1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.04.00 Protsessual majburlov (ushlab turish, ehtiyot choralari, lavozimidan chetlatish, majburiy keltirish va boshqalar)]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 13-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2456]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 409-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-dekabr,
175-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 175-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 1-son), Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 2-son), Jinoyat-ijroiya kodeksiga (bundan buyon matnda JIK deb yuritiladi) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 6-son, 175-modda) va “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 409-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda IIV deb yuritiladi) tergov hibsxonalarining (bundan buyon matnda TH deb yuritiladi) ichki tartib qoidalarini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ushlab turilgan — jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib, JPKning 221-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ushlab turilgan shaxs;
qamoqqa olingan — JPKning normalariga muvofiq oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi;
THda saqlanayotgan shaxslar — qamoqqa olinganlar, ushlab turilganlar yoki vaqtincha saqlanayotgan shaxslar (tranzit orqali oʻtuvchilar);
taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari — mazkur Qoidalarning 1-ilovasida belgilangan, shuningdek saqlanishi, tarqatilishi, isteʼmol qilinishi, foydalanilishi taqiqlangan pullar, qimmatli qogʻozlar hamda boshqa qimmatliklar, oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalar.
2. THda saqlanayotgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari roʻyobga chiqarilishini, oʻz majburiyatlarini bajarishini, ularning ajratib qoʻyilishini, alohida-alohida joylashtirilishini, shuningdek JPK, JK, va Qonunda nazarda tutilgan boshqa vazifalar bajarilishini taʼminlaydigan rejim oʻrnatiladi.
3. JIKda belgilangan hollarda hamda tartibda THlarda mahkumlar ham saqlanishi mumkin. Jazoni THda oʻtash uchun qoldirilgan mahkumlar jazoni JIK talablariga muvofiq oʻtaydi hamda JIKda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega boʻladi.
4. THda rejimni taʼminlash TH maʼmuriyati, shuningdek xodimlari zimmasiga yuklatiladi, ular oʻz xizmat vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
5. THlarda har besh yilda kamida bir marta inspektorlik tekshiruvi oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va uning oʻrinbosarlari, IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (bundan buyon matnda JIED deb yuritiladi) boshligʻi va uning oʻrinbosarlarining buyrugʻiga muvofiq boshqa shaxslar inspektorlik tekshiruvini oʻtkazish huquqiga ega.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
II bob. TH hududiga kirish va undan chiqish
6. Shaxslarning TH hududiga kirishi va undan chiqishi ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati hamda TH boshligʻi ruxsatiga asosan beriladigan bir martalik ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
TH xodimlari, qorovul qoʻshinlarining harbiy xizmatchilari hamda THda mehnat shartnomasi asosida ishlovchi ishchi va xizmatchilar TH hududiga TH boshligʻi tomonidan beriladigan doimiy ruxsatnoma asosida kirib chiqadi.
7. Ruxsatnoma THning tartibot va qoʻriqlash xizmati xodimlari yoki IIV Qorovul qoʻshinlarining harbiy xizmatchilaridan tashkil topgan qoʻriqlash postlari orqali beriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi THga moneliksiz kirish huquqiga ega. Bunda TH maʼmuriyati tomonidan ularning xavfsizligi taʼminlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 18-noyabrdagi 390-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-5, 03.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2456-5/4100-son)
81. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaning sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish hamda tahlil qilish uchun oʻz vakolatlari doirasida THga moneliksiz kirish va zarur hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega.
THning maʼmuriyati Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlariga ularning oʻz vazifalarini bajarishi va tegishli hujjatlar bilan tanishishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashi shart.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
9. Quyidagi shaxslar THga xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda kirish huquqiga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari va Senatining aʼzolari;
Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar vaziri va uning oʻrinbosarlari.
Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining bosh boshqarma va boshqarma boshliqlari;
JIED va tegishli jazoni ijro etish boʻlimlari xodimlari;
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
tegishli Ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari;
nazorat qiluvchi prokuratura va davlat xavfsizlik xizmati organlarining masʼul xodimlari;
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-iyundagi 155-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-2, 05.07.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/2456-2/1470-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari bosh boshqarmasi rahbariyati.
10. Nazorat qiluvchi prokuror muassasaga moneliksiz va istalgan vaqtda hamma xonalar bilan tanishish sharti bilan kirishga haqli.
11. TH hududiga kirishda va undan chiqishda shaxslarning ashyolari, kiyim-boshlari va poyabzallari koʻzdan kechirishdan oʻtkaziladi, shuningdek kirayotgan hamda chiqib ketayotgan transport vositalari koʻzdan kechiriladi, taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalar olib qoʻyiladi.
III bob. THda saqlanayotgan shaxslarning huquq va majburiyatlari
12. THda saqlanayotgan shaxslar tegishincha JPK, Qonun va mazkur Qoidalarda belgilangan huquqlarga ega va majburiyatlarni bajaradi.
13. THda saqlanayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari bilan muomala qilish;
boshqa kamera va xonalardagi shaxslar bilan suhbatlashish, aloqa qilish, shovqin solish (devorlarni, kameradagi jihozlarni taqillatish va boshqa taqiqlangan harakatlar);
TH xodimlarining ruxsatisiz kamera va tartibot binosining boshqa xonasidan tashqariga chiqish;
biror-bir manfaatni koʻzlab oʻyinlar tashkil qilish yoki oʻynash;
tatuirovka chizish;
TH xodimlarining ruxsatisiz yotoq joyini oʻzgartirish va unga parda tutish;
qoʻlbola elektr uskunalardan foydalanish;
kamerada olov yoqish;
parrandalar, hayvonlarni boqish va saqlash;
TH xodimlarining ruxsatisiz santexnika, yoritish va boshqa asbob-uskunalarni sozlash yoki kameradagi yorugʻlikni oʻzgartirish;
kamera devoriga oʻrnatilgan koʻzgu va boshqa jihozlarni olish;
kamera devori va jihozlariga yozish, chizish, shuningdek qogʻozlar, fotosuratlar, adabiyotlar, davriy matbuot nashrlari va boshqalarni qirqib yopishtirish;
safda harakatlanayotganda safdan chiqish, chekish, suhbatlashish va TH xodimlarining ruxsatisiz boshqa harakatlar qilish;
kamera derazasidan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini tashqariga uloqtirish, deraza va eshikning tuynugiga yopishib turish yoki ularni bekitish yoxud ulardan qarash.
IV bob. THga olib kelingan shaxslarni qabul qilish hamda kameralarga joylashtirish
14. THga olib kelingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun JPKning 225-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ushlab turish bayonnomasi yoki sudning JPKda nazarda tutilgan tartibda chiqargan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori asos boʻladi.
THga olib kelingan yonida ikki yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar (bundan buyon matnda bolali ayollar deb yuritiladi) qoʻshimcha ravishda bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi yoki bolaning aynan shu ayolga tegishliligini tasdiqlovchi boshqa hujjat, bunday hujjatlar boʻlmagan taqdirda, jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning (bundan buyon matnda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ deb yuritiladi) bolaning aynan shu ayolga tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasiga asosan qabul qilinadi.
Mazkur hujjatlar tegishli mansabdor shaxslar tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi shart.
15. THga olib kelingan shaxslar TH boshligʻining yordamchisi — tezkor navbatchi (bundan buyon matnda THBYO-TN deb yuritiladi) yoki uning yordamchisi tomonidan sutka davomida qabul qilinadi.
16. THga olib kelingan shaxslarga THBYO-TN yoki uning yordamchisi tomonidan turli noaniqliklarning oldini olish maqsadida savollar beriladi. Ularning bergan javoblari shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan solishtiriladi.
17. THga vaqtincha saqlash uchun olib kelinganlar (tranzit orqali oʻtuvchilar) shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarining ochiq varaqalari asosida va belgilangan shakldagi yoʻlovchi roʻyxat asosida tuzilgan maʼlumotnomalar boʻyicha qabul qilinadi. THBYO-TN yoki uning yordamchisi tomonidan savollar berish jarayonida ularning bergan javoblari ochiq varaqalardagi maʼlumotlarga toʻgʻri kelmagan taqdirda, ularning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlari ochilib, bu haqda dalolatnoma tuziladi.
18. Qamoqda saqlash muddati oʻtib ketgan shaxslarni THga qabul qilish taqiqlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
19. THga saqlash uchun qabul qilinayotgan shaxslar oʻz huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari va THdagi rejim toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Bunday maʼlumotlar muntazam ravishda THning radioeshittirish vositalari orqali, TH xodimlari tomonidan kamerada, TH boshligʻi yoki vakolatli shaxs qabulida berib boriladi hamda har bir kamera devorlariga osib qoʻyiladi.
20. THga olib kelingan shaxslar hujjatlarni rasmiylashtirish davrida bir sutkadan ortiq boʻlmagan muddatga mazkur Qoidalarda belgilangan alohida-alohida joylashtirish talablariga rioya qilgan holda yigʻma boʻlinmalar kameralariga yoki uch soatdan ortiq boʻlmagan muddatga yigʻma boʻlinmalarning oʻtirish joyi va sunʼiy yorugʻlik bilan taʼminlangan bir oʻrinli bokslariga joylashtiriladi.
21. Boshqa shaxslardan ajratib qoʻyishni talab qiladigan yoki kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatilishi zarur boʻlgan bemorlarni aniqlash maqsadida THga olib kelingan shaxslar (vaqtincha saqlash uchun olib kelingan shaxslardan (tranzit orqali oʻtuvchilardan) tashqari) THBYO-TN va TH tibbiy xodimi tomonidan dastlabki tibbiy koʻrik va sanitariya ishlovidan oʻtkaziladi hamda natijalari ularning tibbiy kartalariga kiritiladi.
THga olib kelingan shaxsning badaniga THga olib kelguniga qadar gʻayriqonuniy xatti-harakatlar natijasida shikast yetkazilganligi aniqlangan taqdirda, bu haqda dalolatnoma tuzilib, THBYO-TN va shaxsni olib kelgan qorovul boshligʻi tomonidan imzolanadi. Mazkur holat yuzasidan TH tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tekshiruv oʻtkazilib, natijalari tegishli hududiy prokurorga yuboriladi.
22. THda saqlanayotgan shaxslarni kameralarda alohida-alohida joylashtirish ularning shaxsini va psixologik jihatdan mosligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Chekuvchilar imkoni boricha chekmaydiganlardan alohida joylashtiriladi.
THda saqlanayotgan shaxslar quyidagi talablarga rioya etilgan holda bir-biridan alohida saqlanadi va kameralarga joylashtiriladi:
erkaklar ayollardan alohida saqlanadi;
voyaga yetmaganlar katta yoshlilardan alohida saqlanadi. Alohida hollarda prokurorning roziligi bilan, voyaga yetmaganlar saqlanayotgan kameralarda ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlarni yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka birinchi marta tortilayotgan, ijobiy tavsifga ega katta yoshlilarni saqlashga yoʻl qoʻyiladi;
jinoiy javobgarlikka birinchi marta tortilayotgan shaxslar ilgari ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlangan shaxslardan alohida saqlanadi.
Jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma koʻrsatmasi boʻlganda, bitta jinoyat ishi boʻyicha yoxud bir nechta oʻzaro bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha THda saqlanayotgan shaxslar ham alohida-alohida saqlanadi.
23. Ovqat yeyishdan bosh tortayotgan THda saqlanayotgan shaxs imkoni boricha THda saqlanayotgan boshqa shaxslardan alohida saqlanadi hamda tibbiy xodimning kuzatuvi ostida boʻladi.
24. Shaxslar kameralarga THBYO-TN yoki uning yordamchisi tomonidan tezkor-qidiruv xizmati xodimi bilan, voyaga yetmagan shaxslar esa, tarbiyaviy ishlar boʻyicha yoʻriqchi va psixolog bilan kelishilgan holda mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq joylashtiriladi:
25. Quyidagilar THda saqlanayotgan boshqa shaxslardan alohida saqlanadi:
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
sudya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi, advokat boʻlib ishlagan yoki ishlayotgan shaxslar;
oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotganlar yoki ayblanayotganlar;
oʻta xavfli retsidivistlar;
mahkumlar;
hayoti va sogʻligʻiga THda saqlanayotgan boshqa shaxslar tomonidan xavf tugʻilgan THda saqlanayotgan shaxslar TH boshligʻining yoki uning oʻrinini bosuvchi shaxsning qaroriga koʻra yoxud jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma koʻrsatmasiga koʻra;
yuqumli kasalliklarga chalingan yoki alohida tibbiy parvarish va kuzatuvga muhtoj boʻlgan bemorlar.
26. Voyaga yetmaganlar yoshi, jismoniy rivojlanishi va tarbiya darajasiga qarab, tartibot binolarining alohida korpuslari yoki boʻlimlarining kichik hajmli (4, 5 va 6 oʻrinli) kameralariga joylashtiriladi.
27. Homilador ayollar va bolali ayollar tartibot binosining alohida korpuslariga yoki boshqa shaxslardan ajratilgan boʻlimlardagi maxsus jihozlangan kameralarga joylashtiriladi.
28. Oʻta xavfli, yuqumli yoki parazitar kasalliklar bilan kasallangan shaxslar karantin uchun ajratilgan kameralarga joylashtiriladi. Karantin muddati tibbiy koʻrsatkichlarga muvofiq belgilanadi.
29. Ruhiy buzilishlari mavjud boʻlgan shaxslar, jumladan TH xodimlariga va THda saqlanayotgan boshqa shaxslarga tajovuz qilishga moyil boʻlgan shaxslar kameralarga psixiatr va psixologning tavsiyasiga koʻra joylashtiriladi.
30. Qonunga muvofiq, qamoqqa olinganlar JK 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan boʻlsa, prokurorning qaroriga yoki sudning ajrimiga koʻra THning bir kishilik kamerasida saqlab turilishi mumkin. Bu chora voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshgan shaxslarga, shifokorning yozma xulosasi bilan tasdiqlangan ogʻir kasallarga va ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
31. THda saqlanayotgan shaxslarni bir kishilik kameralarga joylashtirishga TH boshligʻining mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi prokuror bilan kelishilgan asoslantirilgan qaroriga koʻra:
Qonunning 41-moddasida nazarda tutilgan alohida-alohida joylashtirish talablariga rioya etilishini taʼminlashning boshqa imkoniyati mavjud boʻlmaganda;
THda saqlanayotgan shaxslarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash manfaatlarini koʻzlab;
THda saqlanayotgan shaxsning yakka saqlash toʻgʻrisidagi yozma arizasiga binoan;
THda saqlanayotgan shaxsni, agar kunduzi umumiy kamerada saqlanayotgan boʻlsa, tungi vaqtda bir kishilik kameraga joylashtirish zarur boʻlganda;
THda saqlanayotgan shaxslarning ajratib qoʻyilishini taʼminlash talab qilingan boshqa hollarda ham yoʻl qoʻyiladi.
32. THda saqlanayotgan shaxslarning THning boshqa kameralarida yoki oʻzga xonalarida saqlanayotgan THda saqlanayotgan shaxslar bilan soʻzlashishiga, ularga biron-bir narsa berishiga hamda ular bilan yozishmalar olib borilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ajratib qoʻyishni taʼminlashga doir talablarga THda saqlanayotgan shaxslarni TH hududidan tashqariga koʻchirishda ham rioya etilishi kerak.
V bob. THda shaxslarni shaxsiy tintuvdan oʻtkazish, ularning barmoq izlarini olish va fotosuratga olish hamda ashyolari va oziq-ovqat mahsulotlarini koʻzdan kechirish
33. THda saqlanayotgan shaxslar shaxsiy tintuv qilinadi, ularning barmoq izlari hamda fotosurati olinadi. Ular joylashtirilgan xonalar tintuv qilinadi, ularning yonidagi ashyolari hamda nomiga kelgan posilkalar, yoʻqlovlar va banderollar esa koʻzdan kechiriladi.
34. Shaxsiy tintuv toʻliq yoki toʻliqsiz shaklda oʻtkazilishi mumkin.
35. Toʻliq shaxsiy tintuv:
shaxs THga olib kelinganda;
shaxs THdan olib ketilayotganda yoki karserga kiritilayotganda unda taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligi haqidagi asosli maʼlumotlar boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.
36. Toʻliq shaxsiy tintuv oʻtkazishda shaxs toʻliq yechintirilib, uning badani, kiyim-boshi, poyabzali, agar mavjud boʻlsa, TH tibbiy xodimi nazorati ostida protezlari, plastir yopishtirilgan, gipsli va boshqa bogʻlangan joylari birma-bir sinchiklab tekshiriladi. Kiyim-boshi orasida taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi aniqlangan taqdirda, kiyim-boshining choki soʻkiladi, poyabzalida mavjud supinator va temir nagʻal esa, ajratib olinadi.
37. Toʻliqsiz shaxsiy tintuv quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
THda saqlanayotgan shaxslar TH tibbiyot boʻlimiga, sayrga, barmoq izlarini olish yoki fotosuratga olishga olib chiqilayotganda, shuningdek qaytarib olib kirilayotganda;
jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs, himoyachi, qonuniy vakil, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvga olib chiqilayotganda, shuningdek qaytarib olib kirilayotganda;
boshqa kameraga oʻtkazilayotganda.
38. Toʻliqsiz shaxsiy tintuv oʻtkazishda shaxs yechintirilmasdan koʻzdan kechiriladi, uning kiyim-boshi, poyabzali paypaslab tekshiriladi. Shaxsda taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligi aniqlangan taqdirda, toʻliq shaxsiy tintuvdan oʻtkaziladi.
39. Shaxsiy tintuv THning tintuv qilinayotgan shaxs bilan bir jinsda boʻlgan xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
40. Quyidagi hollarda THda saqlanayotgan shaxslarning ashyolari va oziq-ovqat mahsulotlari ular ishtirokida koʻzdan kechiriladi:
41. Zarur hollarda, TH boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs koʻrsatmasiga koʻra, THda saqlanayotgan shaxslarning ashyolari va oziq-ovqat mahsulotlari ularning yoʻqligida ham TH xodimlari tomonidan kamera boʻyicha navbatchi ishtirokida koʻzdan kechiriladi.
42. THga olib kelingan va saqlanayotgan shaxslarda taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarining borligi aniqlanganda, bu haqda dalolatnoma tuziladi.
43. Shaxsiy tintuv qilish hamda koʻzdan kechirish natijalari mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Mazkur bayonnoma shaxsiy tintuv qilgan hamda koʻzdan kechirishni oʻtkazgan TH xodim(lar)i va shaxsiy tintuv qilingan hamda koʻzdan kechirilgan shaxs tomonidan imzolanadi. Shaxs bayonnomada oʻz eʼtirozlarini koʻrsatishga haqli.
44. Shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda bayonnomaga yozib qoʻyiladi.
45. Shaxsiy tintuv qilish hamda ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini koʻzdan kechirishda inson hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsiz boʻlgan, shuningdek ogʻriq bermaydigan texnik vositalardan foydalanilishi mumkin.
46. Shaxsiy tintuv qilish hamda koʻzdan kechirish oʻtkazilgan sana, ularni oʻtkazgan shaxslarning unvoni, familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, foydalanilgan texnik vositalarning turi (agar foydalanilgan boʻlsa) THda saqlanayotgan shaxslarning kamera kartochkasiga yozib qoʻyiladi hamda tuzilgan bayonnoma va dalolatnomalar ularning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
47. THda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlarini yuritayotgan shaxslarning, advokatlarning, shuningdek THlarni nazorat qiluvchi va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning ashyolari, kiyim-boshlari va poyabzallari koʻzdan kechirilmaydi. Mazkur shaxslar kelganda, oʻqotar qurol hamda boshqa taqiqlangan vositalar va narsalarni THning navbatchilik qismiga topshirishi shart.
VI bob. Taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini olib qoʻyish
48. Taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari TH boshligʻining mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi qaroriga asosan olib qoʻyiladi va xususiyatiga koʻra, saqlash yoki vaqtinchalik saqlash va kelgusida shaxsning qarindoshlari yoki boshqa shaxslarga THda saqlanayotgan shaxsning arizasi va jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning roziligiga koʻra berib yuborish yoxud davlat daromadiga oʻtkazish yoki yoʻq qilish uchun TH omborxonasi yoki moliya boʻlimiga topshiriladi. TH boshligʻining taqiqlangan ashyolarni davlat daromadiga oʻtkazish boʻyicha qarori prokuror tomonidan tasdiqlanadi.
49. Qamoqqa olinganlardan olib qoʻyilgan pullar ularning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi, qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatliklar esa saqlash uchun topshiriladi. Ushlab turilganlardan olib qoʻyilgan pullar qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatliklar bilan birga saqlash uchun topshiriladi.
50. Pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatliklar saqlash uchun topshirilganligi haqida uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi THda saqlanayotgan shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi, uchinchi nusxasi esa, TH moliya boʻlimiga topshiriladi.
51. THda saqlanayotgan shaxs shaxsiy hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini oʻz ixtiyoriga koʻra Qonun va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda sarflashi mumkin.
52. THda saqlanayotgan shaxs THga kelganida yashirgan, shuningdek u THda boʻlgan davrida undan topib olingan pullar, qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatliklar TH boshligʻining prokuror bilan kelishilgan asoslantirilgan qaroriga koʻra davlat daromadiga oʻtkaziladi.
53. Taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalar saqlash uchun topshiriladi yoki tegishli muassasalarga beriladi yoxud TH boshligʻining asoslantirilgan qaroriga koʻra yoʻq qilib tashlanib, bu haqda mazkur Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.
54. Sanitariya ishlovidan oʻtkazish chogʻida THda saqlanayotgan shaxslarni nazorat qilish hamda shaxsiy tintuv qilish THning THda saqlanayotgan shaxslar bilan bir jinsda boʻlgan xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
55. Shaxslarni taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni olib oʻtishga urinishda gumon qilish uchun yetarli asoslar boʻlsa, THlarning xodimlari bunday joylar hududiga kirish va chiqish joyida shaxslarning ashyolari, kiyim-boshlari hamda poyabzallarini, shuningdek kirib kelayotgan hamda chiqib ketayotgan transport vositalarini koʻzdan kechirishdan oʻtkazishga, taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni olib qoʻyishga haqlidir.
56. Jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organga olib qoʻyilgan pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatliklar toʻgʻrisida uch kun ichida xabar qilinadi.
57. THda saqlanayotgan shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan sanitariya, gigiyena hamda yongʻin xavfsizligi talablariga javob beradigan maishiy sharoitlar yaratiladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
58. THda saqlanayotgan shaxslar shaxsiy kiyim-boshi va poyabzalidan foydalanadi. THda saqlanayotgan shaxslarda zarur mablagʻlar boʻlmagan taqdirda ularning iltimosiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ularga jinsi hamda iqlim sharoitlari inobatga olingan holda kiyib yurishga ruxsat etilgan mavsumiy kiyim-bosh va poyabzal beriladi.
59. THda saqlanayotgan shaxslarga alohida yotoq joyi, koʻrpa-toʻshak (koʻrpa, yostiq, ikkita choyshab va yostiq jildi), idishlar hamda ovqatlanish asboblari (kosa (miska), krujka va qoshiq) beriladi.
60. Tikuv ignalari, qaychilar, ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini kesishga moʻljallangan pichoqlar TH xodimlari nazorati ostida qisqa vaqt davomida foydalanish uchun beriladi.
61. THda saqlanayotgan shaxslarda zarur mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ularning iltimosiga koʻra, ularga yakka tartibdagi gigiyena vositalari (kamida sovun, tish chyotkasi, tish pastasi yoki poroshogi), soqol oladigan asbob yoki shaxsiy gigiyena vositalari (ayollar uchun) ham beriladi.
62. THda saqlanayotgan shaxslar saqlanadigan kameralar ventilyatsiya jihozlariga hamda isitish tizimiga, shuningdek koʻzga ziyon yetkazmaydigan holda oʻqish yoki yozish uchun yetarli tabiiy va sunʼiy yorugʻlikka ega boʻlishi kerak. Kameralarning derazalari sunʼiy ventilyatsiya tizimi mavjudligidan qatʼi nazar, toza havo kirishini taʼminlashi lozim.
Kamerani shamollatish har kuni kamera boʻyicha navbatchi tomonidan amalga oshiriladi.
63. THda saqlanayotgan shaxslar saqlanadigan kameralar radioeshittirish vositalari bilan jihozlanadi.
64. Kameralarga, ularda saqlanishi moʻljallangan shaxslar sonini hisobga olgan holda quyidagi jihozlar oʻrnatiladi:
bir qavatli yoki ikki qavatli karavotlar (homilador ayollar va bolali ayollar saqlanadigan palatalarda (kameralarda) – faqat bir qavatli karavotlar);
stol va stul (oʻrindiq);
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga moʻljallangan jihozlar;
kiyim-bosh uchun ilgich;
tozalik anjomlari qoʻyiladigan polka;
devorga oʻrnatilgan oyna;
radioeshittirish vositasi;
axlat qutisi;
sunʼiy shamollatish tizimi (ventilyatsiya);
sanitariya tarmogʻi (polga oʻrnatilgan unitaz va bet-qoʻl yuvgich);
isitish tizimi;
elektr rozetka.
65. Bolali ayollar saqlanadigan kameralarga qoʻshimcha ravishda quyidagi jihozlar oʻrnatiladi:
bolalar uchun plastmassali vannacha;
diskli elektr plita;
zarurat boʻlganda, qoʻshimcha isitish uskunalari.
66. Qamoqqa olinganlarning choʻmilib-yuvinishi, choyshab va yostiqjildlarini almashtirish yetti kunda kamida bir marta amalga oshiriladi. THda saqlanayotgan shaxslarga yigirma daqiqa davomida choʻmilib-yuvinish imkoniyati beriladi. Hammomning maxsus jihozlangan xonasida ularga bir martalik yoki elektr ustara yordamida soch-soqol olishiga ruxsat beriladi.
67. THda saqlanayotgan shaxslarni sanitariya ishlovidan oʻtkazish vaqtida ularda jismoniy kuch ishlatilishi oqibatida yuzaga kelgan jarohat izlari bor yoki yoʻqligini aniqlash uchun shifokor tomonidan ularning badani koʻzdan kechiriladi. Jarohat izlari borligi aniqlangan taqdirda, shifokor ularning tibbiy kartasiga bu haqda yozib qoʻyadi va TH maʼmuriyatiga bildirgi orqali maʼlum qiladi.
68. THlarda bir kishiga toʻgʻri keladigan yashash maydonining normasi ikki yarim kvadrat metrdan, ayollar va voyaga yetmaganlar uchun esa uch kvadrat metrdan kam boʻlmagan oʻlchamda belgilanadi. THda saqlanayotgan bemorlar, shuningdek homilador ayollar va bolali ayollar saqlanadigan palatalarda (kameralarda) bir kishiga toʻgʻri keladigan yashash maydoni toʻrt kvadrat metrdan kam boʻlmasligi lozim.
69. THlarda yashash maydoni normasi belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya-gigiyena va qurilish normalari hamda qoidalariga mos boʻlishi kerak.
70. THlarda homilador ayollar va bolali ayollar uchun yaxshilangan moddiy-maishiy sharoitlar yaratiladi, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat koʻrsatish tashkil etiladi hamda ovqatning oshirilgan normalari belgilanadi.
71. THda saqlanayotgan homilador ayollar tugʻish uchun davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga olib chiqiladi.
Zarur boʻlgan taqdirda, TH maʼmuriyati jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga onaning roziligi bilan bolani qarindoshlariga yoxud boshqa shaxslarga yoki bolalar muassasasiga vaqtincha topshirish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin. Jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ iltimosnomani olgach, JPKning 218-moddasiga muvofiq homiylik qilish choralarini koʻradi.
72. THda saqlanayotgan shaxslar ular organizmining normal yashashi uchun yetarli boʻlgan bepul ovqat bilan taʼminlanadi.
THlardagi ovqat normalari THda saqlanayotgan shaxslarning sogʻligʻi holatiga hamda yoshiga, shuningdek qamoqqa olinganlar jalb etilishi mumkin boʻlgan ishning xususiyati va ogʻirligiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
THda saqlanayotgan homilador ayollarga va bolali ayollarga, voyaga yetmaganlarga, shuningdek bemorlarga, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan ovqat oshirilgan normalarda belgilanadi.
(72-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
73. THda saqlanayotgan shaxslar kamerada suv qaynatish vositalari boʻlmagan taqdirda, har kuni belgilangan vaqtda ehtiyojga qarab qaynatilgan ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.
74. THda saqlanayotgan shaxslar TH kutubxonasidagi stol ustida oʻynaladigan oʻyinlardan foydalanish huquqiga ega. Stol ustida oʻynaladigan oʻyinlar har bir kameraga oʻn kishi hisobiga (oʻn kishidan kam boʻlsa ham) bitta komplekt beriladi.
75. THda saqlanayotgan shaxslar tasarrufida qogʻoz va kanselyariya ashyolari boʻlishi huquqiga ega. THda saqlanayotgan shaxslarga ularning iltimosiga koʻra, arizalar, takliflar va shikoyatlarini yozishi uchun qogʻoz va sharikli ruchka beriladi.
76. THda saqlanayotgan shaxslar TH kutubxonasidagi qonunchilik hujjatlari, adabiyotlar va davriy matbuot nashrlaridan foydalanish hamda mustaqil taʼlim olish bilan shugʻullanish huquqiga ega.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
77. Davriy matbuot nashrlari har bir kameraga oʻn kishi hisobiga (oʻn kishidan kam boʻlsa ham) bitta beriladi. Qonunchilik hujjatlari, adabiyotlar, shuningdek davriy matbuot nashrlarini almashtirish har oʻn kunda kamida bir marta amalga oshiriladi. Kutubxonadan foydalanish jadvali TH boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
78. THlarda davolash-profilaktika va sanitariya, epidemiyaga qarshi ishlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi va oʻtkaziladi. TH maʼmuriyati THda saqlanayotgan shaxslarning sogʻligʻini saqlashni taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena talablarini bajarishi shart.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
79. THda saqlanayotgan shaxslarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yoki psixiatriya yordami koʻrsatilishi zarur boʻlgan hollarda, shuningdek qamoqqa olinganlarga JPKda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha statsionar sud-tibbiy yoxud sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan taqdirda, ular davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga joylashtiriladi. Bunda ularni qoʻriqlash va xulq-atvorini nazorat qilish taʼminlanadi.
80. THda saqlanayotgan shaxslarni TH hududidan tashqariga olib chiqish jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ bilan kelishiladi. THda saqlanayotgan shaxsga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlganda ularni davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga olib chiqish TH boshligʻining yozma ruxsati bilan amalga oshirilib, keyinchalik jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ yozma ravishda xabardor qilinadi.
81. THda saqlanayotgan shaxs THlarda tan jarohatlari olganda THlarning tibbiy xodimlari tomonidan kechiktirmasdan tibbiy guvohlantirish oʻtkaziladi. Tibbiy guvohlantirish natijalari belgilangan tartibda qayd etiladi va jabrlanuvchiga maʼlum qilinadi.
82. Tibbiy guvohlantirish TH boshligʻining yoxud jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning shaxsiy tashabbusiga yoxud THda saqlanayotgan shaxs yoxud uning himoyachisining iltimosiga koʻra chiqarilgan qarori asosida davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy guvohlantirishni oʻtkazishning rad etilishi ustidan prokurorga shikoyat qilinishi mumkin.
83. THda saqlanayotgan shaxslarga tibbiy xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
84. THda saqlanayotgan shaxslar har kuni kameralarni koʻzdan kechirish vaqtida TH tibbiy xodimlariga, kechiktirib boʻlmaydigan hollarda esa, THning istalgan xodimiga tibbiy xizmat koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilishlari mumkin. Murojaat qilganlarga zarur tibbiy xizmat koʻrsatilishi shart.
85. THda saqlanayotgan shaxslarga ambulator tibbiy xizmat kameralarda yoki THning maxsus jihozlangan tibbiyot xonalarida koʻrsatiladi. TH tibbiy xodimi har kuni kameralarni ertalabki koʻzdan kechirish vaqtida, birinchi navbatda, ambulator tibbiy xizmat koʻrsatilayotgan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi.
86. Dori vositalari bemorlarning oʻzlariga faqat bir kunlik isteʼmol uchun TH tibbiyot boʻlimi boshligʻining ruxsatiga koʻra berib qoʻyiladi.
87. Dori vositalari TH tibbiy xodimining koʻrsatmasi boʻyicha bemorning tibbiy kartasiga yozilgan koʻrsatkichlarga muvofiq beriladi. Bemorning xohishiga koʻra, shu jumladan boshqa tibbiyot muassasalarining tibbiy xodimlari tomonidan tayinlangan dori vositalari uning qarindoshlari yoki boshqa shaxslar tomonidan olib kelingan taqdirda, TH tibbiyot boʻlimi boshligʻining roziligi bilan olinishi mumkin.
88. Shifokorning yozma xulosasiga koʻra tavsiya etiladigan, THda saqlanayotgan shaxslar tomonidan olinadigan dori vositalarining miqdori cheklanmaydi.
89. Dori vositalarining isteʼmol qilinishi TH tibbiy xodimi nazoratida amalga oshiriladi. Davolanishi uzluksiz davom etadigan (yurak muskullarining siqilishi (stenokardiya), bemorning tinchlanishiga bogʻliq boʻlgan qon-tomir, arterial qon bosimining koʻtarilishi bilan kechadigan gipertonik kasalliklar, qandli diabet, tutqanoq va boshqa shu kabi kasalliklarga chalingan) bemorlarga TH tibbiy xodimi tomonidan tayinlangan dori vositalari berib qoʻyilishi mumkin, tarkibida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar boʻlgan, shuningdek kuchli taʼsir etuvchi va boshqa shu kabi dori vositalari bundan mustasno.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 4-martdagi 50-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2456-4/2743-son)
90. TH tibbiy xodimi tomonidan tayinlanadigan shifobaxsh vositalar THda saqlanayotgan shaxslarga cheklanmagan miqdorda berilishi mumkin.
91. THda saqlanayotgan shaxslarning sogʻligʻi yomonlashganda, TH tibbiy xodimi tomonidan qoʻshimcha klinik-laboratoriya tekshiruvi, zarur hollarda, mutaxassis- shifokor koʻrigi tashkil etiladi.
92. TH tibbiy xodimi koʻrigiga olib kelingan bemorlar yakka tartibda yoki guruhlarga ajratilgan holda (3, 4 va 5 kishilik) saqlash talablariga rioya qilgan holda nazorat ostidagi kameralarga kiritiladi.
93. THda saqlanayotgan shaxslarda oʻta xavfli, yuqumli yoki parazitar kasalliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, zudlik bilan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va davolash-profilaktika ishlari amalga oshiriladi.
94. Epidemiyaga qarshi kurashish maqsadida TH oshxonalarining xodimlari TH tibbiy xodimlari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Ularning normal ishlashi uchun toʻsqinlik qiluvchi holatlar boʻlmagan taqdirda, bu haqda ularning tibbiy kartasiga yozib qoʻyiladi, bunday holat aniqlangan taqdirda esa, ular zarur muddatga oshxonadan chetlashtiriladi. Tibbiy koʻrik bilan bir vaqtda ovqatlarning laboratoriya tekshiruvi ham oʻtkaziladi.
95. THga olib kelingan shaxslar ular olib kelingan kundan boshlab uch kun ichida maxsus jihozlangan tibbiyot xonasida TH tibbiy xodimi tomonidan majburiy rentgenoflyurografik (rentgenoflyurografik tekshiruvga oid maʼlumotlar boʻlmaganda) va laboratoriya tekshiruvidan oʻtkaziladi. Olingan tibbiy koʻrik natijalari ularning tibbiy kartasiga yozib qoʻyiladi.
96. Zarur hollarda, THda saqlanayotgan tibbiy yordamga muhtoj shaxslar JIED maʼmuriyati bilan kelishilgan holda jazoni ijro etish tizimidagi mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonaga belgilangan tartibda yuboriladi.
(96-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
97. THda saqlanayotgan shaxs ogʻir kasallikka chalingan taqdirda, TH maʼmuriyati bu haqda uning yaqin qarindoshlariga, qonuniy vakiliga, jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga va prokurorga darhol xabar qiladi.
98. THda saqlanayotgan shaxslar shaxsiy xavfsizlik huquqiga ega. THda saqlanayotgan shaxsning hayoti va sogʻligʻiga tahdid yoxud unga nisbatan shaxsga qarshi jinoyatlar sodir etilishi tahdidi yuzaga kelganda TH xodimlari darhol uning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
99. TH boshligʻi THda saqlanayotgan shaxslarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻradi.
IX bob. THda saqlanayotgan shaxslar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish
100. Qamoqqa olinganlar oʻz shaxsiy hisobvaraqlaridagi mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni naqd pulsiz hisob-kitob qilish yoʻli bilan sotib olish huquqiga ega. Qamoqqa olinganlarga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ellik foizigacha boʻlgan miqdorda pul sarflashga ruxsat etiladi.
(100-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
101. Qamoqqa olinganlar TH xodimlaridan doʻkondan sotib olish mumkin boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarning turlari va qiymati (narxi) haqida axborot olishlari mumkin.
102. Oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishni xohlovchilar TH boshligʻi nomiga mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
103. Doʻkondan sotib olingan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar TH xodimlari tomonidan ularni sotib olgan shaxslarga imzo qoʻydirish orqali taqdim qilinadi.
104. Karserda saqlash vaqtida THda saqlanayotgan shaxslarning oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishi taqiqlanadi.
X bob. Posilkalar, yoʻqlovlar, banderollarni qabul qilish va THda saqlanayotgan shaxslarga berish
105. THda saqlanayotgan shaxslar posilkalar, yoʻqlovlar va banderollar olish huquqiga ega.
106. Qamoqqa olinganlarning bir oy mobaynida, ushlab turilganlarning ushlab turilgan davrida ogʻirligi pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalarida belgilangan normalardan oshmaydigan bittadan posilka yoki banderol, shuningdek umumiy ogʻirligi oʻn ikki kilogrammgacha boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat ikkita yoʻqlov olishiga ruxsat etiladi.
107. THda saqlanayotgan homilador ayollar va bolali ayollar, voyaga yetmaganlar, shuningdek shifokorning yozma xulosasiga koʻra davolanishga hamda kuchaytirilgan ovqatga muhtoj deb topilgan bemorlar, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yoʻqlovlarning soni va ogʻirligi cheklanmaydi.
(107-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
108. Odamlar hayoti va sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan yoki jinoyat quroli sifatida yoxud ushlab turish, qamoqda saqlash maqsadlariga toʻsqinlik qilish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni THda saqlanayotgan shaxslarga berish taqiqlanadi.
109. Posilka, yoʻqlov va banderollarni qabul qilish THning maxsus jihozlangan binosida amalga oshiriladi. Yoʻqlovlarni qabul qilish, shuningdek THda saqlanayotgan shaxslarga qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuv berish vaqti va tartibi THga kelgan shaxslarga koʻrinadigan joyga osib qoʻyiladi.
110. Yoʻqlov olib kelgan shaxs mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shaklda uch nusxada ariza toʻldiradi. Arizaning barcha nusxalari va yoʻqlov uni olib kelgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan birga TH xodimiga taqdim etiladi.
Yoʻqlovdagi non va kolbasa mahsulotlari, shuningdek pishloq va tuzlangan baliq boʻlaklarga ajratilib tekshiriladi, suyuq mahsulotlar THning idishiga quyiladi, konservalar ochilib, boshqa idishga solinadi, maxorka, shakar va shu kabilar maxsus elakdan oʻtkaziladi, konfetlar oʻramsiz qabul qilinadi, tamaki mahsulotlari qutisidan chiqarilgan holda koʻzdan kechiriladi. Yozishmalarni hamda taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini yashirish mumkin boʻlgan boshqa barcha mahsulotlar ham shu tartibda tekshiriladi. Zarur hollarda, tekshiruv jarayonida texnik vositalardan foydalaniladi.
111. Tekshiruv yoʻqlovni olib kelgan shaxs ishtirokida amalga oshiriladi.
112. Yoʻqlovda jinoiy maqsadda foydalanish mumkin boʻlgan, TH hududiga kiritish taqiqlangan yashirilgan ashyolar aniqlangan taqdirda, tekshiruv oʻtkazish TH tezkor-qidiruv xizmatiga topshirilib, bu haqda tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi.
113. TH xodimi yoʻqlov olib kelgan shaxsga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati va arizasining bir nusxasini yoʻqlovni qabul qilganligi toʻgʻrisida imzo qoʻyib qaytarib beradi hamda yoʻqlovning ogʻirligini maxsus jurnalga qayd etadi. Arizaning ikkinchi nusxasiga THda saqlanayotgan shaxs yoʻqlovni olganligi toʻgʻrisida imzo qoʻyganidan soʻng, yoʻqlov unga beriladi va arizaning ushbu nusxasi uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi hamda uning maʼlumot kartochkasiga yoʻqlov olganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. THda saqlanayotgan shaxs arizaga yoʻqlovni olganligi toʻgʻrisida imzo qoʻyishdan bosh tortsa, bu haqda arizaning ushbu nusxasiga yozib qoʻyiladi va dalolatnoma tuziladi. Arizaning uchinchi nusxasi tegishli nomenklatura hujjatlari yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
114. Yoʻqlovlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
yoʻqlovni olib kelgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmaganda;
taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari olib kelinganda;
yoʻqlovlar soni yoki yoʻqlovning umumiy ogʻirligi Qonunda belgilangan normadan ortiq boʻlganda, uning ortiqcha qismi;
THda saqlanayotgan shaxs tergov harakatlari oʻtkazish uchun, shuningdek sudga yoxud davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga yigirma toʻrt soatdan ortiq vaqtga olib ketilganligi sababli, yoʻqlovni shaxsan qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlmaganda;
yoʻqlov oluvchi yoʻqlovni qabul qilishdan yozma ravishda bosh tortganda;
yoʻqlov oluvchi boshqa muassasaga yuborilgan yoki ozod etilganda;
yoʻqlov oluvchi vafot etganda.
Bunday hollarda yoʻqlov uni olib kelgan shaxsga qaytarib beriladi.
115. Tibbiyot boʻlimida statsionar davolanayotgan bemorga beriladigan yoʻqlov TH tibbiy xodimining tavsiyasini hisobga olgan holda qabul qilinadi.
116. Posilka va banderollar TH xodimlaridan iborat uch kishilik komissiya tomonidan ochiladi hamda ularning ichidagi ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari posilka yoki banderolning ustidagi roʻyxat bilan solishtiriladi.
Ochilgan posilka va banderollar boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi hamda unga ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxati, ularning tashqi belgilari, sifati, agar ularda taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari boʻlsa, dalolatnomada ularni saqlash, davlat daromadiga oʻtkazish yoki yoʻq qilish uchun topshirilganligi koʻrsatiladi.
117. Dalolatnomaning ikkala nusxasi ham THda saqlanayotgan shaxsga imzo qoʻydirib tanishtiriladi. Dalolatnomaning bir nusxasi uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga, ikkinchi nusxasi esa, tegishli nomenklatura hujjatlari yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
118. Posilka va banderollar:
THda saqlanayotgan shaxs ularni qabul qilishdan yozma ravishda bosh tortganda;
THda saqlanayotgan shaxs boshqa THga yuborilganda yoki ozod etilganda;
nomiga posilka va banderol kelgan THda saqlanayotgan shaxs vafot etganda ularni joʻnatgan shaxslarga pochta orqali yuboriladi.
119. THda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning posilkalar, yoʻqlovlar va banderollarda darsliklar hamda yozuv ashyolari olishiga, qamoqqa olingan voyaga yetmaganlarning esa mazkur narsalarni TH maʼmuriyati orqali sotib olishiga ham ruxsat beriladi.
120. Karserda saqlash vaqtida qamoqqa olinganlarning posilkalar, yoʻqlovlar hamda banderollar olishi taqiqlanadi. Posilkalar, yoʻqlovlar hamda banderollar qamoqqa olinganlarga ularning karserda boʻlish muddati tugaganidan keyin topshiriladi. Bunda yuborilgan posilka va banderollar saqlash uchun TH omborxonasiga topshiriladi.
121. Posilkalar, yoʻqlovlar va banderollarning saqlanishi oqibatida ularning tabiiy buzilishi hamda koʻzdan kechirish natijasida tashqi koʻrinishini yoʻqotganligi uchun TH maʼmuriyati javobgar boʻlmaydi. Bu haqda yoʻqlov olib kelgan shaxs yoʻqlovni qabul qilish vaqtida ogohlantirilishi shart.
122. Posilkalar, yoʻqlovlar yoki banderollar ular qabul qilib olingandan soʻng, yigirma toʻrt soat ichida, ushbu vaqt davomida THda saqlanayotgan shaxs maʼlum sabablarga koʻra vaqtincha THda boʻlmagan hollarda esa, u qaytib kelgandan soʻng beriladi.
123. THda saqlanayotgan shaxslar qarindoshlari hamda boshqa shaxslar bilan yozishmalar olib borish huquqiga ega. THda saqlanayotgan shaxslarning xat-xabarlarini joʻnatish ularning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
124. THda saqlanayotgan shaxslar yozishmalar uchun zarur ashyolarni (konvertlar, markalar, telegramma blankalari, qogʻoz va boshqalarni) TH xodimlari orqali sotib oladi.
125. THda saqlanayotgan shaxslarning yozishmalari TH maʼmuriyati orqali amalga oshiriladi hamda senzuradan oʻtkaziladi. Senzura TH maʼmuriyati tomonidan, zarur boʻlgan taqdirda esa jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi.
126. THda saqlanayotgan shaxslarning jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilishi yoxud jinoyat sodir etilishiga koʻmaklashishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatilgan, maxfiy yozuv, belgilar bilan yozilgan, davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan xat-xabari adresatga joʻnatilmaydi, THda saqlanayotgan shaxslarga berilmaydi hamda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga topshiriladi. Bu haqda prokuror yozma ravishda xabardor qilinadi.
127. THda saqlanayotgan shaxslardan xat-xabarlar va toʻldirilgan telegramma blankalari har kuni yopilmagan konvertlarda, joʻnatuvchi va oluvchining rekvizitlari yozilgan holda TH xodimi tomonidan qabul qilinadi. Xat-xabarlar ularning arizasiga muvofiq voyaga yetmagan farzandlariga TH rekvizitlarini koʻrsatmagan holda joʻnatilishi mumkin.
128. Xat-xabar va telegrammaning toʻldirilgan blankasiga TH boshligʻi nomiga yozilgan pochta xarajatlarini toʻlash uchun hisobvaragʻidan zarur pul mablagʻini yechib olish toʻgʻrisidagi ariza ilova qilinadi. TH moliya boʻlimi xodimi pochta xarajatlariga muvofiq xat-xabar va telegramma yuborish uchun zarur pul mablagʻini shaxsning shaxsiy hisobvaragʻidan yechib oladi.
129. Xat-xabarni THda saqlanayotgan shaxslarga topshirish va adresatlarga joʻnatish xat-xabar kelib tushgan yoxud u joʻnatishga topshirilgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda TH maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladi. Telegramma adresatga darhol topshiriladi va joʻnatiladi.
130. THda saqlanayotgan shaxslarning barcha xat-xabarlari yuborilgan yoki olingan sana maxsus jurnalda qayd etiladi.
131. Xat-xabar joʻnatilganidan soʻng ariza tegishli nomenklatura hujjatlari yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi hamda THda saqlanayotgan shaxs xat-xabar joʻnatilganligi va shaxsiy hisobvaragʻida qolgan pul mablagʻlari miqdori toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
132. THda saqlanayotgan shaxslarning yaqin qarindoshi vafot etganligi, ogʻir kasalligi, THda saqlanayotgan shaxslarning oilasi yoxud yaqin qarindoshlariga moddiy zarar yetkazgan tabiiy ofat haqidagi maʼlumotlar, shuningdek boshqa shunga oʻxshash maʼlumotlar olinganidan keyin darhol adresatga maʼlum qilinadi.
133. Turli THlardagi shaxslar oʻrtasidagi yoki THda saqlanayotgan shaxslarning ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar bilan yozishmalari faqat qarindoshlar oʻrtasida amalga oshirilishi mumkin.
134. THdan ketgan THda saqlanayotgan shaxsning nomiga kelgan xatlar olinganidan keyin uch kunlik muddatdan kechiktirmay THning maʼmuriyati tomonidan u ketgan joyga joʻnatiladi.
135. Karserda saqlash vaqtida qamoqqa olinganlarning yozishmalari taqiqlanadi.
136. Qamoqqa olinganlar oʻz shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan pul joʻnatmalarini olishi mumkin. Pul joʻnatmalari toʻgʻrisida qamoqqa olingan shaxs, shuningdek jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ xabardor qilinadi.
137. Pul joʻnatmalari qamoqqa olinganning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
138. Qamoqqa olinganlar oʻz shaxsiy hisobvaraqlaridagi mavjud pul mablagʻlarini TH boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilgan holda qarindoshlari yoki boshqa shaxslarga joʻnatishlari mumkin. Pul mablagʻini joʻnatish bilan bogʻliq xarajatlar qamoqqa olinganning hisobidan amalga oshiriladi.
139. THda saqlanayotgan shaxslar kamida bir soat davom etadigan har kungi sayr etish huquqiga ega.
140. Homilador ayollarning va bolali ayollarning har kungi sayri kamida ikki soat davom etadigan qilib belgilanadi.
141. Bemorlarning har kungi sayr etish vaqti TH tibbiy xodimining xulosasiga koʻra belgilanadi.
142. Voyaga yetmaganlarning har kungi sayri kamida ikki soat davom etadigan qilib belgilanadi. Sayrlar vaqtida voyaga yetmaganlarga jismoniy mashqlar va sport oʻyinlari uchun imkoniyat beriladi.
143. Karserda saqlanayotgan qamoqqa olinganlar har kuni bir soat davom etadigan sayrdan foydalanish huquqiga ega.
144. Kameradagi shaxslar sayrga bir vaqtda olib chiqilishi va ular mavsumiy kiyimda boʻlishi lozim.
145. THda saqlanayotgan shaxslar sayrga kunning yorugʻ va qulay vaqtida TH maʼmuriyati tomonidan belgilangan jadval asosida olib chiqiladi.
146. Sayr vaqtida TH tibbiy xodimlari TH masʼul xodimlari bilan birgalikda kameralarning sanitariya holatini tekshirishlari mumkin.
147. Sayrga olib chiqilgan shaxslar doimiy ravishda nazorat qilib turiladi.
148. Sayr qilish tartibini buzgan shaxslarning sayr qilish vaqti TH boshligʻi, uning oʻrinbosari yoki THBYO-TNning qarori bilan muddatidan oldin toʻxtatiladi.
149. THda saqlanayotgan shaxslar sayr vaqtida sayrni muddatidan oldin toʻxtatish haqida nazoratchiga murojaat qilishlari mumkin. Nazoratchi bu haqda THBYO-TNni xabardor qiladi.
XIII bob. THda saqlanayotgan shaxslarning himoyachisi, qonuniy vakili, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvlarini oʻtkazish, shuningdek telefon orqali limitlangan soʻzlashuv huquqini amalga oshirish
150. THda saqlanayotgan shaxslarga himoyachisi, qonuniy vakili, qarindoshlari hamda boshqa shaxslar bilan uchrashuvlar beriladi. Himoyachi va qonuniy vakil bilan moneliksiz va xoli uchrashuvlar ularning soni hamda davom etish muddati cheklanmagan holda beriladi, JPKning 230-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
151. Ushlab turilganga jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma ruxsati asosida qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan oyiga davom etish muddati ikki soatgacha boʻlgan bitta uchrashuv, qamoqqa olinganga esa har birining davom etish muddati ikki soatgacha boʻlgan koʻpi bilan ikkita uchrashuv (shu jumladan ushlab turilgan davrida berilgan uchrashuv) berilishi mumkin.
152. Jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning uchrashuvga kelgan shaxs haqida aniq maʼlumotlar koʻrsatilgan yozma ruxsati gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Bir vaqtning oʻzida THda saqlanayotgan shaxs bilan ikki nafar voyaga yetgan shaxslarning uchrashuviga ruxsat etiladi.
153. THda saqlanayotgan shaxsning qarindoshlari va boshqa shaxslarga TH boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning yozma ruxsati hamda uchrashuvga kelgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida uchrashuv beriladi.
154. THda saqlanayotgan shaxslar uchrashuvga bir vaqtning oʻzida olib chiqilishi mumkin. Oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar va oʻta xavfli retsidivistlar bilan uchrashuvlar yakka tartibda tashkil qilinadi.
155. TH xodimlari tomonidan uchrashuvga olib chiqilayotgan shaxsning tashqi koʻrinishi ozoda boʻlishi taʼminlanishi kerak.
156. Uchrashuvga kelgan va THda saqlanayotgan shaxsning soʻzlashuvlari soʻzlashuv qurilmalari orqali olib boriladi.
157. Shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmagan, shuningdek mast holda kelgan yoki jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning yozma ruxsati berilmagan shaxslarga uchrashuv berilmaydi. Bunda rad etish sabablari TH xodimi tomonidan tushuntiriladi.
158. THda saqlanayotgan shaxslar bilan uchrashuvlar quyidagilarga beriladi:
advokatga — u advokat guvohnomasini va oʻzining muayyan ishni yuritishga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi orderni koʻrsatganda;
himoyachi sifatida ishtirok etayotgan yaqin qarindoshiga yoki qonuniy vakiliga — uning ishda himoyachi sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchining qarorini yoki sudning ajrimini va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatganda;
qonuniy vakilga — uning ishda qonuniy vakil sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyish toʻgʻrisida surishtiruvchining, tergovchining qarorini yoki sudning ajrimini va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatganda;
qarindoshga yoki boshqa shaxsga — jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma ruxsatini va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatganda.
Ushbu bandda sanab oʻtilgan shaxslardan boshqa hujjatlarni talab qilib olish taqiqlanadi.
159. Advokatning himoya ostidagi shaxs bilan audio va video kuzatuv qurilmalari boʻlmagan maxsus xonada hamda begona shaxslarning ishtirokisiz oʻz vaqtida va hech qanday toʻsiqlarsiz uchrashishi taʼminlanadi, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual koʻrib turish imkoniyati saqlab qolinadi.
THda saqlanayotgan shaxslarning oʻz himoyachisi va qonuniy vakili bilan uchrashuvlari TH xodimi ularni koʻrib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda oʻtkazilishi mumkin.
(159-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 29-iyuldagi 203-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-3, 25.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 10/18/2456-3/1788-son)
160. Qarindoshlar va boshqa shaxslar bilan uchrashuvlar TH xodimlarining nazorati ostida amalga oshiriladi hamda THda saqlanayotgan shaxslarga taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni topshirishga yoxud jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilishi yoki jinoyat sodir etilishiga koʻmaklashishi mumkin boʻlgan, shuningdek THlardagi rejimga taalluqli maʼlumotlarni shartli imo-ishoralar yordamida yoxud THlarning xodimlariga tushunarsiz tilda topshirishga urinilgan taqdirda muddatidan ilgari toʻxtatib qoʻyiladi. Uchrashuvga kelgan shaxs bu haqda uchrashuv boshlanishidan oldin ogohlantirilishi shart.
161. Mazkur Qoidalarning 160 va 1621-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha advokat bilan uchrashuv muddatidan ilgari toʻxtatilgan taqdirda, TH maʼmuriyati tomonidan advokatlik siri va daxlsizligini taʼminlashga doir qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma nusxasi JIEDga, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga va guvohnoma bergan hududiy adliya organiga zudlik bilan yuboriladi.
(161-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi dalolatnomada koʻrsatilgan holatlar yuzasidan koʻrilgan choralar toʻgʻrisida JIEMga axborot beradi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 29-iyuldagi 203-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-3, 25.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 10/18/2456-3/1788-son)
162. Himoyachilar, qonuniy vakillar, qarindoshlar va boshqa shaxslarga uchrashuvlar berilganda, ularning yonida aloqa vositalari, shaxsiy kompyuter, fotoapparatlar, videokameralarning va ovoz yozish qurilmalarining boʻlishi taqiqlanadi.
1621. Advokatning himoya ostidagi shaxs bilan uchrashish jarayonida elektron vositalardan (mobil telefon, fotoapparat va diktofon) foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bunda advokat tomonidan elektron vositalardan maʼlumotlarni qayd etish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
(1621-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 29-iyuldagi 203-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2456-3, 25.08.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 10/18/2456-3/1788-son)
163. Qarindoshlar va boshqa shaxslar bilan uchrashuv huquqini amalga oshirish imkoniyati boʻlmagan hollarda (qarindoshlar va boshqa shaxslar kelishining moddiy va boshqa qiyinchiliklari, ularning kasalligi va hokazo), qamoqqa olinganga u saqlanayotgan THning texnik imkoniyatlari boʻlganda uning shaxsiy hisobvaragʻidagi mablagʻlar hisobidan telefon orqali limitlangan soʻzlashuv huquqi berilishi mumkin.
164. THda uchrashuvlar yoki telefon orqali limitlangan soʻzlashuvlar vaqtincha toʻxtatib turilgan hollarda nazorat qiluvchi prokurorga, jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga bu haqda xabar beriladi va uchrashuvga kelganlarni qabul qilish xonasiga eʼlon osib qoʻyiladi.
165. Karserda saqlash vaqtida qamoqqa olinganlarning himoyachi, qonuniy vakil bilan uchrashuvlardan tashqari uchrashuvlari taqiqlanadi.
166. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil THlarga moneliksiz kirish, shuningdek THda saqlanayotgan shaxs bilan uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish huquqiga ega.
(166-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 18-noyabrdagi 390-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-5, 03.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2456-5/4100-son)
167. TH maʼmuriyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga THda saqlanayotgan shaxslar bilan moneliksiz va xoli uchrashuvi hamda suhbati uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashi shart.
(167-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 18-noyabrdagi 390-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-5, 03.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2456-5/4100-son)
168. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning THda saqlanayotgan shaxs bilan uchrashuvlari va suhbatlari TH xodimlari ularni koʻrib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli oʻtkaziladi.
(168-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 18-noyabrdagi 390-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-5, 03.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2456-5/4100-son)
XIV bob. THda saqlanayotgan shaxslarning diniy rasm-rusumlarni ado etishi hamda fuqarolik-huquqiy bitimlarda va oilaviy munosabatlarda ishtirok etishi
169. THda saqlanayotgan shaxslar, agar bu mazkur Qoidalarni, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasa, TH xonalarida diniy rasm-rusumlarni ado etish, TH kutubxonasidagi diniy adabiyotlardan foydalanish, diniy ibodat narsalaridan foydalanish, fuqarolik-huquqiy bitimlarda va oilaviy munosabatlarda ishtirok etish huquqiga ega.
170. THda saqlanayotgan shaxslarga TH kutubxonasida boʻlgan diniy adabiyotlar, diniy ibodat narsalari va boshqa qimmatliklardan yasalgan madaniy va tarixiy qimmatga ega boʻlgan ashyolarni (sanchuvchi-kesuvchi ashyolardan tashqari) oʻzlari bilan olib yurishiga ruxsat etiladi.
171. THda saqlanayotgan shaxslar huzuriga, ularning iltimosiga koʻra, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan diniy birlashmalarning ruhoniylari taklif etiladi.
172. THda saqlanayotgan shaxslar jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma ruxsati bilan va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oʻz vakillari orqali yoxud bevosita fuqarolik-huquqiy bitimlarda ishtirok etish huquqiga ega.
173. THda saqlanayotgan shaxslarning fuqarolik huquqiy bitimlardagi ishtiroki Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova; 1997-y., 2-son, 56-modda) va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
TH maʼmuriyati THda saqlanayotgan shaxslarning fuqarolik huquqiy bitimlarda qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoit yaratilishini taʼminlaydi. THda saqlanayotgan shaxslarning fuqarolik huquqiy bitimlarda ishtirok etishi bilan bogʻliq uchrashuvlari ularga mazkur Qoidalarning 151-bandida nazarda tutilgan uchrashuvlar berilishida hisobga olinmaydi.
(173-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
174. THda saqlanayotgan shaxslar THning mol-mulkiga oʻz xatti-harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun fuqarolik qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda, agar zarar qamoqqa olinganning mehnat faoliyati jarayonida yetkazilgan boʻlsa, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda moddiy javobgar boʻladi. Yetkazilgan moddiy zarar miqdori TH boshligʻining qarori bilan belgilanadi. Mazkur qaror THda saqlanayotgan shaxsga tilxat olinib eʼlon qilinadi va yuqori turuvchi mansabdor shaxsga, prokurorga yoki sudga bu qaror ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
(174-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
THda saqlanayotgan shaxs moddiy zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplashni rad etgan taqdirda, bu zarar qonunga muvofiq sud tartibida undiriladi.
175. Yetkazilgan moddiy zarar uchun notoʻgʻri undirilgan summalar THda saqlanayotgan shaxsga qaytarilishi kerak.
176. THda saqlanayotgan shaxs yetkazgan moddiy zararning oʻrni uning qarindoshlari yoki boshqa shaxslar tomonidan ularning roziligi bilan qoplanishi mumkin.
177. Mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yuborilgan taqdirda, oʻrni qoplanmagan moddiy zarar mazkur muassasa maʼmuriyati tomonidan mahkumning shaxsiy hisobvaragʻiga tushadigan mablagʻlar hisobidan undiriladi.
178. THda saqlanayotgan shaxs qamoqdan ozod qilingan taqdirda, uning tomonidan oʻrni qoplanmagan moddiy zarar qonunga muvofiq sud tartibida undirilishi mumkin.
179. Qamoqqa olinganlar, agar Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasa, nikoh tuzish hamda nikohdan ajralish, boshqa oilaviy munosabatlarda ishtirok etish huquqiga ega.
(179-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
180. THda saqlanayotgan shaxslarning fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(180-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 9-avgustdagi 427-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-7, 23.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2024-y., 10/24/2456-7/0654-son)
181. Nikohni qayd etish TH boshligʻi tomonidan belgilangan joyda amalga oshiriladi. Nikohni qayd etish jarayonida nikohga kiruvchilar tomonidan taklif etilganlarning umumiy soni ikki kishidan ortiq boʻlmasligi kerak. Nikohni qayd etish jarayonida ishtirok etayotgan shaxslar jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning yozma ruxsatini olgan boʻlishlari kerak, FHDY organi xodimi va THda saqlanayotgan shaxs bundan mustasno.
182. Nikoh qayd etilgandan soʻng, jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning ruxsati boʻlgan taqdirda, THda saqlanayotgan shaxsga xotini (eri) bilan navbatdan tashqari uchrashuv berilishi shart.
183. Nikohni qayd etish va nikohni bekor qilish bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirganlik uchun davlat boji hamda transport xarajatlari nikohga kiruvchilar hisobidan amalga oshiriladi.
184. Qamoqqa olinganlar tegishli sharoitlar mavjud boʻlganda TH hududida oʻz xohishlariga koʻra va jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning yozma ruxsati bilan mehnatga jalb etilishi mumkin.
Qamoqqa olinganlarning mehnat sharoiti qonunchilik hujjatlarida belgilangan xavfsizlik, sanitariya va gigiyena talablariga javob berishi kerak. Qamoqqa olinganlar oʻz mehnati uchun tegishli haq olishga haqlidir.
(184-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
185. THda saqlanayotgan shaxslarni barcha turdagi xoʻjalik xizmatiga oid ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
186. THda saqlanayotgan shaxslar mehnat jarayonida doimiy nazoratda boʻladilar. Ular kameraga qaytayotganda tintuvdan oʻtkaziladi va ishlab chiqarish xonalari koʻzdan kechiriladi.
187. Qamoqqa olinganlarning ish haqi qonunchilik hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan kam boʻlmasligi lozim va qonunda nazarda tutilgan chegirmalar qilinganidan keyin ularning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
(187-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
188. Qamoqqa olinganlarni mehnatga jalb etish maqsadida THlar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oʻz ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
(188-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
189. Qamoqqa olinganlarning THlardagi ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadlardan soliqlar va yigʻimlar toʻlanganidan keyin qamoqqa olinganlarni saqlash shart-sharoitlarini yaxshilash, shuningdek THlarning ijtimoiy sohasini rivojlantirish uchun foydalaniladi.
(189-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
190. JIKning 53-moddasiga muvofiq, qasddan sodir etilgan ogʻir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi boʻlgan taqdirda, muassasa boshligʻining qaroriga binoan xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun THda qoldirilishi mumkin.
191. Xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun THda qoldirilgan mahkumlar jazoni qulflab qoʻyilmaydigan umumiy kameralarda, boshqa shaxslardan batamom ajratilgan holda, JIKning 18-bobida nazarda tutilgan sharoitlarda oʻtaydilar.
192. Voyaga yetmagan shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek sudlar va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining sobiq xodimlariga mansub mahkumlar xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilmaydilar.
193. Xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun THda qolish istagini bildirgan mahkum TH boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Uning arizasi Arizalarni hisobga olish daftarida qayd etiladi va mahkumning nomzodini oʻrganish uchun TH boshligʻining tartibot, qoʻriqlash va tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosariga beriladi.
194. Xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan mahkumlar roʻyxati ularning qoldirilishi asosliligini nazorat qilish uchun har chorakda JIEDga taqdim etiladi.
(194-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
195. Mahkumni xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirish rad etilgan taqdirda, unga rad etish sabablari tushuntiriladi.
196. Mahkumning xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarishga jalb etish toʻgʻrisidagi arizasi va TH boshligʻining qaroridan koʻchirma uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
197. Har bir THda xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldiriladigan mahkumlar soni JIED tomonidan THni umumiy toʻldirish limitining yetti foizidan oshmagan holda belgilanadi.
(197-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
198. Xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan mahkumlar doimiy nazorat ostida boʻladi va TH xodimlarining koʻrsatmasi boʻyicha ishlaydi. Ularni TH hududidan tashqaridagi ishlarga, maxsus boʻlimlar, fotolaboratoriyalar, nusxa koʻpaytirish texnikalari oʻrnatilgan joylarda, barcha turdagi transport vositalari haydovchiligiga, radiostansiya, muhandislik-texnika va aloqa vositalari, shuningdek xizmat itlari bilan ishlashga jalb etish taqiqlanadi.
199. Zarur hollarda, kechiktirib boʻlmaydigan avariya, sozlash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirish maqsadida xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan mahkumlar TH boshligʻining ruxsati bilan THning qoʻriqlanadigan hududidan tashqariga olib chiqilishi mumkin. Bunda olib chiqilishi mumkin deb hisoblangan mahkumlarning roʻyxati ularning fotosuratlari va ular haqidagi zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan holda TH boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi. Ishlar amalga oshirilayotgan vaqtda roʻyxatning bir nusxasi THning nazorat oʻtkazish joyida saqlanadi.
XVI bob. Arizalar, takliflar va shikoyatlar yuborish
200. THda saqlanayotgan shaxslar TH maʼmuriyatiga, davlat organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalariga oʻz ona tilida yoki boshqa tilda arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish hamda murojaat etilgan tilda belgilangan tartibda yozma javoblar olish huquqiga ega.
201. TH xodimlari har kuni kameralarni aylanish chogʻida THda saqlanayotgan shaxslardan yozma va ogʻzaki shakldagi ariza, taklif va shikoyatlar qabul qiladi.
202. Ogʻzaki shaklda qabul qilingan arizalar, takliflar va shikoyatlar jurnalga qayd etiladi va tegishli mansabdor shaxsga bayon qilinadi. Mazkur murojaatlarga ular qabul qilingandan soʻng bir kun ichida, qoʻshimcha tekshiruv tayinlangan hollarda esa, besh kun ichida javob beriladi.
203. TH maʼmuriyati nomiga berilgan arizalar, takliflar va shikoyatlar ham jurnalga qayd etiladi va TH boshligʻiga maʼlum qilinadi va oʻn besh kun ichida javob beriladi.
204. Arizalar, takliflar va shikoyatlar TH maʼmuriyati orqali yuboriladi, bundan THda saqlanayotgan shaxslarni shaxsan qabul qilish vaqtida THlarni nazorat qiluvchi yoki tekshiruvchi mansabdor shaxslar tomonidan olingan murojaatlar mustasno.
205. Sud, prokuror, himoyachi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil yoki THlarni tekshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa davlat organlari nomiga, shuningdek jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga yoʻllangan ariza, taklif va shikoyatlar senzuradan oʻtkazilmaydi hamda muhrlangan tarzda yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi, telegrammalar esa darhol yuboriladi.
(205-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-iyundagi 155-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-2, 05.07.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/2456-2/1470-son)
2051. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning javobi TH maʼmuriyati tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin emas va arizachiga darhol yetkazib beriladi.
(2051-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 18-noyabrdagi 390-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2456-5, 03.12.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2456-5/4100-son)
206. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining yoki tergovchining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay TH maʼmuriyati tomonidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruv organiga, tergov organining boshligʻiga yoxud prokurorga, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar esa yuqori turuvchi prokurorga yuboriladi yoki topshiriladi.
(206-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 18-noyabrdagi 390-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-5, 03.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2456-5/4100-son)
207. Jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilishi yoxud jinoyat sodir etilishiga koʻmaklashishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatilgan, maxfiy yozuv, belgilar bilan yozilgan, davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan arizalar, takliflar va shikoyatlar adresatga yuborilmaydi hamda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga topshirilib, bu haqda THda saqlanayotgan shaxs, shuningdek prokuror yozma ravishda xabardor qilinadi.
208. Arizalar, takliflar va shikoyatlarga berilgan yozma javoblar, shuningdek ular joʻnatilganligi toʻgʻrisidagi ilova xatlarning koʻchirma nusxalari THda saqlanayotgan shaxslarga tilxat olib eʼlon qilinadi hamda ularning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
209. THda saqlanayotgan shaxslarni oʻz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilganligi haqidagi arizalar va shikoyatlar bilan murojaat etganligi uchun har qanday shaklda taʼqib qilish taqiqlanadi.
XVII bob. THda saqlanayotgan shaxslarning TH boshligʻi va u vakolat bergan shaxslar tomonidan shaxsan qabul qilinishi
210. THda saqlanayotgan shaxslar THning boshligʻiga yoki u vakolat bergan shaxsga, shuningdek THlarni nazorat qiluvchi yoki tekshiruvchi mansabdor shaxslarga shaxsan qabul qilish toʻgʻrisida iltimos bilan murojaat etish huquqiga ega.
211. TH boshligʻi va u vakolat bergan shaxslarning shaxsiy qabuliga yozilish TH xodimlari tomonidan har kuni kameralarni aylanib chiqish chogʻida amalga oshiriladi. Qabul qilish toʻgʻrisidagi murojaat yozma yoki ogʻzaki ravishda TH boshligʻi nomiga beriladi va shaxsiy qabul jurnalida navbat bilan roʻyxatga olinadi.
212. THda saqlanayotgan shaxslarning TH boshligʻi va u vakolat bergan shaxslar tomonidan qabul qilish har kuni belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi, dam olish va bayram kunlari bundan mustasno. Zarur hollarda, THda saqlanayotgan shaxslar jadvaldan tashqari qabul qilinishi mumkin.
213. Murojaat qilganlarni qabul qilish mazkur jurnaldagi roʻyxat boʻyicha amalga oshiriladi va qabul natijalari jurnalga yozib qoʻyiladi. Yozma ravishda berilgan murojaatlarga uning natijasi haqida belgi qoʻyilib, THda saqlanayotgan shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
214. THda saqlanayotgan shaxslarning qarindoshlari va boshqa shaxslarni TH boshligʻi va u vakolat bergan shaxslar tomonidan shaxsan qabul qilish THning fuqarolarni qabul qilish xonasida amalga oshiriladi. Qabulga kelgan shaxslar maxsus jurnalda roʻyxatga olinadi va qabul natijalari jurnalga yozib qoʻyiladi.
XVIII bob. THda saqlanayotgan shaxslarning tergov harakatlari va sud majlislarida ishtirok etishini taʼminlash
215. TH maʼmuriyati jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning yozma koʻrsatmasi boʻyicha quyidagilarni taʼminlaydi:
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlarni THlarga qabul qilish va joylashtirish, shuningdek ularni belgilangan joyga joʻnatish uchun soqchiga topshirishni;
TH hududida tergov va sud harakatlarini, ambulatoriya sud-psixiatriya ekspertizasini hamda boshqa ekspertizalarni oʻtkazish uchun jihozlangan xonalar berilishini.
216. THning navbatchi xodimi tomonidan smenani topshirish-qabul qilish (kamida bir soat ichida) va THda saqlanayotgan shaxslarning ovqatlanish (nonushta, tushlik va kechki ovqat) vaqtida, shuningdek tungi vaqtda, yaʼni kech soat 22.00 dan ertalab soat 6.00 gacha THda saqlanayotgan shaxslarni chaqiruv boʻyicha kameradan olib chiqish taqiqlanadi, JPKda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
217. TH maʼmuriyati THda saqlanayotgan shaxslarni boshqa tumanda (shaharda) joylashgan THlarga oʻtkazishni THda saqlanayotgan shaxslarni boshqa yerga koʻchirish toʻgʻrisidagi surishtiruvchining yoki tergovchining prokuror bilan kelishilgan qarori, shuningdek prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi asosida amalga oshiradi.
(217-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-iyundagi 155-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-2, 05.07.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/2456-2/1470-son)
218. THda saqlanayotgan shaxslar uchun madaniy-tarbiyaviy ishlar tashkil etiladi.
219. THda saqlanayotgan shaxslarga tarbiyaviy ishlar kameralarda, mahkumlarga esa, alohida belgilangan xonalarda oʻtkaziladi.
220. Targʻibot va tashviqot ishlari guruh bilan hamda yakka tartibda suhbatlar oʻtkazish, shuningdek siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda axborot berish shaklida amalga oshiriladi.
221. THda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarga shart-sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda, kinofilmlar namoyish etiladi, ular uchun telekoʻrsatuvlarni tomosha qilish tashkil etiladi, sport mashgʻulotlari va boʻsh vaqtni oʻtkazish uchun xonalar, shuningdek ochiq havoda sport maydonchalari jihozlanadi. Ular mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga rioya etgan holda kinofilmlar tomosha qilish uchun TH hududidan tashqariga olib chiqiladi.
222. THda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan majburiyatlarini namunali bajarganlik, qamoqda saqlashning belgilangan tartibi va shart-sharoitlariga rioya etganlik uchun quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin:
tashakkur eʼlon qilish;
ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazoni muddatidan ilgari olib tashlash;
har kungi sayr vaqtini koʻpaytirish;
voyaga yetmaganlarga qoʻshimcha kinofilm namoyish etish, telekoʻrsatuvlar tomosha qilishni tashkil etish, sport mashgʻulotlari xonasiga qoʻshimcha ravishda kirish, shuningdek boʻsh vaqtni oʻtkazishning boshqa shakllari uchun ruxsat berish.
223. Ragʻbatlantirish choralari TH boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning buyrugʻi bilan qoʻllaniladi va THda saqlanayotgan shaxsga eʼlon qilinadi. Ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilganligi toʻgʻrisida THda saqlanayotgan shaxsning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tegishli yozuv kiritiladi.
224. Ragʻbatlantirish choralari yozma ravishda eʼlon qilinadi. Ragʻbatlantirilgan shaxsning kamera kartochkasiga qoʻllanilgan ragʻbatlantirish choralari haqida tegishli yozuv kiritiladi va mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi daftarda roʻyxatga olinadi.
225. THda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan belgilangan majburiyatlarni bajarmaganlik, qamoqda saqlash tartibi va shart-sharoitlarini, ajratib qoʻyishni taʼminlash talablarini buzganlik uchun quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:
ogohlantirish;
hayfsan;
qamoqqa olinganlarni karserga oʻn sutkagacha, voyaga yetmaganlarni esa karserga besh sutkagacha boʻlgan muddatga kiritib qoʻyish.
Intizomiy jazo yozma shaklda beriladi. Intizomiy jazo qoʻllanilganligi haqidagi materiallar THda saqlanayotgan shaxsning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
226. Intizomiy jazoga tortilgan shaxsning kamera kartochkasiga unga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo choralari haqida tegishli yozuv kiritiladi va Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini hisobga olish daftarida roʻyxatga olinadi. Karserga kiritilgan shaxslar THBYO-TN tomonidan yuritiladigan karserga kiritilgan shaxslarni hisobga olish daftarida ham roʻyxatga olinadi.
227. THda saqlanayotgan shaxsdan intizomiy jazo qoʻllanilishidan oldin yozma tushuntirish olinadi, bunday tushuntirish berishdan bosh tortilgan hollarda esa tegishli dalolatnoma tuziladi.
228. Intizomiy jazoni qoʻllash chogʻida qoidabuzarlik sodir etilgan holatlar, THda saqlanayotgan shaxsning xulq-atvori va shaxsiga oid sifatlar, ilgari intizomiy jazolar berilgan-berilmaganligi inobatga olinadi.
229. Intizomiy jazo qoidabuzarlik aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn sutkadan kechiktirmay, qoidabuzarlik fakti yuzasidan tekshiruv oʻtkazilgan taqdirda esa u tugagan kundan eʼtiboran, lekin qoidabuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Intizomiy jazo darhol qoʻllaniladi, uni darhol qoʻllash imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa ushbu jazo berilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay qoʻllaniladi.
230. Intizomiy jazo TH boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan beriladi. Bir vaqtning oʻzida sodir etilgan bir nechta qoidabuzarlik uchun bitta intizomiy jazo qoʻllaniladi. Bitta qoidabuzarlik uchun bir nechta intizomiy jazo qoʻllash taqiqlanadi.
231. THda saqlanayotgan shaxslar yuqori turuvchi mansabdor shaxsga, prokurorga yoki sudga qoʻllanilgan intizomiy jazo ustidan shikoyat qilish huquqiga ega. Shikoyat berish intizomiy jazoning ijro etilishini toʻxtatib turmaydi.
qamoqda saqlanayotgan boshqa shaxslarga zulm qilganlik va ularni haqorat qilganlik;
TH xodimlarining yoki boshqa shaxslarning qonuniy talablariga itoat etmaganlik yoxud ularni haqorat qilganlik;
ajratib qoʻyishni taʼminlash talablarini bir necha marta buzganlik;
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 3-son) taʼsir doirasiga tushadigan huquqbuzarlik sodir etganlik;
Qonunda va mazkur Qoidalarda taqiqlangan narsalarni va moddalarni saqlaganlik, tarqatganlik, isteʼmol qilganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun.
233. Karserga kiritib qoʻyish tarzidagi intizomiy jazo ilgari ogohlantirish yoki hayfsan tarzidagi ikkita va undan ortiq intizomiy jazo qoʻllanilgan qamoqqa olinganlarga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin.
234. Karserga kiritib qoʻyish tarzidagi intizomiy jazo homilador ayollarga va bolali ayollarga, shuningdek birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emas.
(234-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
235. Karserga kiritib qoʻyish TH boshligʻining mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi qarori va shifokorning qamoqqa olinganning sogʻligʻi holatiga koʻra karserda turishi mumkinligi haqidagi yozma xulosasi asosida amalga oshiriladi.
236. Karserga kiritib qoʻyish tarzidagi intizomiy jazo qoʻllanilgan shaxs qaror bilan TH boshligʻi yoki THBYO-TN tomonidan tanishtirilib, imzo qoʻydiriladi.
237. TH boshligʻi tibbiy koʻrsatuvlarni inobatga olgan holda karserga kiritib qoʻyish tarzidagi intizomiy jazoning ijrosini kechiktirish, karserda saqlash muddatini qisqartirish yoki qamoqqa olinganni karserdan muddatidan ilgari ozod qilish huquqiga ega.
238. Agar qamoqqa olingan kechiktirish davrida yangi qoidabuzarlik sodir etmagan boʻlsa, u karserga kiritib qoʻyish tarzidagi intizomiy jazodan ozod qilinishi mumkin.
239. Yuqori turuvchi mansabdor shaxs, prokuror yoki sud karserga kiritib qoʻyish tarzidagi intizomiy jazo asossiz yoxud u sodir etilgan qoidabuzarlikka nomutanosib boʻlgan hollarda intizomiy jazoni yengillashtirish yoki bekor qilish huquqiga ega.
240. Karserda qamoqqa olinganlarni yakka saqlash belgilanadi.
241. Karserda qamoqqa olinganlar yotish uchun alohida joy va koʻrpa-toʻshak bilan faqat tungi uxlash vaqti uchun taʼminlanadi.
242. Karserga kiritib qoʻyiladigan shaxs oʻzi bilan sochiq, sovun, tish chyotkasi, tish pastasi yoki poroshogini olib kirishi mumkin. Karserga kiritib qoʻyilgan shaxsning ashyolari va oziq-ovqat mahsulotlari (tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari) TH maʼmuriyati tomonidan saqlanadi.
243. Karserga kiritib qoʻyiladigan shaxslarga karserda saqlash uchun moʻljallangan maxsus kiyim kiydiriladi.
244. Karserga kiritilgan shaxslarni sanitariya ishlovidan oʻtkazish ular mazkur jazoni oʻtab boʻlganlaridan keyin yoki TH tibbiy xodimining koʻrsatmasi boʻyicha karserda saqlash vaqtida ham oʻtkaziladi.
245. Karserga kiritilgan shaxs kasallikka chalingan taqdirda, TH tibbiy xodimining uni muddatidan oldin karserdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yozma xulosasiga asosan darhol ozod etiladi.
XXII bob. THda saqlanayotgan vafot etgan shaxslarning jasadlarini berish
246. THda saqlanayotgan shaxs vafot etgan taqdirda, TH maʼmuriyati bu haqda uning yaqin qarindoshlariga, qonuniy vakiliga, jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga va prokurorga darhol xabar qiladi. THda saqlanayotgan shaxsning vafot etganligi fakti boʻyicha JPKda nazarda tutilgan tartibda tergovga qadar tekshiruv oʻtkaziladi.
(246-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-iyundagi 155-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-2, 05.07.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/2456-2/1470-son)
247. THda saqlanayotgan vafot etgan shaxsning jasadi u bilan bogʻliq barcha tegishli tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilganidan soʻng, jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning qaroriga asosan saqlash uchun THga yaqin joydagi sogʻliqni saqlash muassasasining morgiga topshiriladi.
(247-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-iyundagi 155-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-2, 05.07.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/2456-2/1470-son)
248. THda saqlanayotgan vafot etgan shaxsning jasadi sud-tibbiy ekspertizasidan oʻtkazilganidan, shuningdek JPKda nazarda tutilgan boshqa harakatlar bajarilganidan keyin vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlariga yoki qonuniy vakillariga yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxslarga topshiriladi.
249. Vafot etgan shaxsning jasadi uni talab qilgan shaxsning arizasi va jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning qarori asosida dafn etish uchun beriladi. Bunda vafot etgan THda saqlanayotgan shaxsga tegishli boʻlgan hujjatlar, ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari uning ariza bilan murojaat qilgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslarga belgilangan tartibda topshiriladi.
Ariza bilan murojaat qilgan shaxs oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishi zarur.
250. THda saqlanayotgan vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakillaridan yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxslardan jasadni berish toʻgʻrisida ariza tushmagan taqdirda, vafot etgan shaxsni dafn etish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(250-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
XXIII bob. THda saqlanayotgan shaxslarni ozod qilish
251. Jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning qarori, shuningdek ushlab turish yoki qamoqda saqlashning JPKda nazarda tutilgan muddati tugashi THda saqlanayotgan shaxslarni qamoqdan ozod qilishga asos boʻladi.
252. THda saqlanayotgan shaxslarni qamoqdan ozod qilish THda saqlanayotgan shaxsni qamoqdan ozod qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi kelib tushgach, TH boshligʻi tomonidan darhol amalga oshiriladi.
(252-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-iyundagi 155-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-2, 05.07.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/2456-2/1470-son)
253. TH boshligʻi ushlab turish muddati tugashidan oʻn ikki soat oldin va qamoqda saqlash muddati tugashidan yetti sutka oldin bu haqda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsni yoki organni, shuningdek prokurorni yozma shaklda xabardor qilishi shart
254. Agar ushlab turish yoki qamoqda saqlashning JPKda belgilangan muddatlari tugaganidan keyin THda saqlanayotgan shaxsni ozod qilish haqidagi prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining qarori yoxud sudning ushlab turish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi yoki unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoxud qamoqda saqlash muddatini uzaytirish haqidagi ajrimi kelib tushmagan boʻlsa, THlarda qonunlar ijrosi ustidan nazorat qiluvchi prokuror yoxud TH boshligʻi THda saqlanayotgan shaxsni oʻz qarori bilan darhol ozod qiladi. Qarorning koʻchirma nusxasi kechiktirmasdan jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga, shuningdek prokurorga yuboriladi.
(254-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-iyundagi 155-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-2, 05.07.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/2456-2/1470-son)
255. Qamoqdan ozod qilinayotgan THda saqlanayotgan shaxsga uning shaxsiy hujjatlari, ashyolari, shaxsiy hisobvaragʻida saqlanayotgan pullari, shuningdek qimmatli qogʻozlari va boshqa qimmatliklari, THda saqlanayotgan shaxs saqlangan muddat hamda uni ozod qilish asoslari koʻrsatilgan maʼlumotnoma beriladi.
256. Zarur boʻlgan taqdirda, TH maʼmuriyati qamoqdan ozod qilingan shaxsni yashash joyiga yetib olishi uchun yoʻl hujjatlari va belgilangan normalar boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari yoxud tegishli pul kompensatsiyasi, shuningdek jinsi hamda iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda mavsumiy kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlaydi.
XXIV bob. Yakuniy qoida
257. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan.
Bosh prokuror R. QODIROV
2012-yil 26-dekabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2012-yil 20-dekabr
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2012-yil 9-dekabr
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
2012-yil 12-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga 1-ILOVA
Taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarining
ROʻYXATI
1. Barcha turdagi oʻqotar va sovuq qurollar, shuningdek oʻq-dorilar.
2. Pullar, qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho toshlar, durlar va ulardan yasalgan buyumlar, turli markadagi soatlar va boshqa qimmatliklar.
3. Optik asboblar, koʻzoynak bundan mustasno.
4. Alkogol mahsulotlari, shuningdek tarkibida spirt boʻlgan atir va boshqa mahsulotlar.
5. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir etuvchi preparatlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 4-martdagi 50-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2456-4/2743-son)
6. Barcha turdagi radioapparatura, kompyuter texnikasi, yozuv mashinkasi, nusxa koʻchirish vositalari.
7. Aloqa vositalari, jumladan uyali aloqa vositasi, radiotelefonlar, peyjerlar, ratsiyalar va ularning barcha turdagi qismlari.
8. Pichoqlar, qaychilar, ustaralar, elektr ustara bundan mustasno, shuningdek boshqa barcha turdagi sanchuvchi va kesuvchi hamda inson hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli, jinoyat quroli sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolar.
9. Oynalar, kamera devoriga oʻrnatilgan oyna bundan mustasno.
10. Chilangarlik va boshqa asbob-uskunalar.
11. Sport anjomlari.
12. Oʻyin kartalari.
13. Har qanday turdagi foto, audio va videoapparaturalar hamda ularning qismlari.
14. Pornografik va diniy ekstremistik xususiyatga ega boʻlgan nashr va materiallar, shuningdek taqiqlangan adabiyotlar.
15. Topografik xaritalar va kompas.
16. Harbiy va boshqa formali kiyim-bosh hamda uning jihozlari.
17. Nusxa koʻchiradigan qogʻozlar (kopirka).
18. Musiqa asboblari.
19. Xamirturush va achitqilar.
20. Uyda pishirilgan, shuningdek isteʼmol qilinishi isitish va pishirishni talab qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari.
Alohida saqlanishi va joylashtirilishi lozim boʻlgan shaxslar toifasi
Kamera raqami
Kameradagi
joylar soni
Izoh
1
2
3
4
I. GUMON QILINAYOTGAN VA AYBLANAYOTGAN ERKAKLAR
1. Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki ehtiyotsizlik oqibatida uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxslar
2. Birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan yoki ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
3. Birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
4. Sudya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi, advokat boʻlib ishlagan yoki ishlayotgan shaxslar:
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki ehtiyotsizlik oqibatida uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan yoki ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
jinoyat tarkibidan qatʼi nazar, muqaddam ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan shaxslar
5. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar:
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki ehtiyotsizlik oqibatida uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan yoki ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
jinoyat tarkibidan qatʼi nazar, muqaddam ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan shaxslar
6. Muqaddam qasddan uncha ogʻir boʻlmagan, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
7. Oʻta xavfli retsidivistlar
8. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar
II. GUMON QILINAYOTGAN VA AYBLANAYOTGAN AYOLLAR
1. Jinoyat tarkibidan qatʼi nazar, muqaddam ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtamagan shaxslar
2. Jinoyat tarkibidan qatʼi nazar, muqaddam ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan shaxslar
3. Sudya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi, advokat boʻlib ishlagan yoki ishlayotgan shaxslar:
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki ehtiyotsizlik oqibatida uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan yoki ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
jinoyat tarkibidan qatʼi nazar, muqaddam ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan shaxslar
4. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar:
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki ehtiyotsizlik oqibatida uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan yoki ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
jinoyat tarkibidan qatʼi nazar, muqaddam ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan shaxslar
5. Oʻta xavfli retsidivistlar
6. 2 yoshga toʻlmagan bolasi bor, shuningdek homilador (homiladorlik muddati 24 hafta va undan yuqori boʻlgan) ayollar
III. GUMON QILINAYOTGAN VA AYBLANAYOTGAN VOYAGA YETMAGANLAR
1. Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki ehtiyotsizlik oqibatida uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxslar
2. Birinchi marta qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar
3. Jinoyat tarkibidan qatʼi nazar, muqaddam tarbiya koloniyasida jazoni oʻtagan shaxslar
IV. JAZO OʻTASH UCHUN HUKM QILINGAN ERKAKLAR
1. Jazoni manzil-koloniyada oʻtash uchun hukm qilingan shaxslar
2. Jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtash uchun hukm qilingan shaxslar
3. Jazoni qattiq tartibli koloniyada oʻtash uchun hukm qilingan shaxslar
4. Jazoni maxsus tartibli koloniyada oʻtash uchun hukm qilingan shaxslar
5. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar
6. Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslar
V. JAZO OʻTASH UCHUN HUKM QILINGAN AYOLLAR
1. Jazoni manzil-koloniyada oʻtash uchun hukm qilingan shaxslar
2. Jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtash uchun hukm qilingan shaxslar
3. Jazoni qattiq tartibli koloniyada oʻtash uchun hukm qilingan shaxslar
4. Oʻta xavfli retsidivist deb topilgan shaxslar
5. Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslar
6. 2 yoshga toʻlmagan bolasi bor, shuningdek homilador (homiladorlik muddati 24 hafta va undan yuqori boʻlgan) ayollar
VI. JAZONI OʻTASH UCHUN HUKM QILINGAN VOYAGA YETMAGANLAR
1. Jazoni tarbiya koloniyalarida oʻtashga hukm qilingan shaxslar
VII. VAQTINCHA SAQLASH UCHUN OLIB KELINGAN SHAXSLAR (TRANZIT ORQALI OʻTUVCHILAR)
1. Erkaklar:
jazoni manzil-koloniyada oʻtash uchun hukm qilingan shaxslar
jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtash uchun hukm qilingan shaxslar
jazoni qattiq tartibli koloniyada oʻtash uchun hukm qilingan shaxslar
jazoni maxsus tartibli koloniyada oʻtash uchun hukm qilingan shaxslar
umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar
turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslar
2. Ayollar:
jazoni manzil-koloniyada oʻtash uchun hukm qilingan shaxslar
jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtash uchun hukm qilingan shaxslar
jazoni qattiq tartibli koloniyada oʻtash uchun hukm qilingan shaxslar
oʻta xavfli retsidivist deb topilgan shaxslar
turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslar
2 yoshga toʻlmagan bolasi bor, shuningdek homilador (homiladorlik muddati 24 hafta va undan yuqori boʻlgan) ayollar
VIII. XOʻJALIK XIZMATIGA OID ISHLARNI
BAJARISH UCHUN QOLDIRILGAN MAHKUMLAR
1. Erkaklar
2. Ayollar
IX. KARSERDA SAQLANAYOTGAN SHAXSLAR
1. Erkaklar
2. Ayollar
3. Voyaga yetmaganlar
X. TIBBIYOT BOʻLIMIDA DAVOLANAYOTGAN SHAXSLAR
1. Kasallik turiga qarab erkaklar:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan shaxslar
b) birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
v) birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
g) sudya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi, advokat boʻlib ishlagan yoki ishlayotgan shaxslar:
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
jinoyat tarkibidan qatʼi nazar, muqaddam ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan shaxslar
d) chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
jinoyat tarkibidan qatʼi nazar, muqaddam ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan shaxslar
e) oʻta xavfli retsidivistlar
j) muqaddam qasddan uncha ogʻir boʻlmagan, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
z) umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar
2. Kasallik turiga qarab ayollar:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan shaxslar
b) birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
v) birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
g) sudya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi, advokat boʻlib ishlagan yoki ishlayotgan shaxslar:
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
jinoyat tarkibidan qatʼi nazar, muqaddam ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan shaxsla�
d) chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar:
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
jinoyat tarkibidan qatʼi nazar, muqaddam ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan shaxslar
e) oʻta xavfli retsidivistlar
j) muqaddam qasddan uncha ogʻir boʻlmagan, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
z) 2 yoshga toʻlmagan bolasi bor, shuningdek homilador (homiladorlik muddati 24 hafta va undan yuqori boʻlgan) ayollar
3. Kasallik turiga qarab voyaga yetmagan shaxslar
XI. YIGʻMA BOʻLIMLARDA SAQLANAYOTGAN SHAXSLAR
1. Erkaklar:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va ehtiyo�sizlik oqibatida jinoyat sodir etgan shaxslar
b) birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
v) birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
g) sudya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi, advokat boʻlib ishlagan yoki ishlayotgan shaxslar:
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan shaxslar;
birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
jinoyat tarkibidan qatʼi nazar, muqaddam ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan shaxslar
d) chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar:
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
jinoyat tarkibidan qatʼi nazar, muqaddam ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan shaxslar
e) oʻta xavfli retsidivistlar
j) muqaddam qasddan uncha ogʻir boʻlmagan, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
z) umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar
2. Ayollar:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan shaxslar
b) birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
v) birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
g) sudya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi, advokat boʻlib ishlagan yoki ishlayotgan shaxslar:
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
jinoyat tarkibidan qatʼi nazar, muqaddam ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan shaxslar
d) chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar:
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
birinchi marta qasddan oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
jinoyat tarkibidan qatʼi nazar, muqaddam ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan shaxslar
e) oʻta xavfli retsidivistlar
j) muqaddam qasddan uncha ogʻir boʻlmagan, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar
z) 2 yoshga toʻlmagan bolasi bor, shuningdek homilador (homiladorlik muddati 24 hafta va undan yuqori boʻlgan) ayollar
Eslatma: mazkur reja 3 nusxada tuziladi va navbatchilik qismida, tartibot va maxsus boʻlimda saqlanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga 3-ILOVA
“_____” _______________dan eʼtiboran bir kishilik kameraga joylashtirilsin.
___ -son-TH boshligʻi
_____________________
________________
______________________
(unvoni)
(imzo va muhr)
(F.I.O.)
20___yil “___” ________ _____-son
orqa tomoni
Qaror bilan tanishdim __________________________________________________________
(THda saqlanayotgan shaxsning imzosi va F.I.O.)
20____yil “_____”_____________
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga 4-ILOVA
Shaxsiy tintuv qilish hamda ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini koʻzdan kechirish
BAYONNOMASI
________ yil “_____”____________da tugʻilgan _____________________________________
(F.I.O.)
20______ yil “______” ______________ soat ___________da ___ -son-THga olib kelingan.
20___yil “___” _________________da shaxsiy tintuv qilinib hamda ashyolari va oziq-ovqat mahsulotlari koʻzdan kechirilib, undan quyidagilar olib qoʻyildi:
(shaxsiy tituv qilingan hamda ashyolari va oziq-ovqat mahsulotlarini koʻzdan kechirish oʻtkazilgan shaxsning imzosi va F.I.O.)
*Izoh: keraklisining tagiga chiziladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga 5-ILOVA
Taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini
olib qoʻyish toʻgʻrisida
QAROR
________________ yilda tugʻilgan _________________________________________________
(F.I.O.)
shaxsiy tintuv qilinganda hamda ashyolari va oziq-ovqat mahsulotlari koʻzdan kechirilganda taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari aniqlanganligi sababli, “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 42-moddasiga asosan:
Q A R O R Q I L A M A N:
__________________________________________________________________________ dan
_______________________________________________________________ moliya boʻlimiga, omborxonaga saqlash yoki vaqtinchalik saqlash va kelgusida shaxsning qarindoshlari yoki boshqa shaxslarga berib yuborish, davlat daromadiga oʻtkazish uchun topshirilsin*,
________________________________________________________ yoʻli bilan yoʻq qilinsin.
(yoʻq qilish usullari koʻrsatiladi)
___ -son-TH boshligʻi
____________________
_________________
______________________
(unvoni)
(imzo va muhr)
(F.I.O.)
20___yil “____” _________ ____-son
orqa tomoni
Qaror bilan tanishdim __________________________________________________________
(THda saqlanayotgan shaxsning imzosi va F.I.O.)
20____yil “_____”____________
*Izoh: keraklisining tagiga chiziladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga 6-ILOVA
_____________________________________________________________ yoʻq qilinganligini maʼlum qilamiz.
TH xodimi:
______________________
________________
______________________
(lavozimi va unvoni)
(imzo)
(F.I.O.)
TH xodimi:
______________________
________________
______________________
(lavozimi va unvoni)
(imzo)
(F.I.O.)
TH xodimi:
______________________
________________
______________________
(lavozimi va unvoni)
(imzo)
(F.I.O.)
Dalolatnoma bilan tanishdim: ____________________________________________________
(THda saqlanayotgan shaxsning imzosi va F.I.O., sana)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga 7-ILOVA
_______________ soʻmlik ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilib oldim, ushbu mablagʻni mening shaxsiy hisobvaragʻimdan yechib olishingizni soʻrayman.
__________________
(imzo)
20 ___yil “____” _________
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga 8-ILOVA
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga 9-ILOVA
Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarining hisobini yuritish
shaxsiy tituv qilinsin hamda ashyolari va oziq-ovqat mahsulotlari koʻzdan kechirilsin, shuningdek unga nisbatan __ kun karserga kiritib qoʻyish tarzidagi jazo qoʻllanilsin.
oldin shaxsiy tintuv qilindi hamda ashyolari va oziq-ovqat mahsulotlari koʻzdan kechirildi. Unda karserga olib kirish taqiqlangan __________________________________________________
(ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarining nomi)
_____________________ lar borligi aniqlandi va ular olib qoʻyildi.
TH xodimi
_____________
______________
______________________
(unvoni)
(imzo)
(F.I.O.)
20___yil “___” ___________
Tayinlangan jazoning ijro etilganligi toʻgʻrisida maʼlumot
20__ yil “___” __________ soat “____” da karserga kiritib qoʻyildi.
THBYO-TN
_____________
______________
______________________
(unvon??)
(imzo)
(F.I.O.)
20___yil “____”____________
20__ yil “____” ___________ soat “___” da karserga kiritib qoʻyish tarzidagi jazo muddatining tugashi munosabati bilan, TH tibbiy xodimining koʻrsatmasi bilan karserdan ozod qilindi*.
THBYO-TN
_____________
______________
______________________
(unvoni)
(imzo)
(F.I.O.)
*Izoh: keraklisining tagiga chiziladi.
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 12-oktabrdagi 517-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456-6, 19.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 260-modda; 2015-y., 27-son, 367-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/2456-2/1470-son, 25.08.2018-y., 10/18/2456-3/1788-son; 12.03.2019-y., 10/19/2456-4/2743-son; 03.12.2019-y., 10/19/2456-5/4100-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.10.2023-y., 10/23/2456-6/0789-son; 27.08.2024-y., 10/24/2456-7/0654-son)