O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida
Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish borasida muayyan natijalarga erishildi.
O‘tgan davrda qishloq vrachlik punktlari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalarini tashkil etish orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish tizimi takomillashtirildi hamda aholining ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona markazlashgan tizimi yaratildi, fuqarolarga, jumladan, joylarda yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog‘i takomillashtirilmoqda.
Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha qator maqsadli milliy dasturlar amalga oshirildi. Bolalarning irsiy va tug‘ma kasalliklar bilan tug‘ilishining oldini olish maqsadida respublika va hududiy skrining markazlari tashkil etildi.
Natijada 1991 — 2017-yillarda umumiy o‘lim ko‘rsatkichi 20 foizga, onalar va chaqaloqlar o‘limi 3,1 barobar kamaydi. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1995-yilga nisbatan 4,6 yilga oshdi va bugungi kunda 73,7 yilni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash sohasi faoliyatini tashkil etishda so‘nggi yillarda to‘planib qolgan tizimli kamchilik va muammolar fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni samarali hal etishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan:
birinchidan, sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish va rejalashtirish bo‘yicha konsepsiya hamda strategik maqsadlarning mavjud emasligi oqibatida ushbu sohadagi islohotlar to‘liq bo‘lmagan shaklda amalga oshirilmoqda, bu esa aholining tibbiy yordam sifatiga doir istak va talablariga javob bermayapti;
ikkinchidan, sog‘liqni saqlash sohasidagi smetali moliyalashtirish tizimi eskirgan, zamonaviy xalqaro amaliyotga mos kelmaydigan mexanizmlarga asoslangan bo‘lib, moliya resurslarining samarasiz ishlatilishiga va sohaning surunkali tarzda moliyalashtirilmay qolishiga olib kelmoqda;
uchinchidan, kasalliklarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlash, patronaj va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha ishlar samaradorligining pastligi fuqarolarning ixtisoslashgan tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda;
to‘rtinchidan, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning turli darajalari va bosqichlari, shu jumladan, davolash va salomatlikni tiklash jarayonida uzviylik sust rivojlangan;
beshinchidan, amaldagi kadrlar siyosati tibbiy yordam ko‘rsatishning barcha darajalarida, ayniqsa, birlamchi bo‘g‘inda mutaxassislar bilan ta’minlashning, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotchilari va boshqaruv xodimlarini tayyorlashning istiqbollarini prognozlashtirish imkonini bermayapti;
oltinchidan, tibbiy amaliyotning ta’lim va ilm-fan bilan integratsiyasi sustligi ixtisoslashtirilgan markazlarning innovatsion salohiyati pastligi bilan birgalikda zamonaviy tibbiyot yutuqlarini davolash-tashxis jarayoniga joriy etishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
yettinchidan, elektron sog‘liqni saqlash sohasida yagona standartlar mavjud emas, tibbiy xizmatning integratsiyasini va samarali boshqarilishini ta’minlaydigan zamonaviy dasturiy mahsulotlar joriy etilmagan, mavjud axborot tizimlari va texnologiyalari tarqoq tusga ega va tor yo‘nalishlarga mo‘ljallangan.
Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirishni ta’minlaydigan sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etish va moliyalashtirishning konseptual jihatdan yangi modellarini shakllantirish, tibbiyot fani va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarini joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning eng muhim yo‘nalishlari deb hisoblansin:
sog‘liqni saqlash sohasidagi milliy qonunchilikni uni unifikatsiyalash hamda tibbiy xizmat sifatini oshirish va bemorlar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, tibbiyot xodimlarining mas’uliyati va himoyalanganligini kuchaytirishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi qonunlarni qabul qilish orqali takomillashtirish;
jahon standartlari asosida menejment va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarishning eng namunali amaliyotlarini joriy etishni ta’minlaydigan zamonaviy boshqaruv tizimini va hududlarda sog‘liqni saqlashni tashkil etishning “klaster” modelini shakllantirish, tibbiyot va farmatsevtika muassasalarini akkreditatsiya qilish, shifokorlik va farmatsevtik faoliyatni litsenziyalash tizimini joriy etish;
tibbiyot sohasini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini belgilash, tibbiy xizmatlar uchun klinik-xarajat guruhlari bo‘yicha “har bir davolangan holat” uchun to‘lash tizimini hamda kishi boshiga moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, majburiy tibbiy sug‘urtani bosqichma-bosqich joriy etish;
tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va ommabopligini oshirish, shuningdek, tibbiy standartlashtirish tizimini shakllantirish, tashxis qo‘yish va davolashning yuqori texnologik usullarini joriy etish, patronaj xizmati va dispanserizatsiyaning samarali modellarini yaratish orqali sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va kasalliklarni profilaktika qilish;
tibbiy genetikani, ayollar va bolalarga shoshilinch va ixtisoslashgan tibbiy yordamni rivojlantirish asosida, zamonaviy skrining dasturlarini joriy etish, “Ona va bola” hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot majmualari va ma’lumotlar tizimlarini shakllantirish asosida onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
xususiy sog‘liqni saqlash tizimi, davlat-xususiy sherikligini va tibbiy turizmni rivojlantirish, sog‘liqni saqlash sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yaxshilash;
farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish, narx shakllanishi mexanizmlarini takomillashtirish, dori vositalari, tibbiy texnika va buyumlar ishlab chiqarish hajmi va turlarini kengaytirish;
tibbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini shakllantirish, tibbiyot fanini rivojlantirish, shu jumladan, tibbiyot ilmiy va ta’lim muassasalarini xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlashtirish (akkreditatsiyadan o‘tkazish) zamonaviy ta’lim dasturlari, usul va texnologiyalarini joriy etish asosida;
“elektron sog‘liqni saqlash” tizimini keng joriy etish, yagona milliy standartlar asosida integratsiyalashgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi majmuasini yaratish.
2. Quyidagilar:
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, vazirlik va idoralar rahbarlari Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladilar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasining quyidagilar to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
2022-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning 3-ilovaga muvofiq ayrim tumanlarida tibbiyot muassasalarini “har bir davolangan holat” uchun klinik-xarajat guruhlari bo‘yicha va kishi boshiga moliyalashtirish tizimini (keyingi o‘rinlarda — moliyalashtirishning yangi mexanizmlari) eksperiment tartibida joriy etish;
eksperiment natijalarini tanqidiy tahlil qilish asosida moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini 2022-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tatbiq etish;
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)
2019-yil 1-iyuldan boshlab viloyat va tuman (shahar) darajasidagi statsionar sog‘liqni saqlash muassasalarida aralash moliyalashtirish tizimini joriy etish, bunda kafolatlangan bepul tibbiy xizmat hajmiga kirmaydigan davolash turlari pulli asosda amalga oshiriladi;
2019-yil 1-iyuldan boshlab ayrim davolash-profilaktika muassasalarini ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihalari) asosida belgilangan tartibda investorlarga ishonchli boshqaruvga berish;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik):
a) Moliya vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar quyidagilarni nazarda tutadigan “Majburiy tibbiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqilishi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin:
majburiy tibbiy sug‘urtalashning huquqiy asoslari, mexanizmlari va joriy etish bosqichlari;
majburiy tibbiy sug‘urtalash subyektlarini, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha vakolatli organni, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash;
majburiy tibbiy sug‘urtalash dasturlarini moliyalashtirish mablag‘larini shakllantirish manbalari;
b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmonni amalga oshirishda texnik ko‘makni ta’minlash, shu jumladan, majburiy tibbiy sug‘urtalashni joriy etish bo‘yicha tadbirlarni texnik-iqtisodiy asoslashni amalga oshirish uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
5. Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi komissiya (keyingi o‘rinlarda — Ishchi komissiya) tashkil etilsin va uning tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi komissiyaning asosiy vazifalari etib Konsepsiyani amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda sifatli ishlab chiqish va kiritish hamda amaliy choralar ko‘rilishini tashkil qilish belgilansin.
Ishchi komissiya (A.A. Abduhakimov):
bir hafta muddatda vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining mutaxassislarini, fuqarolik jamiyati institutlari, yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari va xalqaro tashkilotlarning vakillarini jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ekspert guruhlarini tuzsin, ularning samarali faoliyatini tashkil etsin;
Dasturda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining qonunchilikni, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tanqidiy tahlil qilish asosida tayyorlanishini ta’minlasin;
normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari izchil va sifatli tayyorlanishi, o‘z vaqtida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va kiritilishi, shuningdek, Dasturda nazarda tutilgan boshqa tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin;
2019-yil 1-aprelga qadar muddatda ayrim davolash-profilaktika muassasalarini belgilangan tartibda investorlarga ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha investitsiya loyihalarini tayyorlasin hamda ularning O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining Investitsiya portalida joylashtirilishini ta’minlasin;
sog‘liqni saqlash sohasidagi eng namunali davlat-xususiy sheriklik amaliyotlarining monitoringini va keng tatbiq etilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
9. Vazirlik ikki oy muddatda Agentlik tuzilmasi va uning nizomini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Belgilansinki, Agentlik faoliyatini tashkil etish davlat sog‘liqni saqlash tizimi organlari va tashkilotlarining shtat sonini optimallashtirish hisobidan “Sog‘liqni saqlash” tarmog‘i uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 316-sonli “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatuvchi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
10. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori loyihasini;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PQ-4055-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
b) ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagilarni nazarda tutadigan tibbiy ta’lim va tibbiyot fani tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha qarori loyihasini:
o‘rta va oliy tibbiy ta’lim tizimini isloh qilish, o‘quv rejalari, dasturlari, o‘quv-uslubiy materiallari va nazariy mashg‘ulotlarni yanada optimallashtirish va amaliy mashg‘ulotlarni ko‘paytirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ularni tibbiyot fani va amaliyotining umumjahon yutuqlariga muvofiqlashtirish;
ilg‘or ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni amaliy sog‘liqni saqlashga integratsiya qilishda tibbiy oliy ta’lim muassasalari klinikalarining rolini kuchaytirish;
tor mutaxassisliklar bo‘yicha tibbiy kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish, magistratura va klinik ordinaturada o‘qitish muddatlarini klinik ko‘nikmalarni egallash murakkabligidan kelib chiqqan holda maqbullashtirish;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini, sog‘liqni saqlash mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqish, muammolarga yo‘naltirilgan modulli o‘quv dasturlarini joriy etish, masofadan o‘qitish mexanizmlarini keng qo‘llash;
boshqaruv va o‘quv jarayoniga yuqori malakali va malakali xorijiy mutaxassislar, olimlar va o‘qituvchilarni keng jalb etish;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi PQ-4310-sonli “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
v) ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-dekabr,
PF-5590-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoniga
1-ILOVA
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish
konsepsiyasi
I. O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashning bugungi holati
Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va yaxshilash imkonini beradigan sifatli sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etish, sog‘lom avlod tarbiyasi uchun shart-sharoit yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Mamlakatimizda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish ta’minlandi, BMT Ming yillik rivojlanish maqsadlarining asosiy parametrlariga erishildi.
Mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash sohasida mamlakatimiz erishgan yutuqlarga xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy baho berildi. Masalan, aholining umr ko‘rishi 4,6 yoshga — 1995-yildagi 69,1 yoshdan 2017-yilda 73,7 yoshga oshdi.
Onalar o‘limi ko‘rsatkichi 3,1 baravarga kamayib, 100 ming nafar tirik tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan 21 ta holatni tashkil etdi, chaqaloqlar o‘limi esa 3,1 baravarga kamayib, 1000 nafar tirik tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan 11,5 ta holatni tashkil etdi. Bolalarda eng ko‘p uchraydigan kasalliklarga qarshi emlash va profilaktika tadbirlari bilan qamrab olish darajasi 96 — 98 foizda qat’iy saqlanib turibdi.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks profilaktika, epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyena tadbirlarining joriy etilishi o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar (o‘lat, vabo), poliomiyelit, difteriya, chaqaloqlar qoqsholi, mahalliy kelib chiqqan bezgak, qizamiq va qizilcha yuzaga kelishidan to‘liq himoya qilish imkonini berdi. Poliomiyelitning yovvoyi shtammi (2002-yil), qizamiq va qizilcha (2017-yil), bezgak (2018-yil) yo‘q qilinganligi to‘g‘risida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sertifikatlari olindi.
Shu bilan birga, sog‘liqni saqlashni tashkil etishda fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash tizimini yanada takomillashtirishga oid vazifalarni samarali hal qilishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim muammoli masalalar va salbiy holatlar saqlanib qolmoqda.
Xususan, tarmoqni kompleks huquqiy tartibga solishning mavjud emasligi, o‘lim va nogironlikni keltirib chiqarish ehtimoli katta bo‘lgan kasalliklarning oldini olish va ulardan aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunosti va idoraviy hujjatlarning haddan ortiq ko‘pligi sog‘liqni saqlash tizimi barqarorligini ta’minlash imkonini bermayapti. Transplantologiya, ko‘makchi reproduktiv texnologiyalar, teletibbiyot kabi talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarning tartibga solinmaganligi milliy sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot ilm-fani va amaliyotining zamonaviy yutuqlaridan ortda qolib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Bugungi kunga qadar majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratilmagan. Natijada hanuzgacha sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish asosan budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshirilmoqda. Respublikada tibbiyot xizmatlarining klinik tavsiyalari (bayonnomalari) va standartlari bilan uzviy bog‘liq klinik-xarajat guruhlari (DRG tizimi) ishlab chiqilmagan.
Sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘inining profilaktika, patronaj va o‘z vaqtida davolash-tashxis qo‘yish ishlari, shu jumladan ambulatoriyada davolashni oxirigacha yetkazish samaradorligi qoniqarsizligicha qolmoqda. Buning natijasida aholi sog‘lig‘ini saqlash tizimida qimmat turadigan statsionar yordam asosiy o‘rinni egallamoqda.
Aholiga, ayniqsa bolalar va fertil yoshidagi ayollarga patronaj xizmati darajasi past ekanligi (72 — 77%) qayd etilmoqda, umumiy amaliyot shifokorlarining bilim va ko‘nikmalari darajasi onalar va bolalarga tibbiy yordamni to‘liq hajmda ta’minlash imkonini bermayapti.
Sog‘liqni saqlashning jadal rivojlanayotgan xususiy sektorini davlat tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlikka faol jalb qilishga g‘ov bo‘layotgan to‘siqlar qo‘shimcha moliya resurslaridan sog‘liqni saqlash uchun samarali foydalanish imkonini bermayapti.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari ekstensiv tarzda rivojlanmoqda, u yerda tibbiyot fanlari doktorlarining 70 foizi ishlasada, ularning salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayapti. ixtisoslashgan markazlarning innovatsion salohiyati pastligi sharoitida tibbiyot amaliyotining ta’lim berish jarayoni va ilm-fan bilan sust integratsiyalashganligi tibbiyotning ilg‘or yutuqlarini davolash-tashxis jarayoniga joriy etish qoniqarsiz darajada ekanidan darak bermoqda.
Shu bilan birga, tibbiyot kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimlarini tatbiq etishdagi sustkashlik va buning oqibatida shifokorlar hamda o‘rta tibbiyot xodimlari kasbiy bilimlari darajasining yetarli emasligi ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Tibbiyot xodimlarini ijtimoiy-moddiy himoya qilish darajasi pastligi, ular ijtimoiy-huquqiy holatining o‘z zimmasiga yuklanayotgan javobgarlik darajasiga mos kelmasligi malakali kadrlarning tizimdan chiqib ketishi va korrupsiya holatlari yuzaga kelishi uchun sharoit yaratmoqda.
Sog‘liqni saqlash tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yetarlicha joriy etilmaganligi, tibbiyot hujjatlarining juda katta hajmi qog‘oz shaklida yuritilishi qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini tezkor kuzatib borish va samarali ijrosini ta’minlash imkonini bermayapti, shuningdek, ortiqcha byurokratizm va katta xarajatlarga sabab bo‘lmoqda.
Yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklar sog‘liqni saqlashning sifatiga bo‘lgan aholining tobora ortib borayotgan talablarini qondirish, joylarda to‘planib qolgan muammolarga tezkorlik bilan munosabat bildirish va tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida ijobiy o‘zgarishlarga erishish imkonini bermayapti.
Shu munosabat bilan quyidagi maqsadlar, vazifalar va asosiy yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali sog‘liqni saqlashning konseptual yangi modelini shakllantirish zarurati paydo bo‘ldi.
II. O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish maqsadlari va vazifalari
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb yuritiladi) sog‘liqni saqlash sohasidagi faoliyatni tartibga soladigan O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek, Salomatlik-2020 va Barqaror taraqqiyot maqsadlari — 2030 mintaqaviy siyosati doirasida aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi xalqaro shartnomalarga muvofiq ishlab chiqildi.
Konsepsiya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishgan ilg‘or mamlakatlar tajribasiga asoslangan yondashuvlarni o‘z ichiga olgan.
Konsepsiya maqsadlari:
1. Kasalliklarning va ko‘pchilik hollarda bevaqt o‘lim va nogironlikka olib keladigan holatlarning oldini olish va ularni davolash natijalarini yaxshilash orqali kutilayotgan umr ko‘rish davrini oshirish.
2. Tibbiy yordamdan teng foydalanishni, aholini moliyaviy jihatdan himoya qilishni va resurslarni adolatli taqsimlashni ta’minlash uchun sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va tashkil etish tizimini isloh qilish.
3. Konsepsiya vazifalarini bajarish va respublika aholisiga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilash uchun sog‘liqni saqlashning boshqaruv organlari salohiyatini kuchaytirish, ularning rahbarlari roli va javobgarligini oshirish.
Konsepsiya vazifalari:
1. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xalqaro standartlari va tavsiyalarini implementatsiya qilgan holda tarmoqni kompleks huquqiy tartibga solishni ta’minlash.
2. Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida idoralararo samarali hamkorlik va aloqalar mexanizmlarini rivojlantirish, shu jumladan salomatlikning ijtimoiy va iqtisodiy determinantlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammolarni hal qilish, sog‘lom va xavfsiz atrof-muhitni rivojlantirish, suv ta’minoti va sanitariyani, sog‘lom ovqatlanish, shu jumladan chaqaloqlar va bolalarning sog‘lom ovqatlanishini yaxshilash, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.
3. Jamiyat sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, shu jumladan sanitariya-epidemiologiya xizmatini rivojlantirish, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan surunkali kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish, Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini joriy etish va bajarish.
4. Sog‘liqni saqlashning birlamchi va ikkilamchi darajadagi, tez tibbiy yordam tibbiyot muassasalarining samarali integratsiyasini ta’minlash uchun sog‘liqni saqlashning tuman bo‘g‘inini isloh qilish, ona va bola sog‘lig‘ini saqlashni mustahkamlash, ixtisoslashgan va palliativ tibbiy yordamni takomillashtirish hamda rivojlantirish.
5. Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va tashkil etish tizimini takomillashtirish, bepul tibbiy yordamning davlat tomonidan kafolatlangan hajmini qonunchilik yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yish hamda majburiy tibbiy sug‘urtani bosqichma-bosqich joriy etish.
6. Xususiy sog‘liqni saqlash tizimi, davlat-xususiy sheriklik va tibbiyot turizmini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish va raqobat muhitini yaxshilash.
7. Sog‘liqni saqlash tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati va uning hududiy boshqaruv organlari tashkiliy tuzilmasini funksional vazifalar va javobgarlik sohalarini aniq belgilagan holda takomillashtirish.
8. Tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini akkreditatsiya qilish, shuningdek, shifokorlik va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.
9. Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish, yangi dori vositalari va tibbiyot buyumlari hamda tibbiy texnikani ro‘yxatga olish tartib-taomillarini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, narx belgilash mexanizmlarini takomillashtirish, dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnikani ishlab chiqarish hajmlari hamda turlarini kengaytirish, ularni markirovkalash va treking tizimlarini joriy etish.
10. Tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirishning, tibbiyot ilm-fanini rivojlantirishning samarali tizimini, shu jumladan ilmiy va tibbiyot ta’lim muassasalarini xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlashtirish (akkreditatsiya qilish), zamonaviy ta’lim dasturlari, usullari va texnologiyalarini joriy etish asosida shakllantirish.
11. “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimlarini keng joriy etish, yagona milliy standartlar asosida integratsiyalashgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari majmuini yaratish.
III. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
1. Sog‘liqni saqlash sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish
1. Sog‘liqni saqlash sohasidagi milliy qonun hujjatlarini birxillashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadigan qonunlar qabul qilish orqali normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
2. Sog‘liqni saqlash sohasidagi amaldagi qonun hujjatlarini bir-biriga muvofiqligiga erishish va qo‘llash uchun qulayliklar yaratish maqsadida yagona hujjatda kodifikatsiyalash, O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash kodeksini qabul qilish.
3. Bepul tibbiy yordamning davlat tomonidan kafolatlangan hajmini huquqiy mustahkamlab qo‘yish.
4. Majburiy tibbiy sug‘urta sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish.
5. Onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi, shu jumladan onalar va bolalarni emlash, dispanserizatsiya qilish va ularga kafolatlangan bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibini belgilovchi qonun hujjatlarini takomillashtirish, Ko‘krak suti o‘rnini bosuvchi ozuqa marketingi to‘g‘risidagi xalqaro kodeks normalarini implementatsiya qilish hamda Chaqaloqlarni va kichik yoshdagi bolalarni ovqatlantirish to‘g‘risidagi milliy dasturni qabul qilish.
6. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar marketingini tartibga solishning, shuningdek, aholining keng qatlamlarini jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga va sport tadbirlariga jalb qilishga rag‘batlantirishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.
7. Tibbiyot xodimlari o‘z kasbiy majburiyatlariga rioya etishini ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari yuzaga kelishining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan Tibbiyot xodimlarining axloq kodeksini qabul qilish va ularning kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
2. Sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish
1. Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan keng foydalanishga asoslangan davlat boshqaruvining zamonaviy shakllarini joriy etish orqali O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati va hududiy organlar tuzilmasini takomillashtirish.
2. Tibbiy yordamning zarur bosqichma-bosqichligi va izchilligini ta’minlash uchun bir-birini to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi har xil darajadagi va tor ixtisoslikdagi tibbiyot tashkilotlarini boshqaruvning yagona tizimiga integratsiya qilishni nazarda tutuvchi “klaster” yondashuvi asosida hududlarda sog‘liqni saqlashni tashkil etish tizimini takomillashtirish.
3. Tibbiy yordam ko‘rsatish darajalari, hajmi va turlari bo‘yicha tibbiyot tashkilotlari toifalari klassifikatorini, shuningdek, ularni qurish, moddiy-texnik va aholi jon boshiga hisoblab chiqqan holda, aholi zichligini va transport infratuzilmasi rivojlanganligini hisobga olib, kadrlar bilan ta’minlash normativlarini ishlab chiqish.
4. Tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari hamda faoliyati giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar aylanmasi bilan bog‘liq tashkilotlarni akkreditatsiya qilishning, shuningdek, shifokorlik va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashning mexanizmlarini ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish.
5. Xalqaro standartlar asosida menejment va tibbiyot xizmatlari sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini, shuningdek, aholining sog‘liqni saqlash sifatidan qoniqqanligini baholash mexanizmlarini joriy etish.
6. Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni ijtimoiy himoya qilishning ular malakasiga, ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat hajmi, murakkablik darajasi va sifatiga qarab toifalangan zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, shu jumladan qo‘llanilayotgan tarmoq tarif setkasi o‘rniga tibbiyot xodimi faoliyati natijalariga qarab klinik-xarajat guruhlari va jon boshiga moliyalashtirishning tegishli mezonlariga ko‘ra to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari va o‘zgaruvchan (mukofotlash) stavkasini joriy etish.
7. Birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari, ayniqsa qishloq joylardagi muassasalarning tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish.
8. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tizimini takomillashtirish, ularning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini, fuqarolar sog‘lig‘i xavfsizligi ta’minlanishini nazorat qilishdagi roli va javobgarligini oshirish, kasallik qo‘zg‘atuvchi omillarga laboratoriyada va ekspress tashxis qo‘yishning yangi texnologiyalarini joriy etish.
9. Tibbiyot tashkilotlarining asbob-uskunalar, sarflash materiallari va ehtiyot qismlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlashning yagona mexanizmlari va standartlarini joriy etish, ularni hisobga olishning axborot tizimini yaratish.
10. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tibbiyot uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatadigan va ularni metrologik tekshiradigan hududiy xizmatlarni tashkil etish.
3. Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish
1. Quyidagilarni nazarda tutadigan klinik-xarajat guruhlari bo‘yicha “har bir davolangan holat” uchun tibbiy xizmatlarga haq to‘lash tizimini va jon boshiga moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish:
hududlarning xususiyatlari, muassasalar turi, aholi zichligi va boshqa omillarni hisobga oluvchi toifalangan tuzatish koeffitsiyentlariga ega moliyalashtirishning yagona jon boshiga to‘g‘ri keladigan normativini joriy etish hisobiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining hududiy budjet ta’minlanganligini tenglashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
respubika, viloyat va tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam xizmatlariga klinik-xarajat guruhlari bo‘yicha “har bir davolangan holat” uchun haq to‘lashning zamonaviy usullariga o‘tish;
davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam dasturlari bo‘yicha tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun tibbiy xizmatlarning davlat va xususiy yetkazib beruvchilari bilan kontraktlar tuzish tizimiga o‘tish.
2. Asoslangan strategik qarorlar qabul qilish, shuningdek, majburiy tibbiy sug‘urta dasturlari joriy etilishini qo‘llab-quvvatlash uchun sog‘liqni saqlashga sarflanadigan xarajatlarni hisobga olish va daliliy bazani tashkil etish maqsadida sog‘liqni saqlash hisobvaraqlari milliy tizimini yaratish.
3. Majburiy tibbiy sug‘urta dasturlari bo‘yicha moliyaviy mablag‘larni jamlovchi va taqsimlovchi Majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish.
4. Respublikaning barcha hududlarida tibbiy xizmatlarning kafolatlangan hajmlarini hisoblab chiqish va klinik-xarajat guruhlarini shakllantirish asosida bemorlarning maqsadli kontingentlari va tibbiy yordamning maqsadli turlari uchun majburiy tibbiy sug‘urtaga oid maxsus dasturlarni joriy etish.
5. Fuqarolarni tibbiy resurslardan oqilona foydalanish hamda o‘z sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashdan manfaatdor bo‘lishga undaydigan dasturlarni joriy etish.
6. Respublika fuqarolarini majburiy tibbiy sug‘urta bilan to‘liq qamrab olishni bosqichma-bosqich ta’minlash.
4. Tibbiy yordam sifati va qulayligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish hamda ularga qarshi kurashish
1. Yirik ko‘p tarmoqli davolash muassasalarini, shu jumladan tor ixtisoslikdagi maxsus tibbiyot tashkilotlarini (ularning filiallarini) birlashtirish hisobiga tashkil etish orqali joylarda yuqori sifatli tibbiyot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirish.
2. Asosiy va eng ko‘p uchraydigan kasalliklar va holatlar bo‘yicha isbotlovchi tibbiyotga asoslangan hamda xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirilgan milliy klinik standartlarni ishlab chiqish va joriy etish.
3. Xizmatlar ko‘rsatish texnologiyasi, zarur kadr resurslari, dori vositalari va sarflash materiallari tavsiflashni nazarda tutadigan sog‘liqni saqlash sohasidagi tibbiy xizmatlarning yagona reyestrini yaratish.
4. Tibbiy yordam ko‘rsatish bosqichlarining maqbul ketma-ketligi va izchilligini ta’minlaydigan bemorlarga yo‘nalish beruvchi sxemalarni ishlab chiqish hamda joriy etish.
5. Oliy tibbiy ta’lim muassasalarining klinikalarini yanada rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, tashxis qo‘yish va davolashning yuqori texnologik usullarini joriy etish, shu jumladan “ta’lim — amaliyot — fan” aloqasi yagonaligi prinsipi asosida ularni 4-darajagacha modernizatsiya qilish.
6. Sog‘liqni saqlash amaliyotiga xalqaro standartlarga muvofiq kichik invaziv yuqori texnologik jarrohlik aralashuvlarini (radiojarrohlik, mikrojarrohlik, robotlashtirilgan jarrohlik, shuntlash va boshqalar) joriy etish, qisqa muddatli bir kunlik ambulatoriya jarrohlik yordamini (“bir kunlik jarrohlik”ni) rivojlantirish.
7. Tibbiyot tashkilotlarida individual elektron qurilmalar yordamida qayd etilgan xavf ostidagi guruhga kiruvchi ambulatoriya bemorlarining sog‘lig‘i ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga shoshilinch choralar ko‘rish tizimini yaratish.
8. Shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmatini yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash (qiyin yo‘llarda yura oladigan avtomobillar, reanimobillar va aviatsiya texnikasi bilan jihozlash), shoshilinch va favqulodda holatda harakatlanuvchi boshqa xizmatlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish.
9. Regenerativ, shu jumladan biotibbiy hujayra, additiv va boshqa yangi texnologiyalarga asoslangan tibbiyotni rivojlantirish.
10. Prediktiv tibbiyotni rivojlantirish (nasliy moyillikning oldini olish), sog‘liq holatiga molekulyar-genetik tashxis qo‘yish, skrining va monitoring qilishning zamonaviy usullarini joriy etish.
11. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar rivojlanish omillarini, shu jumladan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida xavf ostidagi guruhga kiradigan bemorlar orasida dispanserizatsiya va skrining-tadqiqotlarni, patronaj va dispanserizatsiyaning samarali modellarini joriy etish, reabilitatsiya tibbiyotini rivojlantirish, “uyda statsionar” xizmatini kengaytirish orqali erta aniqlash.
12. Katta va keksa yoshdagi fuqarolarga uzoq muddatli tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy modelini yaratish, uyda ijtimoiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqa qator chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi gerontologik yordam sifati va qulayligini oshirish.
13. Jamiyat sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishni keng targ‘ib qilish, fuqarolarda o‘z salomatligi va atrofdagilar sog‘lig‘i uchun javobgarlik hissini shakllantirish, shuningdek ularning madaniyati va tibbiy savodxonligini oshirish.
14. Mikrobga qarshi chidamlilik tarqalishining oldini olish, shu jumladan mikrobga qarshi terapiyaning oqilona sxema va reglamentlariga qat’iy rioya qilish, antibakterial terapiya tayinlashda mikrobiologiya diagnostikasi usullarini rivojlantirish va kengaytirish, antibakterial preparatlarning yangi turlarini ishlab chiqish.
5. Onalar va bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish
1. Reproduktiv yoshdagi ayollarga va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini, shu jumladan quyidagilarni tashkil etish orqali kengaytirish va oshirish:
markaziy tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikalarida reproduktiv salomatlik va xavfsiz onalik, prenatal diagnostika kabinetlari (onalar skriningi), shuningdek, bolalar bo‘limlari;
bolalar statsionar muassasalarida tez tibbiy yordam pediatriya brigadalari va shoshilinch postlarni kengaytirish hisobiga bolalarga kechayu kunduz shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish;
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida bolalar qabul bo‘limlari, bolalar reanimatsiyasi va intensiv terapiya bo‘limlari qabulxonalari.
2. Irsiy, genetik, birlamchi immunitet tanqisligi (orfan), tug‘ma va orttirilgan kasalliklarga chalingan bolalarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va reabilitatsiya qilish tizimini, shu jumladan tug‘ma, surunkali kasalliklarga chalingan va nogironligi bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilish markazlarini tashkil etish orqali takomillashtirish.
3. Irsiy kasalliklarga moyil bo‘lgan, xavf ostidagi guruhga kiradigan bolalarga erta yordam berish dasturlarini amalga oshirish.
4. Bolalar o‘limi va nogironligini kamaytirishga qaratilgan milliy loyihalarni, shu jumladan o‘smirlarning jismoniy va ruhiy-ijtimoiy osoyishtaligiga ko‘maklashuvchi “Bolalikda uchraydigan kasalliklarni integratsiyalashgan holda yuritish”, “Bolalarning jarohat olishi va bolalar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lish”, “Chaqaloqlar salomatligi”, “O‘smirlar salomatligi”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Sog‘lom maktab muhitini shakllantirish” dasturlarini amalga oshirish.
5. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qo‘llaniladigan maktab yoshidagi bolalarni o‘rganishning zamonaviy usullari va dasturlaridan keng foydalanish, “Maktab yoshidagi bolalar sog‘lig‘iga nisbatan xulqini tekshirish” (HBSC) Yevropa hamkorlik tarmog‘iga hamda Bolalar semirishini epidemiologik nazorat qilish Yevropa tarmog‘iga (COSI) O‘zbekistonning qo‘shilishi.
6. Onalar va bolalarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik, shu jumladan mikrojarrohlik va kichik invaziv tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish.
7. “Ona va bola” yirik ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bosqichma-bosqich, shu jumladan samarasi past va tor ixtisosdagi davlat tibbiyot tashkilotlarini birlashtirish orqali tashkil etish.
6. Xususiy sog‘liqni saqlash tizimi, davlat-xususiy sheriklik va tibbiyot turizmini rivojlantirish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi xususiy sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish:
hududlar ehtiyojini hisobga olgan holda nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun ambulatoriya va statsionar tibbiy xizmatlarni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash;
aholining ehtiyoji katta bo‘lgan tibbiyotning ayrim yo‘nalishlari rivojiga investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng tatbiq etish;
nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalarining sog‘liqni saqlash sohasidagi rolini kuchaytirish, shuningdek, ularning negizida xususiy sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari yuzasidan axborot bilan ta’minlash uchun yagona dispetcher xizmati (Call-markazi) tashkil etish.
2. Sog‘liqni saqlash sohasiga quyidagi shakllarda davlat-xususiy sheriklikni joriy etish:
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy tibbiyot tashkilotlari binolarini qurish uchun doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
mavjud davlat tibbiyot tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan xususiy tibbiyot tashkilotlari obyektlari qurish uchun bepul asosda yer uchastkalari taqdim etish;
kam foydalaniladigan yoki rekonstruksiya qilish yoxud kapital ta’mirlashni (qayta jihozlashni) talab qiladigan mavjud davlat tibbiyot tashkilotlarini ijaraga berish;
bino qurish yoki rekonstruksiya qilish, konsessiya asosida jihozlash uchun yer uchastkasi ajratish;
bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan ishlamayotgan davlat tibbiyot tashkilotlari binolarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilish;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyundagi 454-sonli “Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
davlat tibbiyot tashkilotlarining ayrim funksiyalari yoki xizmatlarini tadbirkorlik subyektlariga autsorsing asosida o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilab beriladigan boshqa shakllarda.
3. Mamlakatimiz tibbiyot tashkilotlarining turistik salohiyatini tubdan oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasida kirish tibbiyot turizmini rivojlantirish strategiyasini va uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.
4. Yirik davlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiy xizmatlarni ham mamlakat ichida, ham xorijda ilgari surish uchun mas’ul bo‘lgan marketing va tibbiyot turizmini rivojlantirish, chet el fuqarolarini, shuningdek, ularga hamroh bo‘lgan shaxslarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha maxsus tarkibiy tuzilmalar yaratish.
5. Kirish tibbiyot turizmini rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqish, madaniy-ma’rifiy tadbirlar bilan kompleks bog‘liq holda chet el fuqarolariga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, chet el investitsiyalari, shuningdek, tibbiyot tashkilotlarining turistik infratuzilmasini rivojlantirishga xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlar kreditlari va grantlarini jalb qilish.
6. Yetakchi ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining salohiyatini va ular ko‘rsatadigan xizmatlarni, shu jumladan estetika jarrohligi, kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, urologiya imkoniyatlarini ommaviy axborot vositalarida PR-kompaniyalar, konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etish orqali keng targ‘ib qilish.
7. Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish
1. Quyidagilarni imkonini beruvchi Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini markirovkalash hamda ular harakatlanishining monitoringini olib borish axborot tizimini joriy etish:
dori vositalari va tibbiyot buyumlari har bir qadog‘ining ishlab chiqarilgan yoki import qilingan vaqtdan boshlab iste’molchiga yetib borgan vaqtgacha harakatlanishini kuzatish;
sifatsiz va kontrafakt dori vositalari hamda tibbiyot buyumlarining butun respublika bo‘ylab profilaktikasi va muomaladan darhol olib qo‘yilishi;
ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari narxini belgilash ustidan monitoring olib borish;
barcha darajalarda dori vositalari va tibbiyot buyumlari zaxiralari va rezervlarini tezkor rejalashtirish va boshqarish;
iste’molchilar tomonidan mobil ilova yordamida xarid qilinadigan (olinadigan) dori vositalari va tibbiyot buyumlari qonuniyligini tekshirish.
2. Qimmat turadigan dori terapiyasini talab qiladigan bemorlar registrlarini shakllantirish.
3. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan immunobiologik preparatlarni jadal ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomilini joriy etish.
4. Dori vositalarini, tibbiyot buyumlarini va tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, ularni xalqaro talablarga uyg‘unlashtirish.
5. Rivojlangan davlatlarning ijobiy tajribasi asosida dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnika uchun referent narx belgilashni bosqichma-bosqich joriy etish.
6. Farmatsevtika tashkilotlarini sifat menejmenti tizimlarini va tegishli ishlab chiqarish amaliyotini (GMP va boshqalar) joriy etishga rag‘batlantirish.
7. Ambulatoriya va statsionar davolashda fuqarolarni ta’minlash uchun budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadigan dori vositalari ro‘yxatini shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish va takomillashtirish.
8. Respublika hududida o‘sadigan dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etgan holda ularni yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish, shuningdek, o‘simlik xom ashyosi asosida dori vositalari ishlab chiqaruvchi mamlakatimiz korxonalarini keng qo‘llab-quvvatlash.
9. Ixtisoslashgan farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari hududida tayyor dori vositalari va substansiyalar ishlab chiqaruvchi yangi farmatsevtika korxonalari tashkil etishga doir yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish.
8. Tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, tibbiyot ilm-fanini rivojlantirishning samarali tizimini shakllantirish
1. O‘qitishning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning amaliy jihatlarini oshirish orqali oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish.
2. Klinik ixtisoslikni egallash murakkabligidan kelib chiqib, magistratura va klinik ordinaturada (rezidenturada) yuqori malakali kadrlar tayyorlash muddatlarini xalqaro standartlarga muvofiq 1 yildan 5 yilgacha etib optimallashtirish.
3. Xorijiy tibbiyot ta’lim muassasalari bilan keng hamkorlik qilish, shu jumladan ularning filiallari va fakultetlarini ochish, shuningdek, ikkita diplom berish tizimini joriy etish.
4. Ta’lim dasturlarini amalga oshirishda tarmoq hamkorligi va ochiq kurslardan foydalanish orqali xorijiy universitetlar resurslaridan foydalanish hisobiga ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek tibbiy ta’limning elektron milliy platformalarini ishlab chiqish va elektron ta’lim muhitini shakllantirish.
5. Ilg‘or ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni sog‘liqni saqlash amaliyotiga integratsiya qilishda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari va o‘quv bazalarining rolini kuchaytirish.
6. Yuqori malakali kadrlar tayyorlashda, ularni davolash-tashxis qo‘yish jarayonida ishtirok etganligi uchun moddiy rag‘batlantirish yo‘li bilan yangi ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalar professor-o‘qituvchilari rolini oshirish.
7. Quyidagilarni joriy etish orqali ta’lim uzluksizligini ta’minlovchi tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimini takomillashtirish:
o‘qitishning ball (jamg‘arib borish) tizimi;
muammoga yo‘naltirilgan modul o‘quv dasturlari;
masofaviy o‘qitish dasturlari;
uzluksiz tibbiy ta’limni tashkil etishda ko‘maklashish uchun interaktiv portal.
8. Tibbiyot ilmiy va ta’lim muassasalarini xalqaro standartlar, shu jumladan GCP (Good clinical practice) standarti bo‘yicha sertifikatlashtirish (akkreditatsiya qilish) asosida tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish, tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish tizimi samaradorligini oshirish.
9. Tibbiyot ta’lim muassasalarida o‘qitish to‘ldirilgan va virtual reallik sharoitida, tibbiy trenajyor va manekenlarda olib boriladigan simulyatsion markazlarni tashkil etish.
10. Tibbiyot ilmiy va ta’lim muassasalarining bazaviy hamda dasturiy-maqsadli moliyalashtirilishini, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar transferini amalga oshirish uchun tibbiyot va ilmiy jamoalarni davlat tomonidan manzilli qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash, ularni sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish.
11. Oliy tibbiyot o‘quv muassasalari tibbiy-profilaktik yo‘nalishi kafedralarining ta’lim dasturlari tan olingan xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Yevropa mintaqasida jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi uyushmasi (ASPHER — The Association of Schools of Public Health in the European Region) tomonidan akkreditatsiya qilinishini ta’minlash.
9. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “elektron sog‘liqni saqlash”ni keng joriy etish
1. Quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini joriy etish, yagona milliy standartlar asosida integratsiyalashgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari majmuini tashkil etish:
a) aholi uchun:
tibbiyot tashkilotlari va ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar to‘g‘risida axborot olish;
shifokorlar malakasi, ish staji, qabul vaqti haqida axborot olish, shuningdek, “elektron navbat”, shu jumladan masofadan navbatni band qilib qo‘yish imkoniyatini tashkil etish;
ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini, shu jumladan tibbiyot xodimlari faoliyatini baholash;
mobil ilovalar orqali tizimdan foydalanish;
b) tibbiyot tashkilotlari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari:
muassasani rivojlanishning innovatsion ijtimoiy yo‘naltirilgan tipiga aylantirish;
sog‘liqni saqlash sohasida standartlashtirish tizimini amalga oshirish;
elektron hujjat bilan ishlashni joriy etish orqali ish jarayonini optimallashtirish (tibbiyot kartalari va kasalliklar tarixlarini to‘ldirish, “elektron retseptlar” berish);
tibbiyot xodimlari, dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnika, sarflash materiallari hisobini va monitoringini yuritish;
davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam dasturlari bo‘yicha moliyaviy operatsiyalar amalga oshirish va monitoringini yuritish, tibbiyot tashkilotlarining bo‘lajak xarajatlarini baholash, shuningdek ehtimoli bo‘lgan xatarlarni tahlil qilish;
tibbiy statistika, hisob va hisobot yuritish, shuningdek, sog‘liqni saqlash milliy hisobvaraqlari tizimini qo‘llab-quvvatlash;
boshqa tibbiyot tashkilotlari axborot tizimlari bilan integratsiyalash va axborot almashish;
2. Tibbiyot tashkilotlari ish ko‘rsatkichlari va tarmoqning rivojlanish holatini monitoring qilishning asosiy mexanizmi sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.
3. Tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida axborot almashish hamda masofaviy tibbiy va ta’lim xizmatlarini (maslahatlashuvlar, konsiliumlar, operatsiyalar, master-klasslar va hokazolar) o‘tkazish uchun teletibbiyotni rivojlantirish.
IV. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Konsepsiyani amalga oshirish natijasida quyidagilar kutilmoqda:
barqaror taraqqiyot sohasida milliy maqsadlar va vazifalarga erishish;
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar standartlari va tavsiyalarini milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilish, Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini amalga oshirish;
sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash, malakali, ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologik tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini rivojlantirish;
davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmlarini qonunchilik yo‘li bilan belgilab qo‘yish;
respublika fuqarolarini majburiy tibbiy sug‘urta dasturlari bilan bosqichma-bosqich qamrab olish;
sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishni oshirish, tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga munosib haq to‘lanishini ta’minlash;
respublika hududlarini tibbiyot va farmatsevtika kadrlari bilan to‘liq hamda teng hajmda ta’minlashga erishish;
jamiyat sog‘liqni saqlash tizimi va fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash masalalari bo‘yicha idoralararo hamkorlikni rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
umr ko‘rishni 75 yoshgacha oshirish;
onalar o‘limi ko‘rsatkichini 15 foizga kamaytirish;
chaqaloqlar va besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limini 30 foizga kamaytirish;
aholi orasida yurak-tomir, onkologiya kasalliklari, qandli diabet va surunkali nafas yo‘llari kasalliklaridan bevaqt o‘lishni 15 foizga kamaytirish;
aholining sil, OIV, gepatit va boshqa yuqumli kasalliklarga chalinish darajasini kamaytirish.
Natijalarga erishish darajasi va ularning samaradorligi Konsepsiyada nazarda tutilgan, indikatorlari ilovada keltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi ustidan muntazam monitoring olib borish asosida baholanadi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini 2019 — 2025-yillarda rivojlantirish Konsepsiyasiga
ILOVA
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish samaradorligini aniqlash
indikatorlari

T/r

Ko‘rsatkichlar

2018-yil

2025-yil

I. Kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligini oshirish

1.

Tug‘ilishdan kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi (ikkala jinsda) (yillarda)

73,7
(2017-y.)

75,0

2.

Erkaklarda tug‘ilishdan kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi (yillarda)

71,3
(2017-y.)

72,1

3.

Ayollarda tug‘ilishdan kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi (yillarda)

76,1
(2017-y.)

77,8

II. Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil qilish va boshqarishni takomillashtirish

1.

Jamoat sektorini boshqarish, ishbilarmonlik ma’muriyatchiligi, sog‘liqni saqlash iqtisodiyoti, davlat siyosati, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlari oliy ma’lumotli xodimlarining ulushi (%)

0

20,0

2.

Xalqaro standartlarga muvofiq aniqlanadigan mavjud xalqaro salomatlik ko‘rsatkichlari foizi

<50

75,0

3.

Xalqaro standartlarga muvofiq o‘lim haqidagi guvohnomalarni o‘lim sababi bilan birga elektron shaklda qayd etish foizi

<50

75,0

4.

Statsionarlarda va kutilmagan holatlarda yuqumli kasallikka chalinish holatlarini minimumga tushirish maqsadida 10 tadan kam bo‘lmagan “bemorlar uchun xavfsizlik paketlari” tatbiq etilgan shifoxonalar foizi

0

50,0

5.

Tibbiyot xodimlarining o‘z faoliyatidan qoniqish foizi

Ma’lumot mavjud emas

50,0

6.

Natijalari bemorlarning kasallik guruhiga yoki holatiga qarab nazorat qilish va ularni sifatini yaxshilash imkonini beradigan klinik axborot tizimlariga ega bo‘lgan ambulatoriya muassasalari foizi

0

50,0

7.

Menejment bo‘yicha tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan o‘tgan sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘inlaridagi ma’muriy-boshqaruv xodimlari (%)

70,0

100

8.

Bolalik yoshidan kasalliklarni integratsiyaviy olib borishni ta’minlaydigan yetkazib beruvchi/birlamchi tibbiy-sanitariya yordami poliklinikalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining bolalar bo‘limlari ulushi (%)

Mavjud emas

100

9.

MLU-TB davolash muvaffaqiyati ko‘rsatkichi (%)

57,0

65,0

10.

Tez tibbiy yordamga javob berish vaqti, shaharlarda chaqiriqqa javob berish ≤ 10 minutdan kam bo‘lgan foizi

Ma’lumot mavjud emas

50,0

11.

Tez tibbiy yordamga javob berish vaqti, qishloq joylarda chaqiriqqa javob berish ≤ 30 minutdan kam bo‘lgan foizi

Ma’lumot mavjud emas

50,0

12.

Shoshilinch vaziyatlarda operatsiyadan keyingi o‘lim holati, foizda

0,2

0,1

13.

Barcha tibbiyot muassasalarida aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishda diagnostika va davolashning yuqori texnologiyalarini joriy etish (%)

20,6

50,0

III. Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish

1.

Umumiy davlat xarajatlariga nisbatan sog‘liqni saqlash bo‘yicha davlat xarajatlari foizda

15,4

15,4

2.

YAIMga nisbatan sog‘liqni saqlashga davlat xarajatlari foizda

2,9

5,0

3.

Umumiy sog‘liqni saqlash xarajatlarida dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotib olish uchun xarajatlar ulushi (%)

9,6

12,0

4.

Hududlardagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida (ambulator-poliklinika bo‘g‘ini) aholi jonboshiga moliyalashtirish (%)

0

100

5.

Davolanganlik holati bo‘yicha statsionar muassasalarni moliyalashtirish (%)

4,5

100

6.

Majburiy tibbiy sug‘urta dasturi bo‘yicha respublika fuqarolarini qamrab olish (%)

0

90,0

7.

Majburiy tibbiy sug‘urta dasturi bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatishda xususiy tibbiyot tashkilotlarining ishtiroki (%)

0

30,0

8.

Aholining to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlari darajasini kamaytirish (%)

45,3

30,0

IV. Tibbiy yordam sifatini va imkoniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni profilaktikasi va ular bilan kurashish

1.

Ichak infeksiyalari bilan kasallanish (100 ming aholiga)

137,7
(2017-y.)

80,0

2.

O‘tkir virusli gepatit A bilan kasallanish (100 ming aholiga)

98,1

(2017-y.)

60,0

3.

Anemiya bilan kasallanish (100 ming aholiga)

5439

4587,8

4.

Yod yetishmasligi bilan bog‘liq kasallanish (100 ming aholiga)

184,3

156,6

5.

Bo‘yi o‘sishi kechikishi mavjud besh yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushi (%)

8,7
(2017-y.)

7

6.

Vazn og‘irligi yetishmasligi mavjud besh yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushi (%)

2,6
(2017-y.)

2,0

7.

Ortiqcha vazn mavjud besh yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushi (%)

4,6
(2017-y.)

< 4

8.

Narkologik kasalliklar bilan kasallanish (100 ming aholiga)

23,6

20,3

9.

Yo‘l-transportda jarohatlanish natijasida o‘lim holatlari (100 ming aholiga)

7,6

(2017-y.)

7,0

10.

NXD bo‘yicha 3 yoki undan ortiq xavf omillari mavjud (har kuni chekuvchilar, meva va sabzavotlarni 5 foizdan kam iste’mol qilish, jismoniy faollikning yetarli emasligi, BMI ≥ 25, yuqori qon bosimi) 45 — 64 yoshdagi aholining ulushi (%)

44,6

(2016-y.)

40,0

11.

OIV infeksiyasining yangidan yuqishi 100 ming aholiga, jami, jinsi, yoshi bo‘yicha

12,4

(2017-y.)

10,0

12.

100 ming aholiga sil kasalligi bilan kasallanish

44,7

(2017-y.)

37,0

13.

100 ming kishiga V gepatiti bilan kasallanish

0,8

(2017-y.)

0,2

14.

Davlat tomonidan to‘lanadigan, immunizatsiya milliy dasturidagi vaksinalar ulushi (%)

95,0

(2017-y.)

100

15.

9 — 12 yoshdagi o‘smir qizlarni HPVga qarshi vaksina bilan qamrab olinishi (%)

0

100

16.

30 — 69 yoshdagi aholi orasida yurak-qon tomir kasalligi tufayli o‘lim ko‘rsatkichi (%)

40,9

34,5

17.

30 — 69 yoshdagi aholi orasida saraton kasalligi tufayli o‘lim ko‘rsatkichi (%)

72,5

67,6

18.

30 — 69 yoshdagi aholi orasida qandli diabet tufayli o‘lim ko‘rsatkichi (%)

73,2

58,5

19.

30 — 69 yoshdagi aholi orasida surunkali respirator kasalliklar tufayli o‘lim ko‘rsatkichi (%)

45,4

20,2

20.

Yurak-qon tomir kasalliklari mavjud 40 — 64 yoshdagi aholi ≥ 30% ulushi (%)

20,0

(2014-y.)

12,0

21.

bugungi kunda davolanmayotgan yuqori qon bosimiga ega (Map ≥ 140 va / yoki DBP ≥ 90) aholining ulushi (%)

22,0

(2014-y.)

15,0

V. Onalar va bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish

1.

Reproduktiv yoshdagi (15 — 49 yosh) ayollarni zamonaviy kontratsepsiya vositalari bilan qamrab olish (%)

47,4

(2017-y.)

55,0

2.

O‘smir qizlar (15 — 19 yosh) orasida tug‘ish ko‘rsatkichi, ushbu yosh guruhidagi 1000 nafar ayolga

19,2

(2017-y.)

7,0

3.

100 ming nafar tirik tug‘ilganlarga nisbatan onalar o‘limi koeffitsenti

21,0

(2017-y.)

15

4.

1000 nafar tirik tug‘ilganlarga nisbatan neonatal o‘lim koeffitsenti

7,8

(2017-y.)

5,0

5.

1000 nafar tirik tug‘ilganlarga nisbatan chaqaloqlar o‘limi koeffitsenti

11,5

(2017-y.)

7,5

6.

1000 nafar tirik tug‘ilganlarga nisbatan 5 yoshgacha bolalar o‘limi koeffitsenti

15,4

(2017-y.)

9,8

7.

Milliy dasturlarga kiritilgan barcha vaksinalar immunizatsiyasi bilan qamrab olingan bolalar ulushi (%)

>99,0

(2017-y.)

100

VI. Davlat-xususiy sherikligi va tibbiy turizmni rivojlantirish

1.

Davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan xususiy sektor vakillarining soni (%)

0

35,0

2.

Davlatning kafolatlangan aholiga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturini amalga oshirishda xususiy tibbiyot tashkilotlarining ulushi (%)

0

20,0

3.

Tibbiy turizmdan olinadigan yillik daromad ($ XQ)

Ma’lumot mavjud emas

0,6 mln

4.

Respublika klinikalarida tibbiy xizmat olgan xorijiy bemorlar soni

>15000

100000

VII. Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish

1.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini iste’mol qilish ulushi (%)

24,0

35,0

2.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” standartiga muvofiq sertifikatlangan mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchilar ulushi (%)

6,0

40,0

3.

Mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlari eksporti ulushi (%)

-

10,0

VIII. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “elektron sog‘liqni saqlash”ni keng joriy etish

1.

Tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy va farmatsevtika tashkilotlarini kompyuter va ofis uskunalari bilan ta’minlash

20,0

100

2.

Lokal tarmoq, Internet tarmog‘ining mavjudligi

15,0

100

3.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kompyuter savodxonligi

38,0

100

4.

Elektron hujjat aylanishini amalga oshiruvchi tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari soni (%)

10,0

100

5.

Bemorlarni ro‘yxatga olishning elektron tizimi to‘liq joriy etilgan davlat tibbiyot muassasalarining foizi

10,0

100

IX. Tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek tibbiyot fanini rivojlantirish

1.

Xalqaro standartlarga muvofiq akkreditlangan ta’lim dasturlarining foizi

0

50,0

2.

Xalqaro standartlar inobatga olingan holda isloh qilingan Oliy tibbiy ta’limning diplomoldi dasturlari foizi

50,0

90,0

3.

Xalqaro standartlar inobatga olingan holda isloh qilingan ixtisoslashtirilgan tibbiy ta’limning diplomdan keyingi dasturlari foizi

50,0

90,0

4.

Tibbiyot hamshiralari uchun xalqaro standartlarga muvofiq yangilangan (isloh qilingan) o‘quv tibbiyot ta’lim muassasalari foizi

50,0

90,0

5.

Farmatsevtlar uchun xalqaro standartlarga muvofiq yangilangan (isloh qilingan) tibbiyot dasturlari foizi

40,0

80,0

6.

Meditsina va farmatsevtika fani yutuqlarini amaliy sog‘liqni saqlashga joriy etish foizi

45,0

70,0

7.

Ilmiy-tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish (qo‘shma grantlar soni)

4,0

15,0

8.

Tibbiyot tashkilotlari xodimlarining ilmiy salohiyati foizi

35,0

50

9.

Meditsina va farmatsevtika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishda ishtirok etuvchi klinika va laboratoriyalarga ega Oliy tibbiyot ta’lim muassasalari

72,0

100

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoniga
2-ILOVA
2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari
dasturi

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish

mexanizmi

Ijro

muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Cog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish

1.

“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish sohasida davlat kafolati, ularning asosiy tushuncha va tamoyillari;

fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish sohasi mutaxassislari va tibbiyot tashkilotlarining faoliyatida, davlat organlari vakolatlari;

yordamchi reproduktiv texnologiyalarni qo‘llash tartibi;

fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2019-yil
1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Milliy palata

(R. Izamov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

2.

“Erta yoshdagi bolalar va go‘daklarni ovqatlantirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

ona suti bilan oziqlantirishni targ‘ib qilish yo‘li bilan erta yoshdagi bolalarni va go‘daklarni himoya qilish, xavfsiz va sifatli ovqatlantirishni ta’minlashning huquqiy asoslari;

ko‘krak suti o‘rnini bosuvchilar marketingi Kodeksi talablariga muvofiq ko‘krak suti o‘rnini bosuvchilar marketingini boshqarish;

ko‘krak suti bilan oziqlantirishning afzalligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, mahsulotni qadoqlash etiketkasida bo‘lishi shartligi;

erta yoshidagi bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini yoshiga muvofiqligi va bexatarligi asoslari.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2019-yil
1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),
Milliy palata

(R. Izamov),

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

(kelishuv asosida),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li)

3.

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan, kafolatlangan bepul tibbiy xizmat hajmi to‘g‘risida”gi hukumat qaror loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, shu jumladan quyidagilarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy xizmat hajmlarini aniqlash usullari va mexanizmi, budjet mablag‘lari amaliyotini boshqarish va rejalashtirish strukturasini belgilashni nazarda tutish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil
1-iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Milliy palata

(R. Izamov)

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

4.

“Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, shu jumladan quyidagi majburiy tibbiy sug‘urtani tatbiq etishning mexanizmlari va bosqichlarini huquqiy asoslarni nazarda tutish:

majburiy tibbiy sug‘urta bubyektlarini, ularning huquq va majburiyatlarini va sohada huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi vakolatli organni belgilash;

majburiy tibbiy sug‘urta dasturlarini moliyalashtirish manbalari shakllantirish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2019-yil
1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

LBMA (D. Li),

Milliy palata

(R. Izamov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

5.

Tibbiy xodim va bemor, tibbiy xodim va bemorning qarindoshlari o‘rtasidagi munosabatlarni chegaralovchi Tibbiy xodimlarning odob-axloq kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Idoraviy hujjat

2019-yil
1-avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov),

Xususiy amaliyot shifokorlari uyushmasi (A. Voisov)

6

“Tibbiy faoliyat va tibbiyot xodimlarining kasbiy javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

Tibbiy xodimlarning kasbiy faoliyatni amalga oshirishda javobgarligi va majburiyati, shuningdek ular tomonidan fuqarolarga xizmat ko‘rsatilganligi;

Tibbiy xodimlarning fuqarolar sog‘lig‘iga zarar yetkazgani uchun kasbiy javobgarligini majburiy sug‘urta qilish hamda xizmat vazifalarini bajarish vaqtida ularning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2019-yil
1-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Moliya vazirligi

(R. Xaydarov),

LBMA (D. Li)

7.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqish:

Sog‘liqni saqlash sohasida amaldagi qonun normalarini birlashtirish;

sog‘liqni saqlash sohasini aniqlovchi asosiy atamalar;

sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiy yordamni tashkil etish;

tibbiy va farmatsevtik faoliyatni belgilash, ko‘rsatiladigan xizmat hajmi va turlarini aniqlash;

sog‘liqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, boshqarish va nazorati, shuningdek, idoralararo hamkorlik qilish;

sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish;

sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil qilish;

sog‘liqni saqlash sohasida ta’lim va ilmiy faoliyatni normasini belgilash;

sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlarda tomonlarning huquq va majburiyatlari;

tibbiy va farmatsevtik faoliyatlarning ayrim turlarini huquqiy tartibga solish va boshqalar.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2020-yil
1-iyul

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduxakimov),

Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (R. Hakimov

kelishuv asosida)

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev)

8.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil
15-fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),
LBMA (D. Li),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Sog‘liqni saqlashni tashkil qilish va boshqarishni takomillashtirish

9.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlarining strategik rejalashtirish va boshqarish imkoniyatlarini quyidagi yo‘llar bilan oshirish:

sog‘liqni saqlash tizimi boshqaruv kadrlari uchun zamonaviy menejment va korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish, moliyaviy boshqaruv, servisga yo‘naltirilgan yondashuv, davlat buyurtmalarini bajarish va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarishga asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;

boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish va ularning ma’lumotlar bazasini hududlar va bo‘linmalar bo‘yicha joriy qilish.

Qo‘shma buyruq

2019-yil
1-fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

LBMA (D. Li)

10.

Tibbiy tashkilotlar darajasi va tibbiy yordam ko‘rsatish turlariga ko‘ra nomenklaturasi hamda ularni jihozlash tabeli va kadrlar ta’minoti, tibbiy obyektlar infratuzilmasi normativini, uning zichligi va transport infratuzilmasi hamda aholi jon boshini inobatga olgan holda ishlab chiqish.

Shahar oilaviy poliklinikalarida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hajmini, mavjud talablardan kelib chiqqan holda tor mutaxassislar faoliyatini tashkillashtirish orqali oshirish.

Normativ hujjatlar loyihalari

2019-yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov)

11.

Quyidagilarni nazarda tutib, kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlovchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish:

tibbiyot muassasalarining asbob-uskunalar, sarflov vositalari va ehtiyot qismlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlovchi yagona mexanizm va standartlarni tatbiq etish;

tibbiy asbob-uskuna va jihozlar hisobini yurituvchi axborot tizimini joriy qilish;

davlat-xususiy sheriklik shartlarida tibbiy asbob-uskuna va texnikalarni metrologik tekshirish va ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi hududiy xizmatlarni tashkil etish;

tibbiy asbob-uskunalarning texnik holatini yaxshilash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil
1-avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

“O‘zstandart” Agentligi

(D. Sattarov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

LBMA (D. Li)

12.

Sog‘liqni saqlashning birlamchi tizim muassasalari faoliyatini kasalliklar profilaktikasi va ularni erta aniqlashga qayta yo‘naltirish orqali optimallashtirish, mobil patronaj brigadalari bilan maxsus jihozlangan “uy statsionarlari” tizimini tatbiq etish.

Hududlarning sog‘liqni saqlash tizimini o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi va bir-birini kuchaytiruvchi har xil darajadagi tibbiy tashkilotlarni bir guruhga birlashtirishni nazarda tutuvchi “klaster” yondashuvi asosida tashkil etish.

Tashkiliy-amaliy
choralar, zarur hollarda normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Sog‘liqni saqlash tizimida obyektlar qurishda yagona talablar hamda qurilish, qayta qurish, bino va inshootlardan foydalanish nizomini tasdiqlovchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyih�si

2019-yil
1-iyun

Qurilish vazirligi

(A. Tuxtayev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov)

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

vazirlik va idoralar

14.

Faoliyati giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar oboroti bilan bog‘liq hamda shifokor va provizorlar faoliyatini yakka tartibda litsenziyalash bilan bog‘liq tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini akkreditatsiya qilish mexanizmlarini chet elning ilg‘or tajribalarini inobatga olgan holda tatbiq etish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil
1-noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov),

LBMA (D. Li),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

III. Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish

15.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasida majburiy tibbiy sug‘urtalash mexanizmlarini joriy qilish to‘g‘risidagi qarori loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

majburiy tibbiy sug‘urtalashni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun normativ-huquqiy bazani shakllantirish;

mablag‘ to‘plash va bepul tibbiy yordam dasturlarini moliyalashtirish uchun davlat organini jamg‘armasini (fondini) tashkil etish;

moliyalashtirishning yagona aholi jon boshiga mos standartlarini kiritish va “davolangan holat” uchun klinik xarajatlar guruhlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali mintaqaviy budjet taqsimlanishini baravarlashtirish chora-tadbirlar;

2021-yildan boshlab maqsadli bemor va maqsadli tibbiy yordam uchun cheklangan majburiy tibbiy sug‘urta dasturlarini joriy etish;

majburiy tibbiy sug‘urta dasturi bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatishda xususiy tibbiyot tashkilotlarining ishtiroki;

aholini majburiy tibbiy sug‘urtalashga bosqichma-bosqich o‘tish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil
1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Davlat raqobat qo‘mitasi

(N. Sharipov)

16.

Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam muassasalari bilan shartnomalar (kontraktlar) tuzish mexanizmlari va tartibini joriy etish, shu jumladan:

mintaqaviy jihatlar, aholi zichligi, tashkilot turini hisobga olgan xolda, jon boshiga o‘rtacha moliyalashtirishga asoslangan tizimning metodologiyasi;

klinik va xarajatli guruhlar bo‘yicha “davolangan holat” uchun tibbiy xizmatlarga haq to‘lash mexanizmlari;

har xil turdagi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning klinik-xarajatli guruhlarni aniqlash metodologiyasi;

namunaviy shartnomalar (bitimlar)ni ishlab chiqish;

zamonaviy boshqaruv tamoyillari asosida sifatni oshirish va nazorat qilish mexanizmlari.

Normativ-xuquqiy
hujjat loyihasi

2020-yil
1-yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

LBMA (D. Li)

17.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam muassasalari uchun tibbiy xizmatlarni sotib olish tartibini joriy etish, quyidagilarni nazarda tutish:

respublikaning bir viloyatdagi muassasalarida tibbiy xizmatlarni sotib olish;

butun mamlakat bo‘ylab tibbiy xizmatlarni sotib olish mexanizmlarini joriy etish.

Tashkiliy-amaliy
chora-tadbirlar

2020-yil
1-yanvar 2021-yil
1-yanvar

LBMA (D. Li),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev)

IV. Tibbiy yordam sifatini va undan foydalanish imkoniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, yuqumli hamda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurash

18.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab quvvatlash va aholi jismoniy faolligining darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish:

2019 — 2022-yillarda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzi va aholining jismoniy faolligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash, uni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash huzurida sog‘lom turmush tarzini qo‘llab–quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun javobgar bo‘lgan davlat muassasasini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil

1-fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(D. Nabiyev),

Maktabgacha ta’lim vazirligi

(A. Shin),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov),

Milliy palata

(R. Izamov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

19.

Sog‘liqni saqlash sohasida tibbiy xizmatlarning yagona reyestrini yaratish, unda xizmat ko‘rsatish texnologiyasi zarur kadrlar resurslari, dori-darmon va sarf materiallarini tavsiflashni nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘ining loyihasi

2019-yil
1-may

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov)

20.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli va parazitar kasalliklarning diagnostikasi, ularni davolash va profilaktikasini takomillashtirish davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilar nazarda tutiladi;

Yuqumli kasalliklar xizmatning tibbiy muassasalarini samarali muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash, ular bilan aloqa tizimini yaratish;

istiqbolli sohalarni aniqlash, yuqumli kasalliklar, epidemiologiya, virusologiya, mikrobiologiyaning muhim masalalari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, yuqumli kasalliklar muassasalarining faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish;

yuqumli kasalliklar muammolari bilan shug‘ullanuvchi yuqumli kasalliklar bo‘limlari va statsionarlari, yuqumli kasalliklar xonasi, ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik ta’minoti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil
1-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

21.

Qariyalar va keksa yoshdagi fuqarolar uchun uzoq muddatli tibbiy yordamning zamonaviy modelini yaratish, gerontologik parvarishning sifati va undan foydalanishni yaxshilash, geriatriyani rivojlantirish;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i loyihasi

2019-yil
1-oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov)

22.

Dalillarga asoslangan tibbiyot va xalqaro standartlar asosida, asosiy va keng tarqalgan kasalliklarning sharoitga mos milliy klinik standartlarini (bayonnomalar, qo‘llanmalar, tavsiyalar) ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

Normativ hujjatlar loyihasi

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov)

23.

Katta ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasalarini tashkil etish va tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining klinik bazasini kengaytirish, shu bilan birga samarasiz faoliyat yuritayotgan davlat tibbiyot tashkilotlarini optimallashtirish yo‘li bilan yuqori sifatli malakali tibbiy xizmatlardan foydalanishni ta’minlash.

Tashkiliy-amaliy
choralar

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Davlat investitsiya qo‘mitasi

(S. Bekenov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

24.

Xalqaro standartlarga muvofiq kam invaziv yuqori texnologiyali jarrohlik usullarini amaliyotga tatbiq qilish (radiojarrohlik, robot-jarrohlik, shuntlash, fotodinamik terapiya va boshqalar).

Tashkiliy-amaliy
choralar

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov)

Davlat investitsiya qo‘mitasi

(S. Bekenov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

V. Onalar va bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish

25.

Reproduktiv yoshdagi ayollar va bolalarga tibbiy yordam sifatini oshirish va yaxshilash, shu bilan birga tashkillashtirish yo‘li bilan:

respublika ixtisoslashtirilgan bolalar jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazini Toshkent shahar 2-son bolalar shifoxonasi negizida Sog‘liqni saqlash vazirligining tashkiliy-shtat tuzilmasida tegishli funksiyalar va bo‘limlarni optimallashtirish yo‘li bilan;

markaziy tuman(shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikalarida perinatal diagnostikasi (onalar skriningi) bilan ayollar konsultatsiyasi bo‘limi;

tegishli tibbiyot muassasalarida bolalar uchun tunu-kun kechiktirib bo‘lmaydigan shoshilinch tibbiy yordam;

tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida bolalar anesteziologiyasi, jonlantirish va intensiv terapiya bo‘limlari;

ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha yoki olis tumanlarda, tuman va tumanlararo bolalar bo‘limlari.

Normativ-huquqiy
hujjat loyihasi

2019-yil
1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

26.

Irsiy, genetik va birlamchi immunitet tanqisligi (kam uchrovchi) kasalliklari bo‘lgan bolalarni tashxislash, davolash va reabilitatsiya qilish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, jismoniy va ruhiy-ijtimoiy rivojlanishdan orqadan qolish xavfi bo‘lgan, orqada qolgan bolalarga erta yordam berish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil
1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

27.

Onalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarni hududlarda samarali perinatal, neonatal va pediatrik xizmatlarni olish imkoniyatlarini yaratish:

mintaqaviy perinatal markazlarni takomillashtirish va 2-3 darajali akusherlik muassasalarini jihozlash tabellariga muvofiq qilib to‘liq jihozlash;

perinatal yordamni hududiylashtirish maqsadida respublika, viloyat va tumanlararo jonlantirish-maslahat, akusher-ginekologik, neonatal va pediatrik shoshilinch tibbiy yordam guruhlarini tashkil qilish.

Tashkiliy-amaliy
choralar

2019-2020-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

LBMA (D. Li)

28.

O‘zbekiston Respublikasining “Maktab yoshidagi bolalarning sog‘lig‘iga nisbatan munosabatini o‘rganish” (HBSC) Yevropa tarmog‘iga va bolalardagi semizlikning epidemiologik nazorati (COSI) Yevropa tarmog‘iga qo‘shilishi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining “Sog‘liqni saqlashga ko‘maklashuvi maktablar” dasturini amalga oshirish.

Tashkiliy-amaliy
choralar

2019-yil
1-may

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov)

Adliya vazirligi

(R. Davletov),
JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv bo‘yicha)

29.

Onalar va bolalar o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi dasturlarini amalga oshirishni davom ettirish, erta yoshdagi bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini uy sharoitida fortifikatsiyalash dasturini ishga tushirish.

Tashkiliy-amaliy
choralar

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

(kelishuv bo‘yicha)

30.

Respublika hududlarida bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam tizimini kengaytirish:

barcha viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida bolalar neyroxirurgik bo‘limlari (o‘rinlar) ochilishi;

yirik shahar bolalar shifoxonalarini va ko‘p tarmoqli shahar bolalar shifoxonalarini qayta tashkil etish.

Tashkiliy-amaliy
choralar

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

31.

Barcha hududlardagi perinatal markazlarida ixtisoslashgan kam invazivli endovizual (laporoskopik) ginekologiya bo‘limlarini tashkil qilish, shu jumladan quyidagilar orqali:

mazkur bo‘limlarni jihozlash uchun tegishli tibbiyot asbob-uskunalarni xarid qilish;

tibbiy va texnik xodimlarining malakasini oshirish;

endoskopik asbob-uskunalardan foydalanishda majburiy klinik protokollarni ishlab chiqish va tatbiq etish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i loyihasi

2019-yil

1-avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

32.

Respublika Ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida raqamli, tarmoq va informatsion texnologiyalardan foydalanilgan holda, Milliy referens-laboratoriyani tashkil etish orqali bolalar uchun ixtisoslashgan tibbiy yordam tizimidagi laboratoriya xizmatlari sifatini oshirish.

Tashkiliy-amaliy

choralar

2019-yil

1-sentabr

LBMA (D. Li),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Davlat investitsiya qo‘mitasi

(S. Bekenov)

33.

Surunkali kasalliklar va nogironligi mavjud bolalar uchun hududiy bolalar reabilitatsiya markazlarini tashkil etish orqali bolalarni sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya qilishni kengaytirish.

Tashkiliy-amaliy

choralar

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash

vazirligi

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

34.

Zamonaviy, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan parvarishlash usullari, standartlari, tashxis qo‘yish va davolashning klinik protokollarini joriy etish orqali kam vaznli tug‘ilgan chaqaloqlarga tibbiy yordam sifatini yaxshilash.

Tashkiliy-amaliy

choralar

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov)

35.

O‘zbekiston Respublikasining barcha tug‘ruq muassasalarida Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining “Onalar o‘limini maxfiy tahlil qilish” va “Kritik holatlarini tahlil qilish” tavsiyalarini tatbiq etish hamda perinatal auditni o‘tkazish, tashkilotchilar, akusher-ginekolog hamda anesteziologlarni o‘qitish.

Har bir ona o‘limi bo‘yicha audit o‘tkazish, uning natijalariga asoslanib onalar o‘limini kamaytirish hamda tibbiy yordam sifatini oshirishni nazarda tutgan yillik tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Tashkiliy-amaliy

choralar

Muntazam

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov)

VI. Davlat-xususiy sheriklikni va tibbiy turizmni rivojlantirish

36.

Yirik davlat tibbiyot muassasalarida tibbiy turizm xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha, shu jumladan xorij davlatlaridan kelayotgan fuqarolarni va ularning kuzatuvchilarini qabul qilish va davolash bo‘yicha maxsus tuzilmalarni tashkil qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i loyihasi

2019-yil

15-fevral

Sog‘liqni saqlash

vazirligi

(A. Shadmanov)

37.

Quyidagilarni nazarda tutgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish:

sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sherikchilikning shakllari;

davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risidagi bitimlar (shartnomalar)ning turlari;

davlat-xususiy sherikchilik hamda davlat-xususiy sheriklik asosida davlat tibbiy muassasalarining xizmat turlarini tadbirkorlik subyektlariga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil

1-mart

Sog‘liqni saqlash

vazirligi

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Davlat raqobat qo‘mitasi

(N. Sharipov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

38.

Profilaktika, davolash-diagnostika, laboratoriya va servis xizmat ko‘rsatishning ayrim turlarini taqdim etishda davlat-xususiy sherikchilik va autsorsingni tatbiq etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni joriy etish.

Davlat tibbiy muassasalarining qo‘shimcha va yordamchi funksiyalarini (taom tayyorlash, kir yuvish, tozalash, texnik xizmat ko‘rsatish, axborot-komunikatsiya ta’minoti va h.k.z.) xususiy sektorga o‘tkazish.

Tashkiliy-amaliy

choralar

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash

vazirligi

(A. Shadmanov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

39.

JCI (Joint Comission International) va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarda (TAS, ACHSI, CCHSA va boshqalar) akkreditatsiya uchun davlat tibbiyot tashkilotlari ro‘yxatini belgilash, shuningdek uni amalga oshirish uchun tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar majmuini tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i loyihasi

2019-yil

1-fevral

Sog‘liqni saqlash

vazirligi

(A. Shadmanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Komilov)

40.

“O‘zbekiston Respublikasida tibbiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
qarori loyihasi

2019-yil

1-aprel

Sog‘liqni saqlash

vazirligi

(A. Shadmanov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

(A. Akkulov),

Davlat investitsiya qo‘mitasi

(S. Bekenov)

41.

Tibbiy turizmni rivojlantirish sohasida yirik xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston tibbiyot muassasalarining ishtirokini ta’minlash.

Tashkiliy-amaliy

choralar

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash

vazirligi

(A. Shadmanov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

(A. Akkulov).

42.

Mahalliy tibbiyot muassasalari salohiyatini namoyish etish hamda ular tomonidan sayyohlik xizmatlari bilan uyg‘unlashgan holda tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini ochib berish maqsadida keng doirada PR-kompaniyalar o‘tkazish.

Tashkiliy-amaliy
choralar

Muntazam

Sog‘liqni saqlash

vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov)

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

(A. Akkulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Komilov)

43.

Maxsus tibbiy tur paketlar ishlab chiqarish, shu jumladan sayyohlar kelishi, davolanishi va qaytib ketishi vaqtlarida ularni kuzatish, shu jumladan:

viza va ro‘yxatga olish hujjatlarini olishda ko‘maklashish;

kutib olish va mehmonxonalarda joylashtirish;

tibbiyot va sog‘lomlashtirish-sanator muassasalarida diagnostika va davolash ishlarini tashkil etish;

madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish;

o‘zi yashaydigan mamlakatga kirib kelishga ko‘maklashish.

Qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash va namunaviy turistik paketlarni ishlab chiqish

2019-yil

1-may

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

(A. Akkulov),

Respublika Ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari,

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Komilov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

VII. Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish.

44.

Qimmat dori vositalari bilan davolashni talab etadigan bemorlarning registrlarini shakllantirish.

Tashkiliy-amaliy

choralar

2019-yil

1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi

(A. Abdullayev)

45.

Dori va farmakologik vositalarning klinik tadqiqotlar o‘tkazishning baholash yagona hisoblash usulini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qo‘shma buyruq

loyihasi

2019-yil

1-may

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov).

46.

Shifokor retsepti asosida beriladigan dori vositalarini noqonuniy sotilishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish, shu jumladan:

ushbu dori-vositalarini dorixonaning peshtaxtasi va boshqa ko‘rinadigan joylarida saqlanishini taqiqlash;

dori vositalari va tibbiy buyumlar chakana savdosini litsenziyalash ishchi organiga dori vositalari va tibbiy buyumlar chakana savdosi tartibiga rioya etilishini nazorat qilish funksiyasini yuklatish.

Normativ-huquqiy
hujjat loyihasi

2019-yil

1-aprel

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi

(A. Abdullayev),

Bosh prokuratura huzuridagi Departament

(D. Raximov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

47.

Xitoy Xalq Respublikasi tajribasini o‘rganish hamda O‘zbekistonda XXRning quyidagi tajribasini joriy etish muvofiqligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish:

dori-vositalari, tibbiy uskunalar va tibbiy buyumlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilardan sotib olish tartibini belgilash;

davlat tibbiyot-profilaktika muassasalarida davlat dorixonalarini ochish;

shifokor retseptisiz dori-vositalarini sotish uchun javobgarlikni belgilash.

Tahliliy

ma’lumot

2019-yil

1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov),

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi

(A. Abdullayev),

Bosh prokuratura huzuridagi Departament

(D. Raximov)

VIII. Tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarini o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, tibbiyot fanlarini rivojlantirishning samarali tizimini shakllantirish

48.

Tibbiy ta’lim tizimi va tibbiyot fanini rivojlantirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish, shu jumladan ta’lim muassasalari tarkibi va yo‘nalishlarini optimallashtirish, “ta’lim-ilm-amaliyot” integratsiyasi va uzluksizligini joriy etish, oliy va o‘rta tibbiyot ta’limning yangi yo‘nalishlarini belgilash, anatomik morg va o‘quv-biologik laboratoriyalarini tashkil etish, yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlari xalqaro fakultetlari va filiallari ochilishini nazarda tutish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

loyihasi

2019-yil

1-fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

49.

Ta’lim standartlari hamda oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’limning o‘quv dasturlarini, shu jumladan kredit-modulli ta’lim tizimini joriy etish va ularda amaliy komponentni oshirish orqali takomillashtirish.

Normativ-huquqiy
hujjat loyihasi

2019-yil

1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

LBMA (D. Li),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Milliy palata

(R. Izamov)

50.

Xorijiy tibbiyot ta’lim muassasalari bilan keng hamkorlik, ularning fakultetlari va filiallarining ochilishi hamda ikki tomonlama diplom berilishi tizimini joriy etish.

Xususan:

xorijiy tibbiyot oliy o‘quv yurtlari filiallarini ochish bo‘yicha muzokaralar olib borish, shu jumladan joylarga tashriflar uyushtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tahliliy ma’lumotnoma kiritish, unda amalga oshirilgan kelishuvlar bo‘yicha aniq takliflarni taqdim qilish.

Tashkiliy-amaliy choralar

Tahliliy ma’lumotnoma

2019-yil yanvar — mart

2019-yil

1-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Komilov),

LBMA (D. Li),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Milliy palata

(R. Izamov)

51.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, unda quyidagilar orqali ta’limning uzluksizligini ta’minlash:

balli (jamg‘arib boriladigan) ta’lim tizimi;

muammoga yo‘naltirilgan modulli o‘quv dasturlari;

masofaviy ta’lim dasturlari;

tibbiy va farmatsevtika ta’limini tashkil etish bo‘yicha uzluksiz interaktiv portal.

Normativ-huquqiy
hujjat loyihasi

2019-yil

1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Milliy palata

(R. Izamov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

52.

Tibbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi samaradorligini oshirish, tibbiyot sohasini, ilmiy, ta’lim hamda tibbiyot muassasalarini xalqaro standartlar asosida, shu jumladan GCP (Good clinikal practice) standarti asosida, sertifikatsiya (akkreditatsiya) qilish asosida rivojlantirish.

Tashkiliy-amaliy choralar

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

53.

Xalqaro talablar asosida ta’lim, fan va amaliyotning integratsiyalashuviga qaratilgan klinikalar, o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish bazalari, o‘quv-ishlab chiqarish va markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini rivojlantirish orqali tibbiy mutaxassislar tayyorlovining sifatini oshirish;

tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishi ta’lim muassasalarining klinikalari, o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish bazalari to‘g‘risida nizom ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy-amaliy
choralar

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Milliy palata

(R. Izamov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

54.

Toshkent Davlat stomatologiya instituti faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan “Davolash ishi” bakalavriat yo‘nalishini ochish orqali.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil

1-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev)

55.

Tibbiy xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida ko‘p funksional o‘quv-metodik markazi va simulyatsiya markazlar tarmog‘ini yaratish, shu jumladan davlat-xususiy sherikligi shartlarida xususiy investorlarni jalb qilish orqali shifokorlarga tibbiy trenajerlar va manekenlarda qo‘shimchalar va virtual olam muhitida ta’lim olishlari uchun imkoniyat yaratib berish.

Tashkiliy-amaliy
choralar

2019-yil

1-avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Milliy palata

(R. Izamov),

Davlat investitsiya qo‘mitasi

(S. Bekenov)

IX. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “Elektron sog‘liqni saqlash”ni keng tatbiq etish

56.

O‘zbekiston Respublikasida yagona tibbiy ma’lumotlar bazasi, “elektron sog‘liqni saqlash” hamda integratsiyalashgan axborot tizimlari kompleksini yaratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlash va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

a) aholi uchun:

tibbiy xizmat ko‘rsatish va tibbiy muassasalar to‘g‘risida ma’lumotlar olish;

shifokorlarning malakasi va ish tajribasi, qabul vaqti, “elektron navbat” to‘g‘risida ma’lumot olish, shu jumladan uzoq masofadan turib navbat olish;

ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini, shu jumladan tibbiy personal faoliyatini baholash;

mobil ilova orqali tizimga kirish;

b) sog‘liqni saqlash boshqarmalari va tibbiyot muassasalari uchun:

muassasaning innovatsion ijtimoiy-yo‘naltirilgan turiga o‘tkazish;

sog‘liqni saqlash tizimida standartlashtirishni joriy qilish;

elektron hujjat aylanuvini joriy qilish orqali ish jarayonini maqbullashtirish (tibbiy karta va kasallik tarixini to‘ldirish, “elektron retseptlar” berish);

tibbiy xodimlar, dori vositalari, tibbiy asbob-uskunalar va tibbiy buyumlar, sarflov materiallarni hisobga olish va monitoring qilish;

davlatning kafolatlangan bepul tibbiy yordami dasturlari asosida moliyaviy harakatlarni amalga oshirish va monitoring qilish, shuningdek, tibbiyot muassasalarining kelajakdagi xarajatlarini baholash hamda kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilikni tahlil qilish;

tibbiy statistika, buxgalteriya hisobi va hisobotlarni yuritish, shuningdek, milliy sog‘liqni saqlash hisob-kitoblarini qo‘llab-quvvatlash;

boshqa tibbiyot muassasalarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi va axborot almashinuvi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil

1-may

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev)

57.

Davlat tibbiyot muassasalari va tashkilotlarini keng qamrovli (tomonlar kelishuviga muvofiq tezligi yillik o‘sishi kamida 10-Mb/d inobatga olingan holda) internet tarmoqlariga ulanishini ta’minlash;

viloyat va respublika miqyosida — 2019-yil 1-martga qadar;

tuman darajasida — 2019-yil yakuniga qadar;

barcha davlat tibbiyot muassasalari — 2021-yilning oxirigacha.

Tashkiliy choralar kompleksi

2019 — 2021-yillar davomida

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Davlat investitsiya qo‘mitasi

(S. Bekenov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov)

58.

Tibbiyot muassasalari o‘rtasida axborot almashinuvi hamda masofaviy tibbiy va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish (konsultatsiya, konsilium, amaliyotlar, mahorat darslari va boshqalar) maqsadida telemeditsinani rivojlantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tibbiyot boshqaruvi organlari bilan tezkor bog‘lanish maqsadida yagona videokonferensaloqa tizimini yaratish.

Tashkiliy-amaliy

choralar

2019-yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Izohlar:
normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohalari va predmetiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi yoki bitta hujjat ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin.
normativ-huquqiy hujjatning turi tartibga solish sohalariga qarab o‘zgartirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoniga
3-ILOVA
2019-yil 1-apreldan boshlab “har bir davolangan holat” uchun klinik-xarajat guruhlari bo‘yicha va kishi boshiga moliyalashtirish tizimi joriy etiladigan respublikaning ayrim tumanlari
ro‘yxati

T/r

Hududning nomi

Tumanning nomi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Beruniy tumani

2.

Andijon viloyati

Oltinko‘l tumani

3.

Buxoro viloyati

Vobkent tumani

4.

Jizzax viloyati

Paxtakor tumani

5.

Qashqadaryo viloyati

Kitob tumani

6.

Navoiy viloyati

Qiziltepa tumani

7.

Namangan viloyati

Yangiqo‘rg‘on tumani

8.

Samarqand viloyati

Ishtixon tumani

9.

Surxondaryo viloyati

Jarqo‘rg‘on tumani

10.

Sirdaryo viloyati

Oqoltin tumani

11.

Toshkent viloyati

Qibray tumani

12.

Farg‘ona viloyati

Beshariq tumani

Oltiariq tumani

Qo‘shtepa tumani

13.

Xorazm viloyati

Yangiariq tumani

14.

Toshkent shahri

Mirobod tumani

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoniga
4-ILOVA
Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi komissiya
tarkibi

1.

A.A. Abduxakimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Ishchi komissiyasi raisi

2.

A.Q. Shadmanov

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, Ishchi komissiyasi raisining o‘rinbosari

3.

S.I. Ismoilov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

4.

B.R. Saidbekov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

5.

B.Q. Yusupaliyev

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari

6.

A.Ya. Xaydarov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

7.

M.M. Mirzayev

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari

8.

O.M. Umarov

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

9.

I.S. Xajiyev

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mita raisi

10.

R.R. Xakimov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mita raisi

11.

A.E. Burxanov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

12.

N.I. Muxtorov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

13.

S.X. Bekenov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

14.

Yu.N. Mansurov

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari

15.

A.U. Akkulov

O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi

16.

R.Sh. Izamov

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi

17.

K.S. Rizayev

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri

18.

U.M. Madrahimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining boshqarma boshlig‘i

19.

T.A. Daminov

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, Toshkent tibbiyot akademiyasi professori

20.

B.D. Durmanov

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining bo‘lim boshlig‘i

21.

K.K. Mirzaliyeva

“AKFA MEDLINE” MCHJ direktori (kelishilgan holda)

22.

F.A. Rahimqulov

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Nodavlat tashkilotlarning tibbiy faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i, Ishchi komissiya kotibi

Izoh: Ishchi komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 06/18/5590/2285-son; 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)