1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.01 Yer uchastkasiga mulk huquqi (shuningdek, 03.08.03.00, 03.08.04.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obyekti sifatida erkin muomalaga kiritish maqsadida:
1. Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ishlab chiqilgan yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar maʼqullansin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.01 Yer uchastkasiga mulk huquqi (shuningdek, 03.08.03.00, 03.08.04.00 ga qarang)]
2. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-avgustdan boshlab:
yer uchastkalari xususiy sektorga — mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) — doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi;
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinadi, bunda ilgari ajratilgan yer uchastkalariga boʻlgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qoladi;
ijaraga olingan yer uchastkasida qonunchilikda belgilangan tartibda qurilgan koʻchmas mulk obyektiga mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, ushbu obyektga mulk huquqi bilan birgalikda u joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga oʻtadi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar barcha turdagi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari ishtirok eta oladigan elektron onlayn auksion yakunlariga koʻra, faqat ijara huquqi asosida ajratiladi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/15/0050-son)
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi;
davlat tashkilotlariga yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
barcha hollarda yer uchastkalari faqat boʻsh turgan va zaxiraga olingan yerlardan ajratiladi, ayni bir hujjat bilan yoki bir vaqtning oʻzida yer uchastkasini olib qoʻyish, zaxiraga olish, boshqa shaxsga ajratish yer berish tartibini buzish hisoblanadi va qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalari va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda yer uchastkalari davlat tashkilotiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi, ushbu yerlar davlat-xususiy yoki ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatiga xususiy sherik, nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijaraga berilishi mumkin;
koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi, agar koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqa huquq bilan tegishli boʻlmasa, ularga umumiy foydalanish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.01 Yer uchastkasiga mulk huquqi (shuningdek, 03.08.03.00, 03.08.04.00 ga qarang)]
3. Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 1-avgustdan boshlab, istisno tariqasida, faqat quyidagi hollarda yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berishga haqli:
qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy tadqiqot va tajriba sinovlar amalga oshirish uchun davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga — Qishloq xoʻjaligi vazirligining taklifiga asosan;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/15/0050-son)
maxsus iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun, shuningdek, mahalliy va chet ellik investorlar, shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishda ushbu yer uchastkalarini ijaraga olish huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablagʻni ijaraga oluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga toʻlash sharti bilan. Bunda yer uchastkasining qiymati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bevosita yoki boʻlib-boʻlib toʻlanishi yoxud ijaraga oluvchi tomonidan tashkil etilgan (tashkil etiladigan) xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritilishi mumkin;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.01 Yer uchastkasiga mulk huquqi (shuningdek, 03.08.03.00, 03.08.04.00 ga qarang)]
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid quyidagi vakolatlari, ular yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi 2021-yil 1-avgustdan bekor qilinsin:
yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ajratish, foydalanishga berish, kelgusida ajratish uchun zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yoʻl bilan tasarruf qilish, bundan mazkur Farmonga muvofiq yer uchastkalarini davlat tashkilotlariga doimiy foydalanishga ajratish, ijara shartnomasini imzolash boʻyicha vakolatlar mustasno;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/15/0050-son)
tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni belgilash, eʼtirof etish, oʻzgartirish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 06/26/68/0435-son)
sugʻoriladigan yerlarni sugʻorilmaydigan yerlar toifasiga yoki boshqa yer toifasiga, sugʻorilmaydigan qishloq xoʻjaligi yerlarini boshqa yer toifasiga oʻtkazish;
jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi hamda yordamchi qishloq xoʻjaligini yuritish uchun yer berish;
xususiylashtiriladigan yer uchastkalariga nisbatan investitsiya majburiyatlari yoki xususiy mulkni erkin tasarruf etishni cheklaydigan boshqa majburiyatlarni belgilash.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.01 Yer uchastkasiga mulk huquqi (shuningdek, 03.08.03.00, 03.08.04.00 ga qarang)]
5. Qonunchilik hujjatlarida ushbu Farmonda belgilanganidan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratishni nazarda tutuvchi barcha tartiblar, imtiyoz va istisnolar 2021-yil 1-avgustdan toʻliq bekor qilinsin.
Davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ajratish yoki boshqacha tarzda imtiyoz va istisnolar belgilash tashabbusi bilan chiqish taqiqlansin.
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda alohida ijtimoiy himoya qilinadigan shaxslarga, shuningdek, yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan shaxslarga yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotib olish xarajatlarini toʻliq yoki qisman qoplab berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
“Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;
“Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;
“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihalarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (J. Qoʻchqorov):
bir oy muddatda “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida berilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini;
Adliya vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xoʻjaliklari ulushini oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.01 Yer uchastkasiga mulk huquqi (shuningdek, 03.08.03.00, 03.08.04.00 ga qarang)]
8. Ushbu Farmon rasman eʼlon qilingan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilguniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari tomonidan mazkur Farmonda nazarda tutilganidan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratish qatʼiyan toʻxtatilsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.01 Yer uchastkasiga mulk huquqi (shuningdek, 03.08.03.00, 03.08.04.00 ga qarang)]
9. Yer toʻgʻrisidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) va joylarda hududiy kengashlar tashkil etilsin, ularning tarkibi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Respublika va hududiy kengashlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini qoʻllashda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish, shu jumladan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
yerdan oqilona foydalanish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganib, milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda ularni joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ahvolini muntazam oʻrganib borish, sohada huquqni qoʻllashning yagona amaliyotini shakllantirish;
yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini bevosita taʼminlash va davlat nazoratini olib borishga masʼul davlat organlarining sohaga doir faoliyatini oʻrganib, muvofiqlashtirib borish, tegishlicha ushbu organlar va ularning quyi tuzilmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
yerlarni, ayniqsa, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni muhofaza qilish, qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish;
yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash hamda qonun buzilishi holatlarining oldini olishda keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etish;
yer ajratish va undan foydalanish jarayonlariga axborot-kommunikatsiya vositalarini keng joriy qilish orqali sohada raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirishga koʻmaklashish;
yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash samaradorligini oshirishga oid boshqa masalalarni koʻrib chiqish.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.01 Yer uchastkasiga mulk huquqi (shuningdek, 03.08.03.00, 03.08.04.00 ga qarang)]
10. Yer toifasidan qatʼi nazar barcha turdagi yer uchastkalari hamda bino-inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazmaslik holatlarini aniqlash, yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga va chegaralarini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish, yerdan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazorati Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlarini oʻz vaqtida aniqlash va chora koʻrish uchun Kadastr agentligi xodimlari masʼul ekanligi belgilansin.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Kadastr agentligi organlariga yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq ushbu yer uchastkalariga boʻlgan huquqni bekor qilish, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydonini qaytarish va/yoki unda noqonuniy qurilgan imoratlarni buzish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga murojaat qilish huquqi berilsin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
Kadastr agentligi Adliya vazirligi bilan birga yer toʻgʻrisidagi qonunchilik, shu jumladan yangi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini ijrochilar hamda aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)
11. Belgilab qoʻyilsinki:
Bosh prokuratura, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari tegishlicha Respublika kengashi va hududiy kengashlarning ishchi organi hisoblanadi;
Respublika kengashi va hududiy kengashlar yigʻilishlari har chorakda kamida bir marotaba oʻtkaziladi, Respublika kengashi va hududiy kengashlar yigʻilishlariga davlat organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin;
hududiy kengashlar oʻz faoliyati toʻgʻrisida har chorakda Respublika kengashiga hisobot beradi.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari bir oy muddatda tegishli mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari tomonidan 2019-yil 1-yanvardan hozirga qadar qabul qilingan yer uchastkalarini berish va olib qoʻyish bilan bogʻliq barcha hujjatlarning yagona roʻyxatini tasdiqlab, ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha umumlashtirsin hamda Bosh prokuratura va Adliya vazirligiga taqdim etsin.
Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev Respublika kengashi va hududiy kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish, yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari normalarining buzilishiga, shu jumladan yer uchastkalarini berish va olib qoʻyish bilan bogʻliq hujjatlarni qalbakilashtirish holatlariga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan qatʼiy prokuror nazoratini oʻrnatish, aybdor shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash uchun javobgar ekanligi belgilansin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.01 Yer uchastkasiga mulk huquqi (shuningdek, 03.08.03.00, 03.08.04.00 ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
13. Belgilansinki:
elektron onlayn-auksion va ochiq tanlovga qoʻyish uchun yer uchastkalarini tanlash, kelishish, auksion va tanlovda ishtirok etish uchun murojaatlarni qabul qilish, auksion va tanlovni oʻtkazish, uning natijalarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq barcha jarayonlar, istisnolarsiz faqat elektron axborot tizimlaridan foydalangan holda, elektron hujjat almashinuvi yoʻli bilan amalga oshiriladi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga doir barcha qarorlarini qabul qilish ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali, ushbu qarorlarda yer uchastkasiga doir geografik maʼlumotlar va xaritalarni shakllantirish esa “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali avtomatik ravishda amalga oshiriladi;
huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha hududiy adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer munosabatlariga doir hujjatlarni qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov), Adliya vazirligi (R.K. Davletov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov), Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (F.K. Umarov) bir oy muddatda mazkur band talablaridan kelib chiqqan holda, tegishli axborot tizimlari faoliyatini takomillashtirish va ularni oʻzaro integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
14. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti;
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamenti;
Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq 2021-yil 1-avgustdan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq 2021-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
17. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Sh.M. Gʻaniyev va J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev belgilansin.
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-oktabrga qadar, keyinchalik har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-iyun,
PF-6243-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga 1-ILOVA
Yer toʻgʻrisidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi
Bosh vazir oʻrinbosari, RespublikaKengashi raisi oʻrinbosari
R.Q. Davletov
—
adliya vaziri, RespublikaKengashi raisi oʻrinbosari
K.F. Kamilov
—
Oliy sud raisi
E.F. Gadoyev
—
Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi
B.S. Tajiyev
—
Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi
Sh.X. Nazarov
—
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi
R.A. Mamutov
—
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi
P.R. Bobojonov
—
ichki ishlar vaziri
B.E. Zokirov
—
qurilish vaziri
J.A. Xodjayev
—
qishloq xoʻjaligi vaziri
Sh.J. Raximov
—
Bosh prokuror oʻrinbosari
Gʻ.X. Yoziyev
—
Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari
S.S. Saidkarimov
—
Hisob palatasi raisining oʻrinbosari
A.E. Burxanov
—
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori
N.J. Bakirov
—
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi
Sh.D. Kudbiyev
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisi
B.K. Sharipov
—
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi
A.J. Vaxobov
—
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
F.K. Umarov
—
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori
A.M. Toʻrayev
—
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori
A.A. Xaitov
—
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
Sh.M. Bobomurodov
—
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori
Izoh: Respublika kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga 2-ILOVA
Yer toʻgʻrisidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarning
Viloyat hokimi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi), hududiy kengash raisi
Lavozimiga koʻra
—
Viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) prokurori, Kengash raisining oʻrinbosari
Lavozimiga koʻra
—
Viloyat (Qoraqalpogʻiston) sudining raisi
Lavozimiga koʻra
—
Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi boshligʻi
Lavozimiga koʻra
—
Adliya boshqarmasi boshligʻi
Lavozimiga koʻra
—
Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi
Lavozimiga koʻra
—
Qurilish boshqarmasi boshligʻi
Lavozimiga koʻra
—
Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi
Lavozimiga koʻra
—
Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi
Lavozimiga koʻra
—
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi
Lavozimiga koʻra
—
Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi
Lavozimiga koʻra
—
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmasi boshligʻi
Lavozimiga koʻra
—
Viloyat prokurorining sohaviy oʻrinbosari
Lavozimiga koʻra
—
Kadastr agentligi hududiy boshqarmasi boshligʻi
Lavozimiga koʻra
—
Viloyat fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi boshligʻi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2021-yil 1-avgustdan kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5466-son Farmonining 3-bandi “a” kichik bandida:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5495-son Farmonida:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-avgustdagi “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5511-son Farmoni 1-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmonining 1-bandi ikkinchi xatboshisi “maʼmuriy kengashlarning” soʻzlaridan keyin “elektron onlayn-auksion natijalari asosida qabul qilinadigan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-son Farmonining 5-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sugʻoriladigan yerlar hisobidan bogʻdorchilik, uzumchilik va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi xulosasiga asosan amalga oshiriladi”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5780-son Farmonida:
“5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarini jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish boʻyicha vakolatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berilsin”;
b) 10-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq” soʻzlari “eng yaxshi taklifni tanlash orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6059-son Farmonida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi “yaylovlar” soʻzidan keyin “elektron onlayn-auksion orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“b) yaylovlar Qoʻmita tomonidan elektron onlayn-auksion orqali, shu jumladan yer uchastkasining boshlangʻich narxini 1 soʻm miqdorida belgilagan holda ijaraga beriladi”;
“v” kichik banddagi “, shu jumladan nol stavkada” soʻzlari “elektron onlayn-auksion orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandning ikkinchi xatboshisi “yaylovni” soʻzidan keyin “elektron onlayn-auksion natijalariga koʻra” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 14-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi “hamda ularga elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi yuzasidan tushuntirishlar bersin” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6098-son Farmonining 14-bandi birinchi xatboshisidagi “2020-yilda Davlat soliq qoʻmitasiga respublika budjetining ortiqcha bajarilgan daromadlari” soʻzlari “2020-2021-yillarda Davlat soliq qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha mablagʻlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi “Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6202-son Farmonida:
b) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tadbirkorlik subyektlariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan 25 sotix yer maydonlari bepul ajratiladi” soʻzlari “qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan 25 sotix yer maydonlari elektron onlayn-auksionga qoʻyiladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:
“28. Po zayavleniyu voyennoslujashix vzamen videlyayemogo jilya ili uluchsheniya jilishnix usloviy im mogut bit viplacheni denejnie kompensatsii na priobreteniye na auksionnoy osnove zemelnix uchastkov dlya individualnogo jilishnogo stroitelstva. Na period osvoyeniya zemelnogo uchastka za voyennoslujashim i chlenami yego semi soxranyayetsya slujebnaya kvartira srokom do dvux let”;
b) 29-banddan “na videlennix dlya nix zemelnix uchastkax” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 36-band “priobreteniya kvartir” soʻzlaridan keyin “, zemelnix uchastkov dlya individualnogo jilishnogo stroitelstva” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2939-son qarorining 11-bandida:
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3194-son qarorining 2-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklarining qarorlari bilan” soʻzlari “elektron onlayn auksion orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3195-son qarorining 4-bandidan “yoki yer uchastkalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi PQ-3196-son qarorining 8-bandi ikkinchi xatboshisida “berilishi hamda aholi zich joylashgan hududlardan yer uchastkalari ajratilishini” soʻzlari “berilishini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3356-son qarorida:
a) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “yer uchastkalarini, shu jumladan, davlat mulki boʻlgan faoliyat yuritmayotgan boʻsh obyektlar va boʻsh yer maydonlarini” soʻzlari “davlat mulki boʻlgan faoliyat yuritmayotgan boʻsh obyektlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-maydagi “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3697-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisidan “zarur yer uchastkalari,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari binolarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3701-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisida “ajratiladi” soʻzlari “ijaraga beriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3895-son qarorida:
“loyihalar tashabbuskorlariga “Business city” markazlari hududida obyektlar qurish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda elektron-onlayn auksion savdolari orqali beriladi”;
“Business city” markazlari hududidagi yer uchastkalarini elektron-onlayn auksion orqali olgan investorlar bilan “Business city” markazlariga investitsiya kiritish toʻgʻrisida bitimlar tuzish”.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4246-son qarorining 7-bandi “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) sugʻoriladigan yerlar hisobidan bogʻdorchilik, uzumchilik va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi xulosasiga asosan amalga oshiriladi”.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-iyundagi “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4363-son qarorining 3-bandida:
“b) yer uchastkalarini berish qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi”;
“g” kichik bandda “maʼmuriy kengash” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining maʼmuriy kengashlari (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy kengashlar)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4427-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq” soʻzlari “eng yaxshi taklifni tanlash orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4512-son qarorining 2-bandi “a” kichik bandida:
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4576-son qarorida:
b) 20-bandning beshinchi xatboshisidan “hamda qonunchilikda belgilangan meʼyorlar asosida yer maydonlarini oʻz vaqtida ajratsinlar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5006-son qarorining 10-bandi birinchi xatboshidagi “iyulga” soʻzi “oktabrga” soʻzi bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5033-son qarorida:
a) 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tashabbuskorlarga ikki oy muddatda ajratib bersin” soʻzlari “elektron onlayn-auksionga qoʻyilishini taʼminlasin” soʻzlari bilan almashtirilsin;
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5087-son qarorining 4-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini” soʻzlari “yer uchastkasiga mulk huquqi va ijara huquqini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5088-son qarorining 9-bandi “g” kichik bandining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoshlar sanoat zonalari hududida yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi”.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5113-son qarorining 12-bandi birinchi xatboshisi “boʻsh yer uchastkalari” soʻzlaridan keyin “elektron-auksion savdolariga joylashtirilishini” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarida:
“28. Aloqa kommunikatsiyalari oʻtkazilgan yer uchastkalarini olgan yuridik va jismoniy shaxslar ulardan foydalanishni tegishli aloqa kommunikatsiyalari egalari bilan kelishib olishlari shart”.
30. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 6-bandning birinchi xatboshisidan “va keyinchalik injiniring kompaniyasiga berish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 7-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Kompleks ekspertizaning ijobiy xulosasi olingach yer uchastkasini ijaraga olish huquqi belgilangan tartibda elektron onlayn-auksionga qoʻyiladi.
Injiniring kompaniyasi yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotib oladi.
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotib olish xarajatlari ushbu yer uchastkasida quriladigan uy-joy va arzon uy-joylarning narxiga ular egallaydigan maydonga mutanosib ravishda kiritiladi.
Bunda arzon uy-joylarning narxiga kiritilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotib olish xarajatlari tegishli tuman mahalliy budjeti hisobidan qoplab beriladi”;
“8. Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi yakka tartibdagi quruvchilar tomonidan sotib olinadigan uy-joyning yoki arzon uy-joyning namunaviy loyihalari uchun belgilangan maydondan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan hamda oʻrmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan yerdan kimoshdi savdolari va elektron onlayn-auksion oʻtkazilmasdan, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga mulk huquqi bilan beriladi.
Yakka tartibdagi quruvchiga yer uchastkasini mulk huquqi bilan berish uchun Yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali oʻrtasida tayyor holda topshirish sharti bilan uy-joy yoki arzon uy-joy qurishga injiniring kompaniyasi tomonidan buyurtmachi funksiyalari amalga oshirilishiga shartnoma asos boʻladi. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ushbu shartnoma asosida yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazadi.
Bunda ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan shartnomaning bekor qilinishi namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan yer uchastkasi mulk huquqining ham bekor qilinishiga olib keladi. Koʻrsatib oʻtilgan shart Yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali oʻrtasida tuzilgan shartnomada qayd etilishi kerak”.
31. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-noyabrdagi “Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarida biogaz qurilmalari qurishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 343-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisidan “yer uchastkalari ajratilishini va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
32. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-dekabrdagi “Fargʻona viloyatida qoʻshimcha kichik sanoat zonalari tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1007-son qarorining 3-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “yer uchastkalari berish” soʻzlari “yer uchastkalarini ijaraga berish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi “Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 63-son qarorida:
34. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarga binolar (binolar qismi), xonalar va yer uchastkalarini taqdim etish (sotish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish, ularning rahbarlari va chet ellik xodimlari yashashi uchun ajratiladigan binolar (binolar qismi), xonalar va ularga tutash yer uchastkalari, qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri hududidan ajratiladi”.
35. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi “Sergeli industrial park” kichik sanoat zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 878-son qarorida:
“Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasi ishtirokchilari tomonidan bitimlar va shartnoma shartlari buzilgan, shuningdek, ular tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, ishlab chiqarish maydonlari ijarasining bitimlari va shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish va toʻxtatish masalalarini Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashiga (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) koʻrib chiqish uchun kiritish”;
“5. Maʼmuriy kengashga ijaraga beriladigan yer uchastkasining har bir gektari uchun toʻlov miqdorini belgilash huquqi berilsin”.
36. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 911-son qarorida:
(36-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
b) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “tegishli xalq deputatlari Kengashiga” soʻzlari “xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
38. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida bogʻdorchilik, uzumchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 52-son qarorida:
“10. Tuman hokimligi oʻn kun muddatda qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, zaxirada turgan hosildorligi past boʻlgan paxta va gʻalladan qisqargan maydonlar, shuningdek, yaroqsiz deb topilgan bogʻ va tokzorlar joylashgan yerlarda intensiv bogʻ, tokzor barpo etish uchun 10 gektardan, issiqxona qurish uchun 3 gektardan kam boʻlmagan yer maydonini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionga chiqarilishini taʼminlaydi va bu haqida sotuvchiga xabar beradi.
Sotuvchi yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali qoʻlga kiritishi kerak.
Agar elektron onlayn-auksionda sotuvchidan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxs gʻolib boʻlsa, ushbu shaxs mazkur Nizomda sotuvchi uchun nazarda tutilgan barcha huquqlarga ega boʻladi hamda unga yuklatilgan majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi”;
11-bandning birinchi xatboshisidagi “yer maydoni ajratilgandan soʻng” soʻzlari “yer uchastkasini ijaraga olish huquqini qoʻlga kiritgandan soʻng” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“31. Sotuvchi intensiv bogʻ, tokzorlar yoki issiqxona qiymati tashabbuskorlar tomonidan toʻliq toʻlab berilgandan soʻng besh kun muddatda intensiv bogʻ, tokzorlar yoki issiqxonaga mulk huquqini va ular egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini tashabbuskor nomiga rasmiylashtirish toʻgʻrisida tuman hokimligiga yozma ravishda murojaat qiladi.
32. Tuman hokimligi oʻn kun muddatda tashabbuskorlarni (lizing oluvchini) dehqon xoʻjaligi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishini va unga intensiv bogʻ, tokzorlar yoki issiqxonaga boʻlgan mulk huquqini va ular egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini berish toʻgʻrisida viloyat hokimining qarori qabul qilinishini taʼminlaydi”;
33-banddagi “Tuman” soʻzi “Viloyat” soʻzi bilan almashtirilsin.
39. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 134-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Belgilansinki, kichik sanoat zonalari hududida yer uchastkalarini berish qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2021-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5552-son Farmonining 2-bandi sakkizinchi xatboshisi, shuningdek 2-ilovasining 3-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6186-son Farmonining 14-bandi “g” va “d” kichik bandlari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-sentabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3939-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi “Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4243-son qarorining 5-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4575-son qarorining 2-bandi 4-kichik bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5048-son qarorining 4-bandi “g” kichik bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 51-son qarori bilan tasdiqlangan Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxatining 41-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida sugʻorish, tayyorlash va saqlash boʻyicha yengil konstruksiyali infratuzilma obyektlarini qurish uchun yer uchastkasi ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 167-son qarori.