

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.04.2023
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5511393" id="onLBC-5511393">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6055"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);</span></div><div id="LBC7005"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;</span></div><div id="LBC7296"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-5511393" id="onLS-5511393">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-5512570" id="-5512570">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5512572" id="-5512572">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-5512573" id="-5512573">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari hamda IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5512575" id="-5512575"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6430977" id="-6430977">Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-6427500?ONDATE=10.04.2023 00#-6427790">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512580" id="-5512580">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son <a href="/acts/-5452894">qarori </a>ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512588" id="-5512588">1. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512589" id="-5512589">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom <a href="/acts/-5511393#-5512613">1-ilovaga </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512593" id="-5512593">IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizom <a href="/acts/-5511393#-5517137">2-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512599" id="-5512599">2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi oʻn kun muddatda IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512603" id="-5512603">3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari hamda IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 4-iyundagi 349-son qarorining <a href="/acts/-4841044?ONDATE=05.06.2020 00#-4842690">1 </a>va <a href="/acts/-4841044?ONDATE=05.06.2020 00#-4842700">2-bandlari </a>hamda <a href="/acts/-4841044?ONDATE=05.06.2020 00#-4842716">1 </a>va <a href="/acts/-4841044?ONDATE=05.06.2020 00#-4843075">2-ilovalari </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512605" id="-5512605">4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-5512606" id="-5512606">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5512608" id="-5512608">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5512609" id="-5512609">2021-yil 13-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-5512611" id="-5512611">438-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5512613" id="-5512613"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-5512615" id="-5512615">Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-iyuldagi 438-son <a href="/acts/-5511393">qaroriga </a><br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-5512618" id="-5512618">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5512620" id="-5512620">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5512621" id="-5512621"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5512629" id="-5512629">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512632" id="-5512632">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “<a href="/acts/-4811028">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son hamda “<a href="/acts/-5452894">Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir maslahatchisi) funksional vazifalarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512635" id="-5512635">2. Bosh vazir maslahatchisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512637" id="-5512637">3. Bosh vazir maslahatchisi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasi </a>va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512638" id="-5512638">4. Bosh vazir maslahatchisining faoliyati IT-texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati shakllantirilishini tashkil etish, axborot texnologiyalari va milliy dasturiy mahsulotlarning zamonaviy bozorini hamda telekommunikatsiya infratuzilmasi va pochta aloqasi xizmatlarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash, innovatsion faoliyat va ilm-fan, arxiv ishi, gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi, kosmik faoliyat va seysmik xavfsizlik masalalari boʻyicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini tashkil etishga yoʻnaltirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512639" id="-5512639">5. Bosh vazir maslahatchisi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining aʼzosi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512640" id="-5512640">Bosh vazir maslahatchisi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512641" id="-5512641">6. Bosh vazir maslahatchisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512642" id="-5512642">7. Bosh vazir maslahatchisi IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Departament) bevosita rahbarlik qiladi va Departament boshligʻi oʻrinbosari, shuʼba mudiri va mutaxassislarining ishini tashkil qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512643" id="-5512643">8. Bosh vazir maslahatchisi Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq oʻziga yuklangan vazifalar va majburiyatlar doirasida umumiy muvofiqlashtiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5512644" id="-5512644">9. Bosh vazir maslahatchisining mehnatiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shtat jadvaliga muvofiq haq toʻlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5512649" id="-5512649">2-bob. Bosh vazir maslahatchisi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515918" id="-5515918">10. Quyidagilar Bosh vazir maslahatchisi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515921" id="-5515921">vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringini olib borish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganish, IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar hamda innovatsion faoliyat va ilm-fanni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash, gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi, kosmik faoliyat va seysmik xavfsizlik muammolarini har tomonlama tahlil qilish asosida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515926" id="-5515926">2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha <a href="/acts/-3107036#-3109146">Harakatlar strategiyasi </a>vazifalari, ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, “Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida samarali amalga oshirilishini taʼminlash chora-tadbirlarini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515932" id="-5515932">Hukumat aʼzolarining, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlarining shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirishda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515938" id="-5515938">keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515941" id="-5515941">Oʻzbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha Hukumatning, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515952" id="-5515952">joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyat sohasini yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515955" id="-5515955">Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini joriy etish, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlar va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishining sifati va samaradorligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515958" id="-5515958">ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yuzaga keladigan muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515959" id="-5515959">zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515960" id="-5515960">Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuviga asos boʻluvchi amaldagi xalqaro hujjatlarga milliy qonunchilikni moslashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish, tayyorlangan hujjatlar loyihalari ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515961" id="-5515961">Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi yuzasidan tizimli monitoring olib borish hamda tegishli maʼlumotlar toʻplanishi, umumlashtirilishi va tahlil qilinishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515962" id="-5515962">biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar mustaqilligini kuchaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515963" id="-5515963">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilm-fan, axborot xavfsizligini taʼminlash, gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi, kosmik faoliyat va seysmik xavfsizlik masalalari boʻyicha amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot berishi uchun har chorakda tahliliy materiallar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515964" id="-5515964">Hukumatning, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasi pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515965" id="-5515965">Bosh vazir maslahatchisi vakolatiga kiritilgan yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515966" id="-5515966">xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar hamda tarmoqlarda muhim ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil qilish hamda Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ularni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515967" id="-5515967">Departamentga biriktirilgan sohalarda islohotlarning doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf etilishi boʻyicha asoslangan takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515968" id="-5515968">Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar hamda ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar va maqsadli indikatorlarga erishish, tarmoqlarni yaqin va uzoq muddatli istiqbolda strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini taʼminlashga asoslangan mutlaqo yangi baholash tizimini joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515969" id="-5515969">Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlat organlarining ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish chora-tadbirlarini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515970" id="-5515970">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515973" id="-5515973">Vazirlar Mahkamasi apparatida, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va barcha darajadagi boshqa tashkilotlarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515977" id="-5515977">Departament kadrlar zaxirasi shakllantirilishini va uni tizimli asosda yangilab borishni taʼminlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515981" id="-5515981">11. Quyidagilar Bosh vazir maslahatchisining asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515983" id="-5515983">a) IT-texnologiyalarni rivojlantirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515984" id="-5515984">IT-texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati shakllantirilishida ishtirok etish, axborot texnologiyalari va milliy dasturiy mahsulotlarning zamonaviy bozorini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515986" id="-5515986">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga raqamli iqtisodiyot va “elektron hukumat” tizimini jadal surʼatlarda rivojlantirish, ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari kompleksini joriy qilish boʻyicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515987" id="-5515987">mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga va zamonaviy xalqaro tendensiyalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515989" id="-5515989">“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-2833860">Qonunini </a>ijro etishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son <a href="/acts/-4800657">qaroriga </a>muvofiq elektron hukumatni va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515992" id="-5515992">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son <a href="/acts/-5030957">Farmoniga </a>muvofiq tarmoqlarni va hududlarni raqamli transformatsiya qilish boʻyicha loyihalar amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5515996" id="-5515996">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-son <a href="/acts/-5297046">qaroriga </a>muvofiq sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va raqamli maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini taʼminlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516001" id="-5516001">IT-texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlar amalga oshirilishini xalqaro standartlar va talablarga muvofiq ularning oʻzaro bogʻliq muvozanatli rivojlanish monitoringini olib borish, tahlil qilish va amalga oshirilishi samaradorligini baholash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516006" id="-5516006">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida IT-texnologiyalarni rivojlantirish masalalarida maʼmuriy tartibotlar, funksional va operatsion jarayonlar tizimli qayta tashkil etilishi va axborotlashtirilishi, shuningdek, raqobatbardosh milliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilishini ragʻbatlantirish, istiqbolli loyihalarni yaratish bilan band boʻlgan yosh iqtidorli dasturchilarni qoʻllab-quvvatlash va elektron tijoratni rivojlantirishni tahlil qilish va uning natijalari asosida takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516009" id="-5516009">mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga va zamonaviy xalqaro tendensiyalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516018" id="-5516018">IT-texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil etish, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516021" id="-5516021">davlat-xususiy sheriklik asosida texnoparklar faoliyatini tashkil etish yoʻli bilan zamonaviy raqobatbardosh dasturiy mahsulotlarni, shuningdek, eksportga yoʻnaltirilgan xizmatlarni mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini va shart-sharoitlarini yaratish va investitsiyalarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516023" id="-5516023">b) telekommunikatsiya infratuzilmasini, pochta aloqasi xizmatlarini va arxiv ishini rivojlantirish sohasida: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516025" id="-5516025">telekommunikatsiya infratuzilmasi faoliyat koʻrsatishi va uni rivojlantirish, pochta aloqasi xizmatlari, arxiv ishi va ish yuritish masalalarida davlat siyosati shakllantirilishi va amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516026" id="-5516026">iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini, pochta aloqasi xizmatlarini, arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirishning sifat oʻzgarishlari va tendensiyalarini baholash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516027" id="-5516027">ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirishni, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirishni, mahalliy xomashyo resurslari negizida telekommunikatsiyalar sohasida import oʻrnini va ichki bozorni zarur isteʼmol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan zamonaviy, yuqori texnologik raqobatbardosh ishlab chiqarishlar tashkil etilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516030" id="-5516030">telekommunikatsiya infratuzilmasi, pochta aloqasi xizmatlari, arxiv ishi va ish yuritish, shuningdek, “yoʻl xaritalari” masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516037" id="-5516037">telekommunikatsiya infratuzilmasi, pochta aloqasi xizmatlari, arxiv ishi va ish yuritish masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516039" id="-5516039">umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi va radiochastota spektri sohasida qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516045" id="-5516045">telekommunikatsiyalar, pochta, arxiv ishi sohalari va vositalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash hamda ushbu sohalarga xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516052" id="-5516052">telekommunikatsiyalar, pochta, arxiv ishi va ish yuritish sohalarida xalqaro hamkorlik monitoringini olib borish va tahlil qilish, ushbu sohalarda xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va uning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516060" id="-5516060">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 14-dekabrdagi PQ-4921-son <a href="/acts/-5162533">qaroriga </a>muvofiq pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatilishini toʻliq avtomatlashtirishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516068" id="-5516068">v) innovatsion rivojlanish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516073" id="-5516073">hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati barqaror oʻsishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashga qodir boʻlgan ustuvor sohalar va tarmoqlarning innovatsion rivojlanishining boʻlajak modellarini, ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish jarayonini tizimli oʻrganish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516075" id="-5516075">mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik dasturlariga, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ilm-fanni koʻp talab qiladigan texnologiyalarga boʻlgan real ehtiyojlariga muvofiq ilmiy hajmdor texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati, davlat ilmiy-texnik dasturi amalga oshirilishini taʼminlash, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini, shuningdek, mahalliy ilm-fan natijalarining raqobatbardoshligini oshirishni taʼminlashda intellektual salohiyatdan samarali foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516078" id="-5516078">ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy laboratoriya bazasining jihozlanish darajasini oshirish, ularni zarur butlovchi va sarflash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash, jamoaviy foydalaniladigan ilmiy laboratoriyalar, tajriba-eksperimental va konstruktorlik-texnologik infratuzilmani yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516299" id="-5516299">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son <a href="/acts/-5073447">Farmoniga </a>muvofiq ilmiy tashkilotlarning ilmiy-innovatsion faoliyati samaradorligini baholashga yoʻnaltirilgan milliy reyting tizimini joriy etish hamda ilm-fan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalashni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516320" id="-5516320">ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani va ilmiy-tadqiqot ishlari sohasidagi vazifalarni hisobga olgan holda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516326" id="-5516326">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son <a href="/acts/-5352267">Farmoni </a>va “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son <a href="/acts/-5352230">qaroriga </a>muvofiq milliy ilm-fan va innovatsiya tizimini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi oʻrnini oshirish, hududlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516338" id="-5516338">g) axborot xavfsizligi sohasida: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516348" id="-5516348">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlarida davlat siriga tegishli boʻlgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborotlar almashishning milliy himoyalangan avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3061-son qaroriga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot resurslari va tizimlari kiberxavfsizligini taʼminlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini tashkil etish, shuningdek, milliy axborot makonining yaxlitligini saqlash choralarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516350" id="-5516350">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish davlat tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-iyundagi PF-6007-son Farmoniga muvofiq axborot va kiberxavfsizlik sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, muhim axborot infratuzilmasi subyektlari tomonidan boshqaruv qarorlarining qabul qilinishini nazorat-tahliliy taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516354" id="-5516354">milliy axborot makonini tizimli tahlil qilish, shuningdek, axborot xavfsizligi sohasida monitoring olib borish, prognozlashtirish va tahdidlarni baholash tizimini tashkil etishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516357" id="-5516357">d) gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi hamda kosmik faoliyat sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516360" id="-5516360">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4896-son <a href="/acts/-5108961">qaroriga </a>muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va aholini gidrometeorologik va iqlimiy maʼlumotlar bilan taʼminlash va monitoring yuritish tizimlarini takomillashtirishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516365" id="-5516365">gidrometeorologik kuzatuvlar davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, gidrometeorologik tarmoqni modernizatsiyalash va texnik jihatdan yangilash, aholi, iqtisodiyot tarmoqlarini oʻz vaqtida va sifatli gidrometeorologik taʼminlashni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516369" id="-5516369">mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish, toʻplash va qayta ishlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516376" id="-5516376">gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazishni muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516381" id="-5516381">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-avgustdagi PF-5806-son <a href="/acts/-4494500">Farmoniga </a>muvofiq iqtisodiyotning turli sohalarida innovatsion kosmik texnologiyalardan foydalanish orqali mavjud ilmiy-texnik salohiyatni samarali amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516390" id="-5516390">kosmik faoliyat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516396" id="-5516396">Oʻzbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishni va amalga oshirishni tashkil etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516402" id="-5516402">Oʻzbekiston Respublikasi hududida kosmik tizimlar avariyasi sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf qilish boʻyicha tegishli organlarning harakatlarini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516414" id="-5516414">e) seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516427" id="-5516427">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son <a href="/acts/-4921695">qaroriga </a>muvofiq mamlakatimiz hududi seysmik faol zonalarda joylashganligi sababli seysmik xavfning oldini olish, aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish, bu borada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, sohada aniq maqsadga yoʻnaltirilgan dasturlarni va ilmiy tadqiqotlarni doimiy amalga oshirib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516436" id="-5516436">seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi masʼul organlar va tashkilotlar faoliyatini doimiy muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516446" id="-5516446">seysmologiya sohasida ilm-fanni rivojlantirish, zamonaviy axborot, shu jumladan, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516453" id="-5516453">seysmik xavfni prognozlash jarayonini raqamlashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516465" id="-5516465">respublikada seysmik xavf darajasini kamaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni doimiy monitoring qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516482" id="-5516482">aholining seysmik xavfsizligini taʼminlash yuzasidan davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516483" id="-5516483">foydalanishda boʻlgan bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini taʼminlash yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda choralar koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516484" id="-5516484">respublikaning seysmik faol hududida joylashgan inshootlarning monitoringi natijalariga asoslanib, mustahkamligini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516485" id="-5516485">j) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari” ijrosini nazorat qilish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516486" id="-5516486">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari” ijrosini maqsadli oʻrganish va shu asosda strategik vazifalarni amalga oshirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516488" id="-5516488">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishini, Departament faoliyati sohasida ishlarning holati va dolzarb muammolarni tahlil qilish va shu asosda ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kompleks takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516490" id="-5516490">amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislari uchun axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516493" id="-5516493">aniq holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun Departament faoliyati sohasiga kiradigan muammoli masalalar boʻyicha ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga chiqib jamoatchilik fikrini oʻrganish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516496" id="-5516496">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, maqsadli va kompleks dasturlar ijrosi yakunlarini, shu jumladan, joylarga chiqib tanqidiy muhokama qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516500" id="-5516500">12. Bosh vazir maslahatchisi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516502" id="-5516502">Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududlarda mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516505" id="-5516505">Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini taʼminlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516509" id="-5516509">IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar, ilm-fan va innovatsion faoliyat, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishida qatnashadi va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516512" id="-5516512">Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516515" id="-5516515">Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516518" id="-5516518">Bosh vazir maslahatchisi va Departament yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516521" id="-5516521">Departamentga biriktirilgan sohalarda islohotlarning holati hamda natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, ularni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga bajarilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5516522" id="-5516522">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517004" id="-5517004">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan Departamentga biriktirilgan vazifalar va dasturlar bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517011" id="-5517011">IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar, ilm-fan va innovatsion faoliyat, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517023" id="-5517023">vazirliklar va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517028" id="-5517028">Bosh vazir maslahatchisi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517031" id="-5517031">Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Hukumatning qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517035" id="-5517035">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517037" id="-5517037">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son <a href="/acts/-5279413">Farmoni </a>va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son <a href="/acts/-5439350">qaroriga </a>muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517038" id="-5517038">Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislari lavozimlariga kadrlarni tanlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517040" id="-5517040">Departament boshligʻi oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517041" id="-5517041">Departamentda kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517042" id="-5517042">Departament boshligʻining oʻrinbosarlari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislarining vazifalari taqsimotini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517043" id="-5517043">Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq ishlar yuritilishini taʼminlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517044" id="-5517044">jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Bosh vazir maslahatchisining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5517046" id="-5517046">3-bob. Bosh vazir maslahatchisining huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517047" id="-5517047">13. Bosh vazir maslahatchisi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517052" id="-5517052">Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517058" id="-5517058">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517059" id="-5517059">biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga koʻra — boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga oid masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517060" id="-5517060">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517061" id="-5517061">“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4636594">Qonuni</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi <a href="/acts/-4253101#-4255619">Reglamenti </a>talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517062" id="-5517062">Bosh vazir maslahatchisining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517063" id="-5517063">Bosh vazir maslahatchisining oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517064" id="-5517064">14. Bosh vazir maslahatchisi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517065" id="-5517065">ushbu Nizomning <a href="/acts/-5511393#-5515981">11 </a>va <a href="/acts/-5511393#-5516500">12-bandlarida </a>koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517067" id="-5517067">uning vakolatiga kiritilgan tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517069" id="-5517069">Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a>, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4636594">Qonuni </a>va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517073" id="-5517073">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son <a href="/acts/-5279413">Farmoni </a>va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son <a href="/acts/-5439350">qaroriga </a>muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517074" id="-5517074">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir maslahatchisi oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi, rahbarlik qilinayotgan Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517076" id="-5517076">yuqori darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517077" id="-5517077">Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament soʻrovlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolarining soʻrovlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517120" id="-5517120">joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517124" id="-5517124">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi <a href="/acts/-4253101#-4255619">Reglamentiga </a>muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliq holda puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517127" id="-5517127">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son <a href="/acts/5279413">Farmoni</a>, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, <a href="/acts/5439350">“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son <a href="/acts/262832">qaroriga </a>muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5517128" id="-5517128">4-bob. Bosh vazir maslahatchisi faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517130" id="-5517130">15. Bosh vazir maslahatchisi faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4636594">Qonuniga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining <a href="/acts/-4253101#-4255619">Reglamentiga</a>, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Departamentning ish rejasi asosida tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517132" id="-5517132">Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517133" id="-5517133">Departament ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517134" id="-5517134">Departament boshligʻi oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Bosh vazir maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517135" id="-5517135">Bosh vazir maslahatchisi vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifalarini Departament boshligʻining oʻrinbosari bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517136" id="-5517136">16. Bosh vazir maslahatchisining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5517137" id="-5517137"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-5517146" id="-5517146">Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-iyuldagi 438-son <a href="/acts/-5511393">qaroriga </a><br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-5517152" id="-5517152">IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5517156" id="-5517156">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5517157" id="-5517157"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5517158" id="-5517158">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517159" id="-5517159">1. IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517160" id="-5517160">2. Departamentning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) va uning Rayosati, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini IT-texnologiyalar va telekommunikatsiya infratuzilmasini, pochta aloqasi xizmatlari va arxiv ishini rivojlantirish va innovatsion faoliyat, axborot xavfsizligini taʼminlash, gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi, kosmik faoliyat va seysmik xavfsizlik masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517161" id="-5517161">3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasi </a>va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517162" id="-5517162">4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517163" id="-5517163">Departament oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻiga (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517164" id="-5517164">5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5517165" id="-5517165">2-bob. Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517166" id="-5517166">6. Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517167" id="-5517167">“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517168" id="-5517168">2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha <a href="/acts/-3107036#-3109146">Harakatlar strategiyasi </a>vazifalarini, ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, “Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517169" id="-5517169">Departamentga biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringini olib borish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganish, IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyat sohasida axborot xavfsizligini taʼminlash, gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi, kosmik faoliyat va seysmik xavfsizlik va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517170" id="-5517170">Hukumat aʼzolarining, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlarining shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirishda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517172" id="-5517172">keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517176" id="-5517176">Oʻzbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha Hukumatning, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517179" id="-5517179">biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar, idoralarning mustaqilligini kuchaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517181" id="-5517181">joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517182" id="-5517182">Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini joriy etish, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlar va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishining sifati va samaradorligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517183" id="-5517183">ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yuzaga keladigan muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517199" id="-5517199">zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517200" id="-5517200">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517201" id="-5517201">Departamentda, shuningdek, Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517202" id="-5517202">Departamentda, shuningdek, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish va kadrlarning amaldagi zaxirasini tayyorlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517203" id="-5517203">7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517206" id="-5517206">a) IT-texnologiyalarni rivojlantirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517207" id="-5517207">IT-texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati shakllantirilishida ishtirok etish, axborot texnologiyalari va milliy dasturiy mahsulotlarning zamonaviy bozorini rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517210" id="-5517210">mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga va zamonaviy xalqaro tendensiyalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517212" id="-5517212">davlat organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlarini yanada rivojlantirishda va sifatini yaxshilashda ishtirok etish, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli axborot resurslaridan, shu jumladan, faol tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashish uchun keng foydalanishni taʼminlash, biznes-subyektlarning jadal va barqaror rivojlanishi yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, ushbu tartibotlarni optimallashtirish va soddalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517213" id="-5517213">IT-texnologiyalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining mustahkam oʻzaro hamkorligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517215" id="-5517215">IT-texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, “yoʻl xaritalari” masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosini tashkil etish va nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517217" id="-5517217">“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-2833860">Qonunini </a>ijro etishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son <a href="/acts/-4800657">qaroriga </a>muvofiq elektron hukumatni va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517219" id="-5517219">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son <a href="/acts/-5030957">Farmoniga </a>muvofiq tarmoqlarni va hududlarni raqamli transformatsiya qilish boʻyicha loyihalar amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517226" id="-5517226">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-son <a href="/acts/-5297046">qaroriga </a>muvofiq sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va raqamli maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini taʼminlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5521093" id="-5521093">axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni muvofiqlashtirish, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517230" id="-5517230">iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy dasturiy mahsulotlar joriy etilishini, axborot tizimlari, ularning komplekslari, axborot resurslari reyestrlari shakllantirilishi va yuritilishini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517234" id="-5517234">IT-texnologiyalarni rivojlantirish masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517240" id="-5517240">IT-texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlar amalga oshirilishini xalqaro standartlar va talablarga muvofiq ularning oʻzaro bogʻliq muvozanatli rivojlanish monitoringini olib borish, tahlil qilish va amalga oshirilishi samaradorligini baholash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517243" id="-5517243">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining maʼmuriy tartibotlari, funksional va operatsion jarayonlari tizimli qayta tashkil etilishi va axborotlashtirilishi, shuningdek, raqobatbardosh milliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilishini ragʻbatlantirish, istiqbolli loyihalarni yaratish bilan band boʻlgan yosh iqtidorli dasturchilarni qoʻllab-quvvatlash va elektron tijoratni rivojlantirishni tahlil qilish va uning natijalari asosida takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517248" id="-5517248">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining kompyuter savodxonligining minimal darajasi talablariga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalarini tahlil qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517287" id="-5517287">mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga va zamonaviy xalqaro tendensiyalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517290" id="-5517290">Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalini rivojlantirish va takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali yuridik va jismoniy shaxslarga elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517294" id="-5517294">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida axborot tizimlari va resurslarini, axborot texnologiyalari va xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, axborot tizimlarini modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517297" id="-5517297">qishloq joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishni maqsadli va manzilli ragʻbatlantirish mexanizmlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517300" id="-5517300">hududlar oʻrtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va ularni rivojlantirishdagi tengsizlikni bartaraf etishning amaliy va samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517303" id="-5517303">IT-texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil etish, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517305" id="-5517305">davlat-xususiy sheriklik asosida texnoparklar faoliyatini tashkil etish yoʻli bilan zamonaviy raqobatbardosh dasturiy mahsulotlarni, shuningdek, eksportga yoʻnaltirilgan xizmatlarni mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini va shart-sharoitlarini yaratish va investitsiyalarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517308" id="-5517308">axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu tarmoqda axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiquvchilar va buyurtmachilarga qoʻshimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish hisobiga ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishning integratsiyasini yanada chuqurlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mahsulotlari eksportini koʻpaytirish, shuningdek, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish ishlarini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517311" id="-5517311">b) telekommunikatsiya infratuzilmasini, pochta aloqasi xizmatlarini va arxiv ishini rivojlantirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517315" id="-5517315">telekommunikatsiya infratuzilmasi faoliyat koʻrsatishi va uni rivojlantirish, pochta aloqasi xizmatlari, arxiv ishi va ish yuritish masalalarida davlat siyosati shakllantirilishi va amalga oshirilishi taʼminlanishida qatnashish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517317" id="-5517317">iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini, pochta aloqasi xizmatlarini, arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirishning sifat oʻzgarishlari va tendensiyalarini baholash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517321" id="-5517321">ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirishni, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirishni, mahalliy xomashyo resurslari negizida telekommunikatsiyalar sohasida import oʻrnini va ichki bozorni zarur isteʼmol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan zamonaviy, yuqori texnologik raqobatbardosh ishlab chiqarishlar tashkil etilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517324" id="-5517324">telekommunikatsiyalar va pochta sohasidagi tashkilotlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517329" id="-5517329">telekommunikatsiya infratuzilmasi, pochta aloqasi xizmatlari, arxiv ishi va ish yuritish, shuningdek, “yoʻl xaritalari” masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517331" id="-5517331">telekommunikatsiya infratuzilmasi, pochta aloqasi xizmatlari, arxiv ishi va ish yuritish masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517334" id="-5517334">“oxirgi mil” tamoyili, aloqaning multiservis tarmoqlari texnologiyalari, mobil aloqa bozori, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari, shuningdek, pochta aloqasi logistikasi va xizmatlari boʻyicha Internet tarmogʻidan keng polosali foydalanishni kengaytirish yoʻli bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517337" id="-5517337">umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi va radiochastota spektri sohasida qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517338" id="-5517338">telekommunikatsiyalar va pochta korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517340" id="-5517340">telekommunikatsiyalar va pochta sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ushbu sohalarda boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517341" id="-5517341">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida va boshqa tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritishning ahvoli monitoringini olib borish va ularni tahlil qilish, arxiv ishi tizimi ishlarining samaradorligini oshirish va takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari saqlanishini taʼminlash, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida va boshqa davlat tashkilotlarida ish yuritishning, shu jumladan, elektron hujjatlar aylanishi tizimini qoʻllagan holda, ish yuritishning samaradorligi va funksionalligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517343" id="-5517343">telekommunikatsiyalar va pochta tashkilotlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha monitoring olib borilishini tashkil etish va uni tahlil qilish va takliflar tayyorlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517344" id="-5517344">telekommunikatsiyalar, pochta, arxiv ishi sohalari va vositalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash hamda ushbu sohalarga xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517347" id="-5517347">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 14-dekabrdagi PQ-4921-son <a href="/acts/-5162533">qaroriga </a>muvofiq pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatishni toʻliq avtomatlashtirishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517349" id="-5517349">telekommunikatsiyalar, pochta va arxiv ishi sohalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning holati monitoringini olib borish, ularning zarur ixtisosdagi kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517350" id="-5517350">arxiv ishi va ish yuritish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517351" id="-5517351">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda arxiv ishi va ish yuritish samaradorligi va rivojlanishini oshirish boʻyicha vazifalar kompleks hal etilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517353" id="-5517353">telekommunikatsiyalar, pochta, arxiv ishi va ish yuritish sohalarida xalqaro hamkorlik monitoringini olib borish va tahlil qilish, ushbu sohalarda xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va uning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517354" id="-5517354">v) innovatsion rivojlanish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517356" id="-5517356">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son <a href="/acts/-5352267">Farmoni </a>va “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son <a href="/acts/-5352230">qaroriga </a>muvofiq milliy ilm-fan va innovatsiya tizimining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi oʻrnini oshirish, hududlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517358" id="-5517358">hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati barqaror oʻsishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashga qodir boʻlgan ustuvor sohalar va tarmoqlarning innovatsion rivojlanishining boʻlajak modellarini, ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish jarayonini tizimli oʻrganish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517360" id="-5517360">mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik dasturlariga, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ilm-fanni koʻp talab qiladigan texnologiyalarga boʻlgan real ehtiyojlariga muvofiq ilmiy hajmdor texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati, davlat ilmiy-texnik dasturi amalga oshirilishini taʼminlash, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini, shuningdek, mahalliy ilm-fan natijalarining raqobatbardoshligini oshirishni taʼminlashda intellektual salohiyatdan samarali foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517361" id="-5517361">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-maydagi PQ-3697-son <a href="/acts/-3723272">qaroriga </a>muvofiq ilmiy-tadqiqot muassasalari samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, ijodiy gʻoyalar va yosh avlodning ishlanmalarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, ushbu faoliyatda yoshlarning faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517363" id="-5517363">ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy laboratoriya bazasining jihozlanish darajasini oshirish, ularni zarur butlovchi va sarflash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash, jamoaviy foydalaniladigan ilmiy laboratoriyalar, tajriba-eksperimental va konstruktorlik-texnologik infratuzilmani yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517364" id="-5517364">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son <a href="/acts/-5073447">Farmoniga </a>muvofiq ilmiy tashkilotlarning ilmiy-innovatsion faoliyati samaradorligini baholashga yoʻnaltirilgan milliy reyting tizimini joriy etish hamda ilm-fan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalashni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517365" id="-5517365">ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani va ilmiy-tadqiqot ishlari sohasidagi vazifalarni hisobga olgan holda, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517366" id="-5517366">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari tijoratlashtirilishi samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3855-son <a href="/acts/-3823583">qaroriga </a>muvofiq akademik fan va oliy taʼlim integratsiyasini yanada mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlarining oliy taʼlim muassasalari ishida ishtirok etishda faolligini oshirish, ilmiy yutuqlarni oʻquv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish, professor-oʻqituvchilar tarkibini, izlanuvchilar va talabalarni ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarga jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517367" id="-5517367">g) axborot xavfsizligi sohasida: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517368" id="-5517368">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlarida davlat siriga tegishli boʻlgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborotlar almashishning milliy himoyalangan avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3061-son qaroriga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot resurslari va tizimlari kiberxavfsizligini taʼminlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini tashkil etish, shuningdek, milliy axborot makonining yaxlitligini saqlash choralarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517369" id="-5517369">2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha <a href="/acts/-3107036#-3109146">Harakatlar strategiyasi </a>vazifalariga va zamonaviy xalqaro tendensiyalarga muvofiq axborot xavfsizligini taʼminlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga oʻz vaqtida va muqobil qarshi kurashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517370" id="-5517370">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish davlat tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-iyundagi PF-6007-son Farmoniga muvofiq axborot va kiberxavfsizlik sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, muhim axborot infratuzilmasi subyektlari tomonidan boshqaruv qarorlarining qabul qilinishini nazorat-tahliliy taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517371" id="-5517371">milliy axborot makonini tizimli tahlil qilish, shuningdek, axborot xavfsizligi sohasida monitoring olib borish, prognozlashtirish va tahdidlarni baholash tizimini tashkil etishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517372" id="-5517372">kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash samaradorligini tizimli tahlil qilish, shuningdek, ularni axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik va jamoat xavfsizligi sohasida oʻqitish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517373" id="-5517373">axborot va kiberxavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil etish, jamoat tartibini taʼminlash va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517374" id="-5517374">d) gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517375" id="-5517375">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4896-son <a href="/acts/-5108961">qaroriga </a>muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va aholini gidrometeorologik va iqlimiy maʼlumotlar bilan taʼminlash va monitoring yuritish tizimlarini takomillashtirishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517376" id="-5517376">gidrometeorologik kuzatuvlar davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, gidrometeorologik tarmoqni modernizatsiyalash va texnik jihatdan yangilash, aholi, iqtisodiyot tarmoqlarini oʻz vaqtida va sifatli gidrometeorologik taʼminlashni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517377" id="-5517377">mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish, toʻplash va qayta ishlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517378" id="-5517378">gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazishni muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517379" id="-5517379">e) kosmik faoliyat sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517380" id="-5517380">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-avgustdagi PF-5806-son <a href="/acts/-4494500">Farmoniga </a>muvofiq iqtisodiyotning turli sohalarida innovatsion kosmik texnologiyalardan foydalanish orqali mavjud ilmiy-texnik salohiyatni samarali amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517381" id="-5517381">kosmik faoliyat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517382" id="-5517382">Oʻzbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishni va amalga oshirishni tashkil etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517383" id="-5517383">Oʻzbekiston Respublikasi hududida kosmik tizimlar avariyasi sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf qilish boʻyicha tegishli organlarning harakatlarini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517386" id="-5517386">kosmik faoliyat sohasidagi vakolatli organ taqdimoti boʻyicha kosmik tizimlarning operatorlarini, shuningdek, ularning vazifa va funksiyalarini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517390" id="-5517390">j) seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517393" id="-5517393">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son <a href="/acts/-4921695">qaroriga </a>muvofiq mamlakatimiz hududi seysmik faol zonalarda joylashganligi sababli seysmik xavfning oldini olish, aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish, bu borada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, sohada aniq maqsadga yoʻnaltirilgan dasturlarni va ilmiy tadqiqotlarni doimiy amalga oshirib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517397" id="-5517397">seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi masʼul organlar va tashkilotlar faoliyatini doimiy muvofiqlashtirib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517401" id="-5517401">seysmik mustahkamlik va seysmologiya sohasida ilm-fanni rivojlantirish, zamonaviy axborot, shu jumladan, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517404" id="-5517404">seysmik xavfni prognozlash jarayonini raqamlashtirish choralarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517407" id="-5517407">respublikada seysmik xavf darajasini kamaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni doimiy ravishda monitoring qilib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517410" id="-5517410">aholining seysmik xavfsizligini taʼminlash yuzasidan davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517412" id="-5517412">foydalanishda boʻlgan bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini taʼminlashda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda choralar koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517413" id="-5517413">respublikaning seysmik faol hududida joylashgan inshootlarning monitoringi natijalariga asoslanib, mustahkamligini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517415" id="-5517415">z) konsepsiyalar, dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517424" id="-5517424">IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha konsepsiyalar, dasturlar va “yoʻl xaritalari” loyihalari tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarlari huzurida himoya qilinishi mexanizmini joriy etish, yaqin, oʻrtacha va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan axborot xavfsizligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517426" id="-5517426">Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat rahbariyatining tashriflari natijalari boʻyicha va respublika hududlariga tashriflar vaqtida tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishi tizimli nazorat qilinishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517430" id="-5517430">“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar va idoralar rahbarlarining batafsil axboroti, materiallari va hisobotlari taqdim etilishini taʼminlash va ularni Vazirlar Mahkamasi majlisida muhokama qilish uchun kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517433" id="-5517433">taqdim etilayotgan axborot va materiallarni “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishining samaradorligi yuzasidan har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517434" id="-5517434">i) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari” ijrosini nazorat qilish sohasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517435" id="-5517435">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari” ijrosini maqsadli oʻrganish va shu asosda strategik vazifalarni amalga oshirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517437" id="-5517437">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishini, Departament faoliyati sohasida ishlarning holati va dolzarb muammolarni tahlil qilish va shu asosda ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kompleks takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517438" id="-5517438">amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislari uchun axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517439" id="-5517439">aniq holatlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun Departament faoliyati sohasiga kiradigan muammoli masalalar boʻyicha ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga chiqib jamoatchilik fikrini oʻrganish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517440" id="-5517440">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, maqsadli va kompleks dasturlar ijrosi yakunlarini, shu jumladan, joylarga chiqib tanqidiy muhokama qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517441" id="-5517441">8. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517443" id="-5517443">oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517445" id="-5517445">mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar va sohalarda ishlarning holatini oʻrganadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517446" id="-5517446">IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyat, axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi, shuningdek, tegishli tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi monitoringini olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517448" id="-5517448">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517450" id="-5517450">tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517451" id="-5517451">telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyat, axborot xavfsizligini taʼminlash, gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi, kosmik faoliyat va seysmik xavfsizlik sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517512" id="-5517512">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida hisobot berish uchun har choraklik tahliliy materiallarni tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517515" id="-5517515">Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir maslahatchisi huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517521" id="-5517521">yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha dasturlar va “yoʻl xaritalari” tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517529" id="-5517529">tegishli ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlarining shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517535" id="-5517535">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517540" id="-5517540">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali ijro etilishini tashkil etadi hamda ularning ijrosini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517544" id="-5517544">Vazirlar Mahkamasi koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchisi topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517549" id="-5517549">Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517554" id="-5517554">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchisi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5517582" id="-5517582">materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518137" id="-5518137">Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonunchilik loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini va himoya qilinishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518141" id="-5518141">Departamentga biriktirilgan sohalar vazirlari lavozimlariga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqilishi va maʼqullanishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518145" id="-5518145">yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining biriktirilgan organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518154" id="-5518154">yuklangan vazifalarga muvofiq jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518158" id="-5518158">Departamentga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyati sohalarining aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, strategik rivojlantirish dasturlarining sifati va amalga oshirish samaradorligiga asoslangan faoliyatini baholashda ishtirok etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518164" id="-5518164">Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518165" id="-5518165">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518166" id="-5518166">jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518168" id="-5518168">Departament oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5518179" id="-5518179">3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518183" id="-5518183">9. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518189" id="-5518189">Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518190" id="-5518190">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518191" id="-5518191">markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, axborot-tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518194" id="-5518194">Departamentga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻining topshirigʻiga binoan esa — boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518195" id="-5518195">zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518205" id="-5518205">zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4636594">Qonuni</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi <a href="/acts/-4253101#-4255619">Reglamenti </a>va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda kelayotgan hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib yuborish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518208" id="-5518208">Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518213" id="-5518213">10. Departament:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518227" id="-5518227">tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosi monitoringi olib borilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518228" id="-5518228">ushbu Nizomning <a href="/acts/-5511393#-5517203">7 </a>va<a href="/acts/-5511393#-5517441"> 8-bandlarida </a>koʻrsatilgan oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518229" id="-5518229">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar amalga oshirilishi samaradorligi va qabul qilingan qarorlar, shuningdek, ishning tegishli uchastkasida erishilgan natijalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518232" id="-5518232">Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a>, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4636594">Qonuni </a>va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518250" id="-5518250">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son <a href="/acts/-5279413">Farmoni </a>va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son <a href="/acts/-5439350">qaroriga </a>muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli hamda oʻz vaqtida bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518255" id="-5518255">qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518260" id="-5518260">Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518263" id="-5518263">oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518266" id="-5518266">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi<a href="/acts/-4253101#-4255619"> Reglamentiga </a>muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliq holda davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni taʼminlash nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518269" id="-5518269">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son <a href="/acts/5279413">Farmoni</a>, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, <a href="/acts/5439350">“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son <a href="/acts/262832">qaroriga </a>muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5518271" id="-5518271">4-bob. Departamentning tuzilmasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518273" id="-5518273">11. Departamentning tuzilmasiga Bosh vazirining maslahatchisi — Departament boshligʻi, shuningdek, quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518278" id="-5518278">Departament boshligʻining oʻrinbosari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518280" id="-5518280">telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518282" id="-5518282">pochta aloqasi xizmatlarini va arxiv ishini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518283" id="-5518283">axborot xavfsizligi va jamoat xavfsizligining yagona tizimini rivojlantirish, milliy axborot makonini va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518284" id="-5518284">davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida axborot texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518287" id="-5518287">iqtisodiyot tarmoqlarida axborot texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518289" id="-5518289">kosmik faoliyatni va gidrometeorologiya sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518292" id="-5518292">innovatsion faoliyatni rivojlantirish, intellektual huquqni himoya qilish va ilmiy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518293" id="-5518293">akademik fanni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518297" id="-5518297">shuʼba mudiri (seysmologiya sohasida ilm-fanni rivojlantirish va seysmik xavfsizlikni taʼminlash masalalari);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518302" id="-5518302">inshootlarning seysmik mustahkamligini taʼminlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518308" id="-5518308">inspektor kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518310" id="-5518310">Departament tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518313" id="-5518313">12. Departament ishlariga Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518328" id="-5518328">13. Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518329" id="-5518329">Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5518330" id="-5518330">5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518334" id="-5518334">14. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4636594">Qonuniga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi<a href="/acts/-4253101#-4255619"> Reglamentiga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining, maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament boshligʻi oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518335" id="-5518335">Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518337" id="-5518337">Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518341" id="-5518341">Departament boshligʻi oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518343" id="-5518343">Departamentga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Departamentning faoliyatini kompleks oʻrganish va Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq rejali masalalarni Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish yoʻli bilan taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518344" id="-5518344">15. Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518347" id="-5518347">Departamentga bevosita rahbarlik qiladi, Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518351" id="-5518351">Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Departament yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518353" id="-5518353">iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518356" id="-5518356">Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va maʼmuriy jazolash choralari boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda puxta ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518357" id="-5518357">Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, Departamentning yarim yillik uchun ish rejasini belgilangan tartibda va Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalarini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518359" id="-5518359">Vazirlar Mahkamasiga kelgan, Hukumat qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518387" id="-5518387">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518390" id="-5518390">kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Departament xodimlari malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlar amaldagi zaxirasini tayyorlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518393" id="-5518393">Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518399" id="-5518399">jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518409" id="-5518409">Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi hamda chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518419" id="-5518419">16. Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Departament boshligʻining oʻrinbosari bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518427" id="-5518427">17. Departament boshligʻining oʻrinbosari Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan funksional majburiyatlarga asosan oʻziga yuklangan vazifalar doirasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518431" id="-5518431">tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi va ularga biriktirilgan masalalar boʻyicha Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi va ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518435" id="-5518435">oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalari sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlar bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518439" id="-5518439">tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi tashkil etilishi va yuritilishi, ularning muntazam toʻldirilishi va yangilanishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518441" id="-5518441">materiallar toʻgʻrisida Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518446" id="-5518446">uning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518449" id="-5518449">Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻining topshirigʻiga koʻra chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518453" id="-5518453">Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarini taqsimlash boʻyicha takliflarni kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518458" id="-5518458">Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, mutaxassislar malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularni jazolash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518462" id="-5518462">vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518469" id="-5518469">18. Departamentning shuʼba mudiri:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518479" id="-5518479">shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi hamda shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518484" id="-5518484">shuʼbaga biriktirilgan masalalar boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar va respublika hududlari boʻyicha mutaxassislar tomonidan maʼlumotnoma, tahliliy, statistik materiallar va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518488" id="-5518488">qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518496" id="-5518496">masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518502" id="-5518502">shuʼba mutaxassislari tomonidan tegishli tarmoqlar, sohalar, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518505" id="-5518505">maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518509" id="-5518509">islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, shuʼba vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518513" id="-5518513">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, shuʼba mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518514" id="-5518514">shuʼba mutaxassislarining Vazirlar Mahkamasining tegishli davr uchun ish rejalarida tasdiqlangan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlarni amalga oshirish muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga koʻrib chiqish uchun tegishli takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518515" id="-5518515">Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518516" id="-5518516">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518519" id="-5518519">jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518523" id="-5518523">vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518529" id="-5518529">shuʼba mudiri vaqtincha boʻlmaganda uning vazifasini Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻining koʻrsatmasiga koʻra Departamentning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518534" id="-5518534">19. Departamentning bosh mutaxassisi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518538" id="-5518538">oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518543" id="-5518543">tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi <a href="/acts/-4253101#-4255619">Reglamentiga </a>muvofiq zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518547" id="-5518547">materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga, Departament boshligʻining oʻrinbosariga, shuningdek, belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518550" id="-5518550">qabul qilingan hujjatlar boʻyicha reja-jadvalni yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hamda uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518557" id="-5518557">tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518563" id="-5518563">tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlar)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518569" id="-5518569">tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518574" id="-5518574">mutasaddilik qilinadigan sohada ular faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy qilish yoʻli bilan davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518582" id="-5518582">aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini taʼminlashga asoslangan Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralar va ular rahbarlarining faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518589" id="-5518589">oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518594" id="-5518594">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518598" id="-5518598">jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518620" id="-5518620">vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5518624" id="-5518624">20. Inspektor Departamentda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning Departamentda oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-5512574" id="-5512574">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 09/21/438/0668-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
