Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son va “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son qarorlari)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son va “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 3-oktabr,
841-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 7-martdagi 124-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 10-son, 148-modda):
a) 5-banddagi “13” raqami “21” raqami bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
BOSHQARUV TUZILMASI

Yuridik byuro

2

Direktor

Menejer

Direktorning birinchi oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari

Koʻllar tizimini baliqlantirish hamda brakonyerlikni oldini olish ishlarini tashkil etish shuʼbasi

2

Zamonaviy texnologiyalar asosida toʻliq tizimli inkubatsiya sexi faoliyatini yuritish, sunʼiy suv havzalarida va qafas moslamalarda baliq chavoqlari hamda tovar baliqlar yetishtirishni tashkil etish shuʼbasi

2

Kanselyariya

Kadrlar ishlari boʻyicha mutaxassis

Baliq zaxiralarini monitoring qilib borish, baliq resurslarini hamda yangi tur baliqlarni koʻpaytirish ishlarini tashkil etish mutaxassisi

Baliq chavoqlari va tovar baliqlar yetishtirish uchun ozuqa ekinlarini ekish hamda omuxta yemlar tayyorlashni tashkil etish mutaxassisi

Buxgalteriya shuʼbasi

2

Iqtisodchi

Ijarachilar bilan ishlash shuʼbasi

2

Qurilish ishlarini tashkil etish mutaxassisi

Boshqaruv xodimlari soni 21 shtat birligidan iborat.
Izoh. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan normativlar boʻyicha belgilanadi.”;
9-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Komissiyaga Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari yoki u vakolat bergan masʼul shaxs rahbarlik qiladi”;
44-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) baliq ovlash xoʻjaligi tomonidan oʻtgan yilda bir gektar tabiiy suv havzasini oʻrtacha baliq (turlari boʻyicha) chavoqlari bilan baliqlantirish miqdori”;
45-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“45. Ijaraga berilgan tabiiy suv havzasi uchastkalari boʻyicha ijara haqi miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ih = H1 * Mu * Is, bunda:
Ih — ijara haqi;
H1 — bir gektarning oʻrtacha mahsuldorligi, kg (10 kg belgilangan oʻzgarmas koeffitsiyent);
Mu — suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni, ga;
Is — mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining foiz stavkasi, soʻmda”;
46-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“46. Ijara haqi hisoblashda ijaraga berilgan suv havzasi uchastkasining har gektaridan ovlanadigan baliq miqdori eng kamida 10 kg hisobida qoʻllanadi.”;
47-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“48. Baliq ovlash xoʻjaliklari tomonidan ijara haqi uch qismga boʻlib yil davomida toʻlanadi. Bunda, yillik ijara haqining 30 foizi 1-aprelga qadar, 35 foizi 1-oktabrga qadar, qolgan qismi 1-dekabrga qadar toʻlanadi.”;
2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Baliq ovlash xoʻjaliklari tomonidan toʻlanadigan ijara haqi toʻlovini hisoblashda suv havzalari uchastkalari mahsuldorligiga bogʻliq holda qoʻllaniladigan stavkalar miqdori

Mahsuldorlik,
ga/kg

Bazaviy hisoblash
miqdorining
, foiz

Ijara haqini hisoblash

Formulasi

10 gacha

100,0

(10 x 1 x 100 % BHM/ 100)

10,1 — 30 gacha

90,0

(10 x 1 x 90 % BHM/ 100)

30,1 — 50 gacha

80,0

(10 x 1 x 80 % BHM/ 100)

50,1 — 70 gacha

70,0

(10 x 1 x 70 % BHM/ 100)

70,1 — 80 gacha

60,0

(10 x 1 x 60 % BHM/ 100)

80,1 — 90 gacha

50,0

(10 x 1 x 50 % BHM/ 100)

90,1 — 100 gacha

40,0

(10 x 1 x 40 % BHM/ 100)

100,1 dan yuqori

30,0

(10 x 1 x 30 % BHM/ 100)

Eslatma:
1) bir gektarning oʻrtacha mahsuldorligi, kg (10 kg belgilangan oʻzgarmas koeffitsiyent);
2) suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni, ga;
3) 1 ga tabiiy suv havzaga qoʻllaniladigan bazaviy hisoblash miqdorining foiz stavkasi;
4) bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) bir baravari miqdorida.
Bunda: 1 ga tabiiy suv havzasiga eng yuqori 100 foizli stavka boʻyicha hisoblangan ijara haqi bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida.
1) 10 x 1 x 100% x 223000 / 100 — 22 300 soʻm — 10 kg.
2) 10 x 1 x 90% x 223000 / 100 — 20 070 soʻm — 30 kg.
3) 10 x 1 x 80% x 223000 / 100 — 17 840 soʻm — 50 kg.
4) 10 x 1 x 70% x 223000 / 100 — 15 610 soʻm — 70 kg.
5) 10 x 1 x 60% x 223000 / 100 — 13 380 soʻm — 80 kg.
6) 10 x 1 x 50% x 223000 / 100 — 11 150 soʻm — 90 kg.
7) 10 x 1 x 40% x 223000 / 100 — 8 920 soʻm — 100 kg.
8) 10 x 1 x 30% x 223000 / 100 — 6 690 soʻm — 100,1 kg. dan yuqori.
1 ga suv havzasiga eng past 30 foizli stavka boʻyicha hisoblangan ijara haqi — 6 690 soʻm.
(10 x 1 x 30% BHM/ 100) — 6 690
Izoh. Bazaviy hisoblash miqdori oʻzgarishi bilan birga ijara haqi summasining miqdori ham oʻzgaradi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-dekabrdagi 963-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish shartlari va tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Xodimlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotib olish uchun har yili bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida toʻlov tashkilotlar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Zarur holatlarda, ish xaqi fondi doirasida (kam taʼminlangan oilalar, xodimning davolanishi, toʻy, maʼraka va boshqalar uchun) xodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda moddiy yordam puli toʻlanadi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 205-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 12-son, 224-modda) bilan tasdiqlangan Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandidagi “tuman veterinariya boʻlimi” soʻzlari “tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-maydagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga elektron soʻrovga muvofiq maʼlumotlar ayirboshlashning dasturiy taʼminoti orqali ular maʼlumotlar bazasini shakllantirishlaridan oldin maʼlumotlar taqdim etadigan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga ularning maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyxati 15-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi 532-son qarorida:
a) 2-ilovaning 9-bandidagi “6-bandida” soʻzlari “7-bandida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning 31-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. Tegishli malaka toifalariga ega boʻlgan veterinariya xizmati, shu jumladan boshqaruv xodimlarining oylik ish haqlariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan budjet mablagʻlari hisobidan quyidagicha ustamalar belgilanadi:
ikkinchi toifali — 8,8 foiz;
birinchi toifali — 12,3 foiz;
oliy toifali — 21,1 foiz”.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 16-apreldagi 161-son qaroriga 2-ilovaning 14-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 3-apreldagi 131-F-son farmoyishi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son; 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son; 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son)