

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.05.2021
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3932374" id="onLBC-3932374">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6065"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC6163"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek,  07.29.00.00 ga qarang)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3932374" id="onLS-3932374">[<b>TSZ:</b><div id="LS3680"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;</span></div><div id="LS3736"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3954261" id="-3954261">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3954263" id="-3954263">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3954265" id="-3954265">Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3954269" id="-3954269"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-5472943" id="-5472943">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-5439350?ONDATE=31.05.2021 00#-5439832">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954391" id="-3954391">Jamiyat hayotining barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshirilishi, birinchi navbatda, davlat hokimiyatining barcha boʻgʻinlarida ijro intizomining zarur darajada tashkil etilishiga bogʻliq.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954392" id="-3954392">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-5017-son farmoyishiga muvofiq vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Ijro.gov.uz” tizimi) ulanishi taʼminlandi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954393" id="-3954393">Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2800 dan ortiq qarorlari va topshiriqlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan test rejimida tizimli nazorat olib borilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954394" id="-3954394">Shu bilan birga, yaratilgan sharoitlarga qaramasdan, ayrim vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro intizomi nazoratini sifatli va samarali tashkil qilish, shuningdek, oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar hanuzgacha talab darajasida yoʻlga qoʻyilmayapti.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954395" id="-3954395">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlariga rioya etish masalalarida masʼuliyatsizlik va rasmiyatchilik holatlari uchramoqda, jamoatchilik nazoratini tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratish borasidagi choralar samarasizligicha qolmoqda, ish yuritishning ichki jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrilmayapti, shuningdek, ijro intizomiga konservativ-buyruqbozlik bilan yondashilishiga yoʻl qoʻyilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954396" id="-3954396">Ijro intizomini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining ijrosi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish, shuningdek, ularning bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954397" id="-3954397">1. Belgilansinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954398" id="-3954398">Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazorat olib boruvchi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi masʼul davlat organi hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954401" id="-3954401">Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Ijro.gov.uz” tizimini doimiy asosda texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirishni taʼminlovchi ishchi organ hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954402" id="-3954402">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmalari maxfiylik belgisi ostidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari maʼlumotlar bazasini yuritish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun masʼul;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4658549" id="-4658549"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4658550" id="-4658550">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi ommaviy axborot vositalarida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining ijro etilishi haqidagi jamoatchilik fikrini baholab borish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Bosh prokuraturasiga axborot kiritib borish uchun masʼuldir.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4658551" id="-4658551">(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli <a href="/acts/-4638461?ONDATE=11.12.2019 00#-4639446">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954405" id="-3954405">2. “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/acts/-3932374#-3955277">ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954406" id="-3954406">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ushbu nizomga muvofiq “Ijro.gov.uz” tizimida doimiy ishlashning tashkil qilinishini taʼminlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954407" id="-3954407">3. Belgilansinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954408" id="-3954408">2019-yil 1-yanvardan boshlab respublika va hududlar darajasidagi majlis va yigʻilishlarni oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlar bundan mustasno, faqatgina “Ijro.gov.uz” tizimidagi majlislar va yigʻilishlar maxsus markazlashgan maʼlumotlar bazasiga oʻtkazilayotgan tadbirning maqsadi, natijalari, ishtirokchilar tarkibi va davomiyligi koʻrsatilgan qaydlar kiritilganidan soʻng amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954409" id="-3954409">Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954410" id="-3954410">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarida belgilangan ijro muddatlari faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ruxsati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishilgandan soʻng uzaytiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954411" id="-3954411">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura bilan birgalikda majlislar va yigʻilishlarning “Ijro.gov.uz” tizimidagi markazlashgan maʼlumotlar bazasida qayd etilmagan holda oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954412" id="-3954412">4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi va Bosh prokuraturasiga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954413" id="-3954413">vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining aniq amaliy natijalarga erishilishi taʼminlanmasdan turib, yuzaki bajarilishiga yoʻl qoʻymaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954414" id="-3954414">vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining ijro holati toʻgʻrisida maʼlumotlarning “Ijro.gov.uz” tizimi orqali oʻz vaqtida taqdim etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954415" id="-3954415">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijro holatini vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida har oyda muhokama qilinishini taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954416" id="-3954416">byurokratik toʻsiqlar va muammolarni hal etish muddatlarining choʻzilishi holatlarini bartaraf etish orqali vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijro etilishida doimiy ravishda koʻmaklashib borish vazifalari yuklansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954417" id="-3954417">5. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954418" id="-3954418">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarini toʻliq va oʻz vaqtida bajarmagan, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali ijro holati toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻliq boʻlmagan holda, notoʻgʻri va kechiktirib taqdim etgan, buyruqbozlikka va masalalarni hal etishda muddat buzilishiga yoʻl qoʻygan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarini javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritib borsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954419" id="-3954419">vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining ijrosi holati toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻliq boʻlmagan holda, notoʻgʻri va kechiktirib taqdim etgan xodimlarga nisbatan intizomiy choralar koʻrish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritib borsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954420" id="-3954420">Belgilansinki, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining taqdimnomalari va talablari bajarilmagan taqdirda tegishli materiallar javobgarlik choralarini koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954421" id="-3954421">6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari ijrosi yuzasidan aholi, senatorlar, deputatlar, tadbirkorlik subyektlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jamoatchilik nazorati mexanizmining amalga oshirilishini taʼminlovchi “Jamoatfikri.uz” portalining tashkil etilishi va yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954422" id="-3954422">7. “Ijro.gov.uz” tizimi va “Jamoatfikri.uz” portalini tashkil etish, texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954423" id="-3954423">8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954424" id="-3954424">ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini “Ijro.gov.uz” tizimiga monitoring rejimida ulanishini taʼminlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954425" id="-3954425">ikki oy muddatda har bir davlat organi va tashkilotlarida, ularning hududiy boʻlinmalarida majlislar va yigʻilishlarni jismoniy shaxslar ishtirokisiz masofadan oʻtkazish imkonini beruvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha takliflar kiritsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954426" id="-3954426">2018-yil 1-dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlarida mavjud elektron hujjatlar almashinuvi tizimlarining xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954427" id="-3954427">2019-yil 1-yanvarga qadar “Ijro.gov.uz” tizimida respublika va hududlar darajasida oʻtkaziladigan majlis va yigʻilishlar markazlashgan maʼlumotlar bazasini yaratsin va yoʻlga qoʻysin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954428" id="-3954428">2019-yil 1-iyulga qadar elektron hujjatlar almashinuvi tizimlarini “Ijro.gov.uz” tizimiga integratsiya qilish maqsadida yagona talablar, shuningdek, ushbu tizimning davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning elektron hujjat almashinuvi tizimlari bilan muvofiqlashtirish boʻyicha integratsiyaviy shlyuz ishlab chiqilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954429" id="-3954429">9. 2019-yil 1-yanvardan boshlab:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954431" id="-3954431">davlat organlari va tashkilotlarida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarini maxsus jurnal va hisob varaqalarida roʻyxatga olish tartibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954433" id="-3954433">qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari boʻyicha hisob kartotekalarining qogʻoz shaklida rasmiylashtirilishi va yuritilishi bekor qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954435" id="-3954435">10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari boʻyicha ijro intizomini nazorat qilish jarayonini, keyinchalik “Ijro.gov.uz” tizimi bilan integratsiya qilgan holda, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954436" id="-3954436">11. Belgilansinki, adliya organlari mahalliy ijro hokimiyati organlariga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tayyorlanishi va kelishilishida amaliy yordam koʻrsatadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954438" id="-3954438">12. Quyidagilarga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954441" id="-3954441">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (Aripov), uning oʻrinbosarlari (Ramatov, Qoʻchqorov, Xolmurodov, Sultonov, Otajonov, Abduhakimov, Mirzayev, Norboyeva), shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga (Abduqodirov) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining masʼul vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan ishlarning tashkil qilinishi uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954442" id="-3954442">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga (Nizomiddinov), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilariga — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ijro intizomini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining amalga oshirilishida koʻmaklashish uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954444" id="-3954444">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga (Murodov) — vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari samarali ijro etilishi yuzasidan tegishli prokuror nazorati taʼminlanishi, shuningdek, ularni toʻliq boʻlmagan holda va kechiktirib bajargan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari koʻrilishi uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954445" id="-3954445">Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisiga (Ikromov) — vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda ijro intizomini tegishli darajada taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining soʻzsiz, toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954447" id="-3954447">Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga (Sodiqov) — “Ijro.gov.uz” tizimi va “Jamoatfikri.uz” portalining takomillashtirilishi, uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha doimiy asosda choralar koʻrib borilishi uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954449" id="-3954449">Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga (Davletov) — normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida topshiriqlar ijrosining aniq muddatlari belgilanishi, shuningdek, ularning aniq va ravshan bayon qilinishi yuzasidan nazoratni taʼminlash uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954451" id="-3954451">vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi, shuningdek, ularning ijro holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimi orqali toʻliq, toʻgʻri va oʻz vaqtida taqdim qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954453" id="-3954453">13. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954455" id="-3954455">Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3954459" id="-3954459">14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikromov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3954460" id="-3954460">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3954465" id="-3954465">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3954467" id="-3954467">2018-yil 5-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3954469" id="-3954469">PQ-3962-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3955277" id="-3955277"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3955280" id="-3955280">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son <a href="/acts/-3932374">qaroriga </a><br />ILOVA</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3955283" id="onLBC-3955283">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7278"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3955283" id="-3955283">“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining ishlash tartibi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3955284" id="-3955284">NIZOM </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3955286" id="-3955286"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3955290" id="-3955290">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955294" id="-3955294">1. Ushbu Nizom “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (bundan keyin — “Ijro.gov.uz” tizimi)ning ishlash tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955297" id="-3955297">“Ijro.gov.uz” tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining raisligi ostida oʻtkazilgan kengashlar bayonnomalarida belgilangan topshiriqlar (bundan keyin — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari) bajarilishining nazoratini taʼminlovchi axborot tizimi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955300" id="-3955300">2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955302" id="-3955302">vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxfiylik grifi boʻlgan hujjatlar va topshiriqlar bundan mustasno, sifatli va oʻz vaqtida bajarilishining nazoratini taʼminlovchi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimi ishlashining koordinatori sifatida ish koʻradigan Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955309" id="-3955309">operator — “Ijro.gov.uz” tizimini vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga joriy qilish uchun javobgar boʻlgan, shuningdek, uning uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955312" id="-3955312">“Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilari — “Ijro.gov.uz” tizimida harakatlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955315" id="-3955315">“Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari — “Ijro.gov.uz” tizimini qoʻllagan holda oʻz lavozim majburiyatlari doirasida harakatlanayotgan “Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilarining rahbarlari yoki vakolatli xodimlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955316" id="-3955316">3. “Ijro.gov.uz” tizimining asosiy vazifalari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955319" id="-3955319">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida koʻzda tutilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida, sifatli, samarali hamda natijadorlik bilan ijro etilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955321" id="-3955321">“Ijro.gov.uz” tizimiga ulangan ishtirokchilar uchun yagona axborot makonini yaratish (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi F-5017-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga ulanadigan vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxatiga muvofiq);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955323" id="-3955323">vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalar va topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955326" id="-3955326">axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qoʻllash, shuningdek, ish yuritish ichki jarayonlarini avtomatlashtirish orqali vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955328" id="-3955328">“Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilari oʻrtasida muntazam idoralararo elektron hamkorligini taʼminlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955330" id="-3955330">4. “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish idoralararo elektron hamkorlik ushbu Nizomning <a href="/acts/-3932374#-3955445">ilovasiga</a> muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3955332" id="-3955332">2-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955334" id="-3955334">5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining kanselyariyasi tomonidan tegishli hujjat qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining elektron nusxalarini tarqatish, shu jumladan vakolatli davlat organiga yuborish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshirigʻini shakllantirish amalga oshiriladi. Shoshilinch topshiriqlar “Ijro.gov.uz” tizimi orqali darhol joʻnatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955335" id="-3955335">6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining elektron nusxalari olingan kundan boshlab — bir ish kuni davomida vakolatli davlat organi tomonidan masʼul ijrochilari va bajarish muddatlari koʻrsatilgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga nazorat topshiriqlari kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955336" id="-3955336">7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijro nazoratini taʼminlash boʻyicha biriktirilgan masʼul tarkibiy boʻlinmalari) tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali kelib tushgan nazorat bandlari belgilangan tartibda qabul qilinadi va bir ish kunidan kechiktirmay Vazirlar Mahkamasi Apparatidagi masʼul bajaruvchilarga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955338" id="-3955338">8. “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan nazorat topshiriqlari “Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilarining rahbarlarida, shuningdek, ijro intizomi uchun masʼul boʻlgan shaxslarda aks etadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3955340" id="-3955340">3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini ijro etish sifati va muddatlariga rioya etilishining “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazorat qilish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955343" id="-3955343">9. Vakolatli davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosining muntazam nazorati va tahlili taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955345" id="-3955345">10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishini nazorat qilish maqsadida vakolatli davlat organiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali ijro natijalari bilan tanishib chiqishga ruxsat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955347" id="-3955347">11. “Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilari — masʼul bajaruvchilar tegishli nazorat topshiriqlarining bajarish muddatlari yaqinlashgani toʻgʻrisida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali muntazam xabardor qilinadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955353" id="-3955353">12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining nazorat bandlari ijro etilgani natijalariga asosan masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimida belgilangan muddatlarda hisobotga (nazorat topshirigʻiga beriladigan javobga) tegishli axborot (isbotlovchi hujjatlar) PDF formatida ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955358" id="-3955358">13. Nazorat bandlarini bajarish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida koʻzda tutilgan maqsad va vazifalarga erishishning aniq yoʻnalishlari koʻrsatib beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955362" id="-3955362">14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidagi tegishli masʼul ijrochilar tomonidan nazorat bandlarini bajarish natijalarini kelishib olish bir ish kunidan kechiktirmagan holda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955367" id="-3955367">nazorat bandlari qoniqarsiz bajarilganida ijro natijalari qayta ishlash uchun masʼul ijrochiga yuboriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955369" id="-3955369">nazoratga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining nazorat bandlari qoniqarli darajada bajarilganida “Ijro.gov.uz” tizimiga tasdiq maʼlumoti kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955371" id="-3955371">15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining nazorat bandlarini bajarish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish vakolatli organ tomonidan uch ish kunidan kechiktirmay quyidagi tartibda amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955372" id="-3955372">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida koʻzda tutilgan nazorat bandlari masʼul ijrochilar tomonidan toʻliq va sifatli bajarilganida vakolatli davlat organi tomonidan ushbu topshiriqlar “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratdan olinadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955374" id="-3955374">Nazorat bandlarini bajarish natijalari qoniqarsiz deb topilganida vakolatli organ tomonidan ushbu nazorat bandini qayta ishlash uchun tegishli masʼul bajaruvchiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali boshqatdan yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955377" id="-3955377">16. Vakolatli davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan nazorat bandlarini ijro natijalari toʻgʻrisidagi axborotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam taqdim etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3955379" id="-3955379">4-bob. Foydalanuvchilarning “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishlarini tashkil qilish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955380" id="-3955380">17. Foydalanuvchilarning “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishlarini tashkil qilish operator tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955382" id="-3955382">18. “Ijro.gov.uz” tizimining ishlashini texnik qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida operator quyidagilarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955387" id="-3955387">“Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilarni roʻyxatga olish, ulash va oʻqitish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955389" id="-3955389">“Ijro.gov.uz” tizimini modernizatsiyalash va “Ijro.gov.uz” tizimining yangi versiyalarini ishga tushirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955393" id="-3955393">“Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchilariga Call-markaz orqali “Ijro.gov.uz” tizimini ekspluatatsiya qilish boʻyicha, shu jumladan “Ijro.gov.uz” tizimida foydalanuvchilarning xato yoki notoʻgʻri ishlashlarining oldini olish boʻyicha maslahatlar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955395" id="-3955395">“Ijro.gov.uz” ishining funksional va foydalanish xarakteristikalarini yaxshilash maqsadida tizimning ishlashini tahlil qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955398" id="-3955398">19. “Ijro.gov.uz” tizimiga yangi foydalanuvchilarni ulash uchun operatorning pochta manziliga belgilangan shakldagi toʻldirilgan arizalar yuboriladi. Arizalarning shakllarini “Ijro.gov.uz” tizimidan olish mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955399" id="-3955399">20. Operator arizani olgan kundan boshlab uch ish kuni davomida “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi bilan shartnoma tuzishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955400" id="-3955400">21. “Ijro.gov.uz” tizimiga ulanish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgandan va operatorning bankdagi hisob raqamiga toʻlov kelib tushgandan soʻng operator uch ish kuni davomida: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955403" id="-3955403">himoyalangan apparat qurilmalarida ulanayotgan yangi foydalanuvchining elektron raqamli imzosining yopiq kalitini va ochiq kalitining sertifikatini generatsiyalashni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955410" id="-3955410">“Ijro.gov.uz” tizimining yangi foydalanuvchisiga yoki ishtirokchisining ishonchli vakiliga elektron raqamli imzoning yopiq kaliti va ochiq kalitining sertifikati boʻlgan himoyalangan apparat qurilmasi berilishini taʼminlashi shart.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3955414" id="-3955414">5-bob. “Ijro.gov.uz” tizimida foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955417" id="-3955417">22. “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning boshqarilishini operator taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955419" id="-3955419">23. “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqarish (maʼlumotlarni kiritish, oʻzgartirish, yangilash, oʻchirish) “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi — tashkilot kadrlar boʻlinmasining xodimi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955421" id="-3955421">24. “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgandan keyin unga elektron raqamli imzoning yozilgan yopiq kaliti va ochiq kalitining sertifikatiga ega himoyalangan apparat qurilmasi beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955423" id="-3955423">25. “Ijro.gov.uz” tizimiga kirish uchun “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi tomonidan himoyalangan apparat qurilmasidan foydalaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955424" id="-3955424">26. Xodim (“Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi) bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda himoyalangan apparat qurilmasi “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi — tashkilotning kadrlar boʻlinmasiga topshirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955425" id="-3955425">27. “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi — tashkilotning kadrlar boʻlinmasiga topshirilgan himoyalangan apparat qurilmasi, kadrlar boʻlinmasi tomonidan himoyalangan apparat qurilmasining egasini almashtirish uchun operatorga soʻrov yuborilgandan soʻng, “Ijro.gov.uz” tizimining yangi foydalanuvchisiga berilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3955426" id="-3955426">6-bob. Yakuniy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955428" id="-3955428">28. “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlaridan kelib chiqadigan vazifalarni bajarishning borishi toʻgʻrisidagi axborotni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli taqdim etilishi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimida ishlaganda axborot xavfsizligini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955430" id="-3955430">29. “Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilarining rahbarlari koʻtarilgan masalalarni va yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga, shuningdek, oldindan qoʻyilgan maqsadlarga erishishni soʻzsiz taʼminlashga qaratilgan vazifalarni bajarish natijalarini oʻz vaqtida va sifatli taqdim etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955434" id="-3955434">30. Operator “Ijro.gov.uz” tizimining uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955436" id="-3955436">31. Zarur boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari ijrosining nazoratini tashkil qilish joylarga chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955439" id="-3955439">32. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirmaydigan davlat organlarida va tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini va nazoratini tashkil qilish ham ushbu Nizomda koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3955441" id="-3955441">33. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3955445" id="-3955445"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3955447" id="-3955447">“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi<a href="/acts/-3932374#-3955283"> nizomga</a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3955450" id="-3955450">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishining nazoratini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tashkil qilish</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3955451" id="-3955451">SXEMASI </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3955452" id="-3955452"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3955453" id="-3955453"><img src="/files/3967797" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3955499" id="-3955499"><img src="/files/3967798" /></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4545845" id="-4545845">Izoh:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4545858" id="-4545858"></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4545863" id="-4545863">1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini tashkil qilish va ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi <a href="/acts/3214402">PQ-2881-son</a>, 2018-yil 26-avgustdagi <a href="/acts/3905776">PF-5519-son</a>, 2017-yil 9-avgustdagi F-5017-son hujjatlariga asosida ham amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4545892" id="-4545892">(izohning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PF-5846-son <a href="/acts/-4538805?ONDATE=04.10.2019 00#-4542363">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son)</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4545848" id="-4545848">2. Zarur boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishining nazoratini tashkil qilish joylarga chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4545851" id="-4545851">3. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirmaydigan davlat organlari va tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini va ijrosi nazoratini tashkil qilish ham ushbu Sxemada koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3954267" id="-3954267">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2018-y., 07/18/3962/2004-son; 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
