O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4143-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktoriga zarur bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishilgan holda tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-aprel,
337-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 337-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 60 nafar.
Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni qonunchilikda belgilangan normalarga muvofiq aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 337-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, Agentlik rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
2. Agentlik fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyada havo kemalari parvozlarining xavfsizligini, shuningdek, noqonuniy aralashish harakatlaridan himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya ma’muriyati funksiyasini amalga oshiruvchi davlat organi hisoblanadi.
3. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Transport vazirligi deb ataladi) bo‘ysunadi va hisobot beradi.
4. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi), Transport vazirligi qarorlari, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan chet el valyutasidagi hisobraqamlariga ega. Agentlik o‘z emblemasiga ega.
7. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi;
qisqartirilgani — “O‘zaviatsiya” agentligi;
b) ingliz tilida:
to‘liq — Civil aviation Agency under the Ministry of transport of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgani — Civil Aviation Agency of Uzbekistan (CAA of Uzbekistan).
v) rus tilida:
to‘liq — Agentstvo grajdanskoy aviatsii pri Ministerstve transporta Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgani — Agentstvo “Uzaviatsiya”.
8. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): 100015, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 73b-uy.
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
havo hududidan foydalanuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan xavfsiz foydalanishlari, parvozlar insonlar sog‘lig‘i va hayotiga, atrof-muhitga hamda davlat manfaatlariga xavf solmagan holda amalga oshirilishini ta’minlash, o‘z vakolatlari doirasida havoda harakatlanishga xizmat ko‘rsatish tashkil etilishini va O‘zbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanishni nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi va uning obyektlarining xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini, shuningdek, aviatsiyani noqonuniy aralashish harakatlaridan himoya qilish choralarini amalga oshirish orqali havo kemalari yo‘lovchilari hamda ekipaj a’zolarining hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash;
parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha fuqaro aviatsiyasi faoliyati sohasidagi sertifikatlash ishlarini tashkil etish va ta’minlash;
fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasida davlat nazoratini olib borish;
xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi manfaatlarini ifoda etish.
10. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) havo hududidan foydalanuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan xavfsiz foydalanishlari, parvozlar insonlar sog‘lig‘i va hayotiga, atrof-muhitga hamda davlat manfaatlariga xavf solmagan holda amalga oshirilishini ta’minlash, o‘z vakolatlari doirasida havoda harakatlanishga xizmat ko‘rsatish tashkil etilishini va O‘zbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanishni nazorat qilish sohasida:
fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiya (1944-yilgi Chikago konvensiyasi) va uning ilovalari talablariga asosan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqadi;
fuqaro havo kemalari davlat reyestrini, fuqaro aviatsiyasining eksperimental havo kemalari va uchuvchisiz uchish apparatlarining hisobini yuritadi;
havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatlarini tasdiqlaydi;
fuqaro aviatsiyasi obyektlariga berilgan xorijiy sertifikatlarni, xorijiy davlatlar tomonidan aviatsiya mutaxassislariga berilgan sertifikatlarni (guvohnomalarni) e’tirof etishni ta’minlaydi;
xorijiy davlatlarning ekspluatantlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga muntazam qatnovlar bajarilishi uchun ekspluatatsiya ruxsatnomalarini beradi va havo transporti orqali xavfli yuklar, qurol-yarog‘, harbiy texnika, harbiy mol-mulk, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek, harbiy kontingentlar tranzitini amalga oshirishda vakolatli organlar uchun xulosalar tayyorlaydi;
havo kemalari ekspluatantlariga parvozlarni amalga oshirishlari uchun bir martalik ruxsatnomalar beradi;
parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar beradi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash davlat dasturini takomillashtirishni va amalga oshirishni quyidagi hujjatlarni berish bilan ta’minlaydi:
havo kemalari ekspluatantining sertifikati;
havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar sertifikati;
fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya aerodromi, birgalikda foydalaniladigan (joylashgan) aerodromlar sertifikati;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi kadrlarini tayyorlash o‘quv markazining sertifikati;
fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan chiqarilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
eksperimental havo kemasi davlat hisobiga olingani to‘g‘risida guvohnoma;
fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati;
fuqaro havo kemalarining radio jihozlari sertifikati;
fuqaro havo kemalarining shovqin bo‘yicha sertifikati;
fuqaro aviatsiyasining tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash to‘g‘risida guvohnoma;
fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatidan foydalanishga ruxsat to‘g‘risida xulosa;
kasbiy faoliyatini olib borishlari uchun aviatsiya xodimlari guvohnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
aviatsiya xodimi tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqida xulosa;
(10-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-apreldagi 151-sonli qaroriga asosan yigirma uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
ushbu kichik bandda ko‘rsatilgan hujjatlarning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi va uning obyektlarining xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini, shuningdek, aviatsiyani noqonuniy aralashish harakatlaridan himoya qilish choralarini amalga oshirish orqali havo kemalari yo‘lovchilari hamda ekipaj a’zolarining hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash sohasida;
O‘zbekiston Respublikasida fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashish harakatlaridan himoya qilishni ta’minlash davlat dasturini amalga oshirish va takomillashtirishni ta’minlaydi;
v) parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha fuqaro aviatsiyasi faoliyati sohasidagi sertifikatlash ishlarini tashkil etish va ta’minlash sohasida:
Quyidagilarni amalga oshiradi:
havo kemalari ekspluatantlarini sertifikatlaydi;
havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini sertifikatlaydi;
fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya aerodromlarini, birgalikda foydalaniladigan (joylashgan) aerodromlarni sertifikatlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi kadrlarini tayyorlash o‘quv markazlarini sertifikatlaydi;
g) fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasida davlat nazoratini olib borishda quyidagilarga rioya etilishining davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirishni ta’minlaydi:
fuqaro havo kemalari va uchuvchisiz uchish apparatlari parvozlarini tashkil etish, ta’minlash va bajarish qoidalari;
fuqaro havo kemalaridan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari;
fuqaro havo kemalarini ishlab chiqarish qoidalari (ulardan foydalanish jarayonida ushbu kemalarning parvozlari xavfsizligiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish kamchiliklari aniqlangan taqdirda);
fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya aerodromlarini, birgalikda foydalaniladigan (joylashgan) aerodromlardan fuqaro havo kemalari parvozlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha foydalanish qoidalari, shuningdek, yer ustidagi asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalari;
fuqaro havo kemalarining parvozlari xavfsizligini va aviatsiya xavfsizligini ta’minlash sohasida aviatsiya xodimlarini tayyorlash qoidalari (shu jumladan, xodimlarni tekshirish va ularga ishlashiga ruxsat berish);
fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalari;
fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya aerodromlarining foydalanishga yaroqlilik normalari;
fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish qoidalari;
O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish va havoda harakatlanishni tashkil etish va xizmat ko‘rsatish qoidalari;
O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya aloqa tizimlari va aeronavigatsiya vositalari ishonchli ishlashini ta’minlash qoidalari;
parvozlarni meteorologik ta’minlash qoidalari;
havo kemalari va maxsus transport vositalarining aerodrom perronida harakatlanishini boshqarish va tashkil etish qoidalari;
aerodrom ekspluatanti tomonidan havo kemalarining qush va yovvoyi hayvonlar bilan to‘qnashish holatlarining oldini olish tadbirlarini bajarish;
parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish qoidalari;
parvozlar xavfsizligiga tahdid soluvchi obyektlarni belgilash qoidalari;
havo transportida yo‘lovchi, bagaj, yuk (xavfli yuk) va pochta tashish qoidalari;
fuqaro aviatsiyasining tegishli tashkilotlarida parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimini joriy qilish va uning faoliyat ko‘rsatishi;
O‘zbekiston Respublikasiga fuqaro aviatsiyasining noqonuniy aralashish harakatlaridan aviatsiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normalari, qoidalari va tartibi;
parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruv ta’minoti qoidalari;
O‘zbekiston Respublikasiga parvozlarni amalga oshiruvchi xorijiy davlatlar ekspluatantlarining parvozlarni amalga oshirish qoidalari;
d) xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi manfaatlarini ifoda etish sohasida:
parvozlar xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligi sohasida O‘zbekiston Respublikasi imzolagan memorandumlarni amalga oshirish, standartlar va tavsiyalarni joriy qilish masalalari bo‘yicha Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Agentlik vakolatlariga kiritilgan masalalar bo‘yicha boshqa davlatlarning tegishli tashkilotlari bilan aloqalarni belgilangan tartibda amalga oshirish, o‘z vakolatiga tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini ta’minlash;
parvozlar xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar ishida, konferensiyalarda va seminarlarda ishtirok etish, normativ-huquqiy bazani, havo kemalaridan uchish va texnik foydalanish, havo navigatsiyasini, havoda harakatni tashkil qilish, fuqaro aviatsiyasi inspektorlari tarkibini tayyorlashni takomillashtirish.
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
11. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni Transport vazirligiga belgilangan tartibda kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha davlat statistika organlaridan zarur statistika ma’lumotlarini bepul olish;
Agentlik xodimlarini ularning tegishli sohadagi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini bajarishi hisobga olingan holda, moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Vazirlikka, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish;
Transport vazirligi topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda belgilangan tartibda ishtirok etish, Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Transport vazirligi topshirig‘iga asosan Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda ifoda etish;
Transport vazirligiga fuqaro aviatsiyasi faoliyati sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflarni taqdim etish;
havo kemalari parvozlarining xavfsizligini hamda fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashish harakatlaridan himoya qilishni ta’minlaydigan belgilangan qoidalar va normalarga havo kemalari ekspluatantlari va aviatsiya tashkilotlari tomonidan rioya etilishini o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda tekshirish;
ichki va xalqaro havo yo‘llarida qatnovlarni amalga oshirishda Agentlik inspektorlarini belgilangan tartibda havo kemalari ekipajlari tarkibiga tekshiruvchilar sifatida kiritish, shuningdek, aylana uchishlar, havo kemalarini bir joydan boshqa joyga uchirib o‘tishda va aviatsiya ishlarining boshqa turlarida O‘zbekiston Respublikasi ekspluatantining havo kemalari ekipajlari tarkibida parvozlarni amalga oshirish;
aviatsiya xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya qilib, Agentlik inspektori xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan holda havo kemalariga, fuqaro aviatsiyasi tashkilotlarining binolari va inshoatlariga to‘siqsiz kirish xamda xizmat hujjatlarini tekshirish;
zarur bo‘lgan hollarda, yuridik va jismoniy shaxslarga tekshirishlar o‘tkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni so‘zsiz bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatmalar berish;
havo kemasining yaroqliligini va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi majburiy kema hujjatlariga va unga qo‘yilgan talablar buzilgan hollarda havo kemasining parvozini to‘xtatib turish;
agar parvozlar xavfsizligiga tahdid qilinadigan bo‘lsa, aerodromlar yoki uchish maydoni uchastkalaridan, aerodrom uskunalaridan foydalanishga cheklovlar joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-apreldagi 151-sonli qaroriga asosan o‘n yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
havo transporti organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazolarni qo‘llashga;
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega ham bo‘lishi mumkin.
12. Agentlik:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi;
Agentlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatgichlarga erishilishini so‘zsiz ta’minlash;
Transport vazirligiga kiritiladigan, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarining sifati, yakuniy natijalari va amalga oshirilishi, oqibatlari;
fuqaro aviatsiyasi sohasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda muhofaza qilinishini ta’minlash uchun mas’uldir.
4-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
13. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri taqdimnomasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
14. Agentlik direktorining o‘rinbosari Agentlik direktorining taqdimnomasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
15. Agentlik direktori moddiy ta’minot, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
16. Agentlik direktori bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
17. Agentlik direktori nizomlarni hamda belgilangan shtatlar soni doirasida Agentlik apparati tuzilmasini va shtatlar jadvalini tasdiqlaydi.
18. Agentlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
5- bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
19. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga rioya qilish;
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining va Transport vazirligining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining va Transport vazirligining qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dastur va chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Agentlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishi bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Transport vazirligi topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining tarkibiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, masalalarning Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining, Transport vazirligi rahbarlarining topshiriqlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etish;
o‘z o‘rinbosarining va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish borasida o‘rinbosari va boshqa mansabdor shaxslarining shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Agentlik va o‘z o‘rinbosarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining va Transport vazirligining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringining amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash borasida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjat va topshiriqlarini samarali va natijali ijro etish, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslarining, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining, shuningdek, barcha darajadagi hokimliklarning shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarori talablariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;
Agentlik xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
Agentlik xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
Agentlikda kadrlarni tayinlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
faoliyat sohasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning sifatli ishlab chiqilishini, ularning “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining talablari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti deb ataladi) hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti deb ataladi) talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida Transport vazirligiga kiritilishini tashkil etish, ularni Transport vazirligi apparatida ishlab chiqilishida, Transport vazirligi rahbariyati huzurida himoya qilinishida, Vazirlar Mahkamasida ishlab chiqilishi va ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun ijodkorligi faoliyatini tashkil qilish;
Agentlikka taqdim etilgan takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularning moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa xil ekspertizadan puxta o‘tkazilishini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Reglamentida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishini (vizalanishini) ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati vakolatlari doirasiga kiradigan fuqaro va eksperimental aviatsiya havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarini tasdiqlash;
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) standartlarini aviatsiya qoidalariga tatbiq etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) standartlari (SARPS/PANS/SUPPS) va aviatsiya qoidalari amaliyoti o‘rtasidagi muhim farqlarni aniqlash hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Aeronavigatsiya ma’lumotlari to‘plamida e’lon qilish tartibini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-apreldagi 151-sonli qaroriga asosan o‘n yettinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarni xorijiy mamlakatlarga chiqishi tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga safarini tashkillashtirish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlarining talablariga to‘liq muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
o‘z o‘rinbosari va tarkibiy tuzilmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam o‘tkazish, Agentlik majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Agentlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini, shu jumladan kelgusida uning egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligining maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, uning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli choralarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlanadigan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari) talablariga Agentlik xodimlarining rioya etishini ta’minlash
(19-bandning yigirma uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
“Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlikda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularning sodir bo‘lishiga olib keladigan sabab va sharoitlarni aniqlash va tahlil qilish;
Agentlik ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishda, shu jumladan, “yagona darcha” tamoyilini joriy qilish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligi, sifati va ochiqligini oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yo‘lga quyish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda muntazam ravishda shaxsiy qabullarni, shu jumladan joylarga borgan holda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillari qabulini muntazam o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil etish, Agentlik rahbarlari va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirokini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siri toifasiga kiritilgan va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
Agentlikning moliya-xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish;
Agentlik apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
Agentligining shtat jadvalini, shuningdek, xarajatlar smetasini O‘zbekiston Respublikasining Transport vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash;
Transport vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida Agentlik tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
Agentlik xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar qabul qilish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
Transport vazirligi topshirig‘iga asosan davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan vakillik qilish;
Transport vazirligi topshirig‘iga asosan fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasida muzokaralar olib borish, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlarni imzolash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
20. Quyidagilar Agentlik direktori o‘rinbosarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga rioya qilish;
Agentlik direktori vaqtinchalik bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Agentlikning o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat va bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
Agentlik faoliyatining o‘zi mutasaddilik qiladigan yo‘nalishlari bo‘yicha Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi va Transport vazirligi qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, bo‘linma rahbarlarining hisobotlarini muntazam tinglab borish va belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Transport vazirligi hujjatlari va topshiriqlarini bajarishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;
Agentlik qarorlarining, Agentlik direktori buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Agentlik direktoriga takliflar taqdim etish, shuningdek, ularning professionalizmi, salohiyati, amaliy tajribasi, ishchanlik va ma’naviy-axloqiy sifatlarining yuksak darajasi kafolatlanganligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjat loyihalarini keyinchalik Agentlik rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga qat’iy muvofiq holda Transport vazirligiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Agentlik direktorining topshirig‘iga binoan normativ-huquqiy hujjatlarni Transport vazirligi va Vazirlar Mahkamasida ishlab chiqilishida ishtirok etish;
Agentlikka kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarni xorijiy mamlakatlarga chiqishi tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga safarini tashkillashtirish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlarining talablariga to‘liq muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
faoliyat sohasiga taalluqli masalalar bo‘yicha Agentlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Agentlik direktoriga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida qolish-qolmasligining maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Agentlik direktoriga kiritish, funksional majburiyatlarini va yuklangan vazifalarni bajarishi yuzasidan ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli choralarni amalga oshirish;
Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishi, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari va xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan qoidalar talablariga rioya etilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlikda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularning sodir etishiga olib keladigan sabab va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligi, sifati va ochiqligini oshirish bo‘yicha Agentlik direktoriga takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yo‘lga quyish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatda va tartibda shaxsiy qabullarni, jumladan joylarga borgan holda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarining qabulini muntazam o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil etish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siri toifasiga kiritilgan va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish.
21. Quyidagilar Agentlik tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga rioya qilish;
tarkibiy tuzilmalarning faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkillashtirish;
prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini tizimli tahlil qilish hamda Agentlik direktorining o‘rinbosariga tarkibiy tuzilmalar tomonidan ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishiga qaratilgan qo‘shimcha choralarni qabul qilish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Transport vazirligi hujjatlari va topshiriqlarini bajarishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;
Agentlik qarorlari, Agentlik direktori va uning o‘rinbosarining buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarning ish rejalari ishlab chiqilishini, tasdiqlash uchun kiritilishini ta’minlash, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;
tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Agentlik direktorining o‘rinbosariga ko‘rib chiqish uchun takliflar taqdim etish, ularning professionalizmi, salohiyati, amaliy tajribasi, ishchanlik va ma’naviy-axloqiy sifatlarining yuksak darajasi kafolatlanganligini ta’minlash, professional malakasini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjat loyihalarini keyinchalik Agentlik direktori tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (vizalanishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga qat’iy muvofiq holda Transport vazirligiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, Agentlik rahbariyatining topshirig‘iga binoan normativ-huquqiy hujjatlarni Transport vazirligida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
Agentlikka kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarni xorijiy mamlakatlarga chiqishi tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga safarini tashkillashtirish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlarining talablariga to‘liq muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarning xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishi, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan qoidalar talablariga rioya etilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularning sodir bo‘lishiga olib keladigan sabab va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligi, sifati va ochiqligini oshirish bo‘yicha Agentlik direktoriga takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yo‘lga quyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatda va tartibda shaxsiy qabullarni, jumladan, joylarga borgan holda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarining qabulini muntazam o‘tkazish;
Agentlik rahbarlarining topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil etish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siri toifasiga kiritilgan va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish.
6-bob. Agentlik rahbariyatining javobgarligi
22. Agentlik direktori:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari bo‘yicha;
mazkur Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan, o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir.
23. Agentlik direktorining o‘rinbosari:
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari bo‘yicha;
mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir.
24. Agentlikning tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari:
tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
mazkur Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir.
7-bob. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari
25. Agentlik faoliyati samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
26. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi O‘zbekiston Respublikasining transport vaziri tasdiqlaydigan Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari asosida baholanadi.
27. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlariga ko‘ra quyidagi choralar ko‘riladi:
Agentlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy javobgarlikning tegishli choralarini ko‘rish;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish.
28. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
8-bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish
29. Agentlikning moddiy-texnik ta’minoti, xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
30. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofot, qo‘shimcha to‘lov, ustama va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
9-bob. Yakunlovchi qoida
31. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 337-son qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 16-iyundagi 255-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 73-modda) 9-ilovaning II-bo‘limi 1-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 22-yanvardagi 28-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 1-son, 3-modda) ilovaning 2-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 26-fevraldagi 90-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 16-iyundagi 255-son qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2012-yil 26-martdagi 84-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 13-son, 143-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 31-martdagi 166-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 36-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 2-sentabrdagi 692-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 195-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 28-noyabrdagi 948-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 11-son, 275-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni)” 2018-yil 3-maydagi 321-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 101-modda) 1-ilovaning 22-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni)” 2018-yil 8-avgustdagi 637-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 8-son, 202-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-son qonuni)” 2018-yil 9-oktabrdagi 810-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 10-son, 247-modda).
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)” 2018-yil 15-dekabrdagi 1023-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 12-son, 309-modda) ilovaning 12-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/337/2997-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)