Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik faoliyatini yanada erkinlashtirish, ruxsat beruvchi tartibotlarni qisqartirish va arzonlashtirish, shuningdek ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-iyul,
196-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 21-maydagi 263-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 27-modda) ning 2-bandi sakkizinchi xatboshidagi “yetkazib berilishini taʼminlash” soʻzlaridan soʻng “(qimmatli qogʻozlarda hisob-kitob qilish)” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Estrada qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 32-modda):
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish” soʻzlari “konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “turlari” soʻzi “turi” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning oʻzbek tilidagi matnida:
1.1-bandidagi “gastrol-konsert” soʻzlari “konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3.1-bandidagi “Gastrol-konsert” soʻzlari “Konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5.6-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish, toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert” soʻzlari “konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning oʻzbek tilidagi matnida:
2.2-bandining yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish, toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarga konsert” soʻzlari “konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “gastrol-konsert” soʻzlari “konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert” soʻzlari “konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshidagi “gastrol-konsert” soʻzlari “konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1017/4180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
11. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hisob-kitob-kliring palatalari — qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshiruvchi savdolar tashkilotchisining tarkibiy boʻlinmasi”;
uchinchi xatboshidan “hisob-kitob-kliring palatasi bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-banddan “savdoning tashkilotchilari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 5-banddagi yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 6-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “savdo tashkilotchilari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidan “savdo tashkilotchilarining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 7-bandda:
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshidan “savdo tashkilotchilari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidan “savdo tashkilotchilari va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 9-bandning toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
j) 22-bandning ikkinchi xatboshidagi “savdo tashkilotchisidan olingan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son)
17. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-noyabrdagi 479-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Veterinariya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 7-bandda:
yettinchi xatboshidan “transport” soʻzi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“litsenziat — yuridik shaxs tomonidan litsenziyalovchi organga veterinariya mutaxassisining ishga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish — mutaxassis ishga olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida”;
b) 9-bandda:
“g” va “j” kichik bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“z” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“z) yakka tartibdagi tadbirkorning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplom, malaka oshirish, ixtisoslashuvdan oʻtish toʻgʻrisidagi hujjatlar, mehnat daftarchasining nusxalari)”.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1028-sonli qaroriga asosan 2019-yil 20-martidan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 692-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 957-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining tovarlarni qayta ishlash bilan bogʻliq qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 17-avgustdagi 398-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 84-modda) 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ustav jamgʻarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan va qayta ishlashning bojxona rejimlariga joylashtiriladigan tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishishga;
bojxona hududidan tashqarida, ustav jamgʻarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud korxonalarga tovarlarni qayta ishlashning Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berishga”.
24. Vazirlar Mahkamasining “Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 102-modda):
a) 1-ilovada:
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Oʻzbekiston Respublikasida yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini respublikaga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladi.
Yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiradigan oʻsimliklar turlari namunalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va hududiga olib kirishga ruxsatnoma yuridik va jismoniy shaxslarga Oʻzbekistondagi CITES Maʼmuriy organi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Davlat biologiya nazorati) tomonidan beriladi, mazkur bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan oʻsimlik dunyosi obyektlari bundan mustasno.”;
20-banddagi “Oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” soʻzlari “Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” soʻzlari “Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini chetga chiqarishga ruxsatnoma berish uchun quyidagi miqdorlarda toʻlov undiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimlikning bir donasi, shuningdek oʻsimliklarning ushbu turlaridan botanika kolleksiyalari uchun — mazkur turdagi oʻsimliklarni terishga ruxsatnoma qiymatining 5 foizi miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi oʻsimliklar xom ashyosining bir kilogrammi (yalangʻoch qizilmiyadan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — yuridik va jismoniy shaxslar uchun— oʻsimlikning mazkur turini gʻamlashga ruxsatnoma qiymatining 10 foizi miqdorida;
yalangʻoch qizilmiya xom ashyosining (TIF TN kodi 121190850 0) 1 tonnasi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — yuridik va jismoniy shaxslarga yalangʻoch qizilmiyani chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma berishga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha 225 AQSH dollari miqdorida.
Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirishga beriladigan ruxsatnoma uchun toʻlov undirilmaydi.”;
23-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma yoki bunday ruxsatnoma berishning asosli ravishda rad etilishi arizachiga ariza berilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida yuboriladi”;
24-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” soʻzlari “Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-bandning yettinchi xatboshidagi “Oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” soʻzlari “Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
12-bandning sakkizinchi xatboshidagi “15 kun mobaynida” soʻzlari “7 kun mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning oʻn uchinchi xatboshidagi “15 kun mobaynida” soʻzlari “7 kun mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan, Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatida:
a) 50-2-pozitsiyasining “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidan “, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 85-pozitsiyaning “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarisida gastrol-konsert faoliyati” soʻzlari “tomosha-konsert faoliyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 86-pozitsiya chiqarib tashlansin;
g) 86-1-pozitsiyaning “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “gastrol-konsert” soʻzlari “tomosha-konsert” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 9-bandining sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
29. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-noyabrdagi 232-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bandi “d” kichik bandi va nizomga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Ustavida:
a) 76-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi mazmunli ikkinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Umumiy temir yoʻl tarmoqlari yoki yerosti temir yoʻllari tarmoqlariga tutashgan temir yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek yuklash, tushirish va vagonlar va konteynerlarni tozalash uchun moʻljallangan qurilmani ishlab chiqarish temir yoʻl rahbari yoki uning topshirigʻiga asosan mintaqaviy temir yoʻl rahbari tomonidan tasdiqlangan loyiha boʻyicha amalga oshiriladi. Temir yoʻllar boshqa tarmoqdagi temir yoʻllar bilan tutashgan holatda loyiha qoʻshimcha ravishda tegishli vazirlik, qoʻmita, tashkilot yoki jismoniy shaxs bilan kelishiladi;
toʻrtinchi-beshinchi xatboshi tegishli ravishda uchinchi-toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
b) 77-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “temir yoʻl bilan kelishilgan loyiha boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 91-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 10-modda) 1-ilovasidan oltinchi pozitsiya chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 364-modda)
35. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi mazmundagi 191-band qoʻshilsin:
“191. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Maxsus idoralararo komissiyasi Kotibiyatiga “bir oyna” tamoyili boʻyicha elektron shaklda Mahalliylashtirish dasturiga loyihalarni kiritish boʻyicha taklifni kiritishga haqli”.
36. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatida:
a) 49-pozitsiya chiqarib tashlansin;
b) 50-pozitsiyaning “Faoliyat turining nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish”.
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 81-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 025 yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/399/1291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2018-y., 09/18/22/0568-son)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 338-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/338/0700-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 31-dekabrdagi 353-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 98-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 49-son, 613-modda; 2017-y., 7-son, 98-modda, 20-son, 364-modda, 36-son, 957-modda, 38-son, 1037-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2018-y., 09/18/22/0568-son, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154, 01.06.2018-y., 09/18/399/1291-son, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son, 26.06.2018-y., 09/18/467/1391-son, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son; 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son; 20.12.2019-y., 09/19/1017/4180-son; 29.05.2020-y., 09/20/338/0700-son, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)