1a-ILOVA
Tarkibiy boʻlinmalar | Ijro va nazoratni tashkil etish | Bajarish muddati |
Kanselyariya | 1. Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) roʻyxatdan oʻtkazish. | Imzolangandan bir soat mobaynida |
2. Joʻnatish roʻyxatiga muvofiq barcha ijrochilarga hujjatlarni elektron shaklda yetkazish. | ||
3. “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun hujjatlarning elektron nusxasini Adliya vazirligiga yuborish. | ||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi | 1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning vazirlik va idoralarda ijro holatini yillik oʻrganish grafigini tasdiqlash. | Har yili yanvar oyida |
2. “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlarni nazoratdan chiqarish va muddatini uzaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish va tegishli choralarni belgilash. | Zaruratga koʻra | |
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining ijro intizomini taʼminlashdagi masʼuliyatini kuchaytirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritib borish. | Zaruratga koʻra | |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari boʻlinmalari, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati, Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari boʻyicha maslahatchi boʻlinmalari | 1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalarini vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlanishini muvofiqlashtirish, har tomonlama puxta ekspertizadan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida taqdimot qilish. | Belgilangan muddatlarda |
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash, ijrosini oʻrganish, tahlil qilish hamda natijasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borish. | Belgilangan muddatlarda | |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul tarkibiy boʻlinmasi | 1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni Adliya vazirligi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilishini nazorat qilish. | Doimiy |
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish. | Doimiy | |
3. Nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qoʻyish, ularning ayrimlarini alohida nazoratga olish (nazoratdan faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yechiladi). | Zaruratga koʻra | |
4. Bajarilmagan topshiriqlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilariga tahliliy materiallar kiritish. | Zaruratga koʻra | |
5. Hisob palatasi xulosasiga asosan “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga taklif kiritish. | Zaruratga koʻra | |
6. Davlat organlari va tashkilotlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomi holatini maqsadli va kompleks oʻrganishlarni tashkil etish. | Grafik asosida |
1b-ILOVA
Tarkibiy boʻlinmalar | Ijro va nazoratni tashkil etish | Bajarish muddati |
Umumiy boʻlimi | 1. Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) roʻyxatdan oʻtkazish. | Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida |
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni Bosh vazir kotibiyatiga taqdim etish. | Kelib tushgandan bir soat mobaynida | |
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar nusxasini Bosh vazir kotibiyati rahbariga taqdim etish. | Kelib tushgandan bir soat mobaynida | |
4. Tarkibiy boʻlinmalar tomonidan tayyorlangan reyestr asosida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni Bosh vazir topshirigʻi bilan birgalikda tegishli vazirlik va idoralarga yetkazish. | Topshiriq imzolangandan 30 daqiqa mobaynida | |
Bosh vazir kotibiyati | 1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni koʻrib chiqish hamda tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda Bosh vazir topshirigʻi loyihasini tayyorlash. | Kelib tushgandan uch soat mobaynida |
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha tayyorlangan topshiriqni Bosh vazirga imzolash uchun kiritish. | Bir kunda ikki marta, zarurat boʻlganda — darhol | |
3. Imzolangan topshiriqni ijrosini taʼminlash uchun masʼul tarkibiy boʻlinmaga, nusxalarini esa nazoratga olish uchun Bosh vazir kotibiyatining masʼul bosh mutaxassisiga hamda Nazorat va ijro intizomi boʻlimiga taqdim etish. | Topshiriq imzolangandan 30 daqiqa mobaynida | |
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni umumlashtirish hamda “Ijro.gov.uz” tizimida ularning bajarilishi ustidan nazorat olib borish. | Doimiy | |
5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni Bosh vazir tasdigʻiga kiritish. | Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda | |
6. Bosh vazirning kotibiyati hamda har bir xodimning ish rejasiga ijro intizomi masalasi boʻyicha alohida boʻlim kiritish. | Har chorakda | |
7. Bosh vazir tomonidan ijro intizomi boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarga tegishli tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda materiallar tayyorlash va tashkiliy masalalarni hal qilish. | Har oyda | |
Bosh vazir kotibiyati rahbari va masʼul tarkibiy boʻlinmalari | 1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bilan tanishish va ijrosini tashkil qilish boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinmalarga topshiriqlar berish. | Kelib tushgandan darhol |
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha tayyorlangan Bosh vazir topshirigʻi loyihasini koʻrib chiqish. | Kelib tushgandan uch soat mobaynida | |
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil qilish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar tomonidan tayyorlangan amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni koʻrib chiqish. | Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda | |
4. Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga ijro intizomi masalasi boʻyicha alohida boʻlim kiritish. | Ish rejalarni shakllantirish jarayonida | |
5. Muddati kechiktirilayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha muhokamalar oʻtkazish. | Har hafta chorshanba va juma kunlari | |
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida oʻtkazilgan majlis bayonlari ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Bosh vazirga axborot berish. | Har oy yakuni bilan | |
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan majlis bayonlari ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tayyorlangan materiallarni koʻrib chiqish. | Har oy yakuni bilan | |
8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijalari boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan maʼlumotlar asosida tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini koʻrib chiqish va Bosh vazirga axborot berish. | Har oy yakuni bilan | |
9. Ijro intizomi holati yuzasidan tahliliy materiallarni Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga kiritish. | Har chorak yakuni bilan | |
10. Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini oʻrganish natijalari boʻyicha tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini koʻrib chiqish hamda Bosh vazirga axborot berish. | Har chorak yakuni bilan | |
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomini oʻrganish natijalari boʻyicha tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini koʻrib chiqish hamda Bosh vazirga axborot berish. | Har chorak yakuni bilan | |
12. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari uchun ijro intizomi masalasida oʻquv-amaliy seminarlarni tashkil etish. | Grafik asosida | |
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardagi nazorat topshiriqlarini tayyorlash va tarkibiy boʻlinmalarga (ijrochilar kesimida) yetkazish. | Kelib tushgandan bir kun mobaynida | |
2. Topshiriqlarning bajarilishi holati boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar mutaxassislari bilan individual ishlash. | Doimiy | |
3. Topshiriqlar ijrosini tahlil qilib borish hamda muddati kechiktirilayotgan hujjatlar boʻyicha Bosh vazir kotibiyati rahbariga axborot kiritib borish. | Har hafta chorshanba va juma kunlari | |
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni ishlab chiqish va tasdiqlanishini nazorat qilish. | Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda | |
5. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomi holatini oʻrganish. | Ish rejaga muvofiq | |
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida oʻtkazilgan majlis bayonlari ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlash va Bosh vazirga kiritish. | Har oy yakuni bilan | |
7. Ijro intizomi holati boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga tahliliy materiallarni tayyorlash. | Har chorak yakuni bilan | |
8. Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini tayyorlash. | Har chorak yakuni bilan | |
9. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida nazorat va ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarligiga nomzodlarni tanlash boʻyicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish. | Oʻrnatilgan tartibda | |
Bosh vazir oʻrinbosarlari, maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasi masʼul tarkibiy boʻlinmalari | 1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha Bosh vazir topshirigʻi loyihasini koʻrib chiqish. | Kelib tushgandan uch soat mobaynida |
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni ishlab chiqish va tasdiqlanishini nazorat qilish. | Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda | |
3. Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi boʻyicha alohida boʻlim kiritish. | Har oyda | |
4. Topshiriqlar ijrosini tashkil etish va nazorat qilish: Bosh vazir kotibiyatida; davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida. | Belgilangan muddatlarda | |
5. Ijro intizomi masalasi boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ishtirokida muhokamalar oʻtkazish. | Har oy yakuni bilan | |
6. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosi natijalari boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan maʼlumotlar asosida tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini koʻrib chiqish. | Har oy yakuni bilan | |
7. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilish boʻyicha ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritish. | Zaruratga koʻra | |
8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflar asosliligini oʻrganish va “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish boʻyicha Hisob palatasiga taklif kiritish. | Zaruratga koʻra | |
Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari | 1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha Bosh vazir topshirigʻi loyihasini tayyorlash, tegishli tarkibiy boʻlinmalar hamda Bosh vazir kotibiyati rahbari bilan kelishish. | Kelib tushgandan uch soat mobaynida |
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash va tegishli tarkibiy boʻlinmalar hamda Bosh vazir kotibiyati rahbari bilan kelishish. | Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda | |
3. Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari hamda har bir xodimning ish rejalariga ijro intizomi masalasi boʻyicha alohida boʻlim kiritish. | Har chorakda | |
4. Topshiriqlar ijrosini tashkil etish va nazorat qilish: Bosh vazir kotibiyatida; davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida. | Belgilangan muddatlarda | |
5. “Ijro.gov.uz” tizimida Vazirlar Mahkamasi tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar — masʼul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi tomonidan tekshirilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshirish: ijro natijalari qoniqarli boʻlganda — topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash; ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda — ularni qayta ishlashga joʻnatish. | Bir kun muddatda, zarur hollarda besh kun muddatda | |
6. Topshiriqlar ijrosini tahlil qilib borish hamda muddati kechiktirilayotgan hujjatlar boʻyicha Bosh vazir kotibiyati rahbariga axborot kiritib borish. | Har hafta chorshanba va juma kunlari | |
7. Topshiriqlar ijrosi boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ishtirokida videokonferens-aloqa tizimi orqali muhokamalar oʻtkazib borish hamda natijasi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga axborot kiritish. | Har hafta shanba kunlari | |
8. Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari huzurida davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida ijro intizomi masalalari boʻyicha oʻtkaziladigan muhokamalar uchun tahliliy materiallar tayyorlash. | Har oy yakuni bilan | |
9. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomi holatini maqsadli va kompleks oʻrganish. | Grafik asosida | |
10. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosi boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan maʼlumotlar asosida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini tayyorlash. | Har oy yakuni bilan | |
11. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida nazorat va ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarligiga nomzodlarni tanlash va Bosh vaziri oʻrinbosari va maslahatchilari suhbatidan oʻtkazish. | Oʻrnatilgan tartibda | |
12. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining nazorat va ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari uchun oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etish. | Grafik asosida | |
13. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini oʻrganish. | Grafik asosida | |
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi | 1. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ishtirokida ijro intizomi holatini tanqidiy muhokama qilish. | Har oy yakuni bilan |
2. Ijro intizomini taʼminlashda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan, shuningdek, topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini koʻrib chiqish. | ||
3. Majlislarda ijro intizomi masalalarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borish. |
1v-ILOVA
|
Tarkibiy boʻlinmalar |
Ijro va nazoratni tashkil etish |
Bajarish muddati |
|
Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati masʼul xodimlari |
1. Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) roʻyxatdan oʻtkazish hamda rahbarga axborot berish. |
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida |
|
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi koʻrsatilgan topshiriqlarni tayyorlash hamda ijrochilarga yetkazish. |
Kelib tushgandan uch kun muddatda, agar boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa | |
|
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish. |
Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda | |
|
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qilish, oʻrganish hamda ijro natijalari boʻyicha Adliya vazirligiga axborot taqdim etish. |
Belgilangan muddatlarda | |
|
5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun-mohiyati boʻyicha tushuntirish, targʻibot ishlarini oʻtkazish, mahallalarda ijrosini tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish hamda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish. |
Doimiy | |
|
6. Davlat organlari va tashkilotlari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi boʻyicha alohida boʻlim kiritish. |
Har chorakda | |
|
7. Topshiriqlar ijro holatini rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida har hafta juma kuni, rahbar huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish. |
Har hafta juma va dushanba kunlari | |
|
8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini davlat organlari va tashkilotlarining hayʼat majlislarida muhokama qilish hamda toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlanmagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini koʻrib chiqish. |
Har oyda | |
|
9. Topshiriqlar ijrosini taʼminlash jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan tegishincha Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasiga axborot kiritish. |
Zaruratga koʻra | |
|
10. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini oʻrganish. |
Grafik asosida | |
|
Davlat organlari va tashkilotlari tarkibiy va hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlari |
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda rahbarga axborot berish. |
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida |
|
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi koʻrsatilgan topshiriq tayyorlash hamda ijrochilarga yetkazish. |
Kelib tushgandan uch kun muddatda, agar boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa | |
|
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish. |
Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda | |
|
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qilish, oʻrganish hamda ijrosi natijalari boʻyicha yuqori turuvchi davlat organi va tashkilotiga axborot kiritib borish. |
Belgilangan muddatlarda | |
|
5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun mohiyati boʻyicha tushuntirish, targʻibot ishlarini oʻtkazish, mahallalarda ijrosini tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish hamda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish. |
Doimiy | |
|
6. Davlat organlari va tashkilotlari tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi boʻyicha alohida boʻlim kiritish. |
Har chorakda | |
|
7. Topshiriqlar ijro holatini rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida har hafta juma kuni, rahbar huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish. |
Har hafta juma va dushanba kunlari | |
|
8. Topshiriqlar ijrosini taʼminlash jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan yuqori turuvchi davlat organlari va tashkilotiga axborot kiritish. |
Zaruratga koʻra | |
|
9. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini oʻrganish. |
Grafik asosida |
1g-ILOVA
|
Tarkibiy boʻlinmalar |
Ijro va nazoratni tashkil etish |
Bajarish muddati |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
1. Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) roʻyxatdan oʻtkazish hamda rahbarga axborot berish. |
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida |
|
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi koʻrsatilgan topshiriqlarni tayyorlash hamda ijrochilarga yetkazish. |
Kelib tushgandan uch kun muddatda, agar boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa |
|
|
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish. |
Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda |
|
|
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash, ijrosini oʻrganish, tahlil qilish hamda natijasi yuzasidan Adliya vazirligiga axborot kiritib borish. |
Belgilangan muddatlarda |
|
|
5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun mohiyati boʻyicha tushuntirish, targʻibot ishlarini oʻtkazish, mahallalarda ijrosini tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish hamda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish. |
Doimiy |
|
|
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi boʻyicha alohida boʻlim kiritish. |
Har chorakda |
|
|
7. Topshiriqlar ijro holatini rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida har hafta juma kuni, rahbar huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish. |
Har hafta juma va dushanba kunlari |
|
|
8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini xalq deputatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar sessiyalarida muhokama qilish hamda toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini koʻrib chiqish. |
Har yarim yilda | |
|
9. Topshiriqlar ijrosini taʼminlash jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish. |
Zaruratga koʻra |
|
|
10. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini oʻrganish. |
Grafik asosida |
|
|
Tuman va shahar hokimliklari |
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda hokimga axborot berish. |
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida |
|
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi koʻrsatilgan topshiriqlarni tayyorlash hamda ijrochilarga yetkazish. |
Kelib tushgandan uch kun muddatda, agar boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa |
|
|
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish. |
Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda |
|
|
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilash, ijrosini oʻrganish, tahlil qilish hamda natijasi yuzasidan yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organiga axborot kiritish. |
Belgilangan muddatlarda |
|
|
5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun mohiyati boʻyicha tushuntirish, targʻibot ishlarini oʻtkazish, mahallalarda ijrosini tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish hamda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish. |
Doimiy |
|
|
6. Tuman va shahar hokimliklari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi boʻyicha alohida boʻlim kiritish. |
Har chorakda |
|
|
7. Topshiriqlar ijro holatini hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida har hafta juma kuni, hokim huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish. |
Har hafta juma va dushanba kunlari |
|
|
8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida muhokama qilish hamda toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini koʻrib chiqish. |
Har yarim yilda | |
|
9. Topshiriqlar ijrosini taʼminlash jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organiga axborot kiritish. |
Zaruratga koʻra |
|
|
10. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini oʻrganish. |
Grafik asosida |
1d-ILOVA
Tarkibiy boʻlinmalar | Ijro va nazoratni tashkil etish | Bajarish muddati |
Adliya vazirligi masʼul boʻlinmalari va xodimlari | 1. Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) oʻz vaqtida ijro etilishining “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratini olib borish va “Ijro.gov.uz” tizimini yuritib borish. | Doimiy |
2. “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritish, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda masʼul ijrochilar va topshiriqlarni bajarish muddatlarini belgilash. Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalarini tartibga solishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun-mohiyati “paket” tamoyili asosida davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatlariga va Adliya vazirligi hududiy boʻlinmalariga yetkazish. Bunda topshiriqlar boʻyicha infografika, prezentatsiya, tizer, slayd, strim, tahliliy materiallar va videodarslar tayyorlash. | Kelib tushgandan bir kun muddatda | |
3. “Ijro.gov.uz” tizimida masʼul ijrochilar tomonidan kiritilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshirish: ijro natijalari qoniqarli boʻlganda — topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida kelishish; ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda — ularni qayta ishlashga joʻnatish. | Bir ish kunida, zarur hollarda besh ish kunida | |
4. Topshiriqlar ijrosiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish hamda masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Hukumat Rayosati majlisida koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga materiallarni kiritish. | Har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5 sanasigacha | |
5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar asosliligini oʻrganish va “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish boʻyicha tegishincha Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasiga taklif kiritish. | Zaruratga koʻra | |
6. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati yuzasidan oʻtkazilgan manzilli va tematik oʻrganishlar natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | Manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlar dasturiga muvofiq | |
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xodimlari uchun onlayn tarzda “bepul huquqiy maslahat” kurslarini tashkil qilish. | Doimiy | |
8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijalarini “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” rukni ostidagi koʻrsatuvlarda muntazam ravishda yoritib borish. | 15 kunda bir marta | |
9. Adliya vazirligi tashabbusi bilan, shu jumladan ijtimoiy sheriklik asosida fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarni faol jalb etgan holda “Yuksalish” umummilliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazining platformalarida jamoatchilik monitoringi hamda jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish. | Har chorakda | |
Hisob palatasi masʼul boʻlinmalari va xodimlari | 1. “Ijro.gov.uz” tizimida masʼul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tekshirilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshirish: ijro natijalari qoniqarli boʻlganda — topshiriqlarni “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratdan yechish; ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda — ularni qayta ishlashga joʻnatish. | Uch kun muddatda, zarur hollarda besh kun muddatda |
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflar asosliligini oʻrganish va “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosa kiritish. | Zaruratga koʻra | |
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish. | Har chorakda | |
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib borishda ishtirok etish. | Grafik asosida |
1e-ILOVA
Masʼullar | Tashkiliy chora-tadbirlar | Bajarish muddati |
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va ular boʻyicha huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish uchun yuborish | ||
Adliya vazirligi | 1. Normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish uchun Huquqiy axborotni tarqatish kartotekasi asosida masʼul ijrochilar va topshiriqlarni bajarish muddatlarini koʻrsatgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish. | Rasmiy eʼlon qilingandan keyin ikki kun |
Davlat organlari va tashkilotlarining Nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklatilgan tarkibiy boʻlinmasi | 2. Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan Huquqiy axborotni tarqatish kartotekasini kelishish yoki davlat organi va tashkiloti ushbu kartotekada nazarda tutilgan hujjatning ishlab chiquvchisi yoxud hujjatda (uning qismida) nazarda tutilgan masalani tartibga solishga vakolatli boʻlmagan hollarda tegishli izoh bilan rad etish. | Hujjat kelib tushgandan ikki ish kuni mobaynida |
Normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil etish | ||
Davlat organlari va tashkilotlarning nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklatilgan tarkibiy boʻlinmasi | 1. “Ijro.gov.uz” tizimidagi shaxsiy kabinetga yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish. | Hujjat kelib tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida |
2. “Huquqiy axborotni tarqatish kartotekasi”ni yuridik xizmat va boshqa manfaatdor tarkibiy boʻlinmaga aniq muddatlarni koʻrsatgan holda ijro uchun yuborish. | Hujjat kelib tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida | |
Davlat organlari va tashkilotlarning yuridik xizmatlari va boshqa manfaatdor tarkibiy boʻlinmasi xodimlari | 1. Normativ-huquqiy hujjatning mazmun-mohiyatini aholi va ijrochilarga yetkazish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilash. | Bir hafta muddatda |
2. Normativ-huquqiy hujjatning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy targʻibot materiallarini tayyorlash. | Belgilangan muddatlarda | |
3. Tayyorlangan huquqiy targʻibot materiallarini tizim tashkilotlari va hududiy tuzilmalarga huquqiy targʻibot tadbirlarida foydalanish uchun yetkazish. | Bir ish kuni mobaynida | |
4. Tayyorlangan huquqiy targʻibot materiallari asosida manzilli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilib borish. | Belgilangan muddatlarda | |
5. Normativ-huquqiy hujjatning mazmun-mohiyatini tushuntirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish. | Belgilangan muddatlarda | |
6. Tizim tashkilotlari, tarkibiy va hududiy boʻlinmalar tomonidan huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish holati boʻyicha rahbarga axborot va tegishli taʼsir choralarini qoʻllash boʻyicha taklif kiritish. | Har chorakda | |
7. Huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan Adliya vazirligiga axborot kiritish. | Zaruratga koʻra | |
Huquqiy axborotni tarqatish kartotekasida belgilangan ishlarni bajarish holatini nazorat qilish | ||
Adliya vazirligi | 1. “Ijro.gov.uz” tizimida masʼul ijrochilar tomonidan kiritilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshirish: ijro natijalari qoniqarli boʻlganda “Ijro.gov.uz” tizimida ijroni tasdiqlash; ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda ularni qayta ishlashga joʻnatish. | Bir ish kuni, zarur hollarda besh ish kuni mobaynida |
2. Normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish holati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish. | Har yarim yilda | |
2-ILOVA
Ishlarni tashkil qilish va ijro intizomini mustahkamlashning asosiy yoʻnalishlari | Amalga oshirish chora-tadbirlari | Ijro muddatlari | Masʼullar: | ||
vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Qonunchilik palatasi, Senat, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi | ||||
I. Ijro intizomini mustahkamlash, tanqidiy tahlil va qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish tizimini takomillashtirish | |||||
1. | Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirishning maqsadli va ustuvor vazifalarini quyidagilardan kelib chiqqan holda belgilash: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat Oliy Majlisiga har yilgi Murojaatidan; qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar); oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirishning tasdiqlangan “Yoʻl xaritalari” (Konsepsiyalar, Dasturlar). | 1. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirish yakunlarini kalendar yilining 1-yanvar holatiga koʻra tanqidiy tahlil qilish. | Kalendar yilining 10-fevraligacha | Vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar va tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari |
2. Yakunlarni muhokama qilish va keyingi kalendar yili uchun tizimli vazifalarni belgilash. | Kalendar yilining 15-fevraligacha | ||||
3. Quyidagilarning tegishli qarorlarini qabul qilish: vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hayʼatlarining; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining. | Kalendar yilining 15-fevraligacha | ||||
4. Quyidagilarning shaxsiy masʼuliyati choralarini belgilash va faoliyati natijadorligini baholash: | |||||
shaharlar va tumanlar hokimlarining; | Kalendar yilining 20-fevraligacha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining takliflari boʻyicha — Bosh vazir | ||
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining; | Kalendar yilining 20-fevraligacha | — | Bosh vazir takliflari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti | ||
Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilarining. | Kalendar yilining 1-martigacha | — | Bosh vazir takliflari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti | ||
2. | Boshqaruv tizimini iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirishning maqsadli va ustuvor vazifalariga muvofiq takomillashtirish. | 1. Quyidagilarning ish rejalarini shakllantirish, tasdiqlash va amalga oshirish tizimini takomillashtirish: Vazirlar Mahkamasining; | I yarim yillik uchun — 20-yanvargacha II yarim yillik uchun — 20-iyulgacha | — | Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi |
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning; | 25-yanvargacha va 25-iyulgacha | Vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar rahbarlari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining; | 25-yanvargacha va 25-iyulgacha | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
shaharlar va tumanlar hokimliklarining. | 1-fevralgacha va 30-iyulgacha | Shaharlar va tumanlar hokimlari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
2. Quyidagilarning shaxsiy ish rejalarini shakllantirish, tasdiqlash va amalga oshirish ishlarini doimiy amaliyotga joriy qilish: | |||||
Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilarining; | Har oyda | — | Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari | ||
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va masʼul xodimlarining; | Har chorakda | — | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning birinchi rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, boshqaruv apparati xodimlarining; | Har oyda — rahbarlar uchun, har chorakda — xodimlar uchun | Vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar rahbarlari, apparat xodimlari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek, hokimliklar masʼul xodimlarining. | Har oyda — rahbarlar uchun, har chorakda — xodimlar uchun | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimlari, apparat xodimlari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
3. Erishilgan natijalarni tizimli tahlil qilish, muammoli masalalarni hal etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish va keyingi davr uchun tuzatishlar kiritish. | Muntazam ravishda | Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari va xodimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimlari, apparat xodimlari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
3. | Tegishli tarmoqlarda, iqtisodiyot va moliya sohalarida rahbar va mutaxassislarning bilimlari darajasini tizimli ravishda oshirish, shuningdek, ularning huquqiy savodxonligini taʼminlash. | 1. Tavsiya etilayotgan nomzodlarni ularning iqtisodiyot va moliya sohalaridagi maxsus bilimlari darajasini, shuningdek, huquqiy savodxonligini inobatga olgan holda tanlashning qatʼiy nazoratini taʼminlash. | Muntazam ravishda | Vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar rahbarlari Qoraqalpogʻiston, Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari | Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchi, Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari |
2. Davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklar xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini doimiy ravishda monitoring qilish hamda baholashni joriy etish boʻyicha hukumat qarorini qabul qilish. | 2021-yil 1-aprelgacha | Adliya vazirligi | Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Yuridik taʼminlash boshqarmasi | ||
3. Davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlari hamda mutaxassislarining quyidagilarda oʻqishini va stajirovka oʻtashini tashkil qilish boʻyicha takliflar tayyorlash: | |||||
nufuzli xalqaro markazlardagi kurslarda; | 2021-yil 1-aprelgacha | Adliya vazirligi — chaqiriq Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi | Bosh vazir oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi | ||
MDH, SHHT va uzoq xorijiy mamlakatlar davlat boshqaruvi organlari va hukumatlarining markaziy apparatlarida. | 2021-yil 15-aprelgacha | Adliya vazirligi | Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi | ||
4. Quyidagilarning oʻqishi va malaka oshirishini tashkil qilish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish: | |||||
Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari: vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari; | 2021-yil 15-aprelgacha | — | Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchi | ||
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, ularning oʻrinbosarlari; | 2021-yil 1-aprelgacha | — | Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchi | ||
shaharlar va tumanlar hokimlari, shuningdek, ularning oʻrinbosarlari. | 2021-yil 1-aprelgacha | — | Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchi | ||
5. Quyidagi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va mutaxassislarining bilim darajasi, huquqiy savodxonligi va ishchanlik malakasini oshirishni tizimli hamda doimiy asosda tashkil qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish: | |||||
Davlat boshqaruvi organlari markaziy apparatlari va hududiy boʻlinmalari; | 2021-yil 1-aprelgacha | — | Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchi | ||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari. | 2021-yil 1-aprelgacha | — | Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchi | ||
II. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni hisobga hamda roʻyxatga olish, ularning tegishli mansabdor shaxslar va xodimlarga yetkazilishini taʼminlash, bajarilishini tashkil qilish | |||||
4. | Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalarini sifatli va har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy hamda huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash. | Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalari Administratsiyaning tegishli xizmatlariga, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga shaxsan vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, tegishli hududlar hokimlari tomonidan shaxsan taqdim etilishi tartibini joriy etish. Bunda koʻrsatib oʻtilgan mansabdor shaxslar tomonidan mazkur hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda va vakolatli davlat boshqaruvi organlarida kelishishda shaxsiy nazorat yoki shaxsan oʻzlari ishtirok etishi taʼminlanadi. | 2021-yil 1-martdan boshlab | Davlat boshqaruvi organlarining birinchi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, tegishli hududlar hokimlari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari |
5. | Quyidagilar haqida maʼlumotlarning elektron bazasini doimiy asosda, shu jumladan “maxfiylik” rejimda shakllantirish: qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar; har bir kalendar yili uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirish yakunlari; tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”, konsepsiyalar va dasturlarning amalga oshirilishi. | 1. Quyidagi hujjatlar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish: | Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | |
Oʻzbekiston Respublikasida 2010 — 2021-yillar davrida qabul qilingan; | 2021-yil 10-martgacha | ||||
keyingi davrda qabul qilinadigan. | Muntazam ravishda | ||||
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini maqsadli oʻrganish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron bazasini shakllantirish. | Muntazam ravishda Tegishli davr uchun moʻljallangan ish rejaga muvofiq | ||||
Erishilgan aniq natijalarning doimiy asosda tanqidiy tahlilini tayyorlash. | Muntazam ravishda | ||||
Erishilgan natijalar, aniqlangan kamchiliklar va muammolarning doimiy asosda tahlilini tayyorlash. Qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | Muntazam ravishda | ||||
6. | Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazish ishlarini tashkil qilish. | 1. Mazkur Farmonga 1a — 1d-ilovalarga muvofiq qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish tartibida bayon etilgan talablarning bajarilishiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash. | Qatʼiy belgilangan muddatlarda | Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari |
Barcha hujjatlar va topshiriqlar amalga oshirilishini nazorat qilish rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash amaliyotini joylarda joriy qilish. | Muntazam ravishda | ||||
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni yoritish boʻyicha yangi axborot texnologiyalari va raqamli uskunalardan foydalangan holda, axborot-tahliliy materiallar va media materiallar, shu jumladan, audio va videoroliklar, telekoʻrsatuvlar hamda radioeshittirishlar, voqealar joyidan reportajlar tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirish. | Muntazam ravishda | Adliya vazirligi — chaqiriq Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
7. | Quyidagilarda Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari talablari oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlash ishlarini tashkil qilish: | ||||
vazirlik, davlat qoʻmita va idoralarda; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida. | Mazkur Farmonga 1a — 1d-ilovalarga muvofiq qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish tartibida bayon etilgan talablarning bajarilishiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash. | Belgilangan muddatlarda | Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | |
Xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hokimlarning hisobotlarini eshitish amaliyotini joriy qilish. | Har chorakda | Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, Qonunchilik palatasi va Senat | ||
III. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishini maqsadli oʻrganishni tashkil qilish | |||||
8. | Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishini maqsadli oʻrganish tizimini takomillashtirish. | 1. Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining ish rejalariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishini maqsadli oʻrganishga bagʻishlangan maxsus boʻlimlar kiritilishini taʼminlash. | Muntazam ravishda | Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi |
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning samarali amalga oshirilishini, erishilgan natijalar, aniqlangan muammolar va kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilish. | Muntazam ravishda | Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardagi vazifalar va talablarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlamagan mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi choralari boʻyicha takliflar tayyorlash. | Muntazam ravishda | Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
IV. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining nazoratini taʼminlash | |||||
9. | Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish. | 1. 2021-yil 1-fevraldan boshlab qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilishning quyidagi tartibini joriy etish: | |||
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarda — birinchi rahbar huzurida va kollegial organlar majlislarida tanqidiy va har tomonlama muhokama qilish; | Har haftada — dushanba kuni Har chorakda — hayʼat majlislarida | Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
respublika tumanlari, shaharlari va viloyatlari hokimliklarida; | Har haftada — dushanba kuni | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida: | |||||
a) “VKA” orqali tegishli davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklarda ijro nazorati tanqidiy koʻrib chiqilishini taʼminlash; | Har haftada — shanba kuni | Vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar va tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
b) Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida bajarilishini tanqidiy tahlil qilish; | Har haftada — juma kuni | — | Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
v) Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni mutasaddilik qilinadigan davlat boshqaruvi organlarida bajarilishini tanqidiy tahlil qilish; | Har oyda — 5-sanagacha | Tegishli davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, barcha darajalardagi hokimlar | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
g) Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ijro nazoratining natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklar va muammoli masalalarni aniqlash, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning samarali amalga oshirilishi boʻyicha aniq chora-tadbirlarni tasdiqlash. | Har oyda — 10-sanagacha | Tegishli davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar | Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga tegishli davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligi choralari boʻyicha axborot va takliflar kiritish. | Har oyda — 15-sanagacha | — | Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari | ||
10. | Davlat boshqaruvi organlarining tarkibiy boʻlinmalari va hokimliklarning zimmasiga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni roʻyxatga hamda hisobga olish va ularning bajarilishini nazorat qilish vazifalari yuklangan rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy darajasini, ishchanlik malakasini va shaxsiy masʼuliyatini oshirish. | 1. Davlat boshqaruvi organlari tarkibiy boʻlinmalari va barcha darajalardagi hokimliklarning hisobga va roʻyxatga olish hamda ijro nazorati vazifalari zimmasiga yuklangan rahbarlari va mutaxassislarining sifat tarkibini puxta tahlil qilish. 2. Tahlil asosida quyidagilar boʻyicha takliflar tayyorlash: | 2021-yil 1-aprelgacha | Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari |
barcha respublika darajasidagi davlat organlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ijro intizomiga masʼul boʻlinmalari rahbarlari lavozimlarini Administratsiyaning Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasining hisobga olish nomenklaturasiga kiritish; | 2021-yil 1-aprelgacha | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi mudiri | ||
kadrlarni tanlash, suhbat oʻtkazish, stajirovka va lavozimga tayinlash boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish. | 2021-yil 15-aprelgacha | Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi mudiri | |||
3. Vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi hokimliklarda tizimni takomillashtirish hamda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha amaliy seminarlar tashkil qilish va oʻtkazishga doir takliflar tayyorlash. | 2021-yil 15-martgacha | Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Qonunchilik palatasi va Senat apparatlari rahbarlari, Hisob palatasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchi | |||
4. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari uchun “Bepul huquqiy maslahatlar” onlayn kurslarni tashkil qilish. | Muntazam ravishda | Adliya vazirligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Boshqaruv samaradorligi agentligi | Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi | ||
11. | Jamoatchilik nazoratini fuqarolik jamiyati institutlari, OAV va fuqarolarning faol ishtirokida ijtimoiy sheriklik asosida rivojlantirish. | 1. “Yuksalish” milliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi maydonlarida jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik eshituvlarini fuqarolik jamiyati institutlari, OAV va fuqarolarning faol ishtirokida ijtimoiy sheriklik asosida tashkil qilish. | Tartibga muvofiq muntazam ravishda | Adliya vazirligi, “Yuksalish” milliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi | Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi va apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari |
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish masalalari boʻyicha davlat tashkilotlariga mobil ilovalar orqali murojaat qilish mexanizmini yoʻlga qoʻyish. | 2021-yil iyul | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi | Bosh vazir maslahatchisi | ||
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi boʻyicha ishlarni “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” mavzusidagi koʻrsatuvlarda, shu jumladan doimiy matbuot anjumanlarini tashkil etish orqali muntazam yoritib borish. | Reja-jadvalga asosan | Adliya vazirligi, AOKA, OʻzA | Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi va apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
12. | “Ijro.gov.uz” tizimini takomillashtirish. | “Ijro.gov.uz” tizimiga quyidagi oʻzgartirishlarni kiritish: a) muddati oʻtgan va ijrosi taʼminlanmagan topshiriqlar roʻyxati, ular boʻyicha masʼul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda mansabdor shaxslarga nisbatan koʻrilgan taʼsir choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish; b) ijro muddati yaqinlashgan va muddati oʻtgan topshiriqlar boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilariga ogohlantiruvchi xabarlar yuborish; v) davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomi boʻyicha koʻrsatkichlarini eʼlon qilish; g) Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishning “Ijro intizomi — islohotlar garovi” tamoyiliga asoslangan yangi tizimini joriy qilish; d) Administratsiya va Vazirlar Mahkamasining barcha boshqaruv xodimlarini “Ijro.gov.uz” tizimiga ulash. | 2021-yil 1-aprel | Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | Bosh vazir maslahatchisi, Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi va apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari |
13. | Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni amalda qoʻllashga koʻmaklashish. | 1. Adliya vazirligi, vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni amalda qoʻllashda manzilli koʻmaklashish. | Muntazam ravishda | Adliya vazirligi, vazirliklar, qoʻmitalar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi, apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari |
Adliya vaziri oʻrinbosarlarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish, shuningdek, ularning ushbu yoʻnalishdagi ustuvor vazifalarini belgilash. | 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish: | ||||
a) Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha adliya vaziri oʻrinbosarlariga sohalarni hamda davlat organlari va tashkilotlarini biriktirish; b) adliya vaziri oʻrinbosarlarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha ustuvor vazifalari etib quyidagilarni belgilash: davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishini taʼminlashga huquqiy-uslubiy koʻmaklashish; davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning aniq amaliy natijalarga erishilishi taʼminlanmasdan turib, yuzaki bajarilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrish; biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi ustidan taʼsirchan monitoringni taʼminlash. | 2021-yil 1-aprel | ||||
14. | Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash boʻyicha mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish. | “Ijro.gov.uz” tizimiga zarur maʼlumotlarni oʻz vaqtida kiritmaslik yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritish, shuningdek, bu borada Adliya vazirligi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun davlat xizmatchilariga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonunchilik loyihasini ishlab chiqish. | 2021-yil 1-aprel | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud | Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi |
15. | Adliya organlari faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Adliya organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish: adliya organlarining maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari; adliya organlarida xizmatni oʻtash tartibi va shartlari; adliya organlari xodimlarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish; adliya organlari xodimlari kunini belgilash; adliya organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi. | 2021-yil 1-may | Adliya vazirligi | Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi |
V. Davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, Vazirlar Mahkamasining hisobdorligi | |||||
16. | Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi toʻgʻrisida hisobdorlik tizimini takomillashtirish. | 1. Mazkur Farmonga 3-ilova talablari bajarilishining qatʼiy nazoratini taʼminlash. | Qatʼiy ravishda belgilangan muddatlarda | Adliya vazirligi — chaqiriq Vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar va tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi |
2. “Ijro.gov.uz” tizimida hisobdorlik amaliyotini takomillashtirish, belgilangan talablar buzilishi uchun shaxsiy javobgarlik choralarini koʻrish. | Muntazam ravishda | Adliya vazirligi — chaqiriq Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari | ||
3. Quyidagilarda: | |||||
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralarda; | Jadval asosida | Adliya vazirligi — chaqiriq Vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar va tashkilotlar rahbarlari | Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Hisob palatasi, Qonunchilik palatasi va Senat, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi | ||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklarida mazkur Farmon talablarining bajarilishini maqsadli oʻrganishni taʼminlash. | Jadval asosida | Adliya vazirligi — chaqiriq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Hisob palatasi, Qonunchilik palatasi va Senat, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi | ||
17. | Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda hududlarni rivojlantirish dasturlarining bajarilishi holatini muhokama qilish. | Xalq deputatlari viloyat, tuman va shaharlar Kengashlari majlislarida mazkur hujjatlarning bajarilishi holati va natijadorligini tanqidiy oʻrganish, muhokama qilish amaliyotini joriy etish. | Har chorakda | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi, Qonunchilik palatasi va Senat |
3-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Muddatlar | |||
| ||||||
1-bosqich | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi kanselyariyasi | “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar deb yuritiladi) elektron nusxalarini Adliya vazirligiga yuborish. | bir kun muddatda, shoshilinch topshiriqlar — zudlik bilan | |||
| ||||||
2-bosqich | Adliya vazirligi | “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritish, ulardan kelib chiqqan holda masʼul ijrochilar va topshiriqlarni bajarish muddatlarini belgilash. | hujjatning elektron nusxasini olgan kundan boshlab bir kun muddatda | |||
| ||||||
2 (1)-bosqich | Vazirlar Mahkamasi (Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha) | 1. “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha kelib tushgan maʼlumotlarni qabul qilish. 2. Vazirlar Mahkamasi apparatida topshiriqlar boʻyicha masʼul ijrochini, zarur boʻlganda vazirlik va idoralarni belgilash. 3. Topshiriqlarni nazoratga olish. | topshiriqlar olingan kundan boshlab bir kun muddatda | |||
| ||||||
3-bosqich | Masʼul ijrochilar | Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni amalga oshirish holati va ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi axborotni ilova qilgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish. | belgilangan muddatlarda | |||
| ||||||
4-bosqich | Adliya vazirligi | Masʼul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishi natijalarini koʻrib chiqish: a) ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda — ularni qayta ishlashga joʻnatish; b) ijro natijalari qoniqarli boʻlganda — nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida kelishish. | bir ish kunida, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda besh ish kunida | |||
| ||||||
4 (1)-bosqich | Vazirlar Mahkamasi (Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha) | Masʼul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining borishini koʻrib chiqish: a) ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda — ularni qayta ishlashga joʻnatish; b) ijro natijalari qoniqarli boʻlganda — nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash. | rahbariyat tomonidan natijalar tasdiqlangandan keyin bir kun muddatda | |||
| ||||||
5-bosqich | Hisob palatasi | Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining borishini koʻrib chiqish: a) ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda — ularni qayta ishlashga joʻnatish; b) ijro natijalari qoniqarli boʻlganda — “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratdan yechish. | bir ish kunida, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda uch ish kunida | |||
| ||||||
6-bosqich | Hisob palatasi | Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish. | har chorakda | |||
| ||||||
7-bosqich | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi | 1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish. | 1. Muntazam ravishda | |||
2. Nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qoʻyish, ularning ayrimlarini alohida nazoratga olish (nazoratdan faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yechiladi). | 2. Zarurat boʻlganda |