|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.01.2021
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
YaNGI TAHRIRDAGI “AHOLINI ISh BILAN TA’MINLASh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-sonli “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 21-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1998-yil 22-maydagi 102 (1883)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar o‘zlarining mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlarini va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 1-may,
617-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 98-modda)