Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.07.2023
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda bo‘shayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-iyuldagi 319-sonli “Harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar muomalasi hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmonining ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda bo‘shayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisi A.S. Ibadullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-mart,
237-son
Vazirlar Maxkamasining 2018-yil 26-martdagi 237-son qaroriga
1-ILOVA
Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida
NIZOM
1-bob.Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Nizomga muvofiq quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadi:
qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish;
bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash.
3. Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulot — qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa;
harbiy texnika — jangovar harakatlarni olib borish va ta’minlash, qo‘shinlarni o‘qitish hamda uning belgilangan maqsadda foydalanishga tayyorlik darajasini ta’minlash uchun mo‘ljallangan texnika;
qurol-yarog‘ — qurol-yarog‘ va uni qo‘llashni ta’minlovchi texnik vositalar hamda o‘q-dorilar jamlanmasi;
qurol — tuzilishiga ko‘ra jonli nishonni yoki boshqa nishonga urish, signallar berish uchun mo‘ljallangan qurilmalar va ashyolar;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
o‘q-dorilar — qurolning jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish uchun mo‘ljallangan hamda tarkibida portlovchi, poroxli, uloqtiruvchi, pirotexnik yoki urib chiqaradigan moddalar yoxud ularning birikmasi mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘ ashyolari va uloqtiriladigan aslahasi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
harbiy texnikaning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlari — katta (tarkibiy) buyumning tarkibiy qismi hisoblangan va ta’mirlash (buyumning soz va ishlashga layoqatli holatini saqlash yoki qayta tiklash) maqsadida foydalanilayotgan shunday qismni almashtirish uchun mo‘ljallangan qismlar, detallar;
himoyalanish vositalari — insonni va harbiy texnikani sovuq, o‘q otar qurolning fizik ta’siridan, shuningdek, parchalardan himoya qilish uchun foydalaniladigan vositalar;
harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar – asosida harbiy maqsadga mo‘ljallab ishlab chiqariladigan mahsulotdan qat’iy nazar, qo‘yiladigan alohida talablarga mos keladigan materiallar;
maxsus uskuna — harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash, tugatish va qayta ishlashda o‘ziga xos (nostandart) texnologik operatsiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan mashinalar, dastgohlar va agregatlar;
harbiy-texnika vositalari — qurolli kuchlarning jangovar harakatlarini va doimiy faoliyatini ta’minlaydigan texnik vositalar;
harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotni tugatish (yo‘q qilish) — harbiy maqsadga mo‘ljallangan va bugungi sharoitda atrof muhit va aholi uchun bartaraf etib bo‘lmaydigan xavf tug‘diradigan mahsulotni u butkul yo‘q qilingunicha qayta ishlash;
harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotni qayta ishlash — harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotni uning ekspluatatsiya muddati tugagandan so‘ng sanoat yo‘li bilan qayta ishlash va/yoki shunday mahsulotdan olingan xomashyo, moddalar va materiallardan takroriy foydalanish orqali ishlatish.
4. Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlari hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyati faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5. Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlari hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyati litsenziyalash ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari mazkur Nizomning 2-moddasida nazarda tutilgan litsenziyalashtiriladigan faoliyat turlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarorlarida ko‘zda tutilgan faoliyat turlarini amalga oshirish sharti bilan, tegishli litsenziya olmasdan amalga oshirish huquqiga egadir.
7. Litsenziyani berish, berishni rad qilish, to‘xtatish, qayta tiklash yoki uning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda litsenziya beruvchi organ deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoat davlat qo‘mitasi Davlat mudofaa buyurtmasini amalga oshirish boshqarmasining Sifatni nazorat qilish, standartlashtirish va litsenziyalash bo‘limi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni qo‘rib chiqadi va ular bo‘yicha xulosalar tayyorlaydi.
8. Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlari hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda namunaviy litsenziyalar beriladi. Bunda talabgorning arizasiga binoan litsenziya ushbu Nizomga 2-ilovada qayd etilgan barcha faoliyat turlari uchun berilishi mumkin.
9. Litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Bunda talabgorning arizasiga asosan litsenziyaning amal qilish muddati kamida besh yil etib belgilanishi mumkin.
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
10. Quyidagilar qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlari hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari hamda shartlari hisoblanadi:
yuridik shaxs shatatida kasbiy ma’lumotga ega va litsenziyalanadigan faoliyat turiga mos malaka talablariga javob beradigan zarur mutaxassislarning mavjudligi;
moddiy-texnika bazasi, binolar va inshootlarning portlash hamda yong‘in xavfsizligi nomalari va talablariga, shuningdek, sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi;
tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha zarur tadbirlarni ta’minlash va ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish;
foydalaniladigan uskunalarning texnik xususiyatlari va o‘lchash aniqligining ularga ishlarni bajarish uchun qo‘yiladigan talablarga mos kelishi;
sifat bo‘yicha qo‘yiladigan talablarga mos butlovchi detallar va sarflanadigan materiallardan foydalanish;
hujjatlar, materiallar, yarim fabrikatlar, mahsulotning butlovchi buyumlarini (namunalarini) saqlash sharoitlarining mavjudligi (utilizatsiya va yo‘q qilish ishlari uchun – qimmatbaho metallarni saqlash shartlari);
ishlab chiqariladigan va ta’mirlanadigan mahsulot nazoratini ta’minlash uchun tajriba laboratoriyasi yoki tajriba ishlarini amalga oshirish uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi;
ishlab chiqariladigan mahsulotni (ko‘rsatiladigan xizmatlar va ishlar) texnik tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi.
11. Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlari hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini davlat (harbiy) sirini tashkil qiladigan ma’lumotlardan foydalangan holda amalga oshirishda quyidagilar qo‘shimcha litsenziya talablari hamda shartlari hisoblanadi:
qonunchilikka muvofiq maxfiy ish yuritish va obyekt ichki tartibiga rioya etish;
qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xodimda davlat sirlaridan foydalanish uchun ruxsatnomaning mavjudligi. Bunda yuridik shaxs shtatida ruhiy kasalliklari bo‘lgan, narkoman, taksikoman va ichkilikka ruju qo‘ygan hamda dispanser hisobidan turadigan, shuningdek, sudlangani qoplanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarning mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
litsenziyalangan faoliyat turi amalga oshirilishi taxmin qilinayotgan obyektlar ishonchli qo‘riqlanishining ta’minlanishi, ularni qo‘riqlash bo‘yicha jismoniy va texnik tadbirlar o‘tkazilishi, ularni qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi hamda boshqa texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash.
3-bob. Litsenziyani olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
12. Talabgor litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etiladi:
a) litsenziyani olish uchun quyidagilar ko‘rsatilgan ariza;
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
joylashgan joyi (pochta manzili);
faoliyat ko‘rsatadigan joyi (manzili):
bank muassasasining nomi va hisobraqami;
mavjud bo‘lsa - telefon, faks raqami, elektron pochtasi va veb-sayti manzili;
talabgor amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalangan faoliyat turi.
b) litsenziya talabgorida texnologik sinov uskunalari va o‘lchov vositalari, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotni (ko‘rsatiladigan xizmatlar va ishlar) texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar;
v) litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish taxmin qilinayotgan obyektning yong‘in, ekologiya va sanitariya xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida ma’lumotlar;
g) obyektning texnik jihozlangani va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar qo‘riqlash organlarining texnik qo‘riqlash markaziga (punktiga) ulangani to‘g‘risida ma’lumotlar - davlat (harbiy) sirini tashkil qiladigan ma’lumotlardan foydalangan holda ishlarni (xizmatlarni) amalga oshirish taxmin qilinayotgan obyektlar uchun;
d) hujjatlar, materiallar, yarim fabrikatlar, mahsulotning butlovchi buyumlarini (namunalarini) saqlash tashkil etilgani haqida ma’lumotlar (utilizatsiya va tugatish ishlari uchun – qimmatbho metallarni saqlash shartlari);
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
13. Litsenziya talabgoridan Nizomda ko‘rsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
14. Litsenziya talabgori hujjatlarni litsenziyalovchi organga bevosita pochta aloqasi vositasi yoki elektron shaklda yuboradi va hujjatlar olinganligi hakida litsenziya oluvchiga xabar beriladi.
Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha xabarnomani elektron shaklda axborot tizimlari orqali olishga roziligini bildiradi.
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
15. Litsenziyalovchi organ hujjatlarni ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib oladi va nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
16. Noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonunga muvofiq javob beradi.
4-bob. Arizani ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
17. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining arizasini ko‘rib chiqishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Litsenziya talabgorining arizasini ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisobraqamiga Mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish manabalaridan biri sifatida o‘tkaziladi.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechganda yoki litsenziyalovchi organ talabgorga litsenziya berishni rad etgan taqdirda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
18. Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga ular qabul qilib olingan kunda litsenziyalovchi organga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Ishchi organ taqdim etilgan hujjatlarni 25 kundan oshmaydigan muddatda ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziyani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ besh kun muddatda ishchi organ xulosasi asosida litsenziyani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga mos kelishini aniqlash uchun o‘z mablag‘lari hisobidan:
talabgorning litsenziyaladagina faoliyat turini amalga oshirish uchun talab etiladigan sharoitlarinijoyiga borib baholash;
ishlab chiqariladigan mahsulotning (ko‘rsatiladigan xizmatlar va ishlar) texnik tartibga solish sohasida amaldagi normativ hujjatlarga muvofiqligini belgilangan tartibda baholash;
tegishli xulosalar tayyorlash uchun shartnoma asosida ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
19. Litsenziyalovchi organ litsenziya berishga qaror qabul qilingandan so‘ng uch ish kuni mobaynida litsenziya talabgoriga bank hisobraqami rekvizitlari va davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda, yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi.
20. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ va litsenziat o‘rtasida tuziladi. Bitim quyidagi axborotni o‘z ichiga olishi kerak:
bitimni imzolaydigan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki asl nusxada - litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
21. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi.
22. Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilib, litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch ish kuni mobaynida beriladi.
Rasmiylashtirilgan litsenziyalar litsenziyalovchi organ rahbari (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi. Ushbu Nizomning 8-bobida belgilangan tartibda litsenziyalar reyestriga tegishli yozuvlar kitiladi.
23. Agar, litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab, uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berish uchun davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
24. Litsenziya berishni rad etishga quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
litsenziya talabgorining hujjatlarni zarur tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
litsenziya talabgori taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi;
litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
25. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda, shuningdek, elektron shaklda axborot tizimi orqali yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
26. Litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab, o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Takroran taqdim etilgan hujjatlar litsenziyalovchi organga qabul kunida kiritiladi. Litsenziya talabgorining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Ishchi organ taqdim etilgan hujjatlarni olti kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda qayta ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ ishchi organ xulosalari asosida to‘rt kun muddatda litsenzyai berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya talabgorining litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin taqdim etilgan arizasi yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va dublikatini berish.
27. Quyidagi holatlarda litsenziya qayta rasmiylashtiriladi:
litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda;
yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada bir xil turdagi litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan litsenziatlar qo‘shilgan taqdirda;
litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun litsenziyaning amal qilish muddati to‘xtatilganda.
Litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayd etilgan o‘zgartirishlar mavjud bo‘lganda, litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan arizani o‘zgartirishlardan so‘ng bir oy muddatda taqdim etishi shart.
Hujjatlar litsenziya beruvchi tashkilotga bevosita aloqa pochta vositalari yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim qilingan hujjatlar litsenziya oluvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
28. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalar litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida tegishli hujjatlar ilova qilingan ariza olingan yoki litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun litsenziyaning amal qilish muddatini to‘xtatish haqida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida qayta rasmiylashtirish.
29. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisobraqamiga Mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish manabalaridan biri sifatida o‘tkaziladi.
30. Litsenziyaning amal qilish muddati tugundan so‘ng u litsenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay taqdim etilishi kerak.
31. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
32. Litsenziyaning amal qilish muddati oldingi litsenziya blankiga maxsus belgi qo‘yish orqali uzaytiriladi. Bunda litsenziya bitimining amal qilish muddati avtomatik tarzda avvalgi muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
33. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, ammo amal qilish muddati o‘tmagan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin.
Dublikatni berishda litsenziyalovchi organ tomonidan oldingi litsenziyada ko‘rsatilgan amal qilish muddatini o‘z ichiga olgan "DUBLIKAT" belgisi qo‘yilgan yangi litsenziya beriladi.
34. Litsenziyalar dublikatlarini berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisobraqamiga o‘tkaziladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
35. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish yoki dublikatini berish litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritishni talab qilmaydi.
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
36. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyaning amal qilish muddati to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish yoxud sudga murojaat qilish.
Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘z vakolatlari doirasida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilishlari aniqlanganda, litsenziyalovchi organga aniqlangan buzilishlar to‘g‘risida xabar qiladi.
37. Litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, bittasi litsenziatga, ikkinchisi litsenziyalovchi organga beriladi.
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish
38. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish litsenziyalovchi organ tomonidan "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan holatarda va tartibda amalga oshiriladi.
39. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
8-bob. Litsenziyalar reyestri
40. Litsenziyalovchi organ berilgan litsenziyalarni hisobga olish jurnalida elektron yoki bosma shaklda litsenziyalari reyestrini yuritadi.
41. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) litsenziat to‘g‘risida tashkilotning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, mulkchilik shakli, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismini o‘z ichiga olgan asosiy ma’lumotlar;
b) faoliyatning litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan manzil, aloqa telefoni, faks raqamlari, elektron pochta manzili va boshqa kontaktlar;
v) litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami;
g) faoliyat turi haqida ma’lumotlar;
d) litsenziyaning amal qilish muddati;
e) litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
j) litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilishning asosi va sanasi;
z) litsenziyani bekor qilish asosi va sanasi;
i) dublikat berishning asosi va sanasi.
42. Litsenziyalar reyestoridagi axborot litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
9-bob. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji.
43. Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatni hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilganligi va uning muddati uzaytirilgani uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
44. To‘langan davlat boji miqdorining 10 foizi litsenziyalovchi organ hisobraqamiga Mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish manbalaridan biri sifatida o‘tkaziladi. Qolgan qismi respublika budjetiga o‘tkiziladi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
45. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga
1-ilova
Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1. Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan ro‘yxatga muvofiq litsenziya olish uchun zarur barcha hujjatlar bilan birga ariza tayyorlaydi.

2. Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasiga ko‘rib �iqish uchun pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda kiritadi.

Litsenziya talabgori

(yuridik shaxs)

I bosqich

Litsenziya talabgorining xohishiga ko‘ra.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoat davlat qo‘mitasi Davlat mudofaa buyurtmasini amalga oshirish boshqarmasining Sifatni nazorat qilish, standartlashtirish va litsenziyalash bo‘limi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi):

1. Hujjatlarni ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib oladi va nusxasi ariza beruvchiga qabul qilgan sana belgisi qo‘yilgan xolda yuboriladi.

1. Hujjatlar qabul qilgan kunda.

2. Hujjatlarni ko‘rib chiqib, ular bo‘yicha litsenziya berish yoki berishni rad etish haqida xulosa tayyorlaydi.

2. Olingan kundan boshlab. yigirma besh kundan oshmaydigan muddatda.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

3. Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etgandan so‘ng hujjatlar takroran taqdim etilganda ularni qayta ko‘rib chiqadi va xulosa tayyorlaydi.

3. Takroran taqdim qilingan kundan so‘ng olti kun mobaynida

II bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoat davlat qo‘mitasi (litsenziyalovchi organ):

1. Litsenziya berish yoki bermaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

1. Ishchi organ xulosa bergandan so‘ng besh kun mobaynida.

2. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma ravishda, shu jumladan elektron shaklda axborot tizimi orqali xabardor qiladi. Bir vaqtning o‘zida litsenziya talabgoriga litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma bilan birga litsenziya bitimi imzolash uchun yuboriladi.

2. Qaror qabul qilgandan so‘ng uch kun mobaynida

3. Litsenziya berish rad etilgani haqida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda shuningdek. elektron shaklda yuboriladi.

3. Kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur vaqtga mutanosib muddatda.

4. Litsenziyalar reyestriga tegishli yozuvlarni kiritadi.

4. Bitim imzolanib, davlat bojni to‘langandan so‘ng uch kun mobaynida.

 

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoat davlat qo‘mitasiga litsenziya berish uchun davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi haqida hujjatni taqdim etadi va litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

Litsenziya talabgoriga litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgandan so‘ng uch oydan kechiktirmay.

Litsenziya talabgori

(yuridik shaxs)

III bosqich

1. Talabgor litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran taqdim etishga haqli.

Hujjat qayga ko‘rib chiqilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

2. Litsenziya berish rad etilgani haqidagi xabarnomada qayd etilgan muddat tugagandan so‘ng taqdim etilgan ariza taqdim etilgan ariza hisoblanadi.

Litsenziya talabgori

(yuridik shaxs)

Litsenziya berish rad etilgani haqidagi xabarnomada qayd etilgan muddatda.

 

IV bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

1. Tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi (litsenziat tomonidan litsenziya berish uchun davlat boji to‘lanib, litsenziya bitimi imzolanganda).

2. Litsenziatga rasmiylashtirilgan litsenziyani beradi.

Litsenziya bitimi imzolanib, davlat boji to‘langandan so‘ng uch kun muddatda.

V bosqich

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA SANOATI DAVLAT QO`MITASI ‎‎

‎‎

GOSUDARSTVENNIY KOMITET RESPUBLIKI UZBEKISTAN PO OBORONNOY PROMIShLENNOSTI

‎‎___________________________________________________________________
‎‎(namuna)‎

‎‎L I S E N Z I Ya

‎‎№ ______ ‎‎20__ yil “____” “_____”
‎‎____________________________________________
‎‎___________________________________________________________amalga oshirish uchun

(faoliyat turi)‎‎‎

Berildi ___________________________________________________________‎‎__________

(tashkilotning nomi)

‎‎Tashkilot rekvizitlari_________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________
‎‎Litsenziyaning amal qilish muddati_______________________________________________
‎‎Litsenziyani qayta rasmiylashtirish ______________________________________________
‎‎(qayta rasmiylashtirish uchun asos)
Litsenziya uzaytirildi _________________________________________________________
‎‎(uzaytirish uchun asos)

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisi ‎‎‎


‎_____________________

(F.I.O.)‎‎

m.p.‎
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 09/18/237/1038-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)