1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq advokatlar tomonidan davlat hisobidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun haq toʻlash miqdori va tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestrini yuritish tartibi;
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha ariza va soʻrovlarni koʻrib chiqish tartibi;
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish tartibi;
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatgan advokatlarga haq toʻlash tartibi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Adliya vazirligi:
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tizimini moliyalashtirish masalasi boʻyicha har yili navbatdagi davr uchun budjet soʻrovlarini shakllantirsin;
bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 21-noyabr,
774-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda — Qonun) muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat hisobidan koʻrsatiladigan yuridik yordam — Qonunda belgilangan tartib-taomillar va shartlarga muvofiq davlat hisobidan toʻliq yoki qisman koʻrsatiladigan, jismoniy shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan malakali yuridik yordam;
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) — Qonunga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan advokatlar haqidagi maʼlumotlar bazasi;
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (keyingi oʻrinlarda — tasdiqlovchi hujjatlar) — davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilganligi toʻgʻrisida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq maʼlumotnoma, shuningdek, davlat hisobidan yuridik yordam olish rad etilganligi haqidagi bayonnoma yoki advokatdan voz kechish toʻgʻrisidagi bayonnoma;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi — kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalar va shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi;
ish koʻrib chiqilayotgan hudud — davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxsga tegishli fuqarolik, maʼmuriy, jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotgan yoki koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan hudud (respublika, viloyat tuman yoki shahar);
kam taʼminlangan shaxs — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi vositasida kam taʼminlangan shaxs deb eʼtirof etilgan shaxs;
“Yuridik yordam” axborot tizimi — tasodifiy elektron tarzda tanlab olish yoʻli bilan jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish uchun advokatlarni jalb etish, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan va davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan maxsus elektron axborot tizimi;
yaqin hudud — tegishincha ish koʻrib chiqilayotgan hududga yoki advokatning davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomasida tanlangan hududlarga 50 km dan ortiq boʻlmagan masofadagi hudud.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
3. Quyidagi jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatiladi:
kam taʼminlangan shaxslar, agar ular fuqarolik ishlari boʻyicha daʼvogarlar yoki javobgarlar, maʼmuriy ishlar boʻyicha ariza beruvchilar, maʼmuriy qamoq tarzidagi maʼmuriy jazo nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar hamda jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek, mahkumlar boʻlsa;
ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga Oʻzbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda;
oʻz huquqlari buzilgan, Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi boʻyicha advokat ishtirok etishi shart boʻlgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.06.00 Maʼmuriy sudlar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.07.00 Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari]
4. Ushbu Nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan jismoniy shaxslarga fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar va maʼmuriy sudlarga taalluqli boʻlgan quyidagi ishlar boʻyicha davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatiladi:
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda toʻlash;
ishga tiklash;
ish haqini undirish;
alimentlarni undirish;
uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish va koʻchirish;
mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek, boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 991-moddasida nazarda tutilgan tartibda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarining va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash.
Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan kam taʼminlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ushbu shaxslar tomonidan maʼmuriy qamoq jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslarga psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda davlat hisobidan yuridik yordam:
tashxis qoʻyish, davolash va reabilitatsiya qilish;
tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.12.00 Sud-tibbiyot ekspertizasi va sud-psixiatriya ekspertizasi]
jinoyat, fuqarolik ishlari va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud-psixiatriya ekspertizasini oʻtkazish chogʻida koʻrsatiladi.
Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni sudlarda koʻrish chogʻida davlat hisobidan yuridik yordam xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlashning quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha koʻrsatiladi:
davlat fuqarolik xizmati sohasida;
saylov huquqlarini amalga oshirishda;
iqtisodiy sohada hamda tadbirkorlik faoliyatida;
mehnat munosabatlarida;
ijtimoiy himoya sohasida;
oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida;
taʼlim, ilm-fan, madaniyat hamda sogʻliqni saqlash sohasida.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchilarga davlat hisobidan yuridik yordam Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda koʻrsatiladi.
Kam taʼminlangan shaxs boʻlgan mahkumlarga davlat hisobidan yuridik yordam sudning hukmi, ajrimi va qarorlarini qayta koʻrib chiqishda, shuningdek, ularni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasidagi quyidagi vazifa va funksiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy adliya organlari) tomonidan amalga oshiriladi:
reyestrga kirish istagini bildirgan advokatlar bilan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish, ularni oʻzgartirish va bekor qilish;
shartnomalarning bajarilishini nazorat qilish;
advokatlarni reyestrga kiritish, reyestrdan chiqarish va undagi maʼlumotlarni yangilab borish;
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlarning navbatchilik jadvalini tasdiqlash va eʼlon qilish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasidagi quyidagi vazifa va funksiyalari tuman (shahar) adliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — adliya boʻlimlari) tomonidan amalga oshiriladi:
davlat hisobidan yuridik yordam olish haqidagi murojaat va soʻrovlarni koʻrib chiqish;
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni rad etish va tugatish, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatayotgan advokatni almashtirish bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirish;
“Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tanlangan yoki navbatchilik jadvaliga kiritilgan advokatni ishga jalb etish choralarini koʻrish;
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilishi bilan bogʻliq maʼlumotlarni tekshirish;
zaruratga koʻra, davlat hisobidan koʻrsatilgan yuridik yordamning sifati, turi, hajmi va muddatlarini tasdiqlash maqsadida davlat hisobidan yuridik yordam olgan jismoniy shaxslardan va ishni yuritayotgan vakolatli organdan (mansabdor shaxsdan) tegishli axborot va maʼlumotlarni soʻrab olish;
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplash choralarini koʻrish.
7. Hududiy adliya organlari adliya boʻlimlari tomonidan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan vazifa va funksiyalar bajarilishini nazorat qilib boradi.
2-bob. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestrini yuritish tartibi
8. Advokat reyestrga ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq kiritiladi.
9. Reyestrga kirish istagini bildirgan advokat “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali reyestrga kirish haqida tegishli hududiy adliya organiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq ariza yuboradi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
10. Advokatning reyestrga kirish haqidagi arizasi hududiy adliya organlari tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha ariza qanoatlantiriladi yoki rad etiladi.
11. Quyidagi hollarda advokatning reyestrga kirish haqidagi arizasi rad etiladi:
advokatning maqomi toʻxtatib turilgan boʻlsa;
advokatning advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi tugatilgan boʻlsa;
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) tuzgan advokat yaqin hudud hisoblanmagan boshqa hududiy adliya organi bilan shartnoma tuzmoqchi boʻlsa.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
12. Advokatning reyestrga kirish haqidagi arizasi qanoatlantirilgan taqdirda, advokatga “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali shartnoma yuboriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
13. Shartnoma Qonunning 13-moddasi talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi va hududiy adliya organi rahbari hamda advokatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Advokat besh kun ichida shartnomani imzolashi yoki rad etishi mumkin. Agar shartnoma belgilangan muddatda imzolanmagan taqdirda, shartnomani imzolash rad etilgan deb hisoblanadi.
Shartnomani imzolashni rad etgan advokat reyestrga qayta kirish istagi boʻlganda, uning arizasi umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.12.00 Muddatli mehnat shartnomalari]
14. Shartnoma advokatning ixtiyoriga koʻra muddatli yoki muddatsiz tuzilishi mumkin. Bunda muddatli shartnoma olti oydan kam boʻlmagan muddatga tuziladi.
Advokat faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmasi oʻzgargan hollarda, advokat boshqa advokatlik tuzilmasida ish boshlagan kuni shartnomaga oʻzgartirish kiritish haqida hududiy adliya organiga “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali murojaat qilishi shart.
15. Shartnoma advokat tomonidan imzolangan taqdirda, u avtomatik ravishda reyestrga kiritiladi.
16. Advokat quyidagi hollarda reyestrdan chiqariladi:
advokat bilan tuzilgan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish muddati tugaganda;
advokat bilan tuzilgan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinganda;
advokatning maqomi toʻxtatib turilganda;
advokatning advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilishi tugatilganda.
17. Reyestr “Yuridik yordam” axborot tizimida hududiy adliya organlari bilan shartnoma tuzgan advokatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
Reyestrda advokat haqidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
reyestrdagi tartib raqami;
advokatning familiyasi, ismi va otasining ismi;
advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
advokat oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va telefon raqami;
advokat qaysi hududlar doirasida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish istagini bildirgan boʻlsa, oʻsha hududlar nomi;
advokatning ruxsat etilgan ixtisosliklari turlari;
ish yuritish tili;
ish vaqti;
advokat bilan tuzilgan shartnoma haqidagi maʼlumotlar.
Reyestrdan barcha jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin. Hududiy adliya organlari reyestrdagi maʼlumotlarning toʻgʻri yuritilishi uchun masʼul hisoblanadi.
18. Advokat shartnoma tuzgan hududiy adliya organi joylashgan hududdagi oʻzi tanlagan tuman (shahar)larda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadi.
Bir hudud doirasida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokat mavjud boʻlmagan taqdirda, ish koʻrib chiqilayotgan hududga eng yaqin boʻlgan hududda faoliyat koʻrsatayotgan advokat ishga jalb etilishi mumkin.
3-bob. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish tartibi
19. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokat ushbu Nizomga 4-ilovadagi sxemaga muvofiq ishga jalb etiladi va unga haq toʻlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
20. Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida adliya boʻlimiga ogʻzaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Davlat hisobidan yuridik yordam olish haqidagi elektron shakldagi murojaatlar Yagona identifikatsiya tizimidan (OneID) roʻyxatdan oʻtgan holda, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali yuboriladi.
Davlat hisobidan yuridik yordam olish haqidagi ogʻzaki va yozma murojaatlar tegishli adliya boʻlimi tomonidan murojaat kelib tushgan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmay “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi.
21. Jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun quyidagilarni taqdim etadi:
a) davlat hisobidan yuridik yordam olish toʻgʻrisida ariza, arizada quyidagilar aks ettiriladi:
davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, shaxsiy identifikatsion raqami (JSHSHIR), pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) raqami;
shaxsiy telefon raqami;
ish koʻrib chiqilayotgan hudud (respublika, viloyat, tuman yoki shahar);
davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxs toifasi (kam taʼminlangan shaxs, psixiatriya yordami koʻrsatilayotgan yoki xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilgan shaxslar);
ish turi va toifasi;
ish yuritish tili;
ishning mazmuni;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
b) ariza davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxsning vakili tomonidan berilgan taqdirda, jismoniy shaxsning vakiliga berilgan ishonchnoma va (yoki) uning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxs va uning vakili oʻrtasidagi qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
v) ariza ruhiy holati buzilgan va psixiatriya yordami koʻrsatilayotgan jismoniy shaxsning qonuniy vakili yoki psixiatriya muassasasi tomonidan berilgan taqdirda, psixiatriya yordamini koʻrsatuvchi psixiatriya muassasasining jismoniy shaxsga psixiatriya yordami koʻrsatilayotganligi haqidagi maʼlumotnomasi;
g) oʻz huquqlari buzilgan, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxs tomonidan ariza berilgan taqdirda, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi bilan bogʻliq ish sudda koʻrib chiqilayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Ushbu bandning “b”, “v” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar adliya boʻlimi tomonidan davlat organlari oʻrtasidagi elektron axborot almashinuvi tizimlari orqali mustaqil ravishda olinishi mumkin.
22. Vakolatli organ yoki muassasaning yoxud mansabdor shaxsning davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish haqidagi qarori, shuningdek, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi (keyingi oʻrinlarda — soʻrov) Qonunning 17-moddasida belgilangan tartibda “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali adliya boʻlimiga yuboriladi.
23. Agar jismoniy shaxs “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida hisobda turmagan boʻlsa, davlat hisobidan yuridik yordam olish haqidagi ariza yoki soʻrov “Yuridik yordam” axborot tizimida roʻyxatga olinmaydi, ushbu bandning uchinchi — beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.02.00 Protsess ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari. Sud ish yurituvida qatnashishga monelik qiladigan holatlar. Rad qilishlar]
Quyidagi hollarda davlat hisobidan yuridik yordam olish haqidagi ariza yoki soʻrov jismoniy shaxs “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida hisobda turmaganligidan qatʼi nazar, “Yuridik yordam” axborot tizimida roʻyxatga olinadi:
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 51 va 52-moddalariga muvofiq jinoyat ishi boʻyicha advokat ishtirok etishi shart boʻlsa, himoyachi (advokat) tayinlash toʻgʻrisidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi mavjud boʻlganda;
ariza yoki soʻrov ruhiy holati buzilgan, psixiatriya yordami koʻrsatilayotgan jismoniy shaxsning qonuniy vakili yoki psixiatriya muassasasi tomonidan berilgan taqdirda;
ariza yoki soʻrov oʻz huquqlari buzilgan, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxs yoki sud tomonidan berilgan taqdirda.
24. Ariza yoki soʻrov Qonunning 18-moddasiga muvofiq uch ish kuni ichida adliya boʻlimlari tomonidan koʻrib chiqiladi, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning jinoyat ishlari boʻyicha himoyachi (advokat) tayinlash toʻgʻrisidagi qarori yoki sudning ajrimi adliya boʻlimlari tomonidan koʻrib chiqilishi talab etilmaydi va ushbu Nizomning 27-bandiga asosan advokatni tanlashga asos boʻladi.
25. Adliya boʻlimi tomonidan ariza yoki soʻrovni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha “Yuridik yordam” axborot tizimida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish yoki koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va roʻyxatga olinadi.
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish quyidagi hollarda rad etiladi:
davlat hisobidan yuridik yordam olish toʻgʻrisidagi ariza yoki soʻrov ushbu Nizom va Qonun talablariga muvofiq boʻlmaganda;
davlat hisobidan yuridik yordam olish toʻgʻrisidagi ariza jismoniy shaxsning vakili tomonidan uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, jismoniy shaxs va uning vakili oʻrtasidagi qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmasdan berilganda;
psixiatriya yordamini koʻrsatuvchi psixiatriya muassasasining jismoniy shaxsga psixiatriya yordami koʻrsatilayotganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi mavjud boʻlmaganda;
xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi bilan bogʻliq ish sudda koʻrib chiqilayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma mavjud boʻlmaganda;
jismoniy shaxs (uning vakili) tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot mavjud boʻlganda;
jismoniy shaxsga ilgari fuqarolik ishlari yoki maʼmuriy ishlar boʻyicha aynan oʻsha taraflar oʻrtasidagi nizo yuzasidan ayni oʻsha predmet toʻgʻrisidagi va ayni oʻsha asoslar boʻyicha huquqiy himoyaning barcha vositalari qoʻllanilgan holda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilgan boʻlsa (yangi ochilgan holatlar boʻyicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini qayta koʻrib chiqish hollari bundan mustasno).
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish rad etilgan taqdirda, adliya boʻlimi davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida ariza bergan jismoniy shaxsni yoki soʻrov yuborgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud yoxud vakolatli organni (mansabdor shaxsni) rad etish sabablarini koʻrsatgan holda elektron yoki yozma ravishda darhol xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish rad etilganligi ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
26. Adliya boʻlimining davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarori, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning himoyachi (advokat) tayinlash haqidagi qarori yoki sudning ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimida roʻyxatga olinayotganda, axborot tizimiga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatiladigan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqarolik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-karta)ga oid maʼlumotlar;
yuridik yordam koʻrsatiladigan ishning turi va toifasi;
ish yuritiladigan til;
ish koʻrib chiqilayotgan hudud;
advokatning ishda ishtirok etish sanasi va vaqti.
Bunda zaruratga koʻra, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishga oid boshqa maʼlumotlar ham “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritilishi mumkin.
27. Adliya boʻlimining davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning himoyachi (advokat) tayinlash toʻgʻrisidagi qarori yoki sudning ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimida roʻyxatga olingandan soʻng axborot tizimi ish koʻrib chiqilayotgan hudud boʻyicha advokatni tasodifiy elektron tarzda tanlaydi.
“Yuridik yordam” axborot tizimi tomonidan advokatni elektron tanlashda ushbu tizimning “saralash” funksiyasi orqali quyidagilar hisobga olinadi:
advokatning ixtisosligi;
advokat shartnoma tuzgan hududlar boʻyicha ish koʻrib chiqilayotganligi, ushbu Nizomning 18-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan hollar bundan mustasno;
ish yuritilayotgan tilni bilish darajasi.
28. Tanlangan advokatning telefon raqamiga hamda “Yuridik yordam” axborot tizimidagi shaxsiy elektron kabinetiga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish uchun ishni qabul qilish yoki rad etish haqida avtomatik ravishda “SMS” shaklida xabarnoma yuboriladi.
Tanlangan advokat “Yuridik yordam” axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali ishni qabul qiladi yoki rad etadi.
Agar “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tanlangan advokat ishda ishtirok etishni rad etadigan boʻlsa, u rad etish asoslarini darhol “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritishi kerak.
29. Tanlangan advokat jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha bir soat, boshqa turdagi ishlar boʻyicha besh ish soati mobaynida ishni qabul qilishni rad etgan yoki xabarnomaga javob bermagan taqdirda, “Yuridik yordam” axborot tizimi ish koʻrib chiqilayotgan hudud yoki ish koʻrib chiqilayotgan hududga yaqin hududlar doirasida boshqa advokatni tanlaydi.
“Yuridik yordam” axborot tizimi orqali advokatni tanlash jarayoni tizim orqali tanlangan advokatlardan biri oʻzining ishda ishtirok etishini tasdiqlanmaguniga qadar davom etadi, ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan hollar bundan mustasno.
Jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni tanlash jarayonida ikki soatdan ortiq vaqt davomida elektron tanlash yoʻli bilan advokat topilmagan yoki tanlangan advokatlarning hech biri ishni qabul qilmagan holatlar “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlarini oʻtkazish zarur boʻlgan” deb topilishi va navbatchilik jadvaliga asosan advokatni ishga jalb qilishga asos boʻladi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.03.00 Advokatlarning huquq va majburiyatlari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.04.00 Sud protsessida advokatlarning ishtiroki]
30. “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tanlangan hamda tegishli ishda oʻzining ishtirok etishini tasdiqlagan advokat protsessual qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda yuridik yordam koʻrsatishga kirishishi shart.
“Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tanlangan advokat haqidagi axborot davlat hisobidan yuridik yordam olish toʻgʻrisida ariza bergan jismoniy shaxsga yoki davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish haqida soʻrov yuborgan vakolatli organga (mansabdor shaxsga) joʻnatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 67-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 50-moddasi.
31. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud hududiy adliya organi tomonidan tasdiqlangan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlarning navbatchilik jadvaliga asosan quyidagi hollarda advokatlardan birini ishda ishtirok etish uchun jalb qilishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlarini oʻtkazish zarur boʻlganda;
texnik muammolar sababli “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali advokatni tanlash imkoniyati mavjud boʻlmaganda;
dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kunlari boshlanganda.
Bunda navbatchilik jadvali hudud boʻyicha, bir hududda shartnoma tuzgan advokatlar topilmagan hollarda yaqin hududlar boʻyicha reyestrga kiritilgan advokatlar orasidan “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali shakllantiriladi va hududiy adliya organi tomonidan har oyning birinchi sanasiga qadar tasdiqlanib, “Yuridik yordam” axborot tizimida eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
32. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokat quyidagi hollarda adliya boʻlimining qarori asosida boshqa advokat bilan almashtiriladi:
advokat reyestrdan chiqarilganda;
Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasining ikkinchi qismida belgilangan holatlar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tasdiqlansa;
advokat kasalligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik haqida tibbiy xulosa taqdim etganda;
davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxsning murojaatiga asosan advokatga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilganda.
Mazkur bandda koʻrsatilgan asoslardan tashqari boshqa hollarda advokatni almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bir advokatni boshqa advokat bilan almashtirish chogʻida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishning uzluksizligi taʼminlanadi.
33. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish adliya boʻlimining qarori bilan quyidagi asoslarga koʻra tugatiladi:
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida ariza bergan jismoniy shaxsning arizasiga koʻra;
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilayotgan jismoniy shaxs “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam taʼminlangan shaxslar toifasidan chiqarilgan boʻlsa;
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilayotgan ish boʻyicha jismoniy shaxsga yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida boshqa advokat tomonidan yuridik yordam koʻrsatilayotgan boʻlsa;
jismoniy shaxsning arizasida koʻrsatilgan masala boʻyicha yuridik yordam koʻrsatish sudning tegishli hukmi, qarori yoki ajrimi chiqarilganligi munosabati bilan yakunlangan boʻlsa;
psixiatriya muassasasi tomonidan jismoniy shaxsga psixiatriya yordamini koʻrsatish tugatilgan boʻlsa;
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilayotgan jismoniy shaxs vafot etgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan yoxud bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa;
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilayotgan shaxs advokatdan belgilangan tartibda yozma ravishda voz kechganda.
Adliya boʻlimining davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni tugatish toʻgʻrisidagi qarori “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
Ushbu bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida belgilangan holatlar yuzaga kelganda, davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxs hamda ushbu bandning oltinchi xatboshisida belgilangan holatlar yuzaga kelganda esa, psixiatriya muassasasi adliya boʻlimiga uch kun muddatda bu haqda xabar berishi shart.
4-bob. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilganligini tasdiqlash tartibi
34. Reyestrga kiritilgan advokatlar davlat hisobidan yuridik yordamni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga, shuningdek, Advokatning kasb etikasi qoidalari hamda ushbu sohaga oid boshqa hujjatlarga muvofiq sifatli koʻrsatishi shart.
35. Advokat davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni tegishincha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov va sud jarayoni, shuningdek, psixiatriya yordami koʻrsatish yakunlangan kundan boshlab, bir oy muddat ichida “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritishi lozim.
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma advokatning imzosi yoki elektron imzosi bilan tasdiqlanadi.
36. Tasdiqlovchi hujjatlarning protsessual harakatlarni amalga oshirishda advokatning ishtirok etishi haqidagi qismi ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud yoki boshqa vakolatli organ (mansabdor shaxs) bilan uch ish kuni ichida “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali elektron yoki yozma shaklda kelishiladi.
Yozma shaklda kelishilgan tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi rangli “PDF”, “JPG”, “JPEG” yoki “PNG” koʻrinishida, sifatli holatda “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi.
Agar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud yoki boshqa vakolatli organ (mansabdor shaxs) advokatning murojaatidan keyin uch ish kuni ichida tasdiqlovchi hujjatlarni kelishib bermasa, tasdiqlovchi hujjatlar kelishilgan deb hisoblanadi. Bunda yozma ravishda kelishish uchun taqdim qilingan tasdiqlovchi hujjatlarni kelishish uchun qabul qilingan sanasi mazkur hujjatning nusxasida qayd etiladi.
37. Tasdiqlovchi hujjatlarda advokat oʻzining ishtirokini belgilagan kunlarda tegishincha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov va sud jarayonida, shuningdek, psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda ishtirok etmagan boʻlsa, tasdiqlovchi hujjatni kelishish rad etiladi.
Tasdiqlovchi hujjatlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan kelishish rad etilganda, rad etish asosi koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
38. Tasdiqlovchi hujjatlar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud yoki boshqa vakolatli organ (mansabdor shaxs) bilan kelishilgandan soʻng “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilgan hududdagi adliya boʻlimiga yuboriladi.
Tasdiqlovchi hujjatlar adliya boʻlimiga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida tekshiriladi hamda davlat hisobidan koʻrsatilgan yuridik yordam boʻyicha advokatga haq toʻlash uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimiga yuboriladi.
Agar tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish natijalariga koʻra yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, ularni Iqtisodiyot va moliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimiga yuborish rad etiladi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.05.00 Koʻrsatgan yuridik yordami uchun advokatlarga haq toʻlash]
39. Adliya boʻlimi advokat tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordamning sifati, turi, hajmi va muddatlarini tasdiqlash maqsadida davlat hisobidan yuridik yordam olgan jismoniy shaxslardan va ishni yuritayotgan vakolatli organdan (mansabdor shaxsdan) axborot va maʼlumotlar soʻrab olishga haqli. Bunda ushbu axborot va maʼlumotlardan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasining umumiy monitoringini yuritish uchun foydalaniladi va davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun haq toʻlashga taʼsir qilmaydi.
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatdan yuridik yordam koʻrsatilganligini tasdiqlash uchun tasdiqlovchi hujjatlardan boshqa qoʻshimcha hujjatlar talab etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-bob. Davlat hisobidan koʻrsatilgan yuridik yordamni moliyalashtirish asoslari, miqdorlari va haq toʻlash tartibi
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.05.00 Koʻrsatgan yuridik yordami uchun advokatlarga haq toʻlash]
40. Advokat tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar tegishli adliya boʻlimiga “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali yuborilganligi koʻrsatilgan davlat hisobidan yuridik yordamni moliyalashtirish uchun asos boʻladi.
41. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatayotgan advokat almashtirilganda yoki davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tugatilganda yoxud qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish yuritish toʻxtatib turilganda, advokatga amalda koʻrsatilgan davlat hisobidan yuridik yordami uchun haq toʻlanadi.
42. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatgan advokatga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq miqdorlarda haq toʻlanadi.
43. Ikki va undan ortiq shaxslarga bitta fuqarolik, maʼmuriy, jinoiy va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarda, psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi boʻyicha ishlarda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatgan advokatga har bir ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaxs) uchun ushbu Nizomga 5-ilovada belgilangan miqdorlarning 80 foizi miqdorida haq toʻlanadi.
44. Advokat tomonidan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat safari va transport xarajatlari advokat shartnoma tuzgan joydan 50 km masofadan uzoq boʻlgan hududda yuridik yordam koʻrsatilgan hollarda qoplanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvaragʻi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.11.00 Yuridik, jismoniy shaxslar va banklar oʻrtasidagi operatsiyalar]
45. Iqtisodiyot va moliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan unga tasdiqlovchi hujjatlar kelib tushgandan soʻng har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning birinchi oʻn besh kuni davomida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatgan advokatga u faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmasining bank hisobvaragʻiga pul oʻtkazib berish yoʻli bilan haq toʻlanadi.
46. Agar fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hal qiluv qarori davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilgan jismoniy shaxsning foydasiga qabul qilingan boʻlsa, sud ikkinchi tarafdan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti foydasiga undirib oladi, ikkala taraf Qonunga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar deb eʼtirof etilgan hollar bundan mustasno.
Jismoniy shaxs davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar toifalaridan biriga kirish maqsadida yolgʻon yoki chalgʻituvchi maʼlumotlar taqdim etganligi aniqlangan taqdirda, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq barcha xarajatlarning oʻrni yuridik yordam olgan jismoniy shaxs tomonidan qoplanadi.
Ushbu Nizomning 33-bandi oʻninchi xatboshisiga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni tugatish asoslari vujudga kelganligi haqida davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxs yoki psixiatriya muassasasi tomonidan adliya boʻlimiga xabar berilmagan taqdirda, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni tegishlicha davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxs yoki psixiatriya muassasasi tomonidan qoplanadi.
Advokat davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilganligi toʻgʻrisida yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganligi aniqlangan taqdirda, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni advokat tomonidan qoplanadi.
Ushbu bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplash rad etilgan taqdirda, bunday xarajatlar sud tartibida undiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
47. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokat davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilganligi haqidagi maʼlumotnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgardir.
Tasdiqlovchi hujjatlarning protsessual harakatlarni amalga oshirishdagi ishtirokiga oid qismini kelishgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud yoki boshqa vakolatli organ (mansabdor shaxs) maʼlumotlarning kelishilgan qismiga javobgar hisoblanadi.
48. Iqtisodiyot va moliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari advokatlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun xarajatlarni ushbu Nizomda belgilangan miqdorda va muddatlarda toʻlab berishi shart.
49. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilganligi toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA
1.
Advokatlik tuzilmasining nomi
2.
Advokatning familiyasi, ismi va otasining ismi
3.
Advokatlik tuzilmasining manzili va telefon raqami
4.
Advokatlik tuzilmasining STIR maʼlumotlari
5.
Xizmat koʻrsatayotgan bankning nomi, MFO va hisobvaragʻi
6.
Ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi) shaxslar soni
7.
Ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi) shaxs(lar)ning familiyasi, ismi va otasining ismi
1.
2.
3.
...
8.
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilgan hudud yoki hududlar doirasi
9.
Yuridik yordam koʻrsatilgan joy, tashkilot, huquqni muhofaza qiluvchi organ yoki sudlar nomi
1.
2.
3.
...
10.
Yuridik yordam koʻrsatilgan ish turi
□ fuqarolik;
□ maʼmuriy;
□ maʼmuriy huquqbuzarlik;
□ jinoiy;
□ xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi boʻyicha ishlar;
□ psixiatriya yordami koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar.
Sudga ariza (daʼvo ariza) va shikoyat kiritilganligi haqida maʼlumot**
14.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlarida ishtirok etgan kunlari soni va sanasi
15.
Surishtiruv harakatlarida ishtirok etgan kunlari soni va sanasi
16.
Tergov harakatlarida ishtirok etgan kunlari soni va sanasi
17.
Birinchi instansiya sudida ishtirok etgan kunlari soni va sanasi
18.
Apellyatsiya instansiyasi sudida ishtirok etgan kunlari soni va sanasi
19.
Kassatsiya instansiyasi sudida ishtirok etgan kunlari soni va sanasi
20.
Taftish instansiyasi sudida ishtirok etgan kunlari soni va sanasi
21.
Boshqa sud muhokamalarida ishtirok etgan kunlari soni va sanasi
22.
Psixiatriya yordamini koʻrsatish jarayonlarida ishtirok etgan kunlari soni va sanasi
23.
Xizmat safari va transport xarajatlari
24.
Ishda muvaffaqiyat qozonganligi haqidagi maʼlumotlar***
25.
Advokatning imzosi va muhri yoki elektron imzosi****
26.
Kelishildi (kelishgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi, lavozimi imzosi va muhri yoki elektron imzosi)*****
27.
Toʻlovga tasdiqlandi (adliya organi mansabdor shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi, lavozimi, imzosi yoki elektron imzosi)
Izohlar.
* Masalan, voyaga yetmagan farzandga aliment undirish haqidagi ish yoki boshqa turdagi kerakli ish turkumi kiritiladi.
** Ariza (daʼvo ariza) va shikoyat qaysi sudga va qachon kiritilganligi haqidagi maʼlumot koʻrsatiladi.
*** Fuqarolik yoki maʼmuriy ish boʻyicha sudning qarori davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilgan jismoniy shaxsning foydasiga chiqarilganligi, shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat ishida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilgan jismoniy shaxs jazodan ozod etilgan yoxud oqlov hukmi chiqarilganligi haqidagi maʼlumotlar kiritiladi.
**** Maʼlumotnoma “Yuridik yordam” axborot tizimida elektron shaklda toʻldirilgan taqdirda, advokatning elektron imzosi bilan tasdiqlanadi yoxud maʼlumotnoma qogʻoz shaklda rasmiylashtirilgan taqdirda, advokatning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
***** Maʼlumotnoma “Yuridik yordam” axborot tizimida elektron shaklda kelishilgan taqdirda, tegishli mansabdor shaxsning elektron imzosi bilan tasdiqlanadi yoxud qogʻoz shakldagi maʼlumotnoma kelishilgan taqdirda, tegishli mansabdor shaxsning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Advokatni Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestriga kiritish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Advokat
“Yuridik yordam” axborot tizimi orqali hududiy adliya organiga reyestrga kirish haqida ariza yuboradi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari
1. Advokatning reyestrga kirish haqidagi arizasini koʻrib chiqib, qanoatlantiradi yoki rad etadi.
2. Advokatning reyestrga kirish haqidagi arizasi qanoatlantirilgan taqdirda, unga “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali shartnomani yuboradi.
Uch ish kuni ichida
3-bosqich
Advokat
Shartnomani imzolaydi yoki rad etadi.
Besh kun ichida
4-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari
Advokat shartnomani imzolagan taqdirda, uni reyestrga kiritadi.
Avtomatik ravishda
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestriga kirish haqida
ARIZA
1.
Advokatning familiyasi, ismi va otasining ismi
2.
Advokatlik tuzilmasining nomi
3.
Advokatlik tuzilmasining manzili va telefon raqami
Yuridik yordam koʻrsatiladigan hudud yoki hududlar doirasi
6.
Advokatlik guvohnomasining rekvizitlari (raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi)
7.
Advokatning litsenziya boʻyicha ixtisosligi
□ fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish
□ maʼmuriy va jinoiy sud ishlarini yuritish
8.
Qaysi tilda yuridik yordam koʻrsatilishi
□ oʻzbek
□ qoraqalpoq
□ rus
□ ingliz
□ tojik
□ qirgʻiz
□ qozoq
□ turk
□ boshqalar
Mazkur arizada keltirilgan maʼlumotlar:
— “Yuridik yordam” axborot tizimidagi Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilishiga va eʼlon qilinishiga;
— Zaruratga koʻra, ushbu arizaning 5-bandida keltirilganlarga yaqin hududlarda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishga roziman.
QR-kod
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 4-ILOVA
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni ishga jalb etish va unga haq toʻlash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Jismoniy shaxs
Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun eksterritoriallik prinsipi asosida adliya boʻlimiga ogʻzaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud, vakolatli organ yoki muassasa yoxud mansabdor shaxs
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish haqida soʻrov (qaror yoki ajrim)ni “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali adliya boʻlimiga yuboradi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Tuman (shahar) adliya boʻlimi
Ariza yoki soʻrovni koʻrib chiqib, natijasi boʻyicha “Yuridik yordam” axborot tizimida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish yoki koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va roʻyxatga oladi.
Uch ish kuni ichida
3-bosqich
“Yuridik yordam” axborot tizimi
1. Adliya boʻlimining davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning himoyachi (advokat) tayinlash toʻgʻrisidagi qarori yoki sudning ajrimi ish koʻrib chiqilayotgan hudud boʻyicha advokatni tasodifiy elektron tarzda tanlaydi.
Qaror roʻyxatga olingandan soʻng
2. Tanlangan advokatning telefon raqamiga hamda “Yuridik yordam” axborot tizimidagi shaxsiy elektron kabinetiga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish uchun ishni qabul qilish yoki rad etish haqida “SMS” shaklida xabarnoma yuboradi.
Avtomatik ravishda
3. Tanlangan advokat jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha bir soat, boshqa turdagi ishlar boʻyicha besh ish soati mobaynida ishni qabul qilishni rad etgan yoki xabarnomaga javob bermagan taqdirda, ish koʻrib chiqilayotgan hudud yoki ish koʻrib chiqilayotgan hududga yaqin hududlar doirasida boshqa advokatni tanlaydi.
Tanlangan advokatlardan biri oʻzining ishda ishtirok etishini tasdiqlamaguniga qadar
4-bosqich
Advokat
1. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadi.
Belgilangan muddatlarda
2. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritadi.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov va sud jarayoni, shuningdek, psixiatriya yordami koʻrsatish yakunlangan kundan boshlab, bir oy muddat ichida
3. Tasdiqlovchi hujjatlarning protsessual harakatlarni amalga oshirishda advokatning ishtirok etishi haqidagi qismini ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud yoki boshqa vakolatli organ (mansabdor shaxs) bilan “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali kelishadi.
Uch ish kuni ichida
4. Tasdiqlovchi hujjatlarni “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilgan hududdagi adliya boʻlimiga yuboradi.
Kelishilgandan soʻng
5-bosqich
Tuman (shahar) adliya boʻlimi
Tasdiqlovchi hujjatlarni tekshiradi hamda davlat hisobidan koʻrsatilgan yuridik yordam boʻyicha advokatga haq toʻlash uchun tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimiga yuboradi.
Kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida
6-bosqich
Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatgan advokatga u faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmasining bank hisobvaragʻiga pul oʻtkazib berish yoʻli bilan haq toʻlaydi.
Tasdiqlovchi hujjatlar kelib tushgandan soʻng har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning birinchi oʻn besh kuni davomida
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatgan advokat uchun toʻlanadigan haq
MIQDORLARI
T/r
Amalga oshirilgan harakat nomi
Amalga oshirilgan vaqti
Haq miqdori
(bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan)
1.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov jarayonida, sudda koʻrilayotgan ishlarda va psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda yuridik yordam koʻrsatilgan har bir kun uchun
Kun davomida
50 foiz
Tungi vaqtlarda
75 foiz
Dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari
100 foiz
2.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi tomonidan himoyachidan voz kechish bilan bogʻliq protsessual harakatlarda ishtirok etganligi uchun (har bir protsessual harakat uchun alohida hisoblanadi)
Kun davomida
30 foiz
Tungi vaqtlarda
45 foiz
Dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari
70 foiz
3.
Sudga ariza va shikoyatlar kiritganlik uchun
Amalga oshirilgan vaqtdan qatʼi nazar
20 foiz
4.
Xizmat safari va transport xarajatlari uchun (yuridik yordam koʻrsatilgan har bir kun uchun hisoblanadi)
Amalga oshirilgan vaqtdan qatʼi nazar
25 foiz
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq toʻlash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 20-iyundagi 137-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 76-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 09/24/774/0945-son)