01.08.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3915
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining qarori, 01.08.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3915
Kuchga kirish sanasi
05.11.2026
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 1-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3915]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais A. RAFIQOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 13-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 26-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 23-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 13-iyuldagi 49-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi, atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda attraksionlardan foydalanish xavfsizligi sohalaridagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishiga oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavfi mavjud boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash imkoniyatini beruvchi “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv — tadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganini tekshirish uchun kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali Qoʻmita tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tadbiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfni tahlil etish” elektron tizimi — Qoʻmita tomonidan tegishli nazorat sohasi boʻyicha aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilikning buzilish xavfi darajasini aniqlash elektron tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Xavfni tahlil etish” elektron tizimi Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “Xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil etish” elektron tizimi tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Xavfni tahlil etish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tadbirkorlik subyektining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy maʼlumotlar (ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlari, dasturiy taʼminotlari va maʼlumotlar bazasi tahlili natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektidan hujjatlar va axborot talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularning mezonlariga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Xavfni tahlil etish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 — 8-ilovalaridagi nazorat sohalarida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlarga (sub-koʻrsatkichlarga) tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoʻmita tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasini baholash uchun mazkur Nizomning 1 — 8-ilovalaridagi nazorat sohalarida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlarni “Xavfni tahlil etish” elektron tizimiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasi mazkur Nizomning 1 — 8-ilovalaridagi nazorat sohalarida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha “Xavfni tahlil etish” elektron tizimida avtomatik ravishda alohida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Xavfni tahlil etish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda baholash natijasida aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uch xil toifaga tasniflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “Xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar faqatgina Qoʻmitaning vakolatiga kiradigan masalalarni oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi yoʻnalishida tadbirkorlik subyekti faoliyatida huquqbuzarlik xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI

T/r

Koʻrsatkichlar

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlari boʻyicha litsenziyalash yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirmaslik yoki ularning amal qilish muddatlariga rioya qilmaslik

5

2.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlab chiqarish nazorati tashkil etilmaganligi

10

3.

Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta qilinmaganligi

15

4.

Xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnik qurilmalarning ekspertizadan oʻtkazilmaganligi, xizmat muddati tugaganligi va (yoki) texnik qurilma tizimda roʻyxatga olinmaganligi

15

5.

Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri ishlab chiqilmaganligi

5

6.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish ishlarining amalga oshirilmaganligi hamda ularning attestatsiyadan oʻtkazilmaganligi

15

7.

Xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnik qurilmalarning diagnostikadan (texnik koʻrik, sinov) oʻtkazilmaganligi

7

8.

Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya, noxush hodisalar (intsident) yoki baxtsiz hodisalar sodir boʻlganligi

8

9.

Sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan normativ texnik hujjatlar talablari buzilishi

20

Jami ballar yigʻindisi

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Atom energetikasi va yadro texnologiyalari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari obyektlarining radiatsiya va yadro xavfsizligi yoʻnalishida tadbirkorlik subyekti faoliyatida huquqbuzarlik xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

Rahbarlarning, ishlab chiqarishni nazorat qilish xizmati mutaxassislarining, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari (bundan buyon matnda INM deb yuritiladi) bilan ish bajaruvchi “A” toifaga mansub xodimlarning radiatsiyaviy xavfsizlik boʻyicha zarur oʻquv tayyorlovdan (malaka oshirishdan) oʻtmaganligi va uni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi

30

2.

Atom energetikasi va yadro texnologiyalari, shuningdek INMdan foydalanuvchi obyektlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan berilgan xulosaning mavjud emasligi

25

3.

Tadbirkorlik subyektining shtatida faoliyatning litsenziyalanadigan turi boʻyicha kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlgan kamida uch mutaxassisning mavjud emasligi

20

4.

INMlarning aylanishini davlat tomonidan hisobga olish qoidalariga rioya etilmaganligi

15

5.

Faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmaganligi

10

Jami ballar yigʻindisi

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Rentgen uskunalari obyektlarining radiatsiya xavfsizligi yoʻnalishida tadbirkorlik subyekti faoliyatida huquqbuzarlik xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

Rentgen uskunasidan foydalanuvchi obyektlarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirmaslik

81

2.

Rahbarlarning, ishlab chiqarishni nazorat qilish xizmati mutaxassislarining, “A” toifaga mansub xodimlarning radiatsiyaviy xavfsizlik boʻyicha zarur oʻquv tayyorlovdan (malaka oshirishdan) oʻtmaganligi va uni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi

4

3.

Rentgen uskunasidan foydalanuvchi obyektlar xodimlari uchun alohida nurlanish dozalarining hisobga olinmaganligi va (yoki) xodimlarning individual nurlanish dozalarini qayd etish kartalarining mavjud emasligi

5

4.

Ventilyatsiya tizimi samaradorligini davriy tekshirish dalolatnomasi va (yoki) yerga ulash (zazemleniya) tizimini davriy tekshirish dalolatnomasining mavjud emasligi

5

5.

Rentgen uskunasining tekshiruvdan (attestatsiyadan) oʻtkazilmaganligi

5

Jami ballar yigʻindisi

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Attraksionlardan foydalanish xavfsizligi yoʻnalishida tadbirkorlik subyekti faoliyatida huquqbuzarlik xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

Attraksionning kirish joyi oldida soʻnggi yillik tekshiruv oʻtkazilgan sana va keyingi yillik tekshiruvni oʻtkazish sanasi toʻgʻrisidagi, shu jumladan, QR-kodli (matrik shtrixli kod) maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi axborot taxtachasini joylashtirmaslik

10

2.

Attraksionning texnik tayyorligi dalolatnomasi mavjud emasligi

5

3.

Madaniyat va istirohat bogʻlarida, shuningdek, boshqa koʻngilochar maskanlarda attraksionlardan foydalanishda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirmaslik

81

4.

Attraksionlarning mavsumga tayyorligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning mavjud emasligi

4

Jami ballar yigʻindisi

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Statsionar oʻrnatilgan yuk koʻtarish kranidan (minorali, kozlovoy, koʻprikli) foydalanish xavfsizligi yoʻnalishida tadbirkorlik subyekti faoliyatida huquqbuzarlik xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

Statsionar oʻrnatilgan yuk koʻtarish krani pasportining mavjud emasligi

5

2.

Statsionar oʻrnatilgan yuk koʻtarish kranlari uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirmaslik yoki ularning amal qilish muddatiga rioya qilmaslik

81

3.

Masʼul shaxsning (nazorat qiluvchi muhandis-texnik xodim) oʻqitilmaganligi va bilimlari sinovdan oʻtkazilmaganligi

5

4.

Xizmat muddati tugagan statsionar oʻrnatilgan yuk koʻtarish kranlari uchun ekspertiza xulosasining mavjud emasligi

4

5.

Statsionar oʻrnatilgan yuk koʻtarish kranlarining texnik koʻrikdan oʻtkazilmaganligi

5

Jami ballar yigʻindisi

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

Osma arqonli yoʻlovchi yoʻllardan foydalanish xavfsizligi yoʻnalishida tadbirkorlik subyekti faoliyatida huquqbuzarlik xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

Osma arqonli yoʻlovchi yoʻllarning pasporti mavjud emasligi

5

2.

Osma arqonli yoʻlovchi yoʻllarning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirmaslik yoki amal qilish muddatiga rioya qilmaslik

81

3.

Osma arqonli yoʻlovchi yoʻllari uchun masʼul shaxs oʻqitilmaganligi hamda bilimlarining sinovdan oʻtkazilmaganligi

5

4.

Ishlash muddati tugagan osma arqonli yoʻlovchi yoʻllarning ekspertiza xulosasi mavjud emasligi

4

5.

Osma arqonli yoʻlovchi yoʻllarning texnik koʻrikdan oʻtkazilmaganligi

5

Jami ballar yigʻindisi

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

Eskalatorlardan foydalanish xavfsizligi yoʻnalishida tadbirkorlik subyekti faoliyatidagi huquqbuzarlik xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

Eskalator pasportining mavjud emasligi

6

2.

Eskalator uchun masʼul shaxs tayinlanmaganligi

6

3.

Montaj dalolatnomasi mavjud emasligi

6

4.

Ishlash muddati tugagan eskalatorlarning ekspertiza xulosasi mavjud emasligi

7

5.

Eskalatorning texnik koʻrikdan oʻtkazilmaganligi

75

Jami ballar yigʻindisi

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuk koʻtargichlardan foydalanish xavfsizligi yoʻnalishida tadbirkorlik subyekti faoliyatidagi huquqbuzarlik xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

Yuk koʻtargichning texnik pasporti mavjud emasligi

6

2.

Yuk koʻtargich uchun masʼul shaxs (muhandis-texnik xodim) tayinlanmaganligi

6

3.

Yuk koʻtargichlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasida roʻyxatga olinmaganligi

6

4.

Xizmat muddati tugagan yuk koʻtargichlarning ekspertiza xulosasi mavjud emasligi

7

5.

Yuk koʻtargichning texnik koʻrikdan oʻtkazilmaganligi

75

Jami ballar yigʻindisi

100

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2026-y., 10/26/3915/0813-son)