24.11.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2732
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 24.11.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2732
Kuchga kirish sanasi
01.03.2016
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi Boshligʻining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuk koʻtarish mashinalarini xavfsiz ishlatishni nazorat qiluvchi muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 24-noyabrda 2732-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuk koʻtarish mashinalarini xavfsiz ishlatishni nazorat qiluvchi muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya boshligʻi B. GULYAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 9-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 9-noyabrdagi 126-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuk koʻtarish mashinalarini xavfsiz ishlatishni nazorat qiluvchi muhandis-texnik xodimlar uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY YOʻRIQNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Namunaviy yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, yuk koʻtarish mashinalarini xavfsiz ishlatishni nazorat qiluvchi muhandis-texnik xodimlarning ish faoliyatini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar, ularning vazifalari, huquq va javobgarligini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Namunaviy yoʻriqnoma yuk koʻtarish mashinalarini xavfsiz ishlatishni nazorat qiluvchi muhandis-texnik xodimlarga (bundan buyon matnda nazorat qiluvchi xodim deb yuritiladi) taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yuk koʻtarish mashinalariga ega boʻlgan tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) ushbu Namunaviy yoʻriqnoma asosida nazorat qiluvchi xodimlarning soni, tarkibi, shuningdek yuk koʻtarish mashinalarini ishlatishga oid mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda nazorat qiluvchi xodimlar uchun lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Namunaviy yoʻriqnomada yuk koʻtarish mashinalari deganda minora kranlar, portal kranlar, koʻpriksimon kranlar, xarrak kranlar, strelali kranlar (avtomobil, temir yoʻl, zanjirli, pnevmo-gʻildirakli, kran-manipulyatorlar, quvuryotqizgichlar), portal kranlar, kabelli kranlar va ishlash jarayonida koʻchmas asosga oʻrnatiladigan boshqa kranlar, elektr tallar, eskalatorlar, funikulyorlar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Nazorat qiluvchi xodimlarga qoʻyiladigan talablar va ularning ish faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nazorat qiluvchi xodimlarning bilimlarini sinash Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nazorat qiluvchi xodimlar Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq sinovdan oʻtgan shaxslar tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Nazorat qiluvchi xodimlarning soni va tarkibi tashkilotda mavjud boʻlgan yuk koʻtarish mashinalarining soni va ularni ishlatish sharoitini hisobga olgan holda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nazorat qiluvchi xodim tashkilotning bosh muhandisiga, agar tashkilotda bunday lavozim mavjud boʻlmasa, toʻgʻridan-toʻgʻri tashkilot rahbariga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nazorat qiluvchi xodim bosh muhandis (tashkilot rahbari) tomonidan tasdiqlanadigan ish reja asosida ish yuritadi va ish rejada belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan har oyda kamida bir marta bosh muhandisga (tashkilot rahbari) hisobot berib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nazorat qiluvchi xodimlar quyidagilarni bilishlari zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) talablarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi xodimning lavozim yoʻriqnomasida belgilangan vazifa va majburiyatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk koʻtarish mashinasidan foydalanishga oid texnik yoʻriqnoma (texnik pasport) talablarini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Nazorat qiluvchi xodim mehnat taʼtilida, xizmat safarida boʻlgan vaqtda yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan hollarda, uning vazifalarini vaqtincha bajarish tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan zarur malakaga ega boʻlgan boshqa muhandis-texnik xodimga yuklatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Nazorat qiluvchi xodimlarning vazifalari, huquq va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Nazorat qiluvchi xodimlarning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar nazorat qiluvchi xodimlarning vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk koʻtarish mashinalari, ularning yuk ilgaklari, yukning joyini oʻzgartirishga moʻljallangan maxsus idishlar va yuk koʻtarish mashinasi yurishi uchun moʻljallangan yoʻllarning texnik holatini koʻzdan kechirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk koʻtarish mashinalari, ularning yuk ilgaklari, yukning joyini oʻzgartirishga moʻljallangan maxsus idishlar va yuk koʻtarish mashinasi yurishi uchun moʻljallangan yoʻllarni taʼmirlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini va davriy koʻrikdan oʻtkazishni nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk koʻtarish mashinasi mashinisti (bundan buyon matnda mashinist deb yuritiladi) tomonidan yuk koʻtarish mashinalarining toʻgʻri oʻrnatilganligini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinist tomonidan ish vaqtida lavozim yoʻriqnomasida belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni bajarish vaqtida mashinist va yuk iluvchilar tomonidan texnik talablarga rioya etilayotganligini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr tarmoqlariga yaqin boʻlgan joylarda ishlash vaqtida mashinist tomonidan xavfsizlik choralari koʻrilganligini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk koʻtarish mashinalaridan foydalanish hamda ishlarni bajarish vaqtida xato, kamchiliklar va avariya holatlari sodir etilishining oldini olish maqsadida barcha mashinist va yuk iluvchilarga tegishli uslubiy koʻrsatmalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagi hollarda yuk koʻtarish mashinalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi loyiha, texnologik karta va naryad-ruxsatnoma mavjud boʻlmagan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlayotgan mashinist va (yoki) yuk iluvchilar belgilangan sinovdan oʻtmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlayotgan yuk koʻtarish mashinasini ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan berilgan yuk koʻtarish mashinasidan foydalanishga oid texnik pasportda foydalanish muddati oʻtgan, texnik shahodatlashdan oʻtmagan yoki texnik shahodatlash muddati tugagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlayotgan yuk koʻtarish mashinasining konstruksiyalarida yoriqlar (darz) paydo boʻlgan boʻlsa, yuk koʻtarish mashinasining konstruksiyasi shakli oʻzgargan boʻlsa, qismlarning ulangan joylaridagi mahkamlagichlar boʻshalib qolgan boʻlsa, shuningdek boshqaruv va tormoz tizimlarida, yuk koʻtarish mashinasi yurishi uchun moʻljallangan yoʻllarda va yerga tutashtirish moslamalarida nosozliklar aniqlanganda, yuk ilgaklari, poʻlat arqonlar va zanjirlarda yemirilishlar sezilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻtarilishi lozim boʻlgan yukning ogʻirligi yuk koʻtarish mashinasi, yuk ilgagi va poʻlat arqonning yuk koʻtarish qobiliyatiga muvofiq boʻlmagan xollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Nazorat qiluvchi xodimning huquq va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Nazorat qiluvchi xodim muhandis-texnik xodimlar va yuk koʻtarish mashinalarining holatiga javobgar shaxslardan yuk koʻtarish mashinasiga tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun soʻrab olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nazorat qiluvchi xodim oʻziga yuklatilgan vazifalar bajarilishi yuzasidan javobgar hisoblanadi. Bunda nazorat qiluvchi xodim yuk koʻtarish mashinalarining ishga yaroqliligini aniqlashi va aniqlangan holatlar boʻyicha tashkilot rahbarini darhol xabardor qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Namunaviy yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 2-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 3-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK boshqaruvi raisi A. SHODIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 4-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 5-noyabr

“Oʻzbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi A. SULTANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 5-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 47-son, 601-modda)