O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish hamda mehnatini muhofaza qilish tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qarorini ijro etish, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklangan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirish, vazirlik faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, mehnat, aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni samarali amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
6. Toshkent shahrining Sergeli tumani, Lutfikor ko‘chasi, 33-uyda joylashgan Sergeli yengil sanoat va servis kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tutash hududlari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Respublika mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish kurslarini joylashtirish uchun operativ boshqarish huquqi asosida o‘tkazilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/819/1210-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
15. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-dekabr,
1066-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/819/1210-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 21-modda):
a) qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) ilovada:
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida nizom”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Guruhli, o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyat (Toshkent shahar) bandlik bosh boshqarmasi buyrug‘iga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya maxsus tekshiradi”;
to‘rtinchi xatboshidagi “Davlat mehnat texnika nazorati” so‘zlari “Davlat mehnat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“maxsus tekshirishning barcha materiallari nusxalarini viloyat (Toshkent shahar) bandlik bosh boshqarmasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, shuningdek, tegishli vazirlikka (xo‘jalik boshqaruvi organi), korxonaga va uning yuqori turuvchi xo‘jalik organiga, jabrlangan xodimni yuborgan tashkilotga yuboradi”;
IV bo‘limning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Ikki va undan ziyod kishi halok bo‘lgan baxtsiz hodisa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’atida, viloyat (Toshkent shahar) bandlik bosh boshqarmasi kengashida, O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” yoki “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi hay’atida, baxtsiz hodisa shu organ nazorati ostidagi korxona (obyekt)da yuz bergan bo‘lsa, bosh davlat mehnat texnik inspektori ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’ati, viloyat (Toshkent shahar) bandlik bosh boshqarmasi kengashi chiqargan qaror bajarilishi shartdir”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qarorining 1-bandidan (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 1-modda) “Aholini ish bilan ta’minlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llash, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 9-son, 100-modda):
a) 1-ilovada:
54-bandining birinchi xatboshidagi “Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi bo‘yicha davlat inspeksiyasi” so‘zlari “Davlat mehnat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-ilovadagi “Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i” so‘zlari “Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi bo‘yicha davlat inspeksiyasi hamda Davlat mehnat huquq inspeksiyasi” so‘zlari “Davlat mehnat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2017-yil 27-apreldagi 246-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 55-modda):
a) 2-ilovada:
33-banddagi “mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi” so‘zlari “Davlat mehnat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
36-bandning ikkinchi xatboshidagi “mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi davlat inspeksiyalariga” so‘zlari “Davlat mehnat inspeksiyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovada:
2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish organi — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining davlat mehnat inspeksiyalari”;
Nizomga 2 va 3-ilovalardagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi inspeksiyasi boshlig‘i)” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2025-y., 09/25/158/0235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 10-maydagi 349-son qarorida:
5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “Davlat mehnat huquq inspeksiyasi” so‘zlari “Davlat mehnat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandi uchinchi xatboshisidagi “Davlat mehnat huquq inspeksiyasi” so‘zlari “Davlat mehnat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida” 1993-yil 24-iyundagi 310-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qaroriga ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 27-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 19-fevraldagi 29-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 10-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarori)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda) 2-ilovaning 3-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 15-son, 249-modda, 25-son, 539-modda, 37-son, 997-modda) 1-ilovaning 32-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-iyuldagi 482-son qarorining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 139-modda), shuningdek, unga 1 va 2-ilovalar.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 37-son, 990-modda) ilovaning 27-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha respublika reabilitatsiya Markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-oktabrdagi PQ-3352-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 39-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 18-modda) ilovaning 2-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son qarori)” 2018-yil 13-avgustdagi 652-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son, 09.07.2019-y., 07/19/566/3396-son, 07.09.2019-y., 09/19/743/3710-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son; 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son; 30.01.2021-y., 09/21/44/0072-son, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, 05.04.2021-y., 09/21/182/0282-son, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son, 24.06.2021-y., 09/21/391/0590-son, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 13.03.2025-y., 09/25/158/0235-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 25.12.2025-y., 09/25/819/1210-son)