

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.04.2023
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5999422" id="onLBC-5999422">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC5963"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;</span></div><div id="LBC6055"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);</span></div><div id="LBC6336"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;</span></div><div id="LBC7302"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC8803"><span class="iorRN">5.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-5999422" id="onLS-5999422">[<b>TSZ:</b><div id="LS3696"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat toʻgʻrisida qonun hujjatlari;</span></div><div id="LS3700"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;</span></div><div id="LS3701"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;</span></div><div id="LS3702"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6000433" id="-6000433">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6000434" id="-6000434">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6000435" id="-6000435">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari, Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatlari hamda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6000438" id="-6000438"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6431097" id="-6431097">Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-6427500?ONDATE=10.04.2023 00#-6427796">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000441" id="-6000441">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son <a href="/acts/-5570490">Farmoni</a>, “<a href="/acts/-5452894">Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son, “<a href="/acts/-5868641">Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida</a>” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son, “<a href="/acts/-5943908">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2022-yil 6-apreldagi PQ-195-son hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 22-fevraldagi 85-son<a href="/acts/-5871134"> qarorlari </a>ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000443" id="-6000443">1. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000444" id="-6000444">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom <a href="/acts/-5999422#-6000456">1-ilovaga </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000445" id="-6000445">Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom<a href="/acts/-5999422#-6003284"> 2-ilovaga </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000446" id="-6000446">Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom <a href="/acts/-5999422#-6003881">3-ilovaga </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000447" id="-6000447">Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizom <a href="/acts/-5999422#-6004267">4-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000448" id="-6000448">2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari oʻn kun muddatda Kotibiyatlar va Departament rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000449" id="-6000449">3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari, Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyatlari hamda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 5-iyuldagi 419-son <a href="/acts/-5495013">qarori</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000450" id="-6000450">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6000451" id="-6000451">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6000452" id="-6000452">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6000453" id="-6000453">2022-yil 10-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6000454" id="-6000454">244-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6000455" id="-6000455"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-6000456" id="-6000456">Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 244-son<a href="/acts/-5999422"> qaroriga <br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6000458" id="-6000458">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6000459" id="-6000459">nizom</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6000460" id="-6000460"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6000461" id="-6000461">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000462" id="-6000462">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir oʻrinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000463" id="-6000463">2. Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uning nomzodini maʼqullagandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000464" id="-6000464">Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000465" id="-6000465">3. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000466" id="-6000466">4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati uzluksiz taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini isloh qilish, jamoat tashkilotlari masalalarini muvofiqlashtirish bilan bogʻliq masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000467" id="-6000467">5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000468" id="-6000468">Bosh vazir oʻrinbosari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6000469" id="-6000469">2-bob. Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, uning vazifalari va funksional majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000470" id="-6000470">6. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000471" id="-6000471">“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6000472" id="-6000472">2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning <a href="/acts/-5841063#-5843875">taraqqiyot strategiyasida </a>belgilangan ustuvor vazifalar, yaqin va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlarini oʻz vaqtida samarali amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001086" id="-6001086">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son <a href="/acts/-5279413">Farmoni</a> hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son<a href="/acts/-5439350"> qaroriga </a>muvofiq biriktirilgan vazirliklar va idoralarda qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish va monitoring olib borishning taʼsirchan tizimini yaratish, tasdiqlangan tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001088" id="-6001088">vazirliklar va idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni taʼminlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflarni ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001090" id="-6001090">keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlanishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001092" id="-6001092">Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001095" id="-6001095">joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini koʻrish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini taʼminlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001098" id="-6001098">mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001101" id="-6001101">zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6002911" id="-6002911">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan yaqin oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001103" id="-6001103">Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001107" id="-6001107">ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektor subyektlariga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001109" id="-6001109">davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001111" id="-6001111">Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati, Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatida hamda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentida (keyingi oʻrinlarda — Tarkibiy boʻlinmalar), shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlarda kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001113" id="-6001113">davlat boshqaruvi tizimiga, jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplari joriy etilishini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001114" id="-6001114">Tarkibiy boʻlinmalarga biriktirilgan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, jamoat tashkilotlari, maʼnaviyat, davlat tilini rivojlantirish sohalarini strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001115" id="-6001115">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishida ishtirok etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001117" id="-6001117">7. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001118" id="-6001118">a) uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001119" id="-6001119">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son<a href="/acts/-5085999"> Farmoniga </a>muvofiq taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda oʻqituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga boʻlgan hurmat-eʼtiborni yanada oshirish, oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001328" id="-6001328">uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli oʻrganishni taʼminlash, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor oʻquv-pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xalqaro normalar va talablarga javob beradigan davlat taʼlim standartlarini joriy etish, oʻquv va tarbiya jarayonlarining oʻzaro mustahkam bogʻliqligi va uzluksizligini taʼminlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, taʼlim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001329" id="-6001329">uzluksiz taʼlim yagona tizimining muhim boʻgʻini sifatida maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, taʼlim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001330" id="-6001330">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “<a href="/acts/-5367000">Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 12-apreldagi PQ-5071-son hamda “<a href="/acts/-5452933">Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarorlariga muvofiq bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi past boʻlgan tumanlarda davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish, davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish ishlarini jadallashtirish hamda ushbu sohaga xususiy sektorni keng jalb etish orqali maktabgacha taʼlim qamrovini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni belgilash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001331" id="-6001331">umumiy oʻrta va maktabgacha taʼlim sifatining yangi darajaga oshirilishini taʼminlash, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalash, oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001332" id="-6001332">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son <a href="/acts/-4312785">Farmoniga</a> muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, oʻquv-tarbiya jarayoniga taʼlimning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishni taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001333" id="-6001333">xalq taʼlimini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilishini taʼminlash, jamoatchilik nazoratining shaffofligi va samaradorligiga erishish, shu jumladan, barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishini taʼminlash, umumiy foydalaniladigan maʼlumotlar bazasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001334" id="-6001334">umumiy oʻrta va maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat xizmatlari koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar tarmogʻini ular uchun tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlar yaratish orqali yanada rivojlantirishni taʼminlash, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shaklarini samarali joriy qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001335" id="-6001335">xalq taʼlimi sohasida faoliyat koʻrsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, umumiy oʻrta taʼlimning ilmiy asoslarini yaratishni taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001336" id="-6001336">Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini yaxshilashni taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001337" id="-6001337">iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish, shuningdek, akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001338" id="-6001338">iqtisodiyot tarmoqlarida talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha chuqur kasbiy bilimlarga ega boʻlgan, chet tillarini biladigan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalarini egallagan oliy maʼlumotli malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifati ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarini, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan oʻzaro bogʻliq holda oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001339" id="-6001339">taʼlim muassasalarini oqilona joylashtirish, amalga oshirilayotgan tarmoq dasturlarini va hududlarni kompleks rivojlantirishni hisobga olgan holda oliy, uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim kadrlarini tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish boʻyicha davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001340" id="-6001340">dissertatsiya tadqiqotlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001341" id="-6001341">xorijiy tillarga va kompyuter texnologiyalari hamda Internet resurslardan foydalanishning ilgʻor koʻnikmalariga uzluksiz oʻqitish, oʻqitishning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan yuqori malakali chet tillar oʻqituvchilarini maqsadli tayyorlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni taʼlim tizimining barcha darajalarida amalga oshirish hamda shu asosda jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan va jahon axborot resurslaridan foydalanuvchi keng auditoriya uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001342" id="-6001342">ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini zamonaviy talablar darajasida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish vazifalari amalga oshirilishini taʼminlash, professor-oʻqituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam oshirish, ularning qonunchilik normalarini, ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, oʻqitilayotgan predmet boʻyicha texnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng soʻnggi yutuqlarni, shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy metodlarini chuqur oʻrganishiga koʻmaklashish va ragʻbatlantirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001343" id="-6001343">oʻquv jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogika va taʼlim texnologiyalarini, multimedia tizimlarini Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda keng joriy etish, pedagogik va ilmiy faoliyatda chet tillaridan keng foydalanish uchun pedagog kadrlarning chet tillarini amalda bilish darajasini oshirish hisobga olingan holda malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish metodikasi tubdan va uzluksiz yangilab borilishini taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001345" id="-6001345">magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha tanlab olish va tayyorlashni tashkil etish, pedagoglar hamda ilmiy kadrlarning dunyoning rivojlangan davlatlaridagi yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarda malakasini oshirish hamda stajirovka oʻtashi, istiqbolli mutaxassislarning nufuzli xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda oʻqishining monitoringini tashkil qilish, ularning Oʻzbekistonda munosib ishga joylashishiga yordam berish, mehnat faoliyati monitoringini olib borish, kasbiy jihatdan oʻsishiga va xizmatda koʻtarilishiga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001346" id="-6001346">istiqbolli sohalarga xorijiy olimlar, oʻqituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni, shu jumladan, vatandoshlarni jalb qilishga doir takliflar ishlab chiqish hamda tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muvofiqlashtirish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, muhim muammolarni hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001348" id="-6001348">b) sogʻliqni saqlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001350" id="-6001350">aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirishni, tibbiyot ilm-fan va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarini joriy etishni taʼminlaydigan konseptual yangi modellarni shakllantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001351" id="-6001351">aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning sifati va samaradorligini oshirish, sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish choralarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001352" id="-6001352">birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻlamini kengaytirish, sohaga bosqichma-bosqich tibbiy sugʻurta tizimini joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy raqobat muhitini yaratish, shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni belgilash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001353" id="-6001353">sogʻliqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-tamoyillarni qisqartirish, aholiga xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish, tibbiyot xodimlarining ish samaradorligini taʼminlash, shuningdek, ushbu yoʻnalishda qabul qilingan raqamli transformatsiya qilish dasturlarini samarali amalga oshirishni taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001354" id="-6001354">sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni taʼminlash, qishloq vrachlik punktlari hamda fuqarolarning kasalliklari profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish boʻyicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlarining samaradorligini oshirish hisobidan aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash boʻyicha monitoring tashkil etilishi va chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001355" id="-6001355">tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, uning tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning tezkorligi va sifati oshirilishini, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan toʻliq taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001356" id="-6001356">aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar salomatligini muhofaza qilish, perinatal va skrining markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001357" id="-6001357">aholiga yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish, ilgʻor xorijiy tajribani sogʻliqni saqlash amaliyotiga keng joriy etish boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatining samaradorligi oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001358" id="-6001358">aholini ekologik xavfsiz, sogʻlom va balansli oziq-ovqat bilan taʼminlash, sogʻlom ovqatlanish masalalari boʻyicha aholining turli guruhlari uchun ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga, tegishli fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga, homilador va emizikli ayollar, shuningdek, 3 yoshgacha boʻlgan bolalarning toʻlaqonli ovqatlanishini taʼminlashga, davolash-profilaktika muassasalarida parhezli ovqatlanishni yaxshilashga yoʻnaltirish ishlarini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001359" id="-6001359">aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targʻib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sogʻligʻini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish boʻyicha profilaktika tadbirlarini takomillashtirish, fuqarolarning oʻz sogʻligʻi uchun shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yoʻli bilan aholi salomatligining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr koʻrishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001361" id="-6001361">tugʻma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelishi sabablarini oʻrganish va oldini olish, respublika hududlaridagi ijtimoiy, tabiiy-iqlim sharoitlariga xos boʻlgan kasalliklarni oʻrganish masalalarida mamlakatimiz tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish hamda ularning oldini olish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001363" id="-6001363">respublikada sanitariya-epidemiologik holat va radiatsion vaziyatning monitoringini tashkil etish va amalga oshirish, kelgusida aholi sogʻligʻini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli taʼsirini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001364" id="-6001364">eng avvalo zararlanish manbalari profilaktikasi va ularni bartaraf etishga, oʻta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga yoʻnaltirilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobidan aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001367" id="-6001367">binolar va inshootlar, suv taʼminoti tizimlari, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidrotexnik inshootlar va boshqa obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilishda, xomashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar, biologik vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qoʻllashda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001368" id="-6001368">farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga, shuningdek, aholining hamda davolash-profilaktika muassasalarining sifatli, samarali, xavfsiz va arzon dori-darmonlar hamda tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanishini yaxshilashga yoʻnaltirilgan samarali dori-darmon siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001370" id="-6001370">dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001371" id="-6001371">farmatsevtika sanoati korxonalarida sifat menejmentini yanada rivojlantirish, maʼnaviy va jismoniy eskirgan asbob-uskunalar yangilanishini taʼminlash, respublikada dori-darmonlarning yuqori sifatiga va raqobatbardoshli narxiga erishishni hisobga olgan holda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va energiya sarfi hajmini qisqartirish hamda ularning tannarxini pasaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001373" id="-6001373">v) tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001374" id="-6001374">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son<a href="/acts/-5342462"> Farmoni </a>hamda “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son <a href="/acts/-5789981">qaroriga </a>muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularni mehnat faoliyatiga keng jalb qilish orqali hayot sifati va darajasini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001375" id="-6001375">keksa avlodning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida toʻla huquqli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish, Vatanga muhabbat, keksa avlodga hurmat ruhida tarbiyalashda ularning rolini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksining tizimli asosda amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001376" id="-6001376">keksa avlod vakillariga gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish, katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, ularning hayoti, faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimining ishlashini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001378" id="-6001378">keksalarning hayoti darajasini oshirish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish, pensiyaga chiqqandan keyin ularning yuqori ijtimoiy faolligini, shu jumladan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini va davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6001379" id="-6001379">g) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6002949" id="-6002949">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son <a href="/acts/-5868604">Farmoniga</a> muvofiq: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003021" id="-6003021">har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar oʻrtasida sport bilan shugʻullanishni ommalashtirish, ommaviy sport turlari va sogʻlom turmush tarzini yuritishga keng jalb etish borasida keng koʻlamli ishlarni tashkil etish, ularni sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etishni muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003023" id="-6003023">sport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, qishloq va chekka hududlarda sport obyektlarini koʻpaytirish, sport marketingini rivojlantirish, sport obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda sohani bosqichma-bosqich toʻliq raqamlashtirish, nodavlat sport obyektlari va muassasalari tarmogʻini kengaytirish, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003024" id="-6003024">mamlakatimizda professional sportni, shu jumladan, jamoaviy, qishki va ekstremal sport turlarini rivojlantirishni, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosogʻlom sportga qarshi tizimli choralar koʻrilishini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003026" id="-6003026">Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash uchun istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya qilish), tayyorlash va mahoratini oshirishning, ular orasidan mamlakat terma jamoalari sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) hamkorligini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003030" id="-6003030">paralimpiya harakatini rivojlantirish, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga sport bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish, infratuzilmasini yaratish, istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya qilish) va professional sportga yoʻnaltirish, malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003031" id="-6003031">mamlakatda yuksak madaniyatga ega boʻlgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sogʻlom insonni shakllantirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003032" id="-6003032">d) bolalarni himoya qilish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003034" id="-6003034">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son <a href="/acts/-5570490">Farmoni</a> ijrosi doirasida Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya hamraisi sifatida vazifalarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003035" id="-6003035">bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ushbu yoʻnalishda davlat siyosatini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003036" id="-6003036">bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003037" id="-6003037">bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003038" id="-6003038">bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish boʻyicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003040" id="-6003040">ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash masalalarini hal etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003041" id="-6003041">vasiylik va homiylik sohasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003042" id="-6003042">bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003045" id="-6003045">ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarga gʻamxoʻrlik qilayotgan shaxslarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini yaratish va takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003047" id="-6003047">oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini monitoring qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003048" id="-6003048">vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar bilan ishlash boʻyicha davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003049" id="-6003049">yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy sotib olish uchun nazarda tutilgan mablagʻlarning ajratilishi va ularning oʻz egalariga yetkazilishi ustidan monitoring oʻrnatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003050" id="-6003050">tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003077" id="-6003077">imkoniyati cheklangan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003080" id="-6003080">nazoratsiz, qarovsiz hamda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan bolalarni aniqlash va ularni joylashtirish choralarini koʻrish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003083" id="-6003083">e) yoshlarni qoʻllab-quvvatlash sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003086" id="-6003086">yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, shuningdek, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-3026246">Qonuni</a> ijrosini taʼminlashni tashkil etishda davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali oʻzaro hamkorligini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003088" id="-6003088">yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, ularning ongida mustaqillik, milliy oʻzlikni anglash gʻoyalariga sodiqlik, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik tuygʻularini qaror toptirish, ularni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003091" id="-6003091">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son <a href="/acts/-4880189">Farmoniga</a> muvofiq Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishni taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003094" id="-6003094">Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasinining samarali va natijali ijrosini taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003096" id="-6003096">demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishda yoshlarning faol ishtirokini oshirish, ularning mustaqil fikrlaydigan, yuksak maʼnaviyatga, qatʼiy hayotiy nuqtai nazarga, keng dunyoqarashga va chuqur bilimga ega boʻlgan, oʻzining butun kuchi, bilimi va salohiyatini xalq manfaatlari yoʻlida sarflashga, mamlakat kelajagi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan tashabbuskor, gʻayratli yoshlar safini kengaytirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003097" id="-6003097">oʻsib kelayotgan avlodni yigit va qizlarning ichki immuniteti shakllanishining muhim omillari boʻlgan keng dunyoqarashga, mustahkam bilimga, qatʼiy eʼtiqodga ega boʻlgan, yuqori malakali va jismonan sogʻlom qilib voyaga yetkazishga yoʻnaltirilgan yoshlarga oid siyosatni yanada takomillashtirish ishlarini tizimli amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003099" id="-6003099">oʻsib kelayotgan avlod tarbiyasida yoshlar tashkilotlarining rolini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda yoshlar tashkilotlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni taʼminlash, yoshlarning huquqiy madaniyati va ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003101" id="-6003101">yoshlarning oʻqishga va badiiy adabiyotga qiziqishini yanada oshirish yoʻli bilan ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, jumladan, diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot gʻoyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, ularning huquqiy bilimlarini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003103" id="-6003103">yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va amalga oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish, yigit va qizlarni, yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003105" id="-6003105">mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan va xalq manfaatlari uchun sadoqat bilan xizmat qilayotgan yosh, malakali, tashabbuskor, tadbirkor, uddaburon, vijdonli va fidoyi rahbar kadrlarni tayyorlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunday kadrlar zaxirasini yaratish va ularni davlat boshqaruvi organlarida masʼul lavozimlarga koʻtarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003107" id="-6003107">“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga, iqtisodiy va psixologik qoʻllab-quvvatlashga muhtoj va ishsiz yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ish bilan bandligini taʼminlashda koʻmaklashish, shu jumladan, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda, hududlardagi tadbirkorlik subyektlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003109" id="-6003109">“Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlarida kasb-hunarga bepul oʻqitish va tadbirkorlik kurslarida oʻqib, maxsus sertifikat olgan yoshlarga imtiyozli davr bilan mikrokreditlar ajratishda koʻmaklashish hamda mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining toʻlov-kontrakt summasi belgilangan talablar asosida toʻlab berilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003111" id="-6003111">j) maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003114" id="-6003114">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son <a href="/acts/-5344692">qaroriga</a> muvofiq ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” gʻoyasini keng targʻib etish orqali jamiyatda sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish choralarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003123" id="-6003123">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son <a href="/acts/-5058351">Farmoniga </a>muvofiq oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash, Oʻzbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida oʻzbek tilini oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish, oʻzbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalish va vazifalarining amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003125" id="-6003125">maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha ishlarni tashkil etish va nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003126" id="-6003126">davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilini rivojlantirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003128" id="-6003128">davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet el fuqarolari uchun oʻzbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va keng miqyosda tarqatish, oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha maxsus kurslarni tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003129" id="-6003129">davlat tashkilotlariga ishga qabul qilinuvchilarning oʻzbek tilini mukammal darajada bilishlarini talab darajasiga koʻtarish, mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida faoliyat yurituvchilarning davlat tilining imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanishiga erishishni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003144" id="-6003144">Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va ishchi guruhlar bilan hamkorlik qilishining, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va taʼsirchan targʻibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish, sohalar va hududlarning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan targʻibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga doir faoliyati amalga oshirilishini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003146" id="-6003146">z) atamashunoslik va toponimik obyektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003148" id="-6003148">atamashunoslik va toponimika sohasida qonunchilik hujjatlari ijrosini tahlil qilish, toponimik obyektlarga nom berish masalalari boʻyicha ishlarni tashkil etish va nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003206" id="-6003206">ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni isteʼmolga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va ularning bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan faoliyatni nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003207" id="-6003207">zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va ularning bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash borasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003208" id="-6003208">geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni tashkil qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003209" id="-6003209">atamashunoslik va toponimika sohasini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlari yoʻlga qoʻyilishini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003210" id="-6003210">Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish va uning yigʻilish bayonlari asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejalari bajarilishini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003211" id="-6003211">Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining jamiyatimizda milliy gʻoya, yangicha tafakkur va dunyoqarashni rivojlantirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga doir faoliyati muvofiqlashtirilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003212" id="-6003212">Oʻzbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari hamda merosi bilan bogʻliq toponimik va geografik obyektlarning nomlarini saqlash, mavjud nomlarni qayta koʻrib chiqish, isloh qilish boʻyicha tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilishini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003213" id="-6003213">Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar faoliyatini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003214" id="-6003214">i) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003215" id="-6003215">mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003216" id="-6003216">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga koʻra Bosh vazir oʻrinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003218" id="-6003218">vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlari, batafsil axborotlari, materiallari taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlislariga kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003220" id="-6003220">muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalar orqali, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni taʼminlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003222" id="-6003222">8. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003223" id="-6003223">Bosh vazir tomonidan ijtimoiy sohada islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003224" id="-6003224">Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003225" id="-6003225">mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003227" id="-6003227">Tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va mutaxassislarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003228" id="-6003228">ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003230" id="-6003230">tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003232" id="-6003232">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatlari bilan hamkorlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003234" id="-6003234">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan tegishli tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni hamda iqtisodiy islohotlarning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003235" id="-6003235">Tarkibiy boʻlinmalarga bevosita rahbarlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003237" id="-6003237">Tarkibiy boʻlinmalarga biriktirilgan tashkilotlarning oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003238" id="-6003238">aniq sohalar va yoʻnalishlarni rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va monitoringi olib borilishini muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003239" id="-6003239">Hukumat aʼzolari hisoblangan va Kotibiyatga biriktirilgan vazirlar hamda idoralar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003240" id="-6003240">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri maʼqullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003241" id="-6003241">vazirliklar va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003242" id="-6003242">taʼlim, sogʻliqni saqlash, yoshlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari sohalariga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003243" id="-6003243">tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003244" id="-6003244">qonunchilik hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003245" id="-6003245">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda farmoyishlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003246" id="-6003246">Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan birgalikda Tarkibiy boʻlinmalar mudirlari, ularning oʻrinbosarlari, shuʼba mudirlari va mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003247" id="-6003247">Tarkibiy boʻlinmalar mudirlari, ularning oʻrinbosarlari, shuʼba mudirlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003248" id="-6003248">Tarkibiy boʻlinmalarda va Tarkibiy boʻlinmalarga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida kadrlarni tanlash va ularning amaldagi zaxirasini shakllantirish tizimini takomillashtirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003249" id="-6003249">jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003250" id="-6003250">9. Bosh vazir oʻrinbosari tegishli idoralararo kollegial organlarga rahbarlik qiladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan idoralararo kollegial organlar faoliyatini hamda ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni taʼminlaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6003251" id="-6003251">3-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003252" id="-6003252">10. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003253" id="-6003253">Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003254" id="-6003254">davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003256" id="-6003256">biriktirilgan vazirliklar va idoralar kollegial organlarining, boshqa tashkilotlarning majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga koʻra — davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning oʻzi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003257" id="-6003257">davlat boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003263" id="-6003263">“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi<a href="/acts/-4636594"> Qonuni </a>va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining <a href="/acts/-4253101#-4255619">Reglamenti</a> talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003264" id="-6003264">Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003265" id="-6003265">Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha vazirliklar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003266" id="-6003266">11. Bosh vazir oʻrinbosari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003268" id="-6003268">ushbu Nizomning<a href="/acts/-5999422#-6001117"> 7</a> va <a href="/acts/-5999422#-6003222">8-bandlarida </a>koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning tegishli darajada va sifatli bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003269" id="-6003269">Oʻzbekiston Respublikasi<a href="/acts/-20596"> Konstitutsiyasi</a>, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4636594">Qonuni</a> va uning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003270" id="-6003270">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003271" id="-6003271">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir oʻrinbosari oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003272" id="-6003272">oʻzi rahbarlik qiladigan sohadagi ishlarning holati, davlat boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining tegishli ravishda muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, oʻzining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003273" id="-6003273">oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha respublika hududlariga tashriflar yakunlari asosida tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003274" id="-6003274">hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003275" id="-6003275">tegishli vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003276" id="-6003276">joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003277" id="-6003277">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi <a href="/acts/-4253101#-4255619">Reglamentiga</a> muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliq holda puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003278" id="-6003278">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son <a href="/acts/-5279413">Farmoni</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, <a href="/acts/-5439350">“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “<a href="/acts/-5521182">Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “<a href="/acts/-5534224">Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “<a href="/acts/-262832">Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a>” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6003279" id="-6003279">4-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003280" id="-6003280">12. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4636594">Qonuniga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi<a href="/acts/-4253101#-4255619"> Reglamentiga</a>, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga hamda Tarkibiy boʻlinmalar va ularning ish rejasi asosida tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003281" id="-6003281">Tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003282" id="-6003282">13. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlarining Tarkibiy boʻlinmalarga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6003283" id="-6003283"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-6003284" id="-6003284">Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 244-son<a href="/acts/-5999422"> qaroriga <br /></a>2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6003285" id="-6003285">Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6003286" id="-6003286">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6003287" id="-6003287"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6003288" id="-6003288">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003289" id="-6003289">1. Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — Kotibiyat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003290" id="-6003290">2. Kotibiyatning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport va bolalarni himoya qilish tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003291" id="-6003291">3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi<a href="/acts/-20596"> Konstitutsiyasi </a>va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003292" id="-6003292">4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003293" id="-6003293">Kotibiyat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir oʻrinbosari) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003294" id="-6003294">5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6003295" id="-6003295">2-bob. Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003296" id="-6003296">6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003297" id="-6003297">“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003298" id="-6003298">2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot <a href="/acts/-5841063#-5843875">strategiyasi</a> vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003299" id="-6003299">“Inson qadri uchun” tamoyili asosida ishni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003300" id="-6003300">vazirliklar va idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat aʼzolari soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003301" id="-6003301">joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport va bolalarni himoya qilish sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflarni ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003302" id="-6003302">Hukumat aʼzolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda masʼuliyatini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003303" id="-6003303">keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003304" id="-6003304">Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003305" id="-6003305">biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003306" id="-6003306">joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport va bolalarni himoya qilish sohalarini yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini taʼminlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003307" id="-6003307">iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflarni ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003308" id="-6003308">barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport va bolalarni himoya qilish sohalarini strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6007368" id="-6007368">ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003310" id="-6003310">zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003311" id="-6003311">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003312" id="-6003312">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003313" id="-6003313">mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003314" id="-6003314">davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003315" id="-6003315">Kotibiyatda, shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlarda kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003316" id="-6003316">Kotibiyatda, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar va idoralarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishini tizimli nazorat qilishni takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003317" id="-6003317">davlat boshqaruvi tizimiga, jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplarini joriy qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003318" id="-6003318">Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003319" id="-6003319">7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003320" id="-6003320">a) uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003321" id="-6003321">Oʻzbekiston Respublikasining “<a href="/acts/-4646908">Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida</a>” 2019-yil 16-dekabrdagi OʻRQ-595-son, “<a href="/acts/-5013007">Taʼlim toʻgʻrisida</a>” 2020-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-637-son qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “<a href="/acts/-4312785">Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida</a>” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son, “<a href="/acts/-4500926">Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son, “<a href="/acts/-4545884">Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida</a>” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmonlariga hamda “<a href="/acts/-4327235">Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida</a>” 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son hamda “<a href="/acts/-5452933">Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarorlariga muvofiq bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi past boʻlgan tumanlarda davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish, shuningdek uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli oʻrganish, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor oʻquv-pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xalqaro normalar va talablarga javob beradigan davlat taʼlim standartlarini joriy etish, oʻquv va tarbiya jarayonlarining oʻzaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini taʼminlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, taʼlim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003322" id="-6003322">maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, taʼlim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, 6 yoshdagi bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 100 foizga yetkazish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003323" id="-6003323">boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirishga, taʼlim jarayonini muntazam takomillashtirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003324" id="-6003324">umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9 — 11-sinflari oʻquvchilarining kasbiy moyilligini zamonaviy tashxislash metodlarini qoʻllagan holda baholash hamda ularni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003325" id="-6003325">iqtisodiyot tarmoqlarida talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha chuqur kasbiy bilimlarga ega boʻlgan, chet tillarini biladigan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalarini egallagan oliy maʼlumotli malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatini ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarini, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan oʻzaro bogʻliq holda oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003326" id="-6003326">taʼlim muassasalarini oqilona joylashtirish, amalga oshirilayotgan tarmoq dasturlarini va hududlarni kompleks rivojlantirishni hisobga olgan holda oliy, uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim kadrlarini tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003327" id="-6003327">dissertatsiya tadqiqotlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003328" id="-6003328">taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ularni zamonaviy oʻquv, axborot-kommunikatsiya uskunalari, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va adabiyotlar bilan taʼminlash, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, yosh istiqbolli kadrlarning yetakchi xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalarida oʻqishini va stajirovkadan oʻtishini tashkil etish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003329" id="-6003329">taʼlim tizimining barcha darajalarida xorijiy tillarga, kompyuter texnologiyalari va Internet resurslaridan foydalanishning ilgʻor koʻnikmalariga uzluksiz oʻqitish, oʻqitishning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan malakali chet tillari oʻqituvchilarini maqsadli tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hamda shu asosda jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan va jahon axborot resurslaridan foydalanuvchi keng auditoriya uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003330" id="-6003330">ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy talablar darajasida oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish, professor-oʻqituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam oshirish, ularning qonunchilik normalarini, nazariy ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, oʻqitilayotgan predmet boʻyicha texnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng soʻnggi yutuqlarni, shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy metodlarini chuqur oʻrganishiga koʻmaklashish va ragʻbatlantirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003331" id="-6003331">zamonaviy innovatsion pedagogika va taʼlim texnologiyalarini, multimedia tizimlarini oʻquv jarayoniga keng joriy etishni, pedagogik va ilmiy faoliyatda ulardan keng foydalanish uchun pedagog kadrlarning chet tillarini amalda egallashi darajasini oshirishni hisobga olib va Internet axborot tarmogʻidan foydalangan holda malaka talablari, oʻquv rejalari, dasturlarini hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish metodikasini tubdan va uzluksiz yangilab borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003332" id="-6003332">b) sogʻliqni saqlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003333" id="-6003333">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son <a href="/acts/-4096197">Farmoniga</a> hamda “Sogʻliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 25-maydagi PQ-5124-son <a href="/acts/-5434358">qaroriga</a> muvofiq sogʻliqni saqlashni tashkil etish va moliyalashtirish boʻyicha aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirishni, tibbiyot ilm-fani va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarini joriy etishni taʼminlaydigan konseptual yangi modellarni shakllantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003334" id="-6003334">sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni taʼminlash, oilaviy poliklinikalar hamda fuqarolarning kasalliklari profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish boʻyicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlarining samaradorligini oshirish hisobiga aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash boʻyicha monitoringni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003342" id="-6003342">tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, uning tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning tezkorligi va sifati oshirilishini, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan toʻliq taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003344" id="-6003344">aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003345" id="-6003345">aholiga yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish, ilgʻor xorijiy tajribani sogʻliqni saqlash amaliyotiga keng joriy etish boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatining samaradorligini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003347" id="-6003347">aholini ekologik xavfsiz, sogʻlom va balansli oziq-ovqat bilan taʼminlash, sogʻlom ovqatlanish masalalari boʻyicha aholining turli guruhlari uchun ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga, tegishli fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga, homilador va emizikli ayollar, shuningdek, 3 yoshgacha boʻlgan bolalarning toʻlaqonli ovqatlanishini taʼminlashga, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida tibbiyot muassasalarida parhezli (davolash va profilaktika) ovqatlanishni yaxshilashga yoʻnaltirilgan taʼlim dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003349" id="-6003349">aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targʻib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sogʻligʻini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish boʻyicha profilaktik tadbirlarni takomillashtirish, fuqarolarning oʻz sogʻligʻi uchun shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yoʻli bilan aholi salomatligining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr koʻrishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003351" id="-6003351">keksa avlod vakillariga gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish, katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, ularning hayoti, faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimining ishlashini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003355" id="-6003355">tugʻma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelishi sabablarini oʻrganish va oldini olish, respublika hududlaridagi ijtimoiy, tabiiy-iqlim sharoitlariga xos boʻlgan kasalliklarni oʻrganish masalalarida mamlakatimiz tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish hamda ularning oldini olish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003357" id="-6003357">respublikada sanitariya-epidemiologik holat, epidemiya, pandemiya holatiga olib kelishi mumkin boʻlgan yuqumli kasalliklar va radiatsion vaziyatning nazoratini tashkil etish va amalga oshirish, kelgusida aholi sogʻligʻini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli taʼsirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv taʼminoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yoʻnaltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003359" id="-6003359">eng avvalo zararlanish manbalari profilaktikasi va ularni bartaraf etishga, oʻta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga yoʻnaltirilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003368" id="-6003368">binolar va inshootlarni, suv taʼminoti tizimlarini, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidrotexnik inshootlar va boshqa obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilishda, xomashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar, biologik vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qoʻllashda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003369" id="-6003369">mamlakat farmatsevtika sohasini yanada rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirish, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirishning yuqori va barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlash, farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga, shuningdek, aholining hamda tibbiyot muassasalarining sifatli, samarali va xavfsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlanishini yaxshilashga yoʻnaltirilgan samarali siyosatni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003370" id="-6003370">farmatsevtika ishlab chiqarishini tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish, farmatsevtika tarmogʻi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatidan yangilashga yoʻnaltirilgan strategik muhim loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni faol jalb etishda qatnashish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003373" id="-6003373">aholini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashni yaxshilash, jumladan, kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari va narkotik vositalarning muomalasida davlat nazorati faoliyatini taʼminlash yuzasidan tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003374" id="-6003374">v) tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003377" id="-6003377">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son<a href="/acts/-5342462"> Farmoniga </a>hamda “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son <a href="/acts/-5789981">qaroriga </a>muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularni mehnat faoliyatiga keng jalb qilish orqali hayot sifati va darajasini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003378" id="-6003378">tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish sohasidagi ustuvor vazifalarni, shu jumladan, aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishda kompleks yondashuvni joriy etish va uning samaradorligini taʼminlash masalalarini belgilash, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishda ilgʻor yondashuvlarni tatbiq etish, nodavlat tashkilotlar tomonidan ijtimoiy buyurtma asosida tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish mexanizmlarini yaratish, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda uning masʼul vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003380" id="-6003380">nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishda idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003382" id="-6003382">nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishda kompleks yondashuvning ishlab chiqilishi va joriy etilishini, shu jumladan, nogironlikni aniqlashning tibbiy modelidan nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda ularni reabilitatsiya qilish dasturlarini ishlab chiqishda ularning farovon yashashiga taʼsir koʻrsatadigan barcha omillar hisobga olinadigan ijtimoiy modelga oʻtishni nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003384" id="-6003384">nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtirish va nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda barcha vazirliklar va idoralarning toʻgʻridan toʻgʻri ishtirok etishi mexanizmlarini yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003386" id="-6003386">samarali tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun moddiy resurslar yetarli miqdorda ajratilishini, ulardan oqilona va tegishli ravishda foydalanilishini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003388" id="-6003388">g) bolalarni himoya qilish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003392" id="-6003392">Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida” 2008-yil 7-yanvardagi OʻRQ-139-son <a href="/acts/-1297315">Qonuni</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son<a href="/acts/-5570490"> Farmon </a>ijrosi doirasida vazifalarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003395" id="-6003395">bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ushbu yoʻnalishda davlat siyosatini roʻyobga chiqarishga doir chora-tadbirlarni belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003397" id="-6003397">bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003399" id="-6003399">bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003401" id="-6003401">bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish boʻyicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003404" id="-6003404">ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash masalalarini hal etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003409" id="-6003409">vasiylik va homiylik sohasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003413" id="-6003413">bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003417" id="-6003417">ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarga gʻamxoʻrlik qilayotgan shaxslarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini yaratish va takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003421" id="-6003421">oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini monitoring qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003428" id="-6003428">vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar bilan ishlash boʻyicha davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003430" id="-6003430">yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy sotib olish uchun nazarda tutilgan mablagʻlarning ajratilishi va ularning oʻz egalariga yetkazilishi ustidan monitoring oʻrnatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003508" id="-6003508">tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003510" id="-6003510">imkoniyati cheklangan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003513" id="-6003513">nazoratsiz, qarovsiz hamda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan bolalarni aniqlash va ularni joylashtirish choralarini koʻrish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003517" id="-6003517">d) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003519" id="-6003519">har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanishga shart-sharoitlar yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003523" id="-6003523">ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar oʻrtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003527" id="-6003527">aholi turli guruhlarining sogʻlom ovqatlanishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishni taʼminlaydigan shart-sharoitlar yaratish, tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori koʻp boʻlgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini isteʼmol qilishni qisqartirish, zararli odatlardan, xususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish yoʻli bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik)ni va bevaqt vafot etishni kamaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003529" id="-6003529">aholi oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish madaniyatini keng targʻib qilish, shu jumladan, tartibsiz va kechki uyqu oldidan ovqatlanish odatlaridan voz kechish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003532" id="-6003532">sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini oilalar, mahallalar, maktabgacha taʼlim va umumtaʼlim muassasalari darajasida sogʻlom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida targʻib qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003534" id="-6003534">maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun zamonaviy moddiy-texnika bazani shakllantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003539" id="-6003539">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 3-noyabrdagi PQ-4877-son <a href="/acts/-5077663">qaroriga</a> muvofiq mamlakatda yuksak madaniyatga ega boʻlgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sogʻlom insonni kamol toptirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini oshirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003546" id="-6003546">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son<a href="/acts/-5080074"> qaroriga </a>muvofiq mamlakatda yuksak madaniyatga ega boʻlgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sogʻlom insonni kamol toptirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini oshirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003563" id="-6003563">jismonan sogʻlom barkamol yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, sport tayyorgarligi metodikalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003565" id="-6003565">jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda ilgʻor xorijiy tajriba asosida xalqaro toifadagi sport ustalarini tayyorlash uchun har bir hududda sport komplekslari tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003567" id="-6003567">oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqilishi va ommaviy sport hamda oliy yutuqlar sporti sohasida aniq vazifalar va maqsadli koʻrsatkichlar belgilanishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003568" id="-6003568">sportning milliy va olimpiya turlarini rivojlantirish boʻyicha, avvalo, toʻplangan tajriba, hududlarda shakllangan va tashkil etilayotgan sport maktablari, yaratilgan moddiy-texnika bazasi, milliy qadriyatlar va anʼanalar, aholi mentaliteti, trener-oʻqituvchilar salohiyati hamda sportda erishilgan yutuqlar inobatga olingan holda takliflar ishlab chiqilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003569" id="-6003569">jamoat jismoniy tarbiya-sport birlashmalari, shu jumladan, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar va uyushmalar faoliyatini rivojlantirish hamda mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirilishini tashkil qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003570" id="-6003570">sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar kalendar rejasini tasdiqlash, shu jumladan, xalqaro va respublika darajasidagi texnik hamda amaliy sport turlari boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003571" id="-6003571">iqtidorli va istiqbolli sportchilarning Olimpiya va Osiyo oʻyinlarida, shuningdek, jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishishi hamda mamlakatimizni munosib taqdim etishi uchun ularni sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab mamlakat terma jamoasigacha tanlash, tayyorlash hamda mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003572" id="-6003572">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 18-maydagi PQ-5114-son <a href="/acts/-5426278">qaroriga</a> muvofiq jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga sport bilan shugʻullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003573" id="-6003573">e) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003574" id="-6003574">mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003575" id="-6003575">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003576" id="-6003576">“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, batafsil axborotlari va materiallari taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003577" id="-6003577">muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalar orqali, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003578" id="-6003578">8. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003579" id="-6003579">Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003581" id="-6003581">mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003582" id="-6003582">ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003583" id="-6003583">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport va bolalarni himoya qilish sohalarida islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003584" id="-6003584">tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003585" id="-6003585">oʻzi yuritadigan sohalarga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003586" id="-6003586">oʻzi mutasaddi boʻlgan tarmoqlar va sohalarda ishlarning holatini oʻrganadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003587" id="-6003587">tegishli tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturlarini amalga oshirish, biriktirilgan tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003588" id="-6003588">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003589" id="-6003589">tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003590" id="-6003590">muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalar orqali, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003591" id="-6003591">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003592" id="-6003592">Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining loyihalarini tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003593" id="-6003593">Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va ularni puxta ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy hamda maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003594" id="-6003594">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003595" id="-6003595">materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleks hamda sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, davlat boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003596" id="-6003596">Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003597" id="-6003597">oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003598" id="-6003598">biriktirilgan sohada davlat siyosati vazirliklar va idoralar tomonidan samarali hamda sifatli amalga oshirilishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003599" id="-6003599">Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003600" id="-6003600">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari rahbarlik qiladigan tegishli idoralararo kollegial organlar, Hukumat hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003601" id="-6003601">jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun davlat boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003604" id="-6003604">Kotibiyat oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6003605" id="-6003605">3-bob. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003608" id="-6003608">9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003610" id="-6003610">Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003611" id="-6003611">biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003613" id="-6003613">davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003615" id="-6003615">xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlarda, shuningdek, iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tarkibiy islohotlar muammolari boʻyicha axborot-tahliliy tadqiqotlar sohasidagi xalqaro loyihalarda qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003617" id="-6003617">biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vaziri oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohalarga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003619" id="-6003619">zarur hollarda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003626" id="-6003626">zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4636594">Qonuni</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining <a href="/acts/-4253101#-4255619">Reglamenti</a> va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003627" id="-6003627">Kotibiyatning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003628" id="-6003628">10. Kotibiyat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003629" id="-6003629">biriktirilgan vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003630" id="-6003630">joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflarni ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003631" id="-6003631">ushbu Nizomning <a href="/acts/-5999422#-6003319">7</a> va <a href="/acts/-5999422#-6003578">8-bandlarida </a>koʻrsatilgan va oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003632" id="-6003632">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazir oʻrinbosariga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarini, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish samaradorligini, shuningdek, tegishli ish uchastkasida erishilgan natijalarning asoslanganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003633" id="-6003633">Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a>, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4636594">Qonuni</a> va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003634" id="-6003634">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son <a href="/acts/-5279413">Farmoniga</a> va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son<a href="/acts/-5439350"> qaroriga </a>muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli hamda oʻz vaqtida bajarilishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003635" id="-6003635">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son <a href="/acts/-5521182">qaroriga</a> muvofiq belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003636" id="-6003636">biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003637" id="-6003637">Kotibiyatdagi ishlarning holati, davlat boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003639" id="-6003639">oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning tegishli darajada va samarali bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003642" id="-6003642">hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003651" id="-6003651">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi <a href="/acts/-4253101#-4255619">Reglamentiga</a> muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni taʼminlash hamda ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻlash nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003662" id="-6003662">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son <a href="/acts/-5279413">Farmoniga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, <a href="/acts/-5439350">“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “<a href="/acts/-5521182">Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “<a href="/acts/-5534224">Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “<a href="/acts/-262832">Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a>” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6003663" id="-6003663">4-bob. Kotibiyatning tuzilmasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003664" id="-6003664">11. Kotibiyat tuzilmasiga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003665" id="-6003665">Kotibiyat mudiri;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003666" id="-6003666">Kotibiyat mudirining oʻrinbosari — Taʼlim tizimini rivojlantirish masalalari shuʼbasi mudiri;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003667" id="-6003667">Maktabgacha taʼlim rivojlanishining tahlili va monitoringi boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003668" id="-6003668">Maktab taʼlimi va maktabdan tashqari taʼlim sohasidagi islohotlarning tahlili va monitoringi boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003669" id="-6003669">Oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003670" id="-6003670">Oliy taʼlimgacha professional, qayta tayyorlash, malaka oshirish taʼlim tizimini rivojlantirish va taʼlim sifati boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003671" id="-6003671">Sogʻliqni saqlash va sport sohasidagi islohotlarni muvofiqlashtirish shuʼbasi mudiri;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003672" id="-6003672">Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003673" id="-6003673">Dori vositalari taʼminoti va ularning sifatini xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003674" id="-6003674">Tibbiy-ijtimoiy yordam rivojlanishi va aholi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini isloh qilishning tahlili va monitoringi boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003675" id="-6003675">Ommaviy sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003676" id="-6003676">Oliy yutuqlar sporti masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003677" id="-6003677">Bolalarni himoya qilish masalalari shuʼbasi mudiri;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003678" id="-6003678">Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003679" id="-6003679">Vasiylik va homiylik masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003680" id="-6003680">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining yordamchisi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003681" id="-6003681">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining inspektori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003682" id="-6003682">Kotibiyat inspektori kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003683" id="-6003683">Kotibiyat tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003684" id="-6003684">12. Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003685" id="-6003685">13. Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosari, shuʼba mudirlari, Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi va Kotibiyat mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6003686" id="-6003686">5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003700" id="-6003700">14. Kotibiyat ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4636594">Qonuniga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining <a href="/acts/-4253101#-4255619">Reglamentiga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi<a href="/acts/-4253367#-4256528"> Nizomga</a>, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va Kotibiyat mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003719" id="-6003719">Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003721" id="-6003721">Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003724" id="-6003724">Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va bosh mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003727" id="-6003727">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Kotibiyatning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriqlariga binoan Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish va maʼlumotlarning tegishli bankini yuritish orqali taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003730" id="-6003730">15. Kotibiyat mudiri:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003731" id="-6003731">Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va mutaxassislarning ishlarini tashkil qiladi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003733" id="-6003733">Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspertiza jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003735" id="-6003735">tegishli sohalarda islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003737" id="-6003737">Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003739" id="-6003739">vazifalarni mutaxassislar oʻrtasida taqsimlaydi, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Bosh vazir oʻrinbosariga tasdiqlash uchun kiritadi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va Kotibiyat bosh mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003740" id="-6003740">Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003742" id="-6003742">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003746" id="-6003746">kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Kotibiyat xodimlari malakasini oshirishning samarali shakl va uslublarini joriy qilish, kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlash hamda moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003748" id="-6003748">Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003750" id="-6003750">chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003752" id="-6003752">jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003755" id="-6003755">16. Kotibiyat mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda, uning vazifasini Kotibiyat mudirining oʻrinbosari bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003757" id="-6003757">17. Kotibiyat mudirining oʻrinbosari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003759" id="-6003759">mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003761" id="-6003761">mutaxassislar tomonidan tegishli masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003763" id="-6003763">tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003765" id="-6003765">materiallar toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003767" id="-6003767">islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003769" id="-6003769">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003771" id="-6003771">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003774" id="-6003774">Kotibiyat mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003775" id="-6003775">Kotibiyat mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003777" id="-6003777">Kotibiyat mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003779" id="-6003779">jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003781" id="-6003781">vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003783" id="-6003783">18. Shuʼba mudiri:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003785" id="-6003785">shuʼba faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003787" id="-6003787">mutaxassislar tomonidan maʼlumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003790" id="-6003790">sohaga doir boʻlgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003792" id="-6003792">materiallar toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003794" id="-6003794">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari, tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish shuʼbalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003796" id="-6003796">Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning ishini tashkil etadi va u tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003798" id="-6003798">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etishni kelishish boʻyicha takliflarni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003800" id="-6003800">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003802" id="-6003802">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003804" id="-6003804">Kotibiyat mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003806" id="-6003806">Kotibiyat mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003808" id="-6003808">Kotibiyat mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003810" id="-6003810">jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003812" id="-6003812">vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003814" id="-6003814">19. Kotibiyat bosh mutaxassisi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003818" id="-6003818">oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003820" id="-6003820">davlat boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar va ekspert xulosalarini tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi <a href="/acts/-4253101#-4255619">Reglamentiga</a> muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003823" id="-6003823">materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, Kotibiyat mudiri oʻrinbosariga va tegishliligi boʻyicha shuʼba mudirlariga, shuningdek, belgilangan tartibda — Bosh vazir oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003825" id="-6003825">qabul qilingan hujjatlar boʻyicha amalga oshirish grafigini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining tegishli tarmoqlar hamda sohalar boʻyicha topshiriqlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003827" id="-6003827">tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam yangilab turilishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003829" id="-6003829">davlat boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlarining tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003831" id="-6003831">sohani rivojlantirish boʻyicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish yuzasidan Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003833" id="-6003833">idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003835" id="-6003835">idoraviy mansub tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini ishlab chiqish hamda joriy etishda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarning sifatli hamda samarali amalga oshirilishini taʼminlashda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003837" id="-6003837">oʻziga tegishli masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003840" id="-6003840">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003842" id="-6003842">jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003844" id="-6003844">Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishliligi boʻyicha shuʼba mudirlariga, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, Kotibiyat mudiri, Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003846" id="-6003846">islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, sohalar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi hamda tegishliligi boʻyicha shuʼba mudirlariga, Kotibiyat mudirining oʻrinbosariga, Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003848" id="-6003848">vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003851" id="-6003851">20. Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003853" id="-6003853">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishining nazoratini hamda tahlil etilishini taʼminlaydi, ularni bajarish natijalari haqida Bosh vazir oʻrinbosariga axborot beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003855" id="-6003855">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari tomonidan biriktirilgan sohalarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarni tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003857" id="-6003857">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputat soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari samarali bajarilishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003859" id="-6003859">Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida shuʼba mudirlariga, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, Kotibiyat mudiri, Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003861" id="-6003861">Bosh vazir oʻrinbosarining joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning bajarilishini tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003863" id="-6003863">Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Bosh vazir oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun axborot-maʼlumotnoma va boshqa materiallarni, shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosarining maʼruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003865" id="-6003865">Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlar va majlislarga, shu jumladan, Hukumat komissiyalarining yigʻilish va majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning ijrosini nazorat qiladi, Kotibiyat mudiri va Bosh vazir oʻrinbosariga topshiriqlarning bajarilishi haqida belgilangan tartibda axborot beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003866" id="-6003866">Bosh vazir oʻrinbosari nomiga keladigan xat-xabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar boʻyicha axborot beradi va xat-xabarlar yuzasidan topshiriqlarni ijrochilarga belgilangan tartibda yuboradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003868" id="-6003868">Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari qabul qilinishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003871" id="-6003871">Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda fuqarolarni Bosh vazir oʻrinbosari qabul qilishini tashkil etadi, Bosh vazir oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining topshirigʻiga binoan fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003873" id="-6003873">21. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, ishlarning tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6003881" id="-6003881"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-6003882" id="-6003882">Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 244-son<a href="/acts/-5999422"> qaroriga <br /></a>3-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6003884" id="-6003884">Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6003886" id="-6003886">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6003888" id="-6003888"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6003891" id="-6003891">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003893" id="-6003893">1. Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — Kotibiyat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003895" id="-6003895">2. Kotibiyatning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish masalalari tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish va axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003899" id="-6003899">3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003900" id="-6003900">4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003902" id="-6003902">Kotibiyat oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir oʻrinbosari) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003903" id="-6003903">5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6003905" id="-6003905">2-bob. Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003907" id="-6003907">6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003909" id="-6003909">“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003911" id="-6003911">2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni, yaqin va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida samarali amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003918" id="-6003918">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son <a href="/acts/-5279413">Farmoniga</a> hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son<a href="/acts/-5439350"> qaroriga </a>muvofiq biriktirilgan vazirliklar va idoralarda qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish va monitoring olib borishning taʼsirchan tizimini yaratish, tasdiqlangan tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003919" id="-6003919">Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni taʼminlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari sohasidagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003922" id="-6003922">iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflarni ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003924" id="-6003924">Hukumat aʼzolari, barcha darajadagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni ular tomonidan samarali bajarilishida ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003926" id="-6003926">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003928" id="-6003928">xalqaro reytinglar va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning ish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003930" id="-6003930">biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003932" id="-6003932">joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003934" id="-6003934">hududlarda “xalq bilan muloqot” va “mahallabay” tizim asosida ishlarni tizimli tashkil etish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlashda mahalliy hokimliklar bilan uzviy hamkorlikni tizimli yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, yoshlar bandligini taʼminlash, yoshlarning ilgʻor gʻoyalarini va biznes loyihalarini amalga oshirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003936" id="-6003936">Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini joriy etish, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003938" id="-6003938">ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003940" id="-6003940">zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003942" id="-6003942">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003944" id="-6003944">Kotibiyatda va Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003945" id="-6003945">Kotibiyatda, shuningdek, Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarda sohalar yoʻnalishlari boʻyicha lavozimlarga tajribali kadrlarni tanlash, xodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish orqali kadrlarning amaldagi zaxirasini yaratish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003946" id="-6003946">7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003947" id="-6003947">a) yoshlarni qoʻllab-quvvatlash sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003948" id="-6003948">yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining<a href="/acts/-3026246"> Qonuni </a>ijrosi joylarda sifatli amalga oshirilishida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqindan hamkorlikni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003949" id="-6003949">yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, ularning ongida mustaqillik, milliy oʻzlikni anglash gʻoyalariga sodiqlik, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik tuygʻularini qaror toptirish, ularni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003950" id="-6003950">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son <a href="/acts/-4880189">Farmoniga</a> muvofiq Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarning samarali yechimlarini ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003952" id="-6003952">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son<a href="/acts/-5831865"> qarori </a>bilan respublikaning har bir mahallasida tashkil etilgan yoshlar yetakchilari faoliyatiga koʻmaklashish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003954" id="-6003954">mahallalarda “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish orqali ularning muammolariga yechim topishning samarali mexanizmini yanada takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003955" id="-6003955">yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq oʻyinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, “Besh muhim tashabbus” loyihalarini, yoshlar festivallarini va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003957" id="-6003957">yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini ragʻbatlantirish hamda hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003958" id="-6003958">yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003959" id="-6003959">huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʻlgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003963" id="-6003963">Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 18-yanvardagi 23-son <a href="/acts/-5234746">qarori</a> ijrosini samarali tashkil qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003965" id="-6003965">demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishda yoshlarning faol ishtirokini oshirish, ularning mustaqil fikrlaydigan, yuksak maʼnaviyatga, qatʼiy hayotiy nuqtai nazarga, keng dunyoqarashga va chuqur bilimga ega boʻlgan, oʻzining butun kuchi, bilimi va salohiyatini xalq manfaatlari yoʻlida sarflashga, mamlakat kelajagi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan tashabbuskor, gʻayratli yoshlar safini kengaytirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003967" id="-6003967">oʻsib kelayotgan yosh yigit va qizlarni ichki immuniteti shakllanishining muhim omillari boʻlgan keng dunyoqarashga, mustahkam bilimga, qatʼiy eʼtiqodga ega boʻlgan, yuqori malakali va jismonan sogʻlom qilib voyaga yetkazishga yoʻnaltirilgan yoshlarga oid davlat siyosati amalga oshirilishini yanada takomillashtirish ishlarini tizimli amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003969" id="-6003969">oʻsib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida yoshlar tashkilotlarining rolini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishida ushbu tashkilotlar rolini kuchaytirish orqali yoshlarning huquqiy madaniyati va ijtimoiy-iqtisodiy faolligini yanada oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003971" id="-6003971">yoshlarning oʻqishga va badiiy adabiyotga qiziqishini yanada oshirish yoʻli bilan ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, jumladan, diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot gʻoyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish hamda ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish madaniyatini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003973" id="-6003973">yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali yigit va qizlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003975" id="-6003975">mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan va xalq manfaatlari uchun sadoqat bilan xizmat qilayotgan yosh, malakali, tashabbuskor, tadbirkor, uddaburon, vijdonli va fidoyi rahbar kadrlarni tayyorlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunday kadrlar zaxirasini yaratish va ularni davlat boshqaruvi organlarida masʼul lavozimlarga koʻtarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003977" id="-6003977">“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy va iqtisodiy hamda psixologik qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan yoshlarga koʻmaklashish va ularni tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda hamda hududlardagi tadbirkorlik subyektlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003979" id="-6003979">b) jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003982" id="-6003982">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 4-martdagi PF-6181-son<a href="/acts/-5319756"> Farmoniga </a>muvofiq fuqarolik jamiyatini yangi bosqichga olib chiqish, ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, bu borada vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishni taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003986" id="-6003986">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 3-martdagi PQ-5012-son <a href="/acts/-5317637">qaroriga </a>muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash samarali tashkil etilishini taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003988" id="-6003988">nodavlat notijorat tashkilotlar tashabbuslarini amalga oshirish uchun ularga qulay huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003990" id="-6003990">nodavlat notijorat tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda sohani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003992" id="-6003992">nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlari va xodimlarining tashkilotni samarali boshqarish, moliyaviy barqarorlikka erishish, ijtimoiy muhim loyihalarni ishlab chiqish, ijtimoiy sheriklik va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda, volontyorlarni, xayriya va boshqa resurslarni jalb qilish, ijtimoiy menejment, ijtimoiy tadbirkorlik yoʻnalishlarida salohiyatini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003995" id="-6003995">jamoat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, demokratik islohotlarni amalga oshirishda ularning roli va ahamiyatini mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlarini keng rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003997" id="-6003997">mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan, tarmoq, hududiy dasturlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarni va fuqarolarning huquqlari qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan boshqa qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat organlarining jamoat tashkilotlari, kasaba uyushmalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6003999" id="-6003999">fuqarolarning manfaatlariga daxl qiluvchi ijtimoiy loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004001" id="-6004001">v) konsepsiyalar, dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004004" id="-6004004">yaqin va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari yoʻnalishidagi eng muhim ustuvor vazifalar, jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish borasida konsepsiyalar, dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari huzurida himoya qilish mexanizmini joriy etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004006" id="-6004006">Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat rahbariyatining tashriflari natijalari boʻyicha va respublika hududlariga tashriflar vaqtida tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishi tizimli nazorat qilinishini taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004008" id="-6004008">“yoʻl xaritalari” ijrosining amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar va idoralar rahbarlarining axboroti, materiallari va hisobotlari taqdim etilishini taʼminlash orqali ularni Vazirlar Mahkamasi majlislarida muhokama qilish uchun kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004011" id="-6004011">taqdim etilayotgan axborot va materiallarni “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishining samaradorligi yuzasidan har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004013" id="-6004013">g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari” ijrosi ustidan nazorat qilish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004015" id="-6004015">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning qarorlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari” ijrosini maqsadli oʻrganish va shu asosda strategik vazifalarni amalga oshirish yuzasidan aniq takliflarni ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004017" id="-6004017">amalga oshirilayotgan islohotlarning xalq manfaatlari yoʻlida qanchalik darajada roʻyobga chiqarilishini oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004020" id="-6004020">Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlash va kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004022" id="-6004022">aniq holatlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun Kotibiyat faoliyati sohasiga kiradigan muammoli masalalar boʻyicha ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda qayd etilgan holatlarga boʻlgan munosabatlarni joylarga chiqib jamoatchilik fikrini oʻrganish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004024" id="-6004024">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, maqsadli va kompleks dasturlar ijrosi boʻyicha joylarga chiqib tanqidiy oʻrganishni tashkil etish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004026" id="-6004026">8. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004028" id="-6004028">Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Bosh vazir huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004030" id="-6004030">mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004032" id="-6004032">ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004034" id="-6004034">Bosh vazir tomonidan hududlarda ijtimoiy sohada islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish jarayonida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazilishi uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004036" id="-6004036">tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004038" id="-6004038">oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004039" id="-6004039">oʻzi mutasaddi boʻlgan tarmoqlar va sohalarda ishlarning ahvolini oʻrganadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari huzurida muhokama qilinishi yuzasidan tahliliy materiallarni tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004040" id="-6004040">tegishli tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturlarini amalga oshirish, biriktirilgan tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004043" id="-6004043">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004045" id="-6004045">tegishli soha yoʻnalishi boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004047" id="-6004047">muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalar orqali, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004049" id="-6004049">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004055" id="-6004055">Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun soha yoʻnalishidagi oʻtkazilgan oʻrganishlar va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan dolzarb masalalar yuzasidan tahliliy materiallar asosida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004057" id="-6004057">Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va ularni puxta ishlab chiqish orqali tegishli tahliliy maʼlumotnomalarni tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004060" id="-6004060">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004061" id="-6004061">materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleks hamda sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, davlat boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004063" id="-6004063">Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ular himoya qilinishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004065" id="-6004065">oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq biriktirilgan vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004068" id="-6004068">biriktirilgan sohada davlat siyosati vazirliklar va idoralar tomonidan samarali hamda sifatli amalga oshirilishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004069" id="-6004069">Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro shartnoma loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004070" id="-6004070">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari rahbarlik qiladigan tegishli idoralararo kollegial organlar, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004071" id="-6004071">jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va chora koʻrish uchun davlat organlari va xoʻjalik birlashmalariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004073" id="-6004073">Kotibiyat oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6004075" id="-6004075">3-bob. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004077" id="-6004077">9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004080" id="-6004080">Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrab olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004083" id="-6004083">davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004086" id="-6004086">markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004092" id="-6004092">Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarining kollegial organlari majlislarida, Bosh vazir va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004095" id="-6004095">zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004099" id="-6004099">“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4636594">Qonuni</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining<a href="/acts/-4253101#-4255619"> Reglamenti </a>va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzgan holda kiritilgan hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqish uchun qaytarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004100" id="-6004100">Kotibiyat zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablar, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004102" id="-6004102">10. Kotibiyat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004105" id="-6004105">tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosi monitoringi olib borilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004113" id="-6004113">ushbu Nizomning<a href="/acts/-5999422#-6003946"> 7</a> va <a href="/acts/-5999422#-6004026">8-bandlarida </a>koʻrsatilgan oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004115" id="-6004115">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga kiritiladigan takliflar va hujjat loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar amalga oshirilishi samaradorligi va qabul qilingan qarorlar, shuningdek, ishning tegishli uchastkasida erishilgan natijalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004125" id="-6004125">Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a>, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4636594">Qonuni</a> va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004128" id="-6004128">qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004130" id="-6004130">Kotibiyatdagi ishlarning holati va tegishli vazirliklar va idoralar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004132" id="-6004132">oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004139" id="-6004139">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining<a href="/acts/-4253101#-4255619"> Reglamentiga </a>muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan hamkorlikda davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni taʼminlash nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004149" id="-6004149">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son <a href="/acts/-5279413">Farmoniga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son,<a href="/acts/-5439350"> “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “<a href="/acts/-5521182">Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “<a href="/acts/-5534224">Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “<a href="/acts/-262832">Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a>” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6004152" id="-6004152">4-bob. Kotibiyatning tuzilmasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004154" id="-6004154">11. Kotibiyat tuzilmasiga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004156" id="-6004156">Kotibiyat mudiri;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004158" id="-6004158">jamoat tashkilotlari faoliyati masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004160" id="-6004160">din ishlari masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004162" id="-6004162">shuʼba mudiri (yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish masalalari);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004164" id="-6004164">yoshlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004166" id="-6004166">mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004168" id="-6004168">Kotibiyat inspektori kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004171" id="-6004171">Kotibiyat tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004173" id="-6004173">12. Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004175" id="-6004175">13. Kotibiyat mudiri, shuʼba mudiri va kotibiyat mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6004179" id="-6004179">5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004193" id="-6004193">14. Kotibiyat ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4636594">Qonuniga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining <a href="/acts/-4253101#-4255619">Reglamentiga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-4253367#-4256528">Nizomga</a>, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat mudiri, shuʼba mudiri va Kotibiyat mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004195" id="-6004195">Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004197" id="-6004197">Kotibiyat mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004198" id="-6004198">Kotibiyat shuʼba mudiri va bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004200" id="-6004200">Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosi sifatli amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Kotibiyatning faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining topshiriqlariga binoan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish va tegishli maʼlumotlar bankini yuritish orqali taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004202" id="-6004202">15. Kotibiyat mudiri:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004204" id="-6004204">Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, shuʼba mudiri va mutaxassislarining ishlarini tashkil qiladi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004206" id="-6004206">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son <a href="/acts/-5279413">Farmoni</a> va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son<a href="/acts/-5439353"> qaroriga </a>muvofiq biriktirilgan vazirliklar va idoralarda hamda Kotibiyatda ijro intizomini taʼminlaydi, shu jumladan, sohalar boʻyicha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar, har bir kalendar yil uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirish yakunlari, tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”, konsepsiyalar va dasturlarning amalga oshirilishi boʻyicha maʼlumotlarning elektron bazasi doimiy asosda shakllantirilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004207" id="-6004207">Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan sohaga doir masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004208" id="-6004208">iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004210" id="-6004210">Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Kotibiyat shuʼba mudiri va mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004212" id="-6004212">Kotibiyat shuʼba mudiri va mutaxassislari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini ishlab chiqadi va tasdiqlash, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga kiritadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004214" id="-6004214">Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan, respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004216" id="-6004216">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004218" id="-6004218">kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Kotibiyat xodimlari malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlarning amaldagi zaxirasini tayyorlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004219" id="-6004219">Kotibiyatda belgilangan tartibda ish yuritilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004220" id="-6004220">jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004221" id="-6004221">chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004222" id="-6004222">16. Kotibiyat mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda, uning vazifasini shuʼba mudiri bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004224" id="-6004224">17. Shuʼba mudiri:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004225" id="-6004225">shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi hamda shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004226" id="-6004226">shuʼbaga biriktirilgan masalalar boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar va respublika hududlari boʻyicha mutaxassislar tomonidan maʼlumotnoma, tahliliy, statistik materiallar va boshqa materiallar, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004228" id="-6004228">qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004229" id="-6004229">masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Kotibiyat va Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Kotibiyat mudiriga, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004230" id="-6004230">shuʼba mutaxassislari tomonidan tegishli tarmoqlar, sohalar, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004231" id="-6004231">maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004232" id="-6004232">islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, shuʼba vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004233" id="-6004233">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, shuʼba mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004234" id="-6004234">shuʼba mutaxassislar tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli davr uchun ish rejalarida tasdiqlangan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlarni amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudiriga koʻrib chiqish uchun tegishli takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004235" id="-6004235">Kotibiyat mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004236" id="-6004236">Kotibiyat mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004237" id="-6004237">Kotibiyat mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004238" id="-6004238">davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash va boshqa sohaga doir dolzarb masalalar yuzasidan muhokama va yigʻilishlar oʻtkazadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004239" id="-6004239">jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004240" id="-6004240">vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004241" id="-6004241">shuʼba mudiri vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Kotibiyat mudirining koʻrsatmasiga koʻra shuʼbaning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004242" id="-6004242">18. Kotibiyat bosh mutaxassislari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004243" id="-6004243">oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004245" id="-6004245">tegishli davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi <a href="/acts/-4253101#-4255619">Reglamentiga</a> muvofiq zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004248" id="-6004248">materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida shuʼba mudiriga, Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda — Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004249" id="-6004249">qabul qilingan hujjatlar boʻyicha reja-jadvalni yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlari davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004251" id="-6004251">tegishli masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004252" id="-6004252">tegishli davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004255" id="-6004255">tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004256" id="-6004256">mutasaddilik qilinadigan sohada ular faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy qilish yoʻli bilan davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004257" id="-6004257">aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini taʼminlashga asoslangan Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar va ular rahbarlarining faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004260" id="-6004260">oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004262" id="-6004262">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilar oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004263" id="-6004263">jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004264" id="-6004264">vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004265" id="-6004265">19. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, ishlarning tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6004266" id="-6004266"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-6004267" id="-6004267">Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 244-son<a href="/acts/-5999422"> qaroriga <br /></a>4-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6004268" id="-6004268">Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6004269" id="-6004269">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6004272" id="-6004272"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6004273" id="-6004273">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004274" id="-6004274">1. Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004276" id="-6004276">2. Departamentning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy jihatdan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004278" id="-6004278">3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi<a href="/acts/-20596"> Konstitutsiyasi </a>va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004279" id="-6004279">4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari rahbarligida amalga oshiradi, ayni paytda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004280" id="-6004280">5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlari (keyingi oʻrinlarda — davlat boshqaruvi organlari), mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6004281" id="-6004281">2-bob. Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004282" id="-6004282">6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004283" id="-6004283">maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004285" id="-6004285">davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004286" id="-6004286">davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004288" id="-6004288">davlat tilining amal qilishi bilan bogʻliq muammolarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosati olib borilishi boʻyicha takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004289" id="-6004289">oʻzbek tilining yozma matni meʼyor va qoidalarini ishlab chiqish va lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻliq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004291" id="-6004291">maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004293" id="-6004293">maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish masalalari boʻyicha dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “Oʻzbek tili bayrami kuni”ni nishonlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004294" id="-6004294">ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni isteʼmolga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004295" id="-6004295">maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish masalalariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004296" id="-6004296">7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004297" id="-6004297">a) maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004298" id="-6004298">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son <a href="/acts/-5344692">qaroriga</a> muvofiq ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” gʻoyasini keng targʻib etish orqali jamiyatda sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004299" id="-6004299">targʻibot-tashviqot va tarbiya yoʻnalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etishga koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004300" id="-6004300">aholining Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish madaniyatini oshirish, gʻoyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga qaratilgan targʻibot ishlarini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004301" id="-6004301">madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va sanʼatning barcha turlarida, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida maʼnaviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004302" id="-6004302">b) davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004303" id="-6004303">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son <a href="/acts/-5058351">Farmoniga</a> muvofiq oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash, Oʻzbekistondagi millatlar va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida oʻzbek tilini oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish, oʻzbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlar va vazifalarini amalga oshirishni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004304" id="-6004304">davlat va jamiyat hayotida davlat tilining nufuzini oshirish, shu jumladan, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qoʻllanish doirasini kengaytirish, davlat tilining zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan oʻrni va rolini oshirish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004305" id="-6004305">davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004306" id="-6004306">normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari davlat tilida tayyorlanishi va kiritilishining monitoringini olib boradi, bu sohada qonun talablarining buzilishi haqida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga tegishli koʻrsatmalar yuboradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004307" id="-6004307">davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratining samarali va amaliy shakllarini joriy etadi, ushbu yoʻnalishda davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004308" id="-6004308">v) davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004309" id="-6004309">davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda ularga har tomonlama koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004310" id="-6004310">davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004311" id="-6004311">g) davlat tilining amal qilishi bilan bogʻliq muammolarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosati olib borilishi boʻyicha takliflar tayyorlash borasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004470" id="-6004470">davlat tilining amal qilishi bilan bogʻliq muammolarni aniqlaydi, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004471" id="-6004471">davlat tilini rivojlantirish boʻyicha yagona davlat siyosatini belgilab beradigan qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004472" id="-6004472">d) oʻzbek tilining yozma matni meʼyor va qoidalarini ishlab chiqish va lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻliq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004473" id="-6004473">oʻzbek tilining yozma matni meʼyor va qoidalarini puxta va tizimli tahlil qilib boradi va ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan asoslangan takliflarni ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004474" id="-6004474">lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻliq joriy etish borasidagi ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004475" id="-6004475">lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻgʻri qoʻllashni taʼminlash boʻyicha zarur tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004476" id="-6004476">e) maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004478" id="-6004478">maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini puxta va tizimli tahlil qilib boradi hamda ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan asoslangan takliflarni ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004480" id="-6004480">maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004481" id="-6004481">xorijiy mamlakatlarning davlat tilini rivojlantirish sohasidagi tajribasini, qonunchilik hujjatlarini oʻrganadi, tahlil qiladi va ularning natijalari boʻyicha qonunchilikka tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004484" id="-6004484">j) maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish boʻyicha dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “Oʻzbek tili bayrami kuni”ni nishonlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004485" id="-6004485">davlat tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004486" id="-6004486">maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilini rivojlantirish boʻyicha davlat, hududiy va tarmoq dasturlarini hamda “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004487" id="-6004487">maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilini rivojlantirish boʻyicha davlat, hududiy va tarmoq dasturlari hamda “yoʻl xaritalari”ning amalga oshirilishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004489" id="-6004489">“Oʻzbek tili bayrami kuni”ni keng nishonlash, barcha hududlarda bayram tadbirlarini tashkil etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004490" id="-6004490">z) ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni isteʼmolga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish va monitoring olib borish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004491" id="-6004491">ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004492" id="-6004492">ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritish boʻyicha Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004493" id="-6004493">zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash borasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004494" id="-6004494">geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni muvofiqlashtiradi va monitoring olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004495" id="-6004495">i) maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish masalalariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004497" id="-6004497">maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004499" id="-6004499">davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet el fuqarolari uchun oʻzbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish, oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha maxsus kurslarni tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004501" id="-6004501">maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6004503" id="-6004503">3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004504" id="-6004504">8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004507" id="-6004507">Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijroiya hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004509" id="-6004509">davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004511" id="-6004511">ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004512" id="-6004512">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshirigʻiga binoan davlat organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004514" id="-6004514">zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004519" id="-6004519">zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4636594">Qonuni</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining<a href="/acts/-4253101#-4255619"> Reglamenti </a>va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib yuborish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004517" id="-6004517">Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004520" id="-6004520">9. Departament:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004522" id="-6004522">tegishli davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputat soʻrovlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosi monitoringi olib borilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004524" id="-6004524">ushbu Nizomning <a href="/acts/-5999422#-6004296">7 </a>va <a href="/acts/-5999422#-6004504">8-bandlarida </a>koʻrsatilgan oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004530" id="-6004530">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar amalga oshirilishi samaradorligi va qabul qilingan qarorlar, shuningdek, erishilgan natijalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004532" id="-6004532">Oʻzbekiston Respublikasi<a href="/acts/-20596"> Konstitutsiyasi</a>, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi<a href="/acts/-4636594"> Qonuni </a>va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004533" id="-6004533">qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004535" id="-6004535">“yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004536" id="-6004536">Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004537" id="-6004537">xorijiy mamlakatlarga oliy darajadagi tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004541" id="-6004541">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son<a href="/acts/-5279413"> Farmoniga</a>, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, <a href="/acts/-5439350">“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “<a href="/acts/-5521182">Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “<a href="/acts/-5534224">Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “<a href="/acts/-262832">Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a>” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6004542" id="-6004542">4-bob. Departamentning tuzilmasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004544" id="-6004544">10. Departamentning tuzilmasiga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004545" id="-6004545">Departament mudiri;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004546" id="-6004546">Departament mudirining oʻrinbosari — boʻlim mudiri (maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004547" id="-6004547">davlat tilini rivojlantirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004549" id="-6004549">maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004551" id="-6004551">boʻlim mudiri (atamashunoslik va toponimik obyektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004553" id="-6004553">atamashunoslik va toponimika sohasida qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004554" id="-6004554">toponimik obyektlarga nom berish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004555" id="-6004555">Departament inspektori kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004556" id="-6004556">11. Departamentning tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004557" id="-6004557">12. Departament mudiri, Departament mudirining oʻrinbosari, boʻlim mudiri, mutaxassislar va inspektor belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004559" id="-6004559">13. Departament mudiri Departament faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga rahbarlik qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6004560" id="-6004560">5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004569" id="-6004569">14. Departament faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4636594">Qonuniga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi <a href="/acts/-4253101#-4255619">Reglamentiga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-4253367#-4256528">nizomga</a>, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, Departament mudirining oʻrinbosari, boʻlim mudiri va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004573" id="-6004573">Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004574" id="-6004574">Departamentning ish rejasi, Departament mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004576" id="-6004576">Departament mudirining oʻrinbosari, boʻlim mudiri va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004578" id="-6004578">Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda Departament faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Departamentning faoliyati kompleks oʻrganishlar oʻtkazish va Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq rejali masalalarni Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish yoʻli bilan taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004579" id="-6004579">15. Departament mudiri:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004584" id="-6004584">Departamentga bevosita rahbarlik qiladi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004586" id="-6004586">Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Departament faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha takliflar va hujjatlar loyihalarining puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004588" id="-6004588">maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring tashkil etilishini hamda axborot tizimi shakllantirilishini, shuningdek, sohaga oid muammoli masalalarni hal etish, vazifalarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004590" id="-6004590">Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, departament mudirining oʻrinbosari, boʻlim mudiri va mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va maʼmuriy jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqish uchun kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004592" id="-6004592">departament mudirining oʻrinbosari, boʻlim mudiri va mutaxassislar oʻrtasida vazifalar taqsimotini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, Departamentning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004593" id="-6004593">Vazirlar Mahkamasiga kelgan, Hukumat qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004595" id="-6004595">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004596" id="-6004596">kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Departament xodimlari malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlarning amaldagi zaxirasini tayyorlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004597" id="-6004597">Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004598" id="-6004598">jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004601" id="-6004601">chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004603" id="-6004603">16. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda, uning vazifasini Departament mudirining oʻrinbosari bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004604" id="-6004604">17. Departament mudirining oʻrinbosari Departament mudiri tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan funksional majburiyatlariga asosan oʻziga yuklangan vazifalar doirasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004606" id="-6004606">Departament tegishli mutaxassislarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004609" id="-6004609">oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004614" id="-6004614">qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini amalga oshirish boʻyicha Departament mutaxassislari tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini muvofiqlashtiradi, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari tomonidan tasdiqlanishini, erishilgan natijalar monitoringini doimiy asosda taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004616" id="-6004616">Vazirlar Mahkamasi va Departamentning tegishli davrga moʻljallangan ish rejalarida, shuningdek, mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida Departament mudiri koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004618" id="-6004618">tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, uning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilab borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004621" id="-6004621">materiallar toʻgʻrisida belgilangan tartibda Departament mudiriga, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004622" id="-6004622">tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, maʼnaviyat-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004623" id="-6004623">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004625" id="-6004625">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004626" id="-6004626">Departament mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004628" id="-6004628">tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha Departament mudiriga takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004718" id="-6004718">Departament mudiriga Departament tegishli mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004719" id="-6004719">vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004721" id="-6004721">18. Boʻlim mudiri:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004724" id="-6004724">boʻlim mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi va ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004726" id="-6004726">boʻlimga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalari sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlar bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004727" id="-6004727">tegishli masalalar boʻyicha axborot tizimi tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam toʻldirilishi va yangilanishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004731" id="-6004731">materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004734" id="-6004734">oʻz faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004736" id="-6004736">Departament mudirining topshirigʻiga koʻra chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004737" id="-6004737">tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarini taqsimlash boʻyicha Departament mudiriga takliflarni kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004741" id="-6004741">lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, mutaxassislar malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularni jazolash toʻgʻrisida Departament mudiriga takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004745" id="-6004745">vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004747" id="-6004747">19. Departamentning bosh mutaxassisi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004748" id="-6004748">oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004751" id="-6004751">tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi <a href="/acts/-4253101#-4255619">Reglamentiga</a> muvofiq zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004754" id="-6004754">materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida boʻlim mudiriga, Departament mudirining oʻrinbosariga, Departament mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004756" id="-6004756">tegishlicha maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari hamda atamashunoslik va toponomika sohasida qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004757" id="-6004757">tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004758" id="-6004758">tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlarining tegishli tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004762" id="-6004762">maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishini muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004764" id="-6004764">oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004767" id="-6004767">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004770" id="-6004770">jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004773" id="-6004773">vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6004776" id="-6004776">20. Inspektor Departamentda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning Departamentdan oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivga saqlash uchun oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-6000436" id="-6000436">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2022-y., 09/22/244/0404-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
