1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining ta’sirchan tizimini yaratishda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi o‘rnini mustahkamlash, uning ahamiyatini yanada oshirish hamda samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni bilan:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot]
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Ijro.gov.uz” tizimi) orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ijrosini nazorat qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy qilinganligi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
2021-yil 1-maydan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish faqat “Ijro.gov.uz” tizimida amalga oshirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashning 1 va 2-ilovalarga muvofiq quyidagi tartibi joriy etilsin:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
birinchi bosqich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun Adliya vazirligiga yuboradi;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
ikkinchi bosqich — Adliya vazirligi “Ijro.gov.uz” tizimiga nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi. Bunda Vazirlar Mahkamasi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar bo‘yicha o‘zining ijro etuvchi tuzilmasida topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochini, zarur bo‘lganda, vazirlik va idoralarni belgilaydi hamda topshiriqlarni nazoratga oladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
uchinchi bosqich — davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi va bu haqda “Ijro.gov.uz” tizimiga belgilangan shakldagi ma’lumotlarni kiritadi;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
to‘rtinchi bosqich — Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni kelishadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga jo‘natadi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni har oyda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
beshinchi bosqich — Vazirlar Mahkamasi “Ijro.gov.uz” tizimida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan kiritilgan hamda Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga jo‘natadi, shuningdek, har oyda Rayosat majlislarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijadorligini tanqidiy ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tegishli takliflar bilan birgalikda umumlashtirilgan ma’lumot kiritadi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
oltinchi bosqich — Hisob palatasi “Ijro.gov.uz” tizimida mas’ul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan va Hukumat tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga jo‘natadi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
yettinchi bosqich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
3. Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha yagona va uzluksiz “texnologik zanjir”ni tashkil qilish borasidagi ustuvor yo‘nalishlar etib quyidagilar belgilansin:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalarini har tomonlama puxta hamda yuksak professional darajada tayyorlash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
boshqaruv tizimini, zamonaviy O‘zbekistonni rivojlantirishning yangi bosqichini, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini maqsadli hamda ustuvor vazifalarga muvofiq takomillashtirish;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali va rejali tashkil qilish, ularning bajarilish holatini maqsadli o‘rganish va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardagi nazorat bandlarida aniq mexanizmlar, muddatlar va mas’ullar belgilanishi bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni (harakat rejalarini) o‘z vaqtida ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalarining ijro intizomini mustahkamlashdagi rolini oshirish;
tashkiliy, ijro va nazorat faoliyati yagona tizimining natijadorligi uchun davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini belgilash.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazorat va hisobdorlikni tashkil etishda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
davlat organlari va tashkilotlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni 3-ilovaga muvofiq tartibda tashkil etadi, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi hamda bu haqda “Ijro.gov.uz” tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritadi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni 4-ilovaga muvofiq tartibda tashkil etadi, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning joylarda to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi hamda bu haqda “Ijro.gov.uz” tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritadi;
xo‘jalik birlashmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni 5-ilovaga muvofiq tartibda tashkil etadi, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi hamda bu haqda “Ijro.gov.uz” tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritadi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
5. “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
6. Belgilansinki:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda ijro muddati belgilanmagan yoki ijro muddati bir yil va undan ortiq etib belgilangan topshiriqlarning bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumot har olti oyda mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritib boriladi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
“Ijro.gov.uz” tizimiga davlat organlari va tashkilotlarini ulash va ularning “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishini ta’minlash Davlat budjeti hamda budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarida belgilangan ijro muddatlari faqatgina Adliya vazirligi va, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Hisob palatasi xulosasi olingan takliflar asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ruxsati bilan uzaytiriladi;
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
maxfiylik grifi ostidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ma’lumotlar bazasini yuritish hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari mas’ul hisoblanadi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-171-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
7. Moliya vazirligi “Ijro.gov.uz” tizimiga davlat organlari va tashkilotlarini ulash va ularning “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishini ta’minlash bilan bog‘liq maqsadlar uchun mablag‘larni 2021-yilda Davlat budjeti parametrlari doirasida, 2022-yildan boshlab esa davlat organlari va tashkilotlarining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-oktabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3962-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 10-yanvarga qadar “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etishda yuzaga kelgan muammolar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, “Ijro.gov.uz” tizimi samaradorligini oshirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash maqsadida ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan vaqtinchalik nizomni takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Quyidagilarga:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va ro‘yxatga olish tartiblari]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilariga — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ijro intizomini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalda bajarilishida ko‘maklashish uchun;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchisiga — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari tomonidan to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan ishlarning tashkil qilinishi uchun;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
Hisob palatasi raisiga — davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalarida ijro intizomini tegishli darajada ta’minlash uchun;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
adliya vaziriga — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilishining nazorati olib borilishi, “Ijro.gov.uz” tizimi samarali yuritilishi hamda manzilli va tematik tahlillarning sifatli tashkil etilishi uchun;
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
raqamli texnologiyalar vaziriga — “Ijro.gov.uz” tizimi uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha doimiy asosda choralar ko‘rib borilishi uchun;
(10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek, ularning ijro holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimi orqali to‘liq, to‘g‘ri va o‘z vaqtida taqdim qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 31-may,
PQ-5132-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish
(davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari)
Adliya vazirligi
Bajarish muddati:
1. Natijalarni ko‘rib chiqish:
Bajarish muddati:
“Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning elektron nusxalarini Adliya vazirligiga yuborish.
“Ijro.gov.uz” tizimiga topshiriqlarni kiritish, mas’ul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilash.
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.
3 kun
a) ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida kelishish;
1 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda — 5 ish kunida
Vazirlar Mahkamasi
Hukumat tizimidagi tashkilotlar bo‘yicha mas’ul ijrochini belgilash va topshiriqlarni nazoratga olish.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan shaklda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish.
belgilangan muddatlarda
b) ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natish.
Bajarish muddati:
Bajarish muddati:
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro muddatlarini uzaytirish haqida Adliya vazirligiga taklif kiritish.
zaruratga ko‘ra
2. Ijro muddatlarini uzaytirish to‘g‘risidagi takliflarni o‘rganish va “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash.
5 kun
1 kun, shoshilinch topshiriqlar — zudlik bilan
hujjatning elektron nusxasini olgan kundan boshlab 1 kun
V BOSQICH
VI BOSQICH
VII BOSQICH
Vazirlar Mahkamasi
(Hukumat tizimidagi tashkilotlar bo‘yicha)
Hisob palatasi
Administratsiya
1. Natijalarni ko‘rib chiqish:
Bajarish muddati:
1. Natijalarni ko‘rib chiqish:
Bajarish muddati:
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Bajarish muddati:
a) ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash;
1 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda — 5 ish kunida
a) ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratdan yechish;
1 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda — 3 ish kunida
muntazam ravishda
b) ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natish.
b) ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natish.
2. Topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish.
belgilangan muddatlarda
2. Ijro muddatlarini uzaytirish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqish va “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash.
5 kun
2. Ijro muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi takliflar asosliligini o‘rganish va Administratsiyaga xulosa kiritish.
5 kun
3. Nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qo‘yish, ularning ayrimlarini alohida nazoratga olish.
zaruratga ko‘ra
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga 2-ILOVA
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish
“Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning elektron nusxalarini Adliya vazirligiga yuborish.
“Ijro.gov.uz” tizimiga topshiriqlarni kiritish, mas’ul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilash.
Viloyat hokimliklari:
Bajarish muddati:
1. Natijalarni ko‘rib chiqish:
Bajarish muddati:
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.
3 kun, shoshilinch topshiriqlar — zudlik bilan
a) ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida kelishish;
1 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda — 5 ish kunida
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni ijrochilar va ijro muddatlarini belgilab, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali tuman (shahar) hokimliklariga yuborish.
Vazirlar Mahkamasi
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarni tasdiqlash.
belgilangan muddatlarda
b) ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natish.
Mas’ul ijrochini belgilash hamda topshiriqlarni nazoratga olish.
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro muddatlarini uzaytirish haqida Adliya vazirligiga taklif kiritish.
zaruratga ko‘ra
Tuman (shahar) hokimliklari:
Bajarish muddati:
2. Ijro muddatlarini uzaytirish to‘g‘risidagi takliflarni o‘rganish hamda “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash.
5 kun
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlash.
belgilangan muddatlarda
Bajarish muddati:
Bajarish muddati:
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish.
1 kun, shoshilinch topshiriqlar —zudlik bilan
hujjatning elektron nusxasini olgan kundan boshlab 1 kun
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi muddatlarini uzaytirish haqida viloyat hokimligiga taklif kiritish.
zaruratga ko‘ra
V BOSQICH
VI BOSQICH
VII BOSQICH
Vazirlar Mahkamasi
Hisob palatasi
Administratsiya
1. Natijalarni ko‘rib chiqish:
Bajarish muddati:
1. Natijalarni ko‘rib chiqish:
Bajarish muddati:
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Bajarish muddati:
a) ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash;
1 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda — 5 ish kunida
a) ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratdan yechish;
1 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda — 3 ish kunida
muntazam ravishda
b) ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natish.
b) ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natish.
2. Topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish.
belgilangan muddatlarda
2. Ijro muddatlarini uzaytirish haqida takliflarni ko‘rib chiqish va “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash.
5 kun
2. Ijro muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi takliflar asosligini o‘rganish va Administratsiyaga xulosa kiritish.
5 kun
3. Nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qo‘yish, ularning ayrimlarini alohida nazoratga olish.
zaruratga ko‘ra
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga 3-ILOVA
“Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijrosini tashkil etish
Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda rahbariyatga axborot beradi.
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida
2-bosqich
Markaziy apparat rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
1 kun muddatda
3-bosqich
Markaziy apparat mas’ul ijrochisi
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
2. Zaruratga ko‘ra, rahbariyatga axborot bergan holda hududiy bo‘linmalarga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilangan holda topshiriqni yuboradi va nazoratga oladi.
3 kun muddatda
4-bosqich
Hududiy bo‘linma Umumiy bo‘limi
(kanselyariyasi)
Markaziy apparat tomonidan ijro uchun yuborilgan topshiriqlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda rahbariyatga axborot beradi.
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida
5-bosqich
Hududiy bo‘linma rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
1 kun muddatda
6-bosqich
Hududiy bo‘linma mas’ul ijrochisi
Topshiriq ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
3 kun muddatda
Topshiriq ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga belgilangan tartibda markaziy apparatga tizim orqali kiritadi.
Topshiriqda belgilangan muddatda
7-bosqich
Markaziy apparat mas’ul ijrochisi
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan, rahbar (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan muddatdan kechikmasdan
2. Topshiriq ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi tomonidan e’tirozlar bilan ishlashga qaytarilganda, bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
Zudlik bilan
8-bosqich
Markaziy apparat va hududiy bo‘linma rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati: rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida muhokama qilinadi; rahbar huzurida muhokama qilinadi.
Har hafta juma kuni
Har hafta dushanba kuni
Davlat organlari va tashkilotlari hay’ati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati muhokama qilinadi, topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlanmagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarni qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
Har oyda
9-bosqich
Nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linma
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga to‘liq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi.
2. Topshiriq ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi tomonidan e’tirozlar bilan ishlashga qaytarilganda, mas’ul ijrochi tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
Doimiy
10-bosqich
Adliya vazirligi
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini o‘rganadi va natijasi bo‘yicha:
a) topshiriq bajarilgan bo‘lsa — mas’ul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni kelishadi;
b) topshiriq bajarilmagan bo‘lsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natadi.
1 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda 3 ish kunida
“Ijro.gov.uz” tizimiga zarur ma’lumotlar o‘z vaqtida kiritilmasa yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan bo‘lsa, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatma kiritadi.
Zaruratga ko‘ra
11-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotning to‘liqligi va haqqoniyligini o‘rganadi va natijasi bo‘yicha:
a) topshiriq bajarilgan bo‘lsa — “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydi;
b) topshiriq bajarilmagan bo‘lsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natadi.
1 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda 3 ish kunida
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilishi, natijasi bo‘yicha belgilangan shakldagi ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilishini nazoratga oladi.
Doimiy
12-bosqich
Hisob palatasi
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini o‘rganadi, natijasi bo‘yicha:
a) topshiriq bajarilgan bo‘lsa — “Ijro.gov.uz” tizimida topshiriqni nazoratdan yechadi;
b) topshiriq bajarilmagan bo‘lsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natadi.
1 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda 3 ish kunida
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga 4-ILOVA
“Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijrosini tashkil etish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
(keyingi o‘rinlarda — viloyat hokimliklari)
Umumiy bo‘limi
(kanselyariyasi)
Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda rahbariyatga axborot beradi.
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida
2-bosqich
Viloyat hokimligi rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
1 kun muddatda
3-bosqich
Viloyat hokimligi
mas’ul ijrochisi
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
2. Zaruratga ko‘ra, rahbariyatga axborot bergan holda tuman (shahar) hokimliklariga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilangan holda topshiriqni yuboradi va nazoratga oladi.
3 kun muddatda
4-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi Umumiy bo‘limi
(kanselyariyasi)
Viloyat hokimligi tomonidan ijro uchun yuborilgan topshiriqlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda rahbariyatga axborot beradi.
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida
5-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
1 kun muddatda
6-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi mas’ul ijrochisi
Topshiriq ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
3 kun muddatda
Topshiriq ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga belgilangan tartibda viloyat hokimligiga tizim orqali kiritadi.
Topshiriqda belgilangan muddatda
7-bosqich
Viloyat hokimligi mas’ul ijrochisi
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan, rahbar (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan muddatdan kechikmasdan
2. Topshiriq ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi tomonidan e’tirozlar bilan ishlashga qaytarilganda, bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
Zudlik bilan
8-bosqich
Viloyat va tuman (shahar) hokimligi rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati:
hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida muhokama qilinadi;
hokim huzurida muhokama qilinadi.
Har hafta juma kuni
Har hafta dushanba kuni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tuman (shahar) kengashlari
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati muhokama qilinadi, topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlanmagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarni qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
Har yarim yilda
9-bosqich
Nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linma
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga to‘liq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi.
2. Topshiriq ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi tomonidan e’tirozlar bilan ishlashga qaytarilganda, mas’ul ijrochi tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
Doimiy
10-bosqich
Adliya vazirligi
Viloyat hokimliklari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini o‘rganadi va natijasi bo‘yicha:
a) topshiriq bajarilgan bo‘lsa — mas’ul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni kelishadi;
b) topshiriq bajarilmagan bo‘lsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natadi.
1 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda 3 ish kunida
“Ijro.gov.uz” tizimiga zarur ma’lumotlar o‘z vaqtida kiritilmasa yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan bo‘lsa, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida viloyat hokimligiga ko‘rsatma kiritadi.
Zaruratga ko‘ra
11-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Viloyat hokimligi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini o‘rganadi va natijasi bo‘yicha:
a) topshiriq bajarilgan bo‘lsa — “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydi;
b) topshiriq bajarilmagan bo‘lsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natadi.
1 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda 3 ish kunida
Viloyat hokimligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilishi, natijasi bo‘yicha belgilangan shakldagi ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilishini nazoratga oladi.
Doimiy
12-bosqich
Hisob palatasi
Viloyat hokimligi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini o‘rganadi, natijasi bo‘yicha:
a) topshiriq bajarilgan bo‘lsa — “Ijro.gov.uz” tizimida topshiriqni nazoratdan yechadi;
b) topshiriq bajarilmagan bo‘lsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natadi.
1 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda 3 ish kunida
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga 5-ILOVA
“Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning xo‘jalik birlashmalari tomonidan ijrosini tashkil etish
Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda rahbariyatga axborot beradi.
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida
2-bosqich
Markaziy apparat rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
1 kun muddatda
3-bosqich
Markaziy apparat mas’ul ijrochisi
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
2. Zaruratga ko‘ra, rahbariyatga axborot bergan holda hududiy bo‘linmalarga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilangan holda topshiriqni yuboradi va nazoratga oladi.
3 kun muddatda
4-bosqich
Hududiy bo‘linma Umumiy bo‘limi
(kanselyariyasi)
Markaziy apparat tomonidan ijro uchun yuborilgan topshiriqlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda rahbariyatga axborot beradi.
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida
5-bosqich
Hududiy bo‘linma rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
1 kun muddatda
6-bosqich
Hududiy bo‘linma mas’ul ijrochisi
Topshiriq ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
3 kun muddatda
Topshiriq ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga belgilangan tartibda markaziy apparatga tizim orqali kiritadi.
Topshiriqda belgilangan muddatda
7-bosqich
Markaziy apparat mas’ul ijrochisi
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan, rahbar (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan muddatdan kechikmasdan
2. Topshiriq ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi tomonidan e’tirozlar bilan ishlashga qaytarilganda, bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
Zudlik bilan
8-bosqich
Markaziy apparat va hududiy bo‘linma rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati:
rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida muhokama qilinadi;
rahbar huzurida muhokama qilinadi.
Har hafta juma kuni
Har hafta dushanba kuni
Xo‘jalik birlashmasi boshqaruvi organi
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati muhokama qilinadi, topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlanmagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
Har oyda
9-bosqich
Nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linma
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga to‘liq kiritilishini nazoratga oladi.
2. Topshiriq ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi tomonidan e’tirozlar bilan ishlashga qaytarilganda, mas’ul ijrochi tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
Doimiy
10-bosqich
Adliya vazirligi
Xo‘jalik birlashmasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini o‘rganadi va natijasi bo‘yicha:
a) topshiriq bajarilgan bo‘lsa — mas’ul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni kelishadi;
b) topshiriq bajarilmagan bo‘lsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natadi.
1 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda 3 ish kunida
“Ijro.gov.uz” tizimiga zarur ma’lumotlar o‘z vaqtida kiritilmasa yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan bo‘lsa, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida xo‘jalik birlashmasiga ko‘rsatma kiritadi.
Zaruratga ko‘ra
11-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Xo‘jalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotning to‘liqligi va haqqoniyligini o‘rganadi va natijasi bo‘yicha:
a) topshiriq bajarilgan bo‘lsa — “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydi;
b) topshiriq bajarilmagan bo‘lsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natadi.
1 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda 3 ish kunida
Xo‘jalik birlashmalari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilishi, natijasi bo‘yicha belgilangan shakldagi ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilishini nazoratga oladi.
Doimiy
12-bosqich
Hisob palatasi
Xo‘jalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini o‘rganadi, natijasi bo‘yicha:
a) topshiriq bajarilgan bo‘lsa — “Ijro.gov.uz” tizimida topshiriqni nazoratdan yechadi;
b) topshiriq bajarilmagan bo‘lsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga jo‘natadi.
1 ish kunida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda 3 ish kunida
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga 6-ILOVA
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
1. Ushbu nizom “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Ijro.gov.uz” tizimi) orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ijrosini tashkil etish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
2. “Ijro.gov.uz” tizimidagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli ijro etilishining nazorati Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
operator —“Ijro.gov.uz” tizimi uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini ta’minlovchi Raqamli texnologiyalar vazirligi qoshidagi “O‘zbektelekom” AK ta’sischiligidagi “UNICON-SOFT” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
mas’ul ijrochilar — davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari.
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi va nazorati quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning elektron nusxalarini Adliya vazirligiga yuboradi;
ikkinchi bosqich — Adliya vazirligi mas’ul ijrochilar va ularni bajarish muddatlarini aniq ko‘rsatgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni kiritadi;
uchinchi bosqich — mas’ul ijrochilar qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi va bu haqda “Ijro.gov.uz” tizimiga asoslovchi hujjatlar bilan birga ma’lumot kiritadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
to‘rtinchi bosqich — Adliya vazirligi mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, zaruratga ko‘ra joyiga chiqqan holda o‘rganadi, ularni kelishadi yoki qayta ishlashga yuboradi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
beshinchi bosqich — Vazirlar Mahkamasi “Ijro.gov.uz” tizimida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini muntazam nazorat qiladi, Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga jo‘natadi, shuningdek, har oy yakuni bo‘yicha Rayosat majlislarida ijro intizomi holatini muhokama qiladi, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan ta’sir choralari belgilaydi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
oltinchi bosqich — Hisob palatasi mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilib, Adliya vazirligi bilan kelishilgan va Hukumat tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, natijasi bo‘yicha ularni nazoratdan yechadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
yettinchi bosqich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, zarurat bo‘lganda, nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qo‘yadi, ularning ayrimlarini alohida nazoratga oladi (ushbu qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar nazoratdan faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yechiladi).
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
5. Raqamlashtirish va normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash bilan bog‘liq topshiriqlar:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va (yoki) tasdiqlash to‘g‘risidagi topshiriqlar — ushbu hujjat belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlaridagi raqamlashtirishga oid topshiriqlar ijrosi “Ijro.gov.uz” elektron tizimida Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgandan so‘ng;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarga muvofiq ishlab chiqilishi belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgandan so‘ng ularni qabul qilgunga qadar bo‘lgan bosqichlar qo‘shimcha ravishda “ijro.gov.uz” elektron tizimida nazoratga olinadi.
Bunda kiritilgan hujjat loyihasi tegishli tashkilotga qayta ishlash uchun yuborilgan taqdirda, Hisob palatasi bu haqida xabardor qilinadi va topshiriq Hisob palatasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimida qayta nazoratga olinadi.
6. Ma’lum bir tartib yoki tizimni amaliyotga joriy qilish bilan bog‘liq topshiriqlar — normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish talab qilingan taqdirda, hujjat qabul qilingandan so‘ng topshiriq to‘liq bajarilgan deb hisoblanadi. Bunda:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
mas’ul ijrochi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga kiritgandan keyin normativ-huquqiy hujjat qabul qilingunga qadar har oyda, biroq eng ko‘pi bilan bir yil davomida topshiriq ijro holati bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga ma’lumot kiritib boradi;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
topshiriqning ijro muddati bevosita Adliya vazirligi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
7. Bir xil mazmundagi yoki faqat mas’ul ijrochilari va bajarish muddatlari bir-biridan farq qiladigan oldin berilgan topshiriq keyinroq qabul qilingan teng yoki yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunchilik hujjati va topshiriq asosida nazoratdan yechiladi.
8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar Hisob palatasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimidagi asosiy mas’ul ijrochidan nazoratdan yechilgandan so‘ng, mazkur topshiriq u bo‘yicha hamijrochi hisoblangan boshqa ijrochilardan ham “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratdan avtomatik ravishda yechiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
9. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda ijro muddati:
belgilanmagan bo‘lsa — ularni bajarish muddati bir yil;
doimiy topshiriqlarning “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratdan yechish muddati (hujjatlarda doimiy topshiriqlarning yakuniy muddati aniq belgilangan holatlar bundan mustasno):
har hafta (yoki bir oygacha muddat) bo‘lsa — ularning yakuniy ijro muddatlari bir yil;
har oy va har chorak bo‘lsa — ularning yakuniy ijro muddatlari ikki yil;
har yarim yil va har yili bo‘lsa — ularning yakuniy ijro muddatlari uch yil etib belgilanadi.
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddati har oy, har chorak, har yarim yil yoki har yili etib belgilangan holatlarda “Ijro.gov.uz” tizimida ushbu topshiriqlarning ijro muddati keyingi oyning 10-sanasiga qadar belgilanishi mumkin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Ijro muddati bir yil va undan ortiq etib belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumot har olti oyda mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritib borilishi lozim.
Doimiy topshiriqlarning “Ijro.gov.uz” tizimidan yechilishi ularning ijrosini davom ettirish majburiyatidan ozod qilmaydi.
10. “Ijro.gov.uz” tizimida ijro muddati uch oy va undan oshadigan topshiriqlarning ijro holati yuzasidan oraliq ma’lumot kiritilishi lozim.
11. “Ijro.gov.uz” tizimida oraliq ma’lumotlar quyidagi tartibda ko‘rib chiqiladi:
mas’ul ijrochi har bir topshiriqni amalga oshirishga doir harakatlar jadvalini xronologik tartibda ishlab chiqadi va tizimga kiritadi;
mas’ul ijrochi “Ijro.gov.uz” tizimida belgilangan ijro muddatining teng yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot xatini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tizimga kiritadi;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Adliya vazirligi kiritilgan oraliq ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni kelishadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan Hukumat tarkibidagi mas’ul ijrochilarning oraliq ma’lumotlarining to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
Hisob palatasi Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bo‘ysunuvidagi tashkilotlar oraliq ma’lumotlarining to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi mas’ul bo‘lgan topshiriqlar bo‘yicha kiritilgan oraliq ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan kiritilgan oraliq ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul tarkibiy bo‘linmasi ko‘rib chiqadi, ularni nazoratdan yechadi yoki qayta ishlashga yuboradi.
12. Mas’ul ijrochi topshiriq ijro muddatining teng yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot xatini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Oraliq ma’lumotlar mazkur nizomning 11-bandida ko‘rsatib o‘tilgan tartibda qabul qilingach, topshiriq ijrosi yuzasidan yakuniy ma’lumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritishga ruxsat beriladi.
2-bob. “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish tartibi
1-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yuborilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Ijro nazorati boshqarmasi) tomonidan bir kun muddatda mas’ul ijrochilar va ularni bajarish muddatlari aniq ko‘rsatilgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritiladi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlash jarayonida, zaruratga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan Hisob palatasi bilan kelishgan holda “Ijro.gov.uz” tizimida qo‘shimcha ijrochi belgilanishi mumkin.
14. Ijro nazorati boshqarmasi:
har oyning 20-sanasida ijro muddati kelgan, biroq bajarilmagan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar, shuningdek, muddati oy yakuniga qadar keladigan topshiriqlar bo‘yicha;
har oyning 25-sanasida ijro muddati keyingi oyda keladigan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha ro‘yxat shakllantiradi va mas’ul ijrochilarga eslatmalar yuboradi.
15. Ijro nazorati boshqarmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini bajarishda yuzaga kelayotgan muammolarni hamkorlikda hal qilish va huquqiy-uslubiy ko‘maklashish maqsadida har hafta payshanba va juma kunlari Adliya vazirligida mas’ul ijrochilar vakillari bilan birgalikda “jonli muloqot” tashkil etadi.
2-§. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish
a) Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
16. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida mas’ul xodim tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
17. Davlat organlari va tashkilotlari rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
18. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Mas’ul tarkibiy bo‘linma, zaruratga ko‘ra, rahbariyatga axborot bergan holda hududiy bo‘linmalar yoki tizim tashkilotlariga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilangan holda topshiriqni yuboradi.
Bunda davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati mas’ul tarkibiy bo‘linmasi hududiy bo‘linmalar yoki tizim tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriq bajarilishini qat’iy nazoratga olishi va ijrosini ta’minlashda ko‘maklashishi zarur.
19. Mas’ul tarkibiy bo‘linma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
20. Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatining nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmasi:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga to‘liq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
agar qonunchilik hujjatlari va topshiriq ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
21. Davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida;
har chorakda — hay’at majlislarida muhokama qilinadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.02 Intizomiy jazolarni qo‘llash tartibi]
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
b) Davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
22. Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatidan amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlari aniq belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular bo‘yicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlari mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
23. Hududiy bo‘linmalar rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
24. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish]
25. Mas’ul tarkibiy bo‘linma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatiga yuboradi.
26. Hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarining nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul tarkibiy bo‘linma tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatiga o‘z vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
27. Hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida (birinchi o‘rinbosar shtati mavjud bo‘lmagan yoki vakant hollarda — o‘rinbosar);
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida muhokama qilinadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar]
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
3-§. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
28. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar) mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
29. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
30. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Mas’ul tarkibiy bo‘linma, zaruratga ko‘ra, rahbariyatga axborot bergan holda tuman (shahar) hokimliklariga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilab, topshiriqni yuboradi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning mas’ul tarkibiy bo‘linmasi tuman (shahar) hokimligi tomonidan topshiriq bajarilishini qat’iy nazoratga olishi va ijrosini ta’minlashda ko‘maklashishi zarur.
31. Mas’ul tarkibiy bo‘linma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
32. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmasi:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul tarkibiy bo‘linma tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga to‘liq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
qonunchilik hujjatlari va topshiriq ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilgan bo‘lsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
33. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari huzurida;
har hafta dushanba kuni — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari huzurida;
har chorakda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari yig‘ilishida muhokama qilinadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.02 Intizomiy jazolarni qo‘llash tartibi]
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
b) tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
34. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklardan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular bo‘yicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida tuman (shahar) hokimligi mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi va rahbariyatga axborot beriladi.
35. Tuman (shahar) hokimligi rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
36. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
37. Mas’ul tarkibiy bo‘linma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki hokimlikka yuboradi.
38. Tuman (shahar) hokimligining nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki hokimlikka o‘z vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
39. Tuman (shahar) hokimliklarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni — hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — hokim huzurida;
har chorakda — xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari yig‘ilishida muhokama qilinadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.02 Intizomiy jazolarni qo‘llash tartibi]
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
4-§. Xo‘jalik birlashmalari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
a) Xo‘jalik birlashmalari markaziy apparati tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
40. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida xo‘jalik birlashmasi markaziy apparati mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
41. Xo‘jalik birlashmalari rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
42. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
Mas’ul tarkibiy bo‘linma, zaruratga ko‘ra, rahbariyatga axborot bergan holda hududiy bo‘linmalarga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilab, topshiriqni yuboradi. Bunda mas’ul tarkibiy bo‘linma hududiy bo‘linmalar tomonidan topshiriq bajarilishini qat’iy nazoratga olishi va ijrosini ta’minlashda ko‘maklashishi zarur.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
43. Mas’ul tarkibiy bo‘linma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli ma’lumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
44. Xo‘jalik birlashmasining nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmasi:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul tarkibiy bo‘linma tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga to‘liq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
qonunchilik hujjatlari va topshiriq ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasi tomonidan e’tirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, mas’ul tarkibiy bo‘linma tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
45. Xo‘jalik birlashmalarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida;
har chorakda — xo‘jalik birlashmalari boshqaruv organi majlislarida muhokama qilinadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.02 Intizomiy jazolarni qo‘llash tartibi]
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
b) Xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘linmalari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
46. Xo‘jalik birlashmalari markaziy apparatidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular bo‘yicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida xo‘jalik birlashmasining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi va rahbariyatga axborot beriladi.
47. Hududiy bo‘linmalar rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul tarkibiy bo‘linma — mas’ul ijrochini belgilaydi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq beradi.
48. Mas’ul tarkibiy bo‘linma uch kun muddatda topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
49. Mas’ul tarkibiy bo‘linma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan va rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga xo‘jalik birlashmasining markaziy apparatiga kiritadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
50. Nazorat va ijro intizomini ta’minlash vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mas’ul ijrochi tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga xo‘jalik birlashmasining markaziy apparatiga o‘z vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
51. Xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘linmalarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida muhokama qilinadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.02 Intizomiy jazolarni qo‘llash tartibi]
Bunda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi.
5-§. Vazirlar Mahkamasi bevosita mas’ul bo‘lgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
52. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir kotibiyati) Hukumat bevosita mas’ul etib belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgandan boshlab bir kun davomida Bosh vazir yoki uning o‘rinbosari topshirig‘ini (zarurat bo‘lganda nazorat rejasini) tayyorlaydi, belgilangan tartibda imzolash (tasdiqlash) uchun Bosh vazir yoki uning o‘rinbosariga kiritadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
53. Hukumat bevosita mas’ul etib belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish bo‘yicha belgilangan tartibda imzolangan (tasdiqlangan) Bosh vazir topshirig‘i (nazorat rejalari) ijrosini ta’minlash uchun — mas’ul ijrochilarga hamda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun Adliya vazirligiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
Bunda Adliya vazirligi Hukumat bevosita mas’ul etib belgilangan topshiriqlar bo‘yicha Bosh vazir topshirig‘i (nazorat rejasi)da mas’ul etib belgilangan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalarini ham “Ijro.gov.uz” tizimida ijrochi etib belgilaydi va ularning ijrosi nazoratini umumiy tartibda amalga oshiradi.
54. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmasi, Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari hamda Nazorat va ijro intizomi bo‘limi tasdiqlangan Bosh vazir topshirig‘i (nazorat rejalari) asosida mas’ul ijrochilarga yuborilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi.
3-bob. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
1-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
a) Adliya vazirligi markaziy apparati tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
55. Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini doimiy tahlil qilib boradi va nazorat qiladi.
56. Adliya vazirligi tasdiqlangan grafik asosida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan sohalar va tarmoqlar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni olib boradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.01.00 Umumiy masalalar. Saylash tartibi. Vakolatlarning tugashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
57. Ijro nazorati boshqarmasi quyidagi hollarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratga olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasining hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘linmalari)ga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali yuboradi:
a) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘linmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri mas’ul ijrochi etib belgilanganda;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
b) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklariga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘linmalariga ijro uchun yuborilganda yoki ularning ijrosi bevosita tegishli hududning o‘zida amalga oshirilishi nazarda tutilganda.
58. Mas’ul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimga kiritiladigan ijro natijalari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha kiritiladigan rasmiy ma’lumot birinchi rahbar (istisno hollarda — uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan bo‘lishi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar “PDF” formatida, amaliy natijalarni aks ettirish imkoniyati mavjud bo‘lgan hollarda — ularni ifoda etuvchi boshqa formatlardagi ma’lumotlar ilova qilingan bo‘lishi.
59. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimga kiritilgan ma’lumotlar Ijro nazorati boshqarmasi tomonidan bir ish kunidan kechiktirmay (qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda — besh ish kunida) tahlil qilinadi.
60. Tahlil qilish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
ma’lumotlar va ilova qilingan tasdiqlovchi hujjatlar to‘liqligini o‘rganish;
ma’lumotlar haqqoniyligini, zaruratga ko‘ra, joyiga chiqqan holda o‘rganish;
tor ixtisosliklar bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlarni (bajarilgan ishlarni) sohaga oid tashkilotlarga so‘rovlar yuborish yoki mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘rganish;
ma’lumotlarda noaniqliklar mavjud bo‘lgan taqdirda mas’ul ijrochidan yozma yoki og‘zaki tushuntirishlar olish.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
61. Tahlil jarayonida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritiladigan ma’lumotlarga quyidagi mezonlar asosida baho beriladi:
qonuniylik — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda nazarda tutilgan ma’muriy tartib-taomillar va qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilganligi;
dolzarblik — olib borilayotgan davlat siyosati, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatiga mosligi;
to‘liqlik — qonunchilik hujjatlari va topshiriqda ko‘zlangan maqsadga (ko‘rsatkichga) erishganligi (soni, miqdori, hajmi va boshqa ko‘rsatkichlar);
haqqoniylik — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning amalda qilingan ishlar bilan o‘zaro muvofiqligi;
mas’uliyatlilik — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash borasida mas’ul ijrochilar tomonidan o‘z vakolati doirasida barcha zaruriy choralar ko‘rilganligi.
62. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlar tahlili natijasiga ko‘ra Ijro nazorati boshqarmasi:
topshiriq bajarilgan bo‘lsa — mas’ul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni kelishadi;
topshiriq bajarilmagan yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — ularni qayta ishlashga mas’ul ijrochiga yuboradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Raqamlashtirishga oid topshiriqlar quyidagi tartibda ko‘rib chiqiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
topshiriqlarning to‘liqligi va haqqoniyligini tekshirish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali yuboradi;
Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotlarni to‘liqligi va haqqoniyligi yuzasidan tegishli xulosani bir kun muddatda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi;
Raqamli texnologiyalar vazirligining xulosasi ijobiy bo‘lsa, mas’ul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni kelishadi, aksincha bo‘lsa, ularni qayta ishlash uchun mas’ul ijrochiga yuboradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
Mas’ul ijrochi tomonidan kamchiliklar bartaraf qilinib, “Ijro.gov.uz” tizimiga ma’lumotlar qayta kiritilganda yuqoridagi jarayon takrorlanadi.
63. “Ijro.gov.uz” tizimiga zarur ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritgan mas’ul ijrochilarga Adliya vazirligi tomonidan mazkur kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar yuboriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.02 Intizomiy jazolarni qo‘llash tartibi;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.05.00 Boshqa masalalar]
Adliya vazirligi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmagan mas’ul ijrochilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik choralari qo‘llanadi.
b) Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
64. Ushbu Nizomning 57-bandida belgilangan hollarda Ijro nazorati boshqarmasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan nazorat topshiriqlari bir vaqtning o‘zida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali avtomatik tarzda Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlariga nazorat uchun yuboriladi.
65. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari o‘z hududlariga doir qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini doimiy ravishda monitoring va tahlil qilib boradi.
66. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda hokimliklarga va hududiy mas’ul ijrochilarga huquqiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashadi.
67. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini qo‘shimcha o‘rganish talab qilinganda, Ijro nazorati boshqarmasi ko‘rsatmasiga muvofiq bir ish kunida (qo‘shimcha o‘rganish talab qilinganda — uch ish kunida) Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi amalda bajarilganligi va unda ko‘zlangan maqsadga erishilganligini joyiga chiqqan holda o‘rganadi.
Bunda o‘rganish yakunlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma tayyorlanib, imzolangan holda “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Ijro nazorati boshqarmasiga taqdim qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.01.00 Umumiy masalalar. Saylash tartibi. Vakolatlarning tugashi]
68. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini doimiy ravishda tahlil qilib boradi.
Har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrif bayonlarida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tasdiqlangan shakldagi tahliliy hujjatlar to‘plamini Ijro nazorati boshqarmasiga taqdim qilib boradi.
69. Ijro nazorati boshqarmasining hududiy bo‘limlari tegishli hudud bo‘yicha bajarilmagan va muddati kechiktirib bajarilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar tahlili va hisobini yuritadi hamda natijasi bo‘yicha umumlashtirilgan axborotni har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar Ijro nazorati boshqarmasiga taqdim qilib boradi.
2 §. Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
70. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalari, Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini muntazam tahlil qilib, nazoratini amalga oshiradi.
71. Ijro intizomini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgan holatlar va muddati o‘tgan topshiriqlar bo‘yicha har hafta respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar rahbar o‘rinbosarlari, mas’ul departament, boshqarma, bo‘lim rahbarlari hamda ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linma rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.
72. Bosh vazir kotibiyatining Nazorat va ijro intizomi bo‘limi ish rejaga muvofiq qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosining joylardagi amaliy natijasi, ijro intizomi holati, rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligi masalasini joylarga chiqqan holda kompleks o‘rganadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish]
Kompleks o‘rganishlar natijalari bo‘yicha tayyorlangan materiallar to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot beriladi, zaruratga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilinadi.
73. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalari, Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlari bir kun muddatda (qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda uch kun muddatda) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan kelishilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini o‘rganib chiqadi:
topshiriq bajarilgan bo‘lsa — “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydi;
topshiriq bajarilmagan bo‘lsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — ularni qayta ishlash uchun mas’ul ijrochiga yuboradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
74. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan har oy yakuni bo‘yicha tayyorlanib, belgilangan tartibda kiritilgan tahliliy hujjatlar asosida ijro intizomi holati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar ishtirokida tanqidiy ko‘rib chiqiladi.
75. Vazirlar Mahkamasi Rayosatida ijro intizomi masalalarini ko‘rib chiqish tartibi ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-§. Hisob palatasi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
76. Hisob palatasi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishini nazorat qilib boradi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari mansabdor shaxslar tomonidan ijro etilishini baholaydi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
ijro intizomini har tomonlama mustahkamlashga, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining shaxsiy mas’uliyatini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar bo‘yicha kutilayotgan natijalarga erishishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning samarali ijro etilishiga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammo va kamchiliklarni aniqlab, bartaraf etishga, shuningdek, davlat organlari hamda tashkilotlarida ijro intizomi buzilishining oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘radi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar doirasida ajratilgan mablag‘lar maqsadli sarflanishi va samaradorligini o‘rganish bilan birga ularning aholi uchun ijobiy natijasini tahlil qiladi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijadorligini tahlil qilib, ijrosi ta’minlanmagan masalalar va ular bo‘yicha mas’ullarga tegishli choralar ko‘rish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi;
tashabbuskorlarga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalarini ishlab chiqishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan takliflar kiritib boradi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
77. Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan, Adliya vazirligi bilan kelishilgan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini bir ish kunida (qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda — uch ish kunida) o‘rganadi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra:
topshiriq bajarilgan bo‘lsa — topshiriqni nazoratdan yechadi;
topshiriq bajarilmagan bo‘lsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa — mas’ul ijrochilarga qayta ishlashga yuboradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
78. Hisob palatasi grafik asosida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan sohalar va tarmoqlar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni olib borishda ishtirok etadi.
79. Hisob palatasi har chorak yakunlari bo‘yicha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi.
4-§. Hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holatini doimiy o‘rganib borish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
80. Hisob palatasi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holatini doimiy o‘rganib borish bo‘yicha ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruhlar) faoliyat ko‘rsatadi.
81. Ishchi guruhlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etishda tegishli davlat organlari va tashkilotlariga amaliy ko‘maklashish, shuningdek, ularning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, tahlil qilish hamda yuzaga kelgan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
har chorak yakuni bo‘yicha o‘rganishlar natijasida ijroda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida muhokama qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
82. Ishchi guruh tomonidan har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15-sanasigacha hududlardagi ijro intizomi holati va kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ullarga choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar Hisob palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boriladi.
83. Adliya vazirligi ishchi guruhlarning ishchi organi hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi ishchi guruhlar faoliyatiga hududlarda ijro intizomini tashkil etishda yaqindan ko‘maklashib boradi.
4-bob. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish tartibi
1 §. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati bo‘yicha ma’lumotni Adliya vazirligiga kiritish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
84. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlaydi hamda ijro natijalari bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimiga ma’lumotlarni ularning ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga kiritadi.
85. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning birinchi sanasiga qadar “Ijro.gov.uz” tizimidagi o‘zlari mas’ul bo‘lgan va bajarilmagan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qiladi va ularning ijro holati bo‘yicha birinchi rahbar (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolangan ma’lumotni Adliya vazirligiga taqdim etadi.
2 §. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
86. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
87. Adliya vazirligi har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar muddati kelgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holatini hamda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari tomonidan bajarilmagan topshiriqlar bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qiladi, shuningdek, ushbu Nizomga 2-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq umumlashtirilgan ma’lumotnomani tahliliy materiallar bilan birgalikda tayyorlaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
88. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar to‘plami adliya vaziri (istisno hollarda tegishli vazir o‘rinbosari) tomonidan imzolangan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
3 §. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha kiritilgan tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.02.00 Adliya organlari huzuridagi tashkilotlar]
89. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha kiritilgan tahliliy materiallar asosida Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamenti hamda Nazorat va ijro intizomi bo‘limi tomonidan har oyning o‘n ikkinchi sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi hujjatlari to‘plami tayyorlanadi hamda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha hisobot tashkil etiladi.
90. Ijro intizomini ta’minlash hamda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tahlil qilish masalalari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi kun tartibiga kiritiladi.
91. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
hisobot davrida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati bo‘yicha adliya vazirining hamda ijro intizomini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar rahbarlarining (ularning o‘rinbosarlari) hisoboti eshitiladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.02 Intizomiy jazolarni qo‘llash tartibi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarini bajarishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etishda zarur choralar ko‘rmagan rahbar va ularning o‘rinbosarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro muddatlarini uzaytirish bo‘yicha takliflar asosliligi muhokama qilinadi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash, rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
92. Vazirlar Mahkamasining Bosh vazirga axborot berilib, imzolangan Rayosati majlisi bayoni va tahliliy hujjatlar to‘plami belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Hisob palatasiga yuboriladi.
93. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish Vazirlar Mahkamasi Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish tartibi
94. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish (asos mavjud bo‘lganda) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi asosiy ijrochi bo‘lganda — Prezident Administratsiyasi mas’ul tarkibiy bo‘linmasi tomonidan;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Hukumat asosiy ijrochi bo‘lganda — Hisob palatasi tomonidan;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
qolgan barcha holatlarda — bevosita Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
95. “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish ushbu Nizomga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
96. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda mas’ul ijrochilar tomonidan ularning ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha takliflar quyidagi namunaviy shakllardagi hujjatlar ilova qilgan holda Adliya vazirligiga kiritiladi:
rahbar (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolangan tushuntirish xati.
97. Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish bo‘yicha takliflarni tahlil qiladi hamda natijasi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi.
Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish bo‘yicha takliflar yuzasidan tayyorlangan xulosalar har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar ko‘rib chiqish uchun:
Vazirlar Mahkamasiga (davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari takliflari bo‘yicha);
Hisob palatasiga (Prezident huzuridagi tashkilotlar, sud organlari, Bosh prokuratura va Hukumat tizimiga kirmaydigan boshqa markaziy idoralar bo‘yicha) kiritiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
98. Vazirlar Mahkamasida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilib xulosa berilgan takliflar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va Hisob palatasiga takliflar kiritiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
99. Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish bo‘yicha Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullangan takliflarni tahlil qiladi hamda asos mavjud bo‘lgan taqdirda o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosa kiritadi.
100. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul tarkibiy bo‘linmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha takliflarni va Hisob palatasining xulosasini tahlil qiladi hamda asosli deb topgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga taklif kiritadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
101. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari “Ijro.gov.uz” tizimidagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish haqidagi takliflar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib, tegishli choralarni belgilaydi.
6-bob. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlar olib borish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
102. Adliya vazirligi va Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni (keyingi o‘rinlarda — manzilli va tematik o‘rganishlar) olib boradi hamda ularning joylardagi ijro holati monitoringini amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
103. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha yillik manzilli va tematik o‘rganishlar dasturi Adliya vazirligi tomonidan har yili yanvar oyida Hisob palatasi hamda davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari takliflari asosida ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
104. Tasdiqlangan manzilli va tematik o‘rganishlar dasturidagi reja-grafikka muvofiq Adliya vazirligi va Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida o‘rganishlar o‘tkazadi.
Manzilli va tematik o‘rganishda boshqa manfaatdor tashkilotlar jalb qilinishi, mas’ul xodimlari ishtirok etishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
105. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati yuzasidan o‘tkazilgan manzilli va tematik o‘rganishlar natijasi bo‘yicha tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi.
106. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul tarkibiy bo‘linmasi manzilli va tematik o‘rganishlar natijasi bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlar yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
7-bob. “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilish va foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
107. “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilishda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan ma’lumotlarni boshqarishni tashkil etish tartibi ushbu nizomga 5-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
108. “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazorat va hisobdorlikni tashkil etishda Raqamli texnologiyalar vazirligi:
“Ijro.gov.uz” tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi va doimiy ravishda texnik qo‘llab-quvvatlash choralarni ko‘radi;
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalariga ushbu tizimdan foydalanish jarayonida texnik yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
“Ijro.gov.uz” tizimining axborot xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘radi;
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish jarayonida kelib tushgan takliflarni hisobga olgan holda, shuningdek, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligining takliflariga asosan tizimni takomillashtiradi va modernizatsiya qiladi.
109. “Ijro.gov.uz” tizimining ishlashini texnik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida operator quyidagilarni amalga oshiradi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
“Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilarini ro‘yxatga olish, ulash, elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash va o‘qitish;
Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligining takliflariga asosan “Ijro.gov.uz” tizimini modernizatsiyalash va “Ijro.gov.uz” tizimining yangi versiyalarini ishga tushirish;
“Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchilariga “Call-markaz” orqali “Ijro.gov.uz” tizimini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha, shu jumladan, “Ijro.gov.uz” tizimida foydalanuvchilar xato yoki noto‘g‘ri ishlashining oldini olish bo‘yicha maslahatlar berish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
“Ijro.gov.uz” tizimining funksional va foydalanish xarakteristikalarini yaxshilash maqsadida tizimning ishlashini tahlil qilish.
110. “Ijro.gov.uz” tizimiga yangi foydalanuvchilarni ulash uchun operatorning pochta manziliga belgilangan shakldagi to‘ldirilgan arizalar yuboriladi. Arizaning namunaviy shakli “Ijro.gov.uz” tizimiga biriktiriladi.
111. Operator arizani olgan kundan boshlab uch ish kuni ichida “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi bilan shartnoma tuzadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvarag‘i]
112. “Ijro.gov.uz” tizimiga ulanish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgandan va operatorning bankdagi hisobvarag‘iga to‘lov kelib tushgandan so‘ng operator uch ish kuni davomida:
himoyalangan apparat qurilmalarida ulanayotgan foydalanuvchining elektron raqamli imzosining yopiq kalitini va ochiq kaliti sertifikatini generatsiyalashni;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
“Ijro.gov.uz” tizimining yangi foydalanuvchisiga yoki uning ishonchli vakiliga elektron raqamli imzoning yopiq kaliti va ochiq kaliti sertifikati bo‘lgan himoyalangan apparat qurilmasi berilishini ta’minlashi shart.
113. “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish operator tomonidan ta’minlanadi.
114. “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish (ma’lumotlarni kiritish, o‘zgartirish, yangilash, o‘chirish) mas’ul ijrochi kadrlar bo‘linmasi tomonidan ushbu tashkilotning ijro intizomi uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy tuzilmasini xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
115. “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgandan keyin unga elektron raqamli imzoning yozilgan yopiq kaliti va ochiq kalitining sertifikatiga ega himoyalangan apparat qurilmasi beriladi.
116. “Ijro.gov.uz” tizimiga kirish uchun tizim foydalanuvchisi tomonidan himoyalangan apparat qurilmasidan foydalaniladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.22.00 Mehnat shartnomasi (kontrakti)ning bekor qilinishi / 05.02.22.03 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bekor qilish tartibi]
117. Xodim (“Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi) bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda himoyalangan apparat qurilmasi kadrlar bo‘linmasiga topshirilishi kerak.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
118. Operatorning “Ijro.gov.uz” tizimining axborot xavfsizligini va uzluksiz ishlashini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyati Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
119. Mas’ul ijrochilarning rahbarlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga, shuningdek, oldindan qo‘yilgan maqsadlarga erishishni so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan vazifalarni bajarish natijalari o‘z vaqtida va sifatli taqdim etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
120. “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardan kelib chiqadigan vazifalarning bajarilishi to‘g‘risidagi axborot o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli taqdim etilishi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimida ishlaganda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadilar.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
121. Operator “Ijro.gov.uz” tizimining uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi.
122. Ushbu nizom talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish
SXEMASI
Bosqichlar
Mas’ullar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari
“Ijro.gov.uz” tizimidagi o‘zlari mas’ul bo‘lgan va bajarilmagan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qiladi va ularning ijro holati bo‘yicha belgilangan shakldagi ma’lumotni Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Har oyning 1-sanasida
2-bosqich
Adliya vazirligi
1. Muddati kelgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holatini hamda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari tomonidan bajarilmagan topshiriqlar bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qiladi hamda belgilangan shaklga muvofiq umumlashtirilgan ma’lumotnoma va boshqa tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar to‘plamini Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Har oyning 5-sanasiga qadar
3-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
( Nazorat va ijro intizomi bo‘limi)
Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan tahliliy materiallar asosida ijro intizomini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi uchun hujjatlari to‘plamini tayyorlaydi va Rahbariyatda himoyasini tashkil etadi.
Har oyning 12-sanasiga qadar
4-bosqich
Vazirlar Mahkamasi Rayosati
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirokida ijro intizomini ta’minlash hamda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tahlil qilish masalalari muhokama qilinadi. Bunda:
hisobot davrida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati bo‘yicha adliya vaziri hamda ijro intizomini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining (ularning o‘rinbosarlarining) hisoboti eshitiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarini bajarishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, topshiriqlar ijrosini to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etishda zarur choralar ko‘rmagan rahbar va ularning o‘rinbosarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish hamda nazoratdan olish bo‘yicha takliflar asosliligi muhokama qilinadi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash, rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Belgilangan muddatda
5-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
(Nazorat va ijro intizomi bo‘limi)
Vazirlar Mahkamasining Bosh vazirga axborot berilib, imzolangan Rayosati majlisi bayoni va tahliliy hujjatlar to‘plami O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Hisob palatasiga yuboriladi.
Belgilangan muddatda
6-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
(Nazorat va ijro intizomi bo‘limi)
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayonida belgilangan vazifa va topshiriqlarning bajarilishini nazorat qiladi.
Belgilangan muddatda
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
“Ijro.gov.uz” ijro tizimida qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi to‘g‘risida Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan umumlashtirilgan
MA’LUMOTNOMANING NAMUNAVIY SHAKLI
I. KIRISH QISMI
a) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni ro‘yxatga olish, mas’ul ijrochilarga yetkazishi va ularning bajarilishini tashkil qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili;
b) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni bajarishda, “Ijro.gov.uz” tizimida ishlashda mas’ul ijrochilarga huquqiy-uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili.
II. BAYON QISMI
v) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi holati monitoringi va tahlili natijalari;
g) bajarilmagan topshiriqlar tahlili va ularning ijro holati to‘g‘risida ma’lumot (jadval ilova qilinadi);
d) kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Adliya vazirligi ko‘rsatmalari bajarilish holati tahlili;
j) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammo va kamchiliklar tahlili (aniq misollarda ochib berilishi kerak);
z) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish ishlarining real holatini tanqidiy o‘rganish tahlili (markaziy apparatda, davlat boshqaruvi organlarining o‘rta va quyi bo‘g‘inlarida, viloyat, tuman (shahar) hokimliklarida).
III. TAKLIF ETILADIGAN CHORALAR
i) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, rahbarlarning ijro intizomini ta’minlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar;
k) jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, ijro intizomini susaytirib yuborgan rahbarlarga (ularning o‘rinbosarlariga) nisbatan jazo choralarini ko‘rish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
“Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati mavjud emasligi yoki o‘z dolzarbligini yo‘qotganligini asoslovchi hujjatlar bilan Adliya vazirligiga topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish yoki ularni nazoratdan olish bo‘yicha takliflar kiritish.
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
Adliya vazirligi
Ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi belgilangan shaklda taqdim etilgan takliflarni tahlil qilish, asosli deb topilgan taqdirda, tegishlicha Vazirlar Mahkamasiga (Hukumat tizimidagi tashkilotlar bo‘yicha) yoki Hisob palatasiga (Hukumat tizimiga kirmaydigan tashkilotlar bo‘yicha) taklif kiritish.
Har oyning 5-sanasiga qadar
3-bosqich
Vazirlar Mahkamasi Rayosati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqning ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish va Hisob palatasiga kiritish.
Belgilangan muddatlarda
4-bosqich
Hisob palatasi
Ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqilib ma’qullangan takliflarni tahlil qilish, asosli deb topilgan taqdirda, ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosa kiritish.
10 kun muddatda
5-bosqich
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
1. Ijro muddatini uzaytirish, nazoratdan olish haqidagi Adliya vazirligi, Hukumat va Hisob palatasi tomonidan ma’qullangan takliflarni tahlil qilish hamda asosli deb topilgan taqdirda, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish uchun kiritish.
Belgilangan muddatlarda
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilgan va belgilangan tartibda rozilik olingan takliflarni Adliya vazirligiga yuborish.
Axborot berilgan kun
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha kiritiladigan xatning
NAMUNAVIY SHAKLI
O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ____________________________ (hujjat rekvizitlari hamda bandi ko‘rsatiladi) ijro muddatini uzaytirishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.
Ijro muddatini uzaytirish taklif etilayotgan topshiriq bo‘yicha asoslantiruvchi jadval (tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga), topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan tarmoq jadvali hamda tushuntirish xati (agar topshiriq ijro muddati o‘tgan bo‘lsa) ilova qilinadi.
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbari
/imzo/
F.I.O
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4a-ILOVA
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha Adliya vazirligiga kiritiladigan asoslantiruvchi jadvalning
NAMUNAVIY SHAKLI
T/r
Hujjat turi va sanasi
Topshiriq mazmuni
Bajarish muddati
Taklif kiritgan mas’ul ijrochi va topshiriqning ijro holati
Uzaytirish taklif etilgan ijro muddati
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari nomi
1.
1. Qaror ijrosi yuzasidan tasdiqlangan nazorat rejasi:
...
2. Mas’ul ijrochi:
...
3. Topshiriq ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar:
...
4. Topshiriqning ijro muddatini uzaytirishni asoslantirish:
...
...
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbari
/imzo/
F.I.O.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4b-ILOVA
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha Adliya vazirligiga kiritiladigan tarmoq jadvalining
NAMUNAVIY SHAKLI
T/r
Topshiriq mazmuni
Uzaytirish taklif etilgan ijro muddati
Topshiriq ijro muddati uzaytirilishi munosabati bilan topshiriq ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar ketma-ketligi
Tadbirlar ijro muddati
Topshiriq ijrosi uchun mas’ul mutasaddi rahbar va tegishli boshqarma (F.I.O.)
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari nomi
Hujjat rekvizitlari
1.
2.
...
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbari
/imzo/
F.I.O.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
“Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilishda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan ma’lumotlarni boshqarishni tashkil etish tartibi
SXEMASI
Tizimdan foydalanuvchilar
Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda operator tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.
2. Umumiy bo‘lim tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish, tizimdan foydalanuvchilarga yetkazish modulini joriy qilish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi bo‘yicha Hisob palatasidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.
4. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markazi” orqali bartaraf etilishini ta’minlash.
5. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.
Hisob palatasi
1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish va Hisob palatasi tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modulini joriy etish va uning takliflari asosida modulni takomillashtirish, o‘zgartirish va unga qo‘shimchalar kiritish.
3. Hisob palatasining nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning tegishliligi bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilotlarga ijro uchun yo‘naltiruvchi, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
4. Hisob palatasi uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi bo‘yicha Adliya vazirligidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.
5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini ta’minlash.
6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.
Vazirlar Mahkamasi
1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish va Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalarining respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modullarini joriy etish va ularning takliflari asosida tegishli modullarni takomillashtirish, o‘zgartirish va ularga qo‘shimchalar kiritish.
3. Ijro intizomi va nazorat bo‘limining nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning tegishliligi bo‘yicha Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalarini mas’ul ijrochi etib belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
4. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
5. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalari uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va Hukumat tizimidagi boshqa tashkilotlar tomonidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.
6. Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalarining so‘rovi asosida Hukumat tizimidagi tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan tizim doirasida elektron hujjat aylanishini tashkil etish.
7. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini ta’minlash.
8. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.
Adliya vazirligi
1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, Adliya vazirligidan elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish hamda davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari markaziy apparatlariga yetkazish, ular tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modulini joriy etish;
3. Adliya vazirligining takliflari asosida tizimni takomillashtirish, o‘zgartirish va unga qo‘shimchalar kiritish.
4. Adliya vazirligiga nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarini belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
5. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
6. Davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlari tomonidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
7. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar, ijrochilar hamda muddatlar kesimida topshiriqlarni nazorat qilib borish funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
8. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini ta’minlash.
9. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.
Davlat organlari va tashkilotlari
1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul bo‘lgan markaziy apparatdagi xodimlar, tarkibiy va hududiy bo‘linmalarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini ta’minlash.
6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.
Davlat organlari va tashkilotlari tarkibiy va hududiy bo‘linmalari
1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul bo‘lgan xodimlarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini ta’minlash.
6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul bo‘lgan markaziy apparatdagi xodimlar, tarkibiy va hududiy bo‘linmalarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini ta’minlash.
6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.
Tuman va shahar hokimliklari
1. Tizimdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul bo‘lgan xodimlarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
3. Nazoratda turgan topshiriqlar ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid ma’lumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call-markaz” orqali bartaraf etilishini ta’minlash.
6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlash, 24 soat davomida texnik qo‘llab-quvvatlash.
(6-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 07/21/5132/0506-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son; 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)