O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga doir faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturini bajarish hamda aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlarning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va mehnat organlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining:
aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘linmalari va mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish mexanizmini;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarini ishsizlarni va band bo‘lmagan fuqarolarni ishga joylashtirishda faol ko‘maklashganligi uchun moddiy rag‘batlantirish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) bo‘linmalari va mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda u 2018-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish har bir organini, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘linmalarini butunjahon Internet tarmog‘iga ulagan holda kompyuter bilan hamda Bo‘sh ish o‘rinlarning milliy bazasidan foydalanish imkonini beradigan konfiguratsiya bilan jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uch oy muddatda aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarini Bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasiga bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va fuqarolarni ishga joylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiylashtirish uchun Bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasidan foydalanish ko‘nikmalariga o‘qitishni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Fuqarolarni ishga joylashtirilganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tasdiqlangan to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, Bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasiga mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklaridagi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlardagi bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimi 2018-yil 1-apreldan boshlab joriy etilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-dekabr,
964-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 964-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) bo‘linmalari va mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) bo‘linmalari va mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish (keyingi o‘rinlarda o‘zaro hamkorlik qilish tartibi deb ataladi) tartibini ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ishga joylashtirish bo‘yicha agent — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) bo‘linmalarining aholini ishga joylashtirishda ko‘maklashuvchi xodimlari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda “Ishga joylashtirish” AAT deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga joylashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, u ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari (keyingi o‘rinlarda ABKM deb ataladi) aholini ishga joylashtirish ishlarini amalga oshirish doirasida o‘zaro hamkorlik qilishni ta’minlash imkonini beradi;
Bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasi (keyingi o‘rinlarda bo‘sh ish o‘rinlari deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning onlayn bazasi.
3. Ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar ABKM bilan tuzilgan bitimlar asosida aholini, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlarni quyidagi yo‘llar bilan ishga joylashtirishga ko‘maklashish ishlarini amalga oshiradilar:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tegishli hududiy organlarida (keyingi o‘rinlarda FO‘O deb ataladi) yashaydigan va ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, shuningdek, salohiyatli ish beruvchilarni, birinchi navbatda, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari jumlasidan bo‘lgan ish beruvchilarni hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlarning yagona axborot bazasini tashkil qilish;
bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklaridagi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlardagi bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni kiritish.
4. Aholini ishga joylashtirishga ko‘maklashganlik uchun bitimlar tuzgan ishga joylashtirish bo‘yicha agentlarga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar (keyingi o‘rinlarda to‘lovlar deb ataladi) amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. To‘lovlar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mehnat bozoridagi real vaziyatdan va respublikaning har bir aniq tumani (shahri)dagi bandlik dinamikasidan kelib chiqqan holda, lekin qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ish qidiruvchi shaxslar jumlasiga 16 yoshdan boshlab, ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmagan, tegishli FO‘O hududida yashaydigan, “Ishga joylashtirish” AATga, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘linmalariga murojaat qilgan shaxslar kiradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
2-bob. Aholini ishga joylashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik qilish tartibi
7. O‘zaro hamkorlik qilish tartibi “Ishga joylashtirish” AAT asosida ta’minlanadi.
8. ABKM tomonidan ishga joylashtirish bo‘yicha agentga tegishli ro‘yxatdan o‘tkazishdan keyin “Ishga joylashtirish” AATdan foydalanish imkoniyati beriladi, ushbu imkoniyat ularga quyidagi huquqlarni beradi:
bo‘sh ish o‘rinlari bazasidan, shu jumladan bo‘sh ish o‘rinlari bazasidagi vakansiyalar to‘g‘risidagi axborotni kiritish, o‘zgartirish va chiqarish imkoniyatidan foydalanish;
ishsizlarni va band bo‘lmagan shaxslarni ishga joylashtirishga yo‘llanmani rasmiylashtirish.
9. “Ishga joylashtirish” AATdan foydalanish uchun ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ABKMga quyidagi maqsadda taqdim etadi:
ABKM bilan ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar o‘rtasida bitim tuzish;
“Ishga joylashtirish” AATga ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni (F.I.O., lavozimi va ish joyi, pasportining raqami, STIR, telefon raqami va elektron pochta manzilini) kiritish.
Ro‘yxatdan o‘tkazish va bo‘sh ish o‘rinlari bazasidan foydalanish uchun ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar majburiy tartibda elektron raqamli imzoni rasmiylashtiradilar.
10. Ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar tomonidan “Ishga joylashtirish” AATga va bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan ishsizlar va band bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish quyidagi majburiy tartibotlarni o‘z ichiga oladi:
ishga joylashtirish bo‘yicha agentni indentifikatsiya qilish (ERI va maxfiy kod yordamida tizimga kirish);
ish qidirayotgan band bo‘lmagan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, uning F.I.O.sini, pasporti raqamini, STIRni, yashash manzilini, jinsi, tug‘ilgan sanasi va joyi, oilaviy ahvoli, qaramog‘idagilarning mavjudligi, ta’lim bo‘yicha olingan ma’lumoti, malakasi va oldingi mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish;
ish beruvchilardan olingan bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish, unda aniq bo‘sh lavozim, mehnat sharoitlari, ish haqi miqdori, ma’lumoti darajasiga nisbatan talablar, malakasi, ish tajribasi, shuningdek, tashkilotning majburiy tartibda STIR aniq ko‘rsatiladi.
11. Ishga joylashtirish bo‘yicha agentlar tomonidan “Ishga joylashtirish” AATga va bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning, shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘ri kiritilganligi tekshiriladi va belgilangan tartibda ABKMning mas’ul xodimi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Bo‘sh ish o‘rinlari bazasida mavjud bo‘lgan ishga joylashtirishga band bo‘lmagan shaxsni yuborishni rasmiylashtirish “Ishga joylashtirish” AATga kiritilgan ma’lumotlarga muvofiq avtomatik ravishda generatsiya qilinadi, so‘ngra bo‘sh ish o‘rni besh ish kuni mobaynida (ishga joylashtirishga berilgan yo‘llanmaning amal qilish sanasiga) zaxira qilib qo‘yilgan hisoblanadi.
Ishga joylashtirishga berilgan yo‘llanma bo‘yicha ishga qabul qilingan taqdirda ishga joylashtirish bo‘yicha agent bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqning tartib raqamini kiritishi shart, unda ishni boshlash sanasi ko‘rsatiladi hamda shu vaqtdan boshlab bo‘sh ish o‘rni to‘ldirilgan hisoblanadi va bo‘sh ish o‘rinlari bazasidan chiqariladi.
Keyingi besh kun mobaynida ishga qabul qilish to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda ishga joylashtirishga yo‘llanma avtomatik ravishda o‘z kuchini yo‘qotadi, bo‘sh ish o‘rni esa takroran bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga kiritiladi.
13. Band bo‘lmagan shaxsni ishga joylashtirishning haqqoniyligi ishga joylashtirish bo‘yicha agent tomonidan “Ishga joylashtirish” AATda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarining har oyda to‘langani to‘g‘risidagi davlat soliq xizmati organlaridan muntazam ravishda olingan ma’lumotlari asosida avtomatik ravishda aniqlanadi. Bunda agar sug‘urta badallari ishga qabul qilish to‘g‘risidagi axborot “Ishga joylashtirish” AATga kiritilgan sanadan boshlab kamida olti oy mobaynida to‘langan taqdirda, har oylik sug‘urta badallari esa qonunchilikda belgilangan miqdorlardan kam bo‘lmagan summada to‘langan taqdirda band bo‘lmagan shaxs ishga joylashtirilgan hisoblanadi.
3-bob. Ishga joylashtirish bo‘yicha agentlarni moddiy rag‘batlantirish
14. Ishga joylashtirish bo‘yicha agentlarga rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lov ishga joylashtirish bo‘yicha agent tomonidan quyidagilar ta’minlangan taqdirda amalga oshiriladi:
“Ishga joylashtirish” AATga va bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklaridagi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlardagi bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar kiritilgan bo‘lsa, keyinchalik band bo‘lmagan shaxs ko‘rsatilgan bo‘sh o‘ringa ishga joylashsa — ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilangan to‘lov summasining 100 foizi miqdorida;
band bo‘lmagan shaxs mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bazasida ishga joylashtirilganda, ko‘rsatib o‘tilgan bo‘sh ish o‘rniga kiritish ishga joylashtirish bo‘yicha agentning ishtirokisiz amalga oshirilgan bo‘lsa — ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan to‘lov summasining 70 foizi miqdorida;
bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar kiritilganda, bunda band bo‘lmagan shaxsni ko‘rsatilgan bo‘sh ish o‘rniga ishga joylashtirish bo‘yicha agentning ishtirokisiz amalga oshirilganda — ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan to‘lov summasining 30 foizi miqdorida to‘lanadi;
yuqorida ko‘rsatilgan barcha holatlarda to‘lovlar bo‘sh ish o‘rniga ishga joylashtirilayotgan shaxs har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan muddatga muvofiq to‘laganda amalga oshiriladi.
15. Ishga joylashtirish bo‘yicha agentga to‘lovlar quyidagi holatlarda amalga oshirilmaydi:
bo‘sh o‘rinlar bazasiga belgilangan tartibga muvofiq bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga kiritish uchun tegishli ma’lumotlarni majburiy tartibda taqdim etishi kerak bo‘lgan tashkilotlar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilganda;
“Ishga joylashtirish” AATga aynan u yoki bu shaxs takroran har xil tashkilotlarga oldingi ishga joylashtirilgan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida takroran ishga joylashtirilganligi to‘g‘risidagi axborot yoxud aynan u yoki bu tashkilotdagi turli lavozimlarga bir necha marta ishga joylashtirilganligi to‘g‘risidagi axborot kiritilganda;
band bo‘lmagan shaxslar tegishli ma’lumotlarni bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga kiritmasdan ishga joylashtirilganda yoxud ma’lumotlar amalda ishga joylashtirilgandan keyin kiritilganda.
4-bob. Yakunlovchi qoida
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘linmalari va mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) bo‘linmalari va mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish
TARTIBI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Aholini, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘linmalari va mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

______________________________________________________________
Aholini bandlikka ko‘maklashish markazining nomi

Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida
MA’LUMOTLAR

___________________________________________________________________________________________________________________________bo‘yicha
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
tuman (shahar) bo‘linmasining nomi

_____________________________________________________________________
(Ishga joylashtirish bo‘yicha agentning F.I.O.)

T/r

Vakansiyalar haqida ma’lumotlar (ishga joylashtirish bo‘yicha agentning ishtirokisiz kiritilgan)

Ishga joylashtirilgan shaxslar haqida ma’lumot

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan ijtimoiy sug‘urta badallari haqidagi ma’lumot (ishga qabul qilingandan keyin
6 oydan kam bo‘lmagan muddatda)

To‘lovlar (belgilangan miqdorining 100 foizi)

Lavozim nomi

Tashkilotning nomi va manzili

F.I.O.

Yashash joyi va manzili

STIR raqami

Ishga qabul qilinganligi haqidagi buyruqning sanasi va raqami

1-oy

2-oy

3-oy

4-oy

5-oy

6-oy


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


Jami to‘lovlar: __________________________________________________________________________________________________

summasi raqamda va yozma shaklda

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Aholini, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘linmalari va mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

______________________________________________________________
Aholini bandlikka ko‘maklashish markazi nomi

Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida
MA’LUMOTLAR

___________________________________________________________________________________________________________________________bo‘yicha
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

tuman (shahar) bo‘linmasining nomi

_____________________________________________________________________
(Ishga joylashtirish bo‘yicha agentning F.I.O.)

T/r

Vakansiyalar haqida ma’lumotlar (ishga joylashtirish bo‘yicha agentning ishtirokisiz kiritilgan)

Ishga joylashtirilgan shaxslar haqida ma’lumot

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan ijtimoiy sug‘urta badallari haqidagi ma’lumot (ishga qabul qilingandan keyin
6 oydan kam bo‘lmagan muddatda)

To‘lovlar (belgilangan miqdorining 70 foizi)

Lavozim nomi

Tashkilotning nomi va manzili

F.I.O.

Yashash joyi va manzili

STIR raqami

Ishga qabul qilinganligi haqidagi buyruqning sanasi va raqami

1-oy

2-oy

3-oy

4-oy

5-oy

6-oy


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


 


Jami to‘lovlar: ____________________________________________________________________________________________

summasi raqamda va yozma shaklda

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Aholini, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘linmalari va mehnat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA

___________________________________________________________________
Aholini bandligiga ko‘maklashish markazining nomi

Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
MA’LUMOTLAR

__________________________________________________________________________________________________________________________bo‘yicha
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

tuman (shahar) bo‘linmasining nomi

_____________________________________________________________________
(Ishga joylashtirish bo‘yicha agentning F.I.O.)

T/r

Kiritilgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar

Ishga joylashtirilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langanligi to‘g‘risida axborot (ishga qabul qilingandan keyin
kamida 6 oy muddatda)

To‘lovlar belgilangan miqdorning 30 foizi

Lavozimning nomi

Tashkilotning nomi va manzili

F.I.O.

Yashash joyi va manzili

STIR raqami

Ishga qabul qilingani to‘g‘risidagi buyruqning sanasi va №

1-oy

2-oy

3-oy

4-oy

5-oy

6-oy















To‘lovlarning hammasi
____________________________________________________________________________________________

summasi — raqamda va yozma shaklda

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 09/17/964/0367-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)