Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda oʻsib borayotgan avlodni sogʻlom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali taʼlim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha taʼlimning samarali tizimini tashkil etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari sonini yanada oshirish va ular koʻrsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor boʻldi.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovini taʼminlash, maktabgacha taʼlim muassasalarini zamonaviy oʻquv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan toʻldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini koʻrsatmoqda.
Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlimdan teng foydalanishini taʼminlash, maktabgacha taʼlim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq, quyidagilarni nazarda tutgan holda:
maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning sifatli maktabgacha taʼlim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
maktabgacha taʼlim tizimiga innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlimni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini taʼminlash;
(1-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
maktabgacha taʼlim tizimiga maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning sogʻlom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini taʼminlash;
(1-band “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
b) Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019-yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
v) 2019 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga* muvofiq;
g) 2025 — 2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*3 va 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Belgilansinki, Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli koʻrsatkichlar va tegishli davrga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda har yili tasdiqlanadigan alohida “Yoʻl xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/152/0773-son)
har yili 1-dekabrga qadar oʻtayotgan yilning “Yoʻl xaritasi” bajarilishi yakunlarini batafsil oʻrganish asosida keyingi yil uchun “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“Yoʻl xaritalari”ning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin.
3. Mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi huzuridagi Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/152/0773-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlar), grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining har yillik parametrlarini shakllantirishda ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirish va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/152/0773-son)
5. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.A. Abduhakimovga — masʼul vazirliklar va idoralarning Konsepsiya hamda “Yoʻl xaritasi”ni bajarish boʻyicha faoliyati va oʻzaro hamkorligini samarali tashkil etish, “Yoʻl xaritalari” bajarilishini monitoring qilish davomida aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarovaga — Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻlaqonli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/152/0773-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning maqsad va vazifalarini keng yoritish boʻyicha chiqishlar va tematik koʻrsatuvlar tashkil qilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-may,
PQ-4312-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi
1-bob. Umumiy qoidalar
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3955-son qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, 2030-yilgacha maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlimni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yoʻnalishlari, oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
2-bob. Maktabgacha taʼlim tizimining joriy holati va uni rivojlantirishdagi mavjud muammolar
Oldingi tahrirga qarang.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda 7 104 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritadi, ulardan 5 604 tasi (79 foiz) — davlat, 63 tasi — idoraviy va 1 437 tasi (21 foiz) — nodavlat tashkilotlardir.
(2-bobning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2017-2018-yillarda 752 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari filiallari negizida yuridik shaxs maqomiga ega toʻlaqonli maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil qilingan.
(2-bobning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
3 — 7 yoshdagi bolalarning umumiy sonidan (2,5 mln) 932 310 nafari (37,7 foiz), shundan shaharlarda 500 236 nafari (20,2 foiz) va qishloq joylarda 432 074 nafari (17,4 foiz) maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika aholisining umumiy soni 2019-yil 1-yanvar holatiga 32,7 mln kishini tashkil qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, aholining uzoq muddatli oʻrtacha oʻsish surʼatlari 1,7-1,8 foizni tashkil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar oʻrtasida oʻlim koeffitsiyentining boshqa barcha yosh guruhlariga nisbatan pastligini inobatga olganda, 3 — 7 yoshdagi bolalar sonining oʻsish surʼatlari butun aholining oʻsishiga qaraganda yuqoridir.
(2-bobning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Oʻzbekistonda yashovchi 3 — 7 yoshdagi 2,5 milliondan ortiq bolalarning 67,8 foizi Samarqand (12,1 foiz), Fargʻona (10,8 foiz), Qashqadaryo (10,5 foiz), Andijon (9,3 foiz), Surxondaryo (8,5 foiz), Namangan (8,4 foiz) va Toshkent (8,2 foiz) viloyatlarida istiqomat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, har yili Oʻzbekiston Respublikasida 700 mingdan ortiq bola tugʻiladi, bu esa maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tushadigan yukni oshiradi.
(2-bobning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Chunonchi, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tushadigan umumiy ortiqcha yuk respublika boʻyicha 12 foizni tashkil qilsa, uning eng yuqori darajasi Qoraqalpogʻiston Respublikasida (21 foiz), Jizzax (35 foiz) va Buxoro (21 foiz) viloyatlarida, eng past darajasi esa Surxondaryo (9 foiz) va Fargʻona (9 foiz) viloyatlarida, shuningdek Toshkent shahrida (6 foiz) kuzatilmoqda.
Umuman, mamlakat boʻyicha 3 — 7 yoshdagi har 100 nafar bolaga maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 28,1 ta joy toʻgʻri keladi.
Soʻnggi 20 yil ichida maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 45 foizdan ziyodga qisqargan. Bunday qisqarish koʻproq Andijon, Fargʻona, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari kabi tugʻilish darajasi yuqori boʻlgan hududlarda kuzatildi. Bugungi kunda Oʻzbekistondagi barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 55 foizdan ortigʻi Toshkent shahriga (14,8 foiz), Fargʻona (12,6 foiz), Toshkent (9,8 foiz), Namangan (9 foiz) va Samarqand (8,9 foiz) viloyatlariga toʻgʻri keladi.
(2-bobning oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini muvaffaqiyatli yuritishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, ular qatorida quyidagilarni sanab oʻtish mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha yoshdagi bolalarning toʻliq qamrab olinishini taʼminlash uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonining yetarli emasligi;
(2-bobning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
qishloq joylarda maktabgacha taʼlimning past darajada rivojlanganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnik holati lozim darajada emasligi;
(2-bobning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlar bilan jamlanmaganligi;
(2-bobning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
maktabgacha taʼlim tizimida boshqaruv kadrlarining tanqisligi va ular malakasining pastligi;
ota-onalarning bola shaxsining shakllanishida maktabgacha taʼlimning ijobiy jihatlari va foydasi haqida yetarlicha maʼlumotga ega emasligi;
zamonaviy oʻquv-metodik materiallar va koʻrgazmali qurollarning yetishmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
alohida ehtiyojli bolalar uchun mavjud maktabgacha taʼlim tashkilotlarining texnik jihozlanishi va uslubiy taʼminoti darajasining pastligi;
(2-bobning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va tibbiyot xodimlarining malakasi zamon talablariga toʻliq javob bermasligi.
(2-bobning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
3-bob. Maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlari
Ushbu Konsepsiyaning maqsadi bola hayoti va faoliyatining barcha sohalarini rivojlantirishni taʼminlovchi muhim manba boʻlgan sifatli maktabgacha taʼlimdan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
Maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardir:
maktabgacha taʼlim sohasidagi meʼyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
bolalarni sifatli maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻlamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini taʼminlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish;
maktabgacha taʼlim tizimiga innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlimni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishning shaffofligi va samaradorligini taʼminlash;
(3-bobning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
maktabgacha taʼlim tizimiga xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni sogʻlom va balanslashtirilgan oziq-ovqat, sifatli tibbiy parvarish bilan taʼminlash.
(3-bobning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
§1. Maktabgacha taʼlim sohasida meʼyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish
Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish sohasidagi davlat siyosati ishlab chiqilayotgan meʼyoriy-huquqiy bazada oʻz aksini topadi.
Maktabgacha taʼlim sohasi koʻplab qonun hujjatlari bilan tartibga solinishiga qaramay, maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish talab etiladi.
Shu munosabat bilan, Konsepsiyani amalga oshirish doirasida maktabgacha taʼlim sohasida meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
1) ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil qilishga qoʻyiladigan amaldagi davlat talablarini qayta koʻrib chiqish hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi Maktabgacha taʼlimning davlat standartini ishlab chiqish:
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida shakllantirilishi lozim boʻlgan bilimlar, koʻnikmalar va mahoratlarga qoʻyiladigan talablarni;
(1-paragrafning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
bolalarni parvarishlash, ularga qarash, sogʻligʻini saqlash va yaxshilash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibini;
Oldingi tahrirga qarang.
2) maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini moddiy resurslar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash normativlarini tasdiqlash;
(1-paragrafning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
3) maktabgacha taʼlimning muqobil shakllari faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
4) maktabgacha taʼlim tashkilotlarining namunaviy ustavlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
(1-paragrafning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
5) kasalliklarning profilaktikasi va diagnostikasi tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo oʻzaro hamkorlik mexanizmlari orqali bolalarni psixologik-tibbiy-pedagogik qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash;
6) maktabgacha taʼlimni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan xalqaro meʼyorlar va standartlarni implementatsiya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
7) maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion pedagogik faoliyatni va uni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
(1-paragrafning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
§2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta koʻrib chiqishni hamda maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi.
(2-paragrafning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlangʻich taʼlimga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim.
Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, oʻz xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilishi lozim.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlangʻich taʼlimga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
(2-paragrafning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq oʻtkazish;
(2-paragrafning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
3) maktabgacha taʼlimning muqobil shakllari uchun yangi oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
4) “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini keng joriy etish;
5) tarbiyalanuvchilarning yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va sanoq materiallari mazmuni va dizaynini oʻrnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish;
6) rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari boʻlgan bolalar taʼlimining kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish, inklyuziv taʼlim, eng yangi reabilitatsiya va abilitatsiya usullarini keng joriy etish, ularning izchil ijtimoiylashuvi va umumiy maktabgacha taʼlim umumiy tizimi integratsiyalashuviga koʻmaklashadigan moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi taʼlim yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
7) maktabgacha taʼlimda fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion texnologiyalari va modullarini ishlab chiqish, maktabgacha va umumiy boshlangʻich taʼlim izchilligining mazmun va protsessual komponentlarini optimallashtirish;
8) mashgʻulotlar davomiyligining eng maqbul vaqtini va ularning ketma-ketligini aniqlash maqsadida oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarini optimallashtirish;
9) bolalarni sogʻlom turmush tarzini yuritishga oʻrgatish, gimnastika va faol oʻyinlar boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashgʻulotlari va sportga qiziqish uygʻotishni shakllantirish, jismonan sogʻlom oʻsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash;
10) maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya hamda taʼlim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM oʻqitish asoslarini joriy etish;
11) bolaning kelgusida oʻzini oʻzi muvaffaqiyatni namoyon qilishi uchun asos sifatida ijtimoiy-emotsional koʻnikmalarni rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
12) maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qatnamaydigan bolalar uchun taʼlim xizmatlari turlari: pullik taʼlim xizmatlari, qisqa muddatli guruhlar va boshqalarni kengaytirish.
(2-paragrafning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
§3. Bolalarni sifatli maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻlamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini taʼminlash, sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻlamini oshirish boʻyicha vazifalarni hal etish birinchi navbatda maktabgacha taʼlim tashkilotlari quvvatlarini oshirishni taqozo etadi.
(3-paragrafning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Maktabgacha taʼlim tizimini moliyalashtirishning hozirgi hajmi, tugʻilishning oʻsishi dinamikasi saqlanib qolayotgan bir paytda, maktabgacha yoshdagi bolalarning qamrovini mavjud darajada saqlab turishni taʼminlab beradi, ammo uning oʻsishiga yordam bermaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlarining cheklanganligini eʼtiborga olib, nodavlat sektor maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni oʻsishining harakatlantiruvchi kuchlaridan biri boʻlishi, davlat-xususiy sherikchiligi esa xususiy tadbirkorlik subyektlarini maktabgacha taʼlim tizimiga jalb etishning asosiy mexanizmiga aylanishi lozim.
(3-paragrafning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Maktabgacha taʼlimning hammabopligini, shu jumladan respublikaning olis tumanlarida hamda maktabgacha taʼlimning standart shakllarini kengaytirish qiyin boʻlgan joylarda taʼminlash yangi muqobil shakllarni joriy etish hisobiga ham amalga oshirilishi lozim.
Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni taʼminlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) Oʻzbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlari doirasida va boshqa manbalardan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
(3-paragrafning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) maktabgacha taʼlim sohasida qulay investitsiya muhitini yaratish, xususiy sektorni maktabgacha taʼlim tashkilotlarining quvvatlarini oshirishga yanada ragʻbatlantirish va manfaatdorligini oshirish;
(3-paragrafning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
3) maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sherikchiligini, jumladan uning quyidagi shakllarini yanada rivojlantirish:
Oldingi tahrirga qarang.
mavjud davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan xususiy sherikka nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish uchun yer uchastkalarini yoki mavjud davlat taʼlim tashkilotlari binolarini bepul asosida berish;
(3-paragrafning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
koʻp kvartirali turar joy binolari quruvchilari uchun davlat buyurtmasini joylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini xususiy sherikka ishonchli boshqaruvga berish;
(3-paragrafning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
konsessiya asosida qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun yer uchastkasi yoki bino ajratish;
homiylik va boshqalar;
Oldingi tahrirga qarang.
4) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarini nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda uslubiy qoʻllab-quvvatlash;
(3-paragrafning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
5) boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sobiq maktabgacha taʼlim muassasalarining ishlamayotgan binolari negizida maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil qilish maqsadida ularni xatlovdan oʻtkazish;
6) hamma joyda bolalarni umumiy boshlangʻich taʼlimga bepul majburiy bir yillik tayyorlashning yagona tizimini joriy etish;
7) maktabgacha taʼlimning moslashuvchan ish jadvali hamda rivojlantiruvchi, tuzatuvchi xizmatlar va tadbirlarning keng koʻlamini oʻz ichiga olgan quyidagi muqobil shakllarini joriy etish va rivojlantirish:
har xil yoshdagi bolalar uchun qisqa muddatli maktabgacha taʼlim guruhlari — “Pley-guruhlar”;
maktabgacha yoshdagi bolalarga uyiga borib maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish dasturi — “Nome visits”;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotlari korporativ guruhlari va boshqalar;
8) yengil qurilish konstruksiyalari va zamonaviy energiya samarador materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda, shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq quriladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yangi binolar loyihalarini ishlab chiqish (shu jumladan rivojlanishida jismoniy va ruhiy buzilishlari boʻlgan bolalar uchun toʻsiqsiz muhit elementlarini hisobga olgan holda);
9) maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish va samarali tashkil qilish zaruratini hisobga olgan holda, qurilayotgan turarjoy komplekslari va boshqa obyektlarni kerakli ijtimoiy infratuzilma bilan taʼminlash;
10) respublikaning barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarini ichimlik suvi, isitish tarmogʻi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan, shu jumladan zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan bosqichma-bosqich taʼminlash;
(3-paragrafning yigirmanchi — yigirma uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
11) taʼlim xizmatlarini koʻrsatishning variativligi hisobiga rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari boʻlgan bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻlamini oshirish;
12) maktabgacha taʼlimning bola shaxsini shakllantirishdagi roli va muhimligi haqida tushuntirish tadbirlarini olib borish, ushbu faoliyatga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va ota-onalarni faol jalb qilish.
§4. Maktabgacha taʼlim tizimiga ilgʻor pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
Maktabgacha taʼlimni yanada rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishlaridan biri taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Soʻnggi vaqtlarda ushbu yoʻnalishda Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimini (EMIS), shuningdek, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali orqali qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimlarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
(4-paragrafning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ilgʻor oʻqitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali tarbiyalanuvchilarning har tomonlama rivojlanishi taʼminlanmoqda.
(4-paragrafning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/152/0773-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shu bilan birga, maktabgacha taʼlimning hozirgi holati telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirishni, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining keng polosali Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlashni, maʼnaviy yetuk yosh avlodni tarbiyalashning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini va usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
(4-paragrafning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Maktabgacha taʼlim sohasida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va joriy etish maqsadida quyidagi tadbirlarning amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda:
1) Vazirlik axborot xavfsizligining munosib darajasini taʼminlash, yagona axborot maydonini yaratish;
2) maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish sohasida ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish, umumlashtirish va joriy etish maqsadida xorijiy mamlakatlarga oʻquv safarlarini tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
3) maktabgacha taʼlim sohasida dasturiy vositalar, axborot maʼlumotlar bazalari, multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatida qoʻllash;
(4-paragrafning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
4) Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimini (EMIS) yanada takomillashtirish va rivojlantirish, maʼlumotlarni kiritish va tezkor almashish uchun mobil ilovalarni yaratish;
5) oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va nashr etishni tashkil qilish, raqamli taʼlim resurslari, uydan turib masofali taʼlim berish va ota-onalar bilimini oshirish texnologiyalarini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
6) maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilgʻor ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga integratsiya qilish;
(4-paragrafning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
7) innovatsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar, startap-loyihalar tashabbuskorlari, olimlar, moliyaviy institutlar va boshqa manfaatdor shaxslar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kengaytirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish;
8) maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining innovatsion axborot-kommunikatsiya va pedagogika texnologiyalari sohasidagi bilimlari va malakasini oshirish, innovatsion taʼlim muhitini tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
9) birinchi bosqichda har bir tuman tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotini, keyinchalik esa respublikaning har bir maktabgacha taʼlim tashkilotini Internet tarmogʻiga chiqadigan personal kompyuterlar bilan taʼminlash.
(4-paragrafning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
§5. Maktabgacha taʼlimni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishning shaffofligi va samaradorligini taʼminlash
(5-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlimni boshqarish tizimida institutsional islohotlar amalga oshirildi:
Vazirlik va uning joylardagi hududiy boʻlinmalari tashkil etildi;
Oldingi tahrirga qarang.
zamonaviy boshqaruv shakllarini joriy etish maqsadida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Kuzatuv kengashlari tashkil etildi;
(5-paragrafning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi, uning asosiy vazifalari maktabgacha taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnik holatini yaxshilash, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini hamda Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirishdan iborat;
(5-paragrafning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Toshkent shahrining uchta tumanida hamda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida sinov rejimida jon boshiga normativ moliyalashtirish joriy etilmoqda;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida ularga qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatish huquqi berilgan.
(5-paragrafning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Shu bilan birga, maktabgacha taʼlimni boshqarish va moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi, ular qatorida:
1) maktabgacha taʼlim tizimida davlat talablarining monitoringi va ularga rioya etilishining samarali mexanizmlarini yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
2) Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarga axborot berishning zamonaviy shakllarini joriy etish, jamiyat va biznes bilan oʻzaro hamkorlikda ortiqcha maʼmuriy ovoragarchiliklarga barham berish;
(5-paragrafning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/152/0773-son)
3) Vazirlikning boshqaruv jarayoniga ishni rejalashtirish va tashkil qilishning zamonaviy innovatsion usullarini, sifat menejmenti tizimlarini, aniq natijalarga erishishga qaratilgan maqsadli indikatorlarni, xodimlarni tanlab olish, motivatsiya qilish, rivojlantirish va baholash usullarini joriy etish;
4) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni, jumladan, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yoʻlga qoʻyishning yangi samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
5) maktabgacha taʼlim tashkilotlarining turlari, shakllari va ixtisoslashtirilganligini hisobga olgan holda, butun respublika boʻyicha maktabgacha taʼlimni jon boshiga normativ moliyalashtirishni izchil joriy etish;
6) maktabgacha taʼlim sohasida budjetdan moliyalashtirishni boshqarishdagi yangi yondashuv sifatida, maktabgacha taʼlim tashkilotlari xizmatlariga davlat buyurtmasini joriy etish;
7) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ishlashdan maqsadlarini hamda tovarlar va xizmatlarni tabiiy koʻrinishda isteʼmol qilishning oqilona meʼyorlarini hisobga olgan holda ularni moliyalashtirishning yangi normativlarini ishlab chiqish hisobiga maktabgacha taʼlim xizmatlaridan keng aholi qatlamlari foydalanishini taʼminlash;
8) moliyaviy nazorat, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan budjet qonunchiligi buzilishining oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish;
(5-paragrafning oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
9) maktabgacha taʼlim tizimiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish, ular ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash.
§6. Maktabgacha taʼlim tizimiga xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish
Sifatli maktabgacha taʼlimni berish asoslaridan biri boshqaruv va pedagog kadrlarni tayyorlash darajasi va ularning professionalizmi hisoblanadi.
Oʻtgan davr mobaynida ushbu yoʻnalishda keng koʻlamli ishlar bajarildi. Chunonchi, “Maktabgacha taʼlim” bakalavriat taʼlimi yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish kvotalari oshirildi, mazkur yoʻnalishda oʻqish muddati uch yilgacha qisqartirildi.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv-metodik markazi negizida Maktabgacha taʼlim tashkilot direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etildi va unga maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirish vazifasi yuklatildi.
(6-paragrafning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Shu bilan birga, maktabgacha taʼlim sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimini tahlil qilish quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarurligidan dalolat beradi:
1) xalqaro talablarga javob beradigan yagona koʻp darajali uzluksiz taʼlim tizimini yaratish;
2) taʼlim va amaliyotni integratsiyalashtirgan holda xalqaro taʼlim standartlari, oʻquv-metodik reja va dasturlar, interaktiv va muammoli-vaziyatli oʻqitish usullari va treninglari, ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
3) maktabgacha taʼlim tizimi xodimlariga qoʻyiladigan malaka talablarini yanada takomillashtirish, ularning faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini hamda pedagog xodimlarning kasbiy standartini ishlab chiqish va tasdiqlash;
4) taʼlim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish yoʻli bilan maktabgacha taʼlim sohasida kadrlar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, maktabgacha taʼlim sohasida kadrlar malakasini oshirish tizimini tashkil qilish uchun, shu jumladan mamlakat hududlarida, taʼlim muassasalari sonini oshirish;
5) maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining xorijdagi yetakchi universitetlarda, ilmiy markazlarda va boshqa taʼlim tashkilotlarida stajirovka oʻtashini tashkil qilish;
6) Vazirlikning pedagogika kollejlari faoliyatini tashkil qilish, ularni malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan taʼminlash choralarini koʻrish;
7) xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan uzoq muddatli munosabatlarni yanada rivojlantirish, maktabgacha taʼlim sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasida ularning filiallarini ochish;
8) tajriba almashish, taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirish maqsadida pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shugʻullanuvchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning muassasalari bilan samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish;
9) oʻzlariga yuklatilgan xizmat vazifalarini eng yuqori professional darajada bajara oladigan, yuqori intellektual qobiliyat va axloqiy xislatlarga, chuqur kasbiy bilimlarga ega eng malakali xodimlarni saralab olishda raqobat muhitini taʼminlaydigan kadrlarni shaffof tanlov asosida tanlashning yangi mexanizmlarini joriy etish;
10) maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
11) maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlariga zaruriy kasbiy kompetensiyalar roʻyxatini oʻz ichiga olgan talablarni belgilash, sertifikatlash tizimini joriy etish;
(6-paragrafning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
12) strategik boshqaruv, moliyaviy va NR-menejment asoslarini majburiy joriy etgan holda, maktabgacha taʼlim tizimida boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
§7. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni sogʻlom va balanslashtirilgan oziq-ovqat, sifatli tibbiy parvarish bilan taʼminlash
(7-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining asosiy vazifalaridan biri bolalarning sogʻlom ovqatlanishini, ular sogʻligʻini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish xizmatlari bilan taʼminlash, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirish uchun sharoitlar yaratishdan iborat.
Sogʻlom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishni taʼminlash boʻyicha vazifalarni hal qilish uchun davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bunday xizmatlarni koʻrsatish qisman autsorsing shartlari asosida tadbirkorlik subyektlariga berilgan.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, maktabgacha taʼlim tizimidagi tibbiyot xodimlarining malakasini tizimli oshirish boʻyicha chora-tadbirlar faol qoʻllanilmoqda.
Shu bilan birga, sogʻlom avlodni tarbiyalash vazifalarini samarali hal qilish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda:
1) maktabgacha taʼlim tashkilotlarini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash va yetkazib beruvchilarning narx siyosatiga amal qilishini nazorat qilishning shaffof markazlashtirilgan tizimini yaratish;
2) tayyor taomlarni tayyorlash va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazib berish uchun ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalarini, jumladan autsorsing asosida jalb qilish;
3) maktabgacha taʼlim tizimida sogʻliqni saqlash xizmatlarining sifatini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmatlari bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish;
4) bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼminoti uchun munosib, jumladan, toʻlaqonli, toʻgʻri, balanslashtirilgan, sogʻlom ovqatlanish, asoslangan tibbiy koʻrsatmalarda belgilangan hajm va tezlikdagi, koʻngilochar mashgʻulotlar va bilim olish elementlari mavjud faol oʻyinlar va mashqlardan iborat sharoitlarni yaratish;
(7-paragrafning birinchi — sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
5) rivojlanishida jismoniy yoki psixik buzilishlari boʻlgan bolalarga barvaqt kompleks yordam berish tizimini takomillashtirish;
6) rivojlanishida jismoniy yoki psixik buzilishlari boʻlgan bolalarda asosiy kompetensiyalarni zaruriy sifat darajasida shakllantirishga erishish, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga integratsiyalashuvini taʼminlash.
4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Konsepsiyani amalga oshirishdan quyidagi natijalar kutilmoqda:
barcha bolalarga sifatli maktabgacha taʼlim olish uchun bir xil imkoniyatlarni taʼminlovchi maktabgacha taʼlimning samarali innovatsion tizimining shakllanishi;
maktabgacha taʼlimni insonning butun hayoti davomidagi uzluksiz taʼlimning birinchi bosqichi sifatida belgilash, bolani shaxs sifatida jismoniy, intellektual va axloqiy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda uning roli oshirilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotlarining namuna va turlari xilma-xilligi asosida maktabgacha taʼlim tizimida institutsional oʻzgarishlar amalga oshirilishi, mazkur sohada sogʻlom raqobat muhitining yaratilishi;
(4-bobning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
zamonaviy energiya va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashning kengaytirilishi, ularning oʻquv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi oʻyinlar va oʻyinchoqlar, badiiy adabiyotlar, mebel, kompyuter texnikasi, oʻquv uskunalari bilan jihozlanishi;
(4-bobning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
maktabgacha taʼlim sohasiga xususiy sektorning jalb qilinishi, uning ijtimoiy javobgarligi oshirilishi, moliyalashtirish manbalarining kengaytirilishi va maktabgacha taʼlim xizmatlari turlarining koʻpayishi;
maktabgacha taʼlim tizimini moliyalashtirishning koʻpaytirilishi, maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatishda budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligining oshirilishi, pedagog xodimlar mehnatiga munosib haq toʻlashning taʼminlanishi;
maktabgacha taʼlim sifatini boshqarishning ijtimoiy-davlat tizimi joriy etilishi;
olti yoshli bolalarning majburiy bir yillik bepul umumiy boshlangʻich taʼlimga tayyorlash bilan toʻliq qamrab olinishining taʼminlanishi;
3 — 7 yoshgacha bolalarning 80,8 foizini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishining taʼminlanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagog xodimlar soni 247,7 mingtagacha yetkazilishi.
(4-bobning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
5-bob. Konsepsiyaning amalga oshirilishini monitoring qilish
1. Konsepsiyaning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, umumiy muvofiqlashtirish, respublikada maktabgacha taʼlimning rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor koʻrib chiqish va hal qilish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
2. Konsepsiyani amalga oshirish monitoringi ilovaga muvofiq Konsepsiyada koʻzda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻlaqonli bajarish boʻyicha vakolatli organlar faoliyatini baholash indikatorlari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga
ILOVA
Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻlaqonli ijro etish boʻyicha vakolatli organlarning faoliyatini baholash
indikatorlari
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Koʻrsatkich

Axborot manbalari

Kesimi

Maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan 3 — 7 yoshdagi bolalar

1.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — MTT) soni

MMTV va Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

2.

Ularning umumiy sonida nodavlat MTT ulushi

MMTV va Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

3.

Amaldagi oilaviy MTTlar soni

MMTV va Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

4.

MTTga qatnaydigan bolalar soni

MMTV va Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

5.

Tarbiyalanuvchilar umumiy sonida nodavlat MTTga qatnaydigan bolalar ulushi

MMTV maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

6.

Oilaviy nodavlat MTTga qatnaydigan bolalar soni

MMTV maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

7.

Tarbiyalanuvchilar umumiy sonida oilaviy nodavlat MTTga qatnaydigan bolalar ulushi

MMTV maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

8.

MTTdagi joylar soni

3-4 yosh va 5-6 yoshli bolalar uchun joylar boʻyicha alohida hisobga olinadigan MMTV maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

9.

Ularning umumiy sonida nodavlat MTTdagi joylarning ulushi

3-4 yosh va 5-6 yoshli bolalar uchun joylarni alohida hisobga olgan holda MMTV maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

10.

3-4 yosh va 5-6 yoshdagi bolalarning maktabgacha taʼlim xizmatlari bilan qamrab olinishi (MTTga qatnovchi bolalar sonining shu yoshdagi bolalarning doimiy aholi tarkibidagi umumiy soniga foizli nisbati)

MMTV va Milliy statistika qoʻmitasi (demografik statistika)

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

Kadrlar salohiyati koʻrsatkichlari

11.

MTT pedagog xodimlari soni

MMTV maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

12.

Oliy maʼlumotli pedagog xodimlar ulushi

OTFIV va MMTV maʼlumotlari

MTT, tumanlar va shaharlar boʻyicha

13.

Soʻnggi 5 yil ichida malakasini oshirgan MTT pedagog xodimlari ulushi

MMTV maʼlumotlari

MTT, tumanlar va shaharlar boʻyicha

14.

Davlat MTT pedagog xodimlari oʻrtacha ish haqining mamlakat boʻyicha oʻrtacha ish haqiga nisbati

Bandlik vazirligi va MMTV maʼlumotlari

Viloyatlar boʻyicha

15.

5-6 yoshdagi tarbiyalanuvchilar guruhlari bilan ishlaydigan bitta pedagogga toʻgʻri keladigan 5-6 yoshdagi tarbiyalanuvchilar soni

MMTV maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

16.

MTTdagi boʻsh ish oʻrinlari soni

MTT maʼlumotlari

Tumanlar va shaharlar boʻyicha

Bolalarning rivojlanishi va ularning umumiy boshlangʻich taʼlimga tayyorligi darajasi koʻrsatkichlari

17.

MTTni bitirgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga Davlat talablarida hamda “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturida nazarda tutilgan maktabga tayyorlikning eng past darajasidan ham past rivojlanish koʻrsatkichlariga ega 6-7 yoshdagi bolalarning ulushi

Har bir oʻquv yili yakunlari boʻyicha MTT tarbiyalanuvchilari haqida maʼlumotlar natijalarini toʻplash

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

18.

Birinchi yillik attestatsiya yakunlariga koʻra qoniqarsiz baho olgan umumiy boshlangʻich taʼlim muassasalari oʻquvchilarining ulushi

MMTV maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

Bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish koʻrsatkichlari

19.

Maktabga chiqqanda rivojlanishidagi oqsoqliklar yoki surunkali kasalliklar birinchi marta aniqlangan bolalar soni

SSV va MMTV maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

20.

Tibbiy koʻrsatmalarga koʻra tibbiy xizmat koʻrsatilayotgan va parvarishlanayotgan maxsus ehtiyojli MTT tarbiyalanuvchilari ulushi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

21.

Oʻquv yili davomida kamida bir marta pediatrning profilaktik koʻrigidan oʻtgan MTT tarbiyalanuvchilari soni

SSV va MMTV maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

22.

MTTda boʻlgan paytda bolalarning yuqumli kasalliklarni yuqtirishi hollari soni

SSV maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

23.

MTTda boʻlgan paytda bolalarning ovqatdan zaharlanishi va jarohat olishi hollari soni

SSV maʼlumotlari

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019-yilda amalga oshirish boʻyicha
“Yoʻl xaritasi”

T/r

Tadbirning nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Maktabgacha taʼlim muassasalari holatini va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash.

1. 2019-yilda maktabgacha taʼlim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli dasturni amalga oshirish choralarini koʻrish.

2. Amaldagi maktabgacha taʼlim muassasalari obyektlari holatini oʻrganish va ularni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yilga moʻljallagan Investitsiya dasturiga kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2019-yil davomida



2019-yil
1-oktabrgacha

MTV (A. Shin),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzakov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sobiq maktabgacha taʼlim muassasalarining ishlamayotgan binolarini, ular negizida maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil qilish maqsadida xatlovdan oʻtkazish.

1. Boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sobiq maktabgacha taʼlim muassasalarining ishlamayotgan binolarini xatlovdan oʻtkazish uchun ishchi guruhlarini tashkil qilish, ularning holatini va ularni rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun zarur mablagʻlar hajmini aniqlash.

2. Boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sobiq maktabgacha taʼlim muassasalarining ishlamayotgan binolarining maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyungacha



2019-yil
1-sentabrgacha

MTV (A. Shin),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Haydarov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

1. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini ochishdan manfaatdor shaxslarga huquqiy va uslubiy yordam koʻrsatish.

2. Xususiy tadbirkorlik subyektlarini ularga zarur ruxsat beruvchi hujjatlarni olishga koʻmaklashish hamda uslubiy va amaliy yordam berish yoʻli bilan maktabgacha taʼlim tizimiga keng jalb qilish.

3. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

2019-yil davomida

MTV (A. Shin),

DXSH ni rivojlantirish agentligi (Gʻ. Xoljigitov),
SSP
(A. Ikramov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Avval faoliyat yuritgan maktabgacha taʼlim muassasalari binolarini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi yurituviga berish choralarini koʻrish.

1. Davlat organlari va idoralari tomonidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan, avval faoliyat yuritgan maktabgacha taʼlim muassasalari binolarini, shuningdek, ilgari davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish uchun ajratilgan boʻsh yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazish.

2. Avval faoliyat yuritgan maktabgacha taʼlim muassasalari binolarini, shuningdek, boʻsh yer uchastkalarini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi yurituviga berish boʻyicha takliflar tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil
1-iyulgacha


2019-yil
1-avgustgacha

MTV (A. Shin),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Haydarov),

manfaatdor vazirliklar
va idoralar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligi monitoringini oʻtkazish.

2. Monitoring natijalarini umumlashtirish hamda ular asosida davlat-xususiy sheriklik doirasidagi loyihalarni yanada samarali amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

3. Maktabgacha taʼlim sohasiga davlat-xususiy sheriklikning yangi modellarini amaliyotda joriy etish.

2019-yil
1-oktabrgacha

2019-yil
1-noyabrgacha

2019-yil davomida

MTV (A. Shin),

DXSH ni rivojlantirish agentligi (Gʻ. Xoljigitov),

SSP
(A. Ikramov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Jamoatchilikni maktabgacha taʼlim muassasalarini boshqarish faoliyatiga yanada keng jalb qilish.

1. Jamoatchilikning maktabgacha taʼlim muassasalarining taʼlim va boshqa faoliyatida ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratish.

2. Pedagoglar, ota-onalar va bolalar oʻrtasida oʻzaro ishonch munosabatlarini shakllantirish choralarini koʻrish.

3. Maktabgacha taʼlim muassasalarining kuzatuv kengashlari toʻgʻrisidagi axborotni maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga kiritish.

4. Ota-onalar, kuzatuv kengashlari va maktabgacha taʼlim muassasalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun mobil ilovalar (chat botlar)ni tashkil etish.

2019-yil davomida


2019-yil davomida


2019-yil 1-iyungacha

2019-yil
1-dekabrgacha

MTV
(A. Shin),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sodiqov)

7.

“Ilk qadam” Davlat taʼlim dasturini keng joriy etish.

1. Maktabgacha taʼlim muassasalarining taʼlim-tarbiya jarayoniga xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda “Ilk qadam” Davlat taʼlim dasturini joriy etish boʻyicha treninglar oʻtkazish yoʻli bilan milliy mutaxassis-murabbiylarni tayyorlash.

2. Respublikaning barcha viloyatlarida milliy mutaxassis-murabbiylar tomonidan “Ilk qadam” Davlat taʼlim dasturini joriy etish boʻyicha kaskad treninglarni oʻtkazish.

2019-yil
20-maygacha


2019-yil
1-iyulgacha

MTV
(A. Shin),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Bolalarni badiiy-estetik va musiqiy tarbiya asoslariga oʻrgatish.

1. Maktabgacha taʼlim muassasalarining musiqa xodimlari malakasini oshirish.

2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni davlat talablariga muvofiq musiqiy tarbiyalash va taʼlim berish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2019-yil davomida

MTV
(A. Shin),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

9.

Maktabgacha taʼlim muassasalarini zamonaviy oʻquv-metodik va didaktik materiallar hamda koʻrgazmali qurollar bilan taʼminlash.

1. Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni ishlab chiqish uchun mualliflar, rassomlar va nashriyotlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va tanlab olish.

2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻquv-metodik, didaktik materiallar va koʻrgazmali qurollar maketlarini ishlab chiqish.

3. Oʻquv-metodik, didaktik materiallar va koʻrgazmali qurollarni koʻpaytirish va respublikaning maktabgacha taʼlim muassasalariga yetkazib berish.

2019-yil
1-iyungacha

2019-yil
1-avgustgacha

2019-yil
1-dekabrgacha

MTV
(A. Shin),

Moliya vazirligi
(J.
Qoʻchqorov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov)

10.

Qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatish hisobiga maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni yaxshilash.

1. Maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan koʻrsatilayotgan qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻlamini kengaytirish.

2. Qoʻshimcha pullik xizmatlarni koʻrsatish sifati ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish.

3. Qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlardan, jumladan, maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni yaxshilash uchun samarali foydalanilishini taʼminlash.

2019-yil davomida

MTV
(A. Shin)

11.

Maktabgacha taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

1. Maktabgacha taʼlim tizimiga oliy maʼlumotli pedagog kadrlarni jalb qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.

2. Pedagog boʻlmagan oliy maʼlumotli kadrlarni olti oylik qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslarida qayta tayyorlash.

3. Oliy taʼlim muassasalariga “Maktabgacha taʼlim” bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha maxsus sirtqi va kechki taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilish kvotalarini oshirish.

2019-yil davomida

MTV
(A. Shin),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Madjidov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev)

12.

Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining toʻlaqonli, oqilona, balanslashtirilgan va sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash.

1. Tadbirkorlik subyektlarini sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda tayyor taomlarni tayyorlash va maktabgacha taʼlim muassasalariga yetkazib berish tizimiga yanada keng jalb qilish imkoniyatlarini oʻrganish.

2. Sogʻlom ovqatlanishni tashkil qilishga oid sanitariya qoidalari va meʼyorlarini qayta koʻrib chiqish.

3. Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun taomnomalarning yangi taxminiy namunalarini ishlab chiqish.

4. Maktabgacha taʼlim muassasalari oziq-ovqat bloklari moddiy-texnika bazasini yangilash.

5. Maktabgacha taʼlim muassasalariga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilishni kuchaytirish.

2019-yil
1-iyungacha


2019-yil
1-avgustgacha

2019-yil
1-sentabrgacha

2019-yil davomida


2019-yil davomida

MTV
(A. Shin),

SSV
(A. Shodmonov)
,

Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov)

13.

Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish.

1. Maktabgacha taʼlim muassasalari tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish.

2. Maktabgacha taʼlim muassasalari tibbiyot xodimlarining standartlari va kompetensiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Maktabgacha taʼlim muassasalarining tibbiy xizmatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

4. Maktabgacha taʼlim muassasalarini sifatli dori vositalari va tibbiy maqsaddagi buyumlar bilan taʼminlash.

2019-yil davomida


2019-yil

1-sentabrgacha


2019-yil davomida

SSV
(A. Shodmonov),

MTV
(A. Shin)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2019-y., 07/19/4312/3106-son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 04.10.2024-y., 06/24/152/0773-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)