15.11.2021 yildagi O‘RQ-728-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 30-sentabrda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘sh turgan yer uchastkasi — binolar va inshootlar joylashmagan, hech qanday majburiyatlar yoki taqiqlar o‘rnatilmagan hamda jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikka muvofiq ajratib berilmagan, davlat mulki bo‘lgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ko‘chmas mulk obyektlari — davlat mulki bo‘lgan mulkiy majmualar (korxonalar), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini xususiylashtirish — davlat mulki bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining va (yoki) yuridik shaxslarining mulkiga o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron onlayn-auksion — auksion shaklidagi elektron savdolarni o‘tkazish usuli bo‘lib, bunda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari Internet jahon axborot tarmog‘idagi ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonchasida auksiondan potensial xaridorlarning teng ravishda foydalanishi asosida realizatsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi (bundan buyon matnda yer uchastkasi deb yuritiladi) — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirishning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtiyoriylik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haq to‘lash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtiriladigan yer uchastkalarining va ularda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining yaxlitligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiqlik va shaffoflik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Qonuniylik prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirish ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq tarzda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Ixtiyoriylik prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari yer uchastkalarini xususiylashtirishga bo‘lgan o‘z huquqlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra hamda o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Haq to‘lash prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirish pulli asosda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Xususiylashtiriladigan yer uchastkalarining va ularda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining yaxlitligi prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini va ularda joylashgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayoni ochiq va shaffof bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi axborotdan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan usullar orqali erkin foydalanilishini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Xususiylashtirish obyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish obyektlari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarga tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
(10-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘sh turgan yer uchastkalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirishga doir shaharsozlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirish aholi punktlarining bosh rejalariga, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga yoki hududlarni kompleks rivojlantirish va rejalashtirish bo‘yicha boshqa hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar vujudga kelgan doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida xususiylashtirish subyektlariga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari, shuningdek xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari tasdiqlanguniga qadar xususiylashtirilishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilma konlari joylashgan yer uchastkalari, bundan zaxiralari foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi hisobiga olinmagan keng tarqalgan foydali qazilmalar mustasno;
(12-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek o‘rmon hamda suv fondlarining, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, sayilgohlar);
(12-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari joylashgan yer uchastkalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikda cheklovlar o‘rnatilgan hududlardan foydalanish zonalarida joylashgan yer uchastkalari;
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan yer uchastkalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga taqdim etilgan yer uchastkalari — maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatadigan davrda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylar joylashgan, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvlar va shartnomalarni amalga oshirish uchun berilgan, shuningdek yuridik shaxslarga jamoat ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari.
(12-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirishda fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqi belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Xususiylashtirish subyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari xususiylashtirish subyektlaridir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek davlat organlari, muassasalari, korxonalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xususiylashtirish subyektlari bo‘lmaydi.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirish shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish subyektlari tomonidan o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larni yo‘naltirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar ro‘yxati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan xarajatlar chegirib tashlangan holda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasida davlat boshqaruvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlarini va hududlarni rejalashtirish hamda rivojlantirish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqilishini, tasdiqlanishi va e’lon qilinishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtiriladigan yer uchastkalari sotib olish qiymati miqdorini, shuningdek uni to‘lash tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari klassifikatorini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’muriy reglamentni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
(17-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(17-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish maqsadida bo‘sh turgan yer uchastkalarining aniqlanishi va elektron-onlayn auksionga qo‘yilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lardan hududlarni rivojlantirish uchun maqsadli ravishda foydalanilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron onlayn-auksionga qo‘yilayotgan bo‘sh turgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi axborotni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarining xaritalarini tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtiriladigan yer uchastkalarining maydoni va chegaralarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan bo‘sh turgan yer uchastkalari bo‘yicha materiallar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqining davlat ro‘yxatiga olinishini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarining aniqlanishini va ularning mazkur obyektlar joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy savdolarga qo‘yilishini;
(19-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi O‘RQ-907-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son — 2024-yil 16-maydan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi uchun davlat orderi berilishini va tegishli reyestr yuritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolar tashkilotchisi orqali yer uchastkalarini xususiylashtirishning ochiq va shaffof mexanizmini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmog‘ida ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonchasining faoliyat ko‘rsatishini va elektron onlayn-auksionlar o‘tkazilishini tashkil etishni ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Davlat organlarining hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari yer uchastkalarini xususiylashtirish masalalariga taalluqli qism bo‘yicha axborot almashish va ma’lumotlar bazalaridan zaruriy foydalanish imkoniyatini berish orqali hamkorlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xususiylashtirish subyektlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirishga doir arizani berish va ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirishga doir ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi):
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi tomonidan — tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun o‘ziga berilgan va doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki ijara huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkalariga nisbatan;
(21-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan — yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik hamda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun o‘ziga berilgan va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish yoki ijara huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkalariga nisbatan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan doimiy foydalanish (egalik qilish), meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara huquqi tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslariga o‘tganda ularga mazkur yer uchastkasini xususiylashtirishga bo‘lgan huquq ham o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yer uchastkasi bir nechta xususiylashtirish subyektining birgalikdagi egaligida yoki foydalanishida bo‘lsa, ariza barcha subyektlarning fuqarolik qonunchiligiga muvofiq tuziladigan kelishuviga ko‘ra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda sud tomonidan belgilanadigan tartibda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza yer uchastkasini xususiylashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani ko‘rib chiqish Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’muriy reglamentga muvofiq avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani ko‘rib chiqish natijasi ijobiy yoki salbiy qarorni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan xabarnomadan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijobiy qaror mavjud bo‘lgan xabarnoma xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymatini arizachi tomonidan to‘lash uchun asosdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Salbiy qaror mavjud bo‘lgan xabarnomada yer uchastkasini xususiylashtirish mumkin emasligining asoslantirilgan sabablari shaharsozlik hujjatlarining aniq talablariga yoki qonunchilik normalariga havola qilingan holda ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani ko‘rib chiqish natijalari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining maydoni va chegaralarini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish subyektlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestrida ko‘rsatilgan maydon va chegaralar doirasida amalga oshiriladi. Mazkur yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asoslar quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarning mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtiriladigan yer uchastkasiga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtiriladigan yer uchastkalarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan qo‘yilgan taqiqning yoki belgilangan xatlovning mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarida, hududlarni kompleks rivojlantirish va qurishga doir boshqa hujjatlarda yer uchastkalarini xususiylashtirishga bevosita monelik qiladigan ma’lumotlarning mavjudligi;
(23-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida ariza topshirilguniga qadar qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari mavjudligi;
(23-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada noto‘g‘ri, bir-biriga zid bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymatini to‘lash ushbu Qonunda belgilangan muddatda amalga oshirilmaganligi yoki to‘liq amalga oshirilmaganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, rad javobi olingan kundan e’tiboran bir oy ichida arizachi davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun yig‘imni to‘lamasdan qayta ariza berish huquqiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymatini aniqlash va to‘lash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish subyektiga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymati yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan, tegishli yerlar uchun xususiylashtirish paytida belgilangan yer solig‘i bazaviy stavkasining karrali miqdorlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymatini belgilashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yer uchastkalarining, shuningdek xususiylashtirish subyektlarining ayrim toifalariga, shu jumladan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan shaxslarga nisbatan tabaqalashtirilgan koeffitsiyentlarni belgilashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymatini to‘lash ijobiy qarorga ega bo‘lgan xabarnoma olinganidan keyin o‘n ish kuni ichida arizachi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Bo‘sh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘sh turgan yer uchastkalari aholi punktlarining bosh rejalariga, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga, hududlarni kompleks rivojlantirish va qurishga doir boshqa hujjatlarga muvofiq aniqlanadi.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘sh turgan yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari tasdiqlangan xususiylashtirish dasturlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari mazkur ko‘chmas mulk obyektlari bilan birga elektron onlayn-auksion yoki boshqa ommaviy savdolar orqali xususiylashtiriladi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi O‘RQ-907-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son — 2024-yil 16-maydan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga doir buyurtma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga doir buyurtma:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun — O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan;
(27-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining qiymati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining qiymati o‘tkazilgan elektron onlayn-auksion natijalariga ko‘ra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron onlayn-auksionga qo‘yiladigan yer uchastkasining boshlang‘ich narxi uning elektron onlayn-auksionga qo‘yilish paytidagi bozor qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkasining boshlang‘ich narxi mazkur ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymatini inobatga olgan holda belgilanadi.
(28-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zakalat miqdori va qadam narxi boshlang‘ich narxdan foizlarda va pulda ifodalangan tarzda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining huquqiy maqomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi uchun davlat orderi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi uchun davlat orderi huquqni belgilovchi hujjat bo‘lib, u xususiylashtiriladigan yer uchastkasining qiymatini to‘lash to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirilganidan keyin bir ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasi unda joylashgan davlat ko‘chmas mulk obyekti bilan bir vaqtda xususiylashtirilgan taqdirda, yer uchastkasiga va ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi uchun yagona davlat orderi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat orderlari berilganligi uchun davlat boji undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli ma’lumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkalari mulkdorlarining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan yer uchastkasiga yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda, o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatlarini ko‘zlab erkin egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu jumladan undan garov predmeti sifatida foydalanish, yuridik shaxsning ustav kapitaliga (ustav fondiga) hissa sifatida kiritish, ijaraga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan yer uchastkasida mustaqil ravishda xo‘jalik yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy imoratlar va inshootlarni hamda boshqa imoratlar va inshootlarni qurish, ularni qayta qurish va buzishni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkalari mulkdorlarining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining mulkdorlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasidan foydalanishda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;
(32-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa yer uchastkalarining mulkdorlariga yetkazilgan zararning o‘rnini belgilangan tartibda qoplashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Xususiylashtirish subyektlari bo‘lmagan shaxslarda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqining vujudga kelishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet ellik yuridik shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, agar qonunda boshqa narsa nazarda tutilmagan bo‘lsa, xususiylashtirilgan yer uchastkalarini olish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar chet el fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs, chet ellik yuridik shaxs, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonada yer uchastkalariga mulk huquqi vujudga kelsa, ushbu yer uchastkalari bunday holat yuz bergan paytdan e’tiboran olti oy ichida begonalashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yer uchastkalari ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatda begonalashtirilmasa, ushbu moddada ko‘rsatilgan shaxslarda ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga olishda ustun huquq saqlab qolingan holda yer uchastkalari davlat mulkiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasiga mulk huquqining bekor qilinishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasiga mulk huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi ular joylashgan yer uchastkasi bilan birga fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda boshqa shaxsga o‘tkazilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qayta sotib olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunda belgilangan hollarda yer uchastkasi, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga musodara qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan hollarda yer uchastkasi, binolar, inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga rekvizitsiya qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv yer uchastkasiga qaratilganda.
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Undiruv qaratilgan yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasining qiymatini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasiga mulkdorning majburiyatlari bo‘yicha undiruv qaratilganda ushbu yer uchastkasining qiymati qonunga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan, olib qo‘yilayotgan yer uchastkasining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan qiymati yuzasidan sudda nizolashilishi mumkin.
(35-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat yer uchastkasi mulkdorining yozma roziligi olinganda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasining mulkdori hamda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari nomidan teng shartlar asosida tuziladigan yer uchastkasining oldi-sotdi shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
basharti yer uchastkasining shartnoma qiymati davlat tomonidan oldindan to‘lansa, amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olishga faqat quyidagi maqsadlarda yo‘l qo‘yiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa va davlat xavfsizligi ehtiyojlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni, erkin savdo zonalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun yerlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar konlarini qidirish va qazib olish (bundan keng tarqalgan foydali qazilmalar konlari mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ahamiyatiga hamda mahalliy ahamiyatga molik avtomobil va temir yo‘llarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigatsiya obyektlarini hamda aviatexnika markazlarini, temir yo‘l transporti obyektlarini, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellarni, energetika va aloqa tizimining muhandislik obyektlari hamda tarmoqlarini, kosmik faoliyat obyektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan aholi punktlari bosh rejalarining obyektlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurishga oid qismini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat investitsiya dasturlarida ko‘rsatilgan davlat ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining binolari hamda inshootlarini markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan qurishni nazarda tutuvchi loyihalarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish faqat yer uchastkalari mulkdorlari bilan qayta sotib olishning shartnoma narxi va qayta sotib olish shartlari ochiq muhokama qilinganidan keyin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan majburiy ravishda kelishilganidan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasini qayta sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlarining tashabbusiga ko‘ra — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan respublika jamg‘armasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tashabbusiga ko‘ra — tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan hududiy jamg‘armalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasining qayta sotib olish qiymatini to‘lash yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi davlatga o‘tkaziladigan paytga qadar to‘liq hajmda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda xususiy mulk bo‘lgan yer uchastkasining mulkdori o‘rtasidagi yer uchastkasining oldi-sotdi shartnomasini tuzish bo‘yicha kelishmovchiliklar sud tartibida hal etiladi.
(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasini rekvizitsiya qilish
(37-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasi tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar hollarida va favqulodda xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarda uning mulkdoridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq olib qo‘yilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin, bunda xususiy mulk bo‘lgan yer uchastkasining mulkdoriga yetkazilgan zararlarning o‘rni qoplanib, unga rekvizitsiya to‘g‘risida hujjat beriladi.
(37-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasini rekvizitsiya qilish faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, jamiyat va davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini favqulodda holatlar munosabati bilan yuzaga keladigan tahdidlardan himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi.
(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rekvizitsiya amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarning amal qilishi tugagach, rekvizitsiya qilingan yer uchastkasining sobiq mulkdori saqlanib qolgan mol-mulkini o‘ziga qaytarishni talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, yer uchastkasini rekvizitsiya qilish zarurati mavjud bo‘lmaganda yer uchastkasi ushbu holatlarning amal qilish davrida vaqtincha foydalanish uchun egallanishi mumkin va yer uchastkasining mulkdoriga uning huquqlari vaqtincha cheklanganligi munosabati bilan yetkazilgan zararlarning o‘rni qoplanadi.
(37-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha egallangan yer uchastkasini qaytarishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, uning mulkdoriga shu yer uchastkasining bozor qiymati va yer uchastkasini qaytarib berishning imkoni yo‘qligi munosabati bilan yetkazilgan boshqa zararlarning o‘rni qoplanadi.
(37-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rekvizitsiya qilingan yer uchastkasining bozor qiymati o‘rni yer uchastkasi mulkdoriga qaysi baholashga muvofiq qoplangan bo‘lsa, o‘sha baholash, yer uchastkasini rekvizitsiya qilish yoki yer uchastkasi mulkdorining huquqlarini vaqtincha cheklash munosabati bilan yetkazilgan zararlar yuzasidan mulkdor tomonidan sud tartibida nizolashilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasini musodara qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasi jinoyat-protsessual qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda mulkdordan sud qarori asosida olib qo‘yilishi (musodara qilinishi) mumkin.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi, bunda davlatga tegishli yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar doirasida yuzaga keladigan nizolar va da’volarga nisbatan mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilishi mumkin.
(39-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi O‘RQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-avgustda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-552-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 8, 463-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-683-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 272-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustda qabul qilingan “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-708-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 8, 800-modda) 14-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 15-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-728-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 03/21/728/1046-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son; 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son; 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)