08.09.2025 yildagi PF-161-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning mas’uliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy munosabatlarni o‘z vaqtida hamda samarali huquqiy tartibga solish, islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, davlat organlari mas’uliyati va tashabbuskorligini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-111-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar norma ijodkorligi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini tezkor ta’minlash va ijtimoiy munosabatlarni o‘z vaqtida va samarali huquqiy tartibga solish, huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish hamda norma ijodkorligi faoliyatining yanada samarali tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) huquqiy mexanizmlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar (keyingi o‘rinlarda — idoraviy hujjatlar) bilan belgilash amaliyotini kengaytirish orqali vazirlik va idoralarning institutsional mustaqilligini oshirish va ularning proaktiv siyosat yuritishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) idoraviy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va kelishish tartib-taomillarini soddalashtirish orqali ma’muriy byurokratiyani va murakkablashgan tartibotlarni bartaraf etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Norma ijodkorligi faoliyatining samaradorlikka yo‘naltirilgan yangi tartibini joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) vazirliklar va idoralar, agar ularga qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlar berilgan bo‘lsa, idoraviy hujjatlar qabul qilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) idoraviy hujjatlarni qabul qilish uchun yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarda tegishli hujjatni qabul qilish vakolati aniq yozib qo‘yilgan bo‘lishi talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) vazirlik va idoralar davlat siyosatini amalga oshirish vakolati doirasida huquqiy tartibga solish funksiyasini bajaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) yangi islohotlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari qabul qilinganda, vazirlik va idoralar ularni hayotga tatbiq etish uchun o‘zlari tezkor idoraviy hujjatlar qabul qilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlaridagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan qabul qilingan idoraviy hujjatlarning Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ushbu topshiriqlarni “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratdan yechishga asos hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) vazirlik va idoralar bo‘ysunuvidagi qo‘mita, agentlik va inspeksiyalar, agar ularga tegishli sohada davlat siyosatini yuritish vakolati yuklatilgan bo‘lsa, idoraviy hujjatlar qabul qilishi mumkin, bunda zarur hollarda ushbu hujjat yuqori turuvchi organ bilan ham kelishiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) idoraviy hujjatlarga, qonunchilikda belgilangan holatlardan tashqari, quyidagi qoidalarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) jismoniy va yuridik shaxslarga yangi imtiyoz hamda javobgarlik choralarini belgilaydigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) amaldagi tartib-taomillarni asossiz murakkablashtiradigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklaydigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) asoslanmagan qo‘shimcha xarajat va to‘lovlarni, yangi turdagi soliq va yig‘imlarni, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini joriy etadigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ijtimoiy munosabatlarni haddan ziyod huquqiy tartibga solishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida idoraviy hujjatlar loyihasi ishlab chiqilishidan oldin, hujjatni qabul qilishning yaqqol zarurati va uni qabul qilmasdan boshqa muqobil yechimlar orqali muammoni hal qilishning imkoniyatlari o‘rganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) barcha idoraviy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi, bundan yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi hamda davlat sirlariga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan idoraviy hujjatlar loyihalari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(l) qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda, ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan idoraviy hujjatlar ham bir vaqtning o‘zida tayyorlanadi va loyiha bilan birga yuqori instansiyalarga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, idoraviy hujjatlarni qabul qilish, ularni huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatlari bo‘yicha quyidagi qat’iy talablar o‘rnatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) idoraviy hujjatlarni qabul qilish muddati, agar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlarida bundan ko‘p muddat belgilanmagan bo‘lsa, ikki oy etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) idoraviy hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish muddati 10 kunni tashkil etadi, agar loyiha yuzasidan 5 kun ichida taklif kelib tushmasa, uni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga kiritish mumkin bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati 30 kundan 20 kunga, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan hujjatlar bo‘yicha esa ko‘rib chiqish muddatini uzaytirish 15 kundan 10 kunga qisqartiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) belgilangan talablarga rioya qilmasdan kiritilgan idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish muddati 30 kundan 15 kunga qisqartiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Idoraviy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Adliya vazirligi idoraviy hujjatlarni quyidagi hollarda qayta ishlash (tahrirlash) orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish maqsadida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqlashtirish zarurati tug‘ilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) havola qiluvchi normalar qo‘llanishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi ta’minlanmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) qayta ishlangan (tahrirlangan) hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ushbu hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idoraning birinchi rahbari tomonidan yozma yoki elektron tizim orqali rozilik berilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Adliya vazirligining davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi xulosasi imzolangan vaqtdan idoraviy hujjat bekor qilingani haqidagi belgi avtomatik tarzda elektron tizimda qayd etiladi, bunda ularni bekor qilish uchun alohida hujjat qabul qilish talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Adliya vazirligiga jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning asosli e’tirozlariga sabab bo‘lgan idoraviy hujjat loyihalarini qayta ishlash uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish vakolati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish hamda idoraviy hujjatlarni yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunchilik hujjatlariga tezkor va to‘liq muvofiqlashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Ayrim qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari Dastur ijrosini samarali va o‘z vaqtida tashkil etish uchun shaxsan javobgar hisoblanishi qayd etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) yangi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi munosabati bilan belgilangan muddatda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmagan yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmagan idoraviy hujjatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni hisobga olgan holda Adliya vazirligi tomonidan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) chiqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Reyestrdan chiqarilishi natijasida yuzaga keladigan oqibatlar uchun vazirlik va idoralar rahbarlari javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosini ta’minlashda professional boshqaruv va natijadorlikka asoslangan tizimni yo‘lga qo‘yish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) vazirlik va idoralarning rahbarlariga idoraviy hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat va javobgarlik yuklatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) yangi tizim doirasida idoraviy hujjatlarning o‘z vaqtida kelishilishi, qabul qilinishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlamagan vazirlik va idoralar rahbarlariga intizomiy javobgarlik choralari joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) idoraviy hujjatlar o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, shuningdek, ular loyihalarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va kelishilishi ustidan nazorat Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra Adliya vazirligi vazirlik va idoralar tomonidan idoraviy hujjatlar o‘z vaqtida ishlab chiqilishi, qabul qilinishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini doimiy monitoring qilib boradi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) monitoring natijalari asosida o‘z muddatida amaliyotga joriy etilmagan idoraviy hujjatlar yuzasidan har chorakda Prezident Administratsiyasi va Hukumatga axborot kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Prezident Administratsiyasi va Hukumat tomonidan belgilangan muddatlarda idoraviy hujjatlarni amaliyotga joriy etmaslik sabablari o‘rganiladi hamda mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlarining intizomiy javobgarligi masalasi ko‘rib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Adliya vazirligi idoraviy hujjatlarni o‘z vaqtida amaliyotga joriy etmaslik sabablarini bartaraf qilish va mas’ul xodimlarning javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi vazirlik va idoralar tomonidan idoraviy hujjatlar o‘z vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi yuzasidan doimiy nazorat olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Adliya vazirligining idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlaridagi ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etishga qaratilgan quyidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) idoraviy hujjatni u birinchi kelishilayotgan vazirlik va idora bilan kelishilgandan so‘ng o‘ttiz kun ichida qabul qilish talabi bekor qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi idoraviy hujjatlarni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishmasdan huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga kiritishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tashkiliy chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari vazirlik va idoralar, shu jumladan, Adliya vazirligining norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishga, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) idoraviy hujjatlar o‘z vaqtida ishlab chiqilishi, qabul qilinishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tartibga solish ta’sirini baholash tizimini keng joriy qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish masalalariga mas’ul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Adliya vazirligi bir hafta muddat ichida ushbu Farmon asosida vazir o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalar taqsimoti hamda vazirlik markaziy apparatining yangilangan tuzilmasini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Farmon ijrosini tashkil qilish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir oy muddatda idoraviy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini qayta ko‘rib chiqqan holda idoraviy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-martga qadar Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini quyidagilar asosida qayta ko‘rib chiqsin va takliflarni Prezident Administratsiyasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “aqlli tartibga solish” modeli doirasida zamonaviy tartibga solish usullarini keng qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan maqsadli ko‘rsatkichlar asosida tizimli monitoringni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) idoraviy hujjatlar bilan huquqiy tartibga solish amaliyotini kengaytirish orqali soha regulatorlarining mustaqilligini va javobgarligini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda jamoatchilik ishtirokini manzilli kengaytirishga qaratilgan muqobil mexanizmlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) norma ijodkorligi jarayoniga zamonaviy IT texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, sun’iy intellektni qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Dasturni amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishi, kelishilishi va qabul qilinishi ustidan monitoring yuritsin hamda ijrosi bo‘yicha Prezident Administratsiyasiga har chorakda axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri A.D. Tashkulov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks-tahlil qilish departamenti boshlig‘i A.B. Samadov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 8-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-161-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tartibga solish predmeti

Amalga oshirish shakli

Havolaki norma

Mas’ul ijrochilar

Ijro muddati

I. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari

1. “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (353-I, 27.12.1996-yil)

1.

Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

26-moddaning ikkinchi qismi:

Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yagona tizim bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2025-yil dekabr

2. “O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (77-II, 26.05.2000-yil)

2.

Eksport nazorati obyektlari ro‘yxatlari, shuningdek, ularni olib chiqish va ulardan foydalanish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

22-modda:

O‘z xossa hamda xususiyatlariga ko‘ra yalpi qirg‘in qurolini (yadroviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharlovchi qurol) hamda uni yetkazib berish vositalarini (raketalar va yalpi qirg‘in qurolini yetkazib berishga qodir boshqa texnika vositalarini), boshqa turdagi qurol-yarog‘ hamda harbiy texnikani yaratishda muhim hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan, eksport nazorati obyektlari ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-texnika axboroti, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalariga nisbatan tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilayotganda O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, xalqaro majburiyatlarga rioya etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida eksport nazorati tizimi amal qiladi. Eksport nazorati obyektlari ro‘yxatlari, shuningdek, ularni olib chiqish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2025-yil dekabr

3. “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (362-II, 05.04.2002-yil)

3.

Chiqindilar ko‘mib tashlanadigan joyni mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilash tartibini tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

22-moddaning uchinchi qismi:

Chiqindilar ko‘mib tashlanadigan joy (xavfli chiqindilar bundan mustasno) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2026-yil yanvar

4. “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (402-II, 30.08.2002-yil)

4.

Donor qonining tarkibiy qismlarini keyinchalik, zarurat bo‘lganda, donorning o‘ziga ishlatilishini ko‘zlab topshirish (autodonorlik) tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

8-moddaning ikkinchi qismi:

Donor qonining tarkibiy qismlarini keyinchalik, zarurat bo‘lganda, donorning o‘ziga ishlatilishini ko‘zlab topshirish (autodonorlik) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2026-yil yanvar

5. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi  Qonuni (O‘RQ-328, 02.05.2012-yil)

5.

O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda doimiy ravishda yangilab borish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

5-moddaning oltinchi qismi:

O‘zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda doimiy ravishda yangilab borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

2026-yil yanvar

6. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-371, 14.05.2014-yil)

6.

Huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarni tuzish va ularning ishini tashkil etish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

45-moddaning ikkinchi qismi:

Huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarni tuzish va ularning ishini tashkil etish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Ichki ishlar vazirligi

2026-yil fevral

 

7. “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-392, 25.08.2015-yil)

7.

Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

16-moddaning sakkizinchi qismi:

Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2026-yil fevral

8. “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-399, 04.01.2016-yil)

8.

Umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va ularni Davlat farmakopeyasiga kiritish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

8-moddaning to‘rtinchi qismi:

Umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va ularni Davlat farmakopeyasiga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2026-yil mart

9. “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-409, 21.09.2016-yil)

9.

Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash tartibi, bunday foydalanish uchun taqiqlangan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlarining, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlarining ro‘yxatini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

36-moddaning  uchinchi qismi:

Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash tartibi, bunday foydalanish uchun taqiqlangan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlarining, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2026-yil mart

10. “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-644, 27.10.2020-yil)

10.

Majburiy davolash uchun mo‘ljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

31-moddaning birinchi qismi:

Majburiy davolash uchun mo‘ljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2025-yil noyabr

11. “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-684, 22.04.2021-yil)

11.

Qurilish sohasida davlat tomonidan qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash hamda davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2-moddaning ikkinchi qismi:

Davlat tomonidan qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash uchun davlat xaridlari, davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xaridlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovlariga, O‘zbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish uchun davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

2025-yil dekabr’

12. “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-901, 01.02.2024-yil)

12.

Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatini tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

3-moddaning to‘rtinchi qismi:

Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxati tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2026-yil may

13.

Ta’lim tashkilotlarining pedagoglarini majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

14-moddaning o‘n oltinchi qismi:

Ta’lim tashkilotlarining pedagoglarini majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2026-yil mart

14.

Pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

15-moddaning uchinchi qismi:

Pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2026-yil mart

13. “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-996, 14.11.2024-yil)

15.

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarning va o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalarning hayotiy vaziyatini baholash tartibi va mezonlarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

29-moddaning oltinchi qismi:

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarning va o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalarning hayotiy vaziyatini baholash tartibi va mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2026-yil mart

16.

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarni yoki o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalarni himoya qilish rejasini ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

31-moddaning to‘rtinchi qismi:

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarni yoki o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalarni himoya qilish rejasini ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2026-yil aprel

17.

Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga himoya orderini berish tartibi, zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga nisbatan zo‘ravonlik xavfi darajasini baholash mezonlari va himoya orderining shaklini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

32-moddaning o‘n to‘rtinchi qismi:

Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga himoya orderini berish tartibi, zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga nisbatan zo‘ravonlik xavfi darajasini baholash mezonlari va himoya orderining shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2026-yil aprel

18.

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

40-moddaning to‘rtinchi qismi:

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2026-yil aprel

14. “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-1006, 27.11.2024-yil)

19.

Umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llarni qurish va umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga tutashtirish, ularni foydalanish uchun ochish, shuningdek, umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l transportining harakatdagi tarkibini umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga chiqarish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

40-moddaning birinchi qismi:

Umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llarni qurish va umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga tutashtirish, ularni foydalanish uchun ochish, shuningdek, umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l transportining harakatdagi tarkibini umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

Transport vazirligi

2026-yil aprel

20.

Temir yo‘l transporti harakatdagi tarkibini boshqarish huquqini berish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

42-moddaning yettinchi qismi:

Harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Transport vazirligi

2026-yil aprel

II. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari

15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (PF-105, 23.07.2024-yil)

21.

Ovchilik guvohnomasini berish tartibi va ovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarni o‘quv kurslarida o‘qitish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Farmonning 6-bandi sakkizinchi xatboshisi:

Ovchilik guvohnomasini berish tartibi va ovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarni o‘quv kurslarida o‘qitish tartibi Ekologiya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2026-yil iyun

16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (PQ-694, 14.09.2007-yil)

22.

Xizmat kvartirasini ijaraga olish shartnomasini bekor qilish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini xizmat xonadonlaridan chiqarish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorga ilovaning 21-bandi ikkinchi xatboshisi:

Xizmat kvartirasini ijaraga olish shartnomasini bekor qilish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini xizmat xonadonlaridan chiqarish tartibi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Shartnoma bekor qilingan taqdirda harbiy xizmatchilar va ular bilan birga yashovchi oila a’zolari ularga berilgan xizmat kvartirasini qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda bo‘shatishlari shart.

Mudofaa vazirligi,

Milliy gvardiya

2026-yil yanvar

17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali ta’lim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (PQ-128, 20.04.2023-yil)

23.

Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari hamda o‘quv kurslarini moddiy-texnik jihozlash bo‘yicha talablarni belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorning 4-bandi “a” kichik bandi:

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari hamda o‘quv kurslarini moddiy-texnik jihozlash bo‘yicha talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

2026-yil yanvar

18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ-296, 08.09.2023-yil)

24.

Statsionar tibbiyot muassasalaridagi bemorlarni tibbiy ko‘rsatmaga muvofiq boshqa tibbiyot muassasasiga o‘tkazish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorga 1-ilovaning 4-pozitsiyasi:

Aholiga, jumladan, homilador ayollar va bolalarga davlat tibbiyot muassasalarida malakali tibbiy yordamni o‘z vaqtida tashkil etish maqsadida statsionar tibbiyot muassasalaridagi bemorlarni tibbiy ko‘rsatmaga muvofiq boshqa tibbiyot muassasasiga o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda mazkur hujjatda fuqarolarning tibbiy muassasani tanlash huquqlarini inobatga olish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2025-yil noyabr

III. Vazirlar Mahkamasining qarorlari

19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzurida quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori (243, 26.08.2011-yil)

25.

Biosfera rezervati hududi yoki zonalari ko‘lamini va chegaralarini o‘zgartirish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorga 3-ilovaning 31-bandi:

Biosfera rezervati hududi yoki zonalari ko‘lamini va chegaralarini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2026-yil yanvar

20. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (256, 31.03.2018-yil)

26.

Tabiiy gazni yetkazib berish uchun oldindan to‘lovni amalga oshirishi nazarda tutilgan iste’molchilar ro‘yxatini tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorga 2-ilovaning 37-bandi ikkinchi xatboshisi:

Tabiiy gazni yetkazib berish HGTT tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

qonun hujjatlarida oldindan to‘lovni amalga oshirishi nazarda tutilgan iste’molchilar uchun — iste’molchi tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirilgan kuni.

Energetika vazirligi

2026-yil yanvar

21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori (383, 22.05.2018-yil)

27.

Tijorat banki tomonidan depozitga jalb etilishi mumkin bo‘lgan vaqtincha bo‘sh mablag‘larning eng yuqori chegarasini belgilash tartibini tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorga ilovaning 3-bandi to‘rtinchi xatboshisi:

Tijorat banki tomonidan depozitga jalb etilishi mumkin bo‘lgan vaqtincha bo‘sh mablag‘larning eng yuqori chegarasini belgilash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaziy bank

2026-yil yanvar

22. Vazirlar Mahkamasining “Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (1062, 31.12.2018-yil)

28.

Biosfera rezervatining pasportiga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati va ularni yuritish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorga 1-ilovaning 22-bandi:

Biosfera rezervati to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar biosfera rezervatining pasportida mavjud bo‘ladi. Pasportga kiritilgan ma’lumotlar ro‘yxati va ularni yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2026-yil yanvar

29.

Biosfera rezervatini moliyalashtirish boshqaruv rejalarining mazmuni, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorga 1-ilovaning 23-bandi:

Biosfera rezervatini moliyalashtirish boshqaruv rejalari asosida ta’minlanadi. Boshqaruv rejalarining mazmuni, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi belgilangan tartibda belgilanadi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2026-yil yanvar

23. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (265, 30.03.2019-yil)

30.

Qo‘riqlanadigan tegra loyihasining nusxasini boshqa shaxslarga taqdim etish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorga 9-ilovaning 22-bandi oltinchi xatboshisi:

Maxsus vakolatli organ zarur hollarda, qo‘riqlanadigan tegra loyihasining nusxasini boshqa shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi (yuborishi) mumkin.

Madaniy meros agentligi

2026-yil yanvar

24. Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (349, 24.04.2019-yil)

31.

Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma blankalarini ro‘yxatga olish va saqlash tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorga 1-ilovaning 30-bandi:

Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma blankalari qat’iy hisobot yuritiladigan blankalar hisoblanadi, ularni ro‘yxatga olish va saqlash tartibi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2026-yil yanvar

25. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (391, 13.05.2019-yil)

33.

Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar xostellaridan foydalanish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorga 5-ilovaning 59-bandi:

Xostellardan foydalanish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

2027-yil yanvar

26. Vazirlar Mahkamasining “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (443, 16.07.2020-yil)

34.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan so‘raladigan ma’lumotlar va axborotlar ro‘yxatini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

Qarorga 1-ilovaning 15-bandi:

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan so‘raladigan ma’lumotlar va axborotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Toshkent shahar hokimligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2026-yil yanvar

27. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (206, 21.04.2022-yil)

35.

Buyurtmachisi aniqlanmagan va taqsimlanmagan mablag‘larni buyurtmachilarga qayta taqsimlash tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorga 2-ilovaning 34-bandi to‘rtinchi xatboshisi:

Bunda buyurtmachisi aniqlanmagan va taqsimlanmagan mablag‘larni Iqtisodiyot va moliya vazirligi uchun ajratilgan mablag‘lar sifatida aks ettiriladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachilarga qayta taqsimlanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2026-yil fevral

28. Vazirlar Mahkamasining “Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya qilishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (333, 13.06.2024-yil)

36.

Retsipiyent va tirik donorni har taraflama tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish, retsipiyentga a’zosining va (yoki) to‘qimasining transplantatsiyasi zarurligi, tirik donorga tibbiy xulosasini taqdim etish to‘g‘risidagi xulosalarni berish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorning 2-bandi “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi:

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi retsipiyent va tirik donorni har taraflama tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish, retsipiyentga a’zosining va (yoki) to‘qimasining transplantatsiyasi zarurligi, tirik donorga tibbiy xulosasini taqdim etish to‘g‘risidagi xulosalarni berish tartibini tasdiqlasin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2025-yil noyabr

37.

Davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarida retsipiyent hamda tirik donorni transplantatsiyaga tayyorlash va amaliyotdan keyingi reabilitatsiyasi va kuzatuvda bo‘lish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorning 2-bandi “v” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi:

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarida retsipiyent hamda tirik donorni transplantatsiyaga tayyorlash va amaliyotdan keyingi reabilitatsiyasi va kuzatuvda bo‘lish tartibini tasdiqlasin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2025-yil noyabr

38.

Keratoplastika amaliyotining bajarilishini yanada ko‘paytirish va bunda bemorlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida xorijiy davlatlardan olib kelinadigan “donor ko‘z shox pardasi” bioprotezlarini tibbiyot tashkilotlarida qo‘llash tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorning 2-bandi “v” kichik bandi beshinchi xatboshisi:

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi keratoplastika amaliyotining bajarilishini yanada ko‘paytirish va bunda bemorlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida xorijiy davlatlardan olib kelinadigan “donor ko‘z shox pardasi” bioprotezlarini tibbiyot tashkilotlarida qo‘llash tartibini tasdiqlasin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2025-yil noyabr

29. Vazirlar Mahkamasining “Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursatsiya dasturi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (619, 02.10.2024-yil)

39.

Reimbursatsiya dasturiga kiritiladigan kasalliklar va ularni davolashda beriladigan dori vositalari ro‘yxatini tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorga ilovaning 5-bandi:

Reimbursatsiya dasturiga kiritiladigan kasalliklar va ularni davolashda beriladigan dori vositalari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi, ularning cheklangan qoplash qiymatini belgilash va to‘lovlarni amalga oshirish tartibi Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2026-yil aprel

30. Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (736, 05.11.2024-yil)

40.

Nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadini krematsiya qilinishi tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorga 2-ilovaning 13-bandi o‘n uchinchi xatboshisi:

Yovvoyi hayvonlarni saqlashda yuridik shaxslar nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan krematsiya qilinishini ta’minlashi shart.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2026-yil may

31. Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (126, 27.02.2025-yil)

41.

Kunduzgi parvarish xizmatini vaqtincha to‘xtatib turish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

Qarorga ilovaning 33-bandi:

Kunduzgi parvarish xizmatini vaqtincha to‘xtatib turish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Bola huquqlari bo‘yicha vakil

2026-yil may

32. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (48, 29.01.2025-yil)

42.

Profilaktik emlashdan o‘tish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Qarorga 1-ilovaning 11-bandi to‘qqizinchi xatboshisi:

11. Sanepidqo‘m o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalish xavfi mavjud bo‘lganda va O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tish rad etilgan taqdirda (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda), Sanepidqo‘m xulosasiga ko‘ra ish beruvchi tomonidan ishga qo‘ymaslik.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2026-yil iyun

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/161/0813-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)