1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.17.00 Xalq badiiy hunarmandchiligi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda qadimdan milliy qadriyat sifatida rivojlanib kelayotgan kulolchilik anʼanalarini asrab-avaylash, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, har bir oila, jamoa, idora va tashkilotlarda uni keng targʻib etish, xalq ustalarining mehnatini munosib ragʻbatlantirish, aholining keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jalb etish orqali sifatli kulolchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Quyidagilar anʼanaviy va zamonaviy kulolchilikni yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
kulolchilik yoʻnalishida zarur xom ashyo bazasini yaratish, kulollarga yer maydonlari va binolar ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash, qulay shartlarda kreditlar ajratish;
hududlarda kulolchilik anʼanalarini tiklash va rivojlantirish maqsadida sohada ixtisoslashgan markazlar va galereyalar tashkil etish, kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarilishini kengaytirish;
kulolchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan hunarmandlarni (keyingi oʻrinlarda — kulollar) har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, usta-shogird maktablari faoliyatini tubdan takomillashtirish orqali yoshlarni sohaga keng jalb qilish va shu asosda yangi ish oʻrinlarini yaratish;
sohaning yetuk namoyandalari tajribasi asosida kulolchilik anʼanalarini milliy iftixor ramzi sifatida har bir oila, xonadon, mahalla hamda idora va tashkilotlarda keng targʻib qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasida kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat darajasiga olib chiqish maqsadida:
2021 — 2023-yillarda kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha istiqbolli reja koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda kulolchilik rivojlangan hududlarda qurilishi rejalashtirilgan kulolchilik markazlarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
respublika hududidagi hunarmandchilik markazlari, yirik savdo majmualari, turistik marshrutga kiritilgan obyektlar va bozorlarda kulolchilik mahsulotlari savdosini tashkil qilish boʻyicha manzilli roʻyxat 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari binolarida tashkil etilgan shourum, yirik shaharlarda ochilgan doimiy ishlab turuvchi koʻrgazma zali va savdo doʻkonlariga mahsulot namunalari yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha “Yoʻl-xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Yangidan tashkil etiladigan kulolchilik markazlaridagi turar va noturar joylar uchun mol-mulk va yer soligʻi stavkalari mazkur turar va noturar joylarga nisbatan mulk huquqi kulollarga berilgan oydan boshlab uch yil davomida 50 foiz miqdorida oʻrnatilsin.
Quyidagilar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
“Hunarmand” uyushmasining aʼzolari hunarmandchilik faoliyati mahsulotlari (tovar, ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishda qatʼiy belgilangan miqdorlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etilganligi;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
qishloq joylarda roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar oʻz faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga belgilangan ijtimoiy soliqning 50 foizini toʻlashi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
“Hunarmand” uyushmasi tomonidan kulollarning murojaatlariga asosan bir ish kunida roʻyxatdan oʻtkazish va aʼzolik guvohnomasi berish tizimi yaratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
4. Vazirlar Mahkamasi joriy yilda tijorat banklari tomonidan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida hunarmandchilik uchun Markaziy bankning asosiy stavkasida 500,0 milliard soʻm miqdorida kredit ajratilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
5. Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmand” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3393-son qarori bilan tashkil etilgan “Hunarmand” uyushmasi tasarrufidagi “Craft and art” MCHJga quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan 2021-yilda 5,0 milliard soʻm, 2022-yilda 5,0 milliard soʻm subsidiya ajratsin:
mazkur qarorning 4-ilovasiga muvofiq xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar binolarida tashkil etilgan shourum, yirik shaharlarda ochilgan doimiy ishlab turuvchi koʻrgazma zali va savdo doʻkonlariga mahsulot namunalari yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
kulolchilik mahsulotlarini respublikaning olis va boshqa hududlaridan sotib olish hamda realizatsiya va eksport qilish ishlarini, shu jumladan xorijiy elektron tijorat maydonchalari orqali tashkil etish;
mamlakatimizning turizm rivojlangan tuman (shahar)larida faoliyat olib boruvchi milliy hunarmandchilik savdo doʻkonlarini kulolchilik mahsulotlari bilan taʼminlash.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
Savdo-sanoat palatasi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda “Craft and art” MCHJga ajratilgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
6. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan 2021-yil 1-aprelga qadar usta-shogird anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan kulollarga shogirdlar tayyorlashi, zarur xom ashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlashi uchun subsidiyalar ajratish tartibini joriy etsin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qonunchilikda belgilangan choralaridan foydalangan holda kulolchilikka oʻqitish markazlari faoliyatini rivojlantirish choralarini koʻrsin.
7. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurayotgan yuz ming nafar xotin-qizlarga reja boʻyicha kulolchilik mahsulotlari toʻplamini sovgʻa qilish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Bunda, kulolchilik mahsulotlari Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼminlanishi belgilansin.
8. Davlat korxonalari, hokimliklar, banklar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga:
ularda faoliyat olib boruvchi xodimlarga Navroʻz umumxalq bayrami, Mustaqillik bayrami arafasida, toʻy-marosim va boshqa tadbirlarda tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan kulolchilik mahsulotlari toʻplamini sovgʻa tariqasida berish;
oʻzlari joylashgan binoning kirish qismida mahalliy kulolchilik mahsulotlari namunalari burchagi tashkil etish tavsiya etilsin.
Transport vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda xalqaro aeroportlar “Duty free” hududlarida va temir yoʻl vokzallarida kulolchilik va boshqa turdagi hunarmandchilik mahsulotlari savdosi uchun maxsus joylar ajratilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
9. Moliya vazirligi davlat muzeylari ehtiyojidan kelib chiqib kulollarning milliy qadriyatlarni aks ettirgan mualliflik asarlarini sotib olish uchun zarur boʻladigan mablagʻlarni 2021-yilda ajratsin hamda 2022-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutsin.
10. Vazirlik, idoralar, tijorat banklari hamda davlat korxonalariga 2022-yil 1-sentabrga qadar kulollar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali kulolchilik mahsulotlarini xarid qilishga ruxsat berilsin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda vazirlik va idoralar, banklar, davlat korxonalarining kulolchilik mahsulotlarini xarid qilish yuzasidan reja grafigini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
“Hunarmand” uyushmasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali operatorlari bilan birgalikda Elektron kooperatsiya portali hamda davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portaliga uch oyda 20 tagacha, yil yakuniga qadar kamida 50 nafar kulollarni jalb qilish yuzasidan choralar koʻrsin.
11. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Fargʻona viloyati Rishton tumanida tashkil etilgan “Xalqaro kulolchilik markazi” hududida kulollar uchun qurilgan xonadonlarni ular tomonidan sotib olish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan xonadonlar qiymatining 50 foizi miqdorida kulollarga boshlangʻich badalsiz, faqat mazkur xonadonlar garovi ostida 20 yil muddatga, 3 yil imtiyozli davr bilan, Markaziy bankning asosiy stavkasida ipoteka kreditlarini ajratish;
xonadonlar qiymatining 50 foiz miqdorini “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan qoplab berish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Ushbu mablagʻlar “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning xarajatlariga olib borilsin va foyda soligʻini hisoblashda chegirib tashlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
12. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Fargʻona viloyati Rishton tumanida quriladigan kulolchilik markazlarining tashkil etilishini moliyalashtirish uchun “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga subordinar qarz sifatida 20 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasidan 5 foiz punkt past boʻlgan yillik foizda 100,0 milliard soʻmgacha resurs mablagʻlari ajratsin.
Rishton tumanida yana 3 ta kulolchilik markazini qurish maqsadida Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan tanlab olingan tashabbuskorlarga — Markaziy bankning asosiy stavkasida kreditlar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
qurib bitkazilgan markazlardagi xonadonlarni sotib olish maqsadida kulollarga — boshlangʻich badalsiz, faqat mazkur xonadonlar garovi ostida 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ipoteka kreditlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.04 Isteʼmol krediti]
mamlakat ichki bozorida ishlab chiqarilgan kulolchilik mahsulotlarini xarid qilish uchun aholiga — 3 yil muddatga taʼminotsiz Markaziy bankning asosiy stavkasida isteʼmol kreditlari ajratiladi.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq 2021-2022-yillarda qurilishi rejalashtirilgan kulolchilik markazlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan boʻsh yer maydonlarini elektron onlayn-auksionga qoʻyilishini taʼminlasin;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda kulolchilik markazlari foydalanishga topshirilgunga qadar ularni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ va mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan amalga oshirsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
14. “Oʻzbekiston pochtasi” AJ bir oy muddatda kulolchilik mahsulotlarini xorijiy davlatlarga pochta joʻnatmasi sifatida joʻnatishda amalda belgilangan tarif stavkalariga 50 foizgacha chegirmalar taqdim etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
15. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda uch oy muddatda kulolchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish va sotib olish yuzasidan yagona platformaning ishga tushirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.17.00 Xalq badiiy hunarmandchiligi]
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda kulollarga marketing sohasida doimiy amaliy yordam koʻrsatsin va ularning mahsulotlari elektron tijorat (E-commerce) yoʻnalishida keng qoʻllaniladigan Internet jahon axborot tarmogʻi veb-saytlari orqali sotilishida zarur tashkiliy ishlarni yoʻlga qoʻysin.
16. Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
kulolchilikda ishlatiladigan tuproq turlari zaxiralari mavjud yerlarning manzilli roʻyxatini shakllantirsin;
kulollar uchun zarur tuproq turlari karyerlaridan foydalanish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi va Badiiy akademiya bilan birgalikda bir oy muddatda “Eng mohir kulol” shiori ostida koʻrgazma-tanlovni oʻtkazish boʻyicha tartib ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Anʼanaviy kulolchilik sanʼati ustalari, sanʼatshunoslar, arxeologlarni jalb qilgan holda kulolchilikni chuqur ilmiy oʻrganish, xalqaro kulolchilik gildiyalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, oʻzaro tajriba almashish hamda jahon talablariga mos sifatli mahsulotlar tayyorlashni targʻib qilish maqsadida Hunarmand uyushmasi qoshida “Anʼanaviy kulolchilik ustalari Kengashi” tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.04.00 Madaniy meros obyektlari]
18. Madaniyat vazirligi Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda tarixiy obidalarni taʼmirlash ishlariga kulol (koshinpaz)larni keng jalb qilish choralarini koʻrsin.
19. Fargʻona viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.17.00 Xalq badiiy hunarmandchiligi]
Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Badiiy akademiya bilan birgalikda Rishton shahrida “Xalqaro kulolchilik festivali” hamda festival doirasida “Anʼanaviy kulolchilikni saqlash va uni rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Rishton tumanida tashkil etiladigan kulolchilik markazlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida logistika markazi va laboratoriya tashkil etish hamda klaster tizimini joriy qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
20. Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kulolchilik mahsulotlarini keng targʻib qilishda shaxsan masʼul ekanligi belgilansin.
Bunda:
oʻzbek milliy anʼanaviy kulolchilik tarixi, uning taniqli namoyandalari ijodiy faoliyatini yoritish hamda keng targʻib etishga bagʻishlangan ilmiy-ommabop asarlarni yaratish, nashr etish va hujjatli filmlar ishlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.17.00 Xalq badiiy hunarmandchiligi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
kulolchilik tarixi hamda bugungi rivojini keng targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish;
hududlarda kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish hamda ular milliy iftixor ramzi sifatida har bir xonadonga kirib borishini taʼminlash yuzasidan targʻibot olib borish;
dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalari orqali Oʻzbekistondagi anʼanaviy kulolchilikka koʻrsatilayotgan eʼtiborni keng yoritish, ushbu yoʻnalishdagi reklama roliklarini tayyorlash va namoyish etish bilan xorijiy turistlar oqimini koʻpaytirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
Mazkur qarorning mazmun-mohiyati, markazlarning tashkil etilishi bilan bogʻliq amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4539-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
“AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB ushbu manbalar hisobidan “Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeyi va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun 36 oygacha muddatga hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshmaydigan holda, bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravarigacha, Uyushmaning Toshkent shahrida faoliyat yuritadigan aʼzolariga esa, istisno tariqasida, bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravaridan oshmaydigan miqdorda kreditlar ajratsin”.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
22. Savdo-sanoat palatasi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-mart,
PQ-5033-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PQ-5033-son qaroriga 1-ILOVA
2021 — 2023-yillarda kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha istiqbolli
REJA KOʻRSATKICHLARI
T/r
Mahsulot turi
Yillik ishlab chiqarish hajmi (ming dona)
Ishlab chiqaruvchi kulollar soni
Moliyalashtirish manbai va miqdori (mln soʻm)
Toʻplam
2021-yil
2022-yil
2023-yil
2021-yil
2022-yil
2023-yil
2021-yilda
2022-yilda
2023-yilda
Loyiha qiymati
Oʻz mablagʻlari hisobidan
Bank krediti
Loyiha qiymati
Oʻz mablagʻlari hisobidan
Bank krediti
Loyiha qiymati
Oʻz mablagʻlari hisobidan
Bank krediti
1.
Lagan
225
315
441
1 137
1 479
1 902
42 896
17 158
25 738
25 583
5 117
20 466
28 265
5 730
22 922
2.
Choynak
225
315
441
3.
Piyola
1 350
1 890
2 646
4.
Kosa
1 350
1 890
2 646
5.
Likop
900
1 260
1 764
6.
Mevadon
450
630
882
7.
Boshqalar (tuzdon, salfetnitsa va boshqalar)
900
1 260
1 764
Jami
5 400
7 560
10 584
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PQ-5033-son qaroriga 2-ILOVA
2021-2022-yillarda kulolchilik rivojlangan hududlarda qurilishi rejalashtirilgan kulolchilik markazlarining
MANZILLI ROʻYXATI
T/r
Hudud
Tuman (shahar) va manzil
Loyihaning taxminiy qiymati
Moliyalashtirish manbai
Masʼullar
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Nukus tumani, Baqanshaqli OFY
300 mln soʻm
Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Hunarmand” uyushmasi
2.
Andijon viloyati
Oltinkoʻl tumani, Farovonlik koʻchasi, 7-uy
-
Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari
Andijon viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi
Paxtaobod tumani, Sogʻlom avlod koʻchasi
-
Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari
Andijon viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi
3.
Buxoro viloyati
Buxoro shahar Imom Buxoriy MFY
20 mlrd soʻm
Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari
Buxoro viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi
4.
Jizzax viloyati
Jizzax shahar, Oʻrda bogʻi
2,5 mlrd soʻm
Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari
Jizzax viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi
5.
Qashqadaryo viloyati
Shahrisabz shahar
2 mlrd soʻm
Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari
Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi
6.
Namangan viloyati
Chortoq tumani, Oromgoh MFY hududi
4 mlrd soʻm
Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari
Namangan viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi
7.
Samarqand viloyati
Samarqand shahar, “Afrosiyob” xarobalari yon tomoni “Siyob” kanali oʻng yoqasida, “Obi-Rahmat” MFY
1 mlrd soʻm
Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari
Samarqand viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi
8.
Sirdaryo viloyati
Guliston shahar
1 mlrd soʻm
Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari
Sirdaryo viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi
9.
Surxondaryo viloyati
Sherobod tumani
500 mln soʻm
Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari
Surxondaryo viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi
10.
Xorazm viloyati
Urganch tumani “Oyoqbogʻ” MFY
1,5 mlrd soʻm
Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari
Xorazm viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi
Xiva shahri markazi
1 mlrd soʻm
Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari
Xorazm viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi
11.
Fargʻona viloyati
Rishton tumani:
“Oq-yer” MFY,
“Uch-Ariq” MFY,
“Toʻraobod” MFY,
“Qalaynav” MFY,
-
Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, Fargʻona viloyati hokimligi,“Hunarmand” uyushmasi
12.
Toshkent viloyati
Toshkent tumani, Toshkent halqa yoʻli boʻyi
-
Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari
Toshkent viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi
13.
Toshkent shahri
Olmazor tumani Islom sivilizatsiyasi markaziga yaqin hudud
1 mlrd soʻm
Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari
Toshkent shahar hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi
Shayxontohur tumani, Chorsu va Eski juva bozoriga yaqin hududlar
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PQ-5033-son qaroriga 3-ILOVA
Respublika hududidagi hunarmandchilik markazlari, yirik savdo majmualari, turistik marshrutga kiritilgan obyektlar va bozorlarda kulolchilik mahsulotlari savdosini tashkil qilish boʻyicha
MANZILLI ROʻYXAT
T/r
Hududlar nomi
Tuman (shahar)
Ajratilgan joy manzili
Maydoni
I. Hunarmandchilik markazlari
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Boʻzatov tumani
Amir Temur koʻchasi
50 kv.m.
Moʻynoq tumani
Ajiniyaz koʻchasi,74-uy
100 kv.m.
2.
Andijon viloyati
Andijon shahar
Andijon shahar “Jomye” majmuasi galereyasi
100 kv.m.
3.
Buxoro viloyati
Gʻijduvon tumani
A. Gʻijduvoniy MFY, A. Gʻijduvoniy shoh koʻchasi, 9-uy (kulol Alisher Narzullayev muzeyi)
50 kv.m.
Gʻijduvon tumani
A. Qahhor MFY, Kimson koʻchasi, 55-uy (kulol Abdullo Narzullayev muzeyi)
100kv.m.
4.
Jizzax viloyati
Jizzax shahar
Sangzor MFY, Sh. Rashidov koʻchasi, 128-uy
100 kv.m.
5.
Qashqadaryo viloyati
Qarshi shahar
I. Karimov koʻchasi, “Odina” majmuasi
100 kv.m.
Shahrisabz shahar
Oqsaroy majmuasi, Alleya hududi
100 kv.m.
6.
Navoiy viloyati
Karmana tumani
“Talqoq” MFY, Navoiy koʻchasi
50 kv.m.
Nurota tumani
Nurota tumani “Eshon Sudur” MFY, Nurota tumani, “Chashma” majmuasi
100 kv.m.
7.
Namangan viloyati
Norin tumani
Norin hunarmandlar markazi
100 kv.m.
Pop tumani
Pop Gʻurumsaroy markazi
50 kv.m.
8.
Samarqand viloyati
Samarqand shahar
I. Karimov, 43 A-uy
50 kv.m.
Samarqand shahar
Lui Gonsalez Deklavia (Ruhobod hunarmandchilik markazi)
100 kv.m.
9.
Sirdaryo viloyati
Guliston shahar
Samarqand koʻchasi
50 kv.m.
10.
Surxondaryo viloyati
Termiz shahar
A. Navoiy koʻchasi, Savdo sanoat palatasi binosi
100 kv.m.
Boysun tumani
Tuzbozor MFY
50 kv.m.
11.
Xorazm viloyati
Yangiariq tumani
Kattabogʻ qishlogʻi
50 kv.m.
Xiva shahar
Nurullaboy hunarmandchilik markazi
100 kv.m.
12.
Fargʻona viloyati
Rishton tumani
Toʻqimachilar koʻchasi, 43
100 kv.m.
Qoʻqon shahar
“Jomye” madaniy meros obyekti
50 kv.m.
13.
Toshkent viloyati
Chirchiq shahar
Chirchiq shahar, 3-sonli V. Haydarov MFY, V. Haydarov koʻchasi
100 kv.m.
14.
Toshkent shahri
Shayxontohur tumani
Oqlon mahallasi, Rahimovlar studiyasi
100 kv.m.
II. Yirik savdo majmualari
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Nukus shahar
Nukus savdo kompleksi
100 kv.m.
2.
Andijon viloyati
Andijon shahar
Jahon bozori
100 kv.m.
3.
Buxoro viloyati
Buxoro shahar
Markaziy dehqon bozori hududida
100 kv.m.
4.
Jizzax viloyati
Jizzax shahar
Buyum bozori
100 kv.m.
5.
Qashqadaryo viloyati
Qarshi shahar
Farovon savdo kompleksi
50 kv.m.
6.
Navoiy viloyati
Navoi? shahri
Navoiy “Savdo kompleksi” MCHJ
100 kv.m.
Navoiy shahri
Navoiy markaziy “Saxovat” dehqon bozori
50 kv.m.
7.
Namangan viloyati
Namangan shahar
Afsonalar vodiysi
100 kv.m.
8.
Samarqand viloyati
Samarqand shahar
Farovon savdo kompleksi
100 kv.m.
9.
Sirdaryo viloyati
Guliston shahar
Baraka savdo kompleksi
50 kv.m.
Sirdaryo tumani
Baxt savdo majmuasi
50 kv.m.
Yangiyer shahar
Savdo majmuasi
50 kv.m.
10.
Surxondaryo viloyati
Termiz shahar
“Yashil dunyo” savdo kompleksi
100kv.m.
11.
Xorazm viloyati
Urganch shahar
“Toʻmaris Nur” savdo kompleksi
50 kv.m.
12.
Fargʻona viloyati
Margʻilon shahar
“Fayz savdo kompleksi”
100 kv.m.
13.
Toshkent viloyati
Zangiota tumani
Zangiota tumani, Qatortol MFY, Chinni bozor
100 kv.m.
14.
Toshkent shahri
Mirobod
Toshkent univermagi
100 kv.m.
Yakkasaroy
“NEXT” koʻngilochar savdo markazi
50 kv.m.
III. Turistik marshrutga kiritilgan obyektlar
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Nukus shahar
A. Dosnazarov koʻchasi (Nukus “Temir yoʻl” binosida)
50 kv.m.
2.
Andijon viloyati
Andijon shahar
Abduvahabov Mirzabahrom uy-ustaxonasi
50 kv.m.
3.
Buxoro viloyati
Buxoro shahar
“Noʻgʻay karvon saroy”
100 kv.m.
4.
Jizzax viloyati
Jizzax shahar
Jelli-Gʻuli MFY, S. Qoʻchqarov koʻchasi, 20-uy
100 kv.m.
5.
Qashqadaryo viloyati
Shahrisabz shahar
Alleya hududidagi “Koʻk gumbaz” majmuasi
50 kv.m.
6.
Navoiy viloyati
Karmana tumani
Karmana tumani “Sardoba” MFY, Sardoba, XI asr
50 kv.m.
7.
Namangan viloyati
Yangiqoʻrgʻon tumani
Beshbuloq MFY, V. Ahmedov koʻchasi, 34-uy
50 kv.m.
8.
Samarqand viloyati
Samarqand shahar
Registon ansambli “Sherdor madrasasi”
50 kv.m.
9.
Sirdaryo viloyati
Guliston shahar
Boʻston MFY
50kv.m.
10.
Surxondaryo viloyati
Termiz tumani
“Al-Hakim at-Termiziy” maqbarasi
100 kv.m.
11.
Xorazm viloyati
Xiva shahar
Ichan qalʼa majmuasi
100 kv.m.
12.
Fargʻona viloyati
Rishton tumani
Ravshan Tojiddinov ustaxonasi (M. Topvoldiyev MFY. M. Temirov 7a-uy)
100 kv.m.
13.
Toshkent viloyati
Zangiota tuman
Zangiota ziyoratgohi majmuasi
100 kv.m.
14.
Toshkent shahri
Chilonzor
Abul Qosim madrasasi
100 kv.m.
IV. Bozorlar hududida
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Amudaryo tumani
Mangʻit savdo kompleksi MCHJ
100 kv.m.
Toʻrtkoʻl tumani
Toʻrtkoʻl tumani Savdo kompleksi MCHJ hududidagi “Hunarmandlar bozorchasi”
100 kv.m.
Qoʻngʻirot tumani
Buyum bozori MCHJ
100 kv.m.
2.
Andijon viloyati
Andijon shahar
Andijon shahar Dehqon bozori
100 kv.m.
3.
Buxoro viloyati
Gʻijduvon tumani
Yu. Hamadoniy koʻchasida joylashgan Gʻijduvon Dehqon bozori hududida
50 kv.m.
4.
Jizzax viloyati
Jizzax shahar
Eski shahar buyum bozori
100 kv.m.
5.
Qashqadaryo viloyati
Qarshi shahar
Yerqoʻrgʻon dehqon (oziq-ovqat) bozori
100kv.m.
Qarshi shahar
Qarshi Markaziy (oziq-ovqat) dehqon bozori
100 kv.m.
Shahrisabz shahar
Yangi Kesh MCHJ
50 kv.m.
Shahrisabz shahar
Olchazor impeks MCHJ
50 kv.m.
Shahrisabz shahar
Koʻhna Turon Mega MCHJ
50 kv.m.
Kasbi tumani
Moʻgʻlon shaharchasi “Markaziy Dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ
100 kv.m.
Qarshi tumani
Qarshi tuman Dehqon bozori
100 kv.m.
6.
Navoiy viloyati
Zarafshon shahar
Zarafshon “Savdo kompleksi” MCHJ
100 kv.m.
Uchquduq tumani
Uchquduq “Savdo kompleksi” MCHJ
100kv.m.
Qiziltepa tumani
Qiziltepa “Saxovat” dehqon bozori
50 kv.m.
7.
Namangan viloyati
Namangan shahar
Chorsu dehqon bozori hududi
50 kv.m.
8.
Samarqand viloyati
Samarqand shahar
Siyob dehqon bozori hududi
100 kv.m.
9.
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo tumani
Baxt-baraka bozori
100 kv.m.
10.
Surxondaryo viloyati
Termiz shahar
Termiz Markaziy dehqon bozori hududi
100 kv.m.
11.
Xorazm viloyati
Urganch shahar
Urganch dehqon bozori hududi
100 kv.m.
12.
Fargʻona viloyati
Fargʻona shahar
Fargʻona dehqon bozori
100 kv.m.
13.
Toshkent viloyati
Zangiota tumani
Zangiota tumani Qatortol MFY Chinni bozor
100 kv.m.
Chirchiq shahar
Chirchiq shahar 8-mikrorayon bozor hududi, 42 A-uy
50 kv.m.
14.
Toshkent shahri
Yunusobod
Oloy dehqon bozori
50 kv.m.
Yakkasaroy
Askiya dehqon bozori
100 kv.m.
Shayxontohur
Chorsu dehqon bozori
100 kv.m.
Izoh: mazkur roʻyxat yangi tashkil etiladigan savdo komplekslari, bozorlar va markazlar soniga mutanosib ravishda oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PQ-5033-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari binolarida tashkil etilgan shourum, yirik shaharlarda ochilgan doimiy ishlab turuvchi koʻrgazma zali va savdo doʻkonlariga kulolchilik va boshqa hunarmandchilik mahsulotlari namunalari yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Davlat nomi
Ajratilgan joy manzili, maydoni
Mahsulot soni
(dona)
Mahsulot qiymati
(mln soʻmda)
Masʼul idora va tashkilotlar
1.
Belgiya
Elchixona binosida shourum,
Bryussel shahri 28 kv.m.
134
33,6
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
“Hunarmand” uyushmasi
2.
Buyuk Britaniya
Elchixona binosida shourum,
London shahri 16 kv.m.
72
18,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
“Hunarmand” uyushmasi
“Kensington Antique Centre”, koʻrgazmalar binosida, savdo doʻkoni,
London shahri 25 kv.m.
120
30,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
3.
Germaniya
Doimiy ishlab turuvchi koʻrgazma zali,
Berlin shahri Glinkashtrasse koʻchasi, 154 kv.m.
600
150,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
4.
Hindiston
Elchixona binosida shourum,
Deli shahri 50 kv.m.
240
60,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
“Shipra Sun City Mall”, savdo majmuasida savdo doʻkoni,
Gaziabad shahri 30 kv.m.
144
36,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
5.
Italiya
Oʻzbekiston milliy pavilyoni 17-Xalqaro arxitektura binosi koʻrgazma zali,
“Tian Ma” savdo markazida “Oʻzbekiston” savdo uyi,
Lyanyungan shahri 100 kv.m.
480
110,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
“Yiwu UzCraft and Art Ltd” cavdo uyi,
Ivu shahri 100 kv.m.
480
120,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
“Starmall” cavdo markazida “Oʻzbekiston” savdo uyi,
Chjuxay shahri 100 kv.m.
440
120,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
8.
Latviya
Elchixona binosida shourum,
Riga shahri 36,6 kv.m.
172
43,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
“ARMAS” kompaniyasi binosida hunarmandchilik savdo doʻkoni,
Riga shahri 20 kv.m.
96
24,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
9.
Malayziya
“GM Kelang Wholesale City”, savdo markazi koʻrgazma zali,
Selangor shtati 40 kv.m.
192
48,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
10.
Rossiya
“Xalq xoʻjaligi yutuqlari” koʻrgazma majmuasidagi “Oʻzbekiston” milliy pavilyoni,
Moskva shahri 100 kv.m.
440
120,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
Elchixona binosida shourum,
Moskva shahri 140 kv.m.
480
120,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
Elchixonaning mehmonxonasi zali,
Moskva shahri 90 kv.m.
400
100,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
11.
Tojikiston
Xidoyat savdo markazida savdo doʻkoni,
Dushanbe shahri 35 kv.m.
168
42,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
12.
Turkiya
Elchixona binosida shourum,
Anqara shahri 12 kv.m.
56
14,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
Elchixona binosida shourum,
Istanbul shahri 12 kv.m.
56
14,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
Elchixona binosida shourum,
Antaliya shahri 12 kv.m.
56
14,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
13.
Fransiya
Elchixona binosida shourum,
Parij shahri 100 kv.m.
600
150,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
14.
Yaponiya
“Oʻzbekiston-Nagoya” doʻstlik jamiyati binosida koʻrgazma zali,
Nagoya shahri 50 kv.m.
240
68,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
15.
Gretsiya
Hunarmandchilik mahsulotlari Savdo uyi,
Afina shahri 80 kv.m.
384
96,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
16.
Afgʻoniston
“Hunarmand” uyushmasining “Mudtahid” savdo majmuasida “Afgʻon-Oʻzbek” savdo uyi,
Mozori Sharif shahri 120 kv.m.
576
140,0
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi
7 642
1,9 mlrd
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2021-y., 07/21/5033/0227-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)