17.03.2026 yildagi O‘RQ-1122-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 8-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 31-oktabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, xususiy sektor ulushini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, davlat aktivlarini xususiylashtirish orqali xususiy mulkchilikni kengaytirish yuzasidan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan obyektlarni, shu jumladan davlat ishtirokidagi korxonalarning nosohaviy aktivlarini xususiy sektorga berishni jadallashtirish maqsadida davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari soddalashtirilmoqda, bu boradagi toʻsiqlar bartaraf etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga sohada amalga oshirilayotgan islohotlar negizida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun bilan “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi, “Ijara toʻgʻrisida”gi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi, “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi, “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi, “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va Soliq kodeksiga davlat aktivlarini xususiylashtirish hamda ijaraga berishni soddalashtirishga, sohada tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun davlat mulkini xususiylashtirish sohasini takomillashtirishga, mazkur sohadagi vakolatli organlarning vakolatlarini belgilash hamda davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish hamda ijaraga berish orqali xususiy mulkchilikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi 152-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-yil, № 31 — 33, 371-modda; 1993-yil, № 5, 235-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 510-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 10, 795-modda; 2024-yil, № 9, 958-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 5-modda 1-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “(kommunal mulkdan)” degan soʻzlar “(munitsipal mulkdan)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 15-moddaning 1-bandidagi “territorial” degan soʻz “hududiy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandidagi “(kommunal mulk)” degan soʻzlar “(munitsipal mulk)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandidagi “maʼmuriy-territorial” degan soʻzlar “maʼmuriy-hududiy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz maʼmuriy-hududiy tuzilmalarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Maʼmuriy-hududiy tuzilma esa Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomidagi “(kommunal mulk)” degan soʻzlar “(munitsipal mulk)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
matnidagi “kommunal mulk” degan soʻzlar “munitsipal mulk” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“23-modda. Maʼmuriy-hududiy tuzilma mulkining subyektlari (munitsipal mulk)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
matnidagi “kommunal mulkning” degan soʻzlar “munitsipal mulkning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 271-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining yoki maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulki (munitsipal mulk) boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlari, davlat ulushlari (aksiyalari) va davlat muassasalari davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan tartib va shartlar asosida jismoniy hamda nodavlat yuridik shaxslarga toʻliq yoki qisman xususiy mulk qilib realizatsiya qilinishi mumkin, bundan davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan, xususiylashtirilmaydigan davlat mulki mustasno”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi 336-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 11, 246-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 9-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining mulkini tasarruf etish davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisidagi va davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Respublika hududida joylashgan, Ittifoq qaramogʻida boʻlib kelgan davlat korxonalarini xoʻjalik jamiyatlari etib oʻzgartirish, ularni mulkning boshqa shakllariga oʻtkazish faqat Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Ijara toʻgʻrisida”gi 427-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 45-modda; 1993-yil, № 9, 329-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 10, 795-modda; 2024-yil, № 3, 246-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda) 31-moddasining matni “sud tomonidan hal etiladi” degan soʻzlardan keyin “bunda davlat aktivlarini ijaraga berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar doirasida yuzaga keladigan nizolar va daʼvolarga nisbatan mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilishi mumkin” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 919-modda; 2024-yil, № 7, 629-modda, № 8, 831-modda, № 9, 958-modda, № 10, 1072-modda, № 11, 1193-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 5, 643, 644-moddalar) 9-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yoʻllari boʻyida zamonaviy xizmat koʻrsatish majmualarini va servis obyektlarini, jumladan joylashtirish vositalarini, savdo-koʻngilochar markazlarini master-reja asosida joylashtirish boʻyicha boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda yer toifasini boshqa toifaga oʻzgartirish uchun asos boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi qismlar tegishincha toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022-yil, № 4, 337-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 8, 827-modda, № 10, 1073-modda; 2025-yil, № 4, 522-modda) 46-moddasining 1-bandi “mol-mulkiga qaratish” degan soʻzlardan keyin “(bundan davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻsh turgan yer uchastkalari mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi 712-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan OʻRQ-483-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 428-modda; 2019-yil, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 214-modda, № 4, 337-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 8, 823-modda, № 10, 1079-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 25-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymati boʻyicha olish” degan soʻzlar “davlat mulkini xususiylashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 31-moddaning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 10, 968, 973-moddalar; 2022-yil, № 3, 217-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 10, 1079-modda; 2025-yil, № 2, 188, 191-moddalar, № 4, 519-modda) 15-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qimmatli qogʻozlarning qiymati Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi, bundan xalqaro obligatsiyalarni joylashtirish hamda davlat aksiya paketlarini xorijiy investorlarga fond birjasi orqali sotish hollari mustasno”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-sentabrda qabul qilingan “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi OʻRQ-374-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 245-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 2, 111-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda) 5-moddasi birinchi qismining oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat mulkini xususiylashtirish shartlari haqidagi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-598-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 892-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 10, 795-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) 34-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076-modda, № 11, 1190-modda, № 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar, № 4, 519, 520, 521, 522-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 412-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4) davlat koʻchmas mulk obyektini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olgan xaridorga mol-mulk soligʻi, agar mazkur obyekt uchun unga “tasarruf etish huquqisiz” belgisini qoʻygan holda davlat orderi berilgan boʻlsa, obyektning xaridor tomonidan mazkur obyekt boʻyicha sotib olish toʻlovlarining toʻlangan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng oʻrtacha yillik qoldiq qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda soliqlar davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha sotib olish toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. Ushbu grafik Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qoʻmitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 420-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat koʻchmas mulk obyektini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olgan xaridorga mol-mulk soligʻi, agar mazkur obyekt uchun unga “tasarruf etish huquqisiz” belgisini qoʻygan holda davlat orderi berilgan boʻlsa, obyektning xaridor tomonidan mazkur obyekt boʻyicha sotib olish toʻlovlarining toʻlangan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng oʻrtacha yillik qoldiq qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda soliqlar davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha sotib olish toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. Ushbu grafik Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qoʻmitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 427-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat koʻchmas mulk obyektini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olgan xaridorga mazkur obyekt egallagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchun soliq, agar mazkur obyektga “tasarruf etish huquqisiz” belgisini qoʻygan holda davlat orderi berilgan boʻlsa, yer uchastkasining xaridor tomonidan mazkur obyekt boʻyicha sotib olish toʻlovlarining toʻlangan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng maydoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda soliqlar davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha sotib olish toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. Ushbu grafig Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qoʻmitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 435-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat koʻchmas mulk obyektini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olgan xaridorga mazkur obyekt egallagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchun soliq, agar mazkur obyektga “tasarruf etish huquqisiz” belgisini qoʻygan holda davlat orderi berilgan boʻlsa, yer uchastkasining xaridor tomonidan mazkur obyekt boʻyicha sotib olish toʻlovlarining toʻlangan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng maydoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda soliqlar davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha sotib olish toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. Ushbu grafik Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qoʻmitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevralda qabul qilingan “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-604-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 2, 106-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda, № 12, 1293-modda; 2025-yil, № 1, 7-modda, № 2, 188-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 6-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini moliyaviy jihatdan taʼminlash zonaning oʻz resurslari, xususiy manbalar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining, xalqaro moliya institutlari va chet el hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi, bunda maxsus iqtisodiy zonada ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan infratuzilma bilan taʼminlash ishlari belgilangan tartibda xususiy investorlar tomonidan amalga oshirilgan taqdirda, ushbu xarajatlarning oʻrni keyinchalik maxsus iqtisodiy zonaning mablagʻlari hisobidan qoplanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 7-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maxsus iqtisodiy zona bosh rejasiga muvofiq infratuzilma bilan taʼminlanganidan va davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinganidan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlangan investitsiya buyurtmanomasida koʻrsatilgan oʻlchamdagi yer uchastkasi elektron onlayn-auksion oʻtkazishni boshqa tashkilotlar bilan kelishib olish zaruratisiz maxsus iqtisodiy zona direksiyasining qarori bilan elektron onlayn-auksionga qoʻyiladi. Mazkur tartib maxsus sanoat zonalari hududidagi yer uchastkasini berishga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrda qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-728-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 11, 1060-modda; 2022-yil, № 6, 577-modda; 2023-yil, № 10, 795-modda; 2024-yil, № 2, 107-modda; 2025-yil, № 5, 643-modda) 39-moddasining matni “belgilangan tartibda hal etiladi” degan soʻzlardan keyin “bunda davlatga tegishli yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha tuzilgan shartnomalar doirasida yuzaga keladigan nizolar va daʼvolarga nisbatan mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilishi mumkin” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 9-martda qabul qilingan “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-821-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 3, 183-modda; 2024-yil, № 2, 107-modda, № 10, 1079-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 5, 643-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 19-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi “korxonalar va tashkilotlar” degan soʻzlardan keyin “milliy etalonlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 25-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Munitsipal mulk boʻlgan davlat muassasalari va xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushlarini xususiylashtirish dasturlari Agentlik hamda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Munitsipal mulk boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish dasturlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevralda qabul qilingan “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-907-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 2, 107-modda; 2025-yil, № 1, 7-modda, № 2, 188-modda) 34-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, taraflar mediatsiya tartib-taomillarini oʻtkazishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 17-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1122-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)