvofiqligini tasniflash to‘g‘risidagi dastlabki qaror olinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
157. Deklarantning murojaatnomasi bojxona organining axborot tizimida ro‘yxatga olinadi. Murojaatnomaning elektron shakli Bojxona qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
158. Tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi Xavfni boshqarish tizimi tomonidan baholanadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
Bunda Xavfni boshqarish tizimi tomonidan bojxona ko‘rigi o‘tkazilishi yuzasidan topshiriq berilganda, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona ko‘rigi o‘tkaziladi.
Xavfni boshqarish tizimi tomonidan bojxona ko‘rigi belgilanmaganda bojxona organining mansabdor shaxsi:
ko‘zdan kechirishni amalga oshirayotgan shaxsning tovarlarga nisbatan vakolatliligini aniqlaydi;
transport vositalarini tashqi tarafdan ko‘zdan kechiradi;
bojxona identifikatsiyasi vositalari mavjudligi hamda ularga shikast yetkazilmaganligini aniqlaydi, bojxona identifikatsiyasi vositalari buzilganligi aniqlangan hollarda, tovarlarni yo‘qolish ehtimollari mavjudligini aniqlaydi;
bojxona identifikatsiyasi vositalarining olib tashlanishi va transport vositasi yukxonasining ochilishida ishtirok etadi.
Identifikatsiyalash vositalari hamda ular o‘rnatilgan jihozlarga zarar yetkazilgani aniqlanganda, tegishli tartibda bojxona qonun buzilishi yuzasidan ish materiallari yuritilib, tovarlar bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi, bunda deklarant tomonidan tovarlarni ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
159. Tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq barcha jarayonlar bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi.
Xavfni boshqarish tizimi tomonidan bojxona ko‘rigi belgilanmagan hollarda deklarant tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish yakuni bo‘yicha mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq “tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish dalolatnomasi”ni elektron tarzda ushbu jarayonda ishtirok etgan bojxona organining mansabdor shaxsiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
“Tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish dalolatnomasi”ga uni bojxona organining mansabdor shaxsi tasdiqlagandan so‘ng rasmiylashtirilgan maqomi beriladi.
Bunda deklarant tomonidan tovarlarni ko‘zdan kechirish natijasida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan tovarlar bo‘yicha tafovut aniqlangangani to‘g‘risida “tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish dalolatnomasi”da ko‘rsatilgan hollarda bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona ko‘rigi o‘tkaziladi.
Bojxona ko‘rigi natijasida “tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish dalolatnomasi”da ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar bo‘yicha tafovut aniqlangan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda deklarantga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.
160. Deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish jarayonida bojxona organi yoki deklarantning talabiga ko‘ra ekspert va/yoki mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
161. Deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish natijasida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan tovarlar bo‘yicha tafovut aniqlangan taqdirda, tovarlarga mos shaklda tegishli hujjatlar qayta taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik]
162. Aniqlangan tafovut bo‘yicha vakolatli shaxsga nisbatan bojxona qonunchilik buzilishi holati rasmiylashtirilmaydi. Ushbu Nizomning 159-bandida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar bundan mustasno.
163. Deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish jarayonlari tegishli murojaatnoma bojxona organlari axborot tizimlarida ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlanadi hamda mazkur “tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish dalolatnomasi” rasmiylashtirilgan maqomi berilgandan so‘ng yakunlanadi.
16-bob. Tovarlarni qayta yuklash jarayonlarida bojxona nazoratini amalga oshirish
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.05 Tranzit;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
164. Maxsus bojxona plombasi buzilmagan yoxud transport vositasining yuk bo‘limlari ochilmagan holda qayta yuklash jarayonlari bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokisiz, shuningdek, tranzit tartibda harakatlanayotgan transport vositasiga yuklangan tovarlarni bir transport vositasidan boshqa transport vositasiga qayta yuklash faqat bojxona nazorati zonalarida bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi.
Bunda qayta yuklash jarayoni boshlanishidan oldin deklarant tomonidan bojxona organlariga murojaat qilinadi.
165. Bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida qayta yuklash jarayonlarida bojxona organining mansabdor shaxsi quyidagi xatti-harakatlarni bajaradi:
taqdim etilgan yuk kuzatuv hujjatlarini o‘rganadi;
bojxona identifikatsiyasi vositalari mavjudligi, ularga shikast yetkazilmagani, o‘zgartirilmagani yoki buzilmaganligini tekshiradi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar]
transport vositasida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi, olib chiqilishi va tranzit olib o‘tilishi taqiqlangan yoki cheklangan tovarlarning mavjudligini tekshiradi;
qayta yuklash jarayonlari tugallanganidan so‘ng transport vositasiga bojxona plombasini qo‘yadi (normativ-huquqiy hujjatlar talablarida bojxona plombalarini qo‘yish nazarda tutilgan bo‘lsa).
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Qayta yuklash bojxona omborida amalga oshirilganda, bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona nazoratini ombor mudiri javobgarligi ostida videokuzatuv tizimlari orqali amalga oshirishi mumkin.
Qayta yuklash jarayonlari yakuni bo‘yicha mazkur Nizomga 5-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan shaklda qayta yuklash dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
166. Qayta yuklash dalolatnomasi deklarantning yoki vakolatli shaxsning talabiga asosan A4 formatli oq qog‘ozga chop etilgan holda taqdim etilishi mumkin.
17-bob. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida tovarning kuzatuv hujjatlarini almashtirish tartibi
167. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida tovar kuzatuv hujjatlari bojxona qonunchiligi talablariga rioya qilingan holda almashtiriladi. Bunda bojxona nazoratining quyidagi bosqichlarida tovar kuzatuv hujjatlarini almashtirishga ruxsat beriladi:
deklarant tomonidan tovarlarni ko‘zdan kechiruvi natijasi bo‘yicha tafovut aniqlanganda;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar]
tovar va transport vositasi manzil bojxona postiga yetib kelgandan so‘ng keyingi bojxona rejimiga joylashtirishdan oldin;
BYD rasmiylashtirilmasdan (sariq va yashil yo‘lakda) oldin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
168. Tovarlarga nisbatan bojxona ko‘rigini o‘tkazish belgilanganda yoki bojxona nazoratining boshqa shaklini qo‘llash natijasida bojxona organlari tomonidan tovarlar va kuzatuv hujjatlari o‘rtasida tafovut aniqlanganda, kuzatuv hujjatlarini almashtirish tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng surishtiruv, tergov yoki sud organlarining qarori asosida amalga oshiriladi.
169. Tovarning kuzatuv hujjatlari quyidagi asoslarga ko‘ra almashtirilishi mumkin:
tovarning deklaratsiyada ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq kelmasligi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
tovarning nomi yoki uning TIF TN kodi o‘zgartirilganida;
tashish jarayonida tovarning shikastlanishi;
tovarga egalik qilish huquqi o‘zgartirilayotganda;
tovar nuqsonga ega ekanligi yoki shartnomadagi tavsifiga mos kelmasligi aniqlanganda;
shartnoma shartlariga o‘zgartirish (vazni, shu jumladan qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori, narxi, TIF TN kodi, yetkazib berish shartlari va boshqalar) kiritish lozim bo‘lganda;
hujjatlarning yo‘qolishi yoki yaroqsiz holga kelishi (transport hujjatlari, sertifikatlar va boshqalar) oqibatida;
hujjatlardagi ma’lumotlarning noto‘g‘ri yoki noaniq bo‘lishida (imlo xatolari, narxidagi noaniqliklar va boshqalar);
respublikaga olib kiriladigan tovar to‘g‘risida hisobvaraq-faktura (invoys)da ko‘rsatiladigan minimal ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmaganda.
170. Mazkur Nizomning 169-bandida keltirilgan holatlar mavjudligi aniqlanganda, deklarant tomonidan tovarning kuzatuv hujjatlarini almashtirish bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda bojxona organlariga yozma yoki elektron tarzda xabarnoma yuboriladi:
bojxona deklaratsiyasining (tranzit va boshqa) raqami va sanasi;
tovar kuzatuv hujjatlarini almashtirish sababi hamda o‘zgartiriladigan har bir ma’lumotlar;
tovar haqidagi har bir yangi ma’lumotlar (nomi, miqdori, qiymati va boshqalar).
Xabarnomaga tovarning eski va yangi kuzatuv hujjatlari (invoys, transport hujjatlari, sertifikatlar va hokazo) ilova qilinadi.
171. Bojxona organlari xabarnoma kelib tushgandan so‘ng quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda tekshiriladi va zarur bo‘lganida tovarlar ko‘zdan kechiriladi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
tovarning TIF TN kodi va nomi o‘zgartirilayotganda bojxona organi tomonidan tovarga nisbatan bojxona ko‘rigini amalga oshiradi va bojxona ekspertizasini tayinlaydi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar]
Tovar narxi pasayishi ko‘zda tutilgan yuk-kuzatuv hujjatlari, shu jumladan, invoysni almashtirishga yuk jo‘natuvchi mamlakatning bojxona xizmati tomonidan eksport deklaratsiyasi o‘zgartirilib, bu to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlariga yozma ma’lumot taqdim etilganda ruxsat etiladi va bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilinadi.
Tovar narxi pasayishi ko‘zda tutilgan yuk-kuzatuv hujjatlarini bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilgan mansabdor shaxs majburiy tarzda yuk jo‘natuvchi mamlakatning bojxona xizmatiga xalqaro so‘rovnoma yuborish choralarini ko‘radi.
172. Bojxona organlari tomonidan xabarnomada keltirilgan holatlar va taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgandan so‘ng tovar kuzatuv hujjatlarni almashtirishga ruxsat berish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Bunda:
ruxsat berilgan taqdirda, bojxona deklaratsiyasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
rad etilgan taqdirda, xabarnomaga rad etish asoslari ko‘rsatilgan holda yozma yoki elektron javob xati beriladi.
18-bob. Tovar va transport vositalariga nisbatan chegara bojxona postlarida kuchaytirilgan bojxona nazoratini amalga oshirish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
173. Bojxona organlari tomonidan chegara bojxona postlarida ionlashtiruvchi nurlanish manbalari yoki radioaktiv materiallar hamda boshqa ommaviy qirg‘in qurollari, insonlar, hayvonot olami va o‘simliklar uchun yuqumli kasalliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, kuchaytirilgan bojxona nazorati amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.05 Tranzit]
174. Bojxona organlari chegara bojxona postlarida radioaktiv materiallarni respublika hududiga olib kirish, hududidan olib chiqish va hududi orqali tranzit qilish bo‘yicha radiatsiyaviy nazoratni amalga oshiradi.
Tovar va transport vositalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish davomida ionlashtiruvchi nurlanish manbalari yoki radioaktiv materiallar mavjudligi aniqlanganda, bojxona organlari radiatsiya xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘radi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari yoki radioaktiv materiallar aniqlangan transport vositasini alohida joyga ajratgan holda boshqa shaxslarning unga yaqinlashishini cheklab qo‘yib, aniqlangan ionlashtiruvchi nurlanish manbalari yoki radioaktiv materiallar to‘g‘risida Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti va vakolatli davlat idoralari xabardor qilinadi.
Aniqlangan ionlashtiruvchi nurlanish manbalari yoki radioaktiv materiallarga nisbatan bojxona organlarining keyingi harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda mazkur yo‘nalishda vakolatli bo‘lgan davlat idoralari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.08.00 O‘rmonlarni va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, undan foydalanishni nazorat qilish. Yong‘in, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish]
175. Chegara bojxona postlarida bojxona nazoratini amalga oshirish davomida tovarlarda (hayvonot yoki o‘simlik dunyosi) yuqumli kasalliklar yoki zararkunandalar mavjudligi aniqlanganda, bojxona organlari veterinariya nazorati organlari va sanitariya-karantin bo‘linmalari xodimlari bilan hamkorlikda qonunchilikda belgilangan tartibda mazkur tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi hamda yuqumli kasalliklar yoki zararkunandalar tarqalishining oldini olish choralarini ko‘radi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
176. O‘zbekiston Respublikasida karantin holati e’lon qilinganda yoki dunyo mamlakatlarida, jumladan, chegaradosh mamlakatlarda yuqumli va epidemiologik kasalliklar tarqalgan vaqtda chegara bojxona postlarida kuchaytirilgan bojxona nazorati amalga oshiriladi.
19-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]
177. Tovar va transport vositalarini bojxona nazorati shakllarini amalga oshirayotgan shaxslar uchun ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar tijorat siri hisoblanib, ushbu ma’lumotlar faqat vakolatli shaxslargagina oshkor etilishi lozim, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
178. Bojxona organlari mansabdor shaxslari hamda bojxona nazorati shakllarini qo‘llash davomida ishtirok etgan boshqa shaxslar ushbu Nizom talablarini buzganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Bojxona nazorati shakllarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Tovarlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida bojxona organining
__________ yil ___________________ gacha etib belgilansin.
___(yil)____________(kun/oy)
Bojxona nazorati ostidagi tovarlarni inventarizatsiyadan o‘tkazishda ularning belgilangan joyda haqiqatda mavjudligi hamda qonunchilik hujjatlaridagi talab va shartlar asosida saqlanayotganligi o‘rganilsin.
________________________________
(mansabdor shaxsning lavozimi)
____________
(imzo)
____________________________________
F.I.O.
Bojxona nazorati shakllarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Inventarizatsiyani o‘tkazuvchi bojxona organi mansabdor shaxslarni vakolatli shaxsning obyektlariga (hududlarga yoki binolarga) kirishiga to‘sqinlik qilinganlik va (yoki) vakolatli shaxs o‘z majburiyatini to‘liq bajarmaganligi to‘g‘risidagi
(vakolatli shaxsning obyektlar (hududlar yoki binolar)ning joylashgan joyi, ushbu obyektlarga kirishga to‘sqinlik qilinganlik va (yoki) vakolatli shaxs o‘z majburiyatini to‘liq bajarmaganligi holati tafsilotlari
vakolatli shaxsga uning huquq va majburiyatlari tushuntirildi.
_____________________________
__________________
(vakolatli shaxs F.I.O.)
(Imzo)
_____________________________
__________________
(xolis sifatida qatnashgan shaxs F.I.O.)
(Imzo)
_____________________________
__________________
(xolis sifatida qatnashgan shaxs F.I.O.)
(Imzo)
Dalolatnomani tuzdim:
_____________________________
__________________
(bojxona organi mansabdor shaxsi F.I.O.)
(Imzo)
Bojxona nazorati shakllarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Inventarizatsiyadan o‘tkazish
DALOLATNOMASI
20___ yil “__” ________
(Tuzilgan joy) (shahar/viloyat)
Bojxona organi:
_____________________________
Inventarizatsiya boshlangan sana:
_____________________________
Yakunlangan sana:
__________________________
Tovar saqlanayotgan joy nomi:
_____________________________
Inventarizatsiya natijasi:
Tafovut aniqlandi/aniqlanmadi
Mavjud tovarlar to‘g‘risida ma’lumot:
T/r
Bojxona deklaratsiyasi raqami
Bojxona rejimi kodi
STIR
Tashkilot nomi
Tovar nomi
Qoldiq brutto vazni,
kg
Ruxsatsiz foydalanilgan tovarlar to‘g‘risida ma’lumot:
T/r
Bojxona deklaratsiyasi raqami
Bojxona rejimi kodi
STIR
Tashkilot nomi
Tovar nomi
Qoldiq brutto vazni,
kg
Dalolatnoma barcha ishtirokchilarga baland ovozda o‘qib eshittirildi, ishtirokchilardan hech qanday qo‘shimcha va e’tirozlar bo‘ldi/bo‘lmadi.
Ushbu dalolatnomani to‘g‘ri deb imzo chekuvchilar:
Ishtirokchilar:
________________________
________________________
________________________
(vakolatli shaxs F.I.O.)
(imzo)
(M.O‘)
________________________
________________________
(mutaxassis/ekspert F.I.O.)
(imzo)
________________________
________________________
________________________
(bojxona xodimi F.I.O.)
(imzo)
(M.O‘)
Bojxona auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
BOJXONA QO‘MITASI
____________________________________
____________________________________
1. Hududiy bojxona boshqarmasi nomi
1.1. Bojxona posti nomi
Tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish
DALOLATNOMASI
____________________________________
____________________________________
2. Sana (kun,oy, yil)
2.1. Dalolatnoma raqami
____________________________________
____________________________________
3. Eksport qiluvchi/import qiluvchi tashkilot nomi
3.1. STIR / PINFL raqami
Ko‘zdan kechiruv:
____:____
____:____
____________________________________
4. Boshlandi
4.1. Tugadi
_________________________
_________________________
_________________________
5. Transport turi
5.1. Transport raqami
5.2. Identifikatsiya vositasi
Tovarlarning umumiy:
__________________
__________________
__________________
6. Brutto vazni (kg.)
6.1. Netto vazni (kg.)
6.2. Soni
Ilova qilgan qo‘shimcha hujjatlar:
__________________
__________________
7. Raqami
7.1. Sanasi
Tovarlar ko‘zdan kechirish natijasida tafovut:
□ aniqlandi / □ aniqlanmadi
Tovarlarni ko‘zdan kechirish natijasiga ko‘ra quyidagilar aniqlandi:
Ko‘zdan kechirilgan tovarlar deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlarga:
□ mos keladi / □ mos kelmaydi
qo‘shimcha varaqlar soni: __________________
Dalolatnomaga ilova qilingan №___ qo‘shimcha varaq
Ko‘zdan kechirilgan tovarlar bo‘yicha quyidagi tafovutlar aniqlandi:
□
□
□
8. Yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan
8.1. Yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha
8.2. Yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan kam
1. _________________________________________
___________________
_________________
Tovar nomi
TIF TN kodi
miqdori
2. _________________________________________
___________________
_________________
Tovar nomi
TIF TN kodi
miqdori
3. _________________________________________
___________________
_________________
Tovar nomi
TIF TN kodi
miqdori
4. _________________________________________
___________________
_________________
Tovar nomi
TIF TN kodi
miqdori
5. _________________________________________
___________________
_________________
Tovar nomi
TIF TN kodi
miqdori
Deklarant
(yoki vakolatli shaxs):
_________________________
F.I.O.
Ko‘zdan kechirishda ishtirok etgan bojxona organi xodimi:
_________________________
F.I.O.
Tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish dalolatnomasini to‘ldirish tartibi
1-grafada (Hududiy bojxona boshqarmasi nomi) ko‘zdan kechirilgan hududiy bojxona boshqarmasi nomi yoziladi.
1.1-grafa (Bojxona posti nomi) Deklarant tomonidan murojaat etilgan bojxona posti nomi ko‘rsatiladi.
2-grafada (Sana) ko‘zdan kechirish yakunlangandan so‘ng dasturda ro‘yxatga olinadi hamda sana dastur tomonidan avtomatik to‘ldiriladi.
2.1-grafada (Dalolatnoma raqami) ko‘zdan kechirish yakunlangandan so‘ng dasturda ro‘yxatga olinadi hamda dalolatnoma tartib raqami dastur tomonidan avtomatik to‘ldiriladi.
3-grafada (Eksport qiluvchi/import qiluvchi tashkilot nomi) eksport qiluvchi yoki import qiluvchi nomi ko‘rsatiladi.
3.1-grafada (STIR/PINFL raqami) Eksport qiluvchi/import qiluvchi tashkilotning STIR raqami yoki tovarga vakolatli shaxs PINFL raqami ko‘rsatiladi.
4-grafada (Ko‘zdan kechiruv vaqti) bunda deklarant tomonidan tovarlarni ko‘zdan kechirish boshlangan vaqt ko‘rsatiladi.
4.1-grafada (Ko‘zdan kechiruv vaqti) bunda deklarant tomonidan tovarlarni ko‘zdan kechirish tugallangan vaqt ko‘rsatiladi.
4.2-grafada (Ko‘zdan kechiruv joyi) ko‘zdan kechirilgan bojxona ombori nomi ko‘rsatiladi.
5-grafada (Transport turi) transport turi ko‘rsatiladi.
Masalan: avto, temir yo‘l, avia.
5.1-grafada (Transport dav. raqami) transport vositasining davlat raqami yoki temir yo‘l vagoni raqami ko‘rsatiladi.
5.2-grafada (Identifikatsiya vositasi) transport vositasiga ilingan identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi.
6-grafada (Tovarlarning umumiy) ushbu bandda ko‘zdan kechirilgan tovarning umumiy brutto vazni (kg.da) ko‘rsatiladi.
6.1-grafada (Tovarlarning umumiy) ushbu bandda ko‘zdan kechirilgan tovarning umumiy netto vazni (kg.da) ko‘rsatiladi.
6.2-grafada (Tovarlarning umumiy) ushbu bandda ko‘zdan kechirilgan tovarning umumiy soni ko‘rsatiladi.
7-grafada (Ilova qilinadigan hujjatlar) tovar va transportga ilova qilingan hujjat tartib raqami ko‘rsatiladi.
7.1-grafada (Ilova qilinadigan hujjatlar) tovar va transportga ilova qilingan hujjat sanasi ko‘rsatiladi.
“Tovarlarni ko‘zdan kechirish natijasida tafovut” bandida deklarant tomonidan tovarlarni ko‘zdan kechirish natijasida tafovut aniqlangani yoki aniqlanmagani ko‘rsatiladi.
“Ko‘zdan kechirilgan tovarlar deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlarga” bandida deklarant tomonidan tovarlarni ko‘zdan kechirish natijasida deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlarni mos kelishi yoki mos kelmasligi ko‘rsatiladi.
Masalan: agar ko‘zdan kechirish natijasida tafovut aniqlanmasa hamda tovarlar deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlarga mos kelsa — “mos keladi”, agarda aksincha bo‘lsa — “mos kelmaydi” belgilanadi.
“Ko‘zdan kechirilgan tovarlar bo‘yicha quyidagi tafovutlar aniqlandi” bandida tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish natijasida aniqlangan tafovut aniq ko‘rsatilishi lozim. Bunda:
8-grafada: hujjatlarda ko‘rsatilmagan bo‘lsa — “ko‘rsatilmagan” bandida munosabat belgisi qo‘yiladi;
8.1-grafada: hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha tovarlar aniqlansa — “ortiqcha” bandida munosabat belgisi qo‘yiladi;
8.2-grafada: hujjatlarda ko‘rsatilganidan kam bo‘lsa — “kam” bandida munosabat belgisi qo‘yiladi.
* Deklarant tomonidan tovarlarni ko‘zdan kechirish davomida tafovut aniqlanganda, aniqlangan tafovutlar aniq ko‘rsatilishi lozim. Bunda tafovut aniqlangan har bir tovarning nomi, TIF TN kodi va miqdori ko‘rsatilishi shart.
** Tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish jarayonlarida tovarlarni bevosita ko‘zdan kechirishdan o‘tkazgan deklarant yoki vakolatli shaxsning F.I.O. ko‘rsatiladi, elektron shaklda imzolanadi va bojxona organlariga elektron shaklda taqdim etiladi.
*** Taqdim etilgan elektron dalolatnoma — tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish jarayonlarida ishtirok etgan bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
Bojxona nazorati shakllarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
BOJXONA QO‘MITASI
________________________________________
____________________________
Hududiy bojxona boshqarmasi nomi
Bojxona posti nomi
QAYTA YUKLASH DALOLATNOMASI
________________________________________
____________________________
Qayta yuklash sanasi
Dalolatnoma raqami
________________________________________
____________________________
Eksport qiluvchi / Import qiluvchi tashkilot nomi
STIR / JSHSHIR
________________________________________
Qayta yuklash joyi
Qayta yuklash:
_________________
_________________
boshlandi
tugadi
Transport vositasi:
oldin
keyin
Identifikatsiya vositalari:
_________________
_________________
oldin
keyin
□ shikastlangan □ shikastlanmagan
Qayta yuklash jarayonlarida BQB holati rasmiylashtirildi: □ XA □ YO‘Q
Bojxona organi xodimi:
F.I.O.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-son qaroriga 2-ILOVA
Bojxona auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi]
1. Ushbu Nizom bojxona auditini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
bojxona auditi — tovarlarni chiqarishga ruxsat berilgandan so‘ng bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilganligini vakolatli shaxslar tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarni moliya-xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlar bilan solishtirgan holda o‘rganish va tekshirishga asoslangan bojxona nazorati shakli;
bojxona auditi dasturi — vakolatli shaxs faoliyatida o‘tkaziladigan bojxona auditining nazorat savolnomasi;
bojxona organi qarori — bojxona organi (bojxona posti bundan mustasno) tomonidan o‘z vakolatlari doirasida bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma shaklda qabul qilingan huquqiy hujjat;
bojxona organi mansabdor shaxsi — vakolatli shaxsga nisbatan bojxona auditini o‘tkazish vazifasi yuklangan bojxona organi xodimi;
vakolatli shaxs — tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatlarga ega bo‘lgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish ko‘ruvchi shaxs;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
vakolatli organ — qonunchilik bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlarni muvofiqlashtirish hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazilishining qonuniyligini nazorat qilish uchun vakolat berilgan tashkilot;
kameral bojxona auditi — bojxona auditini vakolatli shaxsning ish joyi va (yoki) o‘z faoliyatini amalga oshiradigan hududga bormagan holda amalga oshirish;
sayyor bojxona auditi — bojxona auditini vakolatli shaxsning ish joyi va (yoki) o‘z faoliyatini amalga oshiradigan hududda yoxud tovarlar joylashgan joyda amalga oshirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
“Yagona davlat nazorati” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Axborot tizimi) — tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bog‘liq ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni (xabardor etish yoki tekshiruv boshlangandan so‘ng xabardor etish orqali) va ular natijalarini ro‘yxatga olishni ta’minlovchi elektron axborot tizimi.
3. Bojxona auditi vakolatli shaxsga nisbatan quyidagilarni o‘rganish va tekshirish bilan bog‘liq vazifalarni hal etishga qaratiladi:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.16 Boshqa bojxona rejimlari]
tovarlarni muayyan bojxona rejimiga joylashtirishning qonuniyligi;
bojxona deklaratsiyasida qayd etilgan ma’lumotlarning tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mosligi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
bojxona yuk deklaratsiyasida rasmiylashtirilgan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodiga muvofiq to‘g‘ri tasniflangani;
ma’lum qilingan bojxona qiymatining haqqoniyligi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj to‘lovlarining umumiy qoidalari]
bojxona to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblangani va undirilgani;
valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilgani;
tovarlarga nisbatan tarif preferensiyalarining to‘g‘ri qo‘llanilgani;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanilgani, tovarlardan foydalanish bo‘yicha cheklovlarga rioya etilgani yoki ulardan belgilangan maqsadda foydalanilgani;
shartli chiqarib yuborilgan tovarlar bo‘yicha belgilangan cheklovlarga rioya etilgani;
tovar va transport vositalari saqlanadigan joylarga chiqqan holda, ular bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi;
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va majburiyatlarga rioya etilgani.
4. Bojxona auditida vakolatli shaxslar Bojxona qo‘mitasining “Bojxona auditi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Bojxona auditi” tizimi) orqali tanlanadi.
“Bojxona auditi” tizimi orqali bojxona auditini o‘tkazish vazifasi yuklangan bojxona organi mansabdor shaxslari avtomatik tarzda taqsimlanadi.
5. Bojxona auditini o‘tkazish vazifasi yuklangan bojxona organi mansabdor shaxslari haqidagi ma’lumotlar bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risida bojxona organi qarori bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi]
6. Bojxona organining bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda tuziladi.
Bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi bojxona organi qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:
bojxona auditini o‘tkazish uchun asos bo‘lgan holatlar;
tadbirkorlik subyektining nomi (filiali yoki shoxobchasi);
vakolatli shaxsning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi);
vakolatli shaxs joylashgan va (yoki) haqiqatda faoliyat yuritadigan joy (joylar), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
bojxona auditini o‘tkazuvchi bojxona organi mansabdor shaxs(lar)ining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
bojxona auditini o‘tkazishga jalb qilingan boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
mazkur Nizomning 3-bandiga ko‘ra bojxona auditining oldiga qo‘yilgan vazifalar;
tekshiruv axborot tizimida ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi maxsus kod hamda tekshiruv dasturi.
7. Bojxona organining bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorining ushbu Nizomning 6-bandi oltinchi — o‘n uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlariga quyidagi hollarda o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilishi mumkin:
tayinlangan bojxona auditining muddati uzaytirilganda va (yoki) to‘xtatib turilganda;
bojxona auditi oldiga qo‘yilgan vazifalar o‘zgarganda va (yoki) bojxona auditi davomida bojxona auditining boshqa vazifalarini o‘rganish zarurati vujudga kelganda.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.07.00 Auditorlik faoliyatining boshqa masalalari]
8. Bojxona auditi mustaqillik, xolislik, professional malakalilik va maxfiylik prinsiplari asosida o‘tkaziladi.
9. Bojxona auditi quyidagi vakolatli shaxslarga nisbatan o‘tkaziladi:
deklarant;
tashuvchi;
bojxona ombori bo‘lmagan joylarda tovarlarni bojxona nazoratida saqlayotgan shaxs;
bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do‘koni va erkin ombor egalari;
import qiluvchi, yukni qabul qiluvchi, tovarlarga nisbatan moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxslar;
tovarlar chiqarib yuborilgandan keyin ularni sotib oluvchilar;
vakolatli iqtisodiy operator;
vakolatli shaxsning barcha moliyaviy va huquqiy majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan shaxslar.
10. Bojxona auditini o‘tkazish jarayoniga zaruratga ko‘ra maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega, xolis, audit natijalaridan manfaatdor bo‘lmagan mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
11. Bojxona auditi tovarlarning bojxona nazorati ostida bo‘lish muddati tugagan paytdan e’tiboran uch yil davomida o‘tkazilishi mumkin.
Vakolatli shaxsning aynan bir tovariga nisbatan takroriy bojxona auditi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Bojxona auditi kameral va (yoki) sayyor shaklda o‘tkaziladi.
13. Bojxona auditi mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha o‘tkaziladi.
14. Ushbu Nizomda belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan o‘tkaziladigan bojxona auditi bo‘yicha tuziladigan hujjatlar “Bojxona auditi” tizimida qayd etib boriladi.
2-bob. Bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risida vakolatli organni xabardor qilish
15. Bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risida vakolatli organ Axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali xabardor qilinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Axborot tizimi texnik sabablarga ko‘ra ishlamagan taqdirda, bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish keyinchalik Axborot tizimiga kiritish sharti bilan qog‘oz shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda texnik nosozlik vakolatli organ tomonidan rasman tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.04.00 Davlat sirlari]
Bojxona organi va vakolatli organ o‘rtasidagi davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan bojxona auditini o‘tkazishga oid axborot almashinuvi davlat sirlarini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi, bunda bojxona auditi Axborot tizimida ro‘yxatga olinmaydi.
16. Bojxona organi tomonidan bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun Axborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda tasdiqlangan xabarnoma kiritiladi:
bojxona organi nomi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq to‘lovchilarning hisobi. Soliq hisoboti]
vakolatli shaxs nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki shaxsiy identifikatsiya raqami, vakolatli shaxs yuridik manzili, bojxona auditini o‘tkazish manzili;
bojxona auditini o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjat yoki ma’lumot;
bojxona auditini o‘tkazish muddati;
bojxona auditida qamrab olinadigan faoliyat davri.
17. Ushbu Nizomning 19 va 35-bandlarida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha batafsil ma’lumotlar va tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari hamda bojxona auditi dasturi xabarnomaga ilova sifatida Axborot tizimiga kiritiladi.
Bojxona auditi dasturi ushbu Nizomning 19 va 35-bandlarida ko‘rsatilgan asos doirasida tuzilishi va tasdiqlanishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi]
18. Bojxona organi bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risida vakolatli organni xabardor qilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda bir ish kunida Axborot tizimiga kiritadi.
3-bob. Kameral bojxona auditini o‘tkazish tartibi
19. Kameral bojxona auditini o‘tkazish uchun “Bojxona auditi” tizimidagi quyidagilar asos bo‘ladi:
bojxona organlari axborot dasturlarining ma’lumotlari tahlili natijasida kameral bojxona auditini o‘tkazish bo‘yicha aniqlangan xavf darajalari;
xorijiy davlatlarning tegishli organlaridan olingan ma’lumotlarning bojxona organlaridagi ma’lumotlarga mos kelmasligi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 188-moddasida nazarda tutilgan bojxona nazorati shakllari o‘tkazilishi natijalari bo‘yicha bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilgan deb hisoblanganda;
vakolatli vazirlik va idoralarga so‘rovnomalar yuborish natijasi bo‘yicha olingan ma’lumotlarning bojxona organlaridagi ma’lumotlarga muvofiq emasligi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.07.00 Auditorlik faoliyatining boshqa masalalari]
20. Kameral bojxona auditini o‘tkazish muddati o‘n ish kunidan oshmasligi kerak.
Kameral bojxona auditini o‘tkazish muddati bojxona organi qarori asosida vakolatli organni xabardor qilgan holda quyidagi muddatlargacha to‘xtatib turilishi mumkin:
bojxona organi mansabdor shaxsining tashabbusi bilan tayinlangan ekspertizalar, so‘rovnomalar yuzasidan javoblar, shuningdek, mutaxassis xulosasi olingunga qadar;
vakolatli shaxs o‘z yuridik manzilida bo‘lmaganda va (yoki) topilmaganda, uning manzili topilguncha va (yoki) aniqlanguncha;
vakolatli shaxs og‘ir kasalligi sababli bojxona auditini o‘tkazish jarayonida ishtirok eta olmasa, uning nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnomaga asosan ish ko‘ruvchi shaxs belgilanguniga qadar;
vakolatli shaxs chet elga chiqib ketganda, chet eldan qaytgunga qadar;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.09.00 Ishni sudga qadar yuritish]
vakolatli shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar.
To‘xtatib turilgan muddat kameral bojxona auditini o‘tkazishning umumiy muddatiga kiritilmaydi.
Kameral bojxona auditi muddatini to‘xtatib turish to‘g‘risida vakolatli shaxsga bir ish kuni ichida to‘xtatib turish asoslari ko‘rsatilgan holda xabar yuboriladi.
21. Tayinlangan kameral bojxona auditini o‘tkazish muddati bir marta hamda o‘n ish kunidan oshmagan muddatga bojxona organi qarori asosida vakolatli organni xabardor qilgan holda quyidagi asoslarga ko‘ra uzaytirilishi mumkin:
kameral bojxona auditi jarayonida o‘rganilishi lozim bo‘lgan hujjatlar hajmining ko‘pligi sababli bojxona auditini o‘tkazish uchun belgilangan muddatning yetarli emasligi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
yaroqsiz holga kelgan hujjatlarning, tovarlar harakati hisobini yuritishda foydalanilayotgan va buxgalterlik hisobotlari aks etgan dasturiy ta’minotlardagi elektron axborot tashuvchilarning qayta tiklanishi;
xorijiy tilda taqdim etilgan hujjatlarni tarjima qilish (hujjatlar davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxalari shaklida yoki notarial tarzda tasdiqlangan shaklda bo‘lishi mumkin).
Boshqa asoslarga ko‘ra kameral bojxona auditini o‘tkazish muddatini uzaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bojxona auditi muddatini uzaytirish to‘g‘risida vakolatli shaxsga bir ish kuni ichida uzaytirish muddati va asoslari ko‘rsatilgan holda xabar yuboriladi.
22. Kameral bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan tuziladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.07.00 Auditorlik faoliyatining boshqa masalalari]
Kameral bojxona auditi tayinlangani to‘g‘risidagi xabarnomada vakolatli shaxs nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, kameral bojxona auditini o‘tkazishi belgilangan bojxona organi mansabdor shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, bojxona auditining vazifasi, o‘tkazish muddati va davri ko‘rsatiladi.
23. Bojxona organi xabarnomada quyidagilarni so‘rab oladi:
tovar va transport vositalariga tegishli bo‘lgan hujjatlar (tovarlarni buyurtma qilish, sotib olish, qayta sotish, ishlab chiqarish, yuklash, tashish hamda jo‘natish bilan bog‘liq hujjatlar);
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
olib kiriladigan va (yoki) olib chiqiladigan tovarlar va transport vositalarining buxgalterlik hisobi va hisoboti hujjatlari;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
tovarlarga nisbatan tarif preferensiyalarini qo‘llash uchun asos bo‘lgan tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikati;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang)]
tashqi savdo faoliyatida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlar;
vakolatli shaxsning bank operatsiyalariga oid hujjatlar.
24. Bojxona organi kameral bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomani vakolatli shaxsga kameral bojxona auditini o‘tkazish belgilangan kundan e’tiboran o‘n ish kuni oldin vakolatli shaxsning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi. Yuborilgan xabarnoma vakolatli shaxs tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu xabarnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar vakolatli shaxsning shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, xabarnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va u jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi. Shuningdek, xabarnoma vakolatli shaxsga shaxsan topshirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.07.00 Auditorlik faoliyatining boshqa masalalari]
25. Xabarnomada nazarda tutilgan hujjatlar va tushuntirishlar bojxona organiga xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida tasdiqlangan holda taqdim etiladi yoki vakolatli shaxs xabarnomada talab etilgan hujjatlarga ega emasligi haqida xabarnoma yuborgan bojxona organini xabardor qiladi.
Agar talab etiladigan hujjatlarni va tushuntirishlarni uch ish kuni ichida taqdim etishning imkoni bo‘lmasa, vakolatli shaxs xabarnomani olgan kundan e’tiboran uch ish kunida bojxona organiga iltimosnoma bilan murojaat qilganda, hujjatlarni taqdim etish muddati yana uch ish kuniga uzaytirilishi mumkin.
Vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxasi kameral bojxona auditi yakunlangandan so‘ng vakolatli shaxsga qaytariladi, bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi aniqlangan holatlar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi]
26. Tayinlangan kameral bojxona auditi doirasida vakolatli shaxs tomonidan bojxona organi xabarnomasida belgilangan muddatda hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarning taqdim etilmasligi vakolatli shaxsning barcha tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq operatsiyalariga nisbatan kelgusida bojxona nazorati shakllarini xavf darajasi yuqori ko‘rsatkichga o‘tkazish va unga nisbatan bojxona nazoratining barcha shakllarini qo‘llashga, bojxona organlaridagi mavjud hujjatlar va ma’lumotlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari hisoblanishiga yoki sayyor bojxona auditi belgilanishiga asos bo‘ladi.
27. Kameral bojxona auditi jarayonida bojxona organi mansabdor shaxslari tomonidan tovarlarning bojxona yuk deklaratsiyalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligi quyidagi holatlarda joylarga chiqqan holda o‘rganiladi:
tovarlar hamda boshqa buyumlardan namuna (sinama)lar va nusxalar olish, ular yuzasidan ekspertizalar tayinlashda;
28. Vakolatli shaxs kameral bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomani olgandan so‘ng mustaqil ravishda ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvini belgilashga haqli. Mazkur tekshiruv natijalari bojxona organi tomonidan kameral bojxona auditini o‘tkazish davrida inobatga olinadi.
29. Kameral bojxona auditini o‘tkazish jarayonida vakolatli shaxsga tegishli hujjatlarga tuzatish kiritishga ruxsat berilmaydi.
30. Kameral bojxona auditini o‘tkazishni yakunlash vaqti kameral bojxona auditi natijalarini rasmiylashtirish vaqtida tuzilgan kameral bojxona auditi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani tuzish sanasi hisoblanadi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
31. Kameral bojxona auditi natijalari bo‘yicha dalolatnoma “Bojxona auditi” tizimi orqali ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
32. Kameral bojxona auditi natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomada quyidagilar aks ettiriladi:
dalolatnoma tuzilgan vaqt, joy va ro‘yxatga olish raqami;
kameral bojxona auditini o‘tkazgan bojxona organi nomi;
kameral bojxona auditini o‘tkazgan bojxona organi mansabdor shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
vakolatli shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan joyi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar]
vakolatli shaxsning bank rekvizitlari;
kameral bojxona auditini o‘tkazishda ishtirok etish uchun jalb qilingan mutaxassislarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
kameral bojxona auditini o‘tkazish boshlangan sana va uni tugatish sanasi (kameral bojxona auditini o‘tkazish muddati uzaytirilganda va (yoki) to‘xtatilganda, mazkur uzaytirish va (yoki) to‘xtatilgan muddatlar ham ko‘rsatiladi);
o‘rganilgan hujjatlar va ma’lumotlar turi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
vakolatli shaxsning buxgalterlik hisobi va hisoboti hujjatlarini yuritish holati;
kameral bojxona auditi natijalari bo‘yicha xulosa;
kameral bojxona auditiga oid boshqa ma’lumotlar.
33. Kameral bojxona auditi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning nusxasi bojxona auditi tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan vakolatli shaxsning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. Yuborilgan xabarnoma vakolatli shaxs tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu xabarnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar vakolatli shaxsning shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, xabarnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va u jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi. Shuningdek, xabarnoma vakolatli shaxsga shaxsan topshirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj to‘lovlarining umumiy qoidalari]
34. Kameral bojxona auditi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada keltirilgan tafovut va (yoki) xatoliklar bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikka sabab bo‘lganda, dalolatnoma rasmiylashtirilgan kunning ertasidan e’tiboran o‘n ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaxs tomonidan ushbu talabnoma olinganligini va olish sanasini tasdiqlash imkonini beradigan har qanday usulda vakolatli shaxsga yuborilishi kerak.
Bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi talabnoma mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda tuziladi.
5-bob. Sayyor bojxona auditini o‘tkazish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
35. “Bojxona auditi” tizimida sayyor bojxona auditi to‘g‘risida qaror chiqarish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
bojxona organlari axborot dasturlarining ma’lumotlari tahlili natijasida sayyor bojxona auditini o‘tkazish bo‘yicha aniqlangan xavf darajalari;
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi mumkinligini ko‘rsatuvchi kameral bojxona auditi natijalariga ko‘ra sayyor bojxona auditi o‘tkazish zarurati vujudga kelganda;
bojxona organlari talabiga asosan belgilangan muddatda xabarnomada ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarning taqdim etilmasligi;
kameral bojxona auditi natijalari bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma yuzasidan vakolatli shaxsning e’tirozi bo‘lgan savollarga aniqlik kiritish zarurati yuzaga kelganda;
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 188-moddasida nazarda tutilgan bojxona nazorati shakllarining o‘tkazilishi natijalari bo‘yicha bojxona qonunchilik hujjatlari buzilishi mumkinligi holatiga aniqlik kiritish uchun tovar va transport vositalari saqlanadigan joylarga chiqib, ular bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligini o‘rganish va tekshirish zarurati yuzaga kelganda.
36. Sayyor bojxona auditini o‘tkazish muddati o‘ttiz ish kunidan oshmasligi kerak.
Sayyor bojxona auditini o‘tkazish muddati bojxona organi qarori asosida vakolatli organni xabardor qilgan holda quyidagi muddatlargacha to‘xtatib turilishi mumkin:
bojxona organi mansabdor shaxsining tashabbusi bilan tayinlangan ekspertizalar, so‘rovnomalar yuzasidan javoblar, shuningdek, mutaxassis xulosasi olingunga qadar;
vakolatli shaxs o‘z yuridik manzilida bo‘lmaganda va (yoki) topilmaganda, uning manzili topilguncha va (yoki) aniqlanguncha;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi]
vakolatli shaxs og‘ir kasalligi sababli bojxona auditini o‘tkazish jarayonida ishtirok eta olmasa, uning nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnomaga asosan ish ko‘ruvchi shaxs belgilangunga qadar;
vakolatli shaxs chet elga chiqib ketganda, chet eldan kelgunga qadar;
vakolatli shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar.
To‘xtatib turilgan muddat sayyor bojxona auditini o‘tkazishning umumiy muddatiga kiritilmaydi.
Sayyor bojxona auditi muddatini to‘xtatib turish to‘g‘risida vakolatli shaxsga bir ish kuni ichida to‘xtatib turish asoslari ko‘rsatilgan holda xabar yuboriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.07.00 Auditorlik faoliyatining boshqa masalalari]
37. Sayyor bojxona auditini o‘tkazish muddati bir marta o‘ttiz ish kunidan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Bojxona auditini o‘tkazish muddati bojxona organi qarori asosida vakolatli organni xabardor qilgan holda quyidagi asoslarga ko‘ra uzaytiriladi:
sayyor bojxona auditi jarayonida o‘rganilishi lozim bo‘lgan hujjatlar hajmining ko‘pligi sababli bojxona auditini o‘tkazish uchun belgilangan muddatning yetarli emasligi;
yaroqsiz holga kelgan hujjatlarning, tovarlar harakati hisobini yuritishda foydalanayotgan va buxgalterlik hisobotlari aks etgan dasturiy ta’minotlardagi elektron axborot tashuvchilarning qayta tiklanishi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
chet tilida taqdim etilgan hujjatlarni tarjima qilish (hujjatlar davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxalari shaklida yoki notarial tarzda tasdiqlangan shaklda bo‘lishi mumkin).
Boshqa asoslarga ko‘ra sayyor bojxona auditini o‘tkazish muddatini uzaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sayyor bojxona auditi muddatini uzaytirish to‘g‘risida vakolatli shaxsga bir ish kunida uzaytirish muddati va sabablarini ko‘rsatgan holda xabar yuboriladi.
38. Bojxona organi xabarnomani vakolatli shaxsga sayyor bojxona auditini o‘tkazish muddatidan o‘n besh ish kuni oldin vakolatli shaxsning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi. Yuborilgan xabarnoma vakolatli shaxs tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu xabarnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar vakolatli shaxsning shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, so‘rovnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va u jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi. Shuningdek, xabarnoma vakolatli shaxsga shaxsan topshirilishi mumkin.
Sayyor bojxona auditi o‘tkazish kameral bojxona auditida hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarning taqdim etilmasligi, shuningdek, kameral bojxona auditi natijalariga ko‘ra belgilangan holatlarda xabarnoma sayyor bojxona auditini o‘tkazish muddatidan besh ish kuni oldin yuboriladi.
Ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda sayyor bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risida xabarnoma tuziladi.
39. Bojxona organi tomonidan xabarnomada vakolatli shaxsdan sayyor bojxona auditini o‘tkazish vaqtida quyidagilarni taqdim etish va tayyorlash so‘raladi:
tovar va transport vositalariga tegishli bo‘lgan hujjatlar (tovarlarni buyurtma, sotib olish, qayta sotish, ishlab chiqarish, yuklash, tashish va jo‘natish bilan bog‘liq hujjatlar);
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
olib kirilgan va (yoki) olib chiqilgan tovarlar va transport vositalarining buxgalteriya hisobi va hisoboti hujjatlari;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.02.00 Bojxona bojlari. Boj tarifi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
tovarlarga nisbatan tarif preferensiyalarini qo‘llash uchun asos bo‘lgan tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikati;
tashqi savdo faoliyatida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.15.00 Boshqa operatsiyalar va bitimlar]
vakolatli shaxsning bank operatsiyalariga oid hujjatlari;
muayyan bojxona rejimi asosida bojxona nazoratida turgan va (yoki) bojxona nazoratidan chiqarilgan hamda saqlanayotgan boshqa tovarlarni xatlovdan o‘tkazish uchun tayyorlash;
bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarga ega bo‘lgan tovarlardan maqsadli foydalanilganlik holatini aniqlash, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotni qiyoslash uchun tayyorlash.
40. Vakolatli shaxs sayyor bojxona auditini o‘tkazish haqida xabarnomani olgandan so‘ng bojxona auditining maqsadidan kelib chiqib, mustaqil ravishda ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvini belgilashga haqli.
41. Vakolatli shaxsning mustaqil ravishda o‘tkazgan ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvi natijalari sayyor bojxona auditi boshlanguniga qadar elektron yoki qog‘oz shaklida taqdim qilinishi mumkin.
Mustaqil ravishda o‘tkazilgan ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvi natijalari bojxona organi tomonidan sayyor bojxona auditini o‘tkazish davrida inobatga olinadi.
42. Bojxona organi mansabdor shaxsi o‘zining xizmat guvohnomasi va tekshiruv o‘tkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomani sayyor bojxona auditi o‘tkazilishi boshlanishidan avval vakolatli shaxsga ko‘rsatishi hamda sayyor bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi bojxona organi qarori va bojxona auditi dasturining bir nusxasini taqdim etishi, shuningdek, Axborot tizimiga maxsus kodni kiritish orqali bojxona auditiga doir ma’lumotlarni olish huquqi mavjudligini tushuntirishi kerak.
43. Sayyor bojxona auditini o‘tkazish jarayonida vakolatli shaxsga tegishli hujjatlarga tuzatish kiritishga ruxsat berilmaydi.
44. Sayyor bojxona auditini o‘tkazish davomida bojxona organi mansabdor shaxsi vakolatli shaxsni sayyor bojxona auditining dastlabki natijalari bilan tanishtirishi lozim.
45. Sayyor bojxona auditini o‘tkazishni yakunlash vaqti sayyor bojxona auditi natijalarini rasmiylashtirish vaqtida tuzilgan sayyor bojxona auditi natijalari to‘g‘risida dalolatnomani tuzish sanasi hisoblanadi.
6-bob. Sayyor bojxona auditini o‘tkazish uchun bojxona organi mansabdor shaxslarining vakolatli shaxs obyektiga kirishi
46. Vakolatli shaxs quyidagi hollarda o‘z obyektiga bojxona organi mansabdor shaxslarining kirishini rad etish huquqiga ega:
sayyor bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risida vakolatli shaxs va vakolatli organ belgilangan tartibda xabardor etilmaganda;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
bojxona organi mansabdor shaxsi sayyor bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risida bojxona organining qarorini taqdim etmaganda hamda xizmat guvohnomasi va tekshiruv o‘tkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomani ko‘rsatmagan hamda bojxona auditi dasturining bir nusxasini taqdim etmagan va Axborot tizimiga maxsus kodni kiritish orqali bojxona auditiga doir ma’lumotlarni olish huquqi mavjudligini tushuntirmagan taqdirda;
bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobiga ma’lumotlarni kiritishdan bosh tortilgan hollarda;
bojxona organi mansabdor shaxsi haqidagi ma’lumot sayyor bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi bojxona organi qarorida ko‘rsatilmaganda;
bojxona organi qarorida belgilangan bojxona auditini o‘tkazish muddatidan tashqari davrda.
47. Vakolatli shaxs o‘z obyektiga bojxona organi mansabdor shaxsining kirishini asossiz rad etganda, shuningdek, vakolatli shaxs o‘z majburiyatini to‘liq bajarmaganda, bu haqida ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq tegishli bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Bayonnoma bojxona organi mansabdor shaxsi va vakolatli shaxs tomonidan imzolanadi. Bunda bayonnomaning bir nusxasi vakolatli shaxsga topshiriladi.
48. Vakolatli shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqida tegishli yozuv kiritiladi. Vakolatli shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortganligi sabablarini yozma ravishda tushuntirishga haqli.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
49. Vakolatli shaxs o‘z obyektiga bojxona organi mansabdor shaxsining kirishini asossiz rad etishi yoki o‘z majburiyatini to‘liq bajarmasligi vakolatli shaxsning tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq operatsiyalariga nisbatan kelgusida bojxona nazorati shakllarini xavf darajasi yuqori ko‘rsatkichga o‘tkazish va unga nisbatan bojxona nazoratining barcha shakllarini qo‘llashga, bojxona organlaridagi mavjud hujjatlar va ma’lumotlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari hisoblanishiga asos bo‘lishi mumkin. Bu haqida vakolatli organ xabardor qilinadi.
7-bob. Sayyor bojxona auditi vaqtida hujjatlar va tovarlarni vaqtincha saqlovga olish hamda ularni olib qo‘yish tartibi
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.04.00 Olib chiqishga cheklovlar, taqiqlar (ma’daniy boyliklar, qimmatbaho metallar va toshlar, tovarlar, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan buyumlar va boshqalar)]
50. Sayyor bojxona auditi davomida hujjatlar bo‘yicha tafovutlar va nomuvofiqliklar mavjud bo‘lganda, bojxona organi tomonidan tovarlar vaqtincha saqlovga olinishi mumkin. Vakolatli shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanganda, tovarlar va transport vositalari vakolatli shaxs ixtiyoriga qoldiriladi, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilishi va olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar bundan mustasno.
Mazkur tovarlar va transport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etishni cheklagan holda, ular o‘z egasiga yoki vakolatga ega bo‘lgan boshqa shaxsga vaqtincha saqlovga topshiriladi. Vaqtincha saqlovga olingan tovarlar va transport vositalarini boshqa shaxslarga topshirishga, ularni olib qo‘yishga yoki boshqa usul bilan tasarruf etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
51. Tovarlarni va transport vositalarini vaqtincha saqlovga olish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan tovar uni rasmiylashtirish uchun asos bo‘lgan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos kelmaganda;
shartli ravishda chiqarilgan va (yoki) bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlardan maqsadsiz foydalanayotgan hamda foydalanishi cheklangan tovarlarni ishlatayotgani yoki tasarruf etilganligidan dalolat beruvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
tovarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 300-moddasiga asosan tarif preferensiyalari noto‘g‘ri qo‘llanilganligini ko‘rsatuvchi belgilar aniqlanganda;
vakolatli shaxsning tijorat hujjatlarida deklaratsiya va (yoki) tovarlarni erkin muomalaga chiqarilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bo‘lmasligi, shuningdek, bunday ma’lumotlar ishonchsizligini yoxud bunday ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan tijorat hujjatlarining yo‘qligi aniqlanganda;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.16 Boshqa bojxona rejimlari]
tovarlar va transport vositalari bojxona rejimining shartlari hamda talablarini buzgan holda ishlatilayotganligini tasdiqlaydigan belgilar aniqlanganda;
tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan so‘ng ularda aks ettirilishi talab etiladigan identifikatsiyalash imkonini beruvchi ma’lumotlar (ishlab chiqaruvchining seriya raqami, ishlab chiqarilgan yili, texnik xususiyatlari) bilan bojxona yuk deklaratsiyasidagi ma’lumotlar o‘rtasida tafovut aniqlanganda.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.04.00 Olib chiqishga cheklovlar, taqiqlar (ma’daniy boyliklar, qimmatbaho metallar va toshlar, tovarlar, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan buyumlar va boshqalar)]
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilishi va olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar aniqlanganda.
52. Vaqtincha saqlovga olib qo‘yilgan tovarlar va transport vositalari bojxona nazorati ostida turgan tovar maqomiga o‘tadi va tovarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar vakolatli shaxs tomonidan qoplanadi.
53. Hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish talab etilganda, vakolatli shaxs asl hujjat nusxalarini taqdim etishdan bosh tortganda, hujjatlarning asl nusxalaridan nusxa (ulardan ko‘chirmalar taqdim etish) olishning imkoni bo‘lmaganda, shuningdek, agar hujjatlar aslini yo‘q qilish, yashirish, tuzatish yoki o‘zgartirish xavfi mavjud bo‘lganda, bojxona organi mansabdor shaxsi mazkur hujjatlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq olib qo‘yishga haqli.
8-bob. Sayyor bojxona auditi o‘tkazilayotgan binolarni, omborlarni, arxivlarni, tovarlar va hujjatlar saqlanadigan boshqa joylarni muhrlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
54. Bojxona organi mansabdor shaxslari tovarlarning but saqlanishini ta’minlash maqsadida sayyor bojxona auditini o‘tkazishga taalluqli bo‘lgan binolar, omborlar, arxivlar, hujjatlar, tovarlar va transport vositalari joylashgan (saqlanadigan) boshqa joylarni muhrlashi mumkin.
55. Binolar, omborlar, arxivlar, tovarlar va hujjatlar saqlanadigan boshqa joylar vakolatli shaxs yoki uning vakili ishtirokida muhrlanib, bu haqida ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.
56. Binolar, omborlar, arxivlar, tovarlar va hujjatlar saqlanadigan boshqa joylarni muhrlash to‘g‘risidagi dalolatnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
muhrlagan bojxona organi mansabdor shaxsining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
vakolatli shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
muhrlash amalga oshirilgan vakolatli shaxsning obyekt manzili;
muhrlash usulining tavsifi;
vakolatli shaxsning muhrlangan binoni qo‘riqlashga olish va muhrlangan joyni ochish uchun javobgarlikka tortish choralari bilan tanishishganligi to‘g‘risida ogohlantirish (vakolatli shaxs ishtirok etmagan hollar bundan mustasno).
57. Dalolatnoma barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanadi. Vakolatli shaxs dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
58. Sayyor bojxona auditi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma “Bojxona auditi” tizimi orqali mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
59. Sayyor bojxona auditi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
dalolatnoma tuzilgan vaqti, joyi va ro‘yxatga olish raqami;
sayyor bojxona auditini o‘tkazgan bojxona organi nomi;
sayyor bojxona auditini o‘tkazgan bojxona organi mansabdor shaxs(lar)ining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
sayyor bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi bojxona organi qarori raqami va sanasi;
vakolatli shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning joylashgan joyi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.21.00 Bank faoliyatining boshqa masalalari]
vakolatli shaxsning bank rekvizitlari;
sayyor bojxona auditini o‘tkazishda ishtirok etish uchun jalb qilingan mutaxassislarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
sayyor bojxona auditini o‘tkazish boshlangan sana va uni tugatish sanasi (sayyor bojxona auditini o‘tkazish muddati uzaytirilganda va (yoki) to‘xtatilganda mazkur uzaytirish va (yoki) to‘xtatilgan muddatlar ham ko‘rsatiladi);
o‘rganilgan hujjatlar va ma’lumotlarning turi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
vakolatli shaxsning buxgalterlik hisobi va hisoboti hujjatlarini yuritish holati;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.05.00 Auditorlik xulosasi]
sayyor bojxona auditi natijalari bo‘yicha xulosa;
sayyor bojxona auditiga oid boshqa ma’lumotlar.
60. Sayyor bojxona auditi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning nusxasi bojxona auditi tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan vakolatli shaxs va vakolatli organga yuboriladi.
61. Sayyor bojxona auditi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada keltirilgan tafovut va (yoki) xatoliklar bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikka sabab bo‘lganda, dalolatnoma rasmiylashtirilgan kunning ertasidan e’tiboran o‘n ish kunidan kechiktirmay, to‘lovchi tomonidan ushbu talabnoma olinganligini va olish sanasini tasdiqlash imkonini beradigan har qanday usulda to‘lovchiga yuborilishi kerak.
Bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi talabnoma mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda tuziladi.
10-bob. Bojxona organi mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi]
tovar va transport vositalari saqlanadigan joylarga hamda vakolatli shaxsning ish joyi va (yoki) o‘z faoliyatini amalga oshiradigan hududga chiqqan holda, sayyor bojxona auditini o‘tkazish;
tovarlar chiqarib yuborilgandan keyin ularni sotib oluvchi shaxslardan tovarlarni sotib olishga oid shartnomalar, hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilib olish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
vakolatli shaxsning hisob-kitob bo‘yicha hujjatlari va buxgalterlik hisobotining asl nusxalarini o‘rganish va (yoki) olish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.16.00 Bank siri (shuningdek, 12.03.05.03ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.03 Bank siri (shuningdek, 07.21.16.00 ga qarang)]
bojxona auditini o‘tkazish uchun, shu jumladan, qonunchilik hujjatlariga asosan bank sirini saqlashni ta’minlagan holda vakolatli shaxslardan bank operatsiyalarining ayrim turlarini amalga oshiruvchi va ulardan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlarining mavjudligi to‘g‘risidagi hujjatlar va ma’lumotlarni olish, shuningdek, vakolatli shaxsning hisobvaraqlaridagi mablag‘larning harakatlanishi bilan bog‘liq hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilib olish;
bojxona auditini o‘tkazish bilan bog‘liq so‘rovnomalarni xorijiy davlatlarning davlat va boshqa organlariga (tashkilotlariga) yuborish;
tovarlar hamda boshqa buyumlardan namunalar va nusxalar olish, ular yuzasidan ekspertiza tayinlash;
vakolatli shaxsning tovarlar harakati hisobini yuritishda foydalanayotgan va buxgalterlik hisobotlari aks etgan dasturiy ta’minotlaridan foydalanish, ulardagi ma’lumotlar bilan tanishish va elektron nusxalar olish;
bojxona nazorati ostida bo‘lgan yoki chiqarishga ruxsat berilgan tovarlar joylashgan vakolatli shaxsning hududini, ishlab chiqarish, omborxona va savdo binolarini ko‘zdan kechirish, xatlovdan o‘tkazish, qiyoslash, ularni foto va video tasvirga olish;
ishlab chiqarilayotgan hamda realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar)ning haqiqiy hajmlarini aniqlash;
mutaxassis, tarjimon va xolislarni jalb etish hamda ulardan tegishli xulosalar, tarjimalar va ko‘rsatmalar olish;
tovarlar va transport vositalari, ularga tegishli hujjatlarning asl nusxalarini vaqtincha saqlovga olish;
bojxona auditi vazifasiga aloqador bo‘lgan tovarlar va transport vositalarining ishlatib yuborilishi yoxud bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan ularni bojxona auditi maqsadlarida o‘rganishni cheklashga qaratilgan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tovar va transport vositalaridan foydalanishni cheklash;
sayyor bojxona auditi o‘tkaziladigan binolarga, omborlarga, arxivlarga, hujjatlar va tovarlar joylashgan (saqlanadigan) boshqa joylarga muhr qo‘yish;
bojxona auditini o‘tkazishda vakolatli shaxsni amalga oshirilgan yuk va bojxona operatsiyalari yuzasidan tushuntirish berish uchun yozma bildirish asosida chaqirish;
vakolatli shaxsga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish.
Bojxona organi mansabdor shaxslari qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega.
63. Bojxona organi mansabdor shaxsining majburiyatlari:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik]
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
vakolatli shaxsni bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi bojxona organi qarori bilan tanishtirish hamda xizmat guvohnomasi va tekshiruv o‘tkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomani ko‘rsatish;
vakolatli shaxsni uning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]
bojxona auditini o‘tkazish jarayonida olingan va shakllantirilgan hujjatlarning saqlanishini ta’minlash, o‘z xizmat vazifalarini bajarishi chog‘ida o‘ziga ma’lum bo‘lgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan tijorat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etmaslik;
bojxona organlari xodimlari odob-axloq qoidalarini buzmaslik, korrupsiya va boshqa jinoyatlarni sodir etmaslik;
vakolatli shaxsning talabiga ko‘ra o‘tkazilayotgan bojxona auditi to‘g‘risida zarur ma’lumotlar bilan tanishtirish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashi, atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash;
o‘z vakolatlari doirasidan chetga chiqmaslik;
sayyor bojxona auditi natijalari to‘g‘risida vakolatli shaxsni tanishtirish;
bojxona auditi natijalarini Axborot tizimiga kiritish.
Bojxona organi mansabdor shaxslarining zimmasida qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
11-bob. Vakolatli shaxsning huquq va majburiyatlari
64. Vakolatli shaxs quyidagi huquqlarga ega:
sayyor bojxona auditi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi bojxona organi qaroridan xabardor bo‘lish, u to‘g‘risidagi qaror bilan tanishish va nusxa olish, bojxona organi mansabdor shaxslarining xizmat guvohnomasini va tekshiruv o‘tkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomani ko‘rsatishlarini talab qilish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
o‘tkazilgan bojxona auditi natijalari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.05.00 Auditorlik xulosasi]
bojxona auditi dalolatnomasini olgandan keyin o‘tkazilgan bojxona auditi bo‘yicha, davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni bojxona auditi materiallari, shuningdek, uchinchi shaxslarning qonun bilan qo‘riqlanadigan tijorat va bank sirlarini o‘z ichiga olmagan ma’lumotlar bilan tanishish;
bojxona organiga dalolatnoma bo‘yicha yozma ravishda e’tiroz qilish;
bojxona auditi o‘tkazish boshlanguniga qadar mustaqil ravishda ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvini o‘tkazish.
Vakolatli shaxs qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
65. Bojxona auditi jarayonida vakolatli shaxsning majburiyatlari:
bojxona auditi davomida bojxona organi mansabdor shaxslariga tovarlarni ko‘rsatish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
bojxona organi mansabdor shaxslariga amalga oshirgan tashqi savdo operatsiyalarining bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tasdiqlovchi barcha axborot va ma’lumotlar hamda hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish;
bojxona auditi jarayonida ishtirok etish va o‘rganilayotgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.13.00 Savdo va ombor binolari. Idish. Tovarlarni saqlash. Mavjud miqdorning tabiiy kamayishi]
o‘z obyektiga (inshoot, ombor, ishlab chiqarish, savdo binolariga) bojxona organi mansabdor shaxslarini kiritish, ularni hamda tovar va transport vositalarini ko‘rsatish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
bojxona auditini o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni (ma’lumotlarni) axborot tizimlarining ma’lumotlar bazalari bilan taqqoslashga sharoit yaratish, shuningdek, qog‘oz va elektron axborot tashuvchilardagi zarur hujjatlardan (ma’lumotlardan) nusxalar berish;
tovarlar harakati hisobini yuritishda foydalanilayotgan va buxgalterlik hisobotlari aks etgan vakolatli shaxsning dasturiy ta’minotlaridan, videokuzatuv moslamalaridan bojxona organi mansabdor shaxsining foydalanishiga, ulardagi ma’lumotlar bilan tanishishi va elektron nusxalar olishiga ruxsat berish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
bojxona auditi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning davlat tilidagi tarjimasini bojxona organi mansabdor shaxsiga taqdim etish;
zarur hollarda, hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan shaxslarni belgilash;
tovar va transport vositalarini zaruratga ko‘ra o‘z obyektini (inshoot, ombor, ishlab chiqarish, savdo binolarini) xatlovdan o‘tkazishga, qiyoslashga, ularning foto va video tasvirlarini olishni ta’minlash;
ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan holatlarda, tovarlardan namunalar va (yoki) nusxalar olinishiga imkoniyat yaratish;
mazkur Nizomning 23 va 39-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni, shuningdek, bojxona deklaratsiyasi hamda bojxona nazoratini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarning asl nusxalarini tovarlar bojxona nazorati ostida bo‘lish muddati tugagan yildan keyingi uch yil davomida saqlanishini ta’minlash;
bojxona organi xabarnomasida ko‘rsatilgan hujjatlar va tushuntirishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida ma’lumotlarni taqdim etish.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.05.00.00 Nogironlikni, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlikni belgilash (shuningdek, 14.01.10.00ga qarang)]
66. Vakolatli shaxs mehnat layoqatini yo‘qotgan taqdirda, mazkur Nizomning 65-bandida ko‘rsatilgan majburiyatlarni uning ishonchli vakili bajaradi.
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
67. Bojxona auditi natijasi bo‘yicha aniqlangan tafovut va (yoki) xatoliklar, shu jumladan, qo‘shimcha yoki qayta hisoblangan bojxona to‘lovlari vakolatli shaxs tomonidan bojxona organining talabnomasi olingan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatish shaklini rasmiylashtirish orqali bartaraf etiladi (bojxona to‘lovlaridan qarzdorlikni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan hollar bundan mustasno).
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj to‘lovlarining umumiy qoidalari]
Bojxona auditi natijasi bo‘yicha aniqlangan tafovut va (yoki) xatoliklar belgilangan muddatlarda bartaraf etilmagan taqdirda, bojxona to‘lovlari sudning bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan qarori asosida undiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Vakolatli shaxs bojxona auditi natijalariga rozi bo‘lmagan taqdirda, dalolatnoma va (yoki) talabnoma olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida dalolatnomaning barcha yoki ayrim qoidalari yuzasidan yozma e’tirozlarini yuqori turuvchi bojxona organiga yoki sudga taqdim etishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.07.00 Auditorlik faoliyatining boshqa masalalari]
Bojxona organlariga taqdim qilingan vakolatli shaxsning mustaqil o‘tkazgan ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvining hamda bojxona organlari tomonidan o‘tkazilgan kameral va sayyor bojxona auditining har qanday natijalari bojxona organlari tomonidan baholanib, ushbu ma’lumotlar bojxona organlarida xavfni boshqarish tizimi doirasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini toifalashda inobatga olinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
Bojxona auditi tizimining qo‘llanilish strategiyasi va taktikasini, axborot yig‘ish va uni qayta ishlash, xavf darajalarini tahlil qilish va baholash, bojxona auditini o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish tartibini Bojxona qo‘mitasi belgilaydi.
Vakolatli shaxsning tugatilayotgani, bankrot deb topilayotgani haqida vakolatli tashkilot yoki organ tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona organlari xabardor qilinadi.
Tugatilayotgan yoki bankrot deb topilayotgan vakolatli shaxs “Bojxona auditi” tizimi orqali bojxona auditidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, unga nisbatan birinchi navbatda bojxona auditi tayinlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.03.00 Yuridik shaxslar bankrotligi va sanatsiya (shuningdek 09.03.00.00 ga qaralsin)]
Bojxona auditi o‘tkazilgunga qadar vakolatli shaxsning bankrot deb topilgani, tugatilgani yoki jismoniy shaxsning vafot etganligi (huquqiy vorisi mavjudligi bundan mustasno) hamda xalqaro so‘rovnomalar yuzasidan javoblar xalqaro shartnoma doirasida belgilangan muddatda kelmaganligi bojxona auditini tugatish uchun asos bo‘ladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
68. Bojxona auditi davomida vakolatli shaxs tomonidan muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlarni tayyorlashi yoki qalbakilashtirish bilan bog‘liq holatlar aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
69. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Bojxona auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risida bojxona organi
________ yil “____” _______________ gacha etib belgilansin.
__(yil)_______(kun)_______(oy)
Bojxona auditi quyidagi vazifalarni o‘rganish va tekshirish yuzasidan o‘tkazilsin:
tovarlarni muayyan bojxona rejimiga joylashtirishning qonuniyligi;
bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mosligi;
bojxona yuk deklaratsiyasida rasmiylashtirilgan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi TIF TN kodiga muvofiq to‘g‘ri tasniflangani;
ma’lum qilingan bojxona qiymatining haqqoniyligi;
bojxona to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblangani va undirilgani;
tovarlarga nisbatan tarif preferensiyalarining to‘g‘ri qo‘llanilgani;
bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanilganligi, tovarlardan foydalanish bo‘yicha cheklovlarga rioya etilgani yoki ulardan belgilangan maqsadda foydalangani;
shartli chiqarib yuborilgan tovarlar bo‘yicha belgilangan cheklovlarga rioya etilgani;
tovar va transport vositalari saqlanadigan joylarga chiqqan holda, ular bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi;
valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilgani;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va majburiyatlarga rioya etilgani.
________________________________
(mansabdor shaxsning lavozimi)
____________
(imzo)
___________________________________________
F.I.O.
Bojxona auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Bojxona auditini o‘tkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Bojxona organi
“Bojxona auditi” tizimi orqali ma’lumotlar tahlilidan kelib chiqib, quyidagi asoslarga ko‘ra vakolatli shaxslarga nisbatan o‘tkaziladigan bojxona auditi shakllaridan (kameral yoki sayyor) birini tanlaydi:
a) kameral bojxona auditi:
bojxona organlari axborot dasturlari ma’lumotlari tahlili natijasida kameral bojxona auditini o‘tkazish bo‘yicha aniqlangan xavf darajalari;
xorijiy davlatlarning tegishli organlaridan olingan ma’lumotlarning bojxona organlaridagi ma’lumotlarga mos kelmasligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 188-moddasida belgilangan bojxona nazorati shakllari o‘tkazilishi natijalari bo‘yicha bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi mumkin deb hisoblanganda;
vakolatli vazirlik va idoralarga so‘rovnomalar yuborish natijasi bo‘yicha olingan ma’lumotlarning bojxona organlaridagi ma’lumotlarga muvofiq emasligi;
b) sayyor bojxona auditi:
bojxona organlari axborot dasturlari ma’lumotlari tahlili natijasida sayyor bojxona auditini o‘tkazish bo‘yicha aniqlangan xavf darajalari;
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi mumkinligini ko‘rsatuvchi kameral bojxona auditi natijalariga ko‘ra sayyor bojxona auditi o‘tkazish zarurati vujudga kelganda;
bojxona organlari talabiga asosan belgilangan muddatda xabarnomada ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarning taqdim etilmasligi;
kameral bojxona auditi natijalari bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma yuzasidan vakolatli shaxsning e’tirozi bo‘lgan savollarga aniqlik kiritish zarurati yuzaga kelganda;
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 188-moddasida belgilangan bojxona nazorati shakllarining o‘tkazilishi natijalari bo‘yicha bojxona qonunchilik hujjatlari buzilishi mumkinligi holatiga aniqlik kiritish uchun tovar va transport vositalari saqlanadigan joylarga chiqib, ular bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligini o‘rganish va tekshirish zaruriyati yuzaga kelganda.
Doimiy
2-bosqich
Bojxona organi
Bojxona auditiga tayyorgarlik ko‘radi, shu jumladan ma’lumotlarni tahlil qiladi, vakolatli shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar to‘playdi, bojxona auditi vazifalarini aniqlaydi hamda bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Doimiy
3-bosqich
Bojxona organi
Bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma va qarorni vakolatli shaxs hamda vakolatli organga elektron shaklda yuboradi.
a) Kameral bojxona auditi belgilangan kundan o‘n ish kuni oldin
b) Sayyor bojxona auditi belgilangan kundan o‘n besh ish kuni oldin
4-bosqich
Vakolatli shaxs
1. Bojxona auditini (kameral yoki sayyor) o‘tkazish haqida xabarnoma olgandan so‘ng bojxona auditi vazifalaridan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvini belgilaydi.
Doimiy
2. Ichki buxgalterlik yoki auditorlik tekshiruvi natijalarini elektron yoki qog‘oz shaklida bojxona organiga taqdim qilinadi.
Sayyor bojxona auditi boshlanishidan oldin
5-bosqich
Bojxona organi
“Bojxona auditi” tizimi orqali tanlangan vakolatli shaxslarga nisbatan kameral bojxona auditini o‘tkazadi.
O‘n ish kuni ichida
6-bosqich
Bojxona organi
“Bojxona auditi” tizimi orqali tanlangan vakolatli shaxslarga nisbatan sayyor bojxona auditini o‘tkazadi.
O‘ttiz ish kuni ichida
7-bosqich
Bojxona organi
1. Bojxona auditi natijalari bo‘yicha “Bojxona auditi” tizimi orqali belgilangan shakldagi dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Bojxona auditi yakuni bo‘yicha
2. Bojxona auditi natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomaning nusxasini vakolatli shaxs va vakolatli organga yuboradi.
Bojxona auditi tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan
8-bosqich
Bojxona organi
Bojxona auditi natijalari bo‘yicha dalolatnomada keltirilgan tafovut va (yoki) xatoliklar bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikka sabab bo‘lganda, vakolatli shaxsga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha talabnoma yuboradi.
O‘n ish kuni ichida
Bojxona auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
_____________________________
_____________________________
(vakolatli shaxs nomi, STIR, manzili)
Sayyor (kameral) bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risida xabarnoma
Sizdan xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida (sayyor bojxona auditini o‘tkazish vaqtida) quyidagilarni xabarnoma yuborgan bojxona organiga taqdim etishingiz (va tayyorlashingiz) so‘raladi:
Bojxona auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
NAMUNA
BOJXONA QO‘MITASINING
TOSHKENT SHAHRI BO‘YICHA BOSHQARMASI
100185 Toshkent shahri
Bunyodkor shoh ko‘chasi 35.
Tel.: 78-120-76-76, Faks.: 78-120-76-76
________________________rahbariga
(vakolatli shaxs)
________________________________
(soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami)
20__ yil “_____” _________________-son
________________________________
(joylashgan manzili (pochta manzili))
BOJXONA TO‘LOVLARINI TO‘LASH BO‘YICHA QARZDORLIKNI UNDIRISH TO‘G‘RISIDAGI
TALABNOMA
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining___-moddasiga muvofiq hamda ___________________ning
_______________________________________________________________ (bojxona organi nomi)
20___ yil _____ ___________dagi ___________-son dalolatnomasiga asosan (kameral, sayyor) bojxona auditi natijalariga ko‘ra bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlik hisoblandi:
Jami:
______________________ so‘m
(qarzdorlik summasi)
Bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash to‘g‘risidagi talabnomani bajarish muddati talabnoma to‘lovchiga topshirilgan yoki to‘lovchi tomonidan olingan kunning ertasidan e’tiboran o‘n ish kunini tashkil etadi.
Ogohlantirish: Talabnomada ko‘rsatilgan bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlik summasi to‘lanmagan taqdirda, bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlik sud tartibida undiriladi.
_________________________________
________________
_________________________________
(mansabdor shaxsning lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Bojxona auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
Sayyor bojxona auditini o‘tkazuvchi mansabdor shaxslarning vakolatli shaxs obyektlariga (hududlarga yoki binolarga) kirishiga to‘sqinlik qilinganlik va (yoki) vakolatli shaxs o‘z majburiyatini to‘liq bajarmagani to‘g‘risidagi
(vakolatli shaxsning obyektlar (hududlar yoki binolar)ning joylashgan joyi, ushbu obyektlarga kirishga to‘sqinlik qilinganlik va (yoki) vakolatli shaxs o‘z majburiyatini to‘liq bajarmaganligi holati mazmuni va vaqti
Mazkur bayonnoma vakolatli shaxsga nisbatan kelgusida bojxona nazorati shakllarini xavf darajasi yuqori ko‘rsatkichga o‘tkazish, shuningdek, bojxona organlaridagi mavjud hujjatlar va ma’lumotlar bo‘yicha bojxona to‘lovlarini hisoblash uchun asos bo‘ladi.
Holat yuzasidan sodir etgan vakolatli shaxsning tushuntirishi yoki bayonnomani imzolashdan bosh tortganligi:
Vakolatli shaxsning binolar, omborlar, arxivlar, tovarlar va hujjatlar saqlanadigan boshqa joylarni qo‘riqlashga olish va muhrlangan joyni ochish uchun javobgarlikka tortish choralari bilan tanishganligi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-son qaroriga 3-ILOVA
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish]
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqiladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali tranzit tarzida olib o‘tiladigan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomning qoidalari yozma xat-xabarlar (mayda paketlardan tashqari), diplomatik va konsullik pochta qoplariga nisbatan tatbiq etilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
vakolatli shaxs — qabul qiluvchi, pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchi yoxud pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchi nomidan mehnat shartnomasi asosida ish ko‘ruvchi shaxs;
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga jo‘natmalar deklaratsiyasini taqdim etayotgan pochta aloqasi operatori, ekspress tashuvchi yoki jo‘natmalar deklaratsiyasini to‘ldirish, imzolash va bojxona organlariga pochta aloqasi operatori yoki ekspress tashuvchi nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
jo‘natmalar deklaratsiyasi — bojxona nazorati maqsadlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan hamda xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmasi orqali jismoniy shaxslar nomiga notijorat maqsadlarda, shuningdek, yuridik shaxslarning manziliga qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi olib o‘tilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona organiga taqdim etiladigan elektron hujjat;
jo‘natuvchi — tovar egasidan tovarlarni qabul qilib, jo‘natma sifatida shakllantirgan holda tashish uchun tashuvchiga taqdim etuvchi va u haqidagi ma’lumotlar transport hujjatida ko‘rsatilgan shaxs;
kuryer — ekspress tashuvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan va ushbu yuridik shaxs nomidan ishlarni bajaradigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro kuryerlik jo‘natmasini bevosita qabul qiluvchiga yetkazib beruvchi jismoniy shaxs;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
maxsus belgilangan joylar — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Bojxona qo‘mitasi) tomonidan belgilanadigan hamda ushbu Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan talablar asosida jihozlangan xalqaro kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirishga mo‘ljallangan bojxona nazorati zonasi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
pochta aloqasi operatori — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida pochta aloqasi tarmog‘iga egalik qiluvchi va faoliyatning asosiy turi sifatida pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
pochta operatori kuryeri — pochta aloqasi operatorining xodimi yoxud ro‘yxatga olinadigan pochtani bevosita jo‘natuvchidan pochta aloqasi obyektlaridan tashqarida qabul qiladigan va (yoki) bunday pochtani adresatga topshiradigan, pochta aloqasi operatori bilan shartnomaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
“sariq” yo‘lak — xavf darajasi o‘rta belgilanadi va bojxona nazoratining bir yoki bir nechta shakllari qo‘llanadi (bojxona va shaxsiy ko‘rik bundan mustasno);
tovar egasi — o‘z nomidan qabul qiluvchiga yetkazib berish uchun jo‘natuvchiga tovarlarni taqdim etadigan shaxs;
xalqaro pochta jo‘natmasi (keyingi o‘rinlarda — pochta jo‘natmasi) — pochta jo‘natmasida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha adresatga jo‘natish uchun pochta aloqasi operatori tomonidan qabul qilingan va bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan yozma xat-xabar jo‘natmalari, posilkalar, pullarning pochta o‘tkazmalari;
xalqaro kuryerlik jo‘natmasi (keyingi o‘rinlarda — kuryerlik jo‘natmasi) — ekspress tashuvchi tomonidan bitta tovar egasidan bitta qabul qiluvchiga yetkaziladigan hujjatlar va (yoki) tovarlar joylanmasi, xalqaro pochta jo‘natmasi orqali yuborilgan tovarlar bundan mustasno;
ekspress tashuvchi — xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini yetkazib berish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik to‘g‘risida vakolatli organni xabardor qilgan, faoliyat turi sifatida xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
“yashil” yo‘lak — xavf darajasi past belgilanadi va bojxona nazorati shakllari qo‘llanilmaydi (tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati bundan mustasno). Bunda “yashil” yo‘lakka yo‘naltirilgan tovarlar avtomatik tarzda rasmiylashtirilishi mumkin;
qabul qiluvchi — tovar egasi tomonidan yuborilgan tovarlarni ekspress tashuvchi yoki pochta aloqasi operatoridan jo‘natma ko‘rinishida qabul qilib oluvchi shaxs;
“qizil” yo‘lak — xavf darajasi yuqori belgilanadi va bojxona nazoratining bir yoki bir nechta shakllari qo‘llanadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
4. O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom asosida belgilangan tartiblar, taqiqlar va cheklovlar barcha pochta va kuryerlik jo‘natmalariga nisbatan qo‘llanadi.
5. Pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan hamda bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar bojxona nazoratidan o‘tkazilishi kerak.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi yakunlanmasdan hamda bojxona organlari tomonidan chiqarib yuborilguniga qadar bojxona nazorat zonasidan olib chiqilishi, qabul qiluvchilarga berib yuborilishi yoki bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi taqiqlanadi.
6. Pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchi tomonidan pochta va kuryerlik jo‘natmalari bojxona ko‘zdan kechiruvini hamda bojxona ko‘rigini o‘tkazish uchun bojxona organlariga taqdim etiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan va undan olib chiqilayotgan barcha pochta va kuryerlik jo‘natmalari majburiy tartibda bojxona nazoratining texnik vositalaridan foydalangan holda bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkaziladi.
8. Pochta va kuryerlik jo‘natmalarini ochish orqali ular bojxona ko‘rigidan bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan vakolatli shaxs ishtirokida o‘tkaziladi.
O‘tkazilgan bojxona ko‘rigi natijasi bo‘yicha belgilangan tartibda shakllantirilgan va to‘ldirilgan bojxona ko‘rigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.04.00 Olib chiqishga cheklovlar, taqiqlar (ma’daniy boyliklar, qimmatbaho metallar va toshlar, tovarlar, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan buyumlar va boshqalar)]
9. Bojxona organlariga bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigi uchun xatlar, pochta kartochkalari va sekogrammalar taqdim etilmaydi, pochta va kuryerlik jo‘natmalarida tegishlicha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar mavjud deb hisoblash uchun bojxona organlarida yetarli asoslar mavjudligi hollari bundan mustasno.
10. Xorijiy davlatlardan bojxona hududiga olib kirilayotgan pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati bojxona chegarasini kesib o‘tishi bilan boshlanadi va bojxona organlari tomonidan chiqarishga ruxsat berilgan vaqtda yakunlanadi.
Bojxona hududidan xorijiy davlatlarga yuboriladigan pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati bojxona organlari tomonidan bojxona deklaratsiyasi (keyingi o‘rinlarda — jo‘natmalar deklaratsiyasi) qabul qilingan vaqtdan boshlanadi va amalda bojxona chegarasini kesib o‘tish vaqtida yakunlanadi.
Bojxona hududi orqali tranzit harakatlanayotgan pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati jo‘natma bojxona hududiga olib kirilgan vaqtdan boshlanadi va amalda bojxona hududidan olib chiqilishi bilan tugallanadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
11. Pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali olib kiriladigan va yuboriladigan tovarlar bojxona nazoratida tashish shartlariga rioya etgan holda manzil bojxona postiga yetkaziladi.
12. Pochta operatori kuryeri yoki kuryer tomonidan pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashuvchiga topshirish va undan qabul qilish, bojxona nazorati ostidagi jo‘natmalarni hujjatli solishtirish, ochish, tortish va qadoqlash hamda yuborilayotgan tovarlarni sanash, o‘lchash va tortish, shuningdek, boshqa operatsiyalarni bajarish bojxona organi xodimi ishtirokida amalga oshiriladi.
13. Bojxona organlari tomonidan pochta yoki kuryerlik jo‘natmalariga nisbatan bojxona nazorati shakllarini qo‘llash jarayonida tegishliligi bo‘yicha pochta operatori kuryeri yoki kuryer ishtirok etadi va jo‘natmani bojxona nazoratidan o‘tkazish uchun taqdim qiladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
14. Tarkibida boshqa davlat nazorati organlarining (veterinar, karantin va boshqalar) tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan tovarlar mavjud bo‘lgan pochta va kuryerlik jo‘natmalari ushbu idoralarning ruxsat etuvchi hujjati taqdim etilgandan so‘ng bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi.
15. Muqaddam olib chiqilgan (olib kirilgan) pochta va kuryerlik jo‘natmalari ma’lum sabablarga ko‘ra ortga qaytarilganda olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) pochta va kuryerlik jo‘natmalari kabi qayta bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj to‘lovlarining umumiy qoidalari]
Bunda ushbu jo‘natmalarga nisbatan avval undirilgan bojxona to‘lovlari qaytarilmaydi hamda bojsiz olib kirish normasi qayta tiklanmaydi.
16. Bojxona hududiga olib kelinadigan hamda undan olib chiqiladigan pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarda keltirilgan sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
17. Pochta yoki kuryerlik jo‘natmalarini tashish, yuklash (qayta yuklash), tushirish, saqlash va boshqa shu kabi yuk operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlar tegishliligiga ko‘ra pochta aloqasi operatori yoki ekspress tashuvchi hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
18. Quyidagi hollarda tovarlar jo‘natmalar deklaratsiyasi asosida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi:
pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga notijorat maqsadlarda olib kelinadigan tovarlar;
yuridik shaxslar nomiga pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan tovarlar, tovarlar tashqi savdo kontraktlari (shartnomalari, kelishuvlari) bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida olib o‘tilayotgan va qonunchilikda belgilangan boshqa hollar bundan mustasno;
pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali jismoniy va yuridik shaxslar nomidan xorijiy mamlakatlarga yuborilayotgan qiymati besh ming AQSH dollarigacha bo‘lgan tovarlar, qonunchilik hujjatlarida eksport boji undirilishi belgilangan tovarlar bundan mustasno.
19. Pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organlariga axborot tizimi orqali taqdim etilgan jo‘natmalar deklaratsiyasi va ularga tegishli kuzatuv hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda bir partiyadagi jo‘natmalar uchun ikki va undan ortiq deklaratsiyalar taqdim etilishi mumkin.
Ushbu pochta va kuryerlik jo‘natmasi qadog‘ida uni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi belgi biriktirilgan holda taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
20. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan jo‘natmalar deklaratsiyasi Bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — YAAAT) ro‘yxatga olingan vaqtdan e’tiboran yuridik ahamiyatga ega molik hujjatlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.
21. Jo‘natmalar deklaratsiyasining shakli, unda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar ro‘yxati, uni to‘ldirish, bojxona organlariga taqdim etish, rasmiylashtirish, o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni bekor qilish va qaytarib olish tartibi Bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
22. Pochta va kuryerlik jo‘natmasi bojxona organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimini qo‘llagan holda “qizil”, “sariq” va “yashil” yo‘laklar orqali ro‘yxatga olingan jo‘natmalar deklaratsiyasi asosida bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.
23. Xavfni boshqarish tizimini qo‘llash mexanizmlari, tasodifiy tanlov tamoyili, xavf profillari, mezonlari va uslubiyoti, shuningdek, tovarlarga nisbatan bojxona ko‘rigini o‘tkazishning hajmi Bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
2-bob. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi
1-§. Bojxona hududiga olib kelinadigan xalqaro pochta jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi
24. Bojxona nazorati yakuniga ko‘ra pochta jo‘natmasi bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi.
Bunda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organlari xodimi qonunchilik hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga rioya etish bilan birga “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — Xavfni boshqarish tizimi) qo‘llash natijasiga muvofiq harakatlarni amalga oshiradi.
25. Bojxona organi tomonidan jo‘natmalar deklaratsiyasi rasmiylashtirilgandan so‘ng pochta jo‘natmalari yetkazib berish uchun pochta aloqasi operatoriga yoki qabul qiluvchi jismoniy shaxsga topshiriladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
26. Bojxona nazorati yakuniga ko‘ra pochta jo‘natmasi quyidagi sabablarga ko‘ra vaqtincha saqlovga olinishi mumkin:
bojxona to‘lovi to‘lanishi lozim bo‘lgan tovarlar aniqlanganda (bojxona to‘lovlari undirilguniga qadar);
tovarlarning maqsadini aniqlashda nizoli holat yuzaga kelganda (tovarning maqsadi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilinguniga qadar);
tovarlar yuzasidan namuna va sinamalar olinib, bu bo‘yicha o‘rganish yakuniga yetmaganda;
Xavfni boshqarish tizimi topshirig‘i asosida;
pochta aloqasi operatori yoki qabul qiluvchi shaxsdan pochta jo‘natmasidagi tovarlar yuzasidan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar talab qilinib, bu bo‘yicha tekshiruv yakuniga yetmagan bo‘lsa;
pochta jo‘natmasidagi tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish belgilanib, bu jarayon yakuniga yetmagan bo‘lsa;
pochta jo‘natmasidagi tovarlarni bojxona ekspertizasidan o‘tkazish tayinlanib, bu jarayon yakuniga yetkazilmagan bo‘lsa.
27. Pochta jo‘natmasi orqali yuborilgan tovarlarga nisbatan hisoblangan bojxona to‘lovlari qabul qiluvchi yoki vakolatli shaxs tomonidan to‘lanadi.
Hisoblangan bojxona to‘lovlari qabul qiluvchi shaxsdan boshqa vakolatli shaxs tomonidan to‘langanda, tegishli hujjatlarda qabul qiluvchi bilan birgalikda to‘lovni to‘lagan vakolatli shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham aks ettirilishi lozim.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj to‘lovlarining umumiy qoidalari]
28. Tovarning qiymati bojsiz olib kirish normasini va bojxona to‘lovlarini hisoblash uchun asos bo‘lib, ushbu qiymatga bojxona qiymati deb qaraladi.
Tovarning qiymati pasaytirib ko‘rsatilgan deb hisoblanganda yoki ko‘rsatilgan tovar qiymatini asoslovchi hujjatlar taqdim etilmaganda, tovarning qiymati bojxona organi tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga asosan, shuningdek, YAAAT yordamida aniqlanadi.
29. Qabul qiluvchi jo‘natmani olishdan voz kechganda, ko‘rsatilgan manzilda bo‘lmaganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan saqlash muddati tugaganda, manzili noto‘g‘ri ko‘rsatilganda, pochta aloqasi operatori tomonidan ushbu jo‘natmalar ortga qaytariladi.
2-§. Bojxona hududidan xorijiy davlatlarga yuboriladigan xalqaro pochta jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish
30. Har bir tovar egasi pochta jo‘natmasini pochta aloqasi operatoriga topshirishdan oldin amaldagi qoidalar bilan tanishib chiqadi va yuk kuzatuv hujjatlarini belgilangan shaklda to‘ldiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
31. Pochta aloqasi operatori tomonidan jo‘natmalarning kuzatuv hujjatlari oldindan tekshirib chiqiladi va jo‘natish taqiqlangan buyumlar egasiga qaytarish uchun ajratiladi. Ushbu jo‘natmalarning kuzatuv hujjatlarida qaytarish sabablari ko‘rsatilgan holda tegishli xizmatlar tomonidan belgi qo‘yiladi.
32. Bojxona nazorati yakuniga ko‘ra pochta jo‘natmasi bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi.
Bunda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organlari xodimi qonunchilik hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga rioya etish bilan birga Xavfni boshqarish tizimini qo‘llash natijasiga muvofiq harakatlarni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
33. Bojxona rasmiylashtiruvi yakunlangandan so‘ng pochta jo‘natmasi xorijiy davlatlarga yuborish uchun pochta aloqasi operatoriga topshiriladi va pochta aloqasi operatori tomonidan belgilangan manzil bojxona posti orqali xorijiy mamlakatga olib chiqib ketiladi.
3-§. Bojxona hududiga olib kelinadigan xalqaro kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi
34. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organlariga jo‘natmalar deklaratsiyasi va kuzatuv hujjatlari bilan birgalikda ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan yuk manifesti taqdim etiladi.
35. Jo‘natmalar deklaratsiyasi tizimda ro‘yxatga olinganidan so‘ng har bir kuryerlik jo‘natmasi bo‘yicha xabarnoma qabul qiluvchi jismoniy shaxsga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki bojxona operatsiyalarini amalga oshirishga mo‘ljallangan mobil ilova orqali avtomatik tarzda yuboriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
36. Qabul qiluvchi jismoniy shaxs tomonidan ixtiyoriy ravishda YIDXP yoki mobil ilova orqali yoxud o‘ziga eng yaqin bo‘lgan bojxona organiga murojaat qilgan holda nomiga kelgan kuryerlik jo‘natmasi to‘g‘risidagi xabarnoma tasdiqlanadi yoki rad etiladi. Bunda tasdiqlash yoki rad etish xavf darajasi past yoki o‘rta bo‘lgan jo‘natmalar uchun ixtiyoriy, xavf darajasi yuqori bo‘lgan jo‘natmalar uchun majburiy hisoblanadi.
Tasdiqlash yoki rad etish amaliyotlari bajarilgan vaqtdan e’tiboran yuridik ahamiyatga ega harakatdan dalolat beruvchi harakat hisoblanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
Ekspress tashuvchilar barcha kiberxavfsizlik talablariga javob beradigan, qabul qiluvchilarning biometrik belgilarini identifikatsiya qilish, jo‘natmalarni tasdiqlash yoki rad etish amaliyotini bajarish imkoniyatiga ega mobil ilova ishlab chiqishlari va ushbu mobil ilovada amalga oshiriladigan amaliyot natijalarini bojxona organlariga taqdim etishlari mumkin.
37. Tasdiqlash amaliyotini bajarish orqali jismoniy shaxs kuryerlik jo‘natmasi haqiqatda o‘zining nomiga yuborilganini va bundan xabardor ekanligini, mazkur kuryerlik jo‘natmasi bo‘yicha bojsiz olib kirish normasining qo‘llanishiga roziligini bildiradi.
38. Rad etish amaliyotini bajarish orqali jismoniy shaxs kuryerlik jo‘natmasi uning nomiga yuborilmaganini hamda mazkur jo‘natmaga nisbatan bojsiz olib kirish normasi qo‘llanishiga norozi ekanligini bildiradi.
39. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan jo‘natmalar bo‘yicha qabul qiluvchi jismoniy shaxs tasdiqlash yoki rad etish amaliyotlaridan birini xabarnoma kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kalendar kun davomida bajarishi lozim.
Ushbu muddat yakunlanganidan so‘ng aynan shu xabarnoma asosidagi kuryerlik jo‘natmasi uchun jismoniy shaxsning tasdiqlash yoki rad etish amaliyotini bajarish imkoniyati tugatiladi va ushbu kuryerlik jo‘natmasi rad etilgan deb hisoblanadi.
40. Bojxona nazorati yakuniga ko‘ra kuryerlik jo‘natmasi bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi.
Bunda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organlari xodimi qonunchilik hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga rioya etish bilan birga Xavfni boshqarish tizimini qo‘llash natijasiga muvofiq harakatlarni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
41. Bojxona organi tomonidan jo‘natmalar deklaratsiyasi rasmiylashtirilganidan so‘ng kuryerlik jo‘natmasi yetkazib berish uchun ekspress tashuvchiga yoki qabul qiluvchi jismoniy shaxsga topshiriladi.
42. Bojxona nazorati yakuniga ko‘ra kuryerlik jo‘natmasi quyidagi sabablarga ko‘ra vaqtincha saqlovga olinishi mumkin:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj to‘lovlarining umumiy qoidalari]
bojxona to‘lovi to‘lanishi lozim bo‘lgan tovarlar aniqlanganda (bojxona to‘lovlari undirilguniga qadar);
tovarlarning maqsadini aniqlashda nizoli holat yuzaga kelganda (tovarning maqsadi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilinguniga qadar);
tovarlar yuzasidan namuna va sinamalar olinib, bu bo‘yicha o‘rganish yakuniga yetmaganda;
Xavfni boshqarish tizimi topshirig‘i asosida;
ekspress tashuvchi yoki qabul qiluvchi shaxsdan kuryerlik jo‘natmasidagi tovarlar yuzasidan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar talab qilinib, bu bo‘yicha tekshiruv yakuniga yetmagan bo‘lsa;
kuryerlik jo‘natmasidagi tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish belgilanib, bu jarayon yakuniga yetmagan bo‘lsa;
kuryerlik jo‘natmasidagi tovarlarni bojxona ekspertizasidan o‘tkazish tayinlanib, bu jarayon yakuniga yetkazilmagan bo‘lsa.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj to‘lovlarining umumiy qoidalari]
43. Kuryerlik jo‘natmasi orqali yuborilgan tovarlarga nisbatan hisoblangan bojxona to‘lovlari qabul qiluvchi yoki vakolatli shaxs tomonidan to‘lanadi.
Hisoblangan bojxona to‘lovlari qabul qiluvchi shaxsdan boshqa vakolatli shaxs tomonidan to‘langanda, tegishli hujjatlarda qabul qiluvchi bilan birgalikda to‘lovni to‘lagan vakolatli shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham aks ettirilishi lozim.
44. Tovarning qiymati bojsiz olib kirish normasini va bojxona to‘lovlarini hisoblash uchun asos bo‘lib, ushbu qiymatga bojxona qiymati deb qaraladi.
Tovarning qiymati pasaytirib ko‘rsatilgan deb hisoblanganda yoki ko‘rsatilgan tovar qiymatini asoslovchi hujjatlar taqdim etilmaganda, tovarning qiymati bojxona organi tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga asosan, shuningdek, YAAAT yordamida aniqlanadi.
45. Bojxona nazorati yakunlanguniga qadar qabul qiluvchi kuryerlik jo‘natmasini olishdan voz kechganda, ko‘rsatilgan manzilda bo‘lmaganda yoki rad etish amaliyoti bajarilganida ushbu kuryerlik jo‘natmalariga nisbatan bojsiz olib kirish normasi qo‘llanmaydi hamda kuryerlik jo‘natmasi bojxona hududiga kirib kelgan kundan boshlab ko‘pi bilan o‘ttiz kalendar kun mobaynida ekspress tashuvchi tomonidan umumbelgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi yoki ortga qaytarib yuboriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
46. Bojxona organlari ekspress tashuvchi tomonidan ushbu Nizomning 45-bandida belgilangan muddatlarda umumbelgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazmagan yoki ortga qaytarib yubormagan kuryerlik jo‘natmalari bo‘yicha 15 ish kunida mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb e’tirof etish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qiladi.
4-§. Bojxona hududidan xorijiy davlatlarga yuboriladigan xalqaro kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
47. Har bir tovar egasi kuryerlik jo‘natmasini ekspress tashuvchiga topshirishdan oldin amaldagi qoidalar bilan tanishib chiqadi va yuk kuzatuv hujjatlarini belgilangan shaklda to‘ldiradi.
48. Ekspress tashuvchi tomonidan kuryerlik jo‘natmalarining kuzatuv hujjatlari oldindan tekshirib chiqiladi va jo‘natish taqiqlangan buyumlar egasiga qaytarish uchun ajratiladi. Ushbu kuryerlik jo‘natmalarining kuzatuv hujjatlarida qaytarish sabablari ko‘rsatilgan holda tegishli xizmatlar tomonidan belgi qo‘yiladi.
49. Bojxona nazorati yakuniga ko‘ra kuryerlik jo‘natmasi bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
Bunda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organlari xodimi qonunchilik hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga rioya etish bilan birga Xavfni boshqarish tizimini qo‘llash natijasiga muvofiq harakatlarni amalga oshiradi.
50. Bojxona rasmiylashtiruvi yakunlangandan so‘ng kuryerlik jo‘natmasi xorijiy davlatlarga yuborish uchun ekspress tashuvchiga topshiriladi va ekspress tashuvchi tomonidan belgilangan manzil bojxona posti orqali xorijiy mamlakatga olib chiqib ketiladi.
5-§. Bojxona hududi orqali tranzit tarzida olib o‘tiladigan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.05 Tranzit]
51. Bojxona hududi orqali tranzit olib o‘tilayotgan pochta va kuryerlik jo‘natmasi bo‘yicha bojxona organlariga qonunchilikda belgilangan tartibga asosan tranzit deklaratsiyasi va tovarning kuzatuv hujjatlari taqdim etiladi.
52. Taqdim etilgan tranzit deklaratsiyasi bojxona organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va mazkur deklaratsiya asosidagi pochta va kuryerlik jo‘natmasi O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 31-bobida belgilangan talablar va shartlarga muvofiq manzil bojxona postiga yetkaziladi.
3-bob. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazishga mo‘ljallangan joylarni tashkil etish
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
53. Pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazishga mo‘ljallangan joylar quyidagi jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi va belgilangan talablarga javob berishi lozim:
isitish va sovitish tizimi bilan jihozlangan, kamida 2 000 (ikki ming) kvadrat metrdan iborat bino;
pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan va ularning butun bojxona nazorati zonasi bo‘ylab belgilangan tartibda harakatlanishini ta’minlaydigan konveyer lentalar;
pochta va kuryerlik jo‘natmalarini nazoratdan o‘tkazish uchun zamonaviy rentgen qurilmalari;
pochta va kuryerlik jo‘natmalarining “trek kod”larini o‘quvchi zamonaviy skaner uskunalari;
pochta va kuryerlik jo‘natmalarining og‘irligini o‘lchash qurilmalari (tarozi konveyer lenta tarkibiga joylashtirilgan holda);
radiatsiya nazorati qurilmasi (pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati zonasiga kirish joyida);
pochta va kuryerlik jo‘natmalarini ortish-tushirish uchun maxsus transport vositalari;
vaqtincha saqlovga olingan va (yoki) tarkibida alohida xususiyatga ega bo‘lgan tovarlar mavjud pochta va kuryerlik jo‘natmalarini saqlash uchun joylar;
butun hududni to‘liq nazorat qilish hamda tasvirlarni bojxona organlariga real vaqt rejimida uzatish, shuningdek, ushbu tasvirlarni uch oy davomida saqlash imkoniyati bo‘lgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi;
hududda mavjud bo‘lgan barcha texnik vositalarni hamda videokuzatuv va avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining muntazam ishlashini ta’minlaydigan muqobil elektr manbaiga (qurilmalari) ega bo‘lishi;
bojxona ko‘rigini o‘tkazish uchun maxsus joy (bojxona xodimi va vakolatli shaxs uchun qulay bo‘lgan hamda bojxona ko‘rigini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan jihozlangan holda);
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun quyidagi jihozlar bilan jihozlangan maxsus xonalar:
a) shtat birligidagi har bir xodim uchun bittadan kompyuter (internet tarmog‘iga ulangan) va chop etish qurilmasi;
b) “trek kod”larni o‘quvchi skaner uskunalari;
v) telefon;
g) mebel jihozlari;
d) isitish va sovitish tizimi;
e) bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan boshqa jihozlar;
smenali tartibda ishlaydigan yoki navbatchilikni o‘taydigan bojxona xodimlari uchun dam olish va yuvinish xonalari;
mazkur joylarda amalga oshiriladigan operatsiyalar va yuk hajmidan kelib chiqib, qo‘shimcha talablar va shartlar qo‘yilishi mumkin.
4-bob. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirishda tomonlarning huquq va majburiyatlari
1-§. Bojxona organi xodimining huquqlari
54. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organi xodimi quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.02.00 Operativ-qidiruv faoliyati]
taqdim etilgan jo‘natmalar deklaratsiyasida nomuvofiqliklar aniqlanganida, bojxona xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlardan olingan ma’lumotlar hamda tezkor-qidiruv natijalari asosida belgilangan xavfni kamaytirish choralarini o‘zgartirish va qo‘shimcha tadbirlarni amalga oshirish;
aniqlangan xatolik yoki nomuvofiqliklar (tafovutlar) holatlari sabablarini o‘rganish maqsadida taqdim etilayotgan elektron hujjatlarning aslini talab qilish;
agar o‘rganish davomida qonunchilikda nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlansa, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish;
pochta va kuryerlik jo‘natmalarini qonunchilik hujjatlari asosida ko‘zdan kechirish;
vakolatli shaxslardan ko‘zdan kechirish uchun pochta va kuryerlik jo‘natmalarini, shuningdek, zarur hujjatlarni taqdim etishni talab qilish;
bojxona nazoratidan o‘tkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namuna va nusxalar olish;
bojxona haqidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishiga doir materiallarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda vakolatli shaxslarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish.
55. Bojxona organi xodimi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
2-§. Bojxona organi xodimining majburiyatlari
56. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organi xodimi:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
deklaratsiyalash va rasmiylashtiruv davomida Xavfni boshqarish tizimining topshirig‘idagi bojxona operatsiyalarini bajarishi;
xavfni kamaytirish choralarini o‘zgartirish natijasida bojxona ko‘rigini o‘tkazish zarurati mavjud bo‘lganda, bu to‘g‘risida vakolatli shaxsni xabardor etish;
vakolatli shaxsning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi bo‘yicha taqdim etgan yozma murojaatlarini ko‘rib chiqish;
o‘z xizmat vazifalarini bajarish natijasida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan tijorat siri hisoblangan axborotni hamda shaxsga doir konfidensial ma’lumotlarni oshkor etmaslikka majbur, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
57. Bojxona organi xodimiga qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
3-§. Pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchilarning huquqlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
58. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirishda pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
bojxona organlarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonidagi noqonuniy xatti-harakati yuzasidan shikoyat qilishga;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlari yuzasidan qonuniy tushuntirishlar olishga;
jo‘natmalar deklaratsiyasini shakllantirish va bojxona organlariga taqdim etish imkoniyati mavjud bo‘lgan, bojxona organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan dasturlardan foydalanishga hamda ushbu dastur orqali jo‘natmalarning holati va belgilangan xavf darajasi haqida ma’lumot olishga;
pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi hamda ushbu jarayonda qo‘llanadigan axborot dasturlari bo‘yicha takliflar berishga;
YAAAT orqali ular tomonidan taqdim etilgan jo‘natmalar deklaratsiyasi va jo‘natmalar manifestini jo‘natmalar deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab bir oy muddatda yuklab olish hamda qog‘ozda yozma shaklini chop etish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida va undan so‘ng bojxona organlari tomonidan jo‘natmalar deklaratsiyasida qoidabuzarliklar aniqlangunga qadar bojxona to‘lovlarini hisoblashga yoki taqiq, cheklovlar qo‘llanishiga ta’sir etmaydigan qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda bojxona organi ruxsati bilan tuzatish, qonunchilikda vakolatli yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga asosan jo‘natmalar deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish taqiqlangan holatlar bundan mustasno.
Ushbu holatlarda deklarant va deklaratsiyalovchi shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid protsessual hujjatlar rasmiylashtirilmaydi.
59. Pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchilar uchun qonunchilik hujjatlari bilan boshqa huquqlar ham belgilanishi mumkin.
3-§. Pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchilarning majburiyatlari
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
60. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida quyidagilar pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchilar majburiyati hisoblanadi:
qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim etilgan jo‘natmalar deklaratsiyasi va boshqa kuzatuv hujjatlaridagi ma’lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini ta’minlash;
bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi davomida bojxona organlari tomonidan so‘ralgan hujjatlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish;
faoliyatini xorijiy hamkori bilan o‘zaro tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirish va ushbu shartnomani tegishli axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish;
xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali yuborilishi taqiqlangan buyumlar va moddalar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir ma’lumotlar va ularning himoyasi]
shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishini va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
61. Pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchilar yoxud ular nomidan mehnat shartnomasi asosida ish ko‘ruvchi shaxslarga qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
62. Bojxona organlariga oldindan tezkor ma’lumot kelib tushganda, taqdim etilgan hujjatlarda turli nomuvofiqliklar aniqlanganda yoki bojxona qonunchiligi buzilishi bilan bog‘liq alomatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, pochta va kuryerlik jo‘natmalariga nisbatan bojxona nazoratining boshqa shakllari qo‘llanadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.02.00 Bojxona omborlari va boshqa bojxona obyektlari infrastrukturalari]
63. Vaqtincha saqlovga olingan pochta va kuryerlik jo‘natmalarining to‘liq va but saqlanishi hamda ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda, vakolatli shaxsga topshirilishiga ularni vaqtincha saqlash uchun qabul qilgan ombor vakili javobgar hisoblanadi.
Vaqtincha saqlashga qabul qilingan pochta va kuryerlik jo‘natmalarining tabiiy eskirishi yoki tashish va (yoki) saqlashning normal sharoitlarida kamayishi oqibatida ro‘y bergan o‘zgarishlar (shuningdek, yaroqlilik muddati jihatidan) hamda yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida saqlash majburiyatlarini bajara olmaslik holatlari bundan mustasno.
64. Deklaratsiyalovchi shaxs jo‘natmalar deklaratsiyasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va unga ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi, deklaratsiyani to‘ldirish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning noto‘g‘riligi bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno.
65. Vakolatli shaxs o‘zi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi (jo‘natmalar deklaratsiyasi bundan mustasno) ma’lumotlarning to‘g‘riligi va amalda olib o‘tilayotgan pochta va kuryerlik jo‘natmalariga o‘zaro muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi.
66. Bojxona xizmati organlari tomonidan boshqa shaxslar uchun jo‘natmalar deklaratsiyasi va unga tegishli hujjatlarning qog‘ozdagi yozma shakli chop etilmaydi va imzo hamda muhr bilan tasdiqlanmaydi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir ma’lumotlar va ularning himoyasi]
67. Jo‘natmalar deklaratsiyasidagi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli ma’lumotlar konfidensial hisoblanadi va ushbu ma’lumotlarni boshqa shaxslarga taqdim etish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
68. Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan jo‘natmalar deklaratsiyasini taqdim etish so‘ralganda, jo‘natmalar deklaratsiyasi asosida shakllangan ma’lumot qog‘ozda yozma shaklda yoki elektron ko‘rinishda yoxud o‘zaro kelishuvga asosan axborot almashinuvi tizimlari orqali taqdim etiladi, ushbu Nizomning 67-bandida taqiqlangan holatlar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
69. Bojxona organlariga taqdim etilgan jo‘natmalar deklaratsiyasi va ularga tegishli kuzatuv hujjatlarining elektron nusxalari bojxona organlarida jo‘natmalar deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan yildan keyingi yildan e’tiboran uch yil davomida saqlanadi.
70. Jo‘natmalar deklaratsiyasini to‘ldirishda asos bo‘lgan qog‘ozda yozma shakldagi hujjatlarning saqlanishi bo‘yicha javobgarlik pochta aloqasi operatori yoki ekspress tashuvchi zimmasiga yuklanadi.
Bunda pochta aloqasi operatori yoki ekspress tashuvchi tegishliligiga ko‘ra jo‘natmalar deklaratsiyasini to‘ldirishda asos bo‘lgan qog‘ozda yozma shakldagi hujjatlarning xavfsiz saqlanishi sharoitlarini ta’minlashi va ularga o‘zgartirish kiritishdan himoyalashi shart.
71. Ushbu Nizom talablarining bajarilishida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
72. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy davlatlarga yuboriladigan xalqaro kuryerlik jo‘natmasini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyekt
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Kuryer
1. Bojxona nazorati zonasiga xalqaro kuryerlik jo‘natmasini yetkazish va jo‘natmalar deklaratsiyasini taqdim etish.
Xalqaro kuryerlik jo‘natmasini qabul qilganidan so‘ng
2-bosqich
Bojxona organi xodimi
2. Amaldagi qonunchilik talablari asosida xalqaro kuryerlik jo‘natmasida yuborilayotgan tovarlarni Xavfni boshqarish tizimi va tegishli bojxona nazorati shakllarini qo‘llagan holda bojxona nazoratidan o‘tkazish.
Xalqaro kuryerlik jo‘natmasini to‘liq hujjatlar bilan bojxona nazoratiga taqdim etilganidan so‘ng har bir xalqaro kuryerlik jo‘natmasi uchun 20 daqiqa
3. Bojxona nazorati yakuniga ko‘ra xalqaro kuryerlik jo‘natmasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilgan taqdirda taqdim etilgan jo‘natmalar deklaratsiyasini rasmiylashtirish.
4. Bojxona rasmiylashtiruvi yakuniga ko‘ra xalqaro kuryerlik jo‘natmasini keyingi manzilga yetkazish uchun kuryerga topshirish.
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi yakuniga yetganidan so‘ng
O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan olib kelinadigan xalqaro kuryerlik jo‘natmasini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyekt
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Kuryer
1. Bojxona nazorati zonasiga xalqaro kuryerlik jo‘natmasini yetkazish va jo‘natmalar deklaratsiyasini taqdim etish.
Xalqaro kuryerlik jo‘natmasi bojxona hududiga yetib kelgandan so‘ng
2-bosqich
Xalqaro kuryerlik jo‘natmasini qabul qiluvchi jismoniy shaxs
2. Mobil ilova yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga xalqaro kuryerlik jo‘natmasi to‘g‘risida kelib tushgan axborot bilan tanishib chiqish va “Tasdiqlash” yoki “Bekor qilish” amaliyotlaridan birini bajarish.
Xalqaro kuryerlik jo‘natmasi to‘g‘risidagi axborot kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kungacha
3-bosqich
Bojxona organi xodimi
3. Amaldagi qonunchilik talablari asosida xalqaro kuryerlik jo‘natmasida yuborilayotgan tovarlarni Xavfni boshqarish tizimi va tegishli bojxona nazorati shakllarini qo‘llagan holda bojxona nazoratidan o‘tkazish.
Xalqaro kuryerlik jo‘natmasini to‘liq hujjatlar bilan bojxona nazoratiga taqdim etilganidan so‘ng har bir xalqaro kuryerlik jo‘natmasi uchun 20 daqiqa
4. Bojxona nazorati yakuniga ko‘ra xalqaro kuryerlik jo‘natmasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilgan taqdirda taqdim etilgan jo‘natmalar deklaratsiyasini rasmiylashtirish.
5. Bojxona rasmiylashtiruvi yakuniga ko‘ra xalqaro kuryerlik jo‘natmasini keyingi manzilga yetkazish uchun kuryerga topshirish.
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi yakuniga yetganidan so‘ng
4-bosqich
Bojxona organi xodimi
6. Qabul qiluvchi jismoniy shaxslar tomonidan “Bekor qilingan” yoki munosabat bildirilmagan xalqaro kuryerlik jo‘natmasini kuryer vakolatida bojxona nazorati ostida saqlash.
Kuryerlik jo‘natmasi olib kelingan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kungacha
5-bosqich
Kuryer
7. Qabul qiluvchi jismoniy shaxslar tomonidan “Bekor qilingan” yoki munosabat bildirilmagan xalqaro kuryerlik jo‘natmasini umumbelgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish yoki respublika hududidan qaytarib olib chiqib ketish.
Kuryerlik jo‘natmasi olib kelingan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kungacha
6-bosqich
Bojxona organi xodimi
8. Belgilangan muddat yakuniga qadar rasmiylashtirilmagan yoki olib chiqib ketilmagan xalqaro kuryerlik jo‘natmasi yuzasidan kuryerga ogohlantirish xati yuborish.
O‘ttiz kunlik muddat yakunlanganidan so‘ng uch ish kunida
9. Ogohlantirish xati yuborilgan kuryer o‘z vakolatidagi tovarlar yuzasidan yakuniy qaror qabul qilmagan taqdirda mazkur tovarlarni egasiz deb e’tirof etish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilish.
Kuryerga ogohlantirish xati yuborilganidan so‘ng besh ish kuni yakunida
Xalqaro pochta jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga xorijiy davlatlardan olib kelinadigan va O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy davlatlarga yuboriladigan xalqaro pochta jo‘natmasini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyekt
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Pochta aloqasi operatori
1. Bojxona nazorati zonasiga xalqaro pochta jo‘natmasini yetkazish va jo‘natmalar deklaratsiyasini taqdim etish.
Xalqaro pochta jo‘natmasini qabul qilganidan so‘ng
2-bosqich
Bojxona organi xodimi
2. Amaldagi qonunchilik talablari asosida xalqaro pochta jo‘natmasida yuborilayotgan tovarlarni tegishli bojxona nazorati shakllarini qo‘llagan holda bojxona nazoratidan o‘tkazish.
Bojxona nazoratiga to‘liq hujjatlar bilan taqdim etilganidan so‘ng har bir xalqaro pochta jo‘natmasi uchun 20 daqiqa
3. Bojxona nazorati yakuniga ko‘ra xalqaro pochta jo‘natmasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilsa taqdim etilgan jo‘natmalar deklaratsiyasini rasmiylashtirish.
4. Bojxona rasmiylashtiruvi yakuniga ko‘ra xalqaro pochta jo‘natmasini keyingi manzilga yetkazish uchun pochta aloqasi operatoriga topshirish.
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi yakuniga yetganidan so‘ng
Xalqaro pochta jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan xalqaro kuryerlik jo‘natmalari bo‘yicha
MANIFEST
Jo‘natuvchi tashkilot nomi:
Manzili:
Telefon raqami:
Qabul qiluvchi tashkilot nomi:
Manzili:
Telefon raqami:
STIR:
T/r
1. Tijorat hujjatining raqami
2. Xalqaro kuryerlik jo‘natmasining jo‘natuvchisi
3. Xalqaro kuryerlik jo‘natmasining qabul qiluvchisi va uning manzili
4. Xalqaro kuryerlik jo‘natmasidagi tovarlarning qisqacha nomi
5. Xalqaro kuryerlik jo‘natmasining brutto vazni
(kg)
6. Xalqaro kuryerlik jo‘natmasining faktura qiymati
7. Valyuta nomi
Jami:
Jo‘natuvchi tashkilot nomi, imzosi va muhri:
Qabul qiluvchi tashkilot nomi, imzosi va muhri:
Izoh. Manifestda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zgartirmagan holda jadvalga qo‘shimcha kiritishga yo‘l quyiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida:
a) 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirdagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit o‘tishi uchun yig‘imlarning belgilangan tartibda undirilishi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi”.
“Bunda belgilangan yig‘imlarni undirish mezonlari va talablari Transport vazirligi tomonidan bojxona organlari axborot tizimlariga kiritilgan ma’lumotlarga asosan belgilanadi”;
“Respublika hududiga kirib kelayotgan avtotransport vositalarining texnik holati, yo‘l qo‘yiladigan og‘irlik va gabarit parametrlari ustidan davlat nazorati bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining bojxona organlari axborot tizimlariga kiritilgan mezonlari va talablariga asosan amalga oshiriladi”;
v) 4-ilovaning 3-bandi “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) tovarlarni tashish Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi Konvensiya talablariga asosan amalga oshirilganda XYT daftarchasi (TIR karneti)”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyundagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-band quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda mazkur bandda keltirilgan dori vositalarini olib o‘tishda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan dori vositalarining qanday maqsadga mo‘ljallanganligini aniqlash, ya’ni ularning miqdori, olib o‘tishning takroriyligi, safarning maqsadi va uning davomiyligi hisobga olinadi”;
“6. Jismoniy shaxslar tomonidan dori vositalari ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan me’yordan ortiq miqdorda bojxona chegarasi orqali olib kirishda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi bilan birga bojxona organlariga dori vositalari uchun bo‘lish yoki yashash mamlakatining tibbiyot muassasasidan bemor uchun mo‘ljallangan dori vositasining nomini, uning dorivor shaklini va davolash kursiga tavsiya qilingan miqdori ko‘rsatilgan holdagi hujjatini hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq ruxsatnoma olmasdan olib kirishga ruxsat berilgan me’yordan ortgan biologik faol qo‘shimchalar uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli ruxsatnomasini taqdim etishi shart”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona bojlari va soliqlarni to‘lashdan shartli ozod qilish tatbiq etiladigan vaqtincha olib kiriladigan tovarlar ro‘yxati, ozod qilish shartlari, shuningdek, imtiyozlarning amal qilish muddatlarining rus tilidagi matnida:
“в) товаров, в отношении которых законодательством Республики Узбекистан прямо предусмотрено освобождение от таможенных пошлин и налогов при помещении под таможенный режим временного ввоза”;
“ц” kichik bandidan “специальной” va “не производимых в Республике Узбекистан” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“2. Освобождение от уплаты таможенных пошлин и налогов при временном ввозе товаров и транспортных средств предоставляется на следующие сроки:
для товаров и транспортных средств, указанных в подпунктах «а» и «б» пункта 1 Перечня — на срок аккредитации лиц, указанных в этих подпунктах;
для товаров, указанных в подпункте «в» пункта 1 Перечня — на срок, предусмотренный законодательством Республики Узбекистан для освобождения от уплаты таможенных пошлин и налогов;
для товаров, указанных в подпунктах «г» — «х» пункта 1 Перечня — на срок до одного года;
для товаров, указанных в подпункте «ц» пункта 1 Перечня — на срок реализации проектов с участием международных финансовых институтов и иностранных правительственных финансовых организаций;
для товаров, указанных в подпункте «ш» пункта 1 Перечня — на срок действия договора аренды (лизинга).
По истечении сроков, указанных в первой части данного пункта, к указанным товарам и транспортным средствам применяются периодические таможенные платежи на дальнейший срок временного ввоза»;
v) 3-banddagi “Государственным таможенным комитетом Республики Узбекистан” so‘zlari “Таможенным комитетом при Министерстве экономики и финансов” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
yettinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Bojxona qo‘mitasi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga bojxona yuk deklaratsiyasini o‘z nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki deklarantning yoxud deklarant bilan shartnoma tuzgan bojxona brokerining shtat birligida bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis;
TIF ishtirokchilari ro‘yxati — deklarant tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “TIF ishtirokchilari ro‘yxati” interaktiv xizmatiga qo‘shish va chiqarish yo‘li bilan shakllantiriladigan TIF ishtirokchilari ro‘yxati”;
o‘n to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat bojxona qo‘mitasi)” so‘zlari “Bojxona qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“7. Tovarlar manzil bojxona postiga yetkazilgandan so‘ng tovarlarning yetib kelganligini tasdiqlash Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda tovarlar “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan nazoratdan o‘tkazilib, bojxona organlarining axborot tizimi orqali tovar va transport vositasini manzilga yetib kelganligini tasdiqlash va nazoratdan yechish bo‘yicha bojxona organlarining qarori ma’lum qilinadi”;
“15. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha to‘rt bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda — vakolatli organlari majburiy tartibda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga o‘zlarining ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarini kiritilishini ta’minlaydi.
“Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga vakolatli organlar tomonidan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar hamda ma’lumotlar kiritilmagan bo‘lsa, tizim tomonidan TED qabul qilinmaydi.
Ikkinchi bosqichda — deklarant TIF ishtirokchisi kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda TIF ishtirokchilari ro‘yxatiga ishonch bildirgan shaxs, bojxona brokeri yoki o‘z shtat birligida bo‘lgan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda TIF ishtirokchilari tomonidan bojxona xizmati organlariga TEDni taqdim etish vakolat muddatlarini kiritadi, bundan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari mustasno.
Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari nomidan yoxud O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan TED taqdim etilganda, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis to‘g‘risidagi ma’lumotlar TIF ishtirokchilari ro‘yxatiga kiritilmaydi.
Deklarant tomonidan TIF ishtirokchilari ro‘yxatiga kiritilgan bojxona brokeri TIF ishtirokchisi kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda o‘zining shtat birligida bo‘lgan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib, bojxona xizmati organlariga tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashni taqdim etish vakolat muddatini ko‘rsatadi.
Deklarant yoki u ishonch bildirilgan shaxs TIF ishtirokchisi kabinetidagi “E-arxiv” interaktiv xizmatidan foydalangan holda elektron arxivni shakllantirib, unga o‘zining ERIsi bilan tasdiqlagan bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarning elektron shakllarini joylashtiradi yoki deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan ERI bilan tasdiqlangan holda taqdim etiladigan hujjatlarni bojxona yuk deklaratsiyasiga belgilangan tartibda biriktirgan holda yuboradi.
Elektron arxivga joylashtirilgan hujjatlarga avtomatik tarzda maxsus raqam beriladi va bu haqda deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Elektron arxivga joylashtirilgan hujjatlar deklarant tomonidan o‘zgartirilishi va uchirilishi mumkin, bunda deklaratsiyalash jarayonida hamda bojxona rasmiylashtiruvi davomida foydalanilgan hujjatlar mustasno.
Taqdim etiladigan hujjatlarning ro‘yxati va formati, ularning taqdim etish tartibi Bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi va bu haqda “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali ma’lum qilinadi.
Deklarant ma’lum qilingan maxsus raqamni TIF ishtirokchilari ro‘yxatida ma’lumoti kiritilgan bojxona brokeri yoki bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisga taqdim etadi hamda ularga TIF ishtirokchisi kabinetida faqat ushbu maxsus raqam berilgan hujjatlarni ko‘rish, zarur hollarda ko‘chirib olish imkoniyatini ta’minlaydi, bundan TED deklarant tomonidan taqdim etiladigan hollar mustasno.
Deklaratsiyalovchi shaxs TIF ishtirokchisi kabinetida ro‘yxatdan o‘tgan holda “E-arxiv” interaktiv xizmatining elektron arxividagi maxsus raqami bo‘lgan hujjatlar yoki deklarant yoxud u ishonch bildirgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida TEDni shakllantiradi, o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, BQ YAAAT orqali bojxona xizmati organlariga yuboradi. Bunda TEDni to‘ldirishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi taqdim etilgan hujjatlar deklaratsiyalovchi shaxsga deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxs tomonidan taqdim etilgan bo‘lsa, TED bilan birga taqdim etiladigan hujjatlarni ham ERIsi bilan tasdiqlagan holda BQ YAAAT orqali bojxona organiga yuboradi.
TEDni shakllantirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan asos bo‘lgan elektron hujjatlar maxsus raqami ko‘rsatiladi va ushbu elektron hujjatlarni bojxona xizmati organlariga taqdim etish talab etilmaydi, bunda “E-arxiv” interaktiv xizmatida mavjud bo‘lmagan hujjatlar mustasno.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bojxona organiga TED kelib tushganida, bu haqda TIF ishtirokchisi kabineti orqali deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Uchinchi bosqichda — bojxona xizmati organlariga kelib tushgan TED bojxona axborot tizimining dastlabki format-mantiqiy nazoratidan o‘tkaziladi va tekshiruvlarning ijobiy natijasida, tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashga avtomatlashtirilgan tarzda tartib raqami berilib, ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda bu haqda deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Format-mantiqiy nazoratda TEDda xato va kamchiliklar yoki nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash qaytariladi va bu haqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
TED ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga ega hujjatga aylanadi.
Ro‘yxatdan o‘tgan TED bojxona axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda tovarlar bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona xizmati organi xodimlari o‘rtasida taqsimlanadi yoki bojxona xizmati organi xodimi ishtirokisiz, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi maxsus algoritmlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda ushbu Nizomning 3-bobida ko‘rsatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
To‘rtinchi bosqichda — Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlangan TED bojxona xizmati organlari xodimi tomonidan qabul qilinadi va bu haqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga TIF ishtirokchisi kabineti orqali tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
TED ushbu xabarnoma yuborilgan vaqtdan boshlab qabul qilingan hisoblanadi.
TEDni rasmiylashtirishda bojxona axborot tizimi tomonidan xavf darajasi past deb topilgan deklaratsiyalar ustuvor deb hisoblanadi.
Bojxona xizmati organlari xodimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga rioya etish bilan birga “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini qo‘llash natijasiga muvofiq harakatlarni amalga oshiradi.
TEDning bojxona rasmiylashtiruvi u qabul qilingan vaqtdan boshlab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
a) xavf darajasi past bo‘lganda va bojxona yuk deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda, uch soat davomida (bojxona xizmati organlarining ish vaqtidan tashqari paytda bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);
b) xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega bo‘lganda va bojxona yuk deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda, sakkiz soat davomida (bojxona xizmati organlarining ish vaqtidan tashqari paytda bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);
v) xavf darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lganda yoki ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida muddati keltirilmagan hollarda qonunchilikda belgilangan umumiy muddatda rasmiylashtiriladi.
Bojxona xizmati organlari xodimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimining natijalariga asoslangan holda, xavf darajasiga ko‘ra quyidagi harakatlarni amalga oshirmaydi:
xavf darajasi past bo‘lganda, elektron hujjatlarning aslini talab etish yoki bojxona ko‘rigi o‘tkazish yoxud bojxona ekspertizasini tayinlash;
xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega bo‘lganda, bojxona ko‘rigini o‘tkazish.
Ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan muddatlari o‘tkazib yuborilganda, bojxona xizmati organlari xodimi muddatlarning o‘tib ketganligining asoslantirilgan sabablari deklaratsiyalovchi shaxsga tasdiqlangan elektron xabarnoma orqali ma’lum qilinadi”;
j) 26-banddagi “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi — elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi” so‘zlari “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Yuklarning bojxona rasmiylashtiruvida elektron shaklida deklaratsiyalash jarayonidan foydalanayotgan deklarantlar yoki bojxona brokerlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq TIF ishtirokchilari ro‘yxatiga kiritilayotgan ma’lumotlarni to‘g‘riligini ta’minlaydilar”;
quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Deklaratsiyalovchi shaxs TEDdagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va uni to‘ldirish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi, TEDni to‘ldirish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning noto‘g‘riligi bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno.
Deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxs taqdim etilgan hujjatlardagi (TED bundan mustasno) ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgar hisoblanadi”;
i) 33-banddagi “deklaratsiyalovchi shaxslar” so‘zlari “TIF ishtirokchilari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) quyidagi mazmundagi 361-band bilan to‘ldirilsin:
“361. “E-tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali eksport bojxona rejimi uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida unda ko‘rsatilgan tovarlar nazoratga qo‘yilgan bojxona organiga taqdim etilmagan bo‘lsa, bojxona yuk deklaratsiyasi berilmagan deb hisoblanadi va bojxona organi tomonidan bekor qilinadi.
Bunda bojxona yuk deklaratsiyasi bekor qilinganligi to‘g‘risida deklaratsiyalovchi shaxsga TIF ishtirokchisi kabineti orqali tegishli xabarnoma yuboriladi”;
“Bojxona qo‘mitasi deklaratsiyalovchi shaxslarga tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash va Bojxona qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar orqali ular tomonidan taqdim etilgan tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashlarning va elektron hujjatlarning deklaratsiya rasmiylashtirilgan sanadan boshlab o‘n besh kunlik muddatga qadar yuklab olish, qog‘ozda yozma shaklini chop etish huquqi va imkoniyatini ta’minlaydi.
Bojxona qo‘mitasi pulli xizmat asosida deklarantlarga o‘zlariga tegishli tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashlarning bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch yil ichida o‘z serverida saqlab berish, ularni qog‘ozda yozma shaklini chop etish va tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashga oid boshqa ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlaydi.
Pulli xizmatdan tushgan yig‘imlar Bojxona qo‘mitasining rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Mazkur pulli xizmatlarning turlari, shakllari, maqomlari va xizmatga pul to‘lashning tariflari Bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi va o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.”;
m) 43-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“TEDni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazayotgan bojxona organi xodimi quyidagi holatlarda javobgar hisoblanmaydi:
rasmiylashtirilgan TED bo‘yicha berilgan imtiyozlardan maqsadsiz foydalanganligi aniqlanganda;
tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati natijasida rasmiylashtirilgan TEDdan qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblanganda yoki qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda;
boshqa davlatlarning bojxona organlari hamda xalqaro tashkilotlarga yuborilgan so‘rovnoma bo‘yicha olingan javobga asosan rasmiylashtirilgan TEDda qonunchilik talablarining buzilganligi aniqlanganda”;
n) quyidagi mazmundagi 61-bob bilan to‘ldirilsin:
“61-bob. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga egalik qilish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish
331. Bojxona ombori, erkin ombor, vaqtincha olib kirish va vaqtincha olib chiqish bojxona rejimlaridan biriga rasmiylashtirilib, bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga egalik qilish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin.
332. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni bojxona ombori va erkin ombor bojxona rejimlaridan biriga joylashtirmasdan ularga egalik qilish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi, erkin muomalaga chiqarish va eksport bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar bundan mustasno.
Erkin muomalaga chiqarish va eksport bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlarga egalik qilish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish Bojxona qo‘mitasi tomonidan Kodeksning 266-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Vaqtincha olib kirish va vaqtincha olib chiqish bojxona rejimlaridan biriga joylashtirilgan tovarlarning boshqa shaxsga faqat foydalanish yoki tasarruf etish huquqini o‘tkazish mumkin.
333. Tovarga egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish uchun tovarga vakolatli shaxs bojxona organlarini bojxona organlarining axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor etadi.
334. Tovarga bo‘lgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs quyidagilarni amalga oshiradi:
jo‘natuvchining yoki shartnoma tuzuvchi xorijiy hamkorning tovarga egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish uchun rozilik xatini olishi;
ushbu tovarlar bo‘yicha shartnoma tuzuvchi xorijiy hamkor tomonidan tovarga bo‘lgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs nomiga invoys (hisob, hisob-faktura) olishi, tovarga tuzilgan kontrakt (shartnoma, kelishuv) bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun javobgar etib tovarga vakolatli shaxs belgilangan hollar bundan mustasno;
tovarga tuzilgan kontrakt (shartnoma, kelishuv) bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun javobgar etib tovarga bo‘lgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs belgilangan bo‘lsa, bu bo‘yicha kontrakt (shartnoma, kelishuv) tuzishi va uni tegishli axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishi;
bojxona organlariga tovarga vakolatli shaxs nomiga xorijiy hamkor tomonidan taqdim etilgan invoys va mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida olinishi nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga tanlangan bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda BYDni taqdim etishi.
335. Tovarga bo‘lgan huquqni oluvchi vakolatli shaxsning tovarga egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqi BYD bojxona organiga berilgan paytdan e’tiboran boshqa shaxsga o‘tkazilgan deb hisoblanadi. BYD berilgan paytda tovarga bo‘lgan huquqni oluvchi vakolatli shaxsda bojxona rejimiga rioya etilishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlar yuzaga keladi.
336. Belgilangan talablar va shartlar asosida tovarga egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazilganligi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni saqlash muddatini to‘xtatib turmaydi va uzaytirmaydi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-dekabrdagi 1029-son qarorida:
b) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Bojxona qo‘mitasi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Milliy kinologiya markazi xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlarini qoplash hamda Markazda tashkil etiladigan xalqaro va milliy ko‘rgazmalar, musobaqalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, xorijiy mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlarning delegatsiyalarini kutib olish bilan bog‘liq xarajatlar Markazning rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Bojxona qo‘mitasining ko‘rsatmasiga asosan Markazning rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Bojxona qo‘mitasining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi va Bojxona qo‘mitasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda sarflanadi”;
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi “ro‘yxatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan muddat” so‘zlaridan keyin “bir kalendar yil davomida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 14-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ariza beruvchi va jismoniy shaxslar mazkur bandda keltirilgan ro‘yxatga olinmaydigan hamda ro‘yxatdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydigan holatlarni va hujjatlardagi ma’lumotlar o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni bartaraf etilgandan so‘ng o‘n kun muddatda mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish bo‘yicha qayta murojaat qilishlari mumkin”;
“492. Ushbu Nizomda ariza beruvchiga yoki taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarga belgilangan talablarning buzilishi aniqlanganda yoki shunday holatlar to‘g‘risida shaxslardan kelib tushgan murojaatlarga asosan avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan IMEI-kodlar sudning tegishli qaroriga asosan Tizim operatori tomonidan bekor qilinadi va amalga oshirilgan xizmatlar uchun qabul qilingan to‘lovlar qaytarilmaydi”;
g) quyidagi mazmundagi 493-band bilan to‘ldirilsin;
“493. Ariza beruvchi va jismoniy shaxslar mazkur Nizom talablari buzilishi oqibatida tizim operatori, tizim ro‘yxatga oluvchisi va boshqa vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining qabul qilgan qarorlari yoki sodir qilgan harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaning 15 va 16-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Xalqaro yo‘nalishlar uchun ochilgan avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar va aviatsiya o‘tkazish punktlarida yo‘lovchilar va ularning yuklari hamda bagajlari bojxona nazorati va tekshiruvidan, qoidaga ko‘ra, ikki yo‘lakli tizim va masofaviy bojxona nazorati tizimini belgilangan tartibda qo‘llash orqali o‘tkaziladi.
O‘tkazish punktlarida avtotransport vositalari uchun ikki yo‘lakli xavflarni boshqarish tamoyillariga asoslangan davlat nazorat tartiboti quyidagi tartibda qo‘llaniladi:
“yashil yo‘lak”da — xavf darajasi past bo‘lgan avtotransport vositalari va unga yuklangan tovarlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilinishida davlat nazoratining barcha shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi, avtotransport vositasi va uning haydovchisiga nisbatan amalga oshiriladigan hujjatli nazorat bundan mustasno;
“qizil yo‘lak”da — davlat nazorati xavf darajasi yuqori va tasodifiy tanlovda aniqlangan avtotransport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
“qizil” yoki “yashil” yo‘laklar bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi orqali avtomatik tarzda belgilab beriladi;
o‘tkazish punktidagi davlat nazorat organlari xodimlari tomonidan “profayling” tanlov asosida avtotransport vositalari bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimida “yashil yo‘lak”dan “qizil yo‘lak”ka yo‘naltirilib, tegishli nazorat shakllari qo‘llanadi;
mazkur tartibot O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan avtotransport vositalariga nisbatan faqatgina inspeksion ko‘rik majmuasi orqali nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng qo‘llanadi.
O‘tkazish punktining pasport nazorati zonasi aeroportlar va avtomobil yo‘llari o‘tkazish punktlari ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan sektorlar va chet el fuqarolarini rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan sektorlarga ajratilishi mumkin va bu o‘tkazish punktining texnologik sxemasida ko‘rsatiladi.
16. O‘tkazish punktlarida qo‘shma naryad tomonidan “qizil yo‘lak”dagi transport vositalari va tovarlar, shuningdek “profayling” tanlov asosida avtotransport vositalari bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimida “yashil yo‘lak”dan “qizil yo‘lak”ka yo‘naltirilib ko‘zdan kechiriladi (bojxona organlari bo‘lmagan o‘tkazish punktlari bundan mustasno).
Ko‘zdan kechirish natijalariga ko‘ra identifikatsiya vositalari (plombalar, muhrlar va boshqalar) buzilganligi va (yoki) ularga shikast yetganligi yoki Davlat chegarasini buzib o‘tuvchi shaxs kontrabanda predmetlarini yoxud noqonuniy olib ketilayotgan tovarlarni yashirgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi belgilar aniqlanganda, shuningdek, haydovchiga nisbatan shubha bo‘lganda chegara va bojxona organlari boshliqlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning qarori asosida transport vositasi va (yoki) tovar ko‘rikdan o‘tkaziladi.
O‘tkazish punktlari hududida avtotransport vositalari va tovarlarni (chegara va bojxona bo‘linmasi) alohida-alohida ko‘zdan kechirish yoki ko‘rikdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
9. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalarining 45-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“boshqa davlatlardan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan o‘tmasdan, boshqa davlatlarning hududida yoki bojxona ombori hududida yoxud shartli chiqarib yuborilgan tovarlar import qiluvchi tomonidan belgilangan omborda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgunga qadar amalga oshiriladi”.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 18-yanvardagi 21-son qarorida:
nomidagi va 1-banddagi “Davlat bojxona qo‘mitasi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandining oltinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Bojxona qo‘mitasi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi va 14-banddagi tegishli kelishikdagi “Davlat bojxona qo‘mitasi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Bojxona qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
nomidagi va 1-banddagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovaning ilova belgisi va nomidagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2,3 va 4-ilovalarning ilova belgisi va matnidagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 5-ilovaning ilova belgisidagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
nomidagi va 1-banddagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“It sotuvga qo‘yilgandan so‘ng nobud bo‘lganda yoki kasal bo‘lib qolganda yoxud tan jarohati olganda sotib oluvchi bilan shartnoma tuzish rad etiladi”;
Nizomga 1-ilovaning ilova belgisidagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2-ilovaning ilova belgisi va matnidagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilova belgisi va matnidagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
matnidagi “Gosudarstvennogo tamojennogo komiteta Respubliki Uzbekistan” so‘zlari “Tamojennogo komiteta pri Ministerstva ekonomiki i finansov Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
nomidagi va 2-banddagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Bojxona qo‘mitasi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi” so‘zlari “Bojxona qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1 va 2-ilovalarning ilova belgisi hamda nomidagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 6-ilovaning nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 790-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi to‘g‘risidagi ustavda:
“Bojxona qo‘mitasining so‘roviga asosan MBLning Jamg‘arma mablag‘lari Bojxona qo‘mitasining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi va Bojxona qo‘mitasi tomonidan qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollar bilan bir qatorda xodimlarga ustamalar to‘lash, bojxona obyektlarini kapital qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga sarflanadi”;
b) 15-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Jismoniy va yuridik shaxslarga hamda xorijiy davlatlarning bojxona xizmati organlariga pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda Markaziy bojxona laboratoriyasini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
MBLning pulli xizmatlari bo‘yicha mavjud debitorlik qarzdorligi yuzasidan mablag‘larni qaytarib berish to‘g‘risida murojaat uch yil muddat ichida taqdim etilmaganda, ushbu pul mablag‘lari bojxona organlari tomonidan o‘n besh ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi.”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 626-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “2025-yil 1-iyulga qadar” so‘zlari “2025-yil 31-dekabrga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘arma)” so‘zlari “bojxona organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 5-banddagi “Davlat bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi” so‘zlari “bojxona organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga tranzit deklaratsiyasini o‘z nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki deklarantning yoxud deklarant bilan shartnoma tuzgan bojxona brokerining shtat birligida bo‘lgan tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis”;
“jo‘natuvchi bojxona organi — qaysi bojxona organi faoliyat ko‘rsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish boshlanadigan bo‘lsa, o‘sha bojxona organi”;
“tovar kelib tushadigan bojxona organi — qaysi bojxona organi faoliyat ko‘rsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish tugallanadigan bo‘lsa, o‘sha bojxona organi”;
“8. Tranzit deklaratsiyasi jo‘natuvchi bojxona organiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda “E-Tranzit” AAT orqali deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etiladi.
Tranzit deklaratsiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan taqdim etilganda, deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan tranzit deklaratsiyasi jamiyatning mas’ul xodimi tomonidan umumlashtiriladi va bitta temir yo‘l transporti tarkibi doirasida bojxona organiga o‘ziga biriktirilgan elektron raqamli imzosi orqali taqdim etiladi.
Bunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining mas’ul xodimiga tranzit deklaratsiyasi tovarga vakolatli shaxs yoki u bilan shartnoma tuzgan bojxona brokeri nomidan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis tomonidan o‘ziga biriktirilgan elektron raqamli imzosi orqali taqdim etilishi mumkin.
Tranzit deklaratsiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati mas’ul xodimiga deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilganda mazkur Nizomning 11-bandida qayd etilgan talablar bo‘yicha tranzit deklaratsiyasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va unga ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi uchun javobgarlik tranzit deklaratsiyasini to‘ldirgan va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati mas’ul xodimiga taqdim etgan deklaratsiyalovchi shaxsda qoladi”;
g) 13-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“v) havo transportida xalqaro tashish chog‘ida:
yuk qaydnomasi;
avia yuk xati;
tijorat hujjatlari;
tovarlarning bojxona chegarasi orqali harakatlanishida taqiqlar va cheklovlarga rioya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar, agar bunday harakatlanish ushbu hujjatlar mavjudligida ruxsat berilgan taqdirda”;
d) 22 va 23-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Axborot tizimida tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi fakti tasdiqlangandan so‘ng bojxona tranziti bojxona rejimi yakunlanadi.
23. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tovarning kuzatuv hujjatlariga bojxona organlari tomonidan belgi qo‘yilishi ko‘zda tutilgan hollarda mazkur Nizomning 21-bandi talablari bajarilgandan so‘ng tashuvchi kuzatuv hujjatlarini tovarlar kelib tushadigan bojxona organiga belgi qo‘yish uchun taqdim etadi.
Kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng tovar kelib tushadigan bojxona organi tegishli belgini qo‘yadi va tashuvchiga qaytarib beradi”;
e) 24-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Vaqtincha saqlash” maqomida turgan tovarlarni belgilangan muddatda boshqa bojxona rejimiga joylashtirishga mas’ul shaxsning ma’lumotlari deklarant yoki uning nomidan ish ko‘ruvchi vakolatli shaxs tomonidan Bojxona qo‘mitasining “Bojxona va yuk operatsiyalari” axborot tizimida tasdiqlanadi”;
j) ilovaning “2-bosqich” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
2-bosqich
Bojxona organi axborot tizimi
Tashuvchi tomonidan tovar va transport vositasi belgilangan manzilga yetkazib berilgandan hamda chegara bojxona postida hisoblangan yig‘imlar to‘langandan so‘ng bojxona organi axborot tizimida tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi hamda yig‘imlar to‘langanligi tasdiqlanadi hamda bojxona tranziti bojxona rejimi yakunlanadi.
Real vaqt rejimida
Tashuvchi
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tovarning kuzatuv hujjatlariga bojxona organlari tomonidan belgi qo‘yilishi ko‘zda tutilgan hollarda mazkur Nizomning 21-bandi talablari bajarilgandan so‘ng tashuvchi tovarlar kelib tushadigan bojxona organiga belgi qo‘yish uchun taqdim etadi.
Ish vaqtida uch soat ichida
Tovarlar kelib tushadigan bojxona organi
Kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng tovar kelib tushadigan bojxona organi tegishli belgini qo‘yadi va tashuvchiga qaytarib beradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-martdagi 114-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2026-y., 09/26/114/0272-son)
15. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yig‘imlari stavkalarida:
a) 1-bandda:
“g” kichik banddagi “bojxona kirim orderini qo‘llash orqali (bir dona order uchun)” so‘zlari “umumiy shakldagi bojxona kirim orderini qo‘llash orqali (bir dona bojxona kirim orderi uchun)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“d” kichik banddagi “xalqaro kuryerlik jo‘natmalari (1 kg (brutto) xalqaro kuryerlik jo‘natmasi uchun)” so‘zlari “xalqaro kuryerlik tashkilotining murojaatiga asosan xalqaro kuryerlik jo‘natmalari (1 kg brutto uchun)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-son qaroriga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1997-yil 7-avgustdagi 392-son qaroriga ilovaning 4 va 12-bandlari.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 16-apreldagi 161-son qaroriga 2-ilovaning 11-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’mol tovarlari olib kelish va sotish masalalari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va ularning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qaroriga 1-ilovaning 1 va 4-bandlari.
6. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 3-ilovaning 9-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 9-martdagi PQ-302-son qarori)” 2006-yil 1-avgustdagi 154-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 4,6 va 15-bandlari.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2007-yil 3-yanvardagi 4-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 2-ilovaning 6 va 16-bandlari.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga ilovaning 5, 12 va 44-bandlari.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida” 2014-yil 14-iyuldagi PQ-2208-son qarori)” 2014-yil 29-avgustdagi 242-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 3,17, 21, 27, 37, 62, 73, 101, 107, 122, 128 va 137-bandlari.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (“Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-son Qonuni)” 2017-yil 1-dekabrdagi 960-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 9-fevraldagi 101-son qarori.
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 8, 11, 24, 29, 51, 52 va 63-bandlari.
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori)” 2018-yil 18-iyuldagi 553-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2018-yil 17-avgustdagi 672-son qarori.
19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida” 2019-yil 10-dekabrdagi O‘RQ-591-son Qonuni)” 2020-yil 16-apreldagi 234-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
20. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 5-avgustdagi 463-son qarorining 7-bandi hamda qarorga 2-ilova.
21. Vazirlar Mahkamasining ““Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi.
22. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 25-fevraldagi 101-son qarori.
23. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 21-dekabrdagi 767-son qarori.
24. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona sohasidagi tartib-taomillar takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 5-sentabrdagi 487-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
25. Vazirlar Mahkamasining “Qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 11-sentabrdagi 562-son qaroriga 5-ilovaning 42-bandi.
26. Vazirlar Mahkamasining “Rasmiy statistika faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida” 2025-yil 6-oktabrdagi 627-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 26.03.2026-y., 09/26/114/0272-son)