18.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3904
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining buyrugʻi, 18.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3904
Kuchga kirish sanasi
22.10.2026
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda laboratoriya sinovlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 18-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3904]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda laboratoriya sinovlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir I. MAXKAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 22-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. JUMANAZAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 15-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 4-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari S. ESHQUVVATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 8-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 4-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda laboratoriya sinovlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda bajarilgan ishlarning, yoʻl qurilishi sohasiga doir qonunchilik hujjatlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda loyiha talablariga (bundan buyon matnda yoʻl qurilishiga oid hujjatlar deb yuritiladi) muvofiqligini aniqlash boʻyicha laboratoriya sinovlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinash laboratoriyasi — sinashni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki uning tarkibiy boʻlinmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriya sinovlari — avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda bajarilgan ishlarning, jumladan qoʻllanilgan materiallar va konstruksiyalarning yoʻl qurilishiga oid hujjatlarga muvofiqligini aniqlash jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya — muvofiqlikni baholash organlarining muayyan faoliyat sohasida muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga vakolatliligini akkreditatsiya organi tomonidan rasman tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachiobyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va buzishning amalga oshirilishini taʼminlovchi, shuningdek shu maqsadlarda loyiha-qidiruv, ekspertlik, qurilish-montaj va nazorat ishlarini bajarish uchun tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkilotibuyurtmachi tomonidan amaldagi qonunchilik asosida belgilangan hamda shartnomada koʻrsatilgan ishlarni belgilangan muddatda bajarish va topshirish majburiyatini olgan yuridik shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda sinash laboratoriyasini jalb qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda bajarilgan ishlarning sifati ustidan pudrat tashkiloti tomonidan doimiy ravishda laboratoriya nazorati taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu bajarilgan ishlarning sifatini nazorat qilish pudrat tashkilotining sinash laboratoriyasi yoki shartnoma asosida jalb etiladigan tashkilot tomonidan laboratoriya sinovlarini oʻtkazgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ichki nazorat pudrat tashkiloti tomonidan kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish boʻyicha choralar koʻrish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda bajarilgan ishlarning bosqichma-bosqich laboratoriya sinovidan oʻtkazilishi va uning toʻliqligi, toʻgʻriligi, ishonchliligi va obyektivligi ustidan ichki nazoratni taʼminlash uchun pudrat tashkiloti masʼul mutaxassisni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Buyurtmachi tomonidan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda bajarilgan ish hajmlarini pudrat tashkilotidan qabul qilib olishda yoʻl qurilishiga oid hujjatlarga muvofiqligi va sifati taʼminlanganligini aniqlash uchun sinash laboratoriyasi jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu sinash laboratoriyasi akkreditatsiyadan oʻtgan boʻlishi va uni jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Buyurtmachi tomonidan pudrat tashkilotining sinash laboratoriyasini yoki u tomondan jalb etilgan sinash laboratoriyasini jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Buyurtmachi va pudrat tashkilotining laboratoriya sinovlari natijalari yuzasidan ular oʻrtasida nizoli holatlar yuzaga kelganda, ushbu sinovlarda ishtirok etmagan akkreditatsiyadan oʻtgan sinash laboratoriyasi tomonidan qayta sinovlar oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sinash laboratoriyasining vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda bajarilgan ishlarni laboratoriya sinovlaridan oʻtkazish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sinash laboratoriyasi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda bajarilgan ishlarning har bir bosqichida ularning yoʻl qurilishiga oid hujjatlar talablariga muvofiqligini laboratoriya sinovlari orqali aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda laboratoriya sinovi natijalari mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda sinov bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sinash laboratoriyasining vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda bajarilgan ishlarning, jumladan qoʻllanilgan materiallar (asfaltbeton, beton va boshqa qorishmalar), konstruksiyalar va buyumlarning yoʻl qurilishiga oid hujjatlar hamda loyiha hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan laboratoriya sinovlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan laboratoriya sinovlarining natijalari yuzasidan sinov bayonnomalari va hisobotlarini rasmiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sinash laboratoriyasi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda bajarilgan ishlarni laboratoriya sinovlaridan oʻtkazish uchun namunalar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda bajarilgan ishlarni laboratoriya sinovlaridan oʻtkazish natijalari boʻyicha aniqlangan nomuvofiqliklar yuzasidan shartnoma tuzilgan tomonga taklif kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sinash laboratoriyalari qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sinash laboratoriyasi quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda bajarilgan ishlarni laboratoriya sinovlaridan oʻtkazish natijalari boʻyicha sinov bayonnomalari va hisobotlarini rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan laboratoriyalar sinov bayonnomalarining (ishlab chiqarishdagi laboratoriyalar ichki ehtiyojlari uchun oʻtkazgan sinovlari bundan mustasno) “e-akkreditatsiya” axborot tizimida roʻyxatga olingan holda rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish jurnallari va daftarlarini belgilangan tartibda yozma va elektron ravishda yuritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriya sinovlarini yoʻl qurilishiga oid hujjatlarga muvofiq toʻliq, haqqoniy va vakolat doirasida amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sinash laboratoriyalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda laboratoriya sinovlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda bajarilgan ishlarni laboratoriya sinovidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ishlar nomi

Sinov koʻrsatkichlari

Sinov muddati

Asos

1.

Avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilishda yoʻl poyi ishlarini laboratoriya sinovidan oʻtkazish

Grunt (koʻtarma, oʻyma) fizik-maxanik koʻrsatkichlari:

• qatlam qalinligi;

• bir xilligi;

• shoʻrlanganligi;

• namligi;

• zichligi.

Ish jarayonida*

GOST 25100-2020

GOST 30416-2020

GOST 28622-2012

GOST 23161-2012

GOST 5180-2015

GOST 30672-2019

2.

Avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilishda noorganik bogʻlovchi materiallar bilan mustahkamlangan yirik boʻlakli, qumli va gilli gruntlar, sanoat chiqindilaridan tayyorlangan asos va qoplama ishlari hamda materiallarni laboratoriya sinovidan oʻtkazish

Asos va qoplamaning fizik-maxanik koʻrsatkichlari:

• yirik boʻlakli va qumli gruntlarning granulometrik tarkibi;

• gilli gruntlarning plastiklik soni va maydalik darajasi;

• siqilish mustahkamligi;

• sovuqqa chidamliligi;

• sanoat chiqindilarining zichlanganlik koeffitsiyenti.

Ish kunida kamida bir marta

GOST 5180-2015

GOST 25100-2020

GOST 23558-94

GOST 30491-2012

3.

Avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilishda organik bogʻlovchi materiallar bilan ishlov berilgan asos va qoplama ishlari hamda materiallarni laboratoriya sinovidan oʻtkazish

Asos va qoplamaning fizik-maxanik koʻrsatkichlari :

• aralashmaning harorat;

• siqilishdagi mustahkamlik chegaralari;

• aralashmaning yopishqoqligi;

• donadorlik tarkibi;

• suvga chidamliligi.

Ish kunida kamida bir marta

GOST 18659-2005

GOST 33048-2014

GOST 8269.0-2025

GOST 33028-2014

GOST 32818-2014

4.

Avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilishda asfaltbeton va polimerasfaltobeton qoplamalar va asos ishlarini laboratoriya sinovidan oʻtkazish

Asosni qurish ishlarining fizik-maxanik koʻrsatkichlari:

• qalinligi;

• zichligi;

• donadorlik tarkibi.

Har qatlamda

GOST 33133-2014

GOST 9128-2013

Asfaltbeton, issiq asfaltbeton va polimerasfaltbeton qoplama ishlarining fizik-maxanik koʻrsatkichlari:

• qalinligi;

• siqilishga boʻlgan mustahkamligi;

• suv shimuvchanligi;

• ravonligi;

• zichligi;

• ilashishliligi;

• donadorlik tarkibi;

• bitum miqdori;

• qoldiq gʻovakdorligi;

• zichlanganlik koeffitsiyenti.

3 — 7 sutka ichida**

5.

Avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilishda chaqiq tosh-mastikali asfaltbeton va polimer chaqiq tosh-mastikali asfaltbeton qoplamalar ishlarini laboratoriya sinovidan oʻtkazish

Chaqiq tosh-mastikali asfaltbeton va polimer chaqiq tosh-mastikali asfaltbeton qorishmalari (olingan namunalar) fizik-mexanik koʻrsatkichlari:

• qalinligi;

• bitum miqdori;

• barqarorlashtiruvchi qoʻshimcha miqdori;

• donadorlik tarkibi;

• bogʻlovchining mineral material bilan yopishishi;

• chidamliligi;

• qoldiq gʻovakdorligi;

• suv taʼsiriga bardoshliligi.

3 — 7 sutka ichida**

OʻzDSt 3610-2022

GOST 31015-2002

GOST 12801-98

6.

Avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilishda quyma sement-beton qoplama va asos ishlari hamda materiallarni laboratoriya sinovidan oʻtkazish

Sement-beton qoplamalar va asoslarning fizik-mexanik koʻrsatkichlari:

• qalinligi,

• siqilishga boʻlgan mustahkamligi;

• egilishdagi mustahkamligi;

• muzlashga bardoshliligi;

• suv oʻtkazuvchanligi;

• ravonligini;

• zichligi;

• ilashishliligi.

Har ish kunida ishlatilgan qoplamadan 7 — 28 sutka ichida

GOST 26633-2015

GOST 30515-2013

GOST 23732-2011

GOST 8267-93

GOST 8736-2014

GOST 24211-2008

GOST 30459-2008

GOST 10180-2012

7.

Avtomobil yoʻllarini taʼmirlashda asfaltbeton va polimerasfaltobeton qoplama ishlari sifatini laboratoriya sinovidan oʻtkazish

Asfaltbeton, issiq asfaltbeton va polimerasfaltbeton qoplamalar va asoslarining fizik-mexanik koʻrsatkichlari:

• qalinligi;

• suv shimuvchanligi;

• donadorlik tarkibi;

• bitum miqdori;

• qoldiq gʻovakdorligi;

• zichlanganlik koeffitsiyenti.

3 — 7 sutka ichida**

GOST 9128-2013

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* har bir texnologik qatlamda kamida 3 nuqtada, yoʻl poyining oʻqi boʻylab va qirgʻoqdan 0,5 — 1,0 metr masofada, yoʻl poyining kengligi 20 metrdan ortiq boʻlganda esa ular orasidagi oraliqlarda, koʻtarma balandligi 3 metrgacha boʻlganda kamida 200 metr oraliqda va koʻtarma balandligi 3 metrdan ortiq boʻlganda kamida 50 metr oraliqda laboratoriya sinovlari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** qoplamaning chetidan yoki yoʻl oʻqidan kamida 0,5 metr masofada joylashgan qismidan, qoplamaning eni 7 metrdan kam boʻlganda 1 km.gacha uchta, qoplamaning eni 7 metrdan keng boʻlsa har 7000 m2 maydondan uchta namuna olinadi va laboratoriya sinovlari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinov natijalari boʻyicha uchta namunaning birida (2 333 m2 qoplamada) loyiha va yoʻl qurilishiga oid hujjatlarga mos kelmasa, ushbu namuna olingan maydondan qoʻshimcha uchta namuna olinadi. Laboratoriya sinov natijalariga muvofiq ushbu maydondagi (2 333 m2) qoplamaning sifatliligi yoki sifatsizligiga baho beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asfaltbeton qoplamaning zichlanganlik koeffitsiyenti (K) A va B turdagi qoplamaning pastki qatlami uchun K — 0.98 dan, yuqori qatlam uchun K — 0.99 dan, V, G va D turlari uchun K — 0.98 dan, sovuq qorishmalardan tayyorlangan asfaltbeton uchun K — 0.96 dan, boshqa qoplamalar (yoʻlaklar, trotuarlar, maydonchalar, velosiped yoʻlaklari) uchun — K 0.93 dan kam boʻlmasligi kerak (chaqiq tosh-mastikali asfaltbeton va polimer chaqiq tosh-mastikali asfaltbeton qorishmalari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda laboratoriya sinovlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

 

“TASDIQLAYMAN”

 

Sinash laboratoriya boshligʻi

 

 

____________________________

 

F.I.O.

 

 

____________________________

(imzo)

20___ yil “____” _____________

______-son

SINOV BAYONNOMASI

Laboratoriya nomi: _______________________________________________________________________

Laboratoriya manzili: ____________________________________________________________________

Guvohnoma raqami: _______________________________________________________________________

Sinov oʻtkaziladigan joy nomi: ___________________________________________________________

Buyurtma bergan tashkilot nomi: __________________________________________________________

Mahsulot (ish) nomi: _____________________________________________________________________

Namuna olish dalolatnomasi raqami: ______________________________________________________

Namuna olish sanasi: _____________________________________________________________________

Namuna olingan joy nomi: ________________________________________________________________

Sinov obyektlari uchun hujjatlar: ________________________________________________________

Sinov usullari uchun hujjatlar: __________________________________________________________

Sinov oʻtkazish sharoitlari (harorat, namlik): ______________________________________________

Oʻlchash noaniqligi: ______________________________________________________________________

Sinov usuliga qoʻshimcha kiritish, rad etish yoki chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi maʼlumot:

_________________________________________________________________________________________

Fikrlar va talqinlar: ___________________________________________________________________

OʻLCHASH VOSITALARI VA SINOV USKUNALARI ROʻYXATI

Nomi

Raqami, sanasi

SINOV NATIJALARI:

T/r

Sinov turi /

Aniqlanayotgan koʻrsatkich nomi

Oʻlchov birligi

Koʻrsatkich, hujjat boʻyicha

(belgisi va talabi)

Aniqlangan koʻrsatkich

Koʻrsatkichlarni mosligi

(talabga muvofiqligi)

1

2

3

4

5

6

Xulosa: ___________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Sinov oʻtkazilgan sana: 20___ yil “____” ____________

Sinov ishlarini oʻtkazdi:

Sinash laboratoriyasi xodimi

____________

__________________________

(lavozim koʻrsatiladi)

(imzo)

(F.I.O.)

Sinov bayonnomasini tuzdi:

Sinash laboratoriyasi xodimi

____________

__________________________

(lavozim koʻrsatiladi)

(imzo)

(F.I.O.)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 10/26/3904/0763-son)