O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOBILDA XORIJIY YUK TASHUVCHILARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KIRISHLARI, BO‘LISHLARI, YUK OLIB O‘TISHLARI VA UNDAN CHIQIB KETISHLARI TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Avtotransportda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari va undan chiqishlari, yuk olib o‘tishlari va harakatini tartibga solish, ular tomonidan zarur yig‘imlar, poshlinalar va boshqa to‘lovlar to‘lanishini, yo‘l, maishiy va servis xizmati ko‘rsatish tizimini tashkil etish, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Harakat qilish uchun mo‘ljallangan avtomobil yo‘llari ro‘yxati, harakatning vaqtinchalik yo‘nalish varaqasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish-chiqishda va unda harakat qilishda hamda avtotransport vositalari va yuklarga haydovchilarning zarur hujjatlari ro‘yxati (1, 2 va 4-ilovalar) tasdiqlansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-noyabrdagi 330-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 48-49-son, 536-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1022-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1022/2328-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchi haydovchilarning, yuklarni kuzatib boruvchilar yoki yo‘lovchilar sifatidagi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, chiqishlari, bo‘lishlari va yuk olib o‘tishlari Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son, 2002-yil 21-fevraldagi 62-son va 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarorlariga, shuningdek MDH qatnashchisi bo‘lgan davlatlarning ushbu masalalarni tartibga soluvchi tegishli bitimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-noyabrdagi 330-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 48-49-son, 536-modda)
3. Belgilab qo‘yilsinki, xorijiy shaxslarning (shu jumladan, yuk olib o‘tish) ko‘rsatib o‘tilgan masalalar bo‘yicha xalqaro qoidalarga, Vena Konvensiyasiga (haydovchilik hujjatlari to‘g‘risida), shuningdek, respublikaning amaldagi qonunchiligiga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari va bo‘lishlari xorijiy davlat transport vositasining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq choralar ko‘rilishi uchun hududiy bojxona organlariga yoki ichki ishlar organlariga keltirilishiga sabab bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi respublika hududi orqali o‘tuvchi transport vositalarining hududga kirgan kunidan boshlab 5 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda (katta hajmli va (yoki) og‘ir vaznli avtotransport vositalarining avtomobil yo‘llarida harakatlanishiga maxsus ruxsatnomada boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa) chiqib ketishlarini ta’minlagan holda, ularning yuk olib o‘tishlari ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin, shuningdek, berilgan buyurtmanomalarga muvofiq avtomobil transportida tashiladigan maxsus yuklarni kuzatib borishni amalga oshirsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Hududga kirish hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun stavka va xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit o‘tishi uchun yig‘im qonunchilik bilan belgilanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yig‘imlar milliy valyuta “so‘m”da naqd yoki naqd pulsiz shaklda tijorat banklarida yig‘imlar hisoblangan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha undiriladi. Bunda chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun olingan mablag‘larning 70 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga, 10 foizi bojxona organlarining budjetdan tashqari jamg‘armasiga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/522/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit o‘tishi uchun yig‘imlarning belgilangan tartibda undirilishi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda belgilangan yig‘imlarni undirish mezonlari va talablari Transport vazirligi tomonidan bojxona organlari axborot tizimlariga kiritilgan ma’lumotlarga asosan belgilanadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar:
agar ikki tomonlama bitimlarda o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan yuklarning uchinchi mamlakatlarga (mamlakatlardan) tashilishi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha shartlar kelishilmagan bo‘lsa, xorijiy tashuvchilarga tegishli bo‘lgan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga ular tomonidan vaqtincha olib kelingan avtotransport vositalarida yuk va yo‘lovchilarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar o‘rtasida tashish (kabotaj) taqiqlansin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 901-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/901/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasiga — avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida kirish va chiqishlarini;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/522/0748-son)
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga – xorijiy avtotransportning respublika hududi bo‘ylab harakat qilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika hududiga kirib kelayotgan avtotransport vositalarining texnik holati, yo‘l qo‘yiladigan og‘irlik va gabarit parametrlari ustidan davlat nazorati bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining bojxona organlari axborot tizimlariga kiritilgan mezonlari va talablariga asosan amalga oshiriladi.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
8. O‘zbekiston Respublikasining bojxona ishlari, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi xalqaro konvensiyalarga qo‘shilishiga doir masalalarni o‘rganish, tayyorlash va taklif kiritish uchun 5-ilovaga* muvofiq tarkibda Idoralararo komissiya tuzilsin.
* 5-ilova berilmaydi.
Komissiya bir oy muddatda:
respublikaning xalqaro avtotransport vositalari faoliyati va bojxona ishlari masalalariga daxldor xalqaro konvensiyalar va bitimlarga qo‘shilishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning respublika bo‘yicha oqimini o‘rganish asosida chegaradagi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari majmuilari tashkil etilishi bo‘yicha, ular joylashadigan aniq joylarni, bo‘lajak qurilish ishlari miqdorini va hajmini, buyurtmachilar va mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini belgilagan holda, takliflarni ishlab chiqsin.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (Golishev) Idoralararo komissiyaning takliflari bo‘yicha 1995-yil uchun investitsiya dasturlarini shakllantirishda Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari majmuilari qurilishini nazarda tutsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda)
10. Davlat soliq qo‘mitasi (Gataulin) 1996-yil 1-yanvargacha o‘z mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlari bilan kelishilgan loyihalar bo‘yicha xorijiy avtotransport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan avtomobil trassalari bo‘ylab bojxona majmuilarining qurilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zdehqonchiliksanoatbank”, “O‘zjamg‘armabank”, boshqa vakil qilingan tijorat banklari Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida valyuta almashtirish hamda to‘lovlar va yig‘imlarni qabul qilish punktlarining o‘z filiallarini tashkil etsinlar.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-apreldagi 121-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
13. “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) xorijiy avtomobillarga yonilg‘i quyiladigan shoxobchalarni zarur yonilg‘i bilan ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va chiqishlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan tartibi to‘g‘risida diplomatik kanallar orqali davlatlarning elchixonalari, konsulxonalari va vakolatxonalariga ma’lum qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Xorijiy davlatlar og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, xorijiy mamlakatlarning og‘ir yuk ko‘taruvchi va katta hajmli transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab harakatlanishi uchun yig‘imlar “Litsenziya” axborot tizimi orqali undiriladi va tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli majmuilariga yuklansin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 457-sonli qaroriga muvofiq 16-band deb hisoblangan)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 11-yanvar,
11-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-dekabrdagi 433-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 23-son, 189-modda)
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga
2-ILOVA
YO‘L VARAQASI
MARSHRUTNIY LIST
ROUTE LIST
Haydovchi
‎Voditel____________
‎Driver‎
‎Haydovchilik guvohnomasi
‎Vodit. udostovereniye_______________________
‎Driver's licence‎
Davlatning nomi
‎Strana_________________________________________________________
‎Country‎‎
‎Avtotrasport vositasining Davlat raqami
‎Avtotrasportnoye sredstvo Gos. nomer_________
‎Motor transport‎
Markasi
‎Marka_______________
‎Type‎
Yuk:
‎Gruz:
‎Lading:‎
Nomi
‎Naimenovaniye________
‎Name‎
Vazni
‎Obyem (ves)__________
‎Volume weight‎
‎Tegishli hujjatlar
‎Soprovoditelnie dokumenti_____________________________________
‎Covering documents‎
Qatnov yo‘nalishi________________________________________________
‎Marshrut sledovaniya_____________________________________________‎
‎Movement route___________________________________________________
‎_______________________________________________________________‎
‎To‘xtash va dam olish uchun tavsiya etiladigan mehmonxona, motel va kempinglar, yoqilg‘i quyish shoxobchasi, texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi
‎Rekomenduyemie punkti stoyanok, gostinitsi, moteli i kempingi dlya otdixa, AZS, STO
‎Recommended poins of parking, hotels, motels and camping-sites for resting, filling station, maintence stations____________________________________________
‎_______________________________________________________________
‎Mo‘ljallangan chiqib ketish joyi, kuni va vaqti
‎Predpolagayemiy punkt, data i vremya viezda_________________________
‎Plece date and time of exit___________________________________________‎
Kirib kelganligi to‘g‘risida belgi.
‎Otmetka o vyezde______
‎Register on entry‎
Chiqib ketganligi to‘g‘risida belgi

‎Otmetka o viezde___________________________
‎‎Register on exit

Haydovchining imzosi
‎Podpis voditelya
‎Driver's signature
‎____________________‎

Haydovchining imzosi
‎Podpis voditelya
‎Driver's signature
‎___________________

Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-noyabrdagi 330-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 48-49-son, 536-modda)
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga
4-ILOVA
Avtomobillarda xalqaro yuk tashishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan asosiy hujjatlar
RO‘YXATI
Xalqaro yuk tashishlar xalqaro aloqalar to‘g‘risidagi ikki tomonlama hukumatlararo bitimlar asosida, avtomobil transportiga tegishli ko‘p tomonlama konvensiyalar va bitimlarning talablariga muvofiq hamda amaldagi milliy ko‘rsatmalarga rioya qilish sharti bilan amalga oshiriladi. Mana shundan kelib chiqqan holda avtomobil transportida xalqaro yuk tashishlarni bajarish chog‘ida quyidagi hujjatlar bo‘lishi zarur:
1. Haydovchining hujjatlari:
a) hududlari bo‘yicha yuk tashiladigan mamlakatlarning kirish-chiqish va yuk olib o‘tish vizalarining haqiqiy muddatlari ko‘rsatilgan chet el pasporti;
b) Yo‘l harakati to‘g‘risida 1998-yil 8-noyabrdagi Konvensiyaga muvofiq avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi xalqaro haydovchilik guvohnomasi;
v) 1970-yil 1-iyuldagi Yevropa bitimiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda yuritish nazarda tutilgan, avtomobilda xalqaro yuk tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari ekipajlariga taalluqli haydovchining shaxsiy nazorat daftarchasi.
2. Avtotransport vositasiga tegishli hujjatlar:
a) Yo‘l harakati to‘g‘risida 1968-yil 8-noyabrdagi Konvensiyaga muvofiq avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
b) avtotransport vositasining mamlakatga kirishi yoki mamlakat hududi orqali o‘tishi uchun (agar bitimda nazarda tutilgan bo‘lsa) ruxsatnoma;
v) 1975-yilga Xalqaro yo‘l qoidalari to‘g‘risidagi Konvensiya talablariga muvofiq avtotransport vositasiga bojxona muhrlari va plombalari bo‘lgan yuklarni xalqaro tashish uchun ruxsat berish to‘g‘risida guvohnoma;
g) tez buziluvchi yuklarni tashish lozim bo‘lgan hollarda tez buziluvchi mahsulotlarni (SPS guvohnomasi) tashish uchun avtotransport vositasiga ruxsat berish to‘g‘risida guvohnoma.
3. Yukka tegishli hujjatlar:
a) Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashishga oid shartnoma to‘g‘risidagi Konvensiya talablariga muvofiq tovar-transport nakladnoyi va yukning har bir nomi bo‘yicha yuklab jo‘natish tafsiloti bo‘lgan ro‘yxati;
b) orqaga qaytishda yukni rasmiylashtirish uchun tovar-transport nakladnoylari to‘plami;
Oldingi tahrirga qarang.
v) tovarlarni tashish Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi Konvensiya talablariga asosan amalga oshirilganda XYT daftarchasi (TIR karneti);
(3-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 24-modda)
d) agar yuk karantin va veterinariya tovarlari toifasiga kirsa, karantin va veterinariya sertifikatlari;
e) agar yuk tashqi savdo yuki hisoblansa, mamlakatga yukni olib kelish, mamlakatdan olib chiqib ketish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma. Agar yuk korxonalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalari orqali idoralarga qarashli transport bilan tashilsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi shartnoma yoki protokol nusxasi.
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga
6-ILOVA
Xorijiy davlatlar og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar to‘g‘risida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Yo‘llar va sun’iy inshootlarning tezda eskirishiga sabab bo‘luvchi hamda qatnovda xalal berishni vujudga keltiruvchi og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalarining yurishi uchun to‘lovlar ularni saqlash, ta’mirlash, o‘tkazib yuborishlarni tashkil etish va harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha ish hajmlarini qoplash xarajatlari bilan aniqlanadi.
Og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalarining umumiy foydalanishdagi yo‘llar bo‘ylab yurishi uchun to‘lovga quyidagilar kiradi:
marshrutni kelishib olish va yurishga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun to‘lov;
transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yo‘l qo‘yiladigan umumiy vazndan oshib ketganligi uchun to‘lov;
g‘ildirak o‘qi haqiqiy nagruzkalarining yo‘l qo‘yiladigan yo‘l konstruksiyalaridan oshib ketganligi uchun to‘lov;
transport vositasi hajmlarining oshib ketganligi uchun to‘lov.
Yig‘imlardan katta hajmli va og‘ir yukli transport vositalarining yurib o‘tishi tufayli vujudga kelgan yo‘llar va inshootlarni ta’mirlash, saqlash bo‘yicha qo‘shimcha ish hajmlarini bajarishda, o‘tkazib yuborishlarni tashkil etishda va harakat xavfsizligini ta’minlashda foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-avgustdagi 233-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 358-modda)
3. Yo‘l harakati qoidalariga yoxud tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya qilmaslik tufayli yo‘llarga va yo‘l inshootlariga zarar yetkazganlik uchun transport vositasi haydovchisi amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Agar ruxsatnoma talablari va yo‘l harakati qoidalariga rioya etgan holda, og‘ir vaznli va katta hajmli avtotransport vositalari yurishi natijasida yo‘llarga hamda yo‘l inshootlariga harakatni cheklashga olib keladigan zarar yetkazilsa, u holda javobgarlik va zararni to‘lash qonunchilik hujjatlariga muvofiq ruxsatnoma hamda qatnov marshrutini kelishib bergan tashkilotlarga yuklanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
5. Katta hajmli va og‘ir yukli transport vositalarini Davlat avtomobil nazorati patrul avtomobillarining kuzatib borganligi uchun to‘lov ushbu Nizom bilan tartibga solinmaydi. Ushbu to‘lov transport vositalari egalaridan Davlat avtomobil nazorati bilan tuzilgan shartnoma asosida undiriladi.
II. OG‘IR YUKLI VA KATTA HAJMLI TRANSPORT VOSITALARINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING UMUMIY FOYDALANISHDAGI AVTOMOBIL YO‘LLARI BO‘YLAB YURIB O‘TGANLIGI UCHUN TO‘LOV
Oldingi tahrirga qarang.
6. Transport vositasining umumiy haqiqiy massasi ruxsat berilganiga nisbatan oshganligi uchun to‘lanadigan to‘lov 1-jadvalda keltirilgan tariflarga muvofiq belgilanadi.

 

1-jadval

Umumiy haqiqiy vaznning yo‘l qo‘yiladigan vaznga nisbatan ortiqcha miqdori, tn

Yuriladigan 1 km masofa uchun tarif, so‘mda

(bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan foizda)

0 dan 5 gacha

0,08

5 dan 10 gacha

0,12

10 dan 15 gacha

0,24

15 dan 20 gacha

0,42

20 dan 25 gacha

0,63

25 dan 30 gacha

0,97

30 dan 35 gacha

1,39

35 dan 40 gacha

1,94

40 dan 45 gacha

2,66

45 dan 50 gacha

3,59

50 va undan yuqori

4,22

Og‘ir yukli transport vositalarining avtomobil yo‘llaridan o‘tishida o‘qqa tushadigan haqiqiy og‘irlikning (Of) ruxsat berilganga (Od) nisbatan oshganligi uchun to‘lov har bir ortiqcha yuklangan yuk uchun 2-jadvalda keltirilgan tariflarga muvofiq undiriladi.

 

2-jadval

G‘ildirak o‘qi haqiqiy yuklamasining yo‘l qo‘yiladigan yuklamaga nisbati (Of/Od)

Har bir o‘qning yo‘l qo‘yiladigan yuklamadan ortiqcha yuklama bilan yurilgan masofa uchun tarif, so‘mda

(bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan foizda)

1,01 dan 1,05 gacha

0,23

1,05 dan 1,10 gacha

0,25

1,10 dan 1,15 gacha

0,59

1,15 dan 1,20 gacha

0,76

1,20 dan 1,25 gacha

0,89

1,25 dan 1,30 gacha

1,06

1,30 dan 1,35 gacha

1,27

1,35 dan 1,40 gacha

1,48

1,40 dan 1,45 gacha

1,73

1,45 dan 1,50 gacha

2,03

1,50 dan 1,55 gacha

2,32

1,55 dan 1,60 gacha

2,70

1,60 dan 1,65 gacha

3,08

1,65 dan 1,70 gacha

3,59

1,70 dan 1,75 gacha

4,01

1,75 dan 1,80 gacha

4,55

1,80 dan 1,85 gacha

5,15

1,85 dan 1,90 gacha

5,82

1,90 dan 1,95 gacha

6,50

1,95 dan 2,00 gacha

7,30

2,00 va undan yuqori

8,44

(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Transport vositalari hajmlarining ortiqchaligi uchun to‘lov yurib o‘tilgan 1 km yo‘l uchun bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda — BHM) 0,32 foizi miqdorida undiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Og‘ir yukli va yirik gabaritli transport vositalari o‘tishi uchun arizalarni ko‘rib chiqish, yo‘nalishni kelishish hamda ruxsatnoma berish uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori “Litsenziya” avtomatlashtirilgan axborot tizimida quyidagi tarzda hisoblanadi:
100 km ga qadar BHMning 54 foizi miqdorida;
har bir keyingi km uchun BHMning 0,24 foizi miqdorida.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan to‘lovlarni milliy valyuta “so‘m”da ruxsatnoma berilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha “Litsenziya” axborot tizimi orqali undiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)