O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 27-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2015-yil 4-dekabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2015-yil 4-dekabrda ma’qullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 25-oktabrdagi O‘RQ-982-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son)
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 841–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan 556–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 330-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) 10-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish huquqini olish uchun litsenziyalash tartibini belgilaydi”;
sakkizinchi — o‘n oltinchi xatboshilar tegishincha to‘qqizinchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar) quyidagi mazmundagi 2293-modda bilan to‘ldirilsin:
“2293-modda. Belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar) 345-moddasi beshinchi qismidagi “2292” raqami “2293” raqami bilan almashtirilsin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 561-modda bilan to‘ldirilsin:
“561-modda. Jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish
Ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, bundan tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar mustasno, –
eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
2) 99-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish, –
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) 122-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“122-modda. Tamaki mahsulotini transportda belgilanmagan joylarda iste’mol qilish
Mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda, daryo kemalarida belgilanmagan joylarda, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlarida (shu jumladan tamburlarida), shahar ichida, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarda, shuningdek taksilarda, yo‘nalishli taksilarda hamda shahar elektr transportida tamaki mahsulotini iste’mol qilish,–
eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Havo kemalarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, —
eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
4) 187-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“187-modda. Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish
Ish joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish, bundan to‘ylar, yubileylar hamda boshqa tantanalar va marosimlar o‘tkaziladigan joylar, shuningdek alkogol mahsulotini quyib realizatsiya qilishga ruxsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari mustasno, –
eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –
eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”;
5) 248-moddaning:
birinchi qismidagi “ushbu Kodeks 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida” degan so‘zlar “ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
1-bandidagi “ushbu Kodeksning 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida” degan so‘zlar “ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2-bandidagi “ushbu Kodeksning 113-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlar “ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) ushbu Kodeksning 561, 122, 123-moddalarida, 127-moddasida (maqsadsiz ovozli signal berishga doir qismida), 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 191, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi qismida, 224-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — militsiya uchastkasi boshliqlari, militsiya profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari”.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda)quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “lombardlar va kredit byurolari” degan so‘zlar “lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 4-moddaning to‘rtinchi xatboshisi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining” degan so‘zlardan keyin “valyuta birjasining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 17-moddaning sakkizinchi xatboshisi “lombardlar” degan so‘zdan keyin “valyuta birjasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 40-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“valyuta birjasini litsenziyalashni amalga oshiradi va uning faoliyatini tartibga soladi”;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan O‘RQ–370-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 24-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar qimmatli qog‘ozlar fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan bo‘lsa, ularning birja kotirovkalari mazkur qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati deb e’tirof etiladi”;
2) 53-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dividendlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan muddatlarda jamiyatning aybi bilan to‘lanmagan (olinmagan) taqdirda to‘lanmagan (olinmagan) dividendlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi. To‘lanmagan (olinmagan) dividendlar bo‘yicha hisoblanadigan penyalar miqdori to‘lanmagan (olinmagan) dividendlar miqdorining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Aksiyador jamiyat tomonidan hisoblangan dividendlar va penyalar to‘lanishini sud tartibida talab qilishga haqli. Aksiyadorning talablari sud tomonidan qanoatlantirilganda dividendlar jamiyat tomonidan to‘lanmagan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot deb e’lon qilish tartib-taomili qo‘llaniladi”;
3) 58-moddaning to‘rtinchi qismi “jamiyatning yillik hisoboti” degan so‘zlardan keyin “jamiyat ijroiya organi va kuzatuv kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 59-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni o‘rta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash”;
5) 75-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida jamiyat ijroiya organining hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash”;
6) 79-modda yettinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining yoxud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra jamiyat direktorini yoki boshqaruv a’zolarini tayinlash, qoida tariqasida, chet ellik menejerlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tanlov bo‘yicha saralash asosida amalga oshiriladi”;
7) 102-modda:
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan o‘n kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Jamiyat Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisobotni u Xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan o‘tkazilganidan keyin, aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin e’lon qilishi shart”;
8) 106-moddaning ikkinchi qismidagi “listingiga” degan so‘z “birja kotirovkasi varag‘iga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 279–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 142-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) 20-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sug‘urta tashkilotlari, banklar va boshqa moliya tashkilotlari har yilgi moliyaviy hisobotni aksiyadorlarning yoki buxgalteriya hisobi subyektining boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ijobiy auditorlik xulosasi bilan birga e’lon qilishi shart”.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi 400–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 108-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda) 6-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Axborot olishga doir so‘rov og‘zaki, yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda ifodalanishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Yozma so‘rovda murojaat etuvchining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Yozma so‘rovda elektron manzilning ko‘rsatilganligi murojaat etuvchining so‘rovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga bo‘lgan roziligidir”;
uchinchi — oltinchi qismlar tegishincha to‘rtinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
to‘rtinchi qism “Yozma so‘rovlar” degan so‘zlardan keyin “shu jumladan elektron hujjat tarzida yuboriladigan so‘rovlar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
beshinchi qismdagi “o‘ttiz” degan so‘z “o‘n besh” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-940-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 9-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2024-y., 03/24/940/0596-son)
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi 472–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 230-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda, № 12, 657-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 7-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona organlari aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha mavjud materiallar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek o‘zga axborotni boshqa organlar va tashkilotlar bilan almashishni, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda almashishni o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, qonun hujjatlarida va bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiradi”.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining 8-bandidagi “shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmagan” degan so‘zlar “shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat soliq xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, moliya organlari, banklar soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar, o‘tkazilayotgan tekshiruvlar to‘g‘risida o‘zaro kelishuv bo‘yicha aniqlanadigan tartibda bir-birini xabardor qiladi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda xabardor qiladi, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi O‘RQ-900-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 21-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 03/24/900/0053-son)
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan O‘RQ–328-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda) 34-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat organlariga, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va boshqa tashkilotlarga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga:
bitimlar tuzish, foydani taqsimlash, ijroiya organi rahbarini va uning a’zolarini saylash (tayinlash) masalalari bo‘yicha hamda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqaruv organlari vakolatiga taalluqli bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish, tadbirkorlik faoliyati subyektlariga ko‘rsatmalar va boshqa farmoyishlar berish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining o‘z vakolatlari doirasida tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida qabul qilingan, zarar ko‘rilishiga olib kelgan qarorlar uchun ularning boshqaruv organlari a’zolariga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish taqiqlanadi”;
uchinchi va to‘rtinchi qismlar tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ijro varaqasi, sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
2) 54-modda:
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati tegishli qimmatli qog‘ozlar o‘zida birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan va qonun hujjatlariga muvofiq kotirovka qilinadigan fond birjasiga qimmatli qog‘ozlar kotirovkalariga doir so‘rov berish orqali sud ijrochisi tomonidan aniqlanadi”;
yettinchi qismidagi “fond birjasining rasmiy listingiga kiritilmagan va markazlashtirilgan tartibda kotirovka qilinmayotgan bo‘lsa” degan so‘zlar “fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilmagan bo‘lsa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi O‘RQ-730-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 25-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son)
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi 432–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-modda. Parlament so‘rovi, senator so‘rovi
Senat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.
Senat a’zosi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga, senator so‘roviga javobni Senat Reglamentida belgilangan tartibda va muddatlarda beradi”;
2) 16-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senatning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi”.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi 434–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-modda. Parlament so‘rovi, Qonunchilik palatasi deputati so‘rovi
Qonunchilik palatasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.
Qonunchilik palatasi deputati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki O‘zbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga, Qonunchilik palatasi deputati so‘roviga javobni Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilangan tartibda va muddatlarda beradi”;
2) 16-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi”;
3) 251-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish”;
4) 28-moddaning:
birinchi qismidagi “Qonunchilik palatasi Spikeri” degan so‘zlar “Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi Kengashi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash to‘g‘risida” degan so‘zlar “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi 439–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 2-modda) 9-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Har kim axborot olish uchun bevosita yoxud o‘z vakillari orqali og‘zaki, yozma shakldagi, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shakldagi so‘rov bilan murojaat etish huquqiga ega”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Yozma so‘rovda murojaat etuvchining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Yozma so‘rovda elektron manzilning ko‘rsatilganligi murojaat etuvchining so‘rovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga bo‘lgan roziligidir”;
uchinchi — to‘qqizinchi qismlar tegishincha to‘rtinchi — o‘ninchi qismlar deb hisoblansin;
to‘rtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yozma so‘rovga, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuborilgan so‘rovga imkon qadar qisqa muddatda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, so‘rov olingan sanadan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay javob berilishi kerak”;
oltinchi qismdagi “uchinchi va to‘rtinchi” degan so‘zlar “to‘rtinchi va beshinchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi O‘RQ-707-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 03/21/707/0780-son)
27-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga, ushbu Qonunga va boshqa qonunlarga muvofiq amalga oshiradi”;
2) 2-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-modda. Qonunchilik palatasi faoliyatining asosiy prinsiplari
Qonunchilik palatasi faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
siyosiy xilma-xillik va ko‘ppartiyaviylik;
masalalarni erkin muhokama qilish va jamoa bo‘lib hal etish;
ochiqlik va oshkoralik;
jamoatchilik fikrini hisobga olish”;
3) 3-moddaning:
to‘rtinchi qismidagi “va sanoq komissiyasi” degan so‘zlar “sanoq komissiyasi va ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasining birinchi majlisi Qonunchilik palatasi Spikerini saylashdan boshlanadi.
Qonunchilik palatasi Spikerini va uning o‘rinbosarlarini saylash uchun deputatlar orasidan Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etgan har bir siyosiy partiyadan kamida uch nafar deputatdan iborat Siyosiy partiyalar vakillari kengashi tuziladi. Siyosiy partiyalar vakillari kengashining tarkibi to‘g‘risidagi qaror Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Siyosiy partiyalar vakillari kengashi o‘z majlisida Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni deputatlar orasidan ko‘rsatish masalasini ko‘rib chiqadi. Siyosiy partiyalar vakillari kengashi majlisida Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiyaning vakili raislik qiladi.
Nomzod, agar u yashirin ovoz berish natijasida Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘p ovozini olgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylangan hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlarining soni, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiyalar va deputatlar guruhlarining sonidan kelib chiqqan holda Qonunchilik palatasi tomonidan belgilanadi. Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya va deputatlar guruhi o‘z vakili Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa egadir.
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga saylanadi.
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarini saylash uchun fraksiya va deputatlar guruhi, qoida tariqasida, o‘z fraksiyasining, deputatlar guruhining rahbari nomzodini kiritadi.
Fraksiyadan yoki deputatlar guruhidan taqdim etilgan nomzod Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, fraksiya, deputatlar guruhi o‘z fraksiyasi, deputatlar guruhi a’zolari orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega.
Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari saylanganligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi, qarorlarni palata majlisida raislik qiluvchi imzolaydi”;
5) 5-moddaning uchinchi qismidagi “Qonunchilik palatasi Spikeri” degan so‘zlar “ularning nomzodlari ko‘rsatilgan fraksiyalar yoki deputatlar guruhlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 6-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Qonunchilik palatasining Kengashi:
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi;
qo‘mitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi;
Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mitani (bundan buyon matnda mas’ul qo‘mita deb yuritiladi) belgilaydi;
qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish yoki uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish to‘g‘risida mas’ul qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra qaror qabul qiladi;
Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishini tashkil etishga ko‘maklashadi;
Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi.
Kengash o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘z a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi”;
uchinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
7) 7-moddaning:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasida budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi, qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tuzilishi shart. Qonunchilik palatasida boshqa qo‘mitalar ham tuzilishi mumkin”;
to‘rtinchi qismidagi “o‘ntadan” degan so‘z “o‘n bittadan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “saylovda saylovchilarning qancha ovozini olganligini inobatga olgan holda” degan so‘zlar “saylov yakunlari bo‘yicha olingan deputatlik o‘rinlarini inobatga olgan holda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan to‘ldirilsin:
“71-modda. Qonunchilik palatasining qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlarini tuzish
Qonun loyihalarini ishlab chiqishga va muhokama qilishga, nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlashga va o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida Qonunchilik palatasining qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlari tuziladi.
Ekspert guruhlari davlat organlarining, ilmiy va ta’lim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislari orasidan tuziladi.
Qonunchilik palatasining qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi”;
9) 8-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining komissiyalari (parlament komissiyalari) tashkil etilishi mumkin.
Zarur bo‘lgan hollarda komissiyalar ishiga davlat organlarining va boshqa organlarning vakillari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jalb etilishi mumkin”;
10) 91-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish”;
11) 11-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasining qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ochiq ovoz berish fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) tashabbusiga ko‘ra nomma-nom o‘tkazilishi mumkin, uning natijalari Qonunchilik palatasi majlisining stenogrammasiga ilova qilinadi”;
12) 12-modda:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati, ushbu konsepsiyada huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy g‘oyasi, maqsadi va predmeti; tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning mazkur sohada amalda bo‘lgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi umumiy tavsifi va holatiga berilgan baho; qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari; qonun loyihasining asosiy qoidalari; bo‘lg‘usi qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari prognozi belgilab berilgan bo‘lishi kerak”;
5-bandidagi “(bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasiga ilgari palata tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan tegishli qonun loyihasiga doir masalaga daxldor bo‘lgan qonun loyihasi kelib tushgan hollarda, Qonunchilik palatasi yangi kiritilgan qonun loyihasini qaytarish to‘g‘risidagi yoxud uni ilgari birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasi bilan birlashtirish haqidagi masalani mas’ul qo‘mitaning xulosasi asosida hal etishga haqli”;
13) 13-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi Kengashi Muvofiqlashtiruvchi guruhning axborotini eshitib, mas’ul qo‘mitani belgilaydi, qonun loyihasi hamda unga ilova qilingan materiallarni mas’ul qo‘mitaga va, bir vaqtning o‘zida, fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga) topshiradi. Bunda Qonunchilik palatasi Kengashi fraksiyalar (deputatlar guruhlari) tomonidan fikrlar va takliflarni hamda mas’ul qo‘mita tomonidan xulosani taqdim etish muddatini belgilaydi”;
to‘rtinchi va beshinchi qismlari quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan almashtirilsin:
“Qonunchilik palatasi Kengashi mas’ul qo‘mitaning xulosasi asosida, fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish to‘g‘risida yoki qonun loyihasi ushbu Qonun 12-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish haqida qaror qabul qiladi”;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
14) 14-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Muhokamalarga olimlar, mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham taklif etilishi mumkin”;
15) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, uch o‘qishda ko‘rib chiqadi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida uni qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi, shuningdek qonunni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar hamda moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadi. Bunda mas’ul qo‘mitadan bo‘lgan ma’ruzachi birinchi va keyingi o‘qishlarda fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart.
Fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflari majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti yoki uning vakili Qonunchilik palatasi majlisida qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida so‘zga chiqishi mumkin.
Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo‘yicha qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun palataga kiritish muddatini majburiy tartibda belgilagan holda uni birinchi o‘qishda qabul qilish haqida yoxud qonun loyihasini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi muhokamasiga qonun loyihalarining muqobil tahrirlari kiritilgan taqdirda ular bir vaqtda ko‘rib chiqilishi kerak. Qonunchilik palatasi deputatlarining qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan eng ko‘p miqdordagi ovozini to‘plagan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingan hisoblanadi.
Birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasining matni, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi, zarur bo‘lgan hollarda esa, Qonunchilik palatasining qaroriga ko‘ra ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Mas’ul qo‘mita kelib tushgan fikrlar va takliflarni qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida umumlashtiradi. Qonun loyihasining maromiga yetkazilgan matni fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga), shuningdek qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga ularning ushbu qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflarini olish uchun yuboriladi.
Mas’ul qo‘mita maromiga yetkazilgan qonun loyihasi bo‘yicha fikrlar va takliflarni olganidan so‘ng ularning muhokamasini qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillari ishtirokida tashkil etadi. Muhokamalarga olimlar, mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham taklif etilishi mumkin.
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarga daxldor qonun loyihalari muhokamalariga fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari taklif etilishi shart.
Mas’ul qo‘mita tomonidan asosli deb topilgan takliflar qonun loyihasining matniga kiritiladi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida mas’ul qo‘mita tomonidan ma’qullangan fikrlar va takliflar ham, ma’qullanmagan fikrlar va takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish moddama-modda o‘tkaziladi.
Muhokama natijalari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun palataga kiritish muddatini belgilagan holda uni ikkinchi o‘qishda qabul qilish haqida yoxud qonun loyihasini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Uchinchi o‘qishda qonun loyihasi muhokama qilinmasdan to‘laligicha ovozga qo‘yiladi.
Qonun loyihasi birinchi yoki ikkinchi o‘qishda qabul qilingan taqdirda, mas’ul qo‘mitaning taklifiga binoan qonunni keyingi o‘qishlar tartib-taomilini istisno etgan holda qabul qilish to‘g‘risidagi masala ovozga qo‘yilishi mumkin.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bundan ushbu Qonun 151, 17 va 18-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun o‘n kun ichida Senatga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Senatga qonun bilan birgalikda qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish chog‘ida taqdim etilgan materiallar yuboriladi”;
16) quyidagi mazmundagi 151-modda bilan to‘ldirilsin:
“151-modda. Senat tomonidan rad etilgan qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqish tartibi
Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasi tomonidan bir oylik muddatda qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
Mas’ul qo‘mita Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan xulosa beradi.
Mas’ul qo‘mitaning xulosasi olinganidan keyin qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqish masalasi belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritiladi.
Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda kelishuv komissiyasini tuzish;
qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan avvalgi qabul qilingan tahririda qabul qilish;
qonunni Qonunchilik palatasining qayta ko‘rib chiqishidan olib tashlash.
Agar Qonunchilik palatasi Senat tomonidan rad etilgan qonunni Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi”;
17) 16-moddaning:
uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan almashtirilsin:
“Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan ko‘rsatilgan tarkibi uning majlisida tasdiqlanadi. Bunda kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan ko‘rsatilgan tarkibiga o‘zini muxolifat deb e’lon qilgan fraksiyalarning vakillari kiritilishi shart”;
beshinchi — o‘n uchinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — o‘n ikkinchi qismlar deb hisoblansin;
18) 17-moddaning:
nomidagi “Qonunni” degan so‘z “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaytargan qonunni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Senat tomonidan rad etilgan yoki” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “Senat tomonidan rad etilgan yoki” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
19) 19-moddaning yettinchi qismidagi “hisobga olinishi shart” degan so‘zlar “majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20) IV bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“IV. Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlarini hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qabul qilish”;
21) 20-moddaning:
nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20-modda. Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihasini ko‘rib chiqish
Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga kiritiladi”;
ikkinchi qismidagi “mas’ul qo‘mitaga” degan so‘zlar “Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “hisobga olinishi shart” degan so‘zlar “majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
22) 22-modda:
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida eshitiladi.
Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi, fraksiyalar (deputatlar guruhlari) vakillarining o‘z fikrlari va nuqtai nazarlari bayon etilgan ma’ruzalari eshitilganidan so‘ng Bosh vazir nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi”;
beshinchi — o‘n ikkinchi qismlari tegishincha yettinchi — o‘n to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
23) VII bo‘lim quyidagi mazmundagi 261-modda bilan to‘ldirilsin:
“261-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzasini ko‘rib chiqish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar to‘g‘risidagi har yilgi ma’ruzasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi.
Har yilgi ma’ruzani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi, qaror Senatga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”;
24) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan shu shartnoma rasmiy matnining tasdiqlangan nusxasi va uni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish maqsadga muvofiqligining asoslarini o‘z ichiga olgan hujjatlar bilan birgalikda kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga yuboriladi.
Agar Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonunni belgilangan tartibda qabul qilmasa, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish tartib-taomilidan o‘tmagan hisoblanadi”;
25) 31-modda quyidagi mazmundagi uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni fraksiyalar (deputatlar guruhlari) va Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi.
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot fraksiyalar (deputatlar guruhlari) va Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida muhokama qilinganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi hamda Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi”;
26) 32-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.
Parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklif palata qo‘mitalari, fraksiyalar (deputatlar guruhlari), shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi.
Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi to‘g‘risidagi qarori loyihasi so‘rov tashabbuskorlari tomonidan Qonunchilik palatasining Spikeriga masalani Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun yuboriladi.
Qonunchilik palatasining qarori loyihasiga parlament so‘rovi loyihasi, shuningdek boshqa zarur materiallar ilova qilinadi. Parlament so‘rovi loyihasida so‘rovga javob berishning shakli (og‘zaki yoki yozma) haqidagi takliflar bo‘lishi kerak.
Qonunchilik palatasi parlament so‘rovini yuborish to‘g‘risida deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga og‘zaki javobni Qonunchilik palatasining majlisida palata belgilagan muddatda beradi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi lozim.
Parlament so‘roviga yozma javob Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi. Yozma javobning nusxalari palata majlisida o‘qib eshittirilguniga qadar oldindan deputatlarga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan parlament so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.
Parlament so‘roviga javob Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi parlament so‘rovi muhokamasi yakunlari bo‘yicha qaror qabul qiladi”;
27) quyidagi mazmundagi 321-modda bilan to‘ldirilsin:
“321-modda. Deputat so‘rovi
Qonunchilik palatasi deputati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki O‘zbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Qonunchilik palatasi deputati so‘roviga, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan deputat so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas”;
28) 33-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish
Qonunchilik palatasi zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti ushbu Qonunning 32-moddasiga muvofiq parlament so‘rovi tartibida eshitiladi”;
29) quyidagi mazmundagi 331 — 334-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“331-modda. Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish
Qonunchilik palatasi zarur bo‘lgan hollarda o‘zining majlisida hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish masalasi fraksiyalar va deputatlar guruhlarining tashabbusiga ko‘ra Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish to‘g‘risida Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oldindan yuboriladi.
Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
332-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitish
Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobot dastlabki tarzda fraksiyalar va deputatlar guruhlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) ma’ruzasi bilan boshlanadi, ma’ruzadan so‘ng fraksiyalarning va deputatlar guruhlarining vakillari so‘zga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) va Senatga yuboriladi.
333-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish
Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda fraksiyalar va deputatlar guruhlari, shuningdek Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Fraksiyalar va deputatlar guruhlari Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasiga o‘z takliflari hamda fikrlarini yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi fraksiyalar va deputatlar guruhlari taqdim etgan takliflar hamda fikrlarni inobatga olgan holda mazkur hisobot yuzasidan xulosani, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli yildagi hisoboti to‘g‘risida Qonunchilik palatasining qarori loyihasini tayyorlaydi hamda ularni palata ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish chog‘ida Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining ma’ruzasini, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi vakilining qo‘shimcha ma’ruzasini, shuningdek fraksiyalar va deputatlar guruhlari vakillarining chiqishlarini eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga va Senatga yuboriladi.
334-modda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalari tomonidan nazorat vakolatlarining amalga oshirilishi
Qonunchilik palatasining qo‘mitalari, shuningdek Qonunchilik palatasining deputatlari davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalarini, statistika ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin.
Qonunchilik palatasining qo‘mitalari yoki Qonunchilik palatasining deputatlari tomonidan so‘ralayotgan axborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaxs murojaat olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari qo‘mitalarning ish rejalariga, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlariga muvofiq o‘z majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlarining, palata qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining qo‘mitasi qaror qabul qiladi, qaror tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari vaqti-vaqti bilan qonunlarning va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi hamda yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi”;
30) quyidagi mazmundagi VIII1 bo‘lim bilan to‘ldirilsin:
“VIII1. Qonunchilik palatasi deputatining saylovchilar, siyosiy partiya bilan ishlarini tashkil etish tartibi
335-modda. Qonunchilik palatasi deputatining saylovchilar, siyosiy partiya bilan ishlari
Qonunchilik palatasi deputati o‘z okrugi saylovchilari, uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bog‘lab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etadi. O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan Qonunchilik palatasi deputatlari mazkur harakat bilan aloqa bog‘lab turadi va Qonunchilik palatasida uning manfaatlarini ifoda etadi.
Fraksiyalar har yili Qonunchilik palatasining Kengashi bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun mo‘ljallangan vaqtni belgilaydi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish chog‘ida Qonunchilik palatasi deputati:
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati, fraksiyaning faoliyati, uning mamlakatni sotsial-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning eng muhim masalalariga doir nuqtai nazari to‘g‘risida saylovchilarga axborot beradi;
yangi qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga yetkazadi;
qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi holatini huquqning qo‘llanilish samaradorligini va qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish zaruratini aniqlash maqsadida o‘rganadi;
fraksiya tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.
336-modda. Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish
Qonunchilik palatasining Kengashi Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish yuzasidan fraksiyalarning fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda chora-tadbirlar ko‘radi.
Qonunchilik palatasi deputati saylov okrugiga chiqishidan oldin fraksiya hamda Qonunchilik palatasi tomonidan hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlanadi.
Qonunlarning ijrosi, davlat dasturlarini hamda siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish yuzasidan aniq masalalarni ishlab chiqish uchun fraksiyalar zarur bo‘lgan hollarda o‘z deputatlarining saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlarini tashkil etadi.
Fraksiyalar deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari yakunlarini umumlashtiradi, zarur bo‘lgan hollarda dolzarb masalalarni Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
337-modda. Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishlarini tashkil etishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘maklashish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari Qonunchilik palatasi deputatini saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari binolar ajratilishini tashkil etadi, fuqarolarni deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari o‘tkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va joy haqida xabardor qiladi, qabullarda va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun o‘z mas’ul vakillarini deputatning taklifiga ko‘ra yuboradi, shuningdek deputatning joylardagi ishiga ko‘maklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar ko‘radi.
338-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish
Jismoniy va yuridik shaxslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda Qonunchilik palatasida jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini o‘tkazish Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonunga hamda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi”.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi 523–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatining huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga, ushbu Qonunga va boshqa qonunlarga muvofiq amalga oshiradi”;
2) 2-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-modda. Senat faoliyatining asosiy prinsiplari
Senat faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
umumdavlat va mintaqaviy manfaatlarni uyg‘unlashtirish;
masalalarni erkin muhokama qilish va jamoa bo‘lib hal etish;
ochiqlik va oshkoralik;
jamoatchilik fikrini hisobga olish”;
3) 3-moddaning:
uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senatning majlislari ishini tashkil etish uchun ushbu majlislarda majlisning kotibiyati, sanoq komissiyasi va ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan nazorat guruhi saylanadi.
Senatning birinchi majlisi Senat shakllantirilganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Mazkur majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi ochadi va Senat Raisi saylangunga qadar unda raislik qiladi”;
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 6-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senatning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Senat Kengashi:
Senat majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda Senatning vakolatlariga taalluqli qarorlarni Senatning majlislari oralig‘ida qabul qiladi, ushbu qarorlar keyinchalik Senatning majlisida tasdiqlanadi;
qo‘mitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi;
Senatning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi.
Kengash o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘z a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi”;
uchinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
5) 7-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senatda budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi, fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tuzilishi shart. Senatda boshqa qo‘mitalar ham tuzilishi mumkin”;
6) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan to‘ldirilsin:
“71-modda. Senatning qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlarini tuzish
Qonunlarni muhokama qilishga, nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlashga va o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida Senatning qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlari tuziladi.
Ekspert guruhlari davlat organlarining, ilmiy va ta’lim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislari orasidan tuziladi.
Senatning qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibi Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi”;
7) 8-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining komissiyalari (parlament komissiyalari) tashkil etilishi mumkin.
Zarur bo‘lgan hollarda komissiyalar ishiga davlat organlarining va boshqa organlarning vakillari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jalb etilishi mumkin”;
8) 11-moddaning to‘rtinchi qismidagi “14-moddasida” degan so‘zlar “13 va 14-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 12-moddaning:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — o‘n ikkinchi qismlari tegishincha uchinchi — o‘n birinchi qismlar deb hisoblansin;
10) IV bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“IV. Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlarini hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qabul qilish”;
11) 16-moddaning:
nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16-modda. Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihasini ko‘rib chiqish
Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Senatga yuboriladi”;
ikkinchi qismidagi “mas’ul qo‘mita” degan so‘zlar “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 18-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida eshitiladi.
Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi eshitilganidan so‘ng Bosh vazir nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi”;
uchinchi — to‘qqizinchi qismlari tegishincha beshinchi — o‘n birinchi qismlar deb hisoblansin;
13) VII bo‘lim quyidagi mazmundagi 251-modda bilan to‘ldirilsin:
“251-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzasini ko‘rib chiqish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar to‘g‘risidagi har yilgi ma’ruzasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Senatga taqdim etiladi.
Har yilgi ma’ruzani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Senatning qarori qabul qilinadi, qaror Qonunchilik palatasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”;
14) 27-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonun Senatga shu shartnoma rasmiy matnining tasdiqlangan nusxasi va uni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish maqsadga muvofiqligining asoslarini o‘z ichiga olgan hujjatlar bilan birgalikda kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi Senat tomonidan ma’qullangan qonun imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi”;
15) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining belgilangan tartibda kiritilgan taklifiga binoan tumanlarni, shaharlarni, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularni qayta nomlash va ularning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani Qonunchilik palatasi tomonidan mazkur masala bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinganidan va Senatga tegishli materiallar kelib tushganidan keyin ko‘rib chiqadi.
Tumanlarni, shaharlarni, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularni qayta nomlash va ularning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda e’lon qilinishi lozim”;
16) 31-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.
Parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklif Senat qo‘mitalari yoki Senat a’zolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan Senat ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi.
Senatning parlament so‘rovi to‘g‘risidagi qarori loyihasi so‘rov tashabbuskorlari tomonidan Senat Raisiga masalani Senatning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun yuboriladi.
Senatning qarori loyihasiga parlament so‘rovi loyihasi, shuningdek boshqa zarur materiallar ilova qilinadi. Parlament so‘rovi loyihasida so‘rovga javob berishning shakli (og‘zaki yoki yozma) haqidagi takliflar bo‘lishi kerak.
Senat parlament so‘rovini yuborish to‘g‘risida Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga og‘zaki javobni Senatning majlisida Senat belgilagan muddatda beradi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi lozim.
Parlament so‘roviga yozma javob Senatning majlisida raislik qiluvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi. Yozma javobning nusxalari palata majlisida o‘qib eshittirilguniga qadar oldindan senatorlarga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan parlament so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.
Parlament so‘roviga javob Senatning majlisida muhokama qilinishi mumkin. Senat parlament so‘rovi muhokamasi yakunlari bo‘yicha qaror qabul qiladi”;
17) quyidagi mazmundagi 311-modda bilan to‘ldirilsin:
“311-modda. Senator so‘rovi
Senator davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari senator so‘roviga, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan senator so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas”;
18) 32-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish
Senat zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti ushbu Qonunning 31-moddasiga muvofiq parlament so‘rovi tartibida eshitiladi”;
19) quyidagi mazmundagi 321 — 324-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“321-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Senatga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisobotlari Senatning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlari dastlabki tarzda Senat qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Senat qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi.
322-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitish
Senat har yili o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobot dastlabki tarzda Senat qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Senat majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) ma’ruzasi bilan boshlanadi, ma’ruzadan so‘ng Senat qo‘mitalarining vakillari so‘zga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
323-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish
Senat har yili o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini mazkur masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib tushganidan keyin eshitadi va muhokama qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi senatorlar taqdim etgan takliflar va fikrlarni inobatga olgan holda mazkur hisobot yuzasidan xulosani, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli yildagi hisoboti to‘g‘risida Senatning qarori loyihasini tayyorlaydi hamda ularni palata ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish chog‘ida Senat O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining ma’ruzasini, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi vakilining qo‘shimcha ma’ruzasini, shuningdek Senatning boshqa qo‘mitalari vakillarining chiqishlarini eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
324-modda. Senat qo‘mitalari tomonidan nazorat vakolatlarining amalga oshirilishi
Senatning qo‘mitalari, shuningdek senatorlar davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalarini, statistika ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin.
Senatning qo‘mitalari yoki senatorlar tomonidan so‘ralayotgan axborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaxs murojaat olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak.
Senat qo‘mitalari qo‘mitalarning ish rejalariga, Senat va uning Kengashi qarorlariga muvofiq o‘z majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Senat va uning Kengashi qarorlarining, palata qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Senatning qo‘mitasi qaror qabul qiladi, qaror tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi.
Senat qo‘mitalari vaqti-vaqti bilan qonunlarning va Senat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi hamda yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi”.
29-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-aprelda qabul qilingan “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 617–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 86-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 6-modda:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Siyosiy partiyalarga, ularning tashkilotlariga bittadan ortiq bankda bank hisobvaraqlariga, shuningdek chet el banklarida hisobvaraqlarga ega bo‘lish taqiqlanadi”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Siyosiy partiyalar bitta bankda quyidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga ega bo‘lishi mumkin:
asosiy hisobvaraq — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larni o‘tkazish, ulardan foydalanish va ularni nazorat qilish uchun;
ikkita ikkilamchi hisobvaraq:
a) a’zolik badallari, xayriyalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan kelib tushadigan mablag‘larni o‘tkazish va ulardan foydalanish uchun;
b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan kelib tushadigan mablag‘larni o‘tkazish va ulardan foydalanish uchun”;
2) 10-modda:
ikkinchi qismidagi “hisob-kitob varaqlariga” degan so‘zlar “bank hisobvaraqlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Siyosiy partiya tomonidan moliya yili mobaynida foydalanilmagan davlat mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilmaydi va bu mablag‘lardan kelgusi yillarda ularning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun foydalaniladi”.
30-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi 704–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 7-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “parlament so‘rovi” degan so‘zlar “so‘rov” degan so‘z bilan almashtirilsin;
2) 9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Deputat o‘z okrugi saylovchilari, uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bog‘lab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etadi. O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar mazkur harakat bilan aloqa bog‘lab turadi va Qonunchilik palatasida uning manfaatlarini ifoda etadi.
Deputat vaqti-vaqti bilan, ammo yiliga kamida bir marta saylovchilarga o‘z faoliyati haqida axborot beradi.
Siyosiy partiyalar fraksiyalari har yili Qonunchilik palatasining Kengashi bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun mo‘ljallangan vaqtni belgilaydi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish chog‘ida deputat:
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati, siyosiy partiya fraksiyasining faoliyati, uning mamlakatni sotsial-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning eng muhim masalalariga doir nuqtai nazari to‘g‘risida saylovchilarga axborot beradi;
yangi qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga yetkazadi;
qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi holatini huquqning qo‘llanilish samaradorligini va qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish zaruratini aniqlash maqsadida o‘rganadi;
siyosiy partiya fraksiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.
Saylovchilarning ishonchini oqlay olmagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin”;
3) quyidagi mazmundagi 91, 92 va 93-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“91-modda. Deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish
Qonunchilik palatasining Kengashi deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish yuzasidan siyosiy partiyalar fraksiyalarining fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda chora-tadbirlar ko‘radi.
Deputat saylov okrugiga chiqishidan oldin siyosiy partiya fraksiyasi hamda Qonunchilik palatasi tomonidan hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlanadi.
Qonunlarning ijrosi, davlat dasturlarini hamda siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish yuzasidan aniq masalalarni ishlab chiqish uchun siyosiy partiyalar fraksiyalari zarur bo‘lgan hollarda o‘z deputatlarining saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlarini tashkil etadi.
Siyosiy partiyalar fraksiyalari deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari yakunlarini umumlashtiradi zarur bo‘lgan hollarda dolzarb masalalarni Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
92-modda. Deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘maklashish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari deputatni saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari binolar ajratilishini tashkil etadi, fuqarolarni deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari o‘tkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va joy haqida xabardor qiladi, qabullarda va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun o‘z mas’ul vakillarini deputatning taklifiga ko‘ra yuboradi, shuningdek deputatning joylardagi ishiga ko‘maklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar ko‘radi.
93-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish
Jismoniy va yuridik shaxslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda Qonunchilik palatasida jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini o‘tkazish deputatlar tomonidan qonunga hamda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi”;
4) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10-modda. Deputat va senator so‘rovi
Deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki O‘zbekiston ekologik harakatining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan, senator esa tegishli hududlarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat, senator so‘roviga, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan deputat, senator so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas”.
31-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘RQ–88-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 161-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 2-modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish”;
2) 4-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi siyosiy partiyaning o‘z ustavi bilan vakolatli bo‘lgan organ tomonidan taklif etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlar yakunlari to‘g‘risidagi axboroti va saylangan deputatlar ro‘yxati matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki haftalik muddatdan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladi”;
ikkinchi — o‘ninchi qismlar tegishincha to‘rtinchi — o‘n ikkinchi qismlar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
34-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 29-modda birinchi qismining yigirma beshinchi xatboshisi “va budjet hisobotini qabul qiladi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 30-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi “va budjet hisobotini qabul qiladi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 39-moddaning matnidagi “davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan, belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag‘larni” degan so‘zlar “davlat aktivlarini xususiylashtirishdan va ushbu Kodeksning 55-moddasida nazarda tutilgan boshqa manbalardan tushadigan, belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag‘larni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 70-modda birinchi qismi 3-bandining beshinchi xatboshisi “kadastr” degan so‘zdan keyin “shuningdek geologiya qidiruv” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 71-modda birinchi qismi 4-bandining uchinchi xatboshisi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi” degan so‘zlardan keyin “Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 76-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablag‘lardan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
7) 89-modda uchinchi qismining ruscha matnidagi “predshestvuyushiye” degan so‘z “predstoyashiye” degan so‘z bilan almashtirilsin;
8) 90-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
9) 91-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufdagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan”;
to‘rtinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
10) 92-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan tegishli moliya organlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufdagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga — joriy yilning 1-iyunigacha”;
11) 99-modda:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlariga muvofiq xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari hamda xarajatlari hajmlari uch ish kuni ichida qabul qilinadi”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq tumanlar va shaharlar hokimlari tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari hamda xarajatlari hajmlarini tasdiqlash bo‘yicha uch ish kuni ichida qarorlar qabul qiladi”;
12) 100-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari tasdiqlangandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:
tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan beriladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar hamda dotatsiyalar hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini — bir haftalik muddatda yetkazadi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tumanlar va shaharlar budjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larning hajmlarini bir haftalik muddatda yetkazadi”;
13) 102-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ikki nusxada, budjet mablag‘larini taqsimlovchi tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha uch nusxada tuziladi”;
14) 105-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “daromadlar va jamlanma” degan so‘zlar “jamlanma daromadlar va” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 112-modda:
uchinchi qismi “tasdiqlangan” degan so‘zdan keyin “jamlanma xarajatlar smetalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tasdiqlangan hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtinchalik xarajatlar smetalari asosida tegishli budjetlarning moliya yilining birinchi choragi uchun vaqtinchalik xarajatlari yoyilmasi tuziladi”;
16) 119-moddaning ikkinchi qismidagi “ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi budjet mablag‘lari qoldig‘ining ushbu budjetlar uchun joriy moliya yiliga tasdiqlangan aylanma kassa mablag‘lari miqdorlaridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi” degan so‘zlar “ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi budjet mablag‘lari qoldig‘ining (davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning yil boshidagi qoldiqlari summasi bundan mustasno) ushbu budjetlar uchun joriy moliya yiliga tasdiqlangan aylanma kassa mablag‘lari miqdoridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 121-moddaning uchinchi qismidagi “xaridlar amalga oshirilishidan kamida o‘n kun oldin joylashtirilishi kerak” degan so‘zlar “xaridlar amalga oshirilishidan kamida o‘n kun oldin, biroq joriy moliya yilining 10-dekabridan kechiktirmasdan joylashtirilishi kerak” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 123-moddaning ikkinchi qismidagi “yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida” degan so‘zlar “yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha esa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari asosida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
19) 128-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ijro varaqasi yoki sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin”;
uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
20) 150-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasiga kiritiladigan o‘zgartirishlar soni hisobga olinayotganda budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lash uchun budjet tashkilotining tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjetdan ajratiladigan mablag‘larni bir moddadan boshqa moddaga ko‘paytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar hisobga olinmaydi”;
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
21) 25-bobning nomidagi “yillik hisobotni” degan so‘zlar “hisobotlarni” degan so‘z bilan almashtirilsin;
22) 168-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“168-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan hisobot davri uchun taqdim etilgan tegishli budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘z partiyalar guruhlarida va doimiy komissiyalarida (qo‘mitalarida) dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishli budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan so‘ng tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etadi.
Tegishli budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish muddatlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan belgilanadi.
Tegishli budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi”;
23) 170-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “respublika budjetidan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
24) 187-moddaning:
ikkinchi xatboshisidagi “yo‘naltirish” degan so‘z “moliya yili davomida yo‘naltirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “rioya etmaslik” degan so‘z “rioya etmasdan moliya yili davomida to‘lovlarni amalga oshirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
25) 188-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Smeta-shtat intizomini buzish quyidagilar natijasida Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini moliya yili davomida sarflashdir:
noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida va normativlarga nisbatan oshirib ko‘rsatilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni xarajatlar smetasiga kiritish;
xodimlarning belgilab qo‘yilgan cheklangan umumiy soniga, xodimlarning toifalari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga rioya etmaslik;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya etmaslik;
tarifikatsiya ro‘yxatlarini tuzishning belgilangan tartibi va normativlariga rioya etmaslik”.
35-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 12, 14-moddalari, 15-moddasi 2-bandi, 20, 25, 26 va 33-moddalari “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgan kundan e’tiboran amalga kiritiladi.
Ushbu Qonunning 13-moddasi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Ushbu Qonunning 15-moddasi 1-bandi, 34-moddasi 1 — 18, 20 — 25-bandlari 2016-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
Ushbu Qonunning 16-moddasi, 21-moddasi 1-bandi, 34-moddasi 19-bandi 2016-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2015-yil 30-dekabrdagi 251 (6434)-sonida e’lon qilingan
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-dekabr,
O‘RQ-396-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son, 12.08.2021-y., 03/21/707/0780-son, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son; 20.01.2024-y., 03/24/900/0053-son; 08.08.2024-y., 03/24/940/0596-son; 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son)