07.05.1993 yildagi 846-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT UY-JOY FONDINI XUSUSIYLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishning huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy asoslarini va tartibini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyga egalik huquqini olish fuqarolarga o‘z mablag‘larini ko‘chmas mulkka samarali sarflash, o‘z uy-joyiga erkin egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (bundan buyon “xususiylashtirish” deb yuritiladi) deganda fuqarolarga ularning ixtiyoriga qarab davlat uy-joy fondining ular egallab turgan yoki yangi qurilgan kvartiralarini, uylarini (uylarining bir qismini) sotish, shu jumladan imtiyozli asosda sotish yoki tekinga mulk qilib berish tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondi mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy fondi hamda davlat organlari, muassasalari va tashkilotlarining operativ boshqaruvidagi uy-joy fondidir.
(1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishga doir qonunchilik ushbu Qonundan hamda unga muvofiq chiqariladigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishning asosiy qoidalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining barcha xususiylashtirish subyektlari davlat uy-joy fondini xususiylashtirishda teng huquqlarda ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirishning ixtiyoriylik asosida bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirishning uy-joy muammosini hal etish bilan o‘zaro aloqadorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haq evaziga va tekinga berish xususiyatining uyg‘unlashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni ijtimoiy jihatdan himoyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshkoralik, ijtimoiy adolatga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirishning amalga oshirilishi jarayoni ustidan davlat va jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishidan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan fuqarolarning ayrim toifalariga kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) tekinga berish;
(4-modda 1-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat kvartiralarini, uylarini (uylarning bir qismini) O‘zbekiston Respublikasining – fuqarolariga va yuridik shaxslariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat kvartiralarini, uylarini (uylarning bir qismini) hamda xususiylashtirilgan kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirish subyektlariga davlat uy-joy fondini xususiylashtirish huquqi faqat bir marta beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan uylar joylashgan yer uchastkalariga va ularning etagidagi hududga egalik qilish, ulardan foydalanish yer to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartib va shartlarda amalga oshiriladi.
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan uylari buzilishi natijasida, agar ularga buzilgan uylari evaziga pul tovoni to‘lanmagan bo‘lsa, davlat uy-joy fondi uylaridan olgan turar joylari, shuningdek tabiiy ofatlar oqibatida uylari buzilishi munosabati bilan olgan kvartiralari, bu kvartiralar qachon ajratilganidan qat’i nazar, ularga yoki ularning vorislariga tekinga beriladi.
(7-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarga qarashli bo‘lgan uy, imorat va inshoot ushbu Qonun amalga kiritilganidan keyin buzilgani taqdirda ana shu fuqarolarga, ular oila a’zolariga, shuningdek ushbu uyda doimiy yashab turgan va uy ro‘yxatidan (propiskadan) o‘tgan boshqa fuqarolarga o‘z xohishiga ko‘ra hamda tomonlarning kelishuviga binoan tekinga kvartira olish yohud tegishli korxona, muassasa, tashkilot tomonidan yangi joyda uy, imorat va inshoot qurilib, o‘z mulklari qilib berilishi yoki buzilgan uy, imorat, nobud bo‘lgan ekin va dov-daraxtlar evaziga tovon puli olish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarga o‘z xodimlari hamda pensionerlari uy-joy qurilishi yoki uyni xususiylashtirish maqsadida olgan qarzi yoki kreditini to‘liq yohud qisman to‘lash huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar tomonidan belgilangan tartibda xususiylashtirilgan turar joylar davlat uy-joy fondidan chiqarilib, yakka tartibdagi uy-joy fondi tarkibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnatga qobiliyatsizlar, yolg‘iz qariyalar, pensionerlar va ularning oila a’zolariga, agar ularning jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadlari mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz bo‘lsa, shuningdek birinchi marta nikohdan o‘tgan turar joyga muhtoj yosh oilalarga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ro‘yxatga binoan fuqarolarning ijtimoiy himoyalanmagan va ta’minoti oz boshqa toifalariga mahalliy davlat hokimiyat organlari huzurida aniq maqsadga qaratilgan ijara shartnomasi talablari asosida xususiylashtirish huquqisiz foydalaniladigan kommunal uy-joy fondi tashkil etiladi.
(11-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. XUSUSIYLASHTIRISHNING OBYEKTLARI VA SUBYEKTLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xususiylashtirish obyektlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar ijara shartnomasi asosida foydalanilayotgan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va bir kvartirali uylar (uylarning bir qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklash, ta’mirlanish ishlari tugallangan-ku, ammo odamlar ko‘chib kirmagan va bo‘shatilgan uylarning kvartiralari, bir kvartirali uylar (uylarning bir qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi qurilgan uylardagi kvartiralar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yangi foydalanishga topshiralayotgan davlat uy-joy fondining turar joylari fuqarolarga kelgusida xususiylashtirish huquqi bilan haq to‘lab yashash uchun yoki ijaraga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uy-muzeylar, me’morchilik, tarix va madaniyat yodgorliklari hisoblanuvchi kvartira va uylar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-muzeylar, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlari bo‘lgan kvartiralar va uylar;
(12-moddaning 3-bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yotoqlarning xonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda yashash uchun yaroqsiz deb topilgan kvartiralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat kvartiralari, xonalari (uylari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki va undan ziyod ijarachi yashab turgan bo‘lsa-yu, ulardan ayrimlari xususiylashtirishga rozi bo‘lmagan kvartiralar xususiylashtirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan (uy ro‘yxatidan o‘tgan) O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar xususiylashtirish subyektlari hisoblanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslari, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari o‘z xodimlari va pensionerlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun uy-joy fondi egasidan uy-joy sotib olishlari mumkin.
(13-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat uy-joy fondi tarkibidagi uylarda ijara shartnomasi asosida turar joyni egallab turgan fuqarolar birgalikda yashab turgan barcha balog‘at yoshidagi oila a’zolari va turar joy maydonida haqi bo‘lgan boshqa shaxslarning roziligi bilan shu turar joyni ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan shartlarda o‘z mulki qilib, shu jumladan birgalikda yoki ulushbay asosida egalik qilish uchun sotib olishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xususiylashtirilgan turar joy egasining oila a’zolari hamda turar joy maydoniga haqli bo‘lib, uni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar shu turar joy maydonidan foydalanish huquqini saqlab qoladilar, xususiylashtirilgan uy-joyni sotish yoki ijaraga berish ularning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan kvartiraning, uyning (uy bir qismining) egasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmagan holda ana shu turar joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
(14-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmatlar haqini va sug‘urta badallarini to‘lash bo‘yicha, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish.
(14-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egallab turgan maydonning sathidan qat’i nazar, boshqa kvartirani, uyni (uyning bir qismini) sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kvartiraga, uyga (uyning bir qismiga) turar joy maydonining sathidan qat’i nazar, ushbu Qonun 13-moddasining birinchi bandida uqtirilgan oila a’zolarini, boshqa shaxslarni uy ro‘yxatidan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z kvartirasini, uyini istalgan boshqa kvartiraga yoki uyga, shu jumladan kooperativ kvartira yoki uyga uy ro‘yxatidan o‘tkazish va turar joyi borasida hech qanday cheklovlarsiz ayirboshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatlar tashkil etish hamda turar joy va birgalikda tasarruf etiladigan joylardan foydalanish bo‘yicha bunday ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotni, shu jumladan davlat uy-joylardan foydalanish va ta’mirlash-qurilish tashkilotlarini, kooperativlar, xususiy hamda boshqa xo‘jalik subyektlarini mustaqil belgilash, uy-joylarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uylar va uylar oldidagi hududlarni orasta saqlash borasida bajarilayotgan ishlar sifatini baholashda bevosita yoxud shirkatlar tarkibida qatnashish, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki belgilangan tartibda bajarmaganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan, shuningdek ayrim shaxslarga nisbatan jarima choralari qo‘llash yuzasidan materiallar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan uy-joydan fuqarolarni ko‘chirmasdan amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan kapital ta’mirlashni o‘tkazish payti uchun mulk egalaridan yoki turar joy fondini idora etishga vakolati bo‘lgan organlardan turar joyni ijaraga olish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan kvartira egasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun talablariga hamda turar joy xonalari va uylar oldidagi hududlarni orasta saqlash qoidalariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan soliqlarni va kommunal xizmatlar haqini hamda uydan foydalanishga ketadigan xarajat pullarini o‘z vaqtida to‘lashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga qarashli turar joyni orasta saqlash hamda ta’mirlash yuzasidan korxonalar va xususiy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlariga rioya etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. DAVLAT UY-JOY FONDINI XUSUSIYLASHTIRISH TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro davlat uy-joy fondiga qarashli uydagi kvartirani (uyning bir qismini) o‘z mulki qilib haqini to‘lab sotib olish (yoki bepul olish) uchun o‘zi istiqomat qilayotgan davlat uy-joy fondi tasarrufida bo‘lgan tuman, shahar hokimiga, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatiga ariza beradi. Ariza uzog‘i bilan ikki oy muddat ichida qarab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy xizmatchilarga berilgan davlat uy-joy fondini xususiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xo‘jaliklari va boshqa davlatga qarashli qishloq xo‘jalik korxonalarining uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan uqtirib o‘tilgan uy-joy fondi egalari tomonidan birgalikda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joylarni xususiylashtirish davlat uy-joy fondining egasi yoki u vakolat bergan davlat boshqaruvi organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘i hisobiga paychilik sharti bilan yangi qurilgan kvartiralar va uylarni xususiylashtirish tartibi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning o‘zlari tomonidan, davlat mablag‘lari hisobiga qurilgan kvartiralar va uylarni xususiylashtirish tartibi esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning alohida uy, kvartira va xonaga bo‘lgan egalik huquqi turar joy qiymati to‘liq to‘langan (sotib olingan) va order olingan paytdan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joyning haqini to‘lab va tekinga xususiylashtirilayotgan fuqarolarga uy-joy egasining qarori asosida egalik huquqini beruvchi yagona shaklda belgilangan davlat orderi beriladi. Order xususiylashtirilgan uy-joy uchun qonuniy huquqni belgilovchi hujjat hisoblanib, texnika inventarizatsiyasi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda.

Xususiylashtirilayotgan turar joyni baholash qonunchilikda belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan qoldiq balans qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.
(20-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joylarni xususiylashtirish fuqarolarning shaxsiy jamg‘armalari, korxonalar va tashkilotlarning mablag‘lari, shuningdek imtiyozli shartlarda beriladigan kreditlar, ssudalar evaziga hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(21-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar mahalliy davlat hokimiyati organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maxsus tashkil etilgan budjetdan tashqari xususiylashtirish uy-joy schyotiga o‘tkaziladi hamda turar joy xo‘jaligini saqlash va rivojlantirish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. XUSUSIYLASHTIRILGAN TURAR JOYLARGA XIZMAT KO‘RSATISH VA ULARNI TA’MIRLASH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan turar joylarga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash uy-joy fondidan foydalanish hamda uni ta’mirlashning yagona qoida va me’yorlariga albatta rioya qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan kvartiralarga, uylarga (uylarning bir qismiga) xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash borasida imtiyozlarga ega bo‘lgan shaxslar toifasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan turar joylardan foydalanish va ularni ta’mirlash shartnoma asosida amalga oshiriladi. To‘liq xususiylashtirilgan uydagi turar joy egalari uydan foydalanish shirkati tuzishlari mumkin. Bu shirkat uyga xizmat ko‘rsatuvchi va uni ta’mirlovchi tashkilotni mustaqil tanlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qisman xususiylashtirilgan uylardagi fuqarolarning mulkiga aylangan turar joy xonalariga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash shu uylarga xususiylashtirishga qadar xizmat ko‘rsatgan uy-joylardan foydalanish va ularni ta’mirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan turar joylarning egalari uning injenerlik uskunalariga, umumiy foydalaniladigan joylariga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash hamda uning tevarak-atrofiga qarash bilan bog‘liq xarajatlar haqini o‘zlari egallab turgan umumiy maydonga mutanosib ravishda to‘laydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan kvartiralar egalarining tuzilgan shartnomalar bo‘yicha uyga qarash va kommunal xizmatlar haqini to‘lash bilan bog‘liq qarzlari belgilangan tartibda undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondi kvartiralarini, uylarini (uyning bir qismini) xususiylashtirishda yuzaga keladigan nizolar sud tomonidan hal qilinadi.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish qanday borayotganligini nazorat qilish mazkur uy-joy fondining egasi yoki u vakolat bergan davlat boshqaruv organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun talablari buzilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va fuqarolar qonunchilikka binoan javobgarlikka tortiladilar.
(28-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
846-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 230-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2008-y., 52-son, 513-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)