11.09.2014 yildagi O‘RQ-374-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat siri to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 28-avgustda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi tijorat sirini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Tijorat siri to‘g‘risidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat siri to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining tijorat siri to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat siri — uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiyot sohalarida hamda boshqa sohalarda tijorat qimmatiga ega bo‘lgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan axborot bo‘lib, ushbu axborot mulkdori uning maxfiyligini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat sirining maxfiyligi — tijorat sirining tarqalib ketishi, oshkor etilishi va undan ruxsatsiz foydalanilishi xavfsizligi ta’minlanganligi holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat sirining mulkdori — tijorat siriga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishni amalga oshiruvchi va unga nisbatan tijorat siri rejimini o‘rnatgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konfident — tijorat sirini uning mulkdori bilan tuzilgan shartnoma asosida egalik qilishga va foydalanishga olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat sirini oshkor etish — tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning uchinchi shaxslarga bunday axborot mulkdorining yoki konfidentning roziligisiz yoxud mehnat shartnomasi (kontrakt) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomaga xilof ravishda, mumkin bo‘lgan har qanday shaklda (og‘zaki, yozma, boshqa shaklda, shu jumladan texnika vositalaridan foydalangan holda) ma’lum bo‘lib qolishiga olib keladigan harakat yoki harakatsizlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat siri rejimi — tijorat siridan foydalanishni cheklaydigan huquqiy, tashkiliy, texnik va boshqa chora-tadbirlar tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Tijorat siriga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat siri quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli o‘z mulkdori uchun haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega bo‘lishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq hammaga ma’lum yoki hamma uchun ochiq bo‘lmasligi;
(4-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning maxfiyligi muhofaza qilish chora-tadbirlari bilan ta’minlangan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sirlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir belgilariga ega bo‘lmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat sirining mazmuni va hajmi uning mulkdori tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Tijorat sirini tashkil etishi mumkin bo‘lmagan ma’lumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi ma’lumotlar tijorat sirini tashkil etishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol-mulkka doir huquqlar va bu huquqlar bo‘yicha bitimlar to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning ta’sis hujjatlaridagi, yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xo‘jaliklari haqidagi yozuvlar tegishli davlat reyestrlariga kiritilganligi faktini tasdiqlaydigan hujjatlardagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatlardagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muassasasining mol-mulki tarkibi to‘g‘risidagi va ular tomonidan tegishli budjet mablag‘laridan foydalanilishi haqidagi;
(5-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof muhitning ifloslanishi, yong‘in xavfsizligining holati, sanitariya-epidemiologik va radiatsiyaviy vaziyat, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi hamda ishlab chiqarish obyektlarining xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini, har bir fuqaroning va butun aholining xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa omillar haqidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning soni va tarkibi, mehnatga haq to‘lash tizimi va mehnat sharoitlari to‘g‘risidagi, shu jumladan mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklari ko‘rsatkichlari, shuningdek bo‘sh ish o‘rinlari bor-yo‘qligi haqidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchilarning ish haqi to‘lash va ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi to‘g‘risidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik buzilishlari va bunday buzilishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish faktlari to‘g‘risidagi;
(5-moddaning birinchi qismi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xususiylashtirish shartlari haqidagi;
(5-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17 martdagi O‘RQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notijorat tashkilotlar daromadlarining miqdorlari va tuzilishi, ushbu tashkilotlarning mol-mulki miqdorlari va tarkibi haqidagi, ularning xarajatlari, bu tashkilotlar xodimlarining (a’zolarining) soni va mehnatiga haq to‘lash, notijorat tashkilotning faoliyatida fuqarolarning tekin mehnatidan foydalanilishi to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz ish yuritish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati haqidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat statistika hisoboti sifatida taqdim etilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oshkor etilishi shartligi yoki foydalanishni cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi boshqa qonunda belgilangan ma’lumotlar tijorat sirini tashkil etishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Tijorat siri mulkdorining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat siri mulkdorining huquqlari mulkdor tomonidan axborotga nisbatan tijorat siri rejimi o‘rnatilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat sirining mulkdori quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat siri rejimini yozma shaklda belgilash, o‘zgartirish va bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat siridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishga ijozat berish yoki ijozat berishni taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat siridan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat sirini uning maxfiyligini muhofaza qilish to‘g‘risidagi shartlar kiritilishini nazarda tutadigan shartnomalar asosida fuqarolik muomalasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasodifan va (yoki) yanglishib amalga oshirilgan harakatlar natijasida tijorat sirini qo‘lga kiritgan shaxslardan uning maxfiyligi muhofaza qilinishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat siri uchinchi shaxslar tomonidan oshkor etilgan, qonunga xilof ravishda olingan yoki undan qonunga xilof ravishda foydalanilgan hollarda o‘z huquqlarini qonunda belgilangan tartibda himoya qilish, shu jumladan o‘z huquqlari buzilishi natijasida yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini talab qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat sirining mulkdori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Tijorat sirini muhofaza qilish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat sirini muhofaza qilish tijorat sirining maxfiyligi yo‘qoladigan paytga qadar uning mulkdori va (yoki) konfident tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Tijorat siri rejimini o‘rnatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat siri rejimi tijorat sirining mulkdori tomonidan o‘rnatiladi. Tijorat siri rejimini o‘rnatish shartnoma asosida konfident zimmasiga ham yuklatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat sirining mulkdori “tijorat siri” grifini qo‘yish va olib tashlashni, tijorat sirini qo‘lga kiritish, undan foydalanish va uni oshkor etish shartlarini, muhofaza qilish usullarini, tijorat sirini topshirish vositalarini tanlashni mustaqil ravishda belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat siri rejimi tijorat sirining mulkdori yoki konfident tomonidan ushbu Qonunning 10-moddasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar ko‘rilganidan keyin o‘rnatilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat siri rejimidan mamlakat konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini himoya qilish, davlat mudofaasi va xavfsizligini, fuqarolarning axloqini, sog‘lig‘ini, boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash talablariga zid maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxfiylik haqidagi qoidalarni fuqarolik-huquqiy shartnomalarga kiritish tijorat siri rejimini o‘rnatishning zaruriy shartidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Tijorat siri rejimini o‘zgartirish yoki bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat sirining mulkdori, konfident o‘zlari tuzgan shartnomalarda qabul qilingan majburiyatlarni buzmagan holda tijorat siri rejimini o‘zgartirish yoki bekor qilish huquqiga ega. Tijorat siri rejimi o‘zgartirilganda yoki bekor qilinganda tijorat sirining mulkdori bu haqda konfidentni shartnomada nazarda tutilgan muddatda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Tijorat sirini muhofaza qilish chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat sirini muhofaza qilish chora-tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning ro‘yxati va hajmini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat siri bilan muomalada bo‘lish tartibini belgilash va bunday tartibga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat siridan foydalanishga ijozat olgan shaxslarni hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarga yoki tijorat sirini o‘z ichiga olgan hujjatlarning rekvizitlari tarkibiga uning mulkdorini ko‘rsatgan holda “tijorat siri” grifini qo‘yish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat sirining mulkdori, konfident tijorat sirini muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa chora-tadbirlarni ham qo‘llashga haqli.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat sirini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish tijorat sirining mulkdori va (yoki) konfident zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Tijorat sirini mehnat munosabatlari jarayonida muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat sirining muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida ish beruvchi (tijorat sirining mulkdori, konfident):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun tijorat siridan foydalanishi zarur bo‘lgan xodimni tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar ro‘yxati bilan tilxat olgan holda tanishtirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimni ish beruvchi tomonidan o‘rnatilgan tijorat siri rejimi va uni buzganlik uchun javobgarlik choralari bilan tilxat olgan holda tanishtirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchi tomonidan o‘rnatilgan tijorat siri rejimiga rioya etishi uchun xodimga zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimning tijorat siridan foydalanishi, agar bu uning mehnat vazifalarida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘zining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat sirining muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida xodim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchi tomonidan o‘rnatilgan tijorat siri rejimiga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchining roziligisiz tijorat sirini oshkor etmasligi va undan shaxsiy maqsadlarda foydalanmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinganda o‘z foydalanishida bo‘lgan, tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni ish beruvchiga topshirishi yoki uni mazkur jismlardan ish beruvchining nazorati ostida yo‘q qilib yoxud o‘chirib tashlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat sirining muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida mehnat shartnomasi (kontrakt) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomada quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimning va tijorat siri mulkdori yoki konfident bo‘lgan ish beruvchining tijorat siri muhofaza qilinishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat shartnomasi (kontrakt) yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilingandan keyin sobiq xodim tijorat sirini oshkor etmasligi shart bo‘lgan muddat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodim mehnat shartnomasi (kontrakt) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomada nazarda tutilgan vazifalarni bajarishi munosabati bilan foydalanishga ijozat olgan tijorat siriga qonunga xilof ravishda tijorat siri rejimi o‘rnatilganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishni bekor qilish uchun asoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishni bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat shartnomasining (kontraktning) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomaning bekor qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat sirini oshkor etmaslik bo‘yicha olingan majburiyatlarning buzilishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikka yoki shartnomaga muvofiq boshqa holatlar ham mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishni bekor qilish uchun asos bo‘lishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishning bekor qilinishi xodimni tijorat sirini oshkor etmaslik bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro munosabatlarida tijorat sirining muhofaza qilinishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan savdo-iqtisodiy, fan-texnika, valyuta-moliyaviy va boshqa munosabatlar amalga oshirilayotganda kelishuvchi taraflar tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning tavsifini va ro‘yxatini, shuningdek uning muhofaza qilinishini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarni alohida shartlashib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Tijorat siri uning mulkdori tomonidan konfidentga topshirilganda tijorat sirini muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat sirining mulkdori shartnomaga muvofiq o‘zi tomonidan konfidentga topshirilgan tijorat sirini oshkor etmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konfident o‘zi shartnoma bo‘yicha olgan tijorat sirining maxfiyligini saqlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Tijorat sirini taqdim etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tijorat sirini talab qilib olish qonunchilikka muvofiq davlat organining vakolatiga kirsa, tijorat sirini taqdim etish mazkur davlat organining asoslantirilgan talabiga ko‘ra tijorat sirining mulkdori yoki konfident tomonidan tekin amalga oshiriladi.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat sirini taqdim etish to‘g‘risidagi asoslantirilgan talab, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan bo‘lishi, unda tijorat sirini talab qilib olishning maqsadi va huquqiy asosi, uni taqdim etish muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat sirini taqdim etish tijorat sirining mulkdori yoki konfident tomonidan rad etilgan taqdirda, davlat organi uni sud tartibida talab qilib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Tijorat sirini taqdim etishda uning maxfiyligini ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari o‘zlariga tijorat sirining mulkdori yoki konfident tomonidan taqdim etilgan tijorat sirining maxfiyligini ta’minlovchi shart-sharoitlar yaratishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining xodimlari xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan tijorat sirini oshkor etishga yoki boshqa shaxslarga, shu jumladan davlat organlariga topshirishga, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, shuningdek undan g‘arazli yoki boshqa shaxsiy maqsadlarda foydalanishga haqli emas.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Tijorat siri bilan sudda tanishtirish chegaralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud muhokamasi chog‘ida sudni va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni tijorat siri bilan tanishtirishga tijorat sirining mulkdori yoki konfident da’vogar yoki javobgar sifatida ishtirok etayotgan nizoning mazmuniga bevosita taalluqli bo‘lgan qismi bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning tijorat siridan cheklanmagan holda foydalanishiga faqat quyidagi hollarda ruxsat beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat siri mulkdorining yoki konfidentning davlat organlari bilan nizolarida;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat siri mulkdorining to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganda, tijorat sirining mulkdori tugatilganda yoxud uning faoliyati tugatilganda;
(17-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi O‘RQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat siri vorislik obyekti bo‘lganda vorislik huquqi xususidagi nizolarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er-xotin yoki ulardan biri tijorat sirining mulkdori bo‘lganda ularning umumiy mol-mulki bo‘linishi xususidagi nizolarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat sirining mulkdori va konfident o‘rtasidagi nizolarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat siri mulkdorining va (yoki) konfidentning muassislari o‘rtasidagi nizolarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat sirini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Tijorat siri to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat siri to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(20-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 11-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-374-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 37-son, 463-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)