Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.06.2019
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Farg‘ona viloyatida chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Farg‘ona viloyatida seleksiya-naslchilik ishlarini yuritishning ilmiy asoslangan innovatsion usullarini joriy etish, chorva mollari bosh soni va ozuqa maydonlari mutanosibligini ta’minlash, aholi xonadonlarida sigirlarni sun’iy urug‘lantirish ishlarini tashkil etishning yangi tizimini sinab ko‘rish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, Respublika “Nasl xizmat” uyushmasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Farg‘ona viloyati hokimligi huzurida muassasa shaklidagi Farg‘ona viloyati “Chorva nasl xizmat” markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) va uning tuman (shahar)lardagi hududiy markazlarini (keyingi o‘rinlarda tuman (shahar) hududiy markazlari deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi “Chorva nasl xizmat” markazi xodimlarining cheklangan umumiy soni 6 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga, tuman (shahar) hududiy markazlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
qoramollarni bo‘rdoqiga boqish ishlarini keng joriy etish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va kelgusida eksport siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek, ichki bozorlarda go‘sht narxlari oshib ketishining oldini olish maqsadida 2019 — 2021-yillarda Farg‘ona viloyatida go‘sht yo‘nalishidagi bo‘rdoqichilik komplekslarini tashkil etishning prognoz ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Farg‘ona viloyatida chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Farg‘ona viloyati hokimiga Markaz va tuman (shahar) hududiy markazlari tuzilmalariga xodimlarning cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilansinki, Markaz bosh direktori Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan, tuman (shahar) hududiy markazlari direktorlari esa — Markaz bosh direktori tomonidan Farg‘ona viloyati hokimi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Farg‘ona viloyatidagi shaxsiy yordamchi dehqon fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini sun’iy urug‘lantirish, seleksiya-naslchilik ishlarini tashkil etish va rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligi hayvonlarini zoti bo‘yicha rayonlashtirish, nasldor mollar, ozuqabop ekinlar urug‘lari, ozuqabop qo‘shimchalar, sun’iy urug‘lantirish asbob-anjomlari, uskunalari, veterinariya dori vositalari importini tashkil etish;
go‘sht yo‘nalishidagi bo‘rdoqichilik komplekslarida ozuqa ekin maydonlari uchun ajratilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirishda ishtirok etish, bo‘rdoqichilikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish;
seleksiya-naslchilik sohasi, sun’iy urug‘lantirish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish.
5. Farg‘ona viloyati hokimligi tegishli tuman va Quvasoy shahar hokimlari bilan birgalikda Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining asoslangan hisob-kitoblariga asosan Markaz va uning tuman bo‘linmalaridagi sun’iy urug‘lantirish shoxobchalarini:
5-ilovaga muvofiq Dyuar idishlari va boshqa zarur asbob-uskunalar bilan;
6-ilovaga muvofiq mebel, kompyuter, avtotransport vositasi va inventarlar bilan jihozlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni 2018-2019-yillarda mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratsin.
6. Belgilansinki, 2019-yil 1-martdan boshlab Farg‘ona viloyatida:
chorvachilik xo‘jaliklarining yerlariga paxta ekinini joylashtirmaslik yuzasidan mas’uliyat shaxsan tuman hokimlariga yuklatiladi;
chorvachilik xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarish, sotilgan mahsulotlar uchun to‘lovlar faqat pul o‘tkazish, naqd pullarni bank orqali kirim qilish yoki bank plastik kartalari orqali amalga oshirilishi shart;
tuman hokimligi va tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga muvofiq paxta, g‘alla va bog‘dorchilik fermer xo‘jaligiga ijaraga berilgan yer uchastkalarida uchinchi shaxs tomonidan chorva ozuqa mahsulotlari yetishtirish uchun pudrat shartnomasi tuzilishiga ruxsat beriladi;
chorva mollari bosh soni 50 shartli bosh va undan ortiq bo‘lgan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda alohida shtat asosida veterinariya vrachi va zootexnik mutaxassislar faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yiladi;
tuman hokimligi va tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan har yili 1-dekabrgacha Markaz bilan kelishgan holda Farg‘ona viloyati hokimligiga fermer xo‘jaliklari bo‘yicha kelgusi yil uchun ozuqa ekinlarini joylashtirish rejasi to‘g‘risidagi qaror taqdim etiladi.
7. Belgilansinki:
a) Markaz ijro etuvchi apparati va tuman (shahar) hududiy markazlari xodimlari ish haqi mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi. Bunda, Markaz ijro etuvchi apparati xodimlari ish haqi — Farg‘ona viloyatining viloyat budjeti, tuman hududiy markazlari xodimlari ish haqi esa — tegishliligiga ko‘ra tuman budjetlari hisobiga;
b) Oltiariq, Quva, Toshloq, Dang‘ara (Qo‘qon shahar) tumanlaridagi sun’iy urug‘lantirish shoxobchalari faoliyati — sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan tushadigan tushumlar va har bir sun’iy urug‘lantirilgan sigir uchun ushbu hududlarning mahalliy budjetlaridan ajratiladigan eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdoridagi subsidiya hisobiga;
v) Beshariq, Buvayda, Bag‘dod, Yozyovon, Rishton, Farg‘ona (Farg‘ona shahar) tumanlari, Uchko‘prik, O‘zbekiston, Furqat, Qo‘shtepa (Marg‘ilon shahar), So‘x tumanlari va Quvasoy shahar sun’iy urug‘lantirish shoxobchalari sun’iy urug‘lantiruvchilari — istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan 12 oylik shartnoma asosida ishsizlar va band bo‘lmagan shaxslar sifatida jamoat ishlariga jalb qilinadi va ularning ish haqi jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
8. Farg‘ona viloyati hokimligi bir oy muddatda:
a) Markazning ustavini tasdiqlasin va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini hamda Markaz va tuman (shahar) hududiy markazlari malakali xodimlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
b) Markaz va tuman (shahar) hududiy markazlarini tegishlicha qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va bo‘limlari binolariga ijara to‘lovlarisiz joylashtirish choralarini ko‘rsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Davlat veterinariya qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Respublika “Nasl xizmat” uyushmasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019-yil yakunlariga ko‘ra Farg‘ona viloyatida yaratilgan yangi tizim samarasini chuqur tahlil qilib, uni respublika miqyosida joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri B.T. Yusupov, Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi B.T. Norqobilov va Farg‘ona viloyati hokimi Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-dekabr,
1048-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga
1-ILOVA
Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi “Chorva nasl xizmat” markazining
tuzilmasi
Markazning umumiy cheklangan boshqaruv xodimlari soni — 6 nafar.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga
2-ILOVA
Tuman (shahar) “Chorva nasl xizmat” hududiy markazlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Izoh. Quyidagilar:
16 ta tuman (shahar) hududiy markazlari xodimlari ish haqi — tuman (shahar) mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga;
Oltiariq, Quva, Toshloq, Dang‘ara (Qo‘qon shahar) tumanlaridagi 91 ta sun’iy urug‘lantirish shoxobchalari faoliyati — sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan tushadigan tushumlar va har bir sun’iy urug‘lantirilgan sigir uchun mahalliy budjetdan ajratiladigan eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdoridagi subsidiya hisobiga;
Beshariq, Buvayda, Bog‘dod, Yozyovon, Rishton, Farg‘ona (Farg‘ona shahar), Uchko‘prik, O‘zbekiston, Furqat, Qo‘shtepa (Marg‘ilon shahar), So‘x tumanlari va Quvasoy shahar 234 ta sun’iy urug‘lantirish shoxobchalari faoliyati — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga
3-ILOVA
2019 — 2021-yillarda Farg‘ona viloyatida go‘sht yo‘nalishidagi bo‘rdoqichilik komplekslarini tashkil etishning
PROGNOZ KO‘RSATKIChLARI

T/r

Hududlar nomi

Tashkil etiladigan go‘sht yo‘nalishidagi (bo‘rdoqichilik) komplekslar soni

shu jumladan:

2019-yil

2020-yil

2021-yil

1.

Quvasoy shahar

2

1

1

2.

Bog‘dod

3

1

1

1

3.

Beshariq

2

1

1

4.

Buvayda

2

1

1

5.

Dang‘ara

2

1

1

6.

Yozyovon

2

1

1

7.

Oltiariq

2

1

1

8.

Qo‘shtepa

3

1

2

9.

Rishton

2

1

1

10.

Toshloq

3

1

1

1

11.

Uchko‘prik

2

1

1

12.

Farg‘ona

4

1

2

1

13.

Furqat

4

1

2

1

14.

O‘zbekiston

4

1

1

2

15.

Quva

3

1

1

1

Jami:

40

10

15

15

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga
4-ILOVA
Farg‘ona viloyatida chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Chorvachilikda sun’iy urug‘lantirish ishlarini yanada rivojlantirish
va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash

1.

Mavjud sun’iy urug‘lantirish shoxobchalarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish va qo‘shimcha talab etiladiganlarining joylashishini belgilash hamda viloyat bo‘yicha jami 325 ta shoxobchalar tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-2019-yillar

Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi,

“Chorva nasl xizmat” markazi, tumanlar hokimliklari, Xalq banki va tijorat banklari, Moliya boshqarmasi

2.

“Chorva nasl xizmat” markazi buyurtmasiga binoan “Farg‘onaazot” AJ tomonidan suyultirilgan azotni hududlarga bepul yetkazib berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

“Farg‘onaazot” AJ, “Chorva nasl xizmat” markazi va uning tuman (shahar) hududiy markazlari

3.

Sun’iy urug‘lantirish shoxobchalarini zarur anjomlar, asbob-uskuna va boshqalar bilan jihozlash uchun viloyat va mahalliy budjetdan bir martalik mablag‘ ajratish.

Mablag‘ ajratish

2018-yil IV chorak

2019-yil I chorak

Farg‘ona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari, Moliya bosh boshqarmasi, “Chorva nasl xizmat” markazi

4.

Aholi va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardagi sigirlarni sun’iy urug‘lantirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019 — 2021-yillar

Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, “Chorva nasl xizmat” markazi, tuman hokimliklari

5.

“Chorva nasl xizmat” markazining tuman (shahar) hududiy markazlarini qishloq xo‘jaligi bo‘limlari binolariga ijara to‘lovlarisiz joylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil IV chorak

Farg‘ona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari

6.

Hududlarda tashkil etiladigan sun’iy urug‘lantirish shoxobchalariga yer maydoni ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil IV chorak

Farg‘ona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari

7.

Sun’iy urug‘lantirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Qayqubbod chorva” MChJ negizida doimiy faoliyat olib boruvchi o‘quv kursini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil I chorak

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Respublika “Nasl xizmat” uyushmasi, Farg‘ona viloyati hokimligi

II. Chorvachilikning ozuqa bazasini yanada mustahkamlash

8.

Ozuqabop ekinlardan yuqori hosil olish maqsadida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tomonidan tuman hokimliklarining buyurtmalariga binoan ozuqa ekinlarini (asosiy, takroriy, oraliq, yaylov ozuqabob ekinlari) ekish uchun talab qilinadigan urug‘larni navlar va miqdori bo‘yicha yetkazib berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili mavsum davomida

Viloyat urug‘chilik markazi, tumanlar hokimliklari, fermer xo‘jaliklari

9.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining Farg‘ona viloyati veterinariya boshqarmasi tizimidagi mavjud sun’iy urug‘lantirish shoxobchalaridagi asbob-anjomlarni hamda Dyuar idishlarini belgilangan tartibda Markaz va uning tuman (shahar) hududiy markazlariga berish hamda “Farg‘onaazot” AJ tomonidan viloyatdagi sun’iy urug‘lantirish shoxobchalariga suyuq azotni bepul berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

“Farg‘onaazot” AJ, Farg‘ona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari

III. Chorva mollari mahsuldorligini oshirish va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish

10.

Har bir tumanda kamida 2-3 tadan 200 — 500 boshga mo‘ljallangan go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilik bo‘rdoqichilik xo‘jaligini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi,tuman (shahar) hokimliklari, “Chorva nasl xizmat” markazi

11.

Iste’mol uchun yetkazib berilayotgan sut va sut mahsulotlarining sifatini kafolatlash va ularning savdosidan tushadigan mablag‘larning banklar orqali aylanishini ta’minlash maqsadida aholi va kichik chorvachilik fermer xo‘jaliklari yetishtirgan sutni yig‘ib olish shoxobchalarini tashkil �tish va qayta ishlash korxonalariga yetkazib berish tizimini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Tumanlar hokimliklari tijorat banklari

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga
5-ILOVA
Farg‘ona viloyati hududida aholi va shaxsiy yordamchi dehqon xo‘jaliklari qaramog‘idagi sigirlarni sun’iy urug‘lantirishni tashkil etish uchun talab etiladigan bir martalik moddiy-texnika ta’minoti mablag‘lari
HISOB-KITOBI

T/r

Hududlar

Shoxobchalar soni

Moddiy texnika resurslari

Maxsus azot tashuvchi mashina (Isuzi 5 tn)

Kriogen idish (TRJK-8M) 2100 litr

Dyuar idish (35 va 5 litr)li

Texnik osemenator sumkasi

Velosiped

Jami talab etiladigan mablag‘ (mln. so‘m)

Soni (dona)

Narxi (mln. so‘m)

Soni (dona)

Narxi (mln. so‘m)

Soni (dona)

Narxi (mln. so‘m)

Soni (dona)

Narxi (mln. so‘m)

Soni (dona)

Narxi (mln. so‘m)

1.

Viloyat markazi

1

350,0

1

175,0

525,0

2.

Quvasoy shahar

12

22

53,0

12

43,2

12

12,0

108,2

3.

Bog‘dod

23

43

104,5

23

82,8

23

23,0

210,3

4.

Beshariq

28

53

129,5

28

100,8

28

28,0

258,3

5.

Buvayda

22

41

99,5

22

79,2

22

22,0

200,7

6.

Dang‘ara (Qo‘qon shahri)

28

51

122,5

28

100,8

28

28,0

251,3

7.

Yozyovon

11

20

48,0

11

39,6

11

11,0

98,6

8.

Oltiariq

24

44

106,0

24

86,4

24

24,0

216,4

9.

Qo‘shtepa (Marg‘ilon shahri)

21

37

87,5

21

75,6

21

21,0

184,1

10.

Rishton

21

40

98,0

21

75,6

21

21,0

194,6

11.

So‘x

9

17

41,5

9

32,4

9

9,0

82,9

12.

Toshloq

16

28

66,0

16

57,6

16

16,0

139,6

13.

Uchko‘prik

20

37

89,5

20

72,0

20

20,0

181,5

14.

Farg‘ona
(Farg‘ona shahri)

30

55

132,5

30

108,0

30

30,0

270,5

15.

Furqat

15

27

64,5

15

54,0

15

15,0

133,5

16.

O‘zbekiston

22

39

92,5

22

79,2

22

22,0

193,7

17.

Quva

23

42

101,0

23

82,8

23

23,0

206,8

Jami:

325

1

350

1

175

596

1 436,0

325

1 170,0

325

325,0

3 456,0

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga
6-ILOVA
Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi “Chorva nasl xizmat” markazi va uning tuman (shahar) markazlarining faoliyat yuritishi uchun talab etiladigan bir martalik moddiy-texnika ta’minoti mablag‘lari hisob-kitobi

T/r

Hududlar

Shtat birliklari soni

Moddiy ta’minot

Mebel (stol, stul) (rahbarlar uchun)

Mebel (stol, stul) (mutaxassis xodimlar uchun)

Kompyuter

Printer

Xizmat mashinasi

Jami talab etiladigan mablag‘ (mln. so‘m)

Soni (dona)

Narxi (mln. so‘m)

Soni (dona)

Narxi (mln. so‘m)

Soni (dona)

Narxi (mln. so‘m)

Soni (dona)

Narxi(mln. so‘m)

Soni (dona)

Narxi(mln. so‘m)

1.

Viloyat markazi

8

1

7,5

2

7,0

3

15,6

3

6,3

1

80

116,4

2.

Quvasoy shahar

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

3.

Bog‘dod

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

4.

Beshariq

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

5.

Buvayda

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

6.

Dang‘ara

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

7.

Yozyovon

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

8.

Oltiariq

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

9.

Qo‘shtepa

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

10.

Rishton

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

11.

So‘x

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

12.

Toshloq

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

13.

Uchko‘prik

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

14.

Farg‘ona

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

15.

Furqat

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

16.

O‘zbekiston

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

17.

Quva

3

2

3,4

1

5,2

1

2,1

10,7

Jami:

56

1,0

7,5

34,0

61,4

19,0

98,8

19

39,9

1,0

80,0

287,6

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1048/2385-son)