1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, xizmat itlarini oʻrgatish va sotish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya sohasida pullik xizmat koʻrsatish sohasidagi faoliyatni huquqiy tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
bojxona organlarida kinologiya xizmatini takomillashtirish, Markazda naslchilik ishlari samaradorligini tubdan oshirish, kinologlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xizmat itlarini tayyorlash hamda ushbu yoʻnalishda kadrlar salohiyatini yuksaltirish, shuningdek, mazkur sohada samarali xalqaro hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha birinchi galdagi ustuvor vazifalarni nazarda tutuvchi 2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Milliy kinologiya markazi faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, itlarni oʻrgatish va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazidagi xizmatga yaroqsiz itlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
2. Belgilansinki, Markaz tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatish Markaz hududida alohida tashkil etiladigan veterinariya klinikasi orqali amalga oshiriladi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-dekabrdagi 1029-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-yanvar,
21-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 21-son qaroriga 1-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Milliy kinologiya markazi faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish
KONSEPSIYASI
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
1. 2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Milliy kinologiya markazi faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
2. Konsepsiyani tayyorlashda chet davlatlarning kinologiya xizmatlari yutuqlari hamda ushbu sohani rivojlantirish boʻyicha ilgʻor tajriba oʻrganib chiqildi.
3. Konsepsiyaning asosiy maqsad va vazifalarida Markaz faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish belgilangan.
2-bob. Milliy kinologiya markazi faoliyatining joriy holati va mavjud kamchiliklar
4. Soʻnggi yillarda Markaz faoliyatini isloh etish, xizmat itlari yordamida samarali bojxona nazoratini amalga oshirish, kontrabanda va bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga qarshi kurashishda xizmat itlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
bugungi kunda xalqaro standartlarni hisobga olgan holda Markazda giyohvandlik vositalarini qidirish, qurol-yarogʻ, oʻq-dori va portlovchi moddalarni qidirish, himoya-qorovul, qidiruv-qutqaruv xizmati, mina qidiruv, iz-qidiruv va terrorizmga qarshi yoʻnalishlarda kinologlarni tayyorlash va xizmat itlarini oʻrgatish tizimli tashkil etilgan;
bojxona postlari orqali valyuta qimmatliklari hamda tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib oʻtilishining oldini olish uchun xizmat itlari oʻrgatib kelinmoqda;
bojxona organlari uchun xizmat sifatlari yuqori boʻlgan hamda zot standart talablariga javob beradigan kuchuk bolalarini yetishtirish, zotdor xizmat itlarini koʻpaytirish borasida Oʻzbekiston Respublikasining kinologiya yoʻnalishidagi jamoat tashkilotlari hamda kinologiya xizmatlari bilan hamkorlik qilish ishlari yoʻlga qoʻyildi;
bojxona postlarida xizmat itlari yordamida oʻtkazilgan bojxona koʻriklari, aniqlangan qonun buzilish holatlari va kinologiya xizmati yoʻnalishida boshqa amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish, ularni real vaqt ichida tahlil qilib borish uchun “Kinologiya xizmati” avtomatlashtirilgan axborot dasturi amaliyotga tatbiq etildi;
bojxona organlari hisobidagi xizmat itlarining hisobini yuritish, roʻyxatga olish, veterinariya tadbirlari oʻtkazilishini nazorat qilish va naslchilik ishlarini yuqori darajada tashkil etish uchun xizmat itlariga mikrochiplar oʻrnatilishi yoʻlga qoʻyildi.
Shunga qaramay, bojxona organlarida Markaz faoliyatini samarali tashkil etishda bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud.
Jumladan:
Markaz mutaxassislari va kinologlarning chet davlatlarda malakasini oshirish ishlari tashkil etilmagan;
tashqi iqtisodiy faoliyat va chegara bojxona postlarida tovar va transport vositalarini bojxona nazoratidan oʻtkazish hamda turli jinoiy usullar yordamida sodir etiladigan huquqbuzarliklarni (giyohvandlik vositalari, portlovchi moddalar, valyuta qimmatliklari, tamaki mahsulotlari) aniqlashda kinologlar va xizmat itlarining samaradorligi past darajada;
Markaz tomonidan veterinariya xizmati koʻrsatish ishlari hamda itlarda uchraydigan turli kasalliklarning barvaqt oldini olish, aniqlash ishlarida tahlil va monitoring olib borish tizimli tashkil etilmagan;
zotdor xizmat itlarini koʻpaytirish, nasl olish ishlari xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasi asosida takomillashtirilmagan;
oʻquv-oʻrgatish texnologiyalari yangilanmagan, sohaga doir ilmiy izlanishlar olib borish, metodik qoʻllanmalar tayyorlash ishlari yetarli darajada emas;
bojxona organlarida xizmat itlarini kunlik oziqlantirish ratsioni boʻyicha (mahsulot turlari, tayyor quruq ozuqa) ajratiladigan kompensatsiya toʻlovlarini toʻgʻri sarf-xarajat qilishning elektron-nazorat mexanizmi ishlab chiqilmagan;
xizmat itlari kasalligini aniqlash, toʻgʻri tashxis qoʻyish, davolash, veterinariya tadbirlarini sifatli olib borish uchun Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati moddiy-texnika bazasi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanmagan.
3-bob. Konsepsiyaning asosiy maqsadi va vazifalari
5. Konsepsiyaning asosiy maqsadi — Markaz faoliyatining respublika hamda xalqaro miqyosdagi obroʻsini oshirish va yuqori darajali muassasaga aylantirish.
Konsepsiyaning asosiy vazifalari — Markazning oʻquv jarayoni samaradorligini oshirish, xizmat itlari bilan mashq oʻtkazishning ilgʻor usullarini amaliyotga keng tatbiq etish, faoliyatga zamonaviy axborot tizimlarini keng joriy etish, zotdor itlarni koʻpaytirish, veterinariya xizmatini yuqori darajada koʻrsatish, kinologiya sohasida xalqaro aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish.
6. 2021 — 2023-yillarda Markaz faoliyatini takomillashtirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlar quyidagilardan iborat:
bojxona organlarida kinologiya xizmatini tubdan takomillashtirish;
kinologiya xizmatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
Markazda naslchilik ishlarini samarali olib borish hamda xizmat itlarini oʻrgatishning yangi usullarini joriy etish;
ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati faoliyatini takomillashtirish;
kinologlar va xizmat itlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va bu borada kadrlar salohiyatini yuksaltirish;
kinologiya va veterinariya xizmatlari boʻyicha oʻzaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
1-§. Bojxona organlarida kinologiya xizmatini tubdan takomillashtirish
7. Bojxona organlarida kinologiya xizmatini tubdan takomillashtirish borasida amalga oshiriladigan tadbirlar:
bojxona organlarida xizmat olib borayotgan kinologlarning faoliyatini tahlil qilish, amaliyotda uchrayotgan muammolarni oʻrganish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish;
bojxona organlari kinologlarning tajribasi, bilimi, kasbga sadoqati, xizmat faoliyatida erishgan yutuqlari, xizmat va ijro intizomiga rioya etish kabi xislatlarini eʼtiborga olgan holda kinologiya xizmatini sifatli tashkil etish maqsadida xodimlarni ragʻbatlantirish va xizmat itiga boʻlgan munosabatni kuchaytirish uchun kinologlarga 1, 2, 3-darajali kinolog koʻkrak nishonlarini joriy etish;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar kinologiya xizmati xodimlari oʻrtasida respublika idoralararo “Eng yaxshi kinolog” koʻrik-tanlovi uchun bojxona organlari kinologiya xizmati sohasidagi malakali mutaxassis-kinologlarni saralash hamda ish qobiliyati yuqori boʻlgan xizmat itlarini tayyorlash;
ilgʻor xalqaro tajriba asosida ovchilik, togʻ-choʻl chorvachiligi, oʻsimliklar karantini, oʻrmon xoʻjaligi, qoʻriqlash xizmatlari uchun itlarni tayyorlash;
kinologiya, veterinariya va itchilik yoʻnalishlarida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat tashkilotlari hamda itchilik klublari bilan hamkorlik oʻrnatish;
turdosh muassasalar, respublikadagi ixtisoslashtirilgan ilmiy markaz va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda veterinariya va kinologiya sohasiga doir adabiyotlar, oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish va nashr qilish;
Markazda Oʻzbekiston Respublikasi va chet davlatlar kinologlarini oʻqitish va xizmat itlarini tayyorlashda zamon talablari asosida kinologiya sohasida yangi yoʻnalishlar boʻyicha ishlar olib borish;
xizmat itlari yordamida samarali faoliyatni amalga oshirish maqsadida xizmat itlarini turli yoʻnalishlar boʻyicha tayyorlashda yangi oʻquv-oʻrgatish usullarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish.
2-§. Kinologiya xizmatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
8. Markaz faoliyatining samaradorligini yanada oshirish sohaga zamonaviy va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni taqozo etmoqda.
Shu sababli quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
bojxona xizmati organlari hisobidagi zotdor itlarning kelib chiqishi (shajarasi) boʻyicha tahlil ishlarini olib borish uchun “Kinologiya xizmati” avtomatlashtirilgan axborot tizimida alohida dastur yaratish;
bojxona organlari kinologiya sohasida xizmat itlarini kunlik oziqlantirish ratsioni boʻyicha (mahsulot turlari, tayyor quruq ozuqa) ajratiladigan kompensatsiya toʻlovlarini toʻgʻri sarf-xarajat qilish elektron-nazorat mexanizmini yoʻlga qoʻyish;
kinologlarni oʻqitish va malakasini oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda mashgʻulotlarni tashkil etish boʻyicha oʻquv metodikalarini yangilash;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Bojxona qoʻmitasi) rasmiy veb-saytida “Kinologiya” ruknini tashkil etish va unda fuqarolar va it boqishga qiziquvchilar uchun umumiy ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar va video roliklar bazasini shakllantirish;
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
fuqarolar va it boquvchilarga tavsiyalar berish hamda ularga xizmat koʻrsatish maqsadida onlayn rejimida ishlovchi “Veterinariya xizmati” interaktiv xizmatini yoʻlga qoʻyish.
3-§. Markazda naslchilik ishlarini samarali olib borish hamda xizmat itlarini oʻrgatishning yangi usullarini joriy etish
9. Markazning asosiy vazifasi mavjud mahalliy va xorijiy tajriba asosida turli yoʻnalishlarda xizmat itlarini tayyorlash, naslchilik ishlarining samarali tizimini yaratishdir.
Bunda kuyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xizmat itlari pitomniklari, itchilik klublari, shuningdek, chet davlatlar kinologiya xizmatlari bilan zotdor itlarni ayirboshlash borasidagi faoliyatni kengaytirish;
bojxona organlari va boshqa idoralar kinologiya xizmati uchun zotdor xizmat itlarini koʻpaytirish, nasl olish tizimini kinologiya va naslchilik sohasi rivojlangan davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrgangan holda takomillashtirish;
ilgʻor xalqaro tajriba asosida kinologiya sohasida yangi yoʻnalishlar (CITES) va xizmat itlarini oʻrgatishning yangi usullari boʻyicha ishlar olib borish;
xizmat itlarining qobiliyatini oshirishda ilgʻor oʻqitish va oʻrgatish metodologiyalaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
xalqaro va milliy koʻrgazmalar, musobaqalarda bojxona organlari kinologiya xizmati mutaxassislarining faol ishtirok etishini taʼminlash va yuqori natijalarga erishish hamda Markaz mutaxassislari malakasini oshirish uchun xorijiy davlatlarda maxsus oʻquv kurslarida (eksteryer, xizmat itlarining ishchanlik qobiliyati, musobaqalarga tayyorlash boʻyicha hakamlik qilish) oʻqitish.
4-§. Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmatini takomillashtirish
10. Itlarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, kasalliklarning barvaqt oldini olish, ularni aniqlash va davolashning samarali tizimini yoʻlga qoʻyish hamda Markaz tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni kengaytirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi:
huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirliklar va idoralar hamda tashkilotlar, itchilik klublari, shuningdek, chet davlatlar kinologiya xizmatlari bilan:
itlardagi turli xil kasalliklarni barvaqt aniqlash, veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari boʻyicha;
veterinariya sohasida qoʻshma tadqiqot, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
itlarda uchraydigan turli kasalliklarning doimiy monitoringini olib borish va zamonaviy usullarda davolash boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish;
Markazda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot instituti va laboratoriyalarda amaliyot oʻtashni tashkil etish;
veterinariya tadbirlarini olib borish sifatini yanada oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmatini xalqaro standartlar va talablarga javob beradigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash;
itlarda uchraydigan turli kasalliklarning doimiy monitoringini olib borish va zamonaviy usullarda davolashni joriy qilish;
respublikada veterinariya va kinologiya sohasida chop etiladigan ommabop jurnallarda kinologiya rukni ostida maqolalar chop etish;
respublika va chet davlatlar veterinariya xizmatlari mutaxassislari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Markazda malakali xodimlar tomonidan veterinariya xizmati boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish, adabiyot va qoʻllanmalar yaratishni yoʻlga qoʻyish;
kinologiya va veterinariya xizmati boʻyicha Markazda aholi uchun pulli oʻquv kurslarini tashkil etish;
bojxona organlari xizmatida foydalanilmaydigan it zotlarini (Oʻrta Osiyo va Kavkaz ovcharkasi, Sibir xaskisi, Akita-inu va boshqa) Markazda koʻpaytirish va aholiga sotish ishlarini tashkil etish.
5-§. Kinologlar va xizmat itlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning salohiyatini kuchaytirish
11. Markaz faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishda hamda keng islohotlarni amalga oshirishda, avvalo, malakali, tajribali va tashabbuskor kadrlarning roli kattadir.
Shu sababli, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi:
oʻquv-metodik bazani xalqaro standartlar asosida takomillashtirish;
kadrlarni tanlab olish, tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning salohiyatini yanada yuksaltirish mexanizmini tubdan oʻzgartirish;
bojxona chegarasi orqali kontrabanda ashyolari, tovar-moddiy boyliklar olib oʻtilishini hamda bojxona nazoratida yangi huquqbuzarlik obyektini aniqlash boʻyicha kinologlarning bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish;
xizmat itlari bilan verbal usullar asosida oʻtkazilayotgan oʻquv-amaliy mashgʻulotlar jarayoni boʻyicha tayyorlanadigan videolavhalarni bojxona organlari masofaviy taʼlim tizimiga joylashtirish;
xorijiy davlatlarning bojxona organlari kinologiya xizmati faoliyatini oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish;
turdosh muassasalar, respublikadagi ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlari va oliy taʼlim muassasalari yurtlari bilan hamkorlikda veterinariya va kinologiya sohasiga doir adabiyotlar, oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish va nashr etish;
Markaz instruktorlarining xorijiy davlatlarda malakasini oshirish;
bojxona organlari masofaviy taʼlim tizimi orqali kinolog-mutaxassislarning nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda kasbiy tayyorgarligini oshirish;
kinologiya sohasidagi ilmiy ishlanmalar natijalarini oʻquv jarayoni va bojxona organlari kinologiya xizmati faoliyatiga tatbiq etish;
oʻquv jarayoniga oliy taʼlim muassasalari, Bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti mutaxassislarini jalb etgan holda oʻqitish va oʻrgatish jarayonlari tubdan takomillashtirish;
(11-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
bojxona organlarida kinologiya xizmati faoliyati natijadorligini (kasbiy taʼlim tizimi hamda oʻquv-oʻrgatish metodologiyasi) baholash mezonlarini ishlab chiqish;
yoshlarda kinologiya sohasiga qiziqish uygʻotish, Vatanga xizmat qilishdek sharafli kasb egasi boʻlishdek vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish maqsadida Markazda kinologiya xizmati tarixi muzeyini tashkil etish.
6-§. Kinologiya va veterinariya xizmatlari boʻyicha oʻzaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
12. Xalqaro tashkilotlar va chet davlatlarning kinologiya xizmatlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro maydonda kinologiya faoliyati sohasida respublikaning barqaror oʻrnini mustahkamlash maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
respublika va xorijiy turdosh muassasalarning ilgʻor tajribasini oʻrganish hamda amaliyotga tatbiq etish;
chet davlatlar va Jahon bojxona tashkilotining mintaqaviy kinologiya markazlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish.
Bunda:
ilgʻor va yetakchi xorijiy davlatlarning kinologiya sohasidagi nazariy va ilmiy yoʻnalishdagi tajribasini oʻrganish va shu asosda oʻquv dasturlarini takomillashtirish;
Jahon bojxona tashkiloti ekspertlarini jalb etgan holda Markazda xalqaro oʻquv-amaliy seminar treninglar tashkil etish;
xorijiy mutaxassislarni amaldagi qonun hujjatlari asosida oʻquv-oʻrgatish jarayoniga jalb etish;
oʻquv qoʻllanmalari va amaliy qoʻllanmalarni ishlab chiqish va nashr etish, shuningdek, kinologiya sohasidagi xorijiy oʻquv materiallarini oʻzbek tiliga tarjima qilish;
Jahon bojxona tashkilotining bosma va elektron nashrlarida Markaz faoliyatini keng yoritish;
xorijiy grantlar asosida zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar va zotdor xizmat itlarini sotib olish.
4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
13. Mazkur Konsepsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi koʻrsatkichlarga erishish nazarda tutilmoqda:
bojxona chegarasi orqali kontrabanda ashyolari, tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib oʻtishning oldini olish boʻyicha kinologlarning maxsus bilimlari oshishiga erishiladi;
Markaz faoliyatiga raqamli texnologiyalar va axborot tizimlarini keng joriy etish orqali yangi axborot tizimlari va interaktiv xizmatlar ishlab chiqiladi;
Markaz tomonidan kinologiya va veterinariya xizmatlari boʻyicha vazirliklar va idoralarga hamda aholiga va it boqishga qiziquvchilarga pulli xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi;
kinologiya, veterinariya va itchilik yoʻnalishlarida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa tashkilotlar hamda itchilik klublari bilan yaqindan amaliy hamkorlik oʻrnatiladi;
Markazning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, zamon talabi asosida kinologiya sohasida yangi yoʻnalishlar boʻyicha ishlar olib boriladi;
oʻquv-metodik bazani xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, yangi texnologiyalar, metodikalar, respublika va xorijiy turdosh muassasalarning ilgʻor tajribasini amaliyotga tatbiq etish yoʻlga qoʻyiladi;
turdosh muassasalar, respublikadagi ixtisoslashtirilgan ilmiy markaz va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda veterinariya va kinologiya sohasiga doir yangi adabiyotlar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar ishlab chiqiladi;
xalqaro maydonda Markazning nufuzini yanada oshirish boʻyicha zarur barcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
13. Mazkur Konsepsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi koʻrsatkichlarga erishish nazarda tutilmoqda:
bojxona chegarasi orqali kontrabanda ashyolari, tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib oʻtishning oldini olish boʻyicha kinologlarning maxsus bilimlari oshishiga erishiladi;
Markaz faoliyatiga raqamli texnologiyalar va axborot tizimlarini keng joriy etish orqali yangi axborot tizimlari va interaktiv xizmatlar ishlab chiqiladi;
Markaz tomonidan kinologiya va veterinariya xizmatlari boʻyicha vazirliklar va idoralarga hamda aholiga va it boqishga qiziquvchilarga pulli xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi;
kinologiya, veterinariya va itchilik yoʻnalishlarida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa tashkilotlar hamda itchilik klublari bilan yaqindan amaliy hamkorlik oʻrnatiladi;
Markazning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, zamon talabi asosida kinologiya sohasida yangi yoʻnalishlar boʻyicha ishlar olib boriladi;
oʻquv-metodik bazani xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, yangi texnologiyalar, metodikalar, respublika va xorijiy turdosh muassasalarning ilgʻor tajribasini amaliyotga tatbiq etish yoʻlga qoʻyiladi;
turdosh muassasalar, respublikadagi ixtisoslashtirilgan ilmiy markaz va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda veterinariya va kinologiya sohasiga doir yangi adabiyotlar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar ishlab chiqiladi;
xalqaro maydonda Markazning nufuzini yanada oshirish boʻyicha zarur barcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
5-bob. Konsepsiyani amalga oshirish ustidan monitoring olib borish
14. Konsepsiyani amalga oshirish ustidan tizimli monitoring olib borish, umumiy muvofiqlashtirish, kinologiya faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni tezkorlik bilan koʻrib chiqish va hal etish Bojxona qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 21-son qaroriga 2-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Milliy kinologiya markazi faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
I. Bojxona organlarida kinologiya xizmatini tubdan takomillashtirish
1.
Bojxona organlari kinologlarining tajribasi, bilimi, kasbga sadoqati, xizmat faoliyatida erishgan yutuqlari, xizmat va ijro intizomiga rioya etish kabi xislatlarini eʼtiborga olgan kinologiya xizmatini sifatli tashkil etish maqsadida xodimlarni ragʻbatlantirish va xizmat itiga boʻlgan munosabatni kuchaytirish uchun kinologlarga 1, 2, 3-darajali kinolog koʻkrak nishonlarini joriy etish.
Idoraviy hujjat
2021-yil 1-dekabr
Bojxona qoʻmitasi
2.
Kinologiya, veterinariya va itchilik yoʻnalishlarida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat tashkilotlari hamda itchilik klublari bilan hamkorlik oʻrnatish.
Memorandumlar
2021-yil davomida
Bojxona qoʻmitasi, manfatdor vazirliklar va idoralar
3.
Ilgʻor xalqaro tajriba asosida ovchilik, togʻ-choʻl chorvachiligi, oʻsimliklar karantini, oʻrmon xoʻjaligi, qoʻriqlash xizmatlari uchun itlarni tayyorlash.
Buyurtma asosida
Doimo
Bojxona qoʻmitasi
4.
Bojxona organlarida xizmat qilayotgan kinologlarning faoliyatini tahlil qilish, amaliyotda uchrayotgan muammolarni oʻrganish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish.
Alohida tasdiqlangan reja asosida
Doimo
Bojxona qoʻmitasi
5.
Turdosh muassasalar, respublikadagi ixtisoslashtirilgan ilmiy markaz va oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlikda veterinariya va kinologiya sohasiga doir adabiyotlar, oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish va chop ettirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-yil davomida
Bojxona qoʻmitasi, Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
6.
Xizmat itlari yordamida samarali faoliyatni amalga oshirish maqsadida xizmat itlarini turli yoʻnalishlar boʻyicha tayyorlashda yangi oʻquv-oʻrgatish uslublarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021 — 2023-yillar
Bojxona qoʻmitasi
II. Kinologiya xizmatiga zamonaviy va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
7.
Bojxona xizmati organlari hisobidagi zotdor itlarning kelib chiqishi (shajarasi) boʻyicha tahliliy ishlarni olib borish uchun “Kinologiya xizmati” avtomatlashtirilgan axborot tizimida alohida dastur yaratish.
Texnik-topshiriqni ishlab chiqish
2022-yil 1-yanvar
Bojxona qoʻmitasi
8.
Bojxona organlarining kinologiya sohasida xizmat itlarini kunlik oziqlantirish ratsioni boʻyicha (mahsulot turlari, tayyor quruq ozuqa) ajratiladigan kompensatsiya toʻlovlarini toʻgʻri sarf-xarajat qilish elektron-nazorat mexanizmini joriy etish.
Ichki idoraviy hujjat
2022-yil 1-fevral
Bojxona qoʻmitasi
9.
Kinologlarni oʻqitish va malakasini oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda mashgʻulotlarni tashkil etishda oʻquv metodikalarini yangilab borish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021 — 2023-yillar
Bojxona qoʻmitasi
10.
DBQ veb-saytida “Kinologiya” ruknini tashkil etish va unda fuqarolar va it boqishga qiziquvchilar uchun umumiy ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar va video roliklar bazasini shakllantirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimo
Bojxona qoʻmitasi
11.
Fuqarolar va itboquvchilarga tavsiyalar berish hamda ularga xizmat koʻrsatish maqsadida onlayn rejimida ishlovchi “Veterinariya xizmati” interaktiv xizmatini yoʻlga qoʻyish.
Ichki idoraviy hujjat
2021-yil 1-oktabr
Bojxona qoʻmitasi
III. Markazda naslchilik ishlarini samarali olib borish hamda xizmat itlarini oʻrgatishning yangi usullarini joriy etish
12.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xizmat itlari pitomniklari, itchilik klublari, shuningdek, xorijiy davlatlar kinologiya xizmatlari bilan zotdor itlarni ayirboshlash borasidagi faoliyatni kengaytirish.
Hamkorlik memorandumlari asosida
2021 — 2023-yillar
Bojxona qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
13.
Bojxona organlari va boshqa idoralarning kinologiya xizmati uchun zotdor xizmat itlarini koʻpaytirish, nasl olish tizimini kinologiya va naslchilik sohasi rivojlangan davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrgangan holda takomillashtirish.
Hamkorlik memorandumlari asosida
2021 — 2023-yillar
Bojxona qoʻmitasi
14.
Ilgʻor xalqaro tajriba asosida kinologiya sohasida yangi yoʻnalishlar (CITES) va xizmat itlarini oʻrgatishning yangi usullari boʻyicha ishlar olib borish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021 — 2023-yillar
Bojxona qoʻmitasi
15.
Xizmat itlarining qobiliyatini oshirishda ilgʻor oʻqitish va oʻrgatish metodologiyalardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021 — 2023-yillar
Bojxona qoʻmitasi
16.
Xalqaro va milliy koʻrgazmalar, musobaqalarda bojxona organlari kinologiya xizmati mutaxassislarining faol ishtirok etishini taʼminlash va yuqori natijalarga erishish hamda Markaz mutaxassislari malakasini oshirish uchun xorijiy davlatlarda maxsus oʻquv kurslarida (eksteryer, xizmat itlarining ishchanlik qobiliyati, musobaqalarga tayyorlash boʻyicha hakamlik qilish) oʻqitish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-2022-yillar
Bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi
IV. Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmatini takomillashtirish
17.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirliklar va idoralar hamda tashkilotlar, itchilik klublari, shuningdek, xorijiy davlatlar kinologiya xizmatlari bilan:
itlardagi turli xil kasalliklarni barvaqt aniqlash, veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari boʻyicha;
veterinariya sohasida qoʻshma tadqiqot, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
itlarda uchraydigan turli kasalliklarning doimiy monitoringini olib borish va zamonaviy usullarda davolash boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish ishlarini yoʻlga qoʻyish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-2022-yillar
Bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar
18.
Markazda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot instituti va laboratoriyalarda amaliyot oʻtashi.
Hamkorlik memorandumlari asosida
2021-yil davomida
Bojxona qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
19.
Veterinariya tadbirlarini olib borish sifatini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmatini xalqaro standartlar talablariga javob beradigan zamonaviy asbob-uskunalar xarid qilish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-2022-yillar
Bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi
20.
Itlarda uchraydigan turli kasalliklarning doimiy monitoringini olib borish va zamonaviy usullarda davolashni joriy qilish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimo
Bojxona qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
21.
Respublikada veterinariya va kinologiya sohasida chop etiladigan ommabop jurnallarda kinologiya rukni ostida maqolalar chop etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimo
Bojxona qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
22.
Respublika va xorijiy davlatlarning veterinariya xizmatlari mutaxassislari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va sohada erishilayotgan yutuqlar va tajribani oʻrganib borish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-yil davomida
Bojxona qoʻmitasi
23.
Markazda malakali xodimlar tomonidan veterinariya xizmati boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish, adabiyot va qoʻllanmalarni ishlab chiqish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-yil davomida
Bojxona qoʻmitasi, Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
24.
Markazda bojxona organlari xizmatida foydalanilmaydigan it zotlarini (Oʻrta Osiyo va Kavkaz ovcharkasi, Sibir xaskisi, Akita-inu va boshqa) koʻpaytirish va aholiga sotish ishlarini tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021 — 2023-yillar
Bojxona qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
V. Kinologlar va xizmat itlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va bu borada kadrlar salohiyatini yuksaltirish
25.
Oʻquv-metodik bazani xalqaro standartlar asosida takomillashtirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-2022-yillar
Bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar
26.
Kadrlarni tanlab olish, tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va kadrlar salohiyatini yanada yuksaltirish mexanizmini tubdan oʻzgartirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-2022-yillar
Bojxona qoʻmitasi
27.
Bojxona chegarasi orqali kontrabanda ashyolari, tovar-moddiy boyliklar hamda bojxona nazoratida yangi huquqbuzarlik obyektini aniqlash boʻyicha kinologlarning bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimo
Bojxona qoʻmitasi
28.
Xizmat itlari bilan verbal usullar asosida oʻtkazilayotgan oʻquv-amaliy mashgʻulotlar jarayoni boʻyicha tayyorlanadigan videolavhalarni bojxona organlari masofaviy taʼlim tizimga joylashtirib borish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimo
Bojxona qoʻmitasi
29.
Markaz instruktorlarining xorijiy davlatlarda malakasini oshirish, xorijiy davlatlarning bojxona organlari kinologiya xizmati faoliyatini oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-2022-yillar
Bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi
30.
Turdosh muassasalar, respublikadagi ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlari va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda veterinariya va kinologiya sohasiga doir adabiyotlar, oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish va nashr etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-2022-yillar
Bojxona qoʻmitasi
31.
Bojxona organlari masofaviy taʼlim tizimi orqali kinolog-mutaxassislarning nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda kasbiy tayyorgarligini oshirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimo
Bojxona qoʻmitasi
32.
Kinologiya sohasidagi ilmiy ishlanmalar natijalarini oʻquv jarayoni va bojxona organlari kinologiya xizmati faoliyatiga tatbiq etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-2022-yillar
Bojxona qoʻmitasi
33.
Oʻquv jarayoniga oliy taʼlim muassasalari, Bojxona instituti mutaxassislarini jalb etgan holda oʻqitish va oʻrgatish jarayonlarini tubdan takomillashtirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-2022-yillar
Bojxona qoʻmitasi
34.
Bojxona organlarida kinologiya xizmati faoliyati natijadorligini (kasbiy taʼlim tizimi hamda oʻquv-oʻrgatish metodologiyasi) baholash mezonlarini ishlab chiqish.
Ichki idoraviy hujjat
2022-yil 1-yanvar
Bojxona qoʻmitasi
35.
Yoshlarda kinologiya sohasiga qiziqish uygʻotish, Vatanga xizmat qilishdek sharafli kasb egasi boʻlishdek vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish maqsadida Markazda kinologiya xizmati tarixi muzeyini tashkil etish.
Ichki idoraviy hujjat
2022-yil 1-mart
Bojxona qoʻmitasi
VI. Kinologiya va veterinariya xizmatlari boʻyicha oʻzaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
36.
Xorijiy davlatlar hamda Jahon bojxona tashkilotining mintaqaviy kinologiya markazlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish.
Bunda:
oʻquv qoʻllanmalari va amaliy qoʻllanmalarni ishlab chiqish va nashr etish, shuningdek, kinologiya sohasidagi xorijiy oʻquv materiallarini oʻzbek tiliga tarjima qilish;
Jahon bojxona tashkilotining bosma va elektron nashrlarida Markaz faoliyatini keng yoritish;
Jahon bojxona tashkiloti mintaqaviy kinologiya markazlaridan ekspertlarni jalb etgan holda Markazda xalqaro oʻquv-amaliy seminar treninglar tashkil etish;
xorijiy grantlar asosida zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar va zotdor xizmat itlarini sotib olish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021 — 2023-yillar
Bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirliklar va idoralar
37.
Respublika va xorijiy turdosh muassasalarning ilgʻor tajribasini oʻrganish hamda amaliyotga tatbiq etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-2022-yillar
Bojxona qoʻmitasi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 21-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, itlarni oʻrgatish va sotish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(3-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida (keyingi oʻrinlarda — Markaz) kinologlarni tayyorlash, itlarni oʻrgatish va sotish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
buyurtmachi — Markazga kinologlarni tayyorlash, xizmat itlarini oʻrgatish va itlarni sotib olish uchun buyurtma bergan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirlik va idoralar, chet davlatlarning kinologiya xizmatlari, shuningdek, itlarni oʻrgatish uchun buyurtma bergan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari;
umumiy mashq kursi — itni boshqarish, yoʻnaltirish va biror holatni qabul qilishi uchun zarur boʻlgan umumiy boʻysunish koʻnikmalarini hosil qilish kursi;
test-sinov — itning oʻquv-oʻrgatuv kurslariga moyilligini aniqlash uchun apportirovka (buyumlarni olib kelish), qidiruv reaksiyasini yaqqol namoyon qilishi, egasiga yaxshi munosabatda boʻlishi va unga boʻysunishi, harakatchanligi (toʻsiqlarni yengib oʻtishda), hid bilishi rivojlanganligi, oʻziga nisbatan tahdidli harakatlarga jahldorlikni yuzaga chiqarishi, otilgan oʻq ovozi va boshqa kuchli qoʻzgʻatuvchilarga nisbatan xotirjam munosabatda boʻlishi kabi koʻrsatgichlar boʻyicha itning ish qobiliyatini tekshirish;
xizmat iti — Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari yoki chet davlatlarning kinologiya xizmatlariga tegishli boʻlgan, maxsus identifikatsiya belgisiga ega, umumiy va maxsus yoʻnalishlar boʻyicha tayyorlangan it;
oʻquv-oʻrgatuv kursi — Markazda kinologlarni va xizmat itlarini giyohvandlik vositalari, tamaki mahsulotlari, qurol-yarogʻ, oʻq-dori, portlovchi moddalar, valyuta qimmatliklarini qidirib topish, shuningdek, qidiruv-qutqaruv, himoya-qorovul, iz-qidiruv xizmati, terrorizmga qarshi kurashish va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha toʻrt oygacha tayyorlash kursi.
2-bob. Markazda buyurtmachilarning itlari, kinologlarini va ularga tegishli xizmat itlarini qabul qilish
3. Buyurtmachi kinologlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularga tegishli xizmat itlarini oʻrgatish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari tomonidan itlarni umumiy mashq kursi koʻnikmalari, himoya-qorovul xizmati talablari boʻyicha tayyorlash yuzasidan Markazga erkin shakldagi buyurtmanoma (ariza, xat, iltimosnoma, soʻrovnoma) bilan murojaat qiladi.
Buyurtmanomada buyurtmachi haqidagi maʼlumotlar, oʻquv kurslarining yoʻnalishi, it zoti, kinologlar va itlar soni koʻrsatiladi.
4. Buyurtmanoma Markazga berilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida:
Markaz bilan buyurtmachi oʻrtasida shartnoma tuziladi;
kinologlar xizmat itlari bilan birga yuborilayotganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining itlarini qabul qilishda buyurtmachiga itni Markazning ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmatida dastlabki klinik koʻrikdan oʻtkazish uchun olib kelish sanasi maʼlum qilinadi.
5. Oʻquv kurslariga klinik sogʻlom, sakkiz oydan oshgan mazkur Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan it zotlari Markaz mutaxassislaridan iborat tarkibdagi komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) xulosasi asosida qabul qilinadi.
Agar buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan it ushbu Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan it zotlari toifasiga kirmagan taqdirda, komissiya tomonidan qoʻshimcha test sinovi va oʻrganish oʻtkazilgandan soʻng ularning ijobiy xulosasi asosida oʻquv kurslari yoʻnalishiga loyiq deb topilishi va istisno tariqasida qabul qilinishi mumkin.
6. Buyurtmachi tomonidan olib kelingan it pasporti va boshqa hudud (viloyat, tuman (shahar)dan olib kelinsa, qonun hujjatlari talablari asosida yuqumli kasalliklar yoʻqligi haqidagi maʼlumotnomalar taqdim etiladi. Mazkur hujjatda quturish, oʻlat va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlash, gijjasizlantirish tadbirlari oʻz vaqtida oʻtkazilganligi boʻyicha maʼlumot koʻrsatilishi lozim.
Emlash tadbirlari buyurtmachi tomonidan itni Markazga olib kelishdan kamida yigirma bir kun oldin yoki oʻn bir oydan oshmagan holda amalga oshirilgan boʻlishi shart.
7. Buyurtmachining iti Markazning ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmatida dastlabki klinik koʻrikdan oʻtkaziladi va natijasi boʻyicha mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda veterinariya xulosasi tuziladi.
Veterinariya xulosasiga koʻra:
it sogʻlom deb topilsa, buyurtmachi bilan Markaz oʻrtasida shartnoma tuziladi va it qabul qilinadi;
it nosogʻlom deb topilsa, u Markaz tomonidan qabul qilinmaydi.
8. Markazga qabul qilingan itlar oʻttiz kun davomida dastlabki veterinariya va karantin nazoratida saqlanadi.
9. Buyurtmanoma asosida qabul qilingan itning tegishli oʻquv yoʻnalishiga layoqatliligini aniqlash uchun dastlabki veterinariya va karantin nazorati yakuni boʻyicha itning tegishli oʻquv yoʻnalishiga layoqatliligi test sinovidan oʻtkaziladi.
Test sinovi natijasi boʻyicha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq itni qabul qilish yoki rad etish (chetlashtirish) toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
10. Qabul qilish paytida itda yuqumli kasalliklar yashirin (inkubatsion) davrida boʻlib, karantin yoki keyingi davrda yuqumli kasallik belgilari yuzaga chiqqanda Markazning ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati tomonidan xulosa tuziladi va shunga asosan it buyurtmachiga qaytariladi.
11. Oʻquv kurslariga qabul qilinmagan yoki undan chetlashtirilgan itlar uchun toʻlangan mablagʻlar Markaz tomonidan sarflangan ozuqa va dori-darmon xarajatlari chegirilgan holda buyurtmachiga qaytariladi.
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda boshqa vazirliklar va idoralar, shuningdek, chet davlatlar kinologiya xizmatlari buyurtmanomalari boʻyicha kinologlarni tayyorlash hamda ularga tegishli xizmat itlarini oʻrgatish
12. Oʻquv-oʻrgatish kurslarida kinologlar xizmat itlari bilan birga oʻrgatiladi.
13. Giyohvandlik vositalari, qurol-yarogʻ, oʻq-dori va portlovchi moddalar, mina qidiruv, iz-qidiruv, terrorizmga qarshi kurashish, qidiruv-qutqaruv xizmati yoʻnalishlarida Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining hamda chet davlatlar kinologiya xizmatlarining kinologlari oʻrgatiladi.
14. Kinologni tayyorlash, shuningdek, ularga tegishli xizmat itlarini oʻrgatish boʻyicha Markaz bilan buyurtmachi (chet davlatlarning kinologiya xizmatlari bundan mustasno) oʻrtasida shartnoma tuziladi.
15. Chet davlatlarning kinologiya xizmatlari buyurtmanomalari asosida ikki yoxud koʻp tomonlama tashqi savdo shartnomasi tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida kinologlarni tayyorlash, shuningdek, ularga tegishli xizmat itlarini oʻrgatish boʻyicha kelishuvlar nazarda tutilgan boʻlsa, Markaz tomonidan alohida shartnoma tuzilmaydi.
16. Markaz tomonidan buyurtmanomalar asosida kinologlarni tayyorlash, shuningdek, ularga tegishli itlarni oʻrgatish uchun toʻlovlar mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan kalkulyatsiya asosida belgilanadi va undiriladi.
17. Chet davlatlarning kinologiya xizmatlari buyurtmalari asosida kinologlarni tayyorlash va xizmat itlarini oʻrgatish uchun toʻlovlar mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan kalkulyatsiyaning ikki baravari miqdorida belgilanadi.
18. Oʻquv-oʻrgatish kursi yakuni boʻyicha kinologlar buyurtmachining vakili ishtirokida sinovdan oʻtkaziladi va sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan kinologlarga sertifikat beriladi.
Oʻquv-oʻrgatish kursi yakuni boʻyicha oʻtkazilgan sinovda qoniqarsiz baho olgan kinologlarga bir marta qayta sinov topshirish imkoniyati beriladi.
19. Kinolog yakuniy sinovdan oʻtmagan taqdirda, buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida toʻlangan toʻlovlar qaytarilmaydi.
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining itlarini umumiy mashq hamda himoya-qorovul xizmati kurslari boʻyicha oʻrgatish
20. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining itlarini umumiy mashq hamda himoya-qorovul xizmati kurslari boʻyicha tayyorlash uchun ular ushbu Nizomning 4 — 11-bandlari talablari asosida qabul qilinadi va shartnoma tuziladi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining itlarini umumiy mashq hamda himoya-qorovul xizmati kurslari boʻyicha oʻrgatish uchun toʻlovlar mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq belgilanadi va undiriladi.
22. Oʻrgatish kurslari yakuni boʻyicha buyurtmachi itning koʻnikmalarini tekshirib, uni dalolatnoma asosida qabul qilib oladi.
Qabul qilish-topshirish jarayoni video tasvirga olinib, bir yil davomida Markazda saqlanadi.
23. Itni belgilangan kurslar boʻyicha oʻrgatib, egasiga muvaffaqiyatli topshirgan xodim Markazning rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan qoʻshimcha ragʻbatlantiriladi.
24. Mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilganidan boshqa hollarda itni oʻrgatish jarayonida it shikastlansa yoki nobud boʻlsa, yetkazilgan zarar Markaz tomonidan qoplanadi.
Markaz tomonidan qoplangan xarajatlar, mazkur holatga aniqlik kiritilib, aybdor deb topilgan shaxsdan regress tartibida undiriladi.
25. Itni oʻrgatish boʻyicha shartnoma tuzilgandan keyin bazaviy hisoblash miqdori oʻzgarganda, yangi tarif boʻyicha qayta hisob-kitob qilinmaydi hamda qoʻshimcha toʻlovlar undirilmaydi.
5-bob. Markaz tomonidan xizmat itlarini sotish
26. Markaz tomonidan xizmat itlarini va kuchukchalarini Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, vazirliklar va idoralarga hamda chet davlatlarning kinologiya xizmatlariga sotish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlariga xizmat itlari sotilmaydi.
27. Chet davlatlar kinologiya xizmatlari buyurtmasiga asosan xizmat itlarini va kuchukchalarini sotish ikki yoki koʻp tomonlama tuziladigan tashqi savdo shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
28. Markaz tomonidan sotiladigan xizmat itlari va kuchukchalari tegishli litsenziyaga ega boʻlgan baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi.
29. Markaz tomonidan sotilayotgan xizmat itlari va kuchukchalariga yuqumli kasalliklarga qarshi veterinariya profilaktika tadbirlari oʻtkaziladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, itlarni oʻrgatish va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida oʻrgatish uchun qabul qilinadigan it zotlari
ROʻYXATI
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, itlarni oʻrgatish va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
_______-sonli veterinariya xulosasi
20__ yil “__” ________
Toshkent sh.
Biz, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati boshligʻi_______________________________, Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmatining masʼul xodimlari___________________, 20__ yil “__” _________ kuni Markazga_______________________________________ _______________________________________________________________ tomonidan
(it egasining F.I.O. va pasport maʼlumotlari, agar yuridik shaxs boʻlsa, uning toʻliq nomi va rahbarining F.I.O. koʻrsatiladi)
____________________________ kursiga qabul qilish uchun ______________ laqabli, ____________ zotiga mansub boʻlgan, ________ yilda tugʻilgan, rangi _________, jinsi ____________ boʻlgan itni veterinariya koʻrigi, klinik va laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazib, quyidagilarni aniqladik:
Yuqoridagilarga asoslanib, itning klinik ahvoli ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati xodimlari tomonidan ______________ deb topildi.
Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati boshligʻi _________
__________________
(imzo)
(F.I.O.)
Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati masʼul xodimlari __________________
__________________
(imzo)
(F.I.O.)
_________
__________________
(imzo)
(F.I.O.)
_________
__________________
(imzo)
(F.I.O.)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, itlarni oʻrgatish va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Itni qabul qilish yoki rad etish (chetlashtirish) toʻgʻrisida DALOLATNOMA
20__ yil “___”_________
Toshkent sh.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida tuzilgan itning tegishli oʻquv yoʻnalishiga layoqatliligini aniqlovchi komissiya
xizmatlarga yaroqliligini aniqlash maqsadida: __________________________________
(it egasining F.I.O. va pasportdagi maʼlumotlar, agar yuridik shaxs boʻlsa, uning toʻliq nomi va rahbarning F.I.O.koʻrsatiladi)
________________da yashovchi _____________________________________________ga
tegishli it ish qobiliyati tekshiruvidan oʻtkazildi.
Komissiya test sinovi natijalariga muvofiq quyidagilarni aniqladi: __________ laqabli, ____________ zotiga mansub boʻlgan, _________ yilda tugʻilgan, rangi ____________, jinsi _________________ boʻlgan it ish qobiliyati _______________________________________________________________ oʻrgatishga
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, itlarni oʻrgatish va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida bir nafar kinolog va unga tegishli xizmat iti uchun oʻqitish xarajatlarining K A L K U L Ya S I Ya S I
Bir bosh xizmat iti uchun oʻtkaziladigan veterinariya tadbirlari
5.
Bino va inshootlarning amortizatsiyasi
6.
Boshqa xarajatlar (maxsus anjomlar, sertifikat va hokazo)
7.
Rentabillik 20 %
Jami
* Kalkulyatsiya shartnoma imzolanayotgan sanadagi narxlar asosida shakllantiriladi.
** Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun hisobga olinmaydi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, itlarni oʻrgatish va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
(5-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti va norezidentlarining itlarini umumiy mashq kursi koʻnikmalari hamda himoya-qorovul xizmati talablari boʻyicha tayyorlash xizmatlarini koʻrsatish uchun tariflar*
(Tarif koeffitsiyenti belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan belgilanadi)
T\r
Xizmat turi
Tariflarni koʻpaytirish koeffitsiyenti
Oʻrta zotli it
Yirik zotli it
1.
Umumiy mashq kursi
10,5
11,6
2.
Himoya-qorovul xizmati
18,2
19,3
* Ushbu tarif koeffitsiyenti Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlari kinologiya xizmatlari itlarini tayyorlashda tatbiq etilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 21-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazidagi xizmatga yaroqsiz itlarni sotish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(4-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazidagi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) xizmatga yaroqsiz itlarni sotish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
2. Itlarning xizmatga yaroqsizligi Markaz rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan Markazdagi itlarning xizmatga yaroqsizligini aniqlovchi komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tomonidan aniqlanadi.
3. Markaz tomonidan xizmatga yaroqsiz itlarni sotish Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Itlarning xizmatga yaroqsizligini aniqlash
4. Komissiya itlarni koʻzdan kechirish va oʻrganish davomida mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan jismoniy kamchiligi, kasalligi va nuqsonlari mavjud boʻlgan itlarni xizmatga yaroqsiz deb topadi.
5. Oʻlat va boshqa yuqumli kasalliklarga chalinganligi oqibatida itlar xizmatga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, komissiya tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi hamda itlar yoʻq qilish uchun tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimiga topshiriladi.
6. Klinik sogʻlom, jismoniy nuqsonsiz, lekin feʼl-atvorida taxminiy-jinsiy va sust-mudofaa reaksiyasining ustunligi hamda asab faoliyati asosiy tipologik xususiyatlarining kamchiliklari oʻta yuqori yoki juda past qoʻzgʻaluvchanligi mavjud boʻlgan itlar komissiya tomonidan xizmatga yaroqsiz deb topiladi hamda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzilib, sotuvga qoʻyiladi.
3-bob. Itlarni baholash va sotish toʻgʻrisida eʼlon berish
7. Markaz tomonidan mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan itlar tegishli litsenziyaga ega boʻlgan baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi.
8. Baholovchi tashkilotlar tomonidan itning baholanganligi boʻyicha hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Markaz ommaviy axborot vositalariga itni sotish boʻyicha eʼlon beradi.
Eʼlonda sotuvga qoʻyilgan itning fotosurati va laqabi, yoshi, zoti, jinsi, narxi, shuningdek, toʻlovlarni amalga oshirish uchun Markazning bank rekvizitlari hamda qoʻshimcha maʼlumotlar uchun telefon raqami, it sotib olish uchun murojaat etishning oxirgi muddati (kun va soat) haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
9. Xizmatga yaroqsiz itni sotib olish yuzasidan yigirma besh ish kuni ichida murojaat tushmasa, it sotilmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda Markaz kinologlariga bepul beriladi.
4-bob. Itlarni sotib olish uchun murojaat qilish va ularni koʻrib chiqish
10. Itni sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan hamda ilova qilgan holda Markazga murojaat qiladilar:
jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi;
yuridik shaxslar uchun — tashkilotning toʻliq nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va joylashgan joyi (pochta manzili);
aloqaga chiqish uchun maʼlumotlar (elektron pochta manzili, telefon (faks) raqami (mavjud boʻlganda);
sotib olmoqchi boʻlgan it toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
toʻlovni qaytarish uchun bank hisobvaragʻi.
11. Markaz tomonidan itni sotib olish boʻyicha tushgan murojaat uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi, murojaatda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi tekshiriladi, sotib oluvchiga itni sotib olish uchun shartnoma tuzish yoki shartnoma tuzishni rad etish toʻgʻrisida rad etish asoslarini aniq koʻrsatgan holda xabar beriladi.
It sotuvga qoʻyilgandan soʻng nobud boʻlganda yoki kasal boʻlib qolganda yoxud tan jarohati olganda sotib oluvchi bilan shartnoma tuzish rad etiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
12. Markaz itni sotib olish toʻgʻrisidagi murojaat asosida sotib oluvchi bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi.
5-bob. Itlarni sotish
13. Ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlar shartnoma asosida naqd yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan sotiladi.
14. Sotib oluvchi shartnoma imzolangunga qadar sotuvga qoʻyilgan itni koʻzdan kechirishi mumkin.
15. Sotib oluvchi xizmatga yaroqsiz deb topilgan itni sotib olish boʻyicha qaroridan qaytgan taqdirda, u Markaz depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilgan pul mablagʻini qaytarib olishi mumkin. Bunda sotib oluvchi pul mablagʻini qaytarib olish toʻgʻrisida Markazga murojaat qiladi.
Toʻlangan pul mablagʻlari tegishli murojaat tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Markaz tomonidan qaytarilishi lozim.
16. Sotilayotgan itlarda Markaz tomonidan barcha yuqumli kasalliklarga qarshi veterinariya profilaktika tadbirlari oʻtkaziladi va ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda “Yosh it kartochkasi” beriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Itlarni sotishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazidagi xizmatga yaroqsiz itlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Xizmat itlari bolalarini oʻstirish va xizmat itlaridan foydalanishni taqiqlovchi jismoniy kamchiliklar, kasalliklar va nuqsonlar
ROʻYXATI
1. Skelet va mushaklarning umumiy jismoniy oʻsishdan toʻxtab qolganligi, nozikligi, kichikligi, juda semizligi yoki ozgʻin (oriq)ligi.
2. Tashqi koʻrinishining (eksteryer) asosiy va yaqqol koʻzga tashlanadigan kamchiliklari:
a) tishlarning emal qatlami butunlay yemirilganligi, jagʻdagi bitta yoki ikkita tishlarning yoʻqligi;
b) ingichka, zaif mushakli boʻyin yoki burmakli, osilib tushgan terili boʻyin;
v) haddan tashqari osilib turgan yoki bukri qomat;
g) sinib turgan yoki bukri (egik), ingichka, yetilmagan mushakli bel;
d) juda qiyshaygan sagʻri;
e) dumaloq, boʻrtma, egri-bugri qovurgʻali, old tomonidan nomutanosib, keng yoki juda tor yoxud kichkina koʻkrak qafasi;
j) osilib qolgan yoki haddan tashqari ichiga botib ketgan qorin;
z) oldingi oyoqlarning tor vaziyati (holati), tashqariga yoki ichkariga qiyshaygan tirsaklar, yaqqol koʻzga tashlanadigan maymoqlik yoki oyoqlarning juda keng qoʻyilishi, orqa oyoqlarning qilichsimon vaziyati, sakrab yurishiga yordam beruvchi boʻgʻinlarning yaqinlashuvi yoki qiyshayganligi, yassi, yoyilgan oyoq panjalari.
3. Harakatning izdan chiqishiga sabab boʻluvchi markaziy asab tizimining (miya va uning pardalari) buzilishi va zararlanishi.
4. Aʼzolarning tuzalmaydigan funksional buzilishini keltirib chiqaruvchi periferik (sirtqi) asab kasalliklari.
5. Yelka va son mushaklarining qurishi (atrofiyasi) oqibatida paydo boʻlgan choʻloqlik. Pay, paychalar va boʻgʻinlarning surunkali yalligʻlanishi.
6. Ogʻir, surunkali kasalliklar, zaharlanishlar oqibatida paydo boʻladigan hazm qilish aʼzolarining uzoq davom etadigan, yaqqol koʻzga tashlanadigan, davolanmaydigan buzilishlari (kasalliklar).
7. Nafas qisish, yoʻtal, xirillash, shilliq pardalarning siapozi kabi aniq tashqi belgilarga ega boʻlgan nafas yoʻllari, oʻpka, oʻpka pardasining surunkali kasalliklari. Burun shilliq pardasi yoki yangi paydo boʻlgan narsalarning oʻzgarishi, aynishi oqibatida nafas olishning buzilishi.
8. Yurak va yirik qon tomirlarining surunkali kasalliklari.
9. Qattiq ogʻriq, oqsoqlik va harakatlarning yoʻqolishi bilan kechadigan mushaklar va boʻgʻinlarning surunkali revmatizmi.
10. Erkin harakatga toʻsqinlik qiluvchi boʻgʻinlar, paylar va yumshoq toʻqimalarning deformatsiyasi (shaklining oʻzgarishi).
11. Yiringlash, teshik oqma yaralarni keltirib chiqaruvchi limfatik bezlarning surunkali shikastlanishi.
12. Harakatlarni cheklab qoʻyuvchi notoʻgʻri bitgan suyaklar.
13. Boʻyinbogʻ va beltasma kiydirishni qiyinlashtiradigan, yoʻqotib boʻlmaydigan oʻsmalar, shishlar yoki surunkali, zoʻrayadigan kasalliklar.
14. Xavfli oʻsmalar, shishlar (saraton-rak).
15. Churraning (dabba) ichak-chovoqlar va qorin bilan tushib ketishi.
16. Erkin harakatlanish imkonini yoʻqqa chiqaruvchi barmoqlar va tirnoqlarning bedavo kasalligi.
17. Eshitish qobiliyatini qisman yoʻqotish bilan kechadigan quloq ichki qismi (labirinti) va pardasi funksiyasini oʻzgartirib yuboradigan quloqning surunkali yiringli yalligʻlanishi.
18. Kuchsiz sezish qobiliyati.
19. Koʻz shish qopchigʻi va shilliq pardasining surunkali yalligʻlanishi, koʻz yoshi oqmayarasi, koʻzdan doimiy ravishda yosh oqishi, koʻrish qobiliyatining qisman yoʻqolishi.
20. Bichilgan (axta qilingan) itlar.
21. Ish qobiliyati butunlay yoʻqolishiga sabab boʻladigan va davolanish uchun sarflanadigan xarajatlarni oqlamaydigan travmatik kasalliklar (yaralar, jarohatlar, urilgan, lat yegan joylar va boshqa) roʻyxatda koʻrsatilmagan kasalliklar).
22. Davolanmaydigan, surunkali parazitar kasalliklar (qirma temiratiki, moy xoʻrak, qoʻtir) tananing asosiy qismiga tarqalgan chilla yara (ekzema).
23. Xizmat itlaridan samarali foydalanishga imkon bermaydigan va yoʻl qoʻymaydigan boshqa jismoniy kamchilik, kasallik va nuqsonlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazidagi xizmatga yaroqsiz itlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
“TASDIQLAYMAN” Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi direktori ____________________________
Xizmat itining yaroqsizligi haqida DALOLATNOMA
20___ yil “___”__________
Toshkent shahri
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazidagi itlarning xizmatga yaroqsizligini aniqlovchi komissiya raisi ______________________ ________________________________________________________________________
(lavozimi, F.I.O.)
va quyidagi aʼzolar _____________________________________________________ dan
(lavozimi, F.I.O.)
iborat komissiya, kinolog ____________________________________ ga biriktirilgan,
(F.I.O.)
“__________________” laqabli, _________________ zotli, _______________ jinsiga mansub, _____________ da tugʻilgan, _______________ rangli xizmat itini tekshiruvdan
(itning kamchiligi yoki kasalliklari koʻrsatib oʻtiladi)
Komissiya xulosasi
“______________” laqabli xizmat iti Xizmat itlari bolalarini oʻstirish va xizmat itlaridan foydalanishni taqiqlovchi jismoniy kamchiliklar, kasalliklar va nuqsonlar roʻyxatining _______-bandiga muvofiq:
belgilangan tartibda yoʻq qilinsin; sotuvga qoʻyilsin.
Komissiya raisi:
Komissiya aʼzolari:
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazidagi xizmatga yaroqsiz itlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 21-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(5-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — isteʼmolchilar) veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari boʻyicha pulli xizmat (keyingi oʻrinlarda — veterinariya xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) veterinariya xizmatlarini koʻrsatishni “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda boshqa qonun hujjatlari talablari asosida tashkil etadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
3. Markaz veterinariya xizmatini koʻrsatishni Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasini belgilangan tartibda xabardor qilganidan soʻng amalga oshiradi.
4. Markaz tomonidan veterinariya xizmatlari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq Markaz hududida alohida tashkil etiladigan veterinariya klinikasi (keyingi oʻrinlarda — klinika) orqali shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli itlarga koʻrsatiladi.
5. Klinika faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
veterinariya xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Bojxona qoʻmitasi) budjetdan tashqari mablagʻlari;
(5-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Klinikada Markazning ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati xodimlari faoliyat koʻrsatadi.
7. Isteʼmolchilardan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan veterinariya xizmatlarini koʻrsatish uchun toʻlov undiriladi.
Isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan veterinariya xizmatlari preyskuranti (narxlari) Bojxona qoʻmitasi tomonidan Moliya vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilanadi.
(7-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
8. Isteʼmolchilarga veterinariya xizmatini koʻrsatish mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Veterinariya xizmatini koʻrsatish tartibi
9. Isteʼmolchilar veterinariya xizmatlaridan foydalanish yuzasidan klinikaga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki “Yagona darcha” bojxona axborot tizim orqali murojaat qiladilar.
10. Murojaat tegishli klinika tomonidan qabul qilinadi, roʻyxatdan oʻtkaziladi va tanlangan veterinariya xizmati yuzasidan tegishli shartnoma tuziladi.
Tuzilgan shartnoma boʻyicha belgilangan toʻlovlar toʻlanganligi haqida isteʼmolchi tomonidan klinikaga yozma yoki elektron tarzda maʼlumot taqdim etiladi.
11. Klinikaga qabul qilishda:
itlar klinik koʻrik va zaruratga koʻra labaratoriya-tashxis tekshiruvlaridan oʻtkaziladi;
itlarni saqlash, parvarishlash, oziqlantirish hamda koʻpaytirish masalalari boʻyicha maslahat va tavsiyalar beriladi;
itlarga isteʼmolchining roziligi asosida kasallik holatining ogʻirlik darajasidan kelib chiqqan holda izolyatorda davolash muolajalari oʻtkaziladi;
xavfsizlik choralarini koʻrgan holda itning sogʻligʻini tiklash boʻyicha belgilangan veterinariya tadbirlari koʻrsatiladi.
12. Veterinariya xizmatlari koʻrsatilayotgan vaqtda isteʼmolchilarning itiga ularning harakatlari (harakatsizligi) bilan bogʻliq boʻlmagan holda zarar yetkazilsa, yetkazilgan zarar Markaz tomonidan qoplanadi.
Bunda isteʼmolchilarning itiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq xarajatlar aybdor shaxsdan regress tartibida undiriladi.
13. Markaz tomonidan itlarni profilaktika qilish, diagnostika va davolashda sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan vosita va usullar qoʻllanilmaydi.
14. Itlar oʻta xavfli yuqumli kasalliklarga chalinganligi boʻyicha shubha mavjud boʻlganda, bu toʻgʻrisida zudlik bilan Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga xabar qilinishi hamda kasallik doirasining kengayib ketmasligi yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlar koʻrilishi lozim.
3-bob. Veterinariya xizmatini koʻrsatishda Markazning huquq va majburiyatlari
15. Markaz veterinariya xizmatini koʻrsatishda quyidagi huquqlarga ega:
“Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlari asosida veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika tadbirlarini amalga oshirish;
itlarning kasalligini aniqlab, tashxis qoʻyish va ularni davolash bilan shugʻullanish;
oʻziga tegishli boʻlgan asbob-uskuna va boshqa jihozlardan foydalanish;
oʻziga tegishli boʻlgan dori vositalaridan foydalanilgan holda veterinariya xizmatlarini koʻrsatish;
shartnomada nazarda tutugan holda Markaz ixtiyorida mavjud boʻlmagan dori vositalari isteʼmolchi tomonidan olib kelinishini talab qilish;
itlarni kasallanishdan saqlash maqsadida emlash tadbirlari oʻtkazish, shuningdek, itlarning egalariga maslahat berish;
xizmat koʻrsatish davomida veterinariya xizmatlari mutaxassislarini jalb etish;
Markazning veterinariya sohasidagi mutaxassislarining Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi, ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalarida malakasini oshirish.
16. Markaz veterinariya xizmatlarini koʻrsatishda:
pulli xizmatdan foydalanish yuzasidan isteʼmolchilar murojaatlarini koʻrib chiqishi;
isteʼmolchilarga sifatli veterinariya xizmatlarini koʻrsatishi;
yuqumli kasallik mavjudligi xususida shubha mavjud boʻlgan taqdirda, bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga zudlik bilan xabar berishi hamda kasallik doirasi kengayib ketmasligi yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrishi;
klinikaning doimiy faoliyat olib borishini taʼminlashi;
xizmat koʻrsatish davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni qoʻshimcha toʻlovlarsiz bartaraf etishi;
isteʼmolchilarni veterinariya xizmatlari roʻyxati va preyskuranti (narxlari) bilan tanishtirishi;
shartnomada belgilab olingan xizmatlardan tashqari zarur boʻlmagan boshqa xizmatlarni taklif etmaslik va ular uchun haq olmasligi;
davolash uchun izolyatorda olib qolingan itlarni Markazga qarashli xizmat itlaridan alohida saqlashi va xavfsizligini taʼminlashi;
isteʼmolchilarga koʻrsatilgan veterinariya xizmatlari boʻyicha maʼlumot taqdim etishi;
veterinariya xizmatini koʻrsatishda faoliyatga aloqador boʻlmagan vaziyatda itning umumiy klinik ahvoli ogʻirlashganda koʻrilgan choralar toʻgʻrisida isteʼmolchilarni oʻz vaqtida xabardor qilishi;
epizootiya paydo boʻlgan taqdirda, davlat veterinariya xizmatining koʻrsatmalariga binoan veterinariya tadbirlarini oʻtkazishi;
nobud boʻlgan it jasadini xulosa asosida isteʼmolchini xabardor qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining tegishli hududiy boʻlinmasiga topshirishi lozim.
4-bob. Veterinariya xizmatidan foydalanishda isteʼmolchilarning huquq va majburiyatlari
17. Isteʼmolchilar quyidagi huquqlarga ega:
Markazga veterinariya xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat qilish;
veterinariya xizmati koʻrsatilishi toʻgʻrisida Markaz bilan shartnoma tuzish;
veterinariya xizmatlarini klinikada olish;
klinikada yaratilgan mavjud sharoitlar bilan tanishish;
koʻrsatilayotgan veterinariya xizmatlari turlari va preyskuranti (narx)lari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish;
itning holati, kasalligi va oʻtkazilgan muolajalar haqida maʼlumot olish;
itning kasallik holatidan kelib chiqib, uni izolyatorda davolashga qoldirish;
taqdim etilgan it nobud boʻlganda, uning jasadini Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining tegishli hududiy tuzilmasidan olib ketish;
belgilangan tartibda shikoyat qilish.
18. Isteʼmolchilar:
klinikaga itni koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etishi;
it oʻtkazgan kasalliklar, emlanganligi haqida hamda salomatligi bilan bogʻliq boshqa zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etishi;
koʻrsatilgan veterinariya xizmatlari uchun preyskurant (narx) boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishi;
izolyatorda davolanayotgan itni saqlash va oziqlantirish xarajatlarini qoplashi;
klinika mutaxassislarining tavsiyalari asosida zoogigiyenik talablarga muvofiq itlarni saqlashi va oziqlantirishi hamda davolash-profilaktika tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirishi;
veterinariya-sanitariya qoidalariga toʻliq rioya etishi shart.
5-bob. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish
19. Veterinariya xizmatlarini koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar toʻliq hajmda Markazni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun belgilangan tartibda sarflanadi.
20. Veterinariya xizmatlarini koʻrsatish bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan boʻlsa, koʻrsatilgan xizmatlardan kelib chiqqan holda toʻlovlar boʻlib-boʻlib toʻlanishi mumkin.
21. Itni davolash jarayonida boshqa kasalliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish va sogʻlomlashtirish xarajatlari qoʻshimcha ravishda isteʼmolchi hisobidan amalga oshiriladi.
22. Isteʼmolchilar tomonidan veterinariya xizmatlari koʻrsatishdan foydalanish rad etilgan taqdirda, xizmat koʻrsatilmagan qismi uchun toʻlangan mablagʻlar qaytarib beriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
23. Veterinariya xizmatlarini koʻrsatishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya diagnostika ishlari boʻyicha pulli xizmatlar
ROʻYXATI
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
T/r
Markaz tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan pulli xizmat turi
Pulli xizmat uchun toʻlov miqdori
1.
Isteʼmolchilarga maslahat berish va retsept yozish
BHMning 10 foizi
2.
Dorivor moddalarni teri ichiga, teri ostiga, mushak ichiga yuborish
BHMning 5 foizi
3.
Kesilgan va yirtilgan jarohatlarni tikish va davolash
BHMning 40 foizi
4.
It tomogʻidan yot narsalarni olish
BHMning 10 foizi
5.
Tugʻishga yordam berish
BHMning 50 foizi
6.
Bachadonga dorivor moddalarni yuborish va huqna qilish
BHMning 10 foizi
7.
Oʻsma va absesslarni olish
BHMning 20 foizi
8.
Jarohatlarga bogʻlama qoʻyish
BHMning 20 foizi
9.
Itning dumini kesish
BHMning 20 foizi
10.
Itning qulogʻini kesish
BHMning 30 foizi
11.
Itning qulogʻini tozalash
BHMning 10 foizi
12.
Singan joyga shina qoʻyish
BHMning 10 foizi
13.
Singan joyni gips qilish
BHMning 20 foizi
14.
Kesarov usulida kesish
BHMning 30 foizi
15.
Boʻgʻozlikka tekshirish
BHMning 20 foizi
16.
Oshqozon boʻlimlarini davolash
BHMning 10 foizi
17.
Ozuqadan zaharlanishni davolash
BHMning 20 foizi
18.
Itlarda modda almashinuvi buzilishi kasalliklarini davolash
BHMning 20 foizi
Laboratoriya tekshirishlari
19.
Mikroskop yordamida tekshiruvlar
BHMning 10 foizi
20.
Qonning bioximik tekshiruvlari
BHMning 10 foizi
21.
Qonning klinik tekshiruvlari
BHMning 10 foizi
Diagnostik tekshiruvlari
22.
Ultra tovush tekshiruvlari (UZI)
BHMning 10 foizi
23.
Rentgent tekshiruvlari
BHMning 20 foizi
24.
Itning fiziologik yetilishini aniqlash
BHMning 10 foizi
Maxsus tadbirlar
25.
Degelmintizatsiya
BHMning 10 foizi
26.
Ektoparazitlarga qarshi ishlov berish
BHMning 10 foizi
27.
Oʻlat va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlash
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari boʻyicha pulli xizmat koʻrsatish
SXEMASI
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Isteʼmolchi
Markazga veterinariya xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat qiladi (“Yagona darcha” bojxona axborot tizim orqali yuboradi).
Zarur boʻlganda
2-bosqich
Milliy kinologiya markazi xodimlari
1. Taqdim etilgan murojaatlarni qabul qiladi va roʻyxatdan oʻtkazadi.
2. Isteʼmolchilarni veterinariya xizmatlari roʻyxati va preyskuranti (narxlari) bilan tanishtiradi.
3. Tanlangan veterinariya xizmatlari boʻyicha isteʼmolchi bilan shartnoma tuzadi.
Murojaat tushganda
3-bosqich
Isteʼmolchi
1. Klinikaga itni koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etadi.
2. Koʻrsatilgan veterinariya xizmatlari uchun preyskurant (narx) boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiradi.
3. Izolyatorda davolanayotgan itni saqlash va oziqlantirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplaydi.
Shartnoma tuzilgandan soʻng
4-bosqich
Markazning ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati xodimlari
1. Isteʼmolchilarga sifatli veterinariya xizmatlarini koʻrsatadi.
2. Yuqumli kasallik borligi xususida shubha mavjud boʻlgan taqdirda, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasini zudlik bilan xabardor qiladi.
3. Koʻrsatilgan veterinariya xizmatlari yuzasidan isteʼmolchilarga maʼlumot taqdim etadi.
Shartnoma tuzilgandan soʻng
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 21-son qaroriga 6-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-dekabrdagi 1029-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(6-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)